logo

BARKAMOL SHAXS TARBIYASIDA BAG’RIKENGLIK TAMOYILLARIDAN FOYDALANISH YO’LLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

262.01171875 KB
‘’BA RKA MOL SHA X S TA RBIYA SIDA  BAG’RIKEN GLIK
TA MOY ILLA RIDAN  FOY DA LA N ISH YO’LLA RI’’
mav zusidagi 
BITIRUV MALA KAVIY  ISHI
3 BITI RUV MA LA KAVIY  ISHIN IN G
 MUN DA RIJ A SI  
I.   BARKAMOL   SHAXS   TARBIYASIDA   BAG’RIKENGLIK
TAMOYILLARIDAN FOYDALANISH YO’LLARI.
1.1.   Millatlararo   totuvlik   tinchlik   va   osoyishtalikning   mustahkam
asosidir.
1.2.   Tarbiya   jarayonida   bag’rikenglik   tamoyillaridan   foydalanish
yo’llari.
II .   BOB.   BARKAMOL   SHAXS   TARBIYASIDA   BAG’RIKENGLIK
TAMOYILLARI     MAVZUSINING   ELEKTRON   O‘QUV   MODULI
ISHLANMASI
2 .1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi (Sillabus) .
2.2. Ma’ruza matni .
2.3.   Nazorat   topshiriqlari   va   mustaqil   ta’lim   yuzasidan   ko‘rsatmalar.
Keys topshiriqlari.
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
4 Men Abdulla Avloniyning: 
«Tarbiya biz uchun yo hayot – yo  mamot , 
yo najot – yo halokat, yo saodat – 
yo falokat masalasidir»,- degan fikrini 
ko’p mushohada qilaman.
 Buyuk ma`rifatparvarning bu so’zlari asrimiz 
boshida millatimiz uchun qanchalar 
muhim va dolzarb bo’lsa, hozirgi kunda 
biz uchun ham shunchalik, balki undan 
ham ko’ra muhim va dolzarbdir.
                                                                                        Islom Karimov
KIRISH
Bugungi  kunda pedagogik kadrlarning kasbiy bilim va kompetentligiga davr
nuqtayi nazaridan yangi talablar qo’yilmoqda. Shiddat bilan   rivojlanayotgan fan,
ta’lim   va   texnologiyalar   davrida   biz   pedagoglar   ham   shu   davr   nafasi   bilan
yashamog’imiz lozim.
Barcha oliy o’quv yurti muassasalari professor-o’qituvchilari kabi    men ham
malaka  oshirishga kelishda   quyidagi maqsadlarni  qo’yib keldim:
1.   Globallashuv     jarayonida   pedagogika   sohasiga   yangiliklar   bilish,
o’rganish.
2.   Davlat   ta’lim   standartlari,   namunaviy   o’quv   dasturlar   va   ishchi   o’quv
dasturlari   orasidagi     mutanosibliklar   vq   ularning   takomillashtirish   yo’llarini
o’rganish.
3. O’qituvchining axborot maydoni, portfoliyosi tuzish bo’yicha ko’nikma va
malakalarini egallash.
4.   Talabalarning   mustaqil   ta’lim   ishlarini   tashkil   etish   va   boshqarishga
innovatsion yondoshuvlarni o’rganish. 
5.   Professor-o’qituvchining   vaqt     byudjeti   masalalari,   uning   ijtimoiy
himoyasi, kasbiy presstiji  va  obro’si haqidagi ma’lumotlarni boyitish .
6. Darsliklarga   qo’yiladigan   so’nggi   talablar     va   ularni   nashr   ettirish
masalalarini takomillashtirish.
5 7. Ta’lim   jarayonini   texnologiyalashtirish   maummo   va   echimlari     bo’yicha
yangiliklarni o’zlashtirish.
8. Ingliz tilini o’qitishda yangi innovatsion texnologiyalarini egallash.
Shu   ehtiyojlardan   kelib   chiqqan   holda,   malakaviy   ishimizning   mavzusini
“ Barkamol   shaxs   tarbiyasida   bag’rikenglik   tamoyillaridan   foydalanish
yo’llari ”   deb tanladik.
  Mavzuning   dolzarbligi.   O’zbekiston   Vazirlar   Mahkamasi   va   shaxsan
hurmatli  Prezidentimiz I. A. Karimov Oliy ta`limni takomillashtirish, rivojlantirish
va   tub   maqsadlarini   aniq lab   berish   masalalariga   jiddiy   e`tibor   berib   kelmoqdalar.
Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi         Islom   Karimov   tomonidan   ijtimoiy   ongga
kiritildi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli  bu – shaxs, davlat  va jamiyat, uzluksiz
ta`lim, fan, ishlab chi-qarishning uzviy birligi  va hamkorligi, ularning o’zaro bir-
biriga   aloqasini   aks   ettiradi.O’zbekiston   Oliy   ta`lim   vazirligi   va   oliy   ta`lim
muassasalari   rahbariyatlari   o’z   navbatlarida   dunyoning   eng   rivojlangan
mamlakatlarida,   jumladan   AQSH,   Buyuk   Britaniya,   Germaniya   va   boshqa
davlatlarda   qo’llanilayotgan   zamonaviy   o’qitish   metodlari   va   texnologiyalaridan
andoza   olib,   Oliy   ta`lim   islohatlarini   izchillik   bilan   bosqichma-bosqich   amalga
oshirib   kelmoqdalar.   Davlat   ta`lim   standartlarining   va   o’quv   rejalarining   yangi
avlodi yaratilmoqda. 
Ta`limni   fundamentlashtirish   maqsadida   o’quv   rejalari   qayta   ko’rib   chiqildi,
yuqori   texnika-texnologiyalarni   qamrab   olgan   fan   dasturlari   yaratildi,   ko’p
yo’nalishlar   va   fanlar   bo’yicha   o’quv   adabiyotlarining   zamon   talablariga,   etuk
raqobatbardosh   mutaxassislar   tayyorlash   maqsadlariga   qaratilgan   yangi   avlodlari
chop etildi.     
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim Vazirligining 2003-yil
28-may   «Ta`lim   sifatini   oshirishga   qaratilgan   100   innovatsiyalar     to’g’risidagi
hay`at   qaroriga   ko’ra,   2003/2004   –   o’quv   yili   «Ta`lim   sifatini   oshirish   yili»,   deb
belgilandi. Oliy ta`lim islohatining xozirgi sifat bosqichida professor-o’qituvchilar
oldida   yangi   muhim   vazifa   qo’yildi.   O’zbekiston   Oliy   va   o’rta   maxsus   ta`lim
Vazirligining   2003-yil   28-may   5/1   sonli   Buyrug’iga   muvofiq   fanlar   bo’yicha
6 muammoli   ma`ruzalar   matnini   ishlab   chiqish     va   ularni   2003/2004   o’quv   yilidan
boshlab izchillik bilan o’quv jarayoniga tadbiq etish belgilandi. 
Tadqiqotning   maqsadi.   Barkamol   shaxs   tarbiyasida   bag’rikenglik
tamoyillaridan foydalanish yo’llarini ishlab chiqish. 
Tadqiqot   ob’ekti.   Barkamol   shaxs   tarbiyasida   bag’rikenglik   tamoyillaridan
foydalanish yo’llarini ochib berish jarayoni
Tadqiqot predmeti.  Barkamol shaxs tarbiyasida bag’rikenglik tamoyillaridan
foydalanish yo’llarining mazmuni,  shakli va metodlari .
Tadqiqot vazifalari. 
1.Barkamol   shaxs   tarbiyasida   bag’rikenglik   tamoyillaridan   foydalanish
yo’llarini pedagogik muammo sifatida tadqiq etish.
2.   Barkamol   shaxs   tarbiyasida   bag’rikenglik   tamoyillaridan   foydalanish
yo’llarining ustuvor yo’nalishlarini yoritish .
3. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan (mavzuga oid) o’quv
modulini yaratish.
O’qitish  tizimini  takomillashtirish    vazifasi  ilgari, mustabid  Sovetlar  davrida
ham   qo’yilar   edi,   ammo   u   juda   sustkashlik   va   e`tiborsizlik   bilan   bajarilar   edi.
Mustaqilligimizni qo’limizga kiritgan yildan avvalgi 20-30  yillik davr «turg’unlik
yillari», degan  nomni bejiz olmagan edi, albatta.
O’z-o’zidan ikkita savol kelib chiqadi: nima uchun xozirgi paytda o’qitish va
kadrlar   tayyorlash   tizimlarini   jadal     rivojlantirish   zarurati   oshdi;   ilgari   hal   etish
mumkin   bo’lmagan   masalani   endilikda   muvaffaqiyatli   echishga   qanday   muayyan
omillar kafolat beradi.
Birinchi   savolga   javob   shundaki,   texnika-texnologiya   va   fan   ilgari   vaqtga
nisbatan   qiyoslab   bo’lmaydigan   darajada   tez   rivojlanib   bormoqda.   Bunday
rivojlanish   samaralarini   axborot   texnologiyalarining   mislsiz   rivojlanganligida,
sanoat   va   qishloq   xo’jaligi   ishlab   chiqarish   jarayonlarining
avtomatlashtirilganligida ko’rish mumkin. 
Bunday   sharoitlarda   eski,   qoloq   texnologiyalarga,   g’ayri-tabiiy   va
kamsitishlik g’oyalariga asoslanib tuzilgan o’quv adabiyotlari yaroqsiz bo’lib qoldi
7 va   bu   hol   mamlakatimizda   o’quv   adabiyotlarining   yangi   avlodini   yaratish
professor-o’qituvchilar oldiga dolzarb masala sifatida qo’yildi.
Mamlakatimizda   O’zligimizni   tanish   jarayoniga   qaratilgan   ma`naviy,
ma`rifiy,   tarixiy,   falsafiy   va   psixologik   tushunchalarimizning   yangilanishi,   dunyo
ilm-fan,   ma`rifat   taraqqiyotiga,   davlatchiligiga   ulkan   xissa   qo’shgan   ulug’
iste`dodli   avlod-ajdodlarimizning     tarix   sahifalariga   chiqishi,   xozirgi   xalq
xo’jaligida eng yuqori axborot texnologiyalari hamda avtomatlashtirilgan texnika-
texnologiyalarning   joriy   etilganligi   va   bu   jarayonning   yanada   tez   sur`atlar   bilan
rivoj   topayotganligi   oliy     va   o’rta   maxsus   ta`lim   tizimida,   fanlarni
fundamentlashtirish,   o’quv   rejalarining   yangi   avlodini   yaratish,   ularni   yanada
takomillashtirib borishni taqoza etadi.
Fan-texnika   va   ma`naviyatimizning   ildamlanayotgan   bunday   davrida   oliy
o’quv   maktabi     kelajakka   o’ziga   xos   ko’prik   bo’lishi   lozim.   Bunga   oliy
maktabning   rivojlanishiga   an`anaviy   yondoshish   asosida   erishib   bo’lmaydi,
demakki,   ta`limning   asosiy   maqsadi   faqat   bilim   olishdan   iborat,   deb   qaramaslik
kerak. 
“O’qituvchining   bosh   vazifasi   o’quvchilarda   mustaqil   fikr   yuritish
ko’nikmalarini   hosil   qilishdan   iboratligini   ko’pincha   yaxshi   tushunamiz,   lekin,
afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz”
Bu   fikr   kasbga,   bakalavr   va   magistrlarga,   binobarin,   ularni   tayyorlashga
talabni   o’zgartiradi.   Ikkinchi   savolga,   ya`ni   o’qitish,   mutaxassislar   tayyorlash
tizimini   mukam-mallashtirish   imkoniyatlarini   kengaytirish   to’g’risidagi   masalaga
javobni   bilish-bilim   orttirish   jarayonini   o’rganuvchi   falsafa,     psixologiya   kabi
fanlarni   rivojlantirish,   Milliy   istiqlol   va   Vatanni   sevish   g’oyalari     asosida   topish
mumkin.   Bu   fanlarning   yangitdan   tuzilgan,   tubdan   o’zgacha   o’qish     dasturi   oliy
o’quv   jarayonining     mohiyatini   to’g’ri   tushunishda   katta   imkoniyatlar   yaratadi.
Albatta,   bu   fanlar   o’quv   yurtlarida   o’qitishning   oqilona   metodlarini     qurish
to’g’risida   bevosita   ko’rsatma   bermaydi.   Bu   masalani   oliy   o’quv   yurtlarimizning
professor-o’qituvchilari jamoasi bajara oladi va bajarishi ham lozim.
8 I BOB. BARKAMOL SHAXS TARBIYASIDA BAG’RIKENGLIK
TAMOYILLARIDAN FOYDALANISH YO’LLARI
1.1.   Millatlararo   totuvlik   tinchlik   va   osoyishtalikning   mustahkam
asosidir
Bugungi   kunda   ma`naviyat   masalasi   ijtimoiy   hayotimizning   asosiy
masalalaridan   biriga   aylanib   qoldi.   Mustaqillikning   dastlabki   kunlaridanoq   bu
masalaga   katta   va   uzluksiz   e`tibor   berib   kelinmoqda.   o’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   Islom   Karimovning   har   bir   nutqi   va   ma`ruzalari,   maqola   va   asarlarida
yuksak ma`naviyat kelajak poydevori ekanligi qayta-qayta ta`kidlanmoqda. «Zero,
-   deb   uqtiradi   Islom   Karimov,   -   biz   jamiyatimiz   taraqqiyotini   faqatgina   iqtisodiy,
ijtimoiy   farovonlik   bilangina   emas,   xalqimizning   ma`naviy   barkamolligi,
demokratik   va   insonparvarlik   tamoyillarining   kishilar   ongida   nechog’lik   chuqur
ildiz otishi bilan baholaymiz» 1
.
Erksevar xalqimiz mustaqillik tufayli o’z yeri, o’z tili, o’z diniga ega bo’ldi;
milliy   g’ururi,   izzat   obro’si   tiklanib,   endilikda   qadriyatlarimiz,   ma`naviy
merosimizdan   bahramand   bo’lmoqdamiz.   Mustaqillik   va   ma`naviyat   bir-biriga
g’oyat   bog’liq   tushunchalardir.   Ma`naviyati   buyuk   xalqni   qul   qilish,   abadiy
istibdod   zulmi   ostida   saqlash   mumkin   emas.   Bunday   ma`naviyatning   kamol
topishi, qalblarga singishi uchun Mustaqillikni mustahkamlash ham lozim bo’ladi.
Qudratli   kelajagi   buyuk   davlat,   buyuk   ijtimoiy-iqtisodiy   islohotlar   qudratli
ma`naviyat zamirida vujudga keladi. Har bir alohida shaxsning va butun millatning
ma`naviy   kamoloti   orqali   demokratik   huquqiy   davlat   barpo   etiladi.   Davlatimiz
rahbari shu bois ham ma`naviyat va ma`rifatga doimo katta e`tibor berib kelmoqda.
SHu oqilona siyosat tufayli xalqimiz o’zligini tanib, o’z shajarasini idrok etmoqda,
tarix oldidagi vazifasini anglab olmoqda.
1
  Каримов И. Келажакни жасоратли одамлар  қ уради. «Хал қ  сўзи» газетаси, 199 йил, 17-феврал.
9 Inson   ma`naviyatini   yuksaltirmasdan   turib,   xalqimiz   hayoti   va   turmushi
yuksalishida, hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin.
Islohatlarning   birinchi   bosqichida   milliy   ma`naviyatni   yuksaltirish   yo’lida
ko’zlangan maqsad to’la amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi
lozim   bo’lgan   vazifalarga   zamin   hozirlandi.   Ma`naviy,   mafkuraviy   parokandalik
davriga   barham   berildi.   Ijtimoiy   hodisalar   bilan   birga   milliy   ma`naviyatimiz
yuksala   bordi.   Yurtboshimiz   Islom   Karimov   «o’zbekiston   iqtisodiy   islohatlarni
chuqurlashtirish   yo’lida»   asarida   ta`kidlaganidek:   «Xalqning   ma`naviyati   va
madaniyati,   uning   xaqiqiy   tarixi   va   o’ziga   xosligi   qayta   tiklanayotganligi
jamiyatimizni   yangilanish   va   taraqqiy   ettirish   yo’lidan   muvaffaqiyatli   olg’a
siljishida   hal   qiluvchi,   ta`bir   joiz   bo’lsa,   belgilovchi   ahamiyatga   egadir...» 2
.
Haqiqatan   faqat   ma`naviy  erkin  va   ozod   xalq  teran   va  komil   tafakkur   tufayli   har
sohada   katta   yutuqlarga   erishishi   mumkin.   Boshqacha   aytganda,   faqat   ma`naviy
sog’lom, kuchli jamiyatgina islohatlarga tayyor bo’lishi mumkin 3
.
Ma`naviy   tarbiya   sohasida   ko’zbo’yamachilikka   yo’l   qo’yish   nihoyatda
xatarli. Ma`naviyat jamiyat hayotining shunday bir nozik, ahamiyatli sohasiki, bu
borada   xo’jako’rsinga   ish   qilish   iqtisodiy   va   siyosiy   sohalarda   kutilmagan   turli
inqirozlarni   keltirib   chiqarishi   mumkin.  Ayniqsa,   bu   sohada   o’zi   bo’larchilik   va
lo’ttibozlikka   yo’l   qo’yib   bo’lmaydi.   Kishilarda,   xususan   yoshlarda   yangi
ma`naviyatning shakllanishi ancha murakkab va mashaqqatli jarayon hisoblanadi.
Buni   amalga   oshirish   uchun   keng   ko’lamli   madaniy,   tarixiy,   ma`rifiy,   tarbiyaviy
ishlarni   amalga   oshirish   kerak   bo’ladi.   Eski   tuzum   sharoitida   tarkib   topgan
ma`naviy   inqirozga   barham   berish,   yangicha   tafakkurga   ega   bo’lgan   insonni
shakllantirish   murakkab,   muayyan   davrni   talab   qiluvchi,   asta-sekin   amalga
oshadigan   jarayon   bo’lganligi   sababli   tarixning   burilish   davrlarida   jamiyat
hayotida   ma`naviy   bo’shliq   holatlari   ham   yuzaga   kelishi   tabiiydir.   Bu   bo’shliq
jamiyat   uchun   iqtisodiy,   siyosiy   inqirozga   nisbatan   ancha   xatarliroq   kechadi.
Bunga   keyingi   vaqtlarda   yuz   bergan   mudhish   voqealar   yaqqol   misol   bo’la   oladi.
SHu   sababli   tarixiy   burilish   davrlarida   ob`ektiv   tarzda   yuzaga   keladigan   bunday
2
 Каримов И.  Ў збекистон буюк келажак сари. 2-300-бетлар.
3
  Каримов И.  Ў збекистон буюк келажак сари, 306-бет.
10 holatlarni chuqur anglab, ularga to’g’ri munosabatda bo’lish lozim. Mamlakatimiz
rahbariyati   buni   to’g’ri   anglab,   bunday   holatlarning   qalqib   yuzaga   chiqishining
oldini   faqat   odamlarimiz,   avvalambor   yoshlarimizning   iymon-e`tiqodini
mustahkamlash,   irodasini   baquvvat   qilish,   ularni   o’z   mistaqil   fikriga   ega   bo’lgan
barkamol   insonlar   etib   tarbiyalash   orqaligina   olish   mumkinligini,   mustaqillik
tafakkuri,   ma`naviyatini   shakllantirish,   maqsad,   vazifa,   vositalari   yo’llarini   izlab
topish,   hayotga   joriy   etish   orqali   hal   etish   mumkinligini   ta`kidlab   kelmoqda 4
.
Zotan,   yosh   mustaqil   mamlakatimizning   kelajagi   uchun   ma`naviyati   yuksak,
barkamol insonlar zarur. SHuning uchun ham yurtboshimiz «YUksak ma`naviyat -
kelajak   poydevori»   degan   hikmatli   shiorni   yanada   balandroq   ko’tardiki,   yuksak
ma`naviyat mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun
muhim va zaruriy tamoyillardan biri bo’lib qoldi.
Ma`naviyatli   va   e`tiqodli   kishilar   o’z   maslagi,   vatani   uchun   jonini   fido
qilishga ham tayyordirlar.
O’zbekiston bozor munosabatlariga to’la o’tayotgan davrda ma`naviy-axloqiy
qadriyatlarning ahamiyati  tobora o’sib borayotganligi  ma`naviy barkamol  avlodni
tarbiyalashni  eng dolzarb masala  sifatida kun tartibiga  qo’ymoqda. SHu ma`noda
yurtboshimiz Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq o’zbekiston Respublikasi  Oliy
Majlisining   birinchi   sessiyasida   «Ozod   va   obod  Vatan,   erkin   va   farovon   hayot   –
pirovard   maqsadimiz»   nomli   ma`ruzalaridagi   quyidagi   fikrlariga   e`tiborni
qaratmoq  lozim:  «Bu   sohadagi   ishlarimizning  pirovard  maqsadi  –  iymon-e`tiqodi
butun,   irodasi   baquvvat   erkin   fuqaro   ma`naviyatini   shakllantirishdir.   Ya`ni,
mustaqil   dunyoqarashga   ega,   ajdodlarimizning   bebaho   merosi   va   zamonaviy
tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs –Barkamol shaxsni tarbiyalashdan
iborat» 5
.   Bozor   munosabatlarida   ham   yuksak   ma`naviyatli   va   axloq-odobli,
iqtidorli,   bilim   saviyasi   yuqori   va   chuqur,   zukko,   ishbilarmon,   ishchan   kishilar
zarur. Qashshoq ma`naviyat, ma`naviy-axloqiy sust, bilim saviyasi yuzaki va past,
ishning ko’zini bilmaydigan kishilar bozor munosabatlarida ko’zlangan maqsadga
erisha olmaydilar. Bundan xulosa shuki, hech kechiktirmay, ikkilanmay ma`naviy-
4
 Ислом Каримов. Миллий истиқлол мафкураси – халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. 13-14 бетлар.
5
 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон µаёт – пировард ма³садимиз. 25-бет.
11 ma`rifiy   tarbiya   masalasi   haqida   o’ylash,   uni   to’g’ri   yo’lga   solish   vazifasi   kelib
chiqadi. Bunda biz ma`rifatparvar Abdulla Avloniyning: «Tarbiya bizlar uchun yo
hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir», degan
o’gitiga amal qilishimiz zarur.
Endilikda,   ma`naviy   va   ma`rifiy   tarbiya   mustaqil   davlatimiz   siyosati
darajasiga ko’tarildi. CHunki  Prezidentimiz   ta`kidlaganidek, taraqqiyot   taqdirini
ma`naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi. YUrtdoshlarimizning texnikaviy bilimi,
murakkab   texnologiyani   egallash   qobiliyati   ma`naviy   barkamollik,   mustaqil
tafakkur   bilan   birga   borishi   kerak.   Aqliy   zakovat   va   ruhiy-ma`naviy   salohiyat
ma`rifatli   insonning   ikki   qanoti   bo’ladi.   Butun   ma`naviy   va   ma`rifiy   tarbiya
ishimizni   shu   qoidaga   asoslanib   qurmog’imiz,   zamon,   mustaqil   taraqqiyotimiz,
bozor munosabatlari davri talabidir.
