logo

O‘SMIRLARDA KREATIV YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH VA UNI RIVOJLANTIRUVCHI PSIXOLOGIK USULLAR

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

306.4775390625 KB
O‘SMIRLARDA KREATIV YONDASHUVNI
SHAKLLANTIRISH VA UNI RIVOJLANTIRUVCHI
PSIXOLOGIK USULLAR
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………… ....... ………………
I - BOB.   O‘SMIRLARDA   KREATIV   YONDASHUVNI   SHAKLLANTIRISH
MUAMMOSINING METODOLOGIK ASOSLARI .........................................
1.1. Kreativ   yondashuvning   o‘smirlar   ijtimoiylashuvidagi   rolini   o‘rganish   va
uning tadqiq etish tamoyillari………………… .......................... ………………
1.2. Jahon   va   rus   psixologiyasi   fanida   kreativ   yondashuv   muammosining
o‘rganilishi hamda tadqiq etilishi………… ............................ ………………………
1.3. Kreativ   yondashuvning   mamlakatimiz   psixologiyasidagi
talqini……… .......................................................................................................... .
Bob yuzasidan xulosalar .........................................................................................
II - BOB. O‘SMIRLARDA KREATIV YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH
MUAMMOSINING (EMPIRIK) O‘RGANILISHI ...........................................
2.1 .     Tadqiqot   bosqichlari,   metodologik   asoslari   va   metodikalarning   psixologik
tavsifi…………………………………………………… ................................. …….
2.2 .   O‘smirlar   kreativ   yondashuvni   shakllantirish   muammosining   empirik
o‘rganish tahlili, shakllanganlik holati va xarakterli xususiytlari tavsifi……..
2.3 .   O‘smirlarda   kreativ   yondashuvga   yo‘nalganlikning   shaxs   sifat   va
xususiyatlariga bog‘liqligini empirik tadqiq etish…………… ......... ………………..
2.4.  Bob yuzasidan xulosalar………………………………… ............. …………….
III - BOB.O‘SMIRLARDA KREATIV YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH
VA RIVOJLANTIRISH ....................................................
3.1   O‘smirlar   xulq-atvorida   kreativlik   hatti-harakatlari,   bilim   va   tasavvurlarini
shakllantirish………………………………………………………………….
3.2 O‘smirlar bilan hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda kreativ yondashuvning
o‘ziga xos xususiyatlari………………………………………… 3.3   O‘smirlarda   kreativ   yondashuvni   rivojlantirish   o‘smirlar   ijtimoiy   psixologik
mexanizmi sifatida……………………………………………………..
3.4.  Kreativlik sifatlari, ularning xususiyatlarini rivojlantiruvchi psixologik usullar
va tavsiyalar………………………… ................... …………………………..
Bob yuzasidan xulosalar…………………………………………………….
XULOSA ……………………………………………………………………
ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………………………………….
ILOVALAR………………………………………………………………… KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi  mavzusining asoslanishi  va uning dolzarbligi.
Jahonda   t a’lim   va   tarbiya   mazmuni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish,   fan,   texnika,
madaniyatning obyektiv talablariga asoslanadi. 
Xalqoro   miqyosda   hozirgi   kunda   dunyodagi   yetakchi   kompaniyalarning
ishga   olish   talabi   kreativ   fikrlay   olish   yangiliklar   yaratishga   qodirlik   ekanligini
hisobga   oladigan   bo‘lsak,   raqobatbardosh   kadrlarni   yetishtirish   uchun   ularga
kreativ madaniyatni o‘rgatish lozim va biz buni maktabgacha bo‘lgan ta’limda va
xalq ta’limida isloh qilishimiz maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekistonda   ta’lim   sohasidagi   amalga   oshirilayotgan   islohotlar
Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoyevning   “...Yosh   avlodni   barkamol,   ma’naviy   va
jismonan   sog‘lom,   yuqori   malakali   kasb   egasi   qilib   tarbiyalash,   ularni   mustaqil
fikrlaydigan,   yuksak   intellektual   va   ma’naviy   salohiyatga   ega   bo‘lib,   dunyo
miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib
kamol   topishi,   baxtli   bo‘lishi   uchun   davlatimiz   va   jamiyatimizning   bor   kuch   va
imkoniyatlarini   safarbar   etamiz”,[8,   56]   degan   mulohazalardan   ko‘rinib   turibdiki,
yurtimizda   amalga   oshirilayotgan   tub   islohotlarning   yaratuvchisi   sifatida
shakllanayotgan   yosh   avlodni   voyaga   yetkazish,   ularning   zamon   talablari
darajasida   bilim   olishi,   shaxs   sifatida   kamol   topishi   va   kundalik   turmush
yumushlarini hal  etishga tayyorlab borish masalasi  asosiy  vazifalardan biri bo‘lib
qolmoqda.   Shu sababli  ham O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti tashabbusi  bilan
bu   borada   bir   qator   ishlar   olib   borildi.   Xalq   ta’limi   tizimini   2030-yilgacha
rivojlantirish   konsepsiyasi   tasdiqlandi.   Makur   k onsepsiyaga   binoan
O‘zbekistonning 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student
Assessment)   o‘quvchilarning   ta’lim   sohasidagi   yutuqlarini   baholash   bo‘yicha
xalqaro dastur reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta   ilg‘or mamlakati qatoriga
kirishiga erishish belgilangan. Shuningdek, konsepsiyaga muvofiq, quyidagilar amalga oshiriladi:
Xalq   ta’limi   muassasalarining   moddiy-texnika   bazasini   mustahkamlash
va   budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;
Yoshlarni   tarbiyalash   va   ularning   bandligini   ta’minlashda   maktabdan
tashqari ta’limning zamonaviy usullari va   yo‘nalishlarini joriy etish;
Davlat-xususiy   sheriklikni   rivojlantirish   hisobiga   davlat   ta’lim   tizimida
raqobat muhitini kengaytirish.
Konsepsiya   xalq   ta’limi   sohasidagi   mavjud   muammolarni   aniqlaydi.
Umumiy   o‘rta   ta’limni   boshqarishda   qator   muammolar   mavjud.   Jumladan,
maktablar   metodik,   moddiy-texnik   jihatdan   ta’minlash   va   moliyalashda   davlat
tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Kadrlar bilan ta’minlash borasida
ham   kamchiliklardan   holi   emas.   Kreativlik   shaxsni   rivojlantiruvchi   kategoriya
sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Aytish joizki,
kreativlikni   rivojlantiruvchi   usullar   ustida   ishlash   va   uni   tadbiq   qilish   jamiyat   va
davlat rivojiga katta hissa qo‘shishga, zamon bilan hamnafas fikrlovchi va ijodkor
yoshlarni yetishib chiqishiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ladi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-yil   7-fevraldagi   PF-4947-
sonli   “O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha
Harakatlar   strategiyasi   to‘g‘risida”,[12]   2019-yil   17-yanvardagi   PF-5635-son
“2017–2021-yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning
beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasini   “Faol
investisiyalar   va   ijtimoiy   rivojlanish   yili”da   amalga   oshirishga   oid
davlat   dasturi   to‘g‘risida”   [7],   2019-yil   11-iyuldagi   PF-5763-son   “Oliy   va   o‘rta
maxsus   ta’lim   sohasida   boshqaruvni   isloh   qilish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi   [8]   farmonlari   hamda   mazkur   faoliyatga   tegishli   boshqa   me’yoriy
huquqiy   hujjatlarda   belgilangan   vazifalarning   ijrosini   ta’minlashda   mazkur
dissertasiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqot   ishining   maqsadi :   O‘smir   yoshidagi   bolalarda   ijodkorlik
qobiliyatini   shakllantiruvchi   va   rivojlantiruvchi   eng   samarali   metodlarni   topish, ularni amaliyotda qo‘llab ko‘rish, olingan natijalarni aniqlashtirib, ilmiy ishda uni
nazariy jihatdan asoslash. 
Tadqiqot   vazifalari:   Kreativ   yondashuvni   shakllantiruvchi   va
rivojlantiruvchi   metodlar   yordamida   o‘smir   yoshdagi   bolalarda   muammolarni
noodatiy   yechish   qobiliyatini   rivojlanishi   va   ushbu   metodikalarning   mazmunini
yoritib berish. Kreativlikni shakllantirish muammosini empirik jihatdan o‘rganish.
Kreativlikni   rivojlantiruvchi   metodikalarning   xarakterli   xususiyatlari   va
takomillashtirishga qo‘yilgan talablarni aniqlash.
Kreativlikning   shaxsning   yoshiga,   sifat   va   xususiyatlariga   bog‘liqligini
o‘rganish.
Ijodkorlik   sifatlari,   ularning   xususiyatlarini   rivojlantiruvchi   psixologik
usullar va tavsiyalarni ishlab chiqish.
Tadqiqot   davomida   ishlab   chiqilgan   uslubiy   ishlarning   samaradorligini
aniqlash.
Tadqiqot   ob’ekti :   Umumta’lim   maktablarining   o‘smir   yoshdagi
o‘quvchilarining   turli   fanlardagi   harakatlari,   muammoli   vaziyatlar   yuzaga
keladigan reaksiyalari.
    Tadqiqot   predmeti :   O‘smirlarda   kreativlikni   rivojlantiruvchi   metodlardan
foydalangan   holda,   ularda   sodir   bo‘layotdan   reaksiyalarni,   qiziqishlarni   va
muammolarni noodatiy yecha olish qobiliyatining oshishini kuzatish, o‘rganish va
taxlil qilish. Foydalanilgan metodikalarning samarasini nazariy jihatdan asoslash.
Tadqiqot   ilmiy   farazi   shundan   iboratki,   kreativ   yondashuvni
rivojlantiruvchi usullar yordamida:
– O‘smir   yoshidagi   bolalarda   muammoli   vaziyatlarda   masalaning
nostandart yechimini topish ko‘nikmasi shakllanadi;
– O‘smir   yoshidagi   bolalarning   aqliy   rivojlanishiga   imkon   yaratuvchi
metodik tizim yaratiladi;
– O‘smir   yoshidagi   bolalarning   vazifalarni   mustaqil   va   o‘ziga   xos
bajarilish sifati oshadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.  Ushbu tadqiqot natijalari o’smirlarda kreativ
yondashuvni   shakllantirish   va   rivojlantirishga   ko‘maklashdi.   Dissertatsiya   ishida
o‘smir   yoshidagi   bolalarda   kreativlikni   oshirish   uchun   samaraliligi   aniqlangan   va
milliy   mentalitetga   moslangan   metodikalar   va   ota-onalar   uchun   tavsiyalar
ko‘rsatildi.   Kreativ   yondashuvning   aynan   o‘smir   yoshida   nima   uchun   muhim
ekanligi   o‘smirlik   davrining   psixologik   xususiyatlariga   asoslanib   yoritib   berildi.
Ilmiy  tadqiqot  natijasida  xalq  ta’limida  va mustaqil  qo‘llanish  uchun metodikalar
yaratildi.   Kreativ   yondashuv   uchun   shaxsning   individual   xususiyatlari   va   atrof-
muhit   ta’siri   muhim   ekanligi   aniqlandi   va   buni   aniqlash   uchun   mos   bo‘lgan
kreativlik savolnomasi tarjima qilindi. 
Tadqiqotning   metodologik   asosi.   Tadqiqot   maqsadiga   erishish   uchun
quyidagi metodlardan foydalanildi: 
– Tadqiqot   muammosi   bo‘yicha   falsafiy,   psixologik   va   pedagogik   va
ilmiy-metodik   adabiyotlar,   dissertatsiyalar,   shu   sohada   ish   olib   borgan   chet   el
olimlarining   nazariya   va   qarashlari,   elektron   maqolalar,   ilmiy   yangiliklar,   ishlab
chiqilgan metodlar, qo‘llanma va darsliklar tahlili;
– O‘smirlar o‘rtasida test va anketa so‘rovini o‘tkazish;
– Ilg‘or   fikrlovchi   guruhlarni   aniqlash   va   ularning   ta’im   va   tarbiya
jarayonining boshqa guruhlardagidan ajralib turadigan farqlarini aniqlash;
– Tajriba-sinov   ishi   natijalarini   aniqlashda   matematik   statistika
metodlaridan foydalanish.
Tadqiqotda   qo‘llaniladigan   metodlar:   test,   anketa,   kuzatish,   matematik
statistika.
Tadqiqot   muammosining   o‘rganilganlik   darajasi .   Ijodkorlik   atamasi
bilan   birgalikda   kreativlik   tushunchasining   ham   kirib   kelishi   sohada   yana
izlanishlar   olib   borilishiga   sabab   bo‘ldi.   Yevropa   va   rus   olimlari   bu   sohada
dastlabki nazariyalarni asoslashdi. Ularga Paul Torrens [52],  Edvard de Bono [20],
Avraam   Maslau,   Qozon   federal   universiteti   aspiranti   S.Chulyokin,   L.Bayanova
[24],   L.Vigotskiy   [55],     Merilin   Freyer,   Erik   Erikson,   Govard   Gardner,   Daniel
Vellukslarni   misol   qilishimiz   mumkin.   Respublikamizda   ham   o‘quvchilarning kasbiy   ijodkorligi   sohasida   fundamental   tadqiqotlarni   amalga   oshirgan   olimlar
sifatida   SH.Sharipov,   E.G’oziyev   [25],   A.M.Jabborov   [30],   R.A.Mavlonova   va
N.X.Rahmonqulova   [37]larni   ko‘rsatishimiz   mumkin.   Va   shuni   alohida   ta’kidlab
o‘tishimiz   lozimki,   Samarqand   Davlat   Universiteti   o‘qituvchilari   dots.
M.Salohutdinova   va   PhD   R.Musinovalarning   ijod   psixologiyasi   haqida   yozgan
monografiyalari   talabalardagi   bilim   va   ko‘nikmalarni   oshirishga   ulkan   hissa
qo‘shmoqda.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati:    Tadqiqotni puxta olib borish
va   uni   nazariy   va   amaliy   jihatdan   asoslash   muhim   hisoblanadi.   Bu   tushuncha
psixologiya sohasida nisbatan yangi hisoblanib, uni fanga kirib kelishi XX asrning
birinchi   yarmiga  borib taqaladi.  Pedagogika,  biznes,   texnologiya sohasida  kreativ
fikrlashni   shakllantirishning   o‘ziga   xos   usullari   ishlab   chiqilgan  va   ommalashgan
bo‘lishiga   qaramay,   ular   o‘z   navbatida   bir   soha   doirasida   amal   qiladi   va   aynan
o‘sha   sohani   rivojlantiradi.   Aynan   o‘smir   yoshidagi   bolalarda   kreativlikni
rivojlantirishni tatbiq qilish kelgusida o‘smirlar tanlashi mumkin bo‘lgan sohalarga
innovatsiyalar   kiritishga   va   o‘z   o‘rnida   o‘zbek   psixologiyasida   ham   kreativlikni
shakllantiruvchi   isbotlangan   metodlar   va   bilimlarning   yanada   ortishiga   sabab
bo‘ladi.
Dissertatsiyaning   tuzilishi .   Dissertatsiya   kirish   qismi,   uchta   bob,   o‘n   bir
bo‘lim,  xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I-BOB.   O‘SMIRLARDA   KREATIV   YONDASHUVNI   SHAKLLANTIRISH
MUAMMOSINING METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Kreativ   yondashuvning   o‘smirlar   ijtimoiylashuvidagi   rolini
o‘rganish va uni tadqiq etish tamoyillari. 
Turmush tarzining har bir jabhasida o‘sish va rivojlanish avj olayotgan asrda
yashayotgan   ekanmiz,   oldimizda   bir   ustuvor   vazifa   paydo   bo‘ladi,   ya’ni   yangilik
muallifiga   aylanish,   innovatsiya   yaratish,   ilm   fan   ravnaqiga   hissa   qo‘shish   va
davlatimizni   rivojlangan   davlatlar   bilan   raqobat   qila   oladigan   texnikalar   va
g‘oyalar bilan boyitish. Bunda bizga kreativ fikrlash qobiliyati yordam beradi. 
Kreativlik   bu   xattoki   bir   asr   oldin   odamlar   tasavvur   ham   eta   olmagan
kompyuter va internet, sun’iy yo‘ldoshlar, “smart house” deb nomlanayotgan uylar
birgina   tugmachaning   bosilishi   bilan   sizga   barcha   qulayliklarni   yaratadigan
jihozlardan   tortib   fazoda   yashayotgan   yer   ahligacha   bo‘lgan   barcha   narsalardir.
Kreativlik   yangi   imyoniyatlarni   yaratish,   innovatsiya,   muammoli   masalalarga
o‘zgacha   yechim   demakdir.   Kreativlik   muammolarni   yechishning   yuragi
hisoblanadi.   Har   doim   muammolar   mavjud.   Ular   o‘qishda   yoki   ish   jarayonida
paydo bo‘ladi. Agar biz o‘quvchilarda ijodkorlik mahoratini rivojlantira olsak, bu
dutun dunyo uchun maqsadli ish bo‘ladi. 
Yangiliklar   bilim   va   g‘oyaning   o‘zaro   kombinatsiyasidan   hosil   bo‘ladi.
O‘qish   va   o‘rganish   bu   kundalik   vazifa   hisoblansada   faqat   uning   o‘zigina   hech
narsa yaratolmaydi. Chunki tasavvur bilimdan kuchliroq.
O‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirishning eng samarali yo‘li pedagogning
ular uchun model rolini o‘ynab berishidir. Masalan kelajakka qiziqishni uyg‘otish
va   orzu   va   maqsadli   hayotni   tashkil   qilish   uchun   pedagog   o‘z   orzulari   haqida
gapirib   berishi,   orzusidagi   uyni,   orzusidagi   kasbni   rasmini   chizib   ko‘rsatishi   va
unga erishish  uchun hozirda  qanday ishlar  qilayotganligini  aytib berishi  mumkin.
Nutqining   oxirida   “sizchi?”   savolining   berilishining   o‘zi   o‘quvchining   tasavvur olamiga olib ketadi. Pedagog yangi g‘oyalarni qadrlash va xatolarni ham nishonlay
olsa u o‘quvchilarida kreativ fikrlash madaniyatini rivojlantira oladi. 
Barcha   ishning   boshlanishi   mashaqqat   va   muvaffaqiyatsizliklardan
iboratligini hisobga olgan holda biz e’tibor berishimiz lozim bo‘lgan yana bir jabha
paydo   bo‘adi.   Ya’ni   muvaffaqiyatsizlikdan   keyin   va   qiyinchilikda   ham   o‘z
erishmoqchi bo‘lgan maqsadidan qaytmaslikni, ulardan saboq olishni o‘rgatishdir.
O‘z   ixtirolari   bilan   mashhur   kashfiyotchi   Tomas   Edison   elektr   lampani   yaratish
uchun   qilgan   izlanishlari   mobaynida   qariyb   2000   marotaba   muvaffaqiyatsizlikka
uchragan   va   uning   quyidagi   fikri   ilm   ahliga   o‘ziga   xos   motivatsiya   vazifasini
bajarib   kelmoqda:   “Natija.   Men   ko‘p   natijaga   ega   bo‘ldim!   Bir   necha   minglab
narsalar lampa yasash uchun ish bermasligini bildim!” .
  Hozirgi   kunda   dunyodagi   yetakchi   kompaniyalarning   ishga   olish   talabi
kreativ   fikrlay   olish   yangiliklar   yaratishga   qodirlik   ekanligini   hisobga   oladigan
bo‘lsak,   raqobatbardosh   kadrlarni   yetishtirish   uchun   ularga   kreativ   madaniyatni
o‘rgatish lozim va biz buni maktabgacha bo‘lgan ta’limda va xalq ta’limida isloh
qilishimiz maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ijodiy fikrlash uchun har kuni bir
oz   vaqt   ajratish,   ko‘proq   fikrlash   va   paydo   bo‘lgan   g‘oyalarni   amaliyotda   sinab
ko‘rish yetarlidir.
Shaxsning   eng   murakkab   va   shu   bilan   birga   muhim   taraqqiyot   bosqichi
o‘smirlikdir. Ilk o‘smirlik 11-13 yoshni, katta o‘smirlik 14-15 yoshlarni o‘z ichiga
oladi.   O‘smirlik   birinchi   navbatda   organizm   taraqqiyotidagi   shiddat   va   notekslik
bilan xarakterlanib, bu davrda tananing intensiv tarzda rivojlanishi va qotishi ro‘y
beradi.   Bu   davrda   ayniqsa   diqqat,   xotira,   tafakkur   jarayonlari   rivojlanadi.   Bu
davrda bola mustaqil fikrlashga intila boradi. Chunki, bu davrda u ko‘proq o‘z o‘y
fikrlari   dunyosini   mushohada   qilish,   olam   va   uning   sirlarini   bilishga   va   nazariy
bilimlarni   oshirishga   bo‘lgan   ehtiyoj   oshadi.   Buning   sababi   bolada   o‘ziga   xos
“kattalik” xissining paydo bo‘lishi bo‘lib, bu uning so‘zlashida va fikrlashida ham
ifodalanadi.   O‘smirga   yetarlicha   berilgan   mustaqillik   muhiti   va   to‘g‘ri   tashkil
etilgan   o‘qish   sharoitlari   samimiylik   muhitini   yaratishi,   o‘smirning   mustaqil
fikrlashiga   katta   imkoniyatlar   ochishi   va   undagi   ijodiy   tafakkurni   rivojlantirishi mumkin.   Qiziqishlar   bilimlarni   ongli,   puxta   va   barqaror   anglangan   holda
o‘zlashtirishga,   ko‘nikma   va   malakalarni   shakllantirishga,   shaxsning   qobiliyatini
rivojlantirishga, olamni mukammalroq tushunish va bilim saviyasini  kengayishiga
yordam beradi. Qiziqish motiv singari borliqning mo‘jizakor tomonlarini bilishga,
fan asoslarini egallashga, faoliyatning   turli-tuman shakllariga ijodiy yondashishni
vujudga keltirishga yordam beradi.
Ta’lim   sohasidagi   mutaxassis   va   psixologlarning   fikriga   ko‘ra,   ijodiy
faoliyat   bilan   bog‘liq   fikrlash   jarayonlarida   mashg‘ul   bo‘lish   deb   tushunilgan
kreativ fikrlash bir qator boshqa  shaxsiy ko‘nikmalarning ham rivojlanishiga olib
keladi. Shular jumlasiga metakognitiv qobiliyat, insonlar bilan muomala qilish va
shaxsning   o‘zini   yaxshiroq   anglash   ko‘nikmalari,   muammolarni   hal   qilish
ko‘nikmalari   kiradi.   Shu   bilan   birga   shaxs   kamoloti,   ta’lim   olishdagi
muvaffaqiyati, kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obro‘si
ham insonning kreativ fikrlash ko‘nikmasiga bog‘liq.[57]
Kreativ   fikrlashda   ta’limni   asosiy   vazifasi   o‘quvchida   u   yashayotgan
jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun uning buguni va kelajagida kerak
bo‘ladigan   ko‘nikmalarni   shakllantirishidir.   Kreativ   fikrlash   bugungi   yoshlar   ega
bo‘lishi  lozim bo‘lgan muhim ko‘nikma bolib, bu ko‘nikma ularga doimiy tarzda
va   shiddat     bilan   o‘zgarayotgan,   oddiy   savodxonlikdan   tashqari   yangilanayotgan
davrga   xos   ko‘nikmalarga   ega   kadrlarni   talab   etayotgan   makonga   moslashishga
ko‘maklashadi.   Kreativlik   bugungi   o‘quvchiga   hozir   hatto   mavjud   bo‘lmagan
sohalarda   ishlashi,   yangi   muammolarni   yangi   ko‘nikmasini   shakllantirish   ularga
tobora   murakkablashayotgan   mahalliy   va   global   muammolarni   noodatiy
yondashuv   orqali   hal   etish   imkonini   yaratadi.   O‘smirlarda   kreativ   fikrlashni
rivojlantirishning   ahamiyati   faqatgina   mehnat   bozori   talablari   bilan   cheklanib
qolmay,   u   yoshlar   uchun   o‘z   qobiliyat   va   ko‘nikmalarini,   shu   jumladan,   ijodiy
iste’dodlarni  kashf  etish muhim  ahamiyatga ega. Kreativ fikrlash o‘quvchilarning
ta’lim   olishini   hodisalar,   tajribalar   va   xatti-harakatlarni   yangicha   va   shaxsan
mazmunli usulda talqin etish orqali qo‘llab quvvatlaydi.  O‘smirlarning qiziquvchanligi ularning ta’lim jarayonida qo‘l keladi. Ijodiy
fikrlash   shu   tariqa   o‘zaro   kelishuvchanlik   vositasiga   aylanadi,   hattoki   avvaldan
belgilangan   ta’lim   maqsadlari   konteksida   ham   bu   samara   beradi.   Boshqa
ko‘nikmalar   kabi,   kreativlik   ham   amaliy   va   yo‘naltirilgan   yondashuv   orqali
rivojlantirilishi   mumkin.   Barcha   sohalarda   kreativ   fikrlash   mumkin.   O‘smirlar
ta’limi va tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar kreativ fikrlashni ajrata olishi va
unga mos shart-sharoitlarni  bilishlari  va yoshlarga fikrlashda  ijodiy yondashishga
yordam bera olishni bilishlari kerak. 
Kreativ   fikrlash   endigina   shakllanayotgan   talqin   bo‘lib   turgan   bir   paytda
ancha   keng   hamda   kreativlik   tuzilmasi   kuchli   tadqiqotchilik   an’anasiga   ega
bo‘ladi. Demak, kreativlik–layoqat, jarayon va muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabat
bo lib,  u  orqali   shaxs   yoki   guruh  ushbu   ijtimoiy  kontekst   uchun  ham  yangi,  hamʻ
foydali bo lgan salmoqli mahsulotni yaratishidir.	
ʻ
Ijodiy  maqsadlarni   ro‘yobga  chiqarish  kreativ  fikrlashni  taqozo   etadi,  lekin
shu   bilan   birga   aqliy   salohiyat,   soha   borasidagi   bilim   va   san atkorlik   talanti   kabi	
ʼ
kengroq   va   maxsus   ko‘nikma   va   qobiliyatlar   ham   zarur   bo‘ladi.   Masalan,   san at	
ʼ
durdonalari   yoki   texnologik   kashfiyotlarni   yaratish   bilan   bog‘liq   buyuk
ijodkorlikda   kreativ   fikrlashdan   tashqari   salmoqli   talant,   chuqur   bilim,   muayyan
sohada   tinimsiz   mehnat   hamda   jamiyat   tomonidan   ushbu   mahsulot   qiymatga   ega
ekanligi   haqidagi   e tirof   ham   talab   etiladi.   Aksincha,   kichik     yoxud   kundalik	
ʼ
kreativlik     (masalan,   fotojurnalda   rasmlarni   mahorat   bilan   joylashtirish;   oziq   –
ovqat   qoldiqlaridan   yangi   taomni   hosil   qilish   yoki   ishxonadagi   murakkab
muammoga   ijodiy   yechim   topish   kabi)   ijodiy   fikrlashga   qodir   deyarli   barcha
insonlarga zarurdir. 
Tug ma talantning ahamiyatini kamaytirish hamda takomillashtirish mumkin	
ʻ
bo lgan   shaxsning   kreativ   fikrlash   qobiliyatiga   ko proq   urg u   berish   maqsadida	
ʻ ʻ ʻ
PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mana shu kichik kreativlik
bilan   bog liq   vazifalarga   asosiy   e tiborni   qaratadi.   Kreativ   fikrlashning   bu   turi	
ʻ ʼ
nafaqat insho yozish yoki rasm chizish kabi asosan ichki dunyoni aks ettirish talab
qilinadigan   ta lim   kontekstiga,   balki   g oya   berish   masalalarini   tahlil   etish,	
ʼ ʻ jamiyatdagi   muammolarni   hal   etishga   aloqador   bo lgan   kengroq   sohalarga   hamʻ
taalluqlidir.  O‘zbekiston   2022-yilda  ilk  bor  qatnashishi   kutilayotganPISA xalqaro
baholash   dasturi   o‘quvchilarning   o‘qish,   matematik   va   tabiiy-ilmiy   savodxonligi
bilan   bir   qatorda,   kreativ   fikrlashini   ham   baholaydi.   Kreativ   fikrlashni
rivojlantirish   va   baholash   uchun   avvalo   bu   domenning   o‘zini   tushunish   va   uning
ilmiy asoslarini tadqiq qilish lozim.
Maktabda   tanqidiy   va   kreativ   fikrlashni   rivojlantirishning   ahamiyati   juda
katta.   Maktablar   yoshlarga   o‘z   iste’dodlarini,   shu   jumladan   ijodiy   qobiliyatlarini
kashf etish, rivojlantirish va aniqlashda yordam beruvchi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Maktablar bolalarni o‘zlari yashaydigan jamiyatning bir qismi ekanliklari va uning
rivojlanishiga   hissa   qoshadigan   ijodiy   imkoniyatlarga   ega   ekanliklarini   his
qilishlarida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Kreativ   yoshlar   passiv   ravishda
tinglamaydilar  va  o‘zlashtirmaydilar. Ular  izlanishadi, kashf  qilishadi  va muloqot
qilishadi.   Bu   yoshlarni   yanada   faol   jamiyat   a’zosi   sifatida   namoyon   bo‘lishga
yordam beradi, chegaradan tashqarida muloqot qilish imkonini beradi. 
Ijodkorlik   ta'limda   ahamiyatlidir,   chunki   u   kognitiv   murakkablikni
shakllantiradi.   Ijod chuqur bilimga ega bo‘lish va undan unumli foydalana bilishga
tayanadi.   Ijodiy   bo‘lish   ma'lum   bir   mavzu   yoki   kontekstda   mavjud   bilim   yoki
ko‘nikmalar to‘plamidan qimmatli natijalarga erishish uchun yangi imkoniyatlarni
sinab   ko‘rishni   o‘z   ichiga   oladi.   Shuning   uchun   ham   bilim   va   ko‘nikmalarni
oshiradi.   U   vaqt   o‘tishi   bilan   rivojlanadi   va   agar   ijodiy   jarayon   odamlar   kamida
bilim   va   ko‘nikmalarga   ega   bo‘lgan   nuqtadan   boshlansa,   yanada   muvaffaqiyatli
bo‘ladi.
O‘z   ichki   tabiatini   anglay   bilish,   unga   amal   qilgan   holda   harakat   qilish
o‘zlikning   namoyon   bo‘lishiga   xosdir.   Maslou   kishilar   o‘zligining   namoyon
bo‘lishi   quyidagi   xususiyatlarga   ega   degan   xulosaga   keladi:   borliqni   idrok
etishning oliy darajada ekanligi; o‘z-o‘zi, boshqalar, atrof-muhitni amalda qanday
bo‘lsa,   o‘shanday   qabul   qila   bilish;   yuksak   hozirjavoblik;   muammoni   hal   etishga
bo‘lgan   qobiliyatning   ancha   rivojlanganligi;   o‘zini   chetga   tortish,   tanholikka
moyillikning   yaqqol   namoyon   bo‘lishi;     avtonomlik   va   qandaydir   bitta madaniyatga   moyillikka   qarshilikning   yorqinligi;   idrokning   va   emosional
reaksiyalarning   sof   va   boy   ekanligi;   qayg‘urganda   jo‘shqinlikning   yuksak
cho‘qqida   ekanligi;   o‘zini   barcha   insoniyat   bilan   birgalikda   ekanligini   kuchli
tasavvur etish; shaxsiy munosabatlardagi o‘zgarishlar; xarakterning farq qiluvchan
demokratik   tuzilmasi;   ijodiy   qobiliyatning   yuksakligi;   qadriyatlar   tizimida
muayyan o‘zgarishlar; ijodkorlik (kreativlik)dir.
Real   borliqni   idrok   etishning   yuqori   darajasi   ongning   tiniqligi,   borliqni
anglash usullarining bir-biriga mosligini anglatadi. Bunday xususiyatlarni bundan-
da aniqroq tavsiflash mumkin bo‘lmasa kerak. O‘z-o‘zini, boshqalar, atrof-muhitni
amalda qanday bo‘lsa, o‘shanday qabul qila bilish qobiliyatning kuchliligi amalda
atrofni sog‘lom, hushyor, adekvat idrok etishdan iboratdir.
Hozirjavoblikning   kuchliligi   o‘z   shaxsini   namoyon   qilish,   uni   erkin
ifodalash,   nuqsonli   xislatlardan     xolilik,   kulgi   bo‘lishdan,   nazokatsizlikdan
qo‘rquv,   va   hokazolarda   ifodalandi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   bu   soddalik,
hayotga bo‘lgan ishonchdir. Diqqatni muammoni hal etishga yuksak darajada jalb
qilish   qobiliyati   qaysarlik,   sobitqadamlik,   muammoni   boshqalar   bilan   birga   va
