Psixologik tadqiqotlarda o’lchov usullarining qullanilishi.
MAVZU: Psixologik tadqiqotlarda o’lchov usullarining qullanilishi. REJA KIRISH I-bob: Psixologik tadqiqotlarni o’tkazish tartibi. 1.1. Psixologik tadqiqot haqida tushuncha. 1.2. Eksperimental tadqiqot shartlari II-bob: Psixologik tadqiqotlarda o’lchov usullarining qullanilishi. 2.1. Psixologik tadqiqot natijalarini mikdoriy tahlil qilishning zarurligi. 2.2. Tadqiqot natijalarini guruhlarga ajratish Xulosa. Kurs ishida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda rivojlanish jarayoni kechayotgan hozirgi davrda olib borilayotgan tub islohatlar har bir kishida chuqur va mustahkam bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyatni erkin fikr, ijodkorlik, tashabbuskorlik, vatanparvarlik va insonparvarlik fazilatlarini tarkib toptirishni taqozo etmoqda. Ayniqsa “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida” yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalash vazifasiga alohida to’xtalib o’tilgan hamda mazkur vazifani amalga oshirish uchun yoshlar ongida milliy istiqlol g’oyalarini singdirish va shakllantirish kabi dolzarb muammolarni hal etishga e’tiborni qaratish talab qilingan. Bu muammolarni hal qilish esa har bir kasb egasidan katta mahorat, mehnat va tashabbuskorlik talab qiladi. Bugungi kunda psixologlar oldida turgan asosiy vazifa katta o’zgarishlar bo’layotgan jamiyatimizda kishilar ongiga psixologik ta’sir ko’rsatish, ularni psixologik jihatdan o’rganish, jamiyat hayotidagi o’rnini aniqlashdan iboratdir. Buning uchun esa bugunki kunda ko’plab psixologik tadqiqotlar o’tkazilmoqda va bu tadqiqotlarning obyektivligi unda qo’llanayotgan o’lchov usullarining qanchalik to’g’ri tashkil qilinganiga bog’liqdir. Psixologik tadqiqotning eng asosiy afzalliklari quyidagicha: a) o`rganilayotgan hodisani bir necha marotaba va eng qulay sharoitlarda o`rganish imkoniyati bor; b) o`rganilayotgan hodisa yoki uning ayrim qismlarini tashqi ta`sirlardan himoya qilish (izolyatsiya) imkoniyati mavjud; v) jarayonning borishini nazorat qilish mumkin. g) tadqiqot natijalarini sharoitni saqlagan holda, bir necha bor takrorlash orqali sinab ko`rish mumkin. Psixologik kuzatish va tajriba natijalarini so`z orqali ifodalaganda sub`ektivlik holatlari bo`lishi muqarrar, bunday sub`ektivlik holatlari muddatidan avval xulosa chiqarishda, asoslanmagan umumlashtirishlarda namoyon bo`ladi. Sifat jihatdan o`rganilayotgan psixik hodisa va jarayonlarni tavsiflashda ular o`rtasidagi farq va o`ziga xos rivojlanish xususiyatlarini to`la holda ta`riflashda qiyinchilik tug`diradi. SHuning uchun hamma vaqt mikdoriy tahlil sifat tahlil bilan birgalikda qo`llaniladi. Ana shunda sub`ektivlik holatlariga barham berilib,
shakllantirilgan hukm va xulosalar tadqiqotchi shaxsiyatiga bog`liqlikdan xalos bo`ladi, natijalarni tekshirish imkoniyati vujudga keladi. Psixolog uchun kuzatish va tajriba natijalarini statistik metodlar yordamida aniqlashni bilish juda muhimdir. Tadqiqotning maqsadi: Psixologik tadqiqotlarda o’lchov usullarining qo’llanilishi haqida tushunchaga ega bo’lish, shuningdek psixologik tadqiqot o’tkazishning yo’llari, usullari va vositalarini o’rganish. Tadqiqot predmeti: tadqiqot predmeti bo’lib ta’lim-tarbiya sohasida o’tkaziladigan psixologik tadqiqotlarning o’ziga xos jihatlari xizmat qiladi. Tadqiqot obekti : tadqiqotimiz obekti bo ’ lib oily o ’ quv yurtlarida “ Erksperimental psixologiya ” fanini o ’ rganayotgan 2-3 bosqich psixologiya yo ’ nalishi talabalari hisoblanadi . Tadqiqotning vazifalari: 1. Psixologik tadqiqot haqida tushunchaga ega bo’lish. 2. Eksperimental tadqiqot shartlarini o’rganish. 3. Psixologik tajriba o’tkazishda apparaturalarning tutgan o’rni aniqlash. 4. Psixologik tajriba o’tkazish va uning natijalarini tahlil qilish. Tadqiqot farazi: Agar biz psixologik tadqiqot o’tkazish bilan birga unda o’lchov usullarining qo’llanilishini ham o’rganib borsak, psixologik tadqiqot o’tkazishda samaradorlikka erishishimiz mumkin. Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning barkamol avlod tarbiyasi bo’yicha g’oyalari, ma’ruzalari, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish bo’yicha qarashlari, shuningdek Respublikamiz pedagog-psixolog olimlarining psixologik tadqiqotlarni tashkil qilish, o’tkazish va ularda o’lchov usullarining qo’llanilishi muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlari tadqiqotimiz uchun asos qilib olindi. I-bob: Psixologik tadqiqotlarni o’tkazish tartibi.
