logo

OQDARYO SUV EKOTIZIMLARIDA (HIRUDO

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

8427 KB
 
“OQDARYO SUV EKOTIZIMLARIDA ( HIRUDO
MEDICINALIS  )NING TARQALISHI VA EKOLOGIYASI”
                               
Samarqand  –  2022 MUNDARIJA
Kirish 3
I bob. ZARAFSHON   VODIYSI   SUV   TIPLARIDA
ZULUKLARNI O’RGANISH TARIXI
1.1. Zuluklar   bo’yicha   olib   borilgan   faunistik
tadqiqotlar……….... 8
1.2. Zuluklar   bo’yicha   olib   borilgan   ekologik
tadqiqotlar………… 10
II bob. ZARAFSHON   BOTIG‘INING     TABIIY     GEOGRAFIK
TASNIFI, MATERIAL  VA     METODLARI
2.1. Tadqiqot hududning tabiiy-geografik tavsifi ………...……… 15
2.2. Tadqiqot materiallari va metodlari ………………………..… 24
2.3. Zuluklarning umumiy tavsifi ……………………………… 26
III bob. OQDARYO     SUV   EKOTIZIMLARIDA
ZULUKLANING TUR  TARKIBI, BIOEKOLOGIYASI,
TARQALISHI
3.1. Oqdaryo   suv   ekotizimlarida   zuluklari   tur   tarkibining
taksonomik
tarkibi………………………………………….... 31
3.2. Zuluklarning morfologik belgilari va bioekologiyasi.……….. 33
3.3. Oqdaryo   suv   havzasi   zuluklariga   abiotik   omillarning   ta’siri.
………………………………………………………... 48
3.4. Zuluklarning ekologik guruhlari……………………………... 50
IV bob. XO‘JALIKDAGI AHAMIYATI
4.1. Tibbiyotdagi ahamiyati………………………………………. 51
4.2. Zuluklarning tabiatdagi o’rni.………………………………...
54
4.3. Zuluklarning suv bioindikatorlari...…...……………………...
55
4.4. Zuluklar
ektoparazitlar………………………………………. 56
XULOSA VA TAVSIYALAR…………..…………………. 58
FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR…………………... 61
2 Kirish.
Mavzuning dolzarbligi:   Tabiatni muhofaza qilish, uni asrab avaylash eng
dolzarb   global   muammolardan   biriga   aylandi.   Dunyoda   ishlab   chiqarishning
к engayishi,   tabiat   zaxiralaridan   behisob   foydalanish,   atrof   muhitga   zaharli
moddalarni   chiqarish   jiddiy   muammolarni   keltirib   chiqarmoqda.   Bu   esa   tabiiy
organizmlarning   genofondiga   ta’sir   etib,   ularning   kamayishiga   olib   kelmoqda.
Ushbu   holat   nafaqat   butun   O’zbekistonni,   balki   Zarafshon   vodiysini   ham
cheklab   o’tmayotir.   Yuqorida   keltirilgan   o’zgarishlar   toza   suv   jonivorlari-
zuluklarning turlar tarkibiga ham ta’sir etmoqda.
Zuluklar   dinazvrlar   kabi   eng   qadimiy   organizmlar   hisoblanib,   ular   yer
yuzida 60-65 mln yildan beri tabiatda saqlanib qolgan. Hozirgi kunda yer yuzida
fanga   zuluklarning   900   ga   yaqin   turlari   ma’lum   [ 28 ] .   Ular   dengizlar   shur
suvlarida,   toza   suvlar,   daryolar,   ko’llar,   kanallar,   chashmalar   va   buloqlarda
xayot   kechiradilar,   ya’ne   erkin   yashovchi   yirtqichlar   hisoblanadi.   Zuluklar
umurtqali   hayvonlarning   barcha   vakillarida:   yumshoqtanlilar,   qisqichbaqalar,
suv   hasharotlari   va   chuvalchanglarga   xujum   qilib,   parazitlik   qiladi.   Sut
emizuvchilar va odam qonini ham so’radi. Ular nafaqat zararlidir, balki ularning
foydali   jihatlari   ham   mavjud.   Zuluklardan   tibbiyot   zulugi- Hirudo
medicinalis (L.)   qadim   zamonlardan   beri   hozirgi   kungacha,   odamzotning   turli
kasalliklarini:   qon   bosimi-gipertoniya,   skleroz,   insult   kabilarni   davolashda
ishlatiladi.   Ular   suv   sanitarlaridir,   ya’ne   suvni   filtrlaydi.   Yuqorida
keltirilganlardan   ma’lum   bo’ldiki,   zuluklarni   xar   tomonlama   o’rganish   ham
nazariy ham amaliy ahamiyatga ega bo’lib dolzarb hisoblanadi.  
Hozir kunda yurtimiz hayvonot dunyosi bioxilma-xilligini saqlash borasida
muayyan   yutuqlarga   erishildi.   O‘zbekistonda   jamiyatni   demokratlashtirish   va
tabiatni   muhofaza   qilish   sohasidagi   qonunchilik   tobora   takomillashib
borilmoqda. Buning natijasida ushbu sohadagi xalqaro hamkorlik uyg‘unlashib,
jamoatchilikning ekologik muammolarga bo‘lgan qiziqishi  va  qayg‘urishi  ortib
bormoqda.   Yildan-yilga   nodavlat   jamoa   ekologik   tashkilotlari   tarmoqlari
kengayib bormoqda. Ular aholi orasida ekologik tafakkurni shakllantirish hamda
3 yovvoyi tabiatni saqlab qolish masalalari borasida davlat muassasalari bilan faol
hamkorlik   qilmoqda.   Bu   borada   tabiiy   ekotizimlar   barqarorligini   ta’minlash,
hayvonlarning kamyob va yо‘qolib borayotgan turlarini muhofaza qilish chora-
tadbirlari   ishlab   chiqildi.   Xususan,   “Tabiatni   muhofaza   qilish   to‘g‘risida”
(1992),   “Muhofaza   qilinadigan   tabiiy   hududlar   to‘g‘risida”   (2004),   yangi
tahrirdagi   “Hayvonot   dunyosini   muhofaza   qilish   va   undan   foydalanish
to‘g‘risida”gi   (2016)   qonunlarning,   shu   bilan   birga,   O‘zbekiston   Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va
tabiatdan   foydalanish   sohasida   ruxsat   berish   tartib-   taomillaridan   o‘tish   tartibi
to‘g‘risida”gi   (2014)   290-sonli   “2019-2028   yillar   davrida   О‘zbekiston
Respublikasida   biologik   xilma-xillikni   saqlash   strategiyasini   tasdiqlash
tо‘g‘risida”   (2019)   484-son   Qarorlari   va   boshqa   qonun   osti   hujjatlar   chiqishi
g‘oyat   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘ldi.   Ushbu   tadqiqot   ishi   meyoriy-hujjatlarda
belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishda   muayyan   darajada   xizmat   qiladi
[1,2,3 , 4,5,6].
Tadqiqot   obyekti   va   predmeti.   Oqdaryo   suv     havzasi     zuluklari   va
ularning  tur  tarkibi, morfoekologik  xususiyatlari, tarqalish biotoplari, ekologik
guruhlari, tabiatda  va  xo‘jalikdagi  ahamiyatini o’rganish hisoblanadi.
Tadqiqotning     maqsadi   –   Oqdaryo     havzasi     suv     tiplari     zuluklarning
faunistik  tarkibi  va  ekologik  xususiyatlarini  o’rganish.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilar:
Samarqand     viloyati     suvlarida     tarqalgan     zuluklar     faunasining     tarixiy
rivojlanishini  tahlil  qilish;
Oqdaryo   havzasi   suv   tiplari   zuluklarining   faunistik   tarkibini   aniqlash
va  taksonomiyasini  tuzish;
Zuluklarning     yashash     tarzi,   suv     tiplari     bo’yicha     tarqalishi,   ularga
ekologik     omillarning     ta‘sirini     o’rganish     va     ekologik     guruhlariga     tasnif
berish;
Zuluklarning  xo’jalikdagi  ahamiyatini  tahlil  qilish.
Tadqiqotning  ilmiy  yangiligi.
4 Ilk  bor  Oqdaryo  suv  havzasi  girudofaunasining  tur  tarkibi  o’rganilib,
ular     7     turga     mansubligi     aniqlandi.   Bu     turlar     umurtqasiz     hayvonlarning
Annelida   tipi,  Clitellata   sinfi,  Hirudinea   kenja  sinfiga  taalluqli  bo’lib, 6 oila
va  7 urug’ga  mansubdir;
Barcha     turlar     orasida     6     tasi:   Alboglossiphonia     hyalina ,   Helobdella
stagnalis ,   Piscicola     geometra ,   Limnatis     paluda ,   Halmopis     sangiusuga     va
Erpobdella     octoculata    Oqdaryo   sohili   suv   tiplari   girudofaunasi   uchun   ilk
bor  ko’rsatilgan;
Oldin   adabiyotlarda   ushbu   suvlar   hududidan   Hirudo   medicinalis   qayd
etilgan edi, hozirgi  kunda  u   H.orientalis   deb  tan  olingan;
Zuluklarga   ekologik   omillarning   ta’siri   o‘rganilib,   ekologik     guruxlari
tavsiflangan  va  xo‘jalikdagi  ahamiyati  ta’riflangan.
Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazlari.   Tadqiqot   natijalarining
ilmiy   ahamiyati   shundan   iboratki,   Oqdaryo   ekotizimidagi   zuluklar   tur
tarkibining   aniqlangani,   turlarning   morfoekologiyasi,   ekologik   omillarning
ularga   ta’siri,   ekologik   guruhlari   tahlil   qilingani,   xo‘jalikdagi   ahamiyati   ochib
berilgani  bilan izohlanadi.
Tadqiqot   mavzusi   bo‘yicha   adabiyotlar   sharhi.   Zuluklarning
taksonomik   tarkibi,   biologiyasi,   ekologiyasi,   ular ning   ahamiyati ,   hududlar
bо‘yicha tarqalishi va ularni muhofaza qilish bо‘yicha tadqiqotlar xorij   olimlari
L.Kalbe (1966), V.Sládeček (1984), R.T.Sawyer  (1986), В.М.Эпштейн  (1987)
E.Borda   (2004),   M.E.Siddall   (2007),   A.Yu.Utevsky   (2007),   B.Sket   (2008),
A.Bielecki   (2011),   M.Bahmani   (2012),   K.Skowrońska-Ochmann,   P.Cuber,
I.Lewin   (2012),   A.D.Robert   (2013) ,   R.Ben   Ahmed   (2015),   M.Ceylan
(2016,2021),   N.Sağlam   (2019)   tadqiqot   ishlarini   olib   borgan   [12,14,16,
18,21,28] .
Izlanishlar  2020  yil  kuz   oylari,  2021  yil   bahor,  kuz  va  2022   yil
bahorida     Zarafshon       daryosining       o’rta       qismi     Oqdaryo       suv       havzasi
hududida     olib   borildi.   Jami   bo’lib   40   namunada   300 dan   ortiq     zuluklar
terildi.     Ular     fanda   ma‘lum       bo’lgan       В.И.Жадин,   С.В.Герд   (1961),
5 Э.И.Лукин   (1976)     ishlarida     keltirilgan     usullar     bilan     o’rganildi   [26].
Павловский (1946), С.О.Османов (1971), Z.Izzatullayev (2013), X.Solijonov,
Z.Izzatullayev   (2020,   2021,   2022)   va   boshqalarning   ilmiy   izlanishlarida   aks
etgan   [11,19,30,33,34,37].   Biroq,   ularning   ishlarida   Oqdaryo   ekotizimi
zuluklarning   ekologiyasi,   kamyob   va   endem   turlarni   aniqlash   hamda   ularni
muhofaza   qilish   chora-tadbirlarini   ishlab   chiqish   bо‘yicha   tadqiqotlarni   olib
borilmagan   bo‘lib,   dissertant   tomonidan   amalga   oshirilgan   izlanishlar   ushbu
hududni   har   tomonlama   tadqiq   etishhda   muhim   ilmiy-amaliy   ahamiyat   kasb
etadi [27,28].
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   tavsifi.   Tadqiqotlarni   bajarishda
umumiy   qabul   qilingan   ekologik,   zoologik,   gidrobiologik,   morfometrik
usullaridan foydalanilgan.  Izlanishlar  2020  yil  kuz   oylari,  2021  yil   bahor,
kuz   va   2022     yil     bahorida   Zarafshon     daryosining     o’rta     qismi   Oqdaryo
suv     havzasi      hududida     olib   borildi.   Jami   bo’lib   40   namunada   300 dan
ortiq   zuluklar   terildi.  Ular  fanda ma‘lum   bo’lgan   В.И.Жадин,  С.В.Герд
(1961),     Э.И.Лукин     (1976)     ishlarida     keltirilgan     usullar     bilan     o’rganildi
[26,32].
Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Ilk     bor     7
turdan     iborat     Oqdaryo     zuluklarining     taksonomik     tarkibi,   ekologi yasi     va
xo‘jalikdagi  ahamiyati  ma’lumotlari  xudud  girudofaunasini  o’rganish  uchun
qo‘shimcha     manba     bo’lib     xizmat     qilishi   va   bilan   izohlanadi.   Zuluklarni
o’rganishning     amaliy     ahamiyati     suv     havzalarining     organik   ifloslanishini
baholashda,   baliq   parazitlarining   kasalliklarni     oldini     olishda,   ekologik
ma‘lumotlar  zuluklarni   sun’iy  ko’paytirishda  xizmat  qil adi.
Tadqiqot     natijalarining     e‘lon     qilinganligi.     Dissertatsiya     ishi
bo’yicha  quyidagi  ilmiy  ishlar  chop  etildi:
1. Solijonov   X.X.   Izzatullayev   Z.I.   Izzatullayev   X.Z.   Andijon     suv
ombori     atrofida   tarqalgan     chorva     hayvonlari     parazit     zuluklarining
populyatsiyasi  to’g’risida  ilk  ma‘lumotlar   // Материалы   Международной
научно   –   практический   конференции ,   посвещённая     научно   –
6 педагогической       деятельности     Академика     АН   РУз .   д . б . н ,   профессора
Д . А . Азимова     и     Академика     РАН ,   д . б . н ,   заслуженнога     деятеля     науки
Республики     Беларусь   профессора .   А.И.Ятусевича.   Тенденции
развития     ветеринарной     паразитологии     на     пространстве     СНГ   и
др.стран  в  нач.  XXI  века. 28-30 апреля  2021  года. Самарканд, 2021. –
С.122 – 124.
2. Solijonov   X . X .   Izzatullayev   Z . I .   Izzatullayev   X . Z .     Farg ’ ona
vodiysida     ilk     bor     topilgan     tibbiyot     zulugi   (   Hirudo     verbena     Carena ,
1820 )  populyatsiyasi     va     uni     muxofaza     qilish . // Farg ’ ona     vodiysida     atrof
muhitni   muhofaza   qilishning   ekologik   hususiyatlari   va   ularni
optimallashtirish . Respublika   ilmiy – amaliy   anjuman   materiallari   Namangan :
Namdu   2021 –186-188  bet .
3. Izzatullayev   Z.,   Izzatullayev   X.Z,   Solijonov   X.X.     Oqdaryo   suv
havzasi     zuluklari     va   ularning     ekologiyasi   xususida //     GulDU
axborotnomasi Guliston, 2022, №1. – B.25-32.
        Ish   tuzilmasining   tavsifi.   Dissertatsiyasi   ishi   kirish,   4   bob,   xulosa,
foydalanilgan   adabiyotlar   ro’yhatidan   iborat.   Dissertatsiya   66   sahifadan   iborat
bo’lib,  2  jadval va  17  ta rasm keltirilgan.
7 I. BOB.  ZARAFSHON VODIYSI SUV TIPLARIDA ZULUKLARNI
O‘RGANISH TARIXI
1.1. Zuluklar bo’yicha olib borilgan faunistik tadqiqotlar
Ushbu   hududda   tarqalgan   zuluklar   hayvonot   olamining   umurtqasizlar
guruhiga   talluqli   bo’lganligi   sababli,   ularning   o’rganish   tarixini   quyida
ta’riflaymiz.  
Rossiyada   va   unga   chegaradosh   hududlarda   zuluklar   faunasini   o’rganish
faqatgina   XIX   asrda   boshlandi.   Ushbu   chuvalchanglar   turlarini   aniqlash   uchun
qo’llanma   bo’lib   K.Linney,   O.F.Myuller,   Braun,   de   Blenvil   va   XVIII   asrning
boshlarida faoliyat ko’rsatgan boshqa tabiatshunoslarning ishlari xizmat qilgan.
Dvigubskiyning   XIX   asrning   boshlarida   chop   qilingan   “Primitial   Ianal
Mosquensis,   Seu   enumeratio   animalium,   qual   sponte   circa   Mosquam   vivint”
nomli   ishida   K.Lineyning   “Tabiat   tizimi”   ga   muvofiq   bitta   Hirudo   urug’iga
kiritilgan   beshta   eng   oddiy   turlar   keltirilgan:     H.medicinalis,   H.sanguisuga,
H.vulgaris,   H.stagnalis,   H.geometra.   Ushbu   turlar   keyinchalik   XIX-asrning
birinchi   yarmida   faoliyat   ko’rsatgan   boshqa   mualliflarning   ishlarida   ham
keltirilgan   [32].   O’sha   vaqtlarda   tabiatshunoslarning   diqqatini   faqat   tibbiyot
zuluklari   o’ziga   jalb   qilgan.   Ko’plab   maqolalar   va   katta   hajmdagi
monografiyalar   tibbiyot   zuluklariga   bag’ishlanib,   ularda   zuluklarning   tuzilishi,
biologiyasi   H.   medicinalis   ning   turli   formalari,   ushbu   chuvalchanglarni   sun’iy
ko’paytirish va ularni tashish sharoitlari batafsil yoritildi [32].   
O’sha   vaqtlarda   xilma-xil   kasalliklarni   davolashda   keng   qo’llaniladigan
zuluklarga talab juda katta edi. U bilan savdo qilish katta daromad keltirar edi,
juda ko’p miqdordagi zuluklar chet elga eksport qilinar edi. Tabiiyki shunchalik
qimmatbaxo   organizmlarning   yashash   joylari   to’g’risidagi   ma’lumotlar   katta
amaliy   ahamiyatga   ega   bo’lgan.     A.Voskresenskiy   1859   “Shifobaxsh   zuluklar
monografiyasi” da  H.medicinalis  ning geografik tarqalishiga 80 dan ortiq sahifa
ajratilgan bo’lib, muallif unda ushbu zulukning bunday ulkan hududning ayrim
mintaqalarida   uchrash   chastotasi   to’g’risida   batafsil   ma’lumot   beradi   va   uning
8 qayerlarda   umuman   uchramasligini   qayd   etib   o’tadi.   Xuddi   shunday
ma’lumotlar   zoogeografik   jihatdan   Rossiya   va   unga   chegaradosh   bo’lgan
hududlardagi   suv   havzalarida   yashovchi   boshqa   tur   zuluklar   uchun   ham   katta
qiziqishga ega [32].    
Hatto XIX asrning oxirlarida ham Rossiya suv havzalari zuluklari faunsini
o’rganish   keng   miqyosda   olib   borilmadi.   O’sha   vaqtlarda   paydo   bo’lgan
Grebniskiyning  - 1874 Odessa atroflaridagi zuluklar to’g’risidagi, Grimmning -
1877   Fin   ko’rfazi,   Radkevichning   -   1879   Xarkov   va   Poltava   Guberniyasi,
Rossinskiyning   -   1892   Moskva   atroflari,   Radchenkoning   -   1890   va
boshqalarning   zuluklar     to’g’risidagi   ma’lumotlari   asosan   eng   odatdagi   turlar
ro’yxati va ekologik xarakterdagi ayrim ma’lumotlardan iborat edi [32].  
