Velikan zotli quyonlarning gematologik ko`rsatkichlarining fasliy dinamikasini o`rganish
Velikan zotli quyonlarning gematologik ko`rsatkichlarining fasliy dinamikasini o`rganish M U N D A R I J A Kirish…………………………………………………………………………… 3 1.BOB. Adabiyotlar sharhi…………………………………………………….. 5 1.1.Quyonlarning kelib chiqishi va fiziologik xususiyatlari…………...…......... 5 1.2.Turli zotga mansub quyonlar qon tizimining fiziologik-biokimyoviy xususiyatlari……………………………………………………………………. 10 1.3.Quyonlar organizmining biologik va fiziologik xususiyatlari……...……… 18 2.BOB. Tadqiqot sharoitlari, ob`ekti va uslublari……………………………... 24 2.1. Tadqiqot sharoitlari ……………………………………………………….. 24 2.2.Tadqiqot ob`ekti …………………………………………………………… 24 2.3. Tadqiqot uslublari ........................................................................................ 24 2.3.1. Eritrotsitlarni sanash uslubi..................................................................... 25 2.3.2. Goryaev kamerasi (sanoq to’ri) da qon tarkibini o`rganish uslubi…….. 26 2.3.3. Tajriba natijalarini sarhisob qilish uslublari……………………………. 32 3-BOB.Tadqiqot ishining natijalari................................................................... 33 3.1. Eritrositlarning umumiy miqdorini va mavsumiy o`zgaruvchanligini aniqlash................................................................................................................. 33 3.2. Leykotsitlarning umumiy miqdorini va mavsumiy o`zgaruvchanligini aniqlash................................................................................................................ 43 3.2.1. Leykotsitlar va limfotsitlarni ajratish…………………………………… 43 3.2.2.Leykotsitlarning funksiyalari va ularning ahamiyati……………………. 45 3.3. Ona quyonlar qoni tarkibidagi leykotsitlarning umumiy miqdoriga va leykogrammaga turli oziqlantirishning ta`siri...........………………………….. 49 3.3.1.Oziqa rasionlarining to`la qimmatligiga bog`liq holda ona quyonlar spesifik immun tizimining funksional holati………………………..…………………. 52 Xulosalar………………………………………...……………………………. 56 1
Ishlab chiqarishga tavsiyalar……………......…………………………………. 57 Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati…..…………………………………………. 58 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Quyonchilik chorvachilikning tarmoqlari orasida eng sеrdaromad, kеlajagi porloq tarmoqlaridan biri bo'lib, yuqori sifatga ega bo`lgan parhеzbop go`sht va mo`yna mahsulotlari olish imkonini bеruvchi sohalardan biri hisoblanadi. Hayvonlarni parvarishlashning turli tiplarida ular organizmining fiziologik holati haqidagi to`liq ma'lumotga ega bo'lish ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega. Hozirda mamlakatimizda quyonlarni biologik xususiyatlarini o`rganish va ularni parvarishlash bo`yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi samarali tarzda tuzib chiqilgan. Kеyingi yillarda quyonlar organizmining immun tizimini kuchaytirishga yo`naltirilgan vositalarni topish va takomillashtirish bo`yicha bir talay tadqiqotlar olimlarimiz tomonidan olib borilmoqda. Tadqiqotning ob`ekti va predmeti. Tadqiqot ishining ob`ekti velikan zotli quyonlar bo`lib hisoblanadi. Tadqiqot ishining predmeti sifatida quyonlar qonidagi shaklli elementlar, ularni mavsumiy dinamikasini aniqlash uchun Goryaev sanoq to`ri, Sali gemometri va gematologik analizatordan foydalanildi. Tadqiqot ishining maqsadi va asosiy vazifalar i : Mazkur bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi yilning turli fasillarida velikan zotli quyonlar qoni tarkibidagi gematologik va ayrim biokimyoviy ko`rsatkichlarning fasliy denamikasini o`zgarishini o`rganishdan iborat bo`ldi. Bu muammoni hal qilish uchun quyidagi vazifalar qo`yildi: - mazkur mavzu bo`yicha tegishli adabiyotlar ma`lumotlarini to`plash; - eritrositlarning miqdoriy ko`rsatkichlarini fasliy dinamikasini o`rganish; - leykositlarning miqdoriy ko`rsatkichlarini fasliy dinamikasini o`rganish; - trombositlarning miqdoriy ko`rsatkichlarini fasliy dinamikasini o`rganish; 2
