logo

O’SPIRINLARDA MEHNAT MOTIVLARI DIAGNOSTIKASI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

10514 KB
O’SPIRINLARDA MEHNAT MOTIVLARI DIAGNOSTIKASI
MUNDARIJA
KIRISH .................................................................... ........... .....................    3
  I  BOB. MEHNAT MOTIVLARI PSIXOLOGIYASINING NAZARIY 
ASOSLARI 
1.1. Psixologiya fanida  motiv va motivasiya muammo si ning  o‘rganilishi  hamda 
tadqiq etilishi ..................................... .................................................………  9
1.2. Motiv va motivatsiyaning mamlakatimiz psixologiyasida gi talqini .... ...  17
1.3. O‘spirinlarda mehnat motivlari  va  ta'lim olish motivatsiyalarining 
psixologik  mexanizmlari …………………………………………………     21
Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………………………..  27
II  BOB.  O‘SPIRINLARDA MEHNAT MOTIVLARI 
SHAKLLANISHINING  P SIXODIAGNOSTIKASI  
2.1.  Tadqiqot bosqichlari, metodologik asoslari va metodikalarning psixologik 
tavsifi  ..................................................................................... ...................     28
2.2. O‘spirinlarda mehnat motivlari shakllanishini ng  empirik o‘rganish tahlili, 
shakllanganlik holati  va  xarakterli xususiyatlari ta vs ifi …………… ……..   34
Bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………….  42
III     BOB.  O‘SPIRINLAR HAYOT  FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA 
MEHNAT MOTIVATSIYALARI DIAGNOSTIKASI 
3.1. Mehnat faoliyati diagnostikasi................................................................ 44
3.2. O‘spirinlar bilan hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishning o‘ziga xos 
xususiyatlari va bir maqsadga yo‘nalgan tarbiyaviy ta’sir modeli...............   54
Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………………………    63
XULOSA ....................................................................................................    65
F OYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ............................ ..  70
1 ILOVALAR .................................................................................................  75
2 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi.   Jahonda   inson   hayotida   yuzaga   keladigan
muammolarni shakllanish qonuniyatlarini psixologik tahlil qilish, unga nisbatan
zarur   psixologik   chora-tadbirlarni   belgilab   ularga   oqilona   yechim   topish   va
natijalarni   to‘g‘ri   baholash   hamda   ilmiy   asosda   qarorlar   qabul   qilish
muammolarini   o‘rganishga   yo‘naltirilgan   tadqiqotlarga   alohida   ahamiyat
berilmoqda.   Jenevada   Millatlar   Ligasining   Beshinchi   Assambleyasida   qabul
qilingan “Bolalar huquqi to‘g‘risidagi Deklarasiya”da[14] bolalarga jismoniy va
ma’naviy   rivojlanishi   uchun   barcha   sharoitlar   yaratib   berilishi”,   “gunoh   qilgan
bola  to‘g‘ri  yo‘lga  solinishi”,   “og‘ir  damlarda  bola  mehr   ko‘rib  voyaga  yetishi
va himoya qilinishi” ta’kidlanadi. BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari
bo‘yicha   tashkiloti   –   Yumesko   ma’lumotlariga   qaraganda,   bugunki   kunda
jahonda   o‘n   millionlab   bolalar   ta’lim   olishdan   mahrumligicha   qolmoqda,   85
millionga  yaqin bola mutlaqo  o‘qish  va yozishni  bilmas  ekan. Savodsizlik, o‘z
navbatida,   o‘spirinlarning   kelajagiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatib,   ularning   bilib-
bilmay   mehnat   ko‘chasiga   kirib   qolishiga   sabab   bo‘lmoqda.   Shunday   ekan,
o‘spirinlar   xulq-atvorida   mehnat   motivlari   shakllanishining   sabablari
diagnostikasining   muhim   jihatlarini   izohlovchi   nazariy   va   metodologik
yondashuvlarning  psixologik omillarini  aniqlashga  qaratilgan  tadqiqotlar   jiddiy
ahamiyat kasb etadi. 
Xalqaro   miqyosidagi   ilm-fan   va   texnologiyalarning   jadal   takomillashuvi
va buning natijasida ijtimoiy taraqqiyotning ham tubdan o‘zgarib borayotganligi
sababli insongagina xos bo‘lgan ong va tafakkur vositasida shaxsning voqelik va
undagi qonuniyatlar haqida fikr yuritishi, yoshlar ongida tushunchalar, hukmlar
va   xulosalar   vujudga   kelishi,   insoniyatning   hozirgi   taraqqiyot   bosqichida
yoshlarning   hayot   kechirishi,   turmush   tarzi,   o‘qishi   va   mehnat   faoliyatidagi
turli-tuman   muammolarga   oid   tadqiqotlar   amalga   oshirilmoqda.   Bolalar
bo‘yicha AQSh Milliy komissiyasi tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, - “Ko‘p
holatlarda bolalar arzimagan narsalar uchun va zarurat bo‘lmasa ham oilalardan
3 tortib   olinib,   ularni   mehnatchi   qilib   tarbiyalanayotganligi,   Germaniyada   yuz
berayotgan   mehnatlarning   teng   yarmi   voyaga   yetmaganlar   tomonidan   sodir
etilayotganligi   aytiladi.   Bolalarning   giyohvand   moddalar   savdosi   bilan
shug‘ullanuvchi   uyushgan   jinoiy   guruhlar   safiga   kirib   qolayotgani,   yoki   odam
organlari bilan savdo qilayotganlar qo‘liga tushib qolayotgani  ham ayanchlidir.
Bir   qator   mamlakatlarda   balog‘atga   yetmagan   bolalar   jangarilar   safida   qo‘liga
qurol   olib jang   qilayotganidan ham  ko‘z yumib  bo‘lmaydi”  [65]. O‘spirinlarda
mehnat   motivlarining   shakllanishiga   ta’sir   ko‘rsatuvchi   omillarni   psixologik
jihatdan   tahlil   qilish   hamda   zaruriy   psixoprofilaktik   chora-tadbirlar   belgilash
mexanizmlarini aniqlashga hamda xulq-atvor   masalalarini tadqiq etishga mazkur
tadqiqot nazariy asos sifatida xizmat qilmoqda.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. 
Psixologiyaning   eng   muhim   kategoriyasi   sifatida   faoliyat   va   xulq-atvor   motivi
(motivasiya) muammosi uzoq yillardan buyon tadqiq etilmoqda. 
Jahon psixologiyasi fanida motivlarning yuzaga kelishi, turlari va yo‘nalganligi,
xulq-atvorda   ifodalanishi,   subyekt   faoliyatida   (o‘yin,   o‘qish   va   mehnat)   va
muomala-munosabat   jarayonlarida   shakllanishi   Z.Freyd .[1] ,   G.Ollport   .[2] ,
A.Maslou.[1],   E.Daffi, A.Bandura .[1] , D.Berlayn .[2] , K.Pribram .[4],  Nil Miller .
[1] ,   L.Festinger .[5] ,   V.Kettell .[1] ,     Locke .[1] ,   Jon   Steys   Adams .[1] ,   Edvard
Loulerlar. [1], ilmiy izlanishlarida keng ko‘lamda tadqiq qilingan. Biroq, mazkur
tadqiqotlarda  xulq motivlarining ijtimoiy shartlanganligi   va  ijtimoiy-psixologik
mohiyati tadqiqotlarning diqqat markazidan chetda qoladi.  
MDH   hamda   rus   psixologiyasida   motiv   va   motivasiya   muammolari
D.N.Uznadze .[1] ,   S.L.Rubinshteyn .[1], L.S.Slavina ,[1],   A.N.Leontyev. [1],   K.
Anoxi n.[1],   N.A.Bernshtey n.[1],   I.A.Vasilyev,   M.Sh.Magomed-Emino v.[1],
A.G.Kovalyo v.[1],   P.M.Yakobso n.[1],   S.G.Moskviche v.[1],   V.D.Shadriko v.[1],
B.A.Frolo v.[1],   V.   G.   Aseye v.[1],   C.   Merli n.[1],   L.I.Bojovic h.[1],
V.I.Selivanovla r.[20],   tadqiqotlarida   turli   nuqtai   nazardan   o‘rganilganligini
ko‘ramiz. Chunonchi, bilish (kognitiv) jarayonlari motivasiyasi, ularning ilmiy-
metodologik   va   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   mexanizmlari,   faoliyat,   xulq   hamda
4 muomala   motivasiyasi,   ta’lim   va   kasb   tanlash,   kasbga   moslashish,   kasb
motivlari   dinamikasi   kabi   muammolar   keng   ko‘lamda   o‘rganilgan   bo‘lib,
psixologiya fanida mazkur muammoga doir ilmiy-nazariy va amaliy xususiyatli
boy materiallar to‘plangan. 
Tadqiqotning   maqsadi   o‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishining
diagnostikasiga   tayanib   barkamol   yoshlarni   tarbiyalashga   yo‘naltirilgan   ilmiy-
psixologik hamda amaliy-tarbiyaviy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
- o‘spirinlar   xulq-atvorida   mehnat   motivlari   shakllanishida   salbiy
omillardan   himoya   qiluvchi   (huquqiy   ongni   shakllantiruvchi)   zamonaviy-
psixologik mexanizmlar tuzilmasini ishlab chiqish;
- o‘spirinlarda bir  maqsadga  yo‘nalgan -  “uyg‘unlashgan”  psixokorreksion
tarbiyaviy ta’sir moduli yaratish;
- o‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishga   yo‘naltirilgan
“rivojlantiruvchi”   va   “huquqiy   ongni   shakllantiruvchi”   psixologik   trening
dasturi ishlab chiqish va samaradorligini baholash;
- o‘spirinlarning   individual   va   ijtimoiy-psixologik   rivojlanishiga   ijobiy
ta’sir   qilishi   mumkin   bo‘lgan   “o‘z   kuchi   va   jasoratini   ko‘rsatuvchi”   mehnat
motivlarini   ivojlantirishga   xizmat   qiluvchi   uslubiy   tavsiyalar   majmuini   ishlab
chiqish.
Tadqiqotning   obyektini   turli   xil   ijtimoiy   demografik   guruhlarga   mansub
bo‘lgan  jami  401  nafar   sinaluvchi   (xulq-atvorida mehnat   motivlari   ifodalangan
o‘spirinlar – 101 nafar (tajriba guruhlari sifatida tanlandi); xulq-atvorida mehnat
motivlari   ifodalanmagan   o‘spirinlar   –   256   nafar   (nazorat   guruhi   sifatida
tanlandi);   o‘spirinlarga   dars   berayotgan   o‘qituvchilar   –   18   nafar;   o‘spirin
yoshlarning ota-onalari – 26 nafarni tashkil qiladi.
Tadqiqotning   predmeti   o‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishi   bilan
bog‘liq omillar.  
Tadqiqotning   usullari.   Tadqiqotda   ijtimoiy   psixologik   so‘rovnoma   (IPS),
anketa,   test   metodlaridan:   C.Rodjers   va   R.Daymondlar   tomonidan   ishlab
5 chiqilgan   va   T.Snegirev   tomonidan   moslashtirilgan   “Ijtimoiy-psixologik
moslashuv   diagnostikasi”   usulidan,   B.Ba s sning   “Sh axs   y o‘ nalganligiga   tashxis
qo‘yish” metodikasidan, T.M.Axenbaxning “Bolalar  xulqini o‘zgarishi va unga
ta’sir   etuvchi   omillarni   aniqlash”   so‘rovnomasidan,   R.Girshfildning
“Shaxslararo bog‘liqlik (itoatkorlik)” so‘rovnomasidan, yoshlar axloqida u yoki
bu deviasiyaga moyillikni aniqlashning universal metodikasi “Og‘ishgan xulqqa
moyillikni   tashhis   qilish   metodikasi”dan,   V.V.Stolin   va   S . R .Panteleyevlarning
“O‘spirinlarni   o‘z-o‘ziga   bo‘lgan   munosabatini   aniqlash”   testidan ,   shuningdek,
ma’lumotlarni   qayta   ishlashning   matematik-statistika   metodlari   (foizli   tahlil,
faktorli tahlil, Styudent t-mezoni) dan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi  quyidagilardan iborat: 
- o‘spirinlar   xulq-atvorida   mehnat   motivlari   shakllanishida   salbiy
omillardan   himoya   qiluvchi   (huquqiy   ongni   shakllantiruvchi)   zamonaviy-
psixologik mexanizmlar tuzilmasini ishlab chiqildi;
- o‘spirinlarda bir  maqsadga  yo‘nalgan -  “uyg‘unlashgan”  psixokorreksion
tarbiyaviy ta’sir moduli yaratildi;
- o‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishga   yo‘naltirilgan
“rivojlantiruvchi”   va   “huquqiy   ongni   shakllantiruvchi”   psixologik   trening
dasturi ishlab chiqish va samaradorligini baholandi;
- o‘spirinlarning   individual   va   ijtimoiy-psixologik   rivojlanishiga   ijobiy
ta’sir   qilishi   mumkin   bo‘lgan   “o‘z   kuchi   va   jasoratini   ko‘rsatuvchi”   mehnat
motivlarini   ivojlantirishga   xizmat   qiluvchi   uslubiy   tavsiyalar   majmuini   ishlab
chiqildi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:   tadqiqot natijalaridan
olingan   xulosalar   asosida   o‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishining
diagnostikasi psixologik jihatdan aniqlangan;
- o‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishining   diagnostikasi   uchun   zarur
bo‘lgan   hamda   shu   soha   tadqiqotlarida   qo‘llanuvchi   respublika   ilm-fani   uchun
yangi   psixodiagnostik   metodikalar   psixologik   tadqiqotlar   va   psixologik   xizmat
amaliyotga olib kirilgan;
6 -o‘spirinlar   xulq-atvoriga   psixokorreksion   va   psixoprofilaktik-rivojlantiruvchi
ta’sir   ko‘rsatishga   qaratilgan   yangi   texnologik   yondashuv   va   uning   uslubiy
apparati   sinovdan   o‘tkazilgan   hamda   o‘spirinlarda   mehnatga   qiziqtirish
maqsadida tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot   natijalarining   ishonchliligi.   Dissertasion   izlanish   natijalarining
ishonchliligi   unda   ilmiy   jihatdan   asoslangan,   xalqaro   miqiyosda   tan   olingan
metodik   vositalar,   matematik-statistakaning   aniq   metodlari   qo‘llanilgani;
sinaluvchilar   tanlanma   to‘plamining   hajmi   va   uning   reprezentativligi;   empirik
izlanishlar   nazariy   jihatdan   chuqur   asoslab   berilgani;   aniqlangan
ko‘rsatkichlarning   boshqa   mualliflar   taqdim   etgan   ma’lumotlar   bilan   qiyosiy
tahlil   etilib,   bunda   ishonchli   manbalarga   asoslanganligi;   asosiy   holatlar   keng
ilmiy jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilinganligi bilan ta’minlangan.
Tadqiqot   natijalarining   ilmiy   va   amaliy   ahamiyati.   Tadqiqot   natijalari
o‘spirinlar   xulq-atvorida   shakllangan   mehnat   motivlari   va   ularning   mehnat
motivlarini   shakllanishiga   ta’sir   etuvchi   turli   xil   omillarning   tadqiq   etilishini
yoritishda   yakunlanganlik,   yaxlitlik,   tizimlilikni   idrok   etish   va   emosional-
huquqiy   sohada   ifodalashning   individual   xususiyatlari   haqidagi   ilmiy
tasavvurlarni kengaytiradi. Tadqiqot natijalari o‘spirinning o‘z turmush tarzi va
hayotiy   jarayonlarda   barkamollikka   erishish   uchun   intilishining   psixologik
negizini   chuqurroq   anglash   imkonini   yaxshilaydi,   ularning   barkamol
rivojlanishiga   halaqit   beruvchi   psixologik   to‘siqlarni   o‘rganish   uchun   yangi
istiqbolli yo‘nalishlarni ochib beradi
Tadqiqot   natijalarining   joriy   qilinishi.   Olingan   ilmiy   natijalar   quyidagi
faoliyatlarda tatbiq qilingan: 
-o‘spirinlar   xulq-atvorida   mehnat   motivlari   shakllanishida   (huquqiy   ongni
shakllantiruvchi) zamonaviy-psixologik mexanizmlar tuzilmasi ishlab chiqilgan.
Tadqiqot   natijalarining   aprobasiyasi.   Tadqiqotning   natijalari   1ta   respublika
va 1ta xalqaro ilmiy konferensiyalarda muhokamadan o‘tkazilgan.
7 Tadqiqot   natijalarining   e’lon   qilinishi.   Tadqiqot   ishining   asosiy   mavzusi
bo‘yicha   3   ta   ilmiy   maqola   xorijiy   xalqaro   ilmiy   anjumanlar   to‘plamlarida   2ta
ma’ruza tezisi chop etilgan.
Dissertasiyaning   tuzilishi   va   hajmi.   Dissertasiya   tarkibi   kirish,   uch   bob,
xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxati   va   ilovalardan   iborat.
Dissertasiya ning hajmi  86  sahifani tashkil etadi .
8 I   BOB.  MEHNAT MOTIVLARI PSIXOLOGIYASINING NAZARIY
ASOSLARI
1.1.  Psixologiya fanida   motiv va motivasiya muammo si ning  o‘rganilishi
hamda  tadqiq etilishi
Agar   inson   hayot   yo‘liga   nazar   tashlasak,   u   rivojlanish   yo‘lidagi   taraqqiyoti
bilan   hayotning   yangi   chegaralarini   doimiy   ravishda   yengib,   yaxshiroq
natijalarga   erishishi   bilan   o‘zining   shaxs   sifatida   takomillashib   borishini
ta’minlaydi.   Bu   jarayonning   muvaffaqiyatli   yoki   muvaffaqiyatsiz   kechganligi
insonning   bajargan   barcha   xatti-harakatlari   va   faoliyati   mazmuni   bilan
belgilanadi. 
Motiv   va   motivasiyaga   doir   nazariyalarni   o‘rganar   ekanmiz,   bu
tushunchaning aniq mazmuniy mohiyatini yoritish zarurati yuzaga keladi.  
G‘arb   psixologiyasida   motivasiya   muammolari   dastlab   Spinoza,   Gobbs,
Dekart   asarlarida   o‘z   ifodasini   topganligini   ko‘ramiz.   Aslida,   psixologiyada
motiv   (nemischa-“ motive ”,   fransuzcha-“ motif ”,   lotincha-“ movere ”   so‘zidan
kelib   chiqadi)-   harakat   qilaman   degan   ma’noni   anglatadi.   Zamonaviy
psixologiyada   motivasiya   atamasi   subyektni   faollikka   undovchi   yoki   faolligini
ta’minlovchi kuch sifatida ishlatiladi. Motivasiya ehtiyoj va instinktlarga, ehtiros
va hissiyotlarga, munosabat va ideallarga mazmun bag‘ishlaydi.
Motivasiyaning bir necha ta’rifi mavjud:
Motivasiya-bu harakat qilishga undovchi kuch;
Motivasiya   -  har  qanday   faoliyat  orqali   insonning  ehtiyojlarini   qondirish
qobiliyati;
Motivasiya   -   bu   insonning   xatti-harakatini   boshqaradigan   va   uning
faoliyatini   tashkiliy   yo‘nalganligini,   barqarorligini   belgilaydigan   dinamik
psixofiziologik jarayon.
Motiv bu g‘oyaviy-ma’naviy yoki moddiy obyektga yo‘nalgan harakatlar
bo‘lib,   uning   muvaffaqiyati   faoliyatning   barqaror   maqsadi   va   mazmun dorligi
bilan be lgilanadi . 
9 Hozirgi   vaqtda   motivasiya   konsepsiyasiga   munosabat   turli   olimlar
tomonidan   turlicha   farqlanadi.   Kimdir   motivasiyani   inson   faoliyatini   yuzaga
keltirgan   jarayonlarning   to‘plami   deb   mulohaza   qiladigan   bo‘lsa,   boshqalari
motivasiyani   maqsadga   erishishga   yo‘nalgan   harakatlarning   bir   qismi   deb
baholaydi.
Ba’zi nazariy tahlillarda motiv tez-tez ehtiyoj yoki maqsad bilan aralashib
ketganligini   kuzatamiz,   ammo   ehtiyoj   bu   noqulaylikni   bartaraf   etishga
qaratilgan   anglangan   kechinmadir.   Motiv   -   maqsadni   belgilashning   ongli
jarayonidir. Misol  uchun, ochlik ehtiyojni yuzaga keltiradi, ovqatlanish xohishi
bu   motivdir.   Odamning   qo‘li   yetadigan,   foydalanishga   mo‘ljallangan   mavjud
oziq-ovqat esa maqsad hisoblanadi.
Motivasiya  yoki motiv  o‘zining xilma-xilligi bilan farqlanuvchi murakkab
psixologik hodisa hisoblanadi.
 Motivasiya nazariyasini o‘rganish va insonning ehtiyojlarini tahlil qilish,
ularning   mazmuni   va   uning   motivasiya   bilan   qanday   bog‘liqligini   aniqlash
hamda   u lar   odamni   muayyan   faoliyatga   nimaga   undashi   kerakligini   tushunish
mazkur muammoni ilmiy asoslash va yechimini topishga yordam beradi. Ushbu
ehtiyojlarni o‘rganish uch asosiy yo‘nalishning paydo bo‘lishiga olib keldi:
• motivasiyaning tayanch (muhim) nazariyalari ;
•  m otivasi yaning  prosessual nazariyalari ;
• i nsonlarning   o‘ziga   xos   qiyofasi ni   o‘rganishga   asoslangan   motivasiya
nazariyalar i.     Motivga xos muhim qonuniyatlar va tegishli omillarga bog‘liqligi
asosli   yoritilmaganligi   uchun   K.Levin   g‘oyalari   hozirgacha   bahs   talabligicha
qolib   kelmoqda   [28].Z.Freyd   motivning   qonun-qoidalarini   faqat   dinamik
energetik holat tariqasida talqin qiladi. Bir guruh chet el psixologlarining fikriga
qaraganda, motiv — bu tajriba va reaksiyalarning energetik jabhasidan iboratdir.
G.Ollport   [37]   inson   motivasiyasi   mohiyatini   ochishda   shaxsning
shakllanishi   va   ijtimoiy   mohiyatiga   yo‘naltirilgan   yondashuvni   tatbiq   etish
g‘oyasini   ilgari   suradi.   Uning   o‘zini-o‘zi   namoyon   qilish   nazariyasida   shaxs
motivasiya subyekti tariqasida tahlil qilinadi 
10 A.Bandura   [16]   o‘zining   "Motivasiya   —   sistematik   reinterpretasiya"
nomli   tadqiqotida   xulq-atvorning   namoyon   bo‘lishini   odatda   retikulyar
formasiyadan kelayotgan faollik darajasiga, miyaga boruvchi qonning fiziologik
tarkibi ta’sir qilishiga bog‘laydi. U motivasiyani fiziologik qonuniyatlarga ko‘ra
tushuntirib   berish   bilan   birga   unga   ta’sir   etuvchi   subyektiv   omillarga   (ichki
stimullar   va   xulqning   hayotdan   o‘zlashtirgan   me’yorlarga)   ham   bog‘liqligini
ta’kidlab o‘tadi.
K.Pribram   [49]   motivlarni   o‘rgani sh   bilan   muhit   obrazi,   voqyea   obrazi,
monitor   obrazi   (kuzatish,   kuzatiluvchi),   maqsadga   erishuv   obrazi   kabi
atamalarni   psixologiyaga   kiritadi.   Uning   ta’kidlashicha,   motivasiya   —   bu
monitor (kuzatuvchi) obrazdir. Muallifning umumiy pozisiyasi quyidagi shaklda
ifodalanadi:   miyaning   funksiyasi   —   axborotlarni   uzatish   va   kuchaytirishdir.
Qayta   ishlangan   axborot   tashqi   olamning   tegishli   holati   yuzasidan   obraz
yaratadi.   Motivasiyaning   paydo   bo‘lishi   har   xil   obrazlarni   solishtirish   negizida
yuzaga   keladi:   muhit   -   voqyea   -   monitor   solishtirish   -   xulq   rejasiga   erishish.
Lekin   Pribram   motivlar   nazariyasida   ko‘proq   fiziologik   pozisiyadan   turib   fikr
bildirganligini ko‘rish mumkin.
Nil Miller [71] o‘z tadqiqotlarida motivasiya muammosiga alohida e’tibor
bilan   qarab,   maqsadga   subyekt   qanchalik   yaqinlashsa,   unga   erishishga
yo‘nalganlik   shunchalik   kuchayadi:   stimullarga   subyekt   qanchalik   yaqinlashsa,
unga ziyon keltirishdan chekinish, diskomfort hissa shunchalik 
Amerika lik   psixolog   Abraxam   Maslouning   [ 29 ]   ehtiyojlar   iyerarxiyasi
nazariyasiga ko‘ra, inson har doim bir narsaga muhtojlik sezadi;
Bir kishining kuchli ifodalaniyotgan ehtiyojlari bir guruhga birlashishi mumkin;
Guruhlashgan ehtiyojlar i ye rarxik tarzda tuziladi;
Qondirilmagan   ehtiyojlar   harakatga   asoslanadi,   qoniqtirilgan   ehtiyojlar
motivasiya hisoblanmaydi;
Qoniqtirilgan ehtiyojlar o‘rnini, qoniqtirilmagan ehtiyojlar egallaydi;
Oddiy   holatda,   inson   bir   birlari   bilan   aloqador   va   murakkab   o‘zaro   ta’sir
qiladigan bir nechta ehtiyojni sezadi; 
11 Birinchi   navbatda   odam   piramidaga   asoslangan   boshlang‘ich   (organik)
ehtiyojlarni   qondiradi,   shundan   keyin   undan   yuqori   darajadagi   ehtiyojlar
(qondirilish zaruratiga ko‘ra) insonga ta’sir qiladi;
Bir   kishi   past   darajadagi   ehtiyojlardan   ko‘ra   ko‘proq   yuqori   darajadagi
ehtiyojlarni qondirishga qodir.
Maslouning   ehtiyojlar   piramidasi   o‘zaro   biri-biri   bilan   bog‘liq,   oddiy
biologik ehtiyojlar zamirida yuksaklikka ko‘tarilib boruvchi ma’naviy ehtiyojlar
ko‘rinishida   quyidagicha   tasvirlangan : fiziologik (organik) ehtiyojlar; xavfsizlik
ehtiyojlari;   hayotda   o‘rin   topish   ehtiyojlari;   hayotda   hurmat-e’tiborga   sazovar
bo‘lish   ehtiyojlari;   bilish   ehtiyojlari;   estetik   ehtiyojlar;   o‘zini   namoyon   qilish
ehtiyojlari.   Maslou   [29]   “Psixologiyadan   borliqqa”   deb  nomlangan   asarida,   bir
vaqtning   o‘zida,   ma’naviy   ehtiyojlar   (talablar)   ro‘yxatini   tuzib,   ularni   "o‘sish
motivlari"   (mavjud   bo‘lgan   qadriyatlar)   deb   atagan.   Biroq,   u   ularni   ta’riflash
qiyinligini   ta’kidlaydi   va   hammasi   bir-biri   bilan   chambarchas   bog‘liqlikda
namoyon bo‘lishi va yuksalib borishini  izoh laydi. Ular  tarkibiga : mukammallik,
yaxlitlik,   adolat,   to‘liqlik,   hayot   mazmuni,   go‘zallik,   oddiylik,   namoyishlar
boyligi, yaxshilik,  haqiqat,  osonlik, halollik  va boshqalar  kir ishini   aytib o‘tadi .
