Geoaxborot tizimlarining dasturiy vositalari.
Mavzu: Geoaxborot tizimlarining dasturiy vositalari. Reja: 1.Geoaxborot tizimining umumiy tushunchasi. 2.Geoaxborot tizimining qo’llanilish sohalari. 3.Geoaxborot tizimining qo’llanilish sohalari.
Geoaxborot tizimi- bu asosiy vazifalari tabiat va jamiyat hodisalarining geofazoviy ma’lumotlarini maxsus vositalar yordamida to’plash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat bo’lgan mutaxassis va tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan dasturiy tizimdir. Geoaxborot tizimiga yana turlicha ta’riflar keltirish mumkin u haqidagi muhokamalarni davom etish mumkin. Biroq barcha ta’riflarning zamirida yuqorida keltirilgan asosiy ma’no yotadi. Shuning uchun keltirilgan ta’rifni bosh ta’rif deb qabul qilish mumkin. Yuqorida keltirilgan ta’rifning fazoviy-geografik ma’lumotlar turkumi deganda barcha yer to’g’risidagi ma’lumotlarni jumladan koordinatlarni, yer uchaskalari chegaralarini, ular joylashgan joy to’g’risidagi ma’lumotlarni hamda ko’plab muhim bo’lgan fazoviy ma’lumotlarni tushunish mumkin. Bunday tizimning kerakligini his qilgan davlatlardan birinchisi Kanada bo lib, Kanada atrof-muhitni rivojlantirish vazirligi tomonidan o sha paytdaʻ ʻ geoaxborot tizimi tushunchasi kiritildi, keyinchalik esa kompyuter texnologiyalari takomillashuvi bilan chambarchas bog liq holda geoaxborot tizimini rivojlantirish ʻ davom ettirib kelinmoqda. Yuqorida keltirilgan ishni soddalashtirish, mutaxassislar ishtirokini kamaytirish, vaqtdan yutish va albatta kamxarajat sarf qilish uchun bizga zamonaviy kompyuter dasturlari va texnologiyalari yordamida avtomatlashgan tizim – Geografik Axborot Tizimi zarur bo ladi. ʻ Geoaxborot tizimining asosiy vazifalari – bu fazoviy ma’lumotlarni yig ish va qayta ishlash orqali avtomatlashgan raqamli ma’lumotlar bazasini ʻ yaratish, uni kelgusida tahlil qilish va bosmaga chiqarish uchun saqlashdan iborat. Geoaxborot tizimining vazifasini faqatgina kompyuter orqali raqamli karta ishlab chiqarish deb tushunish to g ri emas, chunki ushbu tizim orqali olingan ʻ ʻ ma’lumotlar tahlil etilib, muhim qarorlar qabul qilishda ham qo llaniladi. Bu tizim ʻ bizga an’anaviy usulda yaratiladigan jadval ma’lumotlardan farqli ravishda ma’lumotlar so rovi, turli qatlamlarni birlashtirish kabi operatsiyalarni bajarish ʻ imkonini beradi.
Geoaxborot tizimi tushunchasi 1960-yillar o rtasida Kanadada paydo bo lib,ʻ ʻ Kanada geografik axborot tizimi (Canadian Geographic Information System CGIS) deb atalgan. Tizimning asosiy maqsadi Kanada yer resurslari inventarizatsiyasini o tkazish va shu asosda yer resurslarining mavjud holati va ʻ kelajakdagi potensialini aniqlashdan iborat edi. Geografik axborot tizimi yer yuzidagi obyektlar, jumladan, binolar, shaharlar, yo llar, daryolar, davlatlarni kompyuter orqali tasvirlashga yordam ʻ beradi. Hozirda bu tizimni insoniyat faoliyati va dunyoda bo layotgan o zgarishlar, ʻ ʻ voqea-hodisalarni tasvirlash, tahlil qilish, muammoli vaziyatlarni aniqlash va ularni tushunish uchun qo llab kelmoqdalar. Kartalar orqali tasvirlab berilgan ʻ tahliliy muammolar insonga har xil sonlar, diagrammalardan ko ra visual ravishda ʻ samaraliroq tushunishga yordam bermoqda. Buning sababi, hozirda GAT orqali vizual ko rinishda biror-bir muammoni tasvirlashda juda ko plab usullardan ʻ ʻ foydalanilmoqda. Bu usullar jumlasiga turli ranglar, uch o lchamli ko rinishlar, ʻ ʻ vektorli tasvirlash kiradi va bu, o z navbatida, matnlar yoki sonlar orqali tushunish ʻ qiyin bo lgan jihatlarni ochib beradi. Shuning uchun ushbu tizim texnologik ʻ tizimlar turkumidan bo lsa-da, ijtimoiy, iqtisodiy va sog liqni saqlash sohalarida ʻ ʻ ham keng qo llanila boshladi. Hozirgi kunda geoaxborot tizimining ilmiy asoslari ʻ keng ko lamda o rganilmoqda va endilikda kartalar orqali tasvirlash geografik ʻ ʻ bilimlar sohasida isbotlangan usullardan biriga aylandi. Agar biron-bir sohaga oid muammolarni tushunishga va ularning yechimini izlashga kirishadigan bo lsak, ʻ endilikda darhol o sha muammoning raqamli kartasini ishlab chiqishimiz , ʻ muammoning ko lamini baholash orqali yechimlar izlashimiz va shunga yarasha ʻ qarorlar qabul qilishimiz mumkin bo ladi. ʻ GATda qo llaniladigan ba’zi atamalar keltirib o tiladi va foydalanuvchiga ʻ ʻ tushunarli bo lishi uchun quyida ularning ma’nolari va qisqartmalari to g risida bir ʻ ʻ ʻ qator ma’lumotlar beramiz. Karta (ingl. map, chart; grek. chartes – varaq ma’nosini bildiradi) yer yuzi va uning ayrim katta qismining sferik yuzasiga tushirilgan proyeksiyasining
