logo

O‘YIN TEXNIKASIGA O‘RGATISH VA TEXNIK TAYYORGARLIK

Загружено в:

09.12.2024

Скачано:

0

Размер:

77.935546875 KB
O‘YIN TEXNIKASIGA O‘RGATISH VA TEXNIK TAYYORGARLIK
MUNDARIJA
I BOB. Basketbol o‘yin texnikasi
1.1. O’yin texnikasining tasnifi 
1.2. Hujum texnikasi 
II BOB. Sport mashg’ulotining prinsiplari  
2.1  Mashg’ulotning asosiy vositalari va metodlari 
2.2  Xatolarni keltirib chiqaradigan asosiy sabablar va harakat sifatlarini tarbiyalash
metodlari 
III BOB. Jismoniy va texnik tayyorgarlik  
3.1  Taktik va psixologik (ruhiy) tayorgarlik 
3.2  Tashkiliy – metodik va hakamlik tayyorgarlik 
Xulosa  
Adabiyotlar ro’yxati   Kirish  
Sport mashg’uloti ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Buni ta’minlash uchun,
sport mashg’uloti tizimsini asosiy hollarini yaxshi bilish, qat’iy rioya qilishi kerak.
Sport mashg’uloti tizimsi deganda biz quyidagilarni: vazifalar, prinstiplar vositalar,
metodlarni   va   hokazolarni   nazarda   tutib,   sportchilarni   tarbiyalash   va   qonuniy
ravishda   jismoniy   rivojlanishi   bir   butun   jarayon   deb   faraz   qilamiz.   Bu   ilmiy
asoslangan   va   amaliy   tekshirilgan   sitemadir.   Uning   samaradorligi   juda   ham
aniqdir. Trenirovka - bu inglizcha so’z bo’lib, aynan quyidagi  ma’noni anglatadi.
Mashq qilish va dressirovka qilish ma’nosi demakdir. Hozirgi paytda ham ba’zi bir
murabbiylar   sport   mashg’ulotini   jismoniy   mashqlarni   qaytarish   deb   tushunadilar.
Lekin bu katta xatodir. Sport mashg’uloti jismoniy tarbiyaning formasidan bo’lib,
ancha   keng   va   ko’p   qirrali   jarayondir.   Mashg’ulotni   to’g’ri   uyushtirganda
mashg’ulotga   bo’lgan   chekinish   yildan   yilga   o’sishi   lozim.   O’tish   davrida
mashg’ulot   vaqtini   kamayishi   va   uni   bo’lmasligi   sababli   mashg’ulotga   bo’lgan
chekinish   biroz   kamayadi.   Hozirgi   davrga   kelib,   o’yin   harakatlarining
faollashmaganligi,   texnik   usullar   yanada   ko’payganligi   tayyorgarlik   darjasiga
bo’lgan talabni  oshiradi. Hozirgi  kunlarda o’yin mazmunini, tayyorlov tizimlarini
funksional  faoliyatini  takomillashtirish  va har  xil  malakalarni  yaxshi  o’zlashtirish
ayniqsa   zarur.   O’yinchilar   har   turdagi   harakatlar   kompleksini   bajarishligi   ular
maxsus tayyorgarlikni mukammal egallashligini talab etadi. Buning ichiga shaxsiy
sifat   va   malakalardan   tashqari   o’zaro   jamoa   bo’lib   harakat   qilishni   maxsus
malakalari   va   qobiliyatlari   kiradi.   Har   bir   o’yinchining   umumiy   o’yin
tayyorgarligidan tashqari jamoada zarur bo’lgan funksiyalarni bajarish uchun kerak
bo’lgan   bilim,   sifat   va   malakalarni   o’zlashtirishi   lozim   bo’ladi.  
Bolalar   va   o’smirlar   sport   mashg’uloti   agar,   organizmda   anatomo-fiziologik
o’zgarish   ijobiy   bo’lganini   va   sog’lomlashtirishga   ta’sir   qilishi   hamda   jismoniy
o’sishi va sport natijalari yuqori bo’lishga moil bo’lganda to’g’ri deb hisoblanadi.  I BOB. Basketbol o‘yin texnikasi
1.1O’yin texnikasining tasnifi
O’yin   texnikasini   tasniflash   –   bu   ma’lum   belgilar   asosida   uning   hamma   usul,
malakalarini bo’limlar va guruhlar bo’yicha teng huquqni taqsimlashidir. Shunday
belgilar   qatoriga   eng   avvalo   sport   kurashidagi   malakaning   nimaga
mo’ljallanganligi   belgilanishi   (savatga   hujum   qilish   yoki   himoya   qilish   uchun),
harakat   qanday   bajarilishi   (to’p   bilan   yoki   to’psiz),   shuningdek,   uning   kinematik
va   dinamik   tuzilishi   xususiyatlari   kiradi.   Basketbol   texnikasini   ikkita   katta
bo’limga:   hujum   texnikasi   va   himoya   texnikasiga   bo’linadi.   Har   bir   bo’limda
ikkitadan guruh: hujum texnikasida – maydonda to’psiz harakat qilish texnikasi va
to’p  bilan  bajariladigan  harakatlar   texnikasi,  himoya  texnikasida  esa  –  maydonda
harakat   qilish   texnikasi   va   to’pni   egallash   va   qarshi   harakat   qilish   texnikasida
ajralib   chiqadi.   Har   bir   guruh   ichida   malaka   va   ularni   bajarish   usullari   bor.
Malakani   bajarishning   deyarli   har   bir   usuli   harakat   tuzilishining   ayrim   detallarini
(ko’rsatkichlarini)   ochib   beradigan   bir   necha   ko’rinishga   ega.   Bundan   tashqari,
usulning   dinamik   strukturasiga,   o’yinchining   harakatini,   dastlabki   holatini,
yo’nalishi   va   masofasini   aniqlaydigan   bajarish   shartlari   ta’sir   ko’rsatadi.   Tavsiya
qilinayotgan   tasnifda   fintlarga   mustaqil   joy   ajratilmaydi,   chunki   fint   –   bu   aniq
usulning faqat bir qismini (masalan, to’pni uzatib berishda qo’l ko’tarish), (savatga
otish  paytida  mo’ljallash),  raqibda  xato  reaksiya  tug’dirish   maqsadi  (niyati)  bilan
o’yinchi   qulay   holatga   erishishdir.   1.2.Hujum texnikasi
Maydonda harakat qilish texnikasi.  
Basketbolning   maydon   bo’ylab   harakat   qilishlar,   hujum   qilish   vazifalarini
bajarishga yo’naltirilgan va konkret o’yin harakatlarini amalga oshirish davomida
yuzaga   kelgan   butun   harakatlar   tizimining   bir   qismi   hisoblanadi.   Ular   basketbol
texnikasi   asoslaridir.   O’yinchi   maydon   bo’ylab   harakat   qilish   uchun   yurish,
yugurish,  sakrash,  to’xtalish,  burilishlardan foydalanadi. Shu usullar  yordamida u
joyni   to’g’ri   tanlab   olishi,   uni   ta’qib   qilayotgan   raqibdan   uzoqlashishga
(qochishga) va keyingi hujum uchun kerakli yo’nalishga chiqishi, boshqa usullarni
bajarish uchun eng yaxshi, qulay dastlabki holatlarni egallashga erishishi mumkin.
Bundan  tashqari   to’p  bilan  ajratiladigan  ko’pgina   texnik  malakalarning  harakatda
va   sakrab   to’p   otish   va   harakatlarning   samaradorligi   harakat   paytida   oyoqning
to’g’ri   ishlashiga   va   muvozanatni   saqlashga   bog’liq.   Yurish.   Yurish   o’yinda
maydonda   harakat   qilishning   boshqa   usullariga   nisbatan   kamroq   qo’llaniladi.
Asosan   undan   qisqa   fazalarda   pozitsiyani   almashtirish   uchun   yoki   o’yin
harakatlarining   muddati   susayganda,   shuningdek,   yugurish   bilan   qo’shilishidagi
harakat   tempini   almashtirish   uchun   foydalaniladi.   Odatdagi   yurishdan   farqli
o’laroq,   basketbolchi   tizzada   bir   oz   bukilgan   oyoqlari   bilan   bir   joydan   ikkinchi
joyga   o’tadi,   bu   unga   qo’qqisdan   tezlanish   uchun   imkon   beradi.
Yugurish.   Yugurish o’yinda harakat qilishning bosh vositasi hisoblanadi. U yengil
atletikadagi  yugurishdan ancha farq qiladi. O’yinchi istalgan yo’nalishda, oldinga
yoki   orqasi   bilan,   har   xil   startga   oud   holatlardan   maydon   ichida   tezlasha   olishi,
yugurish tezligi va yo’nalishini tez o’zgartira olishi kerak. Raqib uchun kutilmagan
holda   yugurish   tezligini   oshirish   yoki   startli   tezlanish   sport   o’yinlarida   keskin
yugurish   deyiladi.   Keskin   yugurish   raqib   ta’qibidan   qutilish   va   bo’sh   joyga
chiqishning   eng   yaxshi   vositasidir.   Keskin   yugurishni   amalga   oshirish   uchun
birinchi   4-5   qadamni   shiddatli   qilib,   oyoqni   uchi   tomondan   qo’yiladi.   Yugurish
tezligi qadamni uzaytirish tufayli osha boradi. Shu paytda o’yinchi to’pni  olishga
tayyor   bo’lishi   kerak.   Yugurish   yo’nalishini   o’zgartirishni   o’yinchi,   harakat yo’nalishiga   qarama-qarshitomonga,   oldinga   chiqarib   qo’yilgan   oyoqning   kuchli
itarishi   bilan   amalga   oshiradi   gavdasini   yangidan   tanlagan   yo’nalishi   tomonga
egadi.   Sakrashlar.   Sakrashlardan   xuddi   mustaqil   malakalardan   foydalanilishadi.
Ular   texnikaning   boshqa   usullarining   elementlari   ham   hisoblanadi.   O’yinchilar
ko’proq   yuqoriga   va   uzunlikka-yuqoriga   sakrashlardan   yoki   qayta-qayta
sakrashlardan   foydalanishadi.   Sakrashni   bajarishning   ikki   usulini   yani   ikki   oyoq
bilan   depsinib   va   bir   oyoq   bilan   depsinishni   qo’llashadi.   Ikki   oyoqlab
depsinish   bilan   sakrashni   ko’proq   joydan   turib   asosiy   holatdan   bajarishadi.
O’yinchi tezda oyoqlarni bukadi, qo’llarni tirsakda bir oz bukib, orqaga o’giradi va
boshni   sal   ko’taradi.   Depsinish   oyoqlarni   kuchli   bukish   bilan,   gavdaning   va
qo’llarning   oldinga-yuqoriga   keskin   harakati   bilan   amalga   oshiriladi.   Yugurib
kelib   ikki   oyoqlab   depsinib   sakrashni   odatda,   savatga   to’p   otish   paytida   va
shchitdan   sapchib   qaytgan   to’p   uchun   kurash   paytida   qo’llashadi.  
Bir   oyoq   bilan   depsinib   sakrashni   yugurib   kelib   bajarishadi.   Depsinishni
shunday bajarishadiki, yugurib kelishning inersiya kuchlaridan to’la foydalaniladi.