Maslouning   aytishicha,   insonning   yuksalishiga   bo‘lgan   ehtiyoj   inson
faoliyatining eng kuchli motivi bo‘lib, shaxsiy rivojlanish tarkibiga kiradi.
Maslouning olib borgan tadqiqotlari tahlillariga ko‘ra, har bir inson uchun
eng   muhim   ehtiyojlar   ro‘yxatini   tuzish   kerak.   Shundan   ke yin ,   ehtiyojlar
piramidasi bo‘yicha ehtiyojlar n i guruhlarga bo‘lish va birinchi navbatda qanday
ehtiyojlarni   qondirish   mumkinligini   aniqlashga   harakat   qilish   lozim.   Natijada ,
o‘sha   odam   xulqini   va   boshqa   o‘rganilayotgan   odamlarning   xulq-atvorida
qanday   ehtiyoj   darajasining   ustunligini   aniqlash   mumkin. Qizig‘i   shundaki,
Abraxam   Maslouning   e’tirof   etishicha,   "o‘zini - o‘zi   ifodalash   (namoyon   qilish)
bosqichi" barcha odamlarning atigi 2 foizini tashkil etadi. O‘z ehtiyojlaringizni
hayotda   erishgan   natijalaringiz   bilan   uyg‘unlashtiring   (solishtirsangiz)   va   siz
ushbu toifadagi insonlardan biri ekanligingizni yoki emasligingizni bilib olasiz,
degan xulosaga keladi.
12 Alderfer   [ 49 ]   nazariyasi   Maslouning   nazariyasidan   farq   qiladi.
Maslouning   fikriga   ko‘ra,   ehtiyojlardan   ehtiyojlarga   qarab   harakatlanish   faqat
pastdan  yuqoriga (yuksaklikka)   qarab  borishi  mumkin.  Alderferning aytishicha
ehtiyojlar   bosqichi   o‘rtasidagi   harakat   har   ikki   yo‘nalishda   ham   bo‘lishi
mumkin.   Yuqori   darajadagi   ehtiyojlar   qondirilgan   taqdirda   pastga   va
pastdagilari   esa   aksincha   yuqori   bosqichdagi   ehtiyojlarga   ta’sir   etadi.   Bundan
tashqari,   yuqori   darajadagi   ehtiyoj   qondirilmasa   quyi   darajada   bo‘lgan   ehtiyoj
oshadi va insonning e’tibori yo‘nalganligini past darajaga o‘tkazadi.
Aniqroq tasavvur qilish uchun Maslouning piramidasiga e’tibor bersak ana   shu
manzarani ko‘rishimiz mumkin. Agar siz ehtiyojni qondirish darajasini ko‘tarib
chiqayotganingizni   sezsangiz   bu   jarayon   Alderferga   ko‘ra   qoniqish   jarayoni
bo‘ladi.   Agar   siz   darajalarni   pastga   tushirsangiz,   u   holda   bu   insonda
qoniqmaslikni (xafagarchilikni) hosil qiladi (Ehtiyojni qondirish uchun kurashda
mag‘lubiyat   hosil   bo‘ladi).   Misol   uchun   siz   yuksak   ehtiyojlaringizni   qondira
olmaysiz,   unda   sizning   e’tiboringiz   xavotirlanish   deb   ataladigan   muloqot
ehtiyojlariga   o‘tadi.   Bunday   holda,   qoniqish   jarayoniga   qaytish   uchun   quyi
darajada   bo‘lgan   ehtiyojni   qondirishga   to‘g‘ri   keladi   va   shundagina   yuqori
bosqichdagi ehtiyojlarni qondirishga ko‘tarilish mumkin. Sizda yoki boshqalarda
qaysi   turdagi   ehtiyoj   ustunligini   bilsangiz,   o‘zingiz   yoki   boshqalarning
harakatlari sabablarini chuqurroq tushunib olishingiz va bu bilimlarni boshqalar
bilan   hayotda   va   faoliyatda   yaxshi   munosabatlar   o‘rnatish   uchun   ishlatishingiz
mumkin.
Kanadalik   psixolog   Viktor   Broomning   [ 49 ]   orzu-umidlar   (kutish)
nazariyasiga binoan insonni biror narsaga erishishga undovchi omillar (motivlar)
unga   erishishning   yagona   sharti   emas.   Inson   o‘zi   tanlagan   xatti-harakatlari,
uning   o‘z   ehtiyojlarini qondirishga olib keladi deb o‘ylashi kerak. Bir kishining
xatti-harakati   har   doim   ikkita   yoki   undan   ortiq   variantni   tanlash   bilan   bog‘liq.
Va   nima   qilgani   va   qanday   qilganligi   u   tanlagan   narsasiga   bog‘liq.   Boshqacha
aytganda, "Broom"  nazariyasi ga ko‘ra, motivasiya odamning qanchalik ista sh iga
va   uning   qanchalik   imkoni   borligiga,   u   buning   uchun   qanchalik   ko‘p   harakat
13 qilishga tayyorligiga bog‘liq.Broomning orzu-umidlar (kutish) nazariyasi va uni
ishlatish   amalda   juda   yaxshi   natijaga   ega .   U   tashkilotlarda   ishchilarni
rag‘batlantirishni kuchaytirish va turli darajadagi menejerlar faoliyati uchun juda
foydalidir.
Amerikalik   psixolog   Jon   Steys   Adamsning   [49]   tenglik   (adolat)
nazariyasida,   inson   motivasiya   samaradorligini   ba’zi   bir   omillar   bilan   emas,
balki   boshqa   sharoitlarda   bo‘lgan   boshqa   odamlar   tomonidan   olingan   hisob-
kitoblarni   va   natijalarni   hisobga   olgan   holda   baholaydi.   Ya’ni   motivasiya
insonning ehtiyojlari nuqtai nazaridan emas, balki uni boshqalar bilan taqqoslash
asosida   ko‘rib   chiqiladi.   Amerikalik   psixologlar   Leyman   Porter   va   Edvard
Loulerlarning   [28]   motivasiya   to‘g‘risidagi   kompleks   nazariyasi   Bro o mning
kutish nazariyasi va Adamsning adolat nazariyasi elementlarini o‘z ichiga olishi
bilan xarakterlanadi. Ushbu modelda beshta parametr mavjud: sarflangan kuch,
aql   idrok,   olingan   natijalar,   mukofot   va   qoniqish   darajasi.   Ushbu   nazariyaga
ko‘ra,   natijalar   insonning   yo‘nalgan   xatti   harakatlariga,   qobiliyatlari   va
insoniylik xususiyatlariga, shuningdek, uning o‘z o‘rnini  (mavqyeini)  aniqlashga
bog‘liqdir.   Ish   kuchi   darajasi   mukofotning   qiymatini   va   amalga   oshirilgan
harakatlar muayyan mukofotni olib keladigan ishonch darajasini belgilaydi. Bu
yerda   ham   inson   o‘z   ehtiyojlarini   muayyan   natijaga   erishish   uchun   mukofot
bilan qondiradi.
Agar   Porter-Louler   nazariyasining   barcha   tarkibiy   qismlari   batafsil
o‘rganib   chiqilsa   va   tahlil   qilinsa,   unda   yanada   yuqori   darajada   motivasiya
mexanizmini   tushinish   imkoniyati   yuz   beradi.   Biror   kishining   sarflagan   sayi-
harakatlari   unga   yutuqqa   erishishning   qanchalik   qimmatli   bo‘lishiga   va
insonning munosabatlariga bo‘lgan ishonchiga bog‘liq. Biror kishining muayyan
natijalarga erishishi, unda qoniqish va o‘z-o‘zini hurmat qilishini ta’minlaydi. 
Motivasiya,   odamni   muayyan   xatti-harakatlarni   bajarishga   undash
jarayoni,   ko‘pincha   muqobil   usullarni   tahlil   qilish   va   baholashni,   tanlash   va
qarorlar   qabul   qilishni   talab   qiluvchi   jismoniy-psixologik   uyg‘unlashgan
mohiyatli murakkab harakat jarayonini anglatadi. Bu jarayon psixologik jihatdan
14 murakkablashib   ketadi,   chunki   haqiqatdan   ham   motiv   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra,
subyekt   tomonidan  aslida   faoliyatga   tayyorlanish   va   faoliyatni   amalga   oshirish
jarayonida yuzaga keladi.
Shaxs psixologiyasi muammolarini, uning tarixiy kechishi va ontogenizda
rivojlanishi bilan bog‘liq konseptual masalalarni chuqur o‘rganishda motivasion
sohani tatqiq etish tayanch hisoblanadi.
1. Motivlar o‘zini hosil qilgan ehtiyojlar bilan farqlanadi. Shuning uchun,
ularni   boshlang‘ich-organik   va   ma’naviy-yuksak   motivlarga   ajratish   mumkin.
Maqsadlar   esa,   A.Maslouning   "piramidasi"ga   ko‘ra,   ehtiyojlarning   mavjud
tasniflariga qarab ham turlarga bo‘linishi mumkin.
2. Motivlar ehtiyoj obyektini aks ettirish shakli bilan  ham  ajralib turadi. 
3.   Ehtiyojlarni   qondirish   muddatiga   qarab   ham   motivlar   farqlanadi.
Amaldagi vaqtga ko‘ra  -  qisqa muddatli va uzoq muddatli motivlar ,  keng va tor
doiraga xos motivlar  bo‘lishi mumkin. 
4. Maqsadning ongda ishtirok etish darajasiga qarab  ham  motivlar   -  ongli
va ongsiz, tushunarli va chindan ham samarali bo‘lishi mumkin. 
Motivlarning falsafiy-metodologik ahamiyati shundan iboratki, ular sabab
-   oqibat,   ichki   murakkab   bog‘lanishlar   tuzilishini   yuksak   darajada   rivojlangan
moddiy   tizimning   oliy   mahsuli   ekanligi   to‘g‘risidagi   xulosaga   olib   keladi.
Motivlar   tuzilishini   amaliy   (tatbiqiy)   yo‘nalishga   qaratish   inson   shaxsiga
motivasion,   irodaviy,   axloqiy,   hissiy,   kognitiv,   regulyativ   ta’sir   o‘tkazishning
omilkor shakllarining ilmiy asosi yuzaga kelishiga muhim imkon va zarur shart-
sharoitlar   yaratadi.   Insonning   mehnat   faoliyati   tizimining   murakkablashuvi
ishlab   chiqarishda   axloqiy,   ma’naviy,   nafosat,   ruhiy   tarbiya   jabhalari   hamda
radio,   televideniye   va   targ‘ibot-tashviqot   ta’sirini   samarali   olib   borishi,   kasbiy
tayyorgarlikning   ekstremal   holatlarning   sharoitlari   barqarorlashuvi,
takomillashuvi,   yaxshilanuvi,   maqsadga   muvofiqlashuvi   kabi   omillarning
barchasi shaxs motiv doirasining o‘zgarishiga bog‘liq. Shaxsning motiv doirasi
uning ehtiyojlarida, irodaviy sifatlarida (aktlarida) va funksional imkoniyatlarida
o‘z   aksini   topadi. Ko‘rinib   turganidek,   jahon   psixologiyasi   fanida   motivlarning
15 yuzaga   kelishi   xulq,   faoliyat,   o‘quv   jarayonida   va   muomalada   motivasiyaning
shakllanishi   (yoki shakllantirish yo‘llari) keng ko‘lamda tadqiq qilingan. Biroq,
har   qaysi   motivni   keltirib   chiqaruvchi   va   psixologik   mohiyatini   izohlovchi
mexanizmlar,   ularning   manbalari   hamda   etnopsixologi k   xususiyatlari   qariyb
o‘rganilmagan. 
Motiv muammosi taniqli Gruzin olimi D.N.Uznadze [ 43 ] tomonidan ham
o‘rganilgan   bo‘lib,   uning   mohiyatini   tushuntirishda   ustanovka   nazariyasiga
asoslangan.   Muallif   uni   subyekt   faolligining   manbai   sifatida   baholab,
motivasiyani irodaviy aktga olib keluvchi bosqich deb hisoblaydi. Inson yashash
tarzi bilan bog‘liq faoliyati ustanovkasida mustahkamlanuvchi, asosiy maqsadga
aylanuvchi   harakatni   qidirish   va   topishdan   iboratligini   ta’kidlaydi.   Jumladan,
S.L.Rubinshteynning   [38]   fikricha,   motivlashgan   tizimni   birinchi   bo‘lib
qo‘zg‘atish obyektlari emas, balki ehtiyoj obyektlari va shaxs xatti - harakatlari
belgilaydi.   S.L.Rubinshteyn   har   qanday   shaxsning   xulq-atvorini   psixologik
jihatdan   tushuntirishda   qo‘zg‘atuvchilar   (qo‘zg‘ovchilar)ni   turli   bosqichlarda
o‘zaro   murakkab   bog‘liqlikdagi   kechish   holatini   olib   qarash   lozim,   deb
ta’kidlaydi. 
S.L.Rubinshteyn   o‘zining   “Umumiy   psixologiya   asoslari"   [38]   asarida
motiv   va   motivasiya   to‘g‘risida   ilmiy-amaliy   ahamiyatli   qator   mulohazalarni
tavsiflab   beradi.   U   ilmiy   tadqiqotning   metodologik   prinsiplariga   asoslangan
holda   motivasiyani   irodaviy   harakatlar   bilan   uyg‘unlashtirib   izohlaydi.   Uning
muhim fikrlaridan biri shuki, motiv yaqqol faoliyat nuqtai nazaridan turib talqin
qilinadi. Motiv insonning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi bilan faoliyatning ijtimoiy
xususiyati uzviy bog‘liqlikda olib qaraladi. A.N.Leontyev "Psixikani rivojlanish
muammolari"[26]   asarida,   "Faoliyat.   Ong.   Shaxs"   monografiyasida   genezisda
inson   ongining   namoyon   bo‘lishini   tahlil   qilish   vositasi   orqali   u   motivasiya
muammosiga ham alohida e’tibor bilan yondashganligini ko‘ramiz.
P.M.Yakobson   [47]   motivlar   muammosining   sobiq   ittifoq   va   xorijiy
mamlakatlar   psixologiyasida   o‘rganilishi,   ularda   turli   qarashlar,   yondashuvlar
mavjud   ekanligini   o‘z   monografiyasida   umumlashtiradi.   U   o‘qish   va   mehnat
16 faoliyati   motivlari   masalasini   tadqiq   etib,   shaxsning   asosiy   xususiyatlari   bilan
motivasion doirasi o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanishini tahlil qiladi. 
S.G.Moskvichev   [33]   motivasiyaga   nisbatan   g‘arb   mamlakatlari
olimlarining   qarashlarini   tanqidiy   tahlil   qilib,   mehnat   faoliyati   motivlarining
inson kamoloti bilan bog‘liq tomonlarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. 
V.D.Shadrikov   [41]   faoliyat   tizimining   funksional   psixologik   modeliga
asoslangan   holda   motivasiyani   faoliyatli   yondashuv   orqali   o‘rganishga   harakat
qilgan.   Unda   motivlarning   kasbiy   (professional)   tayyorgarlikdagi   o‘rni,
ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Muallif kasb motivlarining o‘ziga xos xususiyatlari,
ularning mexanizmlari, shakllari, bosqichlari to‘g‘risida kengroq to‘xtalishga va
mulohaza yuritishga uringan.
Motivasiyani   V.G.Aseyev   [ 15 ]   uzluksiz   prosessual   holatlar   nuqtai
nazardan   o‘rganadi.   Uning   mulohaza   qilishicha,   inson   faoliyatini   harakatga
keltiruvchi kuch va psixik jarayonlar boshqaruvining yuksak shakli motivasiyani
rivojlanish qonuniyatlaridir. O‘sha paytda boshqaruvning yuksak shakli sifatida
motivasiyaning   talqin   qilinishi   psixologiyadagi   dadil   ilmiy   intilish   bo‘lib
hisoblangan.   Mavjud   ma’lumotlar   biz   o‘rganishni   maqsad   qilib   qo‘yayotgan
muammoni   ilmiy   yechimlarini   topishning   dastlabki,   boshlang‘ich   pozisiyasini
aniqlash   va   yaratish   uchun   muhim   imkoniyat   vujudga   keltiradi.   Faqat   ana
shundagina   motiv   va   motivasiya   mohiyati,   mazmuni,   mexanizmi,
manbalari,boshqa   kategoriyalar   bilan   izchil   aloqasi ,   iyerarxiyasi ,   ularning
faoliyat,   xulq—atvor,   muomala   jarayonidagi   o‘rni,   ahamiyati   bo‘yicha   ilmiy
izlanishlarni davom ettirishga muhim shart -sh aroitlar yaratadi. 
17 1.2.Motiv va motivasiyaning mamlakatimiz psixologiyasida gi talqini
Mamlakatimiz   psixolog   olimlari   (E.G‘.G‘oziyev,   G‘.B.Shoumarov,
A.M.Jabborov,   Z.T.Nishonova,   N.S.Safoyev,   N.G‘.Komilova,   B.M.Umarov,
R.S.Samarov,   G.Q.To‘laganova,   I.M.Hakimova,   N.T.Norqulova,   F.F.Rasulova
va   boshq.)   tomonidan   motiv   va   motivasiya   muammolari,   xususan   o‘spirinlar
tarbiyasida   yuzaga   keladigan   muammolar   va   qiyinchiliklarning   motivasion
asoslarini o‘rganish sohasida bir qator nazariy va amaliy masalalarni hal qilishga
yo‘naltirilgan tadqiqot ishlari olib borilganligini e’tirof etishimiz mumkin. 
F.F.Rasulova [ 60 ] o‘spirinlarda agressiv xulq-atvor namoyon bo‘lishining
psixologik   xususiyatlari   mavzusida   olib   borgan   ilmiy   tadqiqotlarida   mazkur
muammoning   ilmiy-nazariy   asoslari   xorij   tadqiqotchilari   tomonidan   keng
yoritilganligi   va   agressiya   fenomenining   turlari,   shakllari,   motivlari,   namoyon
bo‘lish xususiyatlariga oid nazariy yondashuvlar o‘rin olganligini ko‘ramiz.
O‘spirinlar   o‘zlarida   kechayotgan   salbiy   yoki   ijobiy   emosiyalarni   to‘la
ma’noda   nazorat   qila   olish   imkoniyatiga   ega   bo‘lganlar,   ular   o‘zlarida   har
qanday   holatda   namoyon   bo‘lgan   jahl,   g‘azab   kabi   emosional   holatlardan
o‘zlarini   tuta   olgan,   umuman,   ularda   emosiyalarni   nazorat   qilish   imkoniyati
kuchayganligi yaqqol kuzatilgan.
Jumladan,   G‘.B.Shoumarov   [42]   o‘z   tadqiqotlarida   yoshlar   kamoloti,
ularning   o‘qishi,   kasbiy   tayyorgarligi,   oilaviy   hayotga   va   jamiyatdagi   o‘zaro
munosabatlar   tizimiga   faol   kirishishida   motivlarning   o‘rni   va   ahamiyatiga
alohida   e’tibor   berib   o‘tganligini   ko‘ramiz.   U   o‘qish   va   mehnat   faoliyati
motivlari masalasini tadqiq etib, shaxsning asosiy xususiyatlari bilan motivasion
doirasi o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanishini asosli misollar yordamida tahlil qilgan.
Shuningdek,   muallifning   motivlar   muammosiga   doir   sobiq   ittifoq   va   xorijiy
mamlakatlar   psixologiyasidagi   turli   qarashlar,   yondashuvlarga   tahliliy   va
tanqidiy yondoshuvlarini ham ko‘ramiz.
V.M.Karimova   [24]   yoshlarni   o‘zbek   oilasiga   tayyorlash,   oilaviy
qadriyatlar   va   oilaviy   munosabatlarga   xos   me’yorlarni   egallash   hamda
18 shaxsning   o‘zaro   munosabatlar   pozisiyasiga   asoslangan   (yo‘nalgan)   motivlar
muammosi   bilan   shug‘ullangan.   Motiv,   uning   fikricha,   shaxsning   munosabati
tariqasida   yuzaga   keladi.   Muallif   talqiniga   ko‘ra   motiv   yo‘nalganlik   obyektiga
nisbatan munosabatning ifodalanishi va unga erishishdan boshqa narsa emas. 
Sh.R.Barotov   [17]   jamoalarda   va   jamiyatda   psixologik   xizmatni   tashkil
etishning   ilmiy   metodologik   asoslari   va   amaliy   yo‘nalishlari   sohasida   qator
tadqiqotlar  olib borib, kasbiy va mehnat  faoliyati  motivlarining inson  kamoloti
bilan bog‘liq tomonlarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Shuningdek, u ta’lim,
kasbiy   tayyorgarlik   va   mehnat   faoliyatida   motiv   va   motivasion   yo‘nalganlikda
yuzaga   kelgan   o‘zgarishlar,   salbiy   holatlarni   tuzatishda   psixologik   xizmatning
o‘rni va ahamiyati yuqori ekanligini yetarlicha ilmiy dalillar bilan asoslagan.
Z.T.Nishonovaning   [35]   ilmiy   izlanishlarida   ta’lim   tizimining   h a mma
bosqichlariga   xos   o‘quv-tarbiya   jarayonlarida   yoshlardagi   motivasion
yo‘nalganlik,   o‘quvchilar   yoki   talabalar   xulq-atvorida   yuzaga   kelishi   mumkin
bo‘lgan   salbiy   holatlar   va   xatti-harakatlarga   moyillikni   korreksiya   qilishning
ilmiy-metodik   jihatlari   haqida   to‘xtalib,   psixologik   yordam   amaliyotida
emosional   buzilishlarni   korreksiya   qilishda   xulq-atvor   terapiyasi,   kognitiv
terapiya,   geshtalt   terapiya   va   boshqa   psixoterapevtik   yo‘nalishlarga   xos
milliy-madaniy   qadriyatli   usullardan  foydalanish   ahamiyatli  ekanligini   e’tirof
etadi   va   ularni   o‘zida   jamlagan   “Xulq-atvorni   modifikasiyalash   treningi”
dasturini ishlab chiqqan. 
N.S.Safoyev   [39]   talaba   yoshlarda   o‘zligini   anglashining   psixologik
xususiyatlari   haqida   tadqiqotlar   olib   borib   motivasiyani   xulq-atvorni
yo‘naltiruvchi   kuch   sifatida   talqin   qilgan,   yoshlarning   o‘z   xulqini   o‘zi
boshqarishida   irodaviy,   kognitiv   va   motivasion   yo‘nalganlikning   ahamiyatini
izohlashga   intiladi.   Bundan   tashqari,   muallif   borliqqa   nisbatan   motivasion   —
qadriy   munosabat   asosida   ongli   munosabatning   shakllanishi   masalasi,   ehtiyoj
bilan   mayllarning   o‘zaro   munosabati,   ijtimoiy   faollikning   motivasion   asoslari,
hamkorlik   faoliyati   motivlari,   namunali   xulq-atvorga   intilish   kabi   motivasiya
19 muammolarini   o‘rganib   ularning   ijtimoiy-psixologik   va   milliy-madaniy
jabhalari haqida keng to‘xtalgan.
  R.S.Samarov   [40]   o‘z   tadqiqotlarida   pedagogik   faoliyatda,   xususan
ta’lim-tarbiya tizimi ning  axborot xavfsizligini ta’minlashda shaxsning yo‘nalishi
jabhasida motivning faoliyatga undash imkoniyati va uning inson e’tiqodi uchun
ahamiyatiga   doir   keng   mulohaza   yuritgan.   Motivlar   psixologiyasi   o‘quv
jarayonida   o‘quvchilar   xulqini   boshqarish,   tuzatish,   sog‘lomlashtirish ,
o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi amaliyoti pozisiyasidan turib tahlil qilinadi.
Muallif nafaqat o‘quv xatti-harakatlarini, balki shaxs tomonidan bilimlarni ongli
va   tizimli   egallash   jarayonida   motivlarni   boshqarish   zarur   ekanligini   ham
asoslaydi.
Taniqli   psixolog   olim   E.G‘.G‘oziyevning   [18,19]   mamlakatimiz
psixolgiya   fanida   motiv   va   motivasiya   muammolarini   tadqiq   etish   va   uning
psixologik   mohiyatini   yoritishdagi   qarashlari   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Faoliyat   va   xulq-atvor   motivasiyasi   inson   hayotida,   shaxslararo   munosabatda,
bilimlarni   o‘zlashtirishi   va   kamol   topishida   zarur   psixologik   omil   sifatida
namoyon   bo‘ladi.   Muallifning   ilmiy   izlanishlarida   motiv   va   motivasiyani
metodologik   masalalari,   ilmiy-nazariy   jabhalari,   chet   el   va   mamlakatimiz
psixologlarining   motivasiyaga   nisbatan   yondashuvlari,   uning   ta’lim   jarayonida
o‘rganilishi,   muayyan   mezonlarga   asoslangan   holda   tasniflanishi,   tatbiqiy
jihatlariga oid ilmiy-nazariy fikrlar tahlil qilingan.
Motivlar   ehtiyoj   negizida   vujudga   keladi,   rivojlanadi   va   takomillashadi.
Biroq   ehtiyoj   paydo   bo‘lishi   bilan   bir   davrda   uni   shakllanish   bosqichlariga
o‘xshash   darajalarni   bosib   o‘tish   orqali   motiv   vujudga   keladi.   Motiv   mazkur
negizda   vujudga   kelib,   barqarorlashib   ehtiyojning   mustahkamlanishiga   yordam
beradi va o‘z navbatida ehtiyojlarning barqarorlashuvi  motivasiyaning samarali
shakllanishini   ta’minlashga   xizmat   qiladi.   Odatda   inson   faoliyati   va   harakatiga
ta’sir   o‘tkazuvchi   jarayonda   o‘zaro   bog‘liq   holda   ehtiyoj   tomonidan   motiv   va
maqsad   aniqlanadi   (belgilanadi).   Ish-harakat   va   omillar   faoliyatning   tarkibi
bo‘lganligi   sababli   faoliyat   o‘ziga   xos   shakllangan   maqsadi   va   motivi   bilan
20 boshqariladi.   Lekin   psixologiyada   "Motiv   -   faoliyat",   "Maqsad   -   harakat",
"Sharoit   —   operasiya"   munosabatlari   o‘rtasida   qat’iy   aloqa   (uyg‘unlik)   hukm
surmaydi [18,19].
Motiv   va   motivasiya   (motivlar,   ehtiyojlar,   qiziqishlar,   maqsadlar,
intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar) keng ma’noda xulq — atvor
determinasiyasi   sifatida   belgilanishiga   qaramay,   ko‘pgina   tadqiqotchilar   ularni
juda   tor   ma’noda   tadqiq   qilib,   ilmiy   jihatdan   tekshirganlarini   ham   ko‘rish
mumkin. 