Avvalo   shuni   aytish   kerakki,   ma`naviy   barkamol   inson   tushunchasining   o’zi
keng   qamrovli,   serqirra   tushuncha.   Ma`naviy   barkamol   inson   -   barkamol   shaxs
tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma`naviy barkamol inson tushunchasi
sog’lom   avlod   tushunchasi   bilan   ham   bog’lanib   ketadi.   Ilmiy   adabiyotlarda   bu
tushunchalar   alohida-alohida   ishlatilsa-da,   mohiyatan   ularning   hammasi   inson
axloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga,
jamiyatga   va   Vatanga   bo’lgan   munosabatlaridan   tortib,   toki   oilaga,   ota-onaga   va
boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi.
Mustaqillikka   erishib,   ma`naviyat   va   ma`rifat   masalalariga   birinchi   darajali
ahamiyat   berishimiz,   mustaqillikni   mustahkamlash   vazifalari,   tarbiya   sohasida
sog’lom   avlod,   ma`naviy     barkamol   inson,   barkamol   shaxs   kabi   tushunchalarga
izoh   berishni,   ularning   mohiyatini   ochib   berishni   taqozo   etmoqda.   YUqorida
aytganimizdek  ular   mohiyati  birday tushunchalar.  Insonni  to’g’rilikka,  halollikka,
poklikka,   vatanparvarlik   va   insonparvarlikka,   ezgulikka   va   qo’yingki,   yuksak
axloqlilikka   yo’llash   bu   tushunchalarning   mohiyati   va   mazmunini   tashkil   etadi.
Hozirgi   kunda   bu   masalalarga   birinchi   darajali   ahamiyat   berishimizning   boisi   -
iymoni,   e`tiqodi   va   axloqiy   fazilatlari   -   qo’yingchi,   ma`naviyati   kuchli,   milliy
mas`uliyat   to’yg’usi   qalbida   chuqur   ildiz   otgan,   ma`naviy   barkamol   fuqarolarga
12 ega   mamlakatgina   mustaqil   va   barqaror   rivojlana   oladi.   Buyuk   kelajak   ma`naviy
barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad ko’taradi. Boshqacha aytganda
ma`naviy   barkamol   insonlargina   buyuk   kelajakni   yarata   oladilar.   SHuning   uchun
ma`naviy   barkamol   insonni,   sog’lom   avlodni   tarbiyalash   muhim   va   dolzarb
masala. Bu masalada yurtboshimizning qo’yidagi sabog’i ibratlidir: «Biz sog’lom
avlodni   tarbiyalash,   voyaga   etkazishimiz   kerak.   Sog’lom   kishi   deganda   faqat
jismoniy   sog’lomlikni   emas,   balki   SHarqona   axloq-odob   va   umumbashariy
g’oyalar   ruhida   kamol   topgan   insonni   tushunamiz»   Bu   fikrlardan   ko’rinib
turibdiki,   SHarqona   odob-axloq   va   umumbashariy   g’oyalarni   ongiga   singdirib
olgan   kishi   yuksak   ma`naviyatli,   ya`ni   ma`naviy   barkamol,   barkamol   shaxs
hisoblanadi.   Ma`naviy   barkamollik   insonning   dunyoqarashi,   e`tiqodi,   ruhiyati,
xulq-atvor   normalari,   axloq-odobi   bilan   bevosita   aloqadorligi   bilan   ajralib   turadi.
Ma`naviy   barkamol   kishilar   xalq   taqdiri   va   farovonligi,   vatan   taqdiri   va   uning
ravnaqini o’ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar.
Sog’lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas, balki
ma`naviy   boy   avlodni,   aqliy   rivojlangan,   axloqiy   pok,   ma`rifatli   farzandlarni,
avlodni tushunmog’imiz kerak. Bunday kishilar o’zlarida xalqimizning eng ardoqli
fazilatlari - iymon va insof, mehr-oqibat, shafqat va rahmdillik, uyat va andisha, or-
nomus,   o’zaro   hurmat,   yuksak   Vatanparvarlik,   eliga   va   xalqiga   sadoqat   kabi
qadriyatlarni va g’oyalarni mujassamlashtirgan bo’lishlari lozim.
Prezidentimiz   erkin   fuqaro,   ozod   shaxs,   barkamol   inson   haqida   gapirib,
quyidagi to’rt jihatga e`tiborni qaratdi, ya`ni har bir fuqaro:
– o’z haq-huququni taniydigan bo’lsin, buning uchun kurashsin;
–   o’z   kuchi   va   imkoniyatlariga   tayanadigan   bo’lsin,   imkoniyatlarini   ishga
solib, samarasini ko’rsin;
–   atrofida   sodir   bo’layotgan   voqea-hodisalarga   mustaqil   munosabat   bildira
olsin;
–   shaxsiy   manfaatini   mamlakat   va   xalq   manfaati   bilan   uyg’un   holda   ko’rib,
faoliyat yuritsin 6
.
Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to’liq ta`rifdir.
6
.  Ў збекистон ХХI асрга интилмо³да. Тошкент, «¤збекистон», 2000 й. 232-233 бетлар.
13 Ma`naviy   barkamol   inson   shon-shuhrat,   mansab,   moddiy   boylik   ketidan
kuvmaydi,   moddiy   qiyinchiliklarga   duch   kelganda   qaddi   bukilmaydi,   ba`zan
uyushtirilgan   tuhmatu-fitnalar   uning   ruhini   tushira   olmaydi.   Demak,   har   qanday
shum taqdir va qismat pokiza, mard, ma`naviy barkamol inson ma`naviyatini buza
olmaydi, balki mustahkamlaydi, chiniqtiradi. YUksak darajadagi ma`naviyatga ega
inson   -   fidoyilik,   jasorat,   mardlik,   o’z   xalqini   sevish,   Vatanni   qadrlash,
ajdodlaridan   faxrlanish   kabi   olijanob   fazilatlari   bilan   ajralib   turadi.   Insonning
insonligi, birinchi navbatda uning ma`naviy-ahloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi
bilan   belgilanadi.   Ma`naviy-axloqiy   barkamollikning   asosiy   qirralariga   yuqorida
aytilganlardan   kelib   chiqib,   quyidagilarni   kiritish   mumkin:   ota-onasi,   farzandlari,
qarindoshlari,   xullas   butun   oila   a`zolari,   qo’ni-qo’shnilari,   mahalla-ko’yi,
qishloqdoshlari   va   butun   mamlakat   xalq   farovonligi   haqida   qayg’urish;   tevarak-
atrofdagi insonlar unga kerak bo’lganligi singari, o’zi ham ularga kerakli bo’lishga
intilishi;   odob-axloqi,   fe`l-atvorini   yoqimli   qilishni   insoniy   burch   deb   hisoblash;
ota-bobolardan,   ajdodlardan   yodgor   bo’lib   qolgan   madaniy   merosni   qadrlash;
milliy   qadriyatlarni   e`zozlash   va   ularga   sodiq   bo’lib   qolish;   vatanparvarlik,
xalqparvarlik,   insonparvarlik   tuyg’ularining   barqaror   bo’lishi;   o’zaro   muomala-
munosabatda   o’rnak   bo’lishga   moyillik,   birovning   og’irini   engil   qilishni   odat
qilish;   umumxalq   ma`qullagan   va   hukumat   tomonidan   qonuniy   qabul   qilingan
Konstitutsiyani   hurmat   qilish   va   unga   sadoqat   namunalarini   amalda   ko’rsatish;
Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy-vatanparvarlik tuyg’ulari bilan
yashash;   diyonat   va   adolat,   mehr-shafqat   va   ezgulikni   himoya   qilish;   va`daga
vafoli bo’lish va boshqalar kiradi. Ma`naviy barkamol inson fazilatlarining asosiy
qirralari   izohi   kelgusi   ma`ruzalarimizda   bayon   qilinishini   nazarda   tutib,   ushbu
ma`ruza doirasida ular haqida to’xtashni lozim topmadik.
Ma`naviy-ma`rifiy   barkamollikning   qirralari   va   mezonlari   qatoriga
mustaqillik   tafakkuri   va   milliy   iftixor   ham   kiradi.   Mustaqillik   tafakkurini   har   bir
kishida,   ayniqsa   Siz   kabi   talabalarda   shakllantirish   nihoyatda   zarur.   Toki,
mustaqillik   tafakkuri   va   milliy   iftixor,   g’urur   bo’lmas   ekan,   fidokorlik,
vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar jo’sh urmaydi.
14 Mustaqillik tafakkuri keng qamrovli bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Vatan istiqboli va istiqloli haqida qayg’urish;
- xalqi, yurti qadr-qimmati, or-nomusini anglash va buni himoya qilish;
-   butun   mehnati,   iste`dodi,   imkoniyatini,   zarur   bo’lsa   jonini   ham   yurt
istiqboli, xalq baxti uchun baxshida etish va boshqalar.
Mustaqillik,   bu   -   bizga   ajdodlarimiz   qoldirgan   boy   va   muqaddas
ma`naviyatdir.   SHu   ma`naviyatni   har   birimiz   avaylab-asrashimiz   davlat
ahamiyatiga ega bo’lgan muhim vazifa va burchdir. SHu vazifani amalga oshirish
va   hal   qilishda   yoshlar   va   butun   xalq   ongiga   mustaqillik   ruhini   singdirish   katta
ahamiyat kasb etadi.
Ma`naviy-ma`rifiy   barkamollikning   qirralaridan   biri   milliy   iftixordir.   Milliy
g’urur   bu   milliy   iftixordir.   Milliy   g’urur   o’z   xalqining   bir   necha   ming   yillar
davomida   yaratib   kelgan   barcha   moddiy   va   ma`naviy   boyliklari,   tarixiy   merosi,
urf-odatlari,   an`analari,   odob-axloqi,   turmush   tarzi,   yuksak   ma`naviyati,   barcha
tarixiy   yutuqlari   va   saboqlariga   cheksiz   hurmat   va   e`zoz   bilan   munosabatda
bo’lish, avaylab-asrashdir.
o’z   xalqining   tarixini,   milliy   qadriyatlarini,   tilini,   istiqbol   manfaatlarini
bilmagan,   qadrlamagan,   milliy   mansubligini   unutgan,   o’z   millatining   istiqboli
uchun   qayg’urmaydigan,   kurashmaydigan   kishilarda   milliy   g’urur   ham,   millat
bilan faxrlanish ham, millatparvarlik ham bo’lmaydi. Bunday kishilarni ma`naviy
barkamol inson deya olmaymiz.
SHunday qilib, yuqorida ma`naviy barkamol inson, uning mohiyati va asosiy
qirralarining   ba`zi   jihatlari   ustidagina   fikr   yuritdik.   Uning   qolgan   ba`zi   qirralari
navbatdagi savol va ma`ruzalar bayonida yoritib boriladi.
Yuqorida   aytganimizdek,   barkamol   shaxs   tushunchasi   ma`naviy   barkamol
inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ma`naviy barkamollikka erishmay barkamol
shaxs darajasiga etish mumkin emas. Demak, ma`naviy barkamollikka intilish - bu
barkamol shaxs darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri
davomida   erishib   boradi.   Uchala   tushuncha:   sog’lom   avlod,   ma`naviy   barkamol,
barkamol   shaxs   -   darajama-daraja   chuqur   ma`no   kasb   etadi.   SHundan   kelib
15 chiqadigan   bo’lsak,   barkamol   shaxs   bo’lishning   aniq   cheki   va   chegarasi   yo’q.
Bizning   ko’hna   tariximizda   yuzaga   kelgan,   xalq,   mamlakat   tarixida   katta
ma`naviy-axloqiy   tarbiya   rolini   o’ynagan   tasavvuf   barkamol   shaxs   nazariyasi
haqidagi, uni tarbiyalash, voyaga etkazish haqidagi ta`limot va amaliyot sanaladi.
Mazkur savolni tasavvuf ta`limotidan kelib chiqqan holda bayon etishni maqsadga
muvofiq deb topdik.
Barkamol   shaxs   biz   uchun   idealdir.   U   barcha   dunyoviy   va   ilohiy   bilimlarni
egallagan, ruhi mutlaq ruhga tutash, fayzu karomati serob, qalbi ezgu tuyg’ularga
limmo-lim   to’la   pokiza   zot.   Barkamol   shaxs   odamzod   orzu   qilgan   jamiki   ezgu
xislatlarning ifodachisi.
Barkamol   shaxslar   jamiyatning   tirik   vijdonlaridir.   Kishilar   ularga   qarab
xushyor   tortadilar,   dunyo   behudaligidan   o’zlariga   kelib,   o’z   qalblariga,   o’z
qilayotgan ishlariga razm soladilar, tavba-tazarru qiladilar. Barkamol shaxslarning
af`olu a`moli insonlar diliga quvvat, ko’ziga nur bag’ishlagan.
Barkamol   shaxs   haqida   tasavvuf   adabiyotida   ko’p   asarlar   bitilgan.   Ana
shunday   kishilardan   biri   XIII   asrda   yashagan  Aziziddin   Nasafiy   bo’lib,   «Insoni
komil»   nomli   risolasida   barkamol   shaxsga   ta`rif   berib   shunday   yozadi:   «Bilgilki,
barkamol shaxs deb shariat va tariqat va haqiqatda etuk bo’lgan odamga aytadilar
va   agar   bu   iborani   tushunmasang,   boshqa   ibora   bilan   aytayin:   bilgilki,   barkamol
shaxs   shunday   insondirkim,   unda   quyidagi   to’rt   narsa   kamolatga   etgan   bo’lsin:
yaxshi   so’z,   yaxshi   fe`l,   yaxshi   axloq   va   maorif».   Bu   sifatlar   bilan   ziynatlangan
odam   yolg’on,   riyo   va   badkirdorlikdan   chekinadi,   hamma   vaqt   ezgu   niyat   bilan
yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi.
Yaxshi   sifatlarni   egallab   borgan   odam   barkamol   shaxs   martabasiga   ko’tarila
oladi. Barkamol shaxs - insonlarning eng mukammali, eng oqili va donosi. Barkamol
shaxs   insonlar   jamiyati   ichidan   etishib   chiqadigan   mo’`tabar   zotdir.   Insonlar
komillikka axloqiy-ma`naviy poklanish jarayonida erishadilar.
Komillikning  belgisi   haq  yo’lidan   borib,  xalqqa  foyda  keltirishdir.   Kishi  o’z
so’zi,   amaliy   ishlari,   niyati   bilan   qanchalik   odamlarga   foyda   keltirsa,   yomonlarni
to’g’ri yo’lga solsa, haq yo’lida fido bo’lsa, u shuncha komil bo’ladi.
16 Komil,   barkamol   insonni   tarbiyalash,   voyaga   etkazish   haqida   musulmon
SHarqi   axloqi   tarixida   inson   hayoti   uchun   dasturulamal,   qo’llanma   vazifasini
o’tagan   ko’p   pandnomalar,   xalq   kitoblari   mavjud   bo’lgan.   SHulardan   ba`zilarini
sanab o’tamiz. CHunonchi, Kaykovusning «Qobusnoma», Sa`diyning «Guliston»,
«Bo’ston»,   Amir   Temurning   «Temur   tuzuklari»,   Abdurahmon   Jomiyning
«Bahoriston», Alisher Navoiyning «Mahbubul-qulub», Xusayn Voiz Koshifiyning
«Axloqi   muhsiniy»   va   boshqalarni   ko’rsatishimiz   mumkin.   Bu   asarlarning
ko’pchiligida   odil   shoh   va   adolat,   halollik,   soflik,   poklik,   to’g’rilik,   rostgo’ylik,
insonparvarlik, ma`rifatli bo’lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan.
Alisher   Navoiyning   «Nasoyimul   muhabbat»   asarida   barkamol   shaxsga   xos
xususiyatlar,   uning   sharqona   fazilatlari   sanab   o’tilgan.   Bular   qatoriga   ulug’
mutafakkir   quyidagilarni   kiritadi:   tavba,   halol   luqma   bilan   qanoatlanish,   o’z
kasbidan   topib   kun   o’tkazish,   shariatga   rioya   etish,   barchadan   o’zini   kam   deb
bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qo’pollik qilmaslik, chuchuk tilli bo’lish -
yaxshi, muloyim tilli bo’lish, rahmdil bo’lish, saxiy bo’lish, mard bo’lish, halimlik,
xushxulq   bo’lish,   rizo-rozilik   bilan   kun   o’tkazish,   sabrli   bo’lish,   sadoqatli,   vafoli
bo’lish, riyozat chekishdan qo’rqmaslik va boshqalar.
SHu   tariqa   o’tmishda,   barkamol   shaxsning   o’ziga   xos   axloq   kodeksi   ishlab
chiqilgan   bo’lib,   bu   sifatlarga   ega   bo’lish   har   bir   odamning   orzu-armoni   deb
qaralgan. Barkamol shaxs haqidagi g’oyalar katta ijtimoiy-axloqiy ahamiyatga ega
bo’lgan.   U   insonni   sharafli,   ezgulik   va   buyuk   xayr   ruhida   tarbiyalash,   mehru
muxabbat,   vafo   va   sadoqatni   kuchaytirishga   xizmat   qilib   keldi.   Har   zamon,   har
lahzada  insonlarga  ularning  insonligini   eslatib,  yovuz,   qabih  ishlar,  nojo’ya  xatti-
harakat   va   qiliqlardan   saqlanishga   ko’maklashdi,   ularda   iymon   va   vijdon
binosining paydo bo’lishini ta`minlaydi.
Barkamol shaxs iymon va e`tiqodlilik, halollik va poklikning oliy timsoli. Biz
hammamiz   shunga   intilib   yashamog’imiz   lozim.   Mustaqil   O‘zbekistonning   bozor
munosabatlariga   o’tish   sharoitida   iymonli   bo’lish,   halollik   va   poklik,   vijdonli   va
diyonatli   bo’lish   nechog’lik   zarur   ekanligi   hammamizga   ayon.   Mana   shuning
uchun ham Prezidentimiz ma`naviy barkamol inson tarbiyasida yoshlarimizni elini,
17 vatanini   sevuvchi   barkamol   shaxs   kilib   tarbiyalash   ishiga   alohida   ahamiyat   berib
kelayotir.   Prezidentimizning   quyidagi   ta`rifida   barkamol   shaxsning   asosiy
xususiyatlari   har   taraflama   chuqur   va   teranlik   bilan   bayon   qilib   berilganligi
diqqatga sazovordir: «Barkamol shaxs deganda, - deb yozadi Islom Karimov, - biz
avvalo,   ongi   yuksak,   mustaqil   fikrlay   oladigan,   xulq   atvori   bilan   o’zgalarga   ibrat
bo’ladigan bilimli, ma`rifatli kishilarni tushunamiz» 7
.
Uning   shakllanganligi   darajasini   xarakterlovchi   eng   muhim   fazilatlar   esa
quyidagilardir: aqliy zukkolik, huquqiy komillik, axloqiy etuklik, siyosiy teranlik,
mehnatga halol munosabat, yuksak madaniy, ma`naviy saviya, professional iftixor,
milliy va umuminsoniy g’urur va boshqalar.
Yuqoridagilarni   hozirgi   mustaqil   hayotimiz,   turmush   tarzimiz,   kishilarning,
ayniqsa,   yoshlarning   intilishlari   bilan   bog’lab   barkamol   shaxs   chizgilariga
quyidagi xislat va fazilatlar kirishini umumiy tarzda bayon etishimiz mumkin:
Barkamol  shaxsning  umumiy xislatlari :  yoqimlilik, ko’rkamlik,  jozibadorlik,
salobatlilik, hurmatga sazovorlik, shoironalik, ulug’sifatlik, o’ziga  xoslik, etuklik,
jiddiylik, madaniyatlilik, tarbiyalanganlik va boshqalar;
Barkamol shaxsning axloqiy fazilatlari : insonparvarlik, do’stlik, g’amxo’rlik,
jonkuyarlik,   samimiylik,   odamiylik,   bolajonlik,   iymonlilik,   fidokorlik,
xushmuomalalik,   boadablik,   iltifotlilik,   kechirimlilik,   mehmondo’stlik,   xalollik,
to’g’rilik,   diyonatlilik,   haromdan   hazar   etish,   mehnatsevarlik,   vatanparvarlik   va
hakozolar;
Ishbilarmonlik   xislatlari :   ishchanlik,   tirishqoqlik,   serharakatlilik,
mas`uliyatlilik, insoflilik, halollik, malakalilik, epchillik, uddaburonlik, saranjom-
sarishtalik,   tadbirkorlik,   aniqlik,   tejamkorlik,   barkamollik,   ta`masizlik,
tavakkalchilik va boshqalar;
Zukkolik,   idroklilik   fazilatlari :   zehnlilik,   bama`nilik,   xotirjamlik,   sog’lom
fikrlilik,   donishmandlik,   sezgirlik,   zakovatlilik,   topqirlik,   notiqlik,   tanqidiylik,
dadillik, omilkorlik, savodxonlik, qiziquvchanlik, ishqibozlik kabilar;
Sobitlik   xislatlari :   faollik,   qat`iyatlilik,   tezkorlik,   jo’shqinlik,   sabotlilik,   bir
so’zda   turishlik,   barqarorlik,   botirlik,   dovyuraklik,   intizomlilik,   jiddiylik,   nafsni
7
 Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак й´³. 6-бет.
18 tiyishlik,   o’zini   yo’qotmaslik,   sovuqqonlik,   o’ziga   talabchanlik,   kamsuqumlik,
o’zini o’zi idora eta bilish va boshqalar.
Ehtiroslilik xislatlari : ko’tarinkilik, tantanavorlik, kulib turuvchanlik, xazinlik,
kelajakka   ishonch,   ezgulik,   kek   saqlamaslik,   olijanoblik,   otashinlik,   nozik
tabiatlilik, hayolilik, xijolatpazlik, iffatlilik va hakozolar.
Bizningcha,   ayni   shu   xislat   va   fazilatlarni   yoshlarimiz   ongiga   singdira
borilishi ularni barkamol, sog’lom va barkamol shaxs ruhida tarbiyalashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
1.2.   Tarbiya   jarayonida   bag’rikenglik   tamoyillaridan   foydalanish
yo’llari.