Depsinishdan   oldin   yugurishning   oxirgi   qadamini   oldingilaridan   ancha   katta
qo’yishadi.   Tizza   bug’imlarida   bir   oz   bukilgan   depsinuvchi   oyoqni   oldinga
chiqarishida   va   depsinish   uchun   tovondan   oyoq   uchiga   dadil   qo’yishadi.   Boshqa
oyog’i   bilan   oldinga   –   yuqoriga   tez   siltab,   tana   og’irligining   umumiy   markazi
tayanch ustidan o’tish paytida esa uni tos suyagi bilan son suyagi qo’shilgan joyda
va   tizza   bug’imlarida   bukishadi.   Basketbolchi   tanasi   yuqori   nuqtaga   yetgandagi
ko’tarilishdan   keyin   oyog’ini   to’g’rilaydi   va   depsinuvchi   oyog’i   yoniga   keltiradi.
Istalgan   usulda   sakraganda   yerga   tushish   muvozanatini   saqlagan   holda,   yumshoq
tushish   lozim,   bunga   ohista   kerilgan   oyoqlarning   yumshatuvchi   bukish   orqali
erishiladi.   Yerga   bunday   tushish   basketbolchiga   o’yin   harakatlarini   bajarishga
tezda   kirishish   uchun   imkon   yaratadi.   To’xtashlar.   Vaziyatga   qarab   o’yinchi,
keskin   yugurishlar   va   yugurish   yo’nalishini   o’zgatirishlar   bilan   bir   qatorda   raqib
ta’qibidan   bir   oz   bo’lsa   ham   qutilishga,   bo’sh   joyga   chiqishga   va   keyingi   hujum
harakatlari   uchun   imkoniyatga   ega   bo’lish   maqsadida   kutilmagan   (qo’qqisdan)
to’xtashlardan   foydalanadi.   To’xtalish   ikki   uslubda   sakrab   va   ikki   qadam   bilan amalga   oshiriladi.  
Burilishlar.   Hujumchi   himoyachidan   qutilish   uchun,   to’pni   urib   chiqarishidan
saqlash   uchun   fintlarini   ishlatib,   so’ng   savatga   hujum   qilish   uchun   burilishlardan
foydalanadi.   Burilishning   ikkita   oldinga   va   orqaga   burilish   usuli   bor.  
Oldinga   burilish   basketbolchi   yuzi   bilan   qayoqqa   qaragan   bo’lsa,   shu   tomonga
qadam   tashlab   o’tish   yo’li   bilan   bajariladi,   orqaga   burilish   esa   –   u   orqasi   bilan
qaysi   tomonga   qadam   tashlab   o’tish   yo’li   bilan   bajariladi.  
To’p   bilan   bajariladigan   usullar   (texnikasi).   To’p   bilan   bajariladigan   usullar
quyidagi   texnik   malakalarni:   to’pni   ilib   olish,   uzatish,   urub   yurish   va   to’pni
savatga   otishni   o’z   ichiga   oladi.   To’pni   ilib   olish   –   bu   malakaning   yordamida
o’yinchi   ishonarli   ravishda   to’pni   egallab   olish   va   u   bilan   keyingi   hujum
harakatlariga   kirishishi   mumkin.   To’pni   ilib   olish,   keyinchalik   to’pni   oshirib
berish,   olib   yurish   yoki   otishni   bajarish   uchun   ham   dastlabki   holat   hisoblanadi,
shuning   uchun   harakatlar   o’z   tuzilishsi   bilan   keyingi   usullarni   aniq   va   qulay
bajarilishini ta’minlashi lozim. O’yinchi to’pni xali ilmay turib, uni keyin qayoqqa
va kimga uzatishni bilishi kerak.  To’pni ikki qo’l bilan ilib olish.   To’pni ikki qo’l
bilan   ilib   olish,   to’pni   egallashning   eng   oddiy   va   shu   bilan   birga   ishonchli   usuli
hisoblanadi.  
Tayyorlov   qismi:   agar   to’p   o’yinchiga   ko’krak   yoki   bosh   balandligiga
yaqinlashayotgan   bo’lsa,   unda   qo’llarni   to’pga   qarshi   chiqarish,   bo’sh   barmoqlar
va   panja   bilan   to’pni   tutish,   to’p   hajmiga   nisbatan   kattaroq   voronkani   hosil   etish
kerak.  
Asosiy   qismi:   to’p   barmoqlarga   tegish   vaqtida   unga   panjalarni   yaqinlashtirib,
barmoqlar   bilan   ushlash   kerak   (kaft   bilan   emas),   qo’llarni   esa   ko’krakka   tortib,
tirsak bo’g’inlarida bukish kerak. Qo’llarni bukish uchib kelayotgan to’pning urish
kuchini   pasaytiradigan   amortizatsiyon   harakat   hisoblanadi.   Yakunlovchi   qism:
to’pni   qabul   qilgandan   keyin   gavdani   yana   ozgina   oldinga   tashlanadi:   yoyilgan
tirsaklar   bilan   raqibdan   saqlanayotgan   to’pni   keyingi   harakatlarga   tayyorlash
holatiga   olib   chiqiladi.   Agar   to’p   ko’krak   balandligidan   ancha   past   uchib   kelsa,
unda o’yinchi  to’pining uchish balandligiga pasaytirib, odatdagidan ko’ra pastroq o’tiradi    
II BOB. Sport mashg’ulotining prinsiplari  
2.1  Mashg’ulotning asosiy vositalari va metodlari
Sport mashg’ulotining tuzilishi va amalga oshirishligi onglilik, qaytarishlilik, asta
sekinlik,   ko’rgazmalilik,   har   bir   o’ziga   xoslilik   prinstiplariga   asoslanadi.   Bu
prinstiplarning   ko’pchiligi   pedagogikadan   o’zlashtirib   olingan   bo’lib,   bular   sport
mashg’ulotining   vazifalari   va   sharoitlaridan   kelib   chiqqan   pedagogik
jarayondir. Onglilik   prinsipi .   U   sportchini   o’zini   tayyorgarlik   jarayoniga   ongli
ravishda   va   faol   munosabatda   bo’lishiligini   nazarda   tutadi.   O’z   tayyorgarligiga
yuqori onglilik munosabatida bo’lganda nazariya va metodikani chuqur o’rganishi,
sportchida   katta   tajriba   va   bilim   yaratib,   shu   sababli   samarali   mashg’ulot   qilish,
musobaqada   muvafaqiyatli   qatnashish   va   keyinchalik   shularga   o’z   tajribasini
o’rtoqlashishidan   iboratdir.   Qaytarishlilik   prinsipi   fiziologik   holatga   asoslanadi.
Negaki u shartli refleks aloqalarini tashkil qilish va organizmda mashg’ulot ta’siri
ostida   zarur,   bo’lgan   (mos)   o’zgarishlarni   yuzaga   keltirish   uchun   bajariladi.
Mashg’ulot   mashg’ulotlarini,   jismoniy   mashqlarni   qaytarmasdan   sportda
rivojlantirish   va   takomillashtirish   bo’lishi   mumkin   emas.   Sport   mashg’ulotida
ba’zi jismoniy mashqlarni qaytarmasdan sportda rivojlantirish va takomillashtirish
bo’lishi   mumkin   emas.   Sport   mashg’ulotida   ba’zi   jismoniy   mashqlarni   qaytarish,
shu   bilan   birga   butun   mashg’ulotlarini   optimal   ravishda   qaytarishlilik   talab
qilinadi.   Ba’zi   mashqlarni   qaytarish   soni   va   ular   o’rtasidagi   dam   olish   intervali
sportchining   tayyorgarligiga,   uning   yoshiga,   mashq   turiga,   tashqi   muhitga-
maksimal   yuklamani   almashinishligiga   bog’liqdir.   Haftalik   yoki   boshqa   sikl
boshida   sportchining   organizmi   avvalgi   hafta   mashg’ulot   yuklamasidan   butunlay
tiklangan   bo’lishi   juda   muhimdir.   Hozirgi   paytda   yuqori   malakali   sportchilar kundalik   mashg’ulot   mashg’ulotlariga   o’tayaptilar,   shunga   qarab,   ularning
yuklama   (miqdor   va   intensivlik   jihatdan)   qaytarilishlik   miqdori   o’zgaradi.   Asta-
sekinlik yoki izchillik prinsipi .   Sportchining muvaffaqiyatida juda muhim, hattoki
hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fiziologiyadan ma’lumki, organlarning o’zgarishi va
organizm   tizimlarini   o’zgarishi,   ularni   funksiyalarni   yaxshilanishi,   uzoq   muddat
ichida asta-sekin davom etgan mashg’ulotning ta’sirida bo’ladi. Biroq asta-sekinlik
sportchining kuchi va imkoniyatiga mos kelishi  lozim. Uni mashg’ulotga bo’lgan
chiniqishini yaxshilana borishiga, sport natijalari, sport mahoratini bir necha yilda
o’sishga   olib   keladi.   O’rgatish   metodikasi   pedagogikaning   asosiy   qoidalariga
(oddiydan   murakkabga)   asoslanadi.   Ko’rgazmalilik   prinsipi   kinogramma,   o’quv
kinosuratlari   va   hokazolar   o’rgatishni   sezilarli   darajada   tezlashtiradi,   mukammal
texnikani   o’zlashtirishga   yordam   beradi.   O’rganishda   sportchilarni   texnikasini   va
murabbiyni ko’rsatayotgan harakatlarini katta diqqat, e’tibor bilan kuzatish kerak. 
O’ziga   xoslilik   prinsipi   (erisha   oladiganlilik)   -   sportchining   mashg’ulotini   tuzish
va   o’tkazishni,   uning   o’ziga   xos   xususiyatlarini   (jinsi,   yoshi,   tayyorgarligi,
sog’liqning   qay   darajadaligi,   ma’lum   sifatlarini   rivojlanganlik   darajasini)   hisobga
olishni   talab   qiladi.   Sportchini   tarbiyalashda   o’ziga   xos   yondoshish,   texnika   va
taktikani   o’rgatishda,   katta   samara   beradi.   Har   bir   sportchining   funksional
imkoniyatlarini   oshirish   maqsadida,   mashg’ulot   yuklamasini   aniqlashda   ularga
shaxsiy   yondoshish   juda   muhimdir.   Sportchining   o’ziga   xoslilik   imkoniyatini
o’rganish   avvalombor   aniq   mashqlar   orqali   olib   boriladi.   Bu   mashqlarning   doim
qo’llanishi   va   musobaqaga   qatnashish   natijasi   sportchining   tayyorgarligini   kuchli
va   kuchsiz   tomonlarini   aniqlaydi,   hamda   shunga   muvofiq   mashg’ulotga
o’zgartirishlar   kiritiladi.   Yuqorida   keltirilgan   prinsiplar   mashg’ulot   jarayonida
qo’llaniladigan   asosiy   hollar   hisoblanadi,   bu   asosiy   prinsiplar   o’zaro   bog’liq   va
o’zaro   kelishilgandir.   Tarbiyaning   ko’p   qirraliligiga   asta-sekinliksiz,   asta-
sekinliksizga esa qaytarishliksiz erishish mumkin emas. Erisha oladiganlik (o’ziga
xoslilik)ni   va   hokazolarni   hisobga   olmasdan   muvaffaqiyatga   erishish   mumkin
emas.   Basketbol   mamlakatimizdagi   eng   mashhur   o'yinlardan   biridir.   Turli   xil
harakatlar   bilan   tavsiflanadi;   raqiblar   bilan   yakka   kurashda   yurish,   yugurish, to'xtash,   burilish,   sakrash,   ushlash,   uloqtirish   va   dribling.   Bunday   xilma-xil
harakatlar metabolizmni, barcha tana tizimlarining faoliyatini yaxshilashga yordam
beradi va muvofiqlashtirishni shakllantiradi.
