Broyler tovuqlarini parvarishlash va mahsuldorligini oshirishning fiziologik asoslari
Broyler tovuqlarini parvarishlash va mahsuldorligini oshirishning fiziologik asoslari MUNDARIJA Kirish ………………………………………………………………………. 3 1 .BOB. ADABIYOTLAR SHARHI …………………………… ..............8 1.1.Parrandachilikning bugungi holati va istiqbollari ...................................8 1.2. Broyler tovuqlari yetishtirish va uning amaliy ahamiyati ……………18 1.3. Go`sht yo`nalishidagi tovuqlarni ko`paytirish ustida olib borilayotgan ishlar samaradorligi………………………………………………………………20 2. TADQIQOT SHAROITI, OBYEKTLARI VA USULLARI ……….. 3 3 2.1. Tadqiqot sharoiti……………………………………………………… 3 3 2.2. Tadqiqot obyektlari…………………………………………………… 3 3 2.3. Tadqiqot usullari……………………………………………………… 3 3 3.TADQIQOT NATIJALARI VA UNING TAHLILI …………………41 3.1. Broyler tovuqlarini oziqlantirishning fiziologik asoslari ……………..41 3.2. Broyler tovuqlarini parvarishlashda ratsionga qo`shimcha ozuqalarni kiritish va uning samaradorligi…………………………………………….50 3.3. Gematologik ko`rsatkichlarni o`rganish ……………………………...62 XULOSALAR …………………………………………………………….7 1 TAVSIYALAR …………………………………………………………....7 2 ADABIYOTLAR RO`YXATI …………………………………………...7 3 1
Kirish Mavzuning dolzarbligi . Bugungi kunda mamlakatimizda aholini sifatli va tannarhi arzon bo`lgan go`sht mahsulotlari bilan ta`minlash dolzarb masalalardan bo`lib turibdi. Qishloq xo`jaligi ahamiyatidagi hayvonlarning biologik imkoniyatlarini saqlash, ularning mahsuldorligini oshirish, tabiiy chidamliligini ta`minlash eng avvalo ozuqa tarkibiga kiruvchi protein, kletchatka, yog`, azotsiz ekstraktiv moddalar, vitaminlar, mineral moddalar hamda ularning biologik qiymatiga bog`liqdir. Parrandachilik tarmoqlarining maqsadga muvofiq, samarali joylashtirilishi, rivojlantirilishi respublikada mehnat taqsimotini ijobiy hal etilishiga bevosita ta’sir etadi. Hududlarning tabiiy, iqtisodiy sharoitlarini hamda bozor talablarini e’tiborga olgan holda parrandachilik sohalarini joylashtirish va rivojlantirish zarur. Chunki bu tarmoqlarda oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati korxonalari uchun tuxum, parranda go’shti, pat, par va qo’shimcha mahsulotlari, kabi mahsulotlar yetishtiriladi. Natijada sanoat tarmoqlarining rivojlantirilishi ham ta’minlanadi, parrandachilik tarmoqlarida inson salomatligi uchun zarur, oqsil moddalarga boy bo’lgan turli xildagi mahsulotlar ham yetishtiriladi. Shuning uchun mamlakatimizda parrandachilikni barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan yirik dasturlar ishlab chiqilib, ularni amaliyotga tadbiq etish bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Parrandachilik mamlakatni iqtisodiy yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tarmog‘i hisoblanadi. Xalqimiz bu sohani “yetti xazinaning biri” deb hisoblaydi. Shu sababli parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimizda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Parrandachilikni rivojlantirish bevosita sohani sifatli va to‘yimli ozuqa bilan ta’minlashga bog‘liqdir. Buning uchun parrandalarning mahsuldorlik ko`rsatgichlarini oshirishga tabiiy biologik qo`shimchalarni qo`shish va ularni ilmiy asoslash muhim masalalardan hisoblanadi. To`liq ratsionga ega murakkab ozuqalarni ishlab chiqarilishining oshirilishi asosan xomashyo va biologik faol 2
moddalar mavjudligiga bog'liq bo'lib, ularning tanqisligi so'nggi yillarda keskin sezilmoqda. Parrandalar mahsuldorligini oshirishga va parrandachilik mahsulotlarining tannarxini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksida, birinchi navbatda, ozuqa ratsionining biologik to'laqonliligiga va ozuqa sarfini kamaytirishga katta e'tibor berilmoqda. O’z navbatida, parranda tuxumi va go`shtini yetishtirishda ozuqa iste`moli barcha xarajatlarning taxminan 70% ni tashkil etadi. Ushbu xarajatlarni ozuqa ratsionining biologik qiymatini oshirish orqali kamaytirish mumkin. Mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida kundan-kunga bosh soni ortib borayotgan parrandalarni oziqlantirishda mahalliy sharoitlarimizda yetishtirilgan biologik jihatdan to la qiymatli tarkibga ega bo lgan, yaxshi iste’molʻ ʻ qilinadigan, osonlik bilan o zlashtiriladigan, umuman olganda import o rnini bosa ʻ ʻ oladigan ozuqalar bilan ta’minlash bugungi kunda qishloq xo jaligi xodimlari va ʻ biologiya sohasida tegishli izlanishlar olib borayotgan mutaxassislarning oldida turgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Shuning uchun, tabiiy biologik ozuqaviy qo‘shimchalar manbalarini topish, ilmiy asoslash va ularni parrandalarni oziqlantirishda keng qo'llash bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb ilmiy amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Hozirgi kunda butun dunyoda aholi sonining jadallik bilan