TUPROQ BONITIROVKASINI O’TKAZISH BOSQICHLARI. SUG’ORILADIGAN YERLARNING BAZALI BONITIROVKA SHKALASI
MAVZU: TUPROQ BONITIROVKASINI O’TKAZISH BOSQICHLARI. SUG’ORILADIGAN YERLARNING BAZALI BONITIROVKA SHKALASI MUNDARIJA: I.KIRISH. II.ASOSIY QISM 1. Tuproqlarni bonitirovka qilishning ahamiyati 2. Tuproqlarni bonitirovkalashning tayyorlov kameral bosqichi 3. Tuproqlarni bonitirovkalashning ikkinchi bosqichi: dala ishlari 4. Kameral-analitik tahlil ishlari 5. Sug’oriladigan yerlarning bazali bonitirovka shkalasi 6. Bonitirovka koeffisentlari III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR V. ILOVA 1
KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevral kuni 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqlash bo‘yicha PF-4947-sonli Farmoni e’lon qilindi. Ushbu Harakatlar strategiyasining qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo‘limida tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarishshni kengaytirishga alohida ahamiyat qaratilgan. Shunungdek , sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni joriy etish masalalari asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Mamlakatimizda umumxalq mulki bo‘lgan Yerni muhofazalash va undan foydalanish Konstitutsion ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simliklar va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, ular davlat muhofazasidir”, - deb belgilab qo‘yilgan. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlarda Yer resusrlaridan oqilona foydalanish, sug’oriladigan yerlarning unumdorligini saqlash va oshirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda Yer resusrlaridan yanada samarali va oqilona foydalanishning huquqiy poydevori yaratilgan. Bunga misol qilib O‘zbekistan Respublikasining 1998 yilda qabul qilingan“Yer kodeksi”, “Davlat Yer kadastri to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, qonunlarni keltirish mumkin. O‘zbеkiston Rеspublikasi “Yer kodeksi” yerga bo‘lgan mulkchilik shaklining o‘zgarishi va yerdan foydalanuvchilar toifasining ortishi munosabati tuzatish va o‘zgartirishlar kiritilmoqda (O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy 2
Majlisining Axborotnomasi 2011 y., 1-2-son, 1-modda; 2014 y., 4-son, 45- modda, 36-son, 452-modda; 2015 y., 33-son, 439-modda). O‘zbеkiston Rеspublikasi Yer rеsurslari, gеodеziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2013 yil 30 oktabrdagi 21-sonli qarori asosida “tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi to‘risida”gi Nizomni tasdiqladi. Ushbu Nizomda tuproq bonitirovkasi ishlarini tashkil etish, tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish, tuproq bonitirovkasi ishlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, ma'lumotlarini taqdim etish kabi masalalar batafsil yoritilgan. 3
II.ASOSIY QISM. 1. Tuproqlarni bonitirovka qilishning ahamiyati Yerda hayotning paydo bo‘lganiga 2 mlrd. yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa, yerdagi o‘simliklar va tuproqning tarixi esa o‘z ichiga 0,5 mlrd. yil atrofidagi vaqtni qamrab oladi. Shuncha vaqtdan beri o‘simlik tomonidan, tuproq tomonidan ma’lum muvozanatga asosan kosmik energiya yutiladi, oqibatda tuproq gumusi va minerallarida to‘planib uning unumdorligini belgilaydi. Bu mexanizmda tuproq qoplami qatnashadi. Tuproq faol ishtirokchi tariqasida energiyani yutadi, to‘playdi va sarflaydi. Shunday qilib tuproq- ekologik tizim quruqlikda energiya tartibotini boshqarishda qatnashadi. Keyingi yuz yillikni ikkinchi yarmida tuproqqa, umuman