logo

Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarining yoshlar tarbiyasidagi o’rni va roli

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

107.787109375 KB
Mavzu:   Jaloliddin   Rumiyning   “Masnaviyi     ma’naviy”   asarining   yoshlar
tarbiyasidagi o’rni va roli.
Mundarija:
Kirish………………………………………………………..3
I.Bob. Jaloliddin Rumiyning hayoti  va ijod yo’lining  ahamiyatli jihati .
1.1. Jaloliddin Rumiy tasavvuf ta’limotining yirik namoyondasi ekanligi………8
1.2. Adib ijodiy faoliyatida inson ma’naviy borlig’i va tavhid…….......………17
1.3.   Jaloliddin   Rumiyning   “Masnaviyi     ma’naviy”   asarining   tarixiy   ahamiyati   va
uning milliy, ma’naviy merosimizni tiklashdagi ahamiyati.………………..22
II.Bob.   Jaloliddin   Rumiyning   “Masnaviyi     ma’naviy”   asarining     nazariy   va
amaliy ahamiyati va uning yoshlar ma’naviy tarbiyasidagi o’rni.
2.1.   “Masnaviyi     ma’naviy”   asarining   hozirgi   yoshlar   ma’naviy   olamini
boyitishdagi
ahamiyati…………………………………………….....................................…32
2.2.   “Masnaviyi     ma’naviy”   asarining   ta’lim-tarbiya   tizimida     targ’ib   qilishning
dolzarb masalalari………………………….....................................…………..39
2.3.  Uchinchi renessans davrida ajdodlar  ma’naviy merosini   o‘ rganish  va yoshlar
ma’naviy olamini boyitishning muhim vazifalar i…………………………43
Xulosa…………………………………………………….47
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………..50
 
Kirish Mavzuning   dolzarbligi:   Insoniyat   paydo   bo‘libdiki,   ma'naviy   barkamollik
masalasi har bir davr uchun birdek muhim bo‘lib kelgan. Bugun biz shiddat bilan
taraqqiy   etayotgan,   yoshlarni   ma'naviy   tarbiya   qilish   va   ularni   kelajakka   yetuk
farzand   qilib   tarbiyalash   davrida     yashayapmiz.   Shubhasiz   axborot   buhronlari
tufayli   tobora   torayib   borayotgan   bizning   bu   asrimizda   ma'naviyat   masalasi,
qolaversa,   yosh   avlodni   ma'naviy   jihatdan   yuksak   tarbiya   topishi   yanada   dolzarb
ahamiyat   kasb   etadi.   Sir   emaski,   mustaqillikka   erishganimizdan   keyin   jahon
sivilizatsiyasiga   munosib   hissa   qo‘shgan   buyuk   allomalarimizning   ma'naviy
merosiga  katta e'tibor  berila boshlandi. O‘rta  asr  musulmon Sharqining muazzam
siymolaridan biri Jaloliddin Rumiy ham ana shunday zotlardan hisoblanadi. Zero,
Mavlono Rumiy qoldirgan ma'naviy meros asrlarga tatigulik ahamiyatga molikdir.
Jaloliddin   Rumiyning   falsafiy-ma'rifiy   qarashlarini   milliy     g‘oyamizning   asosini
tashkil qilgan komil insonni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyati sifatida e'tirof etar
ekanmiz,   ularni   har   tomonlama   va   tizimli   tarzda   tadqiq   etish   dolzarb
muammolardan   biri   ekanligini   quyidagilar   taqozo   etadi:   Mazkur   mavzu   milliy
mafkuramizning   chuqur   ildizlaridan   biri   bo‘lib,   asrlar   bo‘yi   insonlarni   sog‘lom
e'tiqod,   yuksak   ma'naviyat,   irfoniy   tafakkur,   ma'rifat   va   madaniyat   nuqtai   –
nazaridan   tarbiyalashga   xizmat   qilib   kelgan.   Bu   ta'limot   mustaqillikka
erishganimizdan so‘ng, yanada jiddiy, oqilona va adolatli tadqiq etila boshlandi. 
Birinchidan ,   ulug‘   mutafakkir,   shoir   Jaloliddin   Rumiy   falsafiy
qarashlaridagi inson kamoloti ma'naviy omillarining falsafiy mohiyatini tahlil etish
bilan   birga,   Mavlono   Rumiy   qarashlaridagi   diniy   bag‘rikenglik   g‘oyalarining   tub
mohiyatini ochib berish orqali hozirgi davrdagi  diniy jazava, ekstremizm, siyosiy
zo‘ravonlikni   rad   etib,   tolerantlik,   plyuralistik   kayfiyatdagi   tinch-osoyishta
yashashning tobora muhimligini ko‘rsatadi. 
Ikkinchidan ,   ushbu   mavzu   dolzarbligining   yana   bir   xususiyati
yoshlarimizda va zamondoshlarimizda milliy g‘urur tuyg‘usining shakllanishiga va
asarning   yoshlar   tarbiyasidagi   o’rni,   qolaversa   xalqimiz   va   davlatimizning   jahon
sahnasidan   yanada   munosib   joy   egallashiga,   oldimizga   qo‘yilgan   maqsadlarimiz
2 sarob   emasligiga   ishonch   hissini   uyg‘otadi.   Ularni   ijtimoiy   faollikka   chorlaydi,
orzu-umidlarimizni   sobit   qadam   bilan   ro‘yobga   chiqarishimizga   ma'naviy-ruhiy
madad bo‘lib xizmat qiladi.
Ishning   maqsadi   va   vazifalari :   Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsadi:
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi  ma’naviy” asarining yoshlar  tarbiyasidagi o’rni
va   rolini   tasavvuf   ta'limotini   falsafiy   tahlil   qilish   va   Jaloliddin   Rumiyning   boy
falsafiy   -   ma'naviy   merosini   o‘rganish   va   tadqiq   etishda   xolisona   yondoshuv,
Rumiy   ijodidagi   ma'naviy   komillik   masallarini   falsafiy   tahlil   qilish   va   qiyosiy
o‘rganish,   uning   yoshlar   tarbiyasiga   bo’lgan   Sharq   va   G‘arb   tadqiqotchilarining
asarlarini   qiyosiy   tahlil   qilish,   Rumiy   nazarda   tutgan   inson     tarbiyasi   ma'naviy
kamoloti   muammolarining   G‘arb   falsafasidagi   mushtarak   jihatlari   va   bugungi
kundagi   ahamiyatini   ochib   berishdan   iborat.   Jaloliddin   Rumiy   tarbiyaviy   va
tasavvufiy   qarashlarining   shakllanishiga   ta'sir   ko‘rsatgan   omillar,   mavlaviya
tariqatining   yuzaga   kelishi,   Rumiy   ilmiy-amaliy   faoliyatining   natijasi   sifatidagi
ahamiyati,   komillikka   eltuvchi   ahloqiy   fazilatlarning   Rumiycha   tasnifi   va   tavsifi,
inson   ma'naviy   kamolotigayoshlar   tarbiyasining     ijobiy   va   salbiy   ta'sir   etuvchi
ichki va tashqi  omillar, Mavlono Rumiyning komil  inson tamoyiliga doir yoshlar
tarbiyasida     konseptual   yondoshuvlarning   falsafiy   tahlili,   komil   insonni
tarbiyalashga   doir   zamonaviy   konsepsiyalar,   Rumiy   ta'limotidagi   mushtarak
jihatlar va uni ng falsafiy merosining yosh avlodni komillik ruhida tarbiyalashdagi
ahamiyati kabi muhim jihatlarni tadqiq etishdan iboratdir.
Tadqiqot   ob'ekti.   Ilmiy   tadqiqot   ob'ektini   Jaloliddin   Rumiyning
“Masnaviyi     ma’naviy”   asarining   yoshlar     tarbiyasidagi   o’rni   va   rolini   ijodiy
falsafiy   merosi,   hozirga   qadar  uning  ma'naviy   merosi   xususidagi   ilmiy  manbalar,
Rumiy   ilmiy   merosini   o‘rganishga   bag‘ishlangan   yurtimizdagi   va   xorijdagi
tadqiqotlar tashkil qiladi. 
Tadqiqotning   predmeti.   Jaloliddin   Rumiyning     “Masnaviyi     ma’naviy”
asarida   tasavvufiy   ta'limotida   inson   ma'naviy   kamoloti   va   yoshlar   tarbiyasi
3 masalasining   talqin   etilishining   konseptual-metodologik   va   aniq   faktologik
tamoyillarini o‘rganish va ilmiy-nazariy tahlili.
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi .   Bitiruv   malakaviy   ishida   Jaloliddin
Rumiyning   “Masnaviyi     ma’naviy”   asarining   yoshlar     tarbiyasidagi   o’rni   va   roli
alohida falsafiy tahlil ob'ekti sifatida o‘rganildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi yana
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
-   Jaloliddin   Rumiy   ijodidagi   inson   ma'naviy   kamoloti   masalalari   bugungi   Yangi
O’zbekistonni barpo etishda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati falsafiy tahlil qilindi.
-   Mamlakatimizda   olib   borilayotgan   yangicha   islohotlarda   Uchinchi   Renessans
jarayonida   ajdodlar   ma’naviy   merosi   bo’lgan   Jaloliddin   Rumiy     asarlarini
o’rganish, uning ma’naviy taraqqiyotimizdagi o’rni va ahamiyati asoslab berildi.
-   Jaloliddin   Rumiyning   “Masnaviyi   ma’naviy   asari”   asaridagi   ma'naviy–ahloqiy,
diniy bag‘rikenglik g‘oyalarining ahamiyati tadqiq qilindi.
- Jaloliddin Rumiy asoslagan mavlaviya tariqatining inson kamoloti uchun amaliy
ahamiyat kasb etuvchi omil va hozirgacha amaliy tarbiya vosita ekanligini falsafiy
tahlil etildi. 
-   Mavzuni   tadqiq   qilish   barobarida   Jaloliddin   Rumiy   merosining   bugungi   yosh
avlodni   komil   inson   ruhida   tarbiyalashdagi   dolzarb   ahamiyati   ta'kidlanib,   ta'lim
sohasida   tasavvuf   va   Rumiy   falsafiy   merosining   nazariy   asoslaridan   foydalanish
muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab berishga harakat qilindi.
Mavzuning   o’rganilish   darajasi .   Jaloliddin   Rumiyning   boy   falsafiy
ma'naviy   merosi,   jahon   falsafasi   va   madaniyatiga   qo‘shgan   hissasi   beqiyosdir.
Mana   yetti   asr   bo‘libdiki,   Jaloliddin   Rumiy   shaxsi   va   merosi   Sharq   va   G‘arbni
birdek   qiziqtirib   kelmoqda.  Birgina   uning  “Masnaviy   ma'naviy”   asari   o‘rta   asrlar
Sharqidagi universitetlarda o‘qitilib, bu asarni mukammal sharhlash layoqatiga ega
bo‘lgan   ilm   ahliga   “masnaviyxon”   unvoni   berilishi   fikrimizning   tasdig‘idir 1
.
1
  Жалолиддин   Румий.   Маънавий   ва   маснавий.   2-жилд.   Жамол   Камол   таржимаси.   Т:,   2003-йил,   114-бет.
4 Shunday   qilib,   Rumiy   merosini   o‘rganish   tadrijini   mavlono   daxldor   bo‘lgan
musulmon   Sharqidan   boshlashimiz   kerak   bo‘ladi.   Mavlono   Rumiy   ijodini   tadqiq
qilishda   Kichik   Osiyo,   Xuroson,   Movarounnahr,   Eron,   Hindiston   va   Pokistonda
“Masnaviyi”   asariga   bitilgan   sharhlar   muhim   ahamiyatga   egadir.   Olmoniyalik
sharqshunos   Anna   Mariya   Shimmelning   Jaloliddin   Rumiy   ijodini   xususan
“Masnaviyi”sini   tadqiq   etib   yozgan   asarlarida   bu   haqda   yanada   ko‘proq
ma'lumotlarga   ega   bo‘lamiz.   Shuningdek,   G‘arbiy   yevropa   XVIII   asr   oxiridan
boshlab   siyosiy   namoyondalari   orqali   Mavlono   Rumiyni   taniy   boshladilar.   J.de
Vallenburg, J. fon Hammer, Fredrish Rukert, Jeyms Redxoo’z, Reynold  Nikolson
va A. J. Orberi kabi olimlarni bunga misol qilishimiz mumkin. Umuman olganda,
G‘arb   olamida   Jaloliddin   Rumiy   ijodiga   bag‘ishlangan   juda   ko‘plab   tadqiqotlar
mavjud,   ammo   ularda   shunchaki   sharqshunos   yohud   tarjimon   sifatidagi   ilmiy
izlanishlar olib borganliklarini ko‘rishimiz mumkin.   
Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul:
“Rumiy   she’riyatining   o’ziga   xos   bir   jihati   shundan   iboratki,   siz   birinchi
navbatda o’zingizda insonga ishonchni mustahkamlaysiz. Va insonning ilohiyligini
Rumiy   judayam   teran   tarzda   ochib   beradi.   Rumiy   she’riyatining   quyoshi   -   Ishq.
Insonni   bir   haqiqat,   yoki   insonni   bir   Ishq   atrofida   birlashtirish   bolsa   agar,
Rumiyning   she’riyati   shu   ishni   amalgam   oshira   oladi.   Biz   aytamiz,   komil   inson
bo’lish   uchun   tasavvufni   bilish   kerak,   dinni   bilish   kerak,   falsafani   bilish   kerak,
tarixni va hokazo. Shularni hammasini Rumiy o’z ijodida sintezlashtirgan. Insonni
Rumiy   she’riyati   adashishlardan,   yuzakiliklardan,   sayozliklardan,   har   turli
mahdudliklardan xalos qiladi. Shu uchun bu qancha tarixiy she’riyat bo’lsa, xuddi
shuncha zamonaviy she’riyat.”   Mavlono Rumiy ijodini diniy va falsafiy g‘oyalar
bilan   uyg‘un   holda   tadqiq   etgan   olimlar   qatoriga   B.Furozonfara,   Ch.Xumoi,
M.Chafari, R. Fish, R. Xadizade, N.Odilova va boshqalarni keltirish mumkin.
Tadqiqotning   nazariy   va   amaliy   ahamiyati .   Ma'lumki   O‘zbekiston
mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng, uning tarixida yangi bir sahifa ochildi. Bu
esa   bizga   O‘zbekistonda   fuqarolik   jamiyatini   barpo   etish,   xalqimizning   ijtimoiy-
5 ma'naviy   taraqqiy   etishida   asrlar   davomida   shakllanib,   bizga   meros   bo‘lib
kelayotgan   o‘tmish   ajdodlarimizning   ma'naviy   merosini   har   tomonlama   chuqur
tadqiq qilish ma'suliyatini yuklaydi. O‘rta asr musulmon olami falsafiy - ma'naviy
tafakkuridagi   yuksalishlarining   asosi   bo‘lmish   tasavvuf   va   Jaloliddin   Rumiy
ma'naviy   merosida   insonning   ma'naviy   -   ruhiy   olamini   qo‘yyadi.   Shuning   uchun
ham   insoniylikning   asosini   tashkil   qiluvchi   ma'naviy   sirlarni   tadqiq   qilish   ilmiy
tadqiqotning nazariy  va amaliy  ahamiyatini  belgilaydi.  Tadqiq etilayotgan  mavzu
milliy   mafkuraning   diniy-falsafiy   ildizlaridan   biri   bo‘lib,   undan   barkamol   avlod
tarbiyasida foydalanish samarali natija beradi.
B MI   tuzilishi .   Mazkur   bitiruv-malakaviy   ish:   Kirish,   ikki   bob,   xulosa,
foydalanilgan   adabiyotlar,   ro’yxati   va   ilovalardan   iborat   bo’lib   _   betni   tashkil
etadi.
6 I.Bob. Jaloliddin Rumiyning hayoti  va ijod yo’lining  ahamiyatli jihati.
1.1 Jaloliddin Rumiy tasavvuf ta’limotining yirik namoyondasi ekanligi.
    Mavlono   Jaloliddin   Muhammad   Rumiy   yoki   Mavlono     nomlar   bilan   taniqli-
asosan,   arab   va   fors   tillarida   sharq   she’riyatini   yaratgan   atoqli   fors-tojik   shoiri-
so’fisi.   Ba’zida   uni   Mavlono   Jaloliddin   Muhammad   Balxiy,   ya’ni   tug’ilgan   yeri
bo’lmish ona shahri nomi bilan ham chaqirishgan. Jaloliddin Rumiy 1207-yil  30-
sentabr   kuni   Vaxsh   (hozirgi   Tojikiston)   shahrida,   o’sha   vaqtlar   Xurosonning
oytaxti   Balx   shahrida,   xalqda   mashhur   saroy   din-huquq   va   xatib-so’fi   olimi
Boxouddin   Valid   (1148-1231)     nomi   bilan   mashhur   Muhammad   ibn   Husayn   al-
Xatib   al-Balxiy   oilasida   dunyoga   kelgan.   Otasi   mo’g’illar   istilosi   sabab   ona
shahridan qochib ko’p yillik  darbadarlikdan so’ng, Kichik  Osiyoning   Ko’niya
shahrida   saljuqiy-turklar   saroyida   o’rnashadi.Jaloliddin   nafaqat   diniy-huquqiy
balki   aniq   fanlar   sohasida   ham   yaxshi   ta’lim   olgan,   arab,   yunon
tillarini,   ,,Quron’’ni   yaxshi   bilgan.       XIII   asrda   ko’niya   shahrida   Sulton   Valad
so’filik   ordenini   tasis   etib,   marosimlarda   Rumiyning   asarlaridan   foydalangan.
Rumiy   Usmoniylar   Turkiyasidagi   eng   obro’li   darvishlarning   hamda   bizning
davrimizdagi   mavjud   tariqatning   ma’naviy   davomchisi.   Bolaligidayoq   ona   yeri
shahrini tark etishga majbur  bo’ladi. Uning otasi  Boxouddin Valad so’fi va diniy
olim   bo’lgan.   Shuning   uchun   ham   u   Xorazimshohlar   saroyida   xizmat   qilish
taklifini   oladi.   Ammo   Valad   o’z   e’tiqodida   mustahkam,   chuqur   bilimga   ega   va
juda   haqqoniy   bo’lgan.   Turli   vajlarga   ko’ra,   u   shohning   iltimosini   rad   etib
maktabda   bolalarga   dars   berish   uchun   qoladi,   hamda   ilmiy     va   ijodiy   faoliyatini
davom   ettiradi.   Shu   sabab   Xorazmshoh   bilan   o’rtada   kelishmovchilik   yuzaga
keladi. Haj safarini ado etish uchun Balx shahrini tark etadi. Jaloliddinning so’filik
yo’liga tushishi Shamsiddin Tabriziy nomi bilan bog’liq. Bu darveshning xutbalari
va   u   bilan     shaxsiy   suhbat   va   keyinroq   sirli   g’oyib   bo’lishi   Jaloliddin   qalbini
butunlay   o’zgartirib   yuboradi.   Rumiyning   salobati   shundaki,   u       buyuk   shoirlik
maqomiga   ega   bo’lib,   turkey   olamga   tanilgan.   Islom   dining   barcha   oqimlari   va
7 boshqa   dinlar   uchun   u   yagona   g’oyani   ilgari   surib,   unda   yaratganga   bo’lgan
muhabbatni, uning kuchiga bo’lgan e’tiqodni, niyat va ishlarni pokligini tarannum
etgan.           U   shunday   yozgan:   “Yo‘llar   turli   bo‘lishi   mumkin,   ammo   yakuniy
maqsad   yagona   -   Allohning   oldiga   borish”.   U   umrining   oxirigacha   Xudoning
oldida   barcha   tengligini   targ‘ibot   qilgan.   Rumiyning   “Bilim   mohiyati”   asari   bu
uslubda yozilgan tengi yo‘q kitob sanaladi. Uni Rumiy ruboiy emas, nasr uslubida
yozgan. Kitobda so‘zlar bulbul og‘zidan chiqqani kabi erkin uzuladi. Unda barcha
narsa erkin: qalb ham, fikrlar ham, jumlalar ham, holat ham. Rumiydan sakkiz asr
o’tib,   XX   asr   shoirlari   oq   she’r   deb   nomlanuvchi   adabiy   uslubdan   foydalana
boshlashdi.         Bu   uslubni   hali   XIII   asrda   Jaloliddin   Rumiy   ochib,   o‘z   ijodida
foydalangan   edi.       O‘zining   sevimli   asarini   u   15   yoshida   yozgan.   Unda   yigirma
besh ming olti yuz o‘n sakkiz bayt mavjud. Kitobni jahon adabiyoti shoh asari deb
hisoblasak   mubolag‘a   bo‘lmaydi.   Uni,   shuningdek,   “So‘fichilik   qonunlari”   deb
ham atashadi.     
   R. she riyati, asosan,  ilohiy ishq bilan bog langan. U o zining barcha asarlaridaʼ ʻ ʻ
yeru   ko kning   sohibi   bo lmish   Alloh   va   uning   zamindagi   xalifasi   hazrati   insonni
ʻ ʻ
ulug laydi. R.ning mashhur asari "Masnaviyi ma naviy"dir. Asarda Qur oni karim	
ʻ ʼ ʼ
va   Hadisi   sharif   ma nolarini   o ziga   singdirgan,   inson   hayoti   bilan   bog liq   barcha	
ʼ ʻ ʻ
masalalar badiiy yo sinda bayon etilgan. 6 jild (daftar)dan iborat asarning dastlabki
ʻ
qismlarini   adibning   shogirdi   Hisomiddin   Chalabiy   ustozi   og zidan   yozib   olib,	
ʻ
taxlildan o tkazgan. Chalabiy vafotidan so ng muallif asarning davomini 10 yilda	
ʻ ʻ
yozib   tugatadi.   Qur oni   karim   oyatlarining   70   foizi   mohiyatini   o zida	
ʼ ʻ
mujassamlashtirgan,   270   dan   ziyod   hikoyalarni,   yuzlab   pandu   hikmatlarni   o z	
ʻ
ichiga olgan bu kitob o z vaqtida va keyinchalik ham yozuvchi nomining dunyoga	
ʻ
keng tarqalishiga sabab bo lgan. Chunki R. masnaviyda o zigacha bo lgan Sharqu	
ʻ ʻ ʻ
G arb   donishmandlarining   falsafiy   qarashlarini,   islomiy   farzlarni   sodda   bir	
ʻ
uslubda, she riy yo l bilan badiiy ifodalagan. Agar R. "Har ertalab bemorlar shifo	
ʼ ʻ
tilab   Iso   alayhissalom   eshigiga   borishgani",   "Lochinning   o rdaklarni   sahroga	
ʻ
chiqargani",   "Zarvon   ahli   qissasi",   "Majnun   Layli   ko yida   yurgan   itni   o pib,	
ʻ ʻ
8 erkalagani",   "Bo yoqchining   xumiga   tushgan   shaqalning   tovuslik   da vo   etgani",ʻ ʼ
"Xorut   va   Morut   qissasi"   singari   qissa   va   hikoyalarida   payg ambarlar   hayotidan	
ʻ
turli mo jizalar keltirib, islomiytasavvufiy g oyalarni targ ib etgan bo lsa, boshqa	
ʻʼ ʻ ʻ ʻ
turkum hikoyalarida bevosita insonning kundalik turmushi, ilmma rifat kasb etishi,	
ʼ
hunar   o rganish   yo lidagi   riyozatlarini   badiiy   tasvirlab,   chuqur   falsafiy   xulosa	
ʻ ʻ
chiqarishga undagan.  
        Jaloliddin o‘z asarlarini turli taxalluslar bilan imzolagan: “Balxiy” - tug‘ilgan
yeri   bo‘yicha,   “Shams   Tabriziy”   -   do‘sti   va   ma’naviy   ustozi,   ammo   eng   tanilgan
taxallusi   “Rumiy”   -   u   va   uning   yaqinlari   ikkinchi   vatanini   topgan   mamlakat.