 Ijtimoiy va etnik hamjihatlik, diniy bag'rikenglikning tarixiy omillar dir . O'rta
Osiyo  xalqlari   qadimdan  bir-birlariga  moslashib,   bir-birining  og'irini   yengil   qilib,
yelkadosh   bo'lib   yashab   keladi.   Atrofi   cho'l   va   sahrolar   bilan   o'ralgan,   tabiati,
iqlimi   g'oyat   murakkab   bo'lgan   bu   mintaqa   sharoiti   turli   millatlar   va   elatlarning
ming yillar davomida hamjihatlakda yashashini taqozo etgan.   Xalqimiz ijtimoiy va
etnik hamkorlik, dinlararo bag'rikenglik borasida katta tajribaga ega. Diniy e'tiqod
va   etnik   jihatdan   turli-tuman   xalqlar   tashqi   dushmanlardan   birgalikda
himoyalanganligi,   katta-katta   irrigatsiya   inshootlari   va   me'moriy   obidalarni
birgalikda   bunyod   qilganliklari   tarixdan   ma'lum.   Mamlakatimiz   Prezidenti   Islom
Karimov   ijtimoiy   hamkorlikning   tarixiy   ildizi,   tabiiy-iqtisodiy   omillari   haqida
shunday   yozadi:   «Bu   zaminda   istiqomat   qiladigan   xalqlarning   tarqoq   bo'lib
yashashga   imkoni   yo'q   edi.   Tabiatning   o'zi,   hayotning   o'zi   ularni   shu   ruhda
tarbiyalagan.»,   «Jamuljam   bo'lib   yashash   tuyg'usi   biz   uchun   hayot   qoidasiga
aylanib   ketgan.»[     Mamlakatimiz   xalqlarining   ijtimoiy   hamkorligi   quyidagi
omillar, tarixiy ildizlar asosida shakllangan: 1. Tabiiy-iqtisodiy omil. 2. Ma'naviy-
madaniy   omil.   3.   Siyosiy-huquqiy   omil.   Bu   omillar   uzoq   tarixiy   davr   davomida
shakllangan. Ijtimoiy hamkorlik bu murosa falsafasi bo'lib, turli millat, irq va dinga
mansub   shaxs   va   guruhlarning   umumiy   maqsad   yo'lida   hamjihatligiga   erishish,
ular   faoliyatining   milliy   taraqqiyot   manfaatlari   yo'lida   uyg'unlashuvidir.   Ijtimoiy
19 hamkorlik,   millatlararo   hamjihatlik   milliy   mafkuramizning   asosiy   g'oyalaridan  
hisoblanadi.     Yurtboshimiz   I.   Karimovning   «Shu   aziz   Vatan   barchamizniki»,
«Bizdan   ozod   va   obod   Vatan   qolsin»,   «Turkiston   —   umumiy   uyimiz»,   «Vatan
yagonadir,   Vatan   bittadir»   kabi   hikmatli   da'vatlari   mamlakatimizda   istiqomat
qilayotgan  barcha   xalqlar,   millatlar   va  ijtimoiy  guruhlarni   yagona   maqsad   yo'lida
birlashuviga,   hamjihatlikka   chaqiruvchi   shiorlarga   aylanib   qoldi.[2]   O'zbek
xalqining bag'rikengligi, kengfe'llik milliy mentalitetimizga xos xususiyatdir. Ko'p
ming   yillik   tajribamizdan   ma'lumki,   milliy   tolerantlik   xalqimizning   metindek
mustahkam   sabr-bardoshi,   bag'rikengligi   og'ir   vaziyatlarni   yengib   chiqishda
ayniqsa   asqotib   kelgan.   Shu   boisdan   ham   millatlararo   munosabatlarni
barqarorlashtirishdagi   eng   qiyin   sharoitlarda   ham   umumiy   xonadon   —   butun
mamlakat taqdiri har bir fuqaro taqdiri bilan bog'liq holda tushunildi.   Mamlakatda
ijtimoiy   murosa   muhitini   yaratish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Mustaqillikning
dastlabki   kunlaridanoq   mazkur   muammoga   dolzarb   masala   sifatida   qaralib,   uni
davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Prezident I.Karimov yurt tinchligini ta'minlash
va   barqaror   muhitni   yaratish,   millatlararo   munosabatlarni   muvofiqlashtirish
ehtiyojlaridan kelib chiqib, uning nazariy asoslarini ishlab chiqdi va hayotda joriy
eta   boshladi.   Natijada   mamlakatimizda   ijtimoiy   murosa   —   muvozanat
konsepsiyasi   dunyoga   keldi.[3]   O'zbekiston   Respublikasi   davlat   mustaqilligiga
erishgach, mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta'minlashning asosiy shartlaridan biri
bo'lgan   milliy   masalaga   alohida   e'tibor   qaratib   kelinmoqda.   Avvalo   bunday
siyosatning   huquqiy   asoslari   yaratildi.   O'zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi,
«Ma'muriy   javobgarlik   to'g'risida»   va   «Jinoyat   Kodekslari»,   «Ta'lim   to'g'risida»,
«Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to'g'risida»gi   va   boshqa   qonun   hujjatlarida
diniy   e'tiqod   erkinligi,   davlat   va   din   o'rtasidagi   munosabatlar,   irqiy   va   milliy
tenglik huquqiy yechimini topdi.     Mustaqillik yillarida O'zbekiston fuqarolarining
teng   huquqliligi   ta'moyili   ishlab   chiqildi.   Bu   esa   mamlakatimizdagi   tinchlik,
siyosiy   barqarorlik   va   millatlararo   totuvlikning   huquqiy   kafolati   bo'lib   xizmat
qilmoqda.   Millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish o'tish davri uchun ustuvor
vazifa   bo'lib,   etnik   muammolarni   hal   etishda   davlat   faqat   adolatga   tayansagina,
20 uning   siyosatida   milliy,   irqiy,   diniy   mansubligidan   qat'iy   nazar   yaxlit   mamlakat
fuqarosi   taqdiri   qamrab   olinsagina   milliy   totuvlik   umuminsoniy   qadriyatga
aylanadi.   Agar   jamiyat   a'zolari   umumiy   maqsad   yo'lidagi   g'oyalarni   bevosita   o'z
taqdiri   bilan   bog'liq   holda   anglasalar,   har   bir   fuqaro   o'z   taqdirini   jamiyat   taqdiri,
o'zi  yashayotgan mamlakat  taqdiri  bilan bog'liq holda tushunsa, mamlakat  aholisi
o'rtasida   yaxlit   ijtimoiy   birlik   vujudga   keladi.   Ana   shunday   ma'naviy   —   ruhiy
yakdillik   holati   esa   jamiyatda   umumiy   ijtimoiy   —   siyosiy   barqarorlikni
ta'minlashning   asosi   bo'lib   xizmat   qiladi.[4]   Bizning   milliy   xususiyatlarimiz
umuminsoniy   qadriyatlar   bilan   bog'lanib   ketgan.   Asrlar   davomida   xalqimiz
umuminsoniy   qadriyatlar   takomiliga   ulkan   hissa   qo'shib   kelgan.   Turli   millat
vakillariga   hurmat,   ular   bilan   hamjihat   yashash,   diniy   bag'rikenglik,   dunyoviy
bilimlarga   intilish,   o'zga   xalqlarning   ilg'or   tajribalari   va   madaniyatini   o'rganish
kabi   xususiyatlar   ham   xalqimizda   azaldan   mujassam.   O'zbekiston   Respublikasi
dinga   munosabat   masalasida   qonuniylik,   teng   huquqlilik   va   ixtiyoriylik
tamoyillarini   ishlab   chiqdi   va   ularga   to'la   amal   qilib   kelmoqda.   Tolerantlik   —
lotincha so'z bo'lib, sabr-toqat degan ma'noni bildiradi. Tolerantlik va bag'rikenglik
ma'no   jihatdan   bir-biriga   yaqin   bo'lsada,   ammo   ular   ijtimoiy,   siyosiy-huquqiy
jihatdan   ayni   bir   tushunchalar   emas.   Tolerantlik   bir   davlatda,   bir   jamiyatda   turli
millat   irq,   til   va   din   vakillarining   bir   birlariga   chidashi,   o'zaro   ko'nikishi,   bir
birlariga         sabr-toqat   qilishidir.   Tolerantlik   irqiy,   milliy,   diniy   jihatdan,   ijtimoiy-
huquqiy   jihatdan   turli-tumanlikdan   iborat   jamiyatning   tenglik   va   erkinlik   asosida
o'zaro   kelishuv   odobidir.   Tolerantlik   turli   tomonlarning   murakkab   sharoitda
konstruktiv   hamkorlikka   erishuvi,   ijtimoiy   hamkorlikka   intilish,   o'zgalarning
qonuniy   huquqlarini   buzmaslik   uchun   o'zini   boshqara   olish   san'atidir.   Dinlarning
o'zaro   munosabatlari   hamkorlik,   hamdo'stlik   va   tenghuquqlilik   asosida   amalga
oshiriladi.   Bunday   munosabatlarning   sabablaridan   biri   hozirgi   davrda   dunyoda
umuminsoniy   manfaatlar   va   qadriyatlarning   mamlakat,   xalq,   ijtimoiy   guruhlar
manfaatlaridan   ustun   turishidadir,   dunyodagi   barcha   dinlar   ezgulik   g'oyalariga
asoslanadi.   Hozirgi   zamonda   diniy   bag'rikenglik   g'oyasi   ezgulik   yo'lida   nafaqat
dindorlarni,   balki   butun   jamiyat   a'zolarini   nazarda   tutadi.   Bu   g'oya   tinchlik   va
21 barqarorlikni mustahkamlashning muhim shartidir. O'zbekiston Respublikasi diniy
konfessiyalar bilan o'zaro munosabatlarda, o'z dunyoviy xususiyatini hisobga olgan
holda, quyidagi  tamoyillarga  amal qilmoqda:
-     dindorlarning diniy tuyg'unlarini hurmat qilish;  
-     diniy e'tiqotlarni fuqarolarning yoki fuqarolar uyushmalarining xususiy
ishi deb tan olish;  
-   diniy   qarashlarga   amal   qiluvchi   fuqarolarning   ham,   ularga   amal
qilmaydiganlarning   ham   huquqlarini   teng   kafolatlash   hamda   ularni   taqib
qilishga yo'l qo'ymaslik;
  -   ma'naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirishda
turli   diniy   uyushmalarning   faoliyatidan   foydalanish   uchun   ular   bilan   muloqot
qilish yo'llarini izlash;  
-     dindan   buzg'unchilik   maqsadlarida   foydalanishga   yo'l   qo'yib
bo'lmasligini   e'tirof   etish.   Tarbiya   biz   uchun   murasasizlik,   sabr-toqatsizlik
(ekstremizm)ning oldini olishda asosiy saodatga eltuvchi yo'ldir. 
Bugungi   kunda   O'zbekistonda   bag'rikenglik   g'oyasini   shakllantirishda
tarbiyaning qator shakl uslub va vositalari qo'lanmoqda. Jamiyatda milliy va diniy
bag'rikenglikni   qaror   toptirishda   huquqiy   tarbiya   katta   ahamiyatga   ega.
Bag'rikenglik   tarbiyasi   yoshlar   orasida   o'z   huquq   va   erkinliklari,   burchlarini
anglash   ko'nikmalariga   ega   bo'lish,   jamiyatda   an'anaviy   milliy   va   ijtimoiy   axloq
normalari   bilan   yashash   ko'nikmalari   orqali   shakllantiriladi.   Bag'rikenglik
tarbiyasini   faqat   ta'lim   muassasalaridagina   emas,   balki   oila,   mahalla,   ommaviy
axborot   vositalari,   xullas,   jamiyatning   barcha   bo'g'inlarida   tizimli   va   izchil   olib
borilsagina kutilgan natijani beradi.        
O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   31-moddasida   ta’kidlangani-
dek,  “Hamma  uchun   vijdon  erkinligi   kafolatlanadi.   Har   bir  inson  xohlagan   dinga
e’tiqod   qilishi   yoki   hech   qaysi   dinga   e’tiqod   qilmaslik   huquqiga   ega.   Diniy
qarashlarni   majburan   singdirishga   yo‘l   qo‘yilmaydi”.   Milliy   istiqlolimiz   ijtimoiy
hayotimizning   barcha   yo‘nalishlarida   bo‘lgani   kabi   milliy   munosabatlar   va
dinlararo   totuvlik   masalalarida   ham   tub   o‘zgarishlar   yasadi.   Bu   nafaqat
22 respublikamiz   xalqlari   o‘rtasidagi   tinchlik,   totuvlik,   bag‘rikenglik   va
hamjihatlikda,   balki   Konsititutsiyamizda   belgilab   berilgan   tamoyillar   asosida
millati va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaromiz hayotida o‘z ifodasini topmoqda.
  Shuning   uchun   ham   O‘zbekiston   Respublikasi   Tashqi   ishlar   vazirligi
bayonotida   bildirilganidek,   AQSh   davlat   departamenti   tomonidan   O‘zbekiston
“diniy erkinlikni ta’minlash borasida jiddiy tashvish uyg‘otayotgan davlatlar” deb
atalmish ro‘yxatga kiritilgani mamlakatimiz keng jamoatchiligida taajjub uyg‘otdi.
Bu hol Amerika tashqi siyosat mahkamasining din va e’tiqod erkinligi kabi dolzarb
masalalarga   bir   tomonlama   yondashishini   va   “ikki   yoqlama   standartlar”   bo‘yicha
ish tutishini yana bir bor namoyon etadi.
E’tiqod   erkinligi   va   diniy   bag‘rikenglik   O‘zbekiston   Respublikasi   davlat
siyosatining   eng   muhim   yo‘nalishlaridan   biri   bo‘lib   kelgan   va   shunday   bo‘lib
qoladi.   Ana   shu   oqilona   siyosat   tufayli   O‘zbekistonda   18   diniy   konfessiya,
jumladan,   islom,   nasroniy,   yahudo,   katolik   va   boshqa   dinlar   vakillari   ahil-inoq,
tinch-totuv yashab, o‘zining diniy e’tiqod amallarini emin-erkin ado etib kelayotir.
So‘nggi   yillarda     mamlakatimizda   dinlararo,   konfessiyalararo,   konfessiyalar   bilan
davlat   idoralari   o‘rtasida   biron-bir   qarama-qarshilik   yoki   ziddiyat   yuzaga   kelgan
holat   qayd   etilmagan.   Keyingi   vaqtlarda   BMT   doirasida   o‘tkazilayotgan   barcha
yirik   xalqaro   konfessiya,   seminar   va   uchrashuvlarda   O‘zbekistonning   dinlararo
hamjihatlik   va   o‘zaro   hurmatni   qaror     toptirish   borasida   erishgan   yutuqlari   har
taraflama e’tirof etilmoqda va qo‘llab-quvvatlanmoqda.
O‘zbekiston   Respublikasi   ayrim   siyosatchilarning,   davlat   arboblari   va
ommaviy   axborot   vositalarining   ochiqdan-ochiq   ig‘vogarlikdan   iborat   hamda
dinlararo   hamjihatlikka   rahna   solishga   qaratilgan   andishasizlarcha   va   mutlaqo
asossiz   uydirmalariga   nisbatan   har   doim   printsipial   va   izchil   pozitsiyalari   bo‘lib
kelgan.
Bu,   avvalo,   xalqaro   terrorchilikni   muqaddas   islom   dini   bilan   bog‘lashga
urinishlar,   g‘arb   nashrlari     “so‘z   erkinligi”   shiori   ostida   yuz   millionlab   mo‘min-
musulmonlarning   milliy   g‘ururi   va   sha’nini   kamsitadigan   haqoratomuz   fikrlarni
tarqatgani kabi faktlarga tegishlidir.
23 O‘zbekiston   hamisha   bunday   xatti-harakatlarga   mutlaqo   yo‘l   qo‘yib   bo‘l-
maydi, deb hisoblagan va shunday hisoblaydi. O‘zbekiston tomonidan Muhammad
payg‘ambarga   (s.a.v.)   karikaturalar   nashr   qilinganining   hamda   Rim   Papasi
Benedikt XVI islom dini haqida mas’uliyatsizlarcha aytgan gaplarining qoralanishi
buning yaqqol tasdig‘idir.
O‘zbekiston   islom   madaniyati   va   falsafasi   shakllangan   hamda   rivojlangan
markazlardan   biri   sifatida   e’tirof   qilingan.   Biz   nomlari   butun   musulmon   olamida
chuqur   ehtirom   bilan   tilga   olinadigan   buyuk   ulamolar   va   faylasuflar   mana   shu
muqaddas zaminda yashab ijod etganidan haqli ravishda faxrlanamiz. O‘zbekiston
ushbu bebaho ma’naviy merosni tiklash, o‘rganish va asrab-avvaylashga qaratilgan
izchil   siyosatni   amalga   oshirmoqda.   Mamlakatimizda   an’anaviy   dinlar
vakillarining   e’tiqod   erkinligini   ta’minlash   uchun   Konstitutsiya   va   qonun   bilan  
hamma   shart-sharoit   yaratilgan   va   kafolatlangan,   deb   qat’iy   aytishga   barcha
asoslarimiz   bor.   Missionerlik   bilan   shug‘ullanadigan   turli   diniy   oqim   va   sektalar
faoliyatiga   kelsak,   O‘zbekiston   bu   masalada   mamlakatimiz   mustaqillikka
erishgan       ilk   yillardayoq   qabul   qilingan   O‘zbekiston   Respublikasi   “Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunining asosiy qoidalariga tayanib
ish tutadi.
AQSh     davlat   departamentining   bo‘htoni   mamlakatimizning   diniy   arboblari
va   xodimlarida   kuchli   taajjub   uyg‘otdi,   bu   noxush   holatga   matbuot   orqali   ham
keskin munosabat bildirildi. Yaqindagina    diyorimizga tashrif buyurgan amerikalik
davlat,   hukumat   va   jamoatchilik   vakillari   bizdagi   din   sohasidagi   ijobiy
o‘zgarishlarga   yuqori   baho   berib,   tahsinlar   o‘qib   ketar   edilar,   —   deb   yozadi
O‘zbekiston   musulmonlar   idorasi   raisining   o‘rinbosari   shayx  Abdulaziz   Mansur  
“Mohiyat” gazetasining shu yilgi 1 dekabr sonida bosilgan maqolasida. – Endi esa
o‘jarlik   bilan   oqni   qora,   qorani   oq   deyishlarini   nima   deb   atash   mumkin?   Qani   –
xolislik?!   Vaholanki,   yurtimizga   kelib-ketayotgan   har   bir   xorijlik   sayyoh,   xoh   u
siyosatchi bo‘lsin, xoh oddiy jurnalist yoxud tadbirkor – bizdagi e’tiqod erkinligi,
dindorlarning hozirgi kundan mamnunliklariga guvohlik berib, yaxshi taassurotlar
bilan qaytmoqdalar. Birgina Ramazon oyini misol qilib olsak, yurtimizdagi 2000 ta
24 jome masjidda kechalari Qur’oni karim batamom xatm qilindi. Millionlab musul-
monlarimiz   taroveh   namozlarida   qatnashib,   ulamolarimizning   ma’ruzalaridan,
qorilarimizning qiroatlaridan bahramand bo‘lib, imon va ixloslarini yanada ziyoda
qilganliklari   uchun   Yaratganga   shukronalar   aytdilar.   Diniy   madrasalarimizda
muborak   oy   munosabati   bilan   turli   diniy   tadbirlar   o‘tkazildi.   Shu   kunlari   5000
nafar   ziyoratchimiz   muborak   haj   safariga   otlandilar.   Ixlosmand   xalqimiz   diniy
adabiyotlarni   o‘z   ona   tillarida   o‘qib,   amal   qilish   baxtiga   musharraf   bo‘ldilar.   Bu
kabi quvonchli ma’lumotlar ro‘yxatini juda uzoq davom ettirish mumkin.
Bir   haqiqatni   e’tirof   etish   lozim.   Boshqa   yurtlarda   bo‘lganidek,   bizning
diyorimizda   ham   dinni   siyosat   bilan   adashtirib,   diniga,   xalqiga,  Vataniga   xiyonat
qilishga   undaydigan   kuchlar,   bilib-bilmay   jinoyat   ko‘chasiga   kirib   qolayotganlar
bor.   O‘zbekiston   musulmonlari   idorasi   Payg‘ambar   (s.a.v)ning   “Din   nasihatdir”
degan   ko‘rsatmalariga   amal   qilib,   to‘g‘ri   yo‘ldan   adashganlarni   tarbiya   qilish,
ularni haq yo‘liga qaytarish uchun barcha lozim choralarni ko‘rmoqda.
Ayni   paytda   biz   “rivojlangan   dunyo”ning   o‘zida   ta’qiqlangan   yoki   ta’qib
ostiga   olingan   turli   shaytoniy   ta’limotlarni   yurtimizga   tarqatilishiga   qarshimiz.
E’tiqod erkinligini e’tiqod o‘zi bo‘larchiligi deb tushunish kerak emas.
Haqiqat shuki, mamlakatimizda sog‘lom diniy e’tiqod uchun barcha sharoitlar
muhayyo. Hayotning o‘zi buni tasdiqlab turibdi.
Dinlararo   munosabatlar   yaxshi   shakllanishida   konfessiyalar   rahbarlarining
roli,   shubhasiz,   katta.   Ularning   odilona   va   har   tomonlama     chuqur   o‘ylangan
siyosati barqarorlikni ushlab turadi, har qanday diniy ekstremizmning oldini oladi.
Bunda   O‘zbekiston   hukumati,   birinchi   navbatda,   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidenti Islom Karimovning izchil siyosati hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu siyosat
dinning   davlatdan   ajralish   printsipini   qo‘llab-quvatlaydi,   shu   bilan   birga,   shu
mintaqada   an’anaviy   bo‘lgan   diniy   konfessiyalar   ehtiyojlarini   tushunib,   hisobga
oladi.
XIX   asrdayoq   O‘rta   Osiyodagi   musulmonlar   va   xristianlarning   do‘stona
aloqalari   qaror   topdi.   Bu   aloqalarni   birga   kechirilgan   azoblar   yanada
25 mustahkamladi.   Bolshevik-dahriylar   Pravoslavie     va   Islomni   bir   xil   tazyiqqa
oldilar. Shakkoklar ibodatxonalarni portlatdilar, masjidlarga o‘t qo‘ydilar.
Shafqatsiz   dahriylardan   aziyat   chekkan   musulmonlar   va   xristianlar   bir-
birlariga yordam berib, hamdard bo‘ldilar. Bir yarim asrlik sinovdan o‘tgan Islom
va Pravoslavie hamkorligi bugungi kunda rivojlanmoqda. Biz birgalikda gunohga,
qonunsizlikka   qarshimiz,   xudojo‘ylarni   dinlarimiz   axloqiy   ideallari   –   halol-
pokizalik, ezgulik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, adolat va mehnatsevarlikda
tarbiyalash   masalalarida   birgamiz.  Biz   xayriya   va  muruvvat   ishlari,   yetim-esir   va
bemorlarga yordam berishda birgamiz. Biz dahriylar tuzumi og‘ir merosini yengib
o‘tish, vayron qilingan ma’naviy qadriyatlarni tiklashda birgamiz. O‘rta Osiyoning
barcha   chekkalarida   masjid   va   madrasa,   ibodatxona   va   monastirlar   ochilishi
hammamizni   xursand   qilmoqda.   Bizning   do‘stligimizni   barcha   darajada   ko‘rish
mumkin:   musulmon   ustalarini   pravoslavie   ibodatxonalari   qurilishida,   rus
ishchilarini   esa   masjid   qurilishida   ko‘rsa   bo‘ladi.   Har   bir   pravoslav   kishisining
musulmon   do‘stlari   bor,   bizning   ruhoniylar   orasida   do‘stona   aloqalar   o‘rnatilgan.
Musulmon  xudojo‘ylar  pravoslavie ruhoniylariga naqadar  hurmat  bilan qarashlari
e’tiborga loyiqdir. Nizolar, tushunmaslik to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas.
Tan   olish   kerak,O‘zbekiston   mustaqilligi   yillarida   Rus   Pravoslav   Cherkovi
ahvolida   ko‘p   o‘zgarishlar   ro‘y   berdi.   O‘rta   Osiyoda   pravoslavie   ibodatxonalari
soni sovetlar vaqtidagiga nisbatan deyarli ikki barobar oshib, ularning soni 9 taga
yetdi. Bu inqilobgacha bo‘lgan Turkistondagiga nisbatan ko‘pdir. Respublikamizda
zohidlik   (din   yo‘lida   riyozat   chekuvchilar)   hayoti   rivojlanmoqda.   Uchta
pravoslavie monastiri: Toshkent va Do‘stobodda ikkita xotin-qizlar va Chirchiqda
bitta erkaklar monastiri ochildi.