Yuqorida   aytib   o’tilgan   maqolalardan   mashhur   zoolog   K.F.Kesslerning
“Onega   ko’lini   o’rganishga   doir   materiallar”   nomli   1868   yilda   chop   qilingan,
zuluklarga bag’ishlangan  ishi   keskin  ajralib turdi. Ayniqsa,  Kesslerning   Onega
ko’lida qadimgi zuluk  Acanthobdella peledina ning tez-tez uchrashi to’g’risidagi
ma’lumotlari alohida e’tiborga loyiq [32].  
Kaspiy   dengizda   o’ziga   xos   Archaeobdella   esmont ni   tavsiflagan
O.A.Grimm   1876   yilda   qiziqarli   kashfiyot   yaratdi.   Bu   zuluk   balchiqda
yashashga   kuchli   moslashgan   bo’lib,   kuchli   o’zgargan,   Kaspiy   dengizidan
tashqari Azov dengizida, Volga, Don va Dnepr daryolarining etaklarida hamda
Odessa   atroflaridagi   ko’rfazlarda   yashaydi   va   Kaspiy   faunasining   tipik   vakili
bo’lib   hisoblanadi.   Shu   muallif   Kaspiy   dengizida   bitta   baliq   zulugining   ko’p
sonli   ekanligini   ta’kidlaydi.   Keyinchalik   shu   narsa   aniqlandiki,   bu   zuluk
endilikda   Caspiobdella   caspica   deb   nomlanadi   va   Kaspiy   dengizning
endemiklari qatoriga kiradi [32].    
O’zining   ilmiy   faoliyatining   oxirlarida   mashxur   buyuk   zoolog   olimlardan
biri   A.O.Kovalevskiy   zuluklar   bilan   qiziqib   qoladi.   Ushbu   chuvalchanglarni
o’rganib,   u   dissimlyasiya   mahsulotlarini   ajralishining   turli   usullariga   va   o’ta
qiziqarli   muammo   –   teri   orqali   otalanish   muammosiga   e’tibor   qaratdi.   U
yuqorida   qayd   qilib   o’tilgan   Archaeobdella   esmont   ning   Hirudinea   sinfidagi
9 haqiqiy   o’rinni   aniqladi   va   ushbu   zuluk   va   Acanthobdella   peledina   ning
morfologiyasi va ekologiyasi bo’yicha ayrim ma’lumotlarni chop qildi. U faqat
O’rta Yer dengizi mamlakatlarida tarqalgan  Batracobdella algira  ning Qrimning
janubida   tez-tez   uchrab   turishi   to’g’risida,   Odessa   atroflarida   toshbaqa   zulugi
Haementeria   costata   ning   ko’p   sonli   ekanligi   to’g’risida   ma’lumot   berdi.
Gementeriyaning   morfologiyasiga   Kovalevskiy   ayrim   ekologik   kuzatishlar
natijalari   kiritilgan   jadvallar   bilan   boyitilgan   yirik   monografiyasini   bag’ishladi
[32]. 
Rossiyadagi   suv   havzalarida   yashaydigan,   zoogeografik   nuqtai   nazardan
katta qiziqishga ega bo’lgan ikki tur zuluklar bu chuvalchanglar sohasidagi yirik
mutaxassis   Rafael   Blakperning   ishlarida   tilga   olib   o’tiladi.   O’zining
maqolalaridan  birida  u  Astraxan   va  Tbilisidagi   zuluklarni  tadqiq  qilish   asosida
laqqa baliqning paraziti  Cystobranchus fasciatus  ning tavsifini keltiradi. Hozirgi
kunda bu baliq zulugi Panto-Kaspiy suv havzalarining avtoxton turlari qatoriga
kiritiladi.   1893   yilda   chop   etgan   boshqa   maqolasida   Yalta   atroflarida   topilgan
janubiy urug’ –  Trochata  urug’iga mansub qiziqarli zulukni tavsiflaydi [32].  
Hozirgi   kunga   qadar   Zarafshon   vodiysida   umuman   zuluklar,   xususan
tibbiyot zulugi kam o’rganilgan.
1.2. Zuluklar bo’yicha olib borilgan ekologik tadqiqotlar
Zarafshon   vodiysi   bo’ylab   birinchi   ekologik   tadqiqotlarni   Rossiya
tabiatshunosi   A.P.Fedchenko   1868-1871   yillarda   o’tkazgan.   O’simlik   dunyosi
va hayvonot olamini o’rganish va kolleksion material to’plash bilan bir qatorda
tibbiyot   zulugining   tarqalish   arealini,   sonini   birinchi   bo’lib   ta’riflab   bergan
[37,38].   Zarafshon   vodiysi   suv   havzalari   faunasi   batafsil   R.A.Alimjonov   va
S.G.Bronshteynlar   [1956]   tomonidan   o’rganilgan.   Chop   etilgan   ilmiy   ishlarida
turli xil zuluklar ham tilga olib o’tilgan [24,25].  
Ishtixon va Oqdaryo tumanlari (Yangiqo’rg’on) hududlari suv havzalarida
uchraydigan   tibbiyot   zuluginining   to’liq   o’rganilmaganligini   hisobga   olgan
holda   biz   olib   borgan   tadqiqotlarimiz   ma’lum   ma’noda   shu   kamchiliklarni
to’ldiradi. 
10 Zarafshon vohasi suv havzalarida tarqalgan zuluklar faunasining o’rganish
tarixini   bayon   etishdan   oldin,   biz   umuman,   O’rta   Osiyo   umurtqasizlar   olamini
o’rganish   tarixini   tahlil   qilishni   lozim   topdik.   Bu   o’lka   faunasini   o’rganish
qo’shni    davlatlar  bilan  savdo – sotiq  va turli  – tuman aloqalarning rivojlanish
davridan boshlanganligini takidlash o’rinlidir.  
Adabiyotlardan   ma’lumki,   melodning     ІІ   asridan   to   XVІ   asrgacha   O’rta
Osiyo   hududidan   G’arb   mamlakatlari   tomon   “Buyuk   Ipak   Yo’li”   o’tgan.   U
sharq   davlatlarini   g’arb   mamlakatlari   bilan   o’zaro   bog’lab,   asosiy     savdo   yo’li
bo’lib   xizmat   qilgan.   Bu   davrda   O’rta   Osiyo   va   xususan,   Zarafshon   vodiysi
tabiati,   hayvonot   olami,   o’simlik   dunyosi   va   o’lka   tarixi   Xitoy,   Arab,   Italiya,
Venesiya va O’rta Osiyolik olimlar tomonidan o’rganilgan. Bunga misol, ІX-X
asrda AlBeruniyning (Geologiya asari), Ibn Sinoning (Tib qonunlari), XVІ asrda
Temuriylar   shoiri   va   davlat   arbobi   Boburning   olamshumul   “Boburnoma”
asarida, bizni qiziqtirgan hudud hamda Afg’oniston va Hindistonning   o’simlik
va   hayvonot     olamlari   xususida   ma’lumotlar   jamg’arilganligining   shohidi
bo’lamiz [7].   
Adabiyotlardan   ma’lum   bo’lishicha,   O’rta   Osiyo   va   xususan   Zarafshon
vodiysining tabiati, o’simlik va hayvonot olamini rus olimlari va sayohlari P.P.
Semyonov-Tyan’shanskiy,   N.A.   Seversov,   A.   P.   Fedchenko,   L.   S.   Berg   va
boshqalar   o’rganishgan.   Ular   ushbu   organizmlardan   kolleksion   materiallar
jamg’arishgan     va   ularni   keyinchalik   Rossiya   akademiyasiga   taalluqli
institutlarda, Moskva va Sankt-Peterburg universitetlarida o’rganishgan.  Ushbu
materiallar orasida ko’plab gidrobiontlar turlari ham mavjud bo’lgan.   Masalan,
Samarqand shahri, Zarafshon vodiysi va tog’lari janubi hayvonlarini sayyoh va
olim 1869-1871 yillarda A. P. Fedchenko tomonidan jamg’arilgan. Ular orasida
O’rta Zarafshon havzasi chashma, buloq, kanal va ariqlari, havuzlarida tarqalgan
zuluklar ham mavjud bo’lgan [32].  
Alisher     Navoiy   nomidagi    Samarqand davlat     universitetining  Biologiya
va     Tuproqshunoslik   fakulteti   olimlari:   R.   A.   Alimdjanov,   S.   G.   Bronshteyn
(1956)   “Беспозвоничные   животные   Зарафшанской   долины”   kitobida
11 zuluklardan:   katta   ot     zuluki   –   Haemopis   sanguisuda   va   kichik   ot   zulugi   –
Hermobdella octoculata  kabi turlari qayd etilgan [25].  
Bizning   izlanishlarimizgacha   ushbu     hudud     zuluklari     maxsus
o’rganilmagan     edi.   Biroq,   dastlabki     ilmiy     tadqiqotlar     Zarafshon     vodiysi
bo’lab   rus   sayohatchisi   va   olimi   A.P.Fedchenko (1869-1871 yy) umurtqasiz
hayvonlar     bo’yicha     kolleksion     namunalar     jamg’argan.   Jumladan,   u   1869
yilning  sentyabr  oyida  Zarafshon  suv  havzasidan  tibbiyot  zulugini –  Hirudo
officinalis   (   Hirudo   medicinalis) ¹ni     terganligini     qayd     etgan   [25, 28,   32 ,38 ].
Keyinchalik     Samarqand     hududidan     1896   yilda   L.Barshevskiy   Limnatis
turkestanika ,   Halmopis   sangusuga ,   Herpobdella   atomaria   (Erpobdella
octoculata   )   [31]   va     1898   yil     L.Peter   Glassosiphonia     stagnalis   ( Helobdella
stagnalis ),   Herpobdella   atomaria       ( Erpobdella     octokulata   )   kabi     turlarni
boshqa   turli   gidrobiontlar   bilan   birga       kolleksion namuna   hamda   Rassiya
Fanlar     Akademiyasi     Zoologiya     muzeyiga   (Sankt-Peterburg)     topshirganlar
hamda   ularni   1905   yilda   rus   biologi   V.Plotnikov   yuqorida   keltirilgan   tur
ekanligini  aniqlagan  [25, 28,  32 ,35,38 ].  1912 yilda  rus  girudologi  (zuluklarni
maxsus    o’rganuvchi    olim  )  G.G.Shegolev   Turkiston (hozirgi  O’zbekiston  va
unga     yondosh     xududlar–Tojikiston,   Qirg’iziston,   Turkmaniston     kabilar
shunday   atalgan) maydonlarining   ayrim   suv   havzalarida   zuluklar   faunasini
o’rganishga     oid     izlanishlar     olib     borgan.   U,   ushbu     tadqiqotlar     natijasida
olingan     ma‘lumotlarni     va     V.   Plotnikov       [25, 28,   32 ,35,38 ]     ishlaridan
foydalanish  asosida  “Turkiston  zuluklari  faunasi” ni  tur  tarkibini  aniqlaydi.
Unga   ko’ra   ushbu   hududda   jami   9   tur   tarqalgan   bo’lib, ular :   Protocleps
tesselata     ( Theromyzon   tessulota ),   Classosiphoniya   stagnalis
( H.stagnalis ), C.heteroklite   ( Alboglossiphoniya   heteroklita ), C.complorata
( G.complonata ), H.Sanguisuga,H.medisinalis.L.turkestanica,H.octokulata   ( E .
octoculata),Trachelobdella   turkectanica     kabi     turlar     edi.   Biroq,   ushbu
zuluklardan     qaysi     biri     Zarafshon     daryosida     yashaganligi     to’g’risida     aniq
ma‘lumotlar     keltirilmagan [25, 28,   32 ,35,38 ].   XX-asrning   ikkinchi   yarmidan
so’ng    Zarafshon   vodiysi     faunasini     tizimli     ravishda     o’rganish     yana   ortdi.
12 Xususan,   1956   yilda     Samarqand     davlat     universiteti     zoolog     olimlari
R.A.Alimdjanov     va     S.G.Bronshteynlar     tomonidan   “ Беспозвоночные
животные   Заравшанской   долины ”   batafsil     o’rganildi   [25].   O’z     davrida
muxtasar    yozilgan   bu   monografiyada     Zarafshon   suv     havzasi     biotoplarida
kata  soxta ot zulugi –  H.sanguisiga   va  kichik  soxta  ot  zulugi –  H.octo с ulata
yashashini  va  ular  ushbu  hududda keng  tarqalganligini  qayd  etishgan [25].
J.Z.Izzatullaev,   S.Azimov,   Z.Izzatullayevlar   [29]     Zarafshon     tog’lari
shimoliy   yonbag’irlarida     joylashgan     Yettiuylisoy     darasida     xovuzlar     va
buloqlarda   zuluklar    faunasi    va   ekologiyasini    o’rganib, ushbu   biotoplardan
ularning   3   turi   kata   va   kichik   ot   zuluklari va   baliq   zulugining     yashashi
aniqlangan.   Oxirgisi    faqat     bir    marta   hovuzda   uchratilgan,  chunki     u    erda
baliqlar     tarqalgan     edi.   Katta     va     kichik     ot     zuluklari     tog’     yon     bag’ridan
otilib   chiqayotgan   xarorati   - 10 - 14˚C bo’lgan   suvlardan   terilgan   va   ular
faqat   dengiz   sathidan   1000 m balandlikda   bo’lgan   buloqlarda   uchraganligi
qayd  etilgan [29].
D.Olimova   va   Z.Izzatullayevlar   (2010)     Samarqand     shahri     kanal   va
ariqlari    gidrobiontlari   xilmaxilligi    o’rganilib, ariqlar    suvlarida   zuluklarning
kata     ot     zulugi     –   Haemopis     sanguisuda     (   L. )   va     kichik     ot   zulugi   –
Herpobdella     octoculata     L .   larning     tarqalganligi     aniqlashgan,   ular     faqat
tuxum   qo’yish     uchun     suv     atrofidagi     quruqlikka     chiqadi     deb     ma‘lumot
keltirishgan [10].
O’rta  Zarafshon  havzasi  gidrobiontlarining  biologik  xilmaxilligi  va suv
tiplarida     tarqalishga     bag’ishlangan     maqolada   ham   yuqorida     ko’rsatilgan   ot
zuluklari     xususida     tahlil     berilgan.   Ushbu     mualliflar   (   Izzatullayev,
Hamzayev,2013b)   havza     buloq     va     chashmalari     gidrobiontlari     va     suv
resurslarini     muhofaza     qilish     muammolarini    o’rganib,  ushbu     xudud    suvlari
uchun   zuluklarning   ikki   ot   zuluglaridan   tashqari yana   ularning   4   turining
yashashi    xususida    ma‘lumotlar    keltirilgan [10,11].   Ular chig’anoq   zulugi  –
Glosiphoniya   complanata     L .   tibbiyot     zulugi     –   Hirudo   medicinalis   L
( H.orientalis )   va     Turkiston   zulugi   –   Limnatus     turkestanica     Ploth.   ni     qayd
13 etishgan   va     ularning   ekologik     xususiyatlarini     tasvirlashgan     va     shu     bilan
birgalikda     toza     suvda     yashaydigan   nafaqat     ushbu     turlarni     balki,   ularni
yashash  muhitini  buloq  va  chashmalarni muhofoza  qilish  lozim  deb xulosa
chiqarishgan. 
Z.Izzatullayev,   D.Olimova,   O.Niyazovalar   Samarqand     shaxri     va     uning
atrofi     turli     suv     tiplari.   Z.Izzatullayev,   D.Olimova   Samarqand     shaxrida
tarqalgan  chashmalarda  gidrobiontlarning  bioxilmaxilligini  o’rganib, uyqorida
qayd     etilgan     ot     zuluklari   bilan     birgalikda,   ularning     indikatorlik     o’rnini
ushbu  hudud  toza  suv  chashmalarini  qat‘iy  asrash  lozimligi  takidlangan [9].
Z.Izzatullayev, X.Z.Izatullayev va X.Solijonovlar tomonidan Oqdaryo suv
havzasi   zuluklarining   ekologiyasi   nomali   maqolasida   ushbu   hudud   uchun
zuluklarning   taksonomiyasi,   morfologiyasi,   tarqalishi,   ekologiyasi   to’g’risida
ma’lumotlar berilgan [27]. 
Xullas     yuqorida     keltirilgan     adabiyotlar     tahlilidan     ma‘lum     bo’ldiki,
Oqdaryoning  o’ng  va  chap  sohili  suv  tiplarida  tarqalgan  zuluklar  faunasi,
ularning     ekologik,   biologik     va     xo’jalikdagi   ahamiyati     xususida     to’liq
ma’lumotlar       yo’ligini     etiborga     olib,   quyida     ushbu     hudud   zuluklariga     har
tomonlama  tasnif  beriladi.
  
      
14 II. BOB. ZARAFSHON BOTIG‘INING  TABIIY  GEOGRAFIK
TASNIFI, MATERIAL  VA  USLUBLAR
2.1. Tadqiqot hududning tabiiy-geografik tavsifi 
          Samarqand viloyati - O zbekiston Respublikasi viloyatlaridan hisoblanadi.ʻ
U   1938-yil   15   yanvarda   tashkil   topgan.   Ushbu   viloyat   respublika   hududining
markaziy   qismida,   Zarafshon   daryosining   o rta   oqimi   havzasida   joylashgan.	
ʻ
Uning chegaralari g arb va shimoli-g arbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli-	
ʻ ʻ
sharqda   Jizzax   va   janubda   Qashqadaryo   viloyatlari,   janubi-sharqda   Tojikiston
bilan tutash.
                Viloyatning markaziy qismi go zal vohadan iborat bo lib, bu voha uncha	
ʻ ʻ
keng   bo lmay   sharqdan-g arbga   tomon   Zarafshon   va   Turkiston   tog   tizmalari	
ʻ ʻ ʻ
orasini   egallagan.   Viloyatning   asosiy   sug oriladigan   yerlari   xuddi   ana   shu	
ʻ
maydonlarni egallagan.
           Maydoni 16,8 ming km.kv. Aholisi 3 million 790 ming 900 kishidan ortiq
(2019-yil 1-yanvar holati). Samarqand viloyatida 16 ta tuman, 11 ta shahar va 88
ta shaharcha mavjud.
                Viloyat hududi 16,8 ming km² Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni
bo yicha   Qoraqolpog iston   Respublikasi   va   viloyatlar   orasida   birinchi   o rinni	
ʻ ʻ ʻ
egalaydi. Bu viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulung ur,	
ʻ
Jomboy,   Ishtixon,   Kattaqo rg on,   Narpay,   Nurobod,   Oqdaryo,   Payariq,	
ʻ ʻ
Pastdarg om,   Paxtachi,   Samarqand,   Toyloq,   Urgut,   va   Qo shrabot   tumanlari.	
ʻ ʻ
Shaharlar soni 2 ta, bular (Samarqand va Kattaqo rg on). Ko hna, noyob tarixiy	
ʻ ʻ ʻ
obidalarga boy bo lgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri bo lib, u	
ʻ ʻ
1924–1930-yillarda O zbekiston poytaxti vazifasini bajargan.	
ʻ
                Asosiy daryosi — Zarafshon. Viloyat hududidagi qismining uz. 193 km.