Mavlono   Jaloliddin   Rumiyning   ilmiy   va   adabiy   merosi   g oyat   katta.   G azal,	
ʻ ʻ
masnaviy   va   ruboiylarni   o z   ichiga   oladigan   „Devoni   kabir“   („Ulug   devon“)da	
ʻ ʻ
uch   mingdan   ortiq   she r   bor.   Falsafiy-so fiyona   mushohadalar,   ruhiyat
ʼ ʻ
dialektikasini   kashf   etib,   inson   aqlini   lol   qoldiradigan   teranlik   bilan   yozilgan
„Masnaviy-ma naviy“   ham   bir   necha   ming   baytdan   iborat.   Bundan   tashqari,	
ʼ
„Maktubot“, „Fihi mo fihiy“ („Ichindagi ichindadir“) nomli asarlari ham mavjud.
Rumiyning asarlari asosan fors tilida yozilgan, ammo baʼzida sheʼr yozishda u turk,
arab   va   yunon   tillaridan   ham   foydalangan.   Uning   Konyada   yozilgan   „Masnaviy
maʼnaviy“   asari   fors   tilidagi   eng   buyuk   asarlardan   biri   hisoblanadi.   Mavlono
Jaloliddin   Rumiy   —   jumla   bashariyat   nomini   hamisha   iftixor   ila   tilga   oladigan
buyuk   ijodkor,   betimsol   alloma,   uning   „Masnaviyi   maʼnaviy“   asari   esa   teran
hayotiy   oʻgitlar,   bebaho   hikmatu   haqiqatlar   xazinasidir.   Uning   asarlari   bugungi
kunda buyuk Eronda va fors tilida soʻzlashadigan dunyoda asl tilda keng oʻqiladi.
Uning  asarlari tarjimalari, ayniqsa Turkiya, Ozarbayjon,  AQSh va Janubiy Osiyoda
juda   mashhur.   Uning   sheʼriyati   nafaqat   fors   adabiyotiga,   balki   Usmonli   turk,
Chagatay, urdu va pashtu adabiy anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatdi.
Mavlono Rumiy o‘zidan keyingi avlodlarga 5 muhim va qimmatbaho asar qoldirdi: 
1.   "Devoni   kabir",   "Devoni   shamsi   tabriziy",   "Devoni   shamsul   haqoyiq"   degan
nomlar bilan mashhur devon. yevon g‘azal va ruboiylardan iborat.
9 2.   "Masnaviyi   ma’naviy"   -   25700   baytdan   iborat   bebaho   tasavvufiy-ishqiy   asar.
Songgi   yillarda   taniqli   o‘zbek   shoiri   Jamol   Kamol   tomonidam   I-II   -   jildlari,   shoir
Asqar Mahkam tomonidan I-jildi o‘zbek tilida nashr etildi.
3.   "Fiyhi   ma   fiyhi"   ("Ichingdagi   ichingdadir")   -   Mavlononing   suhbatlaridan   iborat
falsafiy kitob. 1998 yilda Toshkentda o‘zbek tilida nashr etildi.
4.   "Mavoizi   majolisi   sab’a"   -   bu   asar   Rumiyning   etti   o‘git   va   pand-nasihatlaridan
iborat.
5.   "Maktubot"   -   Mavlononing   turli   davrlarda   zamondoshlariga   yozgan
maktublaridan tashkil topgan to‘plam.
Jaloliddin Rumiy ijodi yuksak badiiyati bilangina emas, balki mantiq kuchi, falsafiy
fikrlarga   boyligi   bilan   ham   katta   ta’sir   quvvatiga   ega.   Taniqli   olim   va   adib   Radiy
Fish   so‘zlari   bilan   aytganda,   shoirning   «mavhum   mantiqiy   kategoriyalarda   emas,
balki   otashin   shoirona   timsollar   vositasida»   talqin   etilgan   tabiat   va   jamiyat
hodisalarining doimiy o‘sish, o‘zgarishda ekani, eskining yo‘qolib, yangining paydo
bo‘lishi   —   «dunyoning   ziddiyatlar   birligidagi   ziddiyatlar   jangi»dan   iboratligi
to‘g‘risidagi qarashlari buyuk nemis faylasufi Gegelyushg e’tiroficha, unta dialektik
metod   yaratishga   yordam   bergan.   Yoki   ulug‘   mutafakkir   Husn   va   Ishq   tortilishi
misolida birinchi bo‘lib olamning asosida o‘zaro tortishish kuchlari yotishi haqidagi
fikrni   o‘rtaga   tashlaydiki,   mazkur   qonunning   chindan-da   amal   qilishini   bir   necha
asrdan   keyin   ingliz   olimi   Nyuton   kashf   etdi.   Jaloliddin   Rumiy   ijodi   usmonli   turk
adabiyotining   sarchashmasi   hisoblanadi.   Zero,   shoirning   millati   —   turk,   kelib
chiqishi   —   xorazmlik.   Uning   buvisi   Alo’iddin   Muhammad   Xorazmshohning   qizi
bo‘lgan.   Mavlono   tavallud   topgan   Balx   shahri   u   davrda   Xorazmshoxlar   davlatiga
qarar   edi.   Hozirda   Afg‘oniston   hududida   bo‘lgan   bu   qadimiy   va   dongdor   shahar
aslida uzoq asrlar mobaynida Turon mulkining mashhur shaharlaridan biri sanalib
kelgan.   Ma’lumki,   Jaloliddin   Rumiy   o‘z   davrining   an’anaviy   adabiy   tili   bo‘lmish
forsiyda   ijod   qilgan.   Bizda   shoir   ijodini   o‘rganish   va   targ‘ib   etish   Radiy   Fishning
10 «Jaloliddin   Rumiy»   deb   nomlangan   tarixiy-biografik   romanini   tarjima   qilish   bilan
bonshandi   (Ruschadan   J.   Kamol   tarjimasi).   Shundan   keyin   Sh.   Shomuhamedov
Rumiy g‘azallari, ruboiylari va masnaviylaridan bir nechtasini o‘zbekchaga o‘girib,
fors-tojik   mumtoz  shoirlari  asarlaridan   tashkil  topgan   «Injular   ummoni»   kitobida
e’lon   qildi.   J.   Kamol   esa   avval   Rumiy   ruboiylari   va   masnaviylaridan   namunalar
tarjima   qilib,   «Uchmoqqa   qanot   yo‘q   vale   uchgayman»   nomi   bilan   alohida
kitobcha   holida   nashr   ettirgan   bo‘lsa,   yaqinda   buyuk   «Masnaviyi   ma’naviy»
tarjimasini  nihoyasiga  yetkazdi.  Jami  olti  kitobdan   iborat  bu  ulug‘  asarning  4  tasi
bosmadan chiqdi. A. Mahkam «Masnaviy»ning birinchi kitobi bir qismini sharhlari
bilan o‘zbekchalashtirib, nashr qildirdi.
Hazrat   Alisher   Navoiy   "Ustozlar   ustozi"   deb   sharaflagan,  Abdurahmon   Jomiy   esa
"U   payg‘ambar   emas,   ammo   payg‘ambarlik   kitobi   bor"   deb   ulug‘lagan   Mavlono
Jaloliddin Balxiy-Rumiy 1273 yilning izg‘irinli qish kunlarining birida vafot etgan.
  Mustaqillik   yillarida   tasavvuf   ilmini   o’rganish   va   tasavvuf   ilmi   doirasida   qator
ilmiy   tadqiqot   ishlari   amalga   oshirilishiga   ham   alohida   e’tibor   berildi.   Buyuk
tasavvuf   namoyondalarining   ijdini   o’rganish   va   tadqiq   etish   masalalari   ham   bir
muncha   erkinlashtirildi.   Tasavvuf   ilmi   Sharqda   ya’ni,   dastlab   Iroqda   VII   asrda
shakillangan   bo’lib,   u   asrlar   osha   kishilarni   ma’naviy   va   ruhiy   poklikka,
komillikka,   shuningdek,   sog’lom   e’tiqodga   da’vat   etuvchi   yuksak   axloqiy
tafakkurni   o’zida   mujassamlashtirgan   muqaddas   ilmlardan   hisoblanadi.   2017-yil
15-iyunda   Toshkent   shahrida   bo’lib   o’tgan   “Ijtimoiy   barqarorlikni   ta’minlash,
muqaddas   dinimizni   sofligini   asrash   –   davr   talabi”     mavzusidagi   vedioselektrda
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir qator takliflar kiritdi.
Shu takliflarda tasavvuf namoyondalarini o’rganish va tasavvuf maktabini yaratish
zarurligi  aytib o’tilganligi, tasavvuf  ilmi  yoshlar tarbiyasiga qanchalar  kerakligini
yaqqol   ko’rishimiz   mumkin.   Jaloliddin   Rumiy   ko’p   yillar   davomida   tasavvuf
ilmining yirik namoyondalari hisoblangan Boyazid Bistomiy, Junayd Bag’dodiy va
Mansur Hallojlarning ta’limotlari bilan ham yaqindan tanishib chiqadi. U o’zining
11 mashhur   “Masnaviyi   ma’naviy”   asarida   tarkibidagi   falsafiy-axlqiy   hamda   diniy
mavzudagi   hikoyat-u  rivoyatlarn, masallar-u  mattalarga tartib berishda  aynan  shu
aynan   shu   ijodkorlar   asarlaridan   iqtiboslar   keltiradi,   ularning   fikrlari   va
qarashlarini   o’z   ta’limoti   bilan   solishtirgan   holda   o’z   ijodi   orqali   ushbu   tasavvuf
ilmi namoyondalariga bo’lgan ehtiromini izhor etadi. Alloma ilm-u ma’rifat izlab
to’qqiz   yil   umrini   musofirlikda   o’tkazadi   va   shu   yillar   davomida   falsafa,   mantiq,
she’riyat   va   fiqh   ilmlarini   mukammal   o’rganadi.   O’z   davrining   yirik   ulamolari
bilan turli mavzularda munozaralar yurita olish darajasiga yetadi. Mavlono Rumiy
buyuk donishmand va shoir balki kuchli notiq sifatida ham shuhrat qozonadi. 
Donishmandlardan   biri   shunday   degan   ekan:     “Dil-   dengiz,   til-qirg’oq.
Dengiz   to’lqin   ko’tarsa,   qo’ynidagi   barcha   narsani   qirg’oqqa   chiqarib   tashlaydi”.
Jaloliddin   Rumiy   qalbida   ham   o’z   davrida   rizolat-u   jaholatga,   fahsh   va   zinoga,
ikkiyuzlamachilig-u   turli   bir   biriga   zid   aqidalarga   nisbatan   isyon   ko’tarila
boshlaydi. 2
 
Tasavvuf   –   islomda   insonni   ruhiy   poklikka   va   axloqiy   jihatdan   komillikka
yetaklovchi ta’limotdir. Inson hayotda komil inson bo’lish uchun haqiqat yo’lidan
yurmog’i   lozim. Haqiqatni qidirgan inson hayotda ham o’z baxtini to’g’ri yo’lga
yo’naltirgan inson sifatida ulug’lanadi. Bu jarayonda inson yaxshilik va yomonlik
o’rtasida   kurashish   kerakligini   anglab   yetadi.   Shu   bilan   birga   bugunda
jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar samaradorligi ham Islom falsafasiga e’tibor
kuchayganligidan dalolat beradi. Mustaqilligimiz tufayli mamlakatimizda tasavvuf
ilmini   o’rganish,   unga   doir   asarlarni   tarjima   qilish,   atoqli   so’fiylar   va
mashoixlarning maqbaralarini tamirlash va qaytadan qurishga ahamyat berildi. 
Tasavvuf   bir   tomondan   o’ta   qiziqarli   va   rangbarang   hamda   kezi   kelganda
sirli,   ziddiyatli   va   murakkab   axloqiy   qarashlar   majmui   ham   hisoblanadi.
Shuningdek   Alloh   taolga   bo’lgan   o’ta   kuchli   e’tiqod   va   muhabbat   hamda   uning
rasuli bo’lgan Muhammad (s.a.v ) ga bo’lgan ixlos va muhabbat, o’ziga xos odob
2
Қаранг.   Жалолиддин   Румийнинг   Фийҳи   мо   фийҳи.   (Ичиндаги   ичиндадур)   Улуғбек   Ҳамдам   таржимаси.  
Т.:   Янги   аср   авлоди, 2001,   72-73   бетлар.
12 va axloq, tartib-  qoida, shart-sharoitlar va marosimlar majmuasidan tarkib topgan
ta’limotdir. Taniqli tasavvufshunos olim Najmiddin Komilov tabiri bilan aytganda
“Tasavvuf   diniy   e’tiqod,   hikmat,   badiiy   ijod,   omuxtaligidagi   hissiy   -tafakkuriy
ta’limot  bo’lib, ilohiy ishq  bayonnomasidir”. Tasavvuf  ilmi  Sharqda shakillangan
bo’lib,   u   kishilarni   asrlar   osha   ma’naviy   va   ruhiy   poklikka,   sog’lom   e’tiqodga
da’vat   etuvchi   yuksak   axloqiy   tafakkurni   o’zida   mujassamlashtirgan   bir   ilfoniy
bilim   hisoblanadi.   Sharqda   bu   ilm   bilan   shuhrat   qozongan   minglab   mutaffakirlar
yetishib chiqqan. 
Ana   shunday   buyuk   siymolardan   biri   Mavlono   Jaloliddin   Rumiy
hisoblanadi. Bu ulug’ zotga Abdurahmon Jomiy shunday ta’rif berib o’tadi: 
Ul Fariydundir ma’no dunyosiga, 
“Masnaviyi” burhondir asl zotiga.
Men ne dey oliyjanob vasfiga,
Bor kitobi, lek payg’ambar emas.
desa,   yana   bir   o’rinda   “Yaxshillika   chaqiruvchi   ulug’   Mavlono-   jonlarning
xulosasi,   din   va   haqiqat   quyoshi,   avvalgi   va   oxirgilarga   Ollohning   nuri”   deya
ta’riflar   bergan.   Alisher   Navoiy   esa:   “Mavlono   Rumiy   -ilohiy   ishq   kuychisi,
buyuklarning   ko’z   ilg’amas   cho’qqisi”,   “Ustozlar   ustozi,   haqiqat   asrorini
o’rgatuvchi, Allohni taniganlar dengizining g’avvo” deb ta’riflab o’tadi. 3
  Mavlono   Rumiy   umr   bo yi   diniy   aqidalar   istibdod   (jabr-zulm)iga   qarshiʻ
inson   ruhi   erkinligini   himoya   qilgan,   irqi,   tili   va   diniy   mazhabidan   qat i   nazar,	
ʼ
insonlar tengligini tashviq etgan. U diniy aqidalarga, fikr va tuyg ularni zanjirband	
ʻ
etuvchi   urflarga   qarshi   kurashgan.   Jaloliddin   Rumiy   merosining   islom
madaniyatidagi   o’rnini   tadqiq   qilishda   avvalo,   o’rta   asrlar   musulmon   olamining
muazzam ta’limotlaridan biri bo’lmish tasavvufning ahamyati juda katta. Tasavvuf
islomning   botiniy   jihotlarini   qamrab   olib,   uning   bosh   g’oyasi   Alloh   taoloning
3
.   Жалолидин   Румий   хакида.   Техрон.   2001   B   62
13 roziligiga   ershish   uchun   nafsni   poklab   go’zal   axloq   sohibi   bo’lishga   intilmoqdir.
Quroni karim va hadisi sharifga tayangan tasavvuf islom ilm-fani va madanyatidan
munosib   o’rin   olganJaloliddin   Rumiy   uchun   ham   ma’naviy   yetuklik   pillapoyasi
bo’lib xizmat qilgan. Xususan,  Mavlono Rumiyning ,,Masnaviyi  ma’naviy’’ asari
haqida Najmiddin Komilov quyidagi fikrlarni keltirib o’tgan: 
Masnaviyida   bir   necha   hikoyat   va   rivoyatlar   keltirilgan.   Quroni   Karimning
yuzlab   oyatlari   tilga   olinib,  690   hadisga   rumiyona  sharh   berilgan.  Oddiy   latifalar
va   hikoyatlardan   Rumiy   favqulotda   falsafiy   so’fiyona   ma’nolar   chiqaradi,   teran
doiradan   doiraga,   darajadan   darajaga   ko’tarilib   boradi.   “Quronning   uch   qabat
botiniy   ma’nosi   bor”   deb   qayd   etadi   va   bizga   ana   shu   ma’nolarni   izchil
tushuntiradi. 
Haqiqatdan   ham   Mavlono   Rumiyning   asarlari   islom   dini   mohiyati   asosida
yozilgan bo’lib, olam va odam mohiyatining ma’naviy sir asrorlaridan voqif qiladi.
Mutaffakir   insonning   bu   dunyodagi   ahvoli,   ruhiyati   xususida   takidlab   shunday
fikrlarni bildiradi: “Insonda shu qadar ulkan ishq, hirs, orzu va dard bordirki, yuz
minglarga   olam   o’ziniki   bo’lsada   ammo   ko’ngli   tinchimaydi”.   Mavlononing   bu
fikrlaridan   ko’rinadiki,   bu   dunyoda   insonni   chalg’itadigan   va   uning   o’zligini
tanishga   to’sqinlik   vositalar   bisyor.   Inson   o’z   mohiyatini   anglamoq   uchun   va
haqiqiy   hotirjamlikka   erishish   uchun   hayotidagi   o’tkinchi   vositalarga   aldanib
qolmasligi   lozim.   Insonning   mohiyatini   Mavlono   ikki   asosda   –   moddiy   va
ma’naviy   jihatlarining   uyg’unligida   deb   biladi.   “Agar   danakni   chaqib,   mag’zini
eksak unmaydi. Agar qobig’i bilan tuproqqa qadasak unish hodisasi  ro’y beradi”.
Bunda mutaffakir ruhiy mavjudot bo’lgan insonga ishora qilib,  danakning mag’zi
ruh, qobig’i esa insonning vujudi ekanligi, bu foniy dunyoda insonning ikki dunyo
saodatiga   noil   bo’lishi   uchun   esa   mana   shu   moddiy   va   ma’naviy   asosning
uyg’unligi   muhim   ahamyat   kasb   etishini   nazarda   tutadi.   Bundan   ko’rinadiki
Mavlononing   maqsadi   insonni   g’ofillikdan   uyg’otib,   o’z   mohiyatini   teran
anglashga undash, uning faqat moddiyat asri bo’lib qolmasligi   va haqiqiy ilm va
hikmatning   boshi   bo’lgan   Allohni   tanishga,   uning   jamoliga   Musharraf   bo’lishga
14 chaqirishdir.   Buning   uchun   inson   vujudidagi   hayvoniylik   sifati   mag’lub   bo’lib,
insoniylik sifati zuhur etilishi kerak bo’ladi. Ana shunda Mavlono aytganlaridek ,
“Insonning   ichi   hurriyat     olamiga   aylanadi” 4
.   Mavlono   Rumiyning   asarlaridagi
diniy-irfoniy   g’oyalar   islom   tasavvufining   asosida   shakillangan   bo’lsa-da,
Mavlono o’z davrida mustaqil yo’l va yo’nalishga ega bo’lgan. Bu uning islom  va
tasavvuf   ma’naviyati   xalqchil   ruhda   falsafiy   mushohadalarga   boy   hikoyatlar   va
masnaviy   janirida   bitilgan   she’riyatida   namoyon   bo’ladi.   Milliy   mafkuraning
diniy-falsafiy   ildizlaridan   biri,   kishilarni   komillik   darajasiga   yetkazishga   xizmat
qiladigan   ta’limot   tasavvufdir.   Tasavvuf   islom   dini   zaminida   va   islomiy   aqidalar
bag’rida   vujudga   kelgan,   avliyolar   e’tiqodida   tug’ilgan,     qariyb   o’n   ikki   asrdan
buyon   yashab   kelayotgan   bo’lib,   unda   insonning   bir   qancha   ezgu   istaklari
mujassamlashgandir.   Tasavvuf   asrlar   osha   kishilarni   sog’lom   e’tiqod,   yuksak
ma’naviyat,   irfoniy     tafakkur,   ma’rifat   va   madanyatga   chorlagan   va   tarbiyalagan.
Keng   taraqqiy   topgan,   bundan   tashqari   Sharqda   O’rta   asr   muxolifati   sifatida
quloch   yoygan   tasavvuf   keyinchalik   dunyoqarashning   bir   turiga   aylanadi.
Tasavvuf tarkidunyochilikdan ajrab, o’z taraqqiyotining ilk bosqichi (VIII-IX) dan
tashqari bo’lgan davrgacha falsafiy, diniy va axloqiy ta’limotga aylandi. Jaloliddin
Rumiyning   fikricha   haqiqiy   ma’naviy   bilim   bu   insonning   qalbidir.   Ilm   qalb
tubidan   chiqqandagina   u   fikrni   charxlaydi   va   haqiqatning   mohiyatiga   erishtiradi.
Tasavvufning   asosiy   aqidalaridan   biri   bu   vahdatul   vujuddir,   ya’ni,   xudo   butun
koinotda   mavjuddir   va   dunyoning   har   joyida   xudoning   jilasini   ko’rish   mumkin.
Inson   qalbida   esa   xudoning   jilvasi   mavjuddir.     Bizningcha     mo’min   xudoning
vujudini   isbotlamasligi   kerak   balki,   uni   qalban   his   etishi   lozim.   So’fiylikda   ko’r-
ko’rona e’tiqod o’rniga xudoga nisbatan shiddatli muhabbatni ilgari suradi. Har bir
insonga ulug’ bir ne’mat berilgan. Bu ne’mat undagi ijodkorlik ruhiy kuchidir. Bu
kuchni yuzaga chiqarish insonning asosiy vazifasidir. Bu yo’lda unga ko’p narsalar
to’siq   bo’ladi.   Shulardan   eng   asosiysi   moddiy   olam   ne’matlariga   bog’lanib
qolishdir.   Nafs   va   hirs   insonni   ruhiy   ozuqadan   mahrum   qiladi   va   uni   boshi   berk
4
  Жалолиддин   Румий.   Маснавий   5   жилд. «Ал худо»   нашриёти.   –Т   2004,   B   39-40
15 ko’chaga kiritib qo’yadi. Inson hayotini arzimagan ishlarga bag’ishlaydi va uning
qalbida   qandaydir   azoblanish,   iztirob   chekish   hissiyotlari   payda   bo’ladi.   Bu
hissiyotni yengish uchun Rumiyning fikricha, inson o’zini ham, molini ham alloh
yo’liga   bag’ishlashi   lozim.    Buni   qanday   tushunish   kerak  degan   savol   tug’iladi   ?
Inson   o’z   hayoti   davomida   topgan   mol-u   davlatiga   hirs   qo’ymasligi   kerak.   Aks
holda undagi ijodkorlik faoliyati so’nadi va inson ichidagi eng katta mulk bo’lgan
mehir-muhabbatdan  ajralib  qoladi. Jaloliddin  Rumiy  uchun  Alloh yo’lidan yurish
qalbda ilohiy muhabbatni his etish va avj oldirish muhim hisoblanadi. Aynan shu
muhabbat   ruhi   insonga   asosiy   ruhiy   ozuqa   beradi   va   inson   atrofidagi   barcha
narsalarning   yashiringan   go’zal   siymsini   ko’rishga   imkon   yaratadi.   Bu   go’zallik
esa   butun   olamning   naqshi   bo’lib,   unda   Allohning   jamoli   yashiringandir.   Faqat
inson qalbidagi muhabbat hissiyoti bu niqoblarni ochib tashlashi mumkin. Shunda
insondagi ijodkorlik faoliyati ochiladi. Inson o’z hayoti davomida har xil ishlarga
mehir   qo’yishi   mumkin   va   bu   uning   ijodi   ochilishiga   sabab   bo’ladi.   Lekin   bu
ijodkorlik   chegaralangan   bo’ladi.   Haqiqiy   yaratuvchilik   kuchi   esa   cheksiz   va
chegarasizdir. U insonga katta hayotiy kuch berib, hayotining o’zi bilan qo’shilib
ketadi   va   hayotning   zaminida   yotgan   jo’shqinlik   kuchiga   aylanib   ketadi.   Aslini
olganda   hayotning   o’zi   ham   yaratish,   ijod   qilishdir.   Shuning   uchun   Jaloliddin
Rumiy aqliy ijodkorlikni ruhiy ijodkorlik kuchidan ajratadi. Aqildagi ijodkorlik bu
narsalarning inikosini toppish va yangiliklarni yaratishdir, Lekin bu ijodkorlik aql
doirasi   bilan   chegaralanib   qoladi.   Ruhiy   ijodkorlik   esa   barcha   narsalarning
zaminida   yotgan   ruhiy   kuchni   o’z   ichki   olamida     kashf   etish   va   shu   ruhiy   kuch
orqali butun borliq bilan qo’shilib ketish, komillikka yetishishdir. 
