BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI TARIXINI O’RGANISHDA MATBUOTNING ROLI (1920-1924 y).
BUXORO XALQ SOVET RESPUBLIKASI TARIXINI O’RGANISHDA MATBUOTNING ROLI (1920-1924 y). MUNDARIJA Kirish ………………………………………………………………...........4-10 I. BOB. XX asr birinchi choragida Buxorodagi iqtisodiy-siyosiy vaziyat va matbuotning ahvoli……………………………………………………………………….…11-28 1.1. Buxoro amirligining yemirilishi va BXSRning tashkil topishi ……….........................................................................................................11-19 1.2. Buxoroda mahalliy matbuotning vujudga kelishini tarixiy omillari…………………………………………………................................20-28 II. BOB. “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalari tarixiy manba sifatida …29-52 2.1. “Buxoro axbori” gazetasining umumiy tavsifi va mazmuni ……………………………………………………....………...29-42 2.2. “Ozod Buxoro” gazetasiga umumiy tavsif va gazetadagi mafkuraviy ta’sirning kuchayishi …………………………………………………………43-52 III. BOB. Iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni o’rganishda “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarining ahamiyati……………………………………………..53-82 3.1. BXSR matbuoti sahifalarida iqtisodiy ahvol ………………………..53-68 3.2. BXSRdagi ijtimoiy va harbiy masalalarning gazetalarda yoritilishi …………………………………………………………...........69-82 XULOSA ………………………………………………………………..83-86 Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati ………………………87-88 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 2007 yil 30 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining O’zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qо‘shma majlisida qilgan ma’ruzasida yaqin о‘tmish tariximiz masalalarini о‘rganishga alohida e’tibor qaratib, tarixchilar oldiga quyidagi vazifani qо‘ydi: “Shuni ta’kidlash lozimki, mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bо‘lib, sobiq Ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, о‘zligimizni anglash va toptalgan milliy g‘ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qо‘lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis kо‘z bilan baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yо‘qligini afsus bilan aytishga tо‘g‘ri keladi” 1 . O’zbekiston milliy davlatchiligi taraqqiyotida 1920-1924 yillarda mavjud bо‘lgan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) muhim tarixiy bosqich ekanligi ayni haqiqatdir. О‘zbekiston Respublikasida va xorijiy mamlakatlarda BXSR tarixi mavzusi о‘zining dolzarbligi bilan tadqiqotchilarni jalb qilib kelmoqda. Biroq BXSR tarixini о‘rganishda davriy matbuotning manba bо‘la olishi mavzusi tadqiqotchilar nazaridan chetda qolib kelayotir. Yuqoridagi fikrdan kelib chiqib ta’kidlash joizki, “ Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarining BXSR tarixini о‘rganishdagi о‘rni va roliga alohida tadqiqot bag‘ishlash har jihatdan о‘zini oqlaydi. “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarida BXSR dagi siyosiy, ijtimoiy- 1 Karimov I. О‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yо‘li / О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining О‘zbekiston mustaqilligining 16 ynlligiga bag‘ishlangan qо‘shma majlisidagi ma’ruza // Xalq sо‘zi. 2007 Yil 31 avgust. 2
