logo

Arab yozuvidagi turkey yozma meros

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

27.18359375 KB
Mavzu:Arab yozuvidagi turkey yozma meros
REJA:
1.Arab tilidagi manbalar.
2. Arab yozuvidagi forsiy manbalar.
3. Arab yozuvidagi turkiy manbalar.
4. Sharq qo’lyozmalari xazinalari. 1. Arab tilidagi manbalar dastlab og’zaki ijod asosida vujudga kelgan va ular
islomdan ilgarigi zamonlarga boradi. Arab tilidagi manbalar boshqa tillardan
arab   tiliga   tarjima   qilish   asosida   rivojlangan.   Arab   tilidagi   manbalar   ilk
islom   davri   ijtimoiy   fikr   va   adabiy   ijod   asosida   vujudga   kelgan.   VII-VIII
asrlardagi   siyosiy   o’zgarishlar   (arab   davlatchiligi),   ijtimoiy
munosabatlardagi   o’zgarishlar,   turli   element   (madaniyat)lar   integratsiyasi
(til,   madaniyat,   diniy   aloqalar   qorishuvi)   tufayli   arab   tili   katta   hududda
asosiy   vositaga   aylandi.   Shu   asosda   arab   tilida   yozilgan   asarlar   soni   ortib
bordi. Qur’on nusxalari. Qur’on tafsirlari. Hadislar (dastlab og’zaki: 1 matn,
2   isnod).   Muhammad   payg’ambar,   xalifalar   hayotiga   oid   asarlar.   Mazkur
manbalar   asosida   musulmon   qonunchiligi   yaratiladi.   O’rta   asr   arab
yozuvining   katta   qismini   tarixnavislik   tashkil   etadi,   u:   Qur’oniy   bilimlar
qorishuvi   asosida   rivojlangan.   Kundalik   bilimlar   qorishuvi   asosida
rivojlangan. VIII asrda Abbosiylar davrida katta o’zgarishlar bo’ldi, fanning
turli   sohalari   rivojlandi:   -filologiya   -   lug’atlar   -   tarjima   (alximiya,
astrologiya,   astronomiya,   matematika,   geografiya)   -filosofiya   (logika)   -
meditsina - botanika - mineralogiya - geografiya - tajvid. 22 Tarixiy asarlar.
Arab   tarixnavisligi   VIII   asr   oxiridan   XI   asr   boshlarigacha   o’z   davri   nuqtai
nazaridan   yuksak   rivojlandi.   Shu   yillarda   ko’plab   tarixiy   asarlar   yaratildi:
Muhammad   payg’ambar   hayoti   bilan   bog’liq   tarixiy   kechinmalar   bayoni;
Muhammad  payg’ambardan  keyin  o’tgan  xalifalar,  uning  sahobalari   hayoti
bilan bog’liq tarixlar; turli rivoyatlar majmualari; alohida tarixiy voqyealar,
janglar   tarixini   ifodalovchi   asarlar   (Abu   Mixnof,   Ibn   Is’hoq,   Ibn   Sa’d,   al-
Madoiniy   va   b.)   IX   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   tarixiy   voqelik
ma’lum   tizimga   solingan   tarixiy   asarlar   yaratildi   (al-Balazuriy,   ad-
Dinