dev C++ dasturi mihitida ishlash
Mundarija: I. KIRISH ......................................................................... II. Asosiy qisim. I. BOB. 1.1. Dev C++ dasturi mihitida ishlash ……………… 1.2. C++ dasturlash tili alfaviti .................................. II. BOB. 2.1. C++ dasturi standart funktsiyalari ………… 2.2. Void turi ……………………………………………………………. III. Xulosa ………………………………………………. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ………………………… 1
KIRISH C++ dasturlash tili nomi C dasturlash tilidan kelib chiqqan bo`lib, ++ belgisi inkrement amali, ya`ni o'zgaruvchining qiymatini bit- taga oshish amalidan olingan. C ++ dasturlash tili turli xil amaliy dasturlarni yaratish, operatsion tizimlarni, qurilma drayverlarini, shuningdek video o'yinlarni va boshqalarni yaratish uchun keng qo'llaniladi. C ++ dasturlash tili 1980-yillarning boshlarida Bell Laboratories fermasi xodimi Byorn Stroustrup tomonidan yaratilgan. Byorn Stroustrup Byorn Stroustrup o'zining ehtiyojlari uchun C dasturlash tiliga bir qator yangiliklar kiritmoqchi bo`ldi, ya'ni dastlab C ++ dasturlash tilini yaratish rejalashtirilmagan edi. U dastlab o`zi yaratgan dasturlash tilini “C with classes”(“C bilan sinflar”) deb nomladi. Dasturlash tilining 2 1-rasm
dastlabki versiyasi 1980 yilda paydo bo'lgan. Straustrup dasturlash tiliga sinflar va ob'ektlar bilan ishlash imkoniyatini qo'shdi va shu bilan C sintaksisi asosida yangi dasturlash tili uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi. C++ sintaksisi C sintaksisiga asoslangan bo`lib, Byorn Stroustrup C tili bilan moslikni saqlashga intildi. 1983 yilda dasturlash tili "C ++ dasturlash tili" deb o'zgartirildi. C++ Cga ob'ektga yo'naltirilganlik xususiyatlarni qo'shdi. Oby’ektga yo`naltirilgan dasturlashning uchta xususiyatini mavjud:, meros (nasledovaniye), polimorfizm va inkapsulyatsiya. Usul(Metod) - bu sinf ichida e'lon qilingan va uning ob'ektlari bilan ishlashga mo'ljallangan funktsiyadir. Usullar sinf tanasida e'lon qilinadi. Meros ( Nasledovaniye ) C ++ tilida bitta sinf xossa- xususiyatlarini boshqa sinf meros qilib olishi mumkin. Merosxo`r klass o'z maydonlarini va funktsiyalarini yaratishi yoki asosiy sinfning funktsiyalarini qayta aniqlashi mumkin. Merosxo'r konstruktor asosiy sinf konstruktorlarini chaqiradi. Destruktor esa teskari tartibda ishlaydi. Meros umumiy(publik), himoyalangan (Protected) va xususiy (private) bo`lishi mumkin. Polimorfizm Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashda qo'llaniladigan polimorfizm- ning maqsadi, sinf uchun umumiy bo'lgan harakatlarni belgilash uchun bitta nomdan foydala-nishdir. Har bir harakatning bajarilishi ma'lumot- lar turiga qarab belgilanadi. Polimorfizmning afzalligi shundaki, u bitta 3
interfeysdan foydalanib yagona harakatlar sinfini aniqlashga imkon berish\ orqali dasturlarni soddalashtirishga yordam beradi. Inkapsulatsiya C++ da ma'lumotlarni tashkil qilish klasslar orqali amalga oshiriladi. C++ klassi maydonlar, turlar va funktsiyalaridan iborat bo'ladi. C++ tilidagi inkapsulatsiya klass a'zolarining ta’sir doirasini belgilaydi: ular ommaviy, himoyalangan va xususiy bo`lishi mumkin. Standart kutubxona C ++ dasturlash tilida standart kutubxona sinflar va funktsiyalar to'plamini anglatadi. Standart kutubxona bir nechta asosiy konteynerlarni, ushbu konteynerlar bilan ishlash funktsiyalarini, ob'ektlarni, satr va oqimlarning asosiy turlarini, ba'zi til xususiyatlarini va amallarni bajarish uchun tez-tez ishlatiladigan funktsiyalarni o`z ichiga oladi. Masalan, sonning kvadrat ildizini topish. Standart kutubxonaning funktsional xususiyatlari std nomlar fazosida e'lon qilinadi. C dasturlash tilidan dan farqli tomonlari: • ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashni qo'llabquvvatlash; • andozalar orqali umumlashtirilgan dasturlashni qo'llab-quvvatlash; 4
• qo'shimcha ma'lumotlar turlari; • istisnolar; • nom maydonlari; • ichki funktsiyalar; • operatorning yuklanishi(peregruzka); • funktsiyalarning yuklanishi; • a xotirani erkin boshqarish operatorlari; • standart kutubxonaga qo'shimchalar. Afzalliklari: • C tili bilan yuqori muvofiqlik • Hisoblash samaradorligi 5