Bolaning   intellektual   darajasi   va   bilimlarning   yetarli   emasligi   oqibatida
kichik   bir   amaliy   tajriba   yaqqol   amaliy   faoliyat   muhitini   siqib   chiqarishi
mumkin.   Bola   biron-bir   obyektga   yo‘naltirilgan   faoliyatni,   uni   boshqarishni
yuksak funksional-energetik bosqichida motivlarni o‘z holicha uzoq vaqt saqlab
yurish imkoniyatiga ega emas.
E.G‘.G‘oziyev   va   mamlakatimizdagi   boshqa   psixolog   olimlarning   motiv
va   motivasiya   haqidagi   ilmiy   qarashlari   insonning   psixik   taraqqiyotini,
intilishini,   yo‘nalganligini   va   uning   tabiatga,   jamiyatga,   o‘z-o‘ziga   bo‘lgan
munosabatlarini   psixologik   mohiyatini   hamda   zarur   qonuniyatlarini   yoritishda
muayyan darajada metodologik asos sifatida xizmat qiladi.
21 1.3. O‘spirinlarda mehnat motivlari  va  ta'lim olish motivatsiyalarining
psixologik   mexanizmlari
Motivatsiya shaxsiyat  tuzilishida etakchi o'rinni  egallaydi  va hatti-harakat
va   faoliyatning   harakatlantiruvchi   kuchlarini   tushuntirish   uchun
ishlatiladigan   asosiy   tushunchalardan   biridir.   Umuman   motivatsion
tizimning   mazmuni   shaxsga   xos   bo'lgan   faoliyat   turlarining   mazmunini
belgilaydi.   Motivatsiya   tizimi   nafaqat   haqiqiy   faoliyatni,   balki   istalgan
sohani,   faoliyatni   yanada   rivojlantirish   istiqbolini   ham   belgilaydi.
Binobarin,   m ehnat   motivlari   va   ta'limiy   motivatsiyasi   mexanizmlari   hamda
motivatsiya   muammosi   metodologik,   nazariy   va   amaliy   jihatdan   dolzarb
muammolardan biridir.
Ilmiy adabiyotlar tahlili motivlarni o'rganishda ko'plab yondashuvlar
mavjudligini   ko'rsatdi.   Motiv   rag'batlantirish,   niyat,   idrok,   munosabat,
fikrlar,   his-tuyg'ular,   motivlar   va   boshqalar   sifatida   ko'rib   chiqilgan.
Ammo barcha olimlar motiv bu faoliyat uchun mo'ljallangan degan fikrga
qo'shilishadi   va   motivatsiya   shaxsning   yo'nalishini   aniqlaydi.   Ta'lim
motivatsiyasini   o'rganish   muammosi   ko'plab   mahalliy   va   xorijiy
psixologlarning   e'tiboriga   berilgan.   Shunga   qaramay,   psixologiya   fanida
yagona "tushuncha" ta'lim faoliyati motivi shakllanmagan, uni o'rganishda
turli xil yondashuvlar va usullar qo'llaniladi. Tarixda buni tushunishga bir
qancha   yondashuvlar   mavjud.   Eng   keng   tarqalganlaridan   biri   uni
polimotiv   hodisa,   ya'ni   inson   motivlarining   keng   doirasiga   kiritilgan   va
inson   faoliyatining   diqqatini   bilim,   ko'nikmalarni   o'zlashtirishga
qaratadigan   xususiyatini   tavsiflovchi   muayyan   turtki   sifatida   ko'rib
chiqadi.   Ta'lim motivatsiyasining besh darajasi mavjud:
1. Maktab motivatsiyasining yuqori darajasi, o'quv faoliyati. Bunday
bolalarda   kognitiv   motiv,   maktabning   barcha   talablarini   muvaffaqiyatli
bajarish istagi mavjud. O'quvchilar o'qituvchining barcha ko'rsatmalariga
22 aniq   amal   qilishadi,   vijdonli   va   mas'uliyatli,   agar   qoniqarsiz   baho   olsalar
juda tashvishlanadilar.
2.   Maktabning   yaxshi   motivatsiyasi.   Talabalar   o'quv   faoliyati   bilan
muvaffaqiyatli   kurashmoqdalar.   Shunga   o'xshash   motivatsiya   darajasi
o'rtacha.
3.   Maktabga   ijobiy   munosabat,   ammo   maktab   bu   bolalarni
maktabdan tashqari mashg'ulotlarga jalb qiladi. Bunday bolalar maktabda
do'stlar   va   o'qituvchilar   bilan   muloqot   qilish   uchun   o'zlarini   xavfsiz   his
qilishadi.  Ular   o'zlarini  talabalar  kabi  his   qilishni,  chiroyli  portfel,   qalam,
qalam qutisi, daftarlarga ega bo'lishni yaxshi ko'radilar. Bunday bolalarda
kognitiv   motivlar   kam   shakllangan   va   o'quv   jarayoni   ularni   kam   jalb
qiladi.
4. Maktabning kam  motivatsiyasi. Ushbu bolalar maktabga borishni
xohlamaydilar, darslarni tashlab qo'yishni afzal ko'rishadi. Darslarda ular
ko'pincha   tashqi   ishlar,   o'yinlar   bilan   shug'ullanishadi.   Ta'lim   faoliyatida
jiddiy   qiyinchiliklarni   boshdan   kechirish.   Maktabga   jiddiy
moslashmoqdalar.
5. Maktabga, maktab ta’limiga yomon munosabatda bo'lish. Bunday
bolalar   o'rganishda   jiddiy   qiyinchiliklarga   duch   kelishadi:   ular   o'quv
faoliyati bilan shug'ullanishmaydi, sinfdoshlar bilan muloqotda, o'qituvchi
bilan   munosabatlarda   muammolarga   duch   kelishadi.   Maktab   ko'pincha
ular tomonidan dushman muhit  sifatida qabul  qilinadi,  ularda qolish  ular
uchun   chidab   bo'lmas   darajada.   Boshqa   holatlarda,   talabalar
tajovuzkorlikni   ko'rsatishi,   topshiriqlarni   bajarishdan   bosh   tortishi,
muayyan   norma   va   qoidalarga   rioya   qilishi   mumkin.   Ko'pincha   bunday
maktab   o'quvchilarida   neyropsikik   kasalliklar   mavjud   bo‘lishi
mumkin.O'smirlarning ta'limiy motivatsiyasi
O'smirlik   (balog'atga   etishish)   an'anaviy   ravishda   bolalar
rivojlanishidagi   eng   qiyin   davr   deb   hisoblanadi.   U   o'tish   davri,   "qiyin",
"xavfli   asr",   "bo'ronlar   asri"   deb   nomlanadi.   Ushbu   nomlarda   uning
23 asosiy xususiyati sobit - bolalikdan balog'at yoshiga o'tish. Ushbu yoshga 11
(12) -15 (16) yoshdagi maktab o'quvchilari kiradi. Bu vaqt ichida tanani tez
fiziologik qayta qurish jarayoni davom etmoqda.
Bu   davr   nafaqat   ta'lim   nuqtai   nazaridan,   balki   ta'lim   yutuqlari
nuqtai   nazaridan   ham   qiyin.   O'quv   samaradorligi   pasayadi,   o'rganishga
bo'lgan   qiziqish   yo'qoladi,   o'quv   vazifalarini   muvaffaqiyatsiz   bajarilishi
endi   xafa   va   fojiali   narsa   sifatida   qabul   qilinmaydi.   Maktab   o'quvchilari
orasida   beparvolik   va   maktabga   nisbatan   qoniqarsiz   munosabat   bilan
ajralib   turadigan   o'spirinlar   soni   o'sib   bormoqda.   O'rganish   uchun   past
motivatsiya   talabalar   muvaffaqiyatsizligining   eng   keng   tarqalgan
sabablaridan   biridir.   O'qish   faoliyati   endi   katta   yoshli   bolaga   yoqmaydi.
Ko'pincha   bolalar   "ota-onalar   xafa   bo'lmasliklari",   "sayr   qilishlariga
ruxsat   berishlari",   "yangi   narsalarni   sotib   olishlari"   va   hokazolarni
o'rganishadi.   Bundan   tashqari,   o'qituvchilar   va   ota-onalar   ba'zan   faqat
bolaning   belgilariga   e'tibor   berib,   o'rganishga   bunday   munosabatni
qo'zg'aydilar.   Har   bir   oilada   va   maktabda   bunday   ta'limning   ahamiyati
martaba va moddiy farovonlik bilan bog'liq bo'lgan muayyan maqsadlarga
erishish   vositasi   sifatida   jalb   qilinmaydi.   Ko'pincha,   ota-onalar   va
o'qituvchilar uchun o'quvchilar reytingi ularning ishlash natijalariga ko'ra
juda muhimdir va bu "beshlik" ning orqasida turgan narsa emas - chuqur
bilim yoki parcha-parcha, o'ylamasdan o'rganilgan material.
Maktab motivatsiyasining pasayishi sabablari:
1.   O'smirlarda   "gormonal   portlash"   va   kelajakning   noaniq   hissi
paydo bo'ladi.
2. Talabaning o'qituvchiga nisbati.
3. O'qituvchining talabaga munosabati.
4.   7-8   yoshdagi   qizlarda   balog'at   yoshidagi   qizg'in   biologik   jarayon
tufayli yoshga qarab o'quv faoliyatiga moyillik kamayadi.
5. Mavzuning shaxsiy ahamiyati.
6. O'quvchining aqliy rivojlanishi. 
24 7. O'quv faoliyati samaradorligi.
8. Maktab jarayonining qo'rquvi.
Talaba   muvaffaqiyatsizligining   asosiy   belgilarini   ham   ko'rib
chiqishimiz mumkin:
O'rganilayotgan   tushunchalar,   qonunlar,   nazariyalarning   muhim
elementlarini,   shuningdek   zarur   amaliy   harakatlarni   tavsiflashga   imkon
bermaydigan   ushbu   fan   bo'yicha   haqiqiy   bilimlar   va   maxsus
ko'nikmalardagi bo'shliqlar;
Maktabda   ta’lim   olayotgan   bolalar   nafaqat   fe'l-atvori   va   hatti-
harakati,   balki   aqliy   va   jismoniy   rivojlanishi   nuqtai   nazaridan   ham   farq
qiladi.   Ba'zilar   osongina   o'rganadilar,   hamma   narsani   tezkorlik   bilan
tushunadilar,   boshqalari   esa   hatto   maktab   o'quv   dasturining   asosiy
darajalarini   o'zlashtirish   uchun   ko'p   harakatlarni   talab   qiladi.   Maktabda
o'quv jarayoni juda qiyin bo'lgan bolalar bor, ular qo'shimcha ta'lim olish
uchun   zarur   bo'lgan   asoslarni   puxta   o'rganishga   vaqtlari   yo'q   va   o'z
kuchlariga   ishonchlarini   yo'qotadilar.Muvaffaqiyatsiz   o'quvchi   sekin,   tez-
tez   noto'g'ri   ishlaydi,   maktab   intizomini   buzadi   va   ko'plab   sharhlar   va
salbiy   baholarni   oladi.   Natijada,   bola   asabiylashadi,   u   o'zidan
shubhalanadi,   yomon   baho   berishdan   qo'rqadi,   bu   esa   o'rganish   istagini
yanada pasaytiradi va o'rganish jarayonini sekinlashtiradi. Shunday qilib,
doimiy   muvaffaqiyatsizlik   hissi   bolani   o'rganishga   bo'lgan   qiziqishni
yo'qotishga olib keladi.
Maktabdagi   kechikish,   hissiy   beqarorlik   shaklida   namoyon   bo'lgan
o'spirinning qiyinchiliklari turli sabablarga ega bo'lishi mumkin:
Salomatligi   yomon.   Bu   akademik   etishmovchilikni   keltirib
chiqaradigan   ruhiy   salomatlikning   past   ko'rsatkichlari   (ba'zi
ma'lumotlarga ko'ra, bu 78%);
O'qitish   usullarining   etishmasligi.   O'quv   faoliyati   ma'lum   ko'nikma
va   texnikaga   ega   bo'lishni   talab   qiladi.   Ta'lim   faoliyatining   samarasiz
25 mahoratiga e'tibor qaratish juda muhim, chunki keyinchalik ular tayanib,
o'qishda ortda qolishiga olib keladi;
Ta'lim   motivatsiyasini   shakllantirish.   O'smirlik   yoshiga   etganlik,
ta'lim faoliyati uchun motivatsiyani shakllantirishda eng muhimlaridan biri
bo'lishi   mumkin.   Ammo,   o'rganish   motivatsiyasini   shakllantirish   va
shakllantirishni   boshlashdan   oldin,   siz   uni   o'rganishingiz   kerak.   Har   bir
talabada,   siz   ishonishingiz   mumkin   bo'lgan   pulning   rag'batlantirish
darajasi mavjud.
Talaba   shaxsi   o'ziga   xosdir.   Birida   past   darajadagi   motivatsiya   va
yaxshi   aqliy   qobiliyatlar   mavjud,   ikkinchisida   echimlarni   topish   uchun
o'rta, ammo katta rag'batlantiruvchi kuchlar mavjud. Ba'zan talaba yaxshi
qobiliyatlarga,   chuqur   bilimga   ega   va   faoliyat   natijasi   o'rtacha.   Biror
kishining   o'quv   faoliyatidagi   muvaffaqiyati   yoki   muvaffaqiyatsizligi   uning
shaxsiy   fazilatlari   bilan   izohlanmaydi.   Faqatgina   ushbu   fazilatlarni   yaqin
aloqada   tahlil   qilish   orqali   biz   ma'lum   bir   bolada   muvaffaqiyat   yoki
muvaffaqiyatsizlikning asl sabablarini tushunishimiz mumkin.
Shunday   qilib,   motivatsiyani   shakllantirish   va   rivojlantirish   degani,
talabaning boshiga tayyor motivlar va maqsadlarni qo'yish emas, balki uni
istalgan   motivlar   va   maqsadlar   o'tgan   tajriba,   shaxsiyat   va   ichki
intilishlarni   hisobga   olgan   holda   shakllanadigan   va   rivojlanadigan
sharoitlarda va rivojlanayotgan faoliyat sharoitida qo'yishdir. 
Har   qanday   o'qituvchining   vazifalari   o'quv   faoliyati,   o'quvchining
bilim   faoliyati   uchun   motivatsiyani   shakllantirish   va   rivojlantirishni   o'z
ichiga   oladi.   Bu   juda   murakkab   va   uzoq   davom   etadigan   jarayon   bo'lib,
ko'plab   omillarni   hisobga   olishni   talab   qiladi,   ular   orasida   maktab
o'quvchilarining   individual   farqlari   va   rivojlanishning   yoshga   bog'liq
xususiyatlari mavjud.
Mavjud ma'lumotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, o'smirlik davrida
o'qish   motivatsiyasining   pasayishi   kuzatilmoqda,   maktabga   qatnash
og'irlik   tug'dirmoqda.   Shunga   ko'ra,   bilim   olishga   bo'lgan   munosabat
26 o'zgaruvchan   bo'lib,   uni   "baholash   uchun   kurash"   deb   atash   mumkin,
garchi   haqiqiy   bilim   unga   mos   kelmasa   ham.   O'qituvchining   o'spirinning
ijtimoiy motivlarini  o'rganish va ijtimoiy ahamiyatli  faoliyat  (mehnat, o'z-
o'zini tarbiyalash) o'rtasidagi munosabatni oshkor etmaslik, o'qituvchining
motivatsiyasining   pasayishining   yana   bir   muhim   sababi,   o'quvchining
voyaga   etish,   mustaqillik   va   tengdoshlari   bilan   o'zaro   munosabatlariga
bo'lgan aniq intilishlari amalga oshirilmaganda. .
Biz   tanlagan   diagnostika   usullari   yosh   o'spirinlarda   motivatsiya
holatini   aniqlashga   imkon   berdi.   Tadqiqot   natijasida,   o'smirlik   davrida
tashqi   motivlar   -   ichki   motivlar   ustunlik   qilishi   va   o'quv   faoliyatini
rivojlantirish   uchun   motivatsiya   yangi   bilimlarni   egallashga   emas,   balki
belgiga ko'proq qaratilganligi aniqlandi.
Bob bo‘yicha xulosalar
1. Shaxsning   psixologik   taraqqiyoti,   uning   tarixiy   kechishi   va
ontogenizda   rivojlanishi   bilan   bog‘liq   konseptual   masalalarni   chuqur
o‘rganishda   motivasion   sohani   tatqiq   etish   tayanch   hisoblanadi.   Motivasiya
odamni   muayyan   xatti-harakatlarni   bajarishga   undash   jarayoni,   ko‘pincha
muqobil   usullarni   tahlil  qilish   va  baholashni,  tanlash  va  qarorlar  qabul  qilishni
talab  qiluvchi   jismoniy-psixologik  jihatdan   uyg‘unlashgan   mohiyatli   murakkab
harakat   jarayoni   bo‘lib,   bu   jarayon   murakkablashib   boradi   va   o‘z   mohiyatiga
ko‘ra   subyektning   yuzaga   kelgan   tayanch   ehtiyojlarini   qondirishga   yo‘nalgan
faoliyatni tanlash va uni amalga oshirish jarayonini belgilaydi.
2. Motivlarning   falsafiy-metodologik   asosi   shundan   iboratki,   ular
sabab-oqibat, ichki murakkab bog‘lanishli tuzilishga ega bo‘lib, yuksak darajada
rivojlangan   moddiy   tizimning   oliy   mahsuli   ekanligi   to‘g‘risidagi   xulosaga   olib
keladi.   Motivlar   tuzilishini   amaliy   (tatbiqiy)   yo‘nalishda   o‘rganish   inson
27 shaxsiga   motivasion,   irodaviy,   axloqiy,   hissiy,   kognitiv,   regulyativ   ta’sir
o‘tkazishning omilkor shakllarining ilmiy asosi yuzaga kelishiga muhim imkon
va zarur shart-sharoitlar yaratadi  
3. Jahon   psixologiyasi   fanida   motivlarning   yuzaga   kelishi,   turlari   va
yo‘nalganligi,   xulq-atvorda   ifodalanishi,   subyekt   faoliyatida   (o‘yin,   o‘qish   v a
mehnat)   va   muomala-munosabat   jarayonlarida   shakllanishi   (yoki   shakllantirish
yo‘llari)   keng   ko‘lamda   tadqiq   qilingan.   Aksariyat   mualliflar   sh a xsni
biolo gizasi yalashtirishga   intilganliklari   tufayli   shaxs   faollik   manbaining
psixologik mohiyatini anglamay oddiy turtki bilan tenglashtiradilar .  
4. Sobiq   ittifoq   va   rus   psixologiyasida   motiv   va   motivasiya
muammolari  turli   nuqtai   nazardan  tadqiq  qilingan.  Chunonchi  bilish   (kognitiv)
jarayonlari   motivasiyasi,   ularning   ilmiy-metodologik   va   o‘ziga   xos
xususiyatlari, mexanizmlari, faoliyat, xulq hamda muomala motivasiyasi, ta’lim
va kasb tanlash, kasbga moslashish, kasb motivlari dinamikasi kabi muammolar
keng   ko‘lamda   o‘rganilgan   bo‘lib,   psixologiya   fanida   mazkur   muammoga   doir
ilmiy-nazariy va amaliy xususiyatli boy materiallar to‘plangan. 
II  BOB.  O‘SPIRINLARDA MEHNAT MOTIVLARI
SHAKLLANISHINING  P SIXODIAGNOSTIKASI
2.1.  Tadqiqot bosqichlari, metodologik asoslari va metodikalarning
psixologik tavsifi
O‘spirinlik   davriga   xos   xulq-atvor   ifodasida   yuzaga   keladigan   salbiy   va   ijobiy
o‘zgarishlar,   buzilishlar   va   ularni   ijtimoiy   moslasha   olmaslik   muammosi
kuchayib borish xususiyatiga ega. Bunday holatlar ularning ongli yashashga, o‘z
fikriga ega bo‘lishga, turli ma’naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir
bo‘lgan   irodali,   fidoiy   hamda   vatanparvar   insonlar   etib   tarbiyalanishida   asosiy
to‘siq sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu salbiy motivlarning shakllanishiga ta’sir
etadigan   yoki   keltirib   chiqaruvchi   omillarni   o‘rganish   respublikamizda   olib
borilayotgan   ilmiy   tadqiqotlar   doirasidagi   dolzarb   muammolardandir.   Buning
28 uchun   mazkur   muammoni   bartaraf   etishning   samarali   usullarini   ishlab   chiqish
va psixologik mohiyatini ilmiy asoslash nihoyatda zarurdir.
  Ana   shu   nuqtai   nazardan   biz   “O‘spirinlarda   mehnat   motivlari
shakllanishining   diagnostikasi”   mavzusida   olib   borayotgan   magistrlik   ilmiy
tadqiqot   ishimizning   ilmiy   dasturiga   tayanib,   bir   qator   tizimli   vazifalarni   bir
necha bosqichda amalga oshirdik. 
Birinchi   bosqichda   psixologiyada   motiv   va   motivasiya   muammosining
nazariy-metodologik   asoslari   o‘rganildi.   Unda   xorijiy   psixologiyada   motiv   va
motivasiya   muammolarining   o‘rganilganlik   holati,   shuningdek,   rus   va
mamlakatimiz   psixologiyasida   motiv   va   motivasiya   muammosining   tadqiq
etilganligi,   o‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishi   psixologik   tadqiqot
muammosi   sifatida   olimlar   tomonidan   o‘rganilganligi   tahliliy   baholandi   va
shunga   tayanib,   o‘spirinlarda   mehnat   motivlari   yuzaga   kelishi   va
shakllanishining   sabablari,   qonuniyatlari,   shart-sharoitlari,   ularga   ta’sir
etayotgan muhim omillar hamda ularning oqibatlari keng yoritildi.
Mazkur   muammoni   tadqiq   etish   uchun   tadqiqot   bosqichlari   belgilandi,
fanning   metodologik   asoslari   va   metodikalarning   psixologik   tavsifi   keng
yoritildi,   tadqiqot   ishimiz   ancha   murakkab   va   o‘ta   dolzarb   mavzuga
bag‘ishlanganligi   uchun   uning   bosqichlariga,   ilmiy   psixologik   bilimlarni
asoslash   uchun   fanning   metodologik   tamoyillariga   va   tadqiqot   metodikalarida
belgilangan qonun-qoidalar va yo‘l-yo‘riqlarga qat’iy amal qilindi.
Ikkinchi   bosqichda   o‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishining
psixodiagnostikasi   amalga   oshirildi.   O‘spirinlarda   mehnat   motivlari
shakllanishining   xususiyatlari   va   mohiyatini   aniqlash   hamda   ilmiy   asoslash
maqsadida unga ta’sir etuvchi omillarning ko‘rinishlari, kelib chiqish sabablari,
manbalari   aniqlandi.   Shunga   asosan,   motivlarning   shakllanganlik   holati,
yo‘nalganligi,   maqsadi   va   mohiyati   tarbiyaviy-psixologik   me’yorlar   asosida
baholandi.
O‘spirinlarga   xos   mehnat   motivlari   shakllanishining   xarakterli
xususiyatlari   va   shunga   mos   tasnifi   yaratildi.   Mehnat   motivlarining   o‘spirin
29 yoshlar   tarbiyasi   va   ular   shaxsining   beqaror   shakllanishiga,   natijada   ularning
o‘zaro munosabatlarga kirishishida, tarbiyaviy yo‘nalganligida, dunyoqarashi va
boshqa   aqliy,   axloqiy-ma’naviy,   siyosiy,   huquqiy   taraqqiyot   darajalariga   putur
yetishi   bilan   bog‘lik   oqibatlar   hamda   salbiy   natijalar   salmog‘i   asoslandi.
O‘spirin   xulq-atvoriga   xos   mehnat   motivlarining   ijtimoiy-huquqiy   darajasi
baholandi va uning psixologik talqini yoritildi. 
Uchinchi   bosqichda   o‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishi   va   ular
oqibatida   o‘spirinlar   tarbiyasida   yuz   beradigan   salbiy   o‘zgarishlarni
eksperimental   o‘rganish   natijalari   bayon   qilindi.   Tadqiqot   hozirgi   zamon
psixologiyasi   amaliyotida   samarali   qo‘llashga   mo‘ljallangan   yoshlarning
motivasion yo‘nalganligini, individual psixologik xususiyatlarini, aqliy, axloqiy,
ma’naviy   va   huquqiy   taraqqiyot   darajalarini   o‘rganishga   yo‘nalgan   test
metodikalari yordamida amalga oshirildi. 
Tadqiqot   natijalari   tahlillariga   asoslanib,   o‘spirinlarda   mehnat
motivlarining   shakllanganlik   holati   va   unga   ta’sir   etayotgan   tabiiy-biologik   va
ijtimoiy-tarbiyaviy   omillar   aniqlandi.   Ular   tarbiyasida   yuzaga   kelgan   salbiy
o‘zgarishlar   darajasi   va   uning   turmush   tarzi   va   faoliyati   bilan   bog‘liq   salbiy
oqibatlar   baholandi.O‘spirinlarda  mehnat   motivlarining shakllanishi,   aynan  shu
o‘spirinning turmush tarzi va oilasida qaror topgan tarbiyaviy muhit, o‘spiringa
bo‘lgan   munosabat   hamda   unda   barqaror   shakllanayotgan   shaxs   sifatlari   va
individual   psixologik   xususiyatlariga   ko‘p   jihatdan   bog‘liq   holatda   kechishi
aniqlandi. 
To‘rtinchi   bosqich,   o‘spirinlar   hayot   faoliyatini   tashkil   etish   va   ularda
mehnatchilik   motivlari   shakllanishini   bartaraf   etishning   psixokorreksiya
amaliyoti   bo‘lib,   o‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishini   muhim
manbalarini   aniqlash,   ularni   oldini   olish   va   bartaraf   qilishning   zamonaviy
ijtimoiy – psixologik mexanizmlarini aniqlash ilmiy izlanishlarimizning ustuvor
vazifalari   sifatida   belgilanib,   quyidagi   tarbiyaviy   –   psixologik   mexanizmlar
yaratilishi va amaliyotga tadbiq etish uchun tavsiyalar berish amalga oshirildi:
30 -o‘spirinlar   hayot   faoliyatini   tashkil   etishning   zamonaviy   ijtimoiy-
pedagogik va psixologik asoslarini belgilash hamda uni doimiy takomillashtirib
borish e’tiborga olindi;
-o‘spirinlar   xulq-atvorida   yuzaga   kelishi   kutilayotgan   salbiy
o‘zgarishlarning   psixokorreksion   dasturi   tayyorlanib,   ular   barkamolligini
ta’minlashga   yo‘naltirilgan   (aqliy,   axloqiy,   ma’naviy   va   huquqiy   bilimlar
asosida)   shaxs   fazilatlari   kompleksi   aniqlandi   va   uni   yoshlarning   har   biri
o‘rganib (o‘zlashtirib) hayot tarzi va faoliyatida qo‘llash tavsiya etildi;
-o‘spirinlar   xulq-atvorida   yuzaga   kelishi   kutilayotgan   salbiy
o‘zgarishlarning psixoprofilaktikasi va psixologik maslahat tizimi tayyorlandi va
hamma ta’lim tizimi bosqichlarida unga amal qilish tavsiya etildi; 
  -o‘spirinlar   xulq-atvorida   yuzaga   kelayotgan   mehnat   motivlarini
aniqlaydigan,   sabablarini   o‘rganadigan   hamda   ularni   oldini   olish   va   bartaraf
etish   bilan   bog‘liq   tarbiyaviy-psixologik   va   milliy-madaniy   tizim   andozasi
yaratildi. 
