logo

Rikketsiozlar morfologiyasi, strukturasi, tarqalganligi keltirib chiqaruvchi kasalliklari laboratoriya diagnostikasi

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

904.408203125 KB
Mavzu: ,,Rikketsiozlar morfologiyasi, strukturasi, tarqalganligi
keltirib chiqaruvchi kasalliklari laboratoriya diagnostikasi.’’
REJA:
1.MAVZUNING DOLZARBLIGI.
2.NAZARIY QISM. 
     1). Rikketsiozlar haqida tushuncha .
          2).   Toshmali   terlama(tif)kasalligining   qo’zg’atuvchisi,
morfologiyasi,epidemiologiyasi,laborator   tashxisi,   davolash   va
profilaktikasi.
          3).   Endemik   (kalamushli)   toshmali   terlama   qo’zg’atuvchisi,
morfologiyasi, laborator tashxisi, davolash va profilaktikasi.
     4). Marsel isitmasi kasalligining qo’zg’atuvchisi, morfologiyasi,
laborator tashxisi, davolash va profilaktikasi.
          5).   Shimoliy   Osiyo   kanali   toshmali   terlama   qo’zg’atuvchisi,
morfologiyasi, laborator tashxisi, davolash va profilaktikasi.
          6).     Ku-isitmasi   qo’zg’atuvchisi,   morfologiyasi,
epidemiologiyasi   va   patogenezi,   laboratoriya   tashxisi,   davolash   va
profilaktikasi.
3.AMALIY QISM.
4.XULOSA.
5.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 
                                        MAVZUNING DOLZARBLIGI.
  
              Har   yili   dunyoning  turli   mamlakatlarida   rikketsiozlar   va   ular   keltirib
chiqaradigan   kasalliklarga   bag’ishlangan   turli   monografiyalar,   maqolalar,
ilmiy   ishlar   yozilmoqda.   Bu   kasallik   juda   keng   tarqalganligi,   va   aholining
ishchi kontingentini zararlashi, qiyin diagnostika qilinishidan dalolat beradi.
Rikketsiozlar keltirib chiqaradigan kasalliklar ko’pincha eng aktiv va kuchga
to’la   bo’lgan   aholi   qatlamini   zararlab,   ko’pincha   vaqtincha   yoki   butunlay
ishga yaroqsiz qilib qo’yishi mumkin.
      Riketsial infektsiyalar (rikketsioz) butun dunyoda uchraydi va bit, burga,
shomil yoki mikroskopik kana kabi ektoparazitlarning chaqishi bilan bog'liq.
Odamlarda   rikketsiyaga   bir   qancha   turdosh   bakteriya   turlari,   jumladan
Rickettsia   spp.,   Orientia   tsutsugamushi   va   O.   chuto,   Anaplasma   spp.,
Ehrlichia spp. va Neoehrlichia spp kabilar uchraydi.
Rickettsia   jinsi   odatda   dog'li   isitma   guruhiga   (HFF)   bo'linadi,   bunda
bemorlarda   isitma   va  dog'li   toshmalar   paydo  bo'ladi   va   tifoid  guruhi   (TG).
Ba'zi   tadqiqotchilar   bu   yerda   irsiy   guruhni   ham   o'z   ichiga   oladi,   ammo   bu
keng tan olinmagan.
        Rikketsiozlar   yuqumli   kasalliklar   orasida   keng   tarqalgan   bo’lib,   jahon
statistik   ma’lumotlariga   qaraganda   oxirgi   o’n   yil   ichida   yurtimizda   bu
kasallik 39,2% ga oshgan. Oxirgi yillar mobaynida ushbu kasallikni aniqlash
va   davolash   borasida   turli   ishlar   qilinayotgan   bo’lsada   ,   rikketsiozlar
mavzusi dolzarbligicha saqlanib qolinmoqda. 
Rikketsiyalar  ko'plab turlardan iborat bo'lib, ulardan 20 ga yaqini odamlarda
infektsiyaga   olib   kelishi   mumkin.     Dunyoning   turli   geografik   qismlarida
patogenning   har   xil   turlari   uchraydi:   masalan,   Rickettsia   conorii   O'rta   er
dengizi   isitmasi,   Rickettsia   australis   esa   avstraliyalik   shomil   rikketsiyasini
keltirib chiqaradi. Asosiy diagnostika omillari:
 isitma >38°C
 toshma
 qoraqo'tir
 rikketsiya bilan bog'liq limfadenopatiya
 Ko'proq asosiy diagnostika omillari:
 Xavf omillari
 tana bitlari bilan aloqa qilish
 kemiruvchilar (kalamushlar va sichqonlar) va ularning burgalari bilan aloqa
qilish
  mikroskopik Shomil chaqishi (Janubiy-Sharqiy Osiyo, Okeaniya, Shimoliy
Avstraliya)
 Ko'proq xavf omillari
Diagnostik tadqiqotlar
 Tadqiqot birinchi bo'lib ko'rsatilgan
 batafsil qon tekshiruvi
 Jigar funktsiyasi testlari
 sarum elektrolitlari
 C-reaktiv oqsil (CRP)
 Ko'proq tadqiqotlar birinchi bo'lib ko'rsatilgan
 Ko'rib chiqish uchun tadqiqot
 ko'krak qafasi rentgenogrammasi
 Doksisiklin bilan sinov terapiyasi
 bakteriologik tadqiqotlar
 immunogistokimyoviy tadqiqot
        Oxirgi   paytlarda   oziq-ovqat   saqlanadigan   omborlarga,   aholi   ovqatlanish
joylarida   dizenfeksiya,   deratizatsiya   ishlariga   befarqlik   ortib   ketgan.   Shu
sababli   kemiruvchilar   orqali   bu   kasalliklarni   yuqish   ehtimoli   ortgan.
Ayniqsa,   ko’chalarda   daydi   itlarning   ko’payishi   ham   bunga   yaqqol   misol
hisoblanadi.
                                    
                                    NAZARIY QISM.
 
           Rikketsiyalar mayda, bakteriyasimon, grammanfiy mikroorganizmlar
bo’lib,  Rickettsiales   turkumiga  kiritilgan.  U Rickettsiaceae,   Bartonellaceae,
Anaplasmataceae   oilalaridan   iborat.   Ko’pchilik   rikketsiyalar   zararsiz
mikroorganizmlarga   kiradi.   Ularning   50   dan   ortiq   turi   bo’g’imoyoqlilar
ichagi   va   so’lak   bezlaridan   topilgan.   Odam   organizmida   kasallik
qo’zg’atadigan   rikketsiyalar   ancha   kam.   Ular   turli   bo’g’imoyoqlilar
organizmida yashab qolmay, odam  va boshqa sutemizuvchilar  organizmiga
tushadi va u yerda o’ziga xos patalogik jarayonni yuzaga keltiradi.
      Rickettsiaceae   oilasiga   odam   organizmida   kasallik   keltirib   chiqaradigan
3ta   urug’:   Ricketsia,   Rocha   Limae,   Coxiella   kiradi.   Bu   oilaga   mansub
rikketsiyalar   kokksimon   yoki   tayoqchasimon,   ko’pincha   shakli
o’zgaruvchan(polimorf)   bo’lib,   xivchinsiz,   hujayra   devorining
tuzilishigrammanfiy   bakteriyalarning   hujayra   devoriga   o’xshash.
Rikketsiyalar hujayra ichi parazitlari bo’lgani uchun sun’iy oziq muhitlarda
o’smaydi.
   Rikketsiyalar organizmda endotoksinga o’xshash oqsil tabiatli , o’ziga xos
zaharli   moddalar   ishlab   chiqaradi.   U   juda   chidamsiz   bo’lib,   turli   fizik-
kimyoviy omillar ta’sirida tez, 60*C da 30 daqiqada, xona haroratida 10-12 soatda   yemiriladi,   -60,-70*C   da   yaxshi   saqlanadi.   Formalin   ta’sirida   yoki
qizdirilganda zaharliligini yo’qotib, antigenli xususiyatini saqlab qoladi. Bu
xususiyati ekzotoksinga xos.
      Rikketsiyalar   quyon   va   qo’y   eritrotsitlarini   gemoliz   qilish   xususiyatiga
ega, ammo odam eritrotsitlarini gemolizlamaydi.
    Kasallik   jarayonida   bemor   organizmida   kuchli   immunologic   o’zgarishlar
yuzaga   keladi.   Buni   agglutinatsiya,   neytrallash   va   komplementni   biriktirib
olish reaksiyalari yordamida aniqlanadi.
      Odam   va   hayvonlarda   rikketsiyalar   qo’zg’atadigan   yuqumli   kasalliklar
guruhi   rikketsiozlar   deb   ataladi.   Ular   dunyoning   hamma   mamlakatlarida
uchraydi.   Bulardan   toshmali   terlama   va   volin   isitmasi   epidemik
antroponozlar   bo’lib,   kasallik   manbai   bemor   va   rikketsiya   tashuvchilar
hisoblanadi,   kasallik   odamlarga   bitlar   orqali   o’tadi.   Qolgan   rikketsiozlar
tabiiy   manbali   endemik   zoonozlar   bo’lib,   qo’zg’atuvchilari   ba’zi
sutemizuvchi   hayvonlar   organizmida   saqlanadi   va   qon   so’ruvchi
bo’g’imoyoqlilar:   kanalar,   burgalar   va   kanalarning   tuxumlari   orqali   o’tadi.
P.F.Zdrodovskiy   bo’yicha   rikketsiozlar   5guruhga   bo’linadi.   Epidemik
toshmali   terlama(tif),   kanali   dog’li   isitma,   sutsugamushi,   Ku-isitmasi   va
paraksizmal rikketsiozlar. 
           Toshmali terlama(tif) kasalligining qo’zg’atuvchisi
   
        Toshmali yoki tepkili terlama(typhys exanthematicus) ko’proq qon 
tomirlar va markaziy nerv sistemasing zararlanishi hamda o’ziga xos isitma 
va terida toshmalar toshishi bilan kechadigan o’tkir yuqumli kasallik.
   Provachek rikketsiyalari(Rickettsia prowazekii)qo’zg’atadi. Birinchi marta
1909-1910-yillarda amerikalik olimlar G.Rikkets va R.Uilder Meksika 
toshmali terlamasi bilan kasallangan bemor qonidan  mayda,harakatsiz,bipulyar mikroorganizmlarni, keyinchalik, chex 
tadqiqotchisi S.Provachek toshmali terlama bilan kasallangan bemorning 
qonida RomanovskiyGimza bo’yog’I bilan yaxshi bo’yaladigan, ovalsimon 
va bir oz cho’zilgan tanachalarni aniqladi. Lekin bu ishlar ikkala muallifning
o’limi bilan yakunlanganligi uchun tugallanmadi. Braziliyalik olim 
G.X.Roxa-Lima o’zining ko’p yillik tadqiqotlari davomida toshmali terlama 
qo’zg’atuvchisi bitlarning me’da epiteliy hujayralarida parazitlik qilib, 
ularning najasi orqali tashqariga chiqishini aniqladi va uni o’ziga xos 
hujayra ichi paraziti degan xulosaga keldi. U tadqiqotchining nomi bilan 
Provachek rikketsiyalari deb ataldi.
                
           Morfologiyasi.  
     
         Provachek  rikketsiyalari hujayra ichida yashaydigan, 
bakteriyasimon,harakatsiz, grammmanfiy, shakli o’zgaruvchan 
mikroorganizmlar bo’lib, uning kokksimon, tayoqchasimon, batsillyar va 
ipsimon shakllari mavjud. Ularning o’lchami o’rtacha 0,2-40mkm.kengligi 
0,3-0,6mkm. Elektron mikroskop ostida Provachek rikketsiyalarida 
mikrokapsula, hujayra devoir va sitoplazmatik membrana borligi 
aniqlangan. Spora hosil qilmaydi. P.F.Zdrodovskiy usuli qo’llanilganda tiniq
qizil rangga bo’yaladi.          
          Epidemiologiyasi.  
    
         Toshmali terlama haqiqiy antroponoz kasallik hisoblanadi. Kasallik 
manbai faqat odamlar. Ular kasallik yashirin davrining oxirgi 2-3 kunidan to
harorat tushib, 7-8 kun o’tguncha, hammasi bo’lib 20 kungacha xavfli 
hisoblanadi. Infeksiya bemordan sog’lom odam organizmiga transmissiv 
yo’l ya’ni bitlar, ba’zan kiyim biti(Pediculus vestimenti), ba’zan bosh 
biti(Pediculus capitis) orqali o’tadi.
   Bemor qonini so’rgan bit sog’lom odamlarga 4-5 kundan keyin zararli 
hisoblanadi. Bu davr ichida bemor qoni bilan bitning ovqat hazm qilish 
yo’liga tushgan Provachek rikketsiyalari epiteliy hujayralarida tez ko’paya 
boshlaydi, ular ma’lum miqdorga yetgandan so’ng, epiteliy hujayralari 
yorilib, rikketsiyalar bitning najasi bilan tashqariga chiqadi va qaysi 
odamning organizmida parazitlik qilayotgan bo’lsa, o’sha odamning terisi va
ichki kiyimlarini ifloslantiradi. Zararlangan bit rikketsiyalarni hayotining 
oxirigacha o’zida saqlashi mumkin. Bitning hayoti 40-50 kun bo’lgani 
uchun, nazariy jihatdan bitning odam uchun zararli davri 30-40 kunga to’g’ri
keladi. Amalda bu davr qisqa bo’lib, bitning o’zi rikketsioz infeksiyadan 
keyin 7-8 kundan so’ng halok bo’ladi.
          Patogenezi .
         Provachek rikketsiyalari bilan zararlangan bit sog’lom odam  terisiga 
o’z najasi bilan ko’p miqdorda qo’zg’atuvchilar ajratadi. Bit chaqqan joy 
qichishadi, odam qashinganda , u yerga bitlar ajratgan rikketsiya aralash 
axlat kiradi, odam qoniga tushgach butun organizmga tarqaladi.
    Qonda qo’zg’atuvchining bir qismi zaharli modda – endotoksin ajratadi, u 
organizmga zaharlovchi ta’sir ko’rsatadi. Qolgan qismi mayda 
kapillarlarning endoteliy qavatida ko’payadi va o’ziga xos gistologik  o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Endovaskulit va tromb hosil qilishdan tashqari 
mayda tomirlarning tuzilishini buzadi. Qon tomirlarda qon oqishi 
qiyinlashadi va qon quyuladi. Toshmali terlamada mayda qon tomirlar 
atrofida “mufti” kabi o’rab olgan hujayralar to’plami – granulemalar paydo 
bo’lishi ham xarakterli. Bu o’zgarishlar ayniqsa , uzunchoq miya va 
markaziy nerv sistemasining boshqa bo’limlariga xos. Nerv sistemasi bilan 
bog’liq o’zgarishlar , qon aylanishining buzilishi, meningoensefalit 
rivojlanishi, kasallikning 4-6 kunlarida mayds (rozeola va petexiya) 
toshmalar toshishi trombovaskulitlar va arteriola hamda kapillarlar stazi 
bilan izohlanadi.
   Provachek rikketsiyalarining zahari nerv sistemasi faoliyatini buzadi va 
qon tomirlar pareziga olib keladi. Kasallik haroratning  ko’tarilishi, 
organizmning zaharlanishi, nerv, yurak-tomir va boshqa sistemalarning 
jarohatlanishi bilan kechadi. Kasallikning kechishiga qarab uning yengil, 
o’rtacha og’rlikdagi va og’ir shakllari farqlanadi.
                Laboratoriya tashxisi. 
      Bunda 2xil usuldan foydalaniladi:
Serologik   usul .   Provachek   rikketsiyasi   antigeni   bilan   agglutinatsiya
reaksiyasi,   komplementni   bog’lash,   bilvosita   gemagglutinatsiya   reaksiyasi,
immun nurlanish reaksiyalaridir.
Rikketsiya   toksinini   neytrallash   reaksiyasi   yuqori   sezuvchan   va   maxsus
bo’lib,   murakkabligi   tufayli   kam   qo’llaniladi.   Kasallikni   darhol   aniqlash
uchun   Nobl   va   Minkevichning   qon-tomchi   reaksiyasidan   foydalanish
mumkin.
Biologik usul.   Dengiz cho’chqalari va oq sichqonlarni zararlash. Kasallikni
endemik   toshmali   terlama   kasalligidan   farqlash   uchun   erkak   dengiz
cho’chqachalari   zararlantiriladi.   Epidemik   toshmali   terlamada   dengiz
cho’chqachasining harorati ko’tariladi, lekin periorxit kuzatilmaydi.
                   