Tevarakatrofdagi   tog lardan  oqib  tushgan   soylar   sug orishga   sarflangani   uchun
ʻ ʻ
Zarafshonga   yetmasdan   tugaydi.   Darg om,   Narpay   (54   km),   O ng   qirg oq   (64	
ʻ ʻ ʻ
km), Chap qirg oq (169,3 km), Markaziy magistral (39,5 km), Zarafshon, Eski	
ʻ
Anhor   kanallari   va   Kattaqo rg on   suv   omboridan   ham   ekinlarni   sug orishda	
ʻ ʻ ʻ
foydalaniladi.   Viloyatning   jan.   g arbiy   qismida   oqadigan   soylar   yezda   qurib	
ʻ
15 qoladi.   Tuprog i   asosan,   bo z   tuproq.   Tekisliklar   va   500   m   gachaʻ ʻ
balandliklardagi   tog   etaklarida   surqo ng ir   och   bo z   tuproklar   (sug oriladigan	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
yerlarda o tloqi bo z tuproqlar), 1500—1700 m balandlikda to q bo z tuproklar,	
ʻ ʻ ʻ ʻ
cho l   zonasida   qumoq,   taqir,   bo zko ng ir   tuproklar   va   sho rxoklar   tarqalgan.	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
Yong oqzorlar   va   archazorlarda   qo ng ir   tuproklar,   yanada   balandroq   qoramtir	
ʻ ʻ ʻ
tuproklar bo lib, undan yukrrida tog o tloki tuproklar uchraydi.	
ʻ ʻ ʻ
         Viloyat hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon  daryosi suvni muz va qorlardan
oladi.   Shunga   ko‘ra   Zarafshon   daryosi   sug‘orishga   ehtiyoj   katta   bo‘lgan   yoz
oylarida to‘lib oqadi. Suvdan yanada samarali foydalanishni ko‘zlab, daryoning
o‘rta oqimida Kattaqo‘rg‘on suv ombori barpo etilgan.
Shu   bilan   birga   Eski   Anhor   kanali   orqali   Zarafshon   suvi   (Darg‘om   kanalidan)
Qashqadaryo   viloyatiga   oqizilmoqda.   Xullas,   suvdan   xo‘jalikda   to‘la
foydalanish   bo‘yicha   O‘rta   Osiyoning   birorta   daryosi   Zarafshonga   tenglasha
olmaydi. Uning 90 foiz suvi  sug‘orishga  sarflanadi. Adirlar  qisman  haydalgan,
unga g‘alla ekiladi. Tog‘larda yog‘ingarchilik yetarliligidan o‘tloqlar ham ko‘p.
Chorva   yozda   shu   yerlarda   boqiladi.   O‘simliklarning   o‘sish   davri   cho‘l   bilan
adirda   bir   vaqtga   to‘g‘ri   kelmasligidan   qorako‘l   qo‘ylarini   yil   bo‘yi   yaylovda
boqish mumkin. Viloyatning tabiiy sharoiti mevali daraxtlar o‘stirish uchun ham
qulay. Bu yerda shirindan shakar gilos, o‘rik, shaftoli erta pishadi.
          Viloyatda mineral boyliklar ham ko‘p. Bu yerda nodir metallar, binokorlik
materiallari   (marmar,   ohak,   granit,   mergel,   grafit),   mineralbo‘yoqlar, asbest -
konlari   topilgan.   Xullas,   viloyatning   yuksalishida   uning   tabiiy   va   iqtisodiy
geografik o‘rnidagi qulayliklar qatori
tabiiy sharoiti va boyliklari ham talay imkoniyatlar yaratadi.
                Iqtisodiy   geografik   o‘rni   va   tabiiy-boyliklari.     Bu   viloyat
O‘zbekistonning   markaziy   qismida   joylashgan.   Aholi   soni   hamda   yalpi   sanoat
mahsuloti   bo‘yicha   Samarqand   viloyati   mamlakatimizda   yetakchi   o‘rinlardan
birida   turadi.   Tabiiy   geografik   o‘rniga   ko‘ra   Zarafshon   vodiysining   o‘rta
qismiga   to‘g‘ri   keladi,   uch   tomondan   Nurota,   Turkiston   va   Zarafshon   tizma
tog‘lari   bilan   o‘ralgan.   Tog‘   tizmalari   shimoldan  esadigan   sovuq   havo   oqimini
16 birmuncha to‘sadi. Yog‘in ko‘proq (250–800 mm) yog‘adi. Sho‘rxok maydonlar
deyarli yo‘q. Bo‘z va o‘tloq-allyuvial tuproqli yerlar kattagina maydonni tashkil
etadi.
                Xo ‘ jaligi .   Samarqand   viloyati   hududida   aholi   qadimdan   obikor
dehqonchilik   bilan   shug ‘ ullanib   kelgan .   Dehqonchilik   bilan   birga   savdo   va
hunarmandchilik   ham   taraqqiy   etgan .   Viloyat   yalpi   ichki   mahsulot   hajmi
bo ʻ yicha   Toshkent   sh .,   Farg ʻ ona ,   Toshkent   va   Andijon   viloyatlaridan   keyin
5 o ʻ rinni   egallaydi .   Samarqand   viloyati   O zbekiston   sanoati   mahsulotining   5%,ʻ
q.   x.   mahsulotlarining   1,3%,   mol   aylanishining   8,6%,   pullik   xizmat   ko rsatish	
ʻ
hajmining 7,9% ni beradi.
                Viloyatda   sanoat   yetakchilik   qiladi.   Og‘ir   sanoat   tarmoqlaridan
mashinasozlik   va   metallsozlik,   kimyo   tez   rivojlanmoqda.   Samarqand   shahrida
1999-yilda   yuk   tashish   va   sayyohlarga   xizmat   ko‘rsatadigan   4   turdagi
mashinalarni   ishlab   chiqaruvchi   «SamKochavto»   zavodi   ish   boshlagan   edi.
Hozirda mazkur zavod «SamAvto» deb ataladi.
                Samarqanddagi   « SamAvto »   zavodida   « Isuzu »   rusumli   mikroavtobuslar
hamda   yuk   avtomashinalari   ishlab   chiqarilmoqda .   Yengil   sanoatning   50   ga
yaqin   korxonasi   ishlab   turibdi .   Oziq - ovqat   sanoati   mahalliy   xomashyolardan
konserva   va   sharob ,   o ‘ simlik   moyi ,   tamaki ,   sut   va   go ‘ sht ,   qandolatchilik
mahsulotlari   ishlab   chiqaradi .
                Samarqand   hududiy   ishlab   chiqarish   majmuyida   qishloq   xo ‘ jalik   alohida
o ‘ rin   tutadi .   Dehqonchilik   qishloq   xo ‘ jaligi   yalpi   mahsulotining   75   foizini
beradi .   Dehqonchilikning   yetakchi   tarmog ‘ i   bu   rayonda   ham   paxtachilik   va
g ‘ allachilikdir .   Boshqa   texnik   ekinlardan   tamaki,   kunjut,   zig‘ir   va   safsar
(maxsar)   yetishtiriladi.   Urgut   tumani   tamaki   yetishtirishga   ixtisoslashgan.
Bahorikor yerlarda bug‘doy va arpa ekiladi. Bog‘dorchilik va uzumchilik
tarmoqlari   yuksak   taraqqiy   etgan.   Shaharlar   atrofidagi   xo‘jaliklarda,   aholining
tomorqa yerlarida ko‘plab turli xil sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi.
                Bu   viloyatda   mevali   daraxtzorlar   va   tokzorlar   ko‘p.   Chorvachilik
agrosanoat   majmuyining   muhim   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Qoramollar   soni
17 jihatidan   viloyat   mamlakatda   birinchi   o‘rinni   egallaydi,   qorako‘lchilikda   esa
uchinchi   o‘rinda   turadi.   Bu   yerda   qorako‘lchilikni   rivojlantirish   choralarini
tadqiq etuvchi ilmiy tadqiqot instituti bor.
                Transporti.   Samarqand   viloyati   hududidan   ikkita   temiryo‘l   o‘tadi.
Toshkent–Turkmanboshi,   Toshkent–Dushanbe   temiryo‘lida,   asosan,   tranzit
yuklar tashiladi. Viloyatda avtomobil yo‘llari ko‘p, ular orqali temiryo‘lga va bir
viloyatdan   boshqa   viloyatga   yuklar   tashiladi.   Havo   transporti   mamlakatning
barcha   yirik   shaharlarini   hamda   xorijiy   davlatlarni   bog‘laydi.   Quvur   transporti
va elektr   uzatkich  liniyalari   ko‘p  tarmoqli.  Rossiyaga   paxta tolasi,  paxta  moyi,
ho‘l  meva, uzum, mayiz va qorako‘l terilari  yuboriladi. Mineral  o‘g‘it, tamaki,
choy, poyabzal, shoyi va boshqa iste’mol mollari barcha qo‘shni viloyatlarga va
O‘rta Osiyo davlatlariga ham chiqariladi. Viloyat, asosan, yog‘och-taxta, g‘alla,
shakar-qand,   mashinalar,   ko‘mir,   neft,   neft   mahsulotlari   hamda   keng   iste’mol
mollari   oladi.   Viloyatda   Samarqand,   Kattaqo‘rg‘on   sanoat   tugunlari   tarkib
topgan.
                Shaharlari.   Samarqand Zarafshon daryosining o‘rta qismida joylashgan.
Samarqand   dunyodagi   juda   qadimiy   shaharlardan   hisoblanadi.   Arxeologik
izlanishlar   natijasida   shaharning   yoshi   2750   da   ekanligi   aniqlangan.   XIV-XV
asrlarda Movarounnahrning ilmiy tafakkur markazi bo‘lgan. Geografik o‘rnining
qulayligidan   Samarqand   o‘rta   asrlarda   O‘rta   Osiyoning   muhim   savdo
markazlaridan biriga aylandi. Hindiston, Eron va Sharqiy Yevropa mamlakatlari
bilan olib borilgan savdo aloqalari shaharning iqtisodiy hamda madaniy jihatdan
yuksalishiga   ta’sir   ko‘rsatdi.   O‘sha   davrlardayoq   zargarlik   buyumlari,
kulolchilik   bo‘yoqlari,   ipak   va   ip-gazlamalar   ishlab   chiqarish   va   kashtachilik
yaxshi   rivojlandi.   Qog‘oz   va   duxobalar   ishlab   chiqarishni   samarqandliklar
bundan ming yil burun keng yo‘lga qo‘ygan edilar. 
                Amir   Temur   va   temuriylar   davri   (XV–XVII   asrlar)da   Samarqandda
hashamatli machit, madrasa, maqbara va saroylar qurildi. Ular Hindiston, Misr,
qadimgi   Yunoniston   va   Rim   me’morchiligining   noyob   yodgorliklari   qatorida
umumjahon   ahamiyatiga   egadir.   O‘rta   asr   shoir   va   olimlari   Samarqandni
18 «sayqali ro‘yi zamin» deb ulug‘laganlar. 1924–1930-yillarda Samarqand shahri
O‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan. Hozirda ham Samarqand mamlakatning yirik
sanoat tuguni, madaniyat markazlaridan biri sifatida ahamiyatlidir.
                Samarqand bilan Jomboy, Juma va boshqa shaharchalar  ishlab chiqarish
bo‘yicha   o‘zaro   bog‘langan.   Shahar   qishloq   xo‘jaligi   rivojlangan   hudud
markazida   joylashganidan   unda   qishloq   xo‘jalik   mahsulotlarini   qayta
ishlaydigan   ulkan   korxonalar   ko‘p.   1999-yilda   Samarqanddan   shimoldagi
Chelak shahri yaqinida buyuk hadisshunos olim imom al-Buxoriyga bag‘ishlab
me’moriy majmua barpo qilindi.
             Samarqand mamlakat ilm-fanining yirik markazidir. Shaharda Samarqand
davlat universiteti, Xalqaro turizm universiteti, tibbiyot universiteti(2022.aprel),
arxitektura-qurilish,   chet   tillar,   iqtisodiyot   va   servis,   veterinariya   meditsinasi,
chorvachilik   va   biotexnologiya   universiteti   (2022.aprel),   Toshkent   axborot
texnologiyalari universiteti Samarqand filiali faoliyat yuritmoqda.
                Shahar   tarixi   Rudakiy,   Navoiy,   Xo‘ja   Ahror,   Bobur,   Jomiy,   Ulug‘bek,
Ahmad   Donish,   Abu   Lays   Samarqandiy   singari   olimlar,   yozuvchilar,
mutafakkirlar nomlari bilan bog‘liq. Shahar xo‘jaligining yuksalishi bilan aholisi
ham tez ko‘paymoqda.
  Kattaqo‘rg‘on   shahri   viloyatda   Samarqanddan   keyingi   ikkinchi   o‘rinni
egallagan sanoat  tuguni va madaniyat  markazidir. Shahar  yonidan Samarqand–
Buxoro temiryo‘li o‘tadi. Shaharda Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash mashinasozligi
zavodi,   motor   tuzatish,   paxta   va   g‘isht   zavodlari   hamda   mahalliy   sanoat
korxonalari bor. Moy eritish va go‘sht kombinatlari hamda yiliga 2 million jo‘ja
ochiriladigan   broyler   fabrikasi   oziqovqat   sanoatining   respublikadagi   yirik
korxonalari   hisoblanadi.   Moy   eritish   kombinati   mamlakatdagi   eng   yirik
korxonalardan   biridir.   Sanoat   korxonalarini   katta   IEM   elektr   energiya   bilan
ta’minlaydi.
Urgut     S а m а rq а ndd а n   t ах min а n   50   km   j а nubi   sh а rqd а ,   Q а shq а d а ryo
vil о yati   ch е g а r а sid а   j о yl а shg а n   sh а h а r.   Urgutd а   bir   n е cht а   gil а m   f а brik а l а ri,
19 t а b а k-f е rm е nt v а   shif е r z а v о dl а ri f ао liyat yurit а di. S а m а rq а nd vil о yatining eng
yirik sh а rq b о z о ri shu sh а h а rd а  j о yl а shg а n.
                Tabiati.   Samarqand viloyati Pomir-Olay tog larining g arbiy chekkasida,ʻ ʻ
Zarafshon   daryosining   o rta   qismida   joylashgan.   Relyefi,   asosan,   kenglik	
ʻ
bo ylab   cho zilgan   va   shimoldan   Turkiston   tog   tizmalarining   tarmoqlari	
ʻ ʻ ʻ
(Nurota   tog i,   balandligi   2169   m),   Oqtog ,   2003   m,   janubdan   Zarafshon   tog’	
ʻ ʻ
tizmalari   bilan   o ralgan   Zarafshon   daryosi   vodiysidan   iborat.   Vodiy   sharqdan	
ʻ
(750—800   m)   g arbga   qarab   (350   m)   pasayib   boradi.   Vodiydan   shimolga   va
ʻ
janubga   tomon   qiya   tekisliklar   joylashgan   va   tog’larga   yaqinlashganda   adirlar
boshlanadi.   Zarafshon   tizmasi   (g arbiy   qismi)   janubda   Qashqadaryo   viloyati	
ʻ
bilan   bo lgan   chegara   bo ylab   cho ziladi.   Bu   tizma   (2388   m),   asosan,	
ʻ ʻ ʻ
paleozoyning   kristalli   slaneslari   va   ohaktoshlaridan   tarkib   topgan.   G arbga	
ʻ
tomon   tizma   astasekin   pasayadi   va   Kattaqo rg on   janubda   pastbaland	
ʻ ʻ
tepaliklardan   iborat   tekislik   bilan   qo shilib   ketadi.   Asosan,   qumtosh,   slanes   va	
ʻ
magmatik   jinslardan   tashkil   topgan   Nurota   tog i   bir   nechta   yirik   orografik	
ʻ
birliklarga parchalanib ketgan.
Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram rudasi (Ingichka), flyuorit, kvars,
ohaktosh,   granit,   mergel,   gips,   bentonit   gili,   abraziv   materiallar,   mineral
bo yoklar,   marmar   (Omonqo ton,   G ozg on,   Jom),   korund   konlari   (Nurotaning	
ʻ ʻ ʻ ʻ
janubiy sharqida); mineral buloqlar bor.
            Iqlimi kontinental, quruq iqlim. Bulutli kunlar kam bo ladi. Tekisliklarda	
ʻ
qish iliq. Yanvarning o rtacha harorati shimolda -2°, tog larda -4,8°. Yozi issiq.	
ʻ ʻ
Iyulning   o rtacha   harorati   25,9°   -   27,8°,   eng   past   harorati   -32°,   eng   yuqori	
ʻ
harorati   42°   (Kattaqo rg on).   O rtacha   yillik   yog in   282-459   mm.   Yog inning	
ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
80%  qish  va bahorda yog adi.  Qor  16-20 kungina saqlanadi.  Vegetatsiya  davri	
ʻ
324-334   kun.   Baland   ko tarilgan   sari   harorati   pasayadi.   Iqlim   sharoiti   va
ʻ
sug’orish Samarqand viloyatida paxta, tamaki, shaftoli, o rik, uzum, anjir, anor	
ʻ
yetishtirish uchun qulay.
20 1.1- rasm .   Samarqand   viloyati   hududi   xaritasi
Zarafshon     tabiiy-geografik     o’lkasi     O’zbekiston     Respublikasining
markazida     joylashgan.     Sharqdan     Tojikiston   Respublikasi     hududi     bilan
chegradosh,     shimoldan     Turkiston     tizmasining     g’arbiy     qismi     hisoblangan
21 Chumqar     tog’i,   G’ubdin,   Nurota,   Oqtog’     va     Qoratog’     bilan,     janubdan
Chaqalikalon,     Qoratepa,   Zirabuloq,   Ziyovuddin     tog’lari,   janub     va     janubi-
g’arbdan     Sandiqli     qumli     cho’l,     shimoli-g’arbdan     esa     Qizilqum     bilan
o’ralgan. Zarafshon  vodiysi  o’zining  er  usti  tuzulishiga  ko’ra  sharqiy  qismi
Samarqand   botig’idan,   shimoliy   hamda   janubiy   qismlari   tog’   va   qirlardan
iborat.  G’arbiy    qismi     esa     kengayib,    atrofi    qumli     cho’llar    bilan    o’ralgan.
Zarafshon     tabiiy-geografik     o’lkasining     er     usti     tuzulishi     bir     xil     emas.   U
sharqdan  g’arbga  tomon  pasayib  borsa, Zarafshon  vodiysidan  shimol  hamda
janubga  tomon  balandlashib, tog’larga  tutashib  ketadi.      
    Zarafshon  vodiysini  o’rab  olgan  tog’lar  esa  gersin  tog’  burmalanishi
bosqichida     quruqlikka     aylanib,   yarimorol     ko’rinishida     Tetis     dengizidan
chiqib turgan.   So’ngra   uzoq   vaqt   tashqi   kuchlar   ta’sirida   emirilib, pasayib
qolgan. Alp   bosqichida    esa   o’sha    pasaygan    yuza   qayta   ko’tarilgan.   Ular
asosan     paleozoy     erasining     ohaktoshlari,   slanets,     granit,     gneys     kabi
jinslaridan,     orasidagi     botiqlar     esa     mezozoy     va     kaynazoy     eralarining
lyossimon  yotqiziqlaridan  tarkib  topgan.                           
