Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi REJA: I. KIRISH II. ASOSIY QISM: 1. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi va dastlabki faoliyati 2.Sovetlar tazyiqining kuchayib borishi va BXSRning tugatilish III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 1
I.Kirish Mustaqillika erishganimizdan so ’ ng barcha sohalar qatori ilm - fan madaniyat , san ’ at va tariximiz ham o ’ zining asl qiyofasini tikladi . Ko ’ p asrlik tariximiz o ’ zining mazmun - mohiyatini haqqoniy aks eta boshladi . Milliy madaniyatimiz ajralmas qismi hisoblangan urf – odat an ’ analarimiz va buyuk ajdodlarimiz nomi oqlandi . O ’ zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I . A . Karimov ta ’ kidlaganidek “ O ’ tmishi buyuk xalqni yengib bo ’ lmas ekan , demak biz xalqimizni haqqoniy tariximiz bilan qurollantirishimiz kerak ” degan fikri ahamiyatlidir .1 O ’ zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh . Mirziyoyev tomonidan 2017- yil 17- fevral kuni qabul qilingan “ Harakatlar Strategiyasi ” to ’ g ’ risidagi maxsus farmonning to ’ rtinchi ustuvor yo ’ nalishida ham aynan ilm - fan , madaniyatni rivojlantirishga oid maxsus boblar ajratilgan . Prezdentimiz Sh.Mirziyoyev aytganlaridek “ Xalq tarixi unitilmaydi u urfodat, an’analarda xalqning kundalik turmushida saqlanib qoladi” shunday ekan xalqimizning haqqoniy tarixini yoritish muhimdir. 2 O’zbekiston davlatchiligi tarixida XX asr o’zining g’oyatda ziddiyatli davrligi va kutilmagan voqealari, fojialari bilan alohida ajralib turadi. Ayniqsa, Sovetlar davri voqealari bu davrning eng ziddiyatli va murakkab hodisalaridan hisoblanadi. 1917-yil fevral inqilobi va undan keyin yuz bergan voqealar jahon tarixida ham shu davrgacha also kuzatilmagan ulkan voqealiklardan biri bo’ldi. Insoniyat tarixida dastlab bolsheviklar so’ngra ularning vorislari tomonidan butun boshli davlatlar va xalqlar ustidan shu davrgacha kuzatilmagan ulkan miqyosda ijtimoiy tajribalar o’tkazildi. Shu sababli bu davr voqealarini xolis nuqtayi nazar bilan batafsil tahlil qilib chiqish nihoyatda dolzarb vazifaga aylandi. Biroq Sovet davlati g’oyatda ulkanligi, jahonning ko’plab mamlakatlari va xalqlari tarixida chuqur iz qoldirganligi tufayli uni ushbu kichik tadqiqotimizga to’laqonli yoritib bera olmasligimiz aniq. Shu sababli Sovetlar davrining kichik bir bo’lagi bo’lgan 1917- 2
1924-yillardagi tarixiy jarayonlarni Buxoro amirligi va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi misolida ko’rib chiqdik. Shu o’rinda Rossiya imperiyasing O’rta Osiyoda yuritgan mustamlakachilik siyosati ham alohida masaladir XIX asr oxirlariga kelganda Rossiya Yevropadagi eng yirik davlatlardan biri bo‘lib qoldi. Sho'rolar o'zlarining qora niyatli maqsadlarini amalga oshirishda har doim «baynalmilal burch» deb atalmish g'oya pardasiga yashirindilar-Buning uchun ular o'zlarini mahalliy xalqni amir, beklar, boy va feodal zulmidan ozod bo'lishda «yordam» beruvchilar qilib ko'rsatib, amalda «harbiy inqilobiy» harakatni kuchaytirdilar. Ular rus podshosi istibdodi bilan uyg'unlashgan mustabid amir zulmi, mutaassiblik, xurofot, xilma-xil soliqlarning ko'pligidan azoblanayotgan xalqni erkin va farovon turmushga olib chiqish, Vatanni iqtisodiy va madaniy taraqqiy ettirish yo'lida bosh qotirdilar va demokratik islohotlar o'tkazish, mamlakatda adolatli hayotni yo'lga qo'yishda xon hokimiyatiga muxolifatda bo'ldilar. Bu muxolifat taraqqiyparvarlar, asosan, amirlikdagi yirik ulamo va amaldorlardan iborat bo'ldi. II.Asosiy qism 3