                Davolash va oldini olish.
        Toshmali terlamani davolash kompleks  va qat’iy individual tarzda olib
boriladi.   Kompleks   davolash   kasallikning   sababiga   qarshi   (etiotrop),
patogenetik   va   boshqa   belgilarga   qarshi   chora-tadbirlarni   o’z   ichiga   oladi.
Bunda tetrasiklin qatoriga kiradigan antibiotiklar (tetrasiklin, xlortetrasiklin,
oksitetrasiklin   va   levomitsetin   guruhi   xloramitsetin,   xloramfenikol,
xlorotsid)   qo’llaniladi.   Patogenetik   davolash   esa   intoksikatsiyaga   qarshi,
yurak-tomir va nerv sistemasi faoliyatini tiklashga qaratilgan bo’ladi.
Kasallikni   oldini   olish   uchun   umumiy   va   xususiy   chora-tadbirlar   ko’riladi.
Umumiy tadbirlarga ommaning sanitariya madaniyatini oshirish, bitliqilikka
qarshi   kurash,   bemorni   kasalxonaga   yotqizish,   bemor   bilan   muloqotda
bo’lganlarni kuzatish va boshqalar kiradi. Xususiy oldini olish uchun burun
orqali   (intranazal)   zararlangan   sichqonlarning   o’pkasidan   tayyorlangan
quruq,   tirik   kombinatsiyali   vaksina(JKSV-E)   ishlatiladi.   Hozirgi   paytda
Provachek   rikketsiyalarining   yuzaki   antigenidan   tayyorlangan,   tozalangan
va konsentrlangan kimyoviy vaksinasi olingan.
        Endemik(kalamushli) toshmali terlama qo’zg’atuvchisi
  
                    Endemik   toshmali   terlama   Muzer   rikketsiyalari   qo’zg’atadigan
sichqonlar va kalamushlar orqali yuqadigan, o’tkir sporadic yuqumli kasallik
bo’lib,   siklik   kechishi   va   terida   mayda   toshmalar   paydo   bo’lishi   bilan
xarakterlanadi. Morfologik,   biologic,   irsiy,   antigenlik   va   immunologik   xususiyatlari   bilan
Provachek   rikketsiyalariga   juda   yaqin,   ammo   shakli     kam   o’zgaruvchan.
P.F.Zdrodovskiy   bo’yicha   karbol-fuksin   bilan   yoki   Romanovskiy-Gimza
bo’yicha   azur-eozin   bilan   bo’yab   ko’rilganda,   Muzer   rikketsiyalari   qizil
rangda   kokksimon   yoki   mayda   tayoqchasimon   shaklda   ko’rinadi.   Ular
Provachek   rikketsiyalaridan   3   baravar   kichik,   o’lchamlari   0,35-0,6   va   0,7-
1,3 mkm, shakli o’zgarib turadi, lekin Provachek rikketsiyalaridan farq qilib,
yirik tayoqchasimon va ipsimon shakllarni ham hosil qilishi mumkin.
      Muzer   rikketsiyalari   hujayra   devoir   tarkibida   oqsillar,   yog’lar,
polisaxaridlar,   fosfor,   nuklein   kislotalari   va   vitaminlardan   tashqari,   yashil
suv o’tlari va bakteriyalarga xos bo’lgan muram va diaminpimelin kislotalari
borligi   aniqlangan.   Muzer   rikketsiyalari   uchun   hujayradan   ajralmagan
zaharki   substansiya   borligi   va   gemolitik   xususiyatlar   xarakterlidir.   Muzer
rikketsiyalari   Provachek   rikketsiyalari   kabi   2xil   antigen   tutadi:   xususiy,
turga   xos,   haroratga   chidamsiz,   efirda   erimaydigan,   ularni   bir-biridan
serologik   ajratishga   imkon   beradigan   antigen   va   umumiy,   turga   xos
bo’lmagan, yuzaki joylashgan, haroratga chidamli, efirda eriydigan antigen.
Muzer rikketsiyalari rivojlanayotgan tovuq embrionining sariqli qopchasida,
oq sichqonlar o’pkasida va bir qavatli, tripsinlangan qorin pardasi epiteliysi
hosilalarida o’stiriladi. 
    Endemik   toshmali   terlama   qo’zg’atuvchisi   boshqa   rikketsiyalar   kabi
obligat   hujayra   ichi   paraziti   bo’lib,   zararlangan   hujayra   sitoplazmasida
ko’payadi.   Ular   rivojlanish   jarayonida   hujayra   sitoplazmasini   to’liq
egallaydi   va   “Muzer   hujayralari”   deb   atalgan   o’ziga   xos   to’plamlar   hosil
qiladi.   Muzer   rikketsiyalari   tashqi   muhit   ta’siriga   chidamsiz,   ammo
Provachek rikketsiyalariga nisbatan chidamliroqdir.       Endemik   toshmali   terlama   mayda   yovvoyi   kemiruvchi   hayvonlar   ichida
tarqalgan yuqumli zoonoz kasallik; kulrang, qora kalamushlar va sichqonlar
qo’zg’atuvchilarning   tabiiy   manbalari   hisoblanadi(Rattus   norvegicus,
Mus.decumans,   R.   alexandricus).   Ular   bir-biriga   yaqinlashganda,
zararlangan   hayvonlarning   siydigi   bilan   ifloslangan   ovqatlarni   yeganda,
kalamush   burgalarining   najaslari   orqali   yoki   ektoparazitlarni   iste’mol
qilganda   zararlanadilar.   Aerogen   yo’l   bilan   yoki   jarihatlangan   teri   orqali
ham   zararlanadilar.   Kemiruvchilarning   ektoparazitlari   (burga,   bit,   kanalar)
zararlangan  hayvonlar  qonini  so’rganda zararlanishi  mumkin. Rikketsiyalar
ularning ichagida ko’payib, najasi bilan ko’p miqdorda ajraladi.
     Endogen toshmali terlama kemiruvchilardan odamalarga quyidagi yo’llar
bilan yuqadi.
Aloqa yo’li, zararlangan burgalar najasi tekkanda yoki qashinganda.
Aerogen yo’l, zararlangan najas yuqori nafas yo’llariga tushganda.
Alimentar   yo’l,   zararlangan   kemiruvchilar   siydigi   bilan   ifloslangan   oziq-
ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganda.
Transmissiv yo’l, kemiruvchilarda parazitlik qiluvchi kanalar orqali.
Kasallik   ,asaosan,   kemiruvchilarga   yaqin   bo’ladiganlar:   oziq-ovqat
mahsulotlari   korxonalari   ishchilari,   sotuvchilar,   omborxona   xodimlari,
kemiruvchilaar bo’lgan xonadonlar va boshqalarda uchraydi.
                    Laboratoriya tashxisi.  
              Xususiy   diagnostikum   bilan   qo’yilgan   agglutinatsiya   reaksiyasi
o’tkaziladi.   Bunda   Muzer   antigeni   bilan   reaksiyaning   titri   Provachek
antigeni   bilan   o’tkazilgan   reaksiyaning   titriga   nisbatan   3-4   marta   ortiq
bo’ladi.   Laboratoriya   sharoitida   keng   qo’llaniladigan   va   eng   ishonchli   usul
komplementni   bog’lash   reaksiyasi,   bunda   komplementni   biriktiruvchi
antitelolar   bemor   qonida   kasallikning   6-7-kunidan   boshlab   aniqlanadi,   14-
16-kunga   kelib   titri   ortadi   va   kasallikning   20-27-kunlarida   eng   yuqori
darajaga yetadi.
Epidemik toshmali terlamani endemik   toshmali terlamadan farqlash uchun
Provachek   va   Muzer   rikketsiyalari   antigenlari   bilan   serologik   testlar
o’tkaziladi.   Bunda   gomologik   antigenlar   bilan   geterologik   antigenlarga
nisbatan   ancha   yuqori   titrlar   aniqlanadi.   Agar   serologik   testlar   bilan
farqlashning   iloji   bo’lmasa,   oq   kalamush   yoki   dengiz   cho’chqachasining
erkagi   qorin   bo’shlig’iga   bemor   qoni   yuboriladi.   Endemik   toshmali terlamada   1-4   kun   ichida   haroratning   ko’tarilishi   va   periorxit   (“scrotal
fenomen”) kuzatiladi.
Kasallikning   oldini   olish   uchun   dizenfeksiya,   deratizatsiya   chora-tadbirlari
o’tkaziladi.   Davolashda   tetrasiklin   va   levomitsetin   guruhi   antibiotiklaridan
foydalaniladi.
       