ortayotganligi bois, mavjud go’sht zahiralaridan (qoramol, qo’y-echki,parrandava boshq.) oziq-ovqat sifatida keng ko’lamda foydalanish kuchaymoqda. Qo`ychilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik aholini sifatli go’sht va go’sht mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashda asosiy zahira manbalari hisoblanadi. Shu bois,parrandachilikni rivojlantirish,xususan,go’sht yo’nalishidagi tovuqlarni parvarishlash va oziqlantirishning qulay sharoitlarini aniqlash, ularning mahsuldorligini oshirish bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga joriy qilish orqali go’sht tanqisligi muammosini ijobiy hal qilinishiga erishish mumkinligi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Mutaxassislar fikricha, iqtisodiy yetakchi davlatlarda ham parrandachilikka katta e'tibor qaratiladi. Chunki aynan parrandachilik aholini go‘sht, umuman, oziq- 3
ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda asosiy ahamiyat kasb etadi, shuningdek, aholini ish bilan band bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Shu sababli hozirgi kunda parrandachilikni rivojlantirish va uni oldida turgan muommolarni hal qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda va izlanishlar olib borilmoqda. Respublikamiz aholisini sifatli go’sht mahsulotlari bilan ta’minlashda, parrandachilik sohasini rivojlantirish, ularning mahsuldorligini oshiruvchi innovatsion uslublar ishlab chiqish borasida muayyan natijalarga erishilmoqda. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida «.....mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish» vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda boqilayotgan go’sht yo’nalishidagi tovuqlarning ratsionidagi ozuqalarning fiziologik- biokimyoviy ko’rsatkichlariga, mahsuldorligiga ta’sirini aniqlash, ular organizmida ro’y beradigan o’zgarishlarni biologik jihatdan asoslash ilmiy-amaliy ahamiyat ega. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- son“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi Farmoni, 2017 yil 16 martdagi PQ-2841-son“Chorvachilikda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi hamda ushbu faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning obyekti. Tadqiqot ishining obyekti sifatida barcha ko’rsatkichlari bo’yicha bir xil (analog)bo’lgan Ross-308 zotli broyler tovuqlardan foydalanildi. Tadqiqot predmeti bo’lib, ozuqalar tarkibidagi to`yimli moddalar (protein, yog`, uglevodlar va mineral moddalar) va tovuqlar qonining ayrim morfologik va fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari kabilar xizmat qildi. Tadqiqotning maqsadi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasning asosiy maqsadi mamlakatimizda parrandachilikda qo`llaniladigan, mahalliy sharoitda mavjud bo`lgan broyler tovuqlarini mahsuldorligini oshirish, ozuqalarning biologik qiymatini, 4
to`yimliligini o`rganish ozuqa ratsionini lizin, metionin kabi aminokislotalar bilan boyitish orqali tovuqlar organizmidagi ayrim fiziologik ko‘rsatkichlarini o‘rganishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari . Maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar bajarildi. - mavzuga ta a l l uqli adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish ; - parrandachilik xo’jaliklarida boqilayotgan broyler (Ross-308) tovuqlari ozuqa ratsionining asosini tashkil qiladigan kombikormga lizin, metionin kabi aminokislotalar qo’shib shakllantirildi; - shakllantirilgan ozuqa ratsionini broyler tovuqlaridan iborat nazorat va tajriba guruhi tovuqlarini oziqlantirish hamda ozuqalarning tovuqlar tomonidan iste’mol qilinishini aniqlash; - To`la qimmatli ratsion bilan oziqlantirilgan tovuqlar qonining ayrim morfo- biokimyoviy ko’rsatkichlarini aniqlash; - olingan ma’lumotlarni muhokama qilish va statistik qayta ishlashdan iborat. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Magistrlik dissertatsiyasida broyler tovuqlarni oziqlantirishda tannarhi arzon va to`la qimmatli bo`lgan ozuqa ratsioni bilan oziqlantirilgan broyler tovuqlarining mahsuldorlik ko`rsatkichlarini oshirish va buning natijasida ozuqalar tarkibidagi to‘yimli moddalarning hazmlanishi va ularning o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari yaxshilanishi aniqlandi . ROSS 308 zotli broyler jo’jalari ikki xil sharoitda parvarish qilindi.Tajriba uchun olingan broylerlari ratsioniga lizin, metionin kabi aminokislotalar kiritilganligi sababli ularning tirik vazni nazorat uchun olingan broylerlarnikidan yuqori bo’lishi aniqlandi; Ra t sionga qo`shimcha ozuqalarning kiritilishi,jo’jalarning o`sishi va rivojlanishiga salmoqli ta’sir etdi; Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida bosh soni kun sayin ortib borayotgan parrandalar uchun ozuqalar bazasini mustahkamlash maqsadida proteinga boy 5