Basketbol nafaqat sog'lomlashtiruvchi va gigiyenik ahamiyatga ega, balki targ'ibot
va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Basketbol qat'iyatlilik, jasorat, qat'iyatlilik, halollik,
o'ziga   ishonch,   kollektivizm   tuyg'usini   shakllantirishga   yordam   beradi.   Lekin
ta’lim samaradorligi, eng avvalo, pedagogik jarayonda jismoniy va axloqiy tarbiya
o‘rtasidagi   munosabatlar   qanchalik   maqsadli   amalga   oshirilishiga   bog‘liq   (Belov
S., 1990).
Basketbol  jismoniy tarbiya vositasi  sifatida jismoniy madaniyat  harakatining turli
qismlarida keng qo'llanilishini topdi.
Xalq   ta limi   tizimida   basketbol   maktabgacha   yoshdagi   jismoniy   tarbiya,   umumiyʼ
o rta, o rta, kasb-hunar, o rta maxsus va oliy ta lim dasturlariga kiritilgan (Portnov	
ʻ ʻ ʻ ʼ
Yu.M., 1997).
Basketbol - bu jismoniy tarbiyaning samarali vositasi bo'lgan qiziqarli sport o'yini.
Bu   talabalar   orasida   juda   mashhur   ekanligi   ajablanarli   emas.   Basketbol   bolalarni
jismoniy   tarbiya   va   sog‘lomlashtirishning   muhim   vositasi   sifatida   umumta’lim
maktablari,   politexnika   va   ishlab   chiqarish   ta’lim   maktablari,   bolalar   sport
maktablari,   shahar   xalq   ta’limi   bo‘limlari   va   ixtiyoriy   sport   jamiyatlari
bo‘limlarining umumta’lim dasturlariga kiritilgan.
Erishilgan   natijalarni   mustahkamlash,   sport   mahoratini   yanada   yuksaltirish
ommaviy   sog‘lomlashtirish   ishlari,   eng   iqtidorli   yigit-qizlardan   zaxiralarni
malakali   tayyorlash   bilan   chambarchas   bog‘liq.   Bunday   zaxiralar   bolalar   sport
maktablarida tayyorlanadi (John R., Wooden, 1987).
Bolalarga   uzoq   muddatli   ta'lim   berish   ularning   yosh   rivojlanishining   o'ziga   xos
xususiyatlarini hisobga olishni va shu munosabat bilan tarbiyaviy ishning vositalari
va   usullarini   puxta   ishlab   chiqishni   talab   qiladi.   Hozirgi   vaqtda   basketbolning
zamonaviy   usullarini   batafsil   yoritib   beradigan   ko'plab   qo'llanmalar   mavjud. Ularda   pedagogik   ishlarni   tashkil   etishning   umumiy   masalalari,   shuningdek,
ma’lum yoshda o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan aniq amaliy materiallar (Zeldovich T.,
Keraminas S., 1964) belgilab berilgan.
Umumta’lim   maktabining   eng   muhim   vazifalaridan   biri   bolalarni   kundalik
jismoniy   mashqlarga   bo‘lgan   ehtiyojni   tarbiyalashdir.   Bu   masalani   hal   etish
jismoniy   madaniyat   o‘qituvchisidan   qat’iyat,   ijodkorlik,   katta   mahorat   va   bilimni
talab   qiladi.   Va,   eng   avvalo,   inson   nafaqat   o‘z   faoliyatiga,   balki   darsdagi
o‘quvchilarning   faolligiga   ham   asoslanishi   kerak.   Va   shunday   qilib,   u   jismoniy
o'zini-o'zi   takomillashtirish   maqsadida   uyda   mustaqil   o'rganish   shaklida   o'zining
munosib   davomiga   ega   bo'ladi.   Buning   uchun   esa,   birinchi   navbatda,   siz
o'quvchilaringizning   haqiqiy   imkoniyatlarini   bilishingiz   kerak   (Turqulov   B.N.,
1993).
Basketbol   o‘yini   va   real   o‘yin   faoliyatining   xilma-xil   texnik-taktik   harakatlari
maktab o‘quvchilarining hayotiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ularning
jismoniy   va   aqliy   sifatlarini   har   tomonlama   rivojlantirish   uchun   o‘ziga   xos
xususiyatlarga   ega.   Basketbol   o'ynashning   o'zlashtirilgan   harakat   harakatlari   va   u
bilan   bog'liq   jismoniy   mashqlar   salomatlikni   mustahkamlash   va   dam   olishning
samarali   vositasi   bo'lib,   inson   hayoti   davomida   jismoniy   tarbiyaning   mustaqil
shakllarida   qo'llanilishi   mumkin   (Kofman   L.B.,   1998).   Eksperimental   guruhda
quyidagi o'qitish metodikasi o'tkazildi.
1. Otish texnikasini tushuntirish va ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish.
2.   Juft   bo‘lib,   qilichsiz.   I.P.   -   hujumchining   o'ng   oyog'ini   oldinga   qo'ygan   holda
turishi.   1   -   yarim   cho'zilishni   bajaring,   oyoq   barmoqlarini   tekislang.   5-8   marta
takrorlang.
3. Shuningdek, qo'llarning ishiga taqlid qilish bilan. 5-8 marta takrorlang.
4.   I.P.   -   to'g'ri   qo'l   yuqoriga   cho'zilgan   -   to'p   bilan   oldinga   (otish   qo'l   ishlaydi),
to'pni orqaga aylantiring. 5-8 marta takrorlang. 6. I.P. - tirsak bo'g'imida egilgan qo'lda elkada to'p. 1 - oyoqlaringizni egib oling, 2
-   qo'llaringizni   oldinga   to'g'rilab,   oyoq   barmoqlariga   ko'taring,   to'p   pastga
tushguncha oyoq barmoqlarida turing.
7.   Xuddi   shunday,   to'pni   yuqori   traektoriya   bilan   qo'yib   yuboring,   shunda   u
sherikning   oyog'iga   tushadi.   To'pning   parvozining   eng   yuqori   nuqtasi   sheriklar
o'rtasida bo'lishi kerak. 10-12 marta takrorlang.
8. Shuningdek, ringga otish bilan, ikkinchi qo'l orqada, Masofa 1 m, o'ng va chap
tomonlarda, burchak 45  ga teng 
.
Har tomondan 10 marta takrorlang.
9.   Juftlikda.   Biri   otadi,   ikkinchisi   esa   to'plarga   xizmat   qiladi.   Qalqondan   aks
ettirish bilan uradi. Har biri 16 ta otish uchun 2 marta bajaring.
10. 5 ta urish sharti bilan masofani 1 metrga oshiring. 10 ta otishni bajaring.
Shuningdek,   xatolar   ustida   doimiy   ish   olib   borildi,   ularni   bartaraf   etish   uchun
etakchi mashqlar va simulyatorlardan foydalanildi (3-bobdagi tavsif).
Nazorat guruhidagi mashg'ulotlar ketma-ketligi.
1. Bajarish texnikasini tushuntirish va namoyish qilish.
2. Qabul qilishga taqlid qilish.
Z. Menteşali traektoriya bo‘ylab juft bo‘lib uloqtirishni bajarish.
4.   O'ng   va   chapdan   boshlab,   keyin   markazdan   pastga   qarab   savatga   yaqin
masofadan zarbalar.
5. To'pni masofani doimiy oshirib savatga tashlash.
2.1   Mashg’ulotning   asosiy   vositalari   va   metodlari  
O’rgatish  metodi  yangi  o’quv materialini  o’rganishda   qo’llaniladi.  Bunga  harakat malakalarini   va   nazariy   bilimlarni   egallash   kerak.   Mashq   metodi   asosan
foydalaniladi.   Texnika,   taktika   va   hokazolarga   bo’lgan,   mashg’ulotga   bo’lgan
chiniqishni   egallash   va   uni   oshirish   jismoniy   mashqlar   vositasini   tizimli   ravishda
bajarish   orqali   amalga   oshiriladi.   Shuning   uchun   jismoniy   mashqlar
mashg’ulotning asosiy vositasidir. Ular uchta asosiy gruppaga bo’linadi: 
1.
Basketbol   o’yini   bilan   bevosita   bog’liq   mashqlar;   ikki   yoqlama   o’yinning
hamma variantlari, 1ta shchitga o’ynaladigan 5x5 dan to 1x1 gacha bo’lgan
o’yinlar.   Adabiyotda   bu   mashqlar   asosiy   mashqlar   nomi   bilan   yuritiladi,
ba’zi bir avtorlar, bularni musobaqa mashqlari deb ataydilar (L.P.Matveev). 
2.
Ikkita guruhdan iborat umumrivojlanish mashqlari: 
a)   yengil-atletikaning   turlari,   og’ir   atletika,   futbol,   qo’l   to’pi   va   boshqalari.  
b) umumrivojlantiruvchi tayyorlov mashqlari har xil predmetlar va ularsiz. Mashq
egilishlar,   burilishlar,   siltanishlar   va   boshqalardan   iborat.  
Basketbolga taalluqli jsmoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish hamda basketbol
texnika,   taktikasini   o’rganish   maqsadida   qo’llaniladigan   maxsus   mashqlar.   Sport
mashg’ulotida   maxsus   mashqlarni   qo’llash   ayrim   muskul   guruhlarini   kuchini
rivojlantirganligi   uchun   ko’p   qo’llanilyapti.   Jismoniy   sifatlarni   rivojlantirishga
yo’naltirilgan   maxsus   mashqlar   yordami   bilan   birga,   basketbolni   hujum   va
himoyasini   ba’zi   bir   texnika   elementlarini   o’rganish   mumkin   va   aksincha.
Texnikani egallash uchun bajariladigan mashqlarni ko’p marta qaytarilishi ham o’z
o’rnida   jismoniy   sifatlarni   rivojlantirishga   yordam   beradi.   Odatda   maxsus
mashqlar,   basketbolni   bir   qismini   yoki   bir   necha   harakatlar   bog’lamini   tashkil
qilgan   bo’ladi.   Shunga   binoan   bu   mashqlar   o’z   turiga   yaqin   yoki   shu   turdan
bo’lishi   lozim.   Ruxiy   tayyorgarlik,   irodaviy   sifatlarni   tarbiyalash   va   jismoniy
sifatlar darajasini oshirish maqsadida, maxsus ataylab tashkil qilingan og’ir, qiyin
tashqi   muhit   yaratiladi.   Bir   jismoniy   mashqning   o’zi   qay   shaklda   va   qanday sharoitda   bajarilayotganligiga   qarab,   uning   ta’siri   sportchida   har   xil   bo’ladi.
Sportchining   tayyorgarligida   muhim   ahamiyatga   ega   shartlardan   biri,   bu   gigienik
reja   va   tabiatning   tabiiy   omillaridir.  
