Tarkibida alkaloid saqlovchi dorivor o’simliklar.


Mavzu: Tarkibida alkaloid saqlovchi dorivor o’simliklar. MUNDARIJ I.Kirish II.Asosiy qism 2.1 Isiriq 2.2 Isiriq foydali jihatlari 3.1Bangidevona , Tikanli olma 4.1Petrushka 4.2Maydanozning shifobaxsh va foydali xususiyatlari 4.3Urug'lar - dorivor xususiyatlari
2.1 ISIRIQ O'simlikning nomi. Oddiy isiriq (adraspan) — Peganum harmala L.; tuyatovondoshlar — Zygophyllaceae oilasiga kiradi. Ko'p yillik, bo'yi 20—60 sm ga yetadigan o't o'simlik. Ildizi yer ostida 2 m gacha joylashgan ko'p boshli o'qildiz. Poyasi bir nechta, sershox, tuksiz bo'ladi. Bargi oddiy, chuqur 4—5 bo'lakka ajralgan , kulrang- yashil, segmentlari o'tkir uchli, lansetsimon, uzunligi 1—3,5 sm. Poyaning pastki qismidagi barglari qisqa bandli , yuqoridagilari bandsiz, poyada ketma-ket joylashgan. Qo'shimcha bargi ikkitadan, lansetsimon shaklda. Gullari shoxlarining uchki qismida yakka-yakka va bargga nisbatan qarama-qarshi joylashgan. Gulkosachasi asos qismigacha 5 ga bo'lingan bo'lib, meva bilan birga qoladi. Tojbargi 5 ta, oq-sarg'ish, otaligi 15 ta, onalik tuguni uch xonali , yuqoriga joylashgan. Mevasi — sharsimon, uch chanoqli, ko'p urug'li, pishganda ochiladigan ko'sakcha. Urug'i mayda, uch qirrali , jigarrang yoki qo'ng'ir-kulrang, ustki tomonida mayda chuqurchalari bor. Isiriq may-iyun oylarida gullaydi, mevasi — avgustda yetiladi. Geografik tarqalishi. Issiq sharoitda, aholi yashaydigan yerlarda , cho'l va yarimcho'lda, begona o't sifatida ekinlar orasida hamda tog' yonbag'irlarida o'sadi. O'rta Osiyo, Qozog'iston, Kavkaz, Ukraina va Rossiyaning Yevropa qismining janubida uchraydi. Mahsulot tayyorlash. Isiriq yerustki qismi o'simlik gullagan vaqtida o'rib olinadi va soya yerda quritiladi. Quritilgan mahsulot (ba'zan quritilmagan holida ham) zavodlarga alkaloid olish uchun yuboriladi. Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot poyaning yuqori qismi, shoxlar, barg, gullar va qisman meva aralashmasidan tashkil topgan. Quritilmagan mahsulot o'ziga xos yoqimsiz hidga ega. Quritilgan mahsulot hidsiz, kulrang yoki biroz sarg'ish-yashil rangli va sho'rroq-achchiqroq mazali bo'ladi. Kimyoviy tarkibi. O'simlik ildizida 1,7—3,3%, poyasida 0,23— 3,57%, bargida 1,07-4,96%, gulida 2,82% vaurug'ida 2,33-6,60% gacha alkaloidlar bo'ladi. Alkaloidlar yig'indisidan garmalin, garmin
(banisterin), garmalol, peganin (vazitsin), dezoksipeganin va boshqa alkaloidlar ajratib olingan. Alkaloidlar yig'indisining 50—95% ini (urug'ida) garmalin, 67—74% ini (ildizida) garmin, 78% tini (yerustki qismida) peganin tashkil etadi. Urug'ida alkaloidlardan tashqari 14,23% yog' va qizil pigment uchraydi. Ishlatilishi. Isiriq xalq tabobatida qadimdan tutqanoq (quyonchiq) va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatib kelingan. Shamollash kasalliklari avj olgan paytlarda isiriq tutuni bilan bemor yotgan xonalarni dezinfeksiya qilingan. Ilmiy tibbiyotda isiriqning yerustki qismidan olingan dezok - sipeganin gidroxlorid preparati nevrit , miosteniya, miopatiya, yarimshollik va miyaning ba'zi kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bundan oldin ilmiy tibbiyotda isiriqdan ajratib olingan. O‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan barchamizning xonadonimizdan o‘rin olgan dorivor o‘simlik - isiriq necha asrlarki , insonlarni davolab kelmoqda. Isiriq asosan, cho‘l va yarim cho‘l hududlarida , tog‘ yonbag‘irlarida, so‘qmoq yo‘llarda, hattoki begona o‘t sifatida ekinlar orasida ham o‘sadi. Qadimgi yunon tabiblari Galen va Dioskorid asarlarida ham isiriqning shifobaxsh o‘simlik ekanligi qayd etilgan. Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» asarida isiriq bo‘g‘im og‘riqlariga surtilganda ijobiy samara berishini ta’kidlab o‘tgan. Abu Rayhon Beruniyning «Kitob as-Saydana fit- Tib» asarida esa , isiriqdan tayyorlangan qaynatma bezgakni da’volashda koni foyda ekanligi yozib o‘tilgan. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, tabiat qo‘ynida bo‘y cho‘zgan har qanday o‘simlik o‘zining foydali va zarar¬li hislatlariga ega. Ularning ana shu sirli xususiyatlarini o‘rganishimiz, o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanishi¬miz lozimdir.
Isiriqni tanimaydiganlar oramizda bo`lmasa kerak, albatta. Lekin uning tibbiy xususiyatlarini to`la biladaginalar kam topiladi. Aynan shuni hisobga olgan holatda Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati isiriqning tibbiy xususiyalarini yana bir bor eslatmoqda. O`simlikning bunday keng miqyosda ishlatilishiga sabab, uning tarkibida alkaloidlar, peganol, peganidin, garmin, garmalin, turli moylar, oshlovchi moddalarning mavjudligidir. Yuqoridagi moddalardan misol tariqasida oladigan bo`lsak, garmin asab tizimini tinchlantiradi, bosh miya yallig`lanish asorati – qaltirashni davolashda va uxlatuvchi modda (dori) sifatida ishlatilgan. Endi esa qanday holatlarda isiriqdan foydalangan holatda darddan forig` bo`lish mumkinligini birma-bir sanab o`tsak (Qancha sanasak ham sanog`iga etish qiyin)