     Zarafshon  tabiiy-geografik  o’lkasining  iqlimi  uning  hamma   qismida
bir   xil   emas.   O’lka   iqlimini   hosil   qiluvchi     omillar ( quyosh   radiatsiyasi,
havo     massalari     harakati,   yer     usti     tuzulishi     va     hokazo   )   ta’sirida     iqlim
xususan     harorat     bilan     yog’inlar     miqdori     g’arbdan     sharqqa     va     tog’
yonbag’irlari     bo’ylab     pastdan     yuqori     tomon     o’zgarib     boradi.   Zarfshon
tabiiy-geografik o’lkasi  subtropik  kengliklarda  joylashgan  bo’lib, uni  quyosh
uzoq  vaqt  isitib  turadi. Shu  sababli  quyoshning  yalpi  radiatsiyasi  bir  kv  sm
yuzaga  bir  yilda  150  kilokaloriyani  tashkil  qiladi.  
      Ushbu     o'lkada     yog’inlar     hudud     bo’yicha     notekis     taqsimlangan.
O’lkaning     g’arbida     yiliga     114-177   mm,   sharqida     300-350   mm,   atrofidagi
tog’larda     (Omonqutanda)   881   mmgacha     yog’in     tushadi.
O’lkaning     asosiy     suv     manbayi     Zarafshon     daryosidir.     U     Zarafshon
muzligidan   boshlanadi. Zarafshon   keng   uzanda   sekin   oqadi va   Samarqand
shahri     yaqinida   ikki     tarmoqqa     bo’linadi.   Shimoliy     tarmog’i     Oqdaryo
22 ( uzunligi 131 km ), janubiy   tarmog’i (uzunligi 126 km).   Qoradaryo   Xatirchi
yaqinida   qo’shilib, Miyonqal   orolini  hosil  qiladi. Hozirgi   davrda  Zarafshon
Amudaryoga  etib  bormaydi.               
    Zarafshon  daryosi  muz  va  qorlarning  erishidan  to’yinadi. Shu  sababli
uning     tulin     suvli     davri     iyun-iyul     oylariga,   eng     kam     suvli     davri     qishga
tug’ri     keladi.   Hozirgi     paytda     uning     suvi     asosan     Samarqand     va     Navoiy
vohasini     sug’orishga     sarflanib,   Eski     Tuyatortar     kanali     orqali     Sangzor
vodiysiga,  Eskianhor  kanali  orqali  esa  Qashqadaryo  viloyatiga  suv  beradi.
Zarafshon     daryosi     tog’li     qismida     tor     uzanda       tez     oqadi,   o’lka     hududida
unga     hech     qanday     irmoq     qo’shilmaydi.   Daryoning     ikki     sohilida     soylar
bo’lib     ularning     suvi     sug’orishga     sarflanadi,   faqat     bahorgi     toshqin
davridagina    ba’zilari    Zarafshonga    etib   kelishi    mumkin,   Nurota-Oqtog’dan
boshlanuvchi   eng   katta   soylar-To’sinsoy, Kattasoy, Ko’ksaroysoy, Zarafshon
tizmasining     g’arbiy     qismidan     boshlanuvchi     soylarning     eng     yiriklari
Urgutsoy,  Omonqutonsoy,  Ohaliksoy  kabilar.  Bu  soylar  qor-yomg’ir  va  er
osti  suvlaridan  to’yinadi.  Shu  sababli  ularning  suvi  bahorda  toshib,  yozda
va     qishda     juda     kamayib     qoladi.     Ba’zan     bahorgi     jalalar     tufayli     ularning
suvi  ko’payib, toshib  ketib  ko’p  joylarga  zarar  keltiradi [40,44]. 
23 2.2. Tadqiqot materiallari va metodlari
Tadqiqot materiallarini terish   2020 yil   kuzi, 2021 yil   bahor va kuzda va
2022   yil     bahorida     amalga     oshirildi.   Zuluklar   gidrobiologik   asboblar   :
orqali     qo’lda     terildi.   Jam   40     namunada     300   dan     ortiq     zuluklar     nusxalari
yig’ildi   va   ular   dastlab   10% li, keyin   70 % li   etanolda   fiksatsiya   qilindi.
Zuluklarning   morfofiziologiyasini   o’rganishda     biologik     tadqiqot
mikroskopidan   (   M БС -   9   rusumli   )   foydalanildi.   Zuluklarning   ko’zlari   sonini
aniqlashda   glitserin     eritmasi     ishlatildi.     Turlarni   aniqlash     va     taksonomik
tarkibini     tuzishda,   ekologik     guruxlarni     taxlil     qilishda     Э.И.Лукин   ,
H.Nesemann, E.Neubert   ishlari   hamda   xalqaro   darajadagi   sistematik   resurs
bazalari   asos   bo’ladi.   Suvning   haroratini   o’lchashda   raqamli   suv   termometri
ishlatildi [14,32].
2.2.1-rasm. Material terilgan hududlar
24 2.2.2-rasm. Oqdaryo ekotizimlaridan material terish jarayonidan
fotolavhalar
25 2.3. Zuluklarning umumiy tavsifi
Zuluklarning   ko’pchilik   turlari   chuchuk   suvlarda   yashaydi.   Ularning   bir
qismi   suvda   ham   quruqlikda   ham   yashaydi   va   ma’lum   vaqt   davomida   suvdan
tashqarida   nam   joylarda   yashash   qobiliyatiga   ega.   Ayrimlari   dengizlarda
yashaydi.   Bular   dengiz   baliqlarining   terisida   parzitlik   qiluvchi   zuluklar
hisoblanadi.   JanubiSharqiy   Osiyo,   Avstraliya,   Janubiy   va   Markaziy
Amerikaning   nam   tropik   o’rmonlarida   yashovchi   yer   ustida   yashovchi   qon
so’ruvchi zuluklar guruhi xam mavjud. 
  Ko’pchilik   zuluklar   erkin   holda   yashaydi   va   mayda   hayvonlarni   ovlaydi
yoki   vaqtinchalik   xilma-xil   hayvonlarning   tanasiga   yopishib   oladi   va   ularning
qonini   so’radi.   Ularning   ayrimlari   vaqtinchalik   va   davriy   parazitlikdan   doimiy
parazitlikka   o’tadi.   Baliqlar,   baqalar   va   boshqa   hayvonlarning   ko’pchilik
parazitlari shunday turlardan hisoblanadi  [32].   
Tashqi   tuzilishi.   Zuluklarning   tanasi   yelka-qorin   yo’nalishida   sezilarli
qisilgan.   Tanasining   oldingi   qismida   muskulli   oldingi   so’rg’ich   joylashgan
bo’lib   uning   markazida   og’iz   teshigi   joylashadi.   Tanasining   orqa   uchida   juda
kuchli taraqqiy etgan ikkinchi so’rg’ich orqa so’rg’ichi joylashgan bo’lib uning
ustida orqa tomonda anal teshigi ochiladi. 
  Zuluklarning tanasida hech qanday o’simtalar va parapodiylar bo’lmaydi.
Qilchalar   faqat   eng  primitiv   tur   –  qilli   zulukda  saqlanib   qolgan   bo’ladi.  Uning
oldingi beshta segmentida to’rt juftdan qilchalar joylashadi.  
  Zuluklar   tanasining   tashqi   halqalari   soxta,   ikkilamchi   bo’lib,   u   tananing
haqiqiy   ichki   segmentasiyasiga   mos   kelmaydi.   Zuluklarning   tanasida   hammasi
bo’lib 103 ta halqa mavjud. Oldingi va keyingi somitlardagi halqalar o’rtasidagi
o’rtasidagi   chegaralar   hamma   vaqt   xam   yaxshi   namoyon   bo’lmaydi,   shuning
uchun ayrim turlarda halqalar soni kamroq bo’ladi. Umuman zuluklarning tanasi
33   ta   segmentdan   tashkil   topadi,   shulardan   ancha   zaif   tuzilgan   bosh   pallasi   –
prostomium  va to’rtta bosh segmentlari  oldingi so’rg’ich tarkibiga kiradi. Tana
bo’limi   22   ta   segmentdan   tashkil   topadi.   Keyingi   so’rg’ich   oxirgi   yettita
segmentlarni qo’shilishidan hosil bo’ladi. 
26 2.2.2-rasm. Zuluklarning o’ziga xos belgilari: A- tana shakllari,  B- Tana
chetlari,  C- Halaqalar ko’rinishi,  D- Ko’zlarining soni va joylashuvi [32].
27 Ovqat hazm qilish apparati. Og’iz teshigi ancha katta. Og’iz so’rg’ichining
qorin   qismidagi   devori   qatlanib   turuvchi,   qatlamlar   og’iz   teshigiga   yo’nalgan.
Og’iz   teshigidan   keyin   oqish   rangdagi   3   ta   jag’lar:   bittasi   yuqorida   va   ikkitasi
yon   tomonda   joylashadi.   Jag’ning   chekkalarida   bir   qator   o’tkir   tishchalar
joylashadi. Har bir jag’dagi tishchalar soni 69 ta dan 91 tagacha o’zgarib turadi.
Tishchalarning   uzunligi   12-33   mm   ni   tashkil   etadi.   Undan   keyin   muskulli
halqum   joylashadi,   uning   asosiy   vazifasi   o’lja   tanisidan   qonni   so’rib   olish
hisoblanadi. Halqum yirik oshqozonga o’tadi. Oshqozonning oldingi o’simtalari
va   xalqumning   ikki   yon   tomonlarida   ko’p   sonli   bir   hujayrali   so’lak   bezlari
joylashadi,   ularning   chiqarish   yo’llari   o’zaro   qo’shilib   jag’lardagi   tishchalar
orasiga   ochiladi.   Zuluk   o’z   o’ljasining   terisini   teshgan   vaqtda   shu   zahotiyoq
yaraga tarkibida girudin moddasi bo’lgan so’lak bezlarining suyuqligini ajratadi.
Oshqozon   so’rilgan   qon   uchun   rezervuar   vazifasini   bajaradi.   Oshqozondan
keyin ichak boshlanadi. Orqa chiqaruv teshigi juda mayda.  
  Jinsiy   apparati.   Belbog’chasi   15   ta   halqadan   iborat,   tashqi     tomondan
yaxshi   sezilmaydi.   Har   ikkala   jinsiy   teshiklar   halqalar   orasidagi   egatchalarda:
erkaklik   jinsiy   teshigi   36   va   37-   halqalar   orasida   joylashadi.   Har   ikkala   jinsiy
teshiklar orasidagi  masofa roppa-rosa  5 ta halqani  tashkil  etadi. Erkaklik jinsiy
apparati   9   juft   (ba’zan   10   juft)   urug’   yo’llari,   kalta   urug’   chiqarish   kanallari
bilan   birlashgan   urug’   xaltachalari   (urug’donlardan)   tashkil   topgan.   Oldingi
tomonda (10 segment  kengligida)  urug’ yo’llari  tuguncha ko’rinishida buraladi
va  urug’don  ortig’i   deb  ataladi.   Ularda  urug’   to’planadi.   So’ngra   ulardan  kalta
va   keng   urug’   chiqaruvchi   kanallar   chiqadi   va   ular   atriumga   ochiladi.
Atriumning   bir   qismi   etdor   (muskulli)   qo’shilish   organiga   aylanadi.   Tashqi
tomondan atrium yo’g’on bezli massa – prostata bezi bilan qoplangan. 
Urg’ochilik   jinsiy   apparati   –   2   ta   unchalik   katta   bo’lmagan   tuxum
xaltachalari   bo’lib,   ularda   bittadan   ipsimon   tuxumdonlar   joylashadi.   Har   bir
tuxum   xaltachalaridan   keng   kanal   (bachadon)   chiqadi   va   boshqa   kanal   bilan
28 qo’shilib   tuxum   yo’lini   hosil   qiladi.   Tuxum   yo’li   keng   ilmoqsimon   qin   bilan
birlashadi. U urg’ochilik jinsiy teshigi orqali tashqariga ochiladi [32]. 
  Ko’payishi   va   rivojlanishi.   Tabiatda   zuluklarning   ko’payishi   yozda   yuz
beradi   va   pilla   qo’yish   bir   yilda   bir     marta   amalga   oshiriladi.   Laboratoriya
sharoitlarida   qishda   havo   harorati   18-20   gradus   va   yozda   havo   harorati   24-27
gradus bo’lganda bu chuvalchanglar istalgan vaqtda ko’payadi va har 6-8 oydan
so’ng pilla qo’yadi, ularning shakli ovalsimon ko’rinishda bo’ladi. Bir zuluk bir
marta   ko’payishda   3   tadan   8   tagacha   ko’pincha   4-5   ta   pilla   qo’yadi.   Tabiatda
zuluklar   o’z   pillalarini   nam   tuproqqa,   suv   havzalarining   qirg’oq   tuproqlariga
qo’yadi.   Pilla   qo’yish   uchun   eng   qulay   bo’lgan   harorat   22-230S   hisoblanadi.
Zuluklarlarda   ularning   hayoti   davomida   bir   necha   pilla   qo’yish   davrlari
kuzatiladi.   Zuluklarning   tuxumi   pilla   ichida   tuxumlardan   rivojlanayotgan
embirionlarning   oziq   manbai   bo’lib   xizmat   qiluvchi   o’ziga   xos   oqsilli
suyuqlikda suzib yuradi. Oqsilli suyuqlik o’ziga xos ingichka devorli, qayishqoq
shox   rangidagi   kapsula   ichida   joylashgan   bo’ladi.   Kapsula   ustki   tomondan
g’ovak   qobiq   bilan   qoplangan.   Embirionlarning   rivojlanishi   taxminan   bir   oy
davom   etadi.   Pilladan   chiqqan   zuluklarning   uzunligi   7-8   mm   ga   og’irligi   esa
0,02-0,03   grammga   teng   bo’ladi.   Ularning   jag’lari   zaif   bo’ladi,   shuning   uchun
ular   sut   emizuvchilarning   terisini   qiyinchilik   bilan   teshadi.   Lekin   suvda   va
quruqda yashovchilarning terisini osonlik bilan jarohatlab oladi.  
Oziqlanishi. Zuluklar umurtqali hayvonlarning barcha sinflari vakillarining
qonini   so’rishi   mumkin.   Tabiatda   ular   ko’pincha   baqalarga,   yirik   shoxli
qoramollarga,   otlarga,   baliqlarga   va   odamlarga   hujum   qiladi.   Zuluklarning
oziqlanishida sudralib yuruvchilar juda kam rol o’ynaydi. 
Zulukning  odam  qonini  so’rishi  30  daqiqadan  1,5  soatgacha   davom   etishi
mumkin.   Qon   so’rish   aktining   davomiyligi   bir   qator   holatlarga:   umumiy
fiziologik   holatiga;   zulukning   ochliligiga;   zuluk   qonini   so’rayotgan   organizm
teri   qoplami   va   qon   aylanish   tizimining   o’ziga   xos   xususiyatlariga   bog’liq
bo’ladi.   Qonni   so’rib   bo’lgan   zuluk   o’lja   tanasidan   o’zi   tushib   ketadi.   Zuluk
tomonidan   hosil   qilingan   jarohatdan   uzoq   vaqt   davomida   qon   oqib   turadi.
29 Chunki   ular   jarohatga   girudin   moddasi   ajratib   chiqaradi.   Girudin   zuluk
tanasining turli qismlarida, asosan  so’lak bezlarida ishlab chiqariladi. So’rilgan
qon   uning   oshqozonida   uzoq   vaqt   saqlanadi.   Qon   juda   sekin   o’zlashtiriladi.
So’lak   bezlari   tomonidan   ajratib   chiqarilgan   moddalar   qonni   chirish
jarayonlaridan   saqlaydi.   Qonning   o’zlashtirilishi   jarayoni   oshqozondan   keyin
keladigan   ichakda   ro’y   beradi.   Qon   ichakda   o’zlashtirilgandan   so’ng   bu   yerda
sarg’ish-yashil   yoki   to’q   jigarang   tusdagi   siyrak   massa   ko’rinishdagi   axlat
ko’rinishiga   ega   bo’lib   qoladi   va   anal   teshigi   orqali   tashqariga   chiqarib
yuboriladi. 
Boshqa   zuluklar   singari   tibbiyot   zulugi   ham   uzoq   vaqt   ochlikka   bardosh
berish   qobiliyatiga   ega.   Zuluklar   bir   martada   so’rishi   mumkin   bo’lgan   qon
miqdori   zulukning   yoshiga;   oziqlanish   vaqtida   uning   ochlik   darajasiga;   qon
manbalariga; uning umumiy fiziologik holatiga bog’liq bo’ladi  [32].
30 III. BOB. OQDARYO SUV HAVZASI ZULUKLARI TUR TARKIBI,
BIOEKOLOGIYASI, TARQALISHI VA AHAMIYATI
3.1. Oqdaryo suv ekotizimlarida zuluklari tur tarkibining taksonomik
tarkibi
    Izlanishlar   natijasida, Oqdaryo   havzasi   suv  tiplarida   jami   7 ta  zuluk
turlari     tarqalganligi     aniqlandi,   ular   7   urug’,   6   oila,   1   tip,   1   sinf     va     1   kenja
sinfga taalluqligidir.    Quyida *
  Oqdaryo  suv  havzasi  zuluklari  tur  tarkibining
taksonomik  tarkibi keltirilgan [12,21, 32]:  
Annelida Lamarck, 1809 tipi
Cliatellata Michaelsen, 1919   sinfi
Hirudinea  Lamarck,  1818 kenja  sinfi
Rhynchobdella Blanchard,  1894 turkumi
Glossiphonidae Vaillant, 1890 oilasi
Alboglossiphonia  Lukin,1976 urug’i
1. Alboglossiphonia hyaline  ( Myuller, 1774 )
Helobdella Blanchard,  1896  urug’i
2. Helobdella   stagnalis  ( Linnaeus, 1758 )
Piscicolidae  Johnston, 1865 oilasi
Piscicola  Blanville, 1818 urug’i
3. Piscicola geometra  (Linnaeus, 1758)
Arhynchobdellida Blanchard,  1894 turkumi
Hirudinidae Whitman,  1896 oilasi
Hirudo Linnaeus, 1758  urug’i
4. Hirudo orientalis  Utevsky  et  Trantelj, 2005
Praobdellidae  Sawyer, 1986 oilasi
Limnatis   Moquin-Tardon   1826 urug’i  
5. Limnatis  paluda  (Tennent, 1859)
Haemopidae  Richardson, 1969  oilasi
Haemopis Savigny, 1822 urug’i
6. Haemopis sanguisuga  ( Linnaeus,1758 )
Erpobdellidae Blanchard, 1894 oilasi
Erpobdella Blainville,  1894 urug’i
7. Erpobdella  octoculata  ( Linnaeus,1758 )
*Izoh: Sistematik ketma-ketlikni ishlab chiqishda Siddall (2007), Sawyer (1986),  Лукин
(1976)  ishlaridan foydalanildi.
31    Yuqorida keltirilganlardan ma‘lum  bo’ldiki, Oqdaryo  suv  havzasi  jag’li
zuluklar  ( Arhynchobdellida ) turkumiga  mansub  taksonlarga  boy  bo’lib, ular 4
oila, 4 urug’   va 4 turni   tashkil   etadi. Xartumli zuluklar ( Rhunchobdella ) esa,
faqat   2   oila   va   3   turga     taalluqlidir.   Barcha   zuluklarning   oilalar     va     turlar
bo’yicha  ulushi quyida  aksini  topgan (3.1.1-rasm) [27]
3.1.1-rasm.  Oqdaryo  suv  tiplarida  tarqalgan  zuluklar  oilalaridagi  turlar
ulushi .