qog ozdagi kichraytirilgan tasviridir. Karta ma’lum kartografik proyeksiya yokiʻ zonal tizimdagi to g ri burchakli koordinatada tuziladi. ʻ ʻ Nomenklatura deb topografik kartalarni varaqlarga bo lish hamda bu ʻ varaqlarni belgilash, ya’ni ularga nom berish tizimiga aytiladi. Raqamli karta (numerical, digital map) – kartalarni proyeksiyalashda, koordinata va balandlik sistemasini aniqlashda qabul qilingan kartografik generalizatsiyalash qonunlari asosida tashkil etilgan yuzaning raqamli modeli, boshqacha aytganda, raqamli kartografik ma’lumot. Raqamli karta kartografiyalash, karta aniqligi, generalizatsiya, shartli belgilar tizimining barcha me’yorlari va qoidalari asosida yaratiladi. Raqamli karta oddiy qog ozli, ʻ kompyuter va elektron karta yaratishda asos bo lib xizmat qiladi va kartografik ʻ ma’lumotlar bazasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, u GAT axborot ta’minotining muhim elementlaridan hisoblanib, bir vaqtning o zida GAT jarayonlarining natijasi ʻ ham bo lishi mumkin. ʻ Kompyuter kartasi –bu avtomatlashgan kartografiyalashning vositalari (grafoqurilma, plotter, printer, digitayzer yordamida qog ozda, plastikda, ʻ fotoplyonkadagi tasvir) yordamida grafik qurilmada chiqarilgan karta turidir. GAT texnologiyalari – bu GATning funksional imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam beruvchi va uni yaratuvchi texnologik asosdir. Geoaxborot tahlili – geomodellashtirish va fazoviy tahlil usullarini qo llagan holda obyekt va hodisalarning joylashuvi, tuzilishi va o zaro ʻ ʻ bog liqligini tahlil qiluvchi bo lim. ʻ ʻ Geoinformatika – ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati bo lib: ʻ Ilmiy asoslash va loyihalashda GATni yaratish, ekspluatatsiya qilish va foydalanish; Geoaxborot texnologiyalarini ishlab chiqish;
Amaliy jihatdan GAT dasturlarining amaliy va geoilmiy maqsadlarini o zʻ ichiga oladi. Geoinformatsion kartografiyalash – bu geoinformatika va karto- grafiyaning uzviy bog liqligi natijasidir. Geoinformatsion kartografiyalash ʻ avtomatlashgan kartografiya, masofadan zondlashni o z ichiga olgan aerokosmik ʻ usullar, deshifrlash, raqamli fotogrammetriya va geoinformatikaning uzviy bog liqligida shakllanadi. ʻ Geoinformatsion kartografiyalash kartografiyaning asosiy yo nalishlaridan ʻ biridir. U GAT hamda geografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni avtomatlashgan kartografik modellashtirishni tashkil etadi. Quyidagi omillar ushbu yo nalishning shakllanishiga turtki bo ldi: ʻ ʻ · Muammolar yechimini ta’minlashda talab etiladigan amaliy kartografiya. · Kartografiyada GATning yadrosi sifatida kompyuterlashgan karta tuzish va avtomatlashgan kartografiyaning qo llanilishi. ʻ · Nazariy, kartografik va geoinformatik yondashuvlarning integratsiya-lashuvi. · Katta hajmda yangi ko rinishdagi karta turlarining ilmiy-amaliy ishlardir. ʻ Geoinformatsion kartografiyalash kartografiyaning dasturiy boshqaruvi bo lib, bu kartografiyaning matematik asoslari va karta komponovkalari kabi ʻ an’anaviy muammolar va yangi vositalarga ham e’tibor berishni talab etadi. Topografik va mavzuli kartalar fazoviy ma’lumotlarning asosiy manbayidir. Geografik va to g ri burchakli koordinata sistemalari esa bu ma’lumotlarni ʻ ʻ ularning geografik joylashuviga qarab o zaro bog laydi va ʻ ʻ GATning ma’lumotlar bazasi tizimida saqlaydi. Bundan tashqari, aynan kartalar GATga kelib tushadigan masofadan zondlash ma’lumotlari, statistik ma’lumotlar, meteorologik kuzatishlar va boshqa turdagi ma’lumotlarni tashkillashtirish hamda geografik izohlashda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Geotizimga bog liq ʻ