FOSFORLI O‘G‘ITLAR SIRTINI OLTINGUGURT BILAN QOPLASH texnologiyasi
FOSFORLI O‘G‘ITLAR SIRTINI OLTINGUGURT BILAN QOPLASH TEXNOLOGIYASI MUNDARIJA KIRISh …………………………………………………………...................... 3 I BOB ADABIY O TLAR S H ARHI ………………………………………. 7 1.1. Fosforli o‘g‘itlar olish uchun xom ashyoning umumiy tavsifi va xossalari ......................... ...................................................................... 7 1.2. Fosfat xom ashyosi asosida mineral o‘g‘itlar olish ............ ................. 11 1.3. Oltingugurtli o‘g ‘ itlar va ularning olish usullari ..................... ............ 19 1.4. Adabiyotlar sharhi bo‘yicha xulosalar............................................... 24 II BOB TADQIQOT OBYEKTLARI VA USULLARINING UMUMIY TAVSIFI ..................................................................... ......................... 27 2.1. Xom ashyolarning umumiy tavsifi va tadqiqot usullari ………. 27 2.2. Fosforli o‘g‘ itlar va oltingugurtlarning fizik-kimyoviy hamda mexanik xossalari......................................................................... ......................... 29 III BOB FOSFOR LI O‘G‘ITLAR SIRTINI OLTINGUGURT BILAN QOPLASH TEXNOLOGIYASI ................................................ ....... 38 3 .1. Oltingugurt qoplamali y angi navli o‘g‘itlarning fizik-mexanik va tovar xossalari . .............. ........................................................................ 33 3 .2. Oltingugurt qoplamali f osfor-oltingugurtli o‘g‘itlar olishning moddiy balansi ................. ........................................................................ 38 3 .3. Oltingugurt qoplamali f osfor-oltingugurtli o‘g‘itlar olishning intensiv texnologik tizimi................................... ................................................ 43 XULOSALAR ................................................................................................... 52 FOYDALANILGAN ADABIY O TLAR RO’Y X ATI ...................................... 53 ILOVALAR ....................................................................................................... 67 1
KIRIS H Ilmiy ishning dolzarbligi Ekinlar hosildorligini oshirish va ularning sifatini yaxshilashda turli o‘g‘itlardan foydalanish asosiy omil hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlanti-rishda mineral o‘g‘itlar asosiy o‘rinda turadi. Chunki yetishtiriladigan hosildorlikning deyarli 50% mineral o‘g‘itdan foydalanish hisobiga olinadi. Shuning uchun mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish muntazam o‘sib boradi. Fosfat xom ashyo zahiralariga ega bo‘lgan va o‘g‘it ishlab chiqarish sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Belorussiya va Markaziy Osiyoda esa O‘zbikiston Respublikasi kiradi. Davriy jadvalidagi qirqdan ortiq kimyoviy elementlar o‘simlikning normal holda o‘sishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Jumladan azot, fosfor, kaliy, kalsiy, oltingugurt va magniy o‘simlikning asosiy oziq moddalari hisoblanadi. Tuproq unumdorligini oshirishda va undan olinadigan qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini ko‘tarishda qo‘llaniladigan barcha mineral o‘g‘itlar ichida fosforlisi yetakchi rol o‘ynaydi. Fosforli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabni qoplash fosfat xom ashyosini qazib olish va uni qayta ishlash korxonalarining quvvatini oshirish asosida bajariladi. Ishlab turgan korxona uskuna va qurilmalaridan foydalanib, juda qisqa muddatda mahalliy xom ashyo manbalarini qayta ishlab o‘g‘it olish muhim ahamiyatga ega. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil olishni mineral o‘g‘itlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘zbekiston paxtachilik ilmiy- tadqiqot instituti olimlarining ko‘rsatishicha, g‘o‘zaning rivojlanish davrida yerga o‘g‘it solmasa paxta hosildorligi atigi 12 sentnerni tashkil qilishini, agarda gektariga 225 kg azot, 150 kg fosfor va 100 kg kaliy oziqa moddalari berilganda hosildorlik unumi 30-35 sentnerga yetishi allaqachon tasdiqlangan. Chunki, o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan asosiy oziqa moddalari (N, P, K, S, Ca, Mg va boshqalar) tuproq tarkibiga mineral o‘g‘itlar hisobidan beriladi. 2