1.1. Psixologik tadqiqot haqida tushuncha. Tadqiqotchi o`zini qiziqtirgan psixik hodisalarni kuzatish orqali o`rganishi yoki zarur bo`lgan holatni ataylab vujudga keltirishi mumkin. Birinchi holatda oddiy kuzatish haqida, ikkinchi holatda tajriba yoki eksperiment haqida so`z bormoqda. Eksperiment metodining eng asosiy afzalliklari quyidagicha: a) o`rganilayotgan hodisani bir necha marotaba va eng qulay sharoitlarda o`rganish imkoniyati bor; b) o`rganilayotgan hodisa yoki uning ayrim qismlarini tashqi ta`sirlardan himoya qilish (izolyatsiya) imkoniyati mavjud; v) jarayonning borishini nazorat qilish mumkin. g) tadqiqot natijalarini sharoitni saqlagan holda, bir necha bor takrorlash orqali sinab ko`rish mumkin. Psixologiyada qo`llaniladigan barcha eksperimental metodlarni ikki guruhga: umumiy va maxsus turlarga bo`lish mumkin. Umumiy metodlarni psixologiyaning barcha sohalarida, maxsus metodlar esa alohida olingan sohalarda masalan, xotira psixologiyasi, tafakkur psixologiyasida qo`llaniladi. Psixologik tadqiqot oldiga quyilgan vazifaning tabiatiga ko`ra psixologik tadqiqotlarni 3 guruhga ajratish mumkin: a) ayrim hodisalar yoki shaxslar haqida ma`lumot to`plashga xizmat qiluvchi tajribalar. Bunday tajribalarga tafakkur xususiyatlari, xotira tipini, sezgirlik darajasini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni misol qilish mumkin. b) alohida psixik hodisani u yoki bu omil (faktor)ning ta`siriga bog`liqligini aniqlashga xizmat qiladigan tajribalar: masalan: esda qoldirishning materialning sifatiga bog`liqligini aniqlash va hokazo . v) ikki hodisa o`rtasidagi funktsional aloqani aniqlashga qaratilgan tajriba, masalan, materialning hajmi bilan takrorlashlar soni o`rtasidagi funktsional aloqani o`rganish. Birinchi tipga kiradigan tajribalarni-sifat; ikkinchisini faktorli, uchinchisini-funktsional tajribalar deb atash mumkin. Psixologik tadqiqotni tashkil etar ekan, eksperimentator o`zi ta`sir etishi kerak bo`lgan tekshiriluvchi-sub`ekt, qo`zg`atuvchi, tekshiriluvchining
qo`zg`atuvchiga beradigan javobi bilan munosabatda bo`ladi. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin: H.n 3.n Bunda - S – sub`ekt, tekshiriluvchi, H.n. - qo`zg`atuvchi, bog`lanmagan o`zgaruvchi. Z.n. - tekshiriluvchining qo`zg`atuvchi ta`siriga javobi, bog`langan o`zgaruvchi. SHuningdek, tajriba davomida tekshiriluvchining shaxsiga bog`liq bo`lgan shart-sharoitlar ham mavjuddur. Bu tekshiriluvchining yoshi, jinsi, umumiy salomatligi, temperamenti, hissiy holati, umumiy va maxsus qobiliyatlari, bilimi, qarashlari, qiziqishlari ko`nikma va malakalari bo`lishi mumkin. Tajribaning tashqi sharoiti-yoritilganlik, jimjitlik, harorat, ventilyatsiya va boshqalar ham ishning borishiga ma`lum tarzda ta`sir etishi mumkin. SHu bilan birga tajriba davomida ta`sir etishi mumkin bo`lgan tasodifiy “qo`zg`atuvchilar” ta`siridan ham tekshiriluvchini muhofaza qilish zarur. Masalan, qo`shimcha ovoz paydo bo`lishi, begona kishining kirib kelishi tasodifan biror narsaning tushib ketishi va boshqalar. Tadqiqotchi va yordamchilarning bo`lishi ham tekshiriluvchining ruhiyatiga ta`sir etishi mumkin. Tajribaning ichki sharoiti tekshiriluvchiga bog`liq bo`lgan vaqtinchalik holatlar hisoblanadi. Ichki sharoitga dastavval tekshiriluvchining ustanovkasi ya`ni tadqiqotga psixologik tayyorgarligi kiradi. Tekshiriluvchi tajriba davomida tadqiqotchining savollariga javob berishga, qo`zg`atuvchi ta`sirini kabul qilishga oldindan tayyor turishi kerak. Bunday tayyorgarlikning vujudga kelishi eng avvalo unga beriladigan ko`rsatmalarga (instruktsiya)ga bog`liqdir. SHuning uchun ham ko`rsatma aniq, lo`nda va tushunarli qilib berilishi va barcha qatnashchilarga bir xilda izohlanishi kerak bo`ladi. S