Tadqiqotimiz   natijalariga   tayanib,   hozirgi   yosh   avlodning   o‘quv-tarbiya
jarayonlarini   takomillashtirish   va   barkamolligini   ta’minlash   maqsadida   ular
tarbiyasiga salbiy ta’sir etish ehtimoli bo‘lgan turli xil tabiiy-biologik, iqtisodiy,
ijtimoiy,   milliy-hududiy   omillar   ta’siridan   himoya   qilishning   milliy
mentalitetimiz va hududiy xususiyatlardan kelib chiqqan holda zarur ijtimoiy –
madaniy   va   milliy-psixologik   xususiyatlarga   asoslangan   tarbiyaviy   immunitet
andozasini aniqlash va yoritishdir. Milliy-psixologik immunitet (yoki tarbiyaviy-
psixologik   immunitet)   deganda   millatning   barqaror   rivojlanishi   uchun   zarur
bo‘lgan   yuksak   ma’naviy   motivlarni   shakllanishini   ta’minlovchi   (ma’naviy
ehtiyojini qondiruvchi) keng ma’nodagi ma’naviy boylikning mavjudligini, unga
har   doim   ham   ehtiyojning   o‘sib   borishiga   moyillikning   kuchliligiga   va
yoshlarning ma’naviy olamiga tashqaridan ko‘rsatiladigan har qanday ta’sirlarga
qarshi   tura   oladigan,   ulardan   kuchli,   ustun   bo‘lgan   milliy-ma’naviy,   ruhiy   va
yuksak darajadagi axloqiy salohiyatlarning amal qilinishini tushunish mumkin.
31 Mazkur   tarbiyaviy   jarayon   millatimiz   vakillariga,   ayniqsa,   o‘spirin
yoshlarda   milliy   merosimiz,   urf-odat,   an’ana   va   axloqimizdagi   eng   ilg‘or
xususiyatlarni,   qadriyatlarni   singdirish   orqali   ularda   milliy   ong,   miiliy
dunyoqarash,   milliy   tafakkur,   huquqiy   madaniyatni   shakllantirish,   o‘zligini
anglatish,   milliy   g‘urur   va   iftixor   tuyg‘ularini   mustahkamlash,   milliy   manfaat,
millat istiqboli uchun mas’ullikni ongi va qalbiga chuqur singdirish, boy milliy -
madaniy   merosimiz   asosida   yoshlarni   yuksak   ma’naviyatli,   qat’iyatli,   shijoatli,
ongli faol shaxs sifatida shakllanishini ta’minlashga yo‘nalgan ta’lim tizimidagi
amaliy   faoliyatdir.O‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishining
psixodiagnostik   va   psixokorreksion   qonuniyatlarini   chuqurroq,   obyektiv
ravishda   tadqiq   etish   uchun   izchillik   bilan   quyidagi   psixologik   metodlardan
foydalanishni maqsadga muvofiq deb bildik.
  1.O‘spirinlarni   o‘zini   tutishi,   odamlarga,   voqyea-hodisalarga,   narsalarga
bo‘lgan   munosabati,   dunyoqarashi   va   tarbiyalanganlik   darajasini   o‘rganishga
yo‘nalgan   kuzatish,   taqqoslash,   suhbat,   ular   faoliyati   natijalarini   tahlil   qilish
metodlaridan foydalanildi. 
  2.IPS   (ijtimoiy   psixologik   so‘rovnoma)   tuzildi   va   o‘spirinlarning   motiv
va motivasiyasi,   xususan,   ularda  mehnat   motivlari  shakllanishiga  ta’sir  etuvchi
tabiiy-biologik,   moddiy-madaniy   va   ijtimoiy-psixologik   xususiyatli   omillar   va
qonuniyatlar o‘rganildi.
  3.Yoshlarda   shakllanayotgan   motiv   va   motivasion   yo‘nalganlik,   aqliy,
axloqiy-ma’naviy   va   huquqiy   tarbiyalanganlik   darajalari,   ularning   bilimi,   ongi
va   dunyoqarashini   o‘rganishga   daxldor   test   metodlaridan   foydalanildi
(foydalanilgan   test   metodikalari   ilovada   berildi).   Test   qisqa   vaqt   ichida
bajarilishi   zarur   topshiriq   hisoblangani   uchun   uning   yechimini   miqdor   va   sifat
jihatidan   tahlil   qilish   natijasida   ulardagi   motiv   yo‘nalganligi   va   uning
ifodalanish   holati,   tarbiyalanganlik   darajasi,   o‘z-o‘ziga,   narsa   va   hodisalarga,
mehnatga   va   odamlarga   bo‘lgan   munosabatlari,   dunyoqarashi,   ya’ni
voqyelikning   respondentlar   ongidagi   subyektiv   in’ikosi   ko‘rsatkichlari
aniqlandi.
32 O‘spirinlarda   shakllanayotgan   motiv   va   motivasion   munosabat,   ularda
yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan salbiy o‘zgarishlarni tekshirishda qo‘llaniladigan
standart topshiriqlar psixologik test deb qabul  qilingan. Bu metodning qimmati
eksperimentning   ilmiylik   darajasiga,   yig‘ilgan   psixologik   dalillarning
obyektivligiga,   ularning   ilmiy-g‘oyaviy,   ma’naviy   jihatdan   tahlil   qila   bilishga
bog‘liqdir.   Test   metodini   qo‘llash   orqali   o‘spirin   shaxsining   tarbiyalanganlik
holati, motivasion  va funksional  imkoniyatlari, dunyoqarashi  haqida diagnostik
hamda   prognostik   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   ma’lumotlar   to‘planadi.   Shuning
uchun topshiriqni to‘g‘ri tanlash, amaliyotda uni bir necha marta sinab ko‘rish,
o‘spirinning  yosh  xususiyatlarini,  u tarbiyalanayotgan  oila va  ijtimoiy  muhitni,
hamda   uning   tabiat,   jamiyat   hamda   o‘ziga   bo‘lgan   munosabat   tartiblariga,
dunyoqarashi,   e’tiqodi,   anglash   tamoyillari   asoslarini   tashkil   etgan   bilim
saviyasi va boshqa jihatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
  4.Eksperiment   metodi.   Eksperiment   metodi   insonlarning   motiv   va
motivasion   olamini,   shunga   asoslangan   munosabat   tizimi   va   dunyoqarashini
(xususan   o‘spirinlar)   o‘rganishda   eng   muhim   metodlardan   bo‘lib   hisoblanadi.
Eksperiment  yordamida o‘spirinlar  shaxsi  shakllanishining  eng muhim  omillari
va   shart-sharoitlarini   aniqlash,   ularni   obyektiv   baholash   va   barkamol   yoshlarni
tarbiyalashning   zarur   imkoniyatlarini   hal   qilish   mumkin.   O‘spirinlarda
barkamollikni   ta’minlashga   yo‘nalgan   motiv   va   motivasiyaning   tarkibiy
tuzilishi,   uni   shakllantiruvchi   muhim   omillar,   nozik   ichki   bog‘lanishlar,
qonuniyatlar, murakkab mexanizmlar eksperiment yordamida o‘rganiladi.
Eksperiment   metodi   tabiiy   va   laboratoriya   turlariga   ajratiladi.   Tabiiy
sharoitda o‘spirinlarga xos motivlar, xususan mehnat motivlarining shakllanishi
o‘rganilayotganligidan o‘spirinlar bexabar bo‘lishi, ularga berilayotgan bilim va
topshiriqlar   maqsadga   muvofiqlashtirilishi   lozim.   Laboratoriya   eksperimenti
ko‘pincha   individual   shaklda,   oshkora   ravishda,   hatto   asboblardan,
apparatlardan foydalangan holda o‘tkaziladi.
5.Statistika   metodi.   Aniqlovchi,   tarkib   toptiruvchi   va   nazorat
eksperimentlaridan   to‘plangan   yoki   yig‘ilgan   ma’lumotlar   matematik-statistik
33 qayta ishlash, ya’ni empirik ma’lumotlarning ishonchlilik va validlik darajasini
aniqlash,   miqdoriy   ma’lumotlarni   statistik   tahlil   asosida   maxsus   kompyuter
dasturi   yordamida   korrelyasion   yaqinlikni   aniqlash   usullaridan,   natijalarning
o‘rtacha arifmetik qiymati va disspersiyani topish formulalaridan (Styudentning
– t muqarrarlik mezoni, Pirson va Spirmenning korrelyasiya koeffisiyentiga oid
formulalardan) foydalanildi. 
O‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishining   diagnostikasi
muammosini   tadqiq   qilishda   hozirgi   zamon   psixologiyasi   amaliyotida   samarali
qo‘llashga   mo‘ljallangan   insonning   shaxslilik   xususiyatlari,   hissiy-irodaviy
holatlari   va   individual-tipologik   imkoniyatlari   hamda   ularning   aqliy,   axloqiy-
ma’naviy,   huquqiy   tarbiyalanganlik   darajasini   va   dunyoqarashini   o‘rganishga
yo‘nalgan   anketa   hamda   test   metodikalari   yordamida   amalga   oshirish   nazarda
tutildi. 
Shuningdek,   o‘spirinlarda   mehnat   mativlari   shakllanishining
psixadiagnostikasi  qonuniyatlari talqini borasidagi  izlanishlarda ko‘zda tutilgan
masalalar,   biz   tadqiq   etadigan   muammoning   to‘liq   tafsiloti   uchun   chuqur
ahamiyat kasb etishi, ularning metodologik asosi ekanligidandir .
2.2. O‘spirinlarda mehnat motivlari shakllanishini ng  empirik o‘rganish
tahlili, shakllanganlik holati  va  xarakterli xususiyatlari ta vs ifi
Yoshlar  tarbiyasi  uchun mas’ul  bo‘lgan ota-onalar, o‘qituvchi-  tarbiyachilar  va
jamoatchilik  oldida  barkamol   yoshlarni   tarbiyalashdek  ustuvor  vazifalar   turgan
bir   paytda   ba’zi   yoshlar   tarbiyasida   yuzaga   kelayotgan   muammolar,
kamchiliklar, xususan  xulq-atvorida namoyon bo‘layotgan mehnat  motivlari  va
unga   mos   xatti-harakatlarning   uchrab   qolayotganligi   tarbiya   uchun   mas’ullarni
tashvishga solmoqda.Psixologiya  fanlari  sohasida erishilgan jahon tajribasining
ko‘rsatishicha   motivlarning   yuzaga   kelishi   va   motivasion   yo‘nalganlik   ko‘p
jihatdan oila tarbiyasi bilan bog‘liqdir. Oilada qaror topgan o‘zaro munosabatlar,
uning   ta’sirida   yuzaga   kelgan   tarbiya   muhiti   va   farzandlar   tarbiyasiga   bo‘lgan
e’tibor buning asosini tashkil qiladi.
34 Shu   nuqtai   nazardan   mazkur   bobning   birinchi   qismida   o‘spirinlarda
mehnat   motivlari   shakllanishiga   ta’sir   etadigan   muhim   omillarni   (tabiiy-
biologik,   ijtimoiy-iqtisodiy,   ma’naviy-psixologik   va   tarbiyaviy-pedagogik)
o‘rganish   bilan   ularning   mohiyati   va   xususiyatlarini   tarbiyaviy-psixologik
me’yorlar   asosida   baholashga   harakat   qildik.O‘spirinlarda   mehnat   motivlari
shakllanishini   tub   sabablari   va   mohiyatini   aniqlashga   yo‘naltirilgan   ijtimoiy-
psixologik so‘rovnoma (IPS) quyidagicha ilmiy-uslubiy tuzilishga ega. «Quyida
sizga berilayotgan savollarga o‘ylab, o‘zingiz aynan to‘g‘ri deb bilgan sabab va
omillarga   tayanib   aniq   javob   berishingizni   (munosabat   bildirishingizni)
so‘raymiz.   Javoblaringiz   hayotiy   va   real   voqyelikka   asoslanib,   ilmiy   nuqtai
nazardan baholanadi».
Tadqiqot   uchun   o‘rganilayotgan   o‘spirinlarda   mehnat   motivlari
shakllanishiga  ta’sir  etadigan muhim  sabablar, omillar  va manba’larni  aniqlash
uchun   o‘spirinlar   va   ularning   tarbiyasi   uchun   mas’ul   kishilar   tomonidan
omillarning   ahamiyatiga   qarab   tanlanishi   aytildi.   U lar   tomonidan   tanlanganlik
darajasi   (o‘rni)   1-o‘rin   (maksimal)   dan   5-o‘rin   (minimal)gacha   belgilandi.
Tadqiqot   o‘tkazilgandan   so‘ng   yoshlarda   uchrab   qolayotgan   jinoiy   xatti-
harakatlar   manba’larini   aniqlash   uchun   yoki   belgilarning   ahamiyat   darajasi
(o‘rni)ni aniqlash va shunga nisbatan foiz imkoniyatini chiqarish maqsadida biz
quyidagi   tahlil   (formula)dan   foydalandik.   1-darajali   deb   tanlangan   belgilar   5
imkoniyatga,   2-darajalilar   4   imkoniyatga,   3-darajalilar   3   imkoniyatga,   4-
darajalilar 2 imkoniyatga, 5-darajalilar 1 imkoniyatga ega ekanligini belgiladik.
Ahamiyatiga  qarab  1-darajali  (5  imkoniyatga  ega)   deb  ko‘rsatilgan   belgi
uchun   100   %   (eng   yuqori   ko‘rsatkich)   belgilansa,   u   holda   5-darajali   (1
imkoniyatga   ega)   deb   ko‘rsatilgan   belgi   o‘z-o‘zidan   (100%   :   5=20%)   20%   ga
teng bo‘ladi. Agar tadqiqot o‘tkazilgan o‘spirin yoshlardagi mehnat motivlarini
aniqlashga xos manbalar yoki belgilar tanlovda ahamiyatiga ko‘ra, 1,59 darajani
olgan   bo‘lsa,   unda   ushbu   ko‘rsatkich   1-darajalidan   0,59   daraja   pastligini
bildiradi. Yoki 5 imkoniyatdan 0,59 imkoniyat chiqarib tashlanadi, natijada 4,41
imkoniyat   (5-0,59=4,41)   hosil   bo‘ladi.   Bir   imkoniyat   20   %   ga   teng   bo‘lganida
35 4,41 imkoniyat 88,2 % (20%   x 4,41 = 88,2 %) ga teng bo‘ladi. Boshqa manba
yoki belgilarning ko‘rsatkichlari ham huddi shu tartibda ishlandi.
2.1-jadval 
O‘spirin xulq-atvorida mehnat motivlari yuzaga kelishining
manbalari n=423 
№ M A N B A L A R Tanlov natijalari
O‘rin  Foiz 
1. O‘spirinlardagi  mavjud  ehtiyojlarning  qondirilmay
qolishi ta’sirida 1 90,8
2.  Hayotiy   zarur   bo‘lgan   moddiy   va   ma’naviy
narsalarga o‘zi xohlaganidek erishish maqsadida 2 82 ,9
3. Tengdoshlari   va   jamoa   orasida   o‘z   mavqyeini
saqlash va barqarorlashtirish maqsadida 3 77,6
4. O‘zini   namoyon   qilish,   o‘z   ta’sirini   o‘tkazish   va
o‘zini tan oldirish uchun  4 75,6
5. «Kuchlilik»ni   qo‘lga   kiritish,   boshqarishga
erishish, o‘z mavqyeini ortirish hamda boshqalarga
ta’sir doirasini kengaytirish maqsadida 5 65,7
Ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma (IPS) o‘spirinlar  xulq-atvorini  aniqlash va
atroflicha o‘rganishga yo‘naltirilgan savollardan tarkib topgan bo‘lib (1-jadval),
ular ning   hayoti   va   faoliyati da   ko‘proq   qaysi   motivlar   (xususan   mehnat
motivlari)   yetakchilik   qilishi   aniqlandi.   So‘rovnoma   shunday   tuzilganki,   uni
tashkil   etgan   savollar   yordamida   inson   mohiyatini,   uni   shaxs   sifatida
shakllanishi   va   taraqqiyotini   ta’minlaydigan   tabiiy-biologik,   ijtimoiy-iqtisodiy,
ma’naviy-psixologik   va   tarbiyaviy-pedagogik   omillarning   ta’sir   doirasini,   ular
o‘rtasidagi   qonuniyatlarning   mushtarakligini,   zarur   shart-sharoitlar   va
imkoniyatlarning   ahamiyatini   baholash   o‘rganildi. Natijalarni   psixologik   nuqtai
nazardan   tahlil   qilish   shuni   ko‘rsatdiki,   o‘rganilayotgan   o‘spirinlarning   xulq-
atvorida jinoiy xatti-harakatlarni shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan motivlardan
quyidagilar boshqa omillarga nisbatan  ustunlik qilayotganl igi aniqlandi. 
Mazkur   jadvalda   bayon   qilingan   natijalar   tahlili   bizga   o‘spirinlarda   mehnat
motivlari yuzaga kelishining sabablari, manbalari va yo‘nalganligini aniqlashga
doir yaqqol tasavvurga ega bo‘lishimiz uchun zarur edi.
36 Biz   o‘rgangan   respondentlar   tomonidan   o‘spirinlar   xulq   atvorida   yuzaga
keladigan   mehnat   motivlarining   sabablari   (manbalari)   ulardagi   mavjud
ehtiyojlarning o‘z vaqtida qondirilmay qolayotganligining ta’siri natijasi (1-o‘rin
90%), sifatida baholandi. Bunda, birinchi navbatda o‘spirinning ota-onasi, yaqin
qarindoshlari,   o‘qituvchilar   va   boshqa   bolaning   jismoniy   va   psixologik
rivojlanishi   uchun   mas’ul   kishilar   o‘spirinlarda   kechadigan   jismoniy-biologik,
ma’naviy-psixologik   va   tarbiyaviy-pedagogik   qonuniyatlarni   bilishlari,   shunga
amal   qilib   yoshlar   tarbiyasida   doimiy   nazoratda   bo‘lishlari,   tarbiyada
o‘zgarishlar yoki yutuqlar bo‘lganda muntazam kuzatish orqali ularni qayd qilib
borishlari,   o‘spirinning   keyingi   bosqich   tarbiyaviy   taraqqiyotini   ta’minlash   va
to‘g‘ri   yo‘nalish   olishi   uchun   kundalik   zarur   tarbiyaviy   shart-sharoitlarni
maslahatli   va   kengashilgan   holda  tashkil   qilib   takomillashtirib   borishlari   lozim
bo‘ladi.
Biz   olib   borgan   tadqiqotlarimiz   tahlillariga   ko‘ra,   respondentlarning   (2-
o‘rin,   82,9%)   o‘spirinlar   xulq-atvorida   mehnat   motivlari   shakllanishining
muhim   sabablaridan   yana   biri   o‘spirinlar   kundalik   hayoti   va   faoliyati   uchun
zarur   bo‘lgan   moddiy   va   ma’naviy   narsalarga   o‘zi   xoxlaganidek   erishish
yo‘llarini o‘zi belgilashidir.
O‘spirinlik yoshida ko‘zga tashlanadigan eng muhim xususiyatlardan biri,
bu   ularning   o‘zini-o‘zi   anglashga   bo‘lgan   e’tiborlarining   kuchayishidir.   Bu
o‘rinda   o‘spirin   o‘zida   mavjud   bo‘lgan,   endi   yuzaga   kelayotgan   va   yuzaga
kelishi   kutilayotgan   (orzu   qilgan)   xususiyatlar,   sifat   va   fazilatlarga   o‘rganadi,
aynanlashtiradi,   nazorat   qiladi,   baholaydi   va   ulardan   amaliy   turmushida   va
faoliyatida   foydalanib   ko‘radi.   O‘zidagi   mavjud   imkoniyat   va
imkoniyatsizliklarni   yaqinlari,   tengdoshlari   va   boshqa   yoshlarniki   bilan
taqqoslaydi   farqlar   va   imkoniyatlarni   baholaydi.   O‘spirinlardagi   bu   xususiyat
tengdoshlari   va   jamoa   orasida   o‘z   mavqyeini   saqlash   va   barqarorlashtirish
choralarini   ko‘rishni   taqozo   etadi.   Tadqiqotlarimizda   o‘rganilgan   o‘spirinlarga
xos   ana   shunday   xususiyatlar   ham   ular   xulq-atvorida   mehnat   motivlari
shakllanishiga muhim sabab sifatida ta’sir qilishi aniqlandi (3-o‘rin 77,6%).
37 O‘spirinlarda   xulq-atvor   rivojlanishining   bunday   tus   olishi,   motivasion
yo‘nalganlik   o‘z   tengdoshlari   va   jamoa   orasida   “o‘zini   namoyon   qilish,   ularga
o‘z   ta’sirini   o‘tkazish   va   o‘zini   tan   oldirish”   munosabat   tizimini   shakllantirib
boradi.   O‘rganilgan   respondentlar   tomonidan   o‘spirinlarda   mehnat   motivlari
shakllanishi uchun ana shunday xususiyatlarning mavjudligi (4-o‘rin 75,6%) eng
muhim sabablar sifatida e’tirof etilgan.
Tadqiqotlarimiz   maqsadiga   ko‘ra   2.1-jadvalda   bayon   qilingan   natijalar
tahlili   bizga   o‘spirin   xulq-atvorida   mehnat   motivlari   yuzaga   kelishining
manbalari   va   yo‘nalganligini   aniqlash   maqsadida   yaqqol   tasavvurga   ega
bo‘lishimiz uchun zarur edi. Biz shunga tayanib, o‘spirinlarda mehnat motivlari
shakllanishining   asosiy   sabablarini   aniqlashga   harakat   qildik.   O‘zbek   milliy-
madaniy   muhitida   shakllanayotgan   o‘spirin   yoshlar,   ularning   ota-onalari,
o‘qituvchilari,   tarbiya   uchun   mas’ul   huquq-tartibot   organlari   va   jamoatchilik
bilan   o‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllan maganligining   asosiy   sabablarini
aniqlash maqsadida tadqiqot ishlari olib borildi.
2.2-jadval 
O‘spirinlarda mehnat motivlari shakllanmasligining asosiy sabablari
(n=423)
№ M A N B A L A R Tanlov natijalari
O‘rin Foiz
1. O‘spirinning   yetarlicha   tarbiyalanmaganligi,   unda
tarbiyaviy bo‘shliqning mavjudligi 1 ,79 87 ,2
2.  O‘spirin   taqdiri   uchun   ota-onalarning   e’tiborsizligi
( tarbiyada   loqaydlik,   beparvolik,   nazoratning
yo‘qligi) 1,80 92 ,0
3. O‘spirin   turmushida   iqtisodiy   yetishmovchilikning
ta’siri  2,52 76 ,5
4. O‘spirin   yolg‘on   tasavvurlarning   psixologik   ta’sir
kuchiga   ishonib   (aldanib),   hayotda   o‘z   o‘rnini
topishga intilishi 2,56 71 ,8
38 5. O‘spirin   ma’naviyatining   bo‘shligi   natijasida
yolg‘on   tasavvurlarga   ishonishi   (tasavvurlar
to‘qnashuvida aldamchi tasavvurlarga tobeligi) 2,77 70 , 8
6. O‘spirin   hissiy-irodaviy   holatining   beqarorligi,
unda   tobelikning   mavjudligi   (hissiy-irodaviy
holatlar me’yorida shakllanmaganligi) 3,20 63 ,1
O‘tkazilgan   anketa   so‘rov   natijalariga   (2.2-jadval)   ko‘ra,   o‘spirin   taqdiri
uchun ota-onalarning e’tiborsizligi ( tarbiyada  loqaydlik, beparvolik, nazoratning
yo‘qligi) 92,0% ni, o‘spirinning yetarlicha tarbiyalanmaganligi, unda tarbiyaviy
bo‘shliqning  mavjudligi  87,2%ni, o‘spirin uchun  iqtisodiy  yetishmovchilikning
ta’siri   76,5%ni,   o‘spirin   yolg‘on   tasavvurlarning   psixologik   ta’sir   kuchiga
ishonib   (aldanib),   hayotda   o‘z   o‘rnini   topishga   intilishi   71,8%ni,   o‘spirin
ma’naviyatining bo‘shligi natijasida yolg‘on tasavvurlarga ishonishi (tasavvurlar
to‘qnashuvida aldamchi tasavvurlarni ustun deb bilishi) 70,8%ni, o‘spirin hissiy-
irodaviy   holatining   beqarorligi,   unda   tobelikning   mavjudligi   (hissiy-irodaviy
holatlar   me’yorida   shakllanmaganligi)   63,1%   o‘spirinlarda   mehnat   motivlari
shakllanishining eng ta’sirchan manbalari deb hisoblaydilar. 
Mazkur   tadqiqot   o‘spirin   yoshlarda   mehnat   motivlari   shakllanishi   bilan
bog‘liq   muhim   omillarni   aniqlashga   yo‘nalgan   bo‘lib,   ushbu   yo‘nalishda   olib
borilishi   zarur   bo‘lgan   tarbiyaviy-psixologik   dasturlar   va   shart-sharoitlarni
yaratish istiqbollarini belgilashga yordam beradi.
Shundan   so‘ng   biz,   tadqiqotlarimiz   dasturiga   asoslanib,   o‘spirinlar
tarbiyasidagi   salbiy   o‘zgarishlarni   namoyon   bo‘lish   jabhalarini   o‘rganish
maqsadida aynan mehnat motivlari shakllan ma yotgan respondentlar kontingenti
bilan anketa so‘rovnomalarini o‘tkazdik. 