Olimlarning   bilimini   Jalliddin   Rumiy   chegaralanib   qolgan   deb   hisoblaydi.
Ular   narsalarni   ayrim   tomonlari   va   xususiyatlarini   bilishadi.   Ular   qimmatbaho
uzukning   ayrim   belgilarini   bilishsa   ham   uning   asil   qiyofasini   topisha   olmaydi.
Narsalarning   mohiyati   esa   ularning   zoti   bilandir   tengdir.   Inson   qalbigina   bu
narsalarning mohiyatidan xabardordir. Jaloliddin Rumiy odamlarga o’zligini tanish
16 darsini   o’rgatadi.   Xalqni   to’g’ri   yo’lga   hidoyat   qiladi.   Uning   barcha   asarlarida
futtuvat va muhabbat rahnamolik qiladi va bularni hamma uchun talqin qilgandir. 
Mavlononing tasavufiy qarashlari insonning taqdiri, hayotdagi maqsadi, asli
va   asliatiga   qaytarishlik,   Allohni   tanishga   bo’lgan   intilishlarga   yo’naltirilgan   edi.
Mavlono   insonning   qalb   dunyosidagi   xazinani   kashf   etdi.   Insoniylik   xamirini
pishirdi   va   insoniylik   javhariga   ishlov   berdi.   Shu   bilan   birga   islom   tasavvufi
mohiyatini bashariyatga o’zining ilohiy ishq yo’g’rilgan satirlari bilan anglatishga
harakat qildi va bu borada beqiyos muvoffaqiyatlar qozondi. U tasavvufning ishq
yo’li   ekanligini   o’ziga   xos   majoziy   ma’nolarga   boy   asarlari   bilan   tushuntirdi.
Mavlonoga   o’zlarini   yaqin   deb   bilgan   boshqa   dindagilar;   “Biz   Muso   va   Iso
alaysalomning   sirlarini   unda   ko’rdik,   u   quyosh   kabi   bir   yerni   emas   balki   butun
dunyoni   yoritadi” 5
  kabi   fikrlari   bilan   uning   nafaqat   islom   dunyosi   balki   jahon
madanyatidagi   mavqeyining   yuksalishiga   ishora   qiladilar.   Ma’lumki   tasavvufda
ilohiy   ishq   masalasi   asosiy   o’rinda   turadi.   Islom   madanyatining   ma’naviy
xususiyatlarini   o’zida   mujassamlashtirgan   tasavvuf   she’riyati   asosida   ham   aynan
ilohiy   ishq   masalasi   yotadi.   Mavlono   Rumiy   ijodi   bilan   ilohiy   ishq   masalasiga
e’tibor berib, uning diniy-tasavvufiy ma’nolarini ochib beradi. Mavlono dunyoviy
ishqni   emas,   haqiqiy   ya’ni   ilohiy   ishqni   anglatganlar.   Tasavvufdagi   dunyoviy   va
ilohiy   ishq   xususida   to’xtalib   quyidagi   rivoyatni   keltirib   o’tadi:   “Majnun   Layli
ishqiga  yetishish  uchun  tuyasi”  ga  minib  yo’lga  chiqadi.  Tuyaning  bo’talog’i  bor
edi.   Majnun   tuyani   yugurtirsa,   bo’talog’i   ortda   qola   boshladi.   Tuya   esa   bolasiga
ilhaq  orqaga   tisarilar   edi.  Majnun   tuyaning   ustida   uyquga   ketadi.  Bir   payt   qarasa
tuya   turgan   joyidan   bir   qadam   ham   jilmabdi,   shunda   Majnun   tuyasiga   shunday
debdi: “Ey tuya ikkimiz ham oshiqmiz , men Layloyimga, sen bo’talog’ingga, biz
bir   birimiz   bilan   yo’ldosh   bo’la   olmaymiz.   Chunki   bizni   yo’llarimiz   ayrodir.
Haqiqiy   oshiq   tan   tuyasiga   emas,   jon   tuyasiga   minishi   kerak”. 6
  Bu   o’rinda
5
  Жалолиддин   Румий.   Фийҳи   мо   фийҳи.   (Ичиндаги   ичиндадур)   Улуғбек   Ҳамдам   таржимаси.   Т.:   Янги   аср  
авлоди,   2001,B   76.
6
  Жалолиддин   Румий.   Фийҳи   мо   фийҳи.   (Ичиндаги   ичиндадур)   Улуғбек   Ҳамдам   таржимаси.   Т.:   Янги   аср  
авлоди,   Т   -2001,   B   65
17 Mavlono dunyoviy ishqni emas, haqiqiy ishqni anglatganlar. Dunyoviy ishqni esa
Majnunning   tuyasini   bo’talog’iga   bo’lgan   intilishi   orqali   ifodalagan.   Umuman
olganda Mavlono nazarida ilohiy ishq butun mazhablarni birlashtiradi va insonlar
orasida   birlikni   vujudga   keltiradi.   Rumiy   hazratlarining   teran   qarashlarida   o’ziga
xos   tomoni   shundaki,   olam   va   odam,   ong   va   borliq,   inkor   va   isbot   kabi   falsafiy
tushunchalarni   asl   mohiyatini   anglaymiz.   Chunki   Rumiy   hazratlari   bu
tushunchalarni   soda   tarzda   hayotiy   hikoyalar   misolida   tushuntirishga   harakat
qiladi.   Qolaversa,   Quroni   karim   oyatlarining   tafsiri   va   hadisi   shariflarning
ma’naviy   go’zalliklari   teran   ifodasini   topgan.   Tasavvuf   bir   tomondan,   din   va
shariat,   ikkinchi   tomondan   falsafa   va   himat   ilmi   bilan   bog’liq   holda   rivojlanib
kelgan o’ziga xos ta’limotdir. Bu ta’limotdagi o’z-o’zini takomillashtirish g’oyasi,
axloqiy   yuksalish,   ezgulik,   xayr,   himmat,   mardlik   haqidagi   qarashlar   butun
musulmon olamiga keng tarqalib katta ijtimoiy hodisaga aylangan edi. Darveshlar,
so’fiylar   va   shayxlarni   xalq   juda   hurmat   qilgan,   ularga   e’tiqod   qo’yish   orqali
amaliy   turmushda   odamlar   shu   darveshlar   kabi   qanoatli,   halol   bo’lishga   intilgan,
nafsini tiygan. Shuning uchun ham tasavvufga ta’rif berganda, juda ko’p shayxlar
uni-   shaytoniy   nafsni   jilovlash   va   rahmoniy   xislatlar   kasb   etish   ilmi   deb
ko’rsatganlar. Endi bu o’rinda shuni aytish kerakki, agar tasavvufning asosida chin
insonparvarlik g’oyasi, xalqning adolat va haqiqat haqidagi orzulari yotmaganda, u
bunchalik   tarqalmas,   bunchalik   ommaviylashib   ijod   ahli   qalbidan   joy   olmasdi.
Jaloliddin Rumiyning asarlarida qanchadan qancha falsafa bor, qanchadan qancha
insoniy   muammolar   tilga   olinib,   hanuz   tozaligini   yo’qotmagan   fikrlarni   toppish
mumkin.   Eron   olimi   Muhammad   Taki   Jafariy   o’zining   “Mavlavi   Sharqu   G’arb
maktablaridagi   dunyoqarashlar”   nomli   kitobida   misollar   qiyosi   bilan   Rumiyning
“Masnaviyi   ma’naviy”   nomli   olti   daftardan   iborat   muhtasham   asari   butun   bir
falsafiy   ekanligini   isbotlagan.   Unda   nafaqat   sharq   ruhiy   falsafasi,   irfoniy   ilmlar
qaymog’i  aks  etgan, balki  keyinchalik G’arbiy Yevropada kashf  etilgan qarashlar
tizimining   dastlabki   tagzaminini   ko’rsa   bo’ladi.   Tasavvuf   biror-bir   falsafiy   tizim
o’rnini   egallashga   da’vo   qilgan   emas.   U   inson   ruhiyati   erki,   inson   ichki   olami
parvozini   ifodalab,   Sharq   falsafiy   tafakkurida   muhim   o’rin   egallagan.   Tasavvuf
18 insonning   ichki   olami   Allohning   rizosiga   muvofiq   bo’lishi,   savob   topishi,   go’zal
xulq   egasi   bo’lishi   uchun   rioya   qilinishi   kerak   bo’lgan   qoidalarni   o’rgatadigan
ilmdir. 
“Tasavvuf”-ehson yo’lidir, ya’ni Ollohni ko’rib turgandik, Olloh uni ko’rib
turganini   his   qilib,   juda   adabli   va   axloqli   qul   bo’lib   yashash   yo’lidir.   Qur’oni
Karim   va   hadisi   sharifga   tayangan   tasavvuf   islom   ilm-fani   va   madanyatidan
munosib   o’rin   olgan   Jaloliddin   Rumiy   uchun   ham   ma’naviy   yetuklik   pillapoyasi
bo’lib   xizmat   qiladi.   Mavlono   Rumiy   shaxsiyati   va   ijodi   borasida   tadqiqotlarda
Mavlono   fikr   va   aqida   jihatdan   Qur’onga   tayanganligi   uqtiriladi.   O’z   navbatida
tasavvuf   ta’limoti   xalqimiz   ma’naviy   madanyatining   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.
Shu   ma’noda,   ma’naviyatni   yuksaltirish   bevosita   milliy   qadriyatlarni   yosh   avlod
ongiga   singdirish       bilan   bog’liq   holda   sodir   bo’ladi,   albatta.   Buning   uchun   esa
allomalarimiz   qoldirib   ketgan   ilmiy-madaniy   merosimizdan   samarali   foydalanish
muhim   ahamyatga   ega.   Chunki,   Imom   al-Buxoriy,   Imom   at-Termiziy,   Motrudiy,
Zamaxshariy   va   Jaloliddin   Rumiy   kabi   buyuk   allomalar   o’zlarining   ilmiy   va
madaniy   meroslari   bilan   jahon   madanyatiga   ulkan   hissa   qo’shganlar.   Jumladan,
manaviy-axloqiy   taraqqiyotning   g’oyaviy   asoslarini   o’rganishda   O’rta   Osiyoda
vujudga   kelgan   tasavvuf   ta’limotining   komil   insonni   tarbiyalashdagi   ahamyatini
tadqiq   etish   muhim   o’rin   tutadi.   Rumiy   ijodida   inson   erki,   ma’anaviy   komillik,
o’zlikni anglash, Olloh ishqi, ma’rifat, shariat, tariqat, shukir qilib yashash, nafsni
yashash,   qanoat,   haqiqat,   adolat   kabi   o’ndan   ortiq   g’oyalar   yetakchilik   qilgan.
Mazkur tushunchalarni ifodalashda go’zal badiiy ifodalardan foydalanadi. Masalan
Rumiyning asarlarida haq ta’rifi juda ko’p keltirilgan. Ollohning buyukligi, uning
mehribonligi va tengligi quyidagi go’zal misralarda ifodalangan:
Haq o’zi jonlarga deb nur yog’durur
Baxtiyorlar unga doman to’ldirur. 7
7
  Жалолиддин   Румий   .   Маснавий   3 жилд. «Ал   худо»   нашриёти.   –Т-   2003-   Техрон,   B   81-82
19 Umuman,   haq   va   haqiqatdan   holis,   na   olam,   na   odam   hikmatini   anglamaydigan
kimsalarga   oddiy   hayot   haqiqatlari   misolida   borliqni,   Ollohni   anglash   yo’li
ko’rsatiladi. Hikmat nurlari chin faqir, orif, diydortalab oshiqlarga foydali bo’lgay,
ular  bu nurlardan ko’proq bahra oladilar va shukrona qiladilar. Bu kabi  toza qalb
sohiblari Sharq tarixida ko’p uchraydi. Ularning asarlarida ham rumiyona falasafa
yetakchilik  qiladi.   Boshqacharoq   aytganda,   ular   qalbining   pokizalanishida   Rumiy
ijodiyotining o’rni beqiyosdir. Jumladan, Mashrab asarlarida ham Rumiy fikrlariga
hamohanglik kuzatiladi:
Ham avvaldur, ham oxirdur va ham zohir-u botin,
Muhaqqaq bandalar hozir bilar bu zoti Ollohni.
Xulosa   qilib   aytadigan   bo’lsak,   Jaloliddin   Rumiy   buyuk   shoir,   alloma,   tasavvuf
vakilidir.   Adabyotshunos   olim   Jamol   Kamol   tabiri   bilan   aytganda   “basharyat
shoiridir”.
 1.2. Adib ijodiy faoliyatida inson ma’naviy borlig’i va tavhid.
Rumiyning   insonlar   o’rtasida   buyukligini   ta’minlagan   jihati   borki,   u   haqda
gapirish   bugungi   kunning   muhim   dolzarb   masalalaridan   biridir.   Bu   inson
muammosi.   Rumiy   asarlarida   inson   barcha   mavjudotlarning   eng   sara   gultoji
sifatida tarannum etiladi. Jumladan, “Masnaviyi ma’naviy” asarida inson va uning
ulug’ligiga   bag’ishlangan   mutaffakir   fikrlari   ham   juda   ko’p.   Chunonchi,   Rumiy
insonni   ilohiyat   olamidan   ayrilgan   ilohiy   hilqat   tariqasida   olib   qaraydi.   Asarning
boshlanish muqaddimasi ham “Nay qo’shig’i” bilan boshlanishi  bejiz emas.   Nay
bu   hozirgi   kunda   o’rganib   qolgan   oddiy   cholg’u   asbobi   emas,   balki   ilohiy
olamdagi ruhoniylikdan ayro tushgan “qalb, nafs” ning timsolli ko’rinishidir. Nay
atamasini   bu   o’rinda   Mavlono   Jaloliddin   orif   va   oqillik   martabasiga   Musharraf
bo’lgan   komil   insonni   nazarda   tutadi.   Ya’ni   ikki   oyoqda   yuruvchi   har   qanday
jonzod   inson   deb   atalishga   loyiq   emas.   Inson   deb   atalishga   insonlar   dardidan
boxabar,   insoniylik,   muruvat   va   boshqa   ijobiy   insoniy   fazilatlarga   oshno   bo’lgan
mavjudotni inson deb atash joiz. Shuningdek nayga o’xshatilgan inson komil inson
20 bo’lib, uning og’zidan oshiqona va serma’no so’zlar chiqadi. 8
  Biroq Rumiy komil
inson bo’lishda qandaydir sermashaqqat ibodatlarni bajarish, cheksiz pog’onalarni
bosib   o’tishni   o’rtaga   tashlamaydi.   Komil   inson   bo'lish   uchun     avvalo,   chinakam
insoniylikni   his   qilib,   insonlarning   g’am-anduhlari,   dardlariga   malham   bo’lish,
halol kasb bilan shug’ullangan holda, saxiylik va muruvatni yoddan chiqarmaslik,
boshqa   kishilar   bilan   muloqatda   ochiq   va   samimiy   bo’lish   kabi   fazilatlarni
o’zlashtirishni   kifoya   deb   biladi.   Shuningdek,   Rumiy   inson   bo’lish   sharafli
ekanligini   qayta-qayta   uqtiradi.   Inson   farishtalar   va   hayvonlar   oralig’ida   bo’lib
“Otin   o’rtalik”   ni   tashkil   etuvchi   yaratganning   nodir   mavjudotidir.   Jaloliddin
Rumiyning   “Masnaviyi   ma’navi”   asari     “Pahlavi   tilidagi   Qur’on”   degan   ta’rifni
olgan.   “Masnaviyi   ma’naviy”   asarining   muhim   bir   ma’no   mohiyatlarining   biri
inson   va   uning   axloqiga   berilgan   e’tibordadir.     Rumiy   nigohida   insonning   zohiri
garchi kichik bir  ob’ekt  bo’lsada  uning botini ulkan bir  ma’no va mohiyatga boy
dunyodir.   Jaloliddin   Rumiyning   “Masnaviyi   ma’naviyi”     asarida   keltirilgani   kabi
inson  yaratilganlar   orasida   o’zining  aql  idroki  nutqi  bilan  eng  ulug’idir. O’zining
ilohiy   ishqi   vositasida   haqga   intiladigan   va   nihoyat   u   bilan   birlashadigan   ham
komil   insondir.   Shu   yerda   ham   adib   inson   martabasini   butun   moddiy   borliqda
hayvonot, nabotot olamida ham insonni oliy o’ringa qo’yadi. Mavlononing fikricha
inson   birinchi   o’rinda   o’zligini   tanishi   va   tan   olishi   zarur   deb   bilgan   va   bularni
o’zining   shoh   asarlarida   ko’rsatishga   harakat   qilgan.   Har   bir   inson   o’ziga   xos
maqsad   bilan   yaratilgandir   va   bu   maqsadni   unutmay   yashashi   kerak.   Insonni
qanchalik   balolarga   giriftor   bo’lishi   va   badbaxtligi   uning   o’zligini
anglamaganligidandir deb biladi. Jaloliddin Rumiyning fikricha, haqiqiy ma’naviy
bilim bu insonning qalbidir. Adibning ma’naviy merosi islom madanyatida yuksak
o’rin   egallaydi.   Uning   hayoti   va   ijodiy   faoliyati   markazida   insonni   to’g’ri   yo’lga
boshlash   va   tarbiyalashning   dolzarb   ahamyatini   ko’rishimiz   mumkin.   Mutaffakir
jamiyatning   taraqqiyotini   diniy-axloqiy   komillikda   ko’rgan.   Shuning   uchun   ham
insonlarni   komillik   sari   eltuvchi   o’ziga   qarashlarni   ilgari   suradi.   Bu   qarashlar
8
  Жалолиддин   Румий.   Маънавий   ва   маснавий.   1-жилд.   Жамол   Камол   таржимаси.   Т:,   2003,   B   94-95
21 zamirida   ham   ma’naviy   tarbiya   muhim   o’rin   tutib,   bu   tarbiya   islom   ma’naviyati
asosida qurilganini ko’rishimiz mumkin.
Shunday   qilib,   Jaloliddin   Rumiyning   ma’naviy   merosi   islom   madaniyatida
yuksak   o’rin   tutadi.   Uning   hayoti   va   ijodiy   faoliyati   markazida   insonni   to’g’ri
yo’lga   boshlash   va   tarbiyalashning   dolzarb   ahamiyatini   ko’rishimiz   mumkin.
Mutafakkir   jamiyatning   taraqqiyotini   diniy-axloqiy   komillikda   ko’rgan.   Shuning
uchun   insonlarni   komillik   sari   eltuvchi   o’ziga   xos   qarashlarni   ilgari   surgan.   Bu
qarashlar   zamirida   ham   ma’naviy   tarbiya   muhim   o’rin   tutib,   bu   tarbiya   islom
ma’naviyati asosida qurilganini ko’rishimiz mumkin.
Mavlono   Rumiy   asarlaridagi   diniy-irfoniy   g’oyalar   islom   tasavvufining
asosida   shakllangan   bo’lsa-da,   Mavlono   o’z   davrida   mustaqil   o’ziga   xos
pozitsiyasiga   ega   edi.   Bu   uning   islom   va   tasavvuf   ma’naviyati   xalqchil   ruhda
falsafiy   mushohadalarga   boy   hikoyatlar   va   masnaviy   janrida   bitilgan   she’riyatida
namoyon bo’ladi. Jaloliddin Rumiy she’riyati yuksak estetik mazmunga ega bo’lib,
undagi   ma’naviy   g’oyalar   irqi,   millati   va   dinidan   qat’i   nazar,   insonning   o’zini
anglashiga   xizmat   qiladi,   inson   qalbiga   boruvchi   barcha   yo’llarni   birlashtiradi   va
azaliy mohiyatlarni kashf qilib, insoniyatni bag’rikenglik va ma’naviy komillik sari
yetaklaydi.
Rumiyga   o’xshab   inson   qalbini   tadqiq   qilgan,   inson   ruhiyati,   insonning
ma’naviy   kuchini   she’riyatda   ifodalagan   shoir   g’arbu-sharqda   kam   topilishini
aytishadi   mutaxassislar.   Rumiy   she’riyatining   o’ziga   xos   bir   jihati   shundan
iboratki, siz birinchi navbatda o’zingizda insonga ishonchni mustahkamlaysiz. Va
insonning   ilohiyligini   Rumiy   judayam   teran   tarzda   ochib   beradi.     Rumiy
she’riyatining   quyoshi     Ishq.   Insonni   bir   haqiqat,   yoki   insonni   bir   Ishq   atrofida
birlashtirish bolsa agar, Rumiyning she’riyati shu ishni amalgam oshira oladi. Biz
aytamiz,   komil   inson   bo’lish   uchun   tasavvufni   bilish   kerak,   dinni   bilish   kerak,
falsafani   bilish   kerak,   tarixni   va   hokazo.   Shularni   hammasini   Rumiy   o’z   ijodida
sintezlashtirgan.   Insonni   Rumiy   she’riyati   adashishlardan,   yuzakiliklardan,
sayozliklardan, har turli mahdudliklardan xalos qiladi. Rumiy ijodida ko’r-ko’rona
22 e’tiqod   o’rniga   ruhiy   muhabbatni,   birinchi   navbatda   xudoga   bo’lgan   samimiy
muhabbatni   ilgari   suradi.   Irodaning   keyingi   keying   rivoji   inson   ruhiy
energiyasining   koinot   energiyasi   bilan  qo’shilishiga   olib   keladi.  Inson   joni   borliq
joni bilan qo’shiladi. Inson ruhiy kamolotining oxirgi bosqichini  so’fiylar haqiqat
deb biladilar. Rumiy ijodida borliq masalasida sharq falsafasiga xos uslubda tahlil
qilingan.   Sharqda   borliq   ko’proq   ruhiy   tomondan   tushuniladi   va   insonning   ichki
olami   bilan   bog’langan.   Oddiy   kundalik   dunyoqarashni   oladigan   bo’lsak,   biz
borkiq   deganda   atrofni   o’rab   turgan   barcha   mavjud   narsalarni   tushunamiz.   Bu
asosan  moddiy narsalar  bo’lib, yo tabiatdagi  narsalar  yo inson faoliyati natijasida
yaratilgan   narsalar.   Bundan   tashqari   oddiy   ong   darajasida   inson   tafakkuri
tomonidan   yaratilgan   g’oyalar,   fikrlar,   tushunchalar   ham   ruhiy   borliq   deyiladi.
Jaloliddin Rumiy ijodida inson ma’naviy borlig’i o’zgacha tushuniladi. Jaloliddin
Rumiy   uchun   borliq   eng   birinchi   navbatda   ruhiy   xususiyatga   ega   va   insonning
ichki olami  bilan bevosita bog’liq. Shunday ekan inson tasavvuridagi hayollar  va
ruhiy holatlar ham borliq deb atalarkan. Jaloliddin 
Rumiyning   fikricha   “Olam   xayol   bilan   qoimdir   hamda   ko’ringaniyu   his   etilgani
uchun uni haqiqat deb o’ylaysan, holbuki olam sen xayol degan ma’nolarning bir
nuridir,   xolos.   Xayol   bo’lgan   narsaga   aksincha   qaralsa,   u   olamning   aynan
o’zidir’’ 9
.Insondan tashqaridagi olam uning ichki olamida aks etadi va ikkala olam
yagona bir narsadir. Bu ikkala olamni birlashtirib turuvchi inson esa o’zining ruhiy
qudrati   orqali   olamga   nur   taratib   turadi   va   olam   mohiyati   inson   ruhiy   hayotining
mohiyati orqali ochib beriladi. 
Jaloliddin   Rumiyning   fikricha   inson   olamning   moddiy   ne’matlariga   qattiq
bog’lanib qoladi, mol-u davlatga ko’ngil qo’yadi. Bularning barchasi esa o’tkinchi
va   ruhiy   kuchning   zaiflashishiga   olib   keladi.   Natijada   inson   o’zining   ruhiy
olamidan   ajralib   qoladi,   nafs   va   xirs   dengizida   g’arq   bo’ladi.   Mavlono   olamni
9
  Жалолиддин   Румий.   Фийҳи   мо   фийҳи.   (Ичиндаги   ичиндадур)   Улуғбек   Ҳамдам   таржимаси.   Т.:   Янги   аср
авлоди,   Т   -2003,   B   152.
