STATISTIK GIPOTEZALARNI TEKShIRISh USULLARINING PEDAGOGIK TADQIQOTLARDA QO’LLANILIShI
STATISTIK GIPOTEZALARNI TEKShIRISh USULLARINING PEDAGOGIK TADQIQOTLARDA QO’LLANILIShI MUNDARIJA KIRISh................................................................................................................3 1-BOB. STATISTIK GIPOTEZALARNI TEKShIRISh USULLARI VA ULARNING TADBIQLARI 1.1.Statistik gipotezalar: asosiy tushunchalar. Gipotezani tekshirish bosqichlari ........................................................................................................... 7 1.2. Statistik gipotezalarni tekshirishga doir namunaviy masalalar.......... 2-BOB. STATISTIK GIPOTEZALARNI TEKShIRISh USULLARINING PEDAGOGIK TADDQIQOTLARDA QO’LLANILIShI 2.1. Pedagogik tadqiqotlarda ma’lumotni tahlil etishning tipik masalalari.............................................................................................................49 2.2. Ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va misollari ..............................55 2.3. Ustma-ust tushishlar va farqlarning ishonchliligini aniqlash uchun umumiy yondashuvlar..............................................................................................61 3-BOB. MATEMATIK STATISTIKA USULLARI BILAN PEDAGOGIK TADQIQOTLAR NATIJALARINING USTMA-UST TUShIShLARI VA FARQLARINING IShONChLIGINI ANIQLASh USULLLARI 3.1.Kramer-Uilch usuli.......................................................................................64 3.2. Vilkokson-Mann-Uitni mezoni..................................................................67 3.3. Tartib shkalasida o’lchanilgan tajriba ma’lumotlari uchun ustma-ust tushishlar va farqlarning ishonchliligini aniqlash metodikasi..................70 3 . 4. Statistik mezonni tanlash algoritm i........................................................77 XULOSA ...............................................................................................................81 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI ........................................83 1
KIRISh 1.Masalaning qo’yilishi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 7 may kungi PQ-4708 sonli “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy- tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” Qarorida «umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanlari o’qitish sifatini oshirish matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo’nalishlaridan biri deb belgilangan. Shu sababdan matematika o’qitish jarayonida ta’lim oluvchilarga amaliyotga qo’llashga doir bilim va ko’nikmalarni berish, shu jumladan, matematik statistika usullarni ta’lim sifatini oshirish orqali samarali o’qitish usullariniyaratish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ta’lim samaradorligini oshirish va yangi usullarni yaratish va uning ilmiy jihatdan asossligini baholash matematik statistika usullarni qo’llashni talab etadi. Shuning uchun ham biz ushbu magistrlik dissertasiyasida mavzu sifatida statistik gipotezalarni tekshirish usullarini pedagogik tadqiqotlarda qo’llanishi mavzusini tanladik va bu muammoni qarab chiqish, unga doir nazariy va amaliy natijalarni o’rganish va bu usullardan amaliyotda foydalanish o’qitish jarayonining sifat jihatlar i ni oshirish uchun asos bo’lib hizmat qiladi. 2.Mavzuning dolzarbligi. Bu mavzuning dolzarbligi statistik gipotezalarni tekshirish optimal qarorlarni qabul qilishga, paydo bo’lalayotgan muammollarni eng kam yo’qotishlar bilan yechishga, o’z vaqtida turli pedagogik muammolar yechimlarini matematik jihat ishonchliligini baholash zarurligi bilan belgilanadi. Talabalarni gipotezalarni tekshirishning matematik mezonlari va ularning amaliy masalalarni yechishga bo’yicha ma’lumotlar bilan tanishtirish va bu ularni kelgusi faoliyatda –talabalarning matematik statistika usullarini ta’lim samaradorligini va yaratilgan metodikalar ishonchliligini baholash mezonlaridan foydalanishga imkon beradi. 3. Dissertasiyaning maqsadi va vazifdari Maqsad statistik gipotezalarni tekshirish usullarini pedagogik tadqiqotlarda qo’llanishi bo’yicha nazariy va amaliy ma’lumotlarni o’rganish va shu asosda statistik gipotezalarni tekshirish usullarini pedagogik tadqiqotlarda qo’llanishi usullariga doir tipik masalalar va ularni yechish metodikalarini ishlab chiqishdan iborat. 2