yakka holda hal eta bilish say-harakatidir.
O‘zini   chetga   tortish,   tanholikka   moyillikning   yaqqolroq   namoyon   bo‘lishi
o‘z ustida ishlash, o‘z ruhini tarbiyalashni talab etadi.   Agar inson dindor bo‘lsa, u
Xudo   bilan   muloqotga   kirisha   olishi   lozim.   Avtonomlik   va   qandaydir   bitta
madaniyatga oi d likka bo‘lgan qarshilikning yorqinligi inson ning  barcha madaniyat
buloqlaridan bahramand bo‘lish ida  ifodalandi.
Sog‘lom   shaxs   xulq-atvorini   uning   atrofidagilarning   uning   sog‘ligi
to‘g‘risidagi   fikrlari,   qarashlari,   qo‘llab-quvvatlashlari   va   qoidalari   emas,   balki
insonning   o‘zida   mavjud   bo‘lgan   oliy   manba   bilan   bo‘ladigan   muloqot,   dialog
natijasida   hosil   bo‘ladigan   axloq   qoidasi   belgilaydi   va   boshqaradi.   Qisqasi,
sog‘lom   shaxs   psixikasini   yuzsizlarcha   uyat   madaniyati   emas,   balki   gunohni   his
eta   bilish   madaniyati   asoslaydi.   Idrokning   sofligi   va   emosional   reaksiyalarning
boyligi insonning ana shular orasidan eng yaxshilarini tanlash imkonini beradi. 1.2. Jahon   va   rus   psixologiyasi   fanida   kreativ   yondashuvni
shakllantirish muammosining o‘rganilishi hamda tadqiq etilishi
Bugungi  kunda butun dunyoda yuz  berayotgan  globallashuv  jarayonida biz
tanib,   ko‘rib,   o‘rganib   borayotgan   barcha   yangilik   va   kashfiyotlar   inson
tafakkurining mahsuli  bo‘lib, buning negizida birinchi navbatda kreativlik yotadi.
Atrofga   boqqanimizda   inson   tomonidan   yaratilgan   beqiyos   va   hayratlanarli
namunalarga   duch   kelamiz.   Bu   kashfiyotlar   bir   necha   yillar   oldin   insonlarning
orzusida   bo‘lgan.   Ularning   orasida   shundaylari   borki,   balki   ular   tasavvurga   ham
sig‘magan.   Bu   innovatsiyalar   kundalik   hayotimizga   yengillik   olib   kirmoqda.   Shu
sababli ham jamiyatimizda kreativ fikrlovchi shaxslarga bo‘lgan ehtiyoj kuchayib,
mutaxassislarni   bu   borada   izlanishga,   jamiyat   a’zolarini   yangicha   fikrlaydigan
bo‘lib   yetishishiga   yordam   beradigan   metodlarni   topishga   va   amaliyotda
qo‘llashga undamoqda.
 Mehnat bozorida kreativ fikrlovchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib borar ekan,
biz   ta’lim   jarayonida,   xatto   uning   eng   dastlabki   bosqichidan   boshlab   bu   faktorga
e’tibor qaratishimiz bugungi kunning dolzarb vazifasidir. 
Shaxsda   kreativlik   sifati   haqida   so‘z   yuritar   ekanmiz,   avvalambor,   bu
tushunchaning   tarixi,   kelib   chiqishi   va   fanning   yorqin   nomoyondalarining
qarashlariga e’tiborimizni qaratish maqsadga muvofiqdir. 
Kreativlik   shaxsning   bilimining   ko‘pqirraligi   yoki   uni   amaliyotda   qo‘llay
olishi bilan emas, balki undan foydalanib yangi bilimlarni kashf qilishida, mavjud
bilimlarini   takomillashtirishida,   o‘rnatilgan   steriotiplardan   chetga   chiqa   olishi,
nostandart va original fikrlashda namoyon bo‘ladi.
Kreativlik   psixologiya   sohasida   nisbatan   yangi   atama   hisoblanib,   unga
dastlabki   ta’rif   o‘tgan   asrning   1922-yilida   Simpson   tomonidan   berilgan.   U
kreativlikni   bilimdan   ko‘ra   qiymatliroq   deb   hisoblagan.   Kreativlik   tafakkurning
nostandart   usuli   bo‘lib,   ta’lim   va   bilim   kreativlik   energiyasini   oshiradi   deb   ta’rif
bergan.  XX   asr   boshlarida   faylasuf   Anri   Bergson   “Kreativ   evolyutsiya”   kitobini
nashr   etdi,   keyinchalik   u   Nobel   mukofotiga   sazovor   bo   ‘ldi.   Kitobning   asosiy
g‘oyasi   -   ijodkorlik   barcha   tirik   organizmlarda   mavjud   degan   tushuncha.   Bu,
aslida,   evolyutsiyani   boshqaradi.   Freydning   psixoanalizdagi   hamkasbi   Alfred
Adler   o‘zining   individual   psixologiya   maktabini   qurdi.   Bu   inson   o‘zining   ijodiy
tabiati   tufayli   o‘z   hayotini   erkin   tasarruf   etishiga   ishonchga   asoslanadi.   Va   bu
ijodiy   kuch   inson   tajribasining   barcha   jabhalariga   ta'sir   qiladi:   idrok,   xotira,
tasavvur. U har bir insonni o‘z hayotining me'moriga aylantiradi.
Psixologiyada intellekt va kreativlikni bir-biri bilan aloqasini tushuntiruvchi
3ta nazariya mavjuddir:
Intellekt   va   kreativlikni   oliy   darajadagi   qobiliyatlarning   birligi,   intellekt
kreativlikning   yuqori   bosqichi   deb   deb   hisoblovchi   birinchi   nazariya   vakillari
bo‘lmish    D.Veksler, G.Ayzenk,  L.Termen, R.Stenberg  va boshqalar  ular  nafaqat
birlikda, balki ijodkorlik intellektning xosilasi deb ta’rif bergan. Yuqori darajadagi
intellekt   yuqori   darajada   bo‘lgan   qobiliyatlarning   asosi   bo‘lib   hisoblanadi.   Gans
Ayzenk fikriga ko‘ra kreativlik qobiliyatning o‘ziga xos turi bo‘lib, u intellektning
yuqori bo‘lishi bilan belgilangan.
V.Shtern, J.Piaje, D.Veksler va bir guruh olimlar ham intellektni insonlarni
yangi turmush tarziga moslashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qaragan. Ular o‘z
tadqiqotlarini   longityud   metodidan   foydalanib   minglab   amerikalik   maktab
o‘quvchilari   kuzatish   orqali   o‘tkazishgan.   Tadqiqot   avvalida   ularning   IQ
koeffitsienti   aniqlab   olinib,   ular   to‘plagan   ballari   bo‘yicha   guruhlarga   ajratiladi.
Kuzatiluvchilar haqidagi ma’lumotlar 30, 40, 50, 60, yil oralig‘ida to‘plab boriladi.
Tadqiqot   natijalari   shuni   ko‘rsatdiki,   intellekt   koeffitsienti   yuqori   bo‘lgan
sinaluvchilar hayotda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatdilar. IQ darajasi past bo‘lgan
sinaluvchilar esa boshqalardan 30 marta kamroq muvaffaqiyatga erishdilar.
Intellekt   va   kreativlikning   bir   –biriga   bog‘liq   emasligi   haqidagi   qarashlar
boshqa   tadqiqotlarda   o‘rganildi.   Kreativlik   insonning   hayotga   moslashishi   emas,
balki   uni   o‘zgartirishidir   deb   hisoblagan   bir   guruh   olimlar   kreativlikning   asosiy
omili   sifatida   insonning   atrof-muhitga   bo‘lgan   disadaptatsiyani,   ya’ni   moslasha olmasligini   ko‘rsatishdi.   Ba’zi   olimlar   shaxsning   kreativ   xususiyatlarini   tashqi
olam va jamiyatning boshqa a’zolaridan yolg‘izlanish deya ta’rif berishgan. Aynan
real   olamga   disadaptatsiyasi   mavjud   bo‘lgan   inson   o‘zidagi   yolg‘izlikni   yengish
uchun ham yangilik yaratishni boshlar ekan.
A.Adlerning fikricha, insondagi kreativlik o‘zida mavjud bo‘lgan noto‘liqlik
kompleksini to‘ldirish vositasidir. Empirik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ijodkorlik
qobiliyatiga   ega   bolalar   shaxsiy   emotsional   sohada   jiddiy   muammolarga   duch
keladi. Tadqiqotlarda esa bunday bolalarning maktabda o‘z imkoniyatlaridan past
natijalarga erishayotgani isbotlandi.
Dj.Gilford   kreativlik   va   intellektni   qarama-qarshi   qo‘ygan   olimlardan   biri
bo‘lib, u o‘z nazariyasi ikki xil tafakkur asosida quradi: konvergent va divergent.
Konvergent tafakkur masalani yechish jarayonida mavjud barcha vositalarni
tahlil   qilish   va   ularning   orasidan   eng   maqbulini   tanlab   olishdir.   Konvergent
tafakkur intellekt asosida quriladi.
Divergent tafakkur masalani  yechishning turli variantlarini topishdan iborat
tafakkur turi hisoblanadi va u kreativlik asosida quriladi. 
Bu nazariya vakillari fikricha kretaivlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta
ishlash va ularning cheksiz modelini ishlab chiqishga yordam beradi. Intellekt esa
bu ma’lumotlarni real amaliyotda qo‘llash va atrof-muhitga moslashishga yordam
beradi. 
Uchinchi nuqtai-nazar egalari intellekt va kreativlik o‘zaro uzviy bog‘langan
ikki   xil   faktor   deb   qarashadi.   Bu   psixologiya   vakillari   Abraham   Maslau   va
boshqalar   ijodiy   qobiliyat   tushunchasini   tan   olishmagan.   Shaxsda   ijodiy   faollikni
qobiliyatga   qaraganda   ba’zi   shaxsiy   xususiyatlari:   qiziqish,   tavakkalchilik   kabilar
shakllantiradi.   Bu   jarayon   faollashishi   uchun   esa   shaxsda   yuqori   intellekt   hosil
bo‘lishi   kerak.   Ularning   fikricha,     quyi   intellektga   ega   kishida   hech   qanday
kretivlik   holati   faollashmaydi.   O‘rta   intellektga   ega   bo‘lgan   shaxslar   o‘rtacha
kreativlikka,   IQ   si   120dan   ortiq   natijani   ko‘rsatgan   kishilar   a’lo   darajadagi
kreativlikka ega bo‘lishadi.  Intellekni  go‘yoki  hech narsani  yaratmaydigan, tayyor bilimlarni  o‘rganish,
unga faqat qaytarish xosdir  deb hisoblagan har bir  fikr  egalariga e’tiroz tug‘iladi.
Psixologlarning   fikricha,   insoniyatning   rivojlanishi   bu   intellektning   rivojlanishi
negizida   paydo   bo‘lgan   deb   aytib   o‘tilgan.   Intellektni   kreativlikdan   yiroq
tushuncha sifatida qarash insoniyatga xos bo‘lgan yaratuvchanlik, originallik kabi
sifatlarni   kreativlikka   tenglab   qo‘ymoqda.   Bu   g‘oyalar   kreativ   bo‘lmagan
shaxslarni boshqa tirik mavjudotlar singari ongli ma’lumotlarni qayta ishlash hukm
va xulosa chiqarish kabi funksiyalarsiz qilib ko‘rsatib qo‘yishi mumkin.
Stenberg   va   Gardnerlarning   fikricha   bir   necha   qobiliyat   shaxsni   omadli
bo‘lishiga olib kelishi mumkindir: 
1. Ijodiylik mezonlaridan biri bu nostandartlikdir.
2. Ikkinchi mezon anglanganlikdir. [45, 485-503]
Stenberg   va   uning   kasbdoshlari   kreativlikning   5ta   komponentini   ishlab
chiqishdi:
1. Shaxsdagi   bilimning   ko‘pqirraligi.   Qo‘lga   kiritgan   bilimlarimiz
g‘oyalarimizning   ko‘p   bo‘lishining   asosi   hisoblanadi.   Hayotdagi   bilimlarimiz
qanchalik   ko‘p   bo‘lsa,   uni   hal   qilish   uchun   ishlatishimiz   mumkin   bo‘lgan
variantlar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
2. Tasavvuriy   tafakkur   narsa   va   hodisalarni   yangidan   ko‘rishga,   ularni
qayta   yaratishga   va   bog‘lashga   imkon   beradi.   Muammoning   asosiy   elementini
tasavvur qilamiz va uni o‘zlashtirib yangi bosqichga olib o‘tamiz.
3. Tavakkalchilik bu yangi taassurotlarni qidirish demakdir. Buni ikki xil
ma’noda ko‘rishimiz mumkin. 
a. Tavakkal
b. Muammoni yechishdagi qat’iylik.
Bunday   xuxusiyatga   ega   bo‘lgan   shaxslar   muammo   bilan   yuzlashganda
ortga qaytishdan ko‘ra yangi tajribalarga ega bo‘lishni afzal ko‘radilar.
4. Shaxsning   ichki   motivatsiyasi   majburlikdan   ko‘ra   murakkab
masalalarni   yechishda   unga   qiziqish   va   bajarayotgan   vazifasidan   qoniqish   xissini
beradi. Ijodkor shaxsga masalaning bajarilish muddati va undan keluvchi daromad mutlaqo qiziq emas. U talabgor haqida o‘ylamaydi. Uning butun e’tibori masalani
yechishdagi   qoniqish   xissi   va   stimulga   qaratiladi.   Isaak   Nyutondan   siz   murakkab
masalar   yechimini   qanday   topgansiz   deb   so‘ralganda   ,   u   shunday   javob   bergan,
“Men bu muammo haqida tun-u kun o‘ylab yurganman” 
5. Shaxsdagi ijodiy g‘oyalarning tug‘ilishida ijodiy muhitning ham o‘rni
beqiyosdir. Hamkasblar bilan ijobiy munosabat va va ularning ko‘magi shaxsdagi
g‘oyalarning   kamol   topishiga   turtki   bo‘ladi.   Ba’zi   tadqiqotlarda   esa   ijtimoiy
muhitning   shaxsga   salbiy   ta’siri   ham   kuzatilgan.   Masalan,   amerikalik   talabalarga
insho   yozish   topshirig‘i   berilgan   va   ularning   inshosini   kursdoshlari   tekshiri
oldindan ogohlantirilgan. Boshqa guruhga esa shunchaki insho yozish buyurilgan.
Natijalar   esa   ogohlantirilgan   guruhning   insholari   nisbatan   yomon   yozilganligini
ko‘rsatgan.   Ushbu   holat   ijtimoiy   muhitning   ijodkorlikka   salbiy   ta’sirini   yaqqol
ko‘rsatib beradi.
Kreativlik   mavzusida   butun   umri   davomida   izlanishlar   olib   borgan   va
erishgan   muvaffaqiyatlari   sababli   ham   psixologiyada   “zamonaviy   kreativlikning
otasi”   deb   nom   olgan   amerikalik   olim   Ellis   Paul   Torrensdir.   U   1915-yilning   8-
oktabr   sanasida   Amerika   Qo‘shma   Shtatlarining   Jorjiya   shtatida   tug‘iladi.   Kasbi
psixolog bo‘lgan bu olim pedagogik psixologiya va kreativ psixologiya sohalarida
izlanishlar   olib   boradi.   U   yaratgan   kreativlikni   o‘lchash   testlari   ommalashdi.
Psixologiya   sohasiga   qo‘shgan   asosiy   hissasi   uning   kreativlik   borasidagi
“Kelajakdagi muammolarni hal qilish ” xalqaro dasturi, “ Inkubatsiya modeli” va
“Torrens ijodiy fikrlash testlari” nomli kitoblaridir. Torrens o‘z karierasini o‘qitish
va   ijodkorlikni   tatbiq   etishga   bag‘ishladi.   Uning   bu   sohaga   qiziqishi   1937-yilda
ko‘plab   shogirdlari   hayotda   va   ishda   muvffaqiyat   qozonishini   kuzatish   natijasida
paydo bo‘ldi. AQSH harbiy kuchlari tarkibida ishlagan vaqtida omon qolish uchun
kreativlik   ta’rifini   ishlab   chiqdi,   unda   jasorat   va   tavakkal   qilish   ijodkorlik   uchun
muhimligini   ta’kidladi.   Keyinchalik   u   kretivlikni   “Bo‘shliqlar   yoki   bezovta
qiluvchi, yetishmayotgan elementlarni sezish jarayoni, ular bo‘yicha gipotezalarni
shakllantirish,   bu   farazlarni   tekshirish   va   natijalarni   yetkazish,   ehtimoliy
gipotezalarni o‘zgartirish va qayta sinovdan o‘tkazishdir” deb ta’riflaydi. [50] Torrens   o‘z   hamkasblari   bilan  birgalikda  1966-yilda  nashr   etilgan   mashhur
“The Torrence Tests of Creative Thinking” ni ya’ni Torrensning kreativ fikrlashni
tekshiruvchi   testlarini   ixtiro   qildi.   [46]   U   o‘z   sinovlarini   yaratishda   Guilford
tushunchalaridan   foydalangan,   ammo,   Guilforddan   farqli   o‘laroq,   u   ham   og‘zaki
ham figurali faoliyatni qidirdi va “Torrence Tests of Creative Thinking”ning turli
subtestlarini uchta toifaga guruhladi:
1. Og‘zaki stimullardan foydalanilgan og‘zaki vazifalar.
2. Og‘zaki   bo‘lmagan   stimullardan   foydalangan   holdagi   og‘zaki
vazifalar.
3. Og‘zaki bo‘lmagan vazifalar. [34, 19]
U   ijodkorlikni   miqdoriy   baholash   uchun   benchmark   usulini   ishlab   chiqdi.
Dastlab u Guilfordning 4 xil fikrlash omilidan foydalangan:
1. Ravonlik.   Rag‘batlantirishga javoban talqin qilinadigan mazmunli va
tegishli g‘oyalarning umumiy soni.
2. Moslashuvchanlik. Turli toifalar soni yoki javoblardagi siljishlar. 
3. Originallik.   G‘ayrioddiy,   ammo   tegishli   bo‘lgan   g‘oyalar   soni   va
javoblarning statistik nodirligi. 
4. Ishlab   chiqish.   Javobni   kengaytirish   uchun   ishlatiladigan   tafsilotlar
miqdori. [27, 110-118]
Keyinchalik   Torrens   figurali   testlarning   reytingini   oshirishga   qaror   qildi.
“Torrens   Tests   of   Creative   Thinking”   kitobining   uchinchi   nashrida
moslashuvchanlik   shkalasini   figurali   testdan   chiqarib   tashladi,   ammo   figurali
mezonlarga   asoslangan   yangi   ball   sifatida   sarlavhaning   muddatidan   oldin
yopilishiga  qarshilik  va  mavhumlik  qo‘shildi.  Ushbu   tizimdan   foydalangan   holda
figurali  testlar  beshta  me’yorga asoslangan  ball  va 13 mezonga asoslangan  ballar
bo‘yicha   baholanadi.   Shunday   qilib   Torrensning   kreativ   fikrlashni   baholovchi
testlari   figural   forma   beshta   kichik   o‘lchamni   o‘lchaydi:   ravonlik,   o‘ziga   xoslik,
ishlab chiqish, sarlavhaning mavhumligi va erta yopilishga qarshilik. 
Mezonlarda   havola   qilingan   o‘lchovlar   hissiy   ekspressivlik,   hikoyaning
ifodaliligi,   harakat   yoki   harakatlar,   sarlavhaning   ifodaliligi,   to‘liq   bo‘lmagan raqamlarning   sintezi,   chiziqlar   bo‘lsa   sintez,   doira   mavjud   bo‘lganda   g‘ayrioddiy
visualizatsiya,   chegaralarni   kengaytirish   yoki   buzish,   hazil,   tasvir   boyligi,   rang-
baranglik va fantaziyani o‘lchash uchun xizmat qiladi. 
2002-yilda   Gof   va   Torrens   tomonidan   yaratilgan   Torrens   kreativ   fikrlash
testining eng so‘nggi versiyasi 4ta normaga asoslangan qobiliyatlarni o‘lchadi:
1. Ravonlik.   Faoliyat   bilan   bog‘liq   ko‘plab   g‘oyalarni   ishlab   chiqish
qobiliyati.
2. O‘ziga   xoslik.   Umuman   ishlab   chiqarilmaydigan   g‘oyalarni   ishlab
chiqish qobiliyati.
3. Faoliyatga oid fikrlarni ishlab chiqish, bezash qobiliyati.
4. Moslashuvchanlik,   o‘xshash   stimulni   turli   yo‘llar   bilan   izohlash
qobiliyati. [34, 19]
Torrens  va uning hamkorlari Minnesota  shtatida Minnesota  kreativ fikrlash
testlarini   o‘tkazdi.   Shuningdek,   1958-1964-yillarda   Minnepolisdagi   ikkita
boshlang‘ich   maktabda   o‘qigan   215   nafar   o‘quvchida   o‘tkazilgan   ijodkorlik
bo‘yicha 40 yillik tadqiqotni yakunladilar. [52]  U bundan tashqari Torrens kreativ
fikrlash   testlari   hali   ham   ijodkorlikning   mohiyatini   o‘lchashga   qodir   emasligini,
o‘lchangan yuqori qobiliyatlar darajasi insonni o‘zini ijodiy tutish imkoniyatlarini
oshirishini biladi. 
Torrens   “Kelajakdagi   muammolarni   hal   qilish”   dasturini   yaratdi   va
o‘qitishning   inkubatsion   modelini   ishlab   chiqdi.   U   hozirgi   kunda   kengaygan   va
xalqaro   miqyosda   250   mingdan   ortiq   talabalarni   qamrab   olgan.   Ushbu   dastur
tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlaini rag‘batlantiradi, real dunyoni idrok etishni
kengaytiradi,   talabalarda   kelajakka   qarashni   rivojlantirishga   undaydi,
muammolarni   hal   qilish   o‘quv   dasturiga   integratsiya   qiladi,   haqiqiy   baholashni
taklif qiladi va talabalarni yetakchi rollarga tayyorlaydi. 
Torrens inson ijodkorligi sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Butunjahon
Aql Olimpiadasining Artur Lipper mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning jami 1871ta
nashri   bo‘lib,   88   ta   kitob,   256   ta   kitob   yoki   kooperativ   jildlari,   408   ta   jurnal
maqolalari va 538 ta hisobot, 64 ta so‘zboshi, qo‘llanma, test va o‘quv materiallari bo‘lib,   ular   32   dan   ortiq   tilga   tarjima   qilingan.   Torrens   doimo   bolalarning
imkoniyatlarini   kengaytirishga,   ularning   ijodiy   salohiyatini   ochishga   qiziqqan.
Lekin   birinchi   navbatda   bu   salohiyatni   o‘lchash   kerak   deb   hisoblagan.Torrens
ta’rifiga   ko‘ra   ijodiy   energiya   ajoyib   muvaffaqiyatlar   va   o‘z-o‘zini   amalga
oshirishning eng kuchli manbalaridan biri, go‘yoki orzularimizga, kelajak haqidagi
tasavvurlarimizga   oshiq   bo‘lish   kabi.   Ijodkorlik-   barcha   xulq-atvor   sohalarida
inson   mukammalligining   o‘ziga   xos   xususiyati.   Ajoyib   ijodiy   yutuq   boshqacha
bo‘lishni,   ma’lum   chegaralarni   sinab   ko‘rishni,   qiyin   ishlarni   bajarishga   harakat
qilishni,   xatolarga   yo‘l   qo‘yish   va   qiyinchiliklarga   javob   bera   olishni   o‘z   ichiga
oladi.   Kreativlik-   bu   ma’lumotdagi   muammolarni   yoki   bo‘shliqlarni   sezish,
so‘ngra sinov, xato yoki gipotezalarni shakllantirish orqali qiyinchiliklarni aniqlash
va   yechimlarini   topish   jarayonidir.   G‘oya   tug‘ilishi   bilanoq   biz   ozchilik   insonlar
sirasiga   kirib   qolamiz   va   g‘oyaning   jamiyatda   tatbiq   etilishi   uchun   jasorat   eng
kuchli rolga ega bo‘ladi.
Sternberg   va   Gardnerlar   ijodiy   fikrlash   jarayonini   bevosita   intellekt   bilan
bog‘laydi   va   intellektni   uch   turga:   amaliy,   analitik   va   ijodiy   intellektga   ajratdi.
Sternberg   tomonidan   taklif   qilingan   amaliy   intellekt   tajribalarga   asoslangan
bilimlarni kundalik hayotda qo‘llash demakdir. [45, 485-503] Bu turdagi intellekt
sinovida   yaxshi   natijaga   erishgan   shaxsning   ijodiy   va   analitik   intellektdan
ko‘rsatgan   natijalari   mutanosib   bo‘lmasligi   ham   mumkin.   Masalan,   2007-yil
Virjinia shtatidagi  ta’lim  muassasasida  sodir bo‘lgan otishmalardagi  talabalarning
harakatlarini   tahlil   qilamiz.   Bir   talaba   gazlangan   ichimlik   olib   kelish   uchun
xonasini tark etadi. Bu talaba darsga qaytishni  rejalashtirgan edi, lekin ichimlikni
olib xonasiga qaytganida, xona eshigining ichkaridan zanjirlanganini ko‘radi. Xona
eshigi   nega   zanjirlangan   ekanligini   o‘ylash   o‘rniga   u   derazadan   oshib   kirdi   va
o‘zini   qurolli   odamga   tutib   berdi.   Boshqa   tomondan,   bir   juft   talaba   oliygoh
kampusida   ketayotganida   o‘q   ovozini   eshitadi.   Ulardan     biri   buni   tekshirib
ko‘rishga undaydi. Ammo, ikkinchi talaba o‘q ovozidan qochish kerakligini aytadi
va ular shunday qilishadi. Natijada o‘zlarining jonini saqlab qolishadi. Derazadan
oshib   o‘tgan   talaba   kreativ   intellektini   namoyon   qildi,   ammo,   aql-idrokini ishlatmadi.   Uni   amaliy   intellekti   pastroq   edi.   Do‘stini   o‘q   ovozidan   qochishga
undagan talabaning amaliy intellekti ancha yuqori ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Analitik  aql   tahlil   qilish,   baholash,   hukm   qilish,   taqqoslash   qobiliyati   bilan
namoyon   bo‘ladi.   Masalan,   adabiyot   darsi   uchun   klassik   romanni   o‘qiyotganda,
kitobning asosiy qahramonlarining motivlarini solishtirish yoki hikoyaning tarixiy
mazmunini   tahlil   qilish   kerak.   Murakkab   matematik   muammoni   yechimini
topishda biz muammoning turli tomonlarini kashf qilish uchun analitik intellektdan
foydalanamiz va uni bo‘lim bo‘yicha hal qilamiz.
Kreativ   intellekt   muammo   yoki   vaziyatning   yechimini   ixtiro   qilish   yoki
tassavvur bilan ajralib turadi.Bu sohadagi ijodkorlik kutilmagan muammoga yangi
yechim  topish,chiroyli   badiiy asar  yoki   yaxshi   hikoya yaratishni   o‘z ichiga  olishi
mumkin.   Tasavvur   qilaylik,   do‘stlarimiz   bilan   o‘rmon   ichida   lager   quryapmiz   va
to‘satdan   kofe   haqida   o‘ylamaganimiz   yodimizga   tushdi.   Kim   birinchi   bo‘lib
muvaffaqiyatli   qahva   qaynatish   yo‘lini   topsa,   u   odam   ijodiy   intellektga   ega
hisoblanadi.
  Ijodkorlik   jarayonini   tushunish   va   odamlar   ijodiy   bo‘lish   ko‘nikmalarini
qanday   o‘rganishlari   chalkashlikka   sabab   bo‘ladi.   Bu   ijod   maxsus   mahorat   talab
qiladi.   “Lateral   Thinking”   dasturi   odamlarga   o‘z   bilimlari   va   tajribasidan
foydalangan holda ijodkorlik va g‘oyalarni ishlab chiqish mahoratini o‘rgatadi.
Dr.   Edvard   de   Bono   ko‘pchilik   tomonidan   ijod   sohasidagi   yetakchi   jahon
olimi   sifatida   qabul   qilinadi.   U   Oksford   ingliz   lug‘atida   mavjud   bo‘lgan   "Lateral
Thinking" iborasining ixtirochisi. Uning lateral fikrlash vositalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri
miyaning   o‘zini   o‘zi   tashkil   etuvchi   axborot   tizimi   sifatida   qanday   ishlashiga
asoslanadi. U butun dunyo bo‘ylab yirik korporatsiyalar bilan sohada o‘ttiz yildan
ortiq ishlagan. 
Lateral fikrlashni tavsiflash yoki aniqlashning bir qancha usullari mavjud.
"Bir   xil   teshikni   chuqurroq   qazish   bilan   boshqa   joyda   teshik   qazib
bo‘lmaydi."
"Yon tafakkur bir xil tushunchalar va in'ikoslar bilan ko‘proq harakat qilish
o‘rniga tushunchalar va in'ikoslarni o‘zgartirish uchundir." “O‘z-o‘zini   tashkil   etuvchi   axborot   tizimlarida   assimetrik   naqshlar
shakllanadi”.  Yanal fikrlash - bu bir naqshdan ikkinchisiga o‘tish usuli. Edvard de
Bono   “jiddiy   ijodkorlik”   nomli   yangi   atamani   “Jiddiy   ijod”   kitobida   rasmiy
ijodkorlik   texnikasi   bilan   shunchaki   chalkashlik   o‘rtasidagi   farqni   aniqlash   va
g‘oyaning amalga oshishiga umid qilish uchun kiritadi. [20] Tomas Edison elektr
ixtirolari   bilan   shug‘ullanganidek,   Edvard   de   Bono   ijodkorlik   sohasidagi   eng
buyuklardan   biridir.   U   ta’lim   tizimlaridan   biznesni   boshqarishgacha   bo‘lgan
mashhur ijodkorlik roliga ega. Uning tizimli yondashuvi "ijodkorlik"ni ko‘pchilik
ishonadigan   amaliy   ko‘nikmalar   emas,   balki   fikrlash   funktsiyasi   sifatida
aniqlashga yordam berdi. Edvard de Bono ijodkorlik tug‘ma fazilat emas, balki u
faqat   amaliyotda   rivojlanganligini   aniqladi.   U   o‘zining   ijodiy   usullaridan
Psixologiya   va   Neyrologiya   fanlaridan   foydalanadi,   ammo   uning   usullaridan   har
qanday kontekstda har kim foydalanishi juda oson.
Ijodkorlik   narsalarga   boshqacha   qarash   uchun   o‘rnatilgan   naqshlarni
buzishni   o‘z   ichiga   oladi.   Muayyan   tajribalar   ketma-ketligi   bilan   o‘rnatilgan
vaqtinchalik   tuzilmalardan   xalos   bo‘lish   uchun   bizga   ijodkorlik   kerak.   Ijodkorlik
ajoyib motivatordir, chunki u odamlarni qilayotgan ishlariga qiziqtiradi. Ijodkorlik
foydali   g‘oya   bo‘lishi   mumkinligiga   umid   beradi.   Ijodkorlik   har   bir   kishiga
qandaydir   yutuqlarga   erishish   imkoniyatini   beradi.   Ijodkorlik   hayotni   yanada
qiziqarli   qiladi.   Ijodiy   fikrlash   iste’dod   emas,   balki   o‘rganish   mumkin   bo‘lgan
mahoratdir. Bu odamlarga tabiiy qobiliyatlariga kuch qo‘shish orqali kuch beradi,
bu   esa   jamoaviy   ish,   mahsuldorlikni   va   tegishli   foydani   yaxshilaydi.   Har   doim
to‘g‘ri bo‘lish zarurati yangi g‘oyalar uchun eng katta to‘siqdir.
Muammoni hal qilish. Ba‘zida vaziyat faqat muammo hisoblanadi, chunki u
ma‘lum   bir   tarzda   ko‘rib   chiqiladi.   Boshqa   tomondan   qaralsa,   to‘g‘ri   harakat
yo‘nalishi   shunchalik   ravshanki,   muammo   endi   mavjud   emas.   Murakkablik   bilan
shug‘ullanish   -   bu   samarasiz   va   keraksiz   vaqt,   e’tibor   va   aqliy   energiyani
yo‘qotish.   Oddiy   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   narsalarning   murakkabligini   hech
qachon oqlab bo‘lmaydi.  Oltita   fikrlaydigan   qalpoq   yondashuvi   maltalik   shifokor,   psixolog   va
faylasuf  Edvard de Bono tomonidan yaratilgan. U buni davlat idoralariga maslahat
berishda   ishlatgan,  lekin u  kundalik muammolarni  hal   qilish  uchun amaliy  vosita
bo‘lishini ham xohlagan. U birinchi marta uning 1985 yildagi xuddi shu nomdagi
kitobida paydo bo‘lgan, keyinchalik u bir necha bor qayta ko‘rib chiqilgan. 2021-
yilda vafot  etgan De Bono, shuningdek, muammolarni  bilvosita, ko‘pincha ijodiy
va   hayratlanarli   usullar   bilan   hal   qilish   usuli   bo‘lgan   "lateral   fikrlash"   ixtirochisi
edi.  Xuddi shunday, oltita fikrlash shlyapasi turli xil fikrlash turlarini tushunish va
o‘rganish usulidir.[21]
Qaror qabul qilish uchun oltita fikrlash qalpoqlari
“Oltita   fikrlash   shlyapasi”   texnikasi   muammoga   olti   xil   usulda   qarashga
imkon   beradi.   Bu   sizni   va   jamoangizni   har   qanday   instinktiv   pozitsiyalardan
tashqariga olib chiqadi, shunda siz turli istiqbollarni o‘rganasiz. Shunday qilib, siz
o‘z ishingiz bilan bahslashmasdan yoki "to‘g‘ri" yoki "noto‘g‘ri" haqida tez qaror
qabul   qilmasdan,   har   birini   diqqat   bilan   ko‘rib   chiqishingiz   mumkin.   Oltita
shlyapaning   barchasini   sinab   ko‘rganingizdan   so‘ng,   keyingi   qadamlaringizni   hal
qilishda   sizga   yordam   beradigan   boy   tushunchalar   to‘plamiga   ega   bo‘lishingiz
kerak.
Oltita fikrlash qalpoqlarining har biri nimani ifodalaydi:
Moviy shapka: "dirijyorning shlyapasi"
Ko‘k   shapka   rejimida   bo‘lganingizda,   siz   o‘z   fikringizni   nazorat   qilish   va
qaror  qabul  qilish jarayonini  boshqarishga  e'tibor  qaratasiz. Sizda kun tartibi  bor,
xulosalar so‘rang va xulosalar chiqaring.
Yashil shapka: "Ijodiy shlyapa"
Yashil shlyapa ijodiy fikrlashni ifodalaydi. Ushbu shlyapani "kiyganingizda"
siz bir qator g‘oyalar va oldinga siljish yo‘llarini o‘rganasiz.
Qizil shapka: "Yurak uchun shapka"
Bu   shlyapa   hissiyotlar   va   instinktlarni   ifodalaydi.   Ushbu   turdagi   fikrlash