                      Marsel isitmasi kasalligining qo’zg’atuvchisi
              Marsel   isitmasi   (Marseilles   fever)   R.conori   qo’zg’atadigan   o’tkir
yuqumli   kasallik   bo’lib,   birlamchi   affect   (qattiqlik)ning   borligi,   harorat
ko’tarilishi,   limfa   tugunlarining   zararlanishi   va   o’ziga   xos   toshmalar
(makulo-populez)   toshishi   bilan   xarakterlanadi.   Marsel   isitmasining
qo’zg’atuvchisi   R.conori   1910-yilda   A.Konor   va   A.Brux   tomonidan   bayon
etilgan.   Qo’zg’atuvchining   o’ziga   xos   tomoni   shundaki,   ular   faqat   hujayra
sitoplazmasida emas, balki yadrosida ham ko’paya oladi.
Marsel   isitmasi   qo’zg’atuvchisi   uzunligi   0,3-0,8   mkm   bo’lgan
kokkobakteriyalar   bo’lib,   ba’zan   yirik   batsillyar   va   ipsimon   shakllari   ham
uchraydi,   grammanfiy.   P.F.Zdrodovskiy   usuli   bilan   qizil   rang   bo’yaladi.
To’qima hosilalarida, rivojlanayotgan tovuq embrionining sariqli qopchasida
va   laboratoriya   hayvonlarining   zararlangan   mezoteliy   hujayralarida   yaxshi
o’sadi.   Ko’payish   2kundan   so’ng   boshlanadi.   Ayniqsa   ,   5-6-kunlari   ularni
ko’plab   aniqlash   mumkin.   O’zak   ichida   ko’payish   jarayonida   R.sibirica
kabi, bo’lingandan  so’ng kuchayadigan  faol  harakatga  ega.  Marsel  isitmasi
qo’zg’atuvchisi   hujayra   sitoplazmasida   tarqoq   holda   joylashadi   va   hech
qachon   Provachek   rikketsiyalari   kabi   sitoplazmani   to’liq   egallamaydi.
R.conori   qoya   tog’   dog’li   isitmasi,   Shimoliy   Osiyo   toshmali   terlamasi   va
vezikulyar rikketsioz qo’zg’atuvchilari bilaan immunologic o’xshashdir.
Marsel   isitmasi   qo’zg’atuvchilariga   laboratoriya   hayvonlaridan:   dengiz
cho’chqachalari,   oq   sichqonlar,   kalamushlar,   maymunlar,   quyonlar,
olmaxonlar moyil.
Marsel  isitmasi  endemik,  tabiiy manbali  rikketsiozdir. Rikketsiyalar  manba
va saqlanadigan joyi itlar kanasi Rhinocephalus sanguineusdir. Shuningdek ,
Rh.eversi,   Rh.appendiculatus   va   boshqa   kanalar   ham   tabiiy   manbalar
hisoblanadi,   ularning   voyaga   yetganlari   tuxumlari   va   nimfalarida   ham
qo’zg’atuvchilar bo’ladi. Qo’zg’atuvchilar kanalar organizmida 1,5 yilgacha
saqlanadi va transovarial yo’l bilan beriladi. 
   Marsel isitmasi yil fasllariga bog’liq bo’lib, may, oktabr oylarida, ayniqsa,
yozda   ko’proq   uchraydi,   chunki   itlardagi   kanalar   yoz   oylarida   ko’payadi. Marsel isitmasi bilan ko’proq it boqadiganlar, issiq paytlarda ko’proq yerda
o’tiradigan odamlar kasallanadi.
   Rikketsiyalar asosan, transmissiv yo’l bilan yuqadi. Bundan tashqari, aloqa
yo’li   bilan,   tananing   har   xil   joylariga,   ayniqsa,   jarohatlangan   teriga,
konyuktiva   yoki   burun   shilliq   pardasiga   ezilgan,   zararlangan   kanalar
surtilganda, o’tishi mumkin.
     Kana chaqqandan keyinroq qo’zg’atuvchi tushgan joyda “qora dog’” deb
ataladigan   birlamchi   affect   hosil   bo’ladi.   So’ngra   2-3   mm   li,   markazi
qoraygan   (nekroz)   yallig’lanish   sohasi   yuzaga   keladi.   U   yerdan
qo’zg’atuvchi yaqin atrofdagi limfa tugunlariga kirib, ko’payadi, to’planadi
va   regionar   limfadenitga   sabab   bo’ladi.   So’ngra,   limfa   tugunlari   to’sig’ini
buzib,   qonga   o’tadi   va   butun   organizmga   tarqaladi,   rikketsiyemiya   va
toksinemiya kuzatiladi. U esa, o’z navbatida, qon tomirlarning o’zgarishiga
olib keladi. Marsel isitmasi kasalligida allergik omil muhim ahamiyatga ega
bo’lib,   bu   holatda   tanada,   oyoq-qo’llarda   xarakterli(makulo-papulez)
toshmalar toshishida namoyon bo’ladi.
                               Laboratoriya tashxisi. 
        Immunologik va biologik usullar qo’llaniladi. Serologik reaksiyalardan
komplementni bog’lash, bilvosita gemagglutinatsiya reaksiyalari va immune
nurlanish   reaksiyasidan   foydalaniladi.   Organizmning   hujayra   immuniteti
holatini,   asta-sekin   rivojlanadigan   yuqori   sezuvchanlikni   aniqlash   uchun
makrofaglar migratsiyasini to’xtatish reaksiyasidan foydalaniladi. 
      Rikketsiyalarni   bemor   qonidan,   toshmalardan,   itlardan   terib   olingan
zararlangan   kanalardan   ajratib   olingan   so’ngra   material   erkak   dengiz
cho’chqachalarining   qorin   bo’shlig’iga   yuboriladi.   Zararlangan   moyak
mezoteliy hujayralarining o’zagida rikketsiyalarning ko’payishi kasallikning aniqligini tasdiqlaydi. Kasallikni oldini olish uchun Marsel isitmasi endemik
o’choqlarida   hamma   itlar   hisobga   olinadi   va   dizenfeksiya   chora-tadbirlari
o’tkaziladi. Davolash toshmali terlamani davolash kabi o’tkaziladi.
  