23 ko’prikka o’xshatadi. Bu ko’prikning o’zgarishi  olamning o’tkinchiligini eslatadi.
Insonning ruhiy borlig’i o’ziga ruhiy ozuqa talab qiladi. Bu ozuq shakli nomozda
mavjud   lekin   uning   mohiyati   nomoz   bilan   belgilanmaydi.   Inson   qalbidagi
benihoyat  kuchli   mehir  inson  vujudini  istig’roq holatiga  keltiradi.  Bu  holatda esa
inson nomozsiz ham tangrining nuri bilan birlashadi. Bu ilohiy ruh bilan birlashish
asosiy   ruhiy  ozuqadir.  Bu   yerda   Jaloliddin  Rumiyning  istig’roq  deb   tilga   olingan
holatni biz ekstaz deb atashimiz mumkin. Ekstaz holatida inson vujudida nihoyatda
kuchli ruhiy quvvat o’tadi va inson bu holatda hamma narsani unutadi. Eng avvalo
o’zligini unutadi va ilohiy nur bilan birlashib ketadi. 
Aynan   shu   holatni   Jaloliddin   Rumiy   Mansur   Hallojdan   keyin   “Anal   haq”
deb   atagan.   Insonning   ma’naviy   borlig’i,   ichki   olami   butun   olam   bilan   birlashib
ketadi va nurga aylanadi. Bu hol so’fiylarda samoviy zikr vaqtida kuzatiladi. Lekin
bunday   holatga   barcha   insonlarning   yetishishi   mushkuldir.   Ular   ruhiy   rivojlanish
jarayoning   turli   xil   bosqichlarida   turganligi   uchun   ruhiy   jihatdan   bir-biridan   farq
qiladi.   Bu   farq   valiylar,   oriflar,   zohidlar   tushunchalarida   aks   ettirilgan.
Valiylardagi   ruhiy   qudrat   Rumiy   fikriga   ko’ra   oddiy   odamlarnikidan   ancha
kuchlidir. Aynan ana shu ruhiy kuch inson hayotining mohiyati bo’lgan ijodkorlik
qobilyatini belgilaydi. Ijodkorlik faoliyatining o’zi ham bu bir ruhiy qudratdir. Bu
qobilyatni alloh na yer-u ko’kka na hayvonlar-u o’simlikka berdi. 
Unga   faqat   insonnigina   loyiq  deb   bildi.  Biroq  inson   o’z   ichida  yashiringan
ijodkorlik   qobilyatini   har   doim   ham   yuzaga   chiqaravermaydi.   Har   bir   insonga
ulug’   bir   ne’mat   berilgan.   Bu   ne’mat   undagi   ijodkorlik   ruhiy   kuchidir.   Bu
qobilyatni   yuzaga   chiqarish   bu   insonning   eng   asosiy   vazifasidir.   Bu   yo’lda   unga
ko’p   narsalar   to’siq     bo’ladi.   Shulardan   eng   asosiysi   moddiy   olam   ne’matlariga
bog’lanib   qolishdir.   Nafs   va   hirs   insonni   ruhiy   ozuqdan   mahrum   qiladi   va   uni
boshi  berk  ko’chaga  kiritib  qo’yadi.  Inson  o’z  hayotini   arzimagan   mayda-chuyda
narsalarga   ishlarga   bag’ishlaydi   va   uning   qalbida   qandaydir   azoblanish,   iztirob
chekish hissiyoti  paydo bo’ladi. Bu hisiyotni  yengish uchun Rumiyning   б fikricha
inson   o’z   molini   ham,   jonini   ham   alloh   yo’liga   bag’ishlashi   lozim.   Mavlono
24 Jaloliddin   o’zining   shoh   asari   va   serma’no   so’zlari   orqali   barcha   qalblarga   yo’l
topib borgan va o’zi esa borliqda doim Komil inson izini izlar edi. Uning zehnida
tangrining barcha yaratgan barcha odamlari o’rtasida hech qanday farq bo’lmaydi.
Uning uchun yahudiy-u nasroniy, hind hammasi birday edi. 
U   inson   ma’naviy   borlig’ini   tinchlik-totuvlikda,   insonning   ma’naviy
kamolotidagi   hurfikrlikda,   birodarlig-u   birdamlikda   ko’radi.   Uning   bunday
durdona   falsafiy   fikrlari   ye-u   osmonni   bir-birining   panohiga   muhtojligiyu   bir-
birisiz tasavvur tassavur qilishning imkoni yo’qligichadir. Uning barcha asarlarida
o’zining davridagi riyokor dindorlari-yu, yolg’onchi-yu makkorlarga nisbatan hech
qanday   imkoniyat   yo’qligi   bildirib   o’tilgan,   buning   asosida   esa   komil   insonning
xalqparvarlig-yu   saxovatmandligi,   ochiqqo’lligi-u   ochiqko’ngillik   bo’lgan
xislatlarni tarannum etgan.
                                  Xulosa
,,Buyuklar xotirasi abadiydir’’. O’lkamizning har bir dahosi bunday ta’rifga
to’la haqlidir. Chunki buyuklikning ma’nosi quyidagilardan  iborat deb o’ylayman,
o’zini tanib o’zgani unutmaslik, o’zi va o’zgalar uchun yashab ijod qilish, bugunni
o’zgalarning   kelajagi   uchun   yoritmoqdan   iborat.   Buyuk     bo’lish   uchun   komil
insonda shunday bir qalb bo’lishi kerakki, u shu qalb ila dunyoning butun shodligu
g’amlarini   dark   aylashi,   kuchli   bir   ong   kerakki   hayotning   barcha   muammolarini
hal   qilib,   uni   ravon   til   orqali   ommaga   yetkazib   berolsa,   inson   qalbidagi   mahbub
inson buyukligining asosi hisoblanadi. Ana shu barcha sifatlarni o’zida mujassam
qilgan zot bu Jaloliddin Rumiydir. Bu gumanist  hurfikr  zot, hali hanuz olimlarni,
jamiyatdagi har bir ongli shaxsning fikr-mulohazalarining markazidadir. 
    Movlono Jaloliddin Rumiy o’zining shohasari va serma’no so’zlari orqali barcha
qalblarga yo’l topib brogan, o’zi esa borliqda doim Komil inson izini izlar edi. U
insonni   Haq   taoloning   yaratgan   buyuk   maxluqi   deb   bilardi.   Uning   zehnida
Tangrining yaratgan  barcha insonlar orasida hech qanday farq bo’lmasligi kerak.
25 U   borliqning   obodligini   tinchlik   totuvlikda,   insonning   ma’naviy   kamolotidagi
hurfikrlikda,   birdamlikda   va   totuvlikda   ko’radi.   Jaloliddin   Rumiy   ning   hozirgi
kunda   o’rganilishining   sabablaridan   yana   biri   bizni   bugungi   kunimizning
ma’naviy-ruhiy savollariga beriladigan javobidir. 
 
1.3.   Jaloliddin   Rumiyning   “Masnaviyi     ma’naviy”   asarining
tarixiy ahamiyati va uning milliy, ma’naviy merosimizni tiklashdagi
ahamiyati
Jaloliddin   Rumiyning   “Ma’naviyi   Masnaviy”   asari   yetti   asr   mobaynida
Jahon   mutafakkirlari   tomonidan   Rumiyga   bashariyat   shoiri   deb   tasnif   berilishi,
uning   “Masnaviyi”   asari   esa   Qur’ondan   keyin   turuvchi   kitob,   tasavvuf   qomusi,
ma’naviyat   dengizi   yoki   dunyo   kitobi   deb   baholanishiyoq   bu   asarning   qadri   va
nufuzi nechog’ligidan dalolatdir.
Sovet   davrida   mistik   shoir   deb   qoralangan   va   o’rganilmagan   Jaloliddin
Rumiy ijodiga, xususan uning “Masnaviy ma’naviy” asariga bugun O’zbekistonda
jiddiy munosabat  shakllanmoqda.  Masnaviyning  she’riy va  sharhiy  tarjimasi  ham
nashrdan chiqqan. 10
Rumiy   she’riyati   sharq   she’riyatining   eng   yuksak   cho’qqisi   hisoblanadi.
Rumiyga o’xshab inson qalbini  tadqiq qilgan, inson ruhiyati, insonning ma’naviy
kuchini   she’riyatda   ifodalagan   shoir   g’arbu-sharqda   kam   topilishini   aytishadi
mutaxassislar. Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul:
“Rumiy   she’riyatining   o’ziga   xos   bir   jihati   shundan   iboratki,   siz   birinchi
navbatda o’zingizda insonga ishonchni mustahkamlaysiz. Va insonning ilohiyligini
Rumiy   judayam   teran   tarzda   ochib   beradi.   Rumiy   she’riyatining   quyoshi   -   Ishq.
Insonni   bir   haqiqat,   yoki   insonni   bir   Ishq   atrofida   birlashtirish   bolsa   agar,
Rumiyning   she’riyati   shu   ishni   amalga   oshira   oladi.   Biz   aytamiz,   komil   inson
10
  Комилов   Н.   Тасаввуф.   Биринчи   китоб.-   Тошкент, “Ёзувчи”   1996.   153-бет.
26 bo’lish   uchun   tasavvufni   bilish   kerak,   dinni   bilish   kerak,   falsafani   bilish   kerak,
tarixni va hokazo. Shularni hammasini Rumiy o’z ijodida sintezlashtirgan. Insonni
Rumiy   she’riyati   adashishlardan,   yuzakiliklardan,   sayozliklardan,   har   turli
mahdudliklardan xalos qiladi. Shu uchun bu qancha tarixiy she’riyat bo’lsa, xuddi
shuncha zamonaviy she’riyat.”
Jahon madaniyatidagi eng buyuk yodgorliklardan biri hisoblangan Jaloliddin
Rumiyning  “Ma’naviyi  masnaviy”  kulliyoti   to’liq  6  daftardan,  aniqrog’i   54  ming
misradan iborat bo’lib, u mavlono tomonidan 10 yil mobaynida yozib tugatilgan.
Xo’sh,   Rumiy   “Masnaviy”sida   nima   ifodalanganki,   yetti   asrdan   ortiq   vaqt   o’tsa
ham, u haqdagi mulohazayu munozaralar hamon tugallanmay davom etmoqda?
“Man bandai Qur’onam agar jon doram,
Man xoki rahi Muhammadi muxtoram.
Gar naql kunad juz in kas az guftoram,
Bezoram az o’, va zin suxan bezoram.” 11
U kishi aytadilarki: “Masnaviyi mo do’koni vahdat ast, g’ayri vohid har chi bini on
bat ast”  degan. Masalan,  “Bizning Masnaviymiz  bu vahdat do’koni, agar  sen shu
do’konda vahdatdan boshqa narsani ko’rsang, bilginki u butparastlikdir. Demak bu
do’konda   vahdatdan   boshqa   hech   narsa   yo’q.   Ya’ni,   “Masnaviyi”   boshdan-oyoq
xudoning yagonaligi va iymon masalalarini atroflicha inkishof etadi, kashf etadi. U
qaysi rivoyatga murojaat qilmasin, vahdat g’oyasiga kelib taqaladi. Uning nazarida
“Masnaviyi”ning o’zak masalasi – iymon masalasi”, - deydi shoir Asqar Mahkam.
Dunyoning   ko’pgina   mamlakatlarida,   jumladan,   Eron,   Turkiya,   Pokistonu
Hindistonda   masnaviyshunoslik   maktablari   mavjud.   Sho'ro   inqilobigacha   bo’lgan
O’zbekiston   hududida   ham   masnaviyshunoslik   keng   rivojlangani,   Rumiyning   bu
kitobi har bir ilmli xonadonda Qur’ondan keyingi muqaddas kitob singari asralgani
11
  Жалолиддин Румий. Маънавий ва маснавий. 2-жилд. Асқар Маҳкам таржимаси ва шарҳи. 
Тошкент,   2007,   B   23
27 aytiladi.   Masnaviyni   hech   kim   o’zbek   shoiri   Boborahim   Mashrabchalik
sharhlolgan emas, deb hisoblaydi shoir va tarjimon Asqar Mahkam.
“Eslaylik   Mashrabning   “Mabdai   nur”   kitobini.   Biz   juda   ko’p   buyuk
shorihlarni   bilamiz,   masalan,   Turkiyalik   Abdulboqi   Gulpunarli,   Eronda
Badiuzzamon   Furuzonfar,   Said   Ja’fari   Shahidiy   va   hokazo   juda   ko’p
masnaviyshunoslar   bor.   Lekin   hech   kim   “Masnaviyi”ni   Mashrabchalik
sharhlamagan.   Chunki   Mashrab   o’zi   valiyulloh   shoir   bo’lganligi   uchun,   o’sha
“Mabdai nur”da “Masnaviyi”ni she’riy yo’l bilan sharhlaydi. Va bevosita ikkinchi
Masnaviyini   yaratadi-ki,   uning   nomini   Nurning   ibtidosi,   yoki   nurning   asosi,
boshlanishi,   mabdasi   deb   ataydi.   Mashrabning   xizmati   shundan   iboratki,   u
Masnaviyini shunchaki turli xil falsafiy maktablar, oqimlar, turli mashablar nuqtai
nazaridan   emas,   balki   chin   valiy   sifatida,   yoki   komil   bir   inson   sifatida   o’zining
qarashlarini   bildiradi.   Va   “Masnaviyi”ning   ba’zi   bir   baytlarini   hatto   tarjima   qilib
ham bergan”, -deydi Asqar Mahkam. 12
Ma’naviyat   tushunchasining   ta’rifi,   biz   ba’zan   oson   hal   qilib   qo’ya
qolmoqchi   bo’lganimizdek   oddiy   insoniy   jumboq   emas,   “ma’no”,   “ma’ni”
so’zlarining   bugungi   biz   tushungan   mazmuni   bilan   yechilmaydi.   Jaloliddin
Rumiyning   buyuk   insoniy   asari   behudaga   “Masnaviyi   ma’naviy”   nomi   bilan
shuhrat taratgan emas. Bu yerdagi “ma’no” tushunchasi Ollohning siri, haq asrori,
g’oyat   bir   murakkab   tizimda   ushlab   turgan   ichki   uyg’unlik,   inson   ongi   hech
qachon   to’liq   anglab   yeta   olmaguvchi   yaxlit   mohiyat   haqida   ishora   etmoqda 13
.
Ma’naviyat   yaxlit   mohiyat   bo’lganligidan   uni   nazariy   o’rganish   deganda   ushbu
o’zak   mohiyatini   turli   nisbatlarda   ko’rib   chiqish   nazarda   tutilmoqda.   Albatta,
cheksiz   nisbatlararo   bugun   uchun   eng   dolzarblarini   tanlab   olishga   to’g’ri   keladi.
Mustaqillik ma’naviyatining tayanch qoidalari Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
asarlarida aniq va ravshan ifodalab berilgan edi.
12
  Жалолиддин   Румий.   Фийҳи   мо   фийҳи.   (Ичиндаги   ичиндадур)   Улуғбек   Ҳамдам   таржимаси.   Т.:   Янги   аср  
авлоди,   Т   -2003,   B   152.
13
  Жалолиддин   Румий.   Маънавий   ва   маснавий.   5-жилд.   Жамол   Камол   таржимаси.-Тошкент,   2006 B   102
28 “Masnaviyi   ma’naviy”   asarini   tarixiy   ahamiyatiga   keladigan   bo’lsak,
ko‘plab hadislar bilan birga katta va kichik hajmli rivoyatlar ham  bor.  Bular  o’z
navbatida     asarda     ko‘yilgan     biror     ahloqiy     muammoni   yoritishda     va
axloqshunoslikning     tushuncha     va     me'yorlarini     talqin     qilishda   Jaloliddin
Rumiyga  ko‘rgazma  sifatida  xizmat  qilgan.  Masalan,  odob tavozuning  foydasi
va     xudbinlik     hamda     mutakabbirlikning     zarari     to’g‘risida     bir   necha     hadislar
keltirilib, unda  bir-biriga  qarama-qarshi  bo‘lgan  fazilat  va illatlarni ilmiy talqini
yaratilgan.
“Masnaviyi”dagi   milliy   va   ma’naviy   rivoyatlar     qo‘yilgan     masalalarga,
mulohazalarga    yakun   yasash,     «qissadan     xissa     chiqarish»     vazifasini     bajaradi.
Masalan,     Jaloliddin   Rumiy     johillar     haqida    so‘zlar     ekan,     o‘z    mulohazalarini
«johillikka oid» rivoyati bilan  xulosalaydi.  Asarning  ba'zi  joylarida  axloqqa  oid
hikoyatlardan     fikrni   isbotlash     usuli     sifatida     ko‘llaniladi.     Bu     usul     asarga
ma'lum  ohang,  musiqiylik bag‘ishlab,  uning  o‘qilishini  ravonlashtiradi  va  ta'sir
kuchini     oshiradi.    Jaloliddin  Rumiy    “Masnaviy”da     xalq    ijodkorligining    mana
shu  usulidan  muvaffaqiyat bilan  foydalanib,  asarning  badiiy  kimmatini  yanada
oshiradi.   Binobarin,   bular kitobat   ishida   san'atkorlikda   buyuk   iste'dodi   bilan
shuxrat     qozongan     Jaloliddin   Rumiyning     adib     sifatida     ham     katta     mahoratga
ega     ekanini     ko‘rsatadi.     Biroq   shuni     ta'kidlash     lozimki,     Mavlono   Rumiy   o‘z
asalarida         ahloqiy     tushunchalarni   tahlil   etish   bilan   birgalikda   estetikaning
mezoniy tushunchalarini ham turli usul va  vositalar  orqali  tahlil  etadi.  Masalan,
mashhur     Olmoniyalik     olima     Anna   Mariya     Shimmel     “Masnaviyi”     asarida
ustida     olib     borgan     tadqiqotlarida     ayrim   estetik     muammolarni     yoritishda     va
tushuncha     va     me'yorlarni     talqin     qilishda   Jaloliddin     Rumiyning     ushbu     biz
tadqiq  etayotgan  asarlaridan  kengfoydalanganligini ta'kidlaydi.
Biz     tasavvuf     ta'limoti     yoxud     Rumiy     ijodidagi     ahloqiy-estetik
tushunchalarni     falsafiy    tahlilini     o‘rganayotganimizda     ba'zi     jihatlarga     alohida
to‘xtalib   o‘tishimiz   kerak   bo‘ladi.   Ma'lumki ,   Jaloliddin   Rumiy   tasavvufning
falsafa bilan bog‘liq bo‘lgan bir  davrda ijod etgan. Bu davrda yashagan ko‘pgina
29 so‘fiy   mutafakkirlar   jumladan;   Ibn   Arabiy,   Abu   Homid   Muhammad   G‘azolliy,
Farididdin   Attor,   Aziziddin   Nasafiy,   Yahyo   Suhravardiylar   tasavvufni   yangi   bir
pog‘onaga   ko‘tarib,   uni   falsafa   bilan   uyg‘unlashtirgan   holda   ijod   qilganlari   aytib
o‘tilgan  edi.  O‘z  navbatida  Jaloliddin  Rumiy  ham  shular  jumlasidandir.  Lekin
Mavlono  Rumiy  o‘zlarini  faylasuflikka  da'vogar  deb  bilmaydilar  va  biz  ham
shundan   yiroqmiz.    Biroq,    bu    uning    qarashlarini     falsafiy     tahlil    qilishimizga
monelik  qilmaydi  deb  o‘ylayman.  
Jaloliddin     Rumiy     ijodi     yohud   tarixiy   ahamiyatini   falsafiy   qarashlarining
asosida     ilohiy     muhabbat     yotishi   asarning   milliy,   ma’naviy   merosimizni
tiklashdagi   ahamiyati   juda   katta   hamiyatga   ega   deb   hisoblayman .     Buni     biz     ul
zotning     har     bir   satrida     ko‘rishimiz     mumkin;     “Sevilgan     kishi     go‘zaldir.
Aksincha  bo‘lmaydi. Ya'ni  hamma  go‘zallar  –  da  sevilavermaydi  va  sevilishi
shart     ham     emas.     Go‘zallik     sevimlilikning     bir     jo’z'idir.     Sevimli     bo‘lmoq
asldir.   Bu   bo‘lgandan keyin go‘zallik ham mavjuddir. Har narsaning jo’z'i ya'ni
qismi   butunidan   ayri   bo‘lolmaydi,   ular   birgadir,   ya'ni   qism   butun   bilandir.
Majnunning zamonida ham  go‘zallar bor edi va ular Laylidan husnliroq edi. Biroq
Majnun ularni sevmaydi. Unga « Laylidan ortiq go‘zallarni ko‘rsataylik, beraylik”
dedilar. Majnun esa, «Men Laylining suratini sevganim yo‘q va u ko‘rinishdangina
iborat   emas.   Layli   mening     qo‘limda     bir     qadah     kabidir.     Men     bu     qadahdan
sharob   ichayapman, chunki   men   sharobga   oshiqman.   Sizning   ko‘zingiz   faqat
qadahda,     ichidagidan     xabaringiz   yo‘q,   siz   «g‘ofilsiz   «   dedi.   Mening   qo‘limga
oltin   bezakli   bir   qadah   tutqazsalaru,   ichidagi   sharobdan   boshqa   narsa   bo‘lsa.
Buning   nima   foydasi   bor?   Men   uchun   sharob   to‘la   eski   va   siniq   bir   idish,   oltin
bezakli   bu   va   buning   kabi   yuzta   qadahdan   yaxshiroqdir.   Qadahdagi   sharobning
mazasini   bilish   uchun   ishq   va     shavq     kerak     bo‘ladi.     Chunonchi,     o‘n     kundan
beri   och   yurgan   odam   bilan kunda   besh   mahal   ovqatlanib   yurgan   to‘qning
nonga     qarashlari     bir     xil     emas.   Chunki     to‘q     nonning     suratini     ko‘rsa,     och
uning     siyratini     ya'ni     mohiyatini   ko‘radi.   Non   qadax   bo‘lsa   mazasi   qadaxdagi
sharob   kabidir.   Biroq   sharob   faqat   ishtaxasi     va     shavqi     bo‘lgan     ko‘zgagina
30 ko‘rinadi.   Sen   ham   o‘zingda   ishtaha bilan shavq hosil etki, faqat suratni emas,
balki siyratni ham ko‘rgaysan. 
Demak,   qiyomat   qadah   singari   bo‘lgan   vujudlardagi   sharobdadir   va   bu
sharobni   ichgan   kishi   uning   o‘lmas   yaxshi   narsa   ekanligini   biladi.   Rumiyning
ushbu    fikrlari     haqiqiy    ishq    suratga     emas,    balki    siyratga   nisbatan  bo‘ladi   va
shundagina   inson   bu   ishq   vositasida   o‘zini   va   butun   olam   va   Allohga   bo‘lgan
buyuk   ishqni   anglaydi.   Hech   kimga   sir   emaski,   muhabbat   va   go‘zallik
tushunchalari   Sharq   estetikasi   va   G‘arb   estetikasining   ham   muammoli
masalalaridan     hisoblanadi.     G‘arb     tafakkurida     bu     tushunchalar     turlicha
ta'riflanadi.     Biz     bu     ta'riflardan     estetik     mohiyatni     anglashimiz     mumkin.
Tasavvufda     yohud     Rumiy     ijodida     bu     tushunchalar     estetik     mohiyat     kasb
etmasdan balki butun olam va inson falsafiy mohiyatining asosini tashqil  qiladi.
