logo

OILADAGI NIZOLI VAZIYATLAR VA ULARNI BOSHQARISH USULLARI

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

414 KB
OILADAGI NIZOLI VAZIYATLAR VA ULARNI BOSHQARISH
USULLARI
M U N D A R I J A:
KIRISH …………………………………………………………………. 5
I     BOB.   OILAVIY   NIZOLAR   MOHIYATI,   NAZARIY   ASOSLARI
VA  HAL QILISHNING PSIXOLOGIK USULLARI ............... .........
10
1.1.     Konflikt mazmuni, mohiyati va  oilaviy  konflikt lar ..... ......... .. … 10
1.2   Konflikt ishtirokchilarning ruxiy tiplari va ularni boshqarish usullari ... 19
1.3. Oilaviy  nizo  turlari, uning ko’rinishlari va kelib chiqish sabablari 24
II   BOB. OILAVIY   NIZOLARNI   BARTARAF   ETISHGA   DOIR
TRENINGLAR   VA   ULARNI   TO’G’RI   QO’LLASHNING
PSIXOLOGIK  SHART-SHAROITLARI 28
2.1.Oilaviy   nizolarning   vujudga   kelish   motivlari   ……..........
…………… 28
2.2. Oilaviy   nizolarni   bartaraf   etishga   doir   aniq   psixologik
usullar,   tavsiyalar ….........................................................................
……….. 40
2.3.  Oilaviy nizolarni bartaraf etishga yo’naltirilgan treninglar 48
XULOSA…………………………………………………………….. 58
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………. 62
ILOVALAR…………………………………………………………. 6 4
     
3 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi:   Har   bir   halq   va   milliy   an’analar   tarkibida   yoshlarni
oilaviy   turmushga   tayyorlash   masalalariga   alohida   e’tibor   qaratilgan.   Ammo
zamonaviy   jamiyatlardagi   keskin   o’sish   sur’atlari   hamda   insonning   juda   katta
ijtimoiy   faoliyatining   uning   oilasi   va   oila   a’zolari   munosabatlariga   bo‘lgan   kuchli
ta’siri   asosida   milliy   an’analar   hamda   dolzarb   va   yangitdan   vujudga   kelayotgan
savollarga   to‘liq   javob   bera   olmaydi.   Shu   bois,   milliy   an’analarni   oilaviy   turmush
borasidagi umumbashariy nazariy bilimlar bilan qo‘shib olib borish talab etiladi. 
Oila   beqiyos   milliy   va   umumbashariy   qadriyatlardandir.   Oila   jamiyatning   eng
kichik   ijtimoiy   birligi,   uning   asosi   hisoblanadi.   Shu   bilan   birga   oila   yuksak
darajadagi insoniy qadriyatlar tizimini shakllantiruvchi institut va ma’naviy ahloqiy
tarbiya   o‘chog‘i   hamdir.   Aynan   oilada   ko‘pchilik   gumanitar   qadriyatlar
tarbiyalanadi, o’stiriladi va targ’ib qilinadi. 
Mamlakat   aholisining   yarmidan   ko‘proq   qismini   yoshlar   tashkil   qilishi,   o’sib
borayotgan   yosh   avlodni   jamiyatda   mustaqil   yashashga   tayyorlash   vazifasining
dolzarbligi   yoshlarni   jamiyat   hayotiga   va   oilaviy   turmushga   tayyorlash   ishlarini
jadallashtirishni   talab   etdi.   Insonlarning   o’zaro   munosabatlarida   keskinliklarning
o’sib   borayotganligi,   zamonaviy   ziddiyatlarning   inson   tafakkuri   va   ongiga   ta’sir
etishi   orqali   uning   psixologik   holatida   salbiy   va   asabiy   oqibatlarning   vujudga
kelishi,  yosh   oilalardagi  ajrim   holatlarning  muntazam   o‘sib   borayotganligi,  bolalar
va   o’smirlardagi   agressiya   holatlarining   vujudga   kelayotganligi   kabi   muammolar
O’quvchi-yoshlarni   oilaga   tayyorlash   vazifasini   to‘laqonli   olib   borish   talabini   kun
tartibiga qo‘yadi.  
Inson   o’z   hayotida   bolalik   davridanoq   boshqa   insonlar   bilan   turli   ijtimoiy
munosabatlarga   kirishadi.   Inson   hayoti   boshqalar   bilan   bo ‘ ladigan   turli
munosabatlarning uzluksizligidan  iborat  bo’lgan jarayondir. Ana shu  munosabatlar
esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis
davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. 
Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli ziddiyatlarsiz tasavur etib bo ‘ lmaydi.
Turli   nizo   va   ziddiyatlar   bilan   umr   davomida,   har   qanday   yoshda,   har   joyda,   har
qanday   vaziyatda   to’qnash   kelish   mumkin.   Nizolar   uyda,   maktabda,   ko’chada,
4 o ‘ quvchilar   orasida,   ota-onalar   va   farzandlar,   xodim   va   uning   rahbariyati   orasida,
jamoa   a’zolari   o’rtasida   sodir   bo’lishi   mumkin.   Konfliktlar,   odatda,   ko ‘ p   vaqt
odamlar   birga   bo’ladigan   hollarda,   ya’ni   ular   uzoq   muddat   bir-birlari   bilan
psixologik va ruhiy muloqotda bo’ladigan holarda, ular ma’lum muddat o’zaro birga
bo’lishga majbur bo’lgan paytlarida ko’proq sodir bo’ladi. 
Kishi   hayotining   ko’p   vaqtini   o’z   oilasida,   oila   azolari   davrasida   o’tkazadi.
Oiladagi   o ‘ zoro   munosabatlar   hamisha   ham   bir   tekis   bo’lmaydi,   buni   oilaviy
nizolar,   yani   konfliktlar   buzib   turadi.   Oilaviy   nizolar   har   qanday   oilada   bo’lishi
mumkin   bo’lgan   tabiiy   hadisa   hisoblanadi.   Hech   bir   oila   bundan   to’la
muhofazalangan   emas.   Chunki   konfliktlar   ba’zan   qo’qqisdan,   hech   kutilmagan
holda   vujudga   kelishi   hamda   inson   hayot   tarzini   tubdan   o’zgartirib   yuborishi
mumkin.   Har   bir   oila   a’zolari   konfliktlar   bilan   to’qnash   kelishi   aniq   bo’lganligi
sababli   konfliktlar   haqida   keng   bilimlarni   tarbiyalash   va   shakllantirish   muhim
pedagogik ahamiyat kasb etadi. Shu bois oilaviy konfliktlar to ‘ g ‘ risida ham nazariy
bilimlar, ham amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish hozirgi zamonda yoshlarni  oilaviy
hayotga tayyorlash dolzarb vazifalaridandir.
Konfliktlarning     oila     hayotidagi     doimiy     va     umumiy     hodisa       sifatida     tan
olinishi       har   qanday   konfliktning   u   ro’y   berishi   mumkin   bo’lgan   ko’lamda,
shaklda     va    tanglik    darajasida       muqarrar     tarzda       namoyon     bo’lishini     keltirib
chiqarmaydi. Oilaviy   konfliktlarni   tartibga   solish   muammosi   konfliktli   vaziyat
sabablariga   ta’sir   etish, konfliktning   salbiy   oqibatlarini   tugatish   yoki   konflikt
natijalaridan     foydalanish     maqsadida         konfliktning     borishini     muayyan
yo’nalishga  solish  imkoniyatiga  asoslanadi.
Oilaviy   nizolarni     tartibga     solish     muammosi     ma’lum     darajada     oilaviy
jarayonlarni       boshqarish     muammosining     bir     qismini       tashkil     etadi.   Fan
tomonidan    uni  boshqarish     haqida      ishlab   chiqilgan   asosiy    g’oyalar     konfliktli
vaziyatlarni  boshqarishning   aniq  usul  va   yo’llarini  topishda  katta  ahamiyatga
ega. 
Mazkur   malakaviy   bitiruv   ishimizning   mavzusini   ham     yuqoridagi   bayon
qilingan   fikrlardan   kelib   chiqib,   «   Oilaviy   nizolarni   bartaraf   etishda
psixotreninglardan foydalanish »  deb nomladik. 
5 Bizning   konflikt   borasidagi   tasavvurimiz   uning   faqat   bir   tomoniga
yo’naltirilgandir. Biz odatda konfliktning faqat bir qirrasini ko’rishga o’rganganmiz.
U   ham   bo ‘ lsa,   konfliktda   odamlar   ziddiyatga   kirishib,   o’zaro   urush,   nizo,   janjallar
chiqarishidir. Ammo har doim ham shunday bo’laveradimi?! 
.   Konflikt   faqat   bir   tomondan   iborat   bo’la   olmaydi .   Konfliktda,   uning
qanchalik   murakkab   bo ‘ lishiga   qaramay,   har   vaqt   ikki   tomon   –   buzg ‘ unchilik   va
yaratuvchanlik  mavjud bo’ladi. 
Shu   bois,   konfliklarning   murakkab   xususiyatlari   ularda   vayron   etish   va
yaratuvchanlik, zo’ravonlik va hamkorlik qirralarining ham mavjudligini ko’rsatadi.
Malakaviy bitiruv ishining metodologik nazariy asoslari:
Sharq   va   g ‘ arb   mutafakkirlarining   konfliktlar   to ‘ g ‘ risidagi   fikrlari,   ijtimoiy
konfliktlar ularning yechimi oid yondashuvlar.
Malakaviy bitiruv ishining maqsadi:
    O ‘ quvchilarda   oilaviy   nizolar,   uning   mazmuni,   mohiyati   va   mazmuni
to’g’risida   ijtimoiy   tasavvurlarini   kengaytirish.   Oilaviy   nizolarni   bartaraf   etishga
doir treninglarni qo’llashning aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
  Malakaviy bitiruv ishining obyekti:
Oilaviy   munosabatlar   jarayonida   konfliktlar   tabiatini   psixologik   jihatdan
o ‘ rganish va  yaratuvchanlik imkoniyatlarini rivojlantirish  jarayoni.
 Malakaviy bitiruv ishining predmeti:
Oilaviy   munosabatlar   jarayonidagi   nizolarni   o ‘ rganishning   mazmuni,shakli,
usullari, metod va vositalari.
Malakaviy bitiruv ishining ilmiy farazi: (gipotezasi)
 Agar oilaviy nizo va uning tabiatini hisobga olgan holda oilaviy munosabatlarga
kirishish   jarayonini   va   oilaviy   nizolarni   tartibga   solishda   psixologiktreninglardan
foydalanilganda   va   quyidagi   psixologik   vazifalarni     amalga   oshrilganda   ijobiy
natijalarga erishish mumkin:
    -birinchidan,     konfliktlar   mazmuni,   mohiyati,   insonlarning   konfliktlar
to’g’risida qarashlarini atroflicha o’rganilib chiqilganda;
  -ikkinchidan,   oilaviy   nizolarni   psixologik   jihatdan   o’rganishni   taminlaydigan
yaxlit metodik majmualar ishlab chiqilganda;
6   -uchinchidan,   oilaviy   nizolarni   bartaraf   etishda   treninglardan   foydalanishning
aniq dastur va rejalarini ishlab chiqilganda va h.k.
      Malakaviy   bitiruv   ishining   maqsadi   va   ilgari   surilgan   ilmiy   gipotezasiga
asoslanib ishimizning vazifalarini quyidagicha belgiladik:
1. Mavzuga   oid   pedagogik,   psixologik,   sosiologik   yo’nalishdagi   ilmiy   va
uslubiy adabiyotlar o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish.
2. Oilaviy   azolarining   o’zaro   munosabatlardagi   oilaviy   nizolarni   atroflicha
o’rganish.
3. Nizolarning   rivojlanishiga   doir   malumotlar   xaritasini   tuzib   chiqish,   chuqur
tahlil qilish va aniq metodik tizim ishlab chiqish.
4. Nizolarni   psixologik  jihatdan  hal   qilishda  treninglardan  foydalanish  usullari,
shakli, vositalari tizimini yaratish.
5. Kishilarning   individual   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   nizo
ishtirokchilarining ruhiy tiplarini tasniflash darajasini aniqlash.
  Tanlangan metodlar:
1. Anketa ,  suhbat ,  savol - javob
2. Oilaviy nizolarni   faollik shakllarida kuzatish.
3. Psixologik eksperement.
Mazkur   malakaviy   bitiruv   ishi,   nizolar   ularning   yechimini   psixologik
o ‘ rganishga   doir   ko ‘ plab   topshiriqlar   va   ko ‘ rsatmalar   sistemasini   o ‘ z   ichiga   olgan
bo’lib   ular   kollejga   psixologik   xizmat   ko’rsatish   maqsadida   bajarilgan   va
o ‘ qituvchiga   metodik   yordam   sifatida,   o ‘ quvchi   shaxsini   hari   tomonlama
rivojlantirishga xizmat qiladi deb o ‘ ylaymiz.
Malakaviy   bitiruv   ishimizning   asosiy   mazmuni:     ishimiz   o ’ z   rejasida
ko ‘ rsatilganidek kirish,   ikki bob, olti paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro ‘ yxatidan iborat.
Ishning kirish  qismida  mavzuning dolzarbligi, o ‘ rganilgan  darajasi,  ishimizning
maqsadi   va   vazifalari,   obyekti   va   predmeti   asoslangan,   mavzuning   metodologik
asosi, hamda tanlangan metodlar bayon etilgan.
Malakaviy   bitiruv   ishining   birinchi   bobi   « Oilaviy   nizolar   mohiyati,   nazariy
asoslari   va     hal   qilishning   psixologik   usullari»   deb   nomlanib,   Ushbu   bobda   biz
7 konfliktlar, uning turlari, darajalari; ularni aniqlash,o’rganish borasida olib borilgan
ilmiy   tadqiqotlar,   to ‘ plangan   tajribalar   qiyosiy   ,   psixologik   jihatdan   tahlil   qilindi.
Shu   bilan   birgalikda   oilaviy   nizolarning   rivojlanish   darajalari,   funksiyalari,
mexanizmlari  haqida  adabiyotlar  tahlili  keltirilgan. Bundan   tashqari  mazkur   bobda
konflikt   signallari,   konflikt   ishtirokchilarining   ruxiy   tiplari,   ularni   boshqarishning
usullari, oilaviy  nizo  turlari va ularning kelib chiqish sabablari ham yoritilgan.
Konfliktlarni   hal   qilishning   psixologik   usullari,   ularni   hal   qilishda
adolatparvarlik mezonlaridan foydalanish ham mazkur bobda o ‘ z aksini topgan.
Ishimizning   ikkinchi     «Oilaviy   nizolarni   bartaraf   etishga   doir   treninglar   va
ularni  to’g’ri   qo’llashning  psixologik   shart-sharoitlari »  bobida, oilaviy  nizol arni
vujudga kelish motivlari, ularni psixologik hal etish usullari,  nizoli  vaziyatda to ‘ g ‘ ri
muomala qilish qoidalari keltirilgan. Mazkur bobda oila a’zolari uchun konfliklarda
amal   qilishi   lozim   shartlar,   tavsiyalar,   maslahatlar   ham   keltirilgan.   Mazkur   bobda
bundan   tashqari   oilaviy(er-xotin)   nizolarni   bartaraf   etishga   doir   treninglar
ishlanmasi, treningni qo’llashga doir tavsilar ishlab chiqilgan.
Ishimizning   xulosa   qismida   mavzuning   dolzarbligi   yana   bir   bora   takidlangan
holda, olib borilgan ilmiy izlanishlarimiz va erishilgan natijalarga asoslanib umumiy
xulosalar va tavsiyalar berilgan. 
8 I BOB OILAVIY  NIZOLAR  MOHIYATI,  NAZARIY ASOSLARI  VA
HAL QILISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
1.1 . Konflikt mazmuni, mohiyati va  oilaviy  konflikt lar
Halol mehnat, samimiyat va muhabbatga asoslangan oilaning jamiyatga munosib
avlod hamda yetuk inson bo’lib yetishish insonning asosiy burchidir. Nikohdan o’tib
oila   qurishdan   asosiy   maqsad   inson   avlodining   davomiyligidir.   Jamiyat   esa   oilalar
yig’indisidan iboratdir.
Nikohga   kirishda   yanglishmaslik   mustahkam   oila   topishiga   olib   keladi.   Ahil,
totuv   yashash,   halol   mehnat   va   muhabbatga   asoslangan   oila   jamiyatga   munosib
avlod axlokli, pok, jamiyat ishiga sadoqatli insonni tarbiyalab yetkazishda katta rol
o’ynaydi.   Yangi   avlod  esa   jamiyat   taraqqiyotiga,  ijtimoiy  qurilishning   avj   olishiga
tasir   ko’rsatadi.   Oilaviy   munosabatlar   –   sof   «shaxsiy   munosabatlar»   emas   oila   va
oilaviy   munosabatlar   davlat   va   jamiyat   taraqiyotiga,   ularning   ma’naviy   boyligiga
bevosita   dahldorlir.   Shuning   uchun   oila   va   oilaviy   munosabatlar   g’oyat   muhim
ijtimoiy normalar-huquqiy normalar bilan tartibga solingan 1
.
O’zbekistan   respublikasining   nikoh   va   oila   kodeksida   munosabatlarning
quyidagi asosiy prinpiplari belgilangan: yakka nikohli prinsipi. Bu prinsipga ko’ra,
har bir fuqaro faqat bitta nikohda bo’lishi mumkin. Nikohning ixtiyorligi va o’zaro
rozilik prinsinlari. Bu prinsipga muvofiq har bir erkak va ayol o’ziga yoqqan shaxs
bilan   o’z   ixtiyoricha   nikohga   kirishi   mumkin.   Hyech   kimning,   biror   shaxsning
majbur qilishi va tazyiqi bilan nikohdan o’tishga yo’l qo’yilmaydi.
Ajralishning erkinligi. Oila u yoki bu sabab bilan buziladigan bo’lib qolsa, er va
xotin   bir-birlaridan   ajralish   huquqiga   egadirlar.   Ammo   ajralish   ishi   davlat
tomonidan nazorat qilinadi.
Oilada va oilaviy munosabatlarda er va xotinning teng huquqligi. Bu prinsipning
mazmuni   shuki,   shaxsiy   va   mulkiy   huquqda   er   va   xotin   tengdir.   Oilaviy
munosabatlarni hal qilishda ham er va xotin baravar huquqga egadir 2
.
Eng ko’p ajralishlar ota-onalar yosh oilaning ishlariga noo’rin aralashuvi oqibati
ekanligi   ma’lum   bo’lmoqda.   Gap   shundaki,   ota-onalar   ulg’aygan   o’g’liga,
1
И.   Ш.   Алқаров,   Р.   Маматқулова,   Ҳ.   Д.   Норқулов.   Шахс   ва   оила   тарбиясининг   педагогикаси.   Фан   ва
технология нашриёти, 2009. –  14-15  бетлар
2
 Ҳаёт китоби. Ёш оилалар учун энциклопедик қўлланма. «Шарқ» Тошкент-2011 68-бет
9 turmushga chiqqan qiziga endi voyaga yetgan, o’z fikrini anglay ololmaydigan, o’z
muloh   azasiga   ega   bo’lgan   barkamol   kishilar   deb   emas,   balki   «haliyam   bola»
qabilida   qaraydilar,   oilaviy   hayotni   ularning   o’ziga   qo’yib   bermasdan   behuda
homiylik   qiladilar,   turmush   tarziga   va   oilaviy   ishlariga   aralashaveradilar,   natijada
bachkana,   arzimas   gap-so’z   ko’payib,   o’z   yo’lidan   borayoggan   tuppa-tuzuk   oila
izdan   chiqadi.   «Xarakterlarning   to’g’ri   kelmasligi»   umumiy   tushunchadir.   Aslida
buiing   sababi   er-xotinning   bir-biridan   ustunlikka,   oilada   har   kim   o’zicha
«hokimlikka»   intilishi,   er   tomonidan   xotinning   ho’rlanishi   yoki   erning   oiladagi
ziqnaligi, o’zaro nizolarga bardoshsizligi va hokazolardan iborat bo’ladi.
Oila inson hayotiga to’kislik bag’ishlaydi, oila baxt  keltiradi, lekin har  bir  oila,
ayniqsa   mustaqil   jamiyatdagi   oila,   eng   avvalo   davlat   ahamiyatiga   ega   bo’lgan
kutlug’ ishdir. (A.S.Makarenko)
Oila   inson   jamiyatining   tabiiy   rivojlanishi   asosidir.   Insonlar   o’rtasidagi
munosabatlarga asoslangan jamiyatning yacheykasi. Nikoxdan keyin ikki yoshning
munosabatlariga asoslangan turmush, bu yoshlarning farzandlari tug’ilib, asta-sekin
shaxs sifatida har tomonlama kamolotga erishishadi, farzandlar individdan shaxsga
aylana boshlaydi. Endi oiladagi ikki kishi o’rtasidagi munosabatlar uch yoki undan
ko’proq   kishilar   o’rtasidagi   munosabatlarga   aylanadi.   Ehtiyojning   ko’payishi
munosabatlarni murakkablashtiradi.
Oila o’z-o’zidan ham bir qiyinchiliksiz baxtga, oila ehtiyojlarining yaxshilanishi,
mustahkamligi   va   shunga   o’xshashlar   amalga   oshadi,   deyishi     noto’g’ri   bo’ladi.
Buning uchun er va xotindan yuqori darajadagi odob-axloq etik-estetik tayyorgarlik,
qobiliyat,   sadoqatlilik,   sabr-toqatlilik   kabi   axloqiy   qadriyatlarni   o’zida   mujassam
etishni talab etadi. Bular o’rtasidagi axloq, axloqiy munosabatlar esa o’z navbatida
farzandiga ta’sir qiladi. Chunki, farzand dunyoga kelgan birinchi kundanoq ota-ona,
aka-opalari   mehr-muhabbatidan   oziqlanadi.   Demak,   bolaning   ma’naviy-madaniy
shakllanishida oilaning roli beqiyosdir.
Oila   beqiyos   milliy   va   umumbashariy   qadriyatlardandir.   Oila   jamiyatning   eng
kichik   ijtimoiy   birligi,   uning   asosi   hisoblanadi.   Shu   bilan   birga   oila   yuksak
darajadagi insoniy qadriyatlar tizimini shakllantiruvchi institut va ma’naviy ahloqiy
10 tarbiya   o’chog’i   hamdir.   Aynan   oilada   ko’pchilik   gumanitar   qadriyatlar
tarbiyalanadi, o’stiriladi va targ’ib qilinadi 1
. 
Har bir halq va milliy an’analar tarkibida yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash
masalalariga   alohida   e’tibor   qaratilgan.   Ammo   zamonaviy   jamiyatlardagi   keskin
o’sish   sur’atlari   hamda   insonning   juda   katta   ijtimoiy   faoliyatining   uning   oilasi   va
oila a’zolari  munosabatlariga  bo’lgan kuchli  ta’siri  asosida  milliy an’analar  hamda
dolzarb va yangitdan vujudga kelayotgan savollarga to’liq javob bera olmaydi. Shu
bois,  milliy  an’analarni   oilaviy turmush  borasidagi   umumbashariy  nazariy  bilimlar
bilan qo’shib olib borish talab etiladi. 
Totalitar   tuzum   davrida   oila   yopiq   va   rasmiy   ijtimoiy   institut   darajasiga   olib
chiqilgan.   Oilaviy   turmushning   ichki   qonuniyatlari   va   ayol   hamda   erkak
munosabatlari   yoritilmagan   va   o’rganilmagan.   O’quvchi   yoshlarni,   shuningdek
insonni   oilaviy   turmushga   tayyorlash,   xususan   oilaviy   turmushning   o’ziga   xos
tomonlarini   bildirish   “uyatli”   va   “ayb”   sanalib,   mazkur   yo’nalishlar   taqiqlangan
mavzular sirasiga kirgan. Maktab va oliy o’quv yurtlari ta’lim mazmunida yoshlarni
oilaviy   hayotga   tayyorlash,   kelajakda   ota-ona   sifatida   farzand   tarbiyasi   uchun
mas’ul   bo’lish,   oiladagi   jinsiy   va   psixologik   munosabatlar,   oila   iqtisodi,   oilada
sog’lom turmush tarzini barpo etish kabi masalalarga o’rin ajratilmagan. Yoshlarga
na   maktabda,     na   oliy   o’quv   yurtlarida   oilaviy   hayotga   tayyorlash,   ayniqsa   jinsiy
tarbiya borasida, oilaviy hayotning o’ziga xos iqtisodiy, ma’naviy, sog’lom turmush
tarzi   asosidagi   ziddiyatli   o’rinlari   va   jinslar   munosabatlarining   murakkabliklari
haqida   ma’lumotlar   olish   uchun   imkoniyatlar   yaratilmagan.   Shu   bois,   yoshlar   bu
munosabatlarning tub mohiyatini anglab yetmasdan oila qurishga kirishganlar. 
Yoshlarni   oilaviy   hayotga   tayyorlash   masalasining   pedagogik   aspektlari
mustaqillikning  ilk  yillaridanoq  tadqiqotchilarning  diqqatini   tortib  keldi.  Yoshlarni
oilaviy turmushga tayyorlash tafakkuri aynan mustaqillik yillarida keng rivoj topdi,
aholi   o’rtasida   targ’ib   va   tashviq   etila   boshlandi,   davlat   dasturlarining   bosh
mohiyatini tashkil qildi. 
Inson   o’z   hayotida   bolalik   davridanoq   boshqa   insonlar   bilan   turli   ijtimoiy
munosabatlarga   kirishadi.   Inson   hayoti   boshqalar   bilan   bo’ladigan   turli
1
  Мусурмонова О. Оила манавияти миллий ғурур. – Тошкент. “Ўқитувчи”, 1999. – 12- бет
11 munosabatlarning uzluksizligidan  iborat  bo’lgan jarayondir. Ana shu  munosabatlar
esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis
davom   etishini   turli   nizo   va   ziddiyatlar   buzib   turadi.   Biz   ularni   konfliktlar   deb
ataymiz. 
Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo’lgan o’ziga xos jarayon bo’lib, hyech
bir   inson   o’zini   komil   ishonch   bilan   konflikt   vaziyatlardan   muhofaza   qilinganman
deb ayta  olmaydi.  Konfliktlar  inson  hayotining  ajralmas  qismi  hisoblanadi,  chunki
har   bir   inson   o’z   hayoti   davomida   konfliktlar   bilan   to’qnash   keladi.   Konfliktlar
tabiiy hodisa bo’lib, konflikt bilan to’g’ri munosabat o’rnatish inson tarbiyasi, uning
shakllanishining zaruriy talablaridan biridir. 
Bolalik   davrida   o’yinchoqlarni   talashish,   birovlarga   hasad   qilish,   yoki   o’g’il
bolalarning   janjal   qilib   urishganini   ko’p   kuzatgansiz.   Mana   shunday   konfliktlar
keyinchalik oilada, eru-xotin, qaynona-kelin, aka-opalar, yaqinlar, do’stlar, ijtimoiy
guruhlar, turli kompaniyalar o’rtasida, shuningdek mehnat faoliyatida ham vujudga
kelishi mumkin.