Bu   omillar   markaziy   tizimsi   holatini   yaxshilash   uchun   hamda   sog’liqni
mustahkamlash   va   chiniqish   uchun   juda   yaxshi   vositadir.   Bularning   hammasi
sportchini   hayot   faoliyatini   oshiradi   va   unga   ko’p   va   samarali   mashg’ulot   qilish
kerak.   Yuqori   sport   natijalariga   erishish,   mashg’ulotlardan   keyin   o’z   kuchini   tez
tiklashga   imkon   beradi.   Mashg’ulot   tizimda   qo’llaniladigan   vositalarning   turli
tuman   bo’lishligi   ya’ni   basketbol   taktika   va   texnikasini   o’rgatish   va
takomillashtirish,   irodaviy   sifatlarini   tarbiyalash,   jismoniy   mashqlarni   bajarish
metodlari juda muhimdir.   Ko’rsatish va namoyish qilish metodi.   O’rganilayotgan
usulni   tasavvur   qilishdir.   Ko’rsatish   juda   aniq,   engil,   o’zlashtirish   va
o’rganilayotgan  harakatning  muhim  joylariga  urg’u berilgan bo’lishi   kerak. Ba’zi
hollarda   qaytarish   va   sekin   ko’rsatish   qo’llaniladi.   Agar   ko’rsatish   bilan   birga
boshqa   usullar   ko’rsatilsa-ko’rgazmali   qo’llanmalar,   kinogrammalar   va   boshqalar
yaxshi   samara   beradi.   Ko’rsatishni   ustalik   bilan   ishlatish,   bolalarni   o’rgatishda
katta   ahamiyatga   ega,   negaki   ularda   2   chi   signal   tizimsi   unchalik   yaxshi
rivojlanmagan va qabul qilinayotgan ma’lumotni asosan 1-chi signal tizimsi orqali
qayta   ishlaydi.  
So’z   metodi.   ancha   keng   qo’llaniladiganlar   qatoriga   kiradi.   Kuzatish   natijasida
o’rganilayotgan   usulni   ichki   mexanizmlarini   yoritib   bo’lmaydi,   bu   esa   usulni
yaxshi   shakllanishini   ta’minlaydi.   So’z   metodi   usulni   ko’raolmayotganlar   uchun
juda   qo’l   keladi.   Shu   bilan   birga   2-chi   signal   sitemasi   faoliyati   faollashadi,
shug’ullanuvchilarni   xotirasi   va   tafakkuri   ishga   tushadi,   o’z   vazifalarini   to’liqroq
xis   qiladilar,   o’zlari   uchun   zarur   mo’ljal   va   kriteriyani   anglab   oladilar.   Agar
tushuntirishi   qiska,   aniq,   hayajonli   va   ravshan   bo’lsa,   u   yaxshi   qabul   qilinadi.
Harakatni o’zlashtirish jarayoni, xatolarni va noaniqliklarni to’g’irlash bilan birga
olib   boriladi.   Bu   xatoliklar   tabiiydir   va   bu   murabbiy   yo’l   qo’yilgan   xato   deb
hisoblanmaydi.   Bu   o’rganishida   doim   bo’ladigan   narsa   hisoblanib,   ular   har   xil
sabablarga ko’ra bo’ladi. Shuning uchun o’rgatishning asosiy vazifalaridan biri, bu xatoni   oldini   ola   bilish   va   to’g’rilashdir.   Xatoga   o’rganib   qolingan   bo’lsa,   uni
to’g’rilash   juda   ham   qiyin.   Ular   ko’pinchalik   halaqit   beradi   va   uning   natija
samarasini pasaytirib yuboradi. 
2.2   Xatolarni   keltirib   chiqaradigan   asosiy   sabablar   va   harakat   sifatlarini
tarbiyalash metodlari  
1.
O’zlashtirilayotgan   yangi   materialga   shug’ullanuvchilarning   tayyor
emasliklari. 
2.
O’rganilayotgan   harakat   to’g’risida   e’tiborsizlik   oqibatida   noto’g’ri
tushuncha hosil qilish. 
3.
O’rgatish sxemasida foydalanadigan mashqlarni ketma-ketligining buzilishi.
4.
Koordinatsiya mexanizmlarini har xil sabablarga ko’ra (shug’ullanuvchilarni
birdaniga yuqori natijaga erishishga bo’lgan urinishlari va hokazo) buzilishi.
Harakat   malakasini   to’g’ri   shakllanishi   uchun,   harakat   strukturasi   to’g’risidagi
ma’lumotni   kelib   turishi.   Aniqlanayotgan   xatolar   o’z   vaqtida,   berilgan
ko’rsatmalar,   qayta   ko’rsatishlar   va   sekin   murabbiy   bilan   birga   bajarish   orqali
tuzatiladi.   Sport   mashg’ulotning   asosiy   maqsadi   -   sportchilarni   yuqori   natijalarga
erishtirishdir. Bu maqsadga erishish uchun, sportchining organizmi yuqori va juda
yuklamalarni   ko’tara   olishi,   hamda   shu   bilan   birga   yuqori   ish   faoliyatini   saqlab
qolishi   kerak.   Shuning   uchun   mashg’ulot   asosida,   organizmni   funksional   va
harakat   qilish   imkoniyatlarini   takomillashtirish,   hamda   uni   musobaqa   sharoitiga
moslashishiga   etadi.   O’yinning   ta’sirida   va   asosan   har   xil   mashqlarni   ishlatish
natijasida   organizm   faoliyatida   har   xil   o’zgarishlar   bo’ladi.   Yuklamani   berishda
kerakli samaraga erishish uchun, ular sportchi organizmida qanday o’zgarishlarga
olib kelishligini aniq bilishi kerak. Har qanday yuklama quyidagi sifatlar qiyinligi,
intensivligi   va   miqdori   bo’yicha   bo’linadi.   Mashg’ulot   yuklamasining   umumiy samaradorligiga,   bularning   har   biri   o’z   xissasini   qo’shadi,   ammo   jismoniy
mashqlar   paytida   beriladigan   metodga   ko’proq   bog’liqdir.     Harakat   sifatlarini
tarbiyalash   metodlari   Zarur   sifatlarni   tarbiyalash   maqsadida,   shu   sport   turlariga
xos vosita va metodlardan foydalaniladi. Amaliyotda, o’quv mashg’ulot jarayonida
quyidagi   ma’lum   metodlar   qo’llaniladi.   Qaytarish   metodi   -   bu   o’yinlarda
uchraydigan uzuq-uzuq ishning bir  ko’rinishidir. Uni bajariladigan ishga nisbatan
katta   quvvatliligini   ajratib   turadi.   Bu   metoddan   tezlikni,   kuchni,   tezlikka   bo’lgan
chiniqishni   tarbiyalashda   foydalaniladi.   Interval   metodi -   bu   ham   uzuq-uzuq
ishning   bir   ko’rinishi   sifatida   namoyon   bo’ladi.   U   boshqalardan   aniq
chegaralangan   ish   va   dam   olishdan   farq   qiladi.   Dam   olish   nisbatan   uzoq   davom
etmay,   organizmni   tiklanishiga   ulgurmaydi.   Bu   metod   tezlik   kuchi   va
chidamlilikni tarbiyalashda qo’l keladi. Bu anaerobik va aerob energiya ta’minlash
mexanizmlarini   takomillashtirib,   kislorod   qarzi   katta   bo’lgan   paytlarda   harakat
qilishga o’rgatadi.  Maksimal va intensiv metod    .    U maksimal kuchni tarbiyalashga
va   katta   kuch   va   quvvat   bilan   ishlashga   qaratilgan.   U   yaxshi   tayyorlanganlarga
mo’ljallangan.   Uning   yordami   bilan   (tezkor-kuch)   sifatlarini   va   anaerobik
jarayonlarini   takomillashtiriladi.   Sopryajenniy   (juft)   metod -   texnika,   taktika
harakatlarini   takomillashtirish   bilan   birga   harakat   sifatlarini   tarbiyalashga   imkon
beradi.   Shu   tarzda   kuchni,   chaqqonlikni,   chidamlilikni   shu   metod   yordamida
tarbiyalash,   o’yinchining   malakaliligi   esa   musobaqa   sharoitida   foydalanish
imkonini   beradi.   Aylanma   metod -   bir   vaqtning   o’zida   bir   necha   sifatlarni
tarbiyalash,   ba’zi   hollarda   esa   maxsus   malakalarni   takomillashtirish   uchun
foydalaniladi.   Aylanma   mashg’ulotdan   foydalanish,   bu   o’quv   vaqtini   tejash,
hamda   o’quv   jarayonini   intensiv   o’tkazish,   harakat   malakalarini   birgalikda   har
tomonlama rivojlantirishga sharoit yaratadi. Sport mashg’ulotining asosiy maqsadi
-   rejalashtirilgan   sport   natijalariga   erishishdir.   Har   bir   tayyorgarlik   turida
foydaliroq   mashqlardan   foydalaniladi.   Yuqori   natijalarga   yaxshi   tanlangan
mashqlar   va   ularni   o’tkazish   metodlari   yordamida   erishish   mumkin.   III BOB. Jismoniy va texnik tayyorgarlik  
3.1  Taktik va psixologik (ruhiy) tayorgarlik
Jismoniy   tayyorgarlik   -   bu   sportchini   mashg’ulot   jarayonining   asosiy   qismi
hisoblanib,   yuqori   sport   natijalariga   erishishga   asos   bo’lib   xizmat   qiladi.   U
avvalombor   sportchining   har   tomonlama   va   maxsus   jismoniy   rivojlanishini
ta’minlaydigan   jarayondir.   Shunga   muvofiq   jismoniy   tayyorgarlik   umumiy   va
maxsus   jismoniy   tayyorgarlikka   bo’linadi. Umumiy   jismoniy   tayyorgarlik
sportchining   butun   a’zolarini   har   tomonlama   rivojlanishiga;   hamma   harakat
mushaklarini   rivojlantirish,   organizm   a’zolari   va   bo’limlarini   mustahkamlash   va
ularni   funksional   imkoniyatlarini   oshirish,   harakat   koordinatsiyasini   yaxshilash
qobiliyati,   kuchni,   tezkorlikni,   chidamlilikni,   chaqqonlikni   va   egiluvchanlikni
oshirish,   gavda   tuzilishidagi   va   qomatdagi   kamchiliklarni   tuzatishga
yo’naltirilgandir. Bu vazifalarning echilishi  har tomonlama jismoniy rivojlanishni
ko’proq   ta’minlaydi.   Bunga   erishish   uchun   har   xil   harakat   faoliyatida   ishtirok
etuvchi  tananing  hamma  qismlariga, a’zolariga,  bo’limlariga  jismoniy  mashqlarni
tizimli   ravishda   yaxshi   ta’sir   etishini   ta’minlash   zarur.  
Maxsus  jismoniy   tayyorgarlik  -  organizmni  basketbol   o’ynashdagi  ish   faoliyatida
bevosita   zarur   bo’ladigan   organizmni   butun   a’zolari   va   bo’limlari,   hamma
funksional imkoniyatlari juda ham yuqori rivojlanishga yo’naltirilgandir. Tabiiyki
buning   uchun   mashqlardan   foydalaniladi.   Umumiy   jismoniy   tayyorgarlik   uchun
har tomonlama ta’sir qiladigan mashqlardan foydalaniladi. Har bir jismoniy mashq
organizmga   har   xil   ta’sir   qiladi.   Bu   ko’pincha   sport   mashg’ulotini   bir   nechta
vazifasini   echishda   qo’l   keladi.   Misol   uchun   kross   yordamida   chidamlilik rivojlantirilib,   tirishqoqlikni,   qiyinchilikni   engish   irodasi   tarbiyalanadi.  
Maxsus   jismoniy   tayyorgarlikka-maxsus   yo’naltirilgan   mashqlardan   ko’proq
foydalaniladi.  
Umumiy   va   maxsus   jismoniy   tayyorgarlikda   asosiy   o’rinni   kuchga,   tezkorlikka,
chidamlilikka va boshqa sifatlar qaratilgan mashqlar egallaydi. Umumiy va maxsus
jismoniy   tayyorgarlikni   mana   shu   tomonlari   jismoniy   rivojlanishni   har
tomonlamaligini hamda yuqori natijalarga erishishni ma’lum darajada belgilaydi.  