2.3-jadval
O‘spirinlarda shakllanmayotgan mehnat motivlarini aniqlashning
jabhalari. (n=66 )
№ O‘ R G A N I Sh M A N B A L A R  I Tanlov natijalari
39 O‘rin  Foiz 
1. O‘spirinlar   bilan   suhbatlashib,   o‘zaro   muloqot   va
munosabat   jarayonida   uning   bilimi,   tasavvurlari,
qiziqishi, e’tiqodi va dunyoqarashiga hos jihat la rini
o‘rganish bilan 1,68 90 ,5
2.  O‘spirinlarni   yurish-turishi,   o‘zini   tutishi,   odamlar
bilan   bo‘lgan   o‘zaro   munosabati,   narsalarga,
hodisalarga   va   voqyealarga   bo‘lgan   munosabatini
kuzatish orqali 1,72 88 ,7
3. Ularning yolg‘on va asossiz tasavvurlar yordamida
hayotiy   zarur   narsalarga   erishishga   yo‘naltirilgan
fikrlarga nisbatan munosabatini aniqlash bilan 2,32 82 ,6
4. O‘spirinlarning   xatti-harakatlar   va   uning
oqibatlariga   bo‘lgan   munosabatlarini   o‘rganish
yordamida 2,37 70 ,6
5. Mehnat   motivlar   shakllangan   o‘spirinlarning
amaliy   faoliyati   va   faoliyat   natijalarini   o‘rganish
asosida zarur ma’lumotlarni to‘plash orqali 2,77 74 ,5
So‘rovnoma natijalariga (2.3-jadval) ko‘ra, o‘spirinlar bilan suhbatlashib,
o‘zaro muloqot va munosabat jarayonida ularning bilimi, tasavvurlari, qiziqishi,
e’tiqodi   va   dunyoqarashiga   hos   jihat la rini   o‘rganish   yordamida   (o‘rinlar
yig‘indisi 1,68; 90,5%), o‘spirinlarni yurish-turishi, o‘zini tutishi, odamlar bilan
bo‘lgan   o‘zaro   munosabati,   narsalarga,   hodisalarga   va   voqyealarga   bo‘lgan
munosabatini   kuzatish   orqali   bi l ish   (o‘rinlar   yig‘indisi   1,72;   88,7%)   ularda
shakllanayotgan   mehnat   motivlarini   aniqlashning   asosiy   usullari   ekanligi   qayd
etildi.O‘spirinlar   xulq-atvorida   shakllanayotgan   mehnat   motivlarini   aniqlashda
ularning   yolg‘on   va   asossiz   tasavvurlar   yordamida   hayotiy   zarur   narsalarga
erishishga yo‘naltirilgan fikrlarga nisbatan bo‘lgan munosabatlari bilan (o‘rinlar
yig‘indisi   2,32;   82,6%),   o‘spirinlarning   jinoiy   xatti-harakatlar   va   uning
oqibatlariga   bo‘lgan   munosabatlarini   tahlil   qilish   yordamida   (2,37;   70,6%),
jinoiy   motivlar   shakllangan   o‘spirinlarning   amaliy   faoliyati   va   faoliyat
natijalarini   o‘rganish   asosida   zarur   ma’lumotlarni   to‘plash   yordamida   (o‘rinlar
yig‘indisi   2,77;   74,5%)   asosli   to‘xtamga   kelish   ham   muhim   o‘rin   tutishi   qayd
etildi.
40 O‘spirinlar   xulq-atvorida   yuzaga   kelish   ehtimoli   bo‘lgan   salbiy
o‘zgarishlarning   psixologik   asoslarini   chuqurroq   o‘rganish   maqsadida   ularning
hayoti   va   faoliyatini   yo‘naltirishda   yetakchilik   qilayotgan   motivlarni   ham
aniqlashga harakat qildik (2.4-jadval).
2.4-jadval
O‘spirinlar hayoti va faoliyatini belgilovchi yetakchi motivlarni
aniqlash  (n=167).
№ M A N B A L A R Tanlov natijalari
O‘rin  Foiz 
1. Kundalik zarur ehtiyojlarni  ta’minlashga  erishish 1,46 9 2 ,9
2.  Ota-onasi va oila a’zolariga  muhtoj bo‘lmaslik 1,69 75 ,3
3.   Yaxshi   yashash   imkoniyatlarini   qidirish   va
tengdoshlaridan kam bo‘lmaslik 1 ,50 82 ,0
4. Hayotda   o‘zi   xoxlayotgan   narsalarga   erish ish,
tengqurlari o‘rtasida obru-e’tibor topish, to‘laqonli
yashashga intilish 3,48 64 ,5
2.4-jadvalda   bayon   etilgan   natijalardan   ko‘rinadiki,   o‘spirinlar   uchun
kundalik   zarur   ehtiyojlarni   ta’minlashga   erishish   (o‘rinlar   yig‘indisi   1,46;
92,9%),   yaxshi   yashash   imkoniyatlarini   qidirish   va   tengdoshlaridan   kam
bo‘lmaslik   (o‘rinlar   yig‘indisi   1,50;   82,0%)   mehnat   motivlari   shakllanayotgan
o‘spirinlar   hayoti   va   faoliyati   yo‘nalishini   belgilovchi   eng   muhim   va   zarur
yetakchi motivlar ekanligi aniqlandi.
O‘spirinlarning   fikriga   ko‘ra,   o‘spirin   o‘z   ota-onasi   va   oila   a’zolariga
muhtoj   bo‘lmaslikka   intilishi   (o‘rinlar   yig‘indisi   1,69;   75,3%)   va   hayotda   o‘zi
xoxlayotgan   narsalarga   erish ish,   tengqurlari   o‘rtasida   obru-e’tibor   topish,
to‘laqonli yashashga intilish (o‘rinlar yig‘indisi 3,48; 64,5%) kabi motivlar ham
ular  hayoti  va   faoliyatini  belgilashda   muhim   ahamiyat   kasb   etayotganligi   qayd
etildi.
2.5-jadval
41 O‘spirinlarda mehnat motivlari shakllanishiga ta’sir etadigan zamonaviy tabiiy-
biologik, ijtimoiy-iqtisodiy, tarbiyaviy-psixologik omillarning ko‘rinishlari
(n=167 ).
№ M A N B A L A R Tanlov natijalari
O‘rin  Foiz 
1. O‘spirindagi   tabiiy-biologik   ehtiyojlarning   vaqtida
va me’yorli qondirilmasligi 1,46 9 1 , 6
2.  Oilada   o‘spirinlarga   xos   ijtimoiy-iqtisodiy
motivlarning me’yorli ta’minlanmaganligi 2,00 85 , 4
3. O‘spirinlarga   xos   tarbiyaviy   muhitning   yetarlicha
va barqaror ta’minlanmaganligi 2,12 7 2 ,6
4. Tarbiyachi   mas’ullarning   o‘spirinlar   rivojlanishini
ta’minlaydigan   jismoniy,   ijtimoiy-madaniy   va
individual   psixologik   omillar   ta’siridan   yetarlicha
xabardor emasligi 2,22 82 ,6
Biz   navbatdagi   tadqiqotlarimizda   o‘spirinlarda   mehnat   motivlari
shakllanishiga   ta’sir   etadigan   zamonaviy   tabiiy-biologik,   ijtimoiy-iqtisodiy,
tarbiyaviy-psixologik   omillarning   ko‘rinishlari   va   ularning   ta’sir   darajasini
baholash maqsadida anketa so‘rovnomalaridan foydalandik (2.5-jadval).
Bob bo‘yicha xulosalar
1. O‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishining   diagnostikasi
muammosini   tadqiq   qilishda   hozirgi   zamon   psixologiyasi   amaliyotida   samarali
qo‘llashga   mo‘ljallangan   insonning   shaxslilik   xususiyatlari,   motivasion
yo‘nalganligi,   hissiy-irodaviy   holatlari   va   individual-tipologik   imkoniyatlari ni
hamda   ularning   aqliy,   axloqiy-ma’naviy,   huquqiy   tarbiyalanganlik   darajasi   va
42 dunyoqarashini   o‘rganishga   yo‘nalgan   anketa   hamda   test   metodikalar idan
foydalan ildi.   Metodologik   poz i siyalarni   birlashtirish   esa   bugungi   kun
o‘spirinlarining   xulq-atvori,   motivasion   yo‘nalganligi,   tarbiyalanganlik   darajasi
va tarbiyaning istiqbolli andozalarini izchilroq o‘rganish imkoniyatini yaratdi.  
2. O‘spirinlarga xos mehnat motivlarining shakllanishi, yo‘nalganligi,
mazmuni,   mexanizmi,   manbalari,   boshqa   kategoriyalar   bilan   izchil   aloqasi,
iyerarxiyasi,   ularning   faoliyat,   xulq-atvor   va   muomala   jarayonida   namoyon
bo‘lishi   aynan   shu   yoshdagilarning   turmush   tarzi   bilan   bog‘liq   bio-fiziologik,
ijtimoiy-iqtisodiy,   ma’naviy   va   tarbiyaviy-psixologik   omillar   hamda   ularni
ta’minlovchi zarur shart-sharoitlarga uzviy bog‘liqligi aniqlandi.
3. O‘spirinlardagi  mavjud ehtiyojlarning qondirilmay qolishi, hayotiy
zarur   bo‘lgan   moddiy   va   ma’naviy   narsalarga   o‘zi   xohlaganidek   erishishga
intilishi,   tengdoshlari   va   jamoa   orasida   o‘z   mavqyeini   barqarorlashtirish
maqsadi,   o‘zini   namoyon   qilish   va   o‘z   ta’sirini   o‘tkazish   uchun,   «kuchlilik»ni
qo‘lga   kiritish,   o‘z   mavqyeini   ortirish   hamda   boshqalarga   ta’sir   doirasini
kengaytirish maqsadi ular xulq-atvorida mehnat motivlari shakllanishiga muhim
sabab sifatida ta’sir qilishi aniqlandi va bu jarayonning davomiyligi jinoiy xatti-
harakatlarga   tayyorgarlik,   yo‘nalganlik,   natijalarga   erishishni   ta’minlash
bosqichini ham ifodalaydi.
4. O‘spirin   xulq-atvorida   mehnat   motivining   shakllan masligi   aynan
shunday o‘spirinlar yashayotgan oilalarda ota-ona munosabatlaridagi beqarorlik,
tarbiyaviy   jarayonlarga   yengil-yelpi   qarash   oqibatida   tarbiyaning   yaxshi
kechmayotganligi,   oilaning   moddiy   va   ma’naviy   taqsimotidagi   kamchiliklar,
uzilishlar   eng   muhimi,   oilaviy   tarbiyada   loqaydlik,   beparvolik,   o‘zi
bo‘larchilikka qoldirish, e’tiborsizlik holatlarining hukm surishi natijasidir.
5. O‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishining   asosiy   sabablarini
aniqlash   maqsadida   o‘zbek   milliy-madaniy   muhitida   shakllanayotgan   o‘spirin
yoshlar,   ularning   ota-onalari,   o‘qituvchilari,   tarbiya   uchun   mas’ul   huquq   -
tartibot   organlari   va   jamoatchilik   bilan   tadqiqot   ishlari   olib   borilganda
o‘spirinning   yetarlicha   tarbiyalanmaganligi,   o‘spirin   taqdiri   uchun   ota-
43 onalarning   e’tiborsizligi,   o‘spirin   turmushida   iqtisodiy   yetishmovchilikning
ta’siri,   hayotdagi   yolg‘on   va   aldamchi   tasavvurlarga   ishonish,   hissiy-irodaviy
holatining   beqarorligi,   unda   tobelikning   mavjudligi   kabi   omillar   muhim   sabab
bo‘lib qolayotganligi aniqlandi.
44 III BOB.  O‘SPIRINLAR HAYOT  FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA
MEHNAT MOTIVATSIYALARI DIAGNOSTIKASI
3.1. Mehnat faoliyati diagnostikasi
Insoniyatning hozirgi taraqqiyot bosqichida odamlarning hayot kechirishi, turmush
tarzi, o‘qishi va mehnat faoliyatida qanchalik afzalliklar yuzaga kelgan bo‘lmasin,
shu barobarida turli-tuman muammolar ham shakllanayotganligini  tan olish zarur.
Mazkur   muammolarning   aksariyati   insonlar   hayoti   va   faoliyatiga   daxldor
bo‘lganligi uchun psixologik muammolar hisoblanadi. Shu bois, har bir muammoni
yechishda psixologik bilimlarga tayanish, psixolog mutaxassislar maslahatiga amal
qilish   yaxshi   samara   berayotganligi   insonlar   hayoti   va   jamiyat   taraqqiyotida   ko‘p
bora kuzatilgan (o‘z tasdiqini topgan).
Hozirgi   davrda   tarbiyasida,   turmushida   muammolar   shakllangan   insonlar
uchun   psixologik   xizmat   ko‘rsatishning   beshta   yo‘nalishi   amaliyotda   keng   joriy
etilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1. Psixologik maorif va ma’rifat;
2. Psixodiagnostika;
3. Psixoprofilaktika;
4. Psixokorreksiya va psixik rivojlantirish;
5. Psixologik maslahat.
Insonlarning turmush tarzida, oilaviy munosabatlarda, ayniqsa, yoshlar hayoti
va   ta’lim   tizimida,   umuman,   ijtimoiy   ishlab   chiqarishning   barcha   sohalarida
psixologik xizmat ko‘rsatish hamda psixoterapevtik jarayonni amalga oshirish ko‘p
jihatdan   har   bir   inson   uchun   xos   bo‘lgan   individual   psixologik   xususiyatlarni
o‘rganish,   milliy-   madaniy,   milliy-psixologik   hamda   hududiy   shart-sharoitlarni
e’tiborga olish bilan uzviy bog‘liq d ir.   Tadqiqotlarimiz maqsadiga ko‘ra   psixologik
xizmat ko‘rsatish obyektlarini atroflicha o‘rganish natijalariga ko‘ra, psixoterapevtik
yo‘nalishlar   uchun   xarakterli   bo‘lgan   muammolar   ko‘pincha   quyidagi   omillar
(sabablar) ta’sirida  o‘spirinlarda  shakllanishi kuzatildi:
-o‘spirinlarga   xos   zarur   sifat   va   fazilatlarning   yetarli   darajada
45 shakllanmaganligi;
-hayotda to‘g‘ri yo‘nalish ololmaganligi;
-o‘zida shakllanayotgan kamchiliklarni payqamaslik;
-o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olmaslik;
-o‘ziga (o‘z imkoniyatlariga) ishonmaslik;
-yon atrofidagilar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlaridan qanoatlanmaslik;
-o‘zaro tushunmaslikning kelib chiqishi;
-bezovtalik darajasining oshishi;
-boshqalar faoliyatiga, narsa va voqyealar rivojiga to‘g‘ri baho bera olmaslik;
-odamlar bilan nizolar chiqishiga yo‘l qo‘yish;
-odamlar   bilan   o‘zaro   muomalaga   kirishishda   uquvsizlik,   o‘zgalarning
faoliyati, munosabati  va  xatti-harakatlari  ta’sirida muammolarning shakllanganligi
va   boshqalar.Psixoterapevtik   xizmat   yo‘nalishlari   bir-biridan   ancha   farqliday
ko‘rinsa - da,   ular   bir-   biri   bilan   uzviy   bog‘liq   va   uyg‘unlashgan   bo‘lib,   birinchi
navbatda   o‘spirin   shaxs i ga   amaliy   psixologik   yordam   ko‘rsatish   uchun   quyidagi
muammoli vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilishi zarur:
- o‘spirin ning   o‘z   hayot   yo‘lida   yuzaga   kelgan   muammoni   va   uning
sabablarini aniqlashi, tahlil qilib bir qarorga kelishi va uni yechishiga;
- o‘spirin   o‘zligini anglashi uchun shaxsga xos sifat va fazilatlarni o‘rganishi
hamda   uni   o‘zidagilar   bilan   taqqoslab,   psixokorreksiya   va   psixik   rivojlantirishga
ehtiyoj sezishiga;
- o‘spirin   o‘z   atrofidagi   odamlar   bilan   munosabatini   o‘rganib,   xatolarini
anglagan holda tushunib tuzatishiga;
- o‘spirin  o‘z hayoti davomida yuzaga kelgan muammolarni yechish yo‘llarini
qidirishi va mutaxassis maslahatiga amal qilishiga;
-muammoni   yechish   uchun   belgilangan   qarorni   amalda   qo‘llanilishi   va
samarasini nazorat qilishiga;
-psixoterapevtik   ta’sir   jarayonida   o‘spirin   shaxs i ning   xulq-atvorida   yuzaga
kelgan ijobiy o‘zgarishlarni muntazam mustahkamlab borishiga.
Xullas,   o‘spirinlar   xulq-atvori   va   hayotida   yuzaga   keladigan   muammolarni
46 shakllanish qonuniyatlarini psixologik tahlil qilish, unga nisbatan zarur tarbiyaviy-
psixologik   chora-tadbirlar   belgilash   va   ularni   amalga   oshirish,   natijalarni   to‘g‘ri
baholash   ha m da   asosli   qarorlar   qabul   qilish   bosqichlari   albatta,   psixoterapevtik
xizmat tashkilotchisining psixologik savodxonligiga  va o‘qituvchi, o‘spirinning ota-
onasi   hamda   jamoatchilikning   muntazam   hamkorlikda   ishlashiga   ko‘p   jihatdan
bog‘liq bo‘ladi.
Ana   shu   nuqtai   nazardan   ilmiy   tadqiqot   ishlarini   olib   borish   uchun
tanlagan   “O‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishining   diagnostikasi”
mavzusi hozirgi kunda naqadar ahamiyatli va dolzarb ekanligini hamda o‘quv –
tarbiya   jarayonlarini   ilmiy   asosda   tashkil   etish   va   olib   borish,   voyaga
yetmaganlar   orasida   h uquqbuzarliklar   profilaktikasi   va   mehnatchilikka   qarshi
kurashish tizimini yanada takomillashtirishni   alohida qayd etish mumkin. Bugun
yurtimizda barcha jabhalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Zero, bundan
ko‘zlangan   pirovard   maqsad   yurtimizning   tinchligini   va   xalqimiz   faravonligini
ta’minlash,   davlatimiz   rahbarining   ta’biri   bilan   aytganda,   xalqimizni   rozi
qilishdan   iborat.   Mamlakatimizda   yoshlarning   bilimi   va   ma’naviy   dunyosini
boyitish,   intel lektual   salohiyatini   oshi rish   borasida   diqqatga   sazovor   ishlar
amalga oshirib kelinmoqda.  
O‘tgan   qisqa   davr   ichida   mamlakatimizda   ta’lim   tizimidagi   Qonun   va
farmonlarni   amalga   oshirish   borasida   olib   borilayotgan   bir   qator   ilmiy-
tadqiqotlar   asosan   voyaga   yetmaganlarning   shaxsiyatidagi   mavjud
kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, biroq, ularda
mehnat   motivlari   shakllanishining   diagnostikasiga   kompleks   psixologik   ta’sir
ko‘rsatadigan muhim omillar sifatida ko‘rib chiqilmagan.
Shuning   uchun   ham   o‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishining
diagnostikasiga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini  olib borish zaruriyati  muhim
nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Aksariyat yoshlar yaratilgan barcha zarur
imkoniyatlardan   unumli   foydalanayotganligi   kuzatildi.   Shu   bois   ham   ular
orasidan   yurtimiz   dovrug‘ini   olamga   yoyayotgan  iqtidorli   va   iste’dodli   yoshlar
chiqayotganligi   bizni   faxrlantiradi.   Biroq,   hayotda   o‘z   yo‘lini   topa   olmagan,
47 huquqiy   bilimlari   yetarli   bo‘lmagan   va   buning   natijasida   bilib-bilmay   mehnat
ko‘chasiga kirib qolayotgan yoshlarni ham uchratamiz. 
Maktab o‘quvchilarida huquqiy tushunchalarni va mehnatni kelib chiqish
sabablarini   bartaraf   etishga   qaratilgan   g‘oya   va   fikrlarni   shakllantirishda,
uzluksiz   ta’lim   tizimi   hamda   huquqshunoslik   fanining   predmeti   muhim
sanalada.   Uzluksiz   ta’lim   tizimidan   ma’lumki,   huquqshunoslik   fanining
uzviyligi   umumta’lim   maktablarida   “Konstitusiya   alifbosi”,   “Konstitusiya
olamiga sayohat” (5,6,7-sinflarda), “O‘zbekiston davlati va huquq asoslari”  (8-
sinf)   va   “Konstitusiyaviy   huquq   asoslari”   (9-sinf)   hamda   yuqori   sinflarda   esa
“Huquqshunoslik”,   “O‘zbekiston   Konstitusiyasi”   fanlari   o‘qitilishi   bilan   ta’lim
jarayoni tashkil etilgan.
Aslida,   ushbu   fanlarni   o‘zlashtirish   jarayonida   o‘spirin   (11-15   yoshli)
o‘quvchilarda   quyidagi   nazariy   va   amaliy   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarga   ega
bo‘lish ko‘zda tutilgan:
- huquqiy ta’limga oid asosiy tushunchalar: 
- huquqning   paydo   bo‘lishi,   huquq   me’yorlarini   hayotga   tadbiq   etish,
davlat va huquqning o‘zaro bog‘liqligi;
- ahloq   tushunchasi,   insonga   xos   axloqiy   sifat   va   fazilatlar,   ahloqning
jamiyat hayotida tutgan o‘rni, ahloq va huquqning o‘zaro munosabatlari hamda
ular orasidagi farqlar;
- Fuqarolik   jamiyati   tushunchasi,   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish,
fuqarolik   jamiyati   tamoyillari,   fuqarolik   jamiyatining   asoslari   to‘g‘risidagi
tushuncha va bilimlar;
- o‘zbek milliy davlatchiligining yuzaga kelishi va rivojlanishining o‘ziga
xos xususiyatlari, bosqichlari, milliy huquq asoslarining yaratilishi. 
-jamiyat   a’zolarida,   xususan   o‘spirin   yoshlarda   huquqiy   tushuncha,
huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllanish qonuniyatlari, xususiyatlari
va zarur shart-sharoitlari.
Demak,   o‘spirinlarda   “ huquqiy   tushuncha   va   bilimlarni   shakllanishiga
xizmat   qiluvchi   omillarning   ahamiyatini”   o‘rganish   jarayonida   tadqiqot
48 tajribalarimizni   quyidagicha   tashkil   etish   mo‘ljallandi.   O‘quvchilarda   huquqiy
tushunchalarni   shakllantirishning   yangi   bosqichida   huquqiy   tushunchalarning
shakllanganlik   darajasi   va   holatini   o‘rganishda   quyidagicha   tajriba   jarayoni
amalga oshirildi. 
O‘quvchilarga   “Davlat   va   huquq   asoslari”   va   “Konstitusiyaviy   huquq”
fanlari bo‘yicha topshiriqlar to‘plami va baholash mezonlari shakllantirildi. 
Birinchi   navbatda   o‘quvchilarga   quyidagi   tartibdagi   topshiriq   berildi:
Hurmatli   o‘quvchilar   Siz   “Davlat   va   huquq   asoslari”   va   “Konstitusiyaviy
huquq”   fanlari   bo‘yicha   qanday   tushuncha,   bilim   va   tasavvurga   egaligingizni
aniqlash   yuzasidan   o‘tkazilayotgan   tajriba   doirasida   quyidagi   topshiriqlarni
bajarishingiz so‘raladi. 
1-topshiriq.   huquqiy   tushunchalarni   sanab   berish   so‘raldi.   Buning   uchun
o‘quvchilarga har xil mavzularga doir tushunchalardan 30 ta tushunchani sanab
berish eng yaxshi natija sifatida olindi.
2-topshiriq.   Tushunchalarni   ta’riflash   so‘raldi.   Buning   uchun   10   tagacha
tushunchani bayon qilish tavsiya etildi.
3-topshiriq.   Bir-biriga   bog‘liq   va   farq   qiluvchi   tushunchalarni   izohlash
so‘raldi. Buning uchun ham 30 ta tushunchadan foydalanish so‘raldi.
4. Huquqiy tushunchalar guruhini tashkil etish so‘raldi va ularning o‘zaro
aloqadorligiga   ko‘ra   umumlashtirishlari   tavsiya   etildi.   Buning   uchun   darslikda
keltirilgan glossariylar yordamida 30 ta tushunchalar taqdim qilindi.
5.   Huquqiy   bilim   va   tushunchalarni   qo‘llanish   sohasini   izohlash   tavsiya
etildi. 10 ta tushunchani qo‘llanilish sohasini tavsiflash uchun tavsiya etildi.
Bundan   ko‘rinadiki,   o‘quvchilarning   tushunchalarni   izohlashlari,
ta’riflashlari,   bir   qator   idrok,   tasavvur   va   xotira   obrazlari,   tafakkur   xarayonlari
(tahlil,   sintez,   taqqoslash,   konkretlashtirish,   umumlashtirish,   sinflashtirish,
turkumlash   va   boshq.)   hisobida   amalga   oshiriladi.   Shuni   inobatga   olib
o‘quvchilarda   tushuncha   va   bilimlarni   shakllanganligi   beshta   mezon   bo‘yicha
baholashga asoslanildi:
1-topshiriq  bo‘yicha o‘quvchilarning natijalari quyidagi baholandi:
49 0-3ta tushuncha   -1 ball;
4-6 ta tushuncha  -2 ball;
7-9 ta tushuncha  -3 ball;
10-12 ta tushuncha -4 ball;
13-15 ta tushuncha -5 ball;
16-18 ta tushuncha -6 ball;
19-21 ta tushuncha -7 ball;
22-24 ta tushuncha  -8 ball;
25-27 ta tushuncha -9 ball;
28-30 ta tushuncha -10 ball.
  2-topshiriq  bo‘yicha o‘quvchilarning faoliyati quyidagicha baholandi:
1 ta tushuncha ta’riflanganda -1 ball;
2 ta tushuncha ta’riflanganda  -2 ball;
3 ta tushuncha ta’riflanganda  -3 ball;
4 ta tushuncha ta’riflanganda  -4 ball;
5 ta tushuncha ta’riflanganda  -5 ball;
6 ta tushuncha ta’riflanganda  -6 ball;
7 ta tushuncha ta’riflanganda  -7 ball;
8 ta tushuncha ta’riflanganda  -8 ball;
9 ta tushuncha ta’riflanganda  -9 ball;
10 ta tushuncha ta’riflanganda -10 ball.
3   va   4   -topshiriqlar   bo‘yicha   o‘quvchilar   faoliyati   uchun   1-topshiriq
baholash mezoniga tayanildi.
5-topshiriq   uchun   o‘quvchilar   faoliyatini   baholashda   2-topshiriqning
baholash   mezonlari   maqbul   deb   hisoblandi.   Ushbu   topshiriqlar   bajarib
bo‘lingandan   keyin   o‘quvchilarda   huquqiy   tushuncha   va   bilimlarning
shakllanganlik holati natijalari  jadvallar  ko‘rinishiga keltirilib, umumiy holatda
va   o‘spirinlarning   tajriba   hamda   nazorat   guruhlari   orasidagi   farqli   xususiyatlar
bo‘yicha ham tahlil qilishga tayyorlandi.
50   O‘spirinlarda   huquqiy   tushuncha   va   bilimlar   shakllanganligini   izohlovchi
natijalarning   umumiy   holati   quyidagi   jadvallarda   keltirilgan.   Tajribada
o‘quvchilarning   qiymatlarini   har   bir   mezon   bo‘yicha   ko‘rib   chiqilganda,
quyidagi   holatlar   namoyon   bo‘ldi:O‘quvchilarda   huquqiy   tushuncha   va
bilimlarning   shakllanganlik   holatini   dastlabki   ikkita   mezoni,   ya’ni
tushunchalarni sanab berish (6,34 ball; 6,04 ball va 6,64 ball) va tushunchalarni
ta’riflashda   (5,19   ball;   4,84ball   va  5,54   ball)   natijalar   umumiy   holatda   ham   va
tajriba   hamda   nazorat   guruhidagi   farqlar   bo‘yicha   ham   o‘rtachadan   yuqori
qiymatlarga   ega   ekanligi   kuzatildi.   Bu   esa   qolgan   mezonlar   bo‘yicha
o‘spirinlarda   tushunchalarning   shakllanish   ko‘rsatkichlari   o‘rtachadan   past
qiymatlar bilan cheklanish mavjudligi xosligi aniqlandi.