          Shimoliy Osiyo kanali toshmali terlama qo’zg’atuvchisi
    
          Shimoliy   Osiyo   kanali   toshmali   terlama   (ixodo-rickettsiosis   asiatica)
R.sibirica   tomonidan   kuzatiladigan   o’tkir   yuqumli   kasallik   bo’lib,   bezarar
o’tishi,   birlamchi   affektning   borligi,   limfa   tugunlarining   kattalashishi   va
bora-bora har xil tarqoq toshmalar toshishi bilan xarakterlanadi. 
   Shimoliy Osiyo kanali toshmali terlama qo’zg’atuvchisi Rickettsia sibirica
Zdrodovskiy(1948-y)   zararlangan   moyakning   mezoteliy   qavatida   aniq
ko’zga   tashlanadigan     o’zak   ichida   ko’payish   fenomenini   bergan
(E.M.Golinevich,   1948-y),   ammo   o’zining   morfologik,   antigenlik,
immunologik va eksperimental tavsifi bilan R.rickettsii va R.conoriga yaqin
turadi. Boshqa patogen rikketsiyalar kabi shakli keskin o’zgaruvchan bo’lib,
kalta(0,7-2,5)   va   uzun   tayoqchasimon   yoki   batsillar   (3-5   mkm   gacha)
shakllari   ko’roq   uchraydi.   P.F.Zdrodovskiy   usulida   fuksin   bilan   bo’yab
ko’rilganda,   ravshan   qizil   rangga   bo’yaladi.   Ular   tarkibida   mikrob   tanasi
bilan   mustahkam   bog’langan   zaharli   substansiyalar   saqlaydi.   Boshqa
rikketsiyalar kabi past haroratda va quritilganda yaxshi saqlanadi.
     Kanali  rikketsioz  rikketsiyalari   tovuq embrioni  va  to’qima  hosilalaridagi
hujayralar   sitoplazmasi   va   yadrosi   ichida   ko’payadi.   Bunda   bo’linayotgan
hujayralar   faol   harakat   qilish   xususiyatiga   ega.   Rivojlanish   vegetativ
(bo’linayotgan   va   harakatchan)   va   tinch   holatda   (harakatsiz)   boradi.
Harakatchan   shakllari   xivchinsimon   hosilalar   saqlaydi.   Antigen   tuzilishi bilan   Provachek   ,   Muzer   va   Bernet   rikketsiyalaridan   farq   qiladi.   Protey
OX19   bilan   umumiy   antigen   tutadi.   Rikketsiyalarning   tabiiy   manbalari   30
dan   ortiq   har   xil   mayda   yovvoyi   hayvonlar-   olmaxon,   dala,   o’rmon   va   uy
sichqonlari,   kulrang   kalamushlar   va   boshqalar   hisoblanadi.   Dermacentor
urug’iga mansub kanalarning 20dan ortiq turi ham tabiiy manbalarni tashkil
qiladi. Qo’zg’atuvchilar kemiruvchilardan hayvonlarga kanalar orqali o’tadi.
Rikketsiyalar kanalarda transovarial yo’l bilan berilishi ham aniqlangan.
      Odam   transmissiv   yo’l   bilan   (kanalar   chaqqanda)   zararlanadi.   Kasallik
ko’pincha,   bahor-yoz   oylariga   to’g’ri   keladi,   chunki   may-iyun   oylarida
tabiiy   manbalardagi   kanalar   faollashadi.   Kasallik   yakka-yakka   (sporadic)
holda uchraydi, asosan, katta yoshli odamlar kasallanadi, ammo yosh bolalar
va   qari   odamlar   ham   kasallanishi   mumkin.   Laboratoriya   sharoitida   odam
rikketsiyalar bilan ifloslangan materialni jarohatlangan teriga surtganda ham
zararlanishi mumkin. 
      Kasallik   patogenezi   epidemik   toshmali   terlama   patogeneziga   o’xshash,
ammo   ayrim   o’ziga   xos   tomonlarga   ega.   Ko’pincha   bemor   organizmiga
qo’zg’atuvchi   tushgan   joyda   birlamchi   affekt   hosil   bo’ladi   va   u   yerda
rikketsiyalar   ko’payadi.   Keyin   limfa   yo’llari   orqali   tugunlariga   tushadi   va
regionar   limfadenit   rivojlanishiga   sabab   bo’ladi.   Jarohatlangan   limfa
tugunlari   orqali   rikketsiyalar   qonga   o’tadi   va   qon   tomirlarning   endoteliy
qavatiga   kirib,   ko’payadi,   rikketsiyemiya   va   toksemiya   ro’y   beradi.   U
epidemik   toshmali   terlamadagi   kabi,   lekin   kamroq   namoyon   bo;lgan,   qon
tomirlarning morfologik va funksional o’zgarishlariga olib keladi.
      Kasallikning   yashirin   davri   3-5   kun.   Bemorda   harorat   39-40C   ga
ko’tariladi.   Kasallikning   3-4   kunida   terida,   ba’zan   yuz,   bo’yin,   kaft   va
tovonda   toshmalar   paydo   bo’ladi.   Toshma   rozeola-papulasimon,   og’ir
hollarda gemorragik(qon quyilishi) xarakterga ega bo’lishi mumkin.
                              Laboratoriya tashxisi.
            Bunda serologik va biologik usullardan foydalaniladi. Serologik usulda
xususiy,   korpuskular   (“butun”)   antigen   bilan   komplementni   biriktirib   olish
va   bilvosita   gemagglutinatsiya   va   bilvosita   gemoliz   reaksiyalaridan
foydalaniladi.   Noaniq   hollarda   dengiz   cho’chqachalarining   qorin
bo’shlig’iga bemor qoni yuboriladi, oradan 6-10 kun o’tgach ularda harorat
ko’tarilishi   va   orxit   (“scrotal   fenomen”)   kuzatiladi.   Moyak   to’qimasidan
surtma   tayyorlab   ko’rilganda,   rikketsiyalar   borligi   aniqlanadi.   Keyingi
paytlarda   bu   kasallikni   aniqlashda   lyuminessent-serologik   usul   ham   keng qo’llanilmoqda.   Kasallikni   oldini   olish   uchun   kanalar   hujumidan   himoya
qilish   va   ularga   qarshi   kurash   chora-tadbirlari   ko’riladi.   Davolashda
tetrasiklin qatoriga kiradigan antibiotiklardan foydalaniladi.
                        