Yangi   prixod   (biror   butxonaga   qatnovchi     dindorlar   qavmi)lar   ochilgach,
Cherkov   ruhoniylar   yetishmasligi   muammosiga   duch   keldi.   Yangi   ochilgan
jamoalar ruhoniysiz qoldilar. Bu muammo 191 yilda ikki yillik Ruhoniylar bilim
yurti ochilishi bilan hal bo‘ldi. Mazkur bilim yurti 198 yilda Toshkent ruhoniylar
seminariysiga aylantirildi. Bu davlat litsenziyasiga ega bo‘lgan oliy bilim yurtidir.
U   nafaqat   O‘zbekiston,   balki   O‘rta   Osiyo   mamlakatlari   -   Qirg‘iziston,   Turkma-
26 niston   va   Tojikiston   uchun   ham   ruhoniylar   tayyorlaydi.   Bu   yerda   faqatgina
marosimlarni ijro etuvchilar emas, balki yuqori ma’lumotli ma’rifatchi  ruhoniylar
tayyorlanadi.   Shuni   qayd   etish   kerakki,   Chor   Rossiyasi   davrida   Turkistonda
pravoslavie ruhoniy bilim yurtlari bo‘lmagan. Shuning uchun Toshkent Ruhoniylar
Seminariyasining   mavjudligi   bizning   jamiyatda   demokratiya   va   diniy
bag‘rikenglikning yana bir tasdig‘idir.
Bugun   Ruhoniy-Ma’muriy   markaz   qurilishi   jadal   bormoqda.   U   nafaqat
O‘zbekiston,   balki   butun   O‘rta   Osiyo   pravoslavie   ruhiy   hayotining   markazi
bo‘ladi.   Mamlakatimizdagi   pravoslavie   dinidagilarning   ko‘pchiligi   —   ruslar,
ukrainlar,   grek   va   boshqa   millat   vakillari.   Ular   taqdir   taqozosi   bilan   sovetlar
davrida O‘zbekistonda istiqomat  qildilar va bu mehmondo‘st zaminda o‘zlarining
haqiqiy   vatanlarini   topdilar.   Turli   din   va   diniy   konfessiyalar   birga   tinch-totuv
yashashi   uchun   mamlakatimizda   O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   va
O‘zbekiston   Respublikasi   “Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to‘g‘risida”gi
Qonunida   tegishli   asoslar   yaratilgan.   Unda   vijdon   erkinligi   va   din   davlatdan
ajratilishi   aks   etgan.   Bu   esa,   Pravoslav   Cherkovi   nazarida,   mamlakatda   diniy
arkonlarni bajarish uchun eng yaxshi sharoitdir.
Mamlakatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik tamoyillari o‘zaro bog‘liq
bo‘lib,   bular   milliy   g‘oya   shakllanishida   muhim   qirralar   hisoblanadi.  Albatta,   bu
jarayon o‘z-o‘zidan-tasodifan yuzaga kelmaydi, balki u demokratik jamiyat qurish
yo‘lidan   borayotgan   davlatning   adolatli,   milliy   va   diniy   siyosati   samarasidar.
Davlat nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda, balki turli millatlar va dinlar
o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni, bag‘rikenglikni ta’minlashda ham yetakchi va
asosiy   islohotchi   bo‘lishini   hayot   tajribasi   isbotlamoqda.   Millatlararo   va
konfessiyalararo   munosabatlardagi   uyg‘unlik   xalqlarning   ma’naviy   boyligi,
davlatlarning   siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyotiga   ijobiy   ta’sir   ko‘rsatmoqda.
Ortiq   Yusupovning   “Mahalla”   (2006   yil   29   noyabr)   gazetasida   yoritilgan
maqolasida ana shular haqida so‘z boradi.
Millatlararo   munosabatlar   va   diniy   bag‘rikenglikni   yo‘lga   qo‘yishda
O‘zbekiston   o‘ziga   xos   boy   tajriba   orttirgan   desak,   mubolag‘a   bo‘lmaydi.   Bunda
27 milliy   o‘zlikni   anglash,   milliy   g‘urur   va   iftixor   tuyg‘ularini   tarbiyalash,
millatlarning   tili,   madaniyati   va   urf-odatlarini   asrab-avaylash   bilangina
cheklanmasdan,   balki   mamlakatdagi   barcha   millatlarning   umumiy   birdamligiga,
ular   e’tiqod   qilayotgan   dinlarda   bag‘rikenglikni   mustahkamlashga   va   bir   g‘oya
atrofida jipslashishiga erishish tamoyiliga amal qilinmoqda.
O‘zbekiston   asrlar   mobaynida   turli   madaniyatlar,   milliy   an’analar   va   diniy
e’tiqodlar uchrashgan tabarruk zamin bo‘lib     kelgan. Milliy va diniy bag‘rikenglik
o‘zbek   madaniyati   va   mentalitetining   ajralmas   qismiga   aylandi.   Ko‘pmillatli   va
ko‘pkonfessiyali   “rang-baranglik   birligi”   tamoyiliga   asoslangan   demokratik
jamiyat qurish ildam bormoqda.
O‘zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   barcha   fuqarolarning   vijdon
erkinligini   kafolatlaydi.   Ushbu   bag‘rikenglik   tamoyili   198   yil   may   oyida   qabul
qilingan   yangi   tahrirdagi   “Vijdon   erkinligi   va   diniy   tashkilotlar   to‘g‘risida”gi
qonunda ham o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston   rahbariyati   mustaqillikning   ilk   kunlaridayoq   o‘zining   dinga
munosabatini “Dunyoviylik – dahriylik emas” tamoyili asosida aniq va printsipial
belgilab   oldi.   Davlatning   dinga   munosabati   “Inson   e’tiqodsiz   yashay   olmaydi”,
degan aniq ishonch asosida belgilandi.
Yurtimizga islom dinining kirib kelish tarixiga nazar solsak, VII asr oxirlariga
kelib,   Markaziy   Osiyoga   turli   yo‘llar   bilan   islom   tarqala   boshlaganiga   guvoh
bo‘lamiz.   Shuni   alohida   ta’kidlash   zarurki,   Movarounnahr   ahli   boshqa   millatlar
kabi   islomiyatni   majburan   emas,   balki   o‘z   qadriyatlari   va   an’analarini   saqlab
qolgan   holda   qabul   qildilar.   Buning   asosiy   sabablaridan   biri     o‘sha   davrda   ham
xalqimiz   dini   –   aqidalari   islomga   ancha   yaqin   bo‘lganligidadir.   Bu   xususda
suryoniy   olimi   Mixailning   fikri   e’tiborni   tortadi:   “Turkiy  
xalqlarning   azaldan   bir   Tangriga   ishonganligi   islomni   qabul   etishlariga   sabab
bo‘ldi, chunki arablar ham ayni    Allohga e’tiqod qo‘yishgandi”.
Islom   dini   asrlar   davomida   mamlakatimiz   tub   xalqlarining   tarixiga,   o‘tmish
merosiga,   madaniyatiga,   milliy   ruhiyatiga   singib   ketgan.   Prezident  
I.A.Karimov ta’kidlagani  kabi: “Biz o‘z millatimizni  mana shu dindan ayri holda
28 aslo tasavvur qila olmaymiz... Xalqimizning ming yillik tarixi, bugungi ma’naviy
hayotini,   dinu   diyonatimizni   muxtasar   ifodalab   aytish   mumkinki,  Alloh   bizning
qalbimizda, yuragimizda”.
O‘rta   Osiyo,   jumladan,   diyorimiz   musulmonlari   14   asrdan   buyon   e’tiqod   va
fiqh   masalalarida   mazhablar   orasida   bag‘rikengligi   bilan   ajralib   turuvchi   Imom
A’zam   —   hanafiy   mazhabiga   amal   qilib   kelmoqdalar.   Mazkur   mazhabning
dunyoga   keng   tarqalishiga   sabab   uning   xalqchilligi   va   unga   e’tiqod   qilayotgan
xalqlarning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga nisbatan murosaliligidadir.
Hanafiy   mazhabi   qonunlari   nisbatan   yumshoqligi,   mo‘’tadilligi   va
bag‘rikengligi   sababli   sunniylar   yo‘nalishiga   mansub   bo‘lgan   mazkur   mazhabga
dunyodagi musulmonlarning 47 foizi amal qiladilar.
Biz   bugungi   kunda   ma’naviy   hayotimizni   islom   dunyosida   cheksiz   ehtirom
qozongan   Imom   Buxoriy,   Imom   Termiziy,   Imom   Moturidiy,   Imom   Marg‘inoniy,
Bahouddin   Naqshband,  Ahmad   Yassaviy,   Zamashxariy   kabi   allomalarimiz   bilan
bog‘laymiz, chunki bu buyuk insonlarning aziz nomlari, o‘lmas merosi muqaddas
dinimiz bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Qur’ondan so‘ng ahamiyati jihatidan
ikkinchi o‘rinda turadigan Imom Buxoriyning “As-sahiyh”i, Zamaxshariyning arab
tili   grammatikasini   to‘liq   o‘z   ichiga   olgan   “Al-Mufassal”i,   Burxoniddin
Marg‘inoniyning   musulmon   huquqshunosligi   to‘g‘risidagi   “Hidoya”si   bugungi
kunda   ham   islom   olamida   bosh   manba   sifatida   mashhur.   Mustaqillik     sharofati
bilan   O‘zbekistonda   turli   din   vakillarining   hech   qanday   to‘siqlarsiz   o‘z   diniga
e’tiqod   qilishlari   uchun   barcha   sharoitlar   yaratildi.   Hozirgi   kungacha   respublika
Adliya   vazirligi   tomonidan   18   konfessiyaga   mansub   jami   2000   dan   ziyod   diniy
tashkilotlar   ro‘yxatdan   o‘tgan.   Ular   amaldagi   qonunlar   asosida   mustaqil   yuridik
shaxs   sifatida   mamlakat   ijtimoiy   hayotida   qatnashish,   diniy   adabiyotlar   nashr
qilish,   zarur   bo‘lgan   mutaxassislarni   tayyorlash,   muqaddas   joylarga   ziyoratlar
tashkil qilish huquqlariga egadir. Vaholanki, sobiq tuzum davrida respublikamizda
bor-yo‘g‘i 89 ta masjid va ikkita madrasa faoliyat ko‘rsatar edi. Hozir O‘zbekiston
musulmonlari idorasi boshqaruvi ostida 10 ta madrasa va Toshkent Islom instituti
faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
29 199 yil 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning
Farmoniga asosan Toshkent Islom universiteti tashkil etildi. Har yili mazkur o‘quv
yurti   islom   tarixi   va   falsafasi,   diniy   qonunchilik,   iqtisod   va   tabiiy   fanlar
fakultetlariga   talabalar   qabul   qiladi.   Universitet   qoshida   Islomshunoslik   ilmiy
tadqiqot   markazi,     manbalar   xazinasi   hamda   akademik   litsey   faoliyat
ko‘rsatmoqda.   So‘nggi     yillarda   butun   dunyo,   shu   jumladan,   mamlakatimizda
kuchayib   borayotgan   diniy   aqidaparastlik   va   jangarilik   islomning   asl   mohiyati
bo‘lgan bag‘rikenglikka zid bo‘lgan  harakatlarga sabab  bo‘lmoqda. Davlatlarning
dunyoviy   taraqqiyoti,   demokratik   o‘zgarishlar,   diniy   bag‘rikenglik   jarayoniga
aqidaparastlik,   diniy   ekstremizm,   diniy   murosasizlik,   siyosiy   maqsadlarga
erishishda konfessional asoslardan foydalanish kabi illatlar salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu harakat va g‘arazli oqimlarning nomlari va shiorlari turlicha bo‘lishga qaramay,
maqsadlari   bir   —   dindan   niqob   sifatida   foydalanib,   davlat   siyosatiga   aralashish,
hokimiyatni   qo‘lga   kiritish.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimov
“O‘zbekiston   XXI   asr   bo‘sag‘asida:   xavfsizlikka   taxdid,   barqarorlik   shartlari   va
taraqqiyot   kafolatlari”   kitobida   dinning   jamiyat   hayotida   tutgan   o‘rni   haqida,
jumladan, shunday deydi: “Biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axloqiy
va   ma’naviy   qadriyatlardan,   tarixiy   va   madaniy   merosdan   bahramand   qilishi
tarafdorimiz.   Lekin   biz   hech   qachon   diniy   da’vatlar   hokimiyat   uchun   kurashga,
siyosat,   iqtisod   va   qonunshunoslikka   aralashish   uchun   bayroq   bo‘lishiga   yo‘l
qo‘ymaymiz. Chunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy
xavf-xatar deb hisoblaymiz”.
Azal-azaldan  yurtimizning  yirik  shaharlarida masjid,  cherkov  va sinagogalar
o‘z ibodatchilariga emin-erkin xizmat ko‘rsatib kelgani, tariximizning og‘ir sinovli
damlarida   ham   diniy   asosda   mojarolarning   chiqmaganligi   xalqimizning   dinlararo
bag‘rikenglik borasida ulkan tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi.
O‘zbekistonda   faoliyat   ko‘rsatayotgan   diniy   tashkilotlar   bilan   o‘zaro
mustahkam   hamkorlik   qilish,   turli   diniy   konfessiyalar   faoliyatining   amalga
oshirilishida   yordam   ko‘rsatish,   jamiyatda   dinlararo   tinchlik   va   totuvlikni
ta’minlash yuzasidan takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish, konfessiyalararo
30 muloqot   madaniyatini   rivojlantirish   maqsadida   O‘zbekiston   Respublikasi  Vazirlar
Mahkamasining   2004   yil   23   apreldagi   196-sonli   qaroriga   muvofiq,   Din   ishlari
bo‘yicha   qo‘mita   huzurida   Konfessiyalar   ishlari   jamoatchilik   kengashi   tashkil
etildi. Kengash a’zolari tarkibiga respublikadagi ko‘p sonli diniy konfessiyalarning
yetakchilari kirgan.
Kengashning   asosiy   vazifalari   respublikaga   diniy   ekstremizm   va   fanatizm
g‘oyalari   kirib   kelishining   oldini   olish,   an’anaviy   diniy   tashkilotlarning   o‘zaro
muloqotlarini   mustahkamlash,   dinlararo   va   millatlararo   totuvlik   va   barqarorlikni
ta’minlashdan iborat. O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy jihatdan barqaror, umuminsoniy
qadriyatlar   ustuvor   bo‘lgan,   ma’naviy   meros   va   diniy   qadriyatlarni   tiklab,   inson
huquqlarini   ustuvor   soha   darajasida   ko‘tara   olgan   mamlakatdir.   O‘zbekiston
Markaziy   Osiyoda   barqarorlikni   ta’minlash   va   mintaqa   davlatlarining   siyosiy,
ma’naviy   va   iqtisodiy   sohalardagi   o‘zaro   integratsiyalashuvi   jarayonida   muhim
o‘rinni   egallash   bilan   birgalikda   millatlararo   totuvlik   va   bag‘rikenglik   sohalarida
ham namuna bo‘lmoqda.
Avvallari   import   deganda,   muayyan   narsa-tovarning   o‘zga
yurtga olib kirilishi tushunilardi. Bugun — yigirma birinchi asr boshida importning
turi   ko‘paydi,   hatto   ong   ham   import   qilinmoqda.   Bu   esa   tahlikali   davrimizning
dolzarb   muammolaridandir.   "Afsus   bilan   qayd   etish   kerakki,   —   deyiladi
Jumanazar  Meliqulovning “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” (2006 yil 1 dekabr)
gazetasida e’lon qilingan maqolasida, — “G‘arb demokratiyasi”, “Erkinlik” niqobi
ostida axloqsizlik, iste’molchilik falsafasi  kabi     milliy     xarakterimizga yot  nuqtai-
nazarlarga ergashish, ayniqsa, yoshlar orasida ko‘proq uchramoqda. Yurish-turish,
kiyinish,   muomala-so‘zlashuvda   ham   importlashuvni   uchratish   mumkin.   Hatto
uyimiz devoridagi suratlaru ota-ona, qarindosh-urug‘ munosabatimizda ham uning
uchqunlari   bo‘y   ko‘rsatmoqda.  Agar   shugina   bo‘lsa   edi,   ehtimol,   uning   ko‘pam
yomon tomoni  bo‘lmasdi. Ammo, bugun, ta’bir  joiz bo‘lsa,  ong ham  importlasha
boshladi. Adabiyotu san’atgacha ko‘chib bo‘ldi u. O‘y-fikrimiz, dunyoqarashimiz,
salom-aligimizga   qadar   importdan   foydalanishni   urfga   aylantirmoqdamiz.  Aynan
shu   narsa   eng   dahshatlisidir.   Chunki   uni   sotib   olishning   hojati   yo‘q,   shunchaki,
31 televizor   yoki   radio   murvatini   o‘shanga   moslasangiz   kifoya,   o‘zingiz   sezmagan
holda   ongingiz   importlasha   boshlaydi.   Kompyuter   yoki   internet   ham   taraqqiyot
vositasi bo‘lishi bilan birga ma’naviyati sayoz insonni eng tuban narsalar chohiga
tushirib   yuborishi   mumkinligini   aytmasdan   bo‘lmaydi.   G‘arbdagi   sharmandali
“bezanish”ni   ayol   ozodligi   deb,   bemulohazalikni   taraqqiyot   deb   atash   hollari
mavjud.   Vaholanki,   bularning   bari     insonni   tubanlikka   undaydi.   Ana   shuning
ta’sirida   yengil-elpi   nashrlar,   ko‘rsatuvlar,   kinofilmlar,   nihoyat,   kitoblar   ko‘payib
bormoqda.  Buni   “Muhabbat   qahvasi”,   “Esmeralda”   singari   bir  xil  qolipli   kino  va
telefilmlar,   yovuzlik,   fahshni   targ‘ib   qiluvchi   kitoblar,   turli-tuman   oldi-qochdiga
asoslangan nashrlardek ma’naviy sayoz “san’at asarlari”ning muxlisi ko‘p. Dunyo
madaniyati   bu   —   milliardlab   foyda   berayotgan   blokbasterlar   emas,   aksincha,
Aflotun va Suqrot, Beruniy va Eynshteyn, Rumiy va Shekspirlarning g‘oyalaridir.
Odamzod hamma narsaga ko‘nikadi, degan gap bor. Darhaqiqat, yaqin-yaqinlarda
ham biror gazeta-jurnal sahifalarida bitta-yarimta yarim yalang‘och surat ko‘rinib
qolsa, chinakamiga shov-shuv bo‘lar, hamma e’tiroz bildirar edi. Bugun bu oddiy
holga   aylandi.   Endi   bunday   behayolik   nafaqat   suratlarda   aks   etayapti,   balki
televidenie   orqali   ham   to‘xtovsiz   berilayapti.   Sahnalarimizni-ku,   ulardan
“tozalash” oson bo‘lmaydi endi. Bolalarimizning daftarlari muqovasigacha chiqib
olishdi. Hatto askiyachi, qiziqchilarimizdan ham hayo pardasi ko‘tarildi. Dahshatli
tomoni   shundaki,   bunday   yengil-elpilikka,   ma’naviy   tanazzulga   butun-butun
jamiyatlar ham ko‘nikmoqda.
Ongni   eksport   qiluvchilar,   o‘zlarini   demokratiyaning   otasi   deb   atayotganlar
o‘z   qarashlarini   boshqalarda   singdirishda   turli   usullarni   qo‘llaydi.   Ayniqsa,
“erkinlik”,   “inson   huquqlari”   kabi   tushunchalar   bunda   ularga   qo‘l   keladi.   Bir
yig‘inda “Er-xotinning bir-birini tahqirlashi qonun yo‘li bilan man etilgan, — dedi
inson   haq-huquqlari   bo‘yicha   mutaxassis   o‘z   ma’ruzasida.   —   Biroq   shu   modda
bo‘yicha sudga tortilganlik to‘g‘risida bironta ham holat ma’lum emas”. Ajabo, bu
qanaqasi   bo‘ldi?   Nima,   ayolning   ozodligi   yoki   inson   huquqlari   shu   modda
bilangina belgilanadimi? Er-xotin qattiqroq gapirib qo‘ygani uchun bir-birini sudga
bersa,   bola-chaqa   ovora   bo‘lsa,   qarindosh-urug‘   aziyat   cheksa,   sudga   tortishlar
32 ko‘p   bo‘lsa,   demokratiya,   inson   huquqlari   ta’minlangan   bo‘ladi-yu,   bo‘lmasa   –
yo‘qmi?   Yo‘q,   yevropalik   yoxud   amerikalik   teng   huquqlilik   targ‘ibotchisi   buni
tushunishi   qiyin.   G‘arblik   Mital’da   Bogner   xonim   o‘tgan   yili   bizdagi   mahalla
institutiga   ochiqdan-ochiq   tuhmat   qildi.   Uning   nazarida,   aynan   mahalla   mahalliy
millat   qizlarining  kechasi   ko‘chaga   chiqishi   va   ayollar   eridan  ajralishiga   monelik
qilar emish. Bu millatga, milliy xarakterga oshkora tajovuzdan boshqa narsa emas.
Qolaversa,   yuqorida   aytilgan   sharmandalik,   behayolikni   madaniyat   deb   targ‘ib
etish,   ongni   eksport   qilishdir.   Bizni   bunday   g‘arazli   eksportdan   faqat   va   faqat
tafakkurni isloh qilish, qalbning islohga yuz burishigina qutqara oladi.
II .   BOB.   BARKAMOL   SHAXS   TARBIYASIDA   BAG’RIKENGLIK
TAMOYILLARI     MAVZUSINING   ELEKTRON   O‘QUV   MODULI
ISHLANMASI
2 .1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi 
«O’zbekiston   Respublikasida   barcha   fuqarolar   bir   xil   huquq   va
erkinliklarga   ega   bo’lib,   jinsi,   irqi,   millati,   tili,   dini,   ijtimoiy   kelib   chiqishi,
e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, qonun oldida tengdirlar».
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasidan.
«УМУМИЙ ПЕДАГОГИКА НАЗАРИЯСИ ВА АМАЛИЁТИ »
ФАНИНИНГ 2014/2015 ЎҚУВ ЙИЛИ УЧУН МЎЛЖАЛЛАНГАН
СИЛЛАБУСИ
33 Фаннинг қисқача тавсифи
ОТМнинг
номи ва
жойлашган
манзили: Sharof Rashidov nomidagi
Samarqand davlat universiteti Samarqand
s ha h ri,  Universitet
xiyoboni 15
Кафедра: педагогика ва психология “Pedagogika”
fakulteti
Таълим
соҳаси ва
йўналиши: Гуманитар
соха ,  - 100000
(   мутахассисликла   
р  бўйича)
110000 5110500    Geografiya O`M.
Фанни
(курсни) олиб
борадиган  талаба
тўғрисида
маълумот: Rahmatova
Qunduz
Hoshimovna  e-mail: Qundduzrakhmat
ova .@  mail . uz 
Дарс вақти ва
жойи: Бош  бино
303- аудитория Курснин
г
давомийлиги
: 02.09.2014-
20.01.2015
Индивидуал
график   асосида
ишлаш вақти:  Душанба  ва жума кунлари 15.00 дан 17.00 гача
Фанга
ажратилган 
соатлар Аудитория соатлари              Лаб
аратория 
40 Му
стақил
таълим:
124Ма
ъруза: 7
0 се
минар 4
2  
Фаннинг
бошқа   фанлар
билан   боғлиқлиги
( пререквизитлари,
посреквизитлари) : “Педагогика   назарияси   ва   амалиёти”   фани   ўқув
режасида   2   курсгача   ўқитиладиган   туркум   фанлар:
Мактабгача педагогика, Умумий психология, Фалсафа. 