Psixologik jihatdan   konfliktlarni   o’rganish     faqat   nazariy   emas,   balki      juda
muhim     amaliy   ahamiyatga    ham   ega. Fanning   bu   sohasi    vaziyatlarda   yuzaga
keluvchi         konfliktlarning     oldini     olishga,   ularni     hal     qilish     uchun         samarali
choralarni  qo’llashga   yordam  beradi.
Hayot   konfliktlarga   to’la.   Insonning   jamiyatdagi   yashash   tarzini   turli
ziddiyatlarsiz tasavur etib bo’lmaydi. Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr davomida,
har   qanday   yoshda,   har   joyda,   har   qanday   vaziyatda   to’qnash   kelish   mumkin.
Konfliktlar uyda, maktabda, ko’chada, o’quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar,
xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa a’zolari o’rtasida sodir bo’lishi mumkin.
Konfliktlar,   odatda,   ko’p   vaqt   odamlar   birga   bo’ladigan   hollarda,   ya’ni   ular   uzoq
muddat   bir-birlari   bilan   psixologik   va   ruhiy   muloqotda   bo’ladigan   holarda,   ular
ma’lum   muddat   o’zaro   birga   bo’lishga   majbur   bo’lgan   paytlarida   ko’proq   sodir
bo’ladi. 
Hech   bir   inson   o’zini   konfliktlardan   doimiy   muhofaza   qilingan   deb   hisoblay
olmaydi.   Chunki   konfliktlar   ba’zan   qo’qqisdan,   hyech   kutilmagan   holda   vujudga
kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin. 
12 Demak,   konflikt – bu ikki, yoki undan ko’p tomonlarning o’z maqsadlariga
yetish yo’lidagi turli manfaatli to’qnashuvidir 1
.
Konfliktlar   yomon   holatmi,   yoki   konfliktlarda   ham   o’ziga   xos   ijobiy   tomonlar
mavjudmi?!   Konflikt   –   buzg’unchilikmi,   yoki   unda   yaratuvchanlik   xususiyatlari
ham   mavjudmi?!   Konflikt   –   zo’ravonlikmi,   yoki   insonlarni   muloqotga   o’rgatuvchi
asosmi?!   Tabiiy   ravishda   mana   shu   savollarning   javoblari   aslida   konfliktning
mazmuni va mohiyati biz o’ylagan qarashlardan anchayin keng ekanligini, bizning
an’anaviy   qarashlarimiz   esa   chegaralangan   va   haqiqiy   ahvoldan   ancha   uzoq
ekanligini isbotlaydi.
  Bizning   konflikt   borasidagi   tasavvurimiz   uning   faqat   bir   tomoniga
yo’naltirilgandir. Biz odatda konfliktning faqat bir qirrasini ko’rishga o’rganganmiz.
U   ham   bo’lsa,   konfliktda   odamlar   ziddiyatga   kirishib,   o’zaro   urush,   nizo,   janjallar
chiqarishidir. Ammo har doim ham shunday bo’laveradimi?! 
Konfliktni   to’g’ri   hal   etilsa,   u   yaratuvchanlik   qudratiga   ega   bo’ladi.   Konflikt
tomonlar   munosabatlarini   yanada   mustahamlashi,   ularni   yangi   mazmunda   qayta
qurishi   mumkin.   Masalan,   o’zbeklar   “eru-xotinning   urushi,   doka   ro’molning
qurishi”   deb   bejiz   aytishmagan.   Oilada   er   va   xotin   o’rtasidagi   ziddiyatlar   mavjud
bo’lsa   ham,   ko’p   hollarda   umumiy   manfaatlar   ularning   tez   hal   etilishi,   manfaatlar
asosida tomonlar uyg’unligi vujudga kelishini isbotlaydi. Demak, konflikt vaziyatni
vujudga   keltiruvchi   turli   manfaatlarni   o’zaro   birlashtirish,   ularni   muvofiqlashtirish
imkoniyati tabiiy mavjud. 
Ziddiyatdan chiqib ketish uchun qilinadigan eng birinchi qadam har doim mana
shu   ziddiyatni   keltirib   chiqargan   manfaatlarni   o’zaro   muvofiqlashtirish
mumkinligiga   bo’lgan   ishonch   va   harakatdan   boshlanadi.   Manfaatlarni   o’zaro
yaqinlashtirish   va   muvofiqlashtirish   ziddiyatni   yengishning   eshigini   ochishdir.
Demak, konfliktning ikki  tomoni  mavjud. Konflikt kelib chiqqanidayoq, mana shu
uning mavjud ikki tomoni ham vujudga keladi. Bir tomon -   ziddiyatni kuchaytirish ,
ikkinchi tomon –  ziddiyatni pasaytirish . Bir tomon –  ziddiyatni buzg’unchilikka olib
kelish,   ikkinchi     tomon –   ziddiyatni   murosaga,  yaratuvchanlikka   va osoyishtalikka
1
  Ergeshova D.q., Najimov M.K. Yuridik konfliktologiya: O’quv qo’llanma – T.: TDYuI, 
2007. – 9 7 b
13 olib   kelishdir.   Konflikt   faqat   bir   tomondan   iborat   bo’la   olmaydi .   Konfliktda,
uning qanchalik murakkab bo’lishiga qaramay, har vaqt ikki tomon –  buzg’unchilik
va yaratuvchanlik  mavjud bo’ladi 1
. 
Shu   bois,   konfliklarning   murakkab   xususiyatlari   ularda   vayron   etish   va
yaratuvchanlik, zo’ravonlik va hamkorlik qirralarining ham mavjudligini ko’rsatadi.
Shunday   qilib,   konfliktlar   inson   hayotining   ajralmas   tarkibiy   qismi   bo’lar
ekan, konfliktlarni tan olmaslikning, ularni inobatga olmaslikning ilojisi yo’q.
Faqat konfliktlarni boshqarish, ularning yechimini topishga o’rganish darkor. 
Konfliktlar tipologiyasi, ya’ni uning o’ziga xos tiplarga, ko’rinishlarga bo’linishi
ancha   murakkab   hodisa   hisoblanadi.   Chunki   har   bir   real   konflikt   faqat   uning
o’zigagina   xos   bo’lgan   xususiyatlardan   iborat   bo’ladi.   Shu   nuqtai   nazardan,
konfliktlarni o’xshah guruhlarga ajratib o’rganish biroz qiyinchiliklar tug’diradi. 
Konfliktlar yechimi bo’yicha amaliyot va hayotiy tajriba har vaqt uning yechimi
uchun   har   ikki   tomon   tarafidan   juda   katta   sayi-harakatlar   va   intilish   zarurligini,
tomonlarning   yechim   va   to’xtamga   kelishi   oson   kechmasligini   ko’rsatadi.   Chunki
konflikt   “o’zidan-o’zi”   hal   bo’lib   qoladigan   voqyelik   emas.   Uni   hal   qilish   uchun
birovni anglash, eshitish, adolatparvarlik mezonlariga rioya qilish, kompromisslarga
kelish,  umumiy  va  barchani  qoniqtirgan  yechimni   topa  bilish,  jahldan  voz  kechish
va   boshqa   bir   qator   amallarni   bajarish   lozim   bo’ladi.   Albatta,   konfliktni
mensimaslik,   uni   tan   olmaslik   (ignorirovat),   uni   o’zicha   talqin   qilishga   urinish
bo’lishi   mumkin.   Ammo   bu   holda   konflikt   stixiyali   tarzda,   ya’ni   xech   kimga
bo’ysunmagan   holda   takomillashib,   rivojlanib   boradi,   konflikt   keskinlashadi,
yanada   murakkablashadi,   o’z   domiga   boshqa   shaxslarni   ham   torta   boshlaydi,
kengayadi, tomonlarni, demakki manfaatlarni to’xtamga keltirish mumkin bo’lmay
qoladi,   manfaatli   tomonlar   ko’payadi,   va   oxir-oqibat   butun   sistemani,   ya’ni
konfliktdan oldingi vaziyatni batamom vayron qiladi.
Hayotda shunday konflikt vaziyatlar bo’ladiki, oddiy narsa bahona bo’lib, oilalar
buzilib   ketadi,   odamlar   biri   birini   o’ldirib   qo’yadi,   birovning   joniga   qasd   qilinadi.
Keyinchalik   umr   bo’yi   nima   uchun   mana   shunday   amallarni   qilganini   ular
1
  Yoshlar   va   konfliktlar : Konfliktlar   yechimiga   o ’ rganish /  To ’ ychiyeva   Gulxumor -
Toshkent .2008  y  14-16  bet
14 tushuntirib   bera   olmaydi.   Bunday   voqyealarni   OAV   orqali   juda   ko’p   kuzatsa
bo’ladi. 
Demak,   konfliktlar   hayotimizning   har   bir   bosqichida   kelib   chiqishi   mumkin
bo’lib,   inson   ulardan   o’zini   himoya   qilishga   doim   tayyor   turishi   kerak.   Chunki
konfliktlar   qo’qqisdan,   odam   ularni   batamom   kutmagan   vaqtda,   konflikt   kelib
chiqishining   umuman   ilojisi   bo’lmagan   hollarda   ham   vujudga   kelishi   va   inson
hayoti va tinchligin buzishi mumkin.
Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, 80% konfliktlar ularning ishtirokchilari hoxish va
irodasiga qarama-qarshi o’laroq, ular istagiga qarshi ravishda vujudga keladi. Ya’ni,
kamdan  kam  hollarda konflikt  ataylab  tayyorlanib, amalga  oshiriladi. Ammo  nima
uchun, biz konfliktni ataylab tayyorlamagan bo’lsak ham, ular yuzaga keladi? 
Chunki   bizning  psixikamiz   va   psixologiyamiz   o’zimizga   qaratilgan  agressiyaga
qarshi   agressiya   bilan   javob   qaytarishga,   ziddiyatda   eng   avvalo   o’zini   himoya
qilishga,   kezi   kelganda,   o’zini   muhofazalash   uchun,   xujum   qilishga   tabiatan
kodirovka   qilingan   bo’ladi,   mana   shunday   o’zini   tutishga   biz   tabiatan   ma’lum
darajada o’rgatilgan, tayinlanganmiz. 
Agar   inson   konfliktning   ilk   qadamlaridanoq,   “mana,   konfliktning   birinchi
xususiyatlari boshlandi, ular nima oqibatlarga olib kelishi mumkin, kel, ulardan aql
bilan o’zimni omon saqlab qola qolay”, desa, demak, u konflikt vaziyatlarga to’g’ri
munosabat   bildirgan   bo’ladi.   Chunki,   ziddiyatni   boshlayotgan   odamning   bir,   ikki
minutdan so’ng emosional-psixologik kayfiyati umuman o’zgarishi mumkin, boshqa
emosional-psixologik kayfiyatda u o’zini batamom boshqacha tutishi mumkin. 
Konflikt vaziyatlarning kelib chiqishida biz bilishimiz zarur bo’lgan narsa shuki,
konfliktlarning   kelib   chiqishida   “ konfliktogen” lar   juda   muhim   rol   o’ynaydi.
Konfliktga   olib   kelishi   mumkin   bo’lgan   so’zlar,   amallar,   yoki   harakatsizlik
konfliktogen deb ataladi 1
. 
Konfliktogenlarning   ayyorligi   shundaki,   biz   o’zimizning   so’zlarimiz   va
amallarimizga emas, balki bizga aytilgan boshqa odamlarning so’zlari va amallariga
ko’proq   e’tiborliroqmiz.   Boshqa   odamlarning   so’zlaridagi   intonasiya,   mimika   va
1
Yoshlar   va   konfliktlar : Konfliktlar   yechimiga   o ’ rganish /  To ’ ychiyeva   Gulxumor - Toshkent .  
2008  y  21-  bet
15 ma’no   bizga   uning   bizga   nisbatan   munosabati   haqidagi   axborot,   ya’ni   ma’lum
informasiyani bildiradi va beradi. Ammo o’zimiz birovlarga so’z aytganimizda, har
doim ham, so’zlar ma’nosi nimani anglatmoqda, bizning mimikamiz, ovozimiz, qo’l
harakatlarimiz,   intonasiyamiz   yana   qanday   qo’shimcha   axborotni   birovlarga
uzatayotganligiga   e’tibor   bilan   qaramaymiz.   Ko’pchilik   hollarda   bu   narsa   intuitiv
tarzda kechadi. 
Demak,   biz   boshqalardan   kelayotgan   informasiyani   diqqat   bilan   filtrlaymiz,
o’zimiz   jo’natayotgan   informasiyani   esa   –   filtrlamasdan,   to’g’ri   jo’natamiz.   Shu
nuqtai   nazardan,   hammamiz   o’zgalardan   kelayotgan   axborotga   emosional
yondoshamiz,   o’zimizdan   ketayotgan   informasiyani   esa   ko’proq   shundayligicha,
ya’ni boricha jo’natamiz. 
Konfliktogenlarning ko’pchiligini kuyidagi turlarga ajratish mumkin:
- o’zini ustun qo’yish;
- agressiyaga moyillik;
- egoizm.
O’zini ustun qo’yish kuyidagi amallarda namoyon bo’ladi
O’zini   ustun   qo’yishning   ochiq   ko’rinishlari:   buyruq   berib   gapirish,   tahdid
qilish,   birovni   niqtab   turish,   salbiy   munosabatlar,   tanqid,   ayblash,   birov   ustidan
kulish, istehzo, sarkazm, piching, kesatiq.
Yashiringan   ustun   qo’yish   hollari:   maslahat   berish,   nasihat   qilish,
Mantanchoqlik,   o’z   fikrlarining   to’g’riligiga   haddan   ziyod   ishonish,   hamsuhbati
so’zlarini bo’lish, informasiyani yashirish, birovning ustidan kulish, hamsuhbatining
biror kamchiligi yoki muvaffaqiyatsizligini doimo ta’kidlab o’tishga harakat qilish. 
Agressiyaga   moyillik.   Ko’pchilik   agressiyaga   moyillikni   faqat   erkaklarga   xos
xususiyat deb biladi. Aslida unday emas. Agressiyaga moyillik ham erkaklarga, ham
ayollarga   xos   xususiyatdir.   Ammo   erkak   va   ayol   agressiyasi   hamda   uning   qanday
ifodalanishi orasida juda katta farq mavjud. Erkaklar agressiyasi  o’zini ochiq ifoda
qiladi.   Erkaklar   agressiyasi   o’zi   uchun   ko’proq   jismoniy   kuch   ishlatish   shaklini
tanlab oladi. Ayollar agressiyasi  esa ochiq ifodalanmaydi. Ular  orqavorotdan, asta,
bilintirmay, zimdan harakat qiladi. 
16 Egoizm.   Egoizm   faqat   o’z   manfaatlarini   ko’rish   qobiliyati   bo’lib,   o’zbek   tilida
xudbinlik so’ziga to’g’ri keladi. Xudbinlik forscha so’z bo’lib, ikki ildizdan tashkil
topgan:   “xud”   –   o’z,   o’zim   ma’nolarini   bildiradi,   “bin”   –   ko’rish   ma’nosini
bildiradi.  Demak,  xudbin  so’zninig  ma’nosi  –  faqat   o’zini  ko’rishga  to’g’ri  keladi.
Doimiy   agressiyaning   ildizlaridan   biri   egoizmga   borib   taqaladi.     Egoizm   –   o’z
manfaatlarini,   boshqalar   manfaatlarining   buzilishiga   qaramay,   eng   oliy   qadriyat
sifatida anglanish jarayoniga aytiladi. 
Shunday qilib, konflikt inson hayotining tabiiy ajralmas qismi bo’lib, konfliktlar
mazmunini   bilish   insonni   konflikt   vaziyatlarda   o’zini   tutish   tartib-qoidalariga
o’rgatadi.   Konflikt   mazmunining   murakkab   kelib   chiqish   vaziyatlarini   anglash   esa
insonni ana shunday bilimlar bilan qurollantiradi. Shu bois, konfliktning oldini olish
uchun kuyidagi amallarga rioya etish ahamiyat kasb eta boshlaydi:
- Konfliktga   olib   kelishi   mumkin   bo’lgan   so’zlar,   amallar,   yoki
harakatsizlikdan   iborat   bo’lgan   konfliktogen   vaziyat   va   holatlardan   o’zini   va
atrofidagilarni asrash, konfliktogenlarga e’tiborli bo’lish;
- Konfliktogenlar   ko’payib,   ularning   majmuaga   aylanishi   oldini   ola   bilish,
konfliktogenlar eskalasiyasiga yo’l qo’ymaslik;
- Konfliktogenlarga konfliktogen bilan javob qaytarmaslik;
- Konfliktogenlar bilan to’qnashganda o’zini himoya qilishga emas, balki nima
uchun   opponentda   konfliktogen   vaziyat   va   holat   vujudga   kelganiga   diqqatni
qaratish;
- O’zida   vujudga   kelayotgan   konfliktogenlardan   qutilish   va   ularni   faol
ishlatmaslik choralarini ko’rish;
- Jiddiy   konfliktogenlardan   bo’lgan   o’zini   ustun   qo’yish,   agressiya   moyillik,
egoizmdan   qutilish   hamda   boshqalar   tomonidan   ular   ishlatilganda   ham   o’zining
konflikt vaziyatga tortilmasligi choralarini ko’rish.
17 1.2. Konflikt   ishtirokchilarning   ruxiy   tiplari   va   ularni   boshqarish
usullari
  Shunday   qilib,   shaxslar   o’rtasidagi   konfliktda   konfliktli   vaziyatni   taraflar
tomonidan   q abul   q ilish   xarakteri   katta   a h amiyatga   ega.   Yuzaga   kelgan   vaziyatni
e’tiborga olib, shaxs   o’z xarakteri va qarashlarining xususiyatlariga muvofiq holda
harakat   qiladi.   Aynan   shu   narsa   bilan   bir   xil   vaziyatda   turli   kishilar(guruhlar)
tomonidan   turlicha,   ba’zan   zid   harakatlar   sodir   etilishini   tushuntirish   mumkin.
Aynan konkret vaziyat bilan shaxs  xususiyatlarining o’zaro ta’siri konfliktni yuzaga
keltirishi mumkin yoki odamni undan qutqarishi mumkin.
Konfliktlar     tipologiyasi       bir     xil     emas,   konfliktlar     o’zgaruvchan,   biri
boshqasiga     o’xshamaydi.   Bunday     vaziyatda       konfliktlar     tugashining     yagona
shakllarini   aniqlash   yoki  ularni  hal  qilishning    qandaydir  universal  usullarini
topish     qiyin     masaladir.   Biroq,   muammoning         murakkabligiga     qaramasdan
to’plangan    nazariy  va  amaliy    tajribaga  tayanib    ba’zi  xulosalarni  chiqarish
mumkin.
Eng     avvalo,     konfliktning     tugashi         uni     hal     qilishdan         ancha     keng
tushunchadir.   Konflikt    ikkala   tarafning     halokati    bilan   yakunlanishi    mumkin,
biroq     bu     uning       hal     qilinganligini     anglatmaydi.     Agar     konfliktni     tugashiga
uning        tamom     bo’lishi,  uning    turli     sabablarga    ko’ra      to’xtashi     deb    qaralsa,
uning     hal     qilinishini         qarama-qarshi     kurashni   tinch     yoki     kuch     ishlatish
vositalari   bilan   to’xtatuvchi       konflikt   ishtirokchilarining   o’zi   yoki       uchinchi
tarafning   u yoki  bu  ijobiy   harakati  (qarori)  deb   tushunishimiz  kerak.
Amaliy     faoliyat     tajribasi     shuni     ko’rsatadiki,     konfliktni     hal     qilish     uchun
ozmi-ko’pmi     kuch-g’ayrat     sarflash     kerak.   Konfliktning     “o’z-o’zidan     hal
qilinishi”    ma’noga  ega  emas.  Albatta, konfliktni   umuman  payqamaslik, inkor
etish,  yaxshi  holatda   tushuntirishga   harakat  qilish  mumkin. Biroq, u   stixiyali
rivojlanadi, keskinlashadi, boshqa  konfliktlarga   ta’sir  qiladi    va  natijada  tizimni
to’la  buzishi  mumkin.
Konfliktni   muvaffaqiyatli     hal   qilish   shart-sharoitlari   ko’p   darajada   taraflar
va  boshqa  ishtirokchilarning   imkoniyatlari   va  xohish-erklari   bilan  belgilanadi.
Konfliktni     to’xtatishning   bosh, eng   faol   asosi   bu     konfliktli   vaziyatni   yuzaga
18 keltirgan       obyektiv     sabablarni       bartaraf     qilish     hisoblanadi.       Konflikt       ham
tashqi       harakatlar,     ham       konfliktlashuvchi     subyektlarning       o’zlari       bilan
belgilanganligi  sababli   uning  hal  qilinishi  ham   mazkur  ikki  guruh   omillarga
bog’liq.   Masalan,     oilaviy     konflikt     er-xotinlarning     biri     yoki     ikkalasining
bevafoligi     bilan     bog’liq     bo’lsa,   uni     yaxshi       hal     qilinishi     er     va     xotin
ruhiyatining      xususiyatlarida       ifodalanadi         va    o’tmishdagi       xatolarni     bartaraf
etish, birgalikda   hayot   kechirishga         bo’lgan     intilish   bilan   belgilanadi.   Ba’zi
xizmat     bilan     bog’liq       konfliktlarda       ko’p     narsa         tashqi     holatlarga     bog’liq.
Masalan,     bo’lim     yoki     muassasaning     qayta       tashkil     etilishi     ulardagi     mavjud
ichki  konfliktlarni  to’la  bartaraf  etadi.
Adabiyotda   bildirilgan     fikrlarni   umumlashtirish   orqali   konfliktning
yakunlanishini   quyidagicha tavsiflash mumkin:
- tomonlarning  o’zaro  yarashishi  natijasida  konfliktning  to’xtashi;
- konfliktni  simmetrik  hal  etish  yo’li  bilan  to’xtatish( bunda  ikkala
taraf  yutadi  yoki  yutqizadi) ;
- konfliktni     assimmetrik       hal     etish       yo’li     bilan     to’xtatish   ( bunda
faqat  bir  taraf  yutadi);
- konfliktning  boshqa  qarama-qarshi   kurashga  o’sib  o’tishi;
- konfliktning  asta-sekin  bosilishi 1
.
Bu   tasnifda   konfliktning   obyektiv   boshlanish       asoslari   uni   hal   qilishning
subyektiv     usullari     bilan     qo’shilganligini     ko’rish     mumkin.   Ularni     yanada
bo’ladigan     bo’lsak     boshqacha      tasnifga   ega     bo’lamiz.   Masalan,     konfliktlarga
aralashish     natijalariga     qarab       tasniflasak,   unda     konfliktning     hal     qilinishi,   uni
tartibga  solish  yoki  bartaraf  etishni  farqlash  mumkin.
Konfliktli     vaziyatlarni     tahlil     etishda     va     ularni     tartibga     solish     bo’yicha
amaliy     choralarni     belgilashda     ruhshunoslar     uchun     eng     muhim     narsa     bu
konfliktlilik     darajasini     ortishiga     olib     keluvchi     shaxslar       va     guruhlar     xulq-
atvorining  tipologik  ruhiy  xususiyatlarini  aniqlash  hisoblanadi.
1
  Ergeshova D.q., Najimov M.K. Yuridik konfliktologiya: O’quv qo’llanma – T.: TDYuI, 2007. – 
23b
19 Xulq-atvor     modelidan     kelib     chiqib     umumlashgan     ko’rinishda       konflikt
ishtirokchilarining  quyidagi  uch  asosiy  ruhiy  tipi  farqlanadi :
1.   Destruktiv (buzg’unchi)  tip. Subyektning   bu   ruhiy   tipi    konfliktni    yuzaga
keltirishga   va   uni  to  raqibini  jismonan   yo’q  qilib  yuborishgacha  yoki  to’la
mag’lub   qilishgacha   kuchaytirishga   intiladi. Turmushda     -   bu   xudbin, janjal   va
mojarolar       tashabbuskori,   muassasada     -     tuhmatchi,   ig’vogar   omma     orasida     -
tartibsizliklar     va     buzg’unchi     harakatlar     boshlovchisidir.   Agar     shunday     toifa
shaxslar     bo’lmaganida     ko’pgina     konfliktli     vaziyatlar     tinch     yo’l     bilan     hal
etilishi     mumkin     bo’lar     edi.   Bu     holat     so’nggi     vaqtda     dunyoning       turli
hududlarida  bo’lib  o’tayotgan  millatlararo  konfliktlar  misolida  yaqqol  ko’rinadi.
Xalqaro  maydonda  harakat  qilayotgan  bunday  subyektlar  ham  ma’lum .
Konfliktli   xulq-atvor     o’z-o’zini    nazorat    qilmaslik   oqibatida   kelib   chiqadi.
Konfliktlarga     moyil     kishilar     qoidaga     ko’ra,       yengil     ta’sirchan,   qahrli,   qo’pol,
o’tkir     hissiyotlarga     va     tavakkal     qilishga     moyil     bo’ladilar,   uzoqni     ko’ra
bilmaydilar.
2.   Konstruktiv   (ijobiy)  tip.   Bu   tipdagi    shaxslar    konfliktdan   qochishga,  har
ikkala     tomon     uchun       maqbul     qarorni     topishga     intiladi lar .   Kon s truktiv
yond a shgan  odam  vositachi  yordamidan  foydalan a di  va  tanglikni  yumshatishga
yo’naltirilgan     har a katlarni       amalga     oshiradi.     Konstruktiv       tip     subyektlar
muzokaralarni   ishtiyoq  bilan  olib  boradilar, kelishmovchilik  predmetini  va  uni
tartibga  solish  yo’llarini  oy d inlashtirishga  intiladilar.
3. Konform   tip.   Konfliktdagi     bunday     tip     shaxs       ko’proq     yon     berishni,
kurashni  davom  ettirishdan  ko’ra   itoatkorlikni  afzal  ko’radi.
     Ko’p  hollarda  xulq-atvorning   komform  modeli  boshqalarning  tajovuzkor
harakatlariga       obyektiv       yordam     qilishi     mumkin   ,   masalan,     subyektlar
o’rtasidagi   ziddiyatlar   arzimagan   sabablarga   ko’ra   vujudga     kelgan   bo’lsa. Bu
holda     xulq-atvorning       kompromiss     yo’li     -     bu     konfliktni     to’xtatishning     eng
yaxshi  usulidir.
Konfliktlarning   jamiyat   hayotidagi   doimiy   va   umumiy   hodisa     sifatida   tan
olinishi       har   qanday   konfliktning   u   ro’y   berishi   mumkin   bo’lgan   ko’lamda,
shaklda     va    tanglik    darajasida       muqarrar     tarzda       namoyon     bo’lishini     keltirib
20 chiqarmaydi. Ijtimoiy   konfliktlarni   tartibga   solish   muammosi   konfliktli   vaziyat
sabablariga   ta’sir   etish, konfliktning   salbiy   oqibatlarini   tugatish   yoki   konflikt
natijalaridan     foydalanish     maqsadida         konfliktning     borishini     muayyan
yo’nalishga  solish  imkoniyatiga  asoslanadi.