bilan   shug‘ullanganingizda,   his-tuyg‘ularingizni   mantiqiy   asoslamasdan   ifoda
etishingiz mumkin. Sariq qalpoq: "Optimist shlyapa"
Sariq   shlyapa   bilan   fikrlash   bilan   siz   muammolarga   eng   ijobiy   nuqtai
nazardan   qaraysiz.   Siz   g‘oyalaringizdan   kelib   chiqadigan   foyda   va   qo‘shimcha
qiymatni ta’kidlaysiz.
Qora shapka: "Sudyaning shlyapasi"
Ushbu   shlyapa   ehtiyotkor   bo‘lish   va   xavflarni   baholashdir.   Siz   tanqidiy
mulohaza yuritasiz va nima uchun tashvishlanayotganingizni tushuntirasiz.
Qora   shlyapa   eng   kuchli   shlyapalardan   biridir,   lekin   u   ko‘pincha   haddan
tashqari   ishlatiladi.   Siz   va   jamoangiz   har   qanday   tanqidiy   yoki   ogohlantiruvchi
izohlarni   asoslab   bera   olishiga   ishonch   hosil   qiling,   shunda   fikrlash   tarzi   qaror
qabul qilishda ustunlik qilmasin.
Oq shlyapa: "faktik shapka"
Oq shlyapa ma’lumot yig‘ishni anglatadi. Siz allaqachon to‘plagan bilim va
tushunchalar   haqida   o‘ylab   ko‘ring,   shuningdek,   etishmayotgan   ma’lumotlar   va
ularni olish uchun qayerga borishingiz mumkin. 
Shuni   yodda   tutish   kerakki,   jamoaning   ba’zi   a’zolari   fikrlashning   ba’zi
turlarini   qiyin   deb   topishlari   mumkin   -   ehtimol   neyrodivergensiya   tufayli   -   va
ularga   ishonch   yoki   yordam   kerak.  Biroq,   ular   maxsus   shlyapa   kiyganlarida   ham
ustun   bo‘lishlari   mumkin!   Shunday   ekan,   ushbu   texnikadan   barchaning   kuchli
tomonlarini  o‘ynash  imkoniyati  sifatida  foydalanish   qulaydir.  De  Bononing   oltita
fikrlash   shlyapasi   qaror   qabul   qilishga   turli   nuqtai   nazardan   qarashning   kuchli
usulidir.
  Intellekt   va   kreativlikni   oliy   darajadagi   qobiliyatlarning   birligi,   intellekt
kreativlikning   yuqori   bosqichi   deb   deb   hisoblovchi   birinchi   nazariya   vakillari
bo‘lmish   D.Veksler,   G.Ayzenk,   L.Termen,   R.Stenberg   va   boshqalar   ular   nafaqat
birlikda, balki ijodkorlik intellektning xosilasi deb ta’rif  bergan. Yuqori darajadagi
intellekt   yuqori   darajada   bo‘lgan   qobiliyatlarning   asosi   bo‘lib   hisoblanadi.   Gans
Ayzenk fikriga ko‘ra kreativlik qobiliyatning o‘ziga xos turi bo‘lib, u intellektning
yuqori bo‘lishi bilan belgilangan. V.Shtern, J.Piaje, D.Veksler va bir guruh olimlar ham intellektni insonlarni
yangi turmush tarziga moslashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qaragan. Ular o‘z
tadqiqotlarini   longityud   metodidan   foydalanib   minglab   amerikalik   maktab
o‘quvchilari   kuzatish   orqali   o‘tkazishgan.   Tadqiqot   avvalida   ularning   IQ
koeffitsienti   aniqlab   olinib,   ular   to‘plagan   ballari   bo‘yicha   guruhlarga   ajratiladi.
Kuzatiluvchilar haqidagi ma’lumotlar 30, 40, 50, 60, yil oralig‘ida to‘plab boriladi.
Tadqiqot   natijalari   shuni   ko‘rsatdiki,   intellekt   koeffitsienti   yuqori   bo‘lgan
sinaluvchilar   hayotda   yuqori   ko‘rsatkichlarni   ko‘rsatadilar.   IQ   darajasi   past
bo‘lgan   sinaluvchilar   esa   boshqalardan   30   marta   kamroq   muvaffaqiyatga
erishdilar.
Intellekt   va   kreativlikning   bir   –biriga   bog‘liq   emasligi   haqidagi   qarashlar
boshqa   tadqiqotlarda   o‘rganildi.   Kreativlik   insonning   hayotga   moslashishi   emas,
balki   uni   o‘zgartirishidir   deb   hisoblagan   bir   guruh   olimlar   kreativlikning   asosiy
omili   sifatida   insonning   atrof-muhitga   bo‘lgan   disadaptatsiyani,   ya’ni   moslasha
olmasligini   ko‘rsatishdi.   Ba’zi   olimlar   shaxsning   kreativ   xususiyatlarini   tashqi
olam   va   jamiyatning   boshqa   a’zolaridan   yolg‘izlanish   deya   ta’rif     berishgan.
Aynan   real   olamga   disadaptatsiyasi   mavjud   bo‘lgan   inson   o‘zidagi   yolg‘izlikni
yengish uchun ham yangilik yaratishni boshlar ekan. 
Sovet   makonida   ijodkorlik   tushunchasi   L.S.Vygotskiy   [55]   va
S.L.Rubinshteyn   kabi   psixologiya   ustalari   tomonidan   o‘rganilgan.   Ular   kundalik
hayotda   ijodkorlik   mavjud   bo‘lishning   zaruriy   sharti   ekanligini   ta‘kidladilar.
Chunki   avtomatik   rejimdan   biroz   tashqariga   chiqadigan   hamma   narsa   allaqachon
ijodkorlikning namoyonidir. Ya’ni, yangi va o‘ziga xos narsalarni  yaratishga olib
keladigan har qanday faoliyat ijodkorlikdir. Hatto nonushta qilish ham .
Rossiyada bu sohada yanataniqli olimlar A.M.Matyushkin, A.V.Petrovskiy,
M.G.Yarashevskiy, V.N.Drujinin kabi olimlar izlanish olib borgan. L.S.Vigotskiy
va S.L.Rubenshtayn kabi psixologiya ustalari kundalik hayotda ijodkorlik mavjud
bo‘lishning zaruriy sharti ekanligini ta’kidladilar. Chunki avtomatik rejimdan biroz
tashqariga   chiqadigan   hamma   narsa   allaqachon   ijodkorlikning   namoyon
bo‘lishidir.   Ya’ni,   yangi   har   qanday   o‘ziga   xos   narsalarni   yaratishga   qaratilgan faoliyat   bu   kreativlik   aynan   o‘zidir.   Vigotskiy   ijodkorlik   muammosini   ko‘rib
chiqqan boshqa rus mualliflaridan farqli ravishda shaxsning tasavvuri, faoliyati va
ijodiy   salohiyatiga   ko‘proq   e’tibor   qaratadi.   Ijodkorlikdagi   madaniyatlara’ro
farqlar,   pedagogik   faoliyat   o‘rtasidagi   farqlar,   fiksatsiyaning   ijodkorlikka   ta’siri,
ijodkorlik kontekstida divergent fikrlash va boshqalar xalqaro mualliflar e’tiborini
tortadi. Tadqiqotlar kreativlikni 4 tomondan muhokama qiladi:
1. Kreativlikning   asosi   va   uning   tuzilishi   haqida   fikr   yuritish.   Nazariy
jihatdan ta’minlovchi resusrlarni birlashtiradi.
2. Kreativlikning   asosi   va   uning   tuzilishi   haqida   fikr   yuritish.
Ijodkorlikning madaniy kontekstini ko‘rib chiqadi.
3. O‘qituvchilarning kreativligi muhokama qilinadi.
4. Bolalik   davri   kreativlikning   o‘ziga   xos   empirik   tadqiqotlarini   aks
ettiradi. [24]
Bu   tadqiqotlar   ham   nazariy   ham   empirikdir.   Izlanishlar   natijasi
o‘rganishning   dolzarbligini   tasdiqlaydi.   Chunki,   aynan   bolalikda   shaxsning
rivojlanishi   va   shakllanishi   boshlanadi,   shuning   uchun   muloqotda   boshqa
jihatlardan ko‘ra kreativlikning o‘ziga xosligini hisobga olish muhimdir.
V.A.Slastyonin, L.S.Podimova, N.Mgnatgolar kreativlik mexanizmini ikkita
turga bo‘lishni taklif qildilar:
1. Potensial
2. Dolzarb
Mualliflarning   fikricha   potensial   kreativlik   kreativlik   faoliyatidir,
individning   potensial   joylashuvi   ma’lum   tashqi   sharoitlarda   dolzarb   kreativlikni
egallashning   asos   tayyorgarligini   tashkil   etadi.   Potensial   kreativlik-   ijodning
subektiv   zarur   sharoitidir.     Kreativlik   taqlid   qilish,   nusxa   ko‘chirishdan   ijodiy
nusxa ko‘chirish, taqlidiy ijod va haqiqiy ijodkorlikka tomon rivojlanib boradi. 1.3 Kreativ yondashuvning mamlakatimiz psixologiyasidagi talqini
Mustaqil fikrlashning yuqori shakli bo‘lib hisoblangan kreativlik muammosi
chet   el   psixologiyasida   chuqur   o‘rganilgan,   bu   asosan   qobiliyatlarning   kreativ
talqini   sifatida   namoyon   etilgan.   Bu   ta’rifdan   “ijodiy”   deb   foydalanilmaganligiga
sabab   ijodiylik-   bu   intellektual   faollikninh   yuksak   bosqichi   degan   tasavvur
uyg‘onmasligidir.   Psixologiyada   kreativlik   muammosi   1950-yillardan   beri   izchil
ravishda   o‘rganilmoqda.   Ammo   ilmiy   adabiyotlarda   “kreativlik”   atamasi   shartli
ravishda   aqliy   ijodkorlik   deb   atalgan.   Aqliy   ijodkorlik   haqida   mulohaza
yuritilganda fikrlashning nostandartligi, uning mustaqilligi va “kreativligi” nazarda
tutiladi. 
Kreativlikning   ajratilishiga   aqlning   an’anaviy   testlari   va   muammoni
yechishning   muvaffaqiyati   o‘rtasida   bog‘lanish   yo‘qligi   haqidagi   ma’lumot   turtki
bo‘lgan.   Bu   sifat   mohiyatan   aql   orqali   berilgan   ma’lumotlarni,   qo‘yilgan
vazifalarni hal qilishda tezkor usul va har xil yo‘sinlardan foydalanish qobiliyatiga
bog‘liqligini   ifodalaydi.   Hozirgi   davrda   to‘plangan   ijodiylik   atamasiga   taalluqli
ta’riflar   mazmuni,   mohiyati   va   tuzilmasini   baholash   qiyin.   Tadqiqotchilarning
ta’kidlashicha,   “ijodiylikning   nimaligini   tushunishning   o‘zi   ijodiy   harakatni   talab
qiladi.   So‘nggi   yillardagi   tadqiqotlar   mualliflaridan   biri   ijodiylikni   qandaydir
ahamiyatli   va   yangi   narsaga   erishish   deb,   ya’ni   “boshqacha   aytganda,   bu
insonlarning dunyoni o‘zgartirish uchun qilgan harakatlari” sifatida ta‘riflaydilar.
Shaxsda   kreativlik   sifatlarini   rivojlantirish   tushunchasini   ma’noni   tushunib
olish talab etiladi.   Ijodkorlik qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi  va o‘z navbatida ichki
sezimni   rivojlantiradi.   Ijodkorlik   qobiliyati,   ichki   sezim   va   umumiy   intellekt
kesishganda ijod mahsuli yaratiladi. [43]
Bu borada mutafakkir Abu Ali ibn Sino qarashlarida ham kreativlikni talqin
etish   mumkin.   Uning   qarashlarida   o‘qituvchi   o‘z   o‘quvchilarining   mayl,   intilish,
faolligi, qobiliyati, iste’dodi va layoqatini aniqlamasdan turib uni ijodiy fikrlashga
yo‘naltira olmaydi degan.  Jaloliddin Davoniy “Axloqi Jaloliy” nomli asarida insoniy fazilatlarda aqliy
qobiliyat   va   aqliy   iste’dodni   tarbiyalash   uchun   zukko,   zehnli,   fahm-farosatli,
ijodkor   bo‘lishi   va   bilimlarni   tez   eslab   qolishi,   ularni   anglab   yetishi   lozimligi
ta’kidlangan.
Mutafakkir   Zahiriddin   Muhammad   Bobur   qarashlarida   ham   kreativlikni
ko‘rishimiz mumkin. U inson shaxsini taraqqiy ettirishning asosiy yo‘llaridan biri
deb   muammoli   vaziyatni,   ijodkorlikni   tushunadi   va   o‘z   faoliyatida   unumli
foydalanadi.
R.A.Mavlanova   kreativlikning   ijodkorlik   bilan   bevosita   bog‘liq   ekanligini
ta‘kidlagan   holda   ijod   –fikrlashning   original   usulining   sinonimi,   ya’ni   odatdagi,
qabul qilingan chegaralarni buzish qobiliyatidir degan fikrni bildiradi. Ijodiy aql –
bu   aktiv,   sinchkov,   boshqalar   muammolarni   ko‘rmagan   joylarda   ularni   topa
oladigan   aqldir.   Ijodkor   shaxs   o‘zgarib   turadigan   vaziyatda   o‘zini   suvda   yurgan
baliqday his qiladi, boshqalarga xafv bordek tuyulgan joyda u hechkimga bog‘liq
bo‘lmagan holda mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega. [37]
Kreativlik-  bu insonni  hayotga  moslashishi  emas,  balki  uni  o‘zgartirishidir.
Kreativlikning asosiy omili bu insonning desadaptatsiyasi, ya’ni uni atrof olam va
ijtimoiy   muhitga   moslasha   olmasligida   deb   qaralgan   nazariyalar   ham   mavjud.
Ba’zi   olimlar   shaxsning   kreativlik   xususiyatini   tashqi   olam   va   insonlardan
yolg‘izlanish   deya   ta’rif   berishgan.   Aynan   real   olamga   desadaptatsiyasi   bo‘lgan   ,
moslasha olmagan inson o‘zidagi yolg‘izlikni yengish uchun ijod qilish va yangilik
yaratishni boshlar ekan. [25]
Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning
cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Intellekt esa o‘sha ma’lumotni real
amaliyotda qo‘llashga va atrof-muhitga moslashishga javob beradi. Oliy darajadagi
ijodiy qobiliyat inson va ijodkor uchun hayotning oliy mazmuni hisoblanadi. Agar
biz   buni   ko‘ra   bilmasak,   atrofimizda   yorqin   bo‘lmagan,   ahamiyatga   molik
bo‘lmagan   kishilar   to‘plangan   bo‘lsa,   demak   bunday   jamiyat   yomon   tashkil
etilgan, u insonning o‘z ligi ni namoyon etishiga imkon bermaydigan jamiyatdir.                            Bob yuzasidan xulosalar
Kreativlik atamasi psixologiya sohasida nisbatan yangi tushuncha bo‘lishiga
qaramasdan   ko‘plab   psixologlar,   pedagogika   sohasi   vakillari,   fiziologlar   va
nevrologlarning e’tiborini tortdi.  XX asrning boshidan to hozirgi kungacha qariyb
bir   asr   davomida   ko‘plab   izlanishlar   olib   borildi.   Globallashuv   jarayoni
o‘rganilishini talab qilgan bu sohada olib borilgan ishlarning asosiy qismi Amerika
olimlari   xissasiga   to‘g‘ri   kelsada,   bu   butun   dunyoga   yoyilib   olimlarning   katta
doirasini   qamrab   oldi.   Kreativlik   borasidagi   eng   nodir   ishlar   Guilford,   Gardener,
Edvard de Bono, Torrens, Rubenshteyn kabi olimlar tomonidan yaratildi va hozirgi
kungacha   o‘z   ahamiyatini   yo‘qotmadi.   Tadqiqotlarga   minglab   talabalar   va
o‘quvchi yoshlar jalb qilinib, bu tadqiqotlarda longityud, test, anketa metodlaridan
foydalanildi. 
Mamlakatimiz psixologiya sohasida ham kreativlik borasida izlanishlar olib
borildi. E.G‘oziyev, R.Mavlonova, N.Rahmonqulovalar o‘z ishlarini yoritib bergan
o‘quv   qo‘llanmalari,   maqolalar   va   kitoblar   har   bir   foydalanuvchi   uchun   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Kreativlik   hozirgi   yosh   kadrlarda   namoyon   bo‘lishi   lozim
bo‘lgan jihat, zamon talabidir. 
Darhaqiqat, ta lim sohasidagi mutaxassislar va psixologlarning fikriga ko ra,ʼ ʻ
ijodiy   faoliyat   bilan   bog liq   fikrlash   jarayonlarida   mashg ul   bo lish   deb	
ʻ ʻ ʻ
tushunilgan   kreativ   fikrlash   bir   qator   boshqa   shaxsiy   ko nikmalarning   ham	
ʻ
rivojlanishiga   olib   keladi.Shular   jumlasiga   metakognitiv   qobiliyat,   insonlar   bilan
muomala   qilish   va   shaxsning   o zini   yaxshiroq   anglash   ko nikmalari,   muammoni	
ʻ ʻ
hal   etish   ko nikmalari   kiradi.   Shu   bilan   birga,   shaxs   kamoloti,   ta lim   olishdagi	
ʻ ʼ
muvaffaqiyati, kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obro si	
ʻ
ham insonning kreativ fikrlash ko nikmasiga bog liq.	
ʻ ʻ II-BOB.   O‘SMIRLARDA   KREATIV   YONDASHUVNI
SHAKLLANTIRISH MUAMMOSINING (EMPIRIK) O‘RGANILISHI
2.1.   Tadqiqot   bosqichlari,   metodologik   asoslari   va   metodikalarning
psixologik tavsifi.
O‘smirlarda   kreativ   yondashuvni   shakllantirish   haqida   so‘z   yuritganda,   bu
davrning   yoshga   doir   alohida   xususiyatlarini   ham   hisobga   olish   muhim
hisoblanadi. Ilk o‘smirlik davri 11-13 yoshni, katta o‘smirlik yoshi 14-15 yoshlarni
o‘z ichiga oladi. Bu davrda ham tana ham psixik taraqqiyot shiddat bilan kechadi.
Psixik   taraqqiyotning   o‘ziga   xosligi   shundaki,   u   muttasil   rivojlansada   ko‘plab
qarama-qarshiliklarni   o‘z   ichiga   oladi.   Ayniqsa   bu   davrda   bolada   diqqat,   xotira,
tafakkur jarayonlari rivojlanadi. O‘smirlar mustaqil fikrlashga intila boradi. Buning
sababi   uni   o‘z   o‘y-fikrlari   dunyosida   mushohada   qilishi,   dunyo   sirlarini   bilishga,
nazariy   bilimlarini   ko‘paytirishga   intilishidir.   Shuning   uchun   unga   berilgan
mustaqillik   va   to‘g‘ri   tashkil   qilingan   o‘qish   muhiti   uning   ijodiy   tafakkurini
rivojlantirishi mumkin. 
Rangli mavhum rasmga tikilganda, raqsga tushganda, kino tomosha qilganda
yoki   kitob   o‘qiganda   inson   ongi   statistik   ko‘rsatkichlar   yoki   sovuq,   murakkab
hisob-kitoblarga   sayohat   qilmaydi.   San’at   asarining   estetikasi   o‘ziga   jalb   qiladi.
Biroq,   bastakorlar,   yozuvchilar,   rejissyorlar   yoki   rassomlarning   original   va   yangi
asarlarini yaratish uchun qanday fikrlashlari qiziqish uyg‘otadi. 
Ikkinchi Jahon urushi paytida psixolog J.P.Guilford uchuvchilarni tayyorlash
dasturiga kirish uchun ma’lum shaxslarni tanlab olgan va testlarni ishlab chiqqan.
Turli   xil   vazifalar   uchun   turli   xil   fikrlash   turlarini   ajratib   olishga   bo‘lgan
qiziqishlari   urushdan   keyin   ham   davom   etdi.   U   insonning   aql-zakovati   va
iste’dodini tushunishga intildi. Bu uni IQ testlarini o‘rganishga undadi va tez orada
bunday testlar  ijodkorlikni o‘lchamaydi  degan qarorga keldi. 20-asrning aksariyat
qismida   psixologlar   IQ   va   ijodkorlik   bir-biri   bilan   bog‘liq,   yuqori   IQ   yuqori
ijodkorlikni va aksincha, past IQ past ijodkorlikni anglatadi deb hisoblashgan. Guilford   buning   aksini   isbotladi.   U   o‘zining   “Intellektning   tuzilishi”   deb
nomlangan   psixologik   modelida   kreativ   fikrlash   qobiliyatlarini   boshqalardan
ajratish uchun omil - analitik texnikadan foydalangan. Ushbu modelning bir qismi
sifatida Guilford fikrlashning ikkita aniq shaklini aniqladi: divergent va konvergent
fikrlash. [27, 110-118]
Divergent   fikrlash-   bu   kreativ   fikrlar   yoki   ochiq   savollarga   noyob,   ko‘p
javob   olish   bilan   bog‘liq.   Konvergent   fikrlash   odatda   IQ   testlari   bilan   bog‘liq
bo‘lgan har bir savol uchun “bitta to‘g‘ri javob”   topishni anglatadi. Guilfordning
ishi  boshqalarni  kreativ fikrlashni  aniqlash va o‘lchash sohasiga  olib keldi. 1960-
yildan to bugungi kungacha ijodkorlikni o‘lchash testlari ko‘paydi. 
Guilford   ishlariga   asoslanib   Ellis   Pol   Torrens   tomonidan   1966-yilda   nashr
qilingan Torrens kreativ fikrlash testlari esa haqiqiy nodir namuna bo‘ldi va jahon
miqyosida   yarim   asrdan   oshiq   davr   mobaynida   foydalanib   kelindi.   [46]   Garchi
E.P.Torrens   kreativlik   testlarida   Guilford   tushunchalaridan   foydalangan   bo‘lsada,
Gulforddan     farqli   o‘laroq,   og‘zaki   va   og‘zaki   bo‘lmagan   jihatlarni   o‘z   ichiga
olgan   va   ko‘rishdan   tashqari   his   tuyg‘ularga   tayangan   holda   bir   nechta   omillar
uchun   baholanishi   mumkin   bo‘lgan   vazifalarni   ishlab   chiqdi.   Ushbu   testlar
Guilford  va   uning  sheriklari   tomonidan   ishlab   chiqilgan   faktor   tipidagi   testlardan
ancha keskin farq qiladi. 
  Torrans   "Kelajakdagi   muammolarni   hal   qilish"   dasturini   yaratdi   va
o‘qitishning   inkubatsion   modelini   ishlab   chiqdi,   u   hozir   kengaygan   va   xalqaro
miqyosda   250   000   dan   ortiq   talabalarni   qamrab   olgan.   [51,55-62]   Ushbu   dastur
tanqidiy   va   ijodiy   fikrlash   qobiliyatlarini   rag‘batlantiradi,   real   dunyoni   idrok
etishni   kengaytiradi,   talabalarni   kelajakka   qarashni   rivojlantirishga   undaydi,
muammolarni   hal   qilishni   o‘quv   dasturiga   integratsiya   qiladi,   haqiqiy   baholashni
taklif qiladi va talabalarni etakchi rollarga tayyorlaydi.
1958-yilda   AQSHning   Minnesota   shtatida   uzoq   yilga   mo‘ljallangan
tadqiqotlarini   boshladi.   Bu   tadqiqot   22   yillik,[49]   40   yillik   [51]   va   50   yillik   [53,
136-140]   kuzatishlarni   o‘z   ichiga   oladi.   [41]     Torrens   kreativlik   testi   dastlab turlicha   fikrlash   va   boshqa   muammolarni   hal   qilish   ko‘nikmalarining   oddiy
testlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular to‘rtta shkala bo‘yicha baholangan:
 Ravonlik.  Rag‘batga javoban talqin qilinadigan, mazmunli va tegishli
g‘oyalarning umumiy soni.
 Moslashuvchanlik. Tegishli javoblarning turli toifalari soni.
 Originallik. Javoblarning statistik nodirligi.
 Ishlab chiqish. Javoblarning tafsilotlari miqdori.
1984-yilda   Torrens   kreativ   fikrlash   testlarining   uchinchi   nashrida
moslashuvchanlik   shkalasini   chiqarib   tashladi,   ammo   erta   yopilishga   qarshilikni
qo‘shdi.   Yangi   ball   qo‘yish   tartibini   tuzdi   va   unga   “streamlined   scoring”   yani
“zamonaviylashtirilgan   hisoblash”   deb   nom   berdi.   U   mavjud   beshta   baholash
o‘lchovlariga   13ta   mezonga   asoslangan   o‘lchovlarni   qo‘shdi.   Jumladan:   hissiy
ekspressivlik,   hikoyani   ifodalash,   harakat   yoki   harakatlar,   sarlavhalarning
ifodaliligi,   to‘liq   bo‘lmagan   figuralarning   sintezi,   chiziqlar   sintezi,   doiralar,
g‘ayrioddiy visualizatsiya, chegaralarni kengaytirish yoki buzish, hazil, tasvirning
boyligi, tasvirning rang-barangligi va fantaziya.[34, 19]
Torrens Minnesota kreativ fikrlash testlarining turli subtestlarini uch toifaga
guruhladi.
1. Og‘zaki stimullardan foydalangan holda og‘zaki vazifalar.
2. Og‘zaki bo‘lmagan stimullardan foydalangan holda og‘zaki vazifalar.
3. Og‘zaki bo‘lmagan vazifalar.
Og‘zaki   stimullardan   foydalangan   holda   og‘zaki   vazifalar.   Masalan
imkoniyatsizlik vazifasi. Ushbu topshiriqda subektlardan imkoni boricha imkonsiz
narsalarni   sanab   o‘tishlari   so‘raladi.   Yoki   oqibat   vazifasi.   Oqibat   vazifasi   ham
dastlab   Guilford   va   uning   sheriklari   tomonidan   1951-yilda   qo‘llanilgan.   Torrens
uni   moslashtirishda   bir   nechta   o‘zgartirishlar   kiritdi.   U  uchta   mumkin  bo‘lmagan
vaziyatni tanladi va bolalar ularning oqibatlarini sanab o‘tishlari kerak edi. Subekt
mumkin bo‘lmagan vaziyatga duch keladi va yangi yoki noma’lum o‘zgaruvchini
kiritish   natijasida   yuzaga   kelishi   mumkin   bo‘lgan   vaziyatlarni   bashorat   qilishni
so‘raydi.  Vaziyatlar   vazifasi.   Nima   qilish   kerakligini   ko‘rish   qoobiliyatini   baholash
uchun   ishlab   chiqilgan.   Mavzuga   oid   3ta   umumiy   muammo   beriladi   va   bu
muammolarni   iloji   boricha   ko‘proq   hal   qilish   yo‘llarini   o‘ylab   ko‘rish   so‘raladi.
Masalan,   agar   barcha   maktablar   tugatilsa,   bilimli   bo‘lish   uchun   nima   qilgan
bo‘lardingiz. 
Hayoliy   hikoyalar   vazifasi.   Ushbu   topshiriqda   bolaga   u   o‘ylaydigan   eng
qiziqarli   va   eng   hayajonli   hikoyani   yozish   buyuriladi.   Mavzular   taklif   qilinadi
(masalan, hurmaydigan it), yoki bola o‘z g‘oyalarini ishlatishi mumkin. 
Sigirning   sakrashi   bilan   bog‘liq   muammolar.   Bir   xil   sharoitlarda   bir   xil
guruhlarga   kiritilgan   va   shunga   o‘xshash   protseduralar   bo‘yicha   ball   berilgan.
Vazifa:   sigir   oydan   sakrab   o‘tganda   sodir   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   barcha
narsalarni o‘ylash.
Og‘zaki bo‘lmagan stimullardan foydalangan holda og‘zaki vazifalar.
So‘rash   va   taxmin   qilish.   Shaxsdan     birinchi     navbatda     rasm     haqida
savollar   berishni   talab   qiladi.   Bu   savollarga   faqat   rasmga   qarab   javob   berib
bo‘lmaydi.     Keyinchalik   ular   tasvirlangan   hodisaning   mumkin   bo‘lgan   sabablari,
songra,   ularning   bevosita   va   uzoq   oqibatlari   haqida   taxmin   qilishlari   yoki
gipotezalarini shakllantirishlari so‘raladi. 
Mahsulotlarni   takomillashtirish   vazifasi.   Bu   vazifani   bajarishda   umumiy
o‘yinchoqlardan     foydalaniladi   va   bolalardan   o‘yinchoqlardan   “o‘ynashni   yanada
qiziqarliroq”   qilish   uchun imkon qadar ko‘proq takomillashtirish haqida o‘ylash
so‘raladi. Keyin subektlardan ushbu o‘yinchoqlardan “o‘ynash uchun nimadir”dan
boshqa foydalanish haqida o‘ylashlari so‘raladi.
Noodatiy   foydalanish   vazifasi.   Ushbu   vazifa   mahsulotni   takomillashtirish
vazifasi bilan bir qatorda boshqa vazifa (noodatiy foydalanish) qo‘llanadi. Bolaga
berilgan o‘yinchoqni o‘yinchoq sifatida emas, balki eng qiziqarli, eng aqlli va eng
g‘ayrioddiy qo‘llanishi haqida o‘ylash so‘raladi.
Og‘zaki bo‘lmagan vazifalar.
Tugallanmagan   raqamlar   vazifasi.   Bu   Kate   Frank   tomonidan   ishlab
chiqilgan   va   Barron   tomonidan   1958-yilda   qo‘llanilgan   “chizishni   yakunlash testi”ning     moslashuvidir.     Oddiy   oq   qog‘oz   o‘n   kvadratga   bo‘linadi,   har   birida
turli   xil   raqam   mavjud.   O‘nta   raqamga   iloji   boricha   ko‘proq   chiziqlar   qo‘shish
orqali ba’zi yangi obektlar va dizaynlarni chizish so‘raladi.
Doira   va   kvadrat   vazifasi.   U   dastlab   g‘oyaviy   ravonlik   va
moslashuvchanlikning   og‘zaki   bo‘lmagan   testi   sifatida   ishlab   chiqilgan,
keyinchalik, o‘ziga xoslik va ishlab chiqishni ta’kidlaydigan tarzda o‘zgartirilgan.
Sinovda     ikkita     bosma     shakl   qo‘llaniladi.   Bitta   shaklda   mavzu   qirq   ikkita
doiradan iborat sahifaga duch keladi va asosiy qismi doiralar bo‘lgan obektlar yoki
rasmlarning   eskizini   chizishni   so‘raydi.   Muqobil   shaklda   doiralar   o‘rniga
kvadratlar ishlatiladi.
Oltita   fikrlaydigan   qalpoq   yondashuvi   maltalik   shifokor,   psixolog   va
faylasuf     Edvard   de   Bono   tomonidan   yaratilgan.   U     buni   davlat   idoralariga
maslahat   berishda   ishlatgan,   lekin   u   kundalik   muammolarni   hal   qilish   uchun
amaliy vosita bo‘lishini ham xohlagan. U birinchi marta uning 1985-yildagi xuddi
shu   nomdagi   kitobida   paydo   bo‘lgan,   keyinchalik   u   bir   necha   bor   qayta   ko‘rib
chiqilgan. 
2021-yilda   vafot   etgan   De   Bono,   shuningdek,   muammolarni   bilvosita,
ko‘pincha   ijodiy   va   hayratlanarli   usullar   bilan   hal   qilish   usuli   bo‘lgan   "lateral
fikrlash"   ixtirochisi   edi.   Xuddi   shunday,   oltita   fikrlash   shlyapasi   turli   xil   fikrlash
turlarini tushunish va o‘rganish usulidir.
Qaror qabul qilish uchun oltita fikrlash qalpoqlari
“Oltita   fikrlash   shlyapasi”   texnikasi   muammoga   olti   xil   usulda   qarashga
imkon   beradi.   Bu   sizni   va   jamoangizni   har   qanday   instinktiv   pozitsiyalardan
tashqariga olib chiqadi, shunda siz turli istiqbollarni o‘rganasiz. Shunday qilib, siz
o‘z ishingiz bilan bahslashmasdan yoki "to‘g‘ri" yoki "noto‘g‘ri" haqida tez qaror
qabul qilmasdan, har birini diqqat bilan ko‘rib chiqishingiz mumkin.
Oltita   shapkaning   barchasini   sinab   ko‘rganingizdan   so‘ng,   keyingi
qadamlaringizni hal qilishda sizga yordam beradigan boy tushunchalar to‘plamiga
ega bo‘lishingiz kerak.
Oltita fikrlash qalpoqlarining har biri nimani ifodalaydi: Moviy qalpoq: "dirijyorning qalpog‘i"
Siz   yoki   sizning   jamoangiz   ko‘k   qalpoq   rejimida   bo‘lganingizda,   siz   o‘z
fikringizni   nazorat   qilish   va   qaror   qabul   qilish   jarayonini   boshqarishga   e’tibor
qaratasiz. Sizda kun tartibi bor, xulosalar so‘rang va xulosalar chiqaring.
Yashil qalpoq: "Ijodiy qalpoq”
Yashil qalpoq   ijodiy fikrlashni ifodalaydi. Ushbu qalpoqni "kiyganingizda"
siz bir qator g‘oyalar va oldinga siljish yo‘llarini o‘rganasiz.
Qizil qalpoq: "Yurak uchun qalpoq"
Bu   qalpoq   hissiyotlar   va   instinktlarni   ifodalaydi.   Ushbu   turdagi   fikrlash
bilan   shug‘ullanganingizda,   his-tuyg‘ularingizni   mantiqiy   asoslamasdan   ifoda
etishingiz mumkin.
Sariq qalpoq: "Optimist qalpoq"
Sariq   qalpoq   bilan   fikrlash   bilan   siz   muammolarga   eng   ijobiy   nuqtai
nazardan   qaraysiz.   Siz   g‘oyalaringizdan   kelib   chiqadigan   foyda   va   qo‘shimcha
qiymatni ta‘kidlaysiz.
Qora qalpoq: "Sudyaning qalpog‘i"
Ushbu   qalpoq   ehtiyotkor   bo‘lish   va   xavflarni   baholashdir.   Siz   tanqidiy
mulohaza   yuritasiz   va   nima   uchun   tashvishlanayotganingizni   tushuntiradi.   Qora
qalpoq   eng   kuchli   qalpoqlardan   biridir,   lekin   u   ko‘pincha   haddan   tashqari
ishlatiladi.   Siz   va   jamoangiz   har   qanday   tanqidiy   yoki   ogohlantiruvchi   izohlarni
asoslab bera olishiga ishonch hosil qiling, shunda fikrlash tarzi qaror qabul qilishda
ustunlik qilmasin.
Oq qalpoq: "faktik qalpoq” 
Oq qalpoq ma‘lumot  yig‘ishni  anglatadi. Siz allaqachon to‘plagan bilim  va
tushunchalar   haqida   o‘ylab   ko‘ring,   shuningdek,   yetishmayotgan   ma’lumotlar
haqida va ularni olish uchun qayerga borish mumkin.
Divergent   fikrlashni   o‘z   ichiga   olgan   testlardan   tashqari   ijodkorlikning
o‘lchovi   sifatida   bir   qancha   boshqa   kognitiv   testlar   ham   qo‘llanilgan.   Masalan,
Sternberg va Davidson tomonidan ishlab chiqilgan insayt testlari, Dougan, Schif va