Мазкур   фан   –   Фалсафа   (этика,   эстетика,   мантиқ),
Ўзбекистон   тарихи,   Маънавият   асослари,   Диншунослик,
Маданиятшунослик,   Миллий   ғоя:   асосий   тушунча   ва
тамойиллар,   Информатика   ва   ахборот   технологиялари,
Ёш   физиологияси   ва   гигиена,   Экология   ва   табиатни
муҳофаза   қилиш,   Умумий   психология   назарияси   ва
амалиёти каби фанлар билан узвий алоқада ўрганилади.  
Фаннинг мазмуни
Фаннинг
долзарблиги   ва
қисқача
мазмуни: Фанни   ўқитишдан   мақсад   –бўлажак   мутахассис
сифатида   талабаларни   замонавий   педагогика   фанининг
назарий-методологик   асослари   билан   қуроллантириш,
педагогик   фаолият   мазмуни,   таълим   ва   тарбия   жараёнини
34 самарали   ташкил   этиш   йўллари,   илғор   педагогик
технологиялар   билан   яқиндан   таништириш   орқали   уларда
педагогик   тафаккурни,   ижобий   фикрлаш   қобилиятини,
таълим   олувчилар   билан   муваффақиятли   ишлашга   доир
зарур   малакаларни,   вазиятни   тўғри   баҳолаш,   оқилона
қарорларни   қабул   қилиш,   ижтимоий   ёрдамга   муҳтож
ўқувчиларга   билим   бериш,   уларни   мақсадга   мувофиқ
тарбиялаш   кўникмаларини   шакллантириш,   миллий
педагогик   мерос   ғояларини,   Шарқ   мутафаккирларининг
таълим-тарбияга   оид   қарашларини   таълим   муассасалари
амалиётига   мақсадли   татбиқ   этиш   тажрибасини   ҳосил
қилишдан иборат.
Фаннинг   вазифаси   –       талабаларда   дидактика,   тарбия
назарияси,   таълим   менежменти   ва   педагогик   фикрлар
тарихий   тараққиётининг   моҳиятини   ёритувчи   назарий
билимларни ҳосил қилиш; 
-   талабаларнинг   комил   инсон,   етук   мутахассисни
тарбиялаб вояга етказишга оид давлат сиёсатининг мазмуни,
устувор   тамойиллари,   миллий   ва   жаҳон   педагогикасининг
энг   илғор   ғоялари,   ёш   авлод   таълим-тарбиясини   самарали
ташкил   этишга   оид   қадриятлар,   замонавий   педагогик
ёндашувлар,   илғор   технологиялардан   хабардор   бўлишлари
учун қулай муҳитни яратиш; 
-   бўлажак   мутахассисларда   дидактик   ва   шахс
тарбиясини ташкил этиш масалаларини ўзида акс эттирувчи
манбаларда   илгари   сурилган   ғоялар,   Шарқ   мутафаккирлари
(Муҳаммад   ал-Хоразмий,   Абу   Райҳон   Беруний,   Абу   Наср
Форобий,   Абу   Али   ибн   Сино,   Алишер   Навоий,   Абдулла
Авлоний, жадидизм ҳаракатининг етакчи вакиллари) ва Ғарб
маърифатпарварлари   (Ян   Амос   Коменский,   Константин
Ушинский) қарашларини таҳлилий ўрганиш асосида таълим
муассасаси   амалиётига   самарали   татбиқ   этиш
кўникмаларини шакллантириш;    
-   талабалар   томонидан   таълим   муассасалари
фаолиятларини   бошқариш,   уларга   раҳбарлик   қилишнинг
замонавий   усуллари,   ижтимоий   ёрдамга   муҳтож   шахсларга
таълим   бериш,   уларни   шахс   сифатида   ривожлантириш
борасидаги халқаро тажрибаларнинг ўрганилишини, улардан
касбий   фаолиятда   ўринли,   самарали   фойдаланиш
малакалари пухта ўзлаштирилишини таъминлаш;
-   бўлажак   ўқитувчиларни   замонавий   педагогик
муаммоларни   ҳал   қилиш,   таълим   ва   тарбия   жараёнини
муваффақиятли ташкил этишда илмий, техник ва технологик
35 ютуқларни қўллай олишга тайёрлаш.
Ф анни   ўзлаштирган   талабанинг   малакавий
даражалари   “Педагогика назарияси ва тарихи” ўқув фанини
ўрганиш   жараёнида   бакалаврлар   қуйидаги   педагогик
тушунчалар,   уларнинг   моҳиятига   оид   назарий   билимларни
пухта   ўзлаштиришлари   зарур:   педагогика,   дидактика,   тарбия
назарияси,   тарбия   турлари,   таълим   менежменти,   узлуксиз
таълим,   узлуксиз   таълим   турлари,   таълим   иштирокчилари,
махсус   педагогика,   педагогика   тарихи,   миллий   педагогик
мерос,  жаҳон таълим тизими. 
Шунингдек, талабалар: 
- фан методологияси;
- педагогик антропология;
- педагогик жараён моҳияти;
- педагогик фаолият мазмуни;
- педагог   шахсида   намоён   бўлиши   зарур   бўлган
сифатлар;
- таълим   соҳасидаги   давлат   сиёсатининг   асосий
йўналишлари;
- илмий -педагогик  тадқиқот объектлари ва методлари;
- таълимий ва тарбиявий тамойиллар;
- анъанавий ва замонавий педагогик таълимотлар;
- таълим ва тарбия шакллари, методлари, воситалари;
- илғор педагогик технологиялар;
- махсус педагогиканинг асосий йўналишлари; 
- миллий   педагогик   мерос   ва   жаҳон   таълими
тажрибасининг ёш авлодни шакллантиришдаги аҳамияти;
- комил   инсон,   малакали   мутахассисни   тайёрлаш
жараёнининг ўзига хос жиҳатлари   тўғрисида   тасаввурга эга
бўлиш лар и ;
- Ўзбекистон   Республикасининг   таълим   соҳасидаги
сиёсати, кадрлар тайёрлаш миллий модели;
- таълим   ва   тарбия   жараёнлари нинг   ў заро   бирлиги   ва
алоқадорлиги;
- ўқитиш ва тарбия қонуниятлари;
- таълим назарияси   (дидактика)нинг  умумий асослари;
- таълим турлари ва босқичлари;
- таълимни ташхис қилиш;
- тарбия назариясининг муҳим таркибий элементлари;
- оила, жамоа ва муҳитнинг шахс тарбиясидаги ўрни;
- ўз-ўзини тарбиялаш ва қайта тарбиялаш; 
- оила   тарбия си   ва   ўз-ўзини   тарбиялашнинг   ўзига   хос
хусусиятлари;
- Ўзбекистон   Республикаси   узлуксиз   таълим   тизими ,
унинг муҳим босқичлари ;
36 - таълимни бошқариш;
- шахсга   таълим   ва   тарбия   бериш   ғоя лар ининг
шаклланиш тарихи;
- Шарқ   ва   Ғарб   мутафаккирларининг   шахс   таълим и,
тарбия сини ташкил этишга оид  қарашлари;
- тарбия, мактаб ва педагогик фикрнинг тараққий этиш
тарихи;
- жаҳон   таълим   тизими   анъаналаридан   хабардор
бўлишлари ;
- таълим ва тарбия жараёнида миллий   педагогик мерос
намуналари,   жаҳон таълими анъаналаридан  фойдаланиш;
- педагогик фаолиятни режалаштириш;
- касбий фаолиятни ташкил этишда таълим- тарбиянинг
замонавий  шакл,  метод , восита  ва технологияларини қўллаш;
- таълим олувчилар   фаолият лар ини назорат қилиш ;
- ўқувчиларнинг   билимларини   тўғри   ташхис   қилиш   ва
холис баҳолаш;
- қобилиятли,   иқтидорли   ўқувчиларни   танлай   билиш,
улар ни   рағбатлантириш,   истеъдод ларин и   янада
ривожлантириш чора-тадбирларини белгилаш;
- алоҳида ўқувчи,  ўқувчилар жамоа си,  ота-оналар билан
якка тартибда      ва  гуруҳ бўлиб ишлаш;
- ўқувчилар  жамоа ларини бошқариш ;
- таълим   ва   тарбия   жараёнларини   самарали   ташкил
этиш;
- оила   ва   таълим   муассасалари   ўртасида   ўзаро
ҳамкорликни қарор топтириш;
- педагогик   фаолият   моҳиятини   ёритувчи   иш
ҳужжатларини тўғри юритиш;   
- таълим менежментини оқилона олиб бориш;
- Ўзбекистон   Республикасида   педагогика   фанининг
ривожланиш   истиқболларини   белгилаш   кўникма   ва
малакаларига эга бўлиши лари  л озим.   
Талабалар
учун талаблар Аудитория   машғулотларига   мунтазам   қатнашиш   ва
дарсга кечикмасдан келиш;

Машғулотларга тайёргарлик кўрган ҳолда келиш ;

Машғулотлар жараёнида фаол иштирок этиш ;

Силлобусда кўрсатилган мустақил иш   вазифаларини
ўз вақтида бажариш ;

Маълум сабабларга кўра қолдирилган машғулотларни
37 қайта   ўзлаштиришга   фақат   тиббий   маълумотнома
бўлгандагина рухсат берилади;  
Барча   турдаги   назоратларда     ( жорий   назаорат,
мустақил   иш   назорати,   оралиқ   назорат ,   якуний   назорат )
мунтазам иштирок этиш .
 
Электрон
почта   орқали
муносабатлар
тартиби Профессор-ўқитувчи   ва   талаба   ўртасидаги   алоқа
электрон   почта   орқали   ҳам   амалга   оширилиши   мумкин,
телефон   орқали   баҳо   масаласи   муҳокама   қилинмайди,
баҳолаш   фақатгина   институт   ҳудудида,   ажратилган
хоналарда   ва   дарс   давомида   амалга   оширилади.     Электрон
почтани очиш вақти соат 15.00 дан 20.00 гача
Асосий
адабиётлар:
Қўшимча
адабиётлар: ADABIYOTLAR RO`YXATI
I. O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI QONUNLARI,
PRЕZIDЕNT  ASARLARI HAMDA MЕ'YORIY HUJJATLAR
1. И.А.Каримов   «Маънавий   юксалиш   йўлида»
Тошкент. «Ўзбекистон» 198 й.
2. И.   А.   Каримов.   «Тарихий   хотирасиз   келажак
йўқ». «Мулоқот» журнали. 198. 5-сон. 
3. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat –  yengilmas kuch.
– T.: “Ma’naviyat”, 2008. 
4. И.А.Каримов.   “Юксак   билимли   ва   интеллектуал
ривожланган   авлодни   тарбиялаш-   мамлакатни     барқарор
тараққий   эттириш   ва   модернизация   қилишнинг     муҳим
шарти”   мавзусидаги   халқаро   конференциянинг   очилиш
маросимидаги нутқи. Халқ сўзи, 2012 йил, 18 февраль.  
5. И.А.Каримов.   Ўзбекистон   мустақилликка
эришиш остонасида. Т., “Ўзбекистон”, 2012, 440 б
6. И.А.Каримовнинг   “Ўзбекистон   мустақиликка
эришиш   остонасида”   китобини   ўрганиш   бўйича   ўқув-
услубий қўлланма.-Т., “Ўқитувчи”, 2012, 176 б
7. И.А.Каримовнинг 2011 йилнинг асосий якунлари
ва   2012   йилда   Ўзбекистоннни   ижтимоий-иқтисодий
ривожлантиришнинг   устувор   йўналишларига   бағишланган
Ўзбекистон   Республикаси     Вазирлар   Маҳкамасининг
мажлисидаги   “2012   йил   ватанимиз   тараққиётини   янги
босқичга   кўтарадиган     йил   бўлади”   мавзусидаги
маърузасини   ўрганиш   бўйича   ўқув   қўлланма.   –Т.,
“Ўқитувчи”, 2012 й
8. O’zbekiston   Respublikasining   «Ta`lim
to’g’risida»gi   Qonuni.   Barkamol   avlod   –O’zbekiston
taraqqiyotining poydevori.T., «Sharq», 198y.
9. O’zbekiston   Respublikasining   «Kadrlar   tayyorlash
38 milliy   dasturi».   Barkamol   avlod-O’zbekiston   taraqqiyotining
poydevori.T., 198y.
10. Umumiy o`rta  ta’lim dаvlаt tа`lim stаndаrtlаri
11. Умумий   ўрта   таълим   мактаблари   тўғрисида
Низом. Т.
II. ASOSIY DARSLIK VA O`QUV QO`LLANMALAR
1. Педагогика   назарияси   ва   тарихи.   Педагогика
назарияси.   1-қисм   /   Олий   ўқув   юртлари   учун   дарслик.
М.Х.Тохтаходжаеванинг умумий таҳрири остида. – Тошкент:
“Иқтисод-молия”, 2007. 
2. Pеdаgogikа.   M.H.Tohtаhodjаеvа,   S.Nishanova,
J.Hasanboev   v.b.   (M.H.Tohtаhodjаеvаning   umumiy   tаhriri
ostidа.). –T.: O’zbеkiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.-400
b.
3. Pеdаgogikа   (Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi).   Oliy
o’quv yurtlari uchun darslik. J.Hasanboev v.b, O’zR Oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirligi. – T.:  Noshir, 2011.- 456 b.
4. Мавлонова   Р.,   Тўраева   О,   Ҳолиқбердиев   К.
Педагогика / Касб-ҳунар коллежлари учун дарслик. Иккинчи
нашр. – Тошкент: Ўқитувчи, 2001.
5. Hashimov   K.,   Nishonova   S.   Pedagogika   tarixi   /
Дарслик. – Tошкент: “Istiqlol” нашриёти, 2005.
6. Mavlonova R.  Pеdаgоgikа.  -T. “O`qituvchi”, 2007 y.
7. К.Х.Ҳашимов, С.Нишонова. Педагогика тарихи. – Т.:
Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси.
2005
8. Х.Ибрагимов,   Ш..Абдуллаева.   История   педагогики.
Т.,”Фан”, 2008 йил
9. Подласый И.П. Педагогика 1-2 т. -М.: Владос, 199.
10. Азизхўжаева   Н.Н.   Педагогик   технология   ва
педагогик   маҳорат.   –   Тошкент:   Низомий   номидаги   ТДПУ,
2006.
11. Pedagogik   texnologiyalar   va   pedagogik   mahorat.
Дарслик.   Н.Т.Омонов,   Н.Х.Хожаев,   С.А.Мадиярова,
Е.И.Эшкулов. Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009, 240 бет.
12.   Xoliqov   A.A.   Pedagogik   mahorat.   Darslik.   –   T.:
“IQTISOD-MOLIYA”, 2011.- 425 b.
III. Qo`shimcha adabiyotlar
1. Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. —Т.:
Ўқитувчи 193.
2. Абу   Наср   Форобий.   Фозил   одамлар   шаҳри.   Т.:   Халқ
мероси нашриёти. 193.
3. Абу   Райҳон   Беруний.   Қадимги   халқлардан   қолган
ёдгорликлар. Танланган асарлар.
4. Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб. Асарлар. Ўн беш
39 томлик. 13-том. -Т.: Адабиёт ва санъат, 196.
5. Аҳмедов   А.   Улуғбек   Муҳаммад   Тарағай.   Т.:   “Фан”,
191.
6. А.Алиев.   Жадидчилик   маърифати   ва   таълим-тарбия.
«Маърифат» газетаси 193 й.
7. И.Авазов. Муҳаммадхўжа Беҳбудий-маърифатпарвар.
Т.,193 й.
8. Ш.Абдуллаева.   С.Сайитов.   История   педагогики.
Т.,”Фан”, 2008 йил
9. Педагогика   А.Қ.Мунавваровнинг   таҳрири   остида).   -
Т.: Ўқитувчи, 196.
10. Джуринский А.Н. История педагогики. –М.:  Владос,
199.
11. Зунунов   А.   ва   бошқалар.   Ўрта   Осиёда   педагогик
фикр тараққиётидан лавҳалар. Т. 196 й.
12. Зуннунов А. ва бошқ. Педагогика тарихи. Т.: “Шарқ”,
2000.
13. Имом   Исмоил   ал-Бухорий.   Ал-жомеъ   ас-сахих.   -Т.:
Ўзбекистон, 191.
14. Кайковус. Қобуснома. Т.: “Мерос”, 192.
15. Коменский Я.А. Буюк дидактика. Т.: “Ўқитувчи”.
16. Қуръони Карим. -Т.: Чўлпон, 193.
17. Юсуф   Хос   Ҳожиб.   Қутадғу   билиг   (сўзбоши
муаллифи Б.Туҳлиев). — Т.: Юлдузча, 191.  
18. X.Ibragimov,   Sh.Abdullayeva.   Pedagogika.   T.,”Fan”,
2008 yil
19. Темур тузуклари.  Т. 192 й. 
20. З.Йўлдошев,   С.Ҳасанов.   «Авесто»да   ахлоқий-
таълимий қарашлар.Т. 192 й. 
21. Абу   Наср   Форобий.   Фозил   одамлар   шащри.Т.:   Халқ
мероси нашр., 193. 
22. Образивание   за   рубежом.   Система   народного
образования Франции. Составител Жан Нол Везиан. Т., 193.
23. У.Долимов. Истиқлол фидоийлари. Исоқхон Ибрат Т.,
14 й. .         
24. Кошифий.   Футувватномаи   султоний   ёҳуд
жувонмардлик қиссаси. Т. 14 й.  
25. Развитие   образивания   в   зарубежних   странах.   (1950-
190). М.Аббасова.  Т., «Фан», 14.
26. Уедемир   Муаммер.   Турк   таълим   тизими.   (Хорижда
таълим), Т.,14. 
27. Францияда таълим   тизими. М. Аббасова таҳририда.
Т., 14.
28. З.Миртурсунов . Ўзбек халқ педагогикаси. Т. 1967й. 
29. Ўзбек   педагогикаси   тарихи.   Тузувчи   А.   Зунунов.   Т.
40 197 й. 
30. Жалолиддин   Румий.     Маънавий-маснавий.   Т.   Шарқ.
199 й. 
31. Ҳ. Ҳомидий. Кўҳна шарқ дарғалари.  Т. 199 й.       
32. Мавлонова   Р.   ва   бошқ.   Педагогика.   —Т.:   Ўқитувчи,
2001.
33. Сайидаҳмедов   Н.   Янги   педагогик   технологиялар.   —
Т.: Молия, 2003.
34. Махсус педагогика. Б.С.Рахмонова. -Т.: Фан., 2004  
35. K.X.Hashimov,   S.Nishonova.   Pedagogika   tarixi.   –   T.:
Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi. 2005
36. О.   Ҳасанбоева,   Ж,   Ҳасанбоев,   Ҳ.   Ҳомидов.
Педагогика тарихи. Т.197 й. 
37. Sh.Abdullayeva,   D.Axatova,
B.Sobirov,S.Sayitov.Pedagogika.   Ekspress-ma’lumotnoma.T.,
“Fan”,2005 yil
38. A.Zunnunov,   U.   Mahkamov.   Didaktika.   –   T.:   “Sharq”,
2006.
39. O.Hasanboyeva   va   boshqalar.     Oila   pedagogikasi.     T.:
“Aloqachi” 2007
40. Imom   Ismoil   al-Buxoriy.   Al-adab   al-mufrad.   G`Odob
durdonalari . —T.: O’zbеkiston, 2007.
41. Х.Ибрагимов,   Ш.Абдуллаева.   История   педагогики.
Т.,”Фан”, 2008 йил
42. D.Tojiboyeva   A.Yo’ldoshev.   Maxsus   fanlarni   o’qitish
metodikasi. – T.; “Aloqachi”, 2009.
43. Pеdаgоgikа nаzаriyasi vа tаriхidаn mа`ruzаlаr mаtni. 
Nаvоiy 2009 y. 1 va 2-qism.
44. Ўзбек   педагогикаси   анталогияси   1-2   т.   (тузувчилар
К.Ҳошимов, С.Очил. Ўқитувчи, 195-2000).
45. Nishonova S. Komil inson tarbiyasi. – T.: Istiglol, 2004.
46. Юсуф   Хос   Ҳожиб.   Қутадғу   билиг   (сўзбоши
муаллифи Б.Туҳлиев). — Т.: Юлдузча, 190.
47. Харламов И.Ф. Педагогика – М.: Гардарики, 2003.
48. Ҳасанбоева   О.,   Ҳасанбоев   Ж.,   Ҳомидов   Ҳ.
Педагогика тарихи-. Т.: “Ўқитувчи”, 197.
49. Йўлдошев  Ж., Хасанов  С.  Педагогик  технологиялар.
Ўқув қўлланма. Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009, 652 бет.
50. Йўлдошев.   Ж.Ғ.   Усмонов.С.   Илғор   педагогик
технологиялар. – Тошкент:  Ўқитувчи, 2004.
51. Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти / Талабалар
учун   дарслик.   –   Тошкент:   Алишер   Навоий   номидаги
Ўзбекистон Миллий кўтубхонаси нашриёти, 2007.
52. Очилов   М.     Муаллим   қалб   меъмори   /   Сайланма.   –
Тошкент: Ўқитувчи, 2000.
41 53. Султанова   Г.А.   Педагогик   маҳорат   /   Ўқув-методик
қўлланма. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2005.
54. Толипов   Ў.,   Усмонбоева   М.   Педагогик   технология:
назария ва амалиёт. – Тошкент: Фан, 2005. 
55. Холиқов А.А. Педагогик маҳорат / Ўқув қўлланма. –
Тошкент: “Iqtisod-moliya”, 2009.
                                                                                                     IV.       INTЕRNЕT
SAYTLAR
1. www.bilim.uz.
2. www.edu.uz     - Вазирлик сайти 
3. www.ziyo.edu.uz     - Вазирлик сайти
4. www.performance.edu.uz     - Вазирлик сайти
5. www.tseu.fan.uz     - ТДИУ сайти
6. www.tseu.uz     - ТДИУ сайти 
7. http://www.edustorng.ru/main/book/   
pedagogtechno.htm
8.   http://dl.nw.ru/theories/technologies
9. www.gov.uz   
10. www.ziyonet.uz   
11. www.istedod.uz   
12. www.tdpu.uz     
13. www.pedagog.uz   
14. www.google.co.uz   
V.   VIRTUAL   KUTUBXONA   ELЕKTRON
DARSLIKLARI VA O`QUV QO`LLANMALARI.
1.   Очилова   Г.   Педагогика.     электрон   дарслик.-   Т.:   
ТДИУ, 2005.
Ko’rgazma  qurollar  va texnik vositalar ro’yxati.
(kompyuter,   elektron   ko’z,     jadvallar,   rasmlar,   laboratoriya
jihozlari)
Jadvallar. (J)
1. J.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
2. J. Pedagogikaning maxsus tarmog’i.
3. j.Shaxsga ta`sir etuvshi omillar.
4. J. Ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari.
5. J. Ta`lim metodlari.
6. J.Tarabiya metodlari.
7. J. O’quv jarayonining tuzilishi.
8. J. Tarbiya prinsiplari.
9. J. Ta`lim tamoyillari.
10. J. test turlari
YUNESKO Bosh konferentsiyasining 195 yil 16 noyabrda bo’lib o’tgan 28-
sessiyasida   “Bag’rikenglik   tamoyillari   to’g’risida”gi   Deklaratsiya   qabul   qilingan
42 edi.   SHundan   buyon   mazkur   sana   Xalqaro   bag’rikenglik   kuni   sifatida   nishonlab
kelinadi.   Bundan   ko’zlangan   asosiy   maqsad   dunyo   xalqlarini   bag’rikenglikka,
tinchlikni   asrab-avaylashga   va   ijtimoiy-iqtisodiy   farovonlikka   erishishga
chorlashdir.