Texnik   tayyorgarlik   Xohlagan   sport   turida   muvaffaqqiyatga   erishish   maxsus
ishlab chiqilgan texnika usullarini egallash bilan aniqlanadi. Katta muvaffaqiyatga
erishish   uchun   texnikani   mukammal   egallab   olish   darkor.  
Basketbol   bilan   ilk   shug’ullanayotganlardan   tortib   sport   ustasi   bo’lgungacha
texnika o’rgatish jarayonida bevosita bo’ladi. Odatda bu jarayon ikki - o’rgatish va
takomillashtirish   boqichiga   bo’linadi.   Bunday   bo’linish   o’rgatish   jarayonini
rejalashtirishni   yaxshilab,   sportchilar   oldiga   aniq   vazifa   qilib   qo’yadi.   O’rgatish
bosqichida,   asosan   texnikani   to’g’ri   egallash   (harakatni   to’g’ri   tuzilishi,   ortiqcha
harakatlarning yo’qligi, etarlicha kuch ishlata bilish, koordinatsiyaga oid jarayonni
avtomatlashtirish)   vazifalari   hal   etiladi.   Takomillashtirish   bosqichida   texnikani
ba’zi   bir   qismlarini   yaxshilash,   ba’zi   harakatlarni   qayta-qayta   mohirlik   bilan
bajarish, jismoniy va irodaviy sifatlarni yanada rivojlantirish vazifalari echilib, shu
asosda texnik takomillashtirish amalga oshiriladi. Texnikani egallashning birinchi
bosqichini   yaxshi   jismoniy   tayyorgarlik   ko’rganlar   o’rta   hisobda   uch   yilda
egallaydilar.   Bu   muddat   ichiga   qator   maxsus   mashqlarni   va   yordamchi   sport
turlarini   egallash   ham   kiradi.   Ikkinchi   bosqichni   davom   etish   muddati
belgilanmaydi,   negaki   sportchi   qolgan   butun   yillar   mashg’ulotlar   mobaynida   o’z
texnikasini   takomillashtira   boraveradi.   Texnikani   o’rgatish   va   takomillashtirish
o’quv-mashg’ulotlarida   asosan   amalga   oshiriladi.   Texnik   tayyorgarlik   jarayonida,
texnikani   o’rgatish   va   takomillashtirish   uchun   mashg’ulotning   bir   qismi   yoki
hammasi   ajratilgan   bo’lishi   mumkin.   Ko’p   hollarda   buning   uchun
mashg’ulotlarning   bir   qismi   ajratiladi.   O’rganishning   boshlang’ich   qismida   u
uchun   ko’p   vaqt   talab   qilinadi.   Ilk   shug’ullanayotganlar   bilan   birinchi mashg’ulotlar   paytida   asosan   o’rgatishga   bag’ishlangan   bo’ladi.   O’rganilayotgan
texnik   malakaga   aylanmaguncha   mashg’ulotni   ko’p   qismini   o’rgatish   egallaydi.
Texnikani   o’rganishni   shug’ullanuvchilar   bo’sh   vaqtda   o’zlari   ham   o’zlaricha
bajarishlari mumkin. Buning uchun murabbiy uyga vazifa beradi. Sport texnikasini
asta-sekin   egallash   uchun   shug’ullanuvchilar   avval   u   haqida   tushunchani
egallaydilar,   so’ngra   uni   malakaga   aylantiradilar,   bu   o’rgatishning   asosiy
yunalishidir.  
Texnikani   yanada   yaxshi   egallab   olishga   kuch,   tezkorlik,   chidamlilik   etarli
darajada   rivojlanmaganligi   hamda   bu   qismlarning   kam   harakatchanliligi   halaqit
beradi.  
Ma’lum malakani egallash va mustahkamlash o’rniga uni etishmayotgan sifatlarini
rivojlantirish bilan almashtirish mumkin. Shu bilan birga bu vazifalarni mashg’ulot
boshida   texnikaga   rivojlantirish   bilan   parallel   echish   mumkin.   Buni   har   xil
darslarda   amalga   oshirish   mumkin.   Mashqlarni   shunday   tiklash   lozimki,
shug’ullanayotgan   sportchi   shu   harakatlar   yordamida   ham   jismoniy,   ham   ruhiy
rivojlantira   olsin.  
Texnikani   o’yin   sharoitiga   juda   yaqin   keltirilgan   sharoitaarda   taatika   biaan
aog’lagan   holda   o’rganilsa,   u   yaxshi   samara   beradi.   Basketbolchini   texnik
tayyorgarligi jaryonida quyidagi metodlar qo’llaniladi: materialni so’z metodi bilan
bayon   qilish,   o’rganilayotgan   harakatni   -   usulni   namunali   bajarish   metodi   yo’li,
harakatni qismlarga bo’lib o’rganish metodi, mashq metodi va h.k. 
3.1   Taktik   va   psixologik   (ruhiy)   tayorgarlik  
Basketbol   o’yini   taktikasi,   to’pni   egallab   turgan   jamoa   nima   qilishi   hamda   to’p
raqibda   bo’lganda   jamoa   nima   qilmog’i   lozimligini   belgilaydi.   To’pni   egallagan
jamoa, o’yinchining shaxsiy harakatlari, guruhli yoki jamoa harakatlari yordamida
hujum   tashkil   qiladi.   Basketbol   taktikasi   ikkiga,   hujum   taktikasi   va   himoya
taktikasiga   bo’linadi.   Bolalar   basketbolida   murabbiylar   ayniqsa,   o’yinchilarning
hammasi   jamoa   bo’lib   o’ynashlariga   e’tibor   berishliklari   lozim.  
Yosh basketbolchilarga taktikani o’rgatish murabbiyning o’quv-mashg’ulot ishida eng   qiyin   va   ko’p   mehnat   talab   qiladigan   narsalardan   biridir.  
Har   bir   murabbiy   agar   bola   texnik   tayyorgarlik   jihatdan   bo’sh   tayyorlangan
bo’lsalar, ularni taktikaning asoslariga o’rgatib bo’lmasligini biladi. Shuning uchun
o’yin   taktikasiga   darrovdan   o’rgatmasdan,   balki   mashg’ulotlarda   yarim   yilcha
shug’ullangandan   so’ng   o’rgatilgani   ma’qul.   Shaxsiy   taktik   harakatlar
elementlarini   esa   o’quvchilarga   birinchi   mashg’ulotlardanoq   o’rgatsa   bo’ladi.  
Shug’ullanuvchilarni   taktik   usullarga   o’rgatishda   ularni   oldiga   oddiy   taktik
vazifalar qo’yilsa, o’quvchilar ularni echib birinchi taktik malakalarni egallaydilar.
Misol   uchun:   to’pni   uzatish   va   ilishni   o’rganayotganda   shug’ullanayotganlarga
sheriklarni   qaerda   joylashganiga   qarab   u   yoki   bu   usul   bilan   uzatishni   ularning
o’zlari   tanlaydilar.   Agar   taktik   vazifalar   murakkabligi   jihatidan   asta-sekin
qiyinlashib   boradigan   bo’lsa,   shug’ullanuvchilar   elementar   taktik   g’oyalarni
qiynalmasdan o’zlashtirib, keyinchalik esa ancha murakkab taktik vazifalarni oson
echa   oladilar.   Yosh   shug’ullanuvchilar   o’yin   taktikasini   yaxshi   mustahkam
faollashlari   uchun   ularni   tizimli   ravishda   taktik   tayyorgarlik   haqida   bilim   bilan
boyitib,   suhbat   o’tkazib   borish   lozim.   Psixologik   (ruhiy)   tayorgarlik   Butun
mashg’ulot   jarayonida   murabbiy   o’quvchilarni   basketbol   o’ynashga   o’rgatibgina
qolmasdan,   balki   tarbiyalaydi   ham.   O’quvchilarga   talabchanlik   -   to’g’ri
tarbiyalashning   ajralmas   shartidir.   Endigina   shug’ullanishni   boshlagan   o’quvchi
ko’pincha   mashqni   bajara   olmaydi.   U   qovushimsiz   bo’lib   ko’rinmaslik   uchun
mashqni   bajarmaslikka   harakat   qiladi.   Buni   sezgan   murabbiy   mashqni   bajarishni
talab qilishi lozim. O’yin sharoitida ham o’yinchi bu mashqni bajarishga ko’nikadi.
Eng   asosiy   talab,   mashg’ulotlarga   intizom   va   vijdonan   munosabatda   bo’lishdir.
Birinchi   mashg’ulotlarni   o’zidayoq   BO’SM   da   qabul   qilingan   tartib   haqida
tushuncha beriladi. Ozoda kiyinish va mashg’ulotlarga kech qolmaslik. O’quvchini
xatosini   bir   martagina   kechirilsa,   unda   xato   qilish   mumkin   ekan   degan   fikr
tug’iladi.  
Bularni tarbiyalashda  eng asosiysi  - bu murabbiy o’zini qanday tuta bilishidadir.  
Murabbiyning   o’zini   gapiga,   qilgan   ishiga,   o’ziga   bo’lgan   talab
shug’ullanuvchilarga   bo’lgan   talabdan   past   bo’lmasligi   kerak.   Murabbiy mashg’ulotga   kech   qolmaslikni   talab   qilishi,   o’zi   ham   o’z   vaqtida   kelishi   kerak.
Agar   o’zi   biror   marta   kech   qolsa,   bolalardan   mashg’ulotga   o’z   vaqtida   kelishni
talab   qila   olmaydi.   -Sport   jamoasida   shaxsiyatparastlik,   man-manlikni   biron-bir
shakli yoki katta o’rtoqlariga va tengqurlariga nisbatan behurmatlikni ko’rinishlari
sira   ham   namoyon   bo’lmasligi   kerak.   -Murabbiyning   birinchi   va   asosiy
yordamchisi - bu yaxshi, sog’lom, jinslashgan basketbolchilar jamoasidir. Jamoada
murabbiy qo’ygan qiyin vazifalarni engil-oson bajara oladigan iqtidorli o’yinchilar
ko’p bo’ladi. Muvaffaqiyatga ba’zida osonlikcha etishmayotgan qobiliyatli bolalar
jamoa   bo’lib   va   shaxsiy   mashg’ulotga   ancha   sezilarli   ta’sir   qilishi   mumkin.   O’z
kuchi   va   imkoniyatiga   yuqori   baho   berish,   ustunligini   namoyish   qilish   sezila
boshlaydi. Murabbiyga bu muvaffaqiyatni yo’lga solish ba’zi hollarda ularni sun’iy
ravishda  biroz to’xtatish ham lozim bo’lib qoladi. G’alaba qilish lozim, bu o’quv
mashg’ulotlarni yaxshi o’tishiga rag’batlantiradi ammo ba’zi paytlarda mag’lubiyat
ham   muhim   o’rin   egallaydi.   Kuchli   ammo   juda   o’ziga   bino   qo’ygan   o’yinchiga
ma’lum   o’ziga   xos   sharoitlarni   mashg’ulot   va   musobaqa   o’yinlarida   yaratish
mumkin. Misol uchun: raqib jamoaning eng kuchli o’yinchisini ushlashni belgilash
(aytish), o’yin vaziyati juda og’ir sharoitida u o’z mahoratini ko’rsata olmaydigan
paytlarda   maydonga   tushirish.   Biroq   shunday   bolalar   borki,   ular   o’z   kuchlariga
ishonmaydilar,   ular   qo’llab-qo’ltig’lashga   intizorlar.   Bundaylarni   o’yin   sharoiti
yaxshi paytlarda maydonga tushirish, mashg’ulot jarayonida ularga ko’proq e’tibor
berish lozim. Ko’pincha, mag’lubiyatdan so’ng o’zaro janjal va kelishmovchiliklar
bo’ladi.   Bu   o’yinchilarni   shundoq   ham   yomon   kayfiyatini   undan   ham
yomonlashtiradi.   Bunday   holda,   murabbiy   o’yinchilarni   bu   o’yindan   boshqa
narsaga   chalg’itgani   ma’qul.   Murabbiy   ularni   biron-bir   narsa   bilan   band   qilib,
bolalar   xursand   bo’lishiga   harakat   qilishi   lozim.   Jismonan   charchagan   va   ruhiy
ezilgan   bolalar   kula   boshlasalar,   bu   balkim   keyingi   o’yinda   muvaffaqiyat
qozonishining   asosidir.   Ma’naviy-irodaviy   sifatlarni   har   bir   mashg’ulotda
texnikani,   taktikani   o’rganishda   va   jismonan   tayyorgarlikda   ham   tarbiyalash,
bularni   bajarish   o’quvchilardan   ma’lum   iroda   talab   qiladi.   Bularni   har   bir
mashqlarida   basketbolchi   unday   yoki   bunday   qiyinchiliklarga   duch   keladi. Qiyinchiliklarni   enga   olish   natijasida   odamning   xarakteri   maqsadga   chiniqib
erishish uchun iroda, tirishqoqlik, qat’iyatlilik tarbiyalanadi. Shug’ullanuvchilarda
mashg’ulotlarga   ongli   munosabatda   bo’lishliklarini   shakllantirish   jamoa   oldiga
qo’yilgan maqsad va vazifalarga ko’p jihatdan bog’liqdir. Bu vazifalarni echishga
qaratilgan bunday maksadga yo’naltirilgan faoliyat mashg’ulotlarga ongli ravishda
munosabatda   bo’lishni,   jamoani   birlashtiradi,   shug’ullanuvchilarni   e’tibori   va
qiziqishini   oshiradi,   natijada   tarbiyalash   va   o’rgatish   jarayoniga   ijobiy   ta’sir
ko’rsatadi.  