Velsh   tomonidan   ishlab   chiqilgan   so‘z   va   obekt   kombinatsiyasi   testlari,   Barron tomonidan   1988-yilda   yaratilgan   metafora   yaratish   testlaridir.   Eng   ko‘p
qo‘llaniladigan testlardan biri Mednikning Remote associates testi (RAT) bo‘lgan.
Mednikning   fikriga   ko‘ra,   ijodkorlik   turli   xil   bilim   elementlari   o‘rtasida
assotsatsiyalarni   ko‘rish   va   yangi   kombinatsiyalarni   shakllantirish   qobiliyatidan
kelib   chiqadi.   RATning   har   bir   elementi   bir-biri   bilan   bilvosita   bog‘liq   bo‘lgan
uchta   ogohlantiruvchi   so‘zdan   iborat.   Sinaluvchi   asl   uchta   so‘zning   har   biriga
tegishli   bo‘lgan   to‘rtinchi   so‘zni   taqdim   etishi   kerak.   Misol   uchun,   “ko‘k,
“kalamush”   va   “dacha”   beriladi.   Javob   “pishloq”   bo‘ladi.   RATning   bir   necha
elementlari   tanqid   qilingan   va   ijodkorlikning   kognitiv   testini   qurilishidagi
kamchiliklarni ko‘rsatadi. RAT tanqid qilindi, chunki:
1. U   ko‘pincha   u   ijodiy   yutuqlari   va   mahsulot   reytinglari   bilan   zaif
korrelyatsiyani ko‘rsatadi. ( yomon konvergent haqiqiylik)
2.   U og‘zaki qobiliyat va akademik intellektni katta darajada o‘lchaydi.
(yomon diskriminant asosliligi)
3. U   ijodkorlikka   tegishli   kognitiv   qobiliyatlar   doirasini   hisobga   olgan
holda cheklangan qobiliyatni o‘lchaydi. (kontentning asosliligi past)
4. Mednikning   nazariyasini   to‘g‘ri   ishlatmaydi.   (konstruksiyaning
asosligi   yomon).   Misol   uchun,   har   bir   elementning   javobi   uzoqdan   bog‘langan
emas, balki uchta so‘z bilan birgalikda umumiy bog‘lanishdir. 
Umuman   olganda   kreativlikning   kognitiv   testlari   tanqidlarga   uchragan.
Chunki   ular   ijodkorlikni   aql   bilan   chambarchas   bog‘liq   bo‘lgan   va   kreativlikning
ahamiyatsiz bo‘lgan faqat bir tomonini o‘lchaydilar. Torrens testlari, xususan, ular
bilimdan   xoli   bo‘lgani,   ravonlik,   moslashuvchanlik   va   ishlab   chiqishdan
foydalangan   holda   ijodkorlikning   ma’nosini   buzganligi   va   ko‘plab   namunalar
uchun bir xil o‘ziga xoslik- javob me’yorlarini noto‘g‘ri ishlatganligi uchun tanqid
qilinadi.
  Kreativ   fikrlash   testlarining   birinchi   avlodi   domenning   umumiyligi,   ya niʼ
har   qanday   sohadagi   ijodkorlikning   umumiy   xususiyatlari   mavjudligi   haqidagi
g‘oyaga   asoslangani   kabi   tadqiqotchilar   ijodkorlikni   baholaydigan   sinovlarda
shaxsning   natijalari   umumiylashtirilishi   mumkinligini,   bir   sohadagi   kreativlik ikkinchi sohaga ham o tkazilishi mumkinligini taxmin qilganlar. Ushbu tadqiqotlarʻ
yo   ijodkorlik   uchun   zarur   bo lgan   qobiliyat   va   ko nikmalar   domenga   bog‘liq	
ʻ ʻ
bo lib,   domendan   domenga   ajralib   turishini   ta kidlamoqda,   yoki   ikki	
ʻ ʼ
yondashuvning qisman jamlagan ijodkorlik modellarini taqdim etmoqda. “Domen”
deganda   “san at,   adabiyot,   tarix   yoki   astronomiya   kabi   limning   har   qanday	
ʼ
muayyan   sohasi”   yoki   “muayyan   ilm   sohasi   asosida   yotadigan   va   uni   qo‘llab-
quvvatlaydigan reprezentatsiyalar turkumi”  tushuniladi.
 Tadqiqotchilar tomonidan kreativ yondashuvning quyidagi domenlari sanab
o‘tilgan:   kundalik,   ta‘limga   oid,   harakatga   oid,   ilm-fanga   oid   va   san atga   oid	
ʼ
sohalar.     Ijodiy   faoliyat   “san atkorlik”   va   “ilmiy”   sohalariga   ajratilgan.   Ijodiy	
ʼ
faoliyat uch umumiy sohaga bo linishi mumkin: verbal, san atkorlik va muammoni
ʻ ʼ
hal qilish. 
Kreativlik   sohalarini   o rgangan   amaliy   tadqiqotlarning   batafsil   tahliliga
ʻ
ko‘ra, matematika ilmiy sohasi doimo boshqa ijodkorlik sohalardan yaqqol ajralib
turadi.   Har   qanday   shaxsning   ijodiy   faolligi   uchun   to rt   zaruriy   qismi   sanab	
ʻ
o‘tiladi: 
 sohaga bog‘liq qobiliyatlar;
 kreativlikka bog‘liq jarayonlar; 
 vazifa borasidagi ishtiyoq (motivatsiya);
 mos, qulay sharoit. [57]
Kreativlikning   umumiy   konsepsiyasi   tushunchasiga   asoslangan   tadqiqot
Guilfordning g‘ayrioddiy foydalanish testi, Torrens ijodiy fikrlash testlari (TTCT)
va   ijodiy   fikrlash   uchun   test-chizmachilik   ishlab   chiqarish   (TCT-DP)   kabi
standartlashtirilgan teslardan foydalangan holda divergent fikrlash, TTCT, ayniqsa
maktab   yoshidagi   bolalar   uchun   eng   ko‘p   qo‘llaniladigan   divergent   fikrlash
testidir. [22]
Umuman   olganda   amerikaliklar   osiyoliklarga   qaraganda   yuqori   darajadagi
kreativlik bilan chiqishlari aniqlandi. Masalan, TCT-DP dan foydalangan holda o‘n
bir   mamlakat   bolalari   bilan   olib   borilgan   tadqiqotda   Angliya,   Germaniya   va
Amerika   Qo‘shma   Shtatlaridagi   bolalar   Hindiston,   Indoneziya   va   Xitoydan   ko‘ra yuqori   ball   to‘plashdi.   Ba’zi   tadqiqotlarda   modernizatsiya   darajasi   kam
modernizatsiyalashgan   jamiyatlarda   yashovchi   g‘arbliklar   va   sharqliklar
o‘rtasidagi   farqlarni   hisobga   olish   uchun   yaratilgan   bo‘lsada,   Yaponiya   va
Gonkongda   ko‘proq   modernizatsiya   qilingan   jamiyatlarda   yashovchi   sharqiy
osiyoliklarga nisbatan qo‘llanilganda buzilgan ko‘rinadi. (Tayvan va Singapur)
Biroq   natijalari   g‘arbliklarni   emas,   balki   osiyoliklarni,   ayniqsa   yapon   va
xitoylarni   afzal   ko‘rgan   tadqiqotlar   ham   bor   edi.   Ushbu   tadqiqotlar   TTCTning
figurali shakli yoki matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilimlarni qo‘llashda talab
qiladigan   boshqa   turli   xil   fikrlash   testlaridan   foydalanilgan.   Bir   izoh   shundan
iboratki,   turlicha   fikrlash   testlarining   figurali   shakli   Sharqiy   osiyolik   bolalarning
osiyo va xitoy tilining grafik belgilariga ta’sir qilishi tufayli ularga yordam beradi,
bu   esa   Sharqiy   Osiyo   bolalarining   umumiy   fazoviy   qobiliyatlarini   oshirishi
mumkin.   Boshqa   tomondan,   Osiyo   ta’lim   tizimi   matematika   va   tabiiy   fanlar
bo‘yicha   sohaga   oid   bilimlarga   urg‘u   beradi,   bu   esa   osiyoliklarning   ma’lum
sohalarda,   masalan,   Xitoyda   matematika   va   tabiiy   fanlar   sohasida   kreativroq
bo‘lishga olib keladi. 
Ijodkorlikning dastlabki sinovlari asosan turlicha fikrlash testlari bo‘lib, ular
ko‘p   yillar   davomida   juda   kam   raqobatga   ega   edi.   Ularning   kattaligi,   ehtimol,
testlarning   bu   qadar   keng   qo‘llanishining   sabablaridan   biri,   ammo   ular   boshqa
afzalliklarga   ham   ega   edi.   Ular   bir   IQ   testiga   qulay   parallellikni   ta’minladi.
Testlarni   yosh   bolalarga   ham   o‘tkazish   oson   va   ular   divergent   fikrlash   g‘oyasini
tushunishi oson va kuchli intuitiv jozibaga ega. 
Kreativ fikrlashning tarkibiy qismlaridan biri sifatida konsepsiyalashtirilgan
divergen  fikrlash ijodiy tadqiqotchilar  orasida  muhim  tushuncha  bo‘lib qolmoqda
va   eng   keng   tarqalgan   kreativlikka   o‘rgatish   faoliyatining   (brainstorming   kabi)
asosi   bo‘lib   qolmoqda,   garchi   brainstorming   Guilfordning   divergent   ishlab
chiqarishni   kashf   etishidan   bir   necha   yil   oldin   bo‘lgan   bo‘lsa   ham.   Divergent
fikrlashni   umumiy   yoki   domenga   xos   deb   hisoblash   mumkin,   ammo   uning
umumiy   domen   mahorati   sifatida   tushunchasi   ancha   keng   tarqalgan.   Kreativlik
sohaga   xos   bo‘lgan   darajada,   divergent   fikrlashning   umumiy   domen   nazariyalari haqiqiy bo‘lishi mumkin emas va ular domenga xos versiyalar bilan almashtirilishi
kerak.
Domenga   xos   divergent   fikrlash   ochiq   so‘rovga   bir   qator   mumkin   bo‘lgan
javoblarni   ishlab   chiqarishda   umumiy   divergent   fikrlash   bilan   bir   xilda   ishlaydi.
Farqi   shundaki,   bitta   sohada   kreativlikni   targ‘ib   qiluvchi   divergent   fikrlash
ko‘nikmalari   boshqa   sohalarda   ijodkorlikka   olib   keladigan   divergent   fikrlash
ko‘nikmalaridan farq qiladi. Masalan, ko‘plab turli mavzularda fikr yurita olish va
kasrlarga   bo‘linishini   tushuntirishning   noodatiy   usullari   matematikani   o‘qitishda
ijodkorlikka   olib   kelishi   mumkin,   lekin   haykaltaroshlik,   musiqa   bastalash   yoki
tarixni o‘qitish kabi boshqa sohalarda unchalik ahamiyatga ega emas. 
Musiqiy,   matematik,   badiiy,   sport   va   og‘zaki   qobiliyatlarning   alohida
testlarida   ballardan   foydalanib   bu   qobiliyatlar   o‘rtasida   qanday   o‘zaro   bog‘liqlik
borligini   aniqlash   mumkin   bo‘lganidek,   turli   sohalarda   ijodkorlikni   baholash
usullari mavjud.
Divergent   fikrlash   testlari   ko‘p   yillar   davomida   kreativlikning   eng   keng
tarqalgan   o‘lchovi   bo‘lib   kelgan.   1984-yilda   nashr   qilingan   barcha   ijodiy
tadqiqotlarni   ko‘rib   chiqishda   qo‘llaniladigan   turli   xil   fikrlashning   yagona   sinovi
emas, balki eng ko‘p qo‘llaniladigan Torrens testlari talabalar ishtirokidagi barcha
ijodiy   tadqiqotlarning   to‘rtdan   uch   qismini   va   kichikroq   tadqiqotning   40   foizini
tashkil   etadi.   Torrens   va   boshqa   xilma-xil   fikrlash   testlari   Guilfordga   asoslangan
va   Guilford   atamasi   ham   ishlatilgan.   Guilford   divergent   va   konvergent   fikrlashni
aniq   ajratadi:   konvergent   fikrlash   testlarida   imtixon   oluvchi   bitta   to‘g‘ri   javobga
kelishi   kerak.   Berilgan   ma’lumotlar,   odatda,   bitta   javob   berilishini   talab   qiladi.
Og‘zaki   materiallarga   quyidagini   misol   qilishimiz   mumkin:   “Qattiqning   teskarisi
nima?”.   Divergent fikrlash testlarida ko‘pincha bir nechta javoblar kerak bo‘ladi.
Agar   imtixon   oluvchidan   o‘ylashi   mumkin   bo‘lgan   qattiq,   yeb   bo‘ladigan   va   oq
bo‘lgan barcha narsalarni nomlashni so‘rasangiz u ko‘p fikrlarini aytishi mumkin.
Aynan divergent fikrlash toifasida biz ijodiy fikrlash va ixtirochilikda eng muhim
bo‘lgan qobiliyatlarni topamiz.  Shaxsning   kreativligi   haqida   olib   borilgan   tadqiqotlar   ularning   har   bir
sohada   qay   darajada   bo‘lsada   kreativ   yondashuvdan   foydalanishini   isbotladi.   .
“Kreativ”   termini   har   bir   harakatni   yangicha   usul   bilan   yaratishni   ifodalaydi:
kundalik turmushdagi va ishdagi muammolarni yechish, ilmiy yoki boshqa turdagi
tadqiqotlar   bilan   band   bo‘lish,   yozish,   chizish,   musiqiy   rivojlanish   va   boshqalar.
Biz   ish   jarayoniga   kreativ  yondashishda   o‘z  uslubimizga   egamiz   va   u  haqida   har
bir   shaxs   aniq   bilishni   istaydi.Kreativ   ish   jarayoniga   kirishishda   har   bir   shaxsda
uning   xarakter   xususiyati   va   dunyoqarashiga   ko‘ra   o‘z   uslublari   mavjud.
Kreativish   jarayonining   samaradorligini   oshirishda   qulay   shart-   sharoitlarni
yaratish   muhim   hisoblanadi.   Kreativ   yondashuv   uslubini   aniqlash   testi   West
Chester   universiteti   Dr.   V.K.Kumar   va   Dr.   E.R.Holman   tomonidan   ishlab
chiqilgan bo‘lib u 8ta shkala bo‘yicha taqsimlangan 78ta punktni o‘z ichiga oladi.
Shkalalar turli xil maqsadlarga asoslangan:
 ongsiz jarayonlarga ishonish;
 texnikalardan foydalanish;
 boshqa shaxslardan foydalanish;
 maqsadning yo‘nalganligi;
 atrof-muhit nazorati/ o‘z-o‘zini hissiy boshqarish;
 irim va xurofotlarga ishonish;
 sezgilardan foydalanish.
Bu   shkalalar   savollari   shaxsning   kreativ   yondashuv   jarayoniga   kirishish
paytida unga zarur bo‘lgan element va sharoitni aniqlash imkonini beradi. 2.2. O‘smirlar   kreativ   yondashuvni   shakllantirish   muammosining
empirik   o‘rganish   tahlili,   shakllanganlik   holati   va   xarakterli   xususiyatlari
tavsifi. 
Psixolog  Kyung  Xi  Kim Jorjiya universitetida, Afinada Torrens ijodkorlik
va   iste’dodlarni   rivojlantirish   markazida   ta’lim   psixologiyasi   bo‘yicha   doktorlik
dissertatsiyasini   oldi.   Torrensning   o‘limidan   oldin   u   bilan   Afinada   o‘qish
imkoniyatiga   ega   bo‘ldi.   K.X.Kim   Creativity   Research   jurnalida   “   Biz   ijodkorlik
testlariga ishonishimiz mumkinmi?”  nomli  maqolasini  taqdim  qiladi.  Maqolada
u   quyidagi   fikrlarni   bildirgan:   “TTCT   ning   ijobiy   jihatlari   orasida   unda   mavjud
bo‘lgan   ma‘lumotlarning   boyligi,   boshqaruv   uchun   zarur   bo‘lgan   qisqa   vaqt   va
boshqaruvning   qulayligi   kiradi.   U   kamroq   cheklovlar   va   qo‘llash   uchun   ehtiyot
choralariga ega va boshqa kreativlik vositalariga qaraganda ko‘proq o‘rganilgan va
tahlil qilingan. 
Maqolada Kim Torrens testlarni ijodkorlik bo‘yicha yakuniy so‘z yoki shaxs
qobiliyatining   statik   o‘lchovi   sifatida   ishlab   chiqmaganini,   balki   ijodkorlikni
oshirish   va   rivojlantirish   vositasi   sifatida   ishlab   chiqqanligini   ta’kidlaydi.   Uning
tadqiqotlari Torrensning testlari uchun maqsadlarini quyidagicha belgilaydi:
1. Inson ongini, uning faoliyati va rivojlanishini tushunish.
2. Individual ta’limning samarali asoslarini aniqlash.
3. Shifolash va psixoterapevtik dasturlar uchun maslahatlar berish. 
4. Ta’lim   dasturlari,   materiallar,   o‘quv   dasturlari   va   o‘qitish   tartib
qoidalarining ta’sirini baholash. 
Kimning ta’kidlashicha, ta’lim maqsadlari ayniqsa  muhimdir. Ushbu testlar
asosan bugungi kunda iqtidorli dasturlarga joylashishni aniqlash uchun berilganligi
sababli,   ular   Torrensning   dastlabki   maqsadlariga   to‘g‘ri   kelmaydi.   U   testlarni
barcha   o‘quvchilar   uchun   olgan   ballari   asosida   o‘qitishni   individuallashtirish
vositasi sifatida ko‘rdi.  TTCT   ning   maqsadlari   tadqiqot   va   eksperimentlar,   umumiy   foydalanish,
o‘qitishni   rejalashtirish   va   o‘quvchilarning   mumkin   bo‘lgan   kuchli   tomonlarini
aniqlash uchundir.
Torrens   testi   va   uning   psixologik   tadqiqotlar   sohasiga   qo‘shgan   xissasini
e’tiborsiz   qoldirib   bo‘lmaydi.   U   1950-yillar   oxiri   va   1960-yillarda   o‘quvchilarni
sinovdan   o‘tkaza   boshlagan   va   bugungi   kunda   hamkasblari   va   shogirdlari   uning
faoliyatini davom ettirmoqda. Tadqiqotchilar hozirda ochiq, bir-biriga zid bo‘lgan
muammolar   bo‘yicha   minglab   odamlar   qanday   ball   to‘plaganligi   haqida   ko‘plab
ma’lumotga ega. Butun dunyo bo‘ylab 50dan ortiq tilda so‘zlashadigan shaxslar bu
testdan o‘tishdi.
Bundan tashqari, Torrens va uning hamkasblari va sobiq talabalari 1950 va
1960-yillarda   testlarni   birinchi   bo‘lib   topshirganlar   bo‘yicha   longityud,   umrbod
tadqiqotlar   olib   borishdi.   Psixolog     Garnet   Millar   “Butun   ongni   sinash   –   butun
bolani tarbiyalash” kitobining muallifi, ushbu tadqiqotlarning bir nechta testlarida
yaxshi   ball   olgan   bolalar   keyinchalik   hayotlarida   katta   ijodiy   yutuqlarga
erishganliklarini   ko‘rsatdi.   “Eng   yaxshi   testlar   o‘zlarining   mo‘ljallangan
parametrlarini   to‘g‘ri   baholaydi   va   haqiqiy   hayotga   taalluqlidir.   Ushbu
ko‘rsatgichga   ko‘ra,   Torrens   testlarida   kreativ   fikrlash   juda   yaxshi   baholanadi.
Ular   nafaqat   kreativ   qobiliyatlarni   aniqlaydilar,   balki   ular   bashorat   qilishning
haqiqiylikka ega ekanligini isbotladilar” deb yozadi Miller maqolasida. 
Torrens 2003-yilda o‘limiga qadar TTCTni takomillashtirish ustida ishlagan
bo‘lsada,   boshqa   psixologiya   tadqiqotchilari   kreativlikni   aniqlash,   baholash   va
bashorat   qilish   uchun   testlar   va   shkalalarni   ishlab   chiqishga   qiziqish   bildirdi.
Ushbu testlar kreativlikning shaxsiy testlari sirasiga kiradi va testlarning aksariyati
o‘z-o‘zini baholash yoki ijodkorlik haqida o‘z-o‘zidan hisobot berishni o‘z ichiga
oladi. Shaxslar o‘zlarini qanchalik kreativ his qilishlari yoki ularda ma’lum ijodiy
xususiyatlar   yoki   fazilatlarga   ega   ekanligi   haqidagi   savollarga   javob   berishadi.
Torrens hamkasbi Jo Katena bilan birgalikda Katena-Torrens deb nomlangan o‘z-
o‘zini baholash testini ishlab chiqdi. U quyidagi ikkita subtestdan iborat: O‘zim   haqimda   biror   narsa   –   badiiy   moyillik,   aql-zakovat,   individuallik,
sezgirlik, tashabbuskorlik va o‘z-o‘zini baholash.
Siz   qanday   odamsiz-tasavvurni   o‘lchash,   hokimiyatga   murojat,   o‘ziga
ishonch, izlanuvchanlik va boshqalar.  2.3. O‘smirlarda kreativ yondashuvga yo‘nalganlikning shaxs sifat va
xususiyatlariga bog‘liqligini empirik tadqiq etish
O‘smirlar   kreativligini   rivojlantirish   bu   sohadagi   istiqbolli   tadqiqot
yo‘nalishi   bo‘lsada,   o‘smirlar   ijodini   rivojlantirish   omillari   va   ijtimoiy
kontekstning   roli   haqida  hali   ko‘p   jihatlarni   bilish   kerak.   Bu   omillar   to‘rt   toifaga
ajratildi:   individual   omillar,   ota-ona   omillari,   ta’lim   omillari   va   ijtimoiy   kontekst
omillari.   O‘smirning   kreativ   rivojlanishini   qo‘llab-quvvatlovchi   individual
omillarga   quyidagilar   kiradi:   tajribaga  ochiqlik,   ichki   motivatsiya,   ijodiy  jihatdan
o‘zining samaradorligi, tashqi omillarga salbiy ta‘sir ko‘rsatish va o‘quv yutuqlari.
Qo‘llab-quvvatlovchi   ota-ona   omili   ota-onalarning   yordami   va   onaning   ishtiroki
bilan   avtonom   motivatsiyani   o‘z   ichiga   oladi.   O‘smirning   kreativ   rivojlanishini
oshiruvchi   ta’lim   omillari   quyidagilardan   iborat:   erkinlik   va   kerakli   yo‘l-yo‘riqni
muvozanatlash,   aniq   o‘rganish   istaklariga   moslashish,   ochiq   faoliyat,   o‘quvchilar
g‘oyalariga   ochiqlik   va   rag‘batlantirish.   Ishonch   va   hurmat   muhiti   va   turli   xil
o‘quv resurslari.  Ijtimoiy konteks omili g‘oyalarni ifoda etish yoki e’tiroz bildirish
o‘zaro   ta’sirlarini   o‘z   ichiga   oladi   va   o‘smirlarni   muammoga   turli   global   va
vaqtinchalik   nuqtai-nazardan   qarashga   undaydi.   To‘sqinlik   qiluvchi   ijtimoiy
konteks   omillari   o‘quvchilarni   baholashda   yaxshi   ishlashga   tayyorlash   uchun
o‘qituvchiga bosimning kuchayishi, standartlashtirilgan o‘quv dasturlari va tegishli
baholash turlariga kuchaytirilgan e’tibordir. 
Odatiy xususiyatlarni yaratish amaliyoti yoki qoidalarni o‘zgartirish vazifasi
kreativ   g‘oyalarni   oshiruvchi   jarayonlarni   takomillashtirish   orqali   muqobil
foydalanishni yaratishiga yordam berishi mumkin. Qoidalarni almashtirish holatida
qo‘llaniladigan   kognitiv   moslashuvchanlikni   yaxshilash   muqobil   foydalanishni
yaratish, shuningdek, muqobil foydalanish va oddiy xususiytalar vazifasini bajarish
paytida vazifalar o‘rtasida almashish uchun foyda keltirishi mumkin. 
Kognitiv   moslashuvchanlik   kreativ   faoliyat   uchun   muhim   hisoblanadi.
Bundan   tashqari   muqobil   foydalanishni   yaratishda   o‘ziga   xoslik   va   ravonlikni
xotiradan tegishli semantik ma’lumotlarni ketma-ket olish qobiliyatini, ya’ni oddiy xarakteristikalar   bo‘yicha   mashg‘ulot   paytida   bo‘lgani   kabi   umumiy   ravonlikni
oshirish orqali oshirish mumkin. Masalan, ishtirokchilarga obektni tashkil etuvchi
qismlar   haqida   ma’lumot   olish   uchun   berilgan   ijodkorlik   treningi   samarali   bo‘lib
ko‘rindi   .   [54]   Ikkita   faol   nazorat   vazifasining   bu   rolini   muqobil   foydalanish   va
oddiy xarakteristikalar vazifalarini alohida boshqarish orqali tekshirish mumkin. 
O‘smirlar   uchun   kattalarnikidan   ko‘ra   o‘qitishning   foydalari   ko‘proq
bo‘ladimi   degan   savol   tug‘iladi.   Qizig‘i   shundaki,   o‘smirlar   uchun   o‘ziga   xoslik
mashg‘ulotning   holatidan   qat’iy   nazar   kattalarga   nisbatan   sezilarli   o‘sish
kuzatiladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, o‘smirlik mashg‘ulot ta’siriga nisbatan
sezgirlikning   kuchayishi   davridir.   Hech   bo‘lmaganda   ba’zi   yuqori   kognitiv
funksiyalar   uchun   o‘smirlar   kattalarga   qaraganda   yaxshilanish   uchun   ko‘proq
potensialga   ega.   [31]   Rivojlanishdagibu   farqlar   miya   tuzilishi   va   faoliyatidagi
rivojlanish   o‘zgarishlari   bilan   bog‘liq   bo‘lishi   mumkin.   Yoshi   bilan   miya
mintaqalarining   ixtisoslashuvi   va   integratsiyalashuvining   kuchayishi   o‘smirlarga
nisbatan kattalardagi kognitiv funksiyalarning plastikasini pasayishiga olib keladi. 
Bundan tashqari, o‘smirlik – bu prefrontal korteks va tegishli tartibga solish
tizimlarini   qayta   tashkil   etish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   davr.   [33]   Ijodiy   g‘oyalar,
prefrontal   korteks   va   kognitiv   nazorat   funksiyalari   o‘rtasidagi   kuchli   aloqalarni
hisobga   olgan   holda,   o‘smirlik   kreativ   g‘oyalarni   rivojlantirish   uchun   qulay   vaqt
deb aytish mumkin.
Yana   bir   ustun   jihat   o‘rganishdagi   moslashuvchanlikning   farqlari   bilan
bog‘liq.   O‘smirlar   kattalarga   nisbatan   ko‘proq   moslashuvchan   bo‘ladi.   Ular
o‘rgatilgan   qat’iylikka   kamroq   moyil   bo‘ladilar   va   o‘rganilgan   assotsatsiyalarni
o‘zgartirishda   ko‘proq   moslashuvchanlikni   namoyon   etadi.[32,   540-551]   Original
g‘oyalarni   yaratish,   ayniqsa,   moslashuvchanlik   yo‘li   orqali,   uzoq   assotsiatsiyalar
o‘rtasida   moslashuvchan   almashish   va   kognitiv   tarafkashlik   yoki   “fuktsional
qat’iylik”ning   qat’iyatliligini   yengish   bila   bog‘liq.   [18,   779-806]
Moslashuvchanlik gipotezasiga ko‘ra, o‘smirlar mashg‘ulotlardan kelib chiqadigan
avtomatizm va qat’iylikka moyil emas yoki kamroq sezgirdir. Yoshga   doir   tadqiqotlardan   namoyon   bo‘lgan   ikkinchi   jihat   kattalar   va
o‘smirlar   uchun   o‘qitish   paradigmasining   turli   xil   fikrlash   ravonligi   va
moslashuvchanligiga   turlicha   ta’siri   bilan   bog‘liq.   Aniqroq   aytganda,   hozirgi
natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarda vazifalarni almashtirish bo‘yicha treninglar
kattalarnikiga   qaraganda   ijodiy   g‘oyalarning   moslashuvchanligiga   ko‘proq   ta’sir
qiladi.   O‘smirlar   va   kattalar   o‘smirlik   yoshi   guruhi   uchun   kognitiv
moslashuvchanlik   funksiyalariga   ko‘proq   tayangan   holda   muqobil   foydalanishni
yaratish   uchun   turli   jarayonlar   yoki   strategiyalardan   foydalanadilar.   O‘smirlik
beqarorlikning   ushbu   hayotiy   bosqichida   adaptiv   va   kashfiyotchi   xatti-harakatlar
uchun optimallashtirilgan moslashuvchanlikni oshirishning rivojlanish bosqichidir.
[32, 540-551]
O‘smirlar   tengdoshlarining   fikr-mulohazalariga   kattalarga   qaraganda
boshqacha   munosabatda   bo‘lishadi.   Shuning   uchun   tengdoshlarining   fikr-
mulohazalari   ta’sirida   rivojlanish   farqlarini   o‘rganish   kreativlikni   o‘rgatish
adabiyotiga yana bir qiziqarli qo‘shimcha bo‘lishi mumkin. [14,114-120]
Tez-tez   sodir   bo‘ladigan   portlashlar,   iztiroblar   cho‘qqisini   A.   Maslou
anglash, tushunib yetish, ochilish onlari sifatida tavsiflaydi. Bunday holat kishining
o‘z   kuchidan   ortiq   biror   qobiliyatga   nisbatan   oliy   darajada   diqqatini   to‘plash i ,
haqiqatga   yaqinlashuvidir.   Bunday   onlarda   kishi   yanada   yuksakroq   darajaga
ko‘tariladi, to‘satdan yaqqolroq tushuna boshlaydi, turmushning asrorlari, mohiyati
ochila   boshlaydi.   Bunday   iztirobni   ilmiy   ijodkorlik,   ijodkorning   badiiy   ilhomi
bilan   tenglashtirish   shart   emas.   Uni   sevgi   onlari,   tabiat,   musiqadan   zavqlanish,
ilhomlanish   keltirib   chiqarishi   ham   mumkin.   Eng   muhimi,   inson   bunday   paytda
o‘zini yolg‘iz his qilmasdan, balki oliy kuchlar bilan  birga  his qiladi. 2.4. Kreativlik   bo‘yicha   shaxs   so‘rovnomalarini   mahalliy   muhitga
moslashtirish muammosini empirik tadqiq etish
Kreativ   fikrlashni   o‘lchashga   mo‘ljallangan   so‘rovnomalar   asosan   g‘arb
olimlari   tomonidan   ishlab   chiqilgan   bo‘lib,   ularning   aksar   qismi   oliygohlarning
birinchi   bosqich   talabalaridan   olishga   mo‘ljallangan.   Test   natijalariga   ko‘ra
talabalar   saralangan   yoki   ularga   mos   vazifalar,   o‘qitish   va   munosabat   usullari
tanlangan.   Mavjud   testlardan   o‘smir   yoshidagi   o‘quvchilarda   foydalanish   uchun
ularni nisbatan soddalashtirish va o‘smirlar dunyosiga moslashtirish taqazo etiladi. 
Kreativlik bo‘yicha shaxs so‘rovnomalarining aksariyatini brainstorming va
turli   xil   shakl   va   chiziqlar   bilan   bo‘liq   bo‘lgan   ijodiy   vazifalar   tashkil   etadi.
Brainstorming   mashqlari   shaxsni   avval   mavjud   bo‘lmagan   yechimlarni   topishga
undaydi.   Bu   mashqlar   har   bir   soha   vakili   yoki   har   xil   yoshdagi   shaxslarda
o‘tkazilishi mumkinligi bilan ajralib turadi va ommabopdir. 
Torrensning   og‘zaki   bo‘lmagan   vazifalar   sirasiga   kiruvchi   aylanalardan
tashkil   topgan   testi,   asosan,   kichik   maktab   yoshi,   o‘smir   va   o‘spirinlar   uchun
mo‘ljallangan. Bu testing maqsadi ham aynan o‘smir yoshidagi bolalarda kreativlik
darajasini o‘lchashdir. 
“Agar odamlarning dumlari bo‘lsa, dunyo hozirgidan qanday farq qilardi?”.
Bu to‘g‘ri javobga ega bo‘lmagan ochiq savol. Shu sababli Oregon universitetining
psixolog   va   professori   Marjori   Teylor   undan   bolalar   kreativligini   o‘lchash   uchun
foydalanadi. Bolalarning “shimda teshik bo‘lishi”dan tortib “odamlar qo‘l o‘rniga
dumni   ushlab   turishi”ga   qadar   bo‘lgan   kreativ   javoblari   kattalar   tomonidan
baholanadi   va   bu   natijalar   o‘z   navbatida   tadqiqotni   kuchaytiradi.   Ammo,   Teylor
kreativlik yagona narsa emas, faqat bitta ochiq savol bilan o‘lchashingiz mumkin.
Kreativlikni  bir xilda baholash psixologlar uchun qiyin, kutilgan natijaga erishish
uchun o‘zlarining afzalliklari va kamchiliklariga ega bo‘lgan ko‘plab turli usullarni
ishlab chiqdilar. 
Ijodkorlik   haqidagi   tadqiqotlarning   jurnal   sarlavhalariga   keltirish
tadqiqotchilarda ijodkorlikni o‘lchashning umume’tirof etilgan usuli borligi va bu o‘lchov   o‘quvchining   ijodkorlikni   belgilaydigan   o‘z   fikriga   mos   kelishi   haqidagi
taassurotni   uyg‘otadi.   Bugungi   kunda,   kreativlik   ko‘plab   sohalarda   sotiladigan
professional   mahorat   sifatida   baholanmoqda.   Shunday   qilib,   odamlar   o‘zlarining
kreativligini   oshirish   usullarini   faol   ravishda   izlayotganlarida   tadqiqotchilar   buni
qanday aniqlayotganligini tushunishlari kerak. Kognitiv ijodkorlikni o‘rganayotgan
tadqiqotchilar   odatda   foydalanuvchiningturlicha   fikrlashini   sinab   ko‘ruvchi
usullardan   foydalanadilar.   Bu   bitta   to‘g‘ri   javobni   emas,   balki   tezkorlik   uchun
muhim   bo‘lgan   yechimlarni   ishlab   chiqarishni   o‘z   ichiga   oladi.   Divergent
fikrlashni   o‘lchovchi   testlarning   eng   mashhur   namunalari   orasida   “noodatiy
foydalanish  testi”    mavjud. Masalan,  g‘ishtdan qancha  foydalanishni  o‘ylashingiz
mumkin,   yoki   sut   qutisi?   Tadqiqotchilar   bu   savolni   ko‘pincha   ishtirokchilarga
qo‘yadi,   ularning   javoblarini   oladi   va   javoblarning   soni,   o‘ziga   xoslik,
moslashuvchanlik va tavsilotlar darajasiga qarab ular tahlil qilinadi. Shu va shunga
o‘xshash   jarayon   sinovlari   keng   ko‘lamda   qo‘llanilsa-da,   ularning   cheklovlarini
ko‘rish oson. Birinchidan, ular ijodkorlikning ma’lum bir soha kontekstida qanday
ishlashidan ko‘ra, kreativlikning juda umumiy tushunchasiga asoslanadi. Masalan,
kreativlik,   ehtimol   matematiklar   va   rassomlar   uchun   boshqacha   narsani   anglatadi
va turli  ko‘nikmalarni  talab qiladi. Pedagogika sohasida  esa shaxs  o‘quvchiga asl