Ta`kidlash   joizki,   mamlakatimizda   mustaqillik   yillarida   Prezidentimiz
rahnamoligida   millatlararo   ahillik   va   konfessiyalararo   totuvlikni   mustahkamlash,
ma`naviy-axloqiy   tarbiyani   kuchaytirish   bo’yicha   aniq   maqsadga   yo’naltirilgan
chora-tadbirlar  amalga  oshirilmoqda. Bu  barcha  sohalarda  olib borilayotgan keng
ko’lamli islohotlar, xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish yo’lidagi ezgu
sa`y-harakatlarning muhim asosi bo’lib xizmat qilayotir.
Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek,
teng   huquqlilik   hamda   o’zaro   hamjihatlik   sharoitida   yashab,   Vatanimizni   yanada
ravnaq toptirish yo’lida mehnat qilib kelishmoqda. Ularning huquq va erkinliklari,
qonuniy manfaatlarini ta`minlash, ta`lim olishlari, qiziqish va layoqatlari bo’yicha
kasb-hunar   egallashlari,   madaniyatlari,   an`ana   hamda   qadriyatlarini   saqlash,
rivojlantirishlari   uchun   barcha   zarur   shart-sharoitlar   yaratib   berilgan.   Bunday
e`tibor   natijasida   ko’p   millatli   xalqimizning   boy   tarixiy-madaniy   merosi   qayta
tiklandi,   qadr   topdi.   Barcha   millat   vakillarining   davlat   boshqaruvi,   ijtimoiy-
iqtisodiy   hamda   madaniy   jarayonlarda   erkin   ishtirok   etishi   kafolatlandi.   Bundan
tashqari,   umumta`lim   maktablarimizda   ta`limni   etti   tilda   olib   borish   yo’lga
qo’yilgani,   ko’p   sonli   millatlar   tilida   gazeta-jurnallar   chop   etilayotgani,   radio   va
teledasturlar efirga uzatilayotgani alohida e`tiborga loyiq. 
Hozirgi   kunda   mamlakatimizda   140   dan   ziyod   milliy   madaniy   markazlar
faoliyat   yuritayapti.   Prezidentimiz   tashabbusi   bilan   mazkur   markazlar   faoliyatini
muvofiqlashtirish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish maqsadida 192 yil
yanvarda   Respublika   baynalmilal   madaniyat   markazi   tashkil   etilgan.   U
jamiyatimizdagi   tinchlik   va   osoyishtalik,   millatlararo   totuvlikni   yanada
mustahkamlash,   milliy   va   umumbashariy   an`analarni   ravnaq   toptirish,   ularning
mazmun-mohiyatini   keng   targ’ib   qilishga   baholi   qudrat   o’z   hissasini   qo’shib
43 kelmoqda.   Tashkil   etilayotgan   ko’plab   tadbirlar,   kontsert   dasturlari,   kechalar,
festivallar,   ko’rik-tanlovlar,   konferentsiyalar   shular   jumlasidandir.   Masalan,
“O’zbekiston — umumiy uyimiz”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir”, “Qudratimiz
—   birlik   va   hamjihatlikda”   kabi   shiorlar   ostidagi   festivallar   ko’p   millatli
aholimizning   chinakam   do’stlik   bayramiga   aylanib   ulgurgan,   desak,   mubolag’a
qilmagan   bo’lamiz.   Har   yili   milliy   ayyomlarimiz   ham   markazimiz   boshchiligida
milliy madaniy markazlar bilan birgalikda munosib nishonlanmoqda. SHuningdek,
O’zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi   qabul   qilingan   sanaga   bag’ishlab
hamda Xalqaro bag’rikenglik kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy konferentsiyalar,
uchrashuvlar   o’tkazish   yo’lga   qo’yilgan.   Bular   sirasiga   milliy   madaniyat   kunlari,
dekadalari, milliy bayramlarni ham kiritish mumkin.  
O’tgan   davr   mobaynida   Respublika   baynalmilal   madaniyat   markazi
tomonidan   milliy   madaniyatlar,   fuqarolik   birligining   nazariy   va   amaliy   asoslari,
millatlararo va konfessiyalararo uyg’unlashuv haqida yigirmadan ortiq adabiyotlar
nashr etildi. Ayniqsa, “O’zbekiston — umumiy uyimiz”, “Milliy g’oya — bizning
g’oya”,   “Millatlararo  hamjihatlik  va   dinlararo  bag’rikenglik  —  taraqqiyot   omili”,
“O’zbekiston   —   bag’rikeng   diyor”,   “O’zbekiston   Konstitutsiyasi   —   buyuk
kelajagimiz   kafolati”   kabi   kitoblar   keng   omma   e`tiborini   o’ziga   tortdi.
Markazimizning 20 yilligi munosabati bilan chop etilgan “Mustaqil O’zbekistonda
millatlararo munosabatlar rivoji” nomli kitob ham katta qiziqish bilan kutib olindi.
Joylarda an`anaviy tarzda “Milliy g’oya — bizning g’oya”, “O’zbekiston — ko’p
millatli   ahil   oila”,   “Maqsad   bir,   g’oya   bir,   Vatan   yagona!”   singari   mavzularda
ilmiy-amaliy  anjumanlar,  “O’zbekiston  —  umumiy  uyimiz”  shiori  ostida   do’stlik
va   madaniyat   festivallari   tashkil   etib   kelinayotir.
Darhaqiqat,   mamlakatimizda   istiqomat   qilayotgan   barcha   millat   va   elat   vakillari
yagona   oila   bo’lib,   Vatanimiz   ravnaqi   yo’lida   sidqidildan   mehnat   qilib,   bundan
rag’bat,   fayzu   baraka   topmoqdalar.   Zero,   bag’rikenglik   tinchlikning   bosh   mezoni
bo’lsa, tinchlik taraqqiyot garovidir.
2.2.FANNING MA’RUZA MATNI
44 Tarbiya jarayoni ning  mazmuni .  tarbiya tamoyillari
REJA:
1. T arbiya   jarayonining   mohiyati   va   vazifalari .
2. Tarbiya jarayonining xususiyatlari.
3. T arbiya   jarayonining   jamiyat   taraqqiyotidagi   roli .
4. T arbiya qoidalari va ularning mohiyati           
Talabalar   kichik   guruhlarga   bo ’ linib ,   « Tarbiya »   yoki   « Tarbiyaning   tarkibiy
qismlari »   mavzusiga   oid   klaster   tuzishadi .( Klaster   tuzish   qoidalari   yuqoridagi
mavzularda     keltirilgan .   37-   bet )     Klasterning   tarkibiga   quyidagilar   kirishi
mumkin : 
Aqliy        tarbiya    :   bilim ,  ilm ,  malaka ,  ko ’ nikma  ;  aql ,  ong ,  fahm ;
Axloqiy        tarbiya    :   axloq ,   odob ,   xulq ,   yaxshilik ,   adolat ,   insof ,   diyonat ,   sharm ,
hayo ,  vatanparvarlik   va   boshq .;
Mehnat        tarbiyasi    :   faollik ,   ishchanlik ,   tadbirkorlik ,   ishbilarmonlik ;   aqliy   ish ,
jismoniy   mehnat ,  foyda ,  maosh ; 
Jismoniy tarbiya : chiniqish, sport, o’yinlar; sog’lom tan;
Estetik   tarbiya:   go’zallik,   kiyinish,   tozalik,   yurish-turish,   saranjom-
sarishtalik; 
Ekologik tarbiya : tabiat, atrof-muhit, daraxtlar, qushlar, o’rmonlar;
Iqtisodiy   tarbiya :   tejamkorlik,   bozor   iqtisodiyoti,   sarf,   isrof;   foyda,   mulk,
mulkka egalik;
Huquqiy   tarbiya :   fuqaro,   tenglik,   to’g’rilik,   halollik,   jinoyat,   jazo,   huquq,
burch.
(Har bir guruh tushunchalarni toifalab, tuzgan Klasterlarini taqdim etadi.)
  Tarbiya nazariyasi    nimalarni  o’rganadi?   degan savolga javob qidirsak.
Tarbiya  nazariyasi   -  pedagogika   fanining  bir   qismi  bo’lib,  tarbiyaviy  jarayonning
mazmuni,   usuli   va   tashkil   etilishi   masalalarini   o’rganadi.   U   Markaziy   Osiyo
45 faylasuflarining   va   xalq   pedagogikasining   tarbiya   borasidagi   boy   tajribasiga
tayanadi.    
Pedagogika   tarixidan   ma’lumki,   ta’lim   tarbiyadan,   tarbiya   rivojlanishdan
ajratib   tekshirilmagan.   XVIII     asrning   ikkinchi   yarmiga   kelib   Rossiya
pedagogikasida   tarbiya   masalalarini   alohida   ko’rish   hollari   uchraydi.  «1806   yilda
chiqarilgan   Rossiya  Akademiyasi   lug’atida   birinchi   bor   tarbiya   so’zi   pedagogik
tushuncha sifatida alohida keltiriladi», deb ta’kidlaydi I.Tursunov.
O’tgan  mavzularda  tarbiyaga  berilgan    ta’riflarni  yodga  olaylik:  « Tarbiya   -
ma’naviy   manbalar   va   hozirgi   zamon   talablari   ehtiyojlarini   nazarda   tutgan   holda
o’qituvchining   o’quvchi   bilan   aniq   bir   maqsadga   qaratilgan   o’zaro   amaliy   va
nazariy muloqatidir».
« Tarbiya     -   tarbiyachi   xohlagan   sifatlarni   tarbiyalanuvchilar   ongiga
singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga   muayyan suratda va tizimli ta’sir
ko’rsatish jarayonidir». 
Qat’iy   ishonch   bilan   aytish   lozimki,   -   degan   edi   Prezident   I.Karimov
O’zbekiston   teleradiokompaniyasi   muxbiri   bilan   muloqotda,   -   ma’naviy   boylik
moddiy boylikdan ming bor ustun, shu bois biz ta’lim - tarbiya masalasiga davlat
siyosatining   ustuvor   yo’nalishi   sifatida   yondoshmoqdamiz.   Kadrlar   tayyorlash
haqida qonun qabul qilingan milliy dastur ham mohiyat e’tibori bilan shu maqsadni
amalga oshirishga qaratilgan.
Tarbiya jarayoni  deganda nimani  tushunamiz?
Tarbiya   jarayonining   mohiyati   shu   jarayon   uchun   xarakterli   bo’lgan   va
muayyan   qonuniyatlarda   namoyon   bo’ladigan   ichki   aloqa   va   munosabatlarni   aks
ettiradi. 
Tarbiya   jarayoni   shaxsni   maqsadga   muvofiq   takomillashtirish   uchun
uyushtiriladi   va   tarbiyalanuvchining   shaxsiga     muntazam   va   tizimli   ta’sir   etish
imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq ikki faoliyatni - o’qituvchi va
o’quvchi   faoliyatini   o’z   ichiga   oladi.   Tarbiya   jarayonida   o’quvchining   ongi
shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy,
46 irodaviy,   estetik   xislatlari   shakllanadi,   tabiatga,   jamiyatga   ilmiy   qarashlar   tizimi
tarkib   topadi,   jismoniy   kuch-quvvatlari   mustahkamlanadi.     Tarbiya   jarayonida
o’quvchida     jamiyatning   shaxsga   qo’yadigan   axloqiy   talablariga   muvofiq
keladigan   xulqiy   malaka   va   odatlar   hosil   qilinadi.   Bunga   erishish   uchun
o’quvchining   ongiga   (ta’lim   jarayonida)   ,   hissiyotiga   (darsda   va   turli   sinfdan
tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida)
tizimli   va   muntazam   ta’sir   etib   boriladi.Tarbiyalash   jarayonida   bulardan   birortasi
(ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.    
Biror   bir   maqsadga   qaratilgan   tarbiya   jarayonining   mohiyati   va   vazifalari
tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi.
A)   O’quvchining   qaysi   xislatini   shakllantirish   yoki   yo’qotish   maqsadida
rejalashtiriladi.
B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar
izlab topiladi.
V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni
qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi.
Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim - tarbiya tizimi
jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.
Tarbiya   jarayoni   qanday   xususiyatlarga   ega,   u   ta’limdan     nimalari
bilan farq  qiladi?
Tarbiya  jarayonining  xususiyatlari
K
o’p   qir-
rali
jarayon uzoq
muddat
davom
etadi yaxlit holda
va   konsen-trik
asosda   amalga
oshadi  Ikki
tomonlama
xususiyat,
bolaning
faolligi Qarama-
qarshi-liklar
ko’pligi
Tarbiyaning   birinchi   xususiyati   uning   ko ’ p   qirrali   jarayon   ekanligi   bo ’ lib
unda   maktab ,   oila ,   bolalar   va   o ’ smirlar   tashkilotlari ,   mahalla ,   keng   jamoatchilik ,
kino - teatr ,  televideniye ,  adabiyot   va   san ’ at   ishtirok   etadi .
T arbiyaning   yana   bir   xususiyati   uning   uzoq   muddat   davom   etishidir .
T a ’ limdan   farqli   ravishda   u   bola   tug ’ ilganidan   boshlanadi ,  maktab   yillarida ,  undan
keyin   va   butun   umr   bo ’ yi   davom   etadi .
47 T arbiyaning   ta ’ limdan   farqlantiruvchi   yana   bir   xususiyati   shundaki ,   u   yaxlit
holda   va   konsentrik   asosda   amalga   oshiriladi . T arbiyaning   turli   tomonlari   bir - biri
bilan   uzviy   bog ’ langan .  Boshlang ’ ich   sinfda   ham ,  o ’ rta   va   yuqori   sinfda   ham   ayni
bir   narsa ,   masalan ,   do ’ stlik ,   ahillik ,   vatanparvarlik   va   boshqalarni   tarbiyalash
ko ’ zda   tutiladi .
T arbiyaning   yana   bir   xususiyati   shundaki ,   bu   jarayon   ikki   tomonlama
xususiyatga   ega   bo ’ lib ,  unda   bolaning   o ’ zi   ham   faol   ishtirok   etadi . 
T arbiyada   qarama - qarshiliklarning   ko ’ pligi   yana   bir   xususiyatdir .   Bu
qarama - qarshiliklar     bolalarda   o ’ z   tushunchalariga   muvofiq     dastlabki   paydo
bo ’ lgan   sifatlar   bilan   tarbiyachi   tomonidan   tarkib   toptirilayotgan   sifatlar   o ’ rtasida
o ’ quvchilarga   qo ’ yilgan   talablar   bilan   uni   bajarish   imkoniyatlari   o ’ rtasidagi
kurashlarda   namoyon   bo ’ ladi .   
Jamiyat   taraqqiyotida    tarbiya   jarayonining   qanday   o ’ rni   bor ?
T arbiya   jarayonining   jamiyat   taraqqiyotidagi   roli   nihoyatda   beqiyosdir .
Mutafakkir   olim   Abu   Nosir   Forobiy   ta ’ lim   -   tarbiyaning   asosiy   vazifasi   jamiyat
talablariga   javob   bera   oladigan   va   shu   jamiyat   uchun   xizmat   qiladigan   yetuk
insonni   tarbiyalashdan   iborat   deb   biladi .
Jamiyat   taraqqiyotida   muhim   o ’ rin   egallagan   insonni   tarbiyalash ,   uni   bilim
olishga ,   mehnat   qilishga   undash   va   bu   hatti   harakatini   sekin   -   asta   ko ’ nikmaga
aylantirib   borish   lozim .   Insonning   mushohada   qilishi   qobiliyatni   tarbiyalaydi   va
aqlni   peshlaydi .   Aql   ongni   saqlaydi .   Ong   esa   moddiy   va   ma ’ naviy   manbaga
aylanadi .   Shu   tarzda   inson   asta   -   sekin   takomillashib ,   komillikka   erishib   boradi .
ammo   buning   uchun   tarbiyachi   va     tarbiyalanuvchilardan   uzoq   davom   etadigan
mas ’ uliyat ,   sharafli   mehnat   va   qunt ,   irodani   talab   etadi .   Bunda   tarbiyachi
bolalarning   yosh   xususiyatini   e ’ tiborga   olishi   zarur .
T arbiyaning   samarali   bo ’ lishi   nimalarga   bog ’ liq ?
Ma ’ naviy   va   insoniy   sifatlarning   shakllanishida   oiladagi ,   atrofdagi ,
jamiyatdagi   muhit   va   munosabat   muhim   o ’ rin   egallaydi .   Bolalarni   taqlidchanlik
xususiyati   mavjudligi   tufayli   ularni   tarbiyalashda   ota   -   onaning   ongi ,   ma ’ naviyati ,
bilimi ,  tarbiyalanganligi   muhim   ahamiyatga   egadir .
48 Aniq         bir         maqsadga         qaratilgan         tarbiyaning         samaradorligi         tarbiyachining   
qanday        metoddan        foydalanishiga        bog    ’   liq    .  
  Metod ,  ya ’ ni   usul   axborotni   uzatish   va   qabul   qilish   xarakteriga   qarab :
1. So’z orqali ifodalash usuli.
2. Ko’rgazmalilik usuli.
3. Amaliy namuna usuli.
4. Rag’batlantirish va jazo usullariga bo’linadi.
Bu metodlar o’z navbatida quyidagi guruhlarga bo’linadi.
Birinchi guruh   - so’z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish
orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga.
Ikkinchi guruh  - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko’rish
orqali tarbiyalash usullariga.
Uchinchi guruh   - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish,
o’rnak ko’rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko’rsatish.
To’rtinchi   guruh   -   yaxshi   bajarilgan   ishlarni   o’rtoqlari   oldida   ma’qullash,
minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma’naviy rag’batlantirish.
Jazo  - bu bolaning noto’g’ri qilgan ishiga o’zini iqror qildirish.
Tarbiya   jarayoniga,   milliy   ma’naviyatimizga,   mafkuraga   oid
tushunchalarni ko’rib chiqaylik: 
Tarbiya  - har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari
va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga berish jarayoni.
Tarbiyalanganlik  - jamiyatda qabul qilingan axloqiy  normalarga bo’ysunish
va o’zgalarning nafratini qo’zg’atadigan hatti harakatlardan o’zini tiya bilish.
Beruniy   insonning   kamolatga   yetishishida   ilmu   ma’rifat,   san’at   va
amaliyot   asosiy   rol   o’ynasada,   nasl   -   nasab,   ijtimoiy   muhit   va   turmush
qonuniyatlari   ham   katta     ahamiyatga   ega   ekanligini   ta’kidlaydi.   Uning   fikricha
inson kamolga yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo’lish va yuksak
axloqlilikdir.   Axloqlilikning   belgilari   yaxshilik,   to’g’rilik,   adolat,   kamtarlik,
saxovat,   oliyjanoblik,   do’stlik   va   hamkorlik,   mehnat,   poklik,   go’zallikka   intilish
kabilardir.
49 2.3.   Nazorat   topshiriqlari   va   mustaqil   ta’lim   yuzasidan   ko‘rsatmalar.
Keys topsh iriqlari
Mustaqil ishlash uchun  topshiriqlar .
1.   Mahallada   tarbiyaviy   ishlar     samaradorligini   oshirish   uchun     tavsiyalar
ishlab chiqing.
2. Masalani yeching: ota o’z o’g’lining yetuklik attestatini olishi va 16 yoshga
to’lishi munosabati bilan ziyofat berdi. O’g’lini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab
unga qadah uzatdi.Oila a’zolari  bu voqeaga quyidagicha munosabat bildirishdi:
dadasi:   «o’g’lim   muborak   yoshing   bilan   tabriklayman,   shu   munosabat   bilan
bir qadah ko’taraylik!»
Buvisi:   «jon   bolam,   spirtli   ichimliklarga   o’g’lingni   o’rgata   ko’rma,
ichkilikbozlikning oxiri voy bo’lishi mumkin».
Bobosi: «...mayli, otangning so’zi yerda qolmasin».
Oyisi:   «...o’g’lim,   otang   senga   qadahni   spirtli   ichimliklarning   qanchalik
zararli ekanligini bilishing yoki bilmasligingni sinab ko’rish uchun uzatdi». 
Savol:   Siz   oila   a’zolarining   bu   voqeaga   bo’lgan     munosabatlarini     qaysi
birini to’g’ri deb o’ylaysiz? 
3. Qo’yida amerikalik yozuvchi  Lengston   Xyuzning   «RAHMAT,   MEM!»
nomli hikoyasini o’qing.
                         RAHMAT,  MEM!
Kechqurun   soat   o’n   birlar,   qorong’i   tushgan.   Gavdali   ayol   katta   va   og’ir
sumkasini yelkasiga ortib ko’chada ketib bormoqda. To’satdan qorong’ulikdan bir
yigitcha paydo bo’ldi-yu, uning orqasidan kelib, sumkasini tortib olmoqchi bo’ldi.
Bolakay orqadan sumkani shunday kuch bilan tortdiki, uning qayishi uzilib, yerga
tushib ketdi. Lekin sumka shunchalik og’ir  , bolakay esa shunday  kichik ediki, u
muvozanatini   yo’qotib,   qochish   o’rniga,   oyoqlarini   osmonga   cho’zgancha,   orqasi
bilan   trotuarga     yiqilib   tushdi.   Barvasta   ayol   keskin   qayrilib,   bolaning   tor   jinsi
kiygan   orqasiga   tepdi.   Keyin   engashib   bolani   yelkasidan   ko’tardi   va   kuch   bilan
silkitdi. 
- Ey bolakay, sumkamni olib ber,- dedi ayol.
50 Bola sumkani olish uchun biroz oldinga qadam tashladi. 
- Senga uyat emasmi?
- Ha,   mem,-   deb   g’uldiradi   bola.  Ayol   uni   avvalgidek   yoqasidan   ushlab
turardi. 
- Nega bunday qilding?
- Men atayin qilganim yo’q. 
- Senga ishonib bo’pman. 
Ularning   yonidan     ikk-uch   kishi   o’tdi,   kimdir     ularga   qayrilib   qarab,   yana
yo’lida davom etdi, kimdir   to’xtab ularni tomosha qila boshladi. 
- Agar   seni   qo ’ yib   yuborsam -  qochib   ketasanmi ?
- Ha,  mem.
- Unda qo’yib yubormayman,- dedi ayol. 
- Xonim ,kechiring, -shivirladi bolakay.
- Aftingga     qara,   qanday   iflos.   Nima   uyingda   hech   kim   yuzingni   yuv
demaydimi?
- Hech kim yo’q,  mem.
- Endi   kimdir   bo’ladi.   Bugun   yuzing   ham   har   qachongidan   toza   bo’ladi,-
deb ayol bolani sudragancha ko’cha bo’ylab keta boshladi. 
Ko’rinishdan bola 14-15 yoshlarda, oriq, nimjon bo’lib, krossovka va jinsida
edi.
- Afsus ,   sen   mening   o ’ g ’ lim   emassan ,-   dedi   ayol .-   Bo ’ lmasam   ko ’ rsatib
qo ’ ygan   bo ’ lardim .   Menga   tegish   kerak   emasdi .   Endi -   qutila   olmaysan .   Missis
Luella   Beyts   Vashington   Jonsni   endi   uzoq   vaqt   unutmaysan . 