iqtisodiy va madaniy jarayonlarning turli sohalari hisoblangan hukumat boshqaruv tizimi, aholi soni, ijtimoiy tarkibi, xalq salomatligi, xotin-qizlar muammosi, harbiy-ma’muriy islohotlar, paxtachilik, qorakо‘lchilik, ipakchilik, milliy hunarmandchilik, soliq va bank tizimlari, pul muomalasi, narx-navo, maktab va maorif tizimi, madaniy oqartuv muassasalari faoliyati, tashqi aloqalar va hokazolar haqida muhim ma’lumotlar mavjud. Ular yagona tizimga solinib, BXSR tarixini yanada mukammal о ‘rganish zarurati ham mavzu dolzarbligini oshiradi. Shu jihatdan olganda BXSR tarixini tadqiq qilishda “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalarini manbaviy asos deb hisoblash mumkin. Mavzuning o’rganilganlik darajasi. BXSRning 1920-1924 yillar tarixini о ‘rganish ushbu respublika tashkil topgan dastlabki yillardanoq boshlangan edi. BXSR tarixiga doir yozilgan adabiyotlarni tahlil va tavsif qilish jarayonida shu aniq b о ‘ldiki, ularni metodologik yondashuv va ilmiy-amaliy xususiyatiga ko’ra 2 davrga: sovet davrida yaratilgan tadqiqotlarga va О ‘zbekiston mustaqillikka erishganidan s о ‘ng yuzaga kelgan asarlarga ajratish mumkin. Bu о ‘rinda BXSR davlat va siyosat arboblari Fayzulla X о ‘jayev, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat asarlarini alohida qayd qilish lozim. Ular birlamchi manbalar asosida voqealar tafsilotini haqqoniy tasvirlashga erishgan b о ‘lsalar-da, sovet tuzumi va kommunistik mafkura ta’sirida о ‘z asarlarini qayta yozishga, ayrim joylarini о ‘zgartirishga majbur b о ‘lganlar. XX asr 20-yillarida yaratilgan bu tadqiqotlarda Buxorodagi taraqqiyparvarlar faoliyati, jadidchilik harakati, amirlik tuzumining ag‘darilishi, BXSRning tashkil topishi, undagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar yoritiladi. BXSRdagi matbuot tarixini о ‘rganishda taniqli publitsist Ziyo Sayd (Soli Qosimov) asari muayyan ahamiyatga ega. Uning “O’zbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar” nomli kitobi Turkiston mintaqasida salkam 60 yil (1870-1927 yillar) davomida nashr etilgan davriy matbuotning о ‘ziga xos bibliografiyasi hisoblanadi. Unda, jumladan, “Buxoro axbori” va “ Ozod Buxoro” gazetalari haqida ilk bor ma’lumot keltirilganligi muhimdir. Biroq muallifning ushbu gazetalar nashri bilan 3
bog‘liq yil va ularda muharrirlik qilgan shaxslar t о ‘g‘risidagi ma’lumotlarida qator noaniqliklar uchraydi. BXSR tarixini о ‘rganish XX asrning 50-70-yillarida ancha keng tus oldi. Bu davr tadqiqotlarida hukmron mafkuraning kuchli ta’siri sezilsa- da, ularda keltirilgan faktlardan hozirgi kun tadqiqotlarida ham foydalanish mumkin. Bu borada O.Eshonov, L.Shek, A.Aliyev, M.Irkayev, F.Qosimov, I.Alimov kabilarning asarlari va ilmiy ishlarini alohida qayd qilish lozim. 1. Bevosita matbuot tarixiga daxldor b о ‘lgan tadqiqotlardan S. Inoyatov, T. Ernazarov va A. Akbarovlarning ishlarini k о ‘rsatish lozim. S.Inoyatovning nomzodlik dissertatsiyasi davriy matbuotda qishloq x о ‘jaligini jamoalashtirish masalalarining yoritilishi muammosiga bag‘ishlangan. Mazkur muallifning monografiyasida esa matbuotning ijtimoiy hayotdagi о ‘rni va roli yanada kengroq ochib berilgan. Bu tadqiqotlarda tarixchi olim har qanday tarixiy davrni atroflicha о ‘rganishda matbuot materiallari manba b о ‘la olishini isbotlagan. T.Ernazarov va A.Akbarovlarning fikricha, Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darilgan birinchi kunlardanoq (1920 yil sentabr) Buxoro kommunistik partiyasi markaziy komiteti organi “Buxoro axbori” gazetasi chiqa boshlagan, gazeta o’zbek tilida 2500 nusxada, 2 sahifada, ayrim hollarda 4 sahifada nashr qilingan. Ushbu asar kommunistik mafkura ta’sirida yuzaga kelgan b о ‘lib, unda XX asr boshlarida chop etilgan milliy tildagi matbuot organlariga xolisona baho berilmagan, bolsheviklar matbuotining roli esa orttirib k о ‘rsatilgan. 