Yuqorida  Mavlono  nazarda  tutgan  qadah  va  sharobni  turlicha  sharhlash
mumkin.   Kichik   miqyosda    olib   qaraydigan   bo‘lsak,    insonning   mahbubasiga
bo‘lgan  muhabbatida  go‘zallik  ham,  mohiyat  ham  o‘tkinchi  sifat  va  belgilar
darajasida  bo‘lishi  mumkin.  Agar  inson  o‘z  yorini  uning  tashqi  go‘zalligiga
qarab     sevsa,     uning     muhabbati     haqiqiy     muhabbat     emas,     balki     o‘tkinchi
ehtiroslardan     iborat     bo‘lib     qoladi.   Rumiy     aytganlaridek,     faqat     qadahning
naqshlarini   ko‘radi,     lekin   uning   ichidagi   sharobni   ya'ni   mohiyatni   ko‘rmaydi   va
anglamaydi.   Qachonki,   inson   o‘z   yorini   chin   qalbdan   sevsa,    bu   muhabbat
haqiqiydir.  U  yoriga  bo‘lgan  muhabbati  vositasida  o‘zini  anglaydi  va  jamiki
insonlar va Allohga bo‘lgan buyuk ishqni his qiladi. Shu  o‘rinda  Mavlono  Rumiy
fikrlarining     isboti     sifatida     Ibn     Sinoning   muhabbat     haqidagi     qarashlariga
e'tiboringizni     qaratmoqchiman.   Ibn     Sino     bu   haqda;     “Inson     ruhi     doimo
yuksaklikka  intiladi  lekin  inson  ruxining  bir  yo’zi pastga qaragan bo‘ladi. Agar
insonning   yoriga   bo‘lgan   sevgisi   o‘tkinchi   ehtiros   va   hissiy   mayllardan   iborat
bo‘lsa,   uning   ruhi   yuksaklikka   qarab   emas,   tubanlik   sari   yo’z     tutadi   va   o‘z
mohiyatini   anglay   olmaydi.   Qachonki   inson   mahbubasiga   bo‘lgan     muhabbatini
31 qalban  his  etolsa,  uning  ruhi  o‘z  asli  bo‘lmish  yuksaklik sari  parvoz  etadi  va
barcha  mohiyatlarni  anglaydi”.
Agar     biz     Rumiy     nazarda   tutgan     yuqoridagi     fikrlarni     keng     miqyosda
tahlil  qilib  ko‘radigan  bo‘lsak, quyidagi  xulosaga  kelishimiz  mumkin;  Dunyo
bir     qadax,     uning     moddiy   taraqqiyoti     uning     naqshlari     kabi     o‘tkinchi
sifatlaridan     darak     beradi.     Ichidagi   sharob   esa   uning   haqiqiy   mohiyatidan,   sir
asroridan bizga xabar beradi.
  Bugungi   insoniyat     o‘zining     moddiy     taraqqiyotini     juda     yuksak     deb
biladi     va     dunyoning   o‘tkinchi   go‘zalliklari   va   lazzatlariga   mahliyo   bo‘ladilar,
bular   esa   xuddi   Rumiy   nazarda     tutgan     Majnunga     «Laylidan     go‘zalrok
go‘zallarni     ko‘rsatmoqchi»   bo‘lgan     kishilarga     o‘xshaydi.     Ular     hayotning,
go‘zallik  va  muhabbatning mohiyatini  ham  o‘tkinchi  sifat  va  ehtiroslarda  deb
biladilar.     Shu     tariqa   o‘zlarining     va     dunyoning     mohiyatlaridan     ya'ni     qadax
ichidagi     sharobdan   bexabardirlar.     Ko‘rinib     turibdiki     Jaloliddin     Rumiyning
go‘zallik     va     muhabbat   estetik   tahlilidan   buyuk   bir   falsafiy   mohiyatlarni   kashf
etishimiz   mumkin.   Rumiy     qarashlarining     o‘ziga     xos     jihatlari     shundaki,     u
barcha  insoniy sifatlar, mohiyatlar va borliqning sifat  -  mohiyatini majoziy obraz
va timsollar bilan tushuntiradi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, uning asarlariga mana
yetti   asr   bo‘libdik   ne   –   ne   allomalar   tomonidan   sharhlab   kelinadi.   Shu     o‘rinda
savol  tug‘iladi, Jaloliddin  Rumiy  kuylagan  ilohiy  muhabbat va go‘zallikning asl
maqsadi   nima?   Bu   savolga   ul   zotning   «Masnaviyi   ma'naviy»   asaridan   shunday
javob topishimiz mumkin.
Guftamash: «Pushida xushtar sirri yor,
Xud tu dar zimni hikoyat go‘sh dor. 14
Ya'ni;     Men     Xusomuddin     Chalabiyga     dedim:     «Yorlar     sirining     bo‘lmagi
yaxshidir.   Toki   nomahramlarning   nazari   unga   tushmasin.   Sen   esa   hikoyat   qatiga
yashiringan yor sirlarini hushyorlik qulog‘i bilan eshit, angla».
14
  Жалолиддин   Румий.   Маънавий   ва   маснавий.   6-жилд.   Жамол   Камол   таржимаси.-Тошкент,   2007,   B   215
32 Xushtar on boshad, ki sirri dilbaron,
Gufta oyad dar hadisi digaron.
Tarjimasi:
Xushdir ulkim, yorlar asroridan
Bo‘lsang ogoh o‘zgalar guftoridan.
Ya'ni;  Ilohiy   haram  mahbubalarining  asrorini   o‘zgalardan   eshitgan ma'qulroq.
Zero,  nomahramlar  va  begonalar  ularning  yorliq  sinoatidan  voqif bo‘lmasinlar.
Hakikiy   tasavvuf   aytmoq   emas   topmoqdir.   Kimlarki   so‘ylamishdir   tasavvuf
haqiqati emas, uning odobi hakida so‘ylamishdir.
Yuqorida  keltirilgan  «Masnaviyi  ma'naviy»  sharhlaridan  shu  narsa  ayon
bo‘ladi.    Bu   asar  juda  katta  tarixiy  ahamiyatga  ega   bo’lib    hozirgi   kunda  yoshlar
tarbiyasiga   va   bizning   milliy   va   ma’naviy   merosimizni   tiklashga   yordam   beradi.
Barcha  muhabbat  va  go‘zallikning  asli  Alloxdir.  Buyuk  ishqqa  doxil bo‘lishi
uchun     esa     inson     juda     ko‘p     mashaqqat     chekishi     lozim     bo‘ladi.     Bundan
ko‘rinadiki     insondan     tortib     olamdagi     eng     kichik     zarralargacha     Allohning
go‘zalligi  aks  etgan.  
Ular     orasidagi     uyg‘unlik     esa     muhabbat     hosilasidir.     Agar   inson     o‘z
atrofidagi     yaqin     kishilarini     sevolmasa,     muhabbat     asosiga     qurilgan   olamiy
uyg‘unlikka   qo‘shilolmaydi   va   barcha   go‘zalliklardan   mosuvo   bo‘ladi. Uning
yuragi  xuddi  bir go‘sht  parchasi  bo‘lmay unda muhabbat  pinhondir inson esa o‘z
qalbidagi bu muhabbatni kashf etishi lozim bo‘ladi. Lekin inson shuni unutmasligi
kerakki,  borliqdagi  barcha  sifat  va  mo‘jizalarni  moddiylik  nuqtai nazari  bilan
baholamasligi  kerak.  Afsuski  hozirgi  inson  moddiyat  asiri  bo‘lib qolmoqda. U
o‘z     ehtiyojlarining     quliga     aylanib     qolgan.   U     mangu     iste'molchi   sifatida
dunyodagi   mavjud   ne'matlarni   o‘zi   hohlaganicha   tasarruf   va   isrof   etadi.   Chunki
insonning     his     tuyg‘ulari     moddiylashagan     bu     dunyoda     tobora   dag‘allashib
bormoqda.   Bugungi     insoniyat     oldida     turgan     barcha     muammolarni   biz   uning
33 qalbidagi   go‘zallik   va   muhabbat   hislarining   so‘nib   borishidan   izlasak   yaxshi
bo‘lardi. Qalbida muhabbat bor inson hotirjamlikka erishadi va o‘zining olamning
bir     zarrasi     ekanligini     his     qiladi.     Aks     holda     bu     dunyoda     ne     ish     bilan
Mashg‘ul   bo‘lmasin   huzur   –halovat   topolmaydi.   Bu   xususda   Rumiy   insoniyatga
qarab shunday xitob qiladi: «Insonda shu qadar   ulkan   ishq,   hirs,   orzu   va   dard
bordirki,   yo’z   minglarcha   olam    o‘ziniki bo‘lsa    ham,   ko‘ngli   tinchimaydi. U
ishda,   san'atda,    ilmu   nujumda,   hakimlikda mashg‘ul.   Biroq   bularning   hyech
biridan  ho’zur  topolmaydi. 
  Chunki     istagan   narsasini     qo‘lga     kiritolmagan.   Yor     diloromlar,     ya'ni
ko‘ngilni  tinchlantiruvchi demakdir.  Shunday  ekan,  ko‘ngil  boshqa  nima  bilan
qanday  hotirjam  bo‘lsin? Zavq  va  orzular  zinapoyaga  o‘xshaydi.  Zinapoyalar
o‘tirib     dam     olishga   moslashmagan,   aksincha   ustiga   bosib   o‘tiladi   xolos.   Umrni
shu zinalarda behuda o‘tkazmaslik uchun g‘ofillikdan tez uyg‘ongan va ahvolining
mohiyatini anglab yetgan zot qanday baxtli. 15
Mavlono     Rumiyning     yetti     asr     muqaddam     bashariyatga     qilgan     bu
nasihatlari   xuddi   bugungi   insonga   qarata   aytilgandek   go‘yo.   Bugun   bizning   har
birimiz  nima  bilandir   bandmiz.  Birgina  fan  va  ijod  dunyosini   olib    ko‘raylik,  tan
olib  aytish  kerakki  ilmning  barcha  sir  –  asrorlarini  ilmiy  darajalar  ta'masida
o‘rganamiz.     Undagi     haqiqatlarni     o‘z     qalbimizdan     o‘tkazmaymiz     ya'ni     his
qilmaymiz.    Hozir    adabiyot     yoxud    san'atda     ham     ahvol     shu.   Masalan     sevgi
muhabbat     haqida     yonib     kuylayotgan     san'atkorga     e'tibor     bersangiz,     u     bizga
muhabbat  olamining  siyrati  emas,  balki  suratidan  bizga  kuylayotganiga  amin
bo‘lasiz.   Yoxud   axloq   borasida   ham   biz   ahloqiy   tushunchalarning   mohiyati
xususida   bahs   yuritamiz   lekin,   ushbu   tushunchalarni   biz   his   qila   olmaymiz
va jamiyatning ijtimoiy talabi bilan ularga ko‘r -ko‘rona ergashamiz. 
Shuning   uchun   Mavlono   Rumiy   umrimizni   behuda   o‘tkazmaslik   va   ezgu
tushunchalarga ko‘rko‘rona ergashmasdan, balki uni qalban his qilishga chaqiradi.
“Masnaviy”da   kuplab   hadislar   bilan   birga   katta   va   kichik   hajmli   rivoyatlar   ham
15
  Сулаймонова   Фозила.   Шарқ   ва   ғарб.-Тошкент. 2001, B   354
34 bor.  Bular  o’z  navbatida  asarda  ko‘yilgan  biror  ahloqiy  muammoni yoritishda
va     axloqshunoslikning     tushuncha     va     me'yorlarini     talqin     qilishda   Jaloliddin
Rumiyga     ko‘rgazma     sifatida     xizmat     qilgan.     Masalan,     odob   tavozuniing
foydasi     va     xudbinlik     hamda     mutakabbirlikning     zarari     tog‘risida     bir   necha
hadislar    keltirilib,   unda   bir-biriga   karama-karshi    bo‘lgan   fazilat    va illatlarni
ilmiy talqini yaratilgan.
“Masnaviyi”dagi  rivoyatlar  qo‘yilgan  masalalarga,  mulohazalarga  yakun
yasash,     «qissadan     xissa     chiqarish»     vazifasini     bajaradi.     Masalan,     Jaloliddin
Rumiy     johillar     haqida     so‘zlar     ekan,     o‘z     mulohazalarini     «johillikka   oid»
rivoyati bilan  xulosalaydi 16
.  Asarning  ba'zi  joylarida  axloqqa  oid  hikoyatlardan
fikrni   isbotlash     usuli     sifatida     ko‘llaniladi.     Bu     usul     asarga     ma'lum     ohang,
musiqiylik   bag‘ishlab,     uning     o‘qilishini     ravonlashtiradi     va     ta'sir     kuchini
oshiradi.     Jaloliddin   Rumiy     “Masnaviyi”da     xalq     ijodkorligining     mana     shu
usulidan     muvaffaqiyat   bilan     foydalanib,     asarning     badiiy     kimmatini     yanada
oshiradi. 
  Binobarin,     bular   kitobat     ishida     san'atkorlikda     buyuk     iste'dodi     bilan
shuxrat     qozongan     Jaloliddin   Rumiyning     adib     sifatida     ham     katta     mahoratga
ega     ekanini     ko‘rsatadi.     Biroq   shuni     ta'kidlash     lozimki,     Mavlono   Rumiy   o‘z
asalarida         ahloqiy     tushunchalarni   tahlil   etish   bilan   birgalikda   estetikaning
mezoniy tushunchalarini ham turli usul va  vositalar  orqali  tahlil  etadi.  Masalan,
mashhur     Olmoniyalik     olima     Anna   Mariya     Shimmel     “Masnaviyi”     asarida
ustida     olib     borgan     tadqiqotlarida     ayrim   estetik     muammolarni     yoritishda     va
tushuncha     va     me'yorlarni     talqin     qilishda   Jaloliddin     Rumiyning     ushbu     biz
tadqiq  etayotgan  asarlaridan  kengfoydalanganligini ta'kidlaydi. 
Biz     tasavvuf     ta'limoti     yoxud     Rumiy     ijodidagi     ahloqiy-estetik
tushunchalarni     falsafiy    tahlilini     o‘rganayotganimizda     ba'zi     jihatlarga     alohida
to‘xtalib   o‘tishimiz   kerak   bo‘ladi.   Ma'lumki,   Jaloliddin   Rumiy   tasavvufning
16
  Асқар   Маҳкам.   Мавлоно учун   мени   кечиринг...   [Маҳжурий:   бир   кўнгил   суҳбати]   //Гулистон.-1998.- 
№5.-Б.62
35 falsafa bilan bog‘liq bo‘lgan bir davrda ijod etgan. Bu davrda yashagan   ko‘pgina
so‘fiy   mutafakkirlar   jumladan;   Ibn   Arabiy,   Abu   Homid   Muhammad
G‘azolliy,Farididdin   Attor,   Aziziddin   Nasafiy,   Yahyo   Suhravardiylar   tasavvufni
yangi   birpog‘onaga   ko‘tarib,   uni   falsafa   bilan   uyg‘unlashtirgan   holda   ijod
qilganlari   aytib   o‘tilgan     edi.     O‘z     navbatida     Jaloliddin     Rumiy     ham     shular
jumlasidandir.     Lekin   Mavlono     Rumiy     o‘zlarini     faylasuflikka     da'vogar     deb
bilmaydilar     va     biz     ham   shundan     yiroqmiz.     Biroq,     bu     uning     qarashlarini
falsafiy  tahlil  qilishimizga monelik  qilmaydi  deb  o‘ylayman.  Jaloliddin  Rumiy
ijodi     yohud     falsafiy   qarashlarining     asosida     milliy   va   ma’naviy   merosimizni
tiklashdagi   tarixiy   jarayonlar   yotadi.     Buni     biz     ul     zotning     har     bir   satrida
ko‘rishimiz  mumkin; 
                                                    Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, ushbu asarning yaratilganiga necha asrlar
bo’lsa-da, ammo o’z qiymatini hanuzgacha yo’qotmagan, unda keltirilgan falsafiy
va   mantiqiy,   dunyoqarash   va   tasovvurlari   insonni   chuqur   o’ylashga   va   keng
mushohada qilishga undaydi. Asarning tarixiy ahamyati  shundaki, o’sha davrdagi
insoniyat   dunyosining   butun   bir   ichki   va   tashqi   olamini   har   tomonlama   qamrab
olgan   bo’lib,   insonning   ma’naviy   dunyosiga   ijobiy   ta’sir   etadi.   Insonni   o’zini
anglashga,   ichki   olamin   tushunishga,   din-e’tiqodini   mustahkamlashga   undaydi.
Bugungi   davrga   kelib   ham   Rumiy   asarlarini   mukammal   o’rganishga,   asarlarida
keltirilgan hayotiy, diniy va tarbiyaviy masalalarni jamiyatga tadbiq etish va inson
amaliy   hayotida   qo’llash   uchun   Rumiyshunos   olimlar   tadqiqot   va   tadbirlar   olib
bormoqda.   Dunyoning   ko’pgina   mamlakatlarida,   jumladan,   Eron,   Turkiya,
Pokistonu   Hindistonda   masnaviyshunoslik   maktablari   mavjud.   Sho'ro
inqilobigacha   bo’lgan   O’zbekiston   hududida   ham   masnaviyshunoslik   keng
rivojlangani,   Rumiyning   bu   kitobi   har   bir   ilmli   xonadonda   Qur’ondan   keyingi
muqaddas   kitob   singari   asralgani   aytiladi.   Rumiy   she’riyati   sharq   she’riyatining
eng   yuksak   cho’qqisi   hisoblanadi.   Rumiyga   o’xshab   inson   qalbini   tadqiq   qilgan,
36 inson   ruhiyati,   insonning   ma’naviy   kuchini   she’riyatda   ifodalagan   shoir   g’arbu-
sharqda kam topilishini aytishadi mutaxassislar.
  
II.Bob. Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi  ma’naviy”   asarining  nazariy
va amaliy ahamiyati va uning yoshlar ma’naviy tarbiyasidagi o’rni.
2.1. “Masnaviyi   ma’naviy” asarining hozirgi yoshlar ma’naviy olamini
boyitishdagi ahamiyati . 
Jaloliddin   Rumiyning   “Masnaviyi   ma’naviy”   asari   hozirgi   yoshlarga   oid
qarashlarining   o‘ziga   xosligi   shundan   iboratki,   u   insonning   jismoniy   va   ruhoniy
kamolotini   uyg‘un   holda   qaraydi.   Shuningdek,   bizningcha,   komil   insonni
tarbiyalash   modelining   ijobiy   tomonlarini   hozirgi   tarbiya   tizimiga   ham   qo‘llash
mumkin. Jaloliddin Rumiy   “Masnaviyi ma’naviy” asari o‘z qarashlarida insonning
o‘z-o‘zini   idora   etish,   nafsini   tanish   va   boshqara   olishi,   nafs   tarbiyasi   masalasi
axloqan   fazilatli   kishini   tarbiyalash   uchun   muhim   deb   hisoblaydi.   Shuningdek,
Haq   yo‘lida   ezgu   amallar   ila   ahloqiy   poklikka   erishgan,   shuo’rini   tazarru
to‘lqinlari egallagan inson mohiyati Jaloliddin Rumiy asarlarida o‘ziga xos irfoniy
tafakkur   asosida   isbotlab   berilgan.   Jaloliddin   Rumiy   qayd   etishicha,   inson   fikri,
so‘zi   va   ishi   bilan   go‘zaldir.   Xuddi   mana   shu   fazilatlarning   mushtarakligi   inson
qalbi va amallarining go‘zalligini belgilaydi.
  Zero,   Jaloliddin   Rumiyning   ta'kidlashicha,   komil   insonning   siyrat   va
suratida   ilohiylik   va   insoniylik   mujassamdir,   zotan   ilohiylikni   insoniylikdan   va
insoniylikni   ilohiylikdan   ajratib   tasavvur   etib   bo‘lmaydi.   Jaloliddin   Rumiy   asos
solgan   Mavlaviya   tariqatidagi   komil   inson   tushunchasi   iloxiylik   va   insoniylik
tajalliysining   mukammal   va   oliy   darajasi,   barcha   inson   zoti   yagona   iloxiy
javharning shu'lasi, tajalliysidir. Shuning uchun borlikdagi barcha mavjudotlar uni
xurmat - extirom qilmoqlari, unga xizmat qilmoqlari zarur. Go‘zal ahloqli bo‘lish
bu insonning yuksak fazilatlaridan biridir. Mavlaviya tariqatida ham go‘zal sifatlar
37 ulug‘langan.   Jaloliddin   Rumiy   ham   inson   sabrli,   qanoatli   bo‘lsa,   qo‘li   ochiq
saxovatli bo‘lsa kamol topishini anglagan va odamlarni shu yo‘lga boshlagan. 
O‘tmishdan   bizga   ma'lumki,   buyuklar   komil   inson   bo‘lishga   intilganlar.
Komil   inson   har   tomonlama   yetuk   insondir.   U   go‘zal   xulqli,   chiroyli   fazilat
egasidir.   Jaloliddin   Rumiyning   mavlaviya   tariqati   ham   ushbu   narsalardan   xoli
emas.   U   odam   atrofdagi   odamlarga   nisbatan   yaxshi   munosabatda   bo‘lishi
lozimligini, o‘zini kamtar tutishi kerakligini, qilgan ishlarini tama' qilmasligi o‘zini
burchini   hamisha   anglab   yashamog‘i   kerak.   Tokim   odamlar   uni   ko‘rganda   xafa
bo‘lmasinlar,   buning   aksi   xushmuomalaligidan   xursand   bo‘lishlari   kerak,
shuningdek ota-ona, yoru do‘stlari ham undan rozi bo‘lishi kerak.
Jaloliddin   Rumiy   “Masnaviyi   ma’naviy”   asarida   inson   tabiatida,   o‘zligida
yaxshilik va yomonlik, saodat va shaqovat, nur va zulmat yashiringanligidan inson
o‘z-o‘zini   nazorat   etib,   nafsini   jilovlab   kamolotga   intilishi   lozim   va   bu   ahloqiy
fazilatlarning shakllanishiga olib keladi degan g‘oyani ilgari surgan. Shu ma'noda,
Jaloliddin Rumiy ilgari surgan ahloqiy qadriyatlar hozirgi kunda ham qimmatlidir,
chunki   ular   insonni   faollikka,   fidoyilikka,   mehnatsevarlikka,   iqtisodiy
barkamollikka   undaydi.   Shu   o‘rinda   qayd   etish   kerakki,   Mavlono   Jaloliddin
Rumiyni   bag‘rikenglik   g‘oyasining   targ‘ibotchisi,   deb   atasak   xato   qilmaymiz.
Butun   umri   davomida   Jaloliddin   Rumiy   odamlarni   do‘stlikka,   tenglikka,
birodarlikka,   qalban   yaqinlikka,   mehr-shafqatli   bo‘lishga   undagan.   O‘zi   ham
barchaga   barobar   bo‘lgan.   Jaloliddin   Rumiy   inson   umrining   turli   bosqichlari
haqida   ma'-   lumot   berib,   ularning   har   birini   tasavvuf   nuqtai   nazaridan   izohlaydi.
Shuning   bilan   birga,   insonga   umr   ham   o‘lchanib   berilganligi,   dunyoga   ortiqcha
muhabbat   qo‘ymaslik,   balki   boqiy   hayot   sanalmish   oxirat   uchun   ko‘proq   xayrli
ishlar qilib qolish zarurligi haqida ta'limot beradi. Jaloliddin Rumiyning ma'naviy
merosi   falsafada   komil   inson   muammosini   to‘g‘ri   yechish   va   tana   va   ruhga
me'yorda   munosabatda   bo‘lish   kabi   bunyodkor   g‘oyani   barkamol   inson   tarbiyasi
uchun foydalanishga zarur manbalardan biridir.
38 Jaloliddin   Rumiycha   “Masnaviyi   ma’naviy”   asarida   tasnifga   e'tibor
beradigan   bo‘lsak,   inson   tanasi   oraziy,   majoziy,   foniy   vujuddir.   Zero,   komil
insongina o‘z rizqu-ro‘zini fitratida, aslida yashiringan haqiqatdan emas, shu ilmi,
ilohiy   ishqidan   bilib,   unga   bog‘lanadi   va   natijada   aslini   unutadi.   Komillikning
asosiy   belgisi   insonni   asl   vujud,   boqiy   va   abadiy   vujud   bo‘lgan   Haq   bilan   yaqin
bo‘lishidir.   Tadqiqotlardan   ma'lum   bo‘lishicha,   fano   bo‘lish   iborasi,   aslida,
mutasavvif   kishilarning   o‘tkinchi   hayot   tashvishlaridan   ozod   bo‘lishini,   ma'naviy
ahloqiy poklanishni, ilohiy amrni to‘la – to‘kis va bajonidil bajarilishini bildiradi.
Jaloliddin   Rumiy   o‘zining   “Ma'snaviy”   asarida   dunyoning   bebaqoligi,
undagi   barcha   narsalarning   foniyligi,   insonga   umr   ham   o‘lchab   berilganligi,
shuning uchun dunyoga ortiqcha muhabbat qo‘ymaslik, balki boqiy hayot maskani
sanalmish   oxirat   uchun   ko‘proq   xayrli   ishlar   qilib   qolish   zarurligi   haqida   da'vat
etadi. Fano bo‘lish o‘lishdir. Lekin Jaloliddin Rumiy vujudni fano, yo‘qlik holatiga
yetkazish deganda inson tanasini to‘la inkor qilmaydi. Tana inson kamoloti uchun
vosita,   markab   ekanligini   ta'kidlaydi.Tanaga   hayvoniy,   ilohiy   ruh   kiritilgan.
yeyish,   uxlash,   shahvat   va   ammora   nafs   istaklari   hayvoniy   ruhning   quvvatidir.