mazmunni   sodda,   ravon,   yangicha   metod   bilan   tushuntira   olishi   yoki   darsga   jalb
qilish taktikalarini yarata olishi kreativlik hisoblanadi. Shu sababli yuqorida misol
tariqasida   ko‘rsatilgan   testlar   real   vaziyatlarni   o‘z   ichiga   olmaydi   va   ular   real
dunyo kontekslarida sodir bo‘lishi ehtimoli juda kam. Bunday takroriy so‘roqlarga
o‘rganmagan   bolalar   uchun   bu   test   g‘alati   tuyulishi   mumkin.   Bu   bolaning   qisqa
vaqt ichida javob berishi, yoki javoblarining originalligiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ilmiy   amaliyot   o‘talgan   maktabning   8-sinflari   bilan   ingliz   tili   darsida
birinchi marta faqat doira shaklidan foydalanib biror tasvirni yaratish mashg‘uloti
o‘tkazilganda   o‘quvchilar   mashg‘ulot   sharti   murakkab   bo‘lmasligiga   qaramasdan
uddalashda   qiyinchilikka   uchragani,   bazilari   hatto   vazifani   yetarlicha   tushuna
olmaganlari aniq bo‘ldi. 15 nafar o‘quvchining 26,6 foizi vazifani bajarayotganda
kreativ fikrlagan va bu ular hosil qilgan tasvirda ko‘zga tashlanadi.  Ta’lim   dasturlarida   kreativlikka   undovchi   yoki   bolalarni   ilhomlantiruvchi
qo‘shimcha   mashg‘ulotlarning   o‘tkazilishi   o‘rin   egallamaganligi,   bolalarda   bu
tushunchaning   aynan   mazmuni   aniq   anglanilmaganligi   va   bu   mavzudagi   test   va
metodikalardan   bexabarligi   ulardan   olingan   birinchi   natijalarning   sifati   past
bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Ushbu   dissertasion   ishning   maqsad   va   vazifalariga   muvofiq,   bo‘lajak
pedagoglarda   kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarishni   shakllantirish   va
rivojlantirishga   qaratilgan   trening   dasturining   samaradorligini
o‘rganishga   bag‘ishlangan   empiric   tadqiqot   tashkillashtirildi   va   o‘tkazildi.
Empirik   tadqiqotda   ishtirok   etish   uchun   12   yoshdan   15   yoshgacha   bo‘lgan   124
o‘quvchi   jalb   qilindi.   Oldindan   tayyorlangan   “O‘quvchilarda   kreativ
o‘z-o‘zini   boshqarishni   rivojlantirish   darajasini   baholash   so‘rovnomasi”
psixodiagnostik   kuzatuv   natijalariga   ko‘ra   kreativ   o‘z-o‘zini
boshqarishning   o‘rtadan   past   darajasini   ko‘rsatdi   (1-jadval).
1-jadval
Kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarishning   shakllanish   va   rivojlanish   jara yo ni
samaradorligini   aniqlash   bo‘yicha   empirik   tadqiqot   tanlovi   tavsifi
(n=124)
qizlar O‘g‘illar Jami
kol % kol % kol %
12  yo sh 22  17,7  22  17,7  44  35,5
13    yo sh 26  21,0  27  21,8  53  42,7
14  yo sh 7  5,6  7  5,6  14  11,3
15  yo sh 6  4,8  7  5,6  13  10,5
Jami 61  49,2  63  50,8  124  100,0
Bundan   tashqari,   psixodiagnostik   tekshiruv,   trening   dasturining
samaradorligi   obyektiv   bahosidan   olingan   natijalarni   taqqoslash
maqsadida   empirik   tadqiqot   tanlovi   quyidagilarga   ajratildi   (2-rasm):
eksperimental   guruh   (n=64),   respondentlar   mashg‘ulotlarni   o‘tishga
jalb   etildi,   ya’ni   trening   dasturida   bevosita   qatnashishdi;
nazorat   guruhi   (n=60),   respondentlar   trening   mashg‘ulotlariga   jalb etilmagan,   ya’ni   mazkur   kategoriya   oliy   ta’lim   muassasasi   ta’lim
dasturlariga muvofiq tayyorgarlikdan o‘tgan.
O‘smirlarda   kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarish   rivojlanishi   o‘rta   statistik
profilining   qiyosiy   tahlili   ko‘rsatishicha,   ham   eksperimental,   ham   nazorat
guruhidagi   bo‘lajak   pedagoglar   trening   dasturi   o‘tkazilgunga   qadar   kreativ
o‘z-o‘zini   boshqarish   rivojlanishi   darajasi   bo‘yicha   ahamiyatli   farqqa   ega  
bo‘lmagan   va   uning   struktur-funksional   bloklari   o‘quvchining   t-mezoni
bo‘yicha   ham   statistik   tasdiqlanadi.   Shu   bilan   birga,   trening   dasturidan
so‘ng   o‘smirlarning   kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarishi   rivojlanishi   o‘rta
statistik   profilining   qiyosiy   tahlili   boshqacha   natija   ko‘rsatdi.
Eksperimental   guruhdagi   respondentlar   asosiy   tarkibining   o‘rtacha
ko‘rsatkichlari   ahamiyatli   darajada   yaxshilandi,   nazorat   guruhidagi
respondantlar   esa   ahamiyatli   o‘zgarishlarsiz   qoldi,   bu   o‘quvchining   t   mezoni
bo‘yicha   ham   statistik   tasdiqlanadi.   Shu   tariqa,   o‘smirlarning
kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarishi   rivojlanishi   o‘rtastatistik   profilining
qiyosiy   tahlili   koreksion   ishlar   natijasida   eksperimental   guruh
respondentlaridagi   pozitiv   o‘zgarishlarni   tasdiqlaydi.
Eksperimental   guruh   respondentlarining   o‘z-o‘ziga   hisoboti
natijalarini   qayta   ishlash   olingan   javoblarni   mazmuniy   umumlashtirish,
miqdoriy   ko‘rsatkichlarni   hisoblash   bilan   amalga   oshirildi.   Shunday   qilib,
“Mashg‘ulot   davomida   o‘zingiz   haqingizda   qanday   yangilikni   bilib
oldingiz”   degan   birinchi   savolga   o‘quvchilar   quyidagicha
javoblarni   berishdi:   “o‘zimning   kuchli   va   kuchsiz   tomonlarimni”-   48,4%   (31
nafar);   “kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarishga   yordam   beruvchi     shaxsiy
sifatlarimni”   -   40,6%   (26   nafar);   “to‘g‘rilashim   kerak   bo‘lgan
kamchiliklarimni”   -   10,9%   (7   nafar).   Ushbu   javoblar   trening   dasturi
natijasida   o‘smirlarda   o‘zini   anglash   jarayonini   faollashtiruvchi,
ikkilanishning   pasayishi,   o‘ziga   ishonchning   rivojlanishi,   muvaffaqiyatga
erishishga   intilishning   kuchayishi,   kommunikasiyaning   turli   shakllari
diapazoni   va   variativligi   kengayishi   bilan   bog‘liq   shaxsiy   o‘zgarishlarga bo‘lgan   tendensiya   hosil   bo‘ldi.   “Guruhdagi   ish   natijalariga   ko‘ra   o‘zingizda
nimani  o‘zgartirishni  xohlardingiz?”  degan ikkinchi  savolga  o‘quvchilar  quyidagi
umumlashgan   javoblarni   berishdi:   “kreativ   o‘z-o‘zini
boshqarishga     yordam   beruvchi   sifatlarni   rivojlantirish”   60,9   %   (39   nafar);
“kommunikativ   xususiyatlarimni   yaxshilash”   39,1   %   (25   nafar).   Yuqorida
keltirilgan   javoblar   o‘smirlarning   maqsadga   yo‘naltirilgan   o‘zini
rivojlantirish,   o‘zini   takomillashtirish,   o‘z   hayotiy   voqealariga   faol
munosabatda   bo‘lish,   kelgusi   o‘qish   va   bo‘lajak   kasbiy   faoliyatida   guruhdagi
ishdan   olgan   tajribasini   qo‘llashga   o‘z   diqqatini   qaratishganini   isbotladi.
Yakuniy   uchinchi   (Umuman   trening   dasturini   qanday   baholaysiz?)   degan
savolga   aksariyat   o‘smirlar   trening   dasturini   juda   yaxshi   -   42,2%   (27   nafar);
yaxshi   -   39,1%   (25   nafar);   qoniqarli   -   18,8%   (12   nafar)   deb   baholashdi.
Ushbu   ma’lumot   o‘quvchilarning   tayyorlangan   trening   dasturi
bo‘yicha   korreksion   ish   natijasida   o‘zidagi   pozitiv   o‘zgarishlarni   ongli   his
qilishganini yaqqol tasdiqlaydi. Bob yuzasidan xulosalar
Tadqiq   etilayotgan   masala   bo‘yicha   ilmiy   adabiyotlar   tahlilining
ko‘rsatishicha,   kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarish   tushunchasi   juda   dolzarb   va
nisbatan   yangi   hisoblanadi,   turlicha   talqin   qilinadi,   shuningdek,   ko‘p
qirralidir.   O‘rganilayotgan   hodisaning   ikki   struktura   asosi   tushunchaviy
terminologik   tizimidan   kelib   chiqib,   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   kreativ   o‘z-o‘zini
boshqarish   pedagogning   dolzarb   pedagogik   muammolarni   oldindan   ko‘ra   bilishi,
shuningdek,   pedagogika   amaliyotlarni   samarali   hal   qilish   bo‘yicha   original
g‘oyalarni ishlab chiqishni ta’minlovchi pedagogning o‘z xatti-harakatlari, holatini
ongli   boshqarishni   aks   ettiradi.   Bundan   tashqari   kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarish
kompleks kasbiy-muhim shaxsiy tavsif sifatida ham yuzaga chiqishi mumkin. Bu,
bir   tomondan,   zamonaviy   ta’lim   jarayonida   o‘smirlarning   o‘zgarish   dinamikasini
hisobga   olib,   pedagogik   faoliyatning   mustaqil   korreksiyasi,   shaxslararo
munosabatlarga   optimal   moslashishni     ta’minlaydi,   boshqa   tomondan   esa,
mutaxassisning  uzluksiz   ijodiy  rivojlanishidagi   muhim  omil  sifatida  pedagogning
mustaqil ta’lim, o‘zini rivojlantirishni tashkillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha
faolligini belgilaydi.
Pedagogik   faoliyat   “pedagog-ta’lim   oluvchi”ning   faol   o‘zaro
aloqalari,   tizimni   shakllantiruvchi   munosabatlari,   ijodkor   shaxsni
rivojlantirishga   qaratilgan   yangi   pedagogik   texnologiyalar   bilan
boyitilgani,   shuningdek,   pedagogdan   muammolarni   hal   qilishda   nostandart,
kreativ   yondashuvlarni   talab   qiluvchi   vazifalari   bilan   xarakterlanadi.   Bu
holatlar   pedagogik   ish   sharoitlari   bilan   bog‘liq   holda   kelib   chiqadigan
ortiqcha   ruhiy   zo‘riqish,   stress   omillari   mavjudligiga   sabab   bo‘ladi.
Bularning   barchasi   pedagogdan   o‘quv   jarayonini   ijodiy   jarayon   sifatida
tashkil   etish   va   o‘tkazishga   oid   yangi,   noan’anaviy,   original   yondashuvlarni,
muvofiq   o‘zaro   hamkorlikni   tashkil   etishga   qaratilgan   o‘z   his-tuyg‘ulari,
xatti-harakatlari,   fe’l-atvorini   doimiy   ravishda   nazorat   qilish   va
boshqarishni   talab   etadi.   Shu   bilan   bog‘liq   ravishda,   kreativ   o‘z-o‘zini
boshqarish   pedagogik   faoliyatning   muhim   funksional   elementi,   pedagogik takomillashishning   hayotiy   zarur   tarkibiy   komponenti   sifatida   yuzaga
chiqadi   va   umuman   zamonaviy   oliy   pedagogik   ta’lim   nazariyasi   va
metodikasi uchun umumiy bazaviy invariant tarzida ifodalanadi.
Kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarish   pedagogik   faoliyatning   kreativ
jarayoni   vazifalari   va   shartlari   bilan   muvofiq   ravishda   psixologik   pedagogik
qobiliyatlar,   mavjud   kamchiliklarning   kompensasiyasi   va   kelgusida   tugatilishi,
psixik   holatlarni   boshqarishni   optimallashtirishni   amalga   oshiradi.   Pedagogning
kreativ o‘z-o‘zini boshqarishi butun bir kompleks xususiyat hisoblanib, o‘ziga xos
shaxsiy majmua, zarur hajmdagi psixologik-pedagogik qobiliyatlar, bilim, ishonch
va   erkinlikni   o‘zida   birlashtiradi.   Iroda   pedagog   o‘z   faoliyati   jarayonida
qabul   qiladigan   obyektlarga   ongni   jamlash   va   yo‘naltirishni   ta‘minlaydi.
Uning qobiliyatida eng yaqqol o‘rganilgan hodisa bu o‘z psixikasi, xatti-harakatini
ongli   boshqarish,   yangi   original   g‘oyalarni   ishlab   chiqishga   o‘zini   yo‘naltirish,
maqsadga   erishish   yo‘lida   yuzaga   keladigan   turli   to‘siqlarni   bartaraf   etish
hisoblanadi. III-BOB.   O‘SMIRLARDA   KREATIV   YONDASHUVNI
SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH
3.1. O‘smirlar   xulq-atvorida   kreativlik   hatti-harakatlari,   bilim   va
tasavvurlarini shakllantirish
Turli   sohalar   va   fanlarning   barchasi   kreativlikning   o‘ziga   xos   ta’rifiga  ega.
Biz   kreativ   g‘oyani   tan   olsakda   ,   uni   nega   kreativ   deb   hisoblash   kerakligini
tushuntirish ba’zida qiyin bo‘lishi  mumkin. Garchi  individual  ekspertlar  bir  qator
turli   jihatlarni   ajratib   ko‘rsatishni   tanlashlari   mumkin   bo‘lsa-da,   kreativlikning
to‘rtta   muhim   xususiyati   aniqlanadi:   turlicha   fikrlash,   innovatsiya,   original   va
moslashuvchan fikrlash, g‘oyalarni tadqiq qilish. ( 2-rasm)
2-rasm. Ijodkorlikning to‘rt xususiyatiG‘oyalarni 
tadqiq qilishTurlicha 	
fikrlash innovatsiya	
Original va 	
m
oslashuvcha	
n fikrlash      Masalan,   kreativlik   nazariyotchisi   Robert   Sternberg   bolalarning   ijodiy
fikrlashi   xayoliy,   yangi   bo‘lishi   va   qimmatli   natijalarga   olib   kelishi   kerak,   deb
hisoblaydi. Bolalarni  hayolparast  deb ko‘rsatish  oson  bo‘lsa-da, ko‘pchilik kichik
yoshli   bolalar   o‘ziga  xos  g‘oyalarni  ishlab  chiqarishga  qodirligini   qabul  qilmaydi
va   bu   yoshlar   alohida   alohida   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   g‘oyalarni   yaratishi
mumkinligiga   rozi   bo‘lmaydilar.   Shaxs   nuqtai   nazaridan   hisobga   olgan   holda,
Sternberg     bolani   kreativ   deb   hisoblash   uchun,   faqat   tushunchaning   yangi
ekanligini   ko‘rsatish   kerakligini   ta’kidlaydi.   Shuning   uchun   u   yangilik   atamasini
ishlatishga   intiladi.   G‘oya   shaxs   uchun   ushbu   mezonlarga   javob   beradigan
qiymatga ega ekanligini ko‘rsatish kerak.
Ta’lim   sohasi   olimlari   bir   paytlar   san’atni   kreativlikning   tabiiy   uchi   deb
bilishgan   bo‘lishi   mumkin.   Rasm   va   chizmachilik,   hunarmandchilik,   raqs,   drama
va  musiqa  kabi   mashg‘ulotlar  ijodiy  fikrlashni   talab  qilishi   va  rivojlantirishi  ayni
haqiqatdir.   Shunga   qaramay,   hozirgi   zamonaviy   dunyo   kreativlikni   yanada
kengroq ta’riflashi qabul qilingan.
Neyrobiologlar,   psixologlar   va   psixiatrlarning   tadqiqotlari   shuni
ko‘rsatadiki,   ijodiy   izlanishlar   uchun   asoslar   (narsalar   qanday   bo‘lishi
mumkinligini   tasavvur   qilish,   ularni   shunchaki   qabul   qilish   emas)   o‘smirlikdan
oldingi   yillarda   umuman   yo‘q.   Biroq,   ular   o‘smirlik   davrida   mukofot   olish   va
tavakkal   qilishga   moyillik   bilan   kuchli   birlashadi.   Daniel   Sigelning
ta‘kidlashicha,   "ijodiy   izlanish   o‘smirlik   davrining   asosiy   ishi   va   maqsadi   –
o‘smirlik davrining mohiyati bo‘lishi mumkin".
Ta’limda   ijodkorlikka   ixtisoslashgan   professor   Ronald
Beghetto   kreativ   qobiliyat   kreativ   faoliyat     uchun   yetarli   shart
emasligini   ta’kidlaydi.   Buning   o‘rniga,   ijodiy   namoyon   bo‘lishi   uchun   qobiliyat
ijodiy   ishonch,   aniqrog‘i,   "ijodiy   o‘zini-o‘zi   samaradorligi"   –   yoshlarning   kreativ
natijalarni   yaratishga   qodir   ekanligi   haqidagi   o‘z-o‘zini   anglashi   bilan
uyg‘unlashishi   kerak.     Beghettoning   Tinch   okeanining   shimoli-g‘arbiy
maktablarida 1000 dan ortiq  yoshlar bilan olib borgan tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki,
ijodiy   o‘zini-o‘zi   samaradorligi   yuqori   bo‘lgan   guruhdagilar   skautlar   yoki   drama guruhi   kabi   maktabdan   keyingi   guruh   mashg‘ulotlarida   qatnashish   ehtimoli
ko‘proq. 3.2. O‘smirlar   bilan   hamkorlik   faoliyatini   yo‘lga   qo‘yishda   kreativ
yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari
Kreativlik   odatda   yangi,   ammo   amalga   oshirish   mumkin   bo‘lgan   g‘oyalar,
yechimlar   yoki   tushunchalarni   yaratish   qobiliyatini   anglatadi.   Ijodiy   g‘oyalarni
yaratish qobiliyati bolalikdan kattalikka qadar rivojlanadi va o‘zgaradi.
Oldingi   adabiyotlarda   chidamlilik   odamlarga   salbiy   his-tuyg‘ular   yoki
hodisalardan   xalos   bo‘lishga   yordam   beradigan   o‘ziga   xos   xususiyat   yoki   holat
sifatida   aniqlangan.   Shanxay   va   Ji’nan   bo‘ylab   241   oilada   o‘tkazilgan   tadqiqot
shuni   ko‘rsatdiki,   oilani   qo‘llab-quvvatlash   o‘smirlarning   rivojlanishi   va   hissiy
barqarorligiga   ta‘sir   qiladi.   Ota-onalarga   nisbatan   noan’anaviy,   tenglik
munosabatlari   bolalarga   innovatsion   strategiyalarni   o‘rgatish   orqali   o‘zgaruvchan
muhit   bilan   kurashishga   yordam   beradi.   [23,   102-115]   XX   asrning   o‘rtalaridan
boshlab   tadqiqotchilar   qiyinchiliklarni   boshdan   kechirayotgan   odamlarda
chidamlilikning   ijobiy   ta’siriga   e’tibor   qaratdilar.   Empirik   adabiyotlarni
integratsiyalashgan   ko‘rib   chiqish   chidamlilikning   beshta   asosiy   mavzusini
aniqladi.   [13,   980-1000]   H issiy   chidamlilik   stress   va   yengish   uslubi   bilan
chambarchas   bog‘liq   bo‘lgan   o‘z-o‘zini   tiklash   qobiliyati   sifatida
tavsiflanadi.   Boshqacha   qilib   aytadigan   bo‘lsak,   hissiy   chidamlilik   moslashuv
mexanizmini   nazarda   tutadi,   unda   odamlar   salbiy   hodisalar   yoki   salbiy   hissiy
holatlardan   tezda   xalos   bo‘lishlari   va   atrof-muhitga   yaxshiroq   moslashishlari
mumkin.
Ko‘pgina   tadqiqotlar   shuni   tasdiqladiki,   hissiy   chidamlilik   odamlarga   katta
salbiy   hodisalardan   xalos   bo‘lishga   yoki   qiyinchiliklarga   faol   moslashishga
yordam   beradi   va   psixologik   reabilitatsiya   va   ruhiy   salomatlikka   hissa
qo‘shadi.   Misol   uchun,   yaqinda   o‘tkazilgan   tadqiqot   yuqori   hissiy   barqarorlikka
ega bo‘lgan o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rganishni  boshqarish qobiliyatlari, o‘qish
bilan   faolroq   ishtirok   etishlari   va   hayotning   salbiy   hodisalariga   duch   kelganda
muhimroq   o‘zini   o‘zi   boshqarish   qobiliyatiga   ega   ekanligini   aniqladi.   [19,   378-
401] Kreativlik uzoq vaqtdan beri moslashuvchan fikrlash, ekspressivlik, ochiqlik
moslashuvning shunga o‘xshash omillari bilan bog‘liq. Olimlar Katrina dovulidan
omon qolgan 80 kishini o‘rganib chiqdi va ijodiy fikrlash qobiliyati chidamlilikni
bashorat   qilishi   mumkinligini   aniqladi.   Topilmalar   shuni   ko‘rsatdiki,
moslashuvchanlik   va   o‘ziga   xoslik   farovonlikni   sezilarli   darajada   bashorat   qilishi
mumkin.   Aniqrog‘i,   o‘ziga   xoslik   ekstroversiyani   bashorat   qilishi   mumkin   edi.
Ushbu   tadqiqotda   emotsional   chidamlilik   kreativlik   va   intruziv   fikr   yuritish
o‘rtasidagi munosabatlarni mo‘tadillashtirishi mumkinligini taxmin qilish mumkin.
Bundan   tashqari,   ko‘plab   tadqiqotchilar   kreativlik   hissiy   barqarorlik   bilan
chambarchas   bog‘liq   ekanligini   aniqladilar.   Runko   kreativlik   chidamlilikning   bir
turi   ekanligini   taklif   qildi.   Ijodiy   fikrlash   kabi   chidamli   fikrlash   mavjud   resurslar
bilan muammolarni o‘ziga xos usullar bilan hal qilishga xissa qo‘shadi. [42]
Bundan tashqari De Dreu va boshqa olimlar tomonidan taklif qilingan Dual
Pathway   Modeliga   ko‘ra   hedonik   ohang   kognitiv   moslashuvchanlikning   yuqori
darajasini   osonlashtirish   orqali   o‘smirlarning   ijodkorligini   yaxshilaydi.   Hissiy
barqaroqlik darajasi yuqori bo‘lgan o‘smirlar salbiy vaziyatlarni yengishda ko‘proq
moslashuvchan   bo‘lishi   mumkin   va   salbiy   ma’lumotni   ijobiy   fikrga   aylantirishi
mumkin. 
O‘rta maktabdagi o‘smirlar yetuklikdan yetuklikka o‘tish davrida bo‘lib, bu
davrda ularning fiziologiyasi va psixologiyasi tez o‘zgarib turadi.   Bundan tashqari,
ularning   psixologik   rivojlanishi   beqaror.   Shuning   uchun,   ular   hayotda
muvaffaqiyatsizlik   va   qiyinchiliklarga   duch   kelganlarida,   ular   sarosimaga   tushib,
ojiz   qolish   ehtimoli   ko‘proq.   Ba‘zilarida   jiddiy   psixologik   muammolar   bo‘lishi
mumkin.   Biroq, biz   ba’zi odamlar jismoniy yoki ruhiy zarar ko‘rmasdan, shunga
o‘xshash   muvaffaqiyatsizliklarga   duch   kelganlarida,   undan   tezda   xalos
bo‘lishlarini   aniqladik.   Aksincha,   boshqalar   salbiy   his-tuyg‘ularni   boshdan
kechirdilar   va   o‘zlarini   bartaraf   eta   olmadilar,   bu   psixologik   va   xulq-atvor
muammolariga   olib   keldi.   Kam   sonli   odamlar   hatto   haddan   tashqari   xatti-
harakatlarni   namoyon   qiladilar.   Masalan,   ushbu   epidemiya   paytida   turli   xil ijodkorlik darajasiga ega bo‘lgan shaxslar turli darajadagi intruziv mish-mishlarni
boshdan kechirgan.
Tadqiqot   natijalari   shuni   ko‘rsatadiki,   kreativ   g‘oyaviy   xulq-atvor   intruziv
ruminatsiyani   olib   kelishi   mumkin,   bu   esa   kreativ   o‘smirlarning   COVID-19
pandemiyasi   kabi   travmatik   hodisalarning   psixologik   ta’siriga   ko‘proq   moyil
bo‘lishini va ko‘proq intruziv ruminatsiyani boshdan kechirishi ko‘rsatadi. Chunki,
kreativlik   liberal   fantaziya   va   assotsatsiyalarga   asoslanishi   mumkin.   Divergent
fikrlash   darajasi   yuqori   bo‘lgan   o‘smirlar   salbiy   ma’lumotlarga   nisbatan   ko‘proq
liberal   javob   berishlarini   aniqladilar.   Bu   esa   ko‘proq   intruziv   fikr   yuritishga   olib
keladi. [56]
Kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarishning   har   bir   tarkibiy   bloki   faqat   ba’zi
funksional   cheklovlar   va   bir   vaqtning   o‘zida   boshqa   struktur   bloklar   bilan
o‘zaro   aloqa   o‘rnatgandagina   o‘z   funksional   aniqligiga   ega   bo‘ladi.   Odatda,
ajratilgan   tarkibiy   bloklar   to‘la   mustaqillikka   ega   bo‘lmaydi,   balki   faqat
pedagogning   kreativ   faolligi   va   uning   faoliyatiga   jiddiy   ta’sir   ko‘rsatib,
boshqalari   bilan   o‘zaro   munosabatda   ishlaydi.   Bundan   tashqari,   har   bir
ajratilgan   struktur   blok   kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarishning   butun   jarayoniga
o‘zining   muayyan   funksional   hissasini   qo‘shadi.   Shu   bilan   bog‘liq   ravishda,
hamkorlikdagi   faoliyat   va   o‘zaro   ta’sirni   hisobga   olib,   maxsus   asoslangan
tadqiqot   strategiyalari   va   empirik   yondashuvlarni   qo‘llagan   holda
funksional tarkibni tadqiq qilish mumkin. 3.3. O‘smirlarda   kreativ   yondashuvni   rivojlantirish   –   o‘smirlar
ijtimoiy psixologik mexanizmi sifatida
Kreativ   muammolarni   hal   qilish   jarayonlarida   qo‘llaniladigan   asosiy   aqliy
operatsiyalarning   rivojlanishi   va   moslashuvchanligi   kreativlik   ta’lim   va   yoshga
qarab   rivojlanishini   anglatadi.   Darhaqiqat,   ko‘plab   tadqiqotlar   kreativlikni
takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligini ko‘rsatadi  – divergent
fikrlashni   o‘rgatish,   ayniqsa,   o‘ziga   xoslik   va   kamroq   darajada   ravonlik   va
moslashuvchanlik nuqtai-nazaridan   ishlash samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. [44,
361-388]
O‘smirlik   -   bu   tez   o‘zgaruvchan   ijtimoiy   landshaftga   moslashuvchan
moslashish bilan tavsiflangan rivojlanish bosqichi bo‘lib, qaramlikdan avtonomiya
va   individuallikka   o‘zgarishlar   bilan   ajralib   turadi.   Bu   ish   xotirasi   va   kognitiv
nazorat kabi ijodiy idrok bilan bog‘liq bo‘lgan kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirish
uchun   hal   qiluvchi   bosqichni   tashkil   qiladi.   Shunga   qaramay,   o‘smirlik   davrida
divergent   fikrlashning   moslashuvchanligi   va   qanchalik   moslashuvchanligi   haqida
nisbatan   kam   narsa   ma'lum.   Ishchi   xotira,   ijro   etuvchi   nazorat,   munosabatlarga
asoslangan   fikrlash   kabi   boshqa   yuqori   kognitiv   qobiliyatlarni   o‘rgatishva
algebraik   tenglamalarni   yechish   o‘smir   miyasining   plastikligini   ta'kidlaydi.   [40,
5686-5691]
Bu  gipotezani  kreativ  fikrlash   qobiliyatlarini  rivojlantirish   nuqtai-nazaridan
sinab   ko‘rish   maqsadga   muvofiq.   Kreativ   g‘oyalardan   muqobil   foydalanish
topshirig‘i   yordamida   kuzatadigan   bo‘lsak,   unda   ishtirokchilar   umumiy   ob’ekt,
masalan   g‘isht   uchun   muqobil   foydalanishni   yaratadilar.   Ushbu   g‘oyalar   odatda
kreativlikning   uchta   asosiy   komponenti   bilan   kodlangan:   o‘ziga   xoslik,
moslashuvchanlik   va   ijodiy   ravonlik   .   AUT   bo‘yicha   o‘smirlar   vakattalarni
taqqoslaydigan   tadqiqotlarko‘pincha   kattalar   uchun   afzalliklarni   ko‘rsatadi.
Kattalarning   AUT   yechimlari   12-13   va   15-16   yoshli   bolalarnikiga   qaraganda
noyobroq   ekanligini   aniqladi.   Tadqiqotlarda   qo‘llaniladigan   og‘zaki   divergent
fikrlash   sohasida   o‘smirlar   odatda   kamroq   yechimlarni   taqdim   etadilar   va   kech o‘smirlik   davrida   kattalarga   qaraganda   kamroq   ravonlik   va   moslashuvchanlikni
namoyon etadilar.
O‘smirlarda   tanqidiy   va   kreativ   fikrlashni   rivojlantirishning   ahamiyati   juda
katta. Maktablar esa yoshlarga o‘z iste’dodlarini, shu jumladan, kreativ qobiliyatini
kashf etish, rivojlantirish va aniqlashda yordam berishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Maktablar   bolalarni   o‘zlari   yashaydigan   jamiyatning   bir   qismi   ekanliklarini   va
uning   rivojlanishiga   hissa   qo‘shadigan   ijodiy   imkoniyatlarga   ega   ekanliklarini   va
uning rivojlanishiga hissa qo‘shadigan  ijodiy imkoniyatlarga ega ekanliklarini his
qilishida   muhim   ahamiyatga   ega.   O‘zbekistonning   PISA   xalqaro   tadqiqotlar
guruhiga   kiritilishi   va   bu   tadqiqotlarning   2022-yilning   aprel   oyida   o‘tkazilishi
kreativlik borasidagi qimmatli yangilik bo‘ldi. 
PISA   —   15   yoshli   o‘quvchilarning   savodxonligi   va
kompetensiyasini   baholovchi xalqaro dastur bo‘lib, Xalqaro Iqtisodiy hamkorlik va
rivojlantirish   tashkiloti   tomonidan   3   yilda   bir   marta   o‘tkaziladi.   Unda
o‘quvchilarning   bilim   sifati   o‘qish,   matematika   va   tabiiy   fanlar   bo‘yicha
monitoring qilinadi va 1000   ballik tizimda baholanadi. Ushbu xalqaro dastur 1997-
yili   ishlab   chiqilib,   2000-yilda   ilk   marotaba   amaliyotda   qo‘llangan.   Dastur
ko‘magida   turli   davlatlar   ta’lim   tizimidagi   o‘zgarishlar   aniqlanadi,   solishtiriladi,
baholab   boriladi.   Bu   tadqiqotlarning   natijasi   dunyo   bo‘yicha   katta   qiziqish   bilan
kuzatib kelinadi.   Shu bois yildan-yilga uning ahamiyati va qamrovi oshib boryapti.
Misol   uchun,   2000-yilda   dastur   testlarida   32   davlatdan   265000   nafar   o‘quvchi
ishtirok   etgan   bo‘lsa,   2018-yilda   bu   ko‘rsatkich   2   barobarga   oshib,   78
davlatdan   540000   nafardan   ziyod   o‘quvchi   qatnashdi.   Har   bir   davlatdan   ishtirok
etuvchi   o‘quvchilar   soni   mamlakatdagi   jami   15   yoshli   bolalarning   2   foizi
miqdorida shakllantiriladi.
Ta’limning asosiy roli o‘quvchilarni jamiyatda muvaffaqiyat qozonish uchun
zarur   bo‘lgan   va   kerak   bo‘ladigan   ko`nikmalar   bilan   ta’minlashdir.Tanqidiy   va
kreativ   fikrlash   hozirgi   yoshlarning   rivojlanishi   uchun   zaruriy   ko`nikma
bo`lib,ularga   doimiy   va   tez   o‘zgarib   turadigan   dunyoga   moslashishga   yordam
beradi   va   asosiy   savodxonlik   hamda   raqamlash   doirasidan   tashqariga   chiqadigan “XXI   asr”   ko‘nikmalariga   ega   moslashuvchan   ishchilarni   talab   qiladi.   Axir,
bugungi   kunda   bolalar   yangi   muammolarni   hal   qilish   uchun   yangi
texnologiyalardan   foydalangan   holda,   hali   mavjud   bo‘lmagan   sektorlarda   yoki
rollarda   ishlashlari   mumkin.   Ijodiy   tafakkurga   o‘rgatish   yoshlarga   mashinalar
tomonidan   osongina   takrorlanmaydigan   ishlarni   bajarish   qobiliyatlarini
rivojlantirishga   yordam   beradi   va   tobora   murakkab   mahalliy   hamda   global
muammolarning yechimini topmasdan hal qiladi.
Bolalar   uchun   tanqidiy   fikrlash   oqilona   va   aniq   fikrlash   qobiliyatini   o‘z
ichiga oladi. Chunki u bolani mustaqil va aks ettiruvchi fikrlashga jalb qiladi. Bu
ma’lumot   to‘plash   va   eslab   qolish   bo‘lib   qolmasdan,   o‘qishi   natijasida   yuzaga
keladigan   oqibatlarni   olib   tashlashni   va   keyinchalik   ushbu   ma’lumotlardan
foydalanish   yoki   turli   muammolarni   xal   qilish   uchun   boshqa   manbalarni   izlashni
o‘z ichiga oladi. 
Tanqidiy   fikrlash   ko‘nikmalarini   nega   muhimligini   ko‘rsatib   beruvchi
sabablar mavjud: 