Mashg’ulot   va   o’rgatish   jarayonida   o’rganilayotgan   harakatni   u   yoki   bu
tomonlariga   o’z   e’tiborini   qaratishi,   to’g’ri   taqsimlashi   juda   muhim   ahamiyatga
ega. Bunday qilish shug’ullanuvchilardan iroda sifatini tarbiyalashni  talab qiladi.  
U yoki bu engishda iroda kuchi juda ham zarur. Shuning uchun harakatlarni, texnik
usullarni   va   ba’zi   o’zaro   harakatlarini   o’rganishda   ularni   shunday   tashkil   qilish
kerak-ki,   shug’ullanuvchilar   doim,   ammo   enga   oladigan   ma’lum   qiyinchiliklarga
duch   kelishlari   lozim.   Bu   qiyinchiliklarni   engishda   faqat   jismoniy   kuch   ishlatib
emas,   balki   har   xil   ruhiy   irodaviy   sifatlar:   faollik,   tashabbuskorlik,   dadillik,
qati’yatlilik bo’lishi zarur. Iroda kuchini namoyish qilish qobiliyatini rivojlantirish,
o’quv-sport   faoliyatini   zarur   yo’ldoshi   bo’lib,   o’yinchining   irodasini
tarbiyalaydigan omil hisoblanadi. Shug’ullanuvchilarni irodasi ayniqsa, musobaqa
jarayonida   yaqqol   ko’zga   tashlanadi.   Musobaqa   shug’ullanuvchilarda
mashg’ulotlarga   qiziqishni   oshiradi.   Shu   bilan   birga   musobaqalarga   tayyorlanish
va   musobaqalarni   o’zi   shug’ullanuvchilarni   kuchini,   tayyorgarligini   va   irodasini
tekshiradi hamda safarbar qiladi.Juda og’ir holatlarda ham  iroda kuchi  sababli  bu
sharoitdan chiqib olish mumkinligiga ko’p misollar bor.  
3.2   Tashkiliy   –   metodik   va   hakamlik   tayyorgarlik  
Basketbolchilar qatorini kengaytirish uchun maxsus va o’quv-sport ishining sifatini
yaxshilash   uchun   jismoniy   tarbiya   faollarini   maxsus   tashkiliy   -   metodik   va
hakamlik   tayyorgarligini   oshirish   katta   ahamiyatga   egadir.  
Faollarni tayyorlashni asosiy vazifasi sekstiya va mashg’ulot mashg’ulotlari uchun hamda   musobaqalar   uchun   zarur   bo’lgan   tashkiliy   -   metodik   va   hakamlik
malakalarini   singdirishdir.  
Tashkiliy-metodik   va   hakamlik   tayyorgarligi   asosan   o’quv   mashg’ulot
mashg’ulotlarida   bevosita   o’tkaziladi.   Shu   maqsadda   har   bir   mashg’ulotda   ba’zi
shug’ullanuvchilarga   amaliyot   sifatida   ma’lum   vazifa   beriladi.   Bu   vazifalar
boshida   ancha   engil   bo’lib,   so’ngra   esa   ular   murakkablasha   boradi.  
Hakamlik   qilishni   o’rgatish   esa   o’quv   o’yinlari   jarayonida   o’tkaziladi.   Bundan
tashqari   ba’zi   o’yinchilar   o’rtoqlik   uchrashuvlarga   hakamlik   qilish   uchun   jalb
qilinishlari   mumkin.  
O’yinga   so’z   va   ko’rsatmalilik   metodlari   yordami   bilan   umumiy   tushuncha   hosil
qilingandan   so’ng   o’rgatiladi.   O’yinni   mohiyati   haqidagi   suhbat   uning   asosiy
qoidalarini   tushuntirishni   to’ldiradi   va   yuqori   malakali   basketbolchilar   ishtirok
etgan   kinofilmni   namoyish   qilish   bilan   mustahkamlanadi.   O’yin   texnikasini
egallashda   asosiy   vazifa   -   usullarni   umumiy   strukturasini   o’zlashtirishdir.   Shu
bilan   birga   bajarilayotgan   harakatlarni   aniqligiga,   hamda   mo’ljalni   aniq   nishonga
olishlikni   rivojlantirishga   ahamiyat   berish   kerak.   To’p   bilan   bajariladigan
harakatlarni juda ham yaxshi o’zlashtirib olish va tabiiylikni rivojlantirish ayniqsa
zarur.   Bu   erda   har   xil   og’irliklardagi,   katta-kichik   to’plar   bilan   oyoqlarni   ishlatib
jonglyorlik   qilish,   maxsus   mashqlar   yaxshi   yordam   beradi.   Ayni   vaqtda   texnik
usullarni   o’rgatishga   taalluqli   bo’lgan   shaxsiy   taktik   harakatlarni   fikrlash
qobiliyatini   rivojlantirishga   katta   ahamiyat   berish   lozim.   Bunda-texnik-taktik
usullarni   o’rgatishda   ketma-ketlik   va   tizimlikka   rioya   qilib,   o’yin   va   musobaqa
metodlaridan foydalanib, tayyorlov o’yinlari va mashqlaridan foydalanish - asosiy
narsadir. Hujumda va himoyada jamoa bo’lib harakat qilishga o’rgatishga quyidagi
o’yinlar:   “To’p   uchun   kurash”,   “Kapitanni   himoya   qilish”,   “To’p   kapitanga”   va
boshqadan   foydalanish   mumkin.   Bu   o’yinlarda   basketbolga   taalluqli   to’p   bilan
harakatlar,   kurashish   shart-sharoitlari,   to’p   olib   qo’yish   qoidalari   o’rganiladi   va
amal   qilinadi.   Bu   erda   narsa   -   o’z   harakatlarini   sheriklari   bilan   bog’lay
olishlikdadir. Basketbolchilarni  mohirligi oxir-oqibatda o’yinchilarni jamoa taktik
mahoratining   darajasi   bilan   aniqlanadi.   Taktik   xarakatlarni   ba’zi   elementlarini alohida   o’rganilib,   keyin   o’quv   o’yinlaridan   mustahkamlanib,   so’ngra   yanada
murakkabroq   o’zaro   harakatlarni   o’yin   jarayonida   o’zlashtiriladi.   Hamma   taktik
mashqlarni   bajarishda   maxsus   vazifa   bo’yicha   harakat   qilayotgan   himoyachini
bo’lishligi   shart.   O’rganishni   boshlash   payti   eng   muhim   xisoblanadi,   negaki,   bu
vaqtda harakat faoliyatini asoslariga va o’ziga xoslikka o’rgatiladi. Shuning uchun
o’rgatish   metodikasini   eng   oqilona   metodikasini   tanlash   bilan   birga
shug’ullanuvchilarga doim tarbiyaviy ta’sir qilish muhim ahamiyatga egadir. O’yin
texnikasini   va   taktikasini   o’rganish,   hamda   jismoniy   tayyorgarlik,   ma’naviy
sifatlarni   tarbiyalash   bilan   bevosita   aloqada   bo’lishi   zarur.   Murabbiyning
pedagoglik   faoliyai   faqat   yaxshi   basketbolchi   tayyorlash   vazifasi   bilan
chegaralanib   qolishi   kerak   emas,   yaxshi   tashkil   qilingan   ish   faoliyati   sporchini
tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega, biroq musobaqa undan ham katta tarbiyaviy
ahamiyatga   egadir.   Tayyorlash   to’plarining   o’zaro   aloqasi   mashg’ulotlarini
kompleks   shakl   va   metodlardan   foydalanishni   taqazo   qiladi.   Mashg’ulotlarning
deyarli hammasida tayyorlashning turi vazifasini echish kerak.   Sport texnikasiga
o’rgatish   O’yin   usullarini   o’rganishda   shug’ullanuchilarda   ma’lum   harakat
malakalari   shakllanadi.   Bu   malakalar   shakllanadigan   jarayonni,   ya’ni   texnik
usullarini   o’rganishni   to’rtta   o’zaro   bog’liq   bosqichga   shartli   ravishda,   bo’lish
mumkin:   1.   O’rganilayotgan   usul   haqida   tushuncha   hosil   qilish.   2.   Usulni
soddalashtirgan, maxsus yaratilgan sharoitlarda o’rganish. 3. Murakkablashtirilgan
sharoitda usulni o’rganish. 4. Usulni o’yinda mustahkamlash. Qaysi bosqichligiga
qaramasdan  o’rganilayotgan  harakat  o’rgatish  jarayonining  butun davomida  tahlil
qilinadi  va xatosi  to’g’rilanib boriladi. O’yin jarayonining murakkabligi  va uning
o’ziga xosliligi har xil omillarni hisobga olishni talab qiladi, shu munosabat bilan
o’rgatishning   har   bir   bosqichida   o’ziga   xos   ayrim   pedagogik   vazifalar   paydo
bo’ladi.   O’rgatishni   bu   bosqichida   shug’ullanuvchilar   o’rganiladigan   usul   bilan
tanishadilar,   ularda   harakat   to’g’risida   aniq   tushuncha   hosil   bo’ladi.
Shug’ullanuvchilar usulni aqliy yoki ko’z oldilariga keltiribgina qolmay, harakatni
qanday bajarishlik jarayoni to’g’risida tasavvur  hosil  qilish uchun uni  bajarishlari
lozim.   Harakatni   ko’rsatib   va   tushuntirilayotganda   shug’ullanuvchilar   butun e’tiborlarini   uni   asosiy   tomoniga   qaratishlari   kerak.   Usul   bir   necha   marta
ko’rsatiladi:   avval   o’yinda   qanday   qo’llanilsa   shunday   ko’rsatiladi,   so’ngra   sekin
uni   asosiy   qismlariga   e’tiborini   jalb   qilib   ko’rsatiladi.   Ko’rsatish,
shug’ullanuvchilar   anglab   olishlari   va   ongli   ravishda   ularni   o’zlashtirishlari
maqsadida yaxshi qisqa tasviriy tushuntirish yordamida bajariladi. Usul to’g’risida
tushuncha   hosil   qilish,   butun   shug’ullanuvchilar   mashqni   bajarishlari   bilan
tamomlanadi.  