Shuning   uchun   ularni   me'yorga   solib   markab,   yashash   vositasi   bo‘lgan   vujuddan
kamolot   uchun   foydalanish   zarur,   chunki   mehnat   qilish,   birovga   ezgulik   qilish,
hojatini chiqarish uchun ham tana zarur. Shuning uchun Jaloliddin Rumiy vujudni
fano   holatiga   yetkazish   deganda,   oraziy,   majoziy,   foniy   vujudga   bog‘lanmaslik,
uni   ilohiy   ne'mat   deb   bilib,   undagi   imkoniyatlarni   Haq   rizoligi   yo‘lida   safarbar
etish   lozim   deydi.   Mavlona   o‘z   navbatida   qalb   poklanib,   vujud   ilohiy   sifatni
egallasa,   bunday   vujud   sharif   bo‘lib,   bu   olamga   keladigan   fayzlar   va
yaxshiliklarning   sababchisi   bo‘ladi   deb   ta'kidlaydi.   Shu   bilan   birga   mavlono,
mukkamal   insonning   dil   ko‘zgusida   odillik,   ilmi-hikmat   kabi   kamolot   sifatlari
zohir   bo‘lgandagina,   u   ko‘zguning   sofligini   saqlagandagina   va   har   qanday,
g‘uborlardan asragandagina kelgusi avlod uchun munosib inson bo‘la oladi, degan
g‘oyani ilgari surgan.
39 Tasavvufiy   tariqatlar   ikkita   katta   turga   ajraladi:   1)   sunniy   tariqatlar;   2)
nosunniy   (falsafiy   deb   ham   yuritiladigan)   tariqatlarga   bo‘linadi. 17
  Sunniy   tariqatlar
asosan ahli sunnat val jamoat e'tiqodiga amal qilgan xolda, shariatning   buyruq   va
qaytariqlarini   ustuvor   deb   bilib,   unga   qatiy   amal   qiladilar.   Bu   yo‘nalishdagi
tariqatlarda   tashqi   ta'sirlar   va   fikriy   qarashlarga   berilmasliklari   bilan   ajralib
turadilar .
Umuman   olganda,   bu   kabi   tadqiqotlar   “Masnaviyi   ma’naviy”   asarda
Rumiyning   konseptual   qarashlarini   ochishda   masalani   ikkinchi   tomonidir   deb
baholash mumkin. Jaloliddin Rumiyning komil inson konsepsiyasiga faqatgina bir
tomonlama qarash ilmiy jihatdan ham mutlaqo mumkin emas. Sababi, Rumiyning
bizga qoldirgan bebaho merosi bir necha yo’z yillar davomida, sayqallanib kelgan
sharq falsafasi va xikmati, islomiy ahloqiy qoidalarini omuxta eta olgan, tasavvuf
va falsafani qo‘shib, inson ruhiyati dialektikasini ochishga xizmat qilgan ilmiy va
falsafiy metodologiyadir. Uning metodologiyasida biron bir jihatni mutaasiblarcha
mutloqlashtirilganligini ko‘rish mumkin emas. Har holda Mavlono Rumiy insonni
komilikka   eltuvchi   ahloqiy   fazilatlar   bilan   birga,   insonni   tubanlikka   yetaklovchi
salbiy   illatlarni   tahlil   etishdagi   o‘zi   tomonidan   ishlab   chiqilgan   metodi   qanchalik
mukammal   bo‘lmasin,   hyech   qachon   mutloqlikka   da'vo   qilmaydi.   Bizningcha,
bunga   Mavlono   Rumiyning   shaxsiy   ahloqiy   xatti   -   harakatlari   bilan   birga   inson
ruhiyati   ufqlarining   naqadar   rangbarang   cheksizligi   sabab   bo‘lgan   bo‘lsa,   ajab
emas.   Jaloliddin   Rumiyning   komil   inson   konsepsiyasini,   milliy   istiqlol
g‘oyamizning   asosini   tashqil   etgan   komil   insonni   tarbiyalashdagi   beqiyos
ahamiyatini   e'tirof   etmaslik   mumkin   emas.   Shu   ma'noda,   uning   metodi   bugungi
tarbiyaviy metodologiyadan anchayin farq qilsada,  bu metodning kamchiligi  yoki
nuqsoni emas, balki bu xozirgi zamonaviy metodologiyaning anchayin rivojlangan,
shakllangan ko‘rinishi deb baholanishi mumkin.
17
  Шайх   Муҳаммад Содиқ   Муҳаммад Юсуф.   Тасаввуф   ҳақида   тасаввур.-Тошкент,   2002   йил,   71-бет.
40 Buyuk   shayx   va   shoir,   tasavvuf   ilmining   bilimdoni,   mavlaviya   tariqati
asoschisi  Mavlono  Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy ma'naviy” manzumasi  qayd
etilgan   komillik   g‘oyalarining   mushtarak   fazilatlarga   egaligi   bois   alohida   qadr-
qimmat   kasb   etgan.   Allomaning   mazkur   nodir   asarining   dunyoga   kelishida
muqaddas   kitoblar   hamda   hadislar,   qadim   Sharqda   asrlar   davomida   yaratilgan
ilohiy-irfoniy   va   ahloqiy   asarlar   o‘ziga   xos   manba   bo‘lib   xizmat   qilgan.   Sharq
olamida   bu   asarning   Qur'oni   karim   va   hadislardan   keyingi   muqaddas   manba
sanalishi,   hatto   asar   haqida   “Masnaviyi   ma'naviy”i   Mavlaviy   –   Hast   Qur'on   dar
zaboni   pahlaviy”,   ya'ni   “Mavlaviy   (Jaloliddin   Rumiy)   ning   “Masnaviyi
ma'naviy”si   pahlaviy   tilidagi   Qur'ondir”   degan   e'tirofga     l oy iq   ta'rifning   tarqalgani
bejiz   emas. 18
  Chunki   asarda   Qur'on   oyatlari   va   hadislar   mazmun-   mohiyatini
tasavvufiy   qarashlar   bilan   uyg‘unlashtirgan   holda   bayon   etish   yetakchi   tamoyil
bo‘lib,   bundan   ko‘zlangan   murod,   shubhasiz,   komil   inson   tarbiyasiga   hissa
qo‘shishdan iborat   bo‘lgan.
Inson   ahloqiy   kamoloti   masalasi   hamma   zamon   va   davrlarda   dolzarb
muammolardan   biri   bo‘lgan.   Axloq   insonning   inson   ekanligini   ko‘rsatuvchi
mezon sifatida qadrlidir. O‘rni kelganda u jamiyatni tanazzulga uchratishi  va yo
aksincha,   gullab-yashnashi   uchun   muhim   omil   bo‘lishi   mumkin.   Komil   inson
g‘oyasi   nafaqat   alohida   shaxslarni,   balki   butun-butun   xalqlarni   yuksak   taraqqiyot
sari   yetaklagan,   ularni   ma'naviyat   va   ma'rifat   sohasida   tengsiz   yutuqlarga
ilhomlantirgan.   Komillikni   orzu   qilmagan,   barkamol   avlodlarni   voyaga yetkazish
haqida   qayg‘urmagan   xalqning,   millatning   kelajagi   yo‘q.   Bunday   xalq   va   millat
tanazzulga mahkum. Komil inson, eng avvalo, ishonchli va   fidoiy   bo‘lishi   lozim.
U   buning   uchun   tinimsiz,   o‘zini   ayamasdan   o‘z   hukmdori ,   o‘z   otasi   va   o‘zidan
katta barchaga birday xizmat qilishi va doimo kamolot sari   intilishi zarur.
Insonning   o‘z-o‘zini   idora   etishi,   nafsini   tanish   va   boshqara   olishi,   nafs
tarbiyasi   masalasi,   axloqan   fazilatli   kishini   tarbiyalash   uchun muhim.
18
  Жалолиддин Румий. Маънавий ва маснавий. 2-жилд. Асқар Маҳкам таржимаси ва шарҳи. 
Тошкент,   2007,   B   23
41   Malakaviy   bitiruv   ishimiz dan   quydagicha   nazariy   va   amaliy   xulosaga   kelish
mumkin:
- Bugungi   madaniy   dunyo   butun   insoniyat   bilan   hamnafas   bo‘lgan
kishini   ardoqlaydi.   Shunday   talablarga   Rumiyning   ahloqiy-falsafiy   pozitsiyasi
javob   beradi.   Shuning   uchun   ham   har   bir   yosh   avlod   o‘z-o‘zini   anglashi,   o‘z
his-   tuyg‘ularini   boshqara   bilishi,   o‘z   fikri,   qiyofasi,   qarashiga   ega   bo‘lishi
uchun   Rumiyning tasavvufiy   g‘oyalaridan bahramand bo‘lishi   kerak.
- Mavlaviya   ta'limotining   ahloqiy   va   bunyodkor   g‘oyalari   milliy
g‘oyaning   diniy-ma'rifiy,   falsafiy   ildizlaridan   biridir.   Bu   ta'limotning   ahloqiy
va   bunyodkor   g‘oyalari   mamlakatimizning   bosh   g‘oyasini   amalga   oshirishga
xizmat   qiladi.   Undagi   bag‘rikenglik,   mehnatsevarlik,   fidoiylikka   undovchi
bunyodkor   fikrlar,   Vatan   ravnaqi,   yurt   tinchligi,   xalq   farovonligi,   millatlararo
totuvlik,   ijtimoiy   hamkorlik,   komil   inson,   diniy   bag‘rikenglik   g‘oyalarini
insonlar   qalbi   va   ongiga   singdirishga   asos   bo‘ladi.   Mana   shu   g‘oyalarni
hayotga   tadbiq   etishda   mavlaviya   ilmiy-jamoatchilik   markazini   tashqil   etishga
undaydi.
- Sharq   mutafakkirlari   hamma   davrlarda   o‘zining   chuqur   ma'naviy
salohiyati   bilan   ajralib   turgan.   Ular   insonni   ahloqiy   kamol   toptirish,   ma'naviy
qiyofasini   shakllantirish,   jamiyat   ijtimoiy-siyosiy   taraqqiyotining   muhim
omillaridan   biri   deb   qarashgan.   Faylasuflarning   dunyoni   teranroq   anglashi,
olam   va   odam   ruhiyati   sirlarini   idrok   etishi   va   hayot   ziddiyatlari   mohiyatini
tushunishda   Mavlono   Rumiyning   ahloqiy-falsafiy   ta'limotining   ahamiyati
kattadir.  
“Masnaviyi   ma’naviy”   asari da   Rumiy   ta'limotida   ilgari   surilgan
g‘oyalar   hozirgi   ysohlarimizni   ma’naviy   olaimini   boyitishdagi   qonuniyatini
bilib   olishga   undaydi 19
.   Rumiy   ijodi   Sharq   ilmu   hikmatlari,   ma'nolar
dunyosining yangi sintezi, uyg‘unlashuvi va ayni vaqtda yuqori bosqichga olib
19
  24
  Имом   Ал   Бухорий. Саҳиҳул   Бухорий.   1-жилд-Тошкент, 2007,   B   94
42 chiqilgan, rivojlantirilgan ko‘rinishidir. Shu bois  “Masnaviyi ma’naviy” asari da
mutasavvuf tomonidan ilgari   surilgan ilg‘or g‘oyalar tafakkur ahlini junbushga
keltirib,   qalblarni   zabt   etdi.   Shuning   uchun   faylasuf-shoir   asarlari   hozir   ham
o‘z   mo‘jizakor   qudratini   saqlagan   holda   hamon   o‘ta   dolzarb   va   e'tiborlidir.     
                                                     
                                                         Xulosa
X ulosa   qilib   aytganda   zamonaviy   ahloqiy   konsepsiyalarning   asosiy
maqsadini   o‘zida   ifoda   etgan   komil   inson   g‘oyasi   manbalarini   boyitishda   Rumiy
ijodiyotidan   foydalanish   ham   muhim   ahamiyatga   ega.   Mazkur   asar   o’z   g’oyaviy,
tarbiyaviy   ahamiyati   bilan   bugungi   yoshlar   ma’naviy   tarbiyasida,   iymon,   vijdon,
diyonat   kabi   fazilatlarni   shakllantirishda   va   ajdodlar   merosini   o’rganish   va   asrab
avaylashda muhim ahamiyat kasb etdi.  “Masnaviyi ma’naviy” asari da Komil inson
haqidagi Jaloliddin Rumiyning tizimi tarkibidagi elementlar bir-biri bilan bog‘liq,
biri ikkinchisini taqozo etadi.  U komil insonga har tomondan baho beradi. Shuning
bilan   birga,   inson   komilikka   intilishi   uchun   Rumiy   ko‘rsatib   o‘tgan   metodlar
asosida ish tutish ham amaliy, ham ilmiy ahamiyat kasb etadi. 
Mavlono   Rumiyning   “Masnaviyi   ma’naviy”   asarida   yoshlar   ma’naviy
olamini   boyitishdagi     ushbu   ko‘rsatmalari,   falsafiy   nuqtai   -   nazardan   tahlil
etilganda quyidagicha xulosani beradi: 
1)   Komilikka   yetish   uchun   insonga   salbiy   illatlarni   bartaraf   etish,   unga
yaxshi fazilatlarni osonlik bilan o‘zlashtirishga imkon yaratadi; 
2)   Ijtimoiy   munosabatlarda   shariat   amallariga   rioya   qilishlik   aksariyat
musulmon bo‘lgan mintaqalarda fitnalarni oldini olishga xizmat qiladi. Qolaversa,
bu   o‘z   navbatida   g‘ayrimusulmon   mintaqalarda   islomiy   axloqqa   bo‘lgan   ijobiy
taassurotlarni   yo’zaga   keltiradi.   Ayniqsa,   jahon   mintaqasida   tomir   otib   ulgurgan,
islomafobiyani oldini olishda katta foyda keltiradi, deyish mumkin. 
43 3)   Rumiyning   mazkur   qarashlari   muqaddas   islom   dinini   va   shu   asosida
vujudga kelgan tasavufiy ahloqni naqadar mukammal va go‘zal ishlab chiqilganini
ko‘rsatadi. 
4) Uning komil insonni tarbiyalashga qaratilgan ilmiy metodi bugungi yosh
avlodni tarbiyalashda dasturul amal vazifasini bajaradi. Negaki, ushbu dastur sharq
ahloqshunosligining   go‘zal   namunasi   sifatida   hayot   sinovlaridan   o‘tganligi   bilan
zamonaviy g‘arb ahloqiy konsepsiyalaridan ancha ustun turadi deyish mumkin.
44 2.2.   “Masnaviyi     ma’naviy”   asarining   ta’lim-tarbiya   tizimida     targ’ib
qilishning dolzarb masalalari.
Mustaqilligimizning   poydevorini   mustahkamlashda,   mamlakatimiz
rivojlanishida,   O‘zbekistonning   buyuk   davlatga   aylanishida,   yosh   avlodni
intelektual   salohiyatini   takomillashtirish,   ta'lim-tarbiya   ishlarini   oqilona   yo‘lga
qo‘yish,   shuningdek,   ularni   zamonaviy   ilm   -   fan,   madaniyat,   texnika   va
texnologiya   yutuqlari   bilan   muntazam   ravishda   tanishtirib   borish   benihoya   katta
ahamiyatga   ega.   Chunki   taraqqiyot   taqdirini   ma'naviy-ahloqiy   jihatdan   yetuk
iqtisodiy  hamda  texnikaviy  bilimlar   va  murakkab   texnologiyani   egallagan  irodasi
baquvvat,   iymoni   butun,   zamonaviy   fikrlaydigan   yuksak   salohiyatli,   iste'dodli
yoshlar   hal   etadi.   Shuningdek,   mamlakatimizning   kelajak   taqdiriga   xal   qiluvchi
ta'sir   ko‘satadigan   asosiy   omil   fan,   texnika,   madaniyat,   ma'rifat,   ta'lim   –   tarbiya,
ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlar   borasidagi   yangiliklar   va   yutuqlarni,   jahon
mamlakatlari tajribalarini keng ko‘lamda o‘rganish, rivojlantirish va hayotga joriy
etish hamda iste'dodli yoshlar intelektual salohiyatini o‘rganishdan ham iboratdir.
Hozirda   mamlakatimiz   hayotining   turli   jabhalarida   tub   islohotlar   keng   tus
olmoqda.   Shular   qatori   ta'lim   tizimida   ham   islohotlar   samarali   tarzda   amalga
oshirilmoqda.   Mamlakatda   qabul   qilingan   «Ta'lim   to‘g‘risida»   gi   qonun   va
«Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»   ta'lim   sohasini   tubdan   isloh   qilish   va   jahon
andozalariga javob beradigan kadrlarni tayyorlashni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib
qo‘ygan. Shuningdek, kadrlar tayyorlashning bosh maqsadi - komil inson va yetuk
malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
va   bunda   qo‘yilayotgan   talablar   mustaqil,   erkin   fikrlovchi   shaxsni   shakllantirish,
uning   davlat   va   jamiyat   hayotida   faol   ishtirok   etish   hamda   iqtidorli   va   iste'dodli
yoshlarni izlab topishni ta'minlashga qaratilgandir.
«Biz   oldimizga   qanday   vazifa   qo‘ymaylik,   qanday   muammoni   yechish
zaruriyati   tug‘ilmasin,   gap   oxir-oqibat,   baribir   kadrlarga   va   yana   kadrlarga   borib
taqalaveradi.   Mubolag‘asiz   aytish   mumkinki,   bizning   kelajagimiz,
mamlakatimizning   kelajagi,   o‘rnimizga   kim   kelishiga   yoki   boshqacharoq
45 aytganda,   qanday   kadrlar   tayyorlashimizga   bog‘liq»,   deydi   Prezidentimiz.
Yangicha   dunyoqarash   va   bilimlarga   ega   bo‘lgan   barkamol,   tashqilotchi   hamda
zukko   kadrlar   va   mutaxassislarga   ega   bo‘lish   uchun,   birinchi   navbatda,   ta'lim-
tarbiya   tizimini   tubdan   o‘zgartirish,   iste'dodli   yoshlar   intelektual   salohiyatini
hozirgi   davr   talabi   darajasiga   ko‘tarish   zarur   va   o‘ta   muhimligini   hayot   taqozo
etmoqda.
Umuman   olganda,   ta'lim-tarbiya   tizimida   komil   insonni   shakllantirish,
jamiyat   taraqqiyotiga   ta'lim   tizimi   sohasi   orqali   erishish   bu   davlat,   jamiyat,
shaxsning bugungi va kelajak oldida turgan bosh vazifasidir. Boshqacha aytganda,
hozirgi vaqtda milliy g‘oya va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida ta'limni
rivojlantirish,   uni   takomillashtirish   uchun   zarur   shart-   sharoitlarning   dolzarb
yo‘nalishlarini  belgilab olish  juda ham  zarur. Zero, «Ta'lim  to‘g‘risida»  gi  qonun
«Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi»   mazmun-   mohiyati   va   ahamiyatiga   ko‘ra,
zamonga   mosligi   va   har   qanday   talabga   javob   bera   olishi   bilan   harakterlanadi.
Chunki,   u   nafaqat   hozirgi   davrni,   balki   kelajakni   ham   o‘zida   chuqur   ifodalagan
qudratli strategik hujjatdir. Mazkur xujjatlarni joriy qilish esa, iste'dodli yoshlarni
avaylab-asrash   va   ularni   komil   inson   qilib   tarbiyalashda   muhim   ahamiyatga   ega.
Bizningcha,   bu   ma'noda   komillikka   intilish   -   har   bir   insonning   muqaddas   orzusi
bo‘lib   qoladi.   Demak,   hozirda   komillik   fazilatlari   quyidagicha   tasniflanadi:
zehnlilik,   bama'nilik,   xotirjamlik,   lo‘ndalik,   notiqlik,   tanqidiylik,   dadillik,
omilkorlik, savodxonlik, qiziquvchanlik, ishqibozlik kabilardir.
Bunday   fazilatlarni   esa   allomalarimiz   qoldirib   ketgan   ilmiy-madaniy
meroslardan   ham   turli   darajada   ta'rif   va   tasnif   etilganligini   ko‘rishimiz   mumkin.
Jumladan, Jaloliddin Rumiyning barcha asarlarida inson borliqdagi eng buyuk zot
sifatida   ta'riflanadi.   Shu   ma'noda   alloma   insonlarni   quydagicha   ta'rif   va   tasnif
etadi:   “Insonni   uch   holi   mavjud.   Birinchisi:   U   Allohning   atrofida   parvona
bo‘lmaydi.   Xotin,   erkak,   bola-chaqa,   mol-dunyoga   va   toshu   tuproqdan   bo‘lgan
narsalarga xizmat qiladi, ularga topinadi. Ikkinchisi: Insonda bilim va ma'rifat hosil
bo‘lsa-da, Allohdan boshqa narsaga sig‘inmaydi. Uchinchisi: Inson ikkinchi holda
46 yana-da ilgarilaydi  va sukut saqlaydi”. Bundan ko‘rinadiki, Jaloliddin Rumiyning
falsafiy-tasavvufiy   qarashlarida   insonning   ahloqiy   hayoti,   uning   ahloqiy   tarbiyasi
bilan   bog‘liq   ekanligiga   alohida   e'tibor   beriladi.   Shu   ma'noda   irfoniy   asosga   ega
bo‘lgan   go‘zal   fazilatlar   insonga   xos   narsa,   faqat   uning   mulki   emas.   Rumiy
ta'biricha, inson olamga, kamolotga erishish va asliga qarab intilish uchun keladi.
Shuning uchun ham Mavlono “Ishq – nimagadir muhtojlik. U holda ehtiyoj – asl
muhtoj esa – nur” degan g‘oyani ilgari suradi.
Hozirda   biz   ko‘pgina   falsafiy   adabiyotlarda   komil   inson   tarbiyasi   degan
iboralarni ko‘p uchratamiz. Komillikning esa xilma – xil talqinlari bor. Jumladan,
islomiy   ta'limotda   komillik   timsoli   sifatida   Haq   nazarda   tutiladi.   Shuning   uchun
mavlaviya   ta'limotida   ham   insonning   kamolotga   erishuvi,   Haqqa   talpinishidir
deyiladi.   Demak,   bundan   ko‘rinadiki,   komil   insonni   tarbiyalash,   moddiy   -
hayvoniy   xirslarni   barham   ettirib,   ilohiy   –   rahmoniy   sifatlarni   ko‘paytirish   orqali
olib   boriladi.   Komil   inson   esa,   o‘z   navbatida   jamiki   insonlarning   haqiqati,   ya'ni
odamiylar   odamiysi   bo‘lib   qoladi.   Komillikning   har   bir   davrga   xos   ijtimoiy
mezonlari   ham   bo‘lgan.   Buning   boisi   shuki,   odamzod   aqliy,   ruhiy   va   jismoniy
iqtidori,   iste'dodi,   salohiyati   jihatidan   bir   –   biridan   farqlanadi.   Darhaqiqat   bir   –
biridan   farqlanuvchi   insonlarni   ahloqiy   tarbiya   orqali   komillikka   yetkazish
mumkin.   Shu   ma'noda,   mavlaviya   tariqatida,   komil   insonning   o‘ziga   xos   axloq
qoidasi  ishlab  chiqilgan bo‘lib, bu sifatlarga ega  bo‘lish har  bir  odamning orzu –
armoni   deb   qaralgan.   Yana   shuni   ta'kidlash   lozimki,   Rumiy   yashagan   davrda
yaxshi   axloq,   komil   inson   haqidagi   tushunchalar   nisbiy   xususiyatga   ega   bo‘lgan.
Ammo   masala   qanday   qo‘yilishidan   qat'iy   nazar,   komil   inson   haqidagi   g‘oyalar
islom xususan, tasavvuf uchun katta ijtimoiy – ahloqiy ahamiyatga ega bo‘lgan.