Konfliktni  tartibga  solish  haqidagi  masala  nazariy  va  amaliy   jihatdan  uni
o’rganishga   loyiq       mustaqil     muammodir.     Bu     muammoni     o’rganuvchilar
konfliktni     tartibga     solishni     unga     bo’lgan     eng     oqilona     yondashuv     deb
hisoblaydilar.   Har     doim     ham       ochiq     to’qnashuvdan     qutulish     mumkin     emas,
biroq,  doimo  konfliktli  hodisalarning  rivojlanishi  uchun  haddan  tashqari   katta
mablag’   sarflash va talafotlar  ko’rishdan   xalos  bo’lish  mumkin.
Konfliktlarni     tartibga     solish     muammosi     ma’lum     darajada     ijtimoiy
jarayonlarni       boshqarish     muammosining     bir     qismini       tashkil     etadi.   Fan
tomonidan    uni  boshqarish     haqida      ishlab   chiqilgan   asosiy    g’oyalar     konfliktli
vaziyatlarni  boshqarishning   aniq  usul  va   yo’llarini  topishda  katta  ahamiyatga
ega. Konfliktli  menejment  sohasidagi  mutaxassislar  umumiy  xarakterdagi   qator
asosiy   qoidalar   har  bir   muayyan  holatdagi  konfliktni  boshqarish  muammosini
hal     qilishni     ta’minlashga     olib     keladi     deb     hisoblaydilar.   Bu     asosiy     qoidalar
quyidagilar  bo’lishi  mumkin:
1.Konfliktli    vaziyatning     rivojlanishini    boshqarish   o’z   mohiyatiga   ko’ra
odamlarni  boshqarishdir. Bu  yerda  insonning  obyektiv  va  subyektiv, moddiy  va
ma’naviy, g’oyaviy jihatlarini   o’zida   mujassamlashtirgan   xulq-atvor   omillari   va
motivlari   o’z  ahamiyati  bilan  namoyon  bo’ladi.
2.Konfliktni   boshqarish   -   tenglarni   boshqarishdir. Konflikt   ishtirokchilari
orasida,   qoidaga     ko’ra,     mutlaq     nohaq     taraf     bo’lmaydi.   Hyech     bo’lmaganda
konfliktga     ishtirokchilarning       biriga     nisbatan       avvaldan     rejalashtirilgan     fikr
bilan       yaqinlashish     mumkin     emas.   Konfliktlarni     demokratik     tartibga     solish
nuqtai     nazaridan       qaysidir     bir     tomonni     to’xtatib     qo’yish,   konfliktli     vaziyat
ayrim  subyektlarining   xususiy    pozisiyalarini   to’la  inkor  etish  katta  xatodir.
3.Siyosiy-huquqiy     nuqtai     nazardan       konfliktlarni     boshqarish   bu,   eng
avvalo,     katta     guruhlar,   odamlar     ommasini     boshqarishdir.   Bu     o’z       navbatida
konfliktlarning   oldini   olish   yoki   ularni   tartibga   solishda     muayyan   natijalarga
21 erishish     uchun     zarur         usullar,   yo’llar,   vositalar   majmuiga       o’z     ta’sirini
ko’rsatmay  qo’ymaydi.  Bu  yerda   omma  manfaatini  ifoda  etuvchi  tashkilotlar,
ommaning     o’zini       anglash     darajasi,   ro’y     berayotgan     hodisalar     obyektiv
rivojlanishining  umumiy  ko’lami  katta  ahamiyatga  ega.
4.Konfliktlarni   boshqarish   manfaatlar   negizida   boshqarishdan   iborat   eng
muhim  qoidadir. Konflikt  ishtirokchilari   manfaatini  to’g’ri  tushunish  konfliktli
vaziyatni   muvaffaqiyatli   hal   etish   kaliti, mustahkam    asosga   ega   kelishuvning
muhim  shartidir.
Ijtimoiy     konfliktlarni     oldini     olish         va     tartibga     solish     ko’proq     ular
namoyon  bo’ladigan   iqtisodiy, ijtimoiy  va  siyosiy  muhitning  umumiy  holatiga
bog’liq.   Shunga     ko’ra   konfliktlarni     tartibga     solish     jarayonida       qator     uzviy
jihatlar    va  bu  vazifani   yaxshi  hal  etishga  ta’sir  etuvchi   zarur  ijtimoiy  shart-
sharoitlarni  aniqlash  lozim.
Konflikt yechimini topish passiv holatdagi munosabatni emas, balki aktiv, ya’ni
faol   munosabatni   talab   etadi.   Konflikt   vaziyatda   ko’pchilik   impulsiv ,   ya’ni
anglanmagan   harakat   olib   boradi.   Ularga   konflikt   vaziyatda   o’zini   tutish   bo’yicha
bilim va malakalar yetishmaydi. Vaziyat esa o’z ustidan nazorat o’rnatilishini talab
etadi.   Demak,   konflikt   vaziyat   o’ylangan   qadamlarni   so’raydi.   Bu   –   konfliktga
bo’lgan   ongli   munosabat   belgisi   bo’ladi.   Ziddiyatga   nisbatan   ongli   munosabat
jarayonida   inson   nizoni   nazorat   ostida   ushlab   tura   oladi,   ziddiyatga   o’z   ta’siri
o’tkaza   oladi,   tomonlar   his-tuyg’ularining   “ko’pirib”   ketmasligi   oldini   oladi,
tomonlarni   konstruktiv   munosabatlarga   chorlaydi,   ularni   muzokaralar   stoliga   olib
kela   oladi,   nizoni   keltirib   chiqargan   muammo   haqida   o’ylash,   fikr     va   mushohada
qilish muhitini yarata oladi. Odatda bizning oldimizda biror narsadan jahli chiqqan,
diqqati oshgan, “g’azablangan” va “jilovini qo’ldan bergan” odam bo’lsa, biz unga
nisbatan   o’zimizni   turlicha   tutamiz.   Biz   jahli   chiqqan   odamdan   o’zimizni   olib
qochishimiz   mumkin,   nima   bo’lganligini   so’rab,   uni   tinchlantirishga   harakat   qilib
ko’rishimiz,   yoki   unga   “aql”   o’rgatishimiz   mumkin,   o’zimiz   ham   uning   jahlidan
ta’sirlanib,   jizzakilik   va   jahl   ishlatishimiz   mumkin,   konfliktni   keltirib   chiqargan
tomonga   “do’q”   va   “po’pisaga”   o’tishimiz   mumkin,   ularning   “adabini”   berib
qo’yish bizning bosh maqsadimizga aylanishi ham mumkin.
22 1.3. Oilaviy  nizo  turlari, uning ko’rinishlari va kelib chiqish sabablari
Har bir xalq va milliy an’analar tarkibida yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ammo zamonaviy jamiyatdagi keskin o’sish
sur’atlari hamda insonning juda katta ijtimoiy faoliyati, uning oilasi va oila a’zolari
munosabatlariga   doir   milliy   an’analari   yangitdan   vujudga   kelayotgan   savollarga
to’liq   javob   bera   olmaydi.   Shu   bois,   milliy   an’analarni   oilaviy   turmush   borasidagi
umumbashariy nazariy bilimlar bilan qo’shib olib borish talab etiladi. 
Psixologik jihatdan o’rganish lozim bo’lgan masalalaridan biri oilaviy nizolar va
ularning oldini ola bilish,  oilaviy nizolar  yechimiga tayyorligidir.
Mazkur   yo’nalish   bo’yicha   yoshlarda   quyidagi   bilim   va   ko’nikmalarni   shaklantirishni   nazarda
tutadi:  Oila va oilaviy nizolar, konfliktlar inson hayotining tabiiy xususiyati ekanligi,
konflikt   oilaviy   va   ijtimoiy   hodisa   sifatida,   konfliktga   nisbatan   yoshlarda   to’g’ri
munosabatni   shakllantirish,   oilaviy   inqirozlar   va   ularga   to’g’ri   munosabat,   oilaviy
inqirozlarning   oldini   olish   choralari,   konfliktning   yaratuvchanlik   va   buzg’unchilik
xususiyati,   oilaviy   nizolardan   chiqib   ketish,   ularni   hal   etish   usullari,   konfliktlarni
boshqarish, g’azab va jahlni yengish usullarini bilish, shaxs va oila, oilaning har bir
a’zosiga hurmat va e’tibor me’yorlari, shaxs erkinligi, egoizm, egoizmdan qutulish
omillari,   oilada   o’zini   ustun   qo’yish,   oilada   uning   a’zolari   munosabatlaridagi
uyg’unlik,   shaxs   va   jamoa   munosabatlari,   shaxs   va   oila   manfaatlari   birligi,   oila
manfaatlarining ustunligi, shaxsning muloqot madaniyati va  ichki dunyosi yetukligi
omillari, ota-ona va farzand majburiyatlari va huquqlaridir.
Mazkur   tadqiqot   yo’nalishi   bo’yicha   o’tkazilgan   eksperimentlar   natijalari,
o’quvchilar hayotini ijodiy o’rganish, so’rovnoma va anketalar o’tkazish mobaynida
shuni   aytish   mumkinki,   o’quvchi-yoshlar   shaxsini   shakllantirishda   maqsadga
muvofiq   tarzda   olib   boriladigan   ma’naviy-ma’rifiy   ishlarning   ta’siri   –   ya’ni
o’quvchi yoshlar hayoti va faoliyatidagi o’rni juda kattadir.
Yuqoridagi  fikrlar  va tanlangan  mavzuimiz bo’yicha  oldinga surgan maqsadimizni
amalga oshirish, hamda ilmiy farazini isbotlash  maqsadida anketa savollarini  tuzib
chiqdik. 
Anketa   so’rovlari   2016   yil   20   fevraldan   25   aprelgacha   Samarqand   shahrida
joylashgan   bir   qator   kasb   xunar   kollejlarida   o’tkazildi.   So’rovnomada   hammasi
23 bo’lib 223 kishi, shu jumladan: 2-bosqich o’quvchilari 92 ta, 3-bosqich o’quvchilari
– 131 ta.
Bizning   Anketa   so’rovnomasini   o’tkazishdan   asosiy   maqsadimiz   kollej
o’quvchilarlarda   konflikt,   oilaviy   konfliktlar   va   ularning   kelib   chiqish   sabablarini
qay   darajada   ekanligini   imkon   darajasida   aniqlab   chiqish   va   mavjud   bo’lgan
kamchilik va muammolarni ilmiy va pedagogik-psixologik jihatdan asoslashdir.
Ularga beriladigan Anketa so’rovnomasida quyidagi savollar o’rin olgan:
Ushbu   anketa   savollari   voyaga   yetgan   erkaklarga   mo’ljallangan   bo’li,   bu
erkaklarning ayollar to’g’risidagi steriotiplarini aniqlashga mo’ljallangan. 
1. Ayollarda intuisiya erkaklarga nisbatan rivojlangan bo’ladi. Ularda oltinchi xis
bor, buni ko’pincha «ayollar intuisiyasi» deb atashadi. To’g’rimi yoki noto’g’ri?
2. Ayollar   ko’p   gapiradi.   O’tirishlarda   ular   erkaklarga   nisbatan   ancha   ko’p
gapiradilar.
3. Ayollar ko’proq boshqalarga qo’llarini tekizadilar.
4. Ayollar   muammoni   birinchi   bo’lib   sezadilar   va   muammoga   qarshi     tura
oladilar.
5. Umuman   olganda,   erkaklar   va   ayollarning   suhbat   uchun   tanlaydigan
mavzulari bir xildir.
6. Turli   tadbirlarda  odamlar   ayollarga    nisbatan  erkaklarni   ko’proq  diqqat  bilan
eshitadilar.
7. Erkaklar ayollarga nisbatan samimiyroq va ochiqdirlar.
8. Erkaklar va ayollar umuman bir xil narsalar ustidan kulishadi, ularda yumorga
munosabat o’xshashdir.
9. Erkaklar   o’zlariga   nisbatan   mas’ulroq   bo’lib,   omadi   kelmaganda   aybni
qo’proq o’zlaridan qidiradilar.
10. Erkaklar voqyea-hodisani avra-astarigacha  muhokama qilishni yoqtiradilar.
Zamonaviy o’zbek oilasi ichidagi ziddiyatlar va inqirozlar nuqtai nazaridan oila
institutiga   nazar   solinsa,   yuqoridagi   holatlar   o’zini   ochiq   namoyon   etayotgan
holatlar   hisoblanadi.   Shu   bilan   birga,   o’zini   pinhona   namoyon   qilayotgan   holatlar,
24 oila ichida kechib, tashqariga ko’p ham chiqmayotgan, ammo ko’payib borayotgan
konfliktlar va konfliktli vaziyatlar ham mavjud. 
O’zbek xalq pedagogikasida kelishmovchilik, ziddiyat, janjal bo’lgan uyda rohat
bo’lmaydi,   deb   hisoblashadi.   Oilada   uning   a’zolarini   xo’rlamaslik,   g’iybat
qilmaslik,   qilgan   ishlaridan   ayb   topmaslik,   yemoq   –   ichmoqqa   qizg’anmaslik
kabilar har doim targ’ib qilingan.  Oila a’zolari muomalasida salbiy his -tuyg’ularni
jilovlay   bilish,   bir-birini   tushunib   yetish,   ziyrak   bo’lish,   rashk,   gina-kudratning
oldini olish yo’llariga yoshlarni o’rgatish darkor. 
Yoshlarni   avvalo   oilaviy   turmushning   barcha   o’ziga   xosliklariga   ochiq   va
samimiy   o’rgatish   lozim.   Erkak   psixologiyasi   va   ayol   psixologiyasi,   ular
fiziologiyasi,   ma’naviy-ruhiy   va   jismoniy   ehtiyojlari   kabi   masalalarda   zamonaviy
qarashlarning barchasini yoshlarga bermoq zarur. Ayollarimizda erkaklarga nisbatan
“g’arazli”,   “shaxsiy   moddiy   talablarni   qondiruvchi”     sifatidagi   egoistik   munosabat
keng tarqalgan. Erkaklar esa o’z ayollariga oilaning xizmatkori, uning yumushlarini
bajaruvchi, barchaga bo’ysunishi lozim bir jihoz sifatida qarashadi. Ikkala stereotip
ham noto’g’ri hamda o’zgarishi lozim bo’lgan stereotiplardan hisoblanadi. 
Yigit   va   qizlarni   zamonaviy   bilimlar   asosida   oilaviy   munosabatlarga   to’g’ri
yo’naltirish zarur. Oila – muqaddas dargoh. Shu bois, oilaga muqaddas munosabat
zarur.   Ayol   va   erkak   munosabatlari,   ya’ni   har   ikki   tomon   munosabatlari,   ayniqsa
ularning noto’g’ri tashkil qilinganligi, ko’p hollarda oilaviy konfliktlar eskalasiyasi
uchun zamin yaratadi.
Oilaviy munosabatlarni zamonaviy tashkil qilinishiga bag’ishlangan bilimlardan
biri   –   erkak   va   ayol   tafakkur   tarzidagi   o’ziga   xos   farqlarni,   bir   biriga   o’xshamas
tomonlarni ko’rsatuvchi so’rovnoma hisoblanadi. Mazkur masala yuzasidan ijtimoiy
so’rovnomalar   berildi   va   ular   asosida   xulosalar   berilgan.   Savollar   ayol   va   erkak
psixologik   holatlari   bo’yicha   keng   tarqalgan   stereotiplar   asosiga   qurildi.   Mazkur
stereotiplar to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi psixologik jihatdan tahlil qilindi.
Oilaviy hayotni to’g’ri tashkil qilish va uni ziddiyatlardan asrash oilaning barcha
a’zolaridan   ma’lum     tamoyillarga   bo’ysunib   yashash,   ma’lum   bilim   va
ko’nikmalarni   qo’llash   zaruriyatini   talab   etadi.   Mana   shu   talablar   asosida,   oilaviy
hayotni to’g’ri tashkil qilish, uni ziddiyatlardan asrash bo’yicha qizlar va yigitlarga
25 maslahatlar   berish   lozim.   Ammo   hayot   o’zining   kutilmaganligi   va   rang-barangligi
bilan   o’ziga   xosdir.   Biz   bu   o’rinda   hayotda   kuzatilishi   mumkin   bo’lgan   barcha
holatlarning oldini olib, maslahatlar bera olmaymiz. Shu bois, hayotning eng muhim
qonuniyatlaridan biri shundaki, har bir odamning hayotida unga eng yaqin bo’lgan
odamlar   tarkibi   bo’ladi.   Ular   sirasida   –   er,   xotin,   farzandlar,   ota-onalar   kiradi.
Ammo ko’pincha aynan mana shular bizning g’azabimiz, jahlimiz, kayfiyatimizning
yomonligi,   jizzakiligimiz,   bardoshli   bo’lmaganimiz,   dag’alligimiz,   qo’rsligimiz,
o’zimizni   ustun   qo’yishimiz,   dag’dag’alarimiz   sababli   aziyat   chekishadi.   .   Inson
umri   bir   pastda   o’tib   ketadi.   Agar   o’z   vaqtida   biz   ularga   hurmat   va   e’tibor
ko’rsatmagan  bo’lsak,  keyingi  armonlar  ularni  bizga qaytarib bermaydi. Insonlarni
hurmat   qilish,   ular   erkini   e’tiborga   olish   –   hayotning   bosh   talablaridan   biri
ekanligini unutmaslik lozim.  
26 II BOB. OILAVIY  NIZOLARNI BARTARAF ETISHGA DOIR
TRENINGLAR VA ULARNI  TO’G’RI  QO’LLASHNING  PSIXOLOGIK
SHART-SHAROITLARI
2.1.  Oilaviy nizolarning vujudga kelish motivlari
Oila   beqiyos   milliy   va   umumbashariy   qadriyatlardandir.   Oila   jamiyatning   eng
kichik   ijtimoiy   birligi,   uning   asosi   hisoblanadi.   Shu   bilan   birga   oila   yuksak
darajadagi insoniy qadriyatlar tizimini shakllantiruvchi institut va ma’naviy ahloqiy
tarbiya   o’chog’i   hamdir.   Aynan   oilada   ko’pchilik   gumanitar   qadriyatlar
tarbiyalanadi, o’stiriladi va targ’ib qilinadi. 
Har bir halq va milliy an’analar tarkibida yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash
masalalariga   alohida   e’tibor   qaratilgan.   Ammo   zamonaviy   jamiyatlardagi   keskin
o’sish   sur’atlari   hamda   insonning   juda   katta   ijtimoiy   faoliyatining   uning   oilasi   va
oila a’zolari  munosabatlariga  bo’lgan kuchli  ta’siri  asosida  milliy an’analar  hamda
dolzarb va yangitdan vujudga kelayotgan savollarga to’liq javob bera olmaydi. Shu
bois,  milliy  an’analarni   oilaviy turmush  borasidagi   umumbashariy  nazariy  bilimlar
bilan qo’shib olib borish talab etiladi. 
Yoshlarni   oilaviy   hayotga   tayyorlash   masalasining   pedagogik   aspektlari
mustaqillikning  ilk  yillaridanoq  tadqiqotchilarning  diqqatini   tortib  keldi.  Yoshlarni
oilaviy turmushga tayyorlash tafakkuri aynan mustaqillik yillarida keng rivoj topdi,
aholi   o’rtasida   targ’ib   va   tashviq   etila   boshlandi,   davlat   dasturlarining   bosh
mohiyatini tashkil qildi. 
Mamlakat   aholisining   yarmidan   ko’proq   qismini   yoshlar   tashkil   qilishi,   o’sib
borayotgan   yosh   avlodni   jamiyatda   mustaqil   yashashga   tayyorlash   vazifasining
dolzarbligi   yoshlarni   jamiyat   hayotiga   va   oilaviy   turmushga   tayyorlash   ishlarini
jadallashtirishni   talab   etdi.   Insonlarning   o’zaro   munosabatlarida   keskinliklarning
o’sib   borayotganligi,   zamonaviy   ziddiyatlarning   inson   tafakkuri   va   ongiga   ta’sir
etishi   orqali   uning   psixologik   holatida   salbiy   va   asabiy   oqibatlarning   vujudga
kelishi,  yosh   oilalardagi  ajrim   holatlarning  muntazam   o’sib   borayotganligi,  bolalar
va   o’smirlardagi   agressiya   holatlarining   vujudga   kelayotganligi   kabi   muammolar
O’quvchi-yoshlarni   oilaga   tayyorlash   vazifasini   to’laqonli   olib   borish   talabini   kun
tartibiga qo’yadi.  
27 Oila   muqaddasligini   ta’minlash   jamiyat   asoslarini   mustahkamlash   bilan
barobardir.   Shu   bois,   O’zbekiston   Respublikasida   oila   asoslarini   mustahkamlash
davlat ahamiyatiga molik vazifalardan hisoblanadi. “Biz o’z ma’naviy hayotimiz va
kelajagimizni  qurayotganda beqiyos  milliy qadriyat  bo’lmish  oilani  asosiy  tayanch
deb   bilamiz.   Chunki   o’zligimizga   qaytish,   milliy   urf-odatlarimizni   e’zozlash,
kattalarga hurmat va kichiklarga g’amxo’rlik, odamiylik, halollik, olijanoblik, mehr-
oqibat singari asl insoniy fazilatlar oila muhitida shakllanadi” 1
.
Yoshlarni   oilaviy   hayotga     psixologik,   ruhiy,   jismoniy,   jinsiy   tomondan   to’liq
tayyorlash   masalalari   quyidagi   yo’nalishlardagi   ma’lum   bilim   va   ko’nikmalarni
talab etadi:
 oila salomatligi:  
 oiladagi jinslararo va oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlar:  
 oila etikasi va estetikasi: 
 oila a’zolari o’rtasida oilaviy majburiyatlar taqsimoti va tomonlar huquqlari:
 oilaviy inqirozlar  va  ularning  oldini   ola bilish,  oilaviy  konfliktlar  yechimiga
tayyorlik:  
 oiladagi sog’lom muhit va oilaviy muloqot:  
 oila an’analari:  
Zamonaviy o’zbek oilasi ichidagi ziddiyatlar va inqirozlar nuqtai nazaridan oila
institutiga   nazar   solinsa,   yuqoridagi   holatlar   o’zini   ochiq   namoyon   etayotgan
holatlar   hisoblanadi.   Shu   bilan   birga,   o’zini   pinhona   namoyon   qilayotgan   holatlar,
oila ichida kechib, tashqariga ko’p ham chiqmayotgan, ammo ko’payib borayotgan
salbiy vaziyatlar ham mavjud. 
O’zbeklar   kelishmovchilik,   ziddiyat,   janjal   bo’lgan   uyda   rohat   bo’lmaydi,   deb
hisoblashadi.   Oilada   uning   a’zolarini   xo’rlamaslik,   g’iybat   qilmaslik,   qilgan
ishlaridan   ayb   topmaslik,   yemoq   –   ichmoqqa   qizg’anmaslik     kabilar   har   doim
targ’ib   qilingan.     Oila   a’zolari   muomalasida   salbiy   his   -tuyg’ularni   jilovlay   bilish,
bir-birini   tushunib   yetish,   ziyrak   bo’lish,   rashk,   gina-kudratning   oldini   olish
yo’llariga yoshlarni o’rgatish darkor. 
1
 Каримов И.А. Биз ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. –Т.: Ўзбекистон, 1999, 7-том, -Б.252-253
28 Yigit   va   qizlarni   zamonaviy   bilimlar   asosida   oilaviy   munosabatlarga   to’g’ri
yo’naltirish zarur
Masalan,   mana   shunday   oilaviy   munosabatlarni   zamonaviy   tashkil   qilinishiga
bag’ishlangan   bilimlardan   biri   –   erkak   va   ayol   tafakkur   tarzidagi   o’ziga   xos
farqlarni, bir biriga o’xshamas tomonlarni ko’rsatuvchi so’rovnoma hisoblanadi.
Ayol va erkaklarning tafakkur tarzidagi  farqlar
Qarama-qarshi jinsni siz yaxshi tushunasizmi? Uning nimalar haqida o’ylashi va
qanday   xulosalar   qilishini   bilasizmi?   Qarama-qarshi   jinslar,   ya’ni   erkak   va   ayollar
tafakkur tarzi, ular ikkalasi ham inson bo’lganligi uchun, birmi, yoki turlichami?! 
Biz bu savollarga javob berishga yordam beramiz. Quyida erkaklar va ayollarga
xos   bo’lgan   xususiyatlar   haqida   ma’lum   tartibda   mujassam   etilgan   savollar   va
ularga   javoblarni   ko’rib   chiqamiz.   Savollar   nazariy   asoslangan   bo’lib,   ilmiy
tadqiqotlar   asosiga   qurilgan 1
.   Ular   asosida   10   ta   xulosa   berilgan.   Savollar   ayol   va
erkak   psixologik   holatlari   bo’yicha   keng   tarqalgan   stereotiplar   asosiga   qurilgan.
Mana   shunday   stereotiplardan   biri   –   “Erkaklar     hyech     qachon   e’tibor   bilan
tinglamaydilar, ayollar esa umuman  gapni tushunmaydilar”,  stereotipidir. 
Jumlaning   har   ikki   bo’g’inida   ham   asl   holatning   buzilishi   mavjud.   Erkaklar
tinglay oladilar, ayollar esa to’g’ri tushuntirilsa, tushuna oladilar. Ana shu xulosalar,
sizning fikringizcha, to’g’ri yoki noto’g’riligini o’zingiz ham  aytishingiz lozim. O’z
munosabatingizni aniqlab olgandan so’ng, o’z javoblaringizni to’g’ri javoblar bilan
solishtiring.
Savollar:
1. Ayollarda intuisiya erkaklarga nisbatan rivojlangan bo’ladi. Ularda oltinchi xis
bor, buni ko’pincha «ayollar intuisiyasi» deb atashadi. To’g’rimi yoki noto’g’ri?
2. Ayollar   ko’p   gapiradi.   O’tirishlarda   ular   erkaklarga   nisbatan   ancha   ko’p
gapiradilar.
3. Ayollar ko’proq boshqalarga qo’llarini tekizadilar.
4. Ayollar   muammoni   birinchi   bo’lib   sezadilar   va   muammoga   qarshi     tura
oladilar.
1
 Yoshlar va konfliktlar:Konfliktlar yechimiga o’rganish/ To’ychiyeva Gulxumor-Toshkent.2008 y 14-16 bet
29 5. Umuman   olganda,   erkaklar   va   ayollarning   suhbat   uchun   tanlaydigan
mavzulari bir xildir.
6. Turli tadbirlarda odamlar ayollarga   nisbatan erkaklarni ko’proq diqqat bilan
eshitadilar.
7. Erkaklar ayollarga nisbatan samimiyroq va ochiqdirlar.
8. Erkaklar va ayollar umuman bir xil narsalar ustidan kulishadi, ularda yumorga
munosabat o’xshashdir.
9. Erkaklar   o’zlariga   nisbatan   mas’ulroq   bo’lib,   omadi   kelmaganda   aybni
qo’proq o’zlaridan qidiradilar.
10. Erkaklar   voqyea-hodisani   avra-astarigacha     muhokama   qilishni
yoqtiradilar.
       Javoblar :
1. Noto’g’ri.   Tadqikotlar ayollarning alohida xususiyati borligini tasdiqlamaydi
va   ulardagi  intuisiya  erkaklardagidan kuchliroq emas.  Ammo ayollar  narsalarning
eng   kichik   elementlarigacha,   mayda-chuydasigacha   alohida   e’tibor   berishadi.   Bu
kichik   detallarga   bo’lgan   etibor   ularda   “intuisiya   kuchli”   degan   noto’g’ri
tushunchaning     shakllanishga   sabab   bo’lgan.   Masalan,   intonasiya,   mimika,   tana
harakatlari, kim qanday kiyinganligi, uning modasi va rangi v.h.
2. Noto’g’ri.  Ayollarga nisbatan erkaklar ko’proq gapiradilar. Tadqiqotlar shuni
ko’rsatdiki,   bir   rasmni   ta’riflab   berish   so’ralganda,   ayollar   uni   o’rtacha   3   minut
ta’riflaganlar, erkaklar esa xuddi shu rasm haqida o’rtacha 13 minut  gapirganlar.
3. Noto’g’ri.   Odatda   erkaklar   ayollarga   nisbatan     ko’proq   boshqa   odamlarga
qo’l   tegizadilar.   Ular   ayollarni   kuzatib   qo’yganda,   mashina   yoki   stol   atrofiga
o’tirilganda,   biror   yordam     berishda   ko’proq   ayollarga     qo’l   tegizadilar,   o’rtacha
olganda, erkaklar ayollarga nisbatan 4 marotaba  ko’proq ayollarga qo’l tegizadilar.
Shuningdek,   erkaklar   o’zaro   ham   bir-birlariga   ko’p   qo’l   tegizadilar
(salomlashganda, sport o’yinlarida, bir-birlarini qo’llab-quvvatlaganda).
4. To’g’ri.  Erkaklar ko’proq bayonot qilsalar ham, aslida ayollar birinchi bo’lib
turli   ijtimoiy   va   oilaviy   muammolar   haqida   gapira   boshlaydilar.   Tadqiqotlar   shuni
ko’rsatadiki, ayollar OITS, narkomaniya,   uyushgan jinoyatchilik, jinsiy kasalliklar
30 bo’yicha   jamoat   fikriga   birinchilardan   ta’sir   etishni   boshlaganlar   va   ta’sir   eta
olganlar. 
5. Noto’g’ri.   Odatda,   erkaklar   va   ayollar   har   xil   narsalar   haqida   gapiradilar.
Tadqiqotlar   shuni   ko’rsatadiki,   ayollar   ko’proq     parhyez,   o’zaro   munosabatlar,
tashqi ko’rinish, kiyim-kechak, salomatlikni asrash, his-tuyg’ular haqida gapirishni
yoqtiradilar,   erkaklar   esa   sport,   siyosat,   texnika,   ilmiy   yangiliklar,   ish,   mashinalar
haqida   ko’proq   gapiradilar.   Ayollar   va   erkaklar   o’rtasida   mavzu   tanlashda   katta
farqlar mavjud.
6. To’g’ri.   Haqiqatidan   ham   erkaklar ning   ma’ruzalarini   ko’proq   qiziqish   bilan
tinglashadi. Ham erkak, ham ayol tinglovchilar o’rtasida o’tkazilgan tadqiqot erkak
ma’ruzachilarning ma’ruzalari ko’proq e’tibor bilan tinglanishini isbot qilgan.
7. Noto’g’ri.   Tadqiqotlar   shuni   ko’rsatadiki,   erkaklar   emas,   balki   ayollar
ko’proq   samimiy   holda ,   ko’zlarga   qarab,   iliqlik   bilan   suhbat   qurishar   ekan.   Agar
suhbat yaxshi davom etsa ,  ayollar ko’zlarga qarashni cho’zishadi, erkaklar esa ko’z
urishtirishlardan   qochishadi.   Shuningdek,   ayollar   ko’proq   kulib   qarashadi,   suhbat
davomida   boshlarini   qimirlatib ,   suhbat   mavzuini   ma’qullab   turishadi.   Erkaklar   o’z
samimiyligini ochiq bildirishdan cho’chishadi. Samimiylik ayollarga xos xususiyat,
qo’rslik va sirlarni yashira olish erkaklarga xos xususiyat sifatida baholanadi.
8. Noto’g’ri.   Erkaklar   va   ayollarning   yumorga   munosabati   turlichadir.   Ayollar
erkaklarga nisbatan kam hazillashishadi. Erkaklar hazili qo’polroq bo’ladi. Erkaklar
o’zaro juda ko’p hazil ishlatishadi.
9. Noto’g’ri.  Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ayollar erkaklarga nisbatan ko’proq
o’z-o’ziga nisbatan   tanqidiy nazar bilan qaray olishadi, o’zlariga nisbatan tanqidiy
fikr-mulohalarni   qabul   qila   olishadi   va   eshitishadi.   Ular   bunday   vaziyatlarda   o’z-
o’zlarini   ayblashga   moyilroqdirlar.   Ular   suhbat   davomida   o’z   nutqlarida   «Meni
kechirasiz...»,   «Men   boshqa   narsani   nazarda   tutgan  edim..»,   «Afsus..»,   “Uzr”   kabi
so’zlarni ko’proq ishlatishadi. Erkaklar qo’qqisdan ularga qarshi qaratilgan tanqidni
“sapchish”,   tan   olmaslik,   isbot   etilishini   talab   qilish,   o’zganing   ayblarini   topishga
urinish   yo’nalishida   qabul   qilishadi.   Erkaklar   o’z   ichida   tanqid   to’g’riligini   tan
olsalar   ham,   tashqarida   o’zlarini   aksincha   tutadilar.   Ularning   ko’pchiligi   tanqidni,
31 ayniqsa   u   ayol   kishi   tomonidan   bildirilayotgan   bo’lsa,   tan   olishni   o’zlariga   ep
ko’rmaydilar.
10. Noto’g’ri.   Ayollar   muammoning   eng   mayda     detallarigacha   muhokama
qilishadi.   Shuningdek,   ayollar   muammoga   har   turli   ta’riflar   berishda   erkaklarga
nisbatan   ustunroq   bo’lib,   jarayonga   ijodiy   yondashadilar.   Ammo   ayollar   ko’prok,
mayda narsalarga e’tibor qaratib, bosh mazmunni ajratib olishga erinadilar. 
        Oilaviy   hayotni   to’g’ri   tashkil   qilish   va   uni   ziddiyatlardan   asrash   oilaning
barcha   a’zolaridan   ma’lum     tamoyillarga   bo’ysunib   yashash,   ma’lum   bilim   va
ko’nikmalarni   fo’llash   zaruriyatini   talab   etadi.   Mana   shu   talablardan   ba’zilar
borasida to’xtalib o’tamiz.
Oilaviy   hayotni   to’g’ri   tashkil   qilish,   uni   ziddiyatlardan   asrash   bo’yicha
qizlarga maslahatlar:
- turmushga chiqish, uylanish, to’y harakatlari har ikki tomon uchun ham stress
vaziyati hisoblanadi. Mana shu yangi hayotni siz qanday qurishga intilsangiz va o’z
atrofingizga boshqa oila a’zolarini birlashtira olsangiz, sizning hayotingiz mana shu
tartiblarda   rivojlana   boshlaydi.   Samimiylik,   to’g’rilik,   doimiy   yaxshi   kayfiyat,
mehnatga   tayyorlik,   hurmat,   oilani   qadrlash,   yigitning   ota-onasini   e’zozlash   kabi
xislatlar sizga qo’l keladi.
- siz   kelin   bo’lib   tushayotgan   oilaning   qadriyatlari,   tuzilishi,   kun   tartibi
bo’yicha barcha tartiblarni va ma’lumotlarni chuqur o’rganishga to’g’ri keladi.
- yangi   oiladagi   barcha   a’zolar,   qaynota,   qaynona,   qizlar   va   yigitlar
xarakterlariga doir kuzatishlarni yig’ib boring, ularning xarakteri va odatlarini bilib
olishga urining.
- qaynonangiz va qaynotangiz nimalarni sizdan talab qilyapti, u nima narsalarni
xush ko’radi, nima narsa va hodisalar uning asabiga tegadi, shuni o’rganing.
- xuddi   shunday   yostiqdoshingizning   kayfiyati,   mimikasi,   ko’z   qarashlari,
xarakteri va odatlari, nima narsalarni xush ko’rishi, nima narsalarni yomon ko’rishi,
umuman   uning   inson   sifatidagi   individual   tomonlarini   juda   yaxshi   bilib   olishga
harakat qiling, uning salbiy tomonlarini o’chirib, ijobiy tomonlarini oshirishga sayi-
harakat qiling, chunki xotin – erning tarbiyachisidir. 
32 - agar   qaynona   va   qaynotangiz   talablari   ularning   o’g’li   sizga   qo’yayotgan
talablar   bilan   mos   kelmasa,   mazkur   muammoni   qaynona   va   qaynotangiz   hamda
eringiz   bilan   hamjihatlikda   tinchlik   bilan   do’stona   va   iliq   muhokama   qilishga
harakat qilib ko’ring.
- sidqidildan qilingan mehnat darrov o’zini namoyon qiladi, o’z mehnatingiz va
shirin   tilingizni   atrofdagilardan   ayamang,   samimiy   bo’ling,   doimo   kulib   turing,
ochiq   yuz   bilan   qarang,   boshqalarning   so’zlari   va   harakatlaridan   yomonlik
qidirmang, mehringizni bersangiz mehr olishingiz osonlashadi;
- har  qanday oilada er  majburiyatlari  hamda xotin majburiyatlari  mavjud. O’z
majburiyatlaringizni   boshqalar   zimmasiga   sababsiz   yuklashga   odatlanmang.
Majburiyatlar   masalasida   ham   sodiqlik,   samimiylik   va   tenglik   tamoyillariga
bo’ysuning.
- eringiz   va   o’zingizning   yaqin   qarindoshlaringizga   bir   xilda   munosabat
ko’rsating, ularni ayirmang, ularni teng ko’ring va teng munosabat bildiring.
- eringizning yutuqlari va takomili uchun xizmat qilishni o’zingizga  saodat deb
biling,   unga   hamdard   va   hamsuhbat   bo’ling,   unga   tayanch   bo’lishga   sayi-harakat
qiling, farzandlaringizga o’z otasini hurmat qilishni singdiring, otasining ishlaridan
g’ururlanishni o’rgating.
- kelin   sifatida   sizning   o’ziga   xos   majburiyatlaringiz   qatorida   huquqlaringiz
ham mavjud. Ammo ana shu huquqlar poymol etilayotgan bo’lsa, qaynona-qaynota
tomonidan siz muntazam psixologik tahqirlansangiz, eringiz tomonidan zo’ravonlik
ko’rsangiz,   inson   sifatida   sizning   oilada   qadringiz   bo’lmasa,   o’z   huquqlaringizni
himoya qilishga sizning haqqingiz bor. Sizni ayol va ona sifatida davlat qonunlarini
ham, din arkonlari ham o’z himoyasiga oladi. Buni unutmang!
Oilaviy   hayotni   to’g’ri   tashkil   qilish,   uni   ziddiyatlardan   asrash   bo’yicha
yigitlarga maslahatlar:
- siz   o’zingiz   uchun   hamdard   va   hamsuhbat   inson   tanladingiz.   Sizning
hayotingiz   uning   hayoti   bilan   umrbod   bog’landi.   U   sizga   o’zini   ishonib   topshirdi.
Tanlash   masu’liyati   sizda   edi.   Shuning   uchun   siz     uning   taqdiri,   kelajagi,
salomatligi, tinchligi uchun mas’uliyatni bo’yningizga olasiz.  Siz – unga mas’ulsiz.
Ammo unga xo’jayin, unga ega emassiz. 
33 - xotiningizga   bo’lgan   oiladagi   munosabat   sizga   juda   ko’p   parametrlari
bo’yicha   bog’liq   bo’ladi.   Agar   siz   xursand   bo’lsangiz   –   atrofdagilar   ham   uni
hursandlik   bilan   qabul   qilishadi.   Eng   avvalo,   faqat   o’zingiz   yoqtirgan   qizni
xotinlikka   tanglang.   Agar   qiz   bola   sizga   yoqmayotgan   bo’lsa,   uning   taqdiri   bilan
o’ynashmang.
- yangi   oilaga   kirib   borish,   uning   a’zosiga   aylanish   oson   ishlardan   emas.
Kelinga   juda   katta   stress   holati   ta’sir   ko’rsatadi.   Bir   tomondan,  siz   bilan   yaqindan
tanishadi, ikkinchi tomondan, butun oila a’zolari bilan muloqot qilishi lozim bo’ladi.
Boshqalar   bilan   til   topishish   o’z   o’zidan   vujudga   kelmaydi.   Ammo   kelin
zimmasidagi vazifa - hamma bilan til topishishi shart! Uning mana shu holatida siz
unga   juda   katta   tayanch   bo’lishingiz,   hammaning   o’ziga   xos   xususiyatlarini
tushuntirishingiz,   onangiz   va   kelin   orasidagi   munosabatlarni   to’g’ri   tashkil
qilishingiz talab etiladi.
- Ona va yangi kelin orasidagi munosabatlar masalasi juda katta mas’ullik talab
etadigan o’ta nozik masalalardan hisoblanadi. Tarozining ikki pallasida bo’lganidek,
bir tomonda – ona rozi, ikkinchi tomonda – xotin rozi sharoitini   vujudga keltirish,
aynan shunday tartibni o’rnatish va qurish sizning zimmangizda. 
- birinchi kunlardanoq yangi oila tartiblari kelinni mas’uliyatli bo’lishga, tartibga
chaqiradi. Uning zimmasidagi vazifalar ortadi. Agar u hamma vazifalarni uddalasa,
oiladagi xursandlik ortadi. Ammo agar u o’z vazifalarini uddalay olmasa, aynan siz
unga   sabrli   va   qanoatli   munosabatda   bo’lishingiz,   u   o’z   vazifalarini   bilib   olishiga
imkon yaratishingiz lozim bo’ladi. U yangi oilada avvalambor faqat sizga suyanadi.
- kelinga   qo’yiladigan   talab   va   majburiyatlar   aniq   bo’lishi   lozim.   Kelinga
beriladigan   talablar   asosan   bir   odam   tomonidan   yetkazilishi   lozim.   U   odam   –   siz
bo’lsangiz ayni muddao. Chunki kelin deb hamma undan biror narsani o’zicha talab
qilaversa,   ba’zan   bir   paytning   o’zida   bir   necha   joylarga   borib,   bir   necha   ishlarni
qilishi   lozim     bo’ladigan   holatlar   ham   kelib   chiqishi   mumkin.   Bu   vaziyatda
tomonlarning bafurja va bomaslahat ish tutishlari kerak bo’ladi.
- kelin   salomatligi   –   sizning   bo’lg’usi   farzandaringiz   salomatligi   deganidir.
Shuning   uchun   uning   salomatligiga   e’tiborli   bo’ling.   Homilador   ayolni   ovqatdan
34 siqish, uni ho’rlash mumkin emas. Bu sizning farzandingizning salomatligiga ta’sir
ko’rsatadi.
Ko’rinib   turibdiki,   yangi   oila   qurilishida   har   ikki   tomon   uchun   ham   juda   katta
mas’uliyatli qarorlar  qabul qilish jarayoni boshlanadi. Har  ikki tomon, ya’ni  qizlar
va   yigitlar   uchun   maslahatlarni   bir   necha   barobar   ko’paytirish   mumkin.   Ammo
hayot o’zining kutilmaganligi va rang-barangligi bilan o’ziga xosdir. Biz bu o’rinda
hayotda   kuzatilishi   mumkin   bo’lgan   barcha   holatlarning   oldini   olib,   maslahatlar
bera olmaymiz. Shu bois, hayotning eng muhim qonuniyatlaridan biri shundaki, har
bir odamning hayotida unga eng yaqin bo’lgan odamlar tarkibi bo’ladi. Ular sirasida
–   er,   xotin,   farzandlar,   ota-onalar   kiradi.   Ammo   ko’pincha   aynan   mana   shular
bizning g’azabimiz, jahlimiz, kayfiyatimizning yomonligi, jizzakiligimiz, bardoshli
bo’lmaganimiz,   qonaot   qilmaganimiz,   dag’alligimiz,   qo’rsligimiz,   o’zimizni   ustun
qo’yishimiz, dag’dag’alarimiz sababli aziyat chekishadi. Inson umri bir pastda o’tib
ketadi. Agar o’z vaqtida biz ularga hurmat va e’tibor ko’rsatmagan bo’lsak, keyingi
armonlar   ularni   bizga   qaytarib   bermaydi.   Insonlarni   hurmat   qilish,   ular   erkini
e’tiborga olish – hayotning bosh talablaridan biri ekanligini unutmaslik lozim.
Oilaviy munosabatlarning buzilishiga olib keladigan ba’zi holatlar
E’tiqod.   Diniy   e’tiqod   insonning   tabiiy   ehtiyojlaridan   hisoblanadi.   Ammo
avvallari diniy e’tiqodni odamlar ro’y rost ko’rsata olmas edilar. Bugungi kunda esa
e’tiqod   erkinligi   tamoyili   amal   qilmoqda.   E’tiqod   va   uni   ko’rsatish   alomatlari
bo’yicha ba’zan oilalarda turli inqirozlar ham yuzaga kelmoqda. 
Do’stlar.    Oilaviy tinch munosabatlarga rahna soluvchi voqyeliklarlardan biri –
bu   qiz   va   yigitning   do’stlari   hisoblanadi.   Agar   ular   oila   ishlaiga   hadeb
aralashavermasalar,   yosh   oilaning   tinchini   o’ylasalar,   bu   –   to’g’ri   vaziyat.   Ammo
ba’zan   yigitning   do’stlari   uni   har   kecha   choyxonalarga   olib   chiqib   ketib,   u   yerdan
kuyov kech qaytib, keyin o’z xotinini behurmat qilaversa, bunda oila o’z tinchi va
o’z   hurmatini   ham   yo’qota   boshlaydi.   Ko’pchilik   ayollar   oilaning   buzilish   uchun
ikki asosiy sabab mavjud deb o’ylaadi.Ular – agar er kuch ishlatsa, xotitini ursa, va
keyingi   sabab   –   er   alkogol   ichimliklarga   xuruj   qilsa.     Uchinchi   sabablardan   biri   –
erning,   yoki   xotinning   juda   tarmoqlab   ketgan   do’stlari   bo’lishi   mumkin.   Do’stlar
o’zi   xohlamagan   holda   er   va   xotin   o’rtasiga   sovuqchilik   kiritib   ko’yishi   mumkin.
35 Yosh   oila   o’z   qadriyatlarini   yaratib,   o’zi   oyoqqa   turib   olguniga   qadar,   boshqalar
uning faoliyatiga keng ravishda aralashmagani ma’qul.
Nohaq   ko’ngil   og’rishi.   Oilaviy   turmush   doim   ham   bir   tekis,   tinch   va   ravon
davom etavermaydi.   Ba’zan yillab inson qalbiga azob bergan voqyea va hodisalar
alami  sizning  baxtingizga  rahna  soladi.  Agar   siz  hadeb  ularga  quloq  solaversangiz
va   o’z   yaqinlaringiz   xissiyotlariga   salbiy   ta’sir   o’tkazaversangiz,   haqiqatan   ham
ular,   ya’ni   sizning   ko’nglingizdagi   nohaq   ko’ngil   og’rishlari   boshqalarni   ham
charchatib qo’yishi mumkin. 
Gap   shundaki,   biz   o’zbeklar   qizlarni   har   tomonlama   oilaviy   hayot   va   oilaviy
munosabatlarga   juda   qattiq   tayyorlaymiz-u,   ammo   yigitlarimizni   maxsus
tayyorlamaymiz.   Yigitlar   ayollar   bilan   qanday   muomala   qilish   madaniyatini
bilmasliklari   ayon.   Yigitlar   o’z   xotinlari   ustidan   ustun   kelsalar,   bo’ldi.   Ular   uchun
mana   shu   ustunlik   muhim.   Mana   shu   ustunlik   nima   hisobiga   erishilmoqda,   bu   –
muhim   emas.   Balki   mana   shu   oiladagi   erkak   ustunligi   –ayolni   xo’rlash,   uni
zo’rliash,   unga   zo’ravonlik   o’tkazish,   ayod   qadrini   poymol   etish   hisobiga
erishilmoqdadir.   Ko’pchilik   erkaklar   ustun   bo’lsam,   bo’ldi,   demak   men   yaxshi
erkakman, deb o’ylashadi. 
Begonalik.   Ba’zi   odamlar   uzoq   yillar   birgalikda   umr   kechirib,   o’z   hayotining
muayyan bir davrida umuman bir-birirga begona bo’lib borishadi. Ularni bir-biriga
bog’lab turuvchi asosiy qadriyatlar biri bo’lib faqat farzandlar qoladi. Ammo aslini
olganda   ular   batamom   o’zaro   begona   bo’lib   borayotgan   odamlar   bo’lib,   ularning
ushlab   va   birlashtirib   turgan   narsa   umumiy   farzandlar,   quda-andalar,   milliy
an’analar hamda mentalitetdir.
Charchoq.   Inson   faqat   jismoniy   jihatdan   emas,   balki   ma’naviy-ruhiy   jihatdan
ham juda qattiq charchashi mumkin. Mana shu charchoqning bosh sabablaridan biri
uning   turmush   o’rtog’i   bo’lishi   mumkin.   Hox   ayolga   qarshi,   xoh   erkakka   qarshi
yo’naltirilgan,   muntazam   takrorlanib   turadigan,   nafsoniyatga   tegadigan,   o’z
mohiyatiga   ko’ra   adolatsiz,   insonning   oilaviy   mavqyeini   tushirishga   yo’naltirilgan
o’z   turmush   o’rtog’ini   mensimaslik,   uni   jerkish,   uning   oilaga   kerak   emasligi
ta’kidlash,   uning   ishlaridan   qoniqmaslik,   uni   pastga   urish,   uni   ma’naviy   xo’rlash,
uning   ishlaridan   va   so’zlaridan   kir   qidirish,   uning   gaplariga   qo’pol   ravishda
36 aralashish, uning so’zlarini bo’lish, uni qoralash, uni rashq qilish, uni “o’tirsa o’poq,
tursa   so’poq”   tarzida   nazoratda   ushlashga   harakat   qilish,   uning   fikrlarini
eshitmaslik, uni inkor etish ma’naviy-ruhiy portlash va yoki chuqur depressiyaning
boshi   bo’lishi mumkin. Bir tomon ta’ziyqidan ikkinchi tomonning ma’naviy-ruhiy
charchashi   tomonlarni   aslan   bir-biridan   tamomila   ajratib   yuborishga   qodir   bo’lgan
xususiyatdir.
Ishonmaslik.   Oilaviy   hayotda   ishonmaslik   ikki   ko’rinishda   o’zini   namoyon
qiladi.   Birinchidan,   o’z   turmush   o’rtog’iga   ishonmaslik,   uni   qizg’onish,   uni   rashk
qilish, uning har  bir  qadamini  nazorat  qilishga  intilish.  Ikkinchidan,  o’z kuchi, o’z
mavqyei,   o’z   harakatlari   va   qarorlarining   to’g’riligiga   ishonmaslik.   O’zbek
oilalarida   rashk   qiluvchilar   sifatida   ayollar   ham,   erkaklar   ham   namoyon   bo’lishi
mumkin. Agar erkak kishi ko’tarilayotgan, karyerasi yaxshi ketayotgan bo’lsa, u o’z
xotinidan uni qo’llab quvvatlashni, unga ko’mak berishni doimo talab qiladi. Yaxshi
xotin   albatta   o’z   erini   uning   yaxshi   amallarda   qo’llab-quvvatlashi   kerak.   Bizning
o’zbek   ayollari   o’z   erining   mavqyei   ortib   borayotganligini   doimo,   o’zini   chetga
olish hisobiga bo’lsa ham,  xushnudlik bilan qabul qiladilar. 
Nafrat.   Oilaviy hayotda o’z eri, yoki xotiniga nisbatan bo’lgan nafrat uzoq vaqt
salbiy  xis-tuyg’ular  inson     ichida  to’planib,  ularning  yuzaga  chiqishi   uchun imkon
berilmagan vaqtda vujudga keladi. Vaqti-vaqti bilan ko’ngil bo’shab turganida esa,
ular so’rilib, inson qalbini bo’shalib borishiga imkon yaratadi. Shu bois, ko’pincha,
ayollar   o’z   taqdirlaridan   nolib,   o’z   dugonalari,   qarindoshlari,   onasiga   ko’nglini
bo’shatib   olishga   odatlanishadi.   G’arbda   esa   ko’ngilni   psixolog   oldida   bo’shatib,
ruhan tinchlanish, nima qilish kerakligini bilib olish, orom olish odat tusiga kirgan.
Nafrat  insonni  ichdan yemiradi. Uning osoyishtaligi  buzadi. U inson salomatligiga
qattiq salbiy ta’sir etadi. Ammo har doim ham sizning ko’ngligizda tug’ilgan nafrat
aslan   o’z   yaqiningizning   xatti-harakati   yoki   xatolari   oqibati   bo’lmaydi.   Balki
ko’proq   ular   siz   o’z   yomon   va   salbiy   emosiyachlaringizdan   qutilish   yo’llarini
bilmaganingiz,  bu  salbiy  emosiyalarni   o’nlab  yillar   davomida  o’zingizga  yuk  qilib
ortib   olib   yashayotganingiz   oqibatidir.   Bu   yuk   –   og’ir   yuk,   ammo   benaf,   foydasiz
yuk.   Uning   keraksiz   yuk   ekanligini   o’zingiz   anglab   yetishingiz   kerak.   Chunki
ko’pincha   bu   salbiy   emosiyalarning   kelib   chiqishi   va   yig’ilib   borishiga   o’zga
37 odamlar   emas,   balki   aynan   sizning   xarakteringiz   aybdor.   Ammo   buni   tan   olishga
ko’pincha   sizning   qat’iyatingiz   va   kuchingiz   yetmaydi.   Shu   bois,   siz   bu   yukni
ko’tarib   yuraverasiz.   Tinch   xolatda   ular   osuda   bo’lib,   ketganday   tuyuladi,   ammo
ziddiyat holatida ular yangitdan bosh ko’tarib, o’zini bildira boshlaydi. Shu bois, siz
oilaviy ziddiyatlarda  o’nlab  yillar   avval   bo’lib o’tgan  voqyealardagi  sizga  aytilgan
so’zlarni,   sizga   qarshi   qaratilgan   emosiyalarning   barini   juda   yaxshi   esga   olasiz   va
ularni ro’kach qilib gapirishdan rohatlanasiz.   Ular, ya’ni salbiy xis tuyg’ular sizga
shunchalik   qadrdon   bo’lib   qolganki,   siz   faqat   o’z   salbiy   emosiyalaringizning
to’g’riligiga   shubha   qilmay   ishonishingiz,   boshqa   odamlar   sizga,   “Yo’q,   bu   ish
xato” deb aytsa ham, siz ulardan qutilish, ozod bo’lishga qo’rqayotganingiz, salbiy
emosiyalardan   qutilish   sizni   o’z   ko’zingizda     kuchsiz,   o’z   nuqtai   nazarini   o’tkaza
olmagan, o’zini himoya qila olmagan insonga aylantirayotganligi sizning haqiqatda
ham   o’z emosiyalari oldida kuchsiz insonga aylantirib qo’yadi. Nafrat – insonlarni
bir-biridan ayiradi, ularni birlashtirmaydi.
38 2.2.   Oilaviy   nizolarni   bartaraf   etishga   doir   aniq   psixologik   usullar,
tavsiyalar
Konflikt   vaziyatda   yuzaga   kelgan   emosional   tang   holatdan,   ko’pchilik,   aybni
boshqalarga yuklash, “ular meni tushunmadi” qabilida ish tutish, o’zgalar so’zlari va
harakatlarini   ayblash,   kek   saqlash,   o’zini   oqlash   kabi   amallar   orqali   chiqishga
urinadi.   Juda   ko’p   hollarda   kichkina,   oddiygina   konflikt   ham   eng   yaqin   bo’lgan
odamlarni, masalan eru-xotinni, opa-singil, aka-ukani bir-biriga qarshi qilib qo’yadi.
Aytilganlarga   diqqat   bilan   qarasangiz,   ko’p   marta   «sen»   degan   so’zni   ko’rasiz,
«sen   undaysan,   sen   bundaysan,   sen   –   u   san,   sen   –   bu   san...»   kabi   ta’nalardan   har
qanday “yaxshi” odam ham oxir-oqibat charchaydi.
O’zbeklarda   bir   maqol   bor   “Qurbaqani   bosaversang,   u   ham   oxir   “vaqillaydi”.
Ruslarda boshqa maqol bor: “Agar odamga hadeb “cho’chqasan” deb aytaversang, u
oxir   xurillab   yuboradi”.     Odatda   odamni   hadeb   “sen”larga   ko’mib   tashlasangiz,   u
“yaxshiroq”   bo’lib,   tarbiyalanib   bormaydi,   aksincha   sizga   teskari   bo’lib,
aytganingizni   qilmay   qo’yadi.   Mana   shunday     «sen   –   tasdiqlar»   ko’pincha
sovuqchilik   tushishiga,   tahdidga,   yoki   birovni   besabab   ayblashga   olib   keladi.   Siz
xohlamasangiz   ham,   ko’pchilik   hollarda   «sen   –   tasdiqlar»   qarama-qarshilik
darajasini   kuchaytirib,   konfrontasiyaga,   olishuvga,   psixologik   va   emosional
to’qnashuvga,   yakkalikka,   umumiy   maqsadlarning   buzilishi   va   uzilishiga   olib
keladi.
Mana shunday to’qnashuv va qarama-qarshilikni, bir tomondan oldini olish, shu
bilan   birga,   o’z   fikrini   ham   ifodalashga   ulgurishning   eng   maqbul   yo’li   «Men   –
tasdiqlar»,  “men-murojaat”lar hisoblanadi.
 “Men-tasdiqlar” juda katta imkoniyatlar beradi. Faqat ularni o’z o’rnida qo’llay
olish darkor. Eng asosiysi bu usul sizga boshqa insonga xujum qilmaslik imkonini,
uni ayblamaslik imkoninini yaratadi. Siz boshqa insonga hamla qilmasdan turib, o’z
fikr   va   xissiyotlaringizni   unga   bayon   qilib   bera   olasiz.   Bunday   bayondan   so’ng
boshqa inson ko’nglida sizning so’zlaringizga nisbatan agressiya va salbiy kayfiyat
vujudga kelmaydi. 
39 Qanday qilib «men – tasdiqlar» usulini to’g’ri qo’llash mumkin
- eng   avvalo   “sen”   deyish,   ya’ni   birovni   aybli   qilishdan   konflikt   vaziyatda
“men” deyishga o’tish darkor;
- “men” deyishga o’tish   mutlaqo “men” aybdorman, aybimga iqrorman degani
emas;
- konflikt   vaziyatda   “men”   deyishning   o’ziga   xos   tartiblari   mavjud.   “Men”
deganda, aynan mening mana shu ziddiyatdan nechog’li  qiynalayotganim, ziddiyat
meni   nechog’li   azoblayotgani,   aynan   inson   “meni”ga   aloqador   bo’lgan   “mening
xissiyotlarim” bildiriladi, ammo bu vaziyatda “uning” aybi yo’qligi ta’kidlanadi;
- “men”   deyilishida   muhim   bo’lgan   maqsad,   “Men”   ziddiyatdan   xursand
emasman, “sen” ham ziddiyatdan xursand emasman. Biz ikkalamiz ham – xursand
emasmiz. Biz bir tomondamiz – deyilishiga  imkon yaratiladi.   “Men” va “sen” bir
tomon, ziddiyat – bir tomonga ajratiladi. “U” ham sizni ziddiyatdan tashqarida ko’ra
boshlaydi.   “U”   –   “men”ga   quloq   sola   boshlaydi,   “men”ning   nima   demoqchiligini
eshita boshlaydi;
- “men” ga o’tish tazyiqsiz,  bosimsiz olib boriladi. “Men”  deyish o’z qalbiga,
o’z   xissiyotlariga   aniq   quloq   tutishni   va   ularni   adekvat   tarzda   so’z   bilan   to’g’ri
ifodalanishini   angladi.   “Men   –   tasdiqlar”   aynan   siz   o’zingizning   qalbingizdagi
maqsadlar, xis-tuyg’ularni aniq idrok qilgan vaqtda sizga qo’l keladi . Agar siz
o’z   xissiyotlaringizga   aniq   quloq   tutmay,   soxtalik   bilan   “men-tasdiqlarni”
ishlatsangiz,   o’zingizga   zarar   ko’rsatib   qo’yishingiz   mumkin.   Chunki   siz   chin
maqsadni   emas,   haqiqatga   anglangan   maqsadni   emas,   balki   opponentingizga
ta’sir o’tkazish uchun tanlangan maqsadni ko’zlagan bo’lasiz.  Masalan, agar siz
ajralishni   asli   xoxlamayotgan   bo’lsangiz-u,   xotin   (er)ingizni   bo’ysundirish   uchun
ajrim   haqidagi   gaplarni   behudaga   ishlatayotgan   bo’lsangiz,   opponentingiz   sizning
fikrlaringizni   “chin”   qabul   qilib,   ajrimga   rozi   bo’lib   qolishi   mumkin.   “Men-
tasdiq”lar ikki tomonni ham samimiylik va rostgo’ylikka o’rgatadi.
«Men – tasdiqlar»ni qo’llash bo’yicha to’rt talab
1. Birovga har doim uning ismi – sharifini aytib murojaat qiling. Bu hol uni tan
olganligingiz va hurmat qilishingiz belgisidir.
40 2. Nima   o’ylar   sizni   bezovta   qilayotgani,   nima   tuyg’ular   tashvishga
solayotganini   ayting.   O’z   tuy g’ ularingizni   bosh q a   inson   bilan   xolis   muhokama
qiling
3. Muammoni   aniqlang.   Aniq   fikrlang.   Hyech   kim   s izdan   yaxshi roq   aynan
s izning xis – tuyg’ularingizni anglamaydi.
4. Boshqa   odamga   nimani   istayotganingizni   ayting.   Shuning   o’ zi   konflikt
yechimi uchun turtki bo’lishi mumkin.1-misol	
	Сен	-мурожаат	
	«Sen qyech qachon meni 
eshitmaysan. Qachon 
qarasang telefonda gap 
sotasan. Hyech qachon 
menga e	’tibor berib, meni 	
xotirjam eshitmaysan. Faqat 
o’zing haqida  o	’ylaysan. 	
Senga er, bolalarning otasi 
kerak emas, senga kiyim	-	
kechak bo	’lsa, bo	’ldi...	”	
	Мен	-тасдиклар	
	“Meni eshitishingni juda xoxlayman. Telefonda hadeb dugonalarinig bilan gaplashsang, men o	’zimni yakka qolgandek, 	tashlab qo	’yilgandek xis qilaman. 	Menga ham e	’tibor berishingni, 	mening gaplarimni ham qiziqib kutishingni istayman. Men senga kerak bo	’lishni xoxlayman. Men 	ota sifatida sizlar bilan har doim  birga bo	’lishni, faqat sizlarni 	ta’minlovchi inson  bo	’lmaslikni 	kutaman. Mening qadrim bor, shu qadrimni bilishingi va e’zozlashingni istayman	”	
2-misol	
	Сен	-мурожаат	
	“Sen faqat o	’zingni gapingni 	uqtirganing	-uqtirgan. Xey, 	boshqa odamlar ham bor. Bizda ham aql bor, bizda ham qalb bor. Faqat sening aytganing bo	’lishi kerak. 	Bor, bilganingcha hal qil!	”.	
	Мен	-тасдиклар	
	“Mening ham senga gaplarim yig	’ilib qolgan. Mening ham 	fikrlarimni bilishingni istayman. Men bilan bomaslahat ish qilishing menga har doim ma	’qul bo	’ladi. Men shunda 	“yaxshi xotinga	”uylanganman 	deb o	’ylayman. Men sendan 	xursand bo	’laman. Men va sen 	birgalikda hal qilsak bo	’ladi 	deb o	’ylayman bu masalani..	”
41 3-misol	
	Сен	-мурожаат	
	“Siz ham mundoq 
odamlarga o	’xshab, 	
gaplashib, xasratlashib 
o’tirsangiz	-chi. Uydasiz	-	
u, hayollaringiz qayda 
bilmayman. Kimni 
o’ylayapsiz, shu  payt	-	
da...	”	
	Мен	-тасдиклар		“Men siz bilan hasratlashib, dardlashib o	’tirishni orzu qilaman. 	Menga sizning fikrlaringiz, munosabatingizni bilish juda qiziq tuyuladi. Men sizga hamdard bo	’lishni hoxlayman. Men 	oramizda har doim iliq munosabatlar bo	’lishi 	tarafdoriman. Sizni qiynagan fikru o’ylar menga ham tinchlik bermaydi. Men ularni bilmasamda, ular sizdan ko	’ra ko	’proq mening 	kayfiyatimni buzadi	”.O’zbeklar   mentalitetida   muomala   madaniyati   ko’pchilik   hollarda   o’zaro   salom-
alik   qilish,   ahvol   so’rash,   oiladagi   ahvol   bo’yicha   axborotlarga   qiziqish   ko’rsatish
kabi   ko’rinishlarda   namoyon   bo’ladi.   Ammo   aslida   muomala   madaniyati   –   o’zga
insonga bo’lgan munosabat madaniyati bilan belgilanadi. 
Faqat   salom-alik   qilgandagiga   emas,   balki   hayot   tartibida,   har   kunlik   hayot
tarzida insonga ko’rsatiladigan hurmatli va e’zozli, samimiy va to’g’ri munosabatni
anglatadi.   Ichki   madaniyatga   ega   bo’lgan   odamgina   har   turli   vaziyatlarda   har
qanday   boshqa   insonga   nisbatan   doimiy   to’g’ri,   samimiy   va   aniq   munosabat
ko’rsata oladi. Muloqot madaniyati insondan boshqa insonga nisbatan har doim bir
tekis   munosabat   ko’rsatilishini   talab   etadi.   Qarshingizda   turgan   odam   boymi,
qambag’almi,   qishloqlikmi,   yoki   shaharlikmi,   mansabdormi,   yoki   oddiy
o’qituvchimi ,   bundan   qat’iy   nazar   unga   to’g’ri   munosabat   ko’rsata   olish   haqiqiy
insonparvarlik   mezoni   bo’lib   kelgan.   Ammo   muloqot   madaniyati   insondan   o’z
ustida   muntazam   ish   olib   borishni   talab   etadi.   Muloqot   madaniyati   o’z   o’zidan
vujudga kelib qolmaydi.
Demak,   real   hayotda,   odam   yoshligidanoq   muloqot   madaniyatiga   oid   ma’lum
insoniy   qadriyatlarning   buzilayotganligi   bilan   to’qnash   keladi.   Oqibatda,   bola
hayotida   ikki   xil   standartlar   holati   vujudga   keladi.   Bir   tomondan,   bola   muloyim
bo’lishi   lozim.   Ikkinchi   tarafdan   esa,   atrofidagi   ko’pchilik   odamlar,   xatto-ki   eng
yaqin va xurmatli kishilar ham bu tartib-qoidalarga rioya qilmaydi. 
Masalan,  “so’kinish”  – erkaklar rioya qilmaydigan noto’g’ri holat,  “qarg’ash”  -
ayollar   rioya   qilmaydigan   noto’g’ri   holat.   O’g’il   bolalar   “so’kinish”ni   odatda   o’z
42 otalaridan   meros   qilib  oladilar.  Demak,   muloqot   va   muomala   madaniyatining  ham
hayotda o’z o’rni va ahamiyati mavjud.
Shunday   qilib,   muomala   madaniyati   nima   va   konflikt   vaziyatlarda   mana   shu
muomala madaniyati talablariga rioya etish ziddiyatni yengishga ko’mak beradimi,
degan savollar dolzarblik kasb eta boshlaydi. 
Muomala   madaniyati   bo’yicha   bilimlar   ziddiyat   ichida   tomonlarni   bir   biriga
yaqinlashtirish,   ular   orasidagi   muloqotni   yangitdan   bir   tizimga   tushirish,
tomonlarning   o’zaro   axborot   olishlarini   yengillashtirish   uchun   xizmat   qiladi.
Muomala madaniyati birovni eshitish va birovga o’z axborotlarini to’g’ri yetkazish
qaoidalari va tartiblaridan iboratdir. Shu bois, konflikt yechimi tartiblariga muomala
madaniyati bo’yicha ma’lum qoidalar kiritiladi.
Odamlar   ba’zan   bir-birlarini   tushunmaydi   yoki   o’z   o’y–fikrlarini   aniq   ifodalay
olmaydilar.   Ularning   bir–birini   tushunmasligi   esa   konfliktga   olib   kelishi   mumkin.
Kuyida   iliq   muomala   va   qanday   qilib   hamsuhbatni   to’g’ri   tushunish   va   unga   o’z
o’ylaringizni aniq anglatish buyicha 10 maslahat keltirilgan.
1. Suhbat uchun qulay, tinch va to’g’ri joy tanlash. 
2. Hamsuhbatingizning gaplarini bo’lmang. 
3. Sabr – qanoatli bo’ling! 
4. Tana zaboniga quloq soling! 
5. Etibor bilan tinglang! 
6. Ma’ruza o’qimang! 
7. Ochiq va aniq savollardan foydalaning! 
8.  Hech narsa taklif qilmang! 
9.   O’zingizni nazorat qiling! 
10. Birovning nafsoniyatiga tegmang! 
Masalan, konkret inson, xotin va yoki kelin sifatida sizning talablaringizni aniq
bir vaziyatda qoniqtirmayotgan bo’lishi mumkin, ammo aynan mana shu inson qiz,
farzand,   ona,   mutaxassis   sifatida   o’z   oilasi   va   jamoasining   juda   katta   hurmatiga
loyiq  bo’lishi ham mumkin. Yoki aynan mana shu konkret inson, ota va er sifatida
o’z   xotinida   ba’zi   e’tirozlarni   uyg’otishi   mumkin,   ammo   mana   shu   erkak   o’z   ish
joyida,   o’z   oilasi   va   yaqinlari   o’rtasida   juda   katta   hurmat   bilan   tilga   olinishi
43 mumkin.   Ya’ni,   siz   “yomon”   deb   o’ylayotgan   yaqin   odamingiz,   u   er,   xotin,   aka,
uka, qarindosh, hamkasaba,    ota-ona, boshliq sifatida sizning talablaringizga javob
bera   olmagani,   hyech   zamonda   mazkur   insonni   batamom   “yomon   otliq”   qilib
qo’yish uchun asos bo’la olmaydi. 
Muloqotni “sovuqlashtiruvchi” omillar
Muloqot   madaniyatida   keng   tarqalgan   xatolardan   bir   shundaki,   gapirib   turgan
odamning   so’zi   nihoyasiga   yetmasdan   turib,   unga   yangi   savollar   beriladi.   Siz
bunday   qilganingizda   suhbatdoshingizni   qiyin   ahvolga   solib   qo’ygan   bo’lasiz.
Chunki   u   birinchi   savolingizga   xali   to’liq   javob   ayta   olmagan.   Siz   bo’lsa,   yangi
savollar berayotirsiz. Siz uni dovdiratib qo’yasiz. Nima muhimu, nima muhim emas,
u   idora   qila   olmay   qoladi.   Agar   u   savollaringizga   javob   bermasa,   siz   uni   omi,
bilimsiz,   didsiz,   ilmiy   salohiyatsiz   odam   sifatida   baholashingiz   mumkin.   Demak,
savol berilgandan so’ng, to’laligicha mazkur savolga javob berish imkoniyatini ham
yaratish lozim.  
Shu bilan birga, ba’zi odamlar o’z psixologiyasi va tarbiyasiga ko’ra muloqotni
“barbod”   (sabotaj)   etuvchilar   qatoriga   qo’shiladilar.   Mana   shunday   odamlar
so’zlarida ko’pincha tahdid ovozlari va kayfiyatlari sezilib turadi. Ular buyruq berib
gapiradilar. Ular asosan negativ axborot tarqatishga moyil bo’ladilar. 
Ba’zilar   o’z   suhbatini   tergovday   olib   boradi.   Ular   so’zlari   tahdid,   shubha,
busaramjonlik   bilan   to’lgan   bo’ladi.   Ba’zilar   esa,   avval   maqtab   turib,   so’ng   biror
ishni zimmangizga yuklash payidan bo’ladi. Sizning qalbingizda esa, xuddi aldanib
qolgandek   xissiyot   uyg’onadi.   Ba’zilar   nima   to’g’rida   gapirilsa   ham,   asosan
maslahat   berishga   o’tib   ketaveradi.   Kamdan   kam   odam   o’z   suhbatini   hamkorlikda
biror yechimni  qidirishga yo’naltira oladi. Ba’zilar esa suhbatlashishni  bahs  qilish,
ko’p   gapirish,   birovlarning   og’zidan   so’zini   olib   qo’yish   deb   anglaydi.   Ular
suhbatdoshi   bilan   xuddi   so’zlashishida   musobaqa   o’tkazayotganday   o’zini   tutadi.
Ba’zilar   esa   buning   aksi,   birovning   so’zlarini   eshitish,   faqat   uni   tinchlantirishdan
iborat   deb,   nuqul   “Hafa   bo’lma”,   “Asabiylashma”,   “Hamma   narsa   o’tib   ketadi”
qabilida   suhbat   quradilar.   Ammo   ularning   suhbatdoshiga   tinchlantirish   emas,
ularning   so’zlari,   mana   shu   so’zlar   ortida   turgan   xissiyotlarni   hamdard   bo’lib
44 eshitish   talab  qilinadi.  Yuqorida  ta’kidlangan  barcha  holatlarda  bir   tomon  ikkinchi
tomonga nisbatan “sabotajlik” munosabatida bo’ladi. 
Do’stona va iliq munosabat omillari
Empatiya   deb   atalgan   tushuncha   bor.   Empatiya   –   boshqa   bir   odamning
harakatlari   va   amallarini   yuzaga   keltirayotgan   omillar   va   xis-tuyg’ularni   to’g’ri
tushunish,   ularni   adekvat   anglash   va   hamdardlik   ko’rsata   olish   hisoblanadi.   Mana
shunday   o’zingga   yaqin,   xatto   ba’zan   tanish   bo’lmagan   odamlar   xis-tuyg’ulariga
ochiqlik, ularni tushunish -  o’zaro anglash va hamdardlik, o’zaro kontakt qila olish
qobiliyatidan   darak   beradi.   Mana   shunday   qobiliyatni   o’zida   tarbiya   qila   olgan,
o’stirib borgan odam, shu qobiliyatni egallagan odam, muloqot madaniyatining eng
zarur   talabini   bajargan   hisoblanadi.   Agar   siz   ruhan   eng   yaqin   insonni   ko’z
oldingizga keltirsangiz, siz va mana shu inson o’rtasida:
 samimiylik;
 ochiqlik;
 o’zaro bir-biridan sir yashirmaslik;
 o’zaro ishonch;
 qarashlar yakdilligi;
 muammolarni   ochiq   ayta   olish,   o’z   muammosini   aytganda   “bu   odam
yomon ekan” degan hayollarga bormaslik;
 uning   siz   to’g’ringizda   hyech   qachon   yomon   fikrga   bormasligiga,   sizni
“muhokama” etib turmasligiga ishonch;
 uning sizni har doim ochiq yuz bilan kutib olishi;
 siz uchun hyech qachon vaqt ayamasligi;
 siz bilan har vaqt bir tekis muomala va suhbat qurishlari;
 sizga hamdardlilik bildira olishlari;
 yordam   kerak   bo’lganda,   ularning   har   doim   tayyorligi   va   shu   kabi   o’nlab
xususiyatlarning namoyon bo’lishi oydinlashadi.
Agar   siz   muloqotni   iliqlik   va   samimiylik   asosida   qurishga   harakat   qilmoqchi
bo’lsangiz, kuyida bildirilgan usullardan keng foydalanishingiz mumkin. 
Muloqotni iliqlik sari yetaklovchi kuyidagi omillar mavjud:
45 - Boshqalar   uchun   qiziqarli   bo’lgan   suhbat   mavzuini   tanlang.   Sizning
suhbatdoshlaringiz   nimaga   qiziqishlarini   aniqlang.   Ularda   qiziqish   va   intilishni
uyg’otadigan   mavzularga   to’xtaling.   Ulardan   bu   voqyealar   va   holatlar   bo’yicha
savollar so’rang. Oddiy suhbat odamlarni juda yaqinlashtiradi. Suhbatni ochiqlik va
moyillik asosiga quring. Bunda mavzu emas, ko’proq tomonlar orasidagi bir biriga
moyillik, qiziqish, samimiylik muhim ahamiyat kasb etadi.
- Suhbatdoshingiz bilan birgalikda, hamkorlikda harakat qiling. Faqat o’zingiz
gapirmang.   Ko’proq   uni   eshiting.   Unga   yo’naltiruvchi   savollar   bering.
Umumiylikka   keltiruvchi   har   qanday   mashg’ulot   va   suhbat   tomonlar   orasini   juda
yaqinlashtirishini esda tuting.
- Agar   suhbat   orqali   o’zingizni   boshqa   tomon   bilan   munosabatingizni   iliqlik
asosida   shakllantirmoqchi   bo’lsangiz,   shunga   mos   va   to’g’ri   keladigan   vaziyatni
tanlang. Ikkalangiz tinch suhbat quradigan vaziyat suhbatning ana shunday tinch va
ravon o’tishida juda katta rol o’ynaydi.
- Suhbat uchun to’g’ri vaqt tanlang. Suhbatdoshingiz batamom o’zini erkin xis
eta   olsin.   O’zingizga   nisbatan   unda   ishonch   uyg’oting.   Suhbatdoshingiz   biror
narsadan   havotirda,   siqilgan,   o’z   xissiyotlari   ichida   bo’lsa,   unga   o’z   xissiyotlarini
samimiy   o’rtoqlashishi   uchun   imkon   yarating.   Yoki,   u   o’z   xissiyotlarini   ochiq
aytishdan hayiqsa, suhbatni  orqaga surib turing. Inson emosional  holati suhbatning
iliqlik   darajasiga   o’z   ta’sirini   o’tkazadi.   Shu   bois,   suhbatdoshingizning   emosional
holati sizning maqsadlaringizga mutanosib, loyiq va teng bo’lishini kuting.
Mana   shu   suhbatni   “sovuqlashtiruvchi”   yoki   “iliqlashtiruvchi”   omillar   asosida
o’z   harakatlaringizni   sinab   ko’rishingiz   mumkin   bo’ladi.   Tahlil   nima   narsalarni
qilmaslik   lozimligini   sizga   ochiq   ko’rsatadi.   Inson   o’z   malakalarini   tahlil   qilishga
o’tganda,   u   o’z   xato   va   kamchiliklarini   tuzatishga   ham   o’tgan   bo’ladi.   Xato
to’g’rilanmagunicha   xato   hisoblanadi.   Xato   tuzatilgandan   so’ng   xato   emas,   balki
yangi  voqyelikka aylanadi.
46 2.3.Oilaviy nizolarni bartaraf etishga yo’naltirilgan treninglar
Oilada   er   -   xotinlar   orasida   sovuqlik   nima   uchun   tushganligi   no’malum
bo’lganda, oilaviy o’zaro munosabatlar amaliyotida foydalanish mumkin bo’lgan bir
necha o’yinlar mavjud. 
«Men sizga yoqamanmi?» trening o’yini
Er   va   xotin   oralaridan   iliq   hissiy   munosabat   yo’qolayotganda,   bir-birlariga
tushuntirish o’rniga ana shu o’yinni o’ynashlari mumkin.
Har   bir   oila   a’zosi   ikkitadan   toza   qog’oz   tayyorlaydilar.   Ular   alohida   o’tirib,
keyin   birga   muhokama   qilish   uchun   o’z   materiallarini   tayyorlaylar.   Birinchi
qog’ozga er - xotin bir-birining rasmini chizadi. Hyech qanday cheklanishlarga amal
qilmasdan, erkin chizishi mumkin. Yaqin kishisining rasmini realizm uslubida, yoki
nimagadir   o’xshatib   chizish   mumkin.   Rasmni   rangli   qilib   chizing   (rangli   qalam,
flamaster,   rangli   mel   ishlatish)   mumkin.   Rasmda   turmush   o’rtog’ingizni   qanday
tasavvur qilsangiz, shunday chizishga harakat qiling. 
Ikkinchi   qog’ozga   ikki   qatorga   10   tadan   gap   yozasiz.   Birinchi   qatorda   «hozir
menga   sizning   nimangiz   yoqmaydi?»,-   deb   sarlavha   qo’yasiz   va   10   ta   xislat   nima
uchun   yoqmasligini   tushuntirib   yozasiz.   Qog’ozning   ikkinchi   qatoriga:   «Hozir
sizning   nimangiz   yoqadi?»     deb   sarlavha   qo’yasiz   va   o’rtog’ingizning   sizga
yoqadigan   10   ta   xislatini   sanab   o’tasiz.   Keyin   turmush   o’rtoqlar   bir-birlari   bilan
rasmlar   va   so’zlar   qatori   bilan   almashadilar.   Dastlab   siz   hayron   qolish,
kelishmovchilik   yoki   kulimsiraysiz.   Asosiy,   muhokamani   darrov   boshlamang.   15
daqiqagacha   tanaffusni   saqlash   kerak.   Yaqin   kishingiz   nima   uchun   shunday
chizganligini tushunishga harakat qiling. Keyin ikkinchi qog’ozlarni olib o’qing va
muhokama qiling. 
Bu   o’yinning   maqsadi   odatda   oilada   muhokama   qilinmaydigan   er-xotinlarning
xulq   -   atvor   va   xarakterining   ayrim   jihatlari   tahlil   qilinadi,   bu   jihatlar   o’zaro   bir-
biridan   qoniqmaslikka,   jahlini   chiqarishga,   natijada   bir-biridan   uzoqlashishiga   olib
kelishi   mumkin.   Bir-biridan   hissiyotlarini   yashirmaslik   muhim,   o’yin   va   do’stona
shaklida   birgalikda   muhokama   qiling,   bunda   har   bir   turmush   o’rtoq   bir-biridan
nimani   hohlashini   vujudga   kelgan   begonalashishni   yo’qotish   uchun   o’zini   qanday
o’zgartirish zarurligini tushunish muhim. Muhokamani eringiz (xotiningizning) xulq
47 atvori va xarakteridan sizga yoqadigan jihatlarini tahlil qilish bilan tugatasiz. Har bir
turmush   o’rtoq   quyidagilarni   aytadi:   «Bizda   ba’zi   kelishmovchiliklar   bo’lishiga
qaramay, siz erkaklar ichida eng yaxshisisiz, chunki». Yoki «Siz ayollar ichida eng
yaxshisisiz, chunki....». 
«Muammo o’yini» treningi
Agar   oilaviy   munosabatlar   inqiroz   holatiga   tushib   qolgan   bo’lsa,   «Ajrashish
kerakmi, birga yashash kerakmi», «Yashash kerakmi yoki yashash kerak emasmi?»
degan   muammoni   hal   qilishga   shoshilmang.   Bunday   vaziyatda   birinchi   navbatda
to’xtash   va   ichdan   o’ylab   ko’rish   muhim.   Muammoni   yolg’izlik   orqali   ajratish
orqali   erishish   mumkin   deb   o’ylamang.   «Bir-biridan   dam   olishning»   boshqa
yo’llari: masalan sayohat, biror haftaga ota-onanikiga borish, ertalabdan kechgacha
ishda   qolib   ketish   ham   mumkin.   Umuman   vaqtni   cho’zish   muhim.   Muammoingiz
bir-biringizdan   charchaganligingizning,   umumiy   hayotiy   qoniqmaslikning,   oilaviy
hayotning bir xilligining natijasi ham bo’lishi mumkin. 
Faqatgina   «bir-birlaridan   dam   olibgina   qolmay»   oilaviy   o’yinlarni   o’ynashlari
ham mumkin. Bunday o’yinlar turmush o’rtoqlariga ularni yoqimli qiladigan yangi
jihatlarini ko’rish imkonini beradi. 
Qog’oz   olib   rangli   qalam   yoki   flamaster   bilan   alohida   o’tirib   chap   qo’l   bilan,
aniq   syujetsiz   «Bizning   muammo»   degan   rasmni   chizing.   «Chiroyli   chizishga»
harakat   qilmang,   muhimi   muammoni   qanday   tushunganingizni,   bu   haqda
qayg’urayotganingizni   yetkazish   muhim.   Rasmlar   tayyor   bo’lganda,   birgalikda
o’tirib, ularni muhokama qiling. 
–Rasmingizda nimani ifodalamoqchi edingiz?
-Rasmning   qayerida   o’z   «meningiz»   va   turmush   o’rtog’ingiz   «menini»
joylashtirasiz?
-Nima uchun boshqa  ranglarni emas, xuddi shu ranglarni tanladingiz?
-Muammoni tushunishda qanday farqlar mavjud?
-Ikkingiz ham muammoning qanday umumiy xususiyatlarini aniqladingiz?
-Bir   –   biringiz   chizgan   rasmda     muammoni   yechish     bo’yicha   qanday   ijobiy
intilishlarni sezdingiz?
«Oilaviy kelishuv» treningi 
48 Tajribali   oilaviy   juftliklar   ko’p   urinib   ko’rish   va     xato   qilish   yo’li   bilan,   ko’p
janjallar     va   yarashishlar     natijasida     bir   –   biri     bilan   kelishish   muhimligini
anglashgan.   Kelishuv   vaziyati     davlatlar     orasida     ham,   er-xotin   munosabatlarida
ham urishga qaraganda yaxshiroq. 
«Kelishuv» o’yini uch bosqichdan iborat.
Birinchi bosqichda   muhim muammo muhokama   qilinadi. Muammoni obyektiv
jihatdan     umumiy   ko’rish   muhim.   (Siz   aybdor   emassiz,   bizda     ana   shunday
muammo mavjud).
Ikkinchi     bosqichda   xonaning   ikki   burchagiga   o’tirib   quyidagi     mavzular
bo’yicha   7   holatni   yozib   chiqiladi.   «Bu     muammoni   yechish   uchun     turmush
o’rtog’imning     nima   qilishini     hohlayman».   Turmush   o’rtog’ingizga     qo’yiladigan
talab   iloji     boricha   aniq   bo’lishi     kerak.   Bunday     ifodalardan   qochishga   harakat
qiling:   «U   menga     yaxshiroq     munosabatda   bo’lishni   hohlayman»,
«Munosabatlarimiz   yaxshilanishini     hohlayman»,   «Menga     ko’proq     e’tibor
berishini  hohlayman» va hokazo. 
Sizning   fikrlaringiz     taxminan   quyidagicha     bo’lishini   hohlayman:   «Har   kuni
ertalab   menga   «Assalomu   -   alaykum»   deyishini   hohlayman»   yoki   «Menga
yoqadigan sochlari tabiiy rangda  bo’lishini hohlayman».
Uchinchi   bosqichda   yonma   -   yon   o’tirib   8   holatdan   iborat   umumiy   kelishuvga
keling.   Bunda   dastlabki   to’rttasi   erning   xotiniga   talablarini,   keyingi   to’rtta     holat
ayolning   eriga   bo’lgan   talablarini   aks   ettiradi.   Aksincha   bo’lishi   ham   mumkin.
Umumiy     kelishuvni     xonaning   eng   ko’rinadigan     joyiga,   masalan     oshxonada
ovqatlanish   stolining   tepasiga     osib   qo’ying.   Bu   kelishuvni   tez-tez   o’qib     turing,
muhokama qiling va u haqda  o’ylang. 
Bunday kelishuv o’rtacha 3-4 oy devorda osig’liq turishi mumkin. 
“ Oila muammolari”
Maqsad:   Oilaviy hayotda uchrashi mumkin bo’lgan muammolar haqida
tushuncha   berish.   Ularni   hal   qilishning   turli   yechimlarini   topa   bilishga   oid
bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
49 O’yinning   boshlanishida   ishtirokchilardan   boshlovchi   hozirgi   paytda
oilalarda   eng   ko’p   uchrashi   mumkin   bo’lgan   muammolar   nimalardan   iborat
ekanligini so’raydi. Javoblarni flipchartga yozib boriladi.
Shundan so’ng guruhda "Oila muammolari" o’yini o’tkaziladi.
Faoliyatning   bu   turini   amalga   oshirishda   guruhni   5-8   kishidan   iborat
kichik   guruhlarga   bo’lish   mumkin.   Shundan   so’ng   kichik   guruhlarning   har
biriga quyidagicha topshiriq beriladi:
"Birgalikda ish olib borib, yuqorida sanab o’tilgan oila muammolaridan
birini   tanlab   oling   va   shu   asosda   10   daqiqaga   mo’ljallangan   sahna   ko’rinishi
tayyorlang. Har bir guruh turli xil muammolarni tanlab olishi lozim. Keyin esa
ana   shu   muammoni   sahna   ko’rinishi   asosida   ochib   berishlari   lozim.   Sizga
muammoni tanlash va shu muammo asosida sahna ko’rinishi tayyorlash uchun
15 daqiqa vaqt beriladi".
Bunda   boshlovchi   albatta   har   bir   guruhning   mavzu   tanlashida   turli
muammolarga   murojaat   qilishi   uchun   ularga   maslahat   berishi   va
tayyorlanayotgan   sahna   ko’rinishlarini   kuzatib   borishi   lozim.   Muammolar
turlicha   bo’lishi   mumkin.   Masalan:   oiladagi   ota-ona   va   bola   o’rtasidagi
kelishmovchiliklar,   er-xotin   o’rtasidagi   nizolar,   ajralish,   qaynona-kelin
o’rtasidagi   kelishmovchiliklar,   ichkilikbozlik,   giyohvandlik   muammosi   va
hokazo.
Guruh   a’zolariga   o’z   chiqishlarini   namoyish   etishlarida   turli   xil
usullardan   masalan:   musiqa,   raqs,   yumor,   dramatik   o’yin   va   h.k.   lardan
foydalanishlari mumkinligini eslatib o’tiladi.
Guruhlar   o’zlari   tayyorlagan   sahna   ko’rinishini   namoyish   etib
bo’lganlaridan   so’ng   ko’tarib   chiqilgan   muammoning   kelib   chiqish   sabablari
va   bu   muammoni   hal   qilishning   turli   yechimlarini   barcha   ishtirokchilar
tomonidan muhokama qilinishini tashkil qilish kerak.
Muhokamadan   so’ng   o’quvchilarga,   hyech   qaysi   oilaviy   muammoning
yechimi   yagona   bo’lmasligini,   oilaviy   hayotda   muammo   vujudga   kelar   ekan,
50 uni   albatta   o’sha   vaziyat,   o’sha   sharoitdan   kelib   chiqqan   holda   hal   qilish
lozimligini alohida ta’kidlanadi.
"Oila tasviri"
Ushbu   o’yin   avvalgisi   bilan   bog’lik   bo’lib,   bunda   doska   yoki   plakatda
yozilgan afsonalar ro’yxati guruh ishi uchun material bo’lib xizmat qiladi.
Maqsad:   Oiladagi   turli   xil   nahaqqoniy   munosabat   shakllarining   oila
a’zolari hayotiga salbiy ta’sirini aniqlash.
Materiallar:   Oila   hayotidagi   "afsona"lar   ro’yxati,   "Oila   tasviri"   deb
nomlanuvchi   oilaning   hamma   a’zolari   shartli   ravishda   tasvirlangan   plakat,
markerlar yoki 3 xil rangli yelim qog’ozlar.
O’yin davomiyligi:  10-15 min.
O’yinning borishi:  ishtirokchilar uchta kichik guruhga bo’linishadi. Har
bir   guruh   a’zolari   oila   hayotiga   oid   afsonalarga   murojaat   etgan   holda   ushbu
samarasiz   hayot   uslublari   oila   a’zolarining   qaysilariga   salbiy     ta’sir   etishini
tahlil etishadi.
Keyin   esa   har   bir   guruhdan   bir   kishi   o’rtaga   chiqadi   va   "Oila   tasviri"
plakati   oldida   turib   har   bir   afsona   oila   a’zolaridan   qaysi   biriga   ko’proq   ta’sir
etishi haqida o’z  kichik guruhining fikrini bayon etadi.
Boshlovchi   ishtirokchilarining   muhokamasidan   so’ng   ular   bilan
birgalikda   quyidagicha   xulosa   qilishi   mumkin:   "Ko’rinib   turibdiki,   oila
a’zolaridan   birining   nojo’ya   xulki   oilaning   hamma   a’zolariga   salbiy   ta’sir
etadi".
"Oilaviy hayotdagi qadriyatlar tahlili" o’yini
Maqsad:   Inson   hayotida   yetakchilik   qiluvchi   qadriyatlarni   va   odamlar
orasida   sodir   bo’ladigan   tushunmovchiliklarning   kelib   chiqish   sabablarini
anglash.
Materiallar:  Oilaviy hayot qadriyatlari ro’yxati yozilgan kartochkalar.
O’yinning borishi : Baxtli oilaviy hayot ta’riflari yozilgan 6 ta kartochka
xonaning turli tomonlariga qo’yiladi. Ishtirokchilar ushbu ta’riflarning har biri
51 bilan   tanishib,   o’zlariga   ma’qul   keluvchi   fikrni   tanlashadi   va   ushbu   yozuv
oldiga borib turishadi. Har bir yozuv oldida yig’ilgan ishtirokchilar o’z kichik
guruhlarini   tashkil   etishadi   va   nima   uchun   shu   ta’rif   ularning   hayotlarida
yetakchi   ekanligi   haqida   asosli   dalillar   ishlab   chiqishadi.   So’ngra   har   bir
guruhdan   bittadan  vakil   chiqib,   o’z   guruhining   fikrini   asoslab   beradi.   Boshqa
guruh   a’zolari   esa   bu   chiqishga   nisbatan   o’z   fikrlarini,   e’tiroz   va   savollarini
bildirishlari mumkin.
O’yin   nihoyasida   boshlovchi   ishtirokchilarning   diqqatini   quyidagi
fikrlarga qaratadi: "Hayotda har bir odam e’tiqod qiluvchi g’oya va qadriyatlar
xilma-xildir.   Bu   xilma-xillik   odamlarning   turli   harakter   va   moyilliklarini
ifodalaydi.   Inson   o’zaro   muloqotda   mana   shu   farqlarni   doimo   hisobga   olishi,
iloji   boricha   ularni   chetlab   o’tishi,   g’oya   va   qadriyatlarga   qarama-qarshi
bormasligi kerak".
"Turmush qurish yoshi va yoshlarning haq-huquqlari" mashqi.
Maqsad:   O’smirlarning   turmush   qurish   yoshi   haqidagi   bilimlar
darajasini aniqlash va bu sohadagi qonunlar mazmuni bilan tanishtirish.
O’yinning   borishi:   Boshlovchi   ishtirokchilarga   quyidagi   savollar   bilan
murojaat   qiladi:   "Necha   yoshdan   turmush   qurish   mumkin?",   "O’zbekiston
Respublikasi qonunlarida bu borada nimalar deyilgan?", "Agar oila a’zolaridan
kimdir   ayolni   erga   majburlab   bermoqchi   bo’lsa   yoki   uning   erga   tegishiga
to’sqinlik   qilsa,   ayol   bunday   holatda   nima   qilishi   kerak?",   "Ayollarni   erga
majburlab   berish   yoki   ayolning   erga   tegishiga   to’sqinlik   qilinsa,   bu   holatga
nisbatan O’zbekiston Respublikasi qonunlarida biror bir jazo belgilanganmi ?".
Boshlovchi aytilayotgan fikrlarni flipchartga yozadi va bildirilgan har bir
fikrning   oqibat-natijalari   guruh   bilan   muhokama   qilinadi.   Bunda   shu   narsaga
e’tibor berish lozimki, eng so’nggi xulosa ayolning keyingi hayoti uchun havf
tutdirmasligi   va   muammo   iloji   boricha   kamrok,   yo’qotishlar   bilan   hal   etilishi
lozim.
52 Bu   borada   qonunchilikdagi   mavjud   ba’zi   hollar   bilan   ham   O’smirlarni
tanishtirgan ma’qul. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 136-
moddasida   aytilishicha,   "Ayollarni   erga   majburlab   berish   yoki   ayolning   erga
tegishiga   to’sqinlik   qilgan   shaxs   moddiy   jarima   solishdan   3   yil   muddatgacha
ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi".
Oiladagi erkak va ayollarning majburiyatlari
Maqsad:  Oilaviy hayotda erkak va ayollarning vazifalarini aniqlashtirish
va amaliyotda ayrim vazifalarni erkaklarga yuklatish.
Materiallar:   genderli   rollar   taxlili;   "erkak",   "ayol",   "erkak   va   ayollar
birga turgan" 3 ta alohida tasvirdagi rasmlar; majburiyatlar tasvirlangan 12 ta
undan ziyod rasmlar; ruchka va qog’ozlar. Boshlovchi uchun ko’rsatma:
***   Agar   bu   mashg’ulot   bilan   bundan   oldingi   mashg’ulotlar   orasida
uzilish   ro’y   bersa,   guruh   bundan   oldingi   uchrashuvdan   nimalarni
o’rganganligini va qanday qarorga kelganligini muhokama qiling.
*** Ishtirokchilarni 5-8 odamdan iborat guruhlarga bo’lib tashlang.
***   Guruhdan   quyidagi   topshiriqni   bajarishni   so’rang:   Har   bir   guruhga
erkak,   ayol,   erkak   va   ayol   birga   (juft   holda)   tasvirlangan   rasmlar   beriladi.
Shuningdek,   turli   majburiyatlar   tasvirlangan   sur’atlar   taxlami   ham   taqdim
etiladi.   Guruh   a’zolari   bu   majburiyatlarni   kimlar   bajarishini   muhokama
qilishadi.   Siz   ulardan   bir   fikrga   kelishgach,   majburiyatlar   tasvirlangan
suratlarni       ayol,         erkak       yoki       juftlik       tasvirlangan       rasm       ostiga
qo’yishlarini   so’rang.  Erkak  va  ayol   birga   tasvirlangan  (juft)   rasm   ikkala   jins
ham bu majburiyatni birgalikda bajarishini anglatadi.
***   Guruhlarning   mustaqil   ishlashi   va   olingan   natijalarni   muhokama
qilishiga   imkon   bering.   Buning   uchun,   Siz   ularni   toza   qog’oz   varag’i   bilan
ta’minlashingiz zarur.
***   Guruhlar   topshiriqni   bajarib   bo’lgach,   har   bir   guruhdan   bittadan
vakil   chiqib,   o’z   guruhining   qarorini   qolgan   ishtirkochilarga   taqdim   etib,
tushuntirib berishi va savollarga javob berishi lozim.
53 *** Guruh bilan, quyidagilarni muhokama qiling:
-Kim nima bilan shug’ullanadi?
-Erkak va ayollarning ish bilan bandligi.
-Ularning bandligidagi farq
-Erkak   va   ayol   bajaradigan   majburiyatlar   doirasining   o’zgarishidagi   yutuq
va kamchiliklar.
*** Guruh  bilan u nimalarni o’rganishi, unga nimalar yoqdi-yu nimalar
ushbu mashg’ulotda yoqmaganligini muhokama qiling.
Oila qiyinchiliklari
Hayotning   ikir-chikir,   mayda-chuydalari   go’yoki   oila   poydevoriga
qo’yilgan minadir, minani esa faqat yon berish orqali zararsizlantirish mumkin.
I.I.Shevelev.
Boshlovchi:   Nikohdan   o’tayotganlardan   birortasi   bo’lajak   oilasida
ko’ngilsizliklar   bo’lishi   mumkinligi   haqida   o’ylab   ham   ko’rishmaydi.   Bu   esa
har bir oila hayotida albatta uchrab turadi. Ko’ngilsizlik nima? Aqlli, farosatli
kishi   nikohdan   o’tishdan   avval   bu   haqda   o’ylab   ko’rib,   unga   jiddiy
tayyorgarlik ko’radi.
Masalan,   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   ko’ngilsizlik,   qiyinchilikni   oldindan
tasavvur   etib,   uni   bartaraf   etish   choralarnini   o’ylab   ko’radi.   Hammasini
oldindan ko’rib chiqib  bo’lmaydi, deb e’tiroz bildirishingiz mumkin. Hayotiy
pozisiyadan kelib chiqadigan bo’lsak, u holda hyech narsa qilmasdan, hammasi
o’z   oqimi   bo’yicha   o’taveradi,   deb   qo’l   qovushtirib   o’tirishga   to’g’ri   keladi.
Keling,   birgalikda   hayotning   birinchi   haftasida   uchrashi   mumkin   bo’lgan
qiyinchiliklarni   tasavvur   etishga   harakat   qilib   ko’raylik.   10   minut   vaqt   ichida
ularni yozib chiqishingiz kerak bo’ladi. Tabiiyki, qiyinchiliklar ro’yxatini tuzib
chiqishda o’z tasavvurlaringizga tayanasiz. Birinchi bosqichda varaqning chap
tomonidan ozgina joy tashlab oilaviy hayot qiyinchiliklarini ustuncha shaklda
yozib chiqinglar. Ro’yxat har biringizning qo’lingizda bo’lishi kerak. Keyingi
bosqichda undan foydalanasiz. Chap tomonda qoldirilgan joyga tegishli raqam
54 qo’yiladi.   Ikkinchi   bosqichda   3   minut   oralig’ida   har   bir   kishi   o’zi   mustaqil
ravishda   qiyinchiliklarning   oila   hayotiga   havflilik   darajasiga   qarab   o’z
tasavvuri bo’yicha ularga raqamlar qo’yib o’rin belgilaydi. 3-bosqichda kichik
guruhlarga bo’linib, guruhingiz fikri bilan o’z fikringizni solishtirib ko’rasiz.
Fikrlaringiz   bir-biriga   yaqin,   mos   kelgan   bo’lsa   ularni   muhokama
qilishingiz mumkin. Siz nima uchun shu vaziyat, holat, muammoni oila hayoti
uchun   havfli   deb   hisobladingiz?   —   kabi   savollar   berib   fikringizga   aniqlik
kiritib olishingiz mumkin.
Boshlovchiga ko’rsatma:
Mashg’ulotning yakunida o’z fikrini bildirish istagida bo’lganlarni tinglab,
oilaviy   hayot   qiyinchiliklarining   umumiy   shkalasini   ishlab   chiqish   va
ishtirokchilar   ro’yxatidagi   1-3   raqamli   qiyinchiliklarni   alohida   ajratib   yozish
maqsadga muvofiqdir. Har bir guruh ishtirokiga qarab 5 ballgacha baholanadi.
Oila shajarasi
Boshlovchi   ishtirokchilarga   milliy   qadriyatlarning   oilaviy   hayot
mustahkamligiga   ta’siri     haqida   tushuncha   beradi.   So’ng   o’yinni   quyidagi
tarzda olib borish mumkin.
Boshlovchi:   Ishonchim   komilki,   sizlarning   har   biringiz   o’z   ota-
onangizning nafaqat ismi, balki familiyasi, shuningdek tug’ilgan kunlarini ham
bilasiz.   Oilaning   boshqa   a’zolarini-chi?   Iltimos,   ota-onangizning   ismi,
familiyasini,   ularning   qachon   tug’ilganliklarini   ayting.   Ota-onangizning
tug’ilgan yili, oy, kunini aniq eslay olgan bo’lsangiz, juda soz. Mabodo, eslay
olmasangiz hyechqisi yo’q, sira tashvishlanmang   hali oldinda imkoniyatingiz
bor.   Endi   oila   shajarasini   tuzsak.   Aristokratlar   10   pushtgacha   bo’lgan   avlod-
ajdodlarining   aniq   ismi-familiyasi,   tug’ilgan   yili,   tarjimai   holiga   xos  faktlarni
esda   saqlab   qolganlar,   yozib   berganlar   hamda   bu   ma’lumotlarni   o’z
farzandlariga   qoldirganlar.   Bugungi   kunda   huddi   shunday   shajarani   tuzish
biroz   mushkul,   ammo   shunday   bo’lsada   hyech   bo’lmaganda   3   pushtgacha
55 bo’lgan   avlodlar   shajarasini   tuzing.   Buning   uchun   ilovadagi   sxemadan
foydalaning.
"Oila shajarasi"da ko’rsatilgan barcha qarindoshlarning ismi, familiyasi,
tug’ilgan joyi va vaqtini ko’rsatishingiz shart.
Boshlovchi   murakkabligiga   qaramasdan   ota-onalar   va   oila   mavzusini
muhokama qilishi maqsadga muvofiq. Ushbu etyudni muhokama qilishda unga
to’liq   javob   olishning   imkoniyati   yo’q.   Jadvalni   oxirigacha   to’ldirishni   talab
etish   shart   emas.   Sinaluvchilar   oila   shajarasi   ustida   ozgina   fikr   yuritsinlar.  
Ularni rag’batlantirish maqsadida 10 balli sistemada baholash kerak.
Bu o’yin oilaviy muammolar bilan bog’lik bo’lgan barcha o’yinlar kabi o’ta
ehtiyotkorlik   va   nazokatlilikni   talab   qiladi.   Ish   jarayonida   ishtirokchilarning
emosional   holatini   diqqat   bilan   kuzatish   kerak   bo’lganda   qo’llab-quvvatlash
lozim.
56 XULOSA
Bitiruv   malakaviy   ishimiz   mavzusi   bo’yicha   olib   borilgan   izlanishlarni   tahlil
qilib quyidagi xulosalarni keltirish mumkin.
-   Mamlakat   aholisining   yarmidan   ko’proq   qismini   yoshlar   tashkil   qilishi,   o’sib
borayotgan   yosh   avlodni   jamiyatda   mustaqil   yashashga   tayyorlash   vazifasining
dolzarbligi   yoshlarni   jamiyat   hayotiga   va   oilaviy   turmushga   tayyorlash   ishlarini
jadallashtirishni   talab   etdi.   Insonlarning   o’zaro   munosabatlarida   keskinliklarning
o’sib   borayotganligi,   zamonaviy   ziddiyatlarning   inson   tafakkuri   va   ongiga   ta’sir
etishi   orqali   uning   psixologik   holatida   salbiy   va   asabiy   oqibatlarning   vujudga
kelishi,  yosh   oilalardagi  ajrim   holatlarning  muntazam   o’sib   borayotganligi,  bolalar
va   o’smirlardagi   agressiya   holatlarining   vujudga   kelayotganligi   kabi   muammolar
O’quvchi-yoshlarni   oilaga   tayyorlash   vazifasini   to’laqonli   olib   borish   talabini   kun
tartibiga qo’yadi.  
-   Oilaviy   nizoning   yechimiga   kelish   uchun   muhim   bo’lgan   talablardan   biri   –
tomonlarning   uning   yechimini   qidirishga   tayyorligi   va   ularning   ixtiyoriy   tarzda
konflikt   yechimini   topishga   astoydil   bel   bog’laganligi   hisoblanadi.   Agar   tomonlar
o’z   hoxishiga   ko’ra   nizo     yechimini   topishga   tayyor   bo’lmasalar,   nizo   yechimini
topib bo’lmaydi. Eng avvalo  nizoni  yuzaga  keltirgan  obyektiv sabablar  to’xtalishi,
uni   yuzaga   keltirgan   sharoitlar   aniq   belgilanishi   darkor.     Shu   nuqtai   nazardan,   har
qanday   nizo   subyektiv   omillar   (oila   azolari,   er,   xotin,..)   ham   obyektiv   omillardan
tashkil   topadi   (nizoni   keltirib   chiqarishga   sabab   bo’lgan   tashqi   omillar:   yaqinlar,
do’stlar,.….). Konflikt yechimini topish murakkab, uzoq muddatli, sabr va qonoatni
talab   etadigan,   tomonlarning   o’z   ustida   uzoq   muddat   ishlashini   zaruriyatga
aylantiradigan  jarayon  bo’lishi   mumkin. Konflikt  yechimini   topish  –  tomonlarning
bir birini anglashi va tushunishiga qaratilgan yo’ldir.
Shu   nuqtai   nazaridan,   konfliktlar   yechimini   quyidagi   guruhlarga   ajratish
mumkin:
- tomonlarning   ixtiyoriy   kelishuviga   ko’ra   ziddiyatning   yechimga   kelishi   va
to’xtatilishi;
- konfliktning   simmetrik   yechimining   topilishi   va   to’xtatilishi   (ikki   taraf   ham
bir xilda yo yutib chiqadi, yo yutqizadi);
57 - konfliktning   asimmetrik   hal   bo’lishi   (   ziddiyatda   faqat   bir   tomon   yutib
chiqadi);
- konfliktning boshqa bir katta nizoni keltirib chiqarishi;
- konfliktning asta “o’chib”, “so’nishi” va yo’qolib borishi.
