Oqmachit qishlog’i yer osti suvlarining ichishga yaroqlilik xususiyatlarini analitik baholash
1 Oqmachit qishlog’i yer osti suvlarining ichishga yaroqlilik xususiyatlarini analitik baholash’’ MUNDARIJA I. KIRISH 3 II. ADABIYOTLAR SHARHI 6 III. TAJRIBAVIY QISM 32 III.1. Asbob va qurilmalar 32 III.2 Zaruriy reaktivlar 33 III.3. Artezian suvlaridan namuna olish va uni analizga tayyorlash 34 III.4. Artezian suvlarining kimyoviy tarkibini analitik nazorat qilish 39 IV. XULOSA 51 V. ADABIYOTLAR RO’YXATI 52
2 I. KIRISH Insoniyat o’z rivojlanishining barcha bosqichlarida atrof-muhit bilan chambarchas bog’lanib kelgan. Yuqori industrial jamiyat paydo bo’lgandan buyon insonning tabiatga xavfli aralashuvi kuchayib, bu aralashuvning masshtabi ortdi, u esa xilma-xil, hozirda insoniyat uchun global xavf solmoqda. Yer biosferasi hozirgi vaqtda oshib borayotgan antropogen ta’sirlarga yuz tutmoqda. Bunda sayyoramizning ekologik holatini yaxshilaydigan bir qancha sezilarli bo’lgan jarayonlarni ko’rsatish mumkin.Bu manbalarning har birining havo va suv manbalarining ifloslantirishidagi ulushi toifasiga qarab katta farq qiladi. Hozirda suv manbalarini sanoat ishlab chiqarishi va insoniyat faoliyatining turli ko’rinishdagi ta’sirlari ancha kuchli ifloslantirishini hammamiz bilamiz. Ekologik muammo insoniyat oldiga uning keying rivojlanish yo’lini qo’ydi, ya’ni uni ishlab chiqarishning chiqindisiz o’sishga yo’nalgan bo’lishi yoki bu o’sish tabiat muhitining va inson organizmining imkoniyatlari bilan kelishilgan bo’lishi kerak. Mavjud muommolar yechimini borasida prezidentimizning 2023 yil 1- apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori” Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora- tadbirlar to‘g‘risida mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ishlarning samaradorligi, tabiiy resurslardan, jumladan, yer va suvlardan foydalanishda ilm-fan yutuqlarining o’rni beqiyosdir. Ushbu chora- tadbirlar natijasida bugungi kunda suvni tejaydigan texnologiyalar qamrab olgan maydonlar, umumiy sug‘oriladigan maydonlarning qariyb 25 foizini tashkil qilib, buning hisobiga 2022-yilda 3 mlrd kub metr suv iqtisod qilindi hamda 830 ming gektar takroriy ekin maydonlarini sug‘orishga yo‘naltirildi. Prognoz ma’lumotlarga
3 ko‘ra, 2023-yil vegetatsiya davrida suv resurslari hajmi ko‘p yillik me’yorga nisbatan Sirdaryo havzasida 10 — 15 foizga, Amudaryo havzasida 15 — 20 foizga kam bo‘lishi kutilmoqda. Muammolardan biri yer osti va yer usti suvlaridan oqilona foydalanish va ularning musaffoligini ta’minlash va doimiy analitik nazorat olib borishdan iborat bo’lib, bu jarayon bugungi kunning ham dolzarb muammolaridan biridir. Ko’p yillardan beri analitik kimyo kafedrasida oqova, yer osti va yer usti tabiiy ichimlik suvlarining tarkibidagi turli mineral moddalardan tashqari shu suvlarning sifatiy tarkibini buzuvchi yoki o’zgartiruvchi zararli ingrediyentlarni nazorat qilish bo’yicha ham katta amaliy ishlar olib borilmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishimning maqsadi ham ana shu ishlarni davom ettirib, kafedraning ilmiy rejasiga asosan yangi o’rganilmagan ichimlik suvlari tarkibini o’rganishga ma’lum darajada hissa qo’shishdan iborat. Har yili viloyatimiz hududidagi turli shahar, tuman va qishloq hududlaridagi oldin o’rganilmagan ichimlik va xo’jalik maqsadlarida ishlatiladigan suvlarning analitik monitoringi olib borilishi ma’lum. Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsadi yuqorida qayd etilgan ilmiy tadqiqot ishlari rejalarini bajarilishi nazarda tutib, o’rganiladigan ichimlik suv namunalari sifatida Samarqand viloyati Qo’shrabot tumani Oqmachit qishlog’i hududidagi artezian suvlarining ichishga yaroqlilik xususiyatlarini o’rganishdan iborat. Ko’zda tutilgan artezian suvlaridan analitik na’munalar oldindan ma’lum bo’lgan usullar yordamida olinadi. Analiz usullari Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti kimyo bo’limi analitik kimyo kafedrasining imkoniyatlari darajasini hisobga olib tanlanadi. Bitiruv malakaviy ishi quyidagi tartib va reja asosida amalga oshiriladi: -Qishloq aholisi ichimlik suvlari sifatida foydalanayotgan artezian suvlarining analizi ulardan analitik namuna olish usullari, ular bilan bog’liq bo’lgan ekologik muammolar va analitik monitoringiga bag’ishlangan adabiyotlar sharhi tuzish; - Ma’lum nazariy manbalar asosida, tanlangan analiz usullari asosida o’rganilayotgan tabiiy suv manbalaridan birlamchi laboratoriya va analitik namunalar olish;
4 - O’rganilayotgan arteziandan olingan ichimlik suvlarining sifatiy ko’rsatgichlarini kimyoviy analiz usullari yordamida baholash; - Tekshirilayotgan artezian suvlari tarkibidagi bitiruv malakaviy ishida rejalashtirilgan kation va anionlarni shu ionlar uchun selektiv bo’lgan elektrodlar yordamida ionometrik aniqlash; - O’rganilgan artezian suvlarining analitik ko’rsatgichlarini jadval asosida umumlashtirish va tegishli tavsiyalar tayyorlash;
5 ADABIYOTLAR SHARHI Mamlakatimizda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta minlashni yaxshilashʼ borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ichimlik suvi bilan ta minlash tizimini ʼ rivojlantirish bo yicha juda muhim dasturlar izchillik bilan amalga oshirish shahar va ʻ qishloqlarda suv ta minoti muammolarini yaxshilash imkonini bermoqda [1]. ʼ Hozirgi kunda suv resurslaridan oqilona foydalanish yurtimizning barqaror taraqqiyotida hal qiluvchi masalalardan biriga aylandi. Shu jihatdan suv resurslarining tanqisligi, ularning sifati yomonlashishi hamda mintaqada shakllangan yangi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ekologik jarayonlarda yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shunga qaramay ayrim tuman,shahar va qishloqlarda ichimlik suv muammosi saqlanib qolyapti. Yer osti va ochiq suv manbalaridan o’ylanmay foydalanish, oqovalarni toza suvlarga oqizish, maishiy chiqindilarni suvga tashlash oqibatida ayanchli holatlar yuz bermoqda. Bular atrof-muhitni muhofaza qilish borasida jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Bunday muammolarning oldini olishda, albatta,yer osti va yer usti suvlarini doimiy ravishda analitik monitoring qilib borishning ahamiyati g oyat kattadir [2-4]. ʻ Yer osti ichimlik suvi sifatida foydalaniladigan suvlarning sanitar-kimyoviy nazoratidan asosiy maqsad mavjud bo'lgan suv havzalaridan ularning ichishga yaroqlilik xususiyatlarini o'rganish hamda aholining xo'jalik maqsadlarida, o'simliklarni sug'orish tizimlarida foydalanish imkoniyatlarini o'rganishdan iborat. Shuningdek ushbu suvlarning analitik monitoringi aniq maqsadga yo`naltirilgan bo'lishi va qo'yilgan maqsadga erishishga yordam berishi ko`zda tutiladi[5]. Mahsulot sifatini baholashda mahsulotlarni yetishtirishda foydalaniladigan sug orish ob’yektlarining yer osti yoki yer usti suvlaridan iborat ekanligiga alohida ʼ e'tibor qaratiladi. Bundan tashqari ichimlik suvlari tarkibidagi mineral qismlar va ingrediyentlarni nazorat qilishga ham katta e’tibor qaratilmoqda[6].Toza suv nafaqat inson organizmi balki butun tirik organizmlar hayvonlar va o simlik dunyosining ʼ mavjudligi kafolatidir. Suvning mavjudligi bizning hayot faoliyatimizni belgilab beradi. Ichishga yaroqli bo Igan sifatli suvni yetarli miqdorda iste mol qiladigan ʼ ʼ odamlarda qon aylanish tizimi me yor darajasida faoliyat ko rsatadi. lehimlik suvlari ʼ ʼ