Bizningcha, inson to‘g‘ri tarbiya topmasa, qaysi davr bo‘lishidan qat'iy nazar
uning   xatti–harakatlari   jamiyatga   zarar   keltiradi.   Shuning   uchun   ham   Rumiy
“Inson o‘zining farqlash xossasini  har turli g‘arazdan tozalashi  va dindan yordam
qidirishi   lozimdir”     deydi.   Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   jamiyat   ijtimoiy   hayotidagi
47 barcha   muammolar   yechimi   insonning   ma'naviy–ahloqiy   jihatdan   yetukligi   va
e'tiqod darajasini yuqoriligi bilan ham belgilanadi.
Mamlakatimizda   hozir   erkin,   demokratik   fuqarolik   jamiyatini   to’zishga
kirishganmiz.   Bu   jamiyat   ma'lum   ma'noda   g‘arbliklar   tasavvuridagi   fuqarolik
jamiyatlaridan farq qiladi. G‘arbda bu borada e'tibor asosan huquqiy yo‘nalishning
ustuvorligiga qaratilsa, bizda ahloqiy-ma'naviy yo‘nalishning ustuvorligini ko‘rish
mumkin.   Shu   nuqtai   nazardan   olib   qaraganda,   biz   qurayotgan   fuqarolar   jamiyati
G‘arb dunyosi uchun o‘rnak bo‘lishi mumkin. Bu faxrlanish hissidan kelib chiqqan
balandparvoz   gap   emas.   Masala   shundaki,   g‘arb   jamiyatlari   hozirgi   paytda
ahloqiylikni huquqiylikning yuqori bosqichi sifatida qabul qilmoqdalar. Lekin ular
uchun   «ahloqiy   o‘rin   bo‘shatishdan»   ko‘ra,   «huquqiy   o‘rinni   egallab   turish»
nafaqat   qonuniy,   balki   zavqliroq   tuyo’ladi.   Bizning   mentalitetimizda   esa,   buning
aksi   -   har   bir   «ahloqiy   o‘rin   bo‘shatish»,   “komillikning   ahloqiy   mezonini   ishlab
chiqish”   yoshlar   qalbiga   quvonch,   o‘z   insonlik   burchini   bajarganlik   hissini
to‘ldiradi.
Jaloliddin   Rumiyning   falsafiy-tasavvufiy   qarashlarida   ifodalanishicha,
insonning   qalbi   mol   –   dunyodan   emas,   ezgu   ishlardan,   kimgadir   mehr   –   oqibat
ko‘rsatishdan   va   Alloh   visoliga   yetishishdan   ko‘proq   halovatlanadi.   Chunki   unda
ilohiy harakat va nur mavjud bo‘ladi. Bu nur ezgu amallardan quvvat oladi va xatto
inson   tanasiga,   yo’ziga   go‘zallik   bag‘ishlaydi.   Vaholanki,   har   bir   inson   shu
go‘zallik   va   quvvatga   ehtiyoj   sezib   yashaydi.   Jaloliddin   Rumiy   komil   inson
tarbiyasiga   jiddiy   e'tibor   qaratar   ekan,   u   shu   jamiyatda   yashayotgan   boshqa
insonlarga har tomondan o‘rnak bo‘lishi kerakligiga alohida e'tibor beradi. Komil
insonning o‘zini Rumiy har tomonlama ya'ni ham botiniy, ham zohiriy pok bo‘lgan
kishi   deb   tushuntirib   o‘tadi.   Komil   insonga   qo‘yiladigan   dastlabki   talab   -   bu   uni
avvalo o‘z Vatanini, e'tiqod maskanini tushunishi bilan belgilanadi.
                                                    
48                                            
                                                Xulosa
       “Masnaviyi ma’naviy” asarini targ’ib qilishda, asosan umumta’lim maktablari
va Oliy ta’lim maskanlarida darslik kitoblariga ushbu asarni alohida mavzu sifatida
kiritsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Asarda odob-axloq, tarbiya vas hu kabi hozirgi
yosh   avlod   uchun   kerak   bo’lgan   muammolar   ilgari   surilgan.   Shu   narsani   tan
olishimiz joizki, bugungi yoshlar o’rtasida tarbiya va axloq masalasida bir qancha
kamchiliklar mavjud, bu esa Rumiy vas hu kabi buyuk allomalarning asarlaridagi
tarbiyaviy   munosabatlarga   muhtoj   ekanligini   ko’rsatadi.   “Masnaviyi   ma’naviyi”
asarida   keltirilgan   ibratli   hikoyalar,   tanbehlar   va   g’oyalar   oradan   shuncha   asrlar
o’tsa ham o’z kuchini yo’qotmagan hamda hozirgi kun uchun ham barchaga birdek
ta’sir   etadi.   Asosan,   adabyot   va   tarix   darsliklarida   Rumiy   asarlarini   keltirib
o’quvchilarga   uning   ma’nolarini   sharhlab   tushuntirib   o’tilsa,   albatta,   bu   samarali
natija beradi.
Shuningdek, yana bir taklifni kiritib o’tardimki, “Rumiyshunoslik” deb nomlangan
ko’rik tanlovlar ashkil etilsa, ishonamanki barcha yoshlar uchun ma’qul bo’lardi va
Rumiy   ijodiga   yanada   qiziqish   ortardi.   Hozirgi   kunda   barcha   musulmuon
davlatlarida,   qolaversa   yevropada   ham   Rumiy   ijodini   sevib   mutoola   qilib
kelmoqda.   Bu   ham   uning   asarlarini   qanchalik   muhim   va   qimmatli   ekanligini
ko’rsatadi. 
49 2.3   Uchinchi renessans davrida ajdodlar   ma’naviy merosini    o‘ rganish
va yoshlar ma’naviy olamini boyitishning mu h im vazifalari .
O‘zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  milliy  tariximiz  zarvaraqlari  yangi
milliy qahramonlar, vatanparvar ma’rifatchilar, vatan ozodligi uchun jon fido etgan
va   millat   ravnaqiga   munosib     xissa     qo‘shgan     ulomolar     va     qomusiy     olimlar
xotirasi     bilan     o‘zgacha     chiroy     ocha   boshladi.   Qatog‘on   siyosati   hamda   milliy
tariximizni buzib ko‘rsatish kabi xato qarorlari orqali o‘zining manfaatini o‘ylagan
va   qabih   niyatlarini   ma‘naviy   qashshoqlik   orqali   amalga   oshirishga   uringan
mustamlaka     siyosati   o‘z   yakuniga   yetdi.   Ming   shukurki,   millat   qaxramonlari
o‘lmaydi,   ularning   buyuk   me’rosi   avlodlar   xotirasida   abadiy   qoladi.   O`zbekiston
hududida bo‘lgan ikki Renessans davrida ham ilm nihoyatda qadrlangan. IX —XII
asrlarda     mintaqamizda     yuz     bergan     birinchi   Sharq   Uyg‘onish   davrida   yuzlab
buyuk allomalar, qomusiy     bilim     sohiblari,     mashhur     mutafakkirlar     yetishib
chiqqan.   Ularning   aqlu-zakosi   umumbashariyat   taraqqiyotiga   mislsiz   hissa
qo‘shgan.   Bu   esa   o   ‘z   navbatida,   ilmga   e’tiborning   samarasi   edi.   XIV   —XVI
asrlardagi ikkinchi Sharq Uyg‘onishi yoxud tarixda “Temuriylar Renessansi” deya
nom  olgan  davrda  ilmning  qanchalik  qadrlanganini,  birgina  misolda,  “Temur
50 tuzuklari”   dagi   ushbu     jumlalarni     keltirish     orqali     isbotlash     mumkin.     Unda
shunday     yozilgan:     “Kimning     aql-shijoatini   sinov   tarozisida   tortib   ko   ‘rib,
boshqalarnikidan   ortiqroqligini   bilsam,   uni   tarbiyamga   olib,     amirlik     darajasiga
ko‘tarar     edim.     So‘ngra     ko‘rsatgan     xizmatlariga     yarasha     martabasini   oshirib
borardim”.     Mavzu   yuzasidan   mustaqillik   yillarida   tarixiy   merosimiz, moddiy
madaniyatimizni  o’rganish xolislik,  tarixiylik  va  aniqlik  metodlariga  asoslandi.
“ Uchinchi   renessans   davrida ”   Davlatimiz     tarixi   va     madaniyatiga     bo`lgan
munosabat   uzoq     yillik     mustamlaka   siyosatidan     tubdan     farq     qilashini   anglash
mumkin.   Aslida       ham       bilimli       inson       ilmning       qadrini,   olimning       qadrini
yaxshi     biladi. Agar     davlat rahbarining keyingi yillarda ma‘rifat, ta‘lim va ilm-
fanni   rivojlantirish   yo‘lida   imzolagan   qonun,   Farmon   va   qarorlari,   ilgari
surayotgan   ezgu   tashabbuslarining   mag‘zini   to‘la   chaqib   ko‘rsak,   O‘zbekistonda
yangi   Ma‘rifat   Renessansiga   mustahkam   tamal   toshi   qo‘yilayotganini   anglaysiz.
Ayniqsa,   ilm   ahliga   qaratilayotgan   e‘tibor   va   rag‘batning     bosqichma-bosqich
oshirib   borilayotgani   poydevorning   yanada   pishiq   bo‘lishiga
ishoradir.Xalqimizning  noyob  abadiy-badiiy merosi bugungi kunda yosh avlodga
ulkan ma‘naviy kuch beradi.  
Hozirgi     kundagi     keng     ko‘lamli     demokratik     o‘zgarishlar,     jumladan,
ta‘lim   islohotlari orqali   O‘zbekistonda   yangi   uyg‘onish   davri,   yani   Uchinchi
Renessans poydevorini  yaratish asosiy  maqsad  qilib  belgilandi.Ta‘lim  sohasida
amalga     oshirilayotgan     tub     o‘zgarishlar   shubhasiz,   madaniy   merosni   yoshlar
ma‘naviyatiga   singdirish   kabi   muhum   masalani   ko‘ndalang   qo‘yishi   kerak.
Ajdodlarimiz  tafakkuri  va  daxosi  bilan  yaratilgan  eng  qadimgi  toshyozuv  va
bitiklar,     xalq   og‘zaki   ijodi   na‘munalaridan   tortib,   bugungi   kunda
kutubxonalarimiz   xazinasida   saqlanayotgan   ming-minglab     qo‘lyozmalar,     ularda
mujassamlashgan     tarix,     adabiyot,     san’at,     siyosat,     axloq,   falsafa,     tibbiyot,
matematika,   minerologiya,   kimyo,   astranomiya,   me‘morlik,   dehqonchilik   va
boshqa     soxalarga     oid     qimmatbaxo     asarlar     bizning     buyuk     ma‘naviy
boyligimizdir.   Bunchalik   katta     merosga     ega     bo‘lgan     xalq     dunyoda     kamdan-
51 kam     topiladi-deb     aytgan     edi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti   I.A
Karimov.   Buyuk   mutafakkir   va   allomalarimizning   islom   madaniyatni   ravnaqiga
qo‘shgan   betakror   xissasi   haqida   so‘z   borganda   Imom   Buhoriy   va   Abu   Iso
Muhammad   ibn   Iso   Termiziy,   Burxoniddin   Mag‘inoniyning     o‘lmas     meroslarini
eslamasdan  ilojimiz  yo‘q 20
.  Ushbu  qomusiy  olimlarning muqaddas zaminimizda
tug‘ilib,   ijod   etgani   mamlakat   har   bir   kishida   iftihor,   g‘urur   tuyg‘ularini
uyg‘otadi.Yana   bir   ulug‘vatandoshimiz   –Abu   Iso   Muhammad   ibn   Iso
Termiziyning   ma‘naviy   merosi,   jumladan,   ―   “Sunani   Termiziy”     asari   ham
musulmon olamida ana shundayyuksak  qadrlanadi. Allomaning  asrlar  davomida
olimu     fuzalolarga     dastur     bo‘lib     kelgan     insof     va     adolat,   insonparvarlikni
targ‘ib     etuvchi     g‘oyalari     hozirgi     murakkab     davrimizning     ko‘plab     ahloqiy-
ma’naviy masalalarini hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etishi bilan e’tiborga
molikdir.   O‘zining   beqiyos   salohiyati   bilan   buyuk   ilmiy   olam   yaratib,   go‘zal
Farg‘ona diyorini jahonga tarannum     etgan     islom     huquqshunosligining     yana
bir       ulkan       namoyondasi       Burxoniddin   Mag‘inoniyning   tabarruk   nomini   butun
musulmon dunyosi yuz yillar davomida e‘zozlab keladi. Bu mo‘tabar   allomaning
Sharq   olamida  “Burxoniddin    va   millat”,  ya‘ni   ― “Din   va     millatning  xujjati”
degan   yuksak   unvonga   savozor   bo‘lgani   ham   buni   yaqqol   isbotlaydi.
Mag‘inoniyning o‘lmas merosi , xususan, ellik yetti kitobdan “Xidoya” ― “To‘gri
yo‘l”   deb   atalgan   asari,   mana   sakkiz     asrdirki     musulmon     mamlakatlarida     eng
nufuzliva   mukammal    xuquqiy   manba   sifatida e‘tirof etib kelinayotgani albatta
bejiz emas. Shuningdek,  she‘riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy, shoh va shoir
Zaxiriddin   Muxammad   Boburning     benazir     ijodiy     merosi     allaqachon     milliy
ma‘naviyatimizning     bebaho     xazinasiga   aylanib   ulgurgan.   Ularning   nomi   jahon
adabiyotining   eng   buyuk   siymolari   qatorida   e‘tirof   etilib,   hayoti,   badiiy-ilmiy
merosini   o‘rganishga   intilish   ortib   borayotgani   bilan   ham   har   qancha   faxrlansak
arziydi.   Millatimiz   azaldan   milliy     qaxramonlarni   unutmaydi   va   ular   xotirasiga
doim   hurmat   va   e’htirom   ko‘rsatadi.Yurtimizda     2001-yildan   buyon   har   yili   31-
20
Каримов   И.А.   Биз   келажагимизни   ўз   қўлимиз   билан қурамиз.-Т.:   Ўзбекистон,   1999.-   B   381
52 avgust   mamlakatimiz   Mustaqilligi   arafasida   “Qatog‘on     qurbonlarini     yod     etish
kuni”   sifatida     keng     nishollanib     kelinmoqda.   Poytaxt   Toshkent   shahrida
“Shaxidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi barpo etilishi “Shaxidlar xotirasi” jamoat
fondining   tashkil   etilishi,   Qatag‘on   qurbonlari   xotirasi   davlat   muzeyi   hamda
xududlardagi Oliy ta‘lim muassalari qoshida  uning  bo‘limlari  tashkil  etilganligi
yoshlarda vatanga muhabbat,yurtga sadoqat  xislarini  jo‘sh urishiga sabab bo‘lishi
shubhasiz.   Shuningdek,   so‘ngi     yillarda     o‘zbek     kinosida     yaratilgan   –
“Islomxo‘ja ”,   “Avloniy”,   “Ibrat”,   “Manguberdi”   kabi   milliy     qahramonlar‖
siymosini     qayta     tiklash     va     kinofilmlar     orqali     keng   jamoatchilik         hamda
dunyoga    tarannum     etish   har     bir    o  ‘zbek    qalbida   iftihor     tuyg ‘usini    alanga
oldiradi. 21
  Malakaviy   bitiruv   ishimiz     natijalari.   Ushbu     yondashuv     orqali   biz   ba‘zi
taklif va mulohazalarni berib o‘tishni joiz bildik:
- Dunyo     tamaddunida     rivojlanib     ulgurgan     ziyorat     turizmini     yanada
rivojlantirish  va chet  el ta‘lim muassalari bilan bu borada fikr almashish. 
- Yoshlar       ongini       egallab       olayotgan       virtual       olam       va       “ommaviy
madaniyat”   ga   qarshi   kurashishning   ijobiy   hamda   samarali   yo‘llaridan   biri
ajdodlar   me‘rosini   yanada   chuqurroq   o‘rganish   va   uni   yosh   avlodga   o‘rgatish
zarurligi. 
- Qomusiy     olimlar     hayoti     va     ijodiga   bag‘ishlangan   ta‘sirchan   multimedia
materiallar sonini yanada oshirish; 
- Allomalarning   boy   merosi   xalqimiz   hamda   dunyo   tamadduniga   qo‘shgan
ulkan  hissasini to‘laqonli o‘rganish masalalariga yanada e‘tiborni kuchaytirish;
- Ekskursiya  soatlarini  to‘liq  bajarilishini  qat‘iy  nazoratga  olib,  muzeylarda
yoshlar  bilan ishlash jarayonini kuchaytirish; 
Xulosa   o‘rnida   shuni   ta’kidlash   mumkinki,   yuqoridagi   buyuk   allomalar   sanog
‘ini   davom   ettirish   mumkin,   ammo   Yangilanayotgan   O‘zbekiston   keng
imkoniyatlar   maskani   bo‘lib,   yosh   avlod   unib   o‘sishi,   boy   tariximiz   durdonalari
21
  Burxonuddin   Marg ‘ inoniy  ― Hidoyat .  Tarjimonlar :  A . Qambarov ,  A . Ikromov ,  I . Bekmirzayev . ― Hilol , 2020.-704  b
53 bilan   tanishishi,   milliy   qadriyatlarimizni   o‘z   ko‘zlari   bilan   ko‘rishlari,
faxrlanishlari   uchun   barcha   imkoniyat   va   sharoitlar   bisyor.   Biz   yoshlar
yurtimizning mislsiz   boy   merosi,   ilmiy bilimlarini o‘rgnib,   kelajagimiz   uchun
bor   kuch   va   g‘ayratimizni safarbar etishimiz lozim bo‘ladi. Ma‘naviy me’rosni
o‘rganish  yoshlarda  globallashuvning  salbiy  xislatlaridan  asrashga,     to‘g‘i     yo‘lni
tanlashga,     millatni,     vatanni     sevishga,     insoniylik     ruxini   shakllantirishga,
ma‘naviy     boyligimizni     oshirishga     asosiy     vosita     bo‘ladi.     Shunday     buyuk
qomusiy   allomalar   yurti,   ko‘xna   va   navqiron   O‘zbekiston   zaminida   tug‘ilib,
yashayotganimizdan har birimiz faxrlanishimiz kerak. 
“Biz keng  ko‘lamli  demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim  islohotlari  orqali
O‘zbekistonda   yangi   Uyg‘onish   davri,   ya’ni   Uchinchi   Renessans   poydevorini
yaratishni   o‘zimizga   asosiy   maqsad   qilib   belgiladik.   Bu   haqda   gapirar   ekanmiz,
avvalo,   uchinchi   Renessansning   mazmun-mohiyatini   har   birimiz,   butun
jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak.
Tarixga   nazar   solsak,   Buyuk   ipak   yo‘lining   chorrahasida   joylashgan   ona
zaminimiz azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini
ko‘ramiz.   Xalqimizning   boy   ilmiy-madaniy   merosi,   toshga   muhrlangan   qadimiy
yozuvlar,   bebaho   me’moriy   obidalar,   nodir   qo‘lyozmalar,   turli   osori   atiqalar
davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi”, deydi
Shavkat Mirziyoyev.  
Davlat   rahbari   so‘zi   davom   etarkan,   buyuk   yunon   olimi   Aristotelning   “Vatan
taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan so‘zlarini keltiradi. 
“Men   yuqorida   Aristotelning   fikrlarini   bejiz   eslamadim.   Hammangizga   yaxshi
ma’lum,   antik   davrda   Yunonistonda   yongan   ilm   mash’alasi   to‘qqizinchi   –   o‘n
ikkinchi   asrlarda   Markaziy   Osiyo   hududida   qayta   porladi.   Bu   davrda   yurtimiz
hududida birinchi Renessans yuzaga keldi va u butun dunyo tan oladigan mashhur
daholarni   yetishtirib   berdi.   Xususan,   Muhammad   Xorazmiy,   Ahmad   Farg‘oniy,
54 Abu   Rayhon   Beruniy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Mahmud   Zamahshariy   singari   o‘nlab
buyuk   allomalarimizning   jahonshumul   ilmiy-ijodiy   kashfiyotlari   umumbashariyat
taraqqiyoti rivojiga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi.
“Islom   madaniyatining   oltin   asri”   deb   e’tirof   etiladigan   bu   davrda   ona
zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy,
Burhoniddin   Marg‘inoniy,   Abul   Mu’in   Nasafiy   kabi   ulug‘   ulamolar   butun
musulmon olamining faxru iftixori va cheksiz g‘ururi hisoblanadi.
O‘n   beshinchi   asrda   Sohibqiron   Amir   Temur   bobomiz   asos   solgan   va   uning
munosib   avlodlari   davom   ettirgan   muhtasham   saltanat,   yurtimizda   ikkinchi
Uyg‘onish,   ya’ni   ikkinchi   Renessans   davrini   boshlab   berdi.   Bu   davrda   Qozizoda
Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi singari benazir olimlar,
Lutfiy,   Sakkokiy,   Hofiz   Xorazmiy,   Abdurahmon   Jomiy,   Alisher   Navoiy,   Bobur
Mirzo   kabi   mumtoz   shoir   va   mutafakkirlar   maydonga   chiqdi.   Sharafiddin   Ali
Yazdiy,   Mirxond,   Xondamir   kabi   tarixchilar,   Mahmud   Muzahhib,   Kamoliddin
Behzod   singari   musavvirlar,   ko‘plab   xattot   va   sozandalar,   musiqashunos   va
me’morlarning   shuhrati   dunyoga   yoyildi.       Donishmand   xalqimiz   har   ikki
Renessans  davrida  jahonning  eng  ilg‘or,  taraqqiy  etgan  xalqlari   qatorida   bo‘lgani
barchamizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi”, deydi Prezident.
                                                    Xulosa
55 Xulosa   qilib   aytganda,   ko‘p   asrlik   tariximiz   mobaynida   umummilliy
komillik   va   butunlikka   bo‘lgan   intilishlar   ilk   daf'a   mustaqillik   tufayli   xalqimizga
nasib   etdi.   Xalqimizning   ma'naviy   yoshlar   komilligi,   millat   butunligini   tarkib
toptirish va rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi va amalga oshirila boshlandi.
O‘zgarayotgan   zamon   va   yangilangan   makon   mantig‘i   xalq   harakterida   ilgari
yetarli   rivoj   topmagan   yangi   fazilatlarni   tarkib   toptirish   zaruratini   kun   tartibiga
qo‘yayotganligi   bois,   yurtboshimiz   xalqimizni   ma'naviy   uyg‘onish,   hushyorlik,
atrofga keng nazar tashlash, qiyoslab harakat qilishga da'vat etib kelmoqda.
Umuman   Jaloliddin   Rumiyning   “Masnaviyi   ma’naviy”   asarini   falsafiy-tasavvufiy
merosining   yosh   avlodni   komillik   ruhida   tarbiyalashdagi   ahamiyatiga   oid
tahlililarimizni yakunlar ekanmiz yuqoridagilardan quyidagi xulosalarga keldik:
• Hozirda   biz   ko‘pgina   falsafiy   adabiyotlarda   yoshlar   tarbiyasi     degan
iboralarni   ko‘p   uchratamiz.   Yoshlarni   Milliy   g‘oyasini   komillikdagi   xilma   –   xil
talqinlari   bor.   Jumladan,   islomiy   ta'limotda   komillik   timsoli   sifatida   Haq   nazarda
tutiladi.   Shuning   uchun   ham   mavlaviya   ta'limotida   insonning   kamolotga   erishuvi
Haqqa   talpinishidir   deyiladi.   Demak,   bundan   ko‘rinadiki,   komil   insonni
tarbiyalash,   moddiy   -   xayvoniy   xirslarni   barham   ettirib,   ilohiy   –   rahmoniy
sifatlarni ko‘paytirish orqali olib boriladi.
• “Masnaviyi   ma’naviy”   asarda   inson   hayotining   mazmuni   masalasi,   inson
ongli   mavjudot   sifatida   va   yoshligidan   ma’naviy   tarbiyasi   shakllanganidan   beri
mavjud.   O‘zini   anglagan   inson   qay   darajaga   yetmasin   bu   savol   mavjud
bo‘laveradi.   Hayot   mazmuni   dunyoqarash   diqqat   markazidagi   savoldir,   uning
javobi inson hayotini belgilaydi. Aytish mumkinki o‘z-o‘zini anglash ma'no bilan
izohlanadi va inson hayotidagi ma'nosiga qarab o‘zgaradi. Bu masalani mavlaviya
tariqatida   yechishga   harakat   qilingan.   Shuningdek,   Jaloliddin   Rumiy   fikricha,
ma’naviy   olam   tarbiyasiga   erishish   inson   yuragidan   (qalbidan)   chiqishi   kerak.