32 3.2. Zuluklarning morfologik belgilari va bioekologiyasi
Terilgan     zuluklarning     turlarini     aniqlash     uchun,   ularning     quyidagi
morfologik     belgilariga     qarab     o’rgandik:   hajmi,   tana   shakli,   so’rg’ichlarining
tuzulishi,   tana     chekkasi     va     yuzasining     xususiyati,   rangi,   ko’zlarining     soni,
shakli     joylashish   o’rni.   Ekologik     tahlil     qilishda,   zuluklar     biotoplarining
belgilariga     qarab     tahlil     qildik.   O’zbekistonda     va     Oqdaryo     suv     tiplarida
tarqalishi  hamda xo’jalikdagi  ahamiyati  o’rganildi. 
Glossiphonidae Vaillant, 1890 oilasi
Kichik   yoki   o'rta   o'lchamdagi   zuluklar.   Tana   yassilangan,   barg   shaklida.
Ko'pgina turlardagi to'liq somit uchta teng halqadan iborat bo'lib, ular bir kichik
oilada   (Toricinae)   bir-biri   bilan   birlashishga   moyilligini   ko'rsatadi.   Dorsal   va
qorin   bo'shlig'idagi   qon   tomirlari   mavjud.   Lateral   jarayonlar   bilan   oshqozon,
ularning soni ko'pincha 6-7, lekin ba'zi turlarda kichikroq yoki kattaroq bo'lishi
mumkin; oshqozonning orqa jarayonlari, qoida tariqasida, eng uzun va ichakka
parallel   ravishda   cho'zilgan;   ichak   har   doim   to'rt   juft   jarayon   bilan   bo'ladi.
Tuxumlari yupqa devorli pillalar bilan o'ralgan. Embrionlar va o'smirlar onaning
qornida rivojlanadi. Ular umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning qonini va tana
sharbatini so'radi. Ular chuchuk va ba'zan bir oz sho'r suvlarda yashaydilar [32].
Alboglossiphonia  Lukin,1976 urug’i
Kichik   o'lchamdagi   glossifonidlar.   Orqa   tomonda   juda   kichik,   yomon
ko'rinadigan papilla yoki yaxshi rivojlangan papilla mavjud. Rangi qora pigment
bilan   to'qnashgan   kulrang-oq   rangga   ega,   uning   rivojlanish   intensivligi   juda
boshqacha;   orqa   tomonda   paramedik   chiziqlar   yo'q.   Birinchi   juft   ko'zlar   bir-
biriga   juda   yaqin.   Urug'lik   sumkalari   (moyaklar)   6   juft.   Geografik   taqsimot:
Palaearktika, Efiopiya, Hind-Malay, Avstraliya mintaqalari [32].
1 .  Alboglossiphonia hyalina     (Müller, 1774) ( 3.2.1 -расм.)
Sinonimiyasi:   Hirudo   hyalina   Müller,   1774;   Clepsine   hyalina   Moquin-Tandon,   1826;
Glossiphonia hyalina  Blainville, 1827;  Glossiphonia heteroclita f. hyalina  Pawlowski, 1936.
Terilgan joylar.   Oqdaryo havzasining   Kumushkent, Jarqishloq va boshqa
hududlaridagi sekin oqadigan, juda loyqa bo’lmagan suv biotoplari.
33 Morfologik   tavsifi.   Kichik   o‘lchamdagi   zuluk.   Tanasining   uzunligi   6-12
mm,   kengligi   4-8   mm.   Tana   shakli   bargsimon,   chekkalari   tishsimon.
Tanasininng (bel) va old (qorin) tomoni deyarli sarg‘ish-oqish rangda, orqasida
ko‘plab juda mayda bo‘rtiqchalar mavjud. Oshqozon o‘simtalari 6 juft. Ko‘zlar
3 juft, oldingi 1 jufti maydaroq, keyingi 2 juft ko‘zlari yirikroq  [19,27,28].
3.2.1-rasm  Alboglossiphonia hyalina : A- Orqa (dorsal) tomondan ko’rinishi,  
B- Old (ventral) tomondan ko’rinishi  
Ekologiyasi.   Termofil   –   keng   tarqalgan   tur.   Oqdaryoning   chekka
qismidagi deyarli turg‘un biotoplarda keng tarqalgan. Uni 10-70 sm chuqurlikda
uchratish   mumkin.   Ushbu   tur   suv   ostidagi   toshlardan   substrat   sifatida
foydalanadi . A. hyalina  biotsenozdagi boshqa turlar bilan biotik munosabatlarda
“yirtqich-o‘lja” ko‘rinishda qatnashadi, kichik suv mollyuskalariga hujum qilib,
ular bilan oziqlanadi  [19,27,28].
Tarqalishi.   Paleartik   tur,   ammo   uning   bunday   keng   hududda   tarqalishi
notekis. U Yaponiya, Xitoy va Janubiy Osiyo, Afrika, Avstraliya, Afg‘oniston,
34 Mo‘g‘uliston,   Tibet   Sharqiy   Sibir,   Baykal   va   Ozarbajon,     Turkmaniston,
Qozog'iston kabi hududlarda uchratilgan  [ 32 ].
Helobdella Blanchard,  1896  urug’i
Kichik   o'lchamdagi   zuluklar.   Boshqa   glossifonidlarga   qaraganda   tanasi
o'rtacha   kengdir.   Tananing   dorsal   yuzasi   silliq,   aniq   papillalari   yo‘q.   Bir   qator
turlarning orqa  qismida  xitinoid  plastinkasi  bor. Tana  rangi   oqish.  Ko'z  odatda
bitta   juftdir.   To'liq   somit   uchta   halqadan   iborat.   Og‘izi   old   so’rg’ichining
o‘rtasida.   Xalqumi   yaxshi   rivojlangan.   Oshqozon   ko'p   turlarda   oltita   jarayon
bilan,   bir   necha   turda   ettita   jarayon   bilan.   Oshqozon   jarayonlari   pasayishning
aniq   tendentsiyasini   ko'rsatadi;   ba'zi   bir   qo'shimcha   palaearktik   turlarda   bu
jarayonlar   soni   beshdan   to'rtgacha   kamayadi.   Ular   tanadagi   sharbatlarni   so'rib
olishadi   va   turli   xil   umurtqasiz   hayvonlarning   to'qimalarini   yutib   yuborishadi.
Avstraliyadan   tashqari   barcha   zoogeografik   mintaqalarda   tarqalgan;   turlarning
katta qismi Janubiy Amerikada yashaydi  [32].
2.  Helobdella stagnalis  (L., 1758)   ( 3.2.2 -расм.)
Sinonimiyasi: Hirudo   stagnalis   Linnaeus,   1758;   Hirudo   pulligera   Daudin,   1800;
Glossiphonia perata  Johnson, 1816;  Erpobdella bioculata  Lamarсk, 1818;  Clepsine bioculata
Savigny,   1822;   Glossobdella   pulligera   Blainville,   1827;   Clepsine   stagnalis   Fillipi,   1837;
Glossiphonia   bioculata   Mоquin-Tandon,   1846;   Glossiphonia   circulans   M oq uin-Tandon,
1846;   Clepsine   modesta   Verrill   1972;   Glossiphonia   modesta   Vaillant,   1890;   Glossiphonia
stagnalis   Blanchard,   1894;   Glossiphonia  (Helobdella)   stagnalis   Moore,  1922;   Bakedebdella
gibbosa  Sciacchitiano, 1939.  
Terilgan   joylar.   Oqdaryo   havzasining   deyarli   barcha   hududlaridagi   suv
biotoplari.  
Morfologik   tavsifi.   Tanasi   tinch   holatda,   cho‘zinchoq   oval   shaklga   ega,
oldingi uchiga nisbatan tananing o‘rtasi keng bo‘lib, undan keyin pastga tomon
biroz   ingichkalashgan.   Uzunligi   12-16   mm,   kengligi   2-3   mm.   Tananing   orqa
yuzasi   silliq,   rangi   cho‘zilganda   sarg‘ish   kulrang,   qisqarganda   yashil   rangda
ko‘rinadi.   Bunga   sabab   tananing   orqa   yuzasida   to‘q   yashil   rangli   dog‘lar
(nuqtalar)   mavjudligi.   H.stagnalis   ning   barcha   boshqa   zuluklardan   ajralib
turuvchi   xususiyati   bu   –   orqa   xitin   plastinkasining   mavjudligi.   U   to‘q   sariq,
35 deyarli jigarrang bo‘lib, 11 va 12-halqalar orasida joylashgan. Ko‘zlari bir juft,
ular juda katta   [ 19,27,28].
3.2. 2 -rasm  .  Helobdella stagnalis : A- Orqa (dorsal) tomondan ko’rinishi,  
B- bir juft ko’zlarining ko’rinishi ,   C- Tuxumlaridagi yosh emrionlar ko’rinishi .
Ekologiyasi.   Kosmopolit   –   evribiont   tur.   Zuluk   na’munalari   30-120   sm
chuqurlikdan,   22°C   issiq   haroratdagi   biroz   tiniq   yoki   juda   loyqa   bo‘lmagan
biotoplardan   terildi.   Tadqiqotlar   natijalariga   ko‘ra,   u   organik   ifloslangan,
evtrofikatsiyaga   uchragan   suv   tiplarida   ham   yashay   oladi.   Ushbu   tur   ham,
aksariyat   glossifonidlar   kabi   yorug‘likdan   qochadi,   asosan   tosh,   g‘isht,   qattiq
chiqindilar, ayniqsa, tarkibida polietilen saqlovchi chiqindi mahsulotlari ostidan
substrat sifatida keng foydalanadi.  H.stagnalis  suv ekosistemasidagi qorinoyoqli
mollyuskalarga hujum qilib yirtqich holda oziqlandi  [19,27,28].  
Tarqalishi.  Paleartikanimg deyarli barcha hududida tarqalgan  [ 32 ] .
36 Piscicolidae  Johnston, 1865 oilasi
Tana silindrsimon, yoki ko'proq yoki kamroq tekislangan va ikki qismga
bo'lingan:   oldingi   qismi   torroq   -   "bo'yin"   va   orqa   tomon   uzunroq   -   "qorin".
Oldingi   so'rg'ich   disk   shaklida   bo'lib,   tananing   qolgan   qismidan   keskin
ajratilgan.   Orqa   so'rg'ich   turli   o'lchamlarga   ega:   kattadan   (diametri   tananing
maksimal   kengligidan   ancha   katta)   kichikgacha   (diametri   tananing   maksimal
kengligidan   ancha   kichik).   Yanal   pufakchalar   tananing   chetlari   bo'ylab
joylashgan   (odatda   ular   11   juft   bo'ladi),   ularning   kattaligi   juda   kattadan   juda
kichikgacha   o'zgaradi.   Ko'z,   qoida   tariqasida,   ikki   juft,   ular   oldingi   so'rg'ichda
joylashgan;   ba'zi   turlarda   (doimiy   parazitlar   yoki   katta   chuqurlikda   yashovchi)
ko'zlar   kamayadi.   Ko'pgina   turlarning   orqa   so'rg'ichida   ko'zga   o'xshash   dog'lar
mavjud. To'liq somitdagi halqalar soni 3 dan 14 gacha o'zgaradi. Dorsal va qorin
bo'shlig'i   qon   tomirlari   mavjud;   lateral   lakunalar   yaxshi   rivojlangan.   Oilaning
aksariyat   turlari   dengizlarda   yashaydi.   Yuqoridagi   tavsif   Palearktikaning
chuchuk   va   sho'r   suv   turlarining   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   tuzilgan
[32].
Piscicola  Blanville, 1818 urug’i
O‘rta  va  katta  hajmdagi   zuluklar.  Tana  silindrsimon,  ipsimon.   So'rg'ichlar
yaxshi   rivojlangan,   orqa   so'rg'ichning   diametri   yoki   tananing   eng   katta
kengligiga   teng.   Ko'zlar   va   ko'zga   o'xshash   dog'lar   (orqa   so'rg'ichda)   yaxshi
rivojlangan.   To'liq   somit   7   yoki   14   halqadan   iborat;   14-halqa   hosil   qilish
tendentsiyasi   Somitlar   to'liq   somitlari   odatda   7   ta   halqaga   ega   bo'lgan   turlarda
ham   uchraydi.   Oshqozonning   o’simtalari   ko'p   yoki   kamroq   birlashtirilgan,
ammo ular orasida bo’shliqlar bor  [32].
3.   Piscicola geometra   (Linnaeus, 1758)  ( 3.2.3 -расм.)
Sinonimiyasi:   Hirudo geometra   Linnaeus, 1758;   Hirudo   galearia   Braun, 1805,   Ichtyobdella
percae  Tempelton, 1836,  Piscicola lippa  Olsson, 1893;  Piscicola perspicax  Olsson, 1893.
Terilgan joylar.  Oqdaryo havzasining Qozoqxo’ja, Jarqishloq va boshqa 
hududlaridagi toza kislorodga bor suv biotoplari.
37 Morfologik   tavsifi.   Kichik   o‘lchamdagi   zuluk,   uzunligi   18-24   mm,
kengligi 1-3 mm. Tanasining   shakli  ingichka ipsimon. Old so‘rg‘ichi yumaloq
disksimon   bo‘lib,   huddi   krest   (+)   chizilganga   o‘xshash   bo‘yalgan.   Orqa
so‘rg‘ichi  och rangdagi  14 tagacha radial chiziqlarga ega katta, u substrat  yoki
ho‘jayiniga   mustahkam   yopishishga   yordam   beradi.   Tanasininng   rangi   sariq,
lekin   unda   to‘q   jigarang-qoramtir   rangdagi   mayda   dog‘lar   borligi   sabab   to‘q
rangda ko‘rinadi. Orqa tomonida och rangdagi dog‘lar ham mavjud bo‘lib, ular
17-19   ta   chiziqlar   hosil   qiladi.   Ko‘zlar   ikki   juft.   U   tuxum   qo‘yish   yo‘li   bilan
ko‘payadi,   uning   o‘ziga   xosligi   pillada   faqat   bitta   tuxum   bo‘ladi   [19,27,28].
3.2. 3 -rasm  .  Piscicola geometra : A- Orqa (dorsal) tomondan ko’rinishi,  
B- ikki juft ko’zlarining ko’rinishi.
Ekologiyasi.   Oksifil   tur.   U   baliqlarning   tanasidan   qon   so‘rib,
ektoparazitlik   qiladi.   Ko‘payish   vaqtida   o‘simlik,   ba’zan   toshlarga   pillalarini
qo‘yadi   [19,27,28].
38 Tarqalishi.   Tipik Palearktika gidrofaunasining vakili  bo’lib,  bu hududdan
tashqari   uni   Shimoliy   Amerika,   Evropava,   Shimoliy   Osiyo,   Marokash,   Afrika,
Xitoy, Yaponiya,  Zakavkaz, Markaziy Osiyodan topilgan  [32] .
Arhynchobdellida Blanchard,  1894 turkumi
Hirudinidae Whitman,  1896 oilasi
Katta va kamdan-kam hollarda o‘rtacha zuluklar. Beshta juft ko'zlari kamon
shaklida   joylashgan.   Aksariyat   turlarda   to'la   somit   (shu   jumladan   barcha
palearktik   turlar)   beshta   halqadan   iborat.   Ko'pgina   turlarda   (shu   jumladan,
barcha   Palearctik)   tishchalar   bilan   qurollangan   uchta   jag',   bir   nechta   juft   (qon
so'ruvchi shaklda) yoki bir jufti (orqasi) o’simtalari (o ‘ ljasini yutib yuboradigan
shaklda)   bo'lgan   oshqozon   bor.   Urug'lantirish   ko'payish   organ   yordamida
amalga   oshiriladi.   Pilla   (gubkalar   bilan   qoplangan)   suv   havzalarining
qirg‘oqbo‘yi   zonasida   yoki   tuproqda   to‘planadi.   Suv   yoki   yer   usti   organizmlar
umurtqali   hayvonlarning   qonini   so'rib   olishadi   yoki   kichkina   hayvonlarning
(umurtqasiz   va   umurtqali   hayvonlarning)   tanasining   bir   qismini   yutib
yuborishadi  [ 32 ].
Hirudo Linnaeus, 1758  urug’i
Katta   hajmdagi   zuluklar.   Orqa   so ‘ rg ‘ ich   katta   (uning   diametri   ancha
katta).   Tananing   kengligining   yarmidan   ko'pi).   Tananing   yuzasi   kichik   papilla
bilan  qoplangan.   Tana  ancha   qalin.   Uzunlamasiga   chiziqlar   yoki   dog ‘ lar   bilan ,
sezilarli   darajada   to‘q   rang li .   Har   bir   jag'da   kamida   60-75   ta   tish   bor;   o‘n   juft
yaxshi rivojlangan oshqozon  o’simtalari bor ; anal teshigi kichik. Ular umurtqali
hayvonlarning qonini so'rishadi  [ 32] .  
4.   Hirudo orientalis  Utevsky  et  Trontelj, 2005  ( 3.2.4 -расм.)
Terilgan   joylar.   Oqdaryo   havzasining   Kumushkent   hududlaridagi   daryo
atrofidan sizib chiqadigan toza suvli, sekin oqadigan, juda loyqa bo’lmagan, suc
osti botqoqli biotoplari.
Morfologik tavsifi.  Uzunligi 108 mm gacha, maksimal tananing kengligi
10 mm, oldingi so'rg'ichning kengligi 4 mm, orqa so'rg'ichning kengligi 5,5 mm.
39 Gonoporlar   beshta   annuli   bilan   ajralib   turadi.   Tana   yuzasi   ko'plab   papillalar
bilan qoplangan. Beshta juft ko'z bor. Dorsal yuzasining rangi asosan o't-yashil
bo'lib, ingichka va bo'laklangan ikkita to'q sariq paramedian chiziqlar va ikkita
to'q sariq paramarginal chiziqlar keng va qora segmentli joylashgan to'rtburchak
yoki yumaloq dog'larni o'z ichiga oladi. Tananing yon tomonlari sariq chiziqlar
bo'lib,   qora,   segmentli   ravishda   joylashtirilgan   yumaloq   dog'larni   o'z   ichiga
oladi. Qora dog'lar har bir segmentning markaziy halqasida joylashgan. Ventral
tomoni asosan oq-qora rangda   [19,27,28].   Bu turning uchta jag'i bor   bo’lib, h ar
bir jag'da 80 (min: 71 - maksimal: 91) tish bor; har bir tishning o rtacha kattaligiʻ
33 mkm[1 , 4 ,13 ]
3.2. 4 -rasm  .  Hirudo orientalis:  A- Orqa (dorsal) tomondan ko’rinishi,  
B-  Old (ventral) tomondan ko’rinishi ,
40 Ekologiyasi.   Термофил   тур   ҳисобланади,   бироқ,   7-43°C   оралиғида
яшай олади. Унинг учун оптимум ҳарорат 22-27°C. Шу билан бирга, яшаш
муҳитининг   ўзига   ҳослиги   –   саёз,   турғун   ёки   секин   оқар,   туби   лойқали
(ботқоқли)   ва   ифлосланмаган   сув   ҳавзалари   бўлишидир.   Зулук   сув   юзаси
иссиқ, туби томон салқин бўлиб борувчи ҳавзаларида учрайди  [19,27,28].
Tarqalishi.  Bu Osiyo turi subboreal eremial zonadagi tog'li hududlar bilan 
bog'langan va Ozarbayjon, Eron, O'zbekiston va Qozog'istonda uchraydi.  Bu 
Gruziyada, ehtimol, Armanistonda ham uchraydi [32].