                            Ku-isitmasi qo’zg’atuvchisi
   
         Ku-isitmasi (Q-fever) o’ziga xos zoonoz rikketsioz bo’lib, haroratning
ko’tarilishi,   umumiy   zaharlanish,   har   xil   a’zo   va   sistemalarning
jarohatlanishi bilan xarakterlanadigan kasallik.
      Kasallik   birinchi   marta   1933-yili   Avstraliyaning   Kvinslend   shtatida
qushxona ishchilari orasida qayd etilgan. 
    O’zbekistonda   Ku-isitmasi   1950-yilda   N.I.Xodukin   va   V.A.Lisunkinalar
tomonidan   (Sobiq   Ittifoqda   birinchi   bo’lib)   ajratib   olingan   va   ularning
Bernet   rikketsiyalari   ekanligi   virusologiya   institutida   aniqlangan.   Ku-
isitmasi qo’zg’atuvchisi Coxiella urug’iga, Rickrttsiaceae oilasiga kiritilgan.
Chet   ellarda   ko’proq   Coxiella   burneti   deyiladi,   bizning   mamlakatimizda
R.burneti deb ataladi.
                                       Morfologiyasi . 
            Bernet   rikketsiyalari   mayda,   sharsimon   yoki   tayoqchasimon   shaklda
bo’lib, polimorf, harakatsiz, kattaligi 0,25-0,5 mkm dan 0,25-1,5 mkm gacha
bo’lgan   mikroorganizmlardir.   Ular   ikkitadan,   bo’lingan   ip  kabi   zanjir   hosil
qilib,   hujayra   ichida   va   hujayradan   tashqarida   joylashishi   mumkin.   Ular
grammanfiy,   Romanovskiy-Gimza   va   Zdrodovskiy   usullarida   yaxshi
bo’yaladi.   Birinchi   usulda   qizil-safsar,   ikkinchisida   esa   qizil   rangga   kiradi.
Morozov   usulida   bo’yalganda,   to’q   jigarrang   yoki   qora   rangda   ko’rinadi.
Bernet   rikketsiyalari   har   xil   to’qima  hosilalarida   yaxshi   o’sadi.   Eng   yaxshi
usul   tovuq   embrionining   sariqli   qopchasida   o’stirish   hisoblanadi.   Embrion
zararlangan   so’ng   5-8   kunda   halok   bo’ladi.   Bernet   rikketsiyalariga
laboratoriya   hayvonlaridan   eng   sezgiri-   dengiz   cho’chqachalaridir.   Boshqa
hayvonlarda   ham   (oq   sichqonlar,   kalamush,   maymun   va   boshqalar)   Ku-
rikketsioz paydo qilishi mumkin.    Bernet rikketsiyalari odddiy bo’linish yo’li bilan hujayra ichida ko’payadi.
Ular   hujayra   sitoplazmasida   vakuola   bilan   o’ralgan,   sharsimon   va
tayoqchasimon   shakllardan   tashkil   topgan   koloniyalar   hosil   qiladi.   Bu   Ku-
rikketsioz   uchun   xarakterlidir.   Bernet   rikketsiyalari   hujayradan   tashqarida
ham joylashishi mumkin.
                             Epidemiologiyasi va patogenezi. 
              Ku-isitmasi   tabiiy   manbali   zoonoz   kasallik.   Tabiatda   yovvoyi
hayvonlar,   qushlar   va   ularda   parazitlik   qiluvchi   kanalar   orqali   shakllanadi.
Qo’zg’atuvchining   tabiiy   manbai   mayda   yovvoyi   sut   emizuvchilarning   60
dan   ortiq   ,   qushlarning   50   ga   yaqin   va   kanalarning   70   dan   ortiq   turi
hisoblanadi. Zararlangan hayvonlar Bernet rikketsiyalarini sut, siydik, najas
va   ko’p   miqdorda   yo’ldosh   hamda   qog’onoq   suvi     orqali   ajratadi.   Bernet
rikketsiyalari   odamlarga   alimentar,   aerogen,   muloqot   va   transmissiv   yo’l
bilan yuqadi. Ular odam organizmiga ovqat hazm qilish, nafas yo’llari, ko’z
shilliq pardalari; tashqi shilliq qavatlar yoki jarohatlangan teri orqali tushadi.
Qo’zg’atuvchi   organizmga   qanday   tushishidan   qat’iy   nazar   ,   teri   va   shilliq
pardalar   orqali,   limfa   tugunlarini   chetlab,   qonga   o’tadi,   oradan   4   soat
o’tgach   ularning   qonda   borligi   aniqlanadi.   Qo’zg’atuvchi   qondan
parenximatoz   organlarga   tarqaladi   va   ularning   gistiotsitlarida   ko’payadi.
Gistiotsitlarda   rikketsiyalar   bilan   to’lgan   vakuolalar   hosil   bo’ladi.   Hujayra
qobig’i   noziklashadi.   Gistiotsitlar   yemirilib,   rikketsiyalar   hujayralararo
bo’shliqqa   tushadi.   Yallig’lanish   joyiga   kelgan   makrofaglarga   kirib,   ularda
ham ko’payadi. O’zidan zaharli moddalarni ajratadi. Rikketsiyalar aajratgan moddalar   ta’sirida   sensibilizatsiyalanish   tufayli   allergiya   holati   yuzaga
keladi.   Ku-isitmasi   kasalligi   bilan   ko’pincha   qishloq   xo’jaligi   va   uy
hayvonlari   bilan   aloqador,   qushxonalarda,   go’sht-sut   korxonalarida
ishlaydigan   odamlar   kasallanadi.   Kasallikning   yashirin   davri   o’rtacha   20
kun.   65-70%   hollarda   kasallik   o’tkir   boshlanadi:   junjikish,   yuqori   harorat,
kuchli   bosh   og’rig’I,   ishtaha   yo’qolishi,   terlash,   muskul   va   bo’g’imlarda
og’riq   kabi   belgilar   bemorlarni   bezovta   qiladi.   Klinik   kechishi   har
xil(polimorf)   bo’lib,   ko’pincha   terlamasimon,   zotiljamsimon,   grippsimon,
aralash va boshqa shakllari farqlanadi.
                             
