Xalqaro tashkilotlarning xalqaro munosabatlardagi o'rni
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 1 - KURS MAGISTRATURA TALABASI NAZAROV O’ROLNING “Yangi va eng yangi zamon davri halqaro munosabatlar tarixi ” FANIDAN YOZGAN KURS ISHI MAVZU; “ Xalqaro tashkilotlarning xalqaro munosabatlardagi o’rni ” Qabul qildi: Hamraqulova Sh_________ SAMARQAND - 2022
2 MUNDARIJA I. KIRISH II. ASOSIY QISM; 1) Xalqaro tashkilotlar tarixi 2) Eng yirik xalqaro tashkilotlar 3) Xalqaro tashkilotlarning xalqaro munosabatlardagi tutgan o’rni III. Xulosa IV. Foydalinilgan adabiyotlar ro’yxati
3 KIRISH Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha ijtimoiy islohotlarning nеgizida asosiy bosh g‟oya qilib yurt tinchligi va xalq farovonligi maqsad qilib olingan ekan, shubhasiz xalqaro maydondagi tajribalarni o‟rganish va t еgishli xulosalar chiqarish orqali bu maqsadlarga osonroq va jadallik bila n erishish mumkin. Xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalarining ustuvorligini tan olgan hamda unga og‟ishmay amal qilayotgan d еmokratik davlatlarning xalqaro huquqini o‟rganish orqali birinchidan milliy huquqni yanada rivojlantirish imkoniga ega bo‟ lsak, ikkinchidan ushbu davlatlarning mavjud ijtimoiy tuzumi haqidagi tasavvurlarimiz xalqaro va millatlararo do‟stlik rishtalarining mustahkamlanishiga asos soladi. Davlat va jamiyat hayotini erkinlashtirish, inson va fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlari m еxanizmini yaratish borasida jahondagi еtakchi davlatlardan andoza olishimiz bilan birga ming yillardan b еri shakllangan milliy urf -odat va an'analar, ajdodlarimizning boy m еrosini o‟zlashtirgan holda jamiyatimizni yanada d еmokratlashtirish im koniga ega bo‟lamiz. Shuning uchun ham ushbu kurs ishi r еspublikamiz xalqaro huquqini o‟zlashtirishga imkon b еribgina qolmay, shu huquq sohasini yanada rivojlanishiga o‟z hissasini qo‟sha oladi. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini o‟rganish avvalo musta qil O‟zbekistonimizning xalqaro hamjamiyatda tutgan o‟rnini belgilab beradi. Bugungi tahlikali bir zamonda Xalqaro tashkilotlar va ularning jahon hamjamiyatiga tasiri beqiyosdir . Xalqaro tashkilotlar va ularning asosiy turlari. Siyosiy va nosiyosiy, davlat va nodavlat xalqaro tashkilotlar va ularning xalqaro siyosatdagi o’rni va roli, shumimgdek jahonda ro’y berayotgan voqealar, nizolar, urushlar va iqt isodiy inqirozlarda xalqaro tash kilotlarning rolini chuqur tah lil qilish hozirgi zamon diplomatiyasining d olzarb masalalaridan biri desak mubolag’a bo’lmaydi
4 Xalqaro tashkilotlar tarixi XIX asrning yarmidan boshlab dunyo xaritasida birinchi nosiyosiy xalqaro tashkilotlar tuzilgan. Masalan, 1865 yili Xalqaro telegraf ittifoqi, 1874 yili Xalqaro pochta ittifoqi, 1865 yili Yer o’lchash xalqaro ittifoqi, 1890 yili Bojxona tariflarini nashr qilish xalqaro ittifoqi tuzilgan. Birinchi universal siyosiy xalqaro tashkilot - Millatlar Ligasi - 1919 yilda tuzilgan. Uning Statuti Parij tinchlik konf erensiyasida qabul qilingan bo’lib, Versal shartnomasining tarkibiy qismi bo’lgan. Millatlar Ligasi o„z faoliyatini amalda 1940 yilda, rasman 1946 yilda tugatgan. 1939 yilda dunyoda 48 ta hukumatlararo xalqaro tashkilot bo’lgan. Xalqaro tashkilotlar tarraq iyotining tarixida burilish nuqtasi 1945 yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro tashkilotlarning soni juda tez o’sgan va yangidan -yangi xalqaro tashkilotlar paydo bo’lgan. 1 Xalqaro tashkilotlar — mustaqil davlatlarning birlashmalari bo‗lib, ular xalqaro shartnomalar va nizomlar asosida ma‘lum maqsadlarda barpo etiladi hamda doimiy harakatlanuvchi organlarga ega bo‗ladi, shuningdek, xalqaro huquq asosida ta‘sis etilgan bo‗lib, xalqaro huquqiy sub‘ ektlarga ega bo‗ladi. Xalqaro tashkilotlarning turkumlari quyidagi xususiyatlarga ko‗ra o‗tkazilishi mumkin: ularning faoliyat ko‗rsatish doirasi va faoliyatlar mavzusi bo‗yicha. Xalqaro tashkiltolarning quyidagi turlarini ajratish mumkin: 1. Davlatlararo hammabop tashkilotlar bo‗lib. Ularning maqsad va faoliyat mavzusi dunyoning barcha davlatlarida qiziqish uyg‗otadi. BMT (asosiy organlar: Bosh Assambleya, Xavfsizlik kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy Kengash (EKOSOS), Xalqaro sud va kotibiyat) quyidagi asosi y maqsadlarni ko‗zlaydi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‗llab -quvvatlash va ushbu maqsadlarda jamoatchilik tomonidan tinchlikka xavf soluvchi tajovuzlarni samarali bartaraf etish hamda tajovuzkorlikka qarshi choralar ko‗rish, adolat va xalqaro xuquq t amoyili asosida xalqaro kelishmovchilikka olib keluvchi vaziyatlarni bartaraf etish, tinchitish, ularning tinchlikka xavf solishini oldini olish; teng xuquqli va xalqlarning o‗z taqdirlarini o‗zlari hal etish tamoyillarini hurmat qilgan holda millatlar o‗ rtasidagi do‗stona munosabatlarni rivojlantirish; ushbu umumiy maqsadlarga erishish yuzasidan harakatlarning kelishilgan markaziga aylanish; b) BMT ning ixtisoslashgan muassasalari — mustaqil xalqaro tashkilotlardir. Xalqaro valyuta -kredit munosabatlariga bevosita va bilvosita quyidagilar kiradilar: Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va rivojlanish banki, Xalqaro moliyaviy uyushma (XMU) va Xalqaro rivojlanish uyushmasi. 2. Mintaqaviy davlatlararo tashkilotlar. Bunday tashkilotlar jug‗rofiy mintaqadag i davlatlar tomonidan barcha masalalar yuzasidan barpo etiladi. 3. Xalqaro 1 http:www.hro.org
5 hukumatlardan tashqari tashkilotlar. Bu tashkilotlar xalqaro hukumatlarning sub‘ektlari hisoblanmaydi, biroq bunday tashkilotlar o‗z faoliyatini milliy, mintaqaviy va xalqaro tizimd agi davlatlararo miqyosda yuritadi va yuridik shaxs nufuziga ega bo‗ladi. Hozirgi kunda jahon siyosatida xalqaro tashkilotlarning rolini bir vaqtlardagidek kuchsiz deb baholab bo‗lmaydi. Bugunda ular jahon siyosat maydonida mustaqil sub‘ektlar sifatida nam oyon bo‗lmoqdalar. Shubhasiz, xalqaro tashkilotlar geosiyosiy va mintaqaviy jarayonlarda yanada katta o‗ringa ega bo‗lib bormoqdalar. Ular haqli ravishda xalqaro munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisi hisoblanadi. Birinchi xalqaro tashkilotlar XIX asr ning boshlari va o‗rtalarida paydo bo‗ldi: Reynda kemachilik bo‗yicha Markaziy komissiya (1815 y.), Xalqaro telegraf ittifoqi (1865 y.) va Umumiy pochta ittifoqi (1874). Birinchi xalqaro tashkilotlar iqtisodiyot, transport, madaniyat, davlatlarning ijtimoi y manfaatlari sohasida tuzilgan bo‗lib, ular o‗z maqsadlariga ko‗ra siyosatdan tashqari sohada birgalikdagi transchegaraviy hamkorlikka yo‗naltirilgan edi. O‗sha paytlarda xalqaro tashkilotlar faqatgina yuqorida sanalgan hamkorlik turlari uchun asos bo‗lib xizmat qilgan. XX asrning boshlariga kelib, bu chog‗da xalqaro hamkorlik jarayonlarining jadallashishi sabab bunday tashkilotlar soni o‗sdi. Bu hol, o‗z navbatida, bunday tashkilotlarning yana ham tez rivojlanishi uchun zamin hozirladi. Hukumatlararo biti m (kelishuv)lar asosida tasdiqlanmagan har qanday xalqaro tashkilot xalqaro nohukumat tashkilot hisoblanadi. Bunday tashkilotlar eng kamida bitta davlat tomonidan e‘tirof qilingan bo‗lishi, ammo kamida ikki davlatda o‗z faoliyatini amalga oshirishi lozim. Bu kabi tashkilotlar ta‘sis hujjatlari asosida tashkil qilinmoqda va hozirgi paytda dunyoda ularning soni 8000 ming atrofidadir. Birinchi jahon urushidan keyin siyosiy tusdagi Millatlar ligasi, Xalqaro mehnat tashkiloti singari tuzilmalar tashkil etila boshlagan bo‗lsa, Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi hamkorli gi va yalpi xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida ta‘sis etilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi siyosiy tashkilot paydo bo‗ldi. Ushbu tashkilot tarkibiga kiruvchi ixtisoslashtirilgan organ va institutlar rivojlanishi barobarida turli sohalarda davlatlara ro hamkorlikni kengaytirishga yo‗naltirilgan mintaqalararo va mintaqaviy hukumatlararo tashkilotlar tuzila boshladi. Dunyoning 24 ta rivojlangan mamlakatini birlashtirgan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (1960), Evropa Kengashi (1949), Evropa k o‗mir va po‗lat birlashmasi (1951), Evropa iqtisodiy hamjamiyati (Umumiy bozor, 1957), atom energiyasi bo‗yicha Evropa hamjamiyati (Evratom, 1957), Evropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EAST, 1960), Arab davlatlari ligasi (1945), Amerika davlatlari tashkilot i (1948), Afrika birligi tashkiloti (1963) va boshqalar shular jumlasidandir. 1945 yildan e‘tiboran bunday tashkilotlar soni ikki baravarga oshdi. Masalan, 1970 yillar boshiga kelib ularning soni 220 ta bo‗lsa 1970 yillar o‗rtalarida 260 taga etdi, hozirgi vaqtda esa ular 400 dan ortiqdir.