Praobdellidae  Sawyer, 1986 oilasi
Ular   sutemizuvchilarning   shilliq   pardalarida   yashovchi   gematofag
zuluklar   oilasi.   Bular   organizmga   tabiiy   teshiklar   (odatda   burun   bo'shliqlari   va
farenks, kamdan-kam hollarda pastki nafas yo'llari, anus, siydik yo'llari va qin)
orqali kirib, girudiniazlarni keltirib chiqaradigan ichki parazitlardir. Ushbu turlar
tishlarning soni  kamligi va oldingi so'rg'ichdan  kattaroqligi  bilan ajralib turadi.
Ikkinchisi   shilliq   qavatlar   kabi   nam   yuzalarga   mahkamlashda   ishtirok   etishi
mumkin. Oqra so‘rg‘ichlari kata va mustaxkam yopishish xususiyatiga ega  [ 44 ].
Limnatis   Moquin-Tardon  1826 urug’i  
Ushbu   urug‘   Yevropa,   Afrika   va   G arbiy   Osiyoda   qayd   etilgan   chuchukʻ
suvli   zuluklarini   o‘z   ichiga   oladi.   Ularning   eng   muhim   xususiyati   bu   old
(ventral)   tomoni   orqa   (dorsal)   tomonidan   to‘q   rangda   bo‘lishidir.   Oqra
so‘rg‘ichlari   katta   va   mustaxkam   yopisha   oladi.   Olimlar   bu   jinsni   Hirudinidae
yoki   Praobdellidae   oilasiga   joylashtirish   kerakmi   degan   fikrga   kelishmagan
[ 32,44 ].
5. Limnatis  paluda  (Tennent, 1859)  ( 3.2.5 -расм.)
    Sinonimiyasi:  Haemopsis paludum  Tennent, 1859;  Limnatis   turkestanica  Plotnikov, 1905; 
Limnatis   turkestanica  Щegolev, 1912;  Limnatis paluda  Moore, 1927, 1938;   Limnatis   nilotica
Щegolev, 1951;  Limnatis paluda  Kuntz and Myers, 1968;  Limnatis nilotica  Phillipis and 
Siddall, 2004;   Limnatis paluda  Nakano et al., 2015;
Terilgan joylar.  Oqdaryo havzasining Jarqishloq, Narpay hududlaridagi 
suv osti loyli, sayoz, issiq bo’lgan sohillardan topildi.
41 Morfologik   tavsifi.   Katta   hajmdagi   zuluk.   Tanasining   uzunligi   yosh
zuluklarda:   20-40 mm, kengligi 4-6 mm, voyaga yetganlarida o‘rtacha 90-120
mm,   kengligi   12-18   mm   atrofida.   Ko‘zlari   5   juft.   Tana   shakli
chuvalchangsimon.   Harakat   vaqtida   uzunligi   180   mm   gacha   yetadi.   Tananing
chekkalari   tekkis,   tana   yuzasi   juda   shilimshiq   moddaga   boy.   Orqa   so‘rg‘ichi
diametri juda katta, yirik vakilllari substratga yopishganda kengligi 15 mm dan
ortiq   bo‘ladi.   Tana   rangining   bo‘yalishi   boshqa   zuluklardan   farq   qiladi,   ya’ni
qorin tomoni to‘q rangda: qoramtir-yashil, orqasi esa och-yashil, sarg‘ish-yashil
rangda, ikki yonida to‘q sariq yo‘lli chiziq mavjud. Yana bir o‘ziga xosligi, orqa
yuzasida qoramtir to‘q dog‘lar, naqshli chiziqlar mavjud emas. Old so‘rg‘ichida
joylashgan   jag‘larining   har   birida   50   ta   turli   kattalikdagi   tishlari   mavjud
[19,27,28].
Ekologiyasi.   Oqdaryoning   qayirlarida   turg‘un   suv   biotoplarda   uchraydi,
ular   uchun   sayoz,   tubi   loyqali   (botqoqli)   suv   biotoplari   juda   qulay   muhit
hisoblanadi.   Tabiatan   parazit   holda   oziqlanadi.   Tadqiqotlar   shuni   ko‘rsatdiki,
ushbu   parazit   zuluklar   o‘z   ho‘jayinlari   bo‘lgan   qo‘y,   qoramol,   otlarni   suvda
kutadi   va   ular   suv   ichayotganda   tezda   og‘iz   bo‘shlig‘iga   kirib   oladi.   Ular
xo‘jayinining   lab   va   til   ostiga,   xatto   burun   ichiga   ham   mustahkam   orqa
so‘rg‘ichlari   bilan   yopishib   bir   necha   kunlab   yashaydi,   shilliq   qavatdan   konini
so‘radi.   Eng   havflisi   shuki,   agar   zuluk   nafas   yo‘llaridagi   traxeyaga   joylashib
olsa, ko‘p miqdorda kon so‘rib hajmi kattalashib nafas olishga to‘sqinlik qiladi,
oxir   oqibat   ho‘jayinining   o‘limiga   sabab   bo‘lishi   mumkin.   Zuluklar   turli
kasalliklarni   keltirib   chiqaruvchi   bir   hujayrali   parazitlar   urug‘i   bo‘lgan   –
tripanosomalar (Tryponosoma)ning tashuvchisi  [19,27,28].  
Tarqalishi.   Shiri   Lanka,   Eron,   Iroq,   Izroil,   Afg’oniston,   Ozarbajon   va
Qozog’iston.
42 3 .2. 5 -rasm  .  Limnatis  paluda : A- Orqa (dorsal) tomondan ko’rinishi,  
B-  Orqa (dorsal) tomondan ko’rinishi
43 Haemopidae   Richardson , 1969  oilasi
Silindrsimon   shakldagi   yirik,   tinch   holatda   zuluklarning   bosh   qismida   5   juft
sezilmaydigan   ko'zlari   bor.   Tashqi   ko'rinmaydigan   segmentlarning   15   yoki   16
tasida har bir segmentda 5 ta tashqi halqa mavjud. Boshqa jag' qoidalari singari,
Haemopidae   og'zida   uchta   jag'i   bor,   lekin   ular   odatda   qon   so'ruvchi
Hirudinidaenikiga   qaraganda   ancha   zaifdir.   Jag'lar   ikki   qatorli   tishlarga   ega
(distikhodont)   yoki   umuman   tishlari   yo'q.   Yirtqich   hayot   tarziga   moslashgan
holda,   ichak   kanalida   19-chi   segmentdagi   ikkita   kichik   Postcaeca   bundan
mustasno,   hech   qanday   ko'r   qoplari   yo'q,   shuning   uchun   tez-tez   ovqatlanish
kerak.   Hermafrodit   Hayvonlarning   jinsiy   olatni   har   doim   juda   yaxshi
rivojlangan.   Juftlangan   sperma   o'tkazgichi   12  yoki   11   /   12   dan   orqaga   egiladi.
Segmentni oddiy halqa shaklida ajrating, epididimis chekinuvchi  segmentda va
eyakulyatsiya   lampochkasi   oldingi   segmentda.   Qinning   ko'r   xaltasi   bor   va
vaginal naycha bo'lishi mumkin  [ 32,44 ].
Haemopis  Savigny , 1822 urug’i
Katta   suluklar.   Orqa   so'rg'ich   kichik   (uning   diametri   tananing   maksimal
kengligining   yarmidan   kam).   Tana   yuzasi   silliq.   Tananing   mustahkamligi   juda
yumshoq.   Rangi   qora.   Somite   besh   halqali.   Og'izning   ochilishi
katta;   jag'lar   -   uchtasi,   ular   kichkina   va   har   bir   qatorda   ularning   soni   18   tadan
oshmaydigan   ikkita   dubli   dentikuladan   iborat   ikki   qatorga   ega;   bo'ylama   12
burma bo'lgan halqum;   oshqozonda faqat orqadagi juft jarayonlar mavjud;   anus
juda   katta.   Yirtqichlar   qonni   emmaydilar.   Ular   amfibiotik   turmush   tarzini   olib
borishi mumkin  [ 32,44 ].
Haemopis sanguisuga  ( Linnaeus,1758 )  ( 3.2.6 -расм.)
Sinonimiyasi:   Hirudo  sanguisuga   Linnaeus,   1758 ;   Hirudo  gulo   Braun,  1805 ;   Hirudo   vorax
Johnson, 1816 ;  Haemopis sanguisuga  Savigny, 1822;  Aulastoma nigrescens  Moquin-Tandon,
1826;  Aulastoma  gulo   Blanchard, 1894.
Terilgan   joylar.   Oqdaryo   havzasining   deyarli   barcha   hududlaridagi   suv
biotoplari.  
44 Morfologik   tavsifi.   Katta   hajmdagi   zuluk   bo‘lib,   uzunligi   90-110   mm,
kengligi   10-15   mm.   Tanasining   shakli   chuvalchangsimon,   yuzasi   sillik   va
yumshoq. Rangi qora yoki jigarrang-qora. Qorin tomoni ochroq rangda, asosan,
kulrang.   Aksariyat   holatda,   orqa   yuzasida   to‘liq   yoki   to‘liq   bo‘lmagan   qora
to‘lqinsimon   chizikli   naqshlari   mavjud.   Orqa   so‘rg‘ichlari   kichik.   Ko‘zlari   5
juft.   Jinsiy   organlarining   teshigi   (anus)   katta,   erkaklik   organi   juda   ham   uzun
bo‘lib, 10-20 mm gacha yetadi [19,27,28].
Ekologiyasi.   Amfibiont   ekologik   guruhga   mansub   bo‘lib,   asosan
Oqdaryoning   sekin   oquvchi   yoki   turg‘un,   qirg‘oqqa   yaqin   joylarda   yashaydi.
Biotoplari   10-80   sm   chuqurlikda,   ular   loy   qatlamli   g‘ovaklar,   toshlar,   qattiq
chiqindilardan   substrat   sifatida   foydalanadi.   Quruqlikda   pilla   qo‘yishdan
tashqari, ozuqa uchun ham chiqadi. Ushbu tur turli ekologik omillarga chidamli
– evribioint, ayniqsa evtofikatsiya jarayonlarida ham yashay oladi. Ekotizimning
ozuqa   zanjirida   faol   qatnashib,   yirtqich   holda   ozuqlanadi.   Odatda   kam   tukli
chuvalchanglarni   butunligicha   yutib   yuboradi,   shu   bilan   birga   ba’zan
quruqlikdagi qorinoyoqli mollyukasiga ham hujum qiladi [19,27,28].
3.2. 6 -rasm  .  Haemopis sanguisuga : A- Orqa (dorsal) tomondan ko’rinishi,  
B-  Orqa (dorsal) tomondan ko’rinishi
45 Ekologiyasi.   Hasharotlar   lichinkalari   va   loy   chuvalchanglari   kabi   turli
mayda hayvonlarni, shuningdek, amfibiya lichinkalarini ham ovlaydi  [44].
Tarqalishi.   Golartika,   Shimoliy   yarim   shar,   Janubiy   Amerika,   Yevropa,
Shimoliy Afrika va Kichik va Markaziy Osiyo hududlari  [ 32 ].
Erpobdellidae Blanchard, 1894 oilasi
O'rta   yoki   katta   o'lchamdagi   zuluklar.   Ko'zlarning   boshlang'ich   soni   -   bu
to'rtta   juft   bo'lib,   ular   tananing   oldingi   uchlari   bo'ylab   xarakterli   tarzda
joylashgan.Urug'lantirish   spermatoforlarning   yordami   bilan   sodir   bo'ladi.
Tuxumlar   zich   xitinoid   devorlari   bo'lgan   pilla   ichida   yotqizilgan.   Ular   suv
havzalarida   yoki   tuproqda   yashaydilar.   Herpobdellldae   oilasining   turlarini
o'rganish   va   aniqlashda,   reproduktiv   apparatlarning   tarkibiy   xususiyatlarini,
ayniqsa atrium va tuxum xaltalarini o'rganishga jiddiy e'tibor berish kerak  [ 32 ].  
Erpobdella Blainville,  1894 urug’i
O'rta   hajmdagi   zuluklar.   Somitlar   taxminan   beshta   halqadan   iborat.
Gonoporalar o'rtasida 3-4 halqa (yoki biroz kamroq) bor (ba'zi birlarda taxminan
5   halqa   bor).   Ular   doimiy   chuchuk   suv   havzalarida   yashaydilar.   Palearktikada
keng   tarqalgan,   ammo   O'rta   er   dengizi   mintaqasida   yo'q   yoki   kam   uchraydi.
Qolgan ikki turning diapazonlari juda yaxshi aniqlanmagan  [ 32 ].
Erpobdella  octoculata  ( Linnaeus,1758 )  ( 3.2.7 -расм.)
Sinonimiyasi:   Hirudo   octoculata   Linnaeus,   1758;   Hirudo   vulgaris   Müller ,   1774 ;   Nephelis
atomaria   M oq uin-Tandon,   1846 ;   Herpobdella   octoculata   Johansson,   1910 ;   Herpobdella
octomaculata  Pawlowski, 1935 . 
  Terilgan   joylar.   Oqdaryo   havzasining   deyarli   barcha   hududlaridagi   suv
biotoplari.  
Morfologik   tavsifi.   O‘rtacha   kattalikda,   uzunligi   30-60   mm,   kengligi   3-9
mm.   Orqa   tomoni   qora,   yashil-qora,   jigarrang-qora   rangda,   ko‘ndalang   qator
bo‘ylab   oqish-sariq   chiziqlari   bor.   Chiziqlarga   paralel   holda   sarg‘ish   dog‘lar
ko‘p sonda joylashgan. Qorni esa ochroq bir xil rangda, kulrang, dog‘lari yo‘q.
Orqa   so‘rg‘ichlari   o‘rtacha   hajmda.   Ko‘zlari   4   juft   bo‘lib,   odatda   bir   xil
kattalikdagi dumaloqsimon  [19,27,28].
46 3.2. 7 -rasm  .  Erpobdella  octoculata :  Orqa (dorsal) tomondan ko’rinishi
Ekologiyasi.   Asosan  doimiy oqib turuvchi  suv  biotoplarida toshlar, qattiq
maishiy   chiqindilar   va   boshqa   turli   suv   ostiga   botgan   substratlarga   yopishgan
holda   yashaydi.   U   20-90   sm   chuqurlikda   keng   tarqalgan.   Tadqiqotlar   shuni
ko‘rsatdiki , E. octoculata   suvning harorati va pH-ko‘rsatkichining keng doirada
o‘zgarishiga   hamda   antropogen   omillar   natijasidagi   ifloslanishga     chidamli.
Gidroekotizimdagi   biotik   munosabatlarda   “yirtqich-o‘lja”   tipida   ishtirok   etib,
hasharotlarning   suvdagi   lichinklari,   kichik   qisqichbaqasimonlar,   qam   tukli
chuvalchanglar   bilan   oziqlanadi.   Ayniqsa,   chivinlar   populyatsiyasini   tabiiy
boshqarishda muhim o‘rin tutadi  [19,27,28].
Tarqalishi.   Palearktikada:   Mo'g'uliston,   Amur   havzasi,   Baykal   ko'li,
G'arbiy   Sibir,   Oka   havzasi,   Odessa   viloyati,   Polsha,   Germaniya,   Daniya,
Vengriya, Italiya, markaziy Osiyo davlatlarida tarqalgan  [32].
47 3.3.  Oqdaryo suv havzasi zuluklariga abiotik omillarning ta’siri
Tabiiy ekosistemalarda yashovchi barcha tirik organizmlar o‘zaro aloqada
bo‘ladi   va   ularga   uzluksiz   ekologik   omillar   ta’sir   etadi.   Jumladan,   suv
ekosistemalarida   tarqalgan   gidrobiontlarga   suvning   abiotik   omillar   ta’sir   etadi.
Bu   o‘z   navbatida,   ularning   yashash   qolishida   turli   moslanishlarga   olib   keladi.
Xususan,  zuluklarning tarqalishiga  ham  harorat  ta’sir  etadi. Gidroekosistemaga
atrof-muhit   omillarining   ta’siri   natijasida   zuluklar     ko‘p   yillar   davomida   turli
moslanishlash   yuzaga   kelgan.   Ayniqsa,   zuluklarning   tarqalishida   harorat
omilining   ta’siri   katta   hisoblanadi.   Ayrim   turlari   harorat   keng   doiradagi   suv
biotoplarida   yashay   olsa,   boshqalari     ma’lum   qisqa   diapozonda   tarqalgan.
Adabiyotlarda   keltirilishicha,   haroratga   nisbatan   zuluklar:   evritermik,   termofil,
mezotermofil   va   kriofil   guruhlarga   bo‘linadi   [27,32].   Zuluklarning   haroratga
ko‘ra   moslashuvini   tadqiq   etish   orqali   ularning   zoogeografiyasi,   tabiatda   va
ho‘jalikdagi ahamiyati  haqida ma’lumotlarni ishlab chiqish mumkin [27]. 
Ma’lumki,   gidroekotizimlarda   barcha   gidrobiontlar   qatori   zuluklarning   ham
fiziologik   va   reproduktiv   jarayonlarlarida,   populyatsiyalarining   o‘zgarishida
hamda   boshqa   hayot   sikllarida   suvning   temperaturasi   juda   muhim   omillardan
biri   hisoblanadi.   Adabiyotlarda   qayd   etishicha,   A.   hyalin a,   H.   stagnalis,   P.
geometra,   H.   sanguisuga,   E.   octoculata   evritermlar   bo‘lib,   haroratning
o‘zgarishiga   keng   diapazonda   moslasha   oladi.   Biroq,   ular   orasidan   A.   hyalina
va  H.   sanguisuga   past  temperaturaga  juda sezgir bo‘lsa [ 8,27 ],  P.   geometra   +5
° C   haroratda   anabioz   holatida   qishlaydi.   Aksincha,   haroratning   tor   doiradagi
o‘zgarishida   yashovchi   A.   lata,H.   orientalis ,   Limnatis   paluda   kabilar   termofil
hisoblanadi   [ 27,32 ].   Shu   bois,   tadqiqotlarimiz   davomida   zuluklar   tarqalgan
biotoplarning   o‘rtacha   harorat   ko‘rsatkichlarini   (mart-noyabr   oylarida)   o‘lchab
bordik.   Natijada,   Oqdaryo   suv   tiplari   mart-noyabr   oylaridagi   harorati   o‘rtacha
+3...+27,7°C   bo‘ldi.   Bu   o‘z   navbatida,   zuluklarning   aksariyati   evriterm
ekanligini   isbotladi.   Biroq,   har   bir   zuluk   turlari   uchun   qulay   bo‘lgan   optimum
harorat   turlicha   bo‘lishligi   tahlillar   natijasida   aniqlandi.   Xususan,   xaroratning
eng   keng   diapozoniga:   H.   stagnalis   10-24°S,     H.   sanguisuga   12-24 ° C ,   E.
48 octoculata   13-20° C ,   ega   bo‘lsa,   qisqa   diapozondagilar:     Glossiphonia   sp.   12-
15 ° C ,   P.   geometra   13-16 ° C ,     kabi   turlardir   [ 27,32 ].   Termofil   ekologik
guruhlarga   Alboglossiphonia,   Hirudo   va   Limnatis   urug‘i   vakillari   mansubdir
( 3.3.1 -rasm). 