- turli fasillar ning harorat (C°) o’zgarishiga qarab quyonlar immun tizimini o`rganish; Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Mazkur bitiruv malakaviy ishida velikan zotli quyonlarni parvarishlash, mahsuldorligini oshirishda muhim omil sanaladigan ularning gematologik ko`rsatkichlari o‘rganildi va tahlil qilindi. Uning natijalari olingan ma’lumotlar bilan qiyoslanib yuz bergan o‘zgarishlar sababini ilmiy asosda tush i ntirishga harakat qilindi. Tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Olingan ma'lumotlar asosida quyonchilik xo`jaliklarida oziqlantirishning olinadigan gematologik ko`rsatkichlarga ta'siri haqida tavsiyalar bеriladi. Bundan tashqari, olingan ma'lumotlar ma'lum darajada «Quyonchilik» fanini nazariy bilimlar bilan boyitadi. Malakaviy bitiruv ishining strukturasi va hajmi. Bitiruv malakaviy ish 6 1 bеtda komipyutеrda chop qilingan hajmda bo'lib u kirish, adabiyotlar sharhi, tadqiqot ishining matеrial iva usullari, olingan ma'lumotlar tahlili, xulosa va adabiyotlar ro'yhatidan iborat. 3
1 BOB. Adabiyotlar sharhi 1.1.Quyonlarning kelib chiqishi va fiziologik xususiyatlari Velikan quyonlar kemiruvchilar turkumining eng yirik vakillaridan hisoblanadi. Velikan quyonlar o`rtacha vazni 5-6 kg bo`ladi, yiriklarining vazni 10 kg gacha yetishi mumkin. Quyonlarning oq va kulrang turlari ko`proq tarqalgan. Chunki ularni parvarish qilish va boqish oson hamda yaxshigina iqtisodiy foyda keltiradi. Katta jussali quyonlar 2 turga bo`linadi: 1. velikanlar — oq va kulrang velikan quyonlar kiradi; 2. gigantlar — bu turga sovet shinshillasi, beligiya flandri, kapalak, gigant angora, nemis qo`chqori zotlari kiradi. Oq va kulrang velikan quyonlari flandr zoti va yashovchan rus zotlari chatishishidan kelib chiqqan. Shuning uchun oq va kulrang quyonlarning ajralib turuvchi tomonlari quyidagilar: serpushtlik; tez ko'payish imkoniyati; tana vaznining tez oshishi (ulg`ayogan quyon vazni 4,5-6,5 kg gacha yetadi); yuqori yashovchanlik; noqulay sharoitlarga ko`nika olish qobiliyati. Oq va kulrang velikan quyonlarga donli mahsulotlar, sabzavotlar, pichanni o`z ichiga olgan turfa hil ozuqa ratsioni mos keladi. Ularning o`ziga xos jihati shundaki – ular boshqa zotlardan ko`ra kam suv iste`mol qiladi, suyuqlik yetishmasligini berilgan ozuqadan olishi kerak. Ulg`aygan quyonlarga ozuqa sifatida sabzavotlardan – kartoshka, qovoq; mevalardan – olma, nok; donli ekinlar, maysa, makkajo`xori poyasi va yana qotgan non berish mumkin. Gigant quyonlar velikanlardan ham kattaroq bo`lib yetiladi. Flandr zotiga mansub Ralif quyoni Ginnesning rekorlar kitobiga o`zining 19 kg vazni bilan eng og'ir quyon sifatida kirgan [1, 36]. 4
1.1-rasm. Flandr zoti Bu zot ko`proq go`shtlikka boqiladi, ammo terisining sifati pastligi bilan boshqa turlardan ajralib turadi. O`zining katta jussasi va mustahkam gavda tuzilishiga qaramay ular tashqi muhit o'zgarishiga chidamsizlar. Shuning uchun bunday turdagi quyonlar tez-tez infeksion kasalliklarga duchor bo`ladilar. Ularni issiq to`shamali to`liq polga ega kataklarda boqish tavsiya etiladi. Panjaralar bilan o`ralgan o`rada boqish mumkin emas [23, 35]. 1.2 - rasm. Sovet shinshillasi zoti 5