Bolaning   bilimlarini   kengaytirishga   yordam   beradi.   Agar   bola   biron
mavzuni   chuqur   o‘rgansa,   bu   unga   yanada   yaxshi   bilim   olishga   va   ishtiyoqni
rivojlantirishga yordam beradi.

Atrofidagi   dunyo   haqida   ko‘proq   ma’lumotga   ega   bo‘lishga   yordam
beradi.

Qimmatli qarorlar qabul qilishga yordam berishi  va ahamiyatsizlarini
aniqlashi mumkin.

Turli muammolarni hal qilishda ustun bo‘lishga yordam beradi.

Mustaqil   fikr   yuritishda   samarali   bo‘lib,   ular   tez   orada   o‘zlarining
aqlli qarorlarini qabul qilishga imkon yaratadi. 

Akademik ko‘rsatkichlarini yaxshilashda ko‘maklashadi. 

Kreativ yutuqlarini oshiradi.

Bolaning   tengdoshlari   bilan   munosabatlarini   rivojlantirishga   yordam
beradi. Ko‘p   turdagi   raqamli   texnologiyalar   zamonaviy   turmush   tarzini   barchamiz
uchun   qulayroq   qiladi.   Ammo   raqamli   asrda   tug‘ilgan   bolalar   uchun   bunday
qurilmalar   faqat   o‘z   ona   muhitining   o‘ziga   xos   xususiyati   hisoblanadi.   Va
shunchalik   ko‘p   texnologiyalarbirlasha   boshlagani   sababli,   ularni   qo‘llashning
moslashuvchanligi   o‘sishda   davom   etmoqda.   Zamonaviy   smartfon   bunga   yaqqol
misol   bo‘la   boladi.   Dastlab   uyali   aloqani   osonlashtirish   uchun   mo‘ljallangan   edi,
ammo   hozir   kuchli   kamera,   video   tasvirga   olish,   o‘yinchi   sifatida   ishlash   va
boshqa   turli   narsalar   bilan   jihozlangan.   Shunday   qilib,   hozirda   maktabda
o‘qiyotgan   bolalar,   ularning   istiqbollari   ko‘pincha   ushbu   raqamli   resurslardan
samarali   foydalanish   orqali   kreativ   faoliyat   ko‘rsatish   qobiliyatiga   qarab
belgilanadigan dunyoda o‘sadi.
Amaliyotchilar   bugungi   kun   bolalarining   raqamli   texnologiyalar   bilan
qanday   munosabatda   bo‘lishlarini   yodda   tutishlari   kerak:   bu   ularning   hayotida
hamma joyda mavjud bo‘lgan hodisa. Masalan, uy sharoitida yosh bola ota-onalari
va   ehtimol   katta   aka-uka,   opa-singillari   bilan   qanday   munosabatda   bo‘lishini
kuzatadi   va   qurilmalar   bilan   qanday   munosabatda   bo‘lishini   kuzatadi.   Bolalar
nafaqat   taqlid   qilish   orqali   o‘rganishni   xohlaydilar,   balki   bunday   texnologiyalar
ham   muhim   madaniy   vositaga   aylanadi,   ya’ni   bolalar   hayotining   muhim   bir
qismiga.
Kelgusi   12   oy   davomida ,   kreativlik   modeli   xalqaro   qiziqishni   o‘ziga
jalb   etayotgan   Vinchester   universitetining   haqiqiy   dunyoni   o‘rganish
markazi   professori   Bill   Lukas   va   doktor   Ellen   Spenser   bilan   hamkorlikda   RSA
quyidagilarni o‘rganadi:
 O‘smirlarning   o‘zlari   va   kattalar   tomonidan   o‘zlarining   mahalliy
jamoalariga ijobiy hissa qo‘shish ehtimoli haqidagi hozirgi tasavvurlar.
 O‘smirlik   davrida   kreativlikni   ifodalash   va   qo‘llash   ishonchi   (ijodiy
o‘zini-o‘zi samaradorligi) qanday shakllanadi.
 O‘z  ijodini  ifoda etish  va  qo‘llashga  ishonchi   yuqori   bo‘lgan  yoshlar
o‘z jamoalarida ijobiy o‘zgarishlar yaratishga ko‘proq jalb qilinadimi.  Yoshlarning o‘z jamoalari manfaati uchun faoliyat bilan shug‘ullanish
ehtimoliga boshqa omillar, jumladan imkoniyatlar mavjudligi, hamdardlik darajasi,
e'tiqod   yoki   fuqarolik   burchi   va   shaxsiy   manfaatdorlik   hissi   qanday   ta’sir   qilishi
mumkin (masalan, rezyumeni mustahkamlashda ishtirok etish) .
 Mahalliy   hamjamiyat   manfaati   yo‘lida   o‘smirlarning   "kreativ   o‘zini-
o‘zi   samaradorligini"   rivojlantirishga   yordam   beradigan   qanday   siyosat   yoki
amaliy choralar tavsiya etilishi mumkin. 3.4. Kreativlik   sifatlari,   ularning   xususiyatlarini   rivojlantiruvchi
psixologik usullar va tavsiyalar
O‘smir yoshidagi bolalar avvalo bir insonning farzandi va uning rivojlanish
jarayonida   oila   muhimrol   o‘ynaydi.   Psixolog   yoki   ta’lim   jarayonidagi   kreativva
tanqidiy   fikrlashga   yordam   beruvchi   mashg‘ulotlar   vako‘rsatmalardan   boshqari
ota-onalarga farzandlarining kamoloti uchun xizmat qiluvchi ayrim tavsiyalar ham
mavjud:
1. Jumboqlarni   topish.   Bu   katta   yoshdagilar   uchun   oddiy   ko‘rinishi
mumkin   ammo   jumboqlarni   so‘rash   nafaqat   qiziqarli   mashg‘ulot,   balki   o‘smir
uchun   juda   katta   muammolarni   hal   qilishdir.   Bu   bolaga   ma’lumotlarni   tahlil
qilishga yordam beradi.
2. Gazeta   o‘qish.   O‘smirni   muntazam   ravishda   gazeta   o‘qishga
rag‘batlantirish   nafaqat   uni   dunyoni   yaxshi   bilishiga   yordam   beradi,   balki   uning
ongini   ishga   solishning   ajoyib   usuli   hisoblanadi.   Ota-ona   farzandiga   bir   nechta
maqolani   o‘qib   chiqishni   va   undan   nimani   tushungani   yoki   nimalarni
o‘zlashtirganini so‘rashi mumkin.
3. Kitob o‘qish. O‘smir yoshidagi bolani kitob o‘qishga undash mumkin,
chunki bu turli vaziyatlarni tahlil qilishning ajoyib usuli hisoblanadi. Kitobni o‘qib
chiqqanidan   so‘ng   ota-ona   kitobni   qisqacha   bayon   qilishni   so‘rashi   mumkin.
Kitobdagi turli xil belgilar va vaziyatlar haqida so‘rash orqalibu ko‘nikmani sekin-
asta shakllantirib boriladi. 
4. Tinglash   qobiliyatini   singdirish.   Yaxshi   fikrlovchi   bo‘lish   uchun
yaxshi tinglovchi bo‘lish juda muhimdir. Bu bolaga boshqa odam fikrini tinglashi
va qadrlashi kerakligini va uning nuqtai-nazaridan masalaga qarashni anglatadi. 
5. O‘smirlarga   haqiqiy   va   soxta   tushunchalarni   tushuntirishga   yordam
berish.   Bugungi   ommaviy   axborot   vositalari   va   ijtimoiy   medianing   real   dunyoda
haqiqat nima-yu, soxtalik nima ekanligi aniqlash qiyin. Shubha tug‘dirgan narsalar
bilan shug‘ullanishni o‘rganish real hayotni anglashga yordam beradi. 6. Xulosalar   haqida   gapirish.   Harakatning   mumkin   va   mumkin
bo‘lmagan xulosalarini o‘rgatish natijani ko‘ra olish qobiliyatini rivojlantiradi. Bu
esa   bolada   tug‘ilgan   kreativ   g‘oyalarning   eng   foydalilarini   ajratib   olishda   muhim
hisoblanadi.
7. Bola   bilan   muhokama   qilish.   Ba’zi   ota-onalar   bolalarning   fikri
ahamiyatsiz   deb   hisoblashi   mumkin,   ammo   bu   bola   uchun   muhim.   O‘smir   yosh
krizisi   davrida   bolaning   fikri   bilan   qiziqish   unga   ota-onasi   uchun   qadrli   va
ahmiyatli   ekanligini   va   uni   mustaqil   fikrga   ega   shaxs   sifatida   qabul
qilinayotganligi   xissini   tuydiradi.   Bu   xis   uning   keyingi   mashg‘ulotlari   va
qarorlarida o‘ziga bo‘lgan ishonch va mustaqil fikrlay olishiga yordam beradi.
8. “Nima   uchun”   deb   so‘rash.   Sabablar   oqibatlarni   keltirib   chiqarishini
hisobga   olsak,   o‘smirning   muammolarni   yechish   uchun   chiqargan   qarorlari   turli
natijalarni olib keladi. Nima uchun savolining ota-ona tomonidan berilishi nafaqat
sabablarga tanqidiy baho berishga, balki kelajakda qilinadigan qarorlarning to‘g‘ri
qabul qilinishiga yordam beradi.
9. O‘smirlarning   muammolarini   hal   qilib   berishga   shoshilmaslik.   Ota-
onalar   bolalarini   har   tomonlama   ta’minlash   uchun   harakat   qilishadi.   O‘zi   qaror
qabul   qilishi   kerak   bo‘lgan   paytda   ham   bu   istak   paydo   bo‘lishi   mumkin.   O‘smir
yoshidagi   bola   uchun   bu   kuchli   salbiy   ta’sirga   ega.   Bu   ta’sirning   sababini   uning
o‘zini   “katta”dek   his   qilishiva   mustaqillikka   intilish   davrini   boshdan   kechirishi
bilan   bog‘laymiz.   O‘spirin   yoshidagi   farzandi   uchun   ota-onaning   qaror   qabul
qilishi   bu   o‘spirin   uchun   aksariyat   hollarda   salbiy   ta’sir   ko‘rsatmaydi.   Chunki   u
oq-qorani   ajratgan   va   ota-ona   farzandiga   yomonlik   istamasligini   tushunadi.
Aksincha qaror uni qoniqtirmasa, uni qayta muhokama qilishi ham, mumkin. Agar
o‘smir bu vaziyatga tushsa o‘zini xo‘rlangandek, biror yaqini yo‘q va ahamiyatsiz
odamdek   his qiladi. Bunday holatda odatda o‘smirlar ikki xil yo‘l tutishadi: yoki
o‘zini   hammadan   chetga   oladi   yoki   salbiy   qarorlar   chiqarib   o‘zining   jamiyatida
o‘zini   tan   olishi   istaydi.   Atrofidagilar   tomonidan   ahamiyatsiz   qabul   qilinadigan
o‘smir   yoshidagi   bolalar   asta-sekin   yomon   xulq-atvor   ko‘rsatish   orqali   diqqat
markaziga tushishni istashadi. 10. Erkin   o‘yin   tarzi.   O‘smir   yoshidagi   bolaga   shug‘ullanishi   mumkin
bo‘lgan   vazifalarni   berish,   ammo   qanday   qilib   vazifani   bajarishiga   aralashmaslik
kreativ g‘oyalar tug‘ilish jarayoni uchun muhimdir. O‘smir bajarish jarayonini o‘zi
tanlashi   undagi   energiyani   oshiradi,   fikrlashini   kuchaytiradi   va   ishiga   u   o‘z   ishi
bo‘lganligi uchun ham muhabbat va ishtiyoq bilan yondashadi.
Bob yuzasidan xulosalar
Kreativ fikrlash insonga XXI asr jamiyatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish
uchun kerakli bo lgan muhim kompetensiyalardan biridir. “XXI asr ko nikmalari”ʻ ʻ
yoki   “XXI   asr   kompetensiyalari”   deb   ataladigan   bu   kompetensiyalar   muttasil
o zgarib   borayotgan,   biz   bilgan   kasblar   yo qolib,   yangi   mutaxassisliklar   paydo	
ʻ ʻ
bo layotgan,   globallashgan,   mavjud   ma lumot   hajmi   har   soniyada   bir   necha
ʻ ʼ
barobarga oshib borayotgan,   raqamlashgan   jamiyatda moslasha olish va o z o rnini	
ʻ ʻ
topish   uchun   juda   muhimdir.   Bu   kompetensiyalar   kognitiv   ko nikmalarning	
ʻ
yuqori   darajada   rivojlangan   bo lishini,   jumladan,   mantiqiy   fikrlash,   solishtirish,	
ʻ
tahlil va sintez, muammolarga yakka tartibda va jamoa bo lib nostandart yechimlar	
ʻ
topa   olish   qobiliyatlarini   taqozo   qiladi.   Bu   ko nikmalarni   rivojlantirish   esa,   o z	
ʻ ʻ
navbatida,   an anaviy	
ʼ   kontentga   asoslangan   pedagogika   va   baholash   usullaridan
chekinib,   kompetensiyaga   asoslangan   o qitish   va   baholashni   joriy   qilishni   talab	
ʻ
qiladi.
Ijodkorlik   insonning   eng   murakkab   va   muhim   xatti-harakatlaridan   biri
hisoblanadi.   Uning   ta'siri   aniq   va   keng   tarqalgan   bo‘lib,   kundalik   hayot
muammolarini   hal   qilishdan   fan   va   san'atgacha   bo‘lgan   sohalarda   tan
olingan.   Ijodkorlik odatda yangi, ammo amalga oshirish mumkin bo‘lgan g‘oyalar,
echimlar yoki tushunchalarni yaratish qobiliyatini anglatadi.  Ijodiy bilish   doirasida,
ijodiy   qobiliyat   faqat   bir   nechta   odamlar   uchun   mavjud   bo‘lgan   tug‘ma   iste'dod
emas,   balki   insonning   me’yoriy   kognitiv   faoliyatiga   xosdir.   Tajribalarimizni
tartibga   solish   uchun   yangi   aqliy   toifalarni   yaratish   va   ulardan   foydalanish qobiliyati   va   ob’ektlarni   aqliy   manipulyatsiya   qilish   qobiliyati   ijodiy   bilish
yondashuvini qo‘llab-quvvatlaydigan ijodkorlikning ba’zi namunalaridir.
Tadqiqotchilarning   turli   fikr-mulohazalarini   nazariy   jihatdan
umumlashtirib,   kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarishning   to‘rtta   umumlashgan
struktur-funksional   blokini   ajratib   ko‘rsatish   mumkin.   Birinchi   blok
asosan   qadriyatli   tizimni   aks   ettirib,   pedagogning   pedagogik   tasavvurlari,
qarashlari,   idellarini   qamrab   oladi.   Ikkinchi   blok   pedagogning   o‘z-o‘zini
tahlil   qilishini   o‘z   ichiga   oladi,   unga   odatda   qobiliyatlar,   pedagogning
o‘zini   anglashga   yo‘naltirilgan   odatlari,   o‘z   individual-psixologik
xususiyatlari   tahlili,   turli   pedagogik   vaziyatlardagi   xatti-harakati,
qiyosiy   tahlil   kiradi.   Uchinchi   blok   kommunikasion-boshqaruv   sohasini   aks
ettirib,   odatda,   qulay,   samarali   muloqot,   o‘zaro   ta’sir,   turli   kommunikativ
vaziyatlarda   puxta   o‘ylab   javob   qaytarish   qobiliyatida   namoyon   bo‘ladi.
Oxirgi   to‘rtinchi   blok   asosan   pedagogning   kreativligi,   faoliyatga   ijodiy
yondashuv,   yangi,   original   g‘oyalarni   ishlab   chiqish   qobiliyati,   ularni
pedagogik amaliyotga tatbiq qilishni aks ettiradi.
Kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarishning   har   bir   tarkibiy   bloki   faqat   ba’zi
funksional   cheklovlar   va   bir   vaqtning   o‘zida   boshqa   struktur   bloklar   bilan
o‘zaro   aloqa   o‘rnatgandagina   o‘z   funksional   aniqligiga   ega   bo‘ladi.   Odatda,
ajratilgan   tarkibiy   bloklar   to‘la   mustaqillikka   ega   bo‘lmaydi,   balki   faqat
pedagogning   kreativ   faolligi   va   uning   faoliyatiga   jiddiy   ta’sir   ko‘rsatib,
boshqalari   bilan   o‘zaro   munosabatda   ishlaydi.   Bundan   tashqari,   har   bir
ajratilgan   struktur   blok   kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarishning   butun   jarayoniga
o‘zining   muayyan   funksional   hissasini   qo‘shadi.   Shu   bilan   bog‘liq   ravishda,
hamkorlikdagi   faoliyat   va   o‘zaro   ta’sirni   hisobga   olib,   maxsus   asoslangan
tadqiqot   strategiyalari   va   empirik   yondashuvlarni   qo‘llagan   holda
funksional tarkibni tadqiq qilish mumkin. XULOSA
Jahonda   t a’lim   va   tarbiya   mazmuni   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish,   fan,
texnika, madaniyatning obyektiv talablariga asoslanadi. 
Xalqoro   miqyosda   hozirgi   kunda   dunyodagi   yetakchi   kompaniyalarning
ishga   olish   talabi   kreativ   fikrlay   olish   yangiliklar   yaratishga   qodirlik   ekanligini
hisobga   oladigan   bo‘lsak,   raqobatbardosh   kadrlarni   yetishtirish   uchun   ularga
kreativ madaniyatni o‘rgatish lozim va biz buni maktabgacha bo‘lgan ta’limda va
xalq ta’limida isloh qilishimiz maqsadga muvofiqdir.
Kreativ   fikrlashda   ta’limni   asosiy   vazifasi   o‘quvchida   u   yashayotgan
jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun uning buguni va kelajagida kerak
bo‘ladigan   ko‘nikmalarni   shakllantirishidir.   Kreativ   fikrlash   bugungi   yoshlar   ega
bo‘lishi  lozim bo‘lgan muhim ko‘nikma bolib, bu ko‘nikma ularga doimiy tarzda
va   shiddat     bilan   o‘zgarayotgan,   oddiy   savodxonlikdan   tashqari   yangilanayotgan
davrga   xos   ko‘nikmalarga   ega   kadrlarni   talab   etayotgan   makonga   moslashishga
ko‘maklashadi.   Kreativlik   bugungi   o‘quvchiga   hozir   hatto   mavjud   bo‘lmagan
sohalarda   ishlashi,   yangi   muammolarni   yangi   ko‘nikmasini   shakllantirish   ularga
tobora   murakkablashayotgan   mahalliy   va   global   muammolarni   noodatiy
yondashuv   orqali   hal   etish   imkonini   yaratadi.   O‘smirlarda   kreativ   fikrlashni
rivojlantirishning   ahamiyati   faqatgina   mehnat   bozori   talablari   bilan   cheklanib
qolmay,   u   yoshlar   uchun   o‘z   qobiliyat   va   ko‘nikmalarini,   shu   jumladan,   ijodiy
iste’dodlarni  kashf  etish muhim  ahamiyatga ega. Kreativ fikrlash o‘quvchilarning
ta’lim   olishini   hodisalar,   tajribalar   va   xatti-harakatlarni   yangicha   va   shaxsan
mazmunli usulda talqin etish orqali qo‘llab quvvatlaydi. 
O‘smirlarning qiziquvchanligi ularning ta’lim jarayonida qo‘l keladi. Ijodiy
fikrlash   shu   tariqa   o‘zaro   kelishuvchanlik   vositasiga   aylanadi,   hattoki   avvaldan
belgilangan   ta’lim   maqsadlari   konteksida   ham   bu   samara   beradi.   Boshqa
ko‘nikmalar   kabi,   kreativlik   ham   amaliy   va   yo‘naltirilgan   yondashuv   orqali
rivojlantirilishi   mumkin.   Barcha   sohalarda   kreativ   fikrlash   mumkin.   O‘smirlar
ta’limi va tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar kreativ fikrlashni ajrata olishi va unga mos shart-sharoitlarni  bilishlari  va yoshlarga fikrlashda  ijodiy yondashishga
yordam bera olishni bilishlari kerak. 
Kreativ   fikrlash   endigina   shakllanayotgan   talqin   bo‘lib   turgan   bir   paytda
ancha   keng   hamda   kreativlik   tuzilmasi   kuchli   tadqiqotchilik   an’anasiga   ega
bo‘ladi. Demak, kreativlik–layoqat, jarayon va muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabat
bo lib,  u  orqali   shaxs   yoki   guruh  ushbu   ijtimoiy  kontekst   uchun  ham  yangi,  hamʻ
foydali bo lgan salmoqli mahsulotni yaratishidir.	
ʻ
Pedagogika,   biznes,   texnologiya   sohasida   kreativ   fikrlashni
shakllantirishning o‘ziga xos usullari ishlab chiqilgan va ommalashgan  bo‘lishiga
qaramay, ular o‘z navbatida bir soha doirasida amal qiladi va aynan o‘sha sohani
rivojlantiradi. Aynan o‘smir yoshidagi bolalarda kreativlikni rivojlantirishni tatbiq
qilish   kelgusida   o‘smirlar   tanlashi   mumkin   bo‘lgan   sohalarga   innovatsiyalar
kiritishga va o‘z o‘rnida o‘zbek psixologiyasida ham kreativlikni  shakllantiruvchi
isbotlangan   metodlar   va   bilimlarning   yanada   ortishiga   sabab   bo‘ladi.   O‘smirlar
kreativligini   rivojlantirish   bu   sohadagi   istiqbolli   tadqiqot   yo‘nalishi   bo‘lsada,
o‘smirlar   ijodini   rivojlantirish   omillari   va   ijtimoiy   kontekstning   roli   haqida   hali
ko‘p   jihatlarni   bilish   kerak.   Bu   omillar   to‘rt   toifaga   ajratildi:   individual   omillar,
ota-ona omillari, ta’lim omillari va ijtimoiy kontekst omillari. 
O‘smirning   kreativ   rivojlanishini   qo‘llab-quvvatlovchi   individual   omillarga
quyidagilar   kiradi:   tajribaga   ochiqlik,   ichki   motivatsiya,   ijodiy   jihatdan   o‘zining
samaradorligi, tashqi omillarga salbiy ta‘sir ko‘rsatish va o‘quv yutuqlari. Qo‘llab-
quvvatlovchi   ota-ona   omili   ota-onalarning   yordami   va   onaning   ishtiroki   bilan
avtonom   motivatsiyani   o‘z   ichiga   oladi.   O‘smirning   kreativ   rivojlanishini
oshiruvchi   ta’lim   omillari   quyidagilardan   iborat:   erkinlik   va   kerakli   yo‘l-yo‘riqni
muvozanatlash,   aniq   o‘rganish   istaklariga   moslashish,   ochiq   faoliyat,   o‘quvchilar
g‘oyalariga   ochiqlik   va   rag‘batlantirish.   Ishonch   va   hurmat   muhiti   va   turli   xil
o‘quv resurslari.  Ijtimoiy konteks omili g‘oyalarni ifoda etish yoki e’tiroz bildirish
o‘zaro   ta’sirlarini   o‘z   ichiga   oladi   va   o‘smirlarni   muammoga   turli   global   va
vaqtinchalik   nuqtai-nazardan   qarashga   undaydi.   To‘sqinlik   qiluvchi   ijtimoiy
konteks   omillari   o‘quvchilarni   baholashda   yaxshi   ishlashga   tayyorlash   uchun o‘qituvchiga bosimning kuchayishi, standartlashtirilgan o‘quv dasturlari va tegishli
baholash turlariga kuchaytirilgan e’tibordir. 
Odatiy xususiyatlarni yaratish amaliyoti yoki qoidalarni o‘zgartirish vazifasi
kreativ   g‘oyalarni   oshiruvchi   jarayonlarni   takomillashtirish   orqali   muqobil
foydalanishni yaratishiga yordam berishi mumkin. Qoidalarni almashtirish holatida
qo‘llaniladigan   kognitiv   moslashuvchanlikni   yaxshilash   muqobil   foydalanishni
yaratish, shuningdek, muqobil foydalanish va oddiy xususiytalar vazifasini bajarish
paytida   vazifalar   o‘rtasida   almashish   uchun   foyda   keltirishi   mumkin.   Kognitiv
moslashuvchanlik   kreativ   faoliyat   uchun   muhim   hisoblanadi.   Bundan   tashqari
muqobil   foydalanishni   yaratishda   o‘ziga   xoslik   va   ravonlikni   xotiradan   tegishli
semantik ma’lumotlarni ketma-ket  olish qobiliyatini, ya’ni  oddiy xarakteristikalar
bo‘yicha   mashg‘ulot   paytida   bo‘lgani   kabi   umumiy   ravonlikni   oshirish   orqali
oshirish mumkin. Masalan, ishtirokchilarga obektni tashkil etuvchi qismlar haqida
ma’lumot olish uchun berilgan ijodkorlik treningi samarali bo‘lib ko‘rindi . Ikkita
faol  nazorat vazifasining bu rolini  muqobil  foydalanish  va oddiy xarakteristikalar
vazifalarini alohida boshqarish orqali tekshirish mumkin. 
O‘smirlar   uchun   kattalarnikidan   ko‘ra   o‘qitishning   foydalari   ko‘proq
bo‘ladimi   degan   savol   tug‘iladi.   Qizig‘i   shundaki,   o‘smirlar   uchun   o‘ziga   xoslik
mashg‘ulotning   holatidan   qat’iy   nazar   kattalarga   nisbatan   sezilarli   o‘sish
kuzatiladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, o‘smirlik mashg‘ulot ta’siriga nisbatan
sezgirlikning   kuchayishi   davridir.   Hech   bo‘lmaganda   ba’zi   yuqori   kognitiv
funksiyalar   uchun   o‘smirlar   kattalarga   qaraganda   yaxshilanish   uchun   ko‘proq
potensialga   ega.   Rivojlanishdagi   bu   farqlar   miya   tuzilishi   va   faoliyatidagi
rivojlanish   o‘zgarishlari   bilan   bog‘liq   bo‘lishi   mumkin.   Yoshi   bilan   miya
mintaqalarining   ixtisoslashuvi   va   integratsiyalashuvining   kuchayishi   o‘smirlarga
nisbatan kattalardagi kognitiv funksiyalarning plastikasini pasayishiga olib keladi. 
Bundan tashqari, o‘smirlik – bu prefrontal korteks va tegishli tartibga solish
tizimlarini qayta tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan davr. Ijodiy g‘oyalar, prefrontal
korteks va kognitiv nazorat funksiyalari o‘rtasidagi kuchli aloqalarni hisobga olgan holda,   o‘smirlik   kreativ   g‘oyalarni   rivojlantirish   uchun   qulay   vaqt   deb   aytish
mumkin.
Yana   bir   ustun   jihat   o‘rganishdagi   moslashuvchanlikning   farqlari   bilan
bog‘liq.   O‘smirlar   kattalarga   nisbatan   ko‘proq   moslashuvchan   bo‘ladi.   Ular
o‘rgatilgan   qat’iylikka   kamroq   moyil   bo‘ladilar   va   o‘rganilgan   assotsatsiyalarni
o‘zgartirishda   ko‘proq   moslashuvchanlikni   namoyon   etadi.   Original   g‘oyalarni
yaratish,   ayniqsa,   moslashuvchanlik   yo‘li   orqali,   uzoq   assotsiatsiyalar   o‘rtasida
moslashuvchan  almashish  va kognitiv tarafkashlik yoki “fuktsional  qat’iylik”ning
qat’iyatliligini   yengish   bila   bog‘liq.   Moslashuvchanlik   gipotezasiga   ko‘ra,
o‘smirlar   mashg‘ulotlardan   kelib   chiqadigan   avtomatizm   va   qat’iylikka   moyil
emas yoki kamroq sezgirdir.
Yoshga   doir   tadqiqotlardan   namoyon   bo‘lgan   ikkinchi   jihat   kattalar   va
o‘smirlar   uchun   o‘qitish   paradigmasining   turli   xil   fikrlash   ravonligi   va
moslashuvchanligiga   turlicha   ta’siri   bilan   bog‘liq.   Aniqroq   aytganda,   hozirgi
natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarda vazifalarni almashtirish bo‘yicha treninglar
kattalarnikiga   qaraganda   ijodiy   g‘oyalarning   moslashuvchanligiga   ko‘proq   ta’sir
qiladi.   O‘smirlar   va   kattalar   o‘smirlik   yoshi   guruhi   uchun   kognitiv
moslashuvchanlik   funksiyalariga   ko‘proq   tayangan   holda   muqobil   foydalanishni
yaratish   uchun   turli   jarayonlar   yoki   strategiyalardan   foydalanadilar.   O‘smirlik
beqarorlikning   ushbu   hayotiy   bosqichida   adaptiv   va   kashfiyotchi   xatti-harakatlar
uchun optimallashtirilgan moslashuvchanlikni oshirishning rivojlanish bosqichidir.
O‘smirlar   tengdoshlarining   fikr-mulohazalariga   kattalarga   qaraganda
boshqacha   munosabatda   bo‘lishadi.   Shuning   uchun   tengdoshlarining   fikr-
mulohazalari   ta’sirida   rivojlanish   farqlarini   o‘rganish   kreativlikni   o‘rgatish
adabiyotiga yana bir qiziqarli qo‘shimcha bo‘lishi mumkin. 
Tez-tez   sodir   bo‘ladigan   portlashlar,   iztiroblar   cho‘qqisini   A.   Maslou
anglash, tushunib yetish, ochilish onlari sifatida tavsiflaydi. Bunday holat kishining
o‘z   kuchidan   ortiq   biror   qobiliyatga   nisbatan   oliy   darajada   diqqatini   to‘plash i ,
haqiqatga   yaqinlashuvidir.   Bunday   onlarda   kishi   yanada   yuksakroq   darajaga
ko‘tariladi, to‘satdan yaqqolroq tushuna boshlaydi, turmushning asrorlari, mohiyati ochila   boshlaydi.   Bunday   iztirobni   ilmiy   ijodkorlik,   ijodkorning   badiiy   ilhomi
bilan   tenglashtirish   shart   emas.   Uni   sevgi   onlari,   tabiat,   musiqadan   zavqlanish,
ilhomlanish   keltirib   chiqarishi   ham   mumkin.   Eng   muhimi,   inson   bunday   paytda
o‘zini yolg‘iz his qilmasdan, balki oliy kuchlar bilan  birga  his qiladi.
O‘smirlik   -   bu   tez   o‘zgaruvchan   ijtimoiy   landshaftga   moslashuvchan
moslashish bilan tavsiflangan rivojlanish bosqichi bo‘lib, qaramlikdan avtonomiya
va   individuallikka   o‘zgarishlar   bilan   ajralib   turadi.   Bu   ish   xotirasi   va   kognitiv
nazorat kabi ijodiy idrok bilan bog‘liq bo‘lgan kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirish
uchun   hal   qiluvchi   bosqichni   tashkil   qiladi.   Shunga   qaramay,   o‘smirlik   davrida
divergent   fikrlashning   moslashuvchanligi   va   qanchalik   moslashuvchanligi   haqida
nisbatan   kam   narsa   ma'lum.   Ishchi   xotira,   ijro   etuvchi   nazorat,   munosabatlarga
asoslangan   fikrlash   kabi   boshqa   yuqori   kognitiv   qobiliyatlarni   o‘rgatishva
algebraik tenglamalarni yechish o‘smir miyasining plastikligini ta'kidlaydi.
Tadqiq   etilayotgan   masala   bo‘yicha   ilmiy   adabiyotlar   tahlilining
ko‘rsatishicha,   kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarish   tushunchasi   juda   dolzarb   va
nisbatan   yangi   hisoblanadi,   turlicha   talqin   qilinadi,   shuningdek,   ko‘p
qirralidir.   O‘rganilayotgan   hodisaning   ikki   struktura   asosi   tushunchaviy
terminologik   tizimidan   kelib   chiqib,   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   kreativ   o‘z-o‘zini
boshqarish   pedagogning   dolzarb   pedagogik   muammolarni   oldindan   ko‘ra   bilishi,
shuningdek,   pedagogika   amaliyotlarni   samarali   hal   qilish   bo‘yicha   original
g‘oyalarni ishlab chiqishni ta’minlovchi pedagogning o‘z xatti-harakatlari, holatini
ongli   boshqarishni   aks   ettiradi.   Bundan   tashqari   kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarish
kompleks kasbiy-muhim shaxsiy tavsif sifatida ham yuzaga chiqishi mumkin. Bu,
bir   tomondan,   zamonaviy   ta’lim   jarayonida   o‘smirlarning   o‘zgarish   dinamikasini