3.3.1 -rasm . Harorat omilining zuluklarga ta’siri
49 Xulosa   qilib   aytganda,   hudud   girudofaunasida   zuluklar   evriterm   va
termofil   ekologik   guruhlarga   mansub   turlardir.   Zuluklar   tur   tarkibi   suv
ekotizimidagi haroratga ham bog‘liq bo‘lib, biotop temperaturasining kamayishi
ulardagi   reproduktiv   jarayonlarlarining   sustlashishiga,   popuyatsilarining
qisqarishiga olib keladi  [27].  
3.4. Zuluklarning ekologik guruhlari
3.4 .1-jadval
Турлар Хароратга кўра Субстратга кўра Оқим
тезлигига кўра
A. hyalina Термофил Фитофил Секин оқадиган
H. stagnalis Эвритерм Комополит Комополит
P .  geometra Эвритерм Фитофил Секин оқадиган
H .  orientalis Термофил Фитофил Секин оқадиган
L .  paluda Термофил Гипнофил Оқмайдиган
H. sanguisuga Эвритерм Пелофил Секин оқадиган
E. octoculata Эвритерм Литофил Тез оқадиган
50 IV BOB. XO‘JALIKDAGI AHAMIYATI
4.1. Tibbiyotdagi ahamiyati
Girudoterapiya   (zuluk   bilan   davolash)   asrlar   osha   bizgacha   yetib   kelgan
zuluklar   bilan   davolash   uslubidir.   Tibbiy   zuluklar   farmakopeyaga   kiritilgan   va
dorivor moddaga tenglashtirilgan fauna (hayvonot olami)ning yagona vakilidir.
U biologik faol moddalar ishlab chiqaruvchi kichik «fabrika» hisoblanadi.
Girudoterapevtlar   zuluklarni   ming   dardga   davo   deganlarida,   ularni
xususiyatlarini   oshirib   emas,   balki   bu   ajoyib   mavjutodlarni   xususiyatlarini
kamaytirib   aytishadi.   Ularning   haqiqatda   ajoyibligini   faqat   ular   bilan   yaqindan
tanishgan insonlar tan olishadi.
Zuluklarni miloddan ming yil avval ham qo‘llashgan. Misr fir’avnlari ham
zulukdan foydalanishgan. Buyuk tabiblar Abu Ali ibn Sino, Gippokrat va Galen
bu jonzotlar  yordamida bemorlar  dardini  yengillashtirgan. XVIII  asr  oxiri  XIX
asr   birinchi   yarmida   girudoterapiya   ayniqsa,   ommalashib   ketdi.   Tabiblar
zuluklarning   shifobaxsh   xususiyatlariga   shunchalik   berilib   ketdilarki,   ular
meyorni esdan chiqarib barcha xastaliklarda bir muolajada 200 donagacha zuluk
qo‘llashgan  [7, 36, 43].
Zuluklarni meyorsiz qo‘llanilishi girudoterapiyani siquvga olinishi va XX
asr boshiga kelib ko‘pchilik tabiblarning bu uslubdan voz kechishiga olib keldi.
Shunga   qaramay   bugungi   kunda   zuluklar   yordamida   davolashga   bo‘lgan
qiziqishning ortishi kuzatilmoqda.
Girudoterapiya usulining davolash samarasi uchta omildan iborat – ya’ni,
reflektor,   mexanik   va   biologik.   Zuluklarning   reflektor   ta’siri   teridagi   faqat
biologik faol (akkupunktur) nuqtalarni tishlashiga asoslangan. Mexanik ta’siri –
ular tishlagan joydagi regional(mahalliy) qon aylanishini yengillashtirishi, ya’ni
tishlangan   joyda   qonni   so‘rib   olinishi   va   undan   keyingi   jarohat   joyidan   biroz
miqdorda yara bitguncha davomiy qon oqib turishidan iborat.
Zulukning qonga yuboradigan so‘lagi tarkibida 100 ga yaqin biologik faol
moddalar   organizmning   normal   faoliyatiga   ijobiy   ta’sir   etadi.   Bu   tabiiy
51 moddalarga   girudin,   gialuronidaza,   destabilaza,   eglinlar,   antibiotiklar   va
og‘riqsizlantiruvchi moddalar kiradi.
4.1. 1-rasm.  Zuluk bilan davolash - Girudoterapiya
Zulukning qonga yuboradigan so‘lagi tarkibida 100 ga yaqin biologik faol
moddalar   organizmning   normal   faoliyatiga   ijobiy   ta’sir   etadi.   Bu   tabiiy
moddalarga   girudin,   gialuronidaza,   destabilaza,   eglinlar,   antibiotiklar   va
og‘riqsizlantiruvchi moddalar kiradi.
Girudin qon quyilishini oldini oluvchi, og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga
qarshi,   tromb(qon   quyilishi   natijasida   laxta-tromb   hosil   bo‘lishi)   paydo
bo‘lishiga   qarshi   xususiyatlarga   ega.   Destabilaza   esa   tromblarning   so‘rilishiga
sabab bo‘luvchi moddadir. Gialuronidaza chandiqli kasalliklarni so‘rilishida faol
ishtirok etadi. Eglinlar to‘qimalarni jarohatlanishi va yallig‘lanishini kamaytirish
xususiyatiga ega.
Shunday   qilib   tibbiy   zuluklar   odam   organizmini   30   xil   ta’sir   orqali
davolash   xususiyatiga   egadir.   Tabiiy   sharoitda   zuluklar   o‘z   o‘ljalarini   hididan
52 topadilar. Hidlarga sezuvchanligi yuqori bo‘lganligi sababli ular alkogol, tamaki
va atir hidi keladigan teriga yopishmaydi. Hozirgi kunda zuluklar yashovchi suv
zahiralarining   tozaligi   qoniqarsiz   bo‘lganligi   sababli,   ular   sun’iy,   ya’ni   fabrika
sharoitida yetishtiriladi.Shu sababli bu jonzotlar steril holatda bo‘ladi.
Undan tashqari zuluklarning bir marotaba ishlatilishi boshqa bemorlardan
turli   xil   kasalliklar   yuqtirish   xavfining   oldini   oladi.   Muolajadan   so‘ng   zuluk
biror chekkaroq joyga ko‘mib yuboriladi.
Shuni   ta’kidlash   joizki,   zuluklar   turli   kasalliklarning   oldini   olish   bilan
birgalikda   organizmga   umumiy   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   Ya’ni,   ishtahani   ochib,
uyquni   yaxshilaydi.   Muolajadan   so‘ng   bemorda   immunitet   va   kayfiyatni
ko‘tarilib,   moddalar   almashinuvi   jarayonlarini   tezlashadi.   Vujuddagi   turli
yallig‘lanish o‘choqlarining so‘rilishi kuchayadi.
Girudoterapiya   seansiga   kardiolog,   nevropatolog,   gastroenterolog   va
boshqa ko’plab mutaxassislar  murojaat qilishlari mumkin. Ushbu usul  samarali
bo’lgan kasalliklar ro’yxati juda keng (4.1.1-jadval)   [43].
4.1.1-jadval
Kasalliklar guruhi Guruhga kiruvchi asosiy kasalliklar
Yurak-tomir tizimi Tromboz, qon ivishining kuchayishi, ishemiya, infarkt,
ateroskleroz, yurak nuqsonlari.
Oshqozon-ichak Gastrit, oziq-ovqatga allergiyalar, xoletsistit,   kolit ,   jigar
sirrozi .
O’pka Plevrit,   bronxit,   pnevmoniya ,   emfizema,   bronxial
astma.
Endokrin Semizlik,   qandli diabet , qalqonsimon bez kasalliklari.
Siydik-tanosil tizimi Prostata   adenomasi ,   buyrak   yetishmovchiligi,
pielonefrit,   siydik-tosh   kasalligi,   prostatit,   tuxumdon
kistasi, bachadon miomasi, endometrioz, kolpit.
Markaziy va periferik
asab tizimi Bosh   aylanishi,   bosh   og’rig’i,   migren,   nevrozlar,
uyqusizlik, epilepsiya.
Revmatologik Artroz,   artrit,   radikulit ,   osteoxondroz,   podagra,
revmatizm.
53 Oftalmologik Keratit, glaukoma.
LOR organlar Sinusit,   tonzillit,   rinit,   faringit,   otit,   sinusit,   gingivit,
stomatit,   eshitish   qobiliyati   pasayishi,   burun   yon
bo’shliqlari kasalliklari, quloq shang’illashi.
Dermatologik
kasalliklar   va
kosmetik   teri
muammolari So’gallar, sellulit,  ekzema,  akne,  psoriaz,  furunkulyoz,
neyrodermatit, tizimli qizil yuguruk, turli dermatozlar.
Mushak-skelet tizimi Jarohatlarning   bo’g’imlar   va   suyak   to’qimalarining
holatiga salbiy ta’siri, churra.
4.2. Zuluklarning tabiatdagi o’rni
Zuluklar   tabiiy   ekotizimdagi   ozuqa   zanjirida   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘lib,   ularning   yosh   individlari   ayrim   baliqlar,   amfibiyalar,   qushlar   uchun
ozuqa sifatida xizmat qiladi. Gidroekotizimda yirtqich holda yashovchi zuluklar
zararkunanda hasharotlarning lichinkalarini va chorva hayvonlar gelmintlarining
oraliq ho‘jayini bo‘lgan suv qorinoyoqli mollyuskalari bilan oziqlanib, ularning
populyatsiyalarini turg‘unlashtirishda qatnashadi  [20,27,28,32].
4.2.1-rasm.  Soxta ot zulugi –  H. sanguisuga : A- Qizil chivalchang bilan
oziqlanishi, B-Suv qorinoyoqli mollyuska bilan oziqlanishi.
54 4.3. Zuluklarning suv  bio indikatorlari
Ma'lumki,   suv   havzalarining   ifloslanish   darajasi   o'rganilayotgan   suv
havzalarida   yashovchi   o'simlik   va   hayvon   turlarining   tarkibi   va   paydo   bo'lish
chastotasiga   qarab   baholanishi   mumkin.   Ushbu   qoida   suvlarni   biologik   tahlil
qilish   uchun   asos   bo'lib   xizmat   qildi,   bu   suvning   sanitariya   holatini   aniqlash
uchun keng qo'llaniladi. Zuluklarning bir nechta turlari suvning turli darajadagi
ifloslanish ko'rsatkichlari ni belgilaydi.  Biroq, bu zuluklarni suv sifatini aniqlash
uchun ishlatish, ularning ba'zilari suvning ifloslanishiga juda sezgir emasligi va
bu   ularga   bilvosita   ta'sir   qilishi,   oziqlanish   sharoitlarini   o'zgartirishi   bilan
to'sqinlik   qiladi.   Ammo   ba'zi   turlari   (masalan,   Herpobdella   octoculata   va
Helobdella   stagnalis )   bir   tomondan,   ifloslangan   suvda   yashovchi   organizmlar
hisobiga,   ikkinchi   tomondan,   toza   suvga   xos   bo'lgan   organizmlar   hisobidan
oziqlana oladi, u holda biologik tahlilda bunday turlardan foydalanish faqat  bir
qator   faktlarni   sinchkovlik   bilan   hisobga   olish   muhim.   Boshqacha   qilib
aytganda, suvning ifloslanishi bilvosita ta'sir ko'rsatadigan zuluklar suv holatini
faqat qo'shimcha, lekin asosiy ko'rsatkichlar sifatida baholash uchun ishlatilishi
mumkin.   Shunga   qaramay,   bunday   turlarning   tarqalishini   o'rganish   suv
ob'ektlarini   sanitariya   va   biologik   tadqiqotlar   o'tkazishda   foydali   bo’ladi.
Oksifillar deb tasniflangan zuluklarning turlarini taqsimlashni o'rganish asosida
suvning ifloslanish darajasi haqida aniq xulosa chiqarish mumkin  [32].
Ba'zi   bir   suv   omborida  yoki   ma'lum   bir   hududda   qayd   etilgan  turlarning
(masalan,   Piscicola   geometra )   muntazam   ravishda   paydo   bo'lishi   suvning
tozaligini ko'rsatadi  [32].
Xullas,   zuluklarni   ayrim   turlari   uchrash   yoki   uchramasligiga   hamda
poluyatsiyalarining   zichligiga   ko’ra   suvlarning   sanitar   holatini   baholash
mumkin.   Bu   esa   o’sha   gidroekotizimlarning   organik   ifloslanishini   ma’lum
darajada monitoring qilish imkonini beradi.
55 4.4. Zuluklar  ektoparazitlar
Zuluklarning   ba’zi   ektoparazit   turlari   baliqlarda,   chorva   hayvonlarning
tanasiga  yopishib,  qonini  so‘rib parazitlik  qiladi  hamda  ular   orasida  qon orqali
yuqadigan kasalliklarni tarqalishiga sabab bo‘ladi.  Bu o‘z navbatida, baliqchilik
va   chorvachilikning   turli   tarmoqlarida   iqtisodiy   zararlarning   yuzaga   kelishiga
sabab bo‘ladi [27,28,32,34,38]. 
4. 4 .1-rasm. Baliq zulugi –  P.geometra :  A va B - Jabralari atrofida parazitlik
qilishi, C- Rivojlanish davrlari .
56 4.4.2-rasm.  L.paluda:  A – Itning og’iz bo’shlig’ida parazitlik qilishi, B –
qo’yning og’iz bo’shlig’ida parazitlik qilishi.
57 XULOSALAR
“Oqdaryo   suv   ekotizimlarida     ( Hirudo   medicinalis )ning   tarqalishi   va
ekologiyasi”   mavzusida   olib   borilgan   tadqiqot   natijalari   asosida   quyidagi
xulosalar taqdim etildi:
1. Ilk     bor     Oqdaryo     suv     havzasi     girudofaunasining     tur     tarkibi
o‘rganilib, zuluklarning jami  7  tur   yashashi aniqlandi.   Bu  turlar  umurtqasiz
hayvonlarning  Annelida  tipi, Clitellata  sinfi, Hirudinea  kenja  sinfiga  taalluqli
bo‘lib, 6 oila  va  7 urug‘ga  mansubdir.
2. Oldin adabiyotlarda   ushbu   suvlar   hududidan   Hirudo medicinalis
qayd etilgan edi, hozirgi  kunda  u Hirudo orientalis  deb  tan  olingan.
3. Barcha     turlar     orasida     3     tasi:   Alboglossiphonia     hyalina,
Helobdella     stagnalis,   Piscicola     geometra   Oqdaryo     sohili     suv     tiplari
girudofaunasi  uchun  ilk  bor  ko‘rsatilgan.
4. Zuluklarga     abiotik   omillar     ta’sir   ko‘rsatadi   va   ulardan   haroratga
ko‘ra:   3   tur   termofil,   4   tur   evriterm;   substratiga   ko‘ra:   3   tur   fitofil,   1   tur
kosmopolit, 1 tur gipnofil, 1 tur litofil, 1 tur pelofil; oqim tezligiga ko‘ra sekin
va tez oqadigan suvlarga uchrovchi zuluk guruhlariga tegishli ekanligi aniqlandi.
5. Oqdaryo   havzasi   zuluklarining   yashash   biotoplari   taqsimlanishiga
ko‘ra: litofil – 14%, litoreofil   - 29%, fitofil   - 29%, argillofil - 14%,   krenofil -
14% larni tashkil qildi.
6. Baliqlarning     ektoparaziti   –   P.geometra   –   oksifil     to’yingan
kislorodli   suvlarda   yashaydi,   L.paluda   esa, qo’y,qoramol   va   otlarning   og’iz
bo’shlig’ida  parazitlik qilib, sayoz  suv  tubi  loyqali  biotoplarda  uchraydi.
7. Oqdaryo   havzasi   Sharq   tabobat   zulugi   –   Hirudo   orientalis
yashaydi,   biroq   ularning   populyatsion   ko‘rsatkichlari,   areallari   sa’lbiy
antropogen   ta’sirlar   ostida   qolmoqda.   Shu   bois,   biz   ularni   muhofaza   qilish   va
saqlab qolish chorasida sifatida “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi” ga
kiritishga oid tavsiya ishlab chiqildi. 
58 TAVSIYALAR
1. Zuluklarning   yashash   hududi:     buloq,   chashma,   ariq   va   kanallar
suvlarini turli xil chiqindilar bilan ifloslanishdan muhofoza qilish.
2. Toza   suv   manbalari   atrofida   barcha   xo’jalik   ishlarini   bajarishni
taqiqlash.
3.   Tibbiyot     zulugiga     tenglashtirilgan     H.   orientalis   ni     yangi
tarqalish     uchoqlarini   aniqlash,     uni     labaratoriya     sharoitida   ko’paytirish,
brakonyerlardan  muhofaza  qilishni  taklif  etamiz [28].
Sharq tabobat zulugi – Hirudo orientalis Utevsky & Trontelj, 2005  
Taklif   etilayotgan   muhofaza   statusi.   Vulnerable,   declining   –   2   (VU:D)   –
Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan tur  [28] . 
Tarqalishi.   Farg‘ona   vodiysining   sharkidagi   Qoradaryo   suv   havzasi,
O‘zbekistondan tashqarida: Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbajon, Eron [28].
Yashash joylari.  H. verbana ga o‘xshash, suvning ifloslanishiga juda sezgir,
sayoz,   turg‘un,   tubi   loyqali   (botqoqli),   yuzasi   issiq,   tubi   salqin   suv   havzalari
[28]. 
Soni.   Ilk bor mualliflar tomonidan juda kam sonda uchrashligi aniqlangan
[28] .  
Yashash   tarzi.   Odatda   ko‘p   yilllik   ger¬mafrodit   bo‘lib,   jinsiy   yo‘l   bilan
avgust   oylarida   1   yoki   2   ta   pilla   qo‘yib   ko‘payadi.   Pillalari   ichida   6-8   tagacha
nasl beruvchi tuxumlari bo‘ladi. Qishda harorat past bo‘lishi sabab, suv ostidagi
loy qatlamlari orasida kishlaydi. Ko‘l baqasi, ayrim sutemizuvchilarning qonini
so‘rib   oziqlanadi,   hatto   1   yilgacha   oziqlanmay   yashay   oladi.   Biroq,   kimyoviy
ifloslangan   suvlarda   tez   nobud   bo‘ladi.   Tibbiyotda   qon   aylanish   tizimi,   teri
kasalliklari hamda jarrohlikdan keyingi asoratlarni davolashda foydalaniladi. 
Cheklovchi   omillar.   Yashash   biotoplarining   kimyoviy   ifloslanishi,
brakonerlar tomonidan tabiatdan ajratib olish kabi antropogen omillarning ta’siri
[28] . 
59 Ko‘paytirish.   Maxsus   sharoitlarga   ega   sun’iy   havzalarda   ko‘paytirish
mumkin  [28] .  
Muhofaza   choralari.   Turning   yashash   joylarida   ixtisoslashgan   muhofaza
qilinadigan   hududlar   tashkil   qilish,   yashash   havzalarining   ifloslanishiga   yo‘l
qo‘ymaslik [28].
60 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi “Tabiatni muhofaza
qilish to‘g‘risida” Qonuni, 754-XII-son
2. O‘zbekiston   Respublikasining   2016   yil   19   sentabrdagi   “Hayvonot
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” O‘RQ-408-
son Qonuni.
3. O‘zbekiston   Respublikasining   2004   yil   3   dekabrdagi   “Muhofaza
qilinadigan tabiiy hududlar to‘g‘risida” gi Qonuni, 710-II-son
4. O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   1995   yil   6   maydagi   “1992
yilda   Rio-de-Janeyroda   imzolangan   Biologik   xilma-xillik   to‘g‘risidagi
konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida” 82-I-
son Qarori. 