O‘spirinlarning   tajriba   va   nazorat   guruhidagi   tafovutlar   bo‘yicha
qiymatlarida   ham   uchta   baholash   mezoni   bo‘yicha   farqlar   kuzatildi   va   ular
statistik ahamiyatlilik ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkichlarda nazorat
guruhidagilarning   qiymatlari   tajriba   guruhidagilarning   qiymatlariga   nisbatan
ancha farq bilan yetakchilik qildi.
3.1 -jadval
O‘spirin yoshlarda huquqqa doir tushunchalarning shakllanganlik
holatini o‘rganish ko‘rsatkichlari  (Umumiy jadval)
№ Mezonlar Umumiy Tajriba guruhi Nazorat guruhi t
M Σ M σ M Σ
1.    Huquqiy tushunchalarni
sanab bera olishi 6,34 1,36 6,04 1,45 6,64 1,20 -2,31*
2. Huquqiy   tushunchalarni
ta’riflay olishi 5,19 1,38 4,84 1,40 5,54 1,28 -2,62**
3. Huquqiy   tushunchalarni
tahlil qila olishi 4,58 1,32 4,16 1,05 5,00 1,44 -3,63***
4. Huquqiy   tushunchalarni
taqqoslashi 4,42 1,28 4,30 1,37 4,54 1,19 0,98
5. Huquqiy   tushunchalarni
umumlash tir ish i 4,14 1,10 4,20 1,14 4,08 1,06 0,956
6. Huquqiy   tushunchalarni
amaliy qo‘llay bilishi 3,65 1,25 3,62 1,24 3,68 1,26 -0,262
*r≤0,05; **r≤0,01; ***r≤0,001
51 Nazorat   guruhidagilar   huquqiy   tushunchalarni   o‘zlashtirganliklarini
ifodalashda-   6,64   ball   va   tajriba   guruhidagilar   -6,04   ball   bilan   cheklangan.
Ularning   qiymatlari   o‘rtasidagi   statistik   farq   -   t=-2,31,   r≤0,05   ishonchlilik
darajasiga   ega   bo‘ldi.   Nazorat   guruhidagilarda   huquqiy   tushunchalarning
shakllanish   imkoniyatlari   bo‘yicha   ko‘rsatkichlarida   ham   ustuvorlik
kuzatilgandi.   Bu   holat   nazorat   guruhidagi   o‘spirinlarning   oila   tarbiyasida
barqarorlik,   farzand   tarbiyasiga   e’tibor   va   maqsadli   yondashuv,   ta’lim
jarayonida   o‘spirin   xotirasi   imkoniyatidan   samarali   foydalanishga   erishishi,
huquqshunoslik fani bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan bilimlarni egallashga
maqsadli   yondashganlaridan   deyish   mumkin.   Tajriba   guruhidagi   o‘spirinlarda
(mehnat motivlari shakllanayotgan) bu ko‘rsatkichlar esa nisbatan past bo‘ldi.
O‘spirin   yoshdagi   o‘quvchilarning   huquqqa  doir   tushuncha   va  bilimlarni
ta’riflashi   bo‘yicha   berilgan   topshiriq   natijalarida   ham   boshqa   mezonlarga
solishtirlgan o‘rtachadan yuqori qiymatga ega -5,19 ball. Bu esa o‘spirinlarning
huquqqa   doir   tushuncha   va   bilimlarni   aytib   berish   bilan   bir   qatorda,   ularning
mazmunini tahlil va sintez qilishlari mumkinligini bildiradi. O‘spirinlar huquqiy
tushunchalarni   ta’riflashda   maktab  kursida   o‘zlashtirgan  bilimlariga  tayanishga
harakat   qildilar.   Tajriba   va   nazorat   guruhidagi   o‘spirinlarning   ikkinchi   mezon
ko‘rsatkichlari   o‘rtasida   ham   statistik   jihatdan   farqlar   kuzatildi.   Nazorat
guruhidagilarning   tushunchalarni   ta’riflash   bo‘yicha   javoblari-5,54   ball,   tajriba
guruhida-4,84   ballni   tashkil   etdi.   Qiymatlar   o‘rtasidagi   farqlar-   t=-2,62,   r≤0,01
ishonchlilik darajasini ifodaladi.
Nazorat   guruhlarida   huquqiy   tushunchalarni   o‘zlashtirishdagi
imkoniyatlarida idrok, xotira tasavvurlari bilan bir qatorda tafakkur operasiyalari
ham yetarlicha namoyon bo‘ldi. Ular “huquq”, “huquqiy madaniyat”, “huquqiy
me’yor”,   “konstitusiya”,   “konstitusiyaviy   huquq”,   “davlat”,   “davlat   shakllari”,
“hokimiyat”, “saylov”, “axloq”, “odob”, “burch”, “ma’naviyat” tushunchalarini
nomlash   bilan   bir   qatorda,   ularning   mohiyatini   izohlashga   ham   muyassar
bo‘ldilar.
52 Tushunchalarni   tahlil   qilishda   ham   faqat   nazorat   guruhining   natijalari
o‘rtacha   qiymat   bilan   cheklandi   -5   ball,   tajriba   guruhining   natijalari   bilan
solishtirganda   qiymatlar   o‘rtasidagi   farq-   t=-3,63,   r≤0,001   ishonchlilik
darajasiga ega bo‘ldi. 
O‘spirin   yoshlarning   huquqiy   tushuncha   va   bilimlarni   o‘zlashtirganlik
holatini   tadqiq   etish   borasidagi   navbatdagi   urinishlarimiz   baholash
mezonlarining   ichki   munosabatlari   va   aloqadorlik   qonuniyatlarini   o‘rganishga
qaratildi.   O‘quvchilarning   huquqqa   doir   tushunchalarni   o‘zlashtirishidagi
baholash   mezonlarining   ichki   bog‘liqligi   muammoning   o‘rganilishi   lozim
bo‘lgan boshqa qirralarini ochishga xizmat qilishi mumkinligi o‘rganildi.
3.2-jadval
O‘spirin yoshlarda huquqiy tushunchalarning shakllanganlik holatlarini
baholash mezonlari o‘rtasidagi korrelyasiya koeffisiyentlari ( umumiy natija )
№Tushunchalarni sanab	
bera olishi	
Tushunchani ta’riflay	
olishi	
Tushunchalarni tahlil	
qilishi	
Tushunchani taqqoslashi	
Tushunchalarni	
umumlashtirishi	
Tushunchalarni amaliy	
qo‘llashni bilishi
1. Tushunchalarni sanab bera 
oladi 1 0 ,206 * 0 ,199 * 0 ,091 0 ,062 0 ,005
2. Tushunchani ta’riflay oladi 1 0 ,126 - 0 ,006 0 ,161 0 ,103
3. Tushunchalarni tahlil qilishi 1 0 ,216 * 0 ,082 - 0 ,035
4. Tushunchani taqqoslashi 1 0 ,051 0 ,011
5. Tushunchalarni 
umumlashtir ish i 1 0 ,043
6. Tushunchalarning amaliy 
qo‘llashni bilishi 1
*r≤0,05
O‘spirinlarda   huquqiy   tushunchalarni   shakllanganlik   holati   mezonlari
o‘rtasidagi   ichki   bog‘lanishlarning   tahlili   ta’lim   jarayonida   ta’lim   oluvchi
o‘spirinda   psixik   bilish   jarayonlari   va   tafakkur   operasiyalarining   o‘zaro
53 izchilligini   qanday   ta’minlaganda   nimalarga   erishish   mumkinligiga   aniqlik
kiritishga yordam beradi, deyish mumkin.
Sinaluvchi   o‘spirinlarda   huquqqa   doir   tushunchalarning   shakllanganlik
holatini   aks   ettiruvchi   qiymatlariga   ko‘ra,   korrelyasion   bog‘liqliklar   quyidagi
tahliliy mulohazalarga olib keldi:
1.   O‘spirinlarning   tushunchalarni   bilish   yoki   ularni   nomlay   olishi   bu
to‘laqonli   xotiraning   mahsuli   hisoblanadi.   Shunday   ekan   o‘spirinlarning   so‘z-
mantiq   xotira   formasi   samarali   ishlashi   tushunchalarni   nomlash   asosida
tushunchalarni   ta’riflashni   -r=0,206;r≤0,05   va   tushunchalarni   mazmunan   tahlil
qilish- -r=0,206;r≤0,05 xususiyatlarini rivojlantirishi kuzatildi. Bu yerda o‘spirin
yoshdagi   o‘quvchilarda   axloqiy-huquqiy   tushunchalarni   mazmunan   tahlil
qilishlarini   takomillashtirish   hisobida   tushunchalarni   umumlashtirish,
klassifikasiyalash   va   sistemalashtirish   jarayonlarini   shakllanishiga   olib   kelishi
mumkin   ekan.   Tafakkurning   bu   jarayonlarini   o‘spirin   o‘quvchilarda   yetarlicha
namoyon   bo‘lmayotganligi   yurisprudensiya   sohasidagi   tushuncha   va
masalalarning   tahliliy   jihatdan   murakkabligi   bilan   bog‘liq   bo‘lish   ehtimoli
yuqori.
2.   O‘spirinlarda   huquqiy   tushunchalarni   tahlil   qilishning   rivojlanishi
hisobida   tushunchalarni   mohiyatiga   ko‘ra   taqqoslash   jarayonining   o‘sishiga
erishishlari   mumkin   ekan-   r=0,216;   r≤0,05.   Shu   bois,   E.G‘.G‘oziyev
tafakkurning   taqqoslash   jarayonlari   xususida   so‘z   yuritar   ekan,   “insonning
ijtimoiy   faoliyatida,   bilimlarning   o‘zlashtirilishida,   voqyelikni   to‘laroq   aks
ettirishida   bir-biriga   o‘xshash   jihatlar   tafovuti,   shuningdek,   bir-biridan   farq
qiladigan   tomonlari   o‘rtasidagi   o‘xshashliklarni   topishdan   iborat   fikr   yuritish
jarayonlari katta ahamiyatga ega. 
O‘spirinlarda huquqiy tushunchalarni shakllanganlik holati bilan ularning
psixik imkoniyatlarini aniqlovchi metodikalar natijalari o‘rtasidagi munosabatlar
tadqiqot vazifalariga yangicha bir mazmun kiritishi shubhasiz. 
54 3.2.O‘spirinlar bilan hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishning o‘ziga xos
xususiyatlari va bir maqsadga yo‘nalgan tarbiyaviy ta’sir modeli
Mamlakatimizda   h ozirgi   ta’lim   siyosatining   bosh   vazifasi   o‘quvchilarning
fan asoslarini faol va ongli o‘zlashtirishini ta’minlashdir. O‘zlashtirish hamisha faol
aqliy jarayon natijasi bo‘lib, odamning bilishiga oid olamdagi xilma-xil noma’lum
narsa   va   hodisalar   mohiyatini   anglash   bilan   belgilanadi.   Psixologiya   fani   nuqtai
nazaridan noma’lum  narsa va hodisalar  mohiyatini  anglash, bilish yoki uni  ijodiy
o‘zlashtirish   jarayoni,   asosan,   uchta   yo‘nalishga   bog‘liq   bo‘ladi.   Birinchidan
o‘zlashtirilayotgan   materialning   mazmun-mohiyati   o‘zlashtiruvchi   uchun   qay
darajada   mos   va   tushunarliligiga,   ahamiyatliligiga   va   u   qanday   usulda
yetkazilayotganligiga   bog‘liqdir.   Ikkinchidan,   ta’lim   jarayonini   boshqarayotgan
mas’ul   kishi   (o‘qituvchi)ning   shu   sohadagi   bilimi   va   tajribasiga,   malaka   va
mahoratiga,   shaxsiy   va   kasbiy   fazilatlariga   uzviy   bog‘liqdir.   Uchinchidan,
o‘quvchining   aqliy   taraqqiyoti   va   tarbiyalanganlik   darajasiga,   emosional-irodaviy
holatiga, o‘qishga nisbatan unda qaror topgan individual psixologik xususiyatlariga,
qiziqishi   va   havaslariga   bog‘liqdir.   Ana   shu   uchta   yo‘nalish   to‘la   ta’minlangan
ta’lim jarayonidagina samarali o‘zlashtirish hosil bo‘lishi allaqachonlar rivojlangan
mamlakatlar   fani   tajribasida   isbotlangan.   Biroq,   ta’lim   tizimida   faoliyat
ko‘rsatayotgan   fidoyi   insonlar   va   o‘qituvchilar   jamoasi   har   qancha   urinmasin,
baribir   ta’lim   jarayonida   tarbiyasi   qiyin   o‘spirinlarning   uchrab   turishi   hammani
ajablantiradi.Ana   shu   muammolarni   o‘rganishga   yo‘nalgan   biz   olib   borayotgan
tadqiqotlar   natijalarining   tahliliga   ko‘ra   o‘spirinlar   tarbiyasida,   xulq-atvorida,
munosabatlarida, maqsad-intilishlarida nojuya xatti-harakatlar paydo bo‘lishining
sabablari   va   motivlari   (turtkilari)   har   xilligi   aniqlandi.   Jumladan,   shaxsning
biofiziologik   o‘sishidagi   nuqsonlar,   sezgi   organlarining   kamchiliklari,   o‘qishga
salbiy   ta’sir   etuvchi   oliy   nerv   faoliyati   va   temperamentning   shakllanishidagi
qusurlar   tarbiyasi   qiyin   yoshlarni   keltirib   chikaradi.Shaxsning   fazilatlari   tarkib
55 topishidagi nuqsonlar: axloqiy xislarning yetishmasligi, o‘kituvchi, sinf jamoalari,
oila   a’zolari   bilan   noto‘g‘ri   muloqot,   ishyoqmaslik,   bo‘sh   vaqtni   to‘g‘ri
taqsimlamaslik va boshqalar ham salbiy qiliqlarni vujudga kelishiga asos bo‘ladi.
Shaxsning bilim, o‘quv faoliyatidagi kamchiliklari: aqliy faoliyat usullaridan keng
foydalana   bilmaslik,   eng   muhim   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   egallashdagi
uzilishlar,   maktab   faoliyatidagi   kamchiliklari:   o‘qitishdagi   nuqsonlar,   tarbiyaviy
chora   va   tadbirlardagi   xatolar   ham   shular   jumlasiga   kiradi.   Maktabdan   tashqari
muhitning   ta’siridagi   nuqsonlar,   chunonchi,   oilada   pedagogik-psixologik
bilimlarning   yetishmasligi,   oilaviy   nizolar,   ajralish,   ota-onaning   ichkilikka   va
shahvoniy hayotga berilishi, balog‘atga yetmagan tengqurlarining ta’siri, madaniy-
ma’rifiy ishlab chiqarish jamoalari hamda jamoatchilik qurshovidagi kamchiliklar
ham tarbiyasi qiyin o‘spirinlar ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Tarbiyasi qiyin o‘spirin o‘quvchilarni qayta tarbiyalash uchun quyidagilarga
e’tibor berish va nuqsonlarni tuzatib, inson uchun zarur bo‘lgan sifat va fazilatlarni
shakllantirishda   kerakli   tarbiyaviy   –   psixologik   shart   –   sharoitlarni   yaratish
maqsadga   muvofiqdir.Ontogenez   psixologiyasida   tarbiyasi   qiyin   o‘spirinlarni
keltirib   chiqaruvchi   sabablar   majmuasiga   (E.G‘oziyev)   quyidagi   omillar   ta’siri
alohida kursatib o‘tilgan. Ushbu omillarning faol ta’siri tadqiqotlarimiz tahlillarida
ham o‘z aksini topdi.
1 . Shaxsning biologik nuqsonlari:
-o‘zlashtirish va anglashda  sezgi organlarining kamchiliklari;
- o‘qishga   salbiy   ta’sir   etuvchi   oliy   nerv   faoliyati   va   temperament ga   xos
xususiyatlarning mavjudligi; 
-psixopatologik ojizliklarning ta’siri.
2. Shaxsning psixik kamolotidagi kamchiliklar:
-aqlning bo‘sh o‘sganligi va maqsadga muvofiq shakllanmaganligi;
- irodaning   zaifligi ,   jur’at,   qat’iylik,   o‘zini   tuta   bilish,   dadillik   va
matonatning shakllanmaganligi ;
-sh axsda   h issiyotning   kam   rivojlangani ,   o‘zini   tuta   olmaslik,   hissiyotlarni
boshqara olmaslik ;
56 - zarur e h tiyoj va bilishga  q izi q ishlar mavjud  e masligi;
- o‘spirindagi intilish bilan imkoniyatlarning   nomutanosibligi.
3.   Shaxsning tarbiyasidagi nuqsonlar:
-axloqiy xislatlarida uchraydigan kamchiliklar;
-o‘spirinning   o‘kituvchi,   sinf   jamoasi   va   oila   a’zolari   bilan   muloqatidagi
zaifliklar;
-mehnat tarbiyasidagi nuqsonlar, o‘quvsizlik, yoshiga hos bilim, malaka va
mahoratning shakllanmaganligi;
-bo‘sh vaqtni taqsimlashdagi xatolar, vaqtdan unumli foydalana bilmaslik.
4. Shaxsning bilim olish faoliyatidagi kamchiliklari:
-  bilimlar,   maxsus k o‘ nikmalar va malakalarni egallashdagi uzilishlar;
- ta’lim   jarayonida   aqliy   mexnat   usullari   va   operasiyalarining
shakllanmaganligi va  yetishmasligi.
5. Maktab ta’limi va tarbiyasidagi kamchiliklar:
- ta’lim  jarayonida  bilimlar  va  xatti-xarakatlarni   adolatsiz  ba ho lash,  darslik
va   o‘quv   qo‘ llanmalariga   nisbatan   anglashil-   movchiliklar,   sinfda   bolaga
e’tiborsizlik va   sinfda qo ldirish;
- maktab   tarbiyaviy   ishlaridagi   kamchiliklar ,   o‘q ituvchining   o‘spiringa
xayrixo h   emasligi,   o‘quvchining   ikkilanishi,   o‘q ituvchilar   va   o‘quvchilar
jamoasidagi   nuqsonlar,   pedagogik   q arovsizlik,   o‘ z   o‘ rnini   topa   olmaslik   va
boshkalar.
6. Maktabdan  t a shq ari mu h itdagi nuqsonlar:
- oilada pedagogik va psixologik bilimlarning yetishmasligi;
-bolani tarbiyalash bilan bog‘liq psixologik qonuniyatlarni bilmaslik, oilada
bola tarbiyasi bilan bog‘liq munosabatlarda unga amal qilmaslik;
-  oilaning buzilishi va oilaviy nizolar ning ta’siri ;
- ota-ona yoki oila a’zolarining sha h voniy xayotga va ichkilikka berilishi;
- oila   a’zolari   o‘ rtasida   o‘z   burchi   va   vazifalarini   bajara   olmaslik   yoki
sudlangan odamning   uchrashi  va uni bola tarbiyasiga ta’siri ;
- teng q urlarining salbiy ishlarga ( h a q orat  q ilishga, ichishga, chekishga,  qo‘ li
57 egrilikka)  o‘ rgatishi va  h okazo;
- madaniy-ma’rifiy,   ishlab   chi q arish   va   jamoatchilikning   yoshlar
tarbiyasidagi   kamchiliklari   va   boshqalar . Ko‘rinib   turganidek,   tarbiyasi   qiyin
o‘spirinlarni tarbiyaviy tuzatish yoki ular tarbiyasidagi ana shunday qiyinchilik
va   muammolarni   oldini   olish   uchun   avvalo   yoshlar   tarbiyasiga   e’tiborni   bola
tug‘ilishidan   boshlab   oilada   sog‘lom   tarbiya   muhitini   yaratish,   ota-ona   va   oila
a’zolari   o‘rtasidagi   munosabatlarni   tarbiyaviy-psixologik   qonuniyatlar   asosida
tashkil etish, shundan so‘ng esa tarbiyachilar, o‘qituvchilar va jamoatchilikning
yoshlar   o‘quv-tarbiyasi   bilan   bog‘liq   jarayonlarga   mas’uliyatini   yanada
kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
O‘spirinlik   (16-19)   yoshidagi   o‘quv-tarbiya   jarayoni   ota-ona,   o‘qituvchi
va   o‘quvchi   hamkorligining   o‘ziga   xos   ko‘rinishlarini   shakllantirishni   taqozo
etadi   hamda   shaxs   kamoloti   uchun   e’tibor   talab   etadigan   muhim   bosqich
sanaladi.   Shunga   ko‘ra,   o‘spirinlar   ta’limi   va   ularni   tarbiyalash   jarayonida
zaruriy   holat   sifatida   ota-ona,   o‘qituvchi   va   o‘quvchi   hamkorligini   shaxsiy
pozisiyadan bir qator munosabat tizimi orqali baholashga to‘g‘ri keladi. Bunda,
birinchidan,   qaysidir   o‘rinlarda   munosabatning   “obyekt-subyekt”,   ikkinchidan,
"subyekt-obyekt” tizimi  ko‘rinish  olishi,  uchinchidan, "subyekt-subyekt" tizimi
tarzida   o‘rin   egallashi   lozim,   degan   mulohaza   bilan   ushbu   holatni
uyg‘unlashtirib yuboramiz. Ammo pedagogik jarayondagi hamkorlik faoliyatini
ko‘p jihatdan belgilovchi  pedagog  va unga muvofiq o‘z xatti-harakati  va xulq-
atvorini   aniqlovchi,   nazorat   qiluvchi   o‘quvchining   ma’lum   vaziyatlarda   o‘zini
boщqarishni,   albatta,   tadqiq   etish   maqsadga   muvofiq.   Biz   ushbu   holatni
pedagogik   hamkorlik   sharoitida   o‘qituvchi   bilan   o‘quvchi   munosabatlarining
affektiv jihatlarini tadqiq etishni lozim topdik. Ushbu muammo yuzasidan ayrim
psixologik tahlillar beramiz.
Ma’lumki,   o‘spirinlarni   tarbiyalash   jarayon   murakkab   va   turli   xil
vaziyatlarga   boydir.   Bunda   o‘qituvchi,   ota-ona   va   o‘quvchining   o‘zaro
tushunishi, bir-birini idrok etishi, bir-birini qabul qilish yoki qila olmasligi, yuz
beradigan   vaziyatlarni   haqqoniy   baholay   olmaslik   masalalari,   qadriyatlar
58 tizimida   anglash   mumkin   va   anglab   bo‘lmaydigan   hollarni   kuzatilishi,
empatiyaning   yetishmasligi,   muloqot   maromini   belgilay   olmas lik,   o‘spirinning
motivasion yo‘nalganligi, dunyoqarashi  va maqsadining mos kelmasligi  hamda
oxir-oqibat   shaxsning   kamolot   darajasi   bilan   bog‘liq   ko‘pgina   muammoli
jihatlar   ko‘zga   tashlanadi.   Shu   sababli   ham   o‘qituvchi,   ota-ona   va   o‘quvchi
hamkorligining   psixologik   tavsifini   muayyan   vaqt   uchun   keskin   belgilashning
o‘zi ancha munozarali munosabatni keltirib chiqarishini unutmaslik kerak.
Shunday   ekan,   o‘qituvchi   bilan   o‘quvchilar   o‘zlarini   turli   vaziyatlarda,   xulqiy
hamda shaxsiy jabhadan xatti-harakatlarini qanday baholashlari mumkin, degan savol
tug‘iladi. Bunda metodikaning shkalalari xususiyati borasidagi mualliflarning fikrlariga
yana bir bora to‘xtash orqali asosiy tadqiqot natijalariga murojaat etishga  to‘g‘ri  keladi.
Yu.L.Xaninning ta’kidlashicha,   xavotirlanish   holati yoki vaziyatli   xavotirlanish
(VX)   bir   xil   narsa,   yani   odamning   ko‘pincha   ijtimoiy-psixologik   stressorlarga
(salbiy munosabatlarni yoki agressiv reaksiyalarni kutishi, o‘ziga bildirilayotgan
munosabatlarda   noqulayliklarni   idrok   etishi,   o‘zini-o‘zi   hurmatlashga   nisbatan
tajovuz   holatlarga duch kelishi va boshqalarga) nisbatan munosabatida namoyon
bo‘ladigan har xil reaksiyalar hisoblanadi. Metodikaning ikkinchi shkalasi, yani
shaxslilik   xavotirlanish   (ShX) har xil stressorlar  ta’sirini ifodalovchi individual
tafovutlar   to‘g‘risidagi   tasavvurlarni   beruvchi   dispozisiya,   xususiyat   va
xislatlarni   aks   ettiradi.   Bu   yerda   vaziyatli   xavotirlanish   ortganda   va   har   xil
vaziyatlarda o‘z "Men"iga tajovuzni idrok etishida insonning nisbatan barqaror
munosabati   (ShX)   nazarda   tutiladi.   Shu   sababli   ham   shaxslilik   xavotirlanish
ko‘p jihatdan odamning, xususan o‘spirinning oldingi tajribalariga   bog‘liq holda
ifodalanadi.   Ammo   o‘spirin   shaxsiy   xavotirlanish ni   boshqarishda   esa   muttasil
vaziyatli  xavotirlanish ni boshdan kechirishga to‘g‘ri keladi. Natijalarga murojaat
etib ko‘raylik. Bugungi kunda o‘qituvchi va o‘spirinlar hamkorlik faoliyati yoki
ularning munosabatlarida vaziyatli va shaxslilik   xavotirlanish lar qanday o‘ringa
ega?
Vaziyatli   xavotirlanish   (VX)   va   shaxslilik   xavotirlanish lar   (ShX)
metodika   xususiyatiga   ko‘ra,   boshqa-boshqa   aniqlash   mezonlariga   ega   bo‘lgan
59 shkalalar   hisoblanadi.   Chunki   VX   o‘quvchida   asosiy   masalaning   ayni   damda
qanday xis etilishini, ShB esa odatiy tuyg‘ularni baholovchi shkalalar sanaladi
Yuqorida   aytib   o‘tilganidek,   hali   5-sinf   o‘quvchilarining   boshlang‘ich
sinfdan   yuqori   sinfga   yoki   ta’limning   murakkab   va   mas’uliyatliroq   jarayoniga
o‘tishi   bilan   bog‘liq   vaziyatlar   ularda   ham   VX   ham   ShX   yuqori   darajada
ekanligini ko‘rsatmoqda.
3. 3 -jadval
O‘quvchilarning o‘zini- o‘zi baholash natijalari bo‘yicha ko‘rsatkichlari
5-sinf 7-sinf  9-sinf
Vaziyatlilik Shaxslilik Vaziyatlilik Shaxs lilik Va ziyatlilik Shaxslilik
M  +
o   48,52±   5,65* 50,34±5,94* 37,74±5,64 33,75±   6,12 28,32±6,85 25,82±   4 ,72
  *R<0,05
3.1-rasm.  O‘quvchilarning o‘zini-o‘zi baholash natijalari.