Ko’rinib turibdiki, aslida konfliktning yechimiga qarab turlarga bo’linishi, uning
mavjud   bo’lgan     barcha   xususiyatlarini   o’zida   jamlamaydi.   Chunki   konfliktning
yechimga kelishida juda ko’p nostandart xolatlar mavjud bo’ladi. 
-   Bizning   konflikt   borasidagi   tasavvurimiz   uning   faqat   bir   tomoniga
yo’naltirilgandir. Biz odatda konfliktning faqat bir qirrasini ko’rishga o’rganganmiz.
U   ham   bo’lsa,   konfliktda   odamlar   ziddiyatga   kirishib,   o’zaro   urush,   nizo,   janjallar
chiqarishidir. 
Demak,   konfliktning   ikki   tomoni   mavjud.   Konflikt   kelib   chiqqanidayoq,   mana
shu   uning   mavjud   ikki   tomoni   ham   vujudga   keladi.   Bir   tomon   -   ziddiyatni
kuchaytirish ,   ikkinchi   tomon   –   ziddiyatni   pasaytirish .   Bir   tomon   –   ziddiyatni
buzg’unchilikka   olib   kelish,   ikkinchi     tomon   –   ziddiyatni   murosaga,
yaratuvchanlikka   va   osoyishtalikka   olib   kelishdir.   Konflikt   faqat   bir   tomondan
iborat   bo’la   olmaydi .   Konfliktda,   uning   qanchalik   murakkab   bo’lishiga   qaramay,
har vaqt ikki tomon –  buzg’unchilik va yaratuvchanlik  mavjud bo’ladi 1
. 
- Konfliktlarning  jamiyat  hayotidagi  doimiy  va  umumiy  hodisa   sifatida  tan
olinishi       har   qanday   konfliktning   u   ro’y   berishi   mumkin   bo’lgan   ko’lamda,
shaklda     va    tanglik    darajasida       muqarrar     tarzda       namoyon     bo’lishini     keltirib
chiqarmaydi. Ijtimoiy   konfliktlarni   tartibga   solish   muammosi   konfliktli   vaziyat
sabablariga   ta’sir   etish, konfliktning   salbiy   oqibatlarini   tugatish   yoki   konflikt
natijalaridan     foydalanish     maqsadida         konfliktning     borishini     muayyan
yo’nalishga  solish  imkoniyatiga  asoslanadi.
Konfliktlarni boshqarish usullari insondan o’ziga xos malakalarni talab qiladi va
aslida   konfliktlarni   boshqarish   oson   ish   emas.   Ammo   konfliktlarni   boshqarishga
o’rgangan inson har doim o’z hayotini, atrofidalar hayotini muammolardan tozalab,
1
  Yoshlar va konfliktlar:Konfliktlar yechimiga o’rganish/ To’ychiyeva Gulxumor-Toshkent.2008 y 14-16 bet
58 ularning   to’g’ri,   adolatli   va   osuda   yashashlari   uchun   muqobil   shart-sharoitlar
vujudga keltira oladi. 
Oilaviy hayotni to’g’ri tashkil qilish va uni ziddiyatlardan asrash oilaning barcha
a’zolaridan   ma’lum     tamoyillarga   bo’ysunib   yashash,   ma’lum   bilim   va
ko’nikmalarni   qo’llash   zaruriyatini   talab   etadi.   Mana   shu   talablar   asosida,   oilaviy
hayotni to’g’ri tashkil qilish, uni ziddiyatlardan asrash bo’yicha qizlar va yigitlarga
maslahatlar berish lozim. 
Shunday qilib, 
- oilada konfliktning yuzaga kelishi tabiiy hol hamda uning vujudga kelishidan
qo’rqmaslik va dovdiramaslik lozim;
- konfliktning kelib chiqish sabablarini muhokama qilish darkor;
- konflikt tomonlar manfaatlarining to’qnashuvi hisoblanadi;
- konfliktning  yechimini  topish  uchun   ikki  tomonning  ixtiyoriy  sayi-harakalar
olib borishi va konflikt yechimini topishga rozi-rizoligi talab etiladi;
- har qanday konfliktning o’z yechimi mavjud, faqat uni topa bilish zarur;
- konfliktning yechimi  topilmaganda, u “so’nishi”,  yo’q bo’lganday ko’rinishi
mumkin, aslida konflikt o’z-o’zidan hal bo’lmaydi, balki keyinroq boshqa kattaroq
nizolarni keltirib chiqaradi;
- konflikt   yechimini   topish   uchun   ma’lum   bilim   va   malakalarni   egallash
darkor;
- konflikt   yechimini   topish   jarayonida   ziddiyat   qarama-qarshi   odamga,   uning
shaxsiyatiga  emas, balki ikkala tomon o’zaro birlashib, o’z mulohazalarini mavjud
muammoga qaratishi darkor;
- konfliktni insonlar emas, balki vaziyatlar va manfaatlar vujudga keltiradi;
- konfliktlar   har   doim   mavjud   bo’ladi,   shuning   uchun   ham   yoshlar   ularni
boshqarish malakasiga ega bo’lishi lozim.
Konflikt sharoitida  q uyidagi amallar maslahat beriladi: 
- O’z so’zlaringiz va amaliy ishlaringizda mas’uliyatni o’z zimmangizga oling. 
- Tomonlar o’rtasidagi turli shartnomalar va o’z mas’uliyatingizdagi vazifalarni
albatta bajaring. 
59 - Agar   sizning   sa’y-harakatlaringiz   behuda   ketayotganligi   va   yordam
bermayotganligini sezsangiz, harakatlaringizni qaytadan boshlang va opponentingiz
bilan samimiy o’rtoqlashing.
60 F O Y D A L A N I L G A N   A D A B I Y O T L A R   R O ’ Y X A T I .
1. Karimov I.A. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”. T., 2011.
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami.1-17 jildlar. - Toshkent, “O’zbekiston”, 1996-
2009
3. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   –   Toshkent,
“Ma’naviyat”, 2008.
4. Barotov   Sh.R.   Psixologik   xizmatning   nazariy   va   amaliy   muammolari.
Buxoro-2008. 
5. Bodalev   A.A.,   Lomov   B.F.,   Luchkov   V.V.   Psixologicheskuyu   nauku   na
slujbu praktike.  VP, 1979, № 4. S. 17-23.
6. Davletshin M.G., To’ychiyeva S.M. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.
7. Davletshin   M.G.   Zamonaviy   maktab   o’qituvchisi   psixologiyasi.   Toshkent.
1998.
8. G’oziyev E. Intellekt psixologiyasi. T., 1996.
9. G’ oziyev E. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi).  T. 2002.
10. Vorojeykin   I.Ye.,   Kibanov   A.Ya.,   Zaxarov   D.K.   Konfliktologiya,   Uchebnik
dlya vuzov. M.:  “Izd-vo”  2004 g.
11. Ansupov A. Ya., Shipilov A.I. Konfliktologiya, M.:  “Izd-vo”  1999 
12. Utkin A. Ya. Konflikt: teoriya i praktika.  M.  “Izd-vo”  1998 g.
13. Zdravom ы slov A. G. Sosiologiya konflikta.  M. : “Izd-vo”  1995 g.
14. Gromova O. N. Konfliktologiya. M. :  “Izd-vo”   1993 g.
15. Zaysev A. K. Sosialn ы y konflikt na predpriyatii.   — Kaluga: KISI. 1993,
16. Yoshlar   va   konfliktlar:Konfliktlar   yechimiga   o’rganish/   To’ychiyeva
Gulxumor-Toshkent.2008 y
17. Ergeshova   D.q.,   Najimov   M.K.   Yuridik   konfliktologiya:   O’quv   qo’llanma   –
T.: TDYuI, 2007. – 9 7 b.
18. Ergeshova   D.Q.,   Najimov   M.K.   Yuridik   konfliktologiya   –Toshkent:
Uzbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati , 2007. - 96 b.
61 19. Najimov M.K., Ergashev M.M. Konflikt sosiologiyasi fanining rivojlanishi va
shakllanishiga   oid   ayrim   nazariy-huquqiy   masalalar   //   TDYuI
Axborotnomasi. –Toshkent.: TDYuI. 2007. - B.6-8. 
20. Ergashev   M.M.   Konfliktlarni   hal   qilishning   konstitusiyaviy-huquqiy
tartiblari   //   “Konstitusiya   –   hayotimiz   kafolati”   ilmiy-amaliy   konferensiya
materiallari. –Toshkent: TDYuI. 2007. - B. 243-247.
21. Xasan B.I. Konstruktivnaya psixologiya konflikta. SPb., M.  “Izd-vo”  2003.
22.  Hayot kitobi. Yosh oilalar uchun ensiklopedik qo’llanma.  «Sharq» Toshkent-
2011 68-bet
23. T. Eshquvvatov. Psixologik konfliktologiya. UUM. Samarqand 2013y
24.   “ Xalq   ta ’ limi ”  jurnali . 2000,4; 2005,6; 2007,4,5;- sonlar
25. “Uzluksiz ta’lim” jurnali. 2006,3-4 sonlar.
26. “Maktabgacha ta’lim” jurnali. 2003,7k,8,9; 2006,3-4 sonlar.
27. “Maktab va hayot” jurnali. 2001 y, 3 son. 2005 1-son.
28. . Internet saytlari, google.uz,  ziyonet.uz va boshqa saytlar.
29. www.bilimdon.uz    ,
30.   www.de.uz    ,  
31.     www.tatu.    .uz   
62 ILOVALAR
1-ilova
Ayolllar   va   erkaklar   tafakkur   tarzidagi   farqlarni   ajratishga   mo’ljallangan
so’rovnoma.
Mazkur   so’rovnoma   o’quvchilarning   ayollar   va   erkaklar   tafakkuridagi
farqlarni qanchalik darajada bilishi aniqlashga qaratilgan.
1.  Ayollarda intuisiya erkaklarga nisbatan rivojlangan bo’ladi. Ularda oltinchi
xis   bor,   buni   ko’pincha   «ayollar   intuisiyasi»   deb   atashadi.   To’g’rimi   yoki
noto’g’ri?
2.   Ayollar   ko’p   gapiradi.   O’tirishlarda   ular   erkaklarga   nisbatan   ancha   ko’p
gapiradilar.
3. Ayollar ko’proq boshqalarga qo’llarini tekizadilar.
4.   Ayollar   muammoni   birinchi   bo’lib   sezadilar   va   muammoga   qarshi     tura
oladilar.
5.   Umuman   olganda,   erkaklar   va   ayollarning   suhbat   uchun   tanlaydigan
mavzulari bir xildir.
6.   Turli   tadbirlarda   odamlar   ayollarga     nisbatan   erkaklarni   ko’proq   diqqat
bilan eshitadilar.
7. Erkaklar ayollarga nisbatan samimiyroq va ochiqdirlar.
8.   Erkaklar   va   ayollar   umuman   bir   xil   narsalar   ustidan   kulishadi,   ularda
yumorga munosabat o’xshashdir.
9.   Erkaklar   o’zlariga   nisbatan   mas’ulroq   bo’lib,   omadi   kelmaganda   aybni
qo’proq o’zlaridan qidiradilar.
10.   Erkaklar   voqyea-hodisani   avra-astarigacha     muhokama   qilishni
yoqtiradilar.
63 2-ilova
Nizolashuvchanlik darajasini aniqlash 
so’rovnomasi. 
Mazkur so’rovnoma shaxsga nizolashuvchanlik xususiyati qanchalik xos ekanini
aniqlashga xizmat qiladi.
1.   Jamoat   transportida   boshlanib   ketgan   tortishuvga   sizning   munosabatingiz
qanday bo’ladi?
A)   ishtirok   etaman;   b)   qaysi   tomonni   haq   deb   bilsam,   uning   oldini   olib,   biror
narsa deyman, v) faol aralashib, butun zarbani o’zimga olaman.
2. Majlislarda rahbariyatni tanqid qilib chiqasizmi?
A) yo’q; b) etarli asosga ega bo’lsam, tanqid qilaman; v) har qanday sabab bilan
nafaqat rahbariyatni, balki uning oldini olganlarni ham tanqid qilaman.
3. Do’stlaringiz bilan tez – tez tortishib turasizmi? 
A)   hafa   bo’lmaydiganlari   bilan   tortishaman;   b)   faqat   ayrim   jiddiy   masalalarda
tortishaman; v) tortishuv menga suv va havodek zarur.
4.   YAqinda   kelib,   navbat   boshiga   suqilib   kirayotgan   kishiga   munosabatingiz
qanday bo’ladi?
A)   Ichimdan   norozi   bo’laman-u,   indamayman;   b)   e’tiroz     bildiraman;   v)   o’zim
navbat boshiga turib, odamlarni tartibga chaqiraman.
5. Uyda dasturxonga tuzi past taom tortilganda, reaksiyangiz qanday bo’ladi?
A) arzimagan narsani  deb dod – voy solmayman;  b) indamay tuzdonni olaman;
v) piching qilaman, ovqatlanishdan namoyishkorona bosh tortaman.
6.   Ko’chada   yoki     transportda   oyog’ingizni   bosib   olishsa,   reaksiyangiz   qanday
bo’ladi?
A) aybdor odamga kinoyali qarab qo’yaman; b) ikki og’iz e’tiroz bildiraman; v)
bisotimdagi hamma “chiroyli” so’zlarni to’kib sochaman.
7.   YAqinlaringizdan   biri   sizga   yoqmaydigan   narsa   harid   qilganda   reaksiyangiz
qanday bo’ladi?
A)   indamay   qo’ya   qolaman;   b)   qisqacha   fikr   bildirib  qo’yaman;   v)   tanqid  qilib
tashlayman.
64 8. Lotoreyada omadingiz chopmasa, bunga qanday munosabatda bo’lasiz?
A)   o’zimni   xech   narsa   bo’lmaganday   ko’rsataman,   ammo   ichimda   boshqa
o’ynamaslikka o’zimga va’da beraman; b) hafaligimni berkitmayman va bir kunmas
alamimni   olmasam   bo’lmaydi   deb   o’ylab   qo’yaman;   v)   anchagacha   kayfiyatim
buzuq bo’lib yuraman.
Natijalarni hisoblash.
Har bir “a” variant – 4  ball  
Har bir “ b ” variant – 2  ball  
Har bir “ v ” variant – 0  ball
Natijalarni talqin etish
22  –  32  ball.  Siz  tinchliksevar,  nizolardan  osonlik  bilan  chiqib  ketadigan,   uyda
ham, ishda ham tortishuvli vaziyatlardan o’zini olib qochadigan odamsiz. SHuning
uchun   odamlar   sizni   moslashuvchan   inson,   deb   biladi.   Unutmang,   vaziyat     taqazo
qilganda prinsipiallikni namoyon etish ham hurmatga loyiq xususiyat.
12 – 20 ball. Siz nizolashuvchanroq odamsiz, biroq ilojsiz holatlardagina nizoga
kirishasiz.   Siz   vaqti   kelganda   amalingiz   va   do’stlaringizni   yo’qotib   qo’yishdan
qo’rqmay   o’z   fikringizni   qattiq   turib   himoya   ilasiz.   Bunda   odob   –   ahloq
me’yorlaridan   chetga   chiqmaysiz,   odamni   haqorat   qilmaysiz.   SHuning   uchun
odamlar sizni hurmat qilishadi.
0   –   11   ball.   Bahs,   munozara,   tortishuv   –   siz   nafas   oladigan   havo.   Boshqalarni
tanqid   qilishni   yaxshi   ko’rasiz,   ammo   sizni   tanqid   qilganlarni   tiriklay   “eb
yuborishga”   tayyorsiz.   Vazminlikning   etishmasligi   va   qo’rslik   odamlarni   sizdan
bezdiradi.   Do’stlaringiz   ko’pmi?   Ko’p   bo’lishini   istasangiz,   xarakteringiz   ustida
ishlang.
65 O’quvchining darsda o’z-o’zini baholash varaqasi 
So’rovnoma bandlarini baholayotganingizda 10 ball – a’lo, 1 ball – qoniqarsiz 
ekanligini hisobga oling. Javobingizga mos ballni aylana ichiga oling.
O’quvchining familiyasi, ismi 
______________________________________
Viloyat, tuman/shahar 
_________________________________________________
Kurs_________ guruh____________  
1.   Darsga   tez,   qiziqish   bilan
kirishaman. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Dars   mavzusiga   uzoq,
asta-sekin kirishaman.
2.   Odatda   men   o’rganilgan
material   bilan   yangi   mavzu
o’rtasida   bog’liqlikni   izlayman
va topaman. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Har bir dars materialini
avval   o’rganilganlaridan
alohida   tarzda   qabul
qilaman.
3.   Dars   maqsadi   menga
yaqin   va   tushunarli.   Men   uni
o’zim   uchun   aniqlashtirishga
intilaman. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Dars   maqsadi,   odatda,
menga   tushunarsiz   va
qiziqarsiz.
4.   Men   maqsadga   mustaqil
erishishga harakat qilaman. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Men   mavzuni
o’qituvchi   tushuntirib
berishini kutaman.
5.   Darsda   hech   qachon
zerikmayman,   chunki   darsda
doim   biror   yangi   ish   bilan
mashg’ul bo’laman. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Men   darsda   bir
xillikdan zerikaman.
6.   Men   darsda   o’z
qiziqishlarimga   mos
ma’lumotlardan   foydalana 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Hayotda   meni
qiziqtiradigan   narsalar
darsda   hech   kimga   kerak
66 olishimni kuzatdim. emas.
7.   Darsda   men   tinglash,
yozish   va   so’zlashdan   tashqari,
asboblar,   kitoblar,   tarqatma
materiallar   bilan   ishlash
imkoniyatiga egaman. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Darsda   faqat   so’z.
Asboblar,   kitoblar,
tarqatma   materiallar   bilan
ishlash imkoniyati yo’q.
8.   O’qituvchi   biz   bilan
ishlashga   qiziqadi   deb
o’ylayman. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 O’qituvchi   bizga
umuman   befarq   deb
o’ylayman.
9.   Men   o’qituvchi   bayonini
tushunaman,   agar   biror   narsani
tushunmasam,   albatta
so’rayman,   muloqotga
kirishaman.  1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Odatda   men
o’qituvchini
tushunmayman, lekin hech
qachon   buni
bildirmayman,   savol
bermayman.
10.   O’qituvchining
topqirlikka   doir   topshiriqlari
menga yoqadi, o’zim ham doim
biror narsa o’ylab topaman. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Men   boshimni
qotirishni   yomon
ko’raman,   o’qituvchi   ham
hech   qanday
“boshqotirma” bermaydi.
11. Men o’qituvchining 
tushuntirishlarini e’tibor bilan 
tinglayman, savol beraman, 
savollarimga o’qituvchi 
bajonidil javob beradi. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Darsda   e’tiborsiz
tinglayman.   O’qituvchi
savol   berganlarni
yoqtirmaydi.
12.   Men   topshiriqni   o’z
usulimda   bajarishni,
boshqalarning   usuliga
solishtirishni   yoqtiraman.
O’qituvchi   bundan   xursand
bo’ladi. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Men   topshiriqni
o’qituvchi     aytganidek
bajaraman,   bu   hol
o’qituvchiga ham yoqadi.
67 13. Men darsning eng muhim
xulosalarini   o’z   so’zlarim   bilan
ifodalay olaman.  1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Men   darsning   eng
muhim   jihatini   ifodalay
olmayman.
14.   Uyga   berilgan
topshiriqlar   orasida   mening
qiziqishlarimga   mosi   har   doim
bo’ladi.  1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Uy   vazifalari   menga
qiziq emas.
15.   Men   individual
topshiriqlarni   bajonidil
bajaraman. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Individual
topshiriqlarni
yoqtirmayman,   bizga
bunday   topshiriq
berishmaydi ham. 
16. Darsda o’zimni erkin his 
qilaman. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Darsda   o’zimni
noqulay his qilaman.
17. Men o’z fikrlarim va his-
tuyg’ularimni ochiq ifoda 
etaman. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 O’z   fikr   va
tuyg’ularimni   oshkor
qilmaslikka   harakat
qilaman.
18. Men mustaqil fikrlarimni
bayon etishni, o’z nuqtai 
nazarimni himoya qilishni 
yaxshi ko’raman. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 O’qituvchining   fikr-
mulohazalari   men   uchun
to’g’ri,   men   hech   qachon
bahslashmayman.
19. Darsdan chiqish 
qo’ng’irog’i chalinganda, men 
biror narsani aniqlashga 
ulgurmaganimdan 
afsuslanaman, ko’pincha 
tanaffus vaqtida o’qituvchining 
yoniga boraman. 1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Qo’ng’iroq
chalinganida   erkin   nafas
olaman. 
20. Darsdan keyin men doim
o’tilgan mavzuni mustaqil  1 0   9   8   7   6   5   4
3   2   1 Odatda   men   o’tilgan
mavzularni   mustaqil
68 o’rganaman. o’rganmayman. 
69 Tavsiyalar
Oilaviy   hayotni   to’g’ri   tashkil   qilish,   uni   ziddiyatlardan   asrash   bo’yicha
qizlarga maslahatlar:
- turmushga chiqish, uylanish, to’y harakatlari har ikki tomon uchun ham stress
vaziyati hisoblanadi. To’y tashvishlari hammani birlashtiradi, ammo to’y o’tganidan
so’ng   stress   vaziyat   o’tib   ketmaydi,   balki   har   ikki   tomon,   ya’ni   kelin   va   kuyov
uchun ham yangi vaziyatdagi yangi hayot sharoiti boshlanganligini anglatadi. Mana
shu   yangi   hayotni   siz   qanday   qurishga   intilsangiz   va   o’z   atrofingizga   boshqa   oila
a’zolarini   birlashtira   olsangiz,   sizning   hayotingiz   mana   shu   tartiblarda   rivojlana
boshlaydi.   Samimiylik,   to’g’rilik,   doimiy   yaxshi   kayfiyat,   mehnatga   tayyorlik,
hurmat,   oilani   qadrlash,   yigitning   ota-onasini   e’zozlash   kabi   xislatlar   sizga   qo’l
keladi.
- siz   kelin   bo’lib   tushayotgan   oilaning   qadriyatlari,   tuzilishi,   kun   tartibi
bo’yicha barcha tartiblarni va ma’lumotlarni chuqur o’rganishga to’g’ri keladi.
- yangi   oiladagi   barcha   a’zolar,   qaynota,   qaynona,   qizlar   va   yigitlar
xarakterlariga doir kuzatishlarni yig’ib boring, ularning xarakteri va odatlarini bilib
olishga urining.
- qaynonangiz nimalarni  sizdan talab qilyapti, u nima narsalarni  xush ko’radi,
nima   narsa   va   hodisalar   uning   asabiga   tegadi,   shuni   o’rganing,   agar   qaynonangiz
talablarini   bajarish   imkoniyati   bo’lsa,   u   ham   sizni   yaxshi   bilib   olgunicha,   ularni
so’zsiz amalga oshirishga sayi-harakat qiling.
- xuddi shunday, qaynotangiz talablari va xohishlarini nazarda tuting.
- xuddi   shunday   yostiqdoshingizning   kayfiyati,   mimikasi,   ko’z   qarashlari,
xarakteri va odatlari, nima narsalarni xush ko’rishi, nima narsalarni yomon ko’rishi,
umuman   uning   inson   sifatidagi   individual   tomonlarini   juda   yaxshi   bilib   olishga
harakat qiling, uning salbiy tomonlarini o’chirib, ijobiy tomonlarini oshirishga sayi-
harakat   qiling,   chunki   xotin   –   erning   tarbiyachisidir.   Agar   eringiz   rashkchi   bo’lsa,
qanday   vaziyatlarda   rashk   qilishini   nazarga   oling,   agar   eringiz   ovqatda   talabchan
bo’lsa,   unga   yoqadigan   ovqatlarni   pishirishga   urining,   agar   eringiz   ozodalikni
yoqtirsa, saramjon-sarishta bo’lishga harakat qiling, eringiz odatlariga moslashishga
harakat qiling.
70 - agar   qaynona   va   qaynotangiz   talablari   ularning   o’g’li   sizga   qo’yayotgan
talablar   bilan   mos   kelmasa,   mazkur   muammoni   qaynona   va   qaynotangiz   hamda
eringiz   bilan   hamjihatlikda   tinchlik   bilan   do’stona   va   iliq   muhokama   qilishga
harakat qilib ko’ring.
- qaynonangizning   sizni   tarbiyalashga   urinishi   bo’yicha   sayi-harakatlariga
chidam   va   sabr-qanoat   bilan   yondashing,   qaynonangiz   birdaniga   sizning   qanday
inson   ekanligingiz   va   nimalarni   istashingizni   bilib   ololmaydi,   siz   va   qaynonangiz
o’zaro bir-birlaringizni tanish va o’rganish jarayonidasizlar.
- sidqidildan qilingan mehnat darrov o’zini namoyon qiladi, o’z mehnatingiz va
shirin   tilingizni   atrofdagilardan   ayamang,   samimiy   bo’ling,   doimo   kulib   turing,
ochiq   yuz   bilan   qarang,   boshqalarning   so’zlari   va   harakatlaridan   yomonlik
qidirmang, mehringizni bersangiz mehr olishingiz osonlashadi;
- o’z muammolaringiz, fikrlar, o’y va qarashlaringizni samimiy o’rtoqlashishga
harakat   qiling,   chunki   siz   bundan   buyon   falonchixonning   “qizi”   emas,
falonchixonning   “kelini”siz.   Sizning   yutuqlaringiz   ham,   kamchiliklaringiz   ham
avvalo yangi oila mavqyeiga ta’sir etishini esdan chiqarmang.
- o’z   salomatligingiz   borasidagi   ma’lumotlarni   ham   ochiq   muhokama   etishga
odatlaning,   agar   siz   o’zingizni   noxush   sezayotgan   bo’lsangiz,   ammo   buni
yashirsangiz, buning oqibatlari yomon bo’lishi mumkin;
- agar uy yumushlari faqat sizning zimmangizga yuklansa, buning oqibatida na
ishda,   na   uyda,   na   eringizning   talablarida   siz   ularni   bajara   olmayotgan   bo’lsangiz,
bu   holatni   eringiz   bilan   ochiq   va   samimiy   muhokama   eting,   xotin   –   sotib   olingan
erksiz   qul   va   bepul   mardikor   ham   emas.   Xotin   –   uyning   hamma   majburiyatlarini
so’zsiz   bajarishga   majburiyat   ham   olgan   emas.     Tirik   –   jon,   u   bilan   har   qanday
vaziyat sodir bo’lishi mumkin. Uy majburiyatlari tenglik asosida to’g’ri taqsimlansa,
hamma - mehnat qilishga ham, dam olishga ham ulguradi.
- har  qanday oilada er  majburiyatlari  hamda xotin majburiyatlari  mavjud. O’z
majburiyatlaringizni   boshqalar   zimmasiga   sababsiz   yuklashga   odatlanmang.
Majburiyatlar   masalasida   ham   sodiqlik,   samimiylik   va   tenglik   tamoyillariga
bo’ysuning.
