Karam agrosenozi entomofaunasining ekologo-faunistik tahlili
Karam agrosenozi entomofaunasining ekologo-faunistik tahlili Mundarija Kirish ………………………………………………………………… 3 1. Karam agrosenozi entomofaunasining o’rganilish tarixi ( Adabiyotlar sharhi)…………………….................................................. 9 1.1. Karamning zararkunanda hasharotlari.............................. ................ 10 1.2. Karam zararkunandalarining tabiiy kushandalari......... ..................... 18 1.3. Karam zararkunandalariga qarshi kurash.......................... ................ 21 2. Tadqiqot obyekti, uslublari va sharoitlari ..................................... 24 2.1. Tadqiqot o’tkaziladigan joyning tabiiy iqlim sharoiti……………… 24 2. 2 . Tadqiqot uslublari ............................................................. ................ 25 3. Tadqiqot natijalari ....................................................................... ......... 30 3.1. Karam agrosenozi entomofaunasining taksonomik tarkibi................. 30 3.1.1. Karam agrosenozi entomofaunasining tur tarkibi............................ 30 3.1.2. Karam maydonlaridagi fitofag hasharotlarning taksonomik tarkibi......................................................................................................... 31 3.1.3. Karam maydonlaridagi entomofag hasharotlarning taksonomik tarkibi.......................................................................................................... 42 3.1.4. Karam maydoni entomokompleksining ekologo-faunistik tahlili......................................................................................................... 47 3.1.5. Tuproqda hayot kechiruvchi yirtqich entomofaglar........................ 51 3.2. Karam agrosenozi dominant fitofag va entomofaglarining bioekologik xususiyatlari.................................................................................... 56 3.2.1. Karam bitining ( Brevicoryne brassicae) bioekologik xususiyatlari.. 56 3.2.2. Krestguldoshlar qandalasining (Eurydema ventralis) bioekologik xususiyatlari................................................................................................ 58 3.2.3. Krestguldoshlar burgachalari (Phylotretta) ning bioekologik xususiyatlari............................................................................................... 61 3.2.4. Karam agrosenozi dominant entomofagi karam biti paraziti ( Diaeretiella rapae) ning bioekologik xususiyatlari……………………… 1
64 3.2.5. Karam bitining yirtqichlari............................................ .................. 67 3.2.6. Karam biti va entomofaglarining mavsumiy dinamikasi.................. 70 3.2.7. Karam bargini kemiruvchi tangachaqanotlilar va ular entomofaglarining mavsumiy dinamik asi................................. ................. 73 Xulosalar ................................................................................................ ... 77 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ..................................................... .. . 79 2
KIRIS H Mavzuning dolzarbligi. Sabzavot va poliz ekinlari qishloq ho’jalik ekinlari orasida eng muhim o’rinlardan birini egallaydi. Insonning oziq-ovqat mahsulotlariga, ayniqsa, turli-tuman darmondorilarga bo’lgan ehtiyojini qondirishda sabzavotlarning ahamiyati benihoya kattadir. Sabzavotchilik dunyo dehqonchiligining eng qadimiy, asosiy va yetakchi tarmoqlaridan hisoblanadi. Sabzi, sholg’om, sarimsoq, lavlagi 2 ming, karam, bodring, piyoz kabilar 4 ming yildan beri ekiladi. Sabzavotchilik-o’simlikshunoslikning ajralmas tarkibiy qismidir. Shuning uchun sabzavot ekinlarini hamma vaqt ham boshqa ekinlardan ajratib bo’lmaydi. Chunki karam, kartoshka, sabzi, qovoq, lavlagi, tarvuz, makkajo’xori kabilarni sabzavot ekinlari sifatida oziq-ovqatga, chorva mollari uchun yem-hashak va texnik maqsadlarda ishlatish uchun xom ashyo sifatida yetishtirish mumkin. Sabzavotchilikka xos xususiyatlar sifatida yana nisbatan kichik maydonlarda yetishtirish, o’suv davri qisqaligi, iqtisodiy samaradorligining yuqoriligini ham qayd yetish o’rinlidir Respublikamiz qishloq ho’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri sabzavotchilik bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar AQSh da - 1.5 mln. ga, Yaponiyada 0.7 mln. ga, Italiyada-0.4 mln. ga maydonda sabzavot ekinlari parvarish qilinadi. Respublikamizda esa 0.16 mln. ga maydonda sabzavot ekinlari ekilib, shundan asosiy qismini pomidor, piyoz, karam va boshqa sabzavot ekinlari tashkil etadi. Respublikamizda o’sib borayotgan aholi ehtiyojini qishloq ho’jalik mahsulotlari, jumladan sabzavotchilik mahsulotlari bilan ta’minlash rentabelligini oshirish masalalari hozirgi kunning asosiy muammolaridan biridir. Samarqand viloyati respublikamizda sabzavot ekiladigan maydon jihatidan Toshkent va Andijon viloyatlaridan keyingi o’rinda turadi. Viloyatimizda 1999 yilda 19.8 ming gektarga sabzavot ekilib, shundan qishloq ho’jalik korxonalariga 9.1 ga yoki 45.9 %, fermer ho’jaliklariga 1.2 ming ga yoki 6 %, dehqon ho’jaliklariga 9.5 ming gektar yoki 47.9 % to’g’ri kelgan. 3