2. BXSR tarixiga oid tadqiqotlar doirasi, ayniqsa, mustaqillik yillarida kengayib, ushbu muammoni yoritishga imkon qadar xolisona yondashildi. Tarixchi olimlarning asl manbalarga tayangan holda yaratgan qator tadqiqotlari vujudga keldi. Bu borada F.Qosimov, B.Ergashev, Q.Rajabov, U.Rashidov, Ushbu mualliflar BXSRning siyosiy, iqtisodiy- ijtimoiy, madaniy taraqqiyoti masalalari xususida fikr va mulohazalar bildiradilar. 3. I.Alimov asarida BXSRdagi agrar munosabatlar tarixi tahlil qilinib, respublikadagi x о ‘jalik hayoti, yer egaligi, uning shakllari, sug‘orish tizimi, soliq miqdori va turlari, qishloq x о ‘jalik tarmoqlarining ahvoli bilan bog‘liq qimmatli ma’lumotlar keltiriladi 2 . Bevosita matbuot tarixiga daxldor b о ‘lgan tadqiqotlardan 2 Inoyatov S. Rol partiy no-sovetskoy pechati O’zbekistona v osushestvlenii kollektivizatsii selskogo xozyaystva 4
S. Inoyatov, T. Ernazarov va A. Akbarovlarning ishlarini k о ‘rsatish lozim 3 . BXSR tarixiga oid tadqiqotlar doirasi, ayniqsa, mustaqillik yillarida kengayib, ushbu muammoni yoritishga imkon qadar xolisona yondashildi. Tarixchi olimlarning asl manbalarga tayangan holda yaratgan qator tadqiqotlari vujudga keldi. Bu borada F.Qosimov, B.Ergashev, Q.Rajabov, U.Rashidov, L.Muhammadjonova, Sh.Hayitov, S.Xolboyev, G.Ostonova kabi mualliflarning ishlari e’tiborga loyiqdir. “O’zbekistonning yangi tarixi” asarining birinchi va ikkinchi kitoblarida XX asr boshlarida Buxorodagi siyosiy va ijtimoiy jarayonlar va harbiy harakatlar tarixiga alohida e’tibor qaratildi. Taniqli tarixchi olima R.Rajapova ilmiy muharrirligida rus tilida tayyorlangan kollektiv monografiyada Buxoroning 1917-1924 yillardagi tarixi b о ‘yicha eng yangi fikrlar va xulosalar o’z aksini topgan. F.Qosimovning mustaqillik yillarida yaratilgan bir qator kitob va maqolalari BXSR tarixshunosligi rivojida muhim ahamiyatga ega b о ‘ldi. Olim tadqiqotlarida sovet davri va mustaqillik yillarida BXSR tarixiga oid yaratilgan asar va maqolalarning tahlilini beradi. B.Ergashev va L.Muhammadjonovalar о ‘zlarining tadqiqotlarida о ‘rganilayotgan davrda Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy fikr rivoji, demokratik tamoyillar va ozodlik uchun kurashning mafkuraviy negizlari haqida ilmiy mushohada yuritadilar. BXSRda sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat va mafkuraviy kurash muammolari Q.Rajabovning doktorlik dissertatsiyasi, maxsus monografiyasi va tadqiqotlari asosini tashkil qiladi. U.Rashidovning kitob va maqolalarida asosiy e’tibor BXSRda vatanvarpar kuchlar bilan qizil armiya qismlari о ‘rtasidagi kurashlar masalasiga qaratilgan. Sh.Hayitovning hamkorlikda yaratilgan kitoblari va maqolalarida BXSRdagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy hayot hamda muammo va qiyinchiliklar, ayrim hukumat rahbarlarining faoliyati va taqdiri tarixiy manbalar asosida ochib berilgan. Muhimi shundaki, olim “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalari (1929-1934 gg.): Avtoref. diss. ... kand. ist, nauk. - Tashkent, 1969; 3 О ‘sha muallif. Rol pechati v internatsionalnom vospitanii trudyashixsY. - Tashkent: Fan, 1986; Ernazarov T., Akbarov A. Istoriya pechati Turkestana. -Tashkent: О ‘qituvchi, 1976. 5