71 - sizning   yangi   oiladagi   hayotingiz   bir   necha   bosqichlardan   iborat   bo’ladi.
Birinchi bosqich   - yangi kelinlik bosqichi. Bu davrda hamma sizga hurmat va izzat
bilan,   boshqa   tomondan   esa,   juda   katta   qiziqish   bilan   yondoshadi.   Doimo   kulib
tursangiz,   yangi   oiladagi   o’z   xushnudligingizni   ochiq   ko’rsatib   tursangiz,
kayfiyatingizdagi   baxtiyorlik   nurlarini   boshqalar   bilan   o’rtoqlashsangiz,   oiladagi
umumiy muhit ham ko’tarinkilik asosida rivojlanadi. Agar sal narsaga jizzakilik va
tajanglik   qilsangiz,   boshqalar   ham   sizga   shunday   munosabat   bildirishga   haqli
bo’ladilar.   Ikkinchi bosqich   – oilaning teng huquqli a’zosiga aylanish bosqichi. Bu
davrda siz farzandli bo’lsasiz. 
- Farzandlaringizni   qarilikni   hurmat   va   izzat   qilish,   ularga   ko’mak   berishga
odatlantiring,   shundagina   farzandlaringiz   sizning   qarichiligingizni   ta’minlaydigan
bo’ladi.
- eringiz   va   o’zingizning   yaqin   qarindoshlaringizga   bir   xilda   munosabat
ko’rsating, ularni ayirmang, ularni teng ko’ring va teng munosabat bildiring.
- eringizning yutuqlari va takomili uchun xizmat qilishni o’zingizga  saodat deb
biling,   unga   hamdard   va   hamsuhbat   bo’ling,   unga   tayanch   bo’lishga   sayi-harakat
qiling, farzandlaringizga o’z otasini hurmat qilishni singdiring, otasining ishlaridan
g’ururlanishni o’rgating.
- kelin   sifatida   sizning   o’ziga   xos   majburiyatlaringiz   qatorida   huquqlaringiz
ham mavjud. Ammo ana shu huquqlar poymol etilayotgan bo’lsa, qaynona-qaynota
tomonidan siz muntazam psixologik tahqirlansangiz, eringiz tomonidan zo’ravonlik
ko’rsangiz,   inson   sifatida   sizning   oilada   qadringiz   bo’lmasa,   o’z   huquqlaringizni
himoya qilishga sizning haqqingiz bor. Sizni ayol va ona sifatida davlat qonunlarini
ham, din arkonlari ham o’z himoyasiga oladi. Buni unutmang!
72 Oilaviy   hayotni   to’g’ri   tashkil   qilish,   uni   ziddiyatlardan   asrash   bo’yicha
yigitlarga maslahatlar:
- siz   o’zingiz   uchun   hamdard   va   hamsuhbat   inson   tanladingiz.   Sizning
hayotingiz   uning   hayoti   bilan   umrbod   bog’landi.   U   sizga   o’zini   ishonib   topshirdi.
Tanlash   masu’liyati   sizda   edi.   Shuning   uchun   siz     uning   taqdiri,   kelajagi,
salomatligi, tinchligi uchun mas’uliyatni bo’yningizga olasiz.  Siz – unga mas’ulsiz.
Ammo   unga   xo’jayin,   unga   ega   emassiz.   Siz   aynan   mas’ulsiz.   Xotin,   sizga
turmushga   chiqqanidan   so’ng,   dunyoviy   davlat   qonunlari   bo’yicha   ham,   diniy
aqidalar bo’yicha ham o’z erkini o’zida saqlab qoladi. Chunki xotin butunlay erkini
sizga   topshirgan   qul   emas.   Oila   tinchligi,   taqdiri,   kelajagi,   salomatligi   masalalari
ko’proq sizning zimmangizda bo’ladi. Islom diniga “Xotin allohning ne’mati. Xotin
– er mas’uliyatiga topshirilgan qarz” hisoblanadi. Uni qanday qabul qilingan bo’lsa,
shunday sog’lom allohga topshirish lozimligi uqtiriladi.
- xotiningizga   bo’lgan   oiladagi   munosabat   sizga   juda   ko’p   parametrlari
bo’yicha   bog’liq   bo’ladi.   Agar   siz   xursand   bo’lsangiz   –   atrofdagilar   ham   uni
hursandlik   bilan   qabul   qilishadi.   Eng   avvalo,   faqat   o’zingiz   yoqtirgan   qizni
xotinlikka   tanglang.   Bu   ishda   hyech   qachon   birovlarning   aqli   bilan   ish   tutmang.
Ayol kishining hamma ijobiy ko’rsatkichlari bilan bir qatorda aynan tanlanayotgan
qiz   sizga   yoqdimi,   yoki   yo’qmi,   shunga   qarab   qaror   qiling.   Ota-ona   sizga   kelin
tanlashi   –   tabiiy   hol.   Bu   ularning   farzi,   ular   zimmasidagi   vazifa.   Siz   ularning
hoxishini   inobatga   olasiz,   xolos.   Ammo   kim   bilan   yashashni   siz   o’zingiz
tanlashingiz   lozim.   Agar   qiz   bola   sizga   yoqmayotgan   bo’lsa,   uning   taqdiri   bilan
o’ynashmang.
- yangi   oilaga   kirib   borish,   uning   a’zosiga   aylanish   oson   ishlardan   emas.
Kelinga   juda   katta   stress   holati   ta’sir   ko’rsatadi.   Bir   tomondan,  siz   bilan   yaqindan
tanishadi, ikkinchi tomondan, butun oila a’zolari bilan muloqot qilishi lozim bo’ladi.
Boshqalar   bilan   til   topishish   o’z   o’zidan   vujudga   kelmaydi.   Ammo   kelin
zimmasidagi vazifa - hamma bilan til topishishi shart! Uning mana shu holatida siz
unga   juda   katta   tayanch   bo’lishingiz,   hammaning   o’ziga   xos   xususiyatlarini
tushuntirishingiz,   onangiz   va   kelin   orasidagi   munosabatlarni   to’g’ri   tashkil
qilishingiz talab etiladi.
73 - Ona va yangi kelin orasidagi munosabatlar masalasi juda katta mas’ullik talab
etadigan o’ta nozik masalalardan hisoblanadi. Chunki ona – kelinga baho beruvchi,
uning har bir qadamini tekshirib, o’z chig’irig’idan o’tkazib, oiladagi unga nisbatan
bo’lgan ijobiy yoki salbiy munosabatni shakllantiruvchi bosh inson hisoblanadi. Siz
– uylanishga qaror qilgan kuningizdan boshlab, mana shu vazifani, ya’ni ona bilan
xotin   o’rtasidagi   mutanosib   munosabatlar   masalasini   ham   uddalashim   kerak,
deyishingiz   lozim   bo’ladi.   Chunki   tarozining   ikki   pallasida   bo’lganidek,   bir
tomonda   –   ona   rozi,   ikkinchi   tomonda   –   xotin   rozi   sharoitini     vujudga   keltirish,
aynan shunday tartibni o’rnatish va qurish sizning zimmangizda. Bir tomondan ona,
sizning   er   sifatida   shakllanishingiz   uchun   imkon   yaratishi,   sizning   erkingizni
bo’g’ib   qo’ymasligi,   sizning   nomingizdan   qarorlar   qabul   qilmasligi   lozim   bo’ladi.
Ikkinchi   tomondan,   ona   sizning   yoningizda   kelinning   yangi   oilaga   kirib   borishini
ta’minlashi,   unga   ko’makdosh   bo’lishi   talab   etiladi.   Ona   –   hukmdor   emas,   ona   –
mehribon!   Uchinchi   tomondan,   onaning   oiladagi   mavjud   eng   nufuzli   mavqyeini
kelin   ta’minlashi,   bu   o’rinning   hurmatli   va   izzatli   bo’lishiga   iqror   bo’lishi,   onani
sizning   onangiz   bo’lgani   uchun   ham   doimo   hurmatlashi   lozim   bo’ladi.   Aslida,   bu
masalalarning   hammasi   inson   huquqlari   va   erki   doirasida   yotadi.   Agar   siz
bolalikdanoq   boshqa   insonlarning   ham   huquqlari   mavjudligi,   ularni   hurmat   qilish
lozimligini   bilsangiz,   to’g’ri   qarorlar   qabul   qilasiz.   Siz,   oila   qurgan   inson   sifatida
o’z   xotingizga   tayinlaydigan   qonuniyatlardan   biri   –   “hyech   bir   vaziyatda,   hyech
bir   sharoitda   onani   behurmat   qilmaslik”,   agar   muammo   kelib   chiqsa,   siz   bilan
bomaslahat uni yechishga intilish, himoyani siz orqali amalga oshirish bo’ladi. Siz,
oila qurgan inson sifatida o’z onangizdan qat’iy talab etadigan qonuniyatlardan biri
–   “kelinga   o’z   o’g’lining   xotini,   aynan   uning,   ya’ni   qaynonaning   o’g’liga
ishonib   o’z   taqdirini   topshirgan   inson   sifatida,     o’z   nevaralarining   onasi
sifatida”  munosabatda bo’lish talabidir.
- birinchi kunlardanoq yangi oila tartiblari kelinni mas’uliyatli bo’lishga, tartibga
chaqiradi. Uning zimmasidagi vazifalar ortadi. Agar u hamma vazifalarni uddalasa,
oiladagi xursandlik ortadi. Ammo agar u o’z vazifalarini uddalay olmasa, aynan siz
unga   sabrli   va   qanoatli   munosabatda   bo’lishingiz,   u   o’z   vazifalarini   bilib   olishiga
imkon   yaratishingiz   lozim   bo’ladi.   Chunki   siz   uning   mas’uliyatini   bo’yningizga
74 olgan insonsiz, shu bilan birga, siz uning posboni va himoyachisisiz. U yangi oilada
avvalambor faqat sizga suyanadi.
- kelinga   qo’yiladigan   talab   va   majburiyatlar   aniq   bo’lishi   lozim.   Kelinga
beriladigan   talablar   asosan   bir   odam   tomonidan   yetkazilishi   lozim.   U   odam   –   siz
bo’lsangiz ayni muddao. Chunki kelin deb hamma undan biror narsani o’zicha talab
qilaversa,   ba’zan   bir   paytning   o’zida   bir   necha   joylarga   borib,   bir   necha   ishlarni
qilishi   lozim     bo’ladigan   holatlar   ham   kelib   chiqishi   mumkin.   Bu   vaziyatda
tomonlarning bafurja va bomaslahat ish tutishlari kerak bo’ladi.
- kelin   salomatligi   –   sizning   bo’lg’usi   farzandaringiz   salomatligi   deganidir.
Shuning   uchun   uning   salomatligiga   e’tiborli   bo’ling.   Homilador   ayolni   ovqatdan
siqish, uni ho’rlash mumkin emas. Bu sizning farzandingizning salomatligiga ta’sir
ko’rsatadi.
- kelin   sizning   ota-onangizni   ikkinchi   ota-ona   sifatida   so’zsiz   qabul   qiladi.
Ko’pincha,   o’z   onasini   oddiy   “opa”   (yoki   aya,   ona)   deb   chaqirib,   o’z   qaynonasini
“onajon”   deb   chaqirayotgan   kelinlarni   uchratamiz.   Kelinning   onani   o’z   qizini
chiqargandan   so’ng   onalik   vazifasidan   bo’shamaydi,   u   umrbod   ona   bo’lib   qoladi.
Demak, siz tarafingizdan ham bu masalada mas’ullik joyiz. Kelin har ikki onasiga
hurmat   ko’rsatishi,   o’z   onasini   to’ydan   keyin   ham   izzatda   ushlashi   lozim   bo’ladi.
Bir  ona  sizni   tug’ib,  tarbiyalagan  bo’lsa,  ikkinchi  ona  uni  tug’ib, uni   tarbiyalagan.
Siz   esa   kuyov   sifatida   ularning   har   birining   hurmatlanishi   uchun   sharoit   yaratib
berishingiz lozim bo’ladi.
- beayb   -   parvardigor,   deyiladi.   Ya’ni,   insonning   ma’lum   bir   xatoliklar   qilishi
tabiiy   hol,   hisoblanadi.   Hyech   bir   inson   xatosiz   yashamaydi.   Ammo   xato
tuzatilmagungacha xato hisoblanadi. Xato tuzatilgandan keyin xato bo’lmaydi. Shu
bois,   sizning   zavjingiz   xato   qilib   qo’ysa,   unga   mehr   va   adolat   bilan   tushuntirish,
muammoning tub mohiyatinin o’zingiz anglab yetmaguningizgacha bosim va ta’iyq
o’tkazmaslik   yo’lidan   boring,   sizdan   o’z   xatoliklari   borasida   mehrli   munosabat
ko’rgan   inson,   hyech   zamonga   sizga   qarshi   harakatga   jur’at   etmaydi.   Mehrning
kuchi katta, shuni esdan chiqarmang!
- oilaning   boshi   bo’lish,   uning   tirikchiligini   ta’minlash,   oila   ravnaqini
rejalashtirish oson ishlardan emas. Bu ishlarni asosan erkaklarimiz o’z zimmalariga
75 olishgan. Oila tirikchiligini amalga oshirish – juda katta mehnat  va intilish asosida
ro’yobga chiqadi. Ayollar erkaklarimizning oilaparvar bo’lib, o’z oilalari ta’minoti
yo’lidagi sayi-harakatlariga juda katta hurmat bilan qarashi lozim. Erkaklar esa o’z
xotinlarining   oilaga   doir   ichki   yumushlar,   bolalar   tarbiyasi,   uy   sarishtaligi   bilan
shug’ullanayotganliklarini   hurmat   bilan   qabul   qilishi   kerak.   Xotin   faqat   uy
yumushlari   bilan   ovora   bo’lib,   o’ziga   e’tiborni   susaytirgan   bo’lsa,   ularni   hayotdan
orqada   qolgan   va   qiziqarsiz   suhbatdosh   sifatida   emas,   balki,   islom   dinida
ta’kidlangan   erning   mablag’ini   asrab-avaylib,   yig’ib-terib   beruvchi,   uni   reja   bilan
sarf-harajat   qiluvchi   o’z   posboni   va   tayanchi   sifatida   qabul   qilishi   lozim.
Erkaklarning ham, ayollarning ham biri birisiz yashashi qiyin. Buni tan olish kerak.
Erkaklar   va   ayollar   yagona   yaxlit   birlik   hisoblanadi.   Muhabbat   alloh   ne’mati,   deb
bekorga aytilmagan. Demak, yigitlar o’z nomi va masu’liyatiga olgan qizlarni unib
o’stirishlari, ularning oila posboniga aylanishlariga ko’mak berishlari, ularga mehrli
munosabat ko’rsatishlari lozim bo’ladi.
Ko’rinib   turibdiki,   yangi   oila   qurilishida   har   ikki   tomon   uchun   ham   juda   katta
mas’uliyatli qarorlar  qabul qilish jarayoni boshlanadi. Har  ikki tomon, ya’ni  qizlar
va   yigitlar   uchun   maslahatlarni   bir   necha   barobar   ko’paytirish   mumkin.   Ammo
hayot o’zining kutilmaganligi va rang-barangligi bilan o’ziga xosdir. Biz bu o’rinda
hayotda   kuzatilishi   mumkin   bo’lgan   barcha   holatlarning   oldini   olib,   maslahatlar
bera olmaymiz. Shu bois, hayotning eng muhim qonuniyatlaridan biri shundaki, har
bir odamning hayotida unga eng yaqin bo’lgan odamlar tarkibi bo’ladi. Ular sirasida
–   er,   xotin,   farzandlar,   ota-onalar   kiradi.   Ammo   ko’pincha   aynan   mana   shular
bizning g’azabimiz, jahlimiz, kayfiyatimizning yomonligi, jizzakiligimiz, bardoshli
bo’lmaganimiz,   qonaot   qilmaganimiz,   dag’alligimiz,   qo’rsligimiz,   o’zimizni   ustun
qo’yishimiz, dag’dag’alarimiz sababli aziyat chekishadi. Inson umri bir pastda o’tib
ketadi. Agar o’z vaqtida biz ularga hurmat va e’tibor ko’rsatmagan bo’lsak, keyingi
armonlar   ularni   bizga   qaytarib   bermaydi.   Insonlarni   hurmat   qilish,   ular   erkini
e’tiborga olish – hayotning bosh talablaridan biri ekanligini unutmaslik lozim.
76

OILADAGI NIZOLI VAZIYATLAR VA ULARNI BOSHQARISH USULLARI M U N D A R I J A: KIRISH …………………………………………………………………. 5 I BOB. OILAVIY NIZOLAR MOHIYATI, NAZARIY ASOSLARI VA HAL QILISHNING PSIXOLOGIK USULLARI ............... ......... 10 1.1. Konflikt mazmuni, mohiyati va oilaviy konflikt lar ..... ......... .. … 10 1.2 Konflikt ishtirokchilarning ruxiy tiplari va ularni boshqarish usullari ... 19 1.3. Oilaviy nizo turlari, uning ko’rinishlari va kelib chiqish sabablari 24 II BOB. OILAVIY NIZOLARNI BARTARAF ETISHGA DOIR TRENINGLAR VA ULARNI TO’G’RI QO’LLASHNING PSIXOLOGIK SHART-SHAROITLARI 28 2.1.Oilaviy nizolarning vujudga kelish motivlari …….......... …………… 28 2.2. Oilaviy nizolarni bartaraf etishga doir aniq psixologik usullar, tavsiyalar …......................................................................... ……….. 40 2.3. Oilaviy nizolarni bartaraf etishga yo’naltirilgan treninglar 48 XULOSA…………………………………………………………….. 58 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………. 62 ILOVALAR…………………………………………………………. 6 4 3

KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Har bir halq va milliy an’analar tarkibida yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ammo zamonaviy jamiyatlardagi keskin o’sish sur’atlari hamda insonning juda katta ijtimoiy faoliyatining uning oilasi va oila a’zolari munosabatlariga bo‘lgan kuchli ta’siri asosida milliy an’analar hamda dolzarb va yangitdan vujudga kelayotgan savollarga to‘liq javob bera olmaydi. Shu bois, milliy an’analarni oilaviy turmush borasidagi umumbashariy nazariy bilimlar bilan qo‘shib olib borish talab etiladi. Oila beqiyos milliy va umumbashariy qadriyatlardandir. Oila jamiyatning eng kichik ijtimoiy birligi, uning asosi hisoblanadi. Shu bilan birga oila yuksak darajadagi insoniy qadriyatlar tizimini shakllantiruvchi institut va ma’naviy ahloqiy tarbiya o‘chog‘i hamdir. Aynan oilada ko‘pchilik gumanitar qadriyatlar tarbiyalanadi, o’stiriladi va targ’ib qilinadi. Mamlakat aholisining yarmidan ko‘proq qismini yoshlar tashkil qilishi, o’sib borayotgan yosh avlodni jamiyatda mustaqil yashashga tayyorlash vazifasining dolzarbligi yoshlarni jamiyat hayotiga va oilaviy turmushga tayyorlash ishlarini jadallashtirishni talab etdi. Insonlarning o’zaro munosabatlarida keskinliklarning o’sib borayotganligi, zamonaviy ziddiyatlarning inson tafakkuri va ongiga ta’sir etishi orqali uning psixologik holatida salbiy va asabiy oqibatlarning vujudga kelishi, yosh oilalardagi ajrim holatlarning muntazam o‘sib borayotganligi, bolalar va o’smirlardagi agressiya holatlarining vujudga kelayotganligi kabi muammolar O’quvchi-yoshlarni oilaga tayyorlash vazifasini to‘laqonli olib borish talabini kun tartibiga qo‘yadi. Inson o’z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo ‘ ladigan turli munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo’lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli ziddiyatlarsiz tasavur etib bo ‘ lmaydi. Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr davomida, har qanday yoshda, har joyda, har qanday vaziyatda to’qnash kelish mumkin. Nizolar uyda, maktabda, ko’chada, 4

o ‘ quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar, xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa a’zolari o’rtasida sodir bo’lishi mumkin. Konfliktlar, odatda, ko ‘ p vaqt odamlar birga bo’ladigan hollarda, ya’ni ular uzoq muddat bir-birlari bilan psixologik va ruhiy muloqotda bo’ladigan holarda, ular ma’lum muddat o’zaro birga bo’lishga majbur bo’lgan paytlarida ko’proq sodir bo’ladi. Kishi hayotining ko’p vaqtini o’z oilasida, oila azolari davrasida o’tkazadi. Oiladagi o ‘ zoro munosabatlar hamisha ham bir tekis bo’lmaydi, buni oilaviy nizolar, yani konfliktlar buzib turadi. Oilaviy nizolar har qanday oilada bo’lishi mumkin bo’lgan tabiiy hadisa hisoblanadi. Hech bir oila bundan to’la muhofazalangan emas. Chunki konfliktlar ba’zan qo’qqisdan, hech kutilmagan holda vujudga kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin. Har bir oila a’zolari konfliktlar bilan to’qnash kelishi aniq bo’lganligi sababli konfliktlar haqida keng bilimlarni tarbiyalash va shakllantirish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Shu bois oilaviy konfliktlar to ‘ g ‘ risida ham nazariy bilimlar, ham amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish hozirgi zamonda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash dolzarb vazifalaridandir. Konfliktlarning oila hayotidagi doimiy va umumiy hodisa sifatida tan olinishi har qanday konfliktning u ro’y berishi mumkin bo’lgan ko’lamda, shaklda va tanglik darajasida muqarrar tarzda namoyon bo’lishini keltirib chiqarmaydi. Oilaviy konfliktlarni tartibga solish muammosi konfliktli vaziyat sabablariga ta’sir etish, konfliktning salbiy oqibatlarini tugatish yoki konflikt natijalaridan foydalanish maqsadida konfliktning borishini muayyan yo’nalishga solish imkoniyatiga asoslanadi. Oilaviy nizolarni tartibga solish muammosi ma’lum darajada oilaviy jarayonlarni boshqarish muammosining bir qismini tashkil etadi. Fan tomonidan uni boshqarish haqida ishlab chiqilgan asosiy g’oyalar konfliktli vaziyatlarni boshqarishning aniq usul va yo’llarini topishda katta ahamiyatga ega. Mazkur malakaviy bitiruv ishimizning mavzusini ham yuqoridagi bayon qilingan fikrlardan kelib chiqib, « Oilaviy nizolarni bartaraf etishda psixotreninglardan foydalanish » deb nomladik. 5

Bizning konflikt borasidagi tasavvurimiz uning faqat bir tomoniga yo’naltirilgandir. Biz odatda konfliktning faqat bir qirrasini ko’rishga o’rganganmiz. U ham bo ‘ lsa, konfliktda odamlar ziddiyatga kirishib, o’zaro urush, nizo, janjallar chiqarishidir. Ammo har doim ham shunday bo’laveradimi?! . Konflikt faqat bir tomondan iborat bo’la olmaydi . Konfliktda, uning qanchalik murakkab bo ‘ lishiga qaramay, har vaqt ikki tomon – buzg ‘ unchilik va yaratuvchanlik mavjud bo’ladi. Shu bois, konfliklarning murakkab xususiyatlari ularda vayron etish va yaratuvchanlik, zo’ravonlik va hamkorlik qirralarining ham mavjudligini ko’rsatadi. Malakaviy bitiruv ishining metodologik nazariy asoslari: Sharq va g ‘ arb mutafakkirlarining konfliktlar to ‘ g ‘ risidagi fikrlari, ijtimoiy konfliktlar ularning yechimi oid yondashuvlar. Malakaviy bitiruv ishining maqsadi: O ‘ quvchilarda oilaviy nizolar, uning mazmuni, mohiyati va mazmuni to’g’risida ijtimoiy tasavvurlarini kengaytirish. Oilaviy nizolarni bartaraf etishga doir treninglarni qo’llashning aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Malakaviy bitiruv ishining obyekti: Oilaviy munosabatlar jarayonida konfliktlar tabiatini psixologik jihatdan o ‘ rganish va yaratuvchanlik imkoniyatlarini rivojlantirish jarayoni. Malakaviy bitiruv ishining predmeti: Oilaviy munosabatlar jarayonidagi nizolarni o ‘ rganishning mazmuni,shakli, usullari, metod va vositalari. Malakaviy bitiruv ishining ilmiy farazi: (gipotezasi) Agar oilaviy nizo va uning tabiatini hisobga olgan holda oilaviy munosabatlarga kirishish jarayonini va oilaviy nizolarni tartibga solishda psixologiktreninglardan foydalanilganda va quyidagi psixologik vazifalarni amalga oshrilganda ijobiy natijalarga erishish mumkin: -birinchidan, konfliktlar mazmuni, mohiyati, insonlarning konfliktlar to’g’risida qarashlarini atroflicha o’rganilib chiqilganda; -ikkinchidan, oilaviy nizolarni psixologik jihatdan o’rganishni taminlaydigan yaxlit metodik majmualar ishlab chiqilganda; 6

-uchinchidan, oilaviy nizolarni bartaraf etishda treninglardan foydalanishning aniq dastur va rejalarini ishlab chiqilganda va h.k. Malakaviy bitiruv ishining maqsadi va ilgari surilgan ilmiy gipotezasiga asoslanib ishimizning vazifalarini quyidagicha belgiladik: 1. Mavzuga oid pedagogik, psixologik, sosiologik yo’nalishdagi ilmiy va uslubiy adabiyotlar o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish. 2. Oilaviy azolarining o’zaro munosabatlardagi oilaviy nizolarni atroflicha o’rganish. 3. Nizolarning rivojlanishiga doir malumotlar xaritasini tuzib chiqish, chuqur tahlil qilish va aniq metodik tizim ishlab chiqish. 4. Nizolarni psixologik jihatdan hal qilishda treninglardan foydalanish usullari, shakli, vositalari tizimini yaratish. 5. Kishilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda nizo ishtirokchilarining ruhiy tiplarini tasniflash darajasini aniqlash. Tanlangan metodlar: 1. Anketa , suhbat , savol - javob 2. Oilaviy nizolarni faollik shakllarida kuzatish. 3. Psixologik eksperement. Mazkur malakaviy bitiruv ishi, nizolar ularning yechimini psixologik o ‘ rganishga doir ko ‘ plab topshiriqlar va ko ‘ rsatmalar sistemasini o ‘ z ichiga olgan bo’lib ular kollejga psixologik xizmat ko’rsatish maqsadida bajarilgan va o ‘ qituvchiga metodik yordam sifatida, o ‘ quvchi shaxsini hari tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi deb o ‘ ylaymiz. Malakaviy bitiruv ishimizning asosiy mazmuni: ishimiz o ’ z rejasida ko ‘ rsatilganidek kirish, ikki bob, olti paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro ‘ yxatidan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o ‘ rganilgan darajasi, ishimizning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti asoslangan, mavzuning metodologik asosi, hamda tanlangan metodlar bayon etilgan. Malakaviy bitiruv ishining birinchi bobi « Oilaviy nizolar mohiyati, nazariy asoslari va hal qilishning psixologik usullari» deb nomlanib, Ushbu bobda biz 7