Bola   qo ’ ldan   chiqishga   harakat   qilardi .   Lekin   ayol   uni   qo ’ yib   yubormay ,
uyigacha   olib   keldi .   Bolani   xonasiga   itarib   olib   kirdi ,   dahliz   bo ’ ylab   tortib ,
oshxonaga   olib   o ’ tdi .  Ayol hamon uni qo’ltig’i ostidan ushlab turardi. 
- Isming nima?
- Rodjer,- javob berdi bola. 
- H ozir    borib   yuzingni   yuvasan .  Uqdingmi ?
Rodjer   eshikka   qaradi ,  so ’ ngra   ayolga ,  yana   eshikka ...  va   chanoqqa   bordi . 
51 - Meni   qamoqqa   olib   borasizmi ?-  deb   so ’ radi   bola ,  chanoqqa   engashib .
- Shunday iflos bashara bilan hech qayerga olib bormayman.  Kechki ovqat
tayyorlayman. Balki sen ham hali ovqat yemagandirsan?
- Uyimda hech kim yo’q,- javob berdi bola.
- Demak   unda   birga   ovqatlanamiz.   Sen   och   qolgadirsanki,   sumkamni
o’g’irlashga  qaror qilibsan. 
- Men  zamshadan tikilgan ko’k tufli olishni xohlagan edim,- dedi bola. 
Bola yuzini yuvib, artindi. Keyin nima qilsam ekan deb o’girildi. Eshik ochiq
edi. Dahlizga yugurib chiqish va qochib ketish mumkin.
Ayol o’rindiqda o’tirardi. 
- Men   ham   yoshligimda   ko ’ p   narsa   xohlar   edim ,-   deb   ayol   jim   bo ’ ldi .
Uzoq sukunat cho’kdi. . .
- Ha ,   men   ham   shunday   narsalar   qilganmanki ,   bu   haqda   gapirmaslik
ma ’ qul   o ’ g ’ lim .  Kim   bilan   bunaqa   ishlar   bo ’ lmaydi   deysan .   O ’ tir ,  men   hozir   biror
yegulik   tayyorlayman . 
X onaning   boshqa   chetida ,    to ’ siqning   ortida   gaz   plitasi   va   sovutgich   bor   edi .
Missis   Jons   o ’ rnidan   turib ,   har   daqiqada   qochib   ketishi   mumkin   bo ’ lgan   bolaga
ham ,  uning   yonida   turgan   sumkasiga   ham   e ’ tibor   bermay ,  to ’ siq   ortiga   o ’ tdi .   Biroq
bola   qochishni   o ’ ylamasdi .  Buning   ustiga   u   ayol   ko ’ z     qiri   bilan   kuzatishi   mumkin
bo ’ lgan   xonaning   uzoq   burchagiga ,   sumkadan   nariroqqa   o ’ tirdi .     U   ayol   unga
ishonishini   xohlardi .
  Ayol   sovutgichdan   yegulik   oldi ,   kakao   qaynatdi   va   stolga   qo ’ ydi .     U
boladan   qayerda   yashashini   ham ,   ota - onasini   ham ,   umuman   uni   noqulay     ahvolga
soladigan   hech   nimani     so ’ ramadi .     Bolaga   o ’ zi   to ’ grisida   gapirib   berdi ,
mehmonxonadagi   kechgacha   ochiq   turadigan   sartaroshxonada   ishlashini ,   unga
ko ’ proq   qanday   ayollar   kirishini   aytib   berdi .     Bolaga   ovqat   yeb   bo ’ lgach ,   pirog
kesib   berdi .   Ovqatlanib   bo ’ lgach ,  dasturxondan   turib ,  dedi :
-   Ma   ol ,   o ’ ntalik ,   o ’ zingga   zamshadan   tikilgan   ko ’ k   botinka   sotib   ol .
Bundan   keyin   birovlarning     narsasiga   ko ’ z   olaytirma .   Yodingda   bo ’ lsin :   harom
52   hamkorlik   asosida   pedagogik   munosabatlar   mohiyatini   o’zgartirish   demakdir.
O’qituvchi   o’quvchiga   avvalgidek   tarbiya   ob’ekti   emas,   xuddi   o’zi   kabi   sub’ekt
deb qarashi darkor. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish
uning   mohiyatini   va   mazmunini   qayta   tafakkur   etishni   ko’zda   tutadi.   Shaxsning
rivojlanishi va o’zligini anglashni ta’minlaydi.
Tarbiyada   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarning   ustuvorligi   qoidasi.
O’quvchilarni   Vatanimiz   qadriyatlari,   boy   madaniyati   bilan   tanishtirish,   madaniy
va   diniy   bilimlarini   egallashga   bo’lgan   talablarini   shakllantirish   malakalarini
oshirib,   tobora   boyitish,   estetik   tushunchalarni   shakllantirish   juda   muhim.
Xalqimizning   ko’p   asrlik   qadriyatlarini   ulkan   boy   va   madaniy   merosini   chuqur
bilmasdan, milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin
emas.   U   yaratgan   madaniy   boyliklar   yoshlar   tarbiyasida   muhim   vosita   bo’lib
xizmat   qiladi.   Buyuk   mutafakkirlarning   asarlari   orqali   o’kuvchilar   go’zal   axloq,
baxt, insof, poklik, mehr - shavqat, ota - onani hurmat qilish qoidalari haqida keng
tasavvurga ega bo’ladilar. Insoniylik - o’z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy
xususiyatlarini, do’stlik, ota - onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi
fazilatlarni   qamrab   oladi.   Shu   sababli   insondagi   eng   yaxshi   fazilatlar   avloddan   -
avlodga ko’chib kelgan.
Tarbiyada   izchillik,   tizimlilik,   tarbiyaviy   ta’sirlarning   uyg’unligi   va
uzluksizlik   qoidasi.
  Tarbiya   ishida   izchillik   juda   muhim.   Tarbiyachi   avvaliga
bolalardan  biror   narsani  talab  qilib,  so’ngra  o’zi   bu  talabni   unutib  qo’ysa,   bu  hol
tarbiyaga yomon ta’sir qiladi. O’qituvchi subutli, o’z lafziga sobit bo’lmog’i kerak.
O’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda izchillikka rioya qilish  va bir xil talab
qo’yish   muvaffaqiyat   qozonishning   eng   muhim   shartlaridan   biridir.  Tarbiya   uzoq
davom   etadigan   jarayon,   unda   ota   -   ona,   o’qituvchi,   jamoatchilik   qatnashadilar.
Shu   sababli   ularning   ishida   izchillik   va   davomiylik   bo’lishiga   rioya   qilish   kerak.
Bu   qoida   tarbiyani   amalga   oshiradigan   barcha   bo’g’inlarni   (oila,   maktab,
o’quvchilar   jamoasi,   maktabdan   tashqari   tarbiya   muassasalari,   keng
jamoatchilikni) birgalikda ish ko’rinishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat
yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak.
55 Bola o’qishni, tarbiya olishni ulg’ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni
xohlaydi.   Pedagog   uni   qay   usulda,   qanday   munosabatlar   sharoitida,   qanday
pedagogik   jarayonda   tarbiyalash   lozimligini   bilishi   kerak,   shu   bilan   birga   bola
o’zini o’zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim. 
Adolat   -     hayotiy   masalalarni   axloqiy   va   huquqiy   normalarni   rioya   etgan
holda hal etishdir.
Adolat tushunchasi bilan bog’liq jihatlar juda keng qamrovli bo’lib, adolatli
inson,   adolatli   jamiyat   kabi   tushunchalar   shunday   jihatlar   jumlasiga   kiradi.
Adolatparvarlik tushunchasi esa adolat tamoyili amal qilgan holda ish olib borish,
yo’l tutish, faoliyat yuritish demakdir. Prezidentimiz   I.A.Karimov   "O’z
kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz" (199 yil, 13 fevral) mavzusidagi
"Turkiston"   gazetasi   muxbirining   savollariga   javoblari   biz   uchun   dasturilamal
bo’ldi.
 Vatan,   millat   taqdiri   hal   bo’ladigan   qaltis   vaziyatda   to’g’ri   yo’lni   tanlash
uchun avvalo tarixni yaxshi bilish, hayotning achchiq- chuchugini bilish kerak.
 Adolat biz qurayotgan jamiyatning mezoni bo’lmog’i darkor.
 Endi,   eski   jamiyatni   inkor   qilish   yoki   ma’qullash   kayfiyatidan   voz   kechib,
bunyodkorlik kayfiyatiga o’tish kerak.
 Millat, davlat, jamiyat  taqdiri hal bo’layotgan pallada o’zligimizni  anglash,
ma’naviy ildizlarimizni unutmaslik.
 Insonlar   tafakkurini   boyitish,   uni   yangi   ma’no   va   mazmun   bilan   to’ldirish
lozim.
Mamlakatimizning   huquqiy   demokratik   davlat   qurish   jarayonida
o’tmishimizning   hali   o’rganilmagan   sahifalarini   tadqiq   etish,   davlat   va   siyosiy
arboblarimiz   nomlarini   xalqimizga   qaytarish,   huquqiy   qadriyatlarimizni   tiklashga
alohida   e’tibor   berilmoqda.   «   Biz   uchun   mustaqillik-eng   avvalo,   o’z   taqdirimizni
qo’limizga   olish,   o’zligimizni   anglash,   milliy   qadriyatlarni,   urf-odatlarni   tiklash,
mu’tabar shu zaminda, tinchlik-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir».
Shu   nuqtai   nazardan,   yoshlarda   ijtimoiy   adolat   haqidagi   tushunchalarni
shakllantirish ijtimoiy adolat mavzui doirasida muhim ahamiyat kasb etadi.
56 Ma’lumki,   «adolat»   keng   qamrovli   tushuncha   sifatida   ijtimoiy
munosabatlarning   barcha   jabhalarini   qamrab   oladi.   «   Adolat,   axloq   va   huquq
kategoriyasi   sifatida   axloqiy-huquqiy   munosabatlarni   nazorat   qilib   turuvchi,
odamlarning   faoliyatiga   baho   beruvchi   zaruriy   o’lchovdir»,-deb   yozadi   F.
Nizomov. 
Har qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish
darajasi   belgilanadi.   Tarixga   nazar   tashlasak,   turli   jamiyatlarda   adolat   nizomi
yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo’lamiz.
Istiqlol   sharofati   bilan   ko’plab   ajdodlarimizning   ilmiy   merosi   va   ularda
ilgari surilgan adolat to’g’risidagi g’oyalar atroflicha o’rganish zamon talabi bo’lib
qolmoqda.  Ayniqsa   ,   O’zbekiston   Respublikasida   chuqur   huquqiy   bilimlarga   ega,
sotsiomadaniy   darajasi   rivojlangan,   amaliy   ko’nikma-malakalarni   egallagan,
raqobatbardosh   kadrlar   talab   qilinadi.   Shu   sababli   yoshlarda   ijtimoiy   adolat
to’g’risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish lozim. Kelajakda
mutaxassis  bo’lib  yetishuvchi  kadrlar,  bugungi  kun  uzluksiz   ta’lim  qatnashchilari
huquqiy   davlat   muammolarini   to’g’ri   baholay   oladigan,       chuqur   huquqiy
bilimlarga   ega,   ijtimoiy   hayot   sohalari   ichki   qonuniyatlari   to’g’risidagi
tushunchalarni   egallab   borishlari   zarur.   Hozirgi   zamon   talablaridan   kelib   chiqqan
holda   yoshlar   rivojlanayotgan   huquqiy   demokratik   davlatdagi   ijtimoiy   sohadagi
islohatlar,   ahloqiy-huquqiy   munosabatlar   kabi   masalalarga   alohida   e’tibor
berishlari lozim.
Mazkur   tushunchalarni   shakllantirishda   uzluksiz   ta’lim   tizimi   shaxsning
ijtimoiy   munosabatlarga   kirishishida   asosiy   bo’g’in   bo’lib   hisoblanadi.
Hayotda   adolat   me’yorlariga   rioya   etish   ijtimoiy-axloqiy,   ma’naviy-ruhiy
jarayondir. 
Xuquqiy   tarbiya   muammolari   va   ularni   ta’lim-tarbiya   jarayoniga   tadbiq
qilish muammolariga bag’ishlab ilmiy izlanish olib borgan olimlar: A. Saidov,   B.
Karimov, I. Ergashev, A. Begmatov qarashlari qimmatli ahamiyatga molikdir. 
Ma’lumki,   inson   jamiyatda   erishishi   mumkin   bo’lgan   narsalar-mulk,
daromad,   ijtimoiy   maqom,   hokimiyat,   huquqlar   insonlararo   munosabatlaridagi
57 adolatga   bog’liq.   Moddiy   ne’matlar   va   xizmat   turlari,   ijtimoiy   (obro’,   hurmat-
ehtirom),siyosiy   ne’matlar   (   siyosiy   erkinliklar,   shaxs   huquqi),   sog’liqni   saqlash
kishilarning   ijtimoiy   ahvoli   kabi   sohalarda   odamlar   adolat   muammolariga   katta
e’tibor   beradilar. Mutafakkir   Shahobiddin Am’aqi  odil   shoh  g’oyasini  ilgari  surar
ekan, ayni paytda hukmdorga adolat me’yorlariga rioya qilish lozimligini o’qtiradi.
Jamiyatdagi   mavjud   sotsial   guruhlar,   sinflar,   tabaqalarga   nisbatan   moddiy
ma’naviy   ne’matlarni   ulashishiga   «chun   xurshed   meboyat   zist»,   ya’ni   quyosh
singari   barchaga   baravar,   barchani   birday   ko’rib,   adolat   yuzasidan   taqsimlash
lozimligini   ta’kidlaydi.   Alloma   o’z   madhiyalarida   ilm   ahli,   ziyolilar   dehqon,
hunarmand   xizmatchilariga   alohida   ahamiyat   qaratish,   jamiyat   barqarorligi   va
taraqqiyot   yo’lida   qilayotgan   mehnatlarini   qadrlash   kerakligini   aytib,   o’z
faoliyatida ham shunga erishishga intiladi.
«Mutafakkir   Am’aqi   Buxoriy   adolat-Ollohning   benazir   inoyatidir,   undan
barchani   bahramand   qiling-degan   g’oyani   ilgari   surgan.   Bu   borada   mashvarat
(kengash)ga   alohida   ahamiyat   berib,   jamiyatni   adolatli   bojarishda   uning   vazifasi
muhim   ekanligiga   e’tibor   qaratadi».   Bu   bilan   davlatning   kuch   qudrati   faqatgina
iqtisodiy   imkoniyatlar,   kuchli   qushin,   mirshab   va   qozilarga   emas,   balki   adolat
tamoyilining   amal   qilishga   hamda   uning   amaliy   faoliyatiga   ham   bog’liqligini
ko’rsatib beradi.
Tarbiya   jarayonida   o’qituvchi,   tarbiyachilarning   asosiy   vazifasi   ta’lim   -
tarbiya   berish,   o’kuvchilar   bilim,   ko’nikma   malakalarini   muttasil   oshirib   borish,
ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan
iboratdir.
O’zbekiston   hududi   qadimdan   turli   dinlarga   e’tiqod   qiluvchi   ko’p   millatli
mamlakat sifatida ajralib turgan. Yurtimizda zardushtiylik, yahudiylik, xrisitianlik
va   islom   diniga   e’tiqod   qiluvchi   aholi   emin   erkin   yashab   kelgan.   Tarixiy
manbalarda   ta’kidlanishicha,   yurtimiz   hududida   diniy   sabab   boisbirorta   nizolar
bo’lmaganligi   xalqimizning   diniy   bag`rikenglik   borasida   katta   tajriba
to’plaganidan dalolat beradi. Tarixiy sharoit, jarayonlar bu zaminda tom ma’nodagi
58 bag`rikenglik   tamoyillarining   barqaror   shakllanganligi,   uning   natijasida   tinch,
osuda hayot, ilmiy ma’rifiy yuksalish, taraqqiyot ta’minlanganligini ko’rsatadi.
Diyorimizdan etishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy bag`rikeng -
lik targ`ib qilingan g`oyalarni uchratamiz. Jumladan, alloma Abu Mansur al-Motu-
rudiyning “Tilovat ahli sunna” asarida Qur’oni karim oyatlaridan birini tafsir etib,
“Cherkov va sinogoglarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham musulmon
o’lkalarda shu davrgacha ular saqlanib qolgan. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof
yo’qdir”,   degan   fikrni   bildirgan.   XV   asr   boshlarida   Temur   saroyida   bo’lgan
Kastiliya elchisining guvohlik berishicha, Temur Samarqandda turli din vakillarini
yig`adi, ularga iltifot ko’rsatadi hamda xristian diniga e’tiqod qiluvchi mehmonlar-
ning turli  ehtiyojlarini   bajarish  uchun alohida  mas’ul   shaxs  tayinlaydi.  Ular  bilan
do’stona   aloqalarni   mustahkamlashni   tayinlaydi.   Bugungi   kunda   ham   xalqlar   va
dinlar   orasidagi   bag`rikenglik,   tolerantlik   g`oyasi   dunyoning   eng   dolzarb   muam-
molaridan biridir. Shu munosabat bilan YuNESKO 195 yil Parijda “Bag`rikenglik
tamoyillari deklarastiyasi”ni qabul qildi. Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan
esa har yilning 16 noyabr sanasi “Bag`rikenglik kuni” deb e’lon qilindi. Ma’lumki,
diniy bag`rikenglik qoyasi – xilma hil dinga e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir
zamin,   bir   vatanda   olijanob   g`oya   va   niyatlar   yo’lida   hamkor   va   xamjixat   bo’lib
yashashni   anglatadi.   Qadim   –   qadimdan   din   aksariyat   milliy   qadriyatlarni   o’zida
mujassam   etib   keladi.   Milliy   qadriyatlarning   asrlar   osha   bezavol   yashab   kelayot -
gani   ham   dinning   ana   shu   tabiati   bilan   bog`liq.   Chunki,   dunyodagi   dinlarning
barchasi   ezgulik   g`oyalariga   asoslanadi,   yaxshilik,   tinchlik,   do’stlik   kabi   fazilat-
larga   tayanadi.   Odamlarni   halollik,   poklik,   mehr   –   oqibat   va   bag`rikenglikka
chorlaydi. 
Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan
O’zbekistonda   turli   din,   millat   va   elat   vakillari   farovon   yashashi   uchun   qulay
sharoitlar   yaratilgan   bo’lib,   islom,   xristianlik,   yahudiylik,   bahoi   jamoalari   va
krishnani   anglash   jamiyati,   bular   bilan   birgalikda   ularning   turli   oqimlari   va
yo’nalishlari vakillari tinch, osoyishta va farovon hayot kechirib kelmoqda.
59 Mustaqillik   sharoitida   etnik   munosobatlar   va   din   sohasida   olib   borilayotgan
izchil   va   qat’iy   siyosat   tufayli   mamlakatimizda   millatlararo   totuvlik   va
konfessiyalararo   hamkorlik   qaror   topdi.   Konstitustiyamizda   «O’zbekiston
Respublikasida   barcha   fuqarolar   bir   xil   huquq   va   erkinliklarga   ega   bo’lib,   jinsi,
irqi,   millati,   dini,   ijtimoiy   kelib   chiqishi,   e’tiqodi,   shaxsi   va   ijtimoiy   mavqeidan
qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar», - degan tamoyilning mustahkamlab qo’yilishi
esa,   bu   boradagi   ishlarning   qonuniy   asosi   bo’lib   xizmat   qilmoqda.
Milliy   qadriyatlar   tolerantlikni   rivojlantirishda   muhim   o’rin   tutadi.   Tolerantlik-
o’zligini   anglagan   millat   vakillarining   boshqa   millat   vakillari   tomonidan
kamsitilishiga   yo’l   qo’ymaslik,   ular   bilan   tinch,   farovon   hayot   kechirishidir.
Tolerantlik tuyg`usi insonning xulq atvori, odob axloqi, siyosiy – ma’naviy pokligi,
o’z   xalqi   va   milliy   merosi   boyligi   hamda   milliy   qadriyatlarga   bo’lgan
munosabatini   belgilab   beradi.   Bu   xususiyatlar   esa   har   bir   insonda   bag`rikenglik,
baynalmilallik   tuyg`ularini   uyg`otadi.   Bugungi   kunda   respublikamiz   bo’yicha
faoliyat   ko’rsatayotgan   2224   ta   diniy   tashkilotdan   175   tasi   noislomiy   bo’lib,
ulardan 159 tasi nasroniy, 8 tasi yahudiylar, 6 tasi bahoiy jamoasi, 1 tasi Krishnani
anglash   jamiyati   va   1   tasi   buddaviylikni   tashkil   etadi.   Bulardan   tashqari
Respublikada Konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
O’zbekistonda   nasroniylikning   uch   yirik   yo’nalishi   pravoslav,   katolik   va
protestantlik   yo’nalishlariga   oid   diniy   tashkilotlar   mavjud.   Shuningdek,
nasroniylikda   o’z   yo’nalishiga   ega   bo’lgan   Arman   Apostollik   cherkovi   ham
faoliyat   ko’rsatmoqda.   O’zbekistonda   tom   ma’noda   diniy   bag`rikenglikning
yuksak   an’analariga   amal   qilinayotgani   jahon   xamjamiyati   tomonidan   e’tirof
etilmoqda.  
                    Prezidentimiz   ta’biri   bilan   aytganda,   “Bugun   mana   shunday   xavfli   –
tahlikali,   o’ta   notinch   bir   davrda   jahon   moliyaviy   inqirozi   hali   –   beri   davom
etayotgan   bir   paytda   el-yurtimiz   nimaiki   natijalarni   qo’lga   kiritmasin,   bularning
barchasi   yurtimizda   tobora   mustahkam   bo’lib   borayotgan   tinchlik   va   osudalik,
millatlar,   dinlar   va   fuqarolararo   totuvlik   va   ahillik,   bir   –   birimizga   hurmat   va
ehtirom hisobidan desak, o’ylaymanki, hech qanday xato bo’lmaydi”. Darhaqiqat,
60 har   bir   inson,   jamiyat   va     millatlar   bashariyatning   turli   tuman   urf   odatlari,
madaniyati   va   qadriyatlarini   tan   olgan   holda   bag`rikenglik   munosabatida
bo’lishlari zarur. Zero, bu taraqqiyot garovidir.    
Talaba-yoshlarga   diniy   bag‘rikenglikka   oid   zaruriy   bilimlarni   berish,   din,
dunyoviy   davlat,   sekulyar   siyosat,   vijdon   va   e’tiqod   haqida,   turli   dinlar   tarixi,
milliy va diniy qadriyatlar rivojining tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy
qadriyatlar   ila   uyg‘unligi,   bu   qadriyatlarning   hozirgi   mustaqil   O‘zbekiston
sharoitidagi  ahamiyatini  yanada aniqroq yoritib berib, diniy va milliy qadriyatlar,
diniy   marosimlar,   diniy   belgilar,   diniy   qiyofa,   dinlararo   hamjihatlik,   tarixiy
obidalar   ziyorati   kabi   fazilatlarni,   talabalarda   dinga   nisbatan   to‘g‘ri   yondashuvni
shakllantirish   va   jamiyat   uchun   yuksak   ma’naviyatli   kadrlarni   tarbiyalashdan
iborat. Shuningdek, diniy bag‘rikenglik borasida birlamchi tasavvur va tushuncha-
larni shakllantirish, diniy va dunyoviy e’tiqodning o‘ziga xos ko‘rinishlari haqidagi
bilimlarini   mustahkamlash,   vijdon   va   e’tiqod   mutanosibligini   ko‘rsatish   uchun
uning avvalgi xolati erkinligining milliylik xususiyatlari, huquqiy asoslari, diniy va
dunyoviy   asoslari   haqida   malaka   va   ko‘nikmalarni   shakllantirish   va   ularni
takomillashtirish.