Rikketsioz , rikketsiya keltirib chiqaradigan odam va hayvonlarning yuqumli
kasalliklari guruhi : qon so'ruvchi artropodlar - infektsiya tashuvchisi orqali
tarqalishi bilan tavsiflanadi.
   Odamlarda rikketsioz.Bularga quyidagilar kiradi: epidemik, yoki lousy, tif
va uning takroriy shakli - Brill kasalligi (tashuvchilar - bitlar); endemik, yoki
burga   (kalamush),   tif   (patogen   rezervuar   -   kalamush   va   sichqonlar,
tashuvchilar   -   burga):   Marsel   yoki   O'rta   er   dengizi   isitmasi   (suv   ombori   -
Shomil   va   itlar,   tashuvchilar   -   Shomil):   Shomil   Rikketsioz,   yoki   Shomil
bilan yuqadigan tif. Shimoliy Osiyo (suv ombori - kemiruvchilar, shomillar,
tashuvchilar - Shomil): Shimoliy Avstraliya Shomil tifi (suv ombori - mayda
hayvonlar,   tashuvchilar   -   Shomil);   chechaksimon   va   pufakchali   Rikketsioz
(rezervuar — sichqon, tashuvchilar — Shomil); tsutsugamushi isitmasi, yoki
tsutsugamushi   yoki   yapon   daryosi   isitmasi   (suv   ombori   -   kemiruvchilar   va
shomillar,   vektorlar   -   Shomil);   Ku   isitmasi   (suv   ombori   -   yovvoyi   va   uy
hayvonlari   va   Shomillarning   ko'p   turlari,   tashuvchilar   -   asosan   Shomil); xandaq   (Volin   xandaqi),   yoki   besh   kunlik   isitma   (rezervuar   -   odam,
tashuvchi   -   tana   biti):   Shomil   paroksismal   Rikketsiya   (rezervuar   -
kemiruvchilar, tashuvchilar - Shomil). Ulardan noxush va burga tifi, xandaq
va Ku isitmasi, shomilli pufakchali va paroksismal Rikketsiya.
Rikketsiyoz     infektsiyasi   shomil   chaqqanda   yoki   bit   va   burgalarning
kasallangan   najaslari   yara   (tirnalgan)   va   shilliq   qavatlarga   tushganda   sodir
bo ladi.   Ayrim   hollarda   (Q-isitma)   Rikketsiya   kasal   hayvonlarning   oqishiʻ
(siydik,   najas,   sut)   orqali   tarqaladi.   Rikketsiyada   infektsiyaning   rezervuari
(tif   va   xandaq   isitmasidan   tashqari)   hayvonlar,   asosan   yovvoyi   hayvonlar
(ayniqsa,   kemiruvchilar),   ularda   infektsiya,   qoida   tariqasida,
asemptomatikdir.   Qon   so'ruvchi   vektorlar   kasal   hayvonlardan   yuqadi.
Bundan   tashqari,   rikketsiyalarning   transovarial   (avloddan   naslga)   o tishi	
ʻ
mumkin   bo lgan   ko pgina   Rikketsiyalar   shomillarida   tabiatdagi   infeksiya	
ʻ ʻ
rezervuari   hisoblanadi.   Tabiatda   infektsiya   rezervuarining   mavjudligi
ko pchilik   Rikketsiyaning   tabiiy   o choqlarini   aniqlaydi.Ba zi	
ʻ ʻ ʼ
Rikketsiyalarda (masalan, yomon tif) infektsiya manbai odam hisoblanadi.
Shaxsda   Rikketsiya   turli   alomatlar   bilan   har   xil   zo'ravonlikdagi   isitma
kasalliklari shaklida davom etadi; ba zi Rikketsiyalar xarakterli toshma bilan	
ʼ
kechadi.  Burga tifi  (qo'zg'atuvchisi   -  Muser   rikketsiyasi)   zararlangan  burga
najaslari   shikastlangan   teriga   (taroqlarga)   tushganda   paydo   bo'ladi;
inkubatsiya davri 5 dan 15 kungacha; xarakterli alomat nafaqat magistral va
ekstremitalarning   terisida,   balki   kasallikning   4-5-   kunida   paydo   bo'ladigan
yuzning   yorqin   pushti   toshmasidir   ;   Kurs   yomon   tifga   qaraganda
yumshoqroq.   Vesikulyar   R.   bilan   inkubatsiya   davri   1-2   hafta;isitma
boshlanishidan   bir   hafta   oldin,   Shomil   chaqishi   joyida   markazda   qabariq
bilan   muhr   paydo   bo'ladi,   keyinchalik   qora   qoraqo'tir   bilan   qoplangan   va
giperemiya zonasi bilan o'ralgan: toshma elementlari quriydi, qorong'i hosil
bo'ladi. qobiqlar. Paroksismal R.da inkubatsiya davri 7—10 kun; isitmaning
qaytalanishi xarakterlidir; Shomil chaqishi  joyida siqilish va toshma odatda
yo'q. Shuningdek qarang: Tif , Volin isitmasi , Q isitmasi , Marsel isitmasi ,
Tsutsugamushi .
Rikketsiyani   laboratoriya   diagnostikasi   uchun   serologik   usullar
(aglyutinatsiya reaksiyalari, gemagglyutinatsiya, komplement fiksatsiyasi va
boshqalar)   qo llaniladi.   Ba'zi   hollarda   bakteriologik   tekshiruv   o'tkaziladi.	
ʻ
R.ni   davolashning   asosiy   usuli   antibiotiklardir.   R.ning   oldini   olish   -   bu
tashuvchilarga   qarshi   kurash,   masalan,   tifda   bitlar   bilan   kurashish,
dezinseksiya qilish, repellentlardan foydalanish , himoya (shom hujumidan)
kostyumlar,   kasal   suti   va   go'shtidan   foydalanishga   veterinariya-sanitariya cheklovlari   va   majburiy   ravishda.   so'yilgan   hayvonlar.   Ba zi   R.lar   (tif,   Qʼ
isitmasi) uchun faol immunizatsiya qo llaniladi .	
ʻ
   Hayvonlarda rikketsioz  .
       Veterinariya amaliyotida yuqumli gidroperikardit (kudrioz), Q isitmasi,
rikketsial   keratokonyunktivit   va   rikketsial   monositoz   (erlixioz)   keng
tarqalgan.   Yuqumli   gidroperikardit   qoramol   va   cho'chqalarga   ta'sir   qiladi.
Birinchi   marta   1838   yilda   janubda   F.   Trigardt   tomonidan   tasvirlangan
Afrika.   Patogenlar   Cowdria   ruminantium   (kavsh   qaytaruvchi   hayvonlarda)
va   C.   suis   (cho'chqalarda).   Yuqumli   qo'zg'atuvchining   manbai   kasal   va
tuzalgan   hayvonlardir;   tashuvchilar   ixodid   shomillardir.   Kasallik   yuqori
isitma,   yurak   va   nafas   olish   faoliyatining   buzilishi,   diareya,   konvulsiyalar
bilan   namoyon   bo'ladi   va   o'tkir   kursda   odatda   hayvonlarning   o'limi   bilan
tugaydi.   Xarakterli   patoanatomik   belgi   -   perikard   va   tana   bo'shliqlarida
ekssudatning to'planishi. Maxsus davolash ishlab chiqilmagan. Oldini olish:
kasal   hayvonlarni   izolyatsiya   qilish,   Shomillarni   yo'q   qilish,   emlash.
Rikketsial   keratokonjunktivit   qoramol,   tuya,   cho'chqa,   parrandalarda
kuzatiladi.  Birinchi   marta   1931   yilda   Janubiy   Afrikada   tasvirlangan   (D.  V.
A.   Kouls).   Qo'zg'atuvchisi   Ricolesia   bovis.   Yuqumli   qo'zg'atuvchining
manbai   kasal   hayvonlardir;   yuqtirish   yo'li   havo   orqali.   Kasallik   ko'z
qovoqlarining   shishishi   bilan   tavsiflanadi,hayvonlar   tuzalgan   kuni   ).
Davolash:   kollargol,   sink   sulfat   eritmalari,   antibiotikli   malhamlar.   Oldini
olish: bemorlarni izolyatsiya qilish, binolarni dezinfeksiya qilish. Rikketsial
monositoz qoramol va itlarga ta'sir qiladi. Birinchi marta 1935 yilda Jazoirda
tasvirlangan. Qoramollarda qo‘zg‘atuvchi Rickettsia bovis, R.ovina; R. canis
itlarida.   Yuqumli   qo'zg'atuvchining   manbai   kasal   hayvonlar,   suv   ombori   -
yaylov   shomillari.   Kasallik   isitma   bilan   namoyon   bo'ladi   va   ko'pincha
hayvonlarning   tiklanishi   bilan   tugaydi,   ular   uzoq   vaqt   davomida   rikketsiya
tashuvchisiga aylanadi. Xarakterli xususiyat - monositlarda rikketsiyalarning
aniqlanishi.   Davolash:   sulfanilamidlar.   Oldini   olish:   bemorlarni   izolyatsiya
qilish, Shomillarni yo'q qilish, binolarni dezinfeksiya qilish.
                    Laboratoriya tashxisi.  
              Serologik,   allergik   va   biologik   usullardan   foydalaniladi.   Serologik
reaksiyalardan   komplementni   bog’lovchi   agglutinatsiya   reaksiyalari   va
Bernet   rikketsiyalari   antigeni   bilan   immunofluoressensiya   (immune
nurlanish)   reaksiyalari   qo’llaniladi.   Bu   kasallikka   allergic   sinama   ham   xos
hisoblanadi.   Allergen   sifatida   tovuq   embrionida   o’stirilgan,   chiqindilardan
tozalangan va avtoklavda o’ldirilgan Bernet rikketsiyalaridan foydalaniladi.       Bernet       rikketsiyalarini   ajratish   uchun   3-5ml   bemor   qoni   dengiz
cho’chqachalarining   qorin   bo’shlig’iga   yuboriladi.   Zararlangan   dengiz
cho’chqachasining talog’idan tayyorlangan emulsiya bilan tovuq embrionlari
zararlantiriladi.
          
                                 
                     Davolash va profilaktikasi.
            Bemor biomitsin. Terramitsin, tetrasiklin, auromitsin kabi antibiotiklar
bilan   kasalxonada   davolangani   ma’qul.   Qishloq   xo’jaligi   hayvonlari   va
chorva   mollarining   Ku-rikketsioz   bilan   zararlanishining   oldi   olinadi,
kanalarga   qarshi   kurash   chora-tadbirlari   ko’riladi.   Shuningdek,   zararlangan
hayvonlar   suti   qaynatiladi.   Kasallikning   maxsus   profilaktikasi   uchun
P.F.Zdrodovskiy   va   V.A.Geninglar   taklif   etgan   tirik   vaksina   M-44   dan
foydalaniladi
         Xulosa. 
 
  Bunday   kasalliklarni   oldini   olish   uchun     aholiga     yuqumli   kasalliklarga
qarshi   kurash   haqida   ma’lumot   berish   zarur.   Dizenfeksiya   deratizatsiya
usullarini   o’rgatish   kerak.   Oziq-ovqatlar   saqlanadigan   omborxonalar,
umumiy   ovqatlanish   joylarida   dizenfeksiya   deratizatsiya   ishlarini   nazorat
qilish ham ko’pgina yuqumli kasalliklarni oldini olishga yordam beradi.                                 Foydalanilgan adabiyotlar.
1.   Umumiy   parazitologiya   ,   S.Dadayev,   G.Abduraxmanova,   Toshkent-
2013
2.   Epidemiologiya   va   tibbiy   parazitologiya   ,   Y.Fayziyev,   X.Fayziyeva,
Toshkent-“ILM ZIYO”-2007
3.   Mikrobiologiya   fanining   umumiy   mikrobiologiya   bo’limidan   o’quv
uslubiy qo’llanma, Toshkent-2010
4.  https://bestpractice.bmj.com/topics/ru-ru/1604
5. Lit .: Epizootologiya, umumiy ostida. ed. R. F. Sosova, Moskva, 1969
yil.
6.   Lit   .:   Zdrodovskiy   P.F.,   Golinevich   E.M.,   Rikketsiya   va   rikketsioz
haqidagi ta'limot, 3-nashr, M., 1972 yil.
  V. L. Vasilevskiy.