“Masnaviyi   ma’naviy”   asarida   yoshlar   tarbiyasining   barcha   shakllari   inson
yuragini  jumbushga   keltiradigan   darajada   bo‘lsa   inson  olamni  boyitish   darajasiga
yanada ko‘tarilib boradi. Inson komil bo‘lib tug‘ilmaydi, uni ahloqiy ta'lim-tarbiya
56 berish   orqali   uni   komillik   darajasiga   olib   chiqish   mumkin.   Insonni   komil
darajasiga   chiqishidagi   yo‘l   o’zun   va   mashaqqatli,   bu  esa   uning  ichki   intilishi   va
ruhiyati   bilan   bog‘liq.   Hozirda   yoshlarni   komillikka   erishtirish   masalasidagi
siyosat   va   ijtimoiy-madaniy   sharoitlar   asosini   yuksaltirishga   ko‘maklashishi
dolzarb ahamiyatga ega.
Rumiy   “Masnaviyi   ma’naviy”   asarida   insonni   ilohiy   sirdir   deydi.   Shu
ma'noda   alloma   “Ulug‘   Olloh   orzu   va   istakni   insonning   ichiga   qo‘yadi”   deydi.
Mavlona Rumiy o‘zining ta’lim tarbiyani inson to‘g‘risidagi qarashlarida ma’naviy
yetuk     insonga   insonning   jismoniy   va   ruhoniy   kamolotini   uyg‘un   holda   qaraydi.
Shuning   uchun   ham   uni   allomani   komil   insonni   tarbiyalash   g‘oyasining
konstruktiv tomonlarini hozirgi tarbiya tizimiga ham qo‘llash mumkin.
Tadqiqot   ishimiz   natijasi   ko‘rsatdiki,   “Masnaviyi   ma’naviy”   asarida
Jaloliddin   Rumiy   qarashlarida   nafaqat   milliy   va   umumbashariy   g‘oyalar
mujassamlashgan,   balki,   unda   inson   ma'naviy   tarbiyasini   ta'minlashga   xizmat
qiluvchi abadiylikka dahldor qarashlar ham o‘z aksini topgan.
Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asari ta'limotida ahloqiy tamoyillar milliy
g’oya va tarbiyaga yetaklovchi bir necha xislatlar asosida tahlil etilgan bo‘lib, unda
go‘zal   axloq   insonning   kamolot   darajasini   aks   ettiruvchi   asosiy   mezonligi
ko‘rsatilgan.   Shuningdek   go‘zal   axloqni   egallashning   quyidagi   yo‘llari   tavsiya
etilgan:
Inson tabiatida, o‘zligida yaxshilik va yomonlik, saodat va shaqovat, nur va
zulmat yashiringanligidan inson o‘z-o‘zini nazorat etib, nafsini jilovlab kamolotga
intilishi   ahloqiy   fazilatlarga   olib   keladi.   Shuningdek,   haqiqatga   yetish   va   komil
insonni   tarbiyalashni   maqsad   qilib   olgan   bu   allomaning   qarashlari   va   amaliyoti
hozirgi   kungacha   o‘z   ahamiyatini   saqlamoqda.   Chunki   bizning   mustaqil
O‘zbekistonimizda barkamol inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi deb
e'lon   qilingan   va   komil   inson   milliy   g‘oyaning   asosiy   g‘oyasi   deb   qabul   etilgan.
Insonni   o‘z-o‘zini   idora   etish,   nafsini   tanish   va   boshqara   olishi,   nafs   tarbiyasi
57 masalasi   axloqan   fazilatli   kishini   tarbiyalash   uchun   muhim.   Shu   ma'noda,
barkamol   avlod   tarbiyasida   Rumiyning   komil   inson   va   uni   tarbiyalash   yo‘llarini
o‘rganish   foydalidir.   Bularning   barchasi   Rumiy   ta'limotining   nazariy   tomonini
ifodalaydi.   Uning   amaliyot,   ayniqsa   hozirgi   mustaqillik   davri   voqeliklari   bilan
bog‘liq   nihoyatda   dolzarb   jihatlarini   hisobga   olib   quyidagi   tavsiyalarni   berish
mumkin:
Bugungi   madaniy   dunyo   butun   insoniyat   bilan   hamnafas   bo‘lgan   kishini
ardoqlaydi.   Buning   uchun   har   bir   inson   o‘z-o‘zini   anglashi   o‘z   his-tuyg‘ularini
boshqara   bilishi,   o‘z   fikri,   qiyofasi,   qarashiga   ega   bo‘lishi   lozim.   Chunki   o‘zini
sevmagan,   qadrlamagan   o‘zgani   sevib   qadrlay   olmaydi.   Bu   jarayonda   mavlaviya
tariqatidagi   inson   tarbiyasi   usul   va   yo‘llaridan   foydalanish   zarur.   Mustaqil
O‘zbekistondagi   shaxsni   erkinlashtirish   va   unda   bag‘rikenglik   g‘oyasini,
yoshlarninmg   ta’lim   va   tarbiyasini   shakllantirish   jarayonida   Jalololiddin   Rumiy
qarashlaridan   foydalanish   muhimdir.   “Masnaviyi   ma’naviy”   asarida   Jaloliddin
Rumiy   insonni   ma'naviy   tarbiyasini   ta'minlashdagi   tasavvufiy   g‘oyalari   milliy
g‘oyaning   diniy-ma'rifiy,   falsafiy   ildizlaridan   biridir.   Bu   allomaning   bunyodkor
g‘oyalari “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish” kabi milliy istiqlol
mafkurasining   bosh   g‘oyasini   amalga   oshirishga   xizmat   qiladi.   Undagi
mehnatsevarlik,   fidoiylikka   undovchi   bunyodkor   fikrlar   Vatan   ravnaqi,   yurt
tinchligi,   xalq   farovonligi,   millatlararo   totuvlik,   ijtimoiy   hamkorlik,   komil   inson,
diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini insonlar qalbi va ongiga singdirishga asos bo‘ladi.
Mana   shu   g‘oyalarni   hayotga   tadbiq   etishda   mavlaviya   ilmiy-jamoatchilik
markazini tashqil etish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
58 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
                                                            Asosiy adabiyotlar 
1. Румий, Жалолиддин. Маснавий маънавий: Куллиёт. Ж.1.у.1. (таржима
шархи билан:   Таржимон   А.   Маҳкам; -Т.:   Меҳнат, 2001.
2. Жалолиддин Румий. Маснавий маънавий   1 жилд «Ал – Худо» халкаро
нашриёти. Т -2003 Теҳрон.
3. Жалолиддин   Румий.   Маснавий   маънавий.   2-жилд.   Жамол   Камол
таржимаси.   Т:,   2003-йил,
4. Жалолиддин   Румий   .   Маснавий   маънавий.   3   жилд.   «Ал   худо»
нашриёти.   –Т-   2003-   Техрон,
5. Жалолиддин   Румий.   Маънавий   ва   маснавий.   4-жилд.   Жамол   Камол
таржимаси.   Т:,   2003,
6. Жалолиддин   Румий.   Маснавий   маънавий   5   жилд.   «Ал   худо»
нашриёти.   –Т   2004
7. Жалолиддин   Румий.   Маснавий   маънавий.   6-жилд.   Жамол   Камол
таржимаси.   Т:,   2003
8. Мухаммад   Истеъломий.   Жалолидин   Румий   хакида.   Техрон.
9. Жалолиддин   Румий.   Фийҳи   мо   фийҳи.   (Ичиндаги   ичиндадур)   Улуғбек
Ҳамдам   таржимаси.   Т.:   Янги   аср авлоди,   Т   -2003,
10. Румий   Ж   .   Маснавий   4   жилд.   Техрон   «Ал   худо»   нашриёти.-2003.
11. Имом   Ал   Бухорий. Саҳиҳул   Бухорий.   1-жилд-Тошкент, 2007,
12. Румий   Ж.   Ичингдаги   ичингдадир.-Т.:   Ёзувчи,   1997
13. Жалолиддин   Румий.   “Маънавий   маснавий”   Шарқ,-Т.:   1999. 
                                         Qo’shimcha manbalar
14. Boltaboev   H.   “Masnaviyi   sharif”   ma'naviyati:   [Mavlono   Jaloliddin
Muhammad   binni   Bahouddin   Valad   Rumiy   (1207-1273)ning   “Ma'naviy
masnaviy” kitobi haqida] //Jahon adabiyoti.-2001.-№12.-B.162-166.
15. Mahkam   Asqar.   Mavlono   uchun   meni   kechiring...   [Mahjuriy:   bir   ko‘ngil
suhbati] //Guliston.-1998.-№5.-B.62.
59 16. Mahmudov T. Ilohiyot bag‘rida hayot nafasi: [Shoir Jaloliddin Rumiyning
ijodiy faoliyati] //Guliston.-2000.-№5.-B.18-23.
17. Muhiddin Abdurasul. Kunyoda Rumiy ruhi shod bo‘ldi: [2007 yil - Xalqaro
Mavlono Rumiy yili] //Hurriyat.-2006.-20 dek.
18. Orif   Usmon.   Mavlaviya:   Tasavvuf   tariqatlari:   [O‘rta   Osiyo-   lik   tasavvufi
olimi,   shoir   Mavlono   Jaloliddin   Rumiy   -Balxiy   (1207-1273)ning
“Masnaviyi ma'naviy” asari haqida] //Muloqot.-1998.-№5.-B.46-48.
19. Rumiy   Jaloliddin.   Ilohiy   ishq   suratlari   /Miraziz   A'zam   tarj.   //Saodat.-
1995.-№6.-B.20-21.
20. Rumiy   Jaloliddin.   Ichindagi   ichindadur:   Meros   va   qadriyatlarimiz   //Sharq
yo’ldo’zi.-1995.-№3.-4.-B.182-199.
21. Rumiy   Jaloliddin.   Ichindagi   ichindadur:   Falsafiy-ma'rifiy   nashr   /Ulug‘bek
Hamdam tarj.-T.: Yangi asr avlodi, 2001.-199 b.
22. Rumiy   Jaloliddin.   Ma'naviy   masnaviy:   Kulliyot   J.1.   K.1.   /(Tarjima   sharhi
bilan; Tarjimon Asqar Mahkam; Mas'ul muharrir T.Mahmudov.-T.: Sharq,
1999.-368 b.
23. Rumiy   Jaloliddin.   Masnaviy   ma'naviy   /Forsiydan   O‘zbekiston   xalq   shoiri
Jamol Kamol tarj; O‘zR Maxnirat nom. O‘rta Osiyo xalqlari tarixi in-ti.- T.:
Tehron, Fan, 2003.-K.3-T.: Tehron, 2003.-432 b.
24. Rumiy Jaloliddin. Masnaviy //Guliston.-1998.-№2.-B.49-55; №4.-B.49- 55;
№6.-B.52-57.
25. Rumiy Jaloliddin. Masnaviy: (Meros) (Davomi. Boshi o‘tgan sonlarda]
26. Guliston.-1999.-№5.-B.56-61; №6.-B.56-61.
27. Rumiy   Jaloliddin.   Masnaviy   ma'naviy:   [Zamonlarni   duo   qilguvchi   voiz
hikoyati,   Kundo’zi   bozor   o‘rtasida   chiroq   tutib   aylangan   rohib   hikoyati:
Rivoyat]   /Forschadan   Abdulatif   Muhammad   tarj.   //O‘zbekiston   adabiyoti
va san'ati.-2004.-30 iyo’l.
28. Rumiy   Jaloliddin.   Sen   bor   bo‘lsang...:   G‘azallar   /Olim   Bo‘ri   tarj.,
Ruboiylar... /Ergash Ochil tarj. //Jahon adabiyoti.-1997.-№5.-B.173-180.
29. Rumiy Jaloliddin. Uni bir gul holiga keltir: [She'r] //Sog‘lom avlod uchun.-
60 2003.-№1.-B.44-45.
30. Rumiy   Jaloliddin.   Hikmatlar   /Jamol   Kamol   tarj.   //Muloqot.-2001.-№4.-
B.38; №3.-B.15.
31. Sultonmurod   Olim.   Mavlonolar   mavlonosi:   [Jaloliddin   Rumiy   hayoti   va
faoliyati haqida] //O‘zbekiston adabiyoti va san'ati.-2004.-4 iyun.
32. Toirov   M.   Oriflar   sultoni   /Jaloliddin   Rumiy   tavalludi-   ning   800   yilligi
oldidan //O‘zbekiston adabiyoti va san'ati.-2007.-16 mart.
Internet saytlari.
http://www.referat.ru
www.inter-pedagogika.ru ;
www.school.edu.ru
www.tdpu.Uz
www.pedagog.Uz
www.Ziyonet.uz
www.edu.uz
61

Mavzu: Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarining yoshlar tarbiyasidagi o’rni va roli. Mundarija: Kirish………………………………………………………..3 I.Bob. Jaloliddin Rumiyning hayoti va ijod yo’lining ahamiyatli jihati . 1.1. Jaloliddin Rumiy tasavvuf ta’limotining yirik namoyondasi ekanligi………8 1.2. Adib ijodiy faoliyatida inson ma’naviy borlig’i va tavhid…….......………17 1.3. Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarining tarixiy ahamiyati va uning milliy, ma’naviy merosimizni tiklashdagi ahamiyati.………………..22 II.Bob. Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarining nazariy va amaliy ahamiyati va uning yoshlar ma’naviy tarbiyasidagi o’rni. 2.1. “Masnaviyi ma’naviy” asarining hozirgi yoshlar ma’naviy olamini boyitishdagi ahamiyati…………………………………………….....................................…32 2.2. “Masnaviyi ma’naviy” asarining ta’lim-tarbiya tizimida targ’ib qilishning dolzarb masalalari………………………….....................................…………..39 2.3. Uchinchi renessans davrida ajdodlar ma’naviy merosini o‘ rganish va yoshlar ma’naviy olamini boyitishning muhim vazifalar i…………………………43 Xulosa…………………………………………………….47 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………..50 Kirish

Mavzuning dolzarbligi: Insoniyat paydo bo‘libdiki, ma'naviy barkamollik masalasi har bir davr uchun birdek muhim bo‘lib kelgan. Bugun biz shiddat bilan taraqqiy etayotgan, yoshlarni ma'naviy tarbiya qilish va ularni kelajakka yetuk farzand qilib tarbiyalash davrida yashayapmiz. Shubhasiz axborot buhronlari tufayli tobora torayib borayotgan bizning bu asrimizda ma'naviyat masalasi, qolaversa, yosh avlodni ma'naviy jihatdan yuksak tarbiya topishi yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Sir emaski, mustaqillikka erishganimizdan keyin jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning ma'naviy merosiga katta e'tibor berila boshlandi. O‘rta asr musulmon Sharqining muazzam siymolaridan biri Jaloliddin Rumiy ham ana shunday zotlardan hisoblanadi. Zero, Mavlono Rumiy qoldirgan ma'naviy meros asrlarga tatigulik ahamiyatga molikdir. Jaloliddin Rumiyning falsafiy-ma'rifiy qarashlarini milliy g‘oyamizning asosini tashkil qilgan komil insonni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyati sifatida e'tirof etar ekanmiz, ularni har tomonlama va tizimli tarzda tadqiq etish dolzarb muammolardan biri ekanligini quyidagilar taqozo etadi: Mazkur mavzu milliy mafkuramizning chuqur ildizlaridan biri bo‘lib, asrlar bo‘yi insonlarni sog‘lom e'tiqod, yuksak ma'naviyat, irfoniy tafakkur, ma'rifat va madaniyat nuqtai – nazaridan tarbiyalashga xizmat qilib kelgan. Bu ta'limot mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, yanada jiddiy, oqilona va adolatli tadqiq etila boshlandi. Birinchidan , ulug‘ mutafakkir, shoir Jaloliddin Rumiy falsafiy qarashlaridagi inson kamoloti ma'naviy omillarining falsafiy mohiyatini tahlil etish bilan birga, Mavlono Rumiy qarashlaridagi diniy bag‘rikenglik g‘oyalarining tub mohiyatini ochib berish orqali hozirgi davrdagi diniy jazava, ekstremizm, siyosiy zo‘ravonlikni rad etib, tolerantlik, plyuralistik kayfiyatdagi tinch-osoyishta yashashning tobora muhimligini ko‘rsatadi. Ikkinchidan , ushbu mavzu dolzarbligining yana bir xususiyati yoshlarimizda va zamondoshlarimizda milliy g‘urur tuyg‘usining shakllanishiga va asarning yoshlar tarbiyasidagi o’rni, qolaversa xalqimiz va davlatimizning jahon sahnasidan yanada munosib joy egallashiga, oldimizga qo‘yilgan maqsadlarimiz 2

sarob emasligiga ishonch hissini uyg‘otadi. Ularni ijtimoiy faollikka chorlaydi, orzu-umidlarimizni sobit qadam bilan ro‘yobga chiqarishimizga ma'naviy-ruhiy madad bo‘lib xizmat qiladi. Ishning maqsadi va vazifalari : Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarining yoshlar tarbiyasidagi o’rni va rolini tasavvuf ta'limotini falsafiy tahlil qilish va Jaloliddin Rumiyning boy falsafiy - ma'naviy merosini o‘rganish va tadqiq etishda xolisona yondoshuv, Rumiy ijodidagi ma'naviy komillik masallarini falsafiy tahlil qilish va qiyosiy o‘rganish, uning yoshlar tarbiyasiga bo’lgan Sharq va G‘arb tadqiqotchilarining asarlarini qiyosiy tahlil qilish, Rumiy nazarda tutgan inson tarbiyasi ma'naviy kamoloti muammolarining G‘arb falsafasidagi mushtarak jihatlari va bugungi kundagi ahamiyatini ochib berishdan iborat. Jaloliddin Rumiy tarbiyaviy va tasavvufiy qarashlarining shakllanishiga ta'sir ko‘rsatgan omillar, mavlaviya tariqatining yuzaga kelishi, Rumiy ilmiy-amaliy faoliyatining natijasi sifatidagi ahamiyati, komillikka eltuvchi ahloqiy fazilatlarning Rumiycha tasnifi va tavsifi, inson ma'naviy kamolotigayoshlar tarbiyasining ijobiy va salbiy ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillar, Mavlono Rumiyning komil inson tamoyiliga doir yoshlar tarbiyasida konseptual yondoshuvlarning falsafiy tahlili, komil insonni tarbiyalashga doir zamonaviy konsepsiyalar, Rumiy ta'limotidagi mushtarak jihatlar va uni ng falsafiy merosining yosh avlodni komillik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati kabi muhim jihatlarni tadqiq etishdan iboratdir. Tadqiqot ob'ekti. Ilmiy tadqiqot ob'ektini Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarining yoshlar tarbiyasidagi o’rni va rolini ijodiy falsafiy merosi, hozirga qadar uning ma'naviy merosi xususidagi ilmiy manbalar, Rumiy ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan yurtimizdagi va xorijdagi tadqiqotlar tashkil qiladi. Tadqiqotning predmeti. Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarida tasavvufiy ta'limotida inson ma'naviy kamoloti va yoshlar tarbiyasi 3

masalasining talqin etilishining konseptual-metodologik va aniq faktologik tamoyillarini o‘rganish va ilmiy-nazariy tahlili. Tadqiqotning ilmiy yangiligi . Bitiruv malakaviy ishida Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asarining yoshlar tarbiyasidagi o’rni va roli alohida falsafiy tahlil ob'ekti sifatida o‘rganildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi yana quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - Jaloliddin Rumiy ijodidagi inson ma'naviy kamoloti masalalari bugungi Yangi O’zbekistonni barpo etishda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati falsafiy tahlil qilindi. - Mamlakatimizda olib borilayotgan yangicha islohotlarda Uchinchi Renessans jarayonida ajdodlar ma’naviy merosi bo’lgan Jaloliddin Rumiy asarlarini o’rganish, uning ma’naviy taraqqiyotimizdagi o’rni va ahamiyati asoslab berildi. - Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy asari” asaridagi ma'naviy–ahloqiy, diniy bag‘rikenglik g‘oyalarining ahamiyati tadqiq qilindi. - Jaloliddin Rumiy asoslagan mavlaviya tariqatining inson kamoloti uchun amaliy ahamiyat kasb etuvchi omil va hozirgacha amaliy tarbiya vosita ekanligini falsafiy tahlil etildi. - Mavzuni tadqiq qilish barobarida Jaloliddin Rumiy merosining bugungi yosh avlodni komil inson ruhida tarbiyalashdagi dolzarb ahamiyati ta'kidlanib, ta'lim sohasida tasavvuf va Rumiy falsafiy merosining nazariy asoslaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab berishga harakat qilindi. Mavzuning o’rganilish darajasi . Jaloliddin Rumiyning boy falsafiy ma'naviy merosi, jahon falsafasi va madaniyatiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Mana yetti asr bo‘libdiki, Jaloliddin Rumiy shaxsi va merosi Sharq va G‘arbni birdek qiziqtirib kelmoqda. Birgina uning “Masnaviy ma'naviy” asari o‘rta asrlar Sharqidagi universitetlarda o‘qitilib, bu asarni mukammal sharhlash layoqatiga ega bo‘lgan ilm ahliga “masnaviyxon” unvoni berilishi fikrimizning tasdig‘idir 1 . 1 Жалолиддин Румий. Маънавий ва маснавий. 2-жилд. Жамол Камол таржимаси. Т:, 2003-йил, 114-бет. 4

Shunday qilib, Rumiy merosini o‘rganish tadrijini mavlono daxldor bo‘lgan musulmon Sharqidan boshlashimiz kerak bo‘ladi. Mavlono Rumiy ijodini tadqiq qilishda Kichik Osiyo, Xuroson, Movarounnahr, Eron, Hindiston va Pokistonda “Masnaviyi” asariga bitilgan sharhlar muhim ahamiyatga egadir. Olmoniyalik sharqshunos Anna Mariya Shimmelning Jaloliddin Rumiy ijodini xususan “Masnaviyi”sini tadqiq etib yozgan asarlarida bu haqda yanada ko‘proq ma'lumotlarga ega bo‘lamiz. Shuningdek, G‘arbiy yevropa XVIII asr oxiridan boshlab siyosiy namoyondalari orqali Mavlono Rumiyni taniy boshladilar. J.de Vallenburg, J. fon Hammer, Fredrish Rukert, Jeyms Redxoo’z, Reynold Nikolson va A. J. Orberi kabi olimlarni bunga misol qilishimiz mumkin. Umuman olganda, G‘arb olamida Jaloliddin Rumiy ijodiga bag‘ishlangan juda ko‘plab tadqiqotlar mavjud, ammo ularda shunchaki sharqshunos yohud tarjimon sifatidagi ilmiy izlanishlar olib borganliklarini ko‘rishimiz mumkin. Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul: “Rumiy she’riyatining o’ziga xos bir jihati shundan iboratki, siz birinchi navbatda o’zingizda insonga ishonchni mustahkamlaysiz. Va insonning ilohiyligini Rumiy judayam teran tarzda ochib beradi. Rumiy she’riyatining quyoshi - Ishq. Insonni bir haqiqat, yoki insonni bir Ishq atrofida birlashtirish bolsa agar, Rumiyning she’riyati shu ishni amalgam oshira oladi. Biz aytamiz, komil inson bo’lish uchun tasavvufni bilish kerak, dinni bilish kerak, falsafani bilish kerak, tarixni va hokazo. Shularni hammasini Rumiy o’z ijodida sintezlashtirgan. Insonni Rumiy she’riyati adashishlardan, yuzakiliklardan, sayozliklardan, har turli mahdudliklardan xalos qiladi. Shu uchun bu qancha tarixiy she’riyat bo’lsa, xuddi shuncha zamonaviy she’riyat.” Mavlono Rumiy ijodini diniy va falsafiy g‘oyalar bilan uyg‘un holda tadqiq etgan olimlar qatoriga B.Furozonfara, Ch.Xumoi, M.Chafari, R. Fish, R. Xadizade, N.Odilova va boshqalarni keltirish mumkin. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati . Ma'lumki O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng, uning tarixida yangi bir sahifa ochildi. Bu esa bizga O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish, xalqimizning ijtimoiy- 5