Soddalashtirilgan sharoitda usulni o’rgatish  Texnika usullarini bevosita o’yinda
o’rganish   mumkin   emas.   O’rganishning   boshlang’ich   bosqichida   usulni   o’rgatish
soddalashtirilgan   sharoitlarda   bajarilishi   lozim:   joyda   hech   qanday   qarshiliksiz
to’pni   ilish   oson   bo’lgan   joyga   uzatayotgan   o’qituvchi   bilan   va   h.k.   Bunday
sharoitda   shug’ullanuvchi   shoshmasdan   bajarishi   lozim   bo’lgan   harakatni   aniq,
bexato   bo’lishiga   o’z   e’tiborini   qaratadi.   Soddalashtirilgan   sharoitda   mashq
bajarilayotganda shug’ullanuvchilar xatolarga yo’l qo’yadilar: harakat strukturasini
buzishlari,   yoki   keraksiz   ortiqcha   harakatlarni   bo’lishligi,   yoki   harakatlarni   ba’zi
bir   qismlari   noto’g’ri   bajariladi.   Noto’g’ri   harakatlar   iloji   boricha   tez   va
sinchkovlik bilan tuzatilishi lozim. Agar xatolarga e’tibor berilmasa, u holda ko’p
takrorlanish   natijasida   ular   mustahkamlashib   qolishi   mumkin   va   keyinchalik
o’rgatish   jarayonini   sekinlashtirishi   mumkin.   Xatoni   o’z   vaqtida   ko’rish   va   uni
kelib   chiqish   sababini   aniqlab   (dastlabki   holatni   noto’g’riligi,   usulni   noto’g’ri
tushunish va h.k.) olish darkor. Xatoni qanday harakat eridaligiga qarab murabbiy
uni   to’g’rilash   uchun   har   xil   yo’l   tutadi.   Agar   xatoni   u   yoki   bu   shug’ullanuvchi
qilsa,   unday   holda   uni   oldiga   borib   xatoni   to’g’rilash   lozim.   Mabodo   ko’pchilik
shug’ullanuvchilar   u   yoki   bu   xatoni   qilsalar,   unday   paytlarda   butun   guruhni
e’tiborini   jalb   qilib   to’g’rilash   lozim.  
Harakat (usulni)  to’g’ri bajarilishida, uni  qachon boshlash  va tugatish maqsadida,
har  xil  belgilar  (stoykalar, biron bir  belgi, to’p, to’ldirma to’p va shu  kabilar)dan
foydalanish   yaxshi   natija   beradi.   Murakkab   sharoitda   usulni   o’rganish   Usulni
o’rganishdagi   bir   bosqich,   avvalgisiga   nisbatan   davomliroqdir.   Bu   bosqichning
vazifasi   shug’ullanuvchilar   usulni   bemalol   bajara   olishliklaridadir.   Usulni   asta- sekin   rejalashtirib,   murakkablashtira   borish   va   o’yinda   qo’llay   olishga   o’rgatish.
Sharoit   ham   asta-sekin   o’zgara   boradi.   Bu   bosqichda   harakatning   qismlari
o’rganilib,   to’p   bilan   bajariladigan   harakatlar   o’rganilib   qolmasdan,   balki   sherik
bilan   o’zaro   harakat   ham   o’rganiladi.   Usulni   qo’llash   taktikasiga   va   uni   ustalik
bilan ishlata olish malakasiga ko’proq e’tibor beriladi. O’rgatish vazifasi asta-sekin
murakkablashtira   boriladi.   Bu   har   xil   yo’llar   bilan   amalga   oshiriladi:   a)   to’pni
(traektoriyasini),   yo’nalishini   bajarish   tezligini   o’zgartirish   va   boshqalarni
murakkablashtirish   hisobiga;   b)   usulni   harakatda,   sakrab,   boshka   usullar   bilan
qo’shib   bajarish;   v)   o’yinchi   harakat   radiusini   kattalashtirish   hisobiga.   O'yinning
zamonaviy   tendentsiyasi   texnik   tayyorgarlikning   yo'nalishini   belgilaydi.
Futbolchilarning   yuqori   darajadagi   texnik   tayyorgarligi   bilangina   yuqori
natijalarga   erishish   mumkin.   Buning   uchun   basketbolchi:   1)   zamonaviy
basketbolga   ma'lum   bo'lgan   o'yin   usullarini   egallashi   va   ularni   turli   sharoitlarda
amalga   oshira   olishi;   2)   turli   o'yin   sharoitlarida   texnikani   istalgan   ketma-ketlikda
bir-biri   bilan   birlashtira   olish.   Dushmanga   qarshi   kurashda   turli   xil   texnikalarni
birlashtirgan turli xil harakatlar;
3) o'yinda tez-tez ishlatishingiz kerak bo'lgan texnikalar to'plamini o'zlashtiring va
ularni   eng   katta   effekt   bilan   bajaring;   4)   texnikani   doimiy   ravishda
takomillashtirish,   ularni   amalga   oshirishning   umumiy   izchilligi   va   tezligini
oshirish (Portnov Yu.M., 1988).
Basketbolda   jamoaning   muvaffaqiyati   aniq   yakunlangan   zarbadan   kelib   chiqadi.
Yaqin vaqtgacha va hatto bugungi kunda ham hujumning asosiy vositasi yuqoridan
bir qo'l bilan sakrashdir. Dunyoning eng kuchli erkaklar jamoalari musobaqalarida
maydondan   zarbalarning   70%   gacha   shu   tarzda,   turli   masofalardan   amalga
oshiriladi.
Otishning asosiy  xususiyatlari.  Basketbol  otish haqida gapirganda, ularning uchta
asosiy   xususiyatini   -   bu   erda   uloqtirish   harakatlarining   tashkiliy   tuzilishi   sifatida
tushuniladigan   otish   turi,   uslubi   va   texnikasini   yodda   tutish   kerak.   Basketbol
snayperlari   uslubi,   zarbalarining   xilma-xilligi   bilan   ajralib   turadi.   Ammo   ular texnologiya asoslarida - harakatlarning biomexanik tamoyillarida - qo'llar, oyoqlar,
to'pni savatga aniq yo'naltirishda farq qilmaydi. Oyoq harakati, to‘pni ushlab turish
va   uloqtiruvchi   qo‘l   tirsagining   yo‘nalishi   kabi   texnika   asoslari   turli   merganlar
uchun bir xil emas (Yaxontov E.R., 1987).
Savatga   otish   basketbolda   eng   muhim   element   hisoblanadi.   Uchrashuvda   g'alaba
qozonish   uchun   jamoa   raqibdan   ustun   bo'lishi   kerak   va   bunga   aniqroq   zarbalar
orqali   erishiladi.   O'yinning   barcha   boshqa   fokuslari   savatni   o'zlashtirish   uchun
sharoit  yaratishga  xizmat   qiladi. Jamoaga   foyda  keltirishi  uchun  har  bir  futbolchi
savatga aniq zarba bera olishi kerak (Lindberg F., 1971).
Har bir uloqtirish oltita otishdan birini bajarish texnikasiga asoslanadi: 1) pastdan
ikki qo‘l bilan; 2) bir qo'l bilan pastdan; 3) bir joydan ikki qo‘l bilan; 4) bir joydan
bir   qo'l   bilan;   5)   sakrab   otish;   6)   ilgak.   Turli   masofalarni   va   turli   sharoitlarda
bajarish   uchun   ba'zi   o'zgartirishlar   zarur   bo'lsa-da,   yuqorida   sanab   o'tilgan
otishmalar har qanday boshqasiga asos bo'ladi (Cosey B., Power F., 1975).
Savat uloqtirishning tasnifi (Portnov Yu.M., 1997) quyidagicha:
1) ikki qo'l bilan uloqtirish; bir qo'l bilan uradi;
2) yuqoridan, ko'krakdan, pastdan, yuqoridan pastga, tugatib tashlash;
3) to‘pni aylanib, qalqondan qaytargan holda, qalqondan qaytmasdan uloqtirish;
4) o'yinchi harakatining tabiatiga ko'ra: joydan, harakatda, sakrashda:
5) masofa bo‘yicha: uzoq, o‘rta, yaqin
6)   qalqon   tomon:   to'g'ridan-to'g'ri   qalqon   oldida,   qalqonga   burchak   ostida,
qalqonga parallel.  Xulosa  
Xulosa qilib aytganda sportchi o’z kuchiga ishonishi  va ongli  ravishda ish tutishi
juda zarurdir. Bu musobaqalarda yuqori natijalarga erishish manbaalaridan biridir.
O’z   kuchiga   ishonish   uchun   avvalombor   unga   sira   gumonsiramaslik   kerak.  
Usulni o’yinda mustahkamlash Ushbu bosqich usullarni o’rganish jarayonida juda
ham   muhim   hisoblanadi.   Murakkab   sharoitda   o’zlashtirilgan   usulni   o’yinda
mustahkamlash zarur. O’yinlar har turda bo’lishi mumkin. Usulni mustahkamlash
uchun   o’yin   mashqlari,   harakatli   va   o’quv   o’yinlaridan   foydalaniladi.   Har   bir
o’yindan   oldin   aniq   va   ravshan   vazifalar   qo’yilishi   lozim,   “umumiy   o’ynash”,
“o’ynalsa   bas”ga   yo’l   qo’ymaslik   kerak.   O’yinda   aniq   har   xil   usullar   qo’llanishi
mumkin   degan   vazifa   qo’yilgan   bo’lishi   mumkin.   Shu   maqsadda
shug’ullanuvchilarni   e’tiborini   o’rganilayotgan   usulni   o’yinda   qo’llashligiga
qaratish maqsadida ba’zi bir chegaralovchi maxsus o’zgartirishlar kiritish mumkin.
O’quv   o’yinlarining   xarakterini   ustalik   bilan   o’zgartira   oladigan   bo’lish   kerak.
Ularni   asta-sekinlik   bilan   qiyinlashtirib   borish   zarur.   Adabiyotlar ro’yxati  
1. Qasimov   A.Sh.,   Rasul е v   O.T,   Ismatulla е v   X.A.   Bask е tbol.   O’quv
qo’llanma. Toshk е nt,1986-y. 
2. Rasuly е v   O.T.   Bask е tbol.   Oliy   o’quv   yurtlari   uchun   darslik.
Toshkеnt,1998y. 
3. Rasulеv   O.T,   Sokolova,   N.D,   Ismatullaеv   X.A.   Baskеtbol.   Ixtisos   qursi
bo’yicha dastur, Toshk е nt, 1993. 
4. Sokolova   N.D.   G’aniy е va   F.V.   Ismatullay е v   X.A.   Bask е tbol.   Ma’ruzalar
to’plami, Toshk е t, 2001. 
