KOREYS TILINI O‘QITISHDA YOZMA SAVODXONLIKNING AHAMIYATI
MUNDARIJA KIRISH ...................................................................................................... .......... ....3 I .BOB. KOREYS TILINI O‘QITISHDA YOZMA SAVODXONLIKNING AHAMIYATI 1.1. Koreys tilida yozma savodxonlik va yozma savodxonlik haqida tushuncha..................................................................................................... ....... ..... 8 1.2. Koreys alifbosini yozish qoidalari...................................................................11 II.BOB.KOREYS YOZMA SAVODXONLIKNI AMALDA QO‘LLASH USULLARI 2.1. Koreys tilida " 쓰기 " yozish qoidalari ..................................................... .. ....15 2.2. Imlo savodxonligi haqida umumiy tushuncha................................................ 19 XULOSA …………………………………………………………………...........30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………….............32 1
KIRISH Ikki-uchta o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarini individual nazoratini har dars amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. So‘rov ma‘lum bir tashkilotchilikni, tayyorgarlik, O‘quvchilar bilimini nazorat qilish o‘qituvchiga qo‘llanilayotgan ta‘lim metodlari, vositalari va uslublarining samaradorligini baholashga, metodikaga tuzatishlar kiritishga imkon beradi. O‘quvchilar uchun nazorat muhimdir, chunki bilimlarning to‘g‘ri ekanligini mustahkamlashga xizmat qiladi, sifatli ishlashga boshlaydi, o‘z o‘zini nazorat qilishni rivojlantiradi. Bilimlarni nazorat qilish va baholash bolaga tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatadi, qiyinchilikni yengishga va kundalik ishlash tizimiga o‘rgatadi. O‘quvchilarning bilimlari va ko‘nikmalarini nazoratda frontalva individual nazoratni qo‘llash yaxshi samara beradi. Frontal nazorat, ya‘ni o‘quvchilarni o‘tirgan joyida savol-javob qilish qilish, asosan yangi materialni o‘rganishga tayyorlanish bosqichida, bilimlarni nazoratda qo‘llaniladi. Frontal nazorat turli masalalar bo‘yicha ko‘p o‘quvchilarning bilimlarini ko‘rsatishga, qisqa vaqt ichida butun sinf bilan topshiriqni bajarish dalillarini o‘rnatishga imkon beradi. Biroq u bilimlarni o‘zlashtirish darajasini, ularning chuqurligi va to‘laligini aniqlash imkonini bermaydi. Frontal nazoratni o‘tkazishda oldindan savollarni tuzish va nazorat jarayonida savollarga javob berishi kerak bo‘lgan o‘quvchilarni belgilashi kerak. Individual tekshiruv o‘quvchilarni individual so‘roq qilish o‘quv materialining o‘zlashtirilishi, uning chuqurligi va to‘laligini to’g’riligini ko‘rsatadi. Asosiy e‘tibor nafaqat o’tilgan materialga, balki u yoki bu grammatik holatlarni isbotlash, tushuntirishga ham qaratiladi talab qiladi. Bolalarni to‘la, asoslangan, ketma ket javob berishga o‘rgatamiz. Mazkur kelajakda tekshiruv turi adabiy nutqda yaxshi amaliyot hamdir. Bilimlarni ham frontal, ham individual nazorat og‘zaki va yozma bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar savodxonligini oshirish, ularning 2
lug‘at boyligini hamda mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish, ularning voqeahodisalarga, atrof-muhitga bo‘lgan munosobatini shakllantirishdir. Ma‘lumki, o‘rta ta‘lim maktablari uchun qo‘yilgan davlat ta‘lim standartlarida yozma savodxonlikni o‘stirish eng asosiy muammolardan hisoblanadi. Yozma asavodxonlik o‘quvchi qaysi sohani tanlashidan, qaysi ijtimoiy mavqeda bo‘lishidan qat‘i nazar doimiy amalda qo‘llanadigan va nuqsonlari tez ko‘rinadigan kompetentsiyalardan biridir. Ahamiyati katta, nazoratning yozma shakli ma‘lum kamchiliklarga ham ega: o‘quvchilarbilimlari haqidagi ma‘lumot biroz kechikib keladi, chunki barcha yozma ishlar ularni tekshirish uchun ma ‘lum vaqtni talab qiladi. Perfokarta bilan nazorat qilish shakli ham qo‘llaniladi. Perfokarta yordamida bilimlarni nazorat qilish ham og‘zaki, ham yozma tekshiruvning ijobiy tomonlarini o‘zida jam qilgan. Ma‘lumki, esse erkin fikrning - mustaqil tafakkurlarning mahsuli. U ijod ona tili va adabiyot darslarida insho yozish ham ijod. Insholarning bu ikki turi o‘rtasidagi tafovut unchalik katta emas. Bugun ona tili va adabiyoti darslari oldiga o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdek yuksak vazifa qo‘yilgan. Bu vazifani bajarishda insholarning o‘rni beqiyos. Albatta, insholar ta‘lim tizimida o‘rganib qolingan an‘anaviy tartibda emas, aynan ijodning natijasi tarzida yozilishi kerak. So‘nggi yillarda ta‘lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajribalar joriy qilindi. Xorijiy tajribaga tanqidiy yondoshib, ta‘lim tizimimizning milliy xususiyatlarini, mentalitetimizni inobatga olgan holda o‘rganish va amaliyotga joriy qilish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Til ta‘limida o‘quvchilar yozma nutq malakasini baholash usuli 3
sifatida qo‘llanib kelgan diktant, bayon va insho kabi yozma ish turlari qatoriga esse ham qo‘shildi. Esse asosan adabiy janr sifatida tadqiq qilingan. O‘tgan asrning 90 yillaridan boshlab esa pedagogikada o‘zlashtirilgan bilimlar darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziluvchi metod sifatida qo‘llanila boshladi. Esseni metod sifatida darslarda qo‘llash yuzasidan tavsiyalar o‘tgan asrning so‘nggi yillariga to‘g‘ri keladi. Bu metodning o‘quvchining yozma nutqini, tanqidiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishdagi ahamiyati yuzasidan fikrlar ko‘plab pedagogik adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Mashhur pedagog olimlar B.L.Farberman, L.G.Musina, D.V.Safin, Z.M.Tursunova tomonidan yaratilgan Interaktiv metodlar qo‘llanmasida olimlar esseni tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi metod sifatida ko‘rsatadi va o’n daqiqalik esse hamda Argumentli esse kabi turlari borligini aytadi. Esse yozishga tayyorgarlik ko‘rish va esse yozishning 4 bosqichini ko‘rsatib beradi. Ko‘plab adabiyotlarda esse turlaridan birini “ Besh daqiqali esse” deb ko ‘rsatilgan. Farberman esa bu esse turini o’n daqiqali esse deb ataydi. Olimning bu tasnifi bizning nazarimizda ma‘qul ko‘rindi, sababi besh daqiqa ichida dars davomida o‘rganganlarini yozish o‘quvchiga biroz qiyinchilik tug‘diradi. Natijada ko‘zlangan maqsadga erishish qiyinlashadi. D.Ro‘ziyeva, M.Usmonboyeva, Z.Xoliqovalar tomonidan yaratilgan “Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanishi nomli metodik qo‘llanmada esse metodiga quyidagicha ta‘rif berilgan: “ Texnologiya kichik hajmli, erkin bayon usuliga ega bo‘lib, o‘rganilayotgan muammo yoki tahlil qilinayotgan masala yuzasidan shaxsiy taassurot, tasavvurlarni ifodalashga xizmat qiladi. U o‘quvchilar tomonidan o‘rganilgan mavzu, muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha erkin fikr bildirish, mazmun- 4
mohiyatini qayta bayon qilish imkoninini beradi. Kichik esseni yaratishda o‘quvchilar mavzu g‘oyalarini umumlashtirish, tizimlashtirish, turkumlashtirish, xulosalarni bayon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sh.Abdullayeva, o‘qituvchi darsning so‘nggida o‘quvchilarning o‘rganilgan mavzuga munosabatini, fikrini keltirgan. Asoslangan esse esseda berilgan vaziyat asosidagi savolga asosli javob keltirilgan yozma ish turidir. O‘quvchi vaziyat bo‘yicha o‘z nuqtayi nazarini bildiradi va uni himoya qiladi, o‘z qarashlarini himoya qilish uchun bir qancha asoslangan dalillarni keltiradi. Maqsad o‘zining qarashlariga boshqalarni ham ishontirish. Besh daqiqali esse o‘tilgan mavzu yuzasidan olingan bilimlarni xulosalash, mushohada qilish maqsadida dars oxirida besh daqiqa davomida o‘tilgan mavzu yuzasidan nimalarni o‘rganganlarini yozish topshirig‘i beriladi. Essening bu turi o‘quvchilarning mavzuga oid o‘rganganlarini ifodalay olishiga yordam beradi va o‘qituvchiga esa o‘quvchilarning mavzuni o‘rganganlarida qaysi o‘rinlariga tushunmaganliklari, ko‘proq qaysi o‘rinlarga e‘tibor qaratish kerak ekanligi borasida xulosa chiqarish imkonini beradi Ushbu yozma topshiriqni qo‘llashda ta‘lim oluvchilardan quyidagi ikki topshiriqni bajarish: o‘tilgan mavzu bo‘yicha nimalarni o‘rganganliklarini yozish va ular javobini ololmagan bitta savolni berish topshiriladi. Mavzuning dolzarbligi: Ushbu kurs ishida koreys tilini o‘qitishda savodxonlikni shakllantirish usullari hamda ularning rivojlanishi haqida umumiy tushuncha keltirilgan. Bundan tashqari savodxonlikni o‘stirish muommolarini hal qilish to’g’risida ham to‘xtalib o’tilgan. Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Kurs ishida savodxonlikni oshirishda olimlarning tadqiqotlari natijasida savodxonlik oshirish o’rganilgan. Shuningdek kurs ishini yoritishda ilmiy kitoblar tahlili va Internet saytlari hamda adabiyot kitoblaridan foydalanilgan. 5