1.Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi va dastlabki faoliyati 1920-yil 14-sentabrda V.V.Kuybishev ishtiroki va tashki lotchiligida Buxoro Kompartiya Markaziy Qo'mitasi, Butun Buxoro Inqilobiy Qo'mitasi va Xalq Nozirlari Sho'rosining qo'shma majlisi bo ldi. Bu majlisda V.V.Kuybishev Buxoroʻ Xalq Sho'ro Respublikasi hukumatining boshlig'iga o'zining ishonch yorlig'ini topshirdi. U Sho'ro hukumati va Rossiya Kompartiya MQsi nomidan bayonot berdi. Bayonot so nggida V.V.Kuybishev bunday degan edi: «Men RKP(b) ʻ Markaziy Qo'mitasi va Kominternning vakili sifatida o'zimga berilgan vakolatdan butun ishni umumiy kommunistik. harakat ruhida va shu manfaatlar yo lida olib ʻ borishga qaratish uchun foydalanaman»!. 14 sentabrda bo'lgan qo'shma majlisda hokimiyatning Oliy organi Umum Buxoro Inqilobiy qo'mitasi uzil-kesil shakllandi. Unga BKPning Abdulqodir Muhiddinov boshliq 9 a'zosi kirdi. Shuningdek asosan Buxoro Kompartiyasining a'zolari bo lgan 11 xalq noziridan iborat hukumat - Xalq Nozirlari Sho'rosi tuzildi. ʻ Buxoro hukumatiga rais etib F.Xo'jayev (1896-1937) saylandi.1 F.Xo'jayev 1896-yilda Buxoroda yirik savdogar oilasida tavallud topgan, taniqli davlat va siyosat arbobi, xalq baxti-saodati uchun tolmas kurashchi. 1938 yilda Sho'ro tuzumi qatag'onining qurboni. 1913-yildan jadid harakatining faol qatnashchisi, 1916-yildan «Yosh buxoroliklar» partiyasining tashkilotchisi, 1917 yildan bu partiya Markaziy Qo'mitasining a'zosi. 1920-yildan “Yosh buxoroliklar” V.V.Kuybishev Buxoroda Sho'rolar va Kompartiyaning g'oyaviy ta'sirini kuchaytirish maqsadida katta tashkilotchilik ishi olib boradi. Turkiston komissiyasi va Turkiston Kompartiyasi MQsi shaxsan uning taklifi bilan Turkiston Sho'ro va partiya tashkilotlarida ishlab “tajriba orttirgan Yusuf Aliyevni Buxoroga ishlashga yubordi. U bu yerda “aksil inqilob” bilan kurashuvchi Favqulodda komissiyaga 4
1MLIMFA, 122-fond, 1-ro'yxat, 20-ish, 333-varaq. boshliq etib tayinlandi. Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo'mitasining «Qizil Sharq» deb ataluvchi maxsus tayyorlangan tashviqot poezdi ham Sho'rolarning mustamlakachilik siyosatining «ijobiy» va «tarixiy ahamiyati»ni mahalliy aholi o'rtasida keng tarqatdi. 1920-yil 6-oktabrda amirning yozgi saroyi Sitorai Moxi Xossada nomigagina «xalq vakillari»ning birinchi Butun Buxoro qurultoyi chaqirildi. Unda 1950 delegat ishtirok etdi. Qurultoy zo'ravonlik va harbiy to'ntarish yo'li bilan o'rnatilgan Buxoro Xalq Sho'rolar Respublikasi (BXShR)ni va uning tarkibini tasdiqladi. Qurultoy mazkur hukumatga ikkinchi Butun Buxoro qurultoyi chaqirilguncha va unda respublika Konstitutsiyasi qabul qilinguncha o'z vazifasini bajarish vakolatini beradi. Qurultoyda Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi tashkil topganligi e'lon qilindi. Nomigagina tashviqot va targ'ibot nuqtai-nazaridan «Buxoro Xalq Respublikasi» deb atalgan mazkur davlat apparati aslida tom ma'nodagi sho'ro davlati andozalari asosida tashkil etilgan edi va amirlik hududida sho'ro mustamlakachiligi tartib-qoidalarini o'rnatishga xizmat qilardi. Chunki rasmiy jihatdan «Buxoro Xalq Respublikasi» deb atalgani bilan bu davlatning o'z milliy armiyasi yo'q edi. Buxoro shahri va respublikaning boshqa yirik shaharlarida joylashtirilgan qizil askar qismlari batamom Markaziy qo'mondonlikka bo'ysunar, Buxoro Respublikasi rahbariyatining buyruqlariga quloq solmas edi. Bundan tashqari Respublikaning ko pgina korxona vaʻ idoralarida ish olib boruvchilarning aksariyati ovrupo millatlariga mansub mutaxassislar edilar. Birgina misol: Buxoro Xalq Sho'ro partiyasi Turkiston markaziy byurosining raisi. Buxoro amiriga qarshi amalga oshirilgan qo zg olon ʻ ʻ yetakchilaridan biri. U 1920-1924-yillarda Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi Nozirlar kengashi raisi, bir vaqtning o'zida Tashqi ishlar komissari, harbiy komissar, Turkiston fronti Inqilobiy Harbiy Kengashi raisi va Buxoro Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi a'zosi. 1922-yildan RKP (b) Markaziy Qo'mitasi 5