5. V.P.Koval е v. Sportivno` е  igro. Moskva, 1988. 
6. .Rasulev   A.T.   Basketbol.   Oliy   uquv   yurtlari   uchun   darslik.   T.,  
O’zDJTU, 1998 
7. Ismatullaev   X.A.   Bekbol   uyining   rasmiy   koidalari.  
Metod.qo’llanma. T., O’zDJTU i TDPU, 2001 
8. Sokolova   N.D.   Uprajneniya   primenyaemie   pri   obuchenii   broskov   v
basketbole. Metod.rekomendastii. 1996  
9.   Sokolova   N.D.   Primenenie   nekotorix   variantov   pozitsionnogo  
napadeniya pri igre v basketbol. Metod.rekomendastii. T., 1998 
10. Ismatullaev   X.A.,   Ganieva   F.V.   Basketbol   uyinida  
hakamlarning   joylanishi   va   ularni   uzaro   xarakatlari.

O‘YIN TEXNIKASIGA O‘RGATISH VA TEXNIK TAYYORGARLIK MUNDARIJA I BOB. Basketbol o‘yin texnikasi 1.1. O’yin texnikasining tasnifi 1.2. Hujum texnikasi II BOB. Sport mashg’ulotining prinsiplari 2.1 Mashg’ulotning asosiy vositalari va metodlari 2.2 Xatolarni keltirib chiqaradigan asosiy sabablar va harakat sifatlarini tarbiyalash metodlari III BOB. Jismoniy va texnik tayyorgarlik 3.1 Taktik va psixologik (ruhiy) tayorgarlik 3.2 Tashkiliy – metodik va hakamlik tayyorgarlik Xulosa Adabiyotlar ro’yxati

Kirish Sport mashg’uloti ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Buni ta’minlash uchun, sport mashg’uloti tizimsini asosiy hollarini yaxshi bilish, qat’iy rioya qilishi kerak. Sport mashg’uloti tizimsi deganda biz quyidagilarni: vazifalar, prinstiplar vositalar, metodlarni va hokazolarni nazarda tutib, sportchilarni tarbiyalash va qonuniy ravishda jismoniy rivojlanishi bir butun jarayon deb faraz qilamiz. Bu ilmiy asoslangan va amaliy tekshirilgan sitemadir. Uning samaradorligi juda ham aniqdir. Trenirovka - bu inglizcha so’z bo’lib, aynan quyidagi ma’noni anglatadi. Mashq qilish va dressirovka qilish ma’nosi demakdir. Hozirgi paytda ham ba’zi bir murabbiylar sport mashg’ulotini jismoniy mashqlarni qaytarish deb tushunadilar. Lekin bu katta xatodir. Sport mashg’uloti jismoniy tarbiyaning formasidan bo’lib, ancha keng va ko’p qirrali jarayondir. Mashg’ulotni to’g’ri uyushtirganda mashg’ulotga bo’lgan chekinish yildan yilga o’sishi lozim. O’tish davrida mashg’ulot vaqtini kamayishi va uni bo’lmasligi sababli mashg’ulotga bo’lgan chekinish biroz kamayadi. Hozirgi davrga kelib, o’yin harakatlarining faollashmaganligi, texnik usullar yanada ko’payganligi tayyorgarlik darjasiga bo’lgan talabni oshiradi. Hozirgi kunlarda o’yin mazmunini, tayyorlov tizimlarini funksional faoliyatini takomillashtirish va har xil malakalarni yaxshi o’zlashtirish ayniqsa zarur. O’yinchilar har turdagi harakatlar kompleksini bajarishligi ular maxsus tayyorgarlikni mukammal egallashligini talab etadi. Buning ichiga shaxsiy sifat va malakalardan tashqari o’zaro jamoa bo’lib harakat qilishni maxsus malakalari va qobiliyatlari kiradi. Har bir o’yinchining umumiy o’yin tayyorgarligidan tashqari jamoada zarur bo’lgan funksiyalarni bajarish uchun kerak bo’lgan bilim, sifat va malakalarni o’zlashtirishi lozim bo’ladi. Bolalar va o’smirlar sport mashg’uloti agar, organizmda anatomo-fiziologik o’zgarish ijobiy bo’lganini va sog’lomlashtirishga ta’sir qilishi hamda jismoniy o’sishi va sport natijalari yuqori bo’lishga moil bo’lganda to’g’ri deb hisoblanadi.

I BOB. Basketbol o‘yin texnikasi 1.1O’yin texnikasining tasnifi O’yin texnikasini tasniflash – bu ma’lum belgilar asosida uning hamma usul, malakalarini bo’limlar va guruhlar bo’yicha teng huquqni taqsimlashidir. Shunday belgilar qatoriga eng avvalo sport kurashidagi malakaning nimaga mo’ljallanganligi belgilanishi (savatga hujum qilish yoki himoya qilish uchun), harakat qanday bajarilishi (to’p bilan yoki to’psiz), shuningdek, uning kinematik va dinamik tuzilishi xususiyatlari kiradi. Basketbol texnikasini ikkita katta bo’limga: hujum texnikasi va himoya texnikasiga bo’linadi. Har bir bo’limda ikkitadan guruh: hujum texnikasida – maydonda to’psiz harakat qilish texnikasi va to’p bilan bajariladigan harakatlar texnikasi, himoya texnikasida esa – maydonda harakat qilish texnikasi va to’pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasida ajralib chiqadi. Har bir guruh ichida malaka va ularni bajarish usullari bor. Malakani bajarishning deyarli har bir usuli harakat tuzilishining ayrim detallarini (ko’rsatkichlarini) ochib beradigan bir necha ko’rinishga ega. Bundan tashqari, usulning dinamik strukturasiga, o’yinchining harakatini, dastlabki holatini, yo’nalishi va masofasini aniqlaydigan bajarish shartlari ta’sir ko’rsatadi. Tavsiya qilinayotgan tasnifda fintlarga mustaqil joy ajratilmaydi, chunki fint – bu aniq usulning faqat bir qismini (masalan, to’pni uzatib berishda qo’l ko’tarish), (savatga otish paytida mo’ljallash), raqibda xato reaksiya tug’dirish maqsadi (niyati) bilan o’yinchi qulay holatga erishishdir.

1.2.Hujum texnikasi Maydonda harakat qilish texnikasi. Basketbolning maydon bo’ylab harakat qilishlar, hujum qilish vazifalarini bajarishga yo’naltirilgan va konkret o’yin harakatlarini amalga oshirish davomida yuzaga kelgan butun harakatlar tizimining bir qismi hisoblanadi. Ular basketbol texnikasi asoslaridir. O’yinchi maydon bo’ylab harakat qilish uchun yurish, yugurish, sakrash, to’xtalish, burilishlardan foydalanadi. Shu usullar yordamida u joyni to’g’ri tanlab olishi, uni ta’qib qilayotgan raqibdan uzoqlashishga (qochishga) va keyingi hujum uchun kerakli yo’nalishga chiqishi, boshqa usullarni bajarish uchun eng yaxshi, qulay dastlabki holatlarni egallashga erishishi mumkin. Bundan tashqari to’p bilan ajratiladigan ko’pgina texnik malakalarning harakatda va sakrab to’p otish va harakatlarning samaradorligi harakat paytida oyoqning to’g’ri ishlashiga va muvozanatni saqlashga bog’liq. Yurish. Yurish o’yinda maydonda harakat qilishning boshqa usullariga nisbatan kamroq qo’llaniladi. Asosan undan qisqa fazalarda pozitsiyani almashtirish uchun yoki o’yin harakatlarining muddati susayganda, shuningdek, yugurish bilan qo’shilishidagi harakat tempini almashtirish uchun foydalaniladi. Odatdagi yurishdan farqli o’laroq, basketbolchi tizzada bir oz bukilgan oyoqlari bilan bir joydan ikkinchi joyga o’tadi, bu unga qo’qqisdan tezlanish uchun imkon beradi. Yugurish. Yugurish o’yinda harakat qilishning bosh vositasi hisoblanadi. U yengil atletikadagi yugurishdan ancha farq qiladi. O’yinchi istalgan yo’nalishda, oldinga yoki orqasi bilan, har xil startga oud holatlardan maydon ichida tezlasha olishi, yugurish tezligi va yo’nalishini tez o’zgartira olishi kerak. Raqib uchun kutilmagan holda yugurish tezligini oshirish yoki startli tezlanish sport o’yinlarida keskin yugurish deyiladi. Keskin yugurish raqib ta’qibidan qutilish va bo’sh joyga chiqishning eng yaxshi vositasidir. Keskin yugurishni amalga oshirish uchun birinchi 4-5 qadamni shiddatli qilib, oyoqni uchi tomondan qo’yiladi. Yugurish tezligi qadamni uzaytirish tufayli osha boradi. Shu paytda o’yinchi to’pni olishga tayyor bo’lishi kerak. Yugurish yo’nalishini o’zgartirishni o’yinchi, harakat

yo’nalishiga qarama-qarshitomonga, oldinga chiqarib qo’yilgan oyoqning kuchli itarishi bilan amalga oshiradi gavdasini yangidan tanlagan yo’nalishi tomonga egadi. Sakrashlar. Sakrashlardan xuddi mustaqil malakalardan foydalanilishadi. Ular texnikaning boshqa usullarining elementlari ham hisoblanadi. O’yinchilar ko’proq yuqoriga va uzunlikka-yuqoriga sakrashlardan yoki qayta-qayta sakrashlardan foydalanishadi. Sakrashni bajarishning ikki usulini yani ikki oyoq bilan depsinib va bir oyoq bilan depsinishni qo’llashadi. Ikki oyoqlab depsinish bilan sakrashni ko’proq joydan turib asosiy holatdan bajarishadi. O’yinchi tezda oyoqlarni bukadi, qo’llarni tirsakda bir oz bukib, orqaga o’giradi va boshni sal ko’taradi. Depsinish oyoqlarni kuchli bukish bilan, gavdaning va qo’llarning oldinga-yuqoriga keskin harakati bilan amalga oshiriladi. Yugurib kelib ikki oyoqlab depsinib sakrashni odatda, savatga to’p otish paytida va shchitdan sapchib qaytgan to’p uchun kurash paytida qo’llashadi. Bir oyoq bilan depsinib sakrashni yugurib kelib bajarishadi. Depsinishni shunday bajarishadiki, yugurib kelishning inersiya kuchlaridan to’la foydalaniladi. Depsinishdan oldin yugurishning oxirgi qadamini oldingilaridan ancha katta qo’yishadi. Tizza bug’imlarida bir oz bukilgan depsinuvchi oyoqni oldinga chiqarishida va depsinish uchun tovondan oyoq uchiga dadil qo’yishadi. Boshqa oyog’i bilan oldinga – yuqoriga tez siltab, tana og’irligining umumiy markazi tayanch ustidan o’tish paytida esa uni tos suyagi bilan son suyagi qo’shilgan joyda va tizza bug’imlarida bukishadi. Basketbolchi tanasi yuqori nuqtaga yetgandagi ko’tarilishdan keyin oyog’ini to’g’rilaydi va depsinuvchi oyog’i yoniga keltiradi. Istalgan usulda sakraganda yerga tushish muvozanatini saqlagan holda, yumshoq tushish lozim, bunga ohista kerilgan oyoqlarning yumshatuvchi bukish orqali erishiladi. Yerga bunday tushish basketbolchiga o’yin harakatlarini bajarishga tezda kirishish uchun imkon yaratadi. To’xtashlar. Vaziyatga qarab o’yinchi, keskin yugurishlar va yugurish yo’nalishini o’zgatirishlar bilan bir qatorda raqib ta’qibidan bir oz bo’lsa ham qutilishga, bo’sh joyga chiqishga va keyingi hujum harakatlari uchun imkoniyatga ega bo’lish maqsadida kutilmagan (qo’qqisdan) to’xtashlardan foydalanadi. To’xtalish ikki uslubda sakrab va ikki qadam bilan