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘it va o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qiluvchi preparatlar qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olishda agrokimyo fani talablarini to‘liq qoniqtirmaydi. Mineral o‘g‘itlar texnologiyasi va qishloq xo‘jalik sohasida o‘simliklarni tashqi muhitning noqulay sharoitlariga chidamliligini oshiradigan va ularni o‘simlik zararkunandalari, o‘rgimchakkanalarga hamda boshqa kasalliklarga qarshiligini kuchaytiradigan, shunindek o‘simlikni hosildorligini ortishiga ijobiy ta’sir etadigan kompleks o‘g‘itlarni yaratish dolzarb muammodir. Bundan tashqari o‘simliklarni himoya qilish bilan birga oltingugurt bilan oziqlantirish ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki, tuproq tarkibidagi oltingugurtning miqdori, o‘simliklarning me’yorda o‘sishini qanoatlantirmaydi. Oltingugurt o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun juda zarur bo‘lib, u o‘simlik uchun zarur makroelementlar bilan bir qatorda turadi. Uning yetishmasligi esa o‘z-o‘zidan hosil sifatining pasayishiga va qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanish bosqichlarida turli xil kasalliklarga chalinishiga olib keladi va yil so‘ngida kutilgan hosilni olishga erishilmaydi. Barcha turdagi ekinlarni 2-5 marotabagacha maydalangan yoki kolloid holdagi oltingugurt bilan ishlash tavsiya etiladi. Chunki, o ltingugurt hashoratlarni o‘zidan qochiruvchi (cho‘chituvchi) xususiyatga ega. Lekin, o ltingugurt gidrofob (namlanmaydigan) xususiyatga ega bo‘lishi uning samaradorligini kamaytiradi va oltingugurtli kimyoviy preparatlarni olinishini qiyinlashtiradi. Insektitsid moddalar ichida oltingugurtli dorilar inson va chorva mollariga zararli emas. Oltingugurtli insektitsid moddalar sifatida: ohak : oltingugurt (2:1) qaynatmasi (ISO), oltingugurt talqoni, kolloid oltingugurtlar ishlatiladi. Ammo bu insektitsid moddalarni olish jarayoni murakkab bo‘lib, u ko‘p energiya va mablag‘ talab qiladi [1]. Butun dunyo olimlari tomonidan boyitilmagan va past sifatli fosforitlardan fosforli o‘g‘itlar olishning kam xarjli va resurstejamli yo‘llari qidirilmoqda. Shu jumladan, O‘zbekistonda ham. Bu borada kelajagi porloq ilmiy izlanishlar qatoriga kimyoviy, mexanik, mexanokimyoviy, termik va bakterialar asosida fosforitlarni 3
faollashtirib yangi turdagi murakkab o‘g‘itlar yaratilganini ko‘rsatish mumkin [2- 9]. Shu sababli tarkibida fosfor oziqasi bilan birga kasalliklar keltirib chiqaruvchi hashoratlarga qarshi kurashuvchi insektitsid moddalari bo‘lgan fosfor- oltingugurtli va azot-fosfor-oltingugurtli murakkab o‘g‘itlar olishning o‘ziga xos resurstejamli texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Ushbu fosfor-oltingugurtli o‘g‘itlar qo‘llash bir vaqtini o‘zida o‘simliklarni oziqa moddalar bilan ta’minlaydi va ularni turli kasalliklardan himoya qiladi. Ilmiy tadqiqot maqsadi Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan fosforli o‘g‘itlardan oddiy surerfosfat va ammafos o‘g‘itlarining sirtini oltingurugrt bilan qoplash texnologiyasini ishlab chiqish. Ilmiy tadqiqot vazifalari Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar bajarildi: - Markaziy Qizilqum fosforitlarining va oltingugurtning kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy va mexanik xossalarini o‘rganish; - oltingugurt va uning qishloq xo‘jaligaidagi ahamiyatini o‘rganish va insektitsid, fungitsid xususiyatli fosfor-oltingugurtli o‘g‘itlar olish texnologiyasini yaratish ; - fosforli o‘g‘itlarni sirtini oltingugurt bilan qoplash orqali olingan yangi navli o‘g‘itlarning fizik-mexanik va tovar xossalarini o‘rganish; - oltingugurt qoplamali fosfor-oltingugurtli o‘g‘itlar olishning jadallashgan texnologik tizimini ishlab chiqish. Muammoning o‘rganilganlik darajasi O‘simliklarni oziqlantirishda tarkibida mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda insektitsid va fungitsid moddalar bo‘lgan, bir vaqtda uni oziqa moddalari va kasallikka qarshi kurash vositasi bilan ta’minlaydigan kimyoviy preparatlar yaratilmagan va ishlab chiqarilmaydi. 4
Oltingugurt Respublikamizdagi keng qo‘llaniladigan mahalliy insektitsid moddalardan biri bo‘lganligi uchun, fosforitlarni oltingugurt yordamida faollashtirib insektitsid faollikga ega bo‘lgan fosfor-oltingugurtli o‘g‘itlar olish dolzarb muammodir. Fosforitlarni oltingugurt ishtirokida faollashtirish natijasi fosforning o‘simlik o‘zlashtiruvchan va oltingugurtning gidrofil (namlanuvchi) shakliga o‘tkazish natijasida fosforli o‘g‘itlar olishda sarflanadigan sulfat kislota sarf miqdori tejaladi va olingan o‘g‘itlarning iqtisodiy jihatdan samaradorligi yuqori bo‘ladi. Tadqiqot ob’ekti va predmeti Ilmiy tadqiqotlarda Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida olingan oddiy superfosfat (TSh 6.6-32:2011), ammafos (TSh 6.6-09-2008), shuningdek fosforli o‘g‘it namunalarini qayta ishlash uchun (GOST 127-76) yaxshi maydalanmagan (komovoy) oltingugurtlardan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati Ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida birinchi marotaba mahalliy fosforli o‘g‘itlar oddiy superfosfat va ammafos o‘g‘itlarini oltingugurt bilan qayta ishlash orqali oltingugurt sirti bilan qoplangan insektitsid va fungitsid faollikka ega bo‘lgan murakkab fosfor-oltingugurtli o‘g‘itlar olishning sodda, jadallashgan texnologik tizimini yaratishga asoslandi. BMI tuzilishi va hajmi Dissertatsiya ishi to‘rtta bobdan iborat bo‘lib, komp’yuter matnida 70 betda bayon qilingan, unga 10 ta jadval, 5 ta chizmalar, 85 nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, xulosa va ilovalar kiritilgan. 5