Haqiqatdan   ham,   yangi   o‘quv   reja   va   dasturlarning   nisbatan   ancha
murakkablashganligi,   fan   o‘qituvchilari   jamoasining   yangilanganligi,   yangi
muhit   va   shaxslararo   munosabatning   boshqa   shakllariga   moslashish,   ya’ni,
atrofdagi   odamlarning   o‘spirin   yoshdagilarga   nisbatan   e’tiborliroq
bo‘layotganligi,   guruh   a’zolari   tomonidan   o‘quv-tarbiya   jarayonlariga   bo‘lgan
munosabatlarning   o‘zgarganligi   o‘spirinlarga   o‘qituvchilar,   ota-onalari   va
60 Вазиятли  хавотирланиш
Шахсли  хавотирланиш jamoatchilik   tomonidan   ta’sir   qo‘rsatuvchi   sifatida   yangi   talablar   qo‘yilishi
ularda   xavotirlanish ning   kuchayishini   ta’minlovchi   omillardir.   Bu   esa   5-   sinf
o‘quvchilari   oldida   o‘qituv chilari   hamda   guruh   a’zolari   bilan   yaqinlashish   va
hamjihatlikka kelishish uchun mas’uliyatni his etish, hozirjavoblikni va shaxsiy
pozisiyaga ega bo‘lishlikni taqozo etadi. Shuningdek, o‘spirin o‘quvchilar bilan
o‘tkazilgan tadqiqot natijasining bunday ko‘rinishi asosida VX va ShX holatini
kechirish bir tomondan shaxsning subyektiv kechinmalari, o‘z xatti-harakatlarini
nazorat   qilish,   o‘z   “meni”ni   tarbiyalash   uchun   ahamiyatli   ekanligidan   dalolat
beradi.   Shu   boisdan   ham   ta’lim   jarayonida   o‘qituvchi   o‘spirinlar   bilan
munosabatida   xavotirlanish ning   har   bir   ishtirokchiga   xos   optimal   bo‘lgan
xavotirlanish   muhitini   yaratishi,   vaziyatli   xavotirlanish ni   keltirib   chiqaruvchi
muhim omillarni aniqlashi, tahlil  qilishi  va tarbiyaviy ta’sir etishda bir  qarorga
kelishi   lozim.   Xavotirlanish   to‘g‘risida   T.N.Kurbatov   shunday   mulohaza
yuritadi,   ya’ni   o‘quvchilar   bilan   o‘zaro   munosabatlar   jarayonida   ulardagi
xavotirlanish   holatini aniqlash shax sning eng muhim xususiyati, shuning uchun
bu   xususiyat   subyektning   xulq-atvorini   ko‘p   jihatdan   belgilab   turadi.
Xavotirlanish ning   ma’lum   darajasi   tabiiy   omillarga   bog‘liq   bo‘lishiga
qaramasdan,   shaxs   faolligi   va   harakatlarining   muhim   tomoni   hisoblanadi.   Har
bir   shaxsning   o‘zida   opti mal   yoki   ixtiyor   etgan   xavotirlanish   darajasi   bor,   bu
xavotirlanish ni foydali  xavotirlanish  deb atasa bo‘ladi [74].
7-sinflarda   xavotirlanish   holati nisbatan o‘rta grada siya qiymatlariga (VX
(37,74±5,64;   ShX   (33,75±6,12;   r<0,05)   egadir.   Bu   esa   ularning   5-sinflarga
qaraganda   birmuncha   va ziyatlarga   nisbatan   moslashganligi,   o‘qituvchilar
shaxsiga va pedagogik muhitga baho bera oladigan darajaga o‘sib o‘tganligidan
guvohlik   beradi.   Bundan   ko‘rinadiki,   7-sinflarda   xavotirlanish   asta-sekinlik
bilan   pasayib   borishi   ularda   mas’uliyat   hissining   pasayishiga,   ustozlarining
talablariga   mas’uliyatsizlik   bilan   yondashishiga,   faolsizlik   va   vaziyatlarga
nisbatan   befarqlikni   keltirib   chiqaradi.   Bu   holat   o‘spirin   xulq-atvorida   qator
muammolar shakllanishiga olib kelishi mumkin.
Bu   esa   ularni   xavotirlanish ning   shaxsiy   pozisiyasida   birmuncha   tajriba
61 paydo   bo‘lganligi,   shaxsiy   barqarorlikni   keltirib   chiqarganligi   yoki   o‘z   xatti-
harakatlarini   baholashda   yuqori   baho   berishga   moyillikni   keltirib   chiqaradi.
Buning   oqibatida   o‘quvchilarning   o‘qituvchilar   bilan   (boshqa   odamlar   bilan
ham)   muno s abatida   beparvolik,   ko‘proq   o‘z   xatti-harakatlarini   afzal   deb
baholashga,   natijada,   ularda  javobgarlik  his s ini   pasayishiga   olib  keladi.   VX   va
ShX   shkalalari   ora s ida   korrelyasnon   munosabatlarni   aniqlashda   ham   ushbu
muno s abatlarda   muayyan   e’tiborga   molik   korrelyasiya   koeffisiyentlari   ko‘zga
tashlandi.   Ba’zi   9-sinf   o‘quvchilarida   yaqqol   namoyon   bo‘layotgan   bunday
ko‘rsatkichlar   ularning   shaxsga   xos   sifat   va   fazilatlarni   egallashlaridi   noto‘g‘ri
yunalish   olayotganliklarini   bildiradi.   Bundan   o‘qituvchi,   o‘spirinning   ota-onasi
va   jamoatchilik   muntazam   ogoh   bo‘lib   turishlarini   taqozo
etadi.Qatnashuvchilarning o‘zini-o‘zi baholash   щ kalalari   orasida gi korrelyasion
munosabatlarida   anchagina   ahamiyatli   farqli   munosabatlarni   kuzatishga
muyassar   bo‘ldik.Bunday   farqli   ko‘rsatkichlar   ko‘proq   5-sinfning   (g=0,442;
r<0,05),   boshqa   sinflar   bilan   munosabatida   kuzatildi ,   7-sinf larda   (g=0,465;
r<0,05), 9-sinf larda esa   (r= - 0,386;   r<0,05) ushbu tarzdagi munosabatlar   farqli
ko‘rsatkichi aniqlandi.
Bundan   kelib   chiqqan   holda   o‘quvchilarning   o‘ziga   nisbatan   bahosining
vaziyatli sharoitlarda haqqoniyligi ularning keyingi faoliyati uchun ham ta’sirini
saqlab   qolishi,   ya’ni   shaxsiy   tajriba,   shaxs   shakllanishining   to‘g‘ri   yo‘lga
qo‘yilganligi natijasi deyish mumkin.
3.4 -jadval.
O‘spirinlarning o‘zini-o‘zi baholash ko‘rsatkichlari orasidagi
korrelyasion munosabatlari
Sinflar 5-sinf 7-sinf 9-sinf
Shkalalar Vaziyatli
lik Shaxsli
lik Vaziyatli
lik Shaxsli
lik Vaziyatli
lik Shaxsli
lik
5-sinf Vaziyatlilik 1 0,442* 0,465* -0,324* -0,386* -0,131
Shaxsli lik 1 -0,335 0,045 -0,052 0,16
 7-sinf Vaziyatlilik 1 - 0,462* -0,565 ** - 0,09
Shaxsli lik 1 0,890 ** -0,083
9-sinf Vaziyatli lik 1 -0,012
62 Shaxslilik 1
*r<0,05; ** r<0,01
Ammo   ta’lim   jarayonining   har   bir   bosqichida   o‘ quv chilarning   shaxsiy
kamoloti   tabiiy,   xuddi   shu   sababli   5-sinfdagi   vaziyatli   xavotirlanish   bilan   9-
sinfdagi   vaziyatli   xavotirlanish   bir-birini   taqozo   etmagan   yoki   ular   o‘rtasida
teskari munosabat, yani 5-sinfdagi vaziyatli  xavotirlanish  ular ning guruhdoshlari
va o‘qituvchilari bilan kechadigan munosabatga ko‘nikishi, unga muvofiq o‘zini
tayyorlash   sifatida   qaralsa,   ikkinchi   holda   9-sinflarda   vaziyatli   xavotirlanish
odatiy sharoitdan yanada mas’uliyatli va murakkab sharoitga o‘tish va uni yangi
munosabat muhiti kutishi bilan bog‘liq vaziyatlar ham bezovtalantirishi mumkin
degan   taxminni   ilgari   surishga   to‘g‘ri   keladi   ( g = 0 , 386 ,   r<0,05).   Bu   esa   ularda
yuqori   xavotirlanish   yoki   umuman   befarqlikni   ham   keltirib   chiqarishi   ehtimoli
mavjud.   Bu   holat   xulq-atvorida   mehnat   motivlari   shakllanayotgan   yoki   jinoiy
xatti-harakatlarga   moyil   o‘spirinlar   uchun   qulay   imkoniyatlar   yaratish
ehtimoliga ega.
  Olib   borilgan   tadqiqot   natijalari   va   o‘spirinlar   bilan   individual   ishlash
jarayonida   shu   narsa   ma’lum   bo‘ldiki,   xulq-atvorida   mehnat   motivlari
shakllanayotgan   o‘spirinlarda   shaxsli   xavotirlanish ga   nisbatan   vaziyatli
xavotirlanish   kuchliroq   ifodalanishi   aniqlandi.   Buning   muhim   omillari   sifatida
o‘spirinlar   xulq-atvorida   shakllanayotgan   mehnat   motivlari   va   ular   ta’sirida
namoyon   bo‘layotgan   jinoiy   xatti-harakatlar   ekanligini   alohida   e’tirof   etish
mumkin.
Psixologik   qonuniyatlarga   ko‘ra,   xavotirlanish   holatiga   avval   oila
tarbiyasida,   so‘ngra   maktabdagi   o‘quv-tarbiyaviy   jarayonlarida   alohida   e’tibor
berish,   yoshlarda   xavotirlanish ning   me’yoriy   bo‘lishiga   erishish   zarurligi
o‘spirin shaxsida  javobgarlik hissini  va o‘z faoliyatini  doimiy nazorat  qilishida
hamda shaxsiy pozisiyani egallashida keng imkoniyat yaratishi tasdiqlandi.
63 Bob bo‘yicha xulosalar
1. Tadqiqotlarimizda   o‘spirinlarning   “integral   meni”   dinamikasi
ularning yoshi ,  bilim i va  tajribasiga uzviy bog‘liqligi ya’ni, o‘spirinlarning yosh
bosqichlari   o‘sishi   va   hayot   tajribalari   oshishi   bilan,   ularning   o‘z   “Meni”ga
tarafdorlik   (ortiqcha   baho   berish)   ko‘rsatkichlari   pasayib   borishi   yaqqol
ifodalandi.   Xususan,   ana   shu   davrda   o‘z   “Meni”ni   nazorat   qilish,   boshqalarga
taqqoslash   va   uni   qayta   baholash   ro‘y   beradi,   umuman   o‘spirin ning   o‘qish,
yashash va hayotga ongli munosabati ortishi bilan (bizning o‘ylashimizcha) o‘z -
o‘z ini   tanqid,   o‘ziga   nazorat   va   o‘zini   boshqalar   bilan   taqqoslash   kuchayib
borishi   natijasida   o‘z   “meni”ni   to‘g‘ri   va   real   baholashga   yaqinlashib   borishi
kuzatildi.   Ana   shunday   o‘zgarishlar   o‘spirinlar   bilan   tarbiyaviy   jarayonlarni
oqilona tashkil etishga imkoniyat yaratadi.
2. Tajriba guruhidagi respondentlar o‘zlariga bo‘lgan munosabatlarida
o‘spirinlarga   xos   belgilangan   me’yorlardan   og‘ib   ketayotganliklari   kuzatildi.
Ularning   “integral   men”i   nazorat   guruhidagilarga   nisbatan   sezilarli   darajada
yuqoridir.   Buning   sababi,   o‘spirin   yoshlarga   xos   tabiiy-biologik   ehtiyojlarning
vaqtida   va   me’yorli   qondirilmasligi,   oilada   ular   uchun   ijtimoiy-iqtisodiy
(sharoitlar)   motivlarning   me’yorli   ta’minlanmaganligi,   o‘spirinlarga   xos
tarbiyaviy   muhitning   yetarlicha   va   barqaror   tashkil   etilmaganligi,   o‘spirinlar
tarbiyasida   mas’ullarning   o‘spirinlar   rivojlanishini   ta’minlaydigan   jismoniy,
ijtimoiy-madaniy   va   individual-psixologik   omillar   ta’siridan   bexabarligi   bilan
izohlash mumkin.
3. O‘spirinlar ning   yashash   tarzi   va   kundalik   faoliyati   belgilangan
me’yorlar   asosida   to‘g‘ri   tashkil   etilmas   ekan ,   ularda   mehnat   motivlari
shakllanishiga   xos   imkoniyatlar   yuzaga   kel ishi   k uzatil adi .   Chunki,   o‘spirin
yashab   turgan   ijtimoiy-madaniy   muhit   va   milliy-psixologik   omillar   o‘ning
64 psixikasini   shakllantirib,   o‘ziga   va   boshqalarga   bo‘lgan   munosabatlarida
bevosita   aks   etadi.   Biz   erishgan   natijalarda   o‘spirinlar   “integral   men”ining
tuzilmasi va yo‘nalganligi oila, maktab va mahalla-guzar tarbiyaviy hamkorligi
tizimida   alohida   e’tiborga   olinsa,   o‘spirinlarga   xos   faol   tarbiyaviy-psixologik
muhit   himoyalanishi   va   uning   hyech   qanday   tarkibiy   qismi   (elementi)   inkor
etilmasligini yana bir karra isbotlaydi.
65 XULOSALAR
Dissertasiya bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot ishi natijalari quyidagi umumiy
xulosalarni shakllantirish imkonini berdi:
1. Shaxsning   psixologik   taraqqiyoti,   uning   tarixiy   kechishi   va
ontogenizda   rivojlanishi   bilan   bog‘liq   konseptual   masalalarni   chuqur
o‘rganishda   motivasion   sohani   tatqiq   etish   tayanch   hisoblanadi.   Motivasiya,
odamni   muayyan   xatti-harakatlarni   bajarishga   undash   jarayoni,   ko‘pincha
muqobil   usullarni   tahlil  qilish   va  baholashni,  tanlash  va  qarorlar  qabul  qilishni
talab   qiluvchi   jismoniy-psixologik   uyg‘unlashgan   mohiyatli   murakkab   harakat
jarayoni   bo‘lib,   bu   jarayon   psixologik   jihatdan   murakkablashib   boradi   va   o‘z
mohiyatiga   ko‘ra   subyektning   yuzaga   kelgan   tayanch   ehtiyojlarini   qondirishga
yo‘nalgan faoliyatni tanlash va uni amalga oshirish jarayonini belgilaydi.
2. Jahon   psixologiyasi   fanida   motivlarning   yuzaga   kelishi,   turlari   va
yo‘nalganligi,   xulq-atvorda   ifodalanishi,   subyekt   faoliyatida   (o‘yin,   o‘qish   va
mehnat)   va   muomala-munosabat   jarayonlarida   shakllanishi   keng   ko‘lamda
tadqiq   qilingan.   Aksariyat   mualliflar   shax s ni   biologi zasiya lashtirishga
intilganliklari   tufayli   motivning   psixologik   mohiyatini   yetarlicha   yoritmay,
oddiy   turtki   bilan   tenglashtiradilar.   Natijada   xulq   motivlarining   ijtimoiy
shartlanganligi va ijtimoiy xususiyati  tadqiq otla rning diqqat  markazidan chetda
qoladi.   Motivni   keltirib   chiqaruvchi   va   psixologik   mohiyatini   izohlovchi
mexanizmlar,   ularning   manbalari   hamda   ijtimoiy   tarbiyaviy   xususiyatlari
yetarlicha  o‘rganilmagan. 
3. O‘spirinlarga xos mehnat motivlarining shakllanishi, yo‘nalganligi,
mazmuni,   mexanizmi,   manbalari,   boshqa   kategoriyalar   bilan   izchil   aloqasi,
iyerarxiyasi,   ularning   faoliyat,   xulq-atvor   va   muomala   jarayonida   namoyon
bo‘lishi   aynan   shu   yoshdagilarning   turmush   tarzi   bilan   bog‘liq   bio-fiziologik,
ijtimoiy-iqtisodiy,   ma’naviy   va   tarbiyaviy-psixologik   omillar   hamda   ularni
ta’minlovchi   zarur   shart-sharoitlarga   uzviy   bog‘liqligi   aniqlandi.   Ular   oras ida
eng   xavfli   hamda   shaxs   va   jamiyat   hayotida   ayanchli   oqibatlarni   keltirib
chiqaruvchi   omillar:   o‘spirin dagi   tabiiy-biologik   ehtiyojlarning   vaqtida   va
66 me’yorli   qondirilmaslik   holatlari   (91,6 % ) ,   oilada   o‘spirinlarga   xos   ijtimoiy-
iqtisodiy   motivlarning   me’yorli   ta’minlanmaganligi   (84,5 % ) ,   tarbiya   uchun
mas’ullarning   tarbiya   jarayonlarida   o‘spirinlar   rivojlanishini   ta’minlaydigan
jismoniy, ijtimoiy-madaniy va individual psixologik omillar ta’siridan yetarlicha
xabardor  emasligi  (82 %), o‘spirinlarga xos tarbiyaviy muhitning yetarlicha  va
barqaror ta’minlanmaganligi (72,6 %) dir.
  4.   O‘spirinlarda   mehnat   motivlari   shakllanishini   oldini   olish   uchun   ular
tarbiyasiga   mas’ullik   o‘rganilganda,   respondentlarning   100   %   o‘spirinlarning
hayoti va tarbiyasida ota-onalar hamda ularning oila a’zolari  doimiy mas’ul va
ogoh bo‘lishlari,   o‘spirinning   o‘zi   mas’ul   va ogoh  bo‘lishi  muhimligi  (9 2 , 0 %),
undan   so‘ng   m aktab   rahbariyati,   o‘qish   jamoalari   hamda   o‘spirin   tengqurlari
uning   tarbiyasida   mas’ul   ekanliklari   va   doimiy   ogoh   bo‘lishlari   (8 6 ,1%),   ular
tarbiyasida   yanada   mas’uliyatliroq   yondoshishda   huquq   tartibot   organlari
(8 4 ,5%),   mahalla   faollari   va   jamoatchilik   (7 8 ,6%),   qarindosh-urug‘   va   qo‘ni-
qo‘shnilar   (7 3 ,8%)   ham   muhim   tarbiyaviy   ta’sir   manbalari   sifatida   yaqindan
yordam berishlari  tasdiqlandi .
  5.   Tadqiqo t imizda   o‘spirinlarning   “integral   meni”   dinamikasi   ularning
yoshi ,   bilim i   va   tajribasiga   uzviy   bog‘liqligi   ya’ni,   o‘spirinlarning   (5-sinflar
21,6;   7-sinflar   21,1;   9-sinflar   20,6   ball)   yosh   bosqichlari   o‘sishi   va   hayot
tajribalari oshishi bilan, ularning o‘z “ me ni”ga tarafdorlik (ortiqcha baho berish)
ko‘rsatkichlari  pasayib   borishi   yaqqol   ifodalandi.   Xususan,   ana  shu   davrda   o‘z
“Meni”ni   nazorat   qilish,   boshqalarga   taqqoslash   va   uni   qayta   baholash   ro‘y
beradi,   umuman   o‘spirin ning   o‘qish,   yashash   va   hayotga   ongli   munosabati
ortishi bilan (bizning o‘ylashimizcha) o‘z -o‘z ini tanqid, o‘ziga nazorat va o‘zini
boshqalar   bilan   taqqoslash   kuchayib   borishi   natijasida   o‘z   “meni”ni   to‘g‘ri   va
real   baholashga   yaqinlashib   borishi   kuzatildi.   Ana   shunday   o‘zgarishlar
o‘spirinlar   bilan   tarbiyaviy   jarayonlarni   oqilona   tashkil   etishga   imkoniyat
yaratadi.
  6.   Jamiyat   taraqqiyotining   hozirgi   bosqichida   o‘spirinlar   xulq-atvorida
uchraydigan mehnat motivlari va boshqa salbiy o‘zgarishlarga zamin yaratuvchi
67 shart-sharoitlarni   aniqlash   bilan   bir   qatorda   ota-ona,   murabbiy-o‘qituvchi,
profilaktika   inspektori,   diniy   ma’rifat   va   ma’naviy-axloqiy   tarbiya   masalalari
bo‘yicha   mahalla   maslahatchilari   bilan   barkamol   yoshlarni   tarbiyalash   uchun
yaqindan   hamkorlik   o‘rnatish   zarurat   ekanligi   aniqlandi.   A xloqiy-ma’naviy
tarbiyaga xos ustuvor vazifalarni izchil va og‘ishmay amalga oshirish bilangina
o‘spirinlarda   shakllanish   ehtimoli   bo‘lgan   mehnat   motivlari   va   jinoiy   hatti-
harakatlarni oldini olish mumkin.
Tadqiqot   natijalari   va   ular   asosida   shakllantirilgan   umumiy   xulosalar
quyidagi amaliy tavsiyalarni taklif etish imkonini berdi:
1. Mamlakatimizda   amaldagi   ta’lim-tarbiya   tizimining   oila
tarbiyasidan   boshlab   umumiy   o‘rta   ta’lim   bosqichi   tugaguniga   qadar   amaliy
psixologlar   uchun   o‘spirinlar   xulq-atvoridagi   mehnat   motivlarini   o‘rganishga
xizmat   qiluvchi   metodikalar   to‘plami d a   xo‘lq-atvorning   salbiy   o‘zgarishlarini
psixodiagnostik   baholovchi,   psixokorreksion   va   psixoprofilaktik   me’yorli
rivojlantirishga   yo‘llovchi   usullar   dasturini   yaratish   hamda   undan   tizimli
foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
2. O‘spirinlar   xulq-atvorida   shakllanayotgan   salbiy   o‘zgarishlarga
zamin   yaratuvchi   shart-sharoitlar   va   turli   omillarga   qarshi   kurashishga
yo‘naltirilgan   tarbiyaviy   tadbirlarda   (hamkorlik   faoliyati   ko‘rinishida)   ota-ona,
murabbiy-o‘qituvchi,   diniy   ma’rifat   va   ma’naviy-axloqiy   tarbiya   masalalari
bo‘yicha   mahalla   maslahatchilari,   profilaktika   inspektori,   imom-xatib   va
huquqni   muhofaza   qilish   organi   xodimlarining   burchi,   mas’uliyati   va
javobgarligini oshirish.
3. O‘spirin-yoshlarda   kuzatilayotgan   jinoiy   xatti-harakat   motivlari
boshqa   yoshlar   tarbiyasiga   ta’sir   etish   ehtimoli   kuchli   bo‘lgan   xulq-atvor dagi
salbiy motivasion yo‘nalganlik  hozirgi jamiyat va uning a’zolari uchun  foydasiz,
asos siz   va   yoshlar   tarbiyasini   faqat   izdan   chiqarishga   yo‘naltirilganligini
asoslash ,   ularda   taraqqiyot   qonuniyatlari,   zamonaviy   talab   va   andozalarga   xos
barkamol yoshlarni tarbiyalash zarurat ekanligini anglash muhitini yaratish.
68 4. O‘spirinlar   xulq-atvorida   shakllanish   ehtimoli   bor   yoki   xatti-
harakatlarida   ifodalanayotgan   salbiy   o‘zgarishlarning   motivasion   asoslarini,
manbalarini,   oqibatlarini   ilmiy   o‘rganish   bilan   ularda   namunali   xulq-atvor
qiyofasini tarbiyalashga xos har tomonlama qulay  imkoniyatlar yaratish.
5. O‘spirinlarni   o‘qitish   va   tarbiyalash   bosqichlarida   ijtimoiy   fan
o‘qituvchilari   va   amaliy   psixologlar   tomonidan   (adabiyot,   tarix,
jamiyatshunoslik,   huquqshunoslik,   ma’naviyat   asoslari,   odobnoma,   oilaviy
hayotga   tayyorlash   va   boshq.)   o‘qitilayotgan   tegishli   fan   ishchi   dasturlariga
“Barkamol   shaxs   qiyofasi” ,   “O‘spirinlarga   xos   jismoniy   va   psixologik
rivojlanish   qonuniyatlari ” ,   “ Insonga   xos   yaxshi   sifat   va   fazilatlar,   ularning
shakllanishini   ta’minlovchi   shart-sharoit   va   omillar”,   “ Yomon   illat   va
kamchiliklar  qanday   holat,  vaziyat  va  shart-sharoitlarda  shakllanadi”,   “ Yoshlar
tarbiyasidagi illat va kamchiliklarning olib keladigan oqibatlari (hayotiy misollar
asosida tahlil jarayoni)”,   “ Yoshlarda shakllanadigan mehnat motivlari va uning
xatti-harakatlardagi   ifodasi”,   “ O‘spirinlar   xulq-atvorida   mehnat   motivlari
shakllanishining   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   tarbiyaviy-psixologik   asoslari”,   “ Ehtiyoj
va   motivlar   o‘spirinlar   xulq-atvori   yo‘nalganligini   belgilovchi   asosiy   kuch
sifatida”,   “   O‘spirinlarga   xos   namunaviy   xulq-atvor   uchun   zarur   sifat   va
fazilatlarning   tasnifi,   ularni   shakllantirish   shart-sharoitlari   va   buning   uchun
mas’ul   kishilar”,   “ mehnat   javobgarlik,   jinoiy   qilmish   yoki   mehnat,   jinoiy   jazo
nima”,   “ Huquqiy   savodxonlik,   huquqiy   ong   va   huquqiy   madaniyat”,   “ O‘zbek
milliy   urf-odatlari,   an’analari   va   qadriyatlari   –   milliy   madaniyatimiz   ifodasi”
mavzular i da tizimli maxsus kurslarni joriy etish.
6. O‘spirinlar   uchun   belgilangan   o‘quv-tarbiya   dasturlarida   ular
o‘qishi zarur bo‘lgan maxsus kurslarni o‘qitish jarayonida o‘spirinlar xulq-atvori
va uni tashkil etuvchi aqliy, axloqiy-ma’naviy, huquqiy tarbiyalanganligi hamda
dunyoqarashini   diagnostikasini   maqsadli   amalga   oshirishga   yo‘nalti rilgan
ijtimoiy-psixologik   hamda   tarbiyaviy   treninglarning   ta’sirchan   ko‘rinishlari-
rivojlantiruvchi treninglar va ssenariylar majmuasidan foydalanish.
69 7. Zamonaviy o‘spirinlar xulq-atvorining standart andozasini yaratish,
unda usmirlar jismoniy va psixologik rivojlanishining yoshga xos xamda gender
xususiyatlarini,   shuningdek,   ular   taraqqiyotini   ta’minlovchi   muhim   tabiiy-
iqtisodiy,   bio-fiziologik,   ijtimoiy-hududiy,   milliy-madaniy,   tarbiyaviy-
psixologik omillar ta’sirini e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. 
70 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI :
Normotiv huquqiy hujjatlar
1. O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitusiyasi.   -   Toshkent:
O‘zbekiston, 2017. - 80 b.