tabiatga bo‘lgan texnogen ta’sir kuchayib ketdi. Bu ta’sir natijasida tuproq ko‘proq jabrlanmoqda. Inson tomonidan bo‘layotgan texnogen ta’sir natijasida dunyoning boshqa mamlakatlari kabi O‘zbekistonda ham tuproq uchun, insoniyat uchun xavfli bo‘lgan cho‘llanish, sho‘rlanish, kollektor-zovur suvlarini mineralizatsiyasi ortishi, zaharlanishi, tuproqlarni zichlanishi va boshqalar tuproqlarni unumdorlik darajasini kamayishiga, yo‘qolishiga, tuproqni kasallanishiga olib kelmoqda. Sug‘oriladigan yerlardan, uning holatini e’tiborga olmasdan haddan tashqari kuchli darajada foydalanish ularning sifatini pasayishiga hatto qishloq xo‘jalik aylanma harakatidan tushib qolishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonda oxirgi 15-20 yil ichida sho‘rlangan yerlar maydoni 0,8 mln. gektarga ortib ketdi. Qoraqolpog‘iston, Buxoro, Sirdaryoda sug‘oriladigan yerlarni 95 % gacha miqdori sho‘rlangan. Noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun sug‘oriladigan, unumdorligi yuqori bo‘lgan yerlarni ajratish davom etmoqda. Orol dengizni sathini keskin va jadal sur’atlarda pasayishi qator salbiy oqibatlarga: cho‘llanish jarayonini tezlashishiga, sho‘r yerlarni maydonini ortishiga va hokazolarlarga sabab bo‘lmoqda. Suv va shamol eroziyasi hamda ikkilamchi sho‘rlanish kabi jarayonlarni tuproq unumdorligiga ta’siri yildan yilga ortib bormoqda. Keyingi vaqtlarga kelib gumus va oziqa elementlarning miqdori keskin kamaygan yer maydonlarini xissasi ortishi jarayoni sezilib 4
turibdi. Dunyoda tuproqlarni va suvni ifloslanishi, o‘simlik va xayvonot dunyosining mahsulotlarini nitratlar, og‘ir metallar, agrokimyoviy moddalar bilan ifloslanishi ham xatarli tus olmoqda. Ayni bir vaqtda salbiy omillar alohida-alohida va birgalikda tuproqni sifat bahosiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqni bonitirovkalashda asosiy mezon tariqasida esa uning unumdorligi olinadi va ballarda ifodalanadi. Bu vazifani “tuproq bonitirovkasi” amalga oshiradi. Bonitirovka so‘zi lotincha bonitas - saxiylik, ya’ni tuproqlarni, ularni ishlab chiqarish qobiliyatiga ko‘ra nisbiy baholash demakdir. Yerlarni baholash uchun esa ularni ro‘yxatdan o‘tkazish zaruriyati ham tug‘iladi, bu ishga kadastrlash deyiladi. Kadastr so‘zi frantsuzcha - cadastre dan 4 olingan bo‘lib, ro‘yxatga olmoq demakdir. Tuproq bonitirovkasi Yer kadastrining tarkibiy qismi hisoblanadi. Tuproqni baholash - qishloq xo'jaligi texnologiyasi va dehqonchilik intensivligining taqqoslanadigan darajalarida unumdorlik nuqtai nazaridan tuproq sifatini qiyosiy baholash. U qishloq xo'jaligi ekinlarini etishtirish uchun tabiiy unumdorlikning asosiy omillari bo'yicha tuproqlarning nisbiy muvofiqligini belgilaydi, iqtisodiy baholanadigan tuproqlarning qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish guruhlarini taqsimlashni ta'minlaydi. Tuproqlarni baholashda ikkita baholash shkalasi tuzilishi kerak: birinchi shkala tuproq xossalariga, ikkinchi shkala ekinlar hosildorligiga yoki yem- xashak erlarining unumdorligiga asoslanadi. Tuproqni tasniflashda qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligi bilan bog'liq bo'lgan asosiy diagnostik xususiyatlarni diqqat bilan tanlash kerak. Agar siz to'g'ri diagnostika xususiyatlarini tanlasangiz, unda siz tuproq natijalarining ob'ektivligiga erishishingiz mumkin. Asosiy diagnostika xususiyatlariga quyidagilar kiradi: - gumus gorizontining qalinligi; - tuproqdagi chirindi miqdori; - tuproqdagi chirindi, kaliy va azotning yalpi zahiralari; 5