hisobga   olib,   pedagogik   faoliyatning   mustaqil   korreksiyasi,   shaxslararo
munosabatlarga   optimal   moslashishni     ta’minlaydi,   boshqa   tomondan   esa,
mutaxassisning  uzluksiz   ijodiy  rivojlanishidagi   muhim  omil  sifatida  pedagogning
mustaqil ta’lim, o‘zini rivojlantirishni tashkillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha
faolligini belgilaydi. Pedagogik   faoliyat   “pedagog-ta’lim   oluvchi”ning   faol   o‘zaro
aloqalari,   tizimni   shakllantiruvchi   munosabatlari,   ijodkor   shaxsni
rivojlantirishga   qaratilgan   yangi   pedagogik   texnologiyalar   bilan
boyitilgani,   shuningdek,   pedagogdan   muammolarni   hal   qilishda   nostandart,
kreativ   yondashuvlarni   talab   qiluvchi   vazifalari   bilan   xarakterlanadi.   Bu
holatlar   pedagogik   ish   sharoitlari   bilan   bog‘liq   holda   kelib   chiqadigan
ortiqcha   ruhiy   zo‘riqish,   stress   omillari   mavjudligiga   sabab   bo‘ladi.
Bularning   barchasi   pedagogdan   o‘quv   jarayonini   ijodiy   jarayon   sifatida
tashkil   etish   va   o‘tkazishga   oid   yangi,   noan’anaviy,   original   yondashuvlarni,
muvofiq   o‘zaro   hamkorlikni   tashkil   etishga   qaratilgan   o‘z   his-tuyg‘ulari,
xatti-harakatlari,   fe’l-atvorini   doimiy   ravishda   nazorat   qilish   va
boshqarishni   talab   etadi.   Shu   bilan   bog‘liq   ravishda,   kreativ   o‘z-o‘zini
boshqarish   pedagogik   faoliyatning   muhim   funksional   elementi,   pedagogik
takomillashishning   hayotiy   zarur   tarkibiy   komponenti   sifatida   yuzaga
chiqadi   va   umuman   zamonaviy   oliy   pedagogik   ta’lim   nazariyasi   va
metodikasi uchun umumiy bazaviy invariant tarzida ifodalanadi.
Kreativ   o‘z-o‘zini   boshqarish   pedagogik   faoliyatning   kreativ
jarayoni   vazifalari   va   shartlari   bilan   muvofiq   ravishda   psixologik   pedagogik
qobiliyatlar,   mavjud   kamchiliklarning   kompensasiyasi   va   kelgusida   tugatilishi,
psixik   holatlarni   boshqarishni   optimallashtirishni   amalga   oshiradi.   Pedagogning
kreativ o‘z-o‘zini boshqarishi butun bir kompleks xususiyat hisoblanib, o‘ziga xos
shaxsiy majmua, zarur hajmdagi psixologik-pedagogik qobiliyatlar, bilim, ishonch
va   erkinlikni   o‘zida   birlashtiradi.   Iroda   pedagog   o‘z   faoliyati   jarayonida
qabul   qiladigan   obyektlarga   ongni   jamlash   va   yo‘naltirishni   ta‘minlaydi.
Uning qobiliyatida eng yaqqol o‘rganilgan hodisa bu o‘z psixikasi, xatti-harakatini
ongli   boshqarish,   yangi   original   g‘oyalarni   ishlab   chiqishga   o‘zini   yo‘naltirish,
maqsadga   erishish   yo‘lida   yuzaga   keladigan   turli   to‘siqlarni   bartaraf   etish
hisoblanadi.  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Normotiv   huquqiy   hujjatlar
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasi.   -   Toshkent:   O‘zbekiston,
2017. - 80 b.
2. O‘zbekistonRespublikasining   “Yoshlarga   oid   davlat   siyosati
to‘g‘risida”gi   Qonuni,   2016-yil   14-sentyabr.   O‘zbekiston   Respublikasi   qonun
hujjatlari to‘plami, 37-son, 426-modda.
3. O‘zbekiston   Respublikasining   “Bola   huquqlarining   kafolatlari
to‘grisida”gi Qonuni, 2008-yil.
4. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O‘zbekiston   Respublikasini
yanadarivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   to‘g‘risida”gi   Farmoni.   -
Toshkent: Adolat, 2017. - 112 b.
5. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining “Yoshlarga  oid davlat  siyosati
samaradorligini   oshirish   va   O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqi   faoliyatini   qo‘llab
quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017-yil 6-iyul.
6. O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “Respublika   bolalar
ijtimoiy moslashuvi markazini tashkil etish to‘grisida”gi 419- sonly Qarori, 2004-
yil 7-sentyabr.
7. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   17-yanvardagi   PF-
5635-son   “2017–2021-yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning
beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasini   “Faol
investisiyalar   va   ijtimoiy   rivojlanish   yili”da   amalga   oshirishga   oid davlat dasturi to‘g‘risida” gi farmoni.
8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PF-5763-
son  “Oliy va o‘rta   maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmon i .
9. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   -   Toshkent:
Ma’naviyat, 2008. - 176 b.
10. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   vafarovon,   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish
tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi
nutq. - Toshkent: O‘zbekistan, NMIU, 2016. -56 b.
11. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini  ta’minlash
yurt   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitusiyasi   qabul   qilinganining   24-yilligiga   bag‘ishlangan   tantanali
marosimdagi   ma’ruza.   2016-yil   7-dekabr.   -   Toshkent:   O‘zbekiston   NMIU,   2017-
48 b.
12. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-yil   7   fevraldagi     PF-
4947-sonli  “O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar
strategiyasi   to‘g‘risida”gi   Farmoni.   O‘zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlari
to‘plami. 2017. - 6 (766)-son.
Monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar.
13. Aburn,   G.,   Gott,   M.,   and   Hoare,   K.   (2016).   What   is   resilience?   An
integrative   review   of   the   empirical   literature.   J.   Adv.   Nurs.   72,   980–1000.   doi:
10.1111/jan.12888
14. Albert D., Chein J. va Sternberg L. “O‘smir miyasi: o‘smirning qaror qabul
qilishiga tengdoshlarining ta’siri” Curr. Dir. Psixol. Ilmiy. 22, 114-120 2013
15. Alisher Navoiy Xamsa. - Toshkent: Yangi asr  avlodi, 2013. - 428 b.
16. Amabile, T. M. (1983). The social psychology of creativity: a componential
conceptualization.   J. Pers. Soc. Psychol.   45, 357–376 17. Barotov Sh. R. Psixologik xizmat. –T. 2018. -346 b.
18. Bass M., De Dreu, Nijstad B.A. “25 yillik kayfiyat – ijodkorlik tadqiqotining
meta tahlili: hedonic ohang, faollik yoki tartibga soluvchi diqqat? Psixol buqa 134,
779-806 2008
19. Bonanno,   G.,   and   Diminich,   E.   (2013).   Annual   research   review:   positive
adjustment   to   adversity   -   trajectories   of   minimal-impact   resilience   and   emergent
resilience.   J. Child Psychol. Psychiatry   54, 378–401
20. Bono E. “Serious creativity”  New York 1992
21. Bono E. “Six thinking hats” 1986
22. Chan U. “Kreativlik ensiklopediyasi” (ikkinchi nashr) 2011
23. Chang,   L.,   Chen,   B.   B.,   and   Ji,   L.   Q.   (2011).   Attributions   and   attitudes   of
mothers and fathers in China.   Parent. Sci. Pract.   11, 102–115
24. Chulyokin S., Bayanova  F. «Zamonaviy rivojlanish psixologiyasida bolalar
kreativligi muammosi
25. G‘oziyev E.G‘. Umumiypsixologiya. T., 2010.-544 bet.
26. G‘oziyevE.G‘., JabborovA.M. Faoliyat va xulq-atvor motivasiyasi. T.: 2003,
-124 b.
27. Guilford, J.  P.  (1957). Creative  abilities  in  the  arts.   Psychol.  Rev.   64, 110–
118
28. Hyung   Hee   Kim   “The   creativity   crisis:   the   decrease   in   creative   thinking
scores on the Torrence tests of creative thinking” creativity Research Journal 285-
295-bet
29. Ingliz tili darsligi 10-sinf 65 –bet
30. Jabborov   A.M.   O‘qituvchi   etnopsixologiyasi.   Qarshi   “Nasaf”   nashriyoti,
2015, 180-bet
31. Jolles  D.D  va  Kron  E.A  “Rivojlanayotgan  miyani   o‘rgatish:   neyrokogniyiv
nuqtai-nazar”  old.hum.nevrologlar 2012
32. Jonson   S   va   Vilbrecht   L.   «Voyaga   yetmagan   sichqonlar   kattalarga
qaraganda ko‘p tanlovli teskari o‘rganishda ko‘proq moslashuvchanlikni ko‘rstadi”
dev. Kogn. Nevrologlar 1, 2011 540-551-bet 33. Keating   D.P.   «Kognitiv   miya   rivojlanishi”   o‘smirlar   psixologiyasi
qo‘llanmasi 2004 864-bet
34. Kim Kyung-Xi “Creative thinking in Torrence Tests” 2008 19-bet
35. Kumar.   V.K   ,   Holman   E.R   The   creativity   styles   questionnaireCreativity
Research Journal 10 (1) pp  51-58
36. Mavlonova R.A va boshqalar  “Umumiy pedagogika”  2018 101-bet
37. Mavlonova   R.A,   N.X.Rahmonqulova   “Boshlang‘ich   ta’limda   pedagogika,
innovatsiya, integratsiya” Toshkent 2013
38. Mednick S. A. (1962). The associative basis of the creative process.   Psychol.
Rev.   69, 220–232
39. Metzl, E. S., and Morrell, M. A. (2008). The role of creativity in models of
resilience:   theoretical   exploration   and   practical   applications.   J.   Creat.   Ment.
Health   3, 303–318
40. Qin Y., Karter CS, Silk EM, Stenger VA, Fissell K., Goode A. va boshqalar
(2004).   Bolalar algebra tenglamalarini yechishni o‘rganayotganda miya faollashuvi
naqshlarining o‘zgarishi   .   Proc.   Natl.   akad.   Sci.   AQSh   .   101   , 5686–5691
41. Runco A.M, Millar.G, Akar.S, Kramond B. Torrance testlari ijodiy fikrlash
shaxsiy   va   jamoat   yutuqlarining   bashoratchilari   sifatida:   ellik   yillik
kuzatuv.   Creativity Research Journal, 22 (4)
42. Runco,   M.,   and   Richards,   R.   (1998).   Eminent   Creativity,   Everyday
Creativity,   and   Health:   Publications   in   Creativity   Research.   Greenwich,   CT:
Ablex/Greenwood.
43. Sharipova D., Xodieva D.P., Shirinov M.K.“ Kreativlik” 22.12.2019
44. Skott   G.,   Leritz   LE,   Mumford   MD   (2004).   Ijodkorlikni   o‘rgatish
samaradorligi: miqdoriy tahlil   .   Yaratish.   Res.   J   .   16   , 361–388.
45. Sternberg R.J, Kaufman   S.B.The theory of multiple intelligences 485-503-
betlar
46. Torrance, E. (2008).   Torrance Tests of Creative Thinking: Norms-Technical
Manual, Verbal Forms A and B.   Bensenville, IL: Scholastic Testing Service. 47. Torrens     E.P.   “Kreativ   iqtidorli   o‘sish:22   yillik   bo‘ylama   tadqiqot.   Kreativ
bolalar va kattalar”. 3 bob, 148-158- bet
48. Torrens E.P.   “Boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining ijodini bashorat qilish
va o‘zgarishlarni yaratgan o‘qituvchi, iqtidorli bola”. 55-62-bet
49. Torrens E.P.   “Kreativ iqtidorli o‘sish:  22 yillik bo‘ylama tadqiqot. Kreativ
bolalar va kattalar”. 3-bob, 148-158- bet
50. Torrens E.P. : Creative Oklahoma https://creativeoklahoma.org
51. Torrens E.P. “Boshlang‘ich   maktab o‘quvchilarining ijodini bashorat qilish
va o‘zgarishlarni yaratgan o‘qituvchi, iqtidorli bola”. 55-62-bet
52. TorrenS E.P. “Creativity” 1969
53. Torrens  E.P. Kreativ qobiliyatning mezonlarga asoslangan  ko‘rsatkichlarini
longityud o‘rganish orqali empirik tasdiqlash. Kreativ bolalar va kattalar” 136-140-
bet
54. Uorren   F.   va   Devis   D.G.   «Kreativ   fikrlash   texnikasi:uchta   usulni   empiric
taqqoslash” 1969
55. Vigotskiy   L.S   Dinamika   istruktura   lichnosti   podrostka:   Xrestomatiya
povozrastnoyi   pedagogicheskoy   psixologii.   -   M:   Mejdunarodnaya
pedagogicheskaya akademiya, 1994. - S. 211 - 215.
56. Yamaoka, A., and Yukawa, S. (2020). Mind wandering in creative problem-
solving:   relationships   with   divergent   thinking   and   mental   health.   PLoS
One   15:e0231946.
57. Zakirova   N.M.   “O‘quvchilarda   kreativlikni   shakllantirish   mazmuni   va
usullari” Academic research in educational sciences 2020
Dissertasiya   va   avtoreferatlar
58. Karimova   V.M.   Yoshlarda   o‘zbek   oilasi   to‘g‘risidagi     ijtimoiy   tasavvurlar.
Psix. fan. dok. diss. - T.: ToshDU, 1994. - B.309.
59. Norqulova   N.T.   Affiliasiya   motivi   –   talabalar   ma’naviy   qiyofasini
shakllantiruvchi   ijtimoiy-psixologik   omil   //   Psixologiya   fanlari   bo‘yicha   falsafa
doktori   (PhD)   ilmiy   darajasini   olish   uchun   tayyorlangan   dissertasiya.   T.:   2017,   - 144 b.
60. Rasulova   F.F.   O‘smirlarda   agressiv   xulq-atvor   namoyon   bo‘lishining
psixologik   xususiyatlari   //   Psixologiya   fanlari   bo‘yicha   falsafa   doktori   (PhD)
dissertasiyasi avtoreferati. T.: 2018, - 49 b.
ILOVALAR
1-ilova
Torrensning ijodiy fikrlash testlari – figurali va og‘zaki
Ko‘rsatma: Boshlash aytilmagunga qadar testni ishlashni boshlamang.
 Hech kim o‘ylamaydigan narsalar haqida o‘ylang.
 Imkoniyatingiz yetgunicha ko‘p g‘oyalar topishga harakat qiling.
 G‘oyalaringizni to‘ldirish uchun ularga detallar qo‘shing.
 Vaqt   nihoyasiga   yetguncha   siz   vazifani   tugatsangiz   ,   siz   yana
ishingizga detallar qo‘shishingiz yoki jim kutshingiz mumkin.
 Iltimos, aytilmagunicha keying vazifaga o‘tmang.
Mashg‘ulot   1 :   Bu   yumshoq   o‘yinchoq   ayiqchani   yanada   maroq   bilan
o‘ynash uchun nimalar qilish mumkin. Sizda 3 daqiqa vaqt bor.  _____________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
____________________________________
Mashg‘ulot  2:   Tasavvur  qiling, siz  sehrgarsiz. Siz qanday yangi narsalarni
yaratgan bo‘lardingiz. Sizda 3 daqiqa vaqt bor.
Mashg‘ulot   3 :   Qalamdan   chizishdan   tashqari   foydalanish   mumkin   bo‘lgan
eng ko‘p noodatiy usullani toping. Sizda 3 daqiqa vaqt bor. _____________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
_____
  Mashg‘ulot   4:   Tugallanmagan   figuradan   surat   hosil   qilish   uchun   unga
chiziqlar   qo‘shing.   Chizgan   suratingiz   bilan   tugallanadigan   hikoya   aytishga
harakat qiling. Sizda 10daqiqa vaqt bor. ∏
Mashg‘ulot   5:   Surat   hosil   qilish   uchun   shakllarga   detallar   qo‘shing.   Hech
kim   o‘ylashi   mumkin   bo‘lmagan   suratlarni   hosil   qilish   haqida   o‘ylang.
Suratlaringiz   bilan   to‘liq   bir   hikoya   aytish   uchun   uni   detallar   bilan   to‘ldiring.
Suratlaringizga sarlavha toping. Sizda 10 daqiqa bor.  ------------------------------------------------------------------
----------------------------------------------------------------
Ism:______________________________________
Sinf: ______________________________________
Jins: ______________________________________
Tug‘ilgan sana: _____________________________ 
XULOSA:
________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
2-ilova
Kreativlik usullari so‘rovnomasi
Dr. V.K. KumarDr E.R.Holman
West Chester universiteti
Bu   so‘rovnomaning   maqsadi   qanday   qilib   shaxslar   kreativ   harakatlarga
kirishishi   aniqlash.   “Kreativ”   termini   har   bir   harakatni   yangicha   usul   bilan
yaratishni   ifodalaydi:   kundalik   turmushdagi   va   ishdagi   muammolarni   yechish, ilmiy yoki boshqa turdagi tadqiqotlar bilan band bo‘lish, yozish, chizish, musiqiy
rivojlanish va boshqalar. Biz ish jarayoniga kreativ yondashishda o‘z uslubimizga
egamiz va u haqida har bir shaxs aniq bilishni istaydi. 
Kundalik hayotda kreativni namoyon qiluvchi turli xildagi punktlar quyidagi
savolnomada   berilgan   bo‘lib,   har   bir   holatni   o‘qish   va   o‘zingizga   mos   bo‘lgan
shkalani belgilash lozim bo‘ladi. 
1. Mutlaq qo‘shilaman
2. Qo‘shilaman
3. Ishonchim komil emas
4. Qo‘shilmayman 
5. Mutlaqo qo‘shilmayman
Kreativ   jarayonga   kirishish   tipini   aniqlash   savolnomasi   javoblari   aniq
chiqishi uchun haqqoniy va to‘g‘ri javobni belgilash kerak. 
Savollarga uzoq o‘ylamasdan javob berish va tezroq ishlashga harakat qilish
maqsadga muvofiqdir.Barcha javoblaringiz faoliyatingizga mos ekanligiga ishonch
hosil qiling. 
Barcha savollarga javob bering.
Punktlar  M
Q+ Q
+ I
KE Q
- M
Q-
1 Men
o‘zimni   kreativ
shaxs   deb
hisoblayman
2 Kreativlikn
i   talab   qiluvchi
ishlarni   bajarish
bilan   muntazam
shug‘ullanaman
3 Hatto
chuqur o‘ylamasimdanoq
menda   kreativ
g‘oyalar   paydo
bo‘ladi
4 Biror   ishni
bajarishdan   oldin
ilhomlanish
chaqmog‘ini
kutaman
5 Men   o‘z
kreativligimni
g‘alati   va   batartib
deb hisoblayman
6 Menda
ziyraklik   bor.   U
tushuntirish   yoki
tushunishga
qiynalmasligim
uchun   manba
bo‘ladi
7 Kreativ
ishlashimni
osonlashtiruvchi
ongsiz   jarayon
borligiga
ishonaman 
8 Agar
motivatsiyam
bo‘lmasa   ishimda
tez-tez   tanaffuslar bo‘adi
9 Hayolimga
kelgan   turli
xildagi   ko‘plab
g‘oyalardan
ishimda
foydalana olaman
1
0 Kreativ
bo‘lish   uchun
emotsional
harakatlanish
kerak
1
1 Kreativlik
uchun   mos
kayfiyat   va   his
tuyg‘uda   bo‘lish
kerak
1
2 Yangi
g‘oya
tug‘ilganida   to
uni   sinab
ko‘rmagunimgac
ha   batamom
sho‘ng‘iyman
1
3 Yangi
g‘oyalar   meni
band   qiladi,
boshqaradi.   Shu
sababli   ham
xulosa   chiqarish avtomatik   tarzda
sodir bo‘adi
1
4 Kreativlik
kuchli   mehnat   va
mashaqqat   talab
qiladi   deb
hisoblayman
1
5 Menda
kreativlik   puxta
rejalashtirish   va
uzoqni   uzoqni
ko‘zlash   ortidan
keladi
1
6 Kreativlik
harakatlanishni
amaliyotda   sinab
ko‘raman 
1
7 Kreativlik
shaxsiy   intizom
natijasidir
1
8 Kreativlik
ko‘tarinki   ruh
natijasidir
1
9 Kreativ
ishga   sho‘ng‘igan
paytimda
kreativligimni
yo‘qotmaslikka
harakat qilaman
2 Yangi 0 g‘oyalar   paydo
bo‘lganida   saqlab
qo‘yish   uchun
diktofon,   ruchka,
yon   daftar   yoki
shunga   shunga
o‘xshash
buyumlar   olib
yuraman
2
1 Yangi
g‘oyalarning
yechimini   tipish
uchun
hayollarimni
erkin qo‘yaman
2
2 Asosan
mavjud   g‘oyani
o‘zgartirish   orqali
yangisini   hosil
qilaman
2
3 Mavjud
g‘oyalarni   bir
biriga   qo‘shish
orqali   yangisini
hozil qilaman
2
4 Men
mahsulotlarni
tekshirayotganim
da   tanqidiy   nigoh
bilan   qarayman va   ularni   qanday
takomillashtirish
haqida o‘ylayman
2
5 Avval   rad
etgan   g‘oyalarim
ham   tez-tez
yodimga tushadi
2
6 Kundalik
turmushda
bajariladigan   har
bir   harakatni
qanday   qilib
boshqacha   usulda
bajarish
mumkinligi
haqida o‘ylayman
2
7 Men
shunchaki mavjud
bo‘lgan
g‘oyalarga   oz-
ozdan
o‘zgartirishlar
kiritaman
2
8 Eski
g‘oyalarni
yangilari   bilan
chalkashtirmaslik
uchun   ularni
mutlaq   rad
etaman   yoki e’tiborsiz
qoldiraman
2
9 Yangi
g‘oyalarni
atrofdan izlayman
va   o‘zimga
moslashtiraman
3
0 Bir
vaqtning   o‘zida
ko‘plab   g‘oyalar
ustida   ishlashga
harakat qilaman
3
1 Yangi
g‘oyalar   paydo
bo‘lishi   uchun
brainstorming
texnikalaridan
foydalanib
turaman
3
2 Biron   kun
foydalanish
ehtimoli   borligi
uchun   yangi
g‘oyalarni
yozishga kundalik
tutaman
3
3 Yangi
g‘oya
tug‘ilganida   to
yana   ko‘plab g‘oyalar
tug‘ilgunigacha
uni
takomillashtirishg
a   etibor
qaratmayman
3
4 Foydali
natija
topgunimcha ko‘p
tajribalarni   (xato
va   sinovlar)
amalga   oshirib
ko‘raman
3
5 Masalada
qiyin   holatga
kirib   qolsam
ishimni   biroz
vaqtga
to‘xtataman   va
boshqasi   bilan
shug‘ullanaman
3
6 Yangi
g‘oyalar   tug‘ilishi
uchun   sayr
qilaman
3
7 Yangi
g‘oyalar   tug‘ilishi
uchun   ko‘p   va
keng   qamrovli
tarzda o‘qiyman 3
8 Yangi
g‘oyamni
qanchalik
muvaffaqiyatli
bo‘lishi
ehtimollari haqida
kimdir   bilan
muhokama
qilaman
3
9 Masalada
qiyin   holatga
kirib   qolsam   uni
qanday   davom
ettirish   haqida
boshqalardan
maslahat olaman
4
0 Yolg‘iz
ishlaganimda
ko‘proq   kreativ
bo‘laman
4
1 Boshqa
biron   kishi   bilan
ishlasam   ko‘proq
kreativ bo‘laman
4
2 Guruhda
ishlaganimda
ko‘proq   kreativ
bo‘laman
4
3 Yangi
g‘oyalar   borasida men juda sirliman
4
4 Yaratgan
mahsulotlarimni
boshqalarga
ko‘rsataman
4
5 Yangi
g‘oyalar   ustida
ishlayotganimda
holi qolishni afzal
ko‘raman
4
6 Yangi
g‘oyalar
tug‘ilayotganda
o‘zimni
boshqalardan
chetga olaman
4
7 Yomon   va
ish   bermaydigan
g‘oyalardan   ham
ancha   vaqtgacha
qutulolmayman
4
8 Menda
odatda   ikki   xil:
ham   samarali
ham   samarasiz
g‘oyalar bo‘ladi
4
9 Vazifaning
so‘nggi   muddati
belgilangan
bo‘lsa   uni yaxshiroq
tamomlayman
5
0 Agar
menda   taqdim
qilish   uchun   aniq
kreativ   mahsulot
bo‘lmasa,   men
o‘zimni   bu
borada
muvaffaqiyatsizli
kka uchradim deb
hisoblayman
5
1 Natija
muhim   emas.
Shunchaki   yangi
g‘oyalar   yaratish
jarayonidan
rohatlanaman
5
2 Biror
kreativ   ishni
tamomlaganimda
n   keyin   ancha
vaqtgacha
yangisini
boshlolmayman
5
3 Kreativ
ishni his tuyg‘ular
bilan
bajarmagunchata
yyor   mahsulot ko‘zga
ko‘rinmaydi
5
4 Kreativ
ishlashim   uchun
maxsus   joyimga
joylashib olaman
5
5 Kreativ
ishlashim   uchun
alohida   vaqtni
belgilayman
5
6 Yaxshi
kreativ   fikrlashim
uchun maxsus joy
(joylarim) bor
5
7 Yaxshi
kreativ   ishlashim
uchun   kun
davomidagi   aniq
soatlarim bor
5
8 Kreativ
ishlashni
boshlashdan oldin
chekib olaman
5
9 Kreativ
fikrlashni
boshlashdan oldin
choy,   kofe   yoki
tarkibida   kofein
moddasi   mavjud
bo‘lgan   bironta ichimlik   ichib
olaman
6
0 Biror   g‘oya
ustida
ishlayotganimda
muntazam   chekib
turaman
6
1 Biror   g‘oya
ustida
ishlayotganimda
choy,   kofe   yoki
tarkibida   kofein
mavjud   bo‘lgan
ichimliklarni
muntazam   ichib
turaman
6
2 Odatda
biror   g‘oya   ustida
ishlashni
tamomlaganimda
n keyin chekaman
6
3 Odatda
biror   g‘oya   ustida
ishlab
bo‘lganimdan
keyin   choy,   kofe
yoki   tarkibida
kofein   mavjud
bo‘lgan   bironta
ichimlik ichaman 6
4 Yaxshi
muvaffaqiyatli ish
uchun   o‘zimni
mukofotlab
turaman
6
5 Tinch
joyda   kreativ
ishlashga   harakat
qilaman
6
6 Ishga
sho‘ng‘iganimda
odatda   musiqa
tinglayman
6
7 Kreativ
ishlash
jarayonidagi
yaxshi   kayfiyat
uchun   odatda
alkogoldan
foydalanaman
6
8 Ish
jarayonidagi
yaxshi   kayfiyat
uchun   boshqa
moddalarni
iste’mol qilaman
6
9 Ishni   duo
qilishdan
boshlayman
7 Kreativ 0 ishlashni
boshlashdan oldin
chuqur   o‘ylab
olaman
7
1 Kreativ
ishni   boshlashdan
oldin   tamaddi
qilib olaman
7
2 Kreativ
ishlash   uchun
sevimli
buyumlarim   bor
(maxsus   ruchka,
o‘ylash   uchun
kepka,   kitob
o‘rnatish
moslamasi   va
hkz).   Ularsiz
diqqatimni
jamlash   va   ishga
sho‘ng‘ish qiyin
7
3 Ijod
qilayotganda
taqadigan
tumorim/   kiyish
uchun   sevimli
libosim bor
7
4 Kreativ   ish
jarayonidan
ko‘rish sezgisidan ko‘proq
foydalanaman
7
5 Kreativ
ishda   eshitish
sezgisidan
ko‘proq
foydalanaman
7
6 Kreativ
ishda   tana
sezgisidan
ko‘proq
foydalanaman
7
7 Kreativ
ishda   ta’m   bilish
sezgisidan
ko‘proq
foydalanaman
7
8 Kreativ
ishda   hid   bilish
sezgisidan
ko‘proq
foydalanaman
Kreativ uslub savolnomasi baholash mezoni
Kreativ uslub savolnomasi 8ta turdagi shkaladan tashkil topgan. Baholashda
beshta shkaladan foydalaniladi:
1. Mutlaqo qo‘shilaman
2. Qo‘shilaman
3. Ishonchim komil emas  4. Qo‘shilmayman
5. Mutlaqo qo‘shilmayman
Shkala punktlarining aksariyat qismiteskari tomonga hisoblanadi:
5. Mutlaqo qo‘shilmayman
4. Qo‘shilmayman 
3. Ishonchim komil emas
2. Qo‘shilaman 
1. Mutlaqo qo‘shilaman
I. Kumar va Holmanning kreativ qobiliyatni global o‘lchovi.  Shkalalar 2
banddan   tashkil   topgan   bo‘lib   va   o‘lchovlar   sgaxs   o‘zini   qanchalik   kreativligini
o‘lchash uchun ishlatiladi. Yuqori ballar yuqori kreativlikni ko‘rsatadi. Shaxsning
natijasi quyidagi ikkita banddagi baholashni qo‘shish orqali chiqariladi. 
1(-)2(-)
Bu shkalaning alfa ishonchliligi 76 deb topilgan.
II.   ongsiz   jarayonlarga   ishonish.   Bu   shkaladagi   punktlarshaxsni   kreativ
ishlash jarayonidagi o‘zining nazorati juda kam bo‘lgan ilhomlanish va zakovatga
qanchalik   ishonishini   baholaydi.   Yuqori   natija   shaxsni   kreativlik   holatida
ilhomlanish   va   zakovat   anglanmaydigan   holat   ekanligiga   ishonchini   ko‘rsatadi.
Natija 17ta punktni qo‘shish va 17ga bo‘lish orqali chiqariladi:
3(-) dan 13(-)gacha hammasi teskari usulda, 14, 15, 16, 17, 18(-), 19(-)
Bu shkalaning alfa ishonchliligi 0.70
III.   Texnikalardan   foydalanish.   Bu   shkala   punktlari   shaxs   kreartiv
ishlashni   osonlashtirish   uchun   maxsus   strategiya   va   texnikalardan   qanchalik
foydalanishini   baholaydi.   Bu   bo‘limda   natija   18  punkt   ballarini   qo‘shish   va  18ga
bo‘lish orqali chiqariladi.
20(-)dan 37(-)gacha hammasi teskari
Shkalaning alfa ishonchliligi 81 
IV.   Boshqalardan   foydalanish.   Bu   shkala   punktlari   shaxsning
boshqalardan   maslahat   olishi,   boshqalar   bilan   ishlashi,   boshqalar   bilan   g‘oyalari
yoki   kreativ   mahsulotlarini   bo‘lisha   olishini   baholaydi.   Yuqori   natija   boshqa shaxslar   yordamidan   foydalanishga   moyillikni   ko‘rsatadi.   9ta   punkt   ballarini
qo‘shish va 9ga bo‘lish orqali natija chiqariladi. 
38(-), 39(-), 40, 41(-), 42(-), 43, 44(-), 45,46.
Alfa ishonchliligi 74ga teng
V.   Maqsadningyo‘nalganligi.   Bu   shkala   punktlari   shaxs   oxirgi
yetish/rivojlantirish   uchun   kreativ   ishga   sho‘ng‘ishga   bo‘lgan   motivatsiyasini   aks
ettiradi.   Yuqori   natija   maqsadning   yuqori   yo‘nalganligini   anglatadi.   7ta   punkt
ballarini qo‘shish va 7ga bo‘lish orqali natija chiqariladi.
47, 48, 49(-), 50(-), 51, 52(-), 53
Alfa ishonchliligi 45ga teng deb topilgan
VI. Atrof-muhit nazorati/O‘zini-o‘zi hissiy boshqarish.  Bu shkala shaxsni
noodatiy stimullardan foydalanib kreativ ishini osonlashtirishini baholaydi. Yuqori
natija   kreativ   ishlashni   yengillashtirish   uchun   ko‘p   raqamli   stimullardan
foydalanishni   ko‘rsatadi.   18   punktning   ballarini   qo‘shish   va   18ga   bo‘lish   orqali
natija chiqariladi. 54(-)dan 79(-)gacha hammasi teskari
Alfa ishonchliligi 83
VII. Irim-chirim/ Xurofot. Bu shkala kreativ ishlashni osonlashtirish uchun
irim-chirimlarga   ishonishni   baholaydi.   Yuqori   natija   irim-chirimlarga   moyillikni
ko‘rsatadi. 2 punkt ballarini qo‘shish va 2ga bo‘lish orqali natija chiqariladi.
 72(-) va 73(-)
Alfa ishonchliligi 72
VIII.   Sezgilardan   foydalanish.   Bu   shkala   kreativ   ishlash   jarayonida   5
sezgidan   foydalanishni   baholaydi.   Yuqori   natija   sezgilardan   yuqori   foydalanishni
ko‘rsatadi. 5ta punkt ballarini qo‘shish va 5ga bo‘lish orqali natija chiqariladi. 
74(-)dan 78(-)gacha hammasi teskari.
Alfa ishonchliligi 76ga teng.