2. O‘zbekiston   Respublikasining   “Yoshlarga   oid   davlat   siyosati
to‘g‘risida”gi   Qonuni,   2016   yil   14   sentyabr.   O‘zbekiston   Respublikasi   qonun
hujjatlari to‘plami, 37-son, 426-modda.
3. O‘zbekiston   Respublikasining   “Bola   huquqlarining   kafolatlari
to‘grisida”gi Qonuni, 2008 yil. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini
yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi   to‘g‘risida”gi   Farmoni.   -
Toshkent: Adolat, 2017. - 112 b.
5. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “Yoshlarga   oid   davlat
siyosati   samaradorligini   oshirish   va   O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqi   faoliyatini
qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 6 iyul.
6. O zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2019   yil   7ʼ
iyundagi   “Psixologiya   sohasida   kadrlarni   tayyorlash   tizimini   yanada
takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari
to g risidagi”gi 472-sonli Qarori.	
ʼ ʼ
7. O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “Respublika
bolalar   ijtimoiy   moslashuvi   markazini   tashkil   etish   to‘grisida”gi   419-   sonli
Qarori, 2004 yil 7 sentyabr. 
8. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   -   Toshkent:
Ma’naviyat, 2008. - 176 b.
9. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O‘zbekiston
davlatini   birgalikda   barpo   etamiz.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
lavozimiga   kirishish   tantanali   marosimiga   bag‘ishlangan   Oliy   Majlis
palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq. - Toshkent: O‘zbekistan, NMIU, 2016.
-56 b.
10. Mirziyoyev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini
71 ta’minlash   yurt   taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   O‘zbekiston
Respublikasi   Konstitusiyasi   qabul   qilinganining   24   yilligiga   bag‘ishlangan
tantanali   marosimdagi   ma’ruza.   2016   yil   7   dekabr.   -   Toshkent:   O‘zbekiston
NMIU, 2017. - 48 b.
11. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi   PF-
4947-sonli   “O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi  to‘g‘risida”gi  Farmoni.   O‘zbekiston Respublikasi  qonun
hujjatlari to‘plami. 2017. - 6 (766)-son.
12. O‘zbekiston   Respublikasi   Mehnat   kodeksi.   1994   yil   22   sentyabrdagi
2012-XII-son Qonun bilan tasdiqlangan, 01.04.1995 yildan kuchga kirgan.
13. O‘zbekiston   Milliy   Ensiklopediyasi.   3-tom.   T.:   2002,   -   704   b.,   603-
606 betlar.
14. (O‘zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlari   to‘plami,   2008-y.,   1-2-
son, 1-modda, 2009-y., 52-son, 554-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-
y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-
y.,   03/18/486/1559-son;   07.12.2019-y.,   03/19/587/4122-son;   11.03.2020-y.,
03/20/608/0278-son;   Qonunchilik   ma’lumotlari   milliy   bazasi,   21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son )
Monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar.
15. Aseyev   V.G.   Motivasiya   povedeniya   i   formirovaniya   lichnosti.
M.Izd-vo “Mыsl”, 1976, -158 s
16. Bandura A. Teoriya sosialnogo naucheniya. Monografiya - Sankt -
Peterburg: Yevraziya, 200. - 320 s
17. Barotov Sh. R. Psixologik xizmat. –   T. :  2018. -346 b.
18. G’oziyev E. G’. Umumiy psixologiya. T., 2010. -   544 bet.
19. G’oziyev E. G’., Jabborov A. M. Faoliyat va xulq-atvor 
motivasiyasi.  -  T.: 2003, -124 b.
20. Ilin Ye.P. Motivasiya i motivы. - SPb.: Piter, 2000.- 512 s
21. Ilin Ye.P. Motivasiya i motivы. - SPb.: Piter, 2000.- 512 s
72 22. Ilin Ye.P. Motivasiya i motivы. - SPb.: Piter, 2000.- 512 s
23. Kamilova N.G’ .  Xulqi og’ishgan yoshlar psixologiyasi  //  O’quv 
qo’llanma . - Tashkent, 201 7 . 176 - s.
24. Karimova   V.M.   Yoshlarda   o’zbek   oilasi   to’g’risidagi   ijtimoiy
tasavvurlar. Psix. fan. dok. diss. - T.: ToshDU, 1994. – 309 b.
25. Kovalev A.G. Motivы povedeniya i deyatelnosti. Moskva “Nauka”,
1988, -191 s
26. Leontyev   A.N.   Problemы   razvitiya   psixiki.   M.:   Izd-vo   APN
RSFSR, 1959 .
27. Lewin,   K. (1935). Dynamic Theory of Personality. N. Y.: McGraw-
Hill. P. 66-113.  
28. Lyman W. Porter   and Edward E. Lawler, Managerial Attitudes and
Performance: Homewood, III: lrwin, 1968, -432 p.
29. Maslou A. Motivasiya i lichnost. — SPb.: Piter, 2006, -324 s.
30. Maslou A. Motivasiya i lichnost. — SPb.: Piter, 2006, -324 s.
31. Merlin V.S. Leksii po psixologii motivov. – Perm, 1970, - 120 s
32. Moskovichev   S.G.   Problemы   motivasii   psixologicheskix
issledovaniyax. Izd-vo “Naukova Dumka”, Kiyev, 1975.-184 s
33. Moskovichev   S.G.   Problemы   motivasii   psixologicheskix
issledovaniyax. Izd-vo “Naukova Dumka”, Kiyev, 1975.-184 s
34. Moskovichev   S.G.   Problemы   motivasii   psixologicheskix
issledovaniyax. Izd-vo “Naukova Dumka”, Kiyev, 1975.-184 s
35. Nishanova Z.T,  va boshq.  Psixologik xizmat . - T.: 2014. - 424 b.
36. Ollport G. Lichnost v psixologii. - Moskva: Yuventa, 1998. - 345 s.
37. Qodirov U. Yoshlarni destruktiv ta’sirlardan himoyalashning 
psixologik jihatlari. - Toshkent, 2013. - 236 b.
38. Rubinshteyn   S.L.   Bыtiye   i   soznaniye.   Chelovek   i   mir.   -   Sankt-
Peterburg: Piter, 2003. - 191 s
73 39. Safayev N.S. Psixologicheskiye osobennosti nasionalnogo 
samosoznaniya studencheskoy molodyoji: Dis. d-ra. psix. nauk. - T.: UzNU, 
2005. -159 s.
40. Samarov R.S. Deviantnoye povedeniye: xarakteristika form i 
motivov. - Tashkent: VShSAP, 2004. - 30 s.
41. Shadrikov   V.D.   Proisxojdeniye   chelovechnosti.   -   Moskva:   Logos,
1999.-200 s
42. Shoumarov G’. B., Rasulova Z. A. Oila ensiklopediyasi. Toshkent –
2016. -   416 b.
43. Uznadze   D.   N.   Eksperimentalnыye   osnovы   psixologii   ustanovki.
M.: 1949
44. Vanyan   K.E.   Prosessualnыye   teorii   motivasii:   teoreticheskiye
osnovы   i   prakticheskiye   rekomendasii   //   Molodejnыy   nauchnыy   forum:
Gumanitarnыye nauki:  elektr. sb. st. po mat. XX  mejdunar. stud.  nauch.-prakt.
konf. № 1(19), 13.03.2019.
45. Vanyan   K.E.   Prosessualnыye   teorii   motivasii:   teoreticheskiye
osnovы   i   prakticheskiye   rekomendasii   //   Molodejnыy   nauchnыy   forum:
Gumanitarnыye nauki:  elektr. sb. st. po mat. XX  mejdunar. stud.  nauch.-prakt.
konf. № 1(19), 13.03.2019
46. Vasilyev   I.A.,   Magomed-Eminov   M.Sh.   Motivasiya   i   kontrol   za
deystviyem. Izd. MGU, 1991, -360 s
47. Yakobson P.M. Psixologicheskiye problemы motivasii  povedeniya
cheloveka. M., Izd-vo “Prosveщyeniye”, 1969. - 137 s
48. Yakobson P.M. Psixologicheskiye problemы motivasii  povedeniya
cheloveka. M., Izd-vo “Prosveщyeniye”, 1969. - 137 s .
49. Z. Freyd Psixologiya «Ya» i zaщitnыye mexanizmы / Per. s angl.  - 
M.: Pedagogika-Press, 1993. –   264   s .
Dissertasiya va avtoreferatlar
50. Abdumadjidova D.R. Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning
ijtimoiy-psixologik   xususiyatlari   //   Psixologiya   fanlari   bo‘yicha   falsafa   doktori
74 (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertasiya. T.: 2019, - 151 b.
51. Agapov   V.S.   Stanovleniye   ya   konsepsii   v   sisteme   duxovnыx
potrebnostey podrostkov //Avtoref. diss. kand. psixol. n. - M.:   MGU,   1994.
– 16 s.
52. Al-Xussaini   R.   X.   Krizis   lichnosti   na   rubeje   XX-XXI   vekov:
sosialno - filosofskiy analiz.  Dis. kand. filos. nauk. - Krasnodar, 2012. - S.67.
53. Baranovskiy   N.A.   Sosialn ы ye   i   lichnostn ы ye   determinant ы
otklonyayushegosya   povedeniya.   Avtoref.   dis.   dokt.   sosiol.   nauk.   -   Minsk:   IS
ANB, 2000. - 30 s.
54. Gorkovaya   I.A.   Mediko-   i   sosialno-psixologicheskiye   korrelyatы
ustoychivogo   protivopravnogo   povedeniya   podrostkov.   Avtoref.   dis.   kand.
psixol. nauk. - Sankt -Peterburg, 1998. - 48 s.
55. Imamverdiyeva M.N. Psixologicheskiye osobennosti formirovaniya
suisidalnogo povedeniya //Avtoref. diss. kand. psixol. nauk. - Baku: Bakin.GU,
2002. -19 s.
56. Kashirskiy   D.V.   Psixologiya   lichnostn ы x   sennostey.   Avtoref.   dis.
dokt.   psixolog.nauk.   -   Moskva:   Rossiyskiy   gosudarstvennny   gumanitarnmy
universitet, 2014. -27 s.
57. Kub ы shkina   M.L.   Psixologicheskiye   osobennosti   motivasii
sosialnogo uspexa//Avtoref. diss. kand. psixol. n., - M.:MGU, 1997.  - 18s.
58. Lebedeva   I.   V.   Psixologicheskiye   determinant ы   assertivnosti
lichnosti   //   Diss.   kand.   psixol.   n.   -   Krasnoyarsk:   Sibirskiy   gosudarstvenn ы y
texnologicheskiy universitet, 2014. - 204 str.
59. Norqulova   N.T.   Affiliasiya   motivi   –   talabalar   ma’naviy   qiyofasini
shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omil // Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertasiya.  T.: 2017, -
144 b.
60. Rasulova   F.F.   O‘spirinlarda   agressiv   xulq-atvor   namoyon
bo‘lishining   psixologik   xususiyatlari   //   Psixologiya   fanlari   bo‘yicha   falsafa
doktori ( PhD ) dissertasiyasi avtoreferati. T .: 2018, - 49  b .
75 61. Romek   V.G.   Uverennost   v   sebe   kak   sosialno-psixologicheskaya
xarakteristika lichnosti / Avtoref. dis. kand. ped. nauk. - Rostov n/D, 1997. -22
s.
62. Xarkova   T.P.   Obraz   Ya   i   strategii   povedeniya   lichnosti   v   trudn ы x
jiznenn ы x   situasiyax.   Dis.   kand.   psixolog.   nauk-   Krasnodar:   Kuban.   gos.   un-t,
2011. - 153 s.
63. Qodirov   O.S.   “O’smirlarda   (11-15   yosh)   jinoyat   motivlari
shakllanishining psixodiagnostikasi  va psixokorreksiyasi”  //  Psixologiya fanlari
bo’yicha   falsafa   doktori   (PhD)   ilmiy   darajasini   olish   uchun   tayyorlangan
dissertasiya. T.: 2020, - 155 b.
Internet ma’lumotlari:
64. 37570-global-muammo-dunyo-bolalarining-hayoti-qanday.html
76 ILOVALAR
Torrensning ijodiy fikrlash testlari – figurali va og’zaki
Ko’rsatma:   Boshlash   aytilmagunga   qadar   testni   ishlashni
boshlamang.
 Hech kim o’ylamaydigan narsalar haqida o’ylang.
 Imkoniyatingiz yetgunicha ko’p g’oyalar topishga harakat qiling.
 G’oyalaringizni to’ldirish uchun ularga detallar qo’shing.
 Vaqt   nihoyasiga   yetguncha   siz   vazifani   tugatsangiz   ,   siz   yana
ishingizga detallar qo’shishingiz yoki jim kutshingiz mumkin.
 Iltimos, aytilmagunicha keying vazifaga o’tmang.
Mashg’ulot   1 :   Bu   yumshoq   o’yinchoq   ayiqchani   yanada   maroq   bilan
o’ynash uchun nimalar qilish mumkin. Sizda 3 daqiqa vaqt bor. 
___________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
77 ________________________________________________________________
________________________________________________
Mashg’ulot   2:   Tasavvur   qiling,   siz   sehrgarsiz.   Siz   qanday   yangi
narsalarni yaratgan bo’lardingiz. Sizda 3 daqiqa vaqt bor.
Mashg’ulot   3:   Qalamdan   chizishdan   tashqari   foydalanish   mumkin
bo’lgan eng ko’p noodatiy usullani toping. Sizda 3 daqiqa vaqt bor.
___________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
78 ________________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
_______________________
  Mashg’ulot  4: Tugallanmagan  fi guradan  surat  hosil
qilish   uchun   unga   chiziqlar   qo’shing.   Chizgan   surat ingiz
bilan   t ugallanadigan   hik oy a   ay t ishga   harak at   qiling.
Sizda 10daqiqa v aqt  bor.
79   ∏
 
Mashg’ulot   5:   Surat   hosil   qilish   uchun   shakllarga   detallar   qo’shing.
Hech   kim   o’ylashi   mumkin   bo’lmagan   suratlarni   hosil   qilish   haqida
o’ylang. Suratlaringiz bilan to’liq bir hikoya aytish uchun uni detallar bilan
to’ldiring. Suratlaringizga sarlavha toping. Sizda 10 daqiqa bor. 
80 ----------------- ----------------- ----------------- ---------------
----------------- ---------------- --------------- ----------------
Ism: ______________________________________
Sinf: ______________________________________
Jins: ______________________________________
Tug’ilgan sana: _____________________________ 
XULOSA:
________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
________________________________________________________________
______________
81 Muloqotchanlikni umumiy darajasini aniqlash:
  1.Siz   muhim   yoki   biror   ishingiz   hal   qilinadigan   uchrashuv
arafasidasiz. Buni kutish sizning kun tartibingizni izdan chiqaradimi? 
2.Sizga birorta majlisda, yig‘ilishda, tadbirda ma’ruza qilish, axborot
berish   yoki   nutq   so‘zlash   topshirilsa,   bu   narsa   sizda   norozilik   va   o‘zini
yo‘qotish hissini qo‘zg‘otadimi?
  3.Siz   vrachning   qabuliga   borishingiz   kerak   bo‘lsa,   bu   ishni   oxirgi
daqiqagacha paysalga solasizmi? 
4.   Sizga   mutlaqo   notanish   bo‘lgan   shaharga   xizmat   safari   bilan
borishni taklif etishsa, siz bundan bo‘yin tovlash uchun hamma choralarni
ishga solasizmi? 
5.Siz o‘z hissiyotlaringiz haqida birovlar bilan o‘rtoqlashasizmi? 
6.Agar ko‘chada begona kishi sizga biror iltimos bilan murojaat etsa
(soat   necha   bo‘lganini,   biror   joygacha   bo‘lgan   yo‘lni,   biror   ma’lumotni
aytib berishni), bu narsa sizning g‘ashingizga tegadimi? 
7.Siz “kattalar va bolalar” muammosi borligiga hamda turli avlodga
mansub kishilarning bir – birlarini tushunishlari qiyinligiga ishonasizmi? 
8.Sizdan   bir   necha   oy   burun   qarzga   pul   olgan   kishiga   bu   haqda
ogohlantirishga tortinmaysizmi?
  9.Restoranda   yoki   oshxonada   sifatsiz   taom   berishsa,   siz   faqat
achchig‘ingiz   chiqib   tarelkani   surib   qo‘yish   va   indamay   turaverish   bilan
kifoyalanasizmi?   
10.Notanish   kishi   bilan   yakkama-yakka   qolsangiz,   siz   u   bilan
gaplashishni   boshlamaysiz   va   agar   u   birinchi   bo‘lib   so‘z   boshlasa,   sizga
malol keladi. Shu to‘g‘rimi? 
11.Sizga har qanday uzun navbat, u qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar,
yoqmaydi   (poliklinikada,   magazinda,   kinoteatrda,   har   qanday   kassada).
Shunday   vaziyatda   sizga   o‘z   maqsadingizga   yetish   uchun   navbatning
oxirigacha turib, qiynalib bo‘lsa ham kutasizmi? 
82 12.Janjalli   komissiyalarning   faoliyatida   qatnashishdan
cho‘chimaysizmi? 
13.Adabiyot,   san’at   va   madaniyat   boyliklarini   baholash   bo‘yicha
sizning o‘z mezon va me’yorlaringiz bor. Shuning uchun bu boradagi hech
qanday boshqa fikrlarni tan olmaysiz, shu to‘g‘rimi?
  14.Qayerdadir   bir   chekkada   sizga   yaxshi   ma’lum   bo‘lgan   biror
masala   yuzasidan   mutlaqo   noto‘g‘ri   fikr   bildirilayotganini   eshitib   siz
munozaraga kirishmay jim turishni afzal ko‘rasizmi? 
 15.Kimdir sizdan u yoki bu xizmat masalasiga aniqlik kiritishni yoki
biror   o‘quv   mavzusini   tushuntirib   berishni   so‘rasa,   sizning   kayfiyatingiz
buziladimi? 
16.Siz o‘zingizning nuqtai nazaringizni (fikringiz, bahoingizni) yozma
holda   bayon   qilishni   og‘zaki   bayon   qilishga   qaraganda   afzalroq
ko‘rasizmi?
83

O’SPIRINLARDA MEHNAT MOTIVLARI DIAGNOSTIKASI MUNDARIJA KIRISH .................................................................... ........... ..................... 3 I BOB. MEHNAT MOTIVLARI PSIXOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Psixologiya fanida motiv va motivasiya muammo si ning o‘rganilishi hamda tadqiq etilishi ..................................... .................................................……… 9 1.2. Motiv va motivatsiyaning mamlakatimiz psixologiyasida gi talqini .... ... 17 1.3. O‘spirinlarda mehnat motivlari va ta'lim olish motivatsiyalarining psixologik mexanizmlari ………………………………………………… 21 Bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………….. 27 II BOB. O‘SPIRINLARDA MEHNAT MOTIVLARI SHAKLLANISHINING P SIXODIAGNOSTIKASI 2.1. Tadqiqot bosqichlari, metodologik asoslari va metodikalarning psixologik tavsifi ..................................................................................... ................... 28 2.2. O‘spirinlarda mehnat motivlari shakllanishini ng empirik o‘rganish tahlili, shakllanganlik holati va xarakterli xususiyatlari ta vs ifi …………… …….. 34 Bob bo‘yicha xulosalar……………………………………………………. 42 III BOB. O‘SPIRINLAR HAYOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA MEHNAT MOTIVATSIYALARI DIAGNOSTIKASI 3.1. Mehnat faoliyati diagnostikasi................................................................ 44 3.2. O‘spirinlar bilan hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishning o‘ziga xos xususiyatlari va bir maqsadga yo‘nalgan tarbiyaviy ta’sir modeli............... 54 Bob bo‘yicha xulosalar…………………………………………………… 63 XULOSA .................................................................................................... 65 F OYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ............................ .. 70 1

ILOVALAR ................................................................................................. 75 2

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Jahonda inson hayotida yuzaga keladigan muammolarni shakllanish qonuniyatlarini psixologik tahlil qilish, unga nisbatan zarur psixologik chora-tadbirlarni belgilab ularga oqilona yechim topish va natijalarni to‘g‘ri baholash hamda ilmiy asosda qarorlar qabul qilish muammolarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarga alohida ahamiyat berilmoqda. Jenevada Millatlar Ligasining Beshinchi Assambleyasida qabul qilingan “Bolalar huquqi to‘g‘risidagi Deklarasiya”da[14] bolalarga jismoniy va ma’naviy rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi”, “gunoh qilgan bola to‘g‘ri yo‘lga solinishi”, “og‘ir damlarda bola mehr ko‘rib voyaga yetishi va himoya qilinishi” ta’kidlanadi. BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – Yumesko ma’lumotlariga qaraganda, bugunki kunda jahonda o‘n millionlab bolalar ta’lim olishdan mahrumligicha qolmoqda, 85 millionga yaqin bola mutlaqo o‘qish va yozishni bilmas ekan. Savodsizlik, o‘z navbatida, o‘spirinlarning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning bilib- bilmay mehnat ko‘chasiga kirib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Shunday ekan, o‘spirinlar xulq-atvorida mehnat motivlari shakllanishining sabablari diagnostikasining muhim jihatlarini izohlovchi nazariy va metodologik yondashuvlarning psixologik omillarini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar jiddiy ahamiyat kasb etadi. Xalqaro miqyosidagi ilm-fan va texnologiyalarning jadal takomillashuvi va buning natijasida ijtimoiy taraqqiyotning ham tubdan o‘zgarib borayotganligi sababli insongagina xos bo‘lgan ong va tafakkur vositasida shaxsning voqelik va undagi qonuniyatlar haqida fikr yuritishi, yoshlar ongida tushunchalar, hukmlar va xulosalar vujudga kelishi, insoniyatning hozirgi taraqqiyot bosqichida yoshlarning hayot kechirishi, turmush tarzi, o‘qishi va mehnat faoliyatidagi turli-tuman muammolarga oid tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Bolalar bo‘yicha AQSh Milliy komissiyasi tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, - “Ko‘p holatlarda bolalar arzimagan narsalar uchun va zarurat bo‘lmasa ham oilalardan 3

tortib olinib, ularni mehnatchi qilib tarbiyalanayotganligi, Germaniyada yuz berayotgan mehnatlarning teng yarmi voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotganligi aytiladi. Bolalarning giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruhlar safiga kirib qolayotgani, yoki odam organlari bilan savdo qilayotganlar qo‘liga tushib qolayotgani ham ayanchlidir. Bir qator mamlakatlarda balog‘atga yetmagan bolalar jangarilar safida qo‘liga qurol olib jang qilayotganidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi” [65]. O‘spirinlarda mehnat motivlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni psixologik jihatdan tahlil qilish hamda zaruriy psixoprofilaktik chora-tadbirlar belgilash mexanizmlarini aniqlashga hamda xulq-atvor masalalarini tadqiq etishga mazkur tadqiqot nazariy asos sifatida xizmat qilmoqda. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Psixologiyaning eng muhim kategoriyasi sifatida faoliyat va xulq-atvor motivi (motivasiya) muammosi uzoq yillardan buyon tadqiq etilmoqda. Jahon psixologiyasi fanida motivlarning yuzaga kelishi, turlari va yo‘nalganligi, xulq-atvorda ifodalanishi, subyekt faoliyatida (o‘yin, o‘qish va mehnat) va muomala-munosabat jarayonlarida shakllanishi Z.Freyd .[1] , G.Ollport .[2] , A.Maslou.[1], E.Daffi, A.Bandura .[1] , D.Berlayn .[2] , K.Pribram .[4], Nil Miller . [1] , L.Festinger .[5] , V.Kettell .[1] , Locke .[1] , Jon Steys Adams .[1] , Edvard Loulerlar. [1], ilmiy izlanishlarida keng ko‘lamda tadqiq qilingan. Biroq, mazkur tadqiqotlarda xulq motivlarining ijtimoiy shartlanganligi va ijtimoiy-psixologik mohiyati tadqiqotlarning diqqat markazidan chetda qoladi. MDH hamda rus psixologiyasida motiv va motivasiya muammolari D.N.Uznadze .[1] , S.L.Rubinshteyn .[1], L.S.Slavina ,[1], A.N.Leontyev. [1], K. Anoxi n.[1], N.A.Bernshtey n.[1], I.A.Vasilyev, M.Sh.Magomed-Emino v.[1], A.G.Kovalyo v.[1], P.M.Yakobso n.[1], S.G.Moskviche v.[1], V.D.Shadriko v.[1], B.A.Frolo v.[1], V. G. Aseye v.[1], C. Merli n.[1], L.I.Bojovic h.[1], V.I.Selivanovla r.[20], tadqiqotlarida turli nuqtai nazardan o‘rganilganligini ko‘ramiz. Chunonchi, bilish (kognitiv) jarayonlari motivasiyasi, ularning ilmiy- metodologik va o‘ziga xos xususiyatlari, mexanizmlari, faoliyat, xulq hamda 4

muomala motivasiyasi, ta’lim va kasb tanlash, kasbga moslashish, kasb motivlari dinamikasi kabi muammolar keng ko‘lamda o‘rganilgan bo‘lib, psixologiya fanida mazkur muammoga doir ilmiy-nazariy va amaliy xususiyatli boy materiallar to‘plangan. Tadqiqotning maqsadi o‘spirinlarda mehnat motivlari shakllanishining diagnostikasiga tayanib barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan ilmiy- psixologik hamda amaliy-tarbiyaviy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: - o‘spirinlar xulq-atvorida mehnat motivlari shakllanishida salbiy omillardan himoya qiluvchi (huquqiy ongni shakllantiruvchi) zamonaviy- psixologik mexanizmlar tuzilmasini ishlab chiqish; - o‘spirinlarda bir maqsadga yo‘nalgan - “uyg‘unlashgan” psixokorreksion tarbiyaviy ta’sir moduli yaratish; - o‘spirinlarda mehnat motivlari shakllanishga yo‘naltirilgan “rivojlantiruvchi” va “huquqiy ongni shakllantiruvchi” psixologik trening dasturi ishlab chiqish va samaradorligini baholash; - o‘spirinlarning individual va ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan “o‘z kuchi va jasoratini ko‘rsatuvchi” mehnat motivlarini ivojlantirishga xizmat qiluvchi uslubiy tavsiyalar majmuini ishlab chiqish. Tadqiqotning obyektini turli xil ijtimoiy demografik guruhlarga mansub bo‘lgan jami 401 nafar sinaluvchi (xulq-atvorida mehnat motivlari ifodalangan o‘spirinlar – 101 nafar (tajriba guruhlari sifatida tanlandi); xulq-atvorida mehnat motivlari ifodalanmagan o‘spirinlar – 256 nafar (nazorat guruhi sifatida tanlandi); o‘spirinlarga dars berayotgan o‘qituvchilar – 18 nafar; o‘spirin yoshlarning ota-onalari – 26 nafarni tashkil qiladi. Tadqiqotning predmeti o‘spirinlarda mehnat motivlari shakllanishi bilan bog‘liq omillar. Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda ijtimoiy psixologik so‘rovnoma (IPS), anketa, test metodlaridan: C.Rodjers va R.Daymondlar tomonidan ishlab 5