Hozirgi vaqtda mustaqil Respublikamiz hukumati mamlakatda sabzavotchilikni rivojlantirish va aholini yangi sabzavot mahsulotlari bilan yil bo’yi ta’minlash masalalariga katta e’tibor qaratmoqda. Bu esa respublika hukumatining bugungi agrar siyosatining muhim yo’nalishi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9-yanvardagi «Meva- sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo’yicha tashkiliy chora- tadbirlar to’g’risida»gi farmonining chiqarilishi buning yorqin misolidir. Karam – (Brassica) butgullilar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Karamning oq va qizil karam, savoy karami, bryussel karami, gul karam kabi turlari bor. Asosan oq va gul karam ekiladi. Karam aksari ikki yillik o’simlik. Birinchi yili bosh chiqaradi, ikkinchi yili o’zagidan gulpoya chiqarib, urug’laydi. Gullari sariq, shingillarga to’plangan, mevasi qo’zoq. Urug’i yumoloq, to’q qo’ng’ir diametiri 2 mm, 8-10 sm uzunlikdagi qo’zoqda. Karam sovuqqa chidamli, urug’i 4-5 0 C da una boshlaydi. Oq karam 15-18 0 C da bosh hosil qiladi. Harorat 25 0 C dan oshganda bosh chiqarishi kechikadi, sernam va yorug’ joyda tez rivojlanadi. Karamda uglevodlar, oqsillar va mineral tuzlar hamda vitaminlar bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holda iste’mol qilinadi. Dunyoning barcha mamlakatlarida, O’zbekistonning esa hamma hududlarida ekiladi. Karam navlari ertachi, o’rtacha ertachi, o’rtacha kechki va kechki guruhlarga bo’linadi. MDH da 103 dan ortiq navlari rayonlashtirilgan, bulardan oq karam navlari katta ahamiyatga ega. Karam ko’chati parnik va issiq xonalarda yetishtirilib, ertachisi fevral oxiri va mart boshlarida (60 x 60 sm, 70 x 70 sm sxemada), o’rtachasi aprel, may boshlarida, kechkisi iyun oxiri va iyul boshlarida (70 x 70sm sxemada), ekiladi. Parvarishi sug’orish, qator oralig’i va to’p atrofini yumshatish, og’darish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash olib borishdan iborat. Birinchi oziqlantirishda gektariga 150-200 kg superfosfat va 120-150 kg ammiakli selitra, ikkinchisida faqat 120-150 kg ammiakli selitra beriladi. Karam ekiladigan yer kuzda yoki erta bahorda haydalib, gektariga 20-30 tonna go’ng, 300-400 kg superfosfat, 100-150 kg kaliy tuzi solinadi. Karam urug’ini bevosita dalaga yekish ham 4
mumkin. Bunda unumdor, begona o’tlardan toza yerlarga qator orasini 60-70 sm qilib, 1 ga maydonga 1- 1,5 kg urug’ sepiladi, 2-3 chin barg chiqargach, yagonalab har uyada (30-40 sm oralig’ida) bittadan o’simlik qoldiriladi. O’rtacha hosildorligi ertapishar navlarda 200-300 s, o’rtapishar navlarda 400- 500 s, kechpishar navlarda 600-900 s. ni tashkil etadi. O’zbekistonda oq karamning quydagi turlari ekiladi. Birinchi nomer, Gribovskiy 147-yertachi, ko’chati o’tqazilgach 60-65 kunda yetishadi. Karam 0,7-1 kg, yumoloq, o’rtacha, zich, ko’kish, pishganda yoriladi. Slava 1.305- o’rtachi ko’chati o’tkazilgach 75-90 kunda yetiladi. Karami 1,5-2 kg, yumoloq yassi, zich, issiqqa chidamli. O’zbekiston 133- o’rtacha kechki, ko’chati o’tkazilgach 110-120 kunda yetiladi. Karam 2,5- 4,3 kg, yumoloq yassi, zich. O’zbekiston hududlarida shu bilan bir qatorda Samarqand viloyatida sabzavot ekinlari ahamiyati nihoyatda katta. Keyingi 20-30 yil mobaynida bu o’simliklarni ekish maydoni 2-2,5 barobar ko’paygan. Paxta maydonlarining asta-sekin qisqartirilishi, sabzavot, poliz va mevali ekinlar maydonlarining kngayishiga sabab bo’lmoqda. Ammo har bir ga paykaldan olingan mahsulot past darajada turibdi. Qovun, karam, bodring hosildorligi yildan –yil hisobiga kamayib bormoqda. Buning asosiy sababi yerning meliorativ holatining yomonlashishi, ekologik xilma-xillikning pasayishi va natijada ayrim zararkunandalarni sonining ko’payishi hisoblanadi. Shunga muvofiq o’simliklarni hosildorligini agrotexnika chora tadbirlari bilan oshirish, tuproq holatini yaxshilash, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashning ilmiy asoslangan tadbirlarini ishlab chiqish, tabiiy entomofaglar samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Sabzavot va poliz ekinlaridan yuqori hosil olishni cheklab turadigan bir qancha omillar mavjudki, ular orasida zararkunanda hashoratlar keltiradigan zarari jihatidan birinchi o’rinda turadi. Sabzavot va poliz ekinlariga 600 dan ortiqroq tur hashoratlar zarar keltirishi aniqlangan. Lekin sezilarli darajada zarar yetkazadigan hashoratlar uncha katta bo’lmagan ixtisoslashgan zararkunandalar guruhi bo’lib, bularga 5