Mavzu: ,,Rikketsiozlar morfologiyasi, strukturasi, tarqalganligi keltirib chiqaruvchi kasalliklari laboratoriya diagnostikasi.’’ REJA: 1.MAVZUNING DOLZARBLIGI. 2.NAZARIY QISM. 1). Rikketsiozlar haqida tushuncha . 2). Toshmali terlama(tif)kasalligining qo’zg’atuvchisi, morfologiyasi,epidemiologiyasi,laborator tashxisi, davolash va profilaktikasi. 3). Endemik (kalamushli) toshmali terlama qo’zg’atuvchisi, morfologiyasi, laborator tashxisi, davolash va profilaktikasi. 4). Marsel isitmasi kasalligining qo’zg’atuvchisi, morfologiyasi, laborator tashxisi, davolash va profilaktikasi. 5). Shimoliy Osiyo kanali toshmali terlama qo’zg’atuvchisi, morfologiyasi, laborator tashxisi, davolash va profilaktikasi. 6). Ku-isitmasi qo’zg’atuvchisi, morfologiyasi, epidemiologiyasi va patogenezi, laboratoriya tashxisi, davolash va profilaktikasi. 3.AMALIY QISM. 4.XULOSA. 5.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

MAVZUNING DOLZARBLIGI. Har yili dunyoning turli mamlakatlarida rikketsiozlar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklarga bag’ishlangan turli monografiyalar, maqolalar, ilmiy ishlar yozilmoqda. Bu kasallik juda keng tarqalganligi, va aholining ishchi kontingentini zararlashi, qiyin diagnostika qilinishidan dalolat beradi. Rikketsiozlar keltirib chiqaradigan kasalliklar ko’pincha eng aktiv va kuchga to’la bo’lgan aholi qatlamini zararlab, ko’pincha vaqtincha yoki butunlay ishga yaroqsiz qilib qo’yishi mumkin. Riketsial infektsiyalar (rikketsioz) butun dunyoda uchraydi va bit, burga, shomil yoki mikroskopik kana kabi ektoparazitlarning chaqishi bilan bog'liq. Odamlarda rikketsiyaga bir qancha turdosh bakteriya turlari, jumladan Rickettsia spp., Orientia tsutsugamushi va O. chuto, Anaplasma spp., Ehrlichia spp. va Neoehrlichia spp kabilar uchraydi. Rickettsia jinsi odatda dog'li isitma guruhiga (HFF) bo'linadi, bunda bemorlarda isitma va dog'li toshmalar paydo bo'ladi va tifoid guruhi (TG). Ba'zi tadqiqotchilar bu yerda irsiy guruhni ham o'z ichiga oladi, ammo bu keng tan olinmagan. Rikketsiozlar yuqumli kasalliklar orasida keng tarqalgan bo’lib, jahon statistik ma’lumotlariga qaraganda oxirgi o’n yil ichida yurtimizda bu kasallik 39,2% ga oshgan. Oxirgi yillar mobaynida ushbu kasallikni aniqlash va davolash borasida turli ishlar qilinayotgan bo’lsada , rikketsiozlar mavzusi dolzarbligicha saqlanib qolinmoqda. Rikketsiyalar ko'plab turlardan iborat bo'lib, ulardan 20 ga yaqini odamlarda infektsiyaga olib kelishi mumkin. Dunyoning turli geografik qismlarida patogenning har xil turlari uchraydi: masalan, Rickettsia conorii O'rta er dengizi isitmasi, Rickettsia australis esa avstraliyalik shomil rikketsiyasini keltirib chiqaradi.

Asosiy diagnostika omillari: isitma >38°C toshma qoraqo'tir rikketsiya bilan bog'liq limfadenopatiya Ko'proq asosiy diagnostika omillari: Xavf omillari tana bitlari bilan aloqa qilish kemiruvchilar (kalamushlar va sichqonlar) va ularning burgalari bilan aloqa qilish mikroskopik Shomil chaqishi (Janubiy-Sharqiy Osiyo, Okeaniya, Shimoliy Avstraliya) Ko'proq xavf omillari Diagnostik tadqiqotlar Tadqiqot birinchi bo'lib ko'rsatilgan batafsil qon tekshiruvi Jigar funktsiyasi testlari sarum elektrolitlari C-reaktiv oqsil (CRP) Ko'proq tadqiqotlar birinchi bo'lib ko'rsatilgan Ko'rib chiqish uchun tadqiqot ko'krak qafasi rentgenogrammasi Doksisiklin bilan sinov terapiyasi bakteriologik tadqiqotlar immunogistokimyoviy tadqiqot

Oxirgi paytlarda oziq-ovqat saqlanadigan omborlarga, aholi ovqatlanish joylarida dizenfeksiya, deratizatsiya ishlariga befarqlik ortib ketgan. Shu sababli kemiruvchilar orqali bu kasalliklarni yuqish ehtimoli ortgan. Ayniqsa, ko’chalarda daydi itlarning ko’payishi ham bunga yaqqol misol hisoblanadi. NAZARIY QISM. Rikketsiyalar mayda, bakteriyasimon, grammanfiy mikroorganizmlar bo’lib, Rickettsiales turkumiga kiritilgan. U Rickettsiaceae, Bartonellaceae, Anaplasmataceae oilalaridan iborat. Ko’pchilik rikketsiyalar zararsiz mikroorganizmlarga kiradi. Ularning 50 dan ortiq turi bo’g’imoyoqlilar ichagi va so’lak bezlaridan topilgan. Odam organizmida kasallik qo’zg’atadigan rikketsiyalar ancha kam. Ular turli bo’g’imoyoqlilar organizmida yashab qolmay, odam va boshqa sutemizuvchilar organizmiga tushadi va u yerda o’ziga xos patalogik jarayonni yuzaga keltiradi. Rickettsiaceae oilasiga odam organizmida kasallik keltirib chiqaradigan 3ta urug’: Ricketsia, Rocha Limae, Coxiella kiradi. Bu oilaga mansub rikketsiyalar kokksimon yoki tayoqchasimon, ko’pincha shakli o’zgaruvchan(polimorf) bo’lib, xivchinsiz, hujayra devorining tuzilishigrammanfiy bakteriyalarning hujayra devoriga o’xshash. Rikketsiyalar hujayra ichi parazitlari bo’lgani uchun sun’iy oziq muhitlarda o’smaydi. Rikketsiyalar organizmda endotoksinga o’xshash oqsil tabiatli , o’ziga xos zaharli moddalar ishlab chiqaradi. U juda chidamsiz bo’lib, turli fizik- kimyoviy omillar ta’sirida tez, 60*C da 30 daqiqada, xona haroratida 10-12

soatda yemiriladi, -60,-70*C da yaxshi saqlanadi. Formalin ta’sirida yoki qizdirilganda zaharliligini yo’qotib, antigenli xususiyatini saqlab qoladi. Bu xususiyati ekzotoksinga xos. Rikketsiyalar quyon va qo’y eritrotsitlarini gemoliz qilish xususiyatiga ega, ammo odam eritrotsitlarini gemolizlamaydi. Kasallik jarayonida bemor organizmida kuchli immunologic o’zgarishlar yuzaga keladi. Buni agglutinatsiya, neytrallash va komplementni biriktirib olish reaksiyalari yordamida aniqlanadi. Odam va hayvonlarda rikketsiyalar qo’zg’atadigan yuqumli kasalliklar guruhi rikketsiozlar deb ataladi. Ular dunyoning hamma mamlakatlarida uchraydi. Bulardan toshmali terlama va volin isitmasi epidemik antroponozlar bo’lib, kasallik manbai bemor va rikketsiya tashuvchilar hisoblanadi, kasallik odamlarga bitlar orqali o’tadi. Qolgan rikketsiozlar tabiiy manbali endemik zoonozlar bo’lib, qo’zg’atuvchilari ba’zi sutemizuvchi hayvonlar organizmida saqlanadi va qon so’ruvchi bo’g’imoyoqlilar: kanalar, burgalar va kanalarning tuxumlari orqali o’tadi. P.F.Zdrodovskiy bo’yicha rikketsiozlar 5guruhga bo’linadi. Epidemik toshmali terlama(tif), kanali dog’li isitma, sutsugamushi, Ku-isitmasi va paraksizmal rikketsiozlar. Toshmali terlama(tif) kasalligining qo’zg’atuvchisi Toshmali yoki tepkili terlama(typhys exanthematicus) ko’proq qon tomirlar va markaziy nerv sistemasing zararlanishi hamda o’ziga xos isitma va terida toshmalar toshishi bilan kechadigan o’tkir yuqumli kasallik. Provachek rikketsiyalari(Rickettsia prowazekii)qo’zg’atadi. Birinchi marta 1909-1910-yillarda amerikalik olimlar G.Rikkets va R.Uilder Meksika toshmali terlamasi bilan kasallangan bemor qonidan