YOsh avlodi tarbiyalashda qo’yilgan vazifalar:
   yoshlar   ongiga   dinlararo,   millatlararo   totuvlik,   diniy   xayrixohlik   va
bag‘rikenglik   jamiyat   taraqqiyotidagi   eng   asosiy   omillardan   biri   ekanligini
singdirish;
 Respublikamizdagi   mavjud   dinlarning   o‘zaro   munosabatlari   hamkorlik,
hamdo‘stlik va teng huquqlilik asosida amalga oshirilishini tushuntirish;
 dinlar ta’limotidagi bag‘rikenglik tamoyillarini ko‘rsatib berish;
 dinning axloq-odob va qadriyatlar majmui ekanini tushuntirish;
   talabalarga fan va dinning jamiyatdagi vazifalari va ular orasidagi o‘zaro
farqli hamda mushtarak jihatlarni ko‘rsatish;
 diniy bag‘rikenglik yuksak insoniy fazilat ekanligini anglatish;
   diniy bag‘rikenglik madaniyatini belgilovchi omillar;
   ruhiy poklikka oid fazilatlar;
61   diniy qadriyatlarni hurmat qilishga oid fazilatlar;
   dinlararo bag‘rikenglikka oid fazilatlarni singdirish ;
   diniy   munosabatlarda   o‘zbeklarga   xos   diniy   bag‘rikenglikning   ildizlari
haqida tahliliy ma’lumotlar berish;
     o‘zbek   xalqi   mentalitetidagi   diniy   bag‘rikenglikka   xos   xususiyatlarni
keng yoritib berish;
       dinlararo,   millatlararo   totuvlik,   diniy   xayrixohlik   va   bag‘rikenglik
jamiyat taraqqiyotidagi eng asosiy omillardan biri ekanligini anglatish;
     istiqlol   yillarida   mamlakatimizda   dinlararo   bag‘rikenglik   siyosatining
dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘yilishi haqidagi masalalarni yoshlar ongiga
singdirish;
     yoshlarda diniy va dunyoviy davlat, diniy va dunyoviy bilimlar zarurligi,
vijdon va e’tiqod masalalarida munozaraga kirisha olish malakasini shakllantirish.
1-кейс топшириғи.  Қуйида берилган мавзуларга мос ҳадисларни топинг
ва мазмунини ёритиб беринг.
1) она-онани эъзозлаш;
2) етим-есирлар, эҳтиёжманд кишиларга ёрдам кўрсатиш;
3) нафсни тийиш;
4) ҳалоллик, поклик, ростгўйлик;
5) сабр-бардошлилик, чидамлилик;
6) оилапарварлик;
7) бунёдкорлик.
2 - кейс топшириғи.  Қуйидаги фикрларни давом эттиринг.
1. Тангри сахийдир.......................................................................................
2. Имонли одам.............................................................................................
3. Сабр ва бардош Тангридан……….............................................................
4. Мўмин кишида қуйидаги икки хислат бўлмаслиги керак.....................
5. Кураш тушиб йиқитган эмас, балки .......................................................
6. Кишидаги энг ёмон хислат........................................................................
7. Имоннинг афзали.......................................................................................
62 3-кейс   топшириғи.   “Фозил   одамлар   шаҳри”га   хаёлий   экскурсия
уюштиринг,   Экскурсия   давомида   қуйидаги   жиҳатларни   ўрганишга   эътибор
қаратинг:
1. Шаҳар атрофи ва кўриниши. 
2. Шаҳарнинг тозалиги ва озодалиги.
3. Шаҳар одамларининг кийиниши ва ўзини тутиши.
4. Шаҳар одамларининг бир-бирларига муносабати.
5. Шаҳар одамларида мавжуд фазилатлар мажмуи.
4-кейс   топшириғи.   Қуйида   икки   қисмли   кундалик   тақдим   этилган
бўлиб, унинг биринчи қисмида Аҳмад Яссавийнинг ҳикматларидан мисоллар
берилган,   иккинчи   қисмида   эса,   ҳар   бир   ҳикматнинг   мазмунига   доир   ўз
муносабатингизни ёзинг.
Нафсдан   кечиб   қаноатни   пеша
қилғон,
Ҳар   не   топса,   рози   бўлиб,   бўйин
сунғон,
Яхшиларга хизмат қилиб, дуо олғон,
Андоқ   ошиқ   машхар   куни   армони
йўқ
Нафс   йўлига   кирган   киши   расво
бўлур,
Йўлдан   озиб,   тойиб,   тўзиб,   гумро
бўлур
Хайру сано қилғонлар, етим кўнглин
олғонлар,
Чаҳор   ёрлар   ҳамроҳи,   кавсар
лабинда кўрдим
Андоғ   олим   жойини   дорусссаломда
кўрдим.
63 Муфти бўлғон олимлар, ноҳақ фатво
берғонлар,
Андоғ   муфти   жойини   сирот
кўфругда кўрдим.
Оқил   эрсанг,   эранларга   хизмат
қилғил,
Амру   маруф   қилғонларни   иззат
қилғил
Xulosa
Xalqimiz   ijtimoiy   va   etnik   hamkorlik,   dinlararo   bag'rikenglik   borasida   katta
tajribaga   ega.   Diniy   e'tiqod   va   etnik   jihatdan   turli-tuman   xalqlar   tashqi
dushmanlardan   birgalikda   himoyalanganligi,   katta-katta   irrigatsiya   inshootlari   va
me'moriy   obidalarni   birgalikda   bunyod   qilganliklari   tarixdan   ma'lum.
Mamlakatimiz   Prezidenti   Islom   Karimov   ijtimoiy   hamkorlikning   tarixiy   ildizi,
tabiiy-iqtisodiy omillari haqida shunday yozadi: «Bu zaminda istiqomat qiladigan
xalqlarning tarqoq bo'lib yashashga imkoni yo'q edi. Tabiatning o'zi, hayotning o'zi
64 ularni   shu   ruhda   tarbiyalagan.   Jamuljam   bo'lib   yashash   tuyg'usi   biz   uchun   hayot
qoidasiga aylanib ketgan.»
Millatlararo totuvlik g’oyasi – mumubashariy qadriyat  bo’lib, turli xil xalqlar
birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi,
shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi. 
Bugungi   kunda   Er   yuzida   6   milliardan   ziyod   aqoli   mavjud.   O’zbekiston
qududida esa 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashamoqda.
Har   bir   millat   yaratganning   mo’'jizasidir.   Jaqon   dinlarining   muqaddas
kitoblarida qayd  etilishicha, Olloh asli  insonni  bir  ota, bir  onadan yaratgan, lekin
ular   bir   –   biri   bian   muloqot   qilishi,   tanshishi   uchun   millatlarga   bo’lib   qo’ygan.
Davlatlar bu borada ko’pmillatli (polietnik) va birmillatli (monoetnik) tarkibga ega
o’bilb,   qar   biri   o’ziga   xosligi   bilan   bir   –   biridan   farq   qiladi.   qar   bir   mamlakatda
turli   millat   vakillarining   mavjudligi   azal   –   azaldan   unga   o’ziga   xos   tabiiy   rang   –
baranglik baxsh etib kelgan. qar bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o’z
qadriyatlari qam bor. Umumiy qadriyat va xususiy manfaatlar bir – biriga zid kelib
qolishi yoki uyqun bo’lishi mumkin. bunda muayyan mamlakatdagi milliy siyosat
muqim aqamiyatga ega bo’ladi.
O’zbekiston   kabi   polietnik   mamlakatda   turli   millatlar   manfaatlarini
uyqunlashtirish,   ular   orasida   totuvlikni   ta'minlash   taraqqiyotning   qal   qiluvchi
omillaridan   biri   qisoblanadi.   Zero,   millatning   istiqboli   boshqa   xalqlar   va
mamlakatlarning   taraqqiyoti,   butun   jaqondagi   vaziyat   va   imkoniyatlar   bilan   qam
boqliqdir.   Xalqimizning   “qo’shning   tinch   –   sen   tinch”   degan   maqolida   ana   shu
qaqiqat nazarda tutilgan. Butun dunyoda, birinchi navbatda, qo’shni mamlakatlarda
yonma   –   yon   yashayotgan   etnoslar   orasida   tinchlik,   osoyishtalik,   barqarorlik,
qamjiqatlik, teng ququqli munosabat bo’lmasa, ulardan   qech biri o’zining porloq
istiqbolini ta'minlay olmaydi.
Millatlararo   totuvlik   g’oyasi   ana   shu   masalani   to’qri   qal   qilishga   yordam
beradi.   Bu   g’oya   –   bir   jamiyatda   yashab,   yagona   maqsad   yo’lida   meqnat
qilayotgan   turli   millat   va   elatlarga   mansub   kishilar   o’rtasidagi   o’zaro   qurmat,
do’stlik va  qamjiqatlikning ma'naviy asosidir. Bu g’oya – qar bir millat vakilining
65 iste'dodi   va   saloqiyatini   to’la   ro’yoyuga   chiqarish   uchun   sharoit   yaratadi   va   uni
Vatan   ravnaqi,   yurt   tinchligi,   xalq   farovonligi   kabi   ezgu   maqsadlar   sari   safarbar
etadi.
Mamlakatimizda ushbu g’oyani amalga oshirishga katta e'tibor berilmoqda.
Prezidentimiz   Islom   Karimov   O’zbekistonning   bu   boradagi   o’ziga   xos
siyosatini   bayon   etib,   quyidagicha   ta'kidlangan:   “Respublika   aqolisi   o’rtasida
ko’pchilikni   tashkil    qiladigan  o’zbek  millatining muqaddas  burchi   ona tilini, o’z
milliy   madaniyati   vatarixini   tiklashdangina   iborat   emas,   balki   birgalikda   qayot
kechiruvchi   kam   sonli   xalqlarning   taqdiri   uchun,   ularning   o’iga   xos   madaniy   –
ma'naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o’zligini namoyon
etishi   uchun   ularga   teng   sharoit   va   imkoniyatlar   yaratib   berish   borasida   mas'ul
bo’lishdan   qam   iboratdir”.   Bunday   muqit   millatlararo   munosabatlarda   turli
muammolar  tuqilishiga aslo yo’l qo’ymaydi  va Vatan ravnaqi, yurt  tinchligi, xalq
farovonligi   kabi   umummilliy   g’oyalarni   qamkor   va   qamjiqat   bo’lib   amalga
oshirishda muqim aqamiyat kasb etadi.
Necha   ming   yillik   tariximiz   shundan   guvoqlik   bermoqdaki,   olijanoblik   va
insonparvarlik,   millatlararo   totuvlikka   intilish   xalqimizning   eng   yuksak
fazilatlaridan   qisoblanadi.   Bu   boradagi   an'analar   avloddan   –   avlodga   avaylab
o’tkazib kelinmoqda.
Mustaqillik  yillarida  millatalararo  totuvlik g’oyasi   ilgari   surilgani  va  amalda
unga   erishilgani   O’zbekiston   rivojida   qo’lga   kiritilgan   eng   katta   yutuqlardan
biridir.   Mamlakatimiz   raxbariyati   milliy   masalani   oqilona,   xalqaro   tamoyillarga
mos   yo’l   bilan   echish,   millatalararo   munosabatlarni   uyqunlashtirish   chora   –
tadbirlarini   ko’rdi.   Bu   borada   konstitutsiyaviy   talablar   asosilda   ish   tutildi.
Yurtimizning ko’pmillatli xalqi ongida “O’zbekiston – yagona Vatan” degan g’oya
asosida   haqiqiy   vatandoshlik   tuyqusini   shakllantirish   bu   boradagi   ishlarning
muqim yo’nalishiga aylandi.
66 Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A.Karimov Yuksak ma'naviyat- engilmas kuch. T.”Ma'naviyat”2008.
2.Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l  – demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo
bilan xamkorlik yo’li. 11 jild. – T.O’zbekiston. 2003.
3.Karimov   I.A.   Vatan   ravnaqi   uchun   xar   birimiz   mas'uldirmiz.   9   jild.   –   T.,
O’zbekiston, 2001.
67 4.Karimov   I.A.   Jamiyatimiz   mafkurasi   xalqni   –   xalq,   millatni   –   millat
qilishga xizmat etsinlar G`G` “Tafakkur” jurnali. 198 y.
5.Karimov I.A. “Xushyorlikka da'vat”  T. O’zbekiston    199 y.
6.Karimov I.A. Olloq qalbimizda – yuragimizda T., O’zbekiston, 199 y.
7.Karimov I.A. Milliy   istiqlol  mafkurasi  – xalq e'tiqodi  va buyuk kelajakka
ishonchdir. “Fidokor” gazetasi, 2000 yil, 8 iyun.
8.Milliy   istiqlol   g’oyasi:   asosiy   xususiyatlari,   falsafiy   va   tarixiy   ildizlari.
Mas'ul muharrir E.Nazarov, Toshkent – 2001.
9.G’oya va mafkura. Mas'ul muharrir E.Nazarov. Toshkent – 2001.
10. Milliy   istiqlol   g’oyasi:   asosiy   tushuncha   va   tamoyillar.   Mas'ul   muharrir
E.Nazarov. Toshkent – 2001 y.
11.   E.Nazarov.   Milliy   istiqlol   g’oyasining   asosiy   maqsad   va   vazifalari.
Toshkent 2001
12. Педагогика   назарияси   ва   тарихи.   Педагогика   назарияси.   1-қисм   /
Олий   ўқув   юртлари   учун   дарслик.   М.Х.Тохтаходжаеванинг   умумий   таҳрири
остида. – Тошкент: “Иқтисод-молия”, 2007. 
13.Pеdаgogikа.   M.H.Tohtаhodjаеvа,   S.Nishanova,   J.Hasanboev   v.b.
(M.H.Tohtаhodjаеvаning   umumiy   tаhriri   ostidа.).   –T.:   O’zbеkiston   faylasuflari
milliy jamiyati, 2010.-400 b.
14.Pеdаgogikа   (Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi).   Oliy   o’quv   yurtlari   uchun
darslik. J.Hasanboev v.b, O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.:  Noshir,
2011.- 456 b.
15 . Мавлонова   Р.,   Тўраева   О,   Ҳолиқбердиев   К.   Педагогика   /   Касб-ҳунар
коллежлари учун дарслик. Иккинчи нашр. – Тошкент: Ўқитувчи, 2001.
Hashimov   K.,   Nishonova   S.   Pedagogika   tarixi   /   Дарслик.   –   Tошкент:
“Istiqlol” нашриёти, 2005.
16.Mavlonova R.  Pеdаgоgikа.  -T. “O`qituvchi”, 2007 y.
17. Pedagogik   texnologiyalar   va   pedagogik   mahorat.   Дарслик.   Н.Т.Омонов,
Н.Х.Хожаев,   С.А.Мадиярова,   Е.И.Эшкулов.   Т.:   “IQTISOD-MOLIYA”,   2009,
240 бет.
68 18.   Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. – T.:    “IQTISOD-MOLIYA”,
2011.- 425 b.
19. K.X.Hashimov,   S.Nishonova.   Pedagogika   tarixi.   –   T.:   Alisher   Navoiy
nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi. 2005
20. О. Ҳасанбоева, Ж, Ҳасанбоев, Ҳ. Ҳомидов. Педагогика тарихи. Т.197
й. 
21.Sh.Abdullayeva,   D.Axatova,   B.Sobirov,S.Sayitov.Pedagogika.   Ekspress-
ma’lumotnoma.T., “Fan”,2005 yil
22. A.Zunnunov, U. Mahkamov. Didaktika. – T.: “Sharq”, 2006.
INTЕRNЕT SAYTLAR
1.www.bilim.uz.
2.www.edu.uz  - Вазирлик сайти 
3.    www.ziyo.edu.uz     - Вазирлик сайти
4.    www.performance.edu.uz     - Вазирлик сайти
5.    www.tseu.fan.uz     - ТДИУ сайти
6.    www.tseu.uz     - ТДИУ сайти 
7. http://www.edustorng.ru/main/book/pedagogtechno.htm
8. http://dl.nw.ru/theories/technologies
9. www.gov.uz
10. www.ziyonet.uz
11. www.istedod.uz
12. www.tdpu.uz  
13. www.pedagog.uz
14. www.google.co.uz
69

‘’BA RKA MOL SHA X S TA RBIYA SIDA BAG’RIKEN GLIK TA MOY ILLA RIDAN FOY DA LA N ISH YO’LLA RI’’ mav zusidagi BITIRUV MALA KAVIY ISHI 3

BITI RUV MA LA KAVIY ISHIN IN G MUN DA RIJ A SI I. BARKAMOL SHAXS TARBIYASIDA BAG’RIKENGLIK TAMOYILLARIDAN FOYDALANISH YO’LLARI. 1.1. Millatlararo totuvlik tinchlik va osoyishtalikning mustahkam asosidir. 1.2. Tarbiya jarayonida bag’rikenglik tamoyillaridan foydalanish yo’llari. II . BOB. BARKAMOL SHAXS TARBIYASIDA BAG’RIKENGLIK TAMOYILLARI MAVZUSINING ELEKTRON O‘QUV MODULI ISHLANMASI 2 .1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi (Sillabus) . 2.2. Ma’ruza matni . 2.3. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar. Keys topshiriqlari. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 4

Men Abdulla Avloniyning: «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot , yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir»,- degan fikrini ko’p mushohada qilaman. Buyuk ma`rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarbdir. Islom Karimov KIRISH Bugungi kunda pedagogik kadrlarning kasbiy bilim va kompetentligiga davr nuqtayi nazaridan yangi talablar qo’yilmoqda. Shiddat bilan rivojlanayotgan fan, ta’lim va texnologiyalar davrida biz pedagoglar ham shu davr nafasi bilan yashamog’imiz lozim. Barcha oliy o’quv yurti muassasalari professor-o’qituvchilari kabi men ham malaka oshirishga kelishda quyidagi maqsadlarni qo’yib keldim: 1. Globallashuv jarayonida pedagogika sohasiga yangiliklar bilish, o’rganish. 2. Davlat ta’lim standartlari, namunaviy o’quv dasturlar va ishchi o’quv dasturlari orasidagi mutanosibliklar vq ularning takomillashtirish yo’llarini o’rganish. 3. O’qituvchining axborot maydoni, portfoliyosi tuzish bo’yicha ko’nikma va malakalarini egallash. 4. Talabalarning mustaqil ta’lim ishlarini tashkil etish va boshqarishga innovatsion yondoshuvlarni o’rganish. 5. Professor-o’qituvchining vaqt byudjeti masalalari, uning ijtimoiy himoyasi, kasbiy presstiji va obro’si haqidagi ma’lumotlarni boyitish . 6. Darsliklarga qo’yiladigan so’nggi talablar va ularni nashr ettirish masalalarini takomillashtirish. 5

7. Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish maummo va echimlari bo’yicha yangiliklarni o’zlashtirish. 8. Ingliz tilini o’qitishda yangi innovatsion texnologiyalarini egallash. Shu ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, malakaviy ishimizning mavzusini “ Barkamol shaxs tarbiyasida bag’rikenglik tamoyillaridan foydalanish yo’llari ” deb tanladik. Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi va shaxsan hurmatli Prezidentimiz I. A. Karimov Oliy ta`limni takomillashtirish, rivojlantirish va tub maqsadlarini aniq lab berish masalalariga jiddiy e`tibor berib kelmoqdalar. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Islom Karimov tomonidan ijtimoiy ongga kiritildi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli bu – shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta`lim, fan, ishlab chi-qarishning uzviy birligi va hamkorligi, ularning o’zaro bir- biriga aloqasini aks ettiradi.O’zbekiston Oliy ta`lim vazirligi va oliy ta`lim muassasalari rahbariyatlari o’z navbatlarida dunyoning eng rivojlangan mamlakatlarida, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa davlatlarda qo’llanilayotgan zamonaviy o’qitish metodlari va texnologiyalaridan andoza olib, Oliy ta`lim islohatlarini izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirib kelmoqdalar. Davlat ta`lim standartlarining va o’quv rejalarining yangi avlodi yaratilmoqda. Ta`limni fundamentlashtirish maqsadida o’quv rejalari qayta ko’rib chiqildi, yuqori texnika-texnologiyalarni qamrab olgan fan dasturlari yaratildi, ko’p yo’nalishlar va fanlar bo’yicha o’quv adabiyotlarining zamon talablariga, etuk raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash maqsadlariga qaratilgan yangi avlodlari chop etildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim Vazirligining 2003-yil 28-may «Ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan 100 innovatsiyalar to’g’risidagi hay`at qaroriga ko’ra, 2003/2004 – o’quv yili «Ta`lim sifatini oshirish yili», deb belgilandi. Oliy ta`lim islohatining xozirgi sifat bosqichida professor-o’qituvchilar oldida yangi muhim vazifa qo’yildi. O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta`lim Vazirligining 2003-yil 28-may 5/1 sonli Buyrug’iga muvofiq fanlar bo’yicha 6

muammoli ma`ruzalar matnini ishlab chiqish va ularni 2003/2004 o’quv yilidan boshlab izchillik bilan o’quv jarayoniga tadbiq etish belgilandi. Tadqiqotning maqsadi. Barkamol shaxs tarbiyasida bag’rikenglik tamoyillaridan foydalanish yo’llarini ishlab chiqish. Tadqiqot ob’ekti. Barkamol shaxs tarbiyasida bag’rikenglik tamoyillaridan foydalanish yo’llarini ochib berish jarayoni Tadqiqot predmeti. Barkamol shaxs tarbiyasida bag’rikenglik tamoyillaridan foydalanish yo’llarining mazmuni, shakli va metodlari . Tadqiqot vazifalari. 1.Barkamol shaxs tarbiyasida bag’rikenglik tamoyillaridan foydalanish yo’llarini pedagogik muammo sifatida tadqiq etish. 2. Barkamol shaxs tarbiyasida bag’rikenglik tamoyillaridan foydalanish yo’llarining ustuvor yo’nalishlarini yoritish . 3. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanidan (mavzuga oid) o’quv modulini yaratish. O’qitish tizimini takomillashtirish vazifasi ilgari, mustabid Sovetlar davrida ham qo’yilar edi, ammo u juda sustkashlik va e`tiborsizlik bilan bajarilar edi. Mustaqilligimizni qo’limizga kiritgan yildan avvalgi 20-30 yillik davr «turg’unlik yillari», degan nomni bejiz olmagan edi, albatta. O’z-o’zidan ikkita savol kelib chiqadi: nima uchun xozirgi paytda o’qitish va kadrlar tayyorlash tizimlarini jadal rivojlantirish zarurati oshdi; ilgari hal etish mumkin bo’lmagan masalani endilikda muvaffaqiyatli echishga qanday muayyan omillar kafolat beradi. Birinchi savolga javob shundaki, texnika-texnologiya va fan ilgari vaqtga nisbatan qiyoslab bo’lmaydigan darajada tez rivojlanib bormoqda. Bunday rivojlanish samaralarini axborot texnologiyalarining mislsiz rivojlanganligida, sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilganligida ko’rish mumkin. Bunday sharoitlarda eski, qoloq texnologiyalarga, g’ayri-tabiiy va kamsitishlik g’oyalariga asoslanib tuzilgan o’quv adabiyotlari yaroqsiz bo’lib qoldi 7