5. O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 iyundagi
“2019-2028   yillar   davrida   O‘zbekiston   Respublikasida   biologik   xilma-
xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 484-son Qarori. 
6. O‘zbekiston   Respublikasining   Qizil   kitobi,   II   jild:   Hayvonlar;
J.A.Azimovning   umumiy   tahriri   ostida.   T.:   «Chinor   ENK»   ekologik-
noshirlik kompaniyasi, 2019. – 374 b. 
7. Abu   Ali   ibn   Sino   Tib   qonunlari.   Uch   jildlik   saylanma.   1-jild.
(Tuzuvchilar:   U.Karimov,   H.Hikmatullaev).   –   T.:Abdulla   Qodiriy
nomidagi merosi nashriyoti.  1993. 304-b.
8. Bennike   S.   1943.   Contribution   to   the   ecology   of   Danish   freshwater
leeches   (Hirudinea).   Series:   Folia   Limnologica   Scandinavica   2,
Kobenhavn, pp. 1–109. 
9. Izzatullayev Z.I., Olimova D.A., Niyazova O.B.    Систематика и фауна
моллюсков   разнотипных   водоёмов   г.   Самарканда   иего
окрестностей// Ўзбекистон. биологи я   журнали.,   Тошкент,   2021.   № 2.
-  C .42-45.
61 10. Izzatullayev   Z . I ., Hamzayev   R .   O ’ rta     Zarafshon   havzasi
gidrobiontlarining     biologik     xilma - xilligi     va     suv     tiplarida     tarqalishi //
Hayvonlar     ekologiyasi   va     morfologiyasi .   Samarqand : SamDU . 2013   a .-
76-79  b .
11. Izzatullayev   Z . I ., Xamzayev   R . A .   O ’ rta     Zarafshon   havzasi     buloq
chashmalari     gidrobiontlari     va     suv     resurslarini     muxofoza     qilish
muammolari     // O ’ zbekistonda     atrof - muhitni   muxofaza   qilishning
dolzarb     masalalari .   Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari.
Samarqand ,14-15 iyun 2013 yil. Samarqand: SamDU, 2013 b. – 149–150
b.
12. Kalbe   L.   Zur   Okologie   und   Saprobiewertung   der   Hirudineen   im
Havelgebiet. Int. Rev. ges. Hydrobiol., 1966. 51, 2 : 243-277.
13. Kovalenko,   M.   V.,   &   Utevsky,   S.   Y.   (2015).   Comparative   structural
analysis   of   jaws   of   selected   blood-feeding   and   predacious
arhynchobdellid   leeches   (Annelida:   Clitellata:   Hirudinida).
Zoomorphology, 134(1), 33-43. DOI: 10.1007/s00435-014-0245-4  
14. Nesemann,   H.   &   E.   Neubert   (1999).   Branchiobdellida,   Acanthobdellea,
Hirudinea.-   In:   Schwoerbel,   J.   &   P.   Zwick   (eds):   Süßwasserfauna   von
Mitteleuropa.   Begründet   von   A.   Brauer   6/2,   178   pp.,   (Spektrum)
Heidelberg
15. Olimova   D.,   Izzatullayev   Z.I.   Samarqand     shahri     kanal     va     ariqlari
gidrobiontlari//   Biologik     xilma-xillikni     saqlashning     dolzarb
muammolari   (Ilmiy     konfirensiya     va     yosh     olimlar,   talabalar     ilmiy
maktabi  materiallari)  22 dekabr 2010 yil. Toshkent, 2010.-74-76 b.
16. Roy T. Sawyer. Leech Biology and Behaviour: Feeding biology, ecology,
and systematics. Front Cover. Clarendon Press, 1986 - Leeches - 1065 p.
17. Skrjabin   К .   (J).   Fischparasiten   aus   Turkestan.   I.   Hirudinea   und
Cestodaria. Arch.  Naturg., Leipzig,  1913.  79, A ; 1-10.
62 18. Sládeček,   V.   &   Košel,   V.   Indicator   value   of   freshwater   leeches
(Hirudinea)   with   a   key   to   the   determination   of   European   species.   Acta
Hydrochimica et Hydrobiologica, 1984. 12 (5), 451–461
19. Solijonov   X.X.   Izzatullayev   Z.I.   Izzatullayev   X.Z.     Farg’ona     vodiysida
ilk     bor     topilgan     tibbiyot     zulugi   ( Hirudo     verbena     Carena,   1820)
populyatsiyasi     va     uni     muxofaza     qilish   //   Farg’ona     vodiysida     atrof
muhitni   muhofaza   qilishning   ekologik   hususiyatlari   va   ularni
optimallashtirish.Respublika   ilmiy–amaliy   anjuman   materiallari
Namangan: Namdu  2021 –186-188 bet.
20. Shikov E.   Haemopis sanguisuga   (Linnaeus, 1758) (Hirudinea) - the first
observation of a leech predation on terrestrial  gastropods  Folia Malacol.
2011;19(2):103–106 DOI:  https://doi.org/10.2478/v10125-011-0016-5  
21. Siddall   ME,   P   Trontelj,   SY   Utevsky,   M   Nkamany,   KS   Macdonald.
2007.   Diverse   molecular   data   demonstrate   that   commercially   available
medicinal   leeches   are  not   Hirudo   medicinalis.   Proceedings   of   the   Royal
Society of London B: Biological Sciences 274 (1617), 1481-1487.
22. Utevsky,   S.   Y.,   &   Trontelj,   P.   (2005).   A   new   species   of   the   medicinal
leech   (Oligochaeta,   Hirudinida,   Hirudo)   from   Transcaucasia   and   an
identification key for the genus Hirudo.   Parasitology research, 98(1), 61-
66. DOI: 10.1007/s00436-005-0017-7  
23. Utevsky,   S.,   Zagmajster,   M.,   Atemasov,   A.,   Zinenko,   O.,   Utevska,   O.,
Utevsky,  A.,  &  Trontelj, P.  (2010). Distribution  and status   of   medicinal
leeches   (genus   Hirudo)   in   the   Western   Palaearctic:   anthropogenic,
yecological,   or   historical   effects?.   Aquatic   Conservation:   Marine   and
Freshwater Ecosystems, 20(2), 198-210 DOI: 10.1002/aqc.1071 
24. Агафонова   З.И.,   Халфин   Н.А.   Русские   ученые-исследователи
Средней   Азии   А.П.Федченко.   –   Ташкент:   Государственное
издательство Узбекской ССР. 1956. С. 70-80.
63 25.   Алимджанов   Р.А   Бронштейн   Ц.Г.   Беспозвоночные   животные
Зарафшанской долины. Изд-во АН.Уз ССР, Ташкент,1956. - 348 с.
26. Жадин   В.И.,   Герд   С.В.   Реки,   озера   и   водохранилища   СССР,   их
флора   и   фауна.   Государственное   учебно-педагогическое
издательство Министерства Просвещения РСФСР, 1961.- 599 с.
27. З.Иззатуллаев,   Х.З.Изатуллаев,   Х.Х.Солижонов   Оқдарё   сув   ҳавзаси
зулуклари ва уларнинг экологияси ҳусусида  ГулДУ  ахборотномаси,
2022,  № 1.    41-47  б.
28. З.Иззатуллаев,   Х.Солижонов   Фарғона   водийси   зулукларининг
биохилма-хиллиги   ва   ноёб   турларни   муhофаза   qилишга   оид
тавсиянома. – Андижон: «Andijon nashriyot-matbaa» МЧЖ, 2022 й. –
24 б.
29. Иззатуллаев   З.,   Иззатуллаев   Ж.,   Азимов   С.   Еттиуйлисой   дараси
зулукларининг   экологияси,   тарқалиши   ва   аҳамияти   //   Иқтидорли
талабаларнинг изланишлари. Самарқанд: СамДУ. 2000. -55-58 б. 
30. Иззатуллаев   З.,   Солижонов   Х.   Фарғона   водийси   зулукларининг
биохилма-хиллигини   ўрганиш   бўйича   илк   маълумотлар   //   НамДУ
илмий ахборотномаси. – 2020. – №4. – Б. 92-97.
31. Казанцев   Б.Н.   (1957)   Материалы   к   распространению   и   экологии
пиявки  Limnatis nilotica  в Таджикистане. Изв. Отд. естеств. наук АН
Тадж. ССР, 18 : 195-204.
32. Лукин   Е.И.   Пиявки   пресных   и   солоноватых   водоёмов.   В   серии:
Фауна СССР. Пиявки.  Т.I. Ленинград. Изд-во «Наука», 1976. – 484 c.
33. Османов С.О. Паразиты рыб Узбекистана. – Т.: ФАН. 1971. – С. 229-
232
34. Павловский   Е.Н.   Паразитирование   пиявок   у   человека   и   у
млекопитающих в Туркмении. Тр. Каракалинской и Кзыл-Атрекской
экспед. 1931 г., Л. : 1934. – С. 149-154.
64 35. Плотников   В.   (1907).   Glossosiphonidae ,   Hirudinidae   и   Herpobdellidae
Зоологического   музея   Академии   Наук.   Ежегодник   Зоологического
Музея АН России, X: 133-158.
36. Раҳмонов А.А., Рахмонов И.А., Рахмонов А.Т. Шифобахш зулуклар
– гирудотерапия асослари. – Наманган, 2015. – 120 б.
37. Солижонов   Х.Х.,   Иззатуллаев   З.   Фарғона   водийси   сув   типларида
тарқалган   кичик   сохта   от   зулуги   (Erpobdella   octoculata) нинг
экологик   хусусиятлари   //   XXI   аср   –   интеллектуал   ёшлар   асри»
Республика   илмий   ва   илмий-назарий   анжуман   материаллари.
Тошкент: ЎзР ФА, 2021. 249-250 б.
38. Солижонов   Х.Х.   Иззатуллаев   З.И.   Иззатуллаев   Х.З.   Андижон     сув
омбори     атрофида   тарқалган     чорва     ҳайвонлари     паразит
зулукларининг     популятсияси     тўғрисида     илк     маълумотлар
//Материалы Международной   научно – практический конференции
28-30 апреля  2021  года. Самарканд, 2021. – С.122 – 124.
39. Эпштейн В.М. Кольчатые черви. Пиявки // Определитель паразитов
пресноводных рыб СССР, - М., 1987.  Т,3, - С.340-372.
40. Ўзбекистон   миллий   энциклопедияси   10-жилд.   –   Тошкент:   “ЎзМЭ”,
2004. 36-37 б.
41. Ҳикматов   Ф.Ҳ.   ва   бошқалар.   Зарафшон   дарёси   ҳавзасининг
гидрометеорологик   шароити   ва   сув   ресурслари.   –Тошкент:   «Fan   va
texnologiya», 2016. 67-84 б.
42. Щеголев   Г.   Г.   К   фауне   пиявок   Туркестана.   Тр.   Гидробиол.   ст.   на
Глубоком озере. М., IV: 1912. С. 163-192.
43. https://avitsenna.uz/zuluk/     
44. https    ://    ru    .   wikipedia    .   org     
65 ILOVALAR
66

“OQDARYO SUV EKOTIZIMLARIDA ( HIRUDO MEDICINALIS )NING TARQALISHI VA EKOLOGIYASI” Samarqand – 2022

MUNDARIJA Kirish 3 I bob. ZARAFSHON VODIYSI SUV TIPLARIDA ZULUKLARNI O’RGANISH TARIXI 1.1. Zuluklar bo’yicha olib borilgan faunistik tadqiqotlar……….... 8 1.2. Zuluklar bo’yicha olib borilgan ekologik tadqiqotlar………… 10 II bob. ZARAFSHON BOTIG‘INING TABIIY GEOGRAFIK TASNIFI, MATERIAL VA METODLARI 2.1. Tadqiqot hududning tabiiy-geografik tavsifi ………...……… 15 2.2. Tadqiqot materiallari va metodlari ………………………..… 24 2.3. Zuluklarning umumiy tavsifi ……………………………… 26 III bob. OQDARYO SUV EKOTIZIMLARIDA ZULUKLANING TUR TARKIBI, BIOEKOLOGIYASI, TARQALISHI 3.1. Oqdaryo suv ekotizimlarida zuluklari tur tarkibining taksonomik tarkibi………………………………………….... 31 3.2. Zuluklarning morfologik belgilari va bioekologiyasi.……….. 33 3.3. Oqdaryo suv havzasi zuluklariga abiotik omillarning ta’siri. ………………………………………………………... 48 3.4. Zuluklarning ekologik guruhlari……………………………... 50 IV bob. XO‘JALIKDAGI AHAMIYATI 4.1. Tibbiyotdagi ahamiyati………………………………………. 51 4.2. Zuluklarning tabiatdagi o’rni.………………………………... 54 4.3. Zuluklarning suv bioindikatorlari...…...……………………... 55 4.4. Zuluklar ektoparazitlar………………………………………. 56 XULOSA VA TAVSIYALAR…………..…………………. 58 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………... 61 2

Kirish. Mavzuning dolzarbligi: Tabiatni muhofaza qilish, uni asrab avaylash eng dolzarb global muammolardan biriga aylandi. Dunyoda ishlab chiqarishning к engayishi, tabiat zaxiralaridan behisob foydalanish, atrof muhitga zaharli moddalarni chiqarish jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa tabiiy organizmlarning genofondiga ta’sir etib, ularning kamayishiga olib kelmoqda. Ushbu holat nafaqat butun O’zbekistonni, balki Zarafshon vodiysini ham cheklab o’tmayotir. Yuqorida keltirilgan o’zgarishlar toza suv jonivorlari- zuluklarning turlar tarkibiga ham ta’sir etmoqda. Zuluklar dinazvrlar kabi eng qadimiy organizmlar hisoblanib, ular yer yuzida 60-65 mln yildan beri tabiatda saqlanib qolgan. Hozirgi kunda yer yuzida fanga zuluklarning 900 ga yaqin turlari ma’lum [ 28 ] . Ular dengizlar shur suvlarida, toza suvlar, daryolar, ko’llar, kanallar, chashmalar va buloqlarda xayot kechiradilar, ya’ne erkin yashovchi yirtqichlar hisoblanadi. Zuluklar umurtqali hayvonlarning barcha vakillarida: yumshoqtanlilar, qisqichbaqalar, suv hasharotlari va chuvalchanglarga xujum qilib, parazitlik qiladi. Sut emizuvchilar va odam qonini ham so’radi. Ular nafaqat zararlidir, balki ularning foydali jihatlari ham mavjud. Zuluklardan tibbiyot zulugi- Hirudo medicinalis (L.) qadim zamonlardan beri hozirgi kungacha, odamzotning turli kasalliklarini: qon bosimi-gipertoniya, skleroz, insult kabilarni davolashda ishlatiladi. Ular suv sanitarlaridir, ya’ne suvni filtrlaydi. Yuqorida keltirilganlardan ma’lum bo’ldiki, zuluklarni xar tomonlama o’rganish ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega bo’lib dolzarb hisoblanadi. Hozir kunda yurtimiz hayvonot dunyosi bioxilma-xilligini saqlash borasida muayyan yutuqlarga erishildi. O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik tobora takomillashib borilmoqda. Buning natijasida ushbu sohadagi xalqaro hamkorlik uyg‘unlashib, jamoatchilikning ekologik muammolarga bo‘lgan qiziqishi va qayg‘urishi ortib bormoqda. Yildan-yilga nodavlat jamoa ekologik tashkilotlari tarmoqlari kengayib bormoqda. Ular aholi orasida ekologik tafakkurni shakllantirish hamda 3

yovvoyi tabiatni saqlab qolish masalalari borasida davlat muassasalari bilan faol hamkorlik qilmoqda. Bu borada tabiiy ekotizimlar barqarorligini ta’minlash, hayvonlarning kamyob va yо‘qolib borayotgan turlarini muhofaza qilish chora- tadbirlari ishlab chiqildi. Xususan, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” (1992), “Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to‘g‘risida” (2004), yangi tahrirdagi “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (2016) qonunlarning, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib- taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi (2014) 290-sonli “2019-2028 yillar davrida О‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida” (2019) 484-son Qarorlari va boshqa qonun osti hujjatlar chiqishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu tadqiqot ishi meyoriy-hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi [1,2,3 , 4,5,6]. Tadqiqot obyekti va predmeti. Oqdaryo suv havzasi zuluklari va ularning tur tarkibi, morfoekologik xususiyatlari, tarqalish biotoplari, ekologik guruhlari, tabiatda va xo‘jalikdagi ahamiyatini o’rganish hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi – Oqdaryo havzasi suv tiplari zuluklarning faunistik tarkibi va ekologik xususiyatlarini o’rganish. Tadqiqotning vazifalari quyidagilar: Samarqand viloyati suvlarida tarqalgan zuluklar faunasining tarixiy rivojlanishini tahlil qilish; Oqdaryo havzasi suv tiplari zuluklarining faunistik tarkibini aniqlash va taksonomiyasini tuzish; Zuluklarning yashash tarzi, suv tiplari bo’yicha tarqalishi, ularga ekologik omillarning ta‘sirini o’rganish va ekologik guruhlariga tasnif berish; Zuluklarning xo’jalikdagi ahamiyatini tahlil qilish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 4

Ilk bor Oqdaryo suv havzasi girudofaunasining tur tarkibi o’rganilib, ular 7 turga mansubligi aniqlandi. Bu turlar umurtqasiz hayvonlarning Annelida tipi, Clitellata sinfi, Hirudinea kenja sinfiga taalluqli bo’lib, 6 oila va 7 urug’ga mansubdir; Barcha turlar orasida 6 tasi: Alboglossiphonia hyalina , Helobdella stagnalis , Piscicola geometra , Limnatis paluda , Halmopis sangiusuga va Erpobdella octoculata Oqdaryo sohili suv tiplari girudofaunasi uchun ilk bor ko’rsatilgan; Oldin adabiyotlarda ushbu suvlar hududidan Hirudo medicinalis qayd etilgan edi, hozirgi kunda u H.orientalis deb tan olingan; Zuluklarga ekologik omillarning ta’siri o‘rganilib, ekologik guruxlari tavsiflangan va xo‘jalikdagi ahamiyati ta’riflangan. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, Oqdaryo ekotizimidagi zuluklar tur tarkibining aniqlangani, turlarning morfoekologiyasi, ekologik omillarning ularga ta’siri, ekologik guruhlari tahlil qilingani, xo‘jalikdagi ahamiyati ochib berilgani bilan izohlanadi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Zuluklarning taksonomik tarkibi, biologiyasi, ekologiyasi, ular ning ahamiyati , hududlar bо‘yicha tarqalishi va ularni muhofaza qilish bо‘yicha tadqiqotlar xorij olimlari L.Kalbe (1966), V.Sládeček (1984), R.T.Sawyer (1986), В.М.Эпштейн (1987) E.Borda (2004), M.E.Siddall (2007), A.Yu.Utevsky (2007), B.Sket (2008), A.Bielecki (2011), M.Bahmani (2012), K.Skowrońska-Ochmann, P.Cuber, I.Lewin (2012), A.D.Robert (2013) , R.Ben Ahmed (2015), M.Ceylan (2016,2021), N.Sağlam (2019) tadqiqot ishlarini olib borgan [12,14,16, 18,21,28] . Izlanishlar 2020 yil kuz oylari, 2021 yil bahor, kuz va 2022 yil bahorida Zarafshon daryosining o’rta qismi Oqdaryo suv havzasi hududida olib borildi. Jami bo’lib 40 namunada 300 dan ortiq zuluklar terildi. Ular fanda ma‘lum bo’lgan В.И.Жадин, С.В.Герд (1961), 5