4.Ishning vazifalari. - statistik gipotezalarni tekshirish usullari va ularning tadbiqlari: s tatistik gipotezalar: asosiy tushunchalar, gipotezani tekshirish bosqichlari nazariy tahlil qilish; statistik gipotezalarni tekshirishga doir namunaviy masalalar va ularni yechish usullarini aniqlash; -statistik gipotezalarni tekshirish usullarining pedagogik tadqiqotlarda qo’llanilishi: pedagogik tadqiqotlarda ma’lumotni tahlil etishning tipik masalalari, ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va misollari, ustma-ust tushishlar va farqlarning ishonchliligini aniqlash uchun umumiy yondashuvlarni o’rganish; -matematik statistika usullari bilan pedagogik tadqiqotlar natijalarining ustma- ust tushishlari va farqlarining ishonchligini aniqlash usulllari: Kramer-Uilch usuli; Vilkokson-Mann-Uitni mezonini o’rganish va tadbiqlarini aniqlash; tartib shkalasida o’lchanilgan tajriba ma’lumotlari uchun ustma-ust tushishlar va farqlarning ishonchliligini aniqlash metodikasi ishlab chiqish, statistik mezonni tanlash algoritmini yaratish. 1. 5. Muammoning ishlab chiqilish darajasi . Ayvazyan S.A., Yenyukov I.S., Meshalkin L.D. [1],[2],[3], Artemyeva Ye.Yu., Mart ы nov Ye.M. [5], Grabar M.I., Krasnyanskaya K.A. [8], Glass D., Stenli D .[9], Itelson L.B. [10] , K ы veryalg A.A .[12], Novikov A.M. [16] , Pfansagl I . [25], Tyurin Yu.N., Makarov A.A. [32] va h.k. olimlar tomonidan o’rganilgan bu nazariya bo’yicha va ularning tadbiqlari nazariy va amaliy jihatdan ochib berilgan, lekin ularni o’zbek tilida va sistemali bayon qilinishi, gipotezalarni tekshirish usullarining pedagogik tadqiqotlarda qo’llanilishi usullari yetarlicha bayon etilmagan. 6. Tadqiqotning ilmiy yangiligi . Ishda birinchi marta o’zbek tilida statistik gipotezalarni tekshirish usullari va ularning tadbiqlari: s tatistik gipotezalar: asosiy tushunchalar, gipotezani tekshirish bosqichlari nazariy tahlil qilish; statistik gipotezalarni tekshirishga doir namunaviy masalalar va ularni yechish usullari;statistik gipotezalarni tekshirish usullarining pedagogik tadqiqotlarda qo’llanilishi: pedagogik tadqiqotlarda ma’lumotni tahlil etishning tipik masalalari, ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va misollari, ustma-ust tushishlar va farqlarning ishonchliligini aniqlash uchun umumiy yondashuvlar; matematik statistika usullari bilan pedagogik tadqiqotlar natijalarining ustma-ust tushishlari va 3
farqlarining ishonchligini aniqlash usulllari: Kramer-Uilch usuli; Vilkokson-Mann- Uitni mezonini o’rganish va tadbiqlarini aniqlash; tartib shkalasida o’lchanilgan tajriba ma’lumotlari uchun ustma-ust tushishlar va farqlarning ishonchliligini aniqlash metodikasi hamda statistik mezonni tanlash algoritmi kabi masalalar nazariy jihatda asoslab berilgan . 7. Tadqiqot predmeti . Gipotezalarni tekshirish usullarining pedagogik tadqiqotlarda qo’llanilishi usullari 8. Tadqiqot obyekti . Gipotezalarni tekshirish usullarining pedagogik tadqiqotlarda qo’llanilishi nazariy va amaliy jihatlarini o’rganishdan iborat. 9. Ilmiy va amaliy ahamiyati . Dissertasiya nazariy va amaliy xarakterga ega. Dissertasiyaning usul va natijalari Gipotezalarni tekshirish usullarining pedagogik tadqiqotlarda qo’llanilishi nazariy va amaliy jihatlarini o’rganishda va ularning yechishda qo’llaniladigan ba’zi klassik masalalarni umumlashtirish nazariyasiga ma’lum hissa qo’shadi. Dissertasiya natijalari gipotezalarni tekshirish usullarining pedagogik tadqiqotlarda qo’llanilishi nazariy va amaliy jihatlarini nazariyasi va matematika o’qitish metodikasida , xususan , matematik statistika metodlarining o’qitish metodikasi ishonchliligini aniqlash bo’yicha ilmiy tadqiqotlarda qo’llanilishga ega. 10 . Ishning tuzilishi. Ish kirish, 3 ta bob, 9 ta paragrafdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning hajmi 85 betdan iborat . 11 .Ishning qisqacha mazmuni . Ishda statistik gipotezalarni tekshirish usullari va ularning tadbiqlari: s tatistik gipotezalar: asosiy tushunchalar, gipotezani tekshirish bosqichlari nazariy tahlil qilish; statistik gipotezalarni tekshirishga doir namunaviy masalalar va ularni yechish usullari; statistik gipotezalarni tekshirish usullarining pedagogik tadqiqotlarda qo’llanilishi: pedagogik tadqiqotlarda ma’lumotni tahlil etishning tipik masalalari, ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va misollari, ustma-ust tushishlar va farqlarning ishonchliligini aniqlash uchun umumiy yondashuvlar; matematik statistika usullari bilan pedagogik tadqiqotlar natijalarining ustma-ust tushishlari va farqlarining ishonchligini aniqlash usulllari: Kramer-Uilch usuli; Vilkokson-Mann-Uitni mezonini o’rganish va tadbiqlarini aniqlash; tartib shkalasida o’lchanilgan tajriba ma’lumotlari uchun ustma-ust tushishlar va farqlarning ishonchliligini aniqlash metodikasi, statistik mezonni tanlash algoritmi kabi masalalar batafsil bayon qilingan. 4
1- BOB. STATISTIK GIPOTEZALARNI TEKShIRISh USULLARI VA ULARNING TADBIQLARI 1.1.Statistik gipotezalar: asosiy tushunchalar. Gipotezani tekshirish bosqichlari Statistik gipoteza - bu bosh tanlanmaning tekshirishdan o’tkazilishi kerak bo’lgan xosslari haqidagi biror faraz. Kuzatilayotgan hodisa tasodif elementi yoki ayrim faoliyat ta’sirining natijasi ekanligini tekshirish zarur bo’lganda statistik gipotezalar ilgari suriladi. Masalan, reklama kompaniyasidan keyingi o’rtacha savdo hajmi reklama kompaniyasi o’tkazilgandan keyingi o’rtacha sotishdan 5