O‘SMIRLARDA KREATIV YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH VA UNI RIVOJLANTIRUVCHI PSIXOLOGIK USULLAR MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………… ....... ……………… I - BOB. O‘SMIRLARDA KREATIV YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH MUAMMOSINING METODOLOGIK ASOSLARI ......................................... 1.1. Kreativ yondashuvning o‘smirlar ijtimoiylashuvidagi rolini o‘rganish va uning tadqiq etish tamoyillari………………… .......................... ……………… 1.2. Jahon va rus psixologiyasi fanida kreativ yondashuv muammosining o‘rganilishi hamda tadqiq etilishi………… ............................ ……………………… 1.3. Kreativ yondashuvning mamlakatimiz psixologiyasidagi talqini……… .......................................................................................................... . Bob yuzasidan xulosalar ......................................................................................... II - BOB. O‘SMIRLARDA KREATIV YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH MUAMMOSINING (EMPIRIK) O‘RGANILISHI ........................................... 2.1 . Tadqiqot bosqichlari, metodologik asoslari va metodikalarning psixologik tavsifi…………………………………………………… ................................. ……. 2.2 . O‘smirlar kreativ yondashuvni shakllantirish muammosining empirik o‘rganish tahlili, shakllanganlik holati va xarakterli xususiytlari tavsifi…….. 2.3 . O‘smirlarda kreativ yondashuvga yo‘nalganlikning shaxs sifat va xususiyatlariga bog‘liqligini empirik tadqiq etish…………… ......... ……………….. 2.4. Bob yuzasidan xulosalar………………………………… ............. ……………. III - BOB.O‘SMIRLARDA KREATIV YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH .................................................... 3.1 O‘smirlar xulq-atvorida kreativlik hatti-harakatlari, bilim va tasavvurlarini shakllantirish…………………………………………………………………. 3.2 O‘smirlar bilan hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda kreativ yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari…………………………………………

3.3 O‘smirlarda kreativ yondashuvni rivojlantirish o‘smirlar ijtimoiy psixologik mexanizmi sifatida…………………………………………………….. 3.4. Kreativlik sifatlari, ularning xususiyatlarini rivojlantiruvchi psixologik usullar va tavsiyalar………………………… ................... ………………………….. Bob yuzasidan xulosalar……………………………………………………. XULOSA …………………………………………………………………… ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……………………………………………. ILOVALAR…………………………………………………………………

KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahonda t a’lim va tarbiya mazmuni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, fan, texnika, madaniyatning obyektiv talablariga asoslanadi. Xalqoro miqyosda hozirgi kunda dunyodagi yetakchi kompaniyalarning ishga olish talabi kreativ fikrlay olish yangiliklar yaratishga qodirlik ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirish uchun ularga kreativ madaniyatni o‘rgatish lozim va biz buni maktabgacha bo‘lgan ta’limda va xalq ta’limida isloh qilishimiz maqsadga muvofiqdir. O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “...Yosh avlodni barkamol, ma’naviy va jismonan sog‘lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalash, ularni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”,[8, 56] degan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning yaratuvchisi sifatida shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol topishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorlab borish masalasi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan bu borada bir qator ishlar olib borildi. Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Makur k onsepsiyaga binoan O‘zbekistonning 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish belgilangan.

Shuningdek, konsepsiyaga muvofiq, quyidagilar amalga oshiriladi: Xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish; Yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish; Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish. Konsepsiya xalq ta’limi sohasidagi mavjud muammolarni aniqlaydi. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarishda qator muammolar mavjud. Jumladan, maktablar metodik, moddiy-texnik jihatdan ta’minlash va moliyalashda davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Kadrlar bilan ta’minlash borasida ham kamchiliklardan holi emas. Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Aytish joizki, kreativlikni rivojlantiruvchi usullar ustida ishlash va uni tadbiq qilish jamiyat va davlat rivojiga katta hissa qo‘shishga, zamon bilan hamnafas fikrlovchi va ijodkor yoshlarni yetishib chiqishiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947- sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”,[12] 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” [7], 2019-yil 11-iyuldagi PF-5763-son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi [8] farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda mazkur dissertasiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqot ishining maqsadi : O‘smir yoshidagi bolalarda ijodkorlik qobiliyatini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi eng samarali metodlarni topish,

ularni amaliyotda qo‘llab ko‘rish, olingan natijalarni aniqlashtirib, ilmiy ishda uni nazariy jihatdan asoslash. Tadqiqot vazifalari: Kreativ yondashuvni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi metodlar yordamida o‘smir yoshdagi bolalarda muammolarni noodatiy yechish qobiliyatini rivojlanishi va ushbu metodikalarning mazmunini yoritib berish. Kreativlikni shakllantirish muammosini empirik jihatdan o‘rganish. Kreativlikni rivojlantiruvchi metodikalarning xarakterli xususiyatlari va takomillashtirishga qo‘yilgan talablarni aniqlash. Kreativlikning shaxsning yoshiga, sifat va xususiyatlariga bog‘liqligini o‘rganish. Ijodkorlik sifatlari, ularning xususiyatlarini rivojlantiruvchi psixologik usullar va tavsiyalarni ishlab chiqish. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan uslubiy ishlarning samaradorligini aniqlash. Tadqiqot ob’ekti : Umumta’lim maktablarining o‘smir yoshdagi o‘quvchilarining turli fanlardagi harakatlari, muammoli vaziyatlar yuzaga keladigan reaksiyalari. Tadqiqot predmeti : O‘smirlarda kreativlikni rivojlantiruvchi metodlardan foydalangan holda, ularda sodir bo‘layotdan reaksiyalarni, qiziqishlarni va muammolarni noodatiy yecha olish qobiliyatining oshishini kuzatish, o‘rganish va taxlil qilish. Foydalanilgan metodikalarning samarasini nazariy jihatdan asoslash. Tadqiqot ilmiy farazi shundan iboratki, kreativ yondashuvni rivojlantiruvchi usullar yordamida: – O‘smir yoshidagi bolalarda muammoli vaziyatlarda masalaning nostandart yechimini topish ko‘nikmasi shakllanadi; – O‘smir yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishiga imkon yaratuvchi metodik tizim yaratiladi; – O‘smir yoshidagi bolalarning vazifalarni mustaqil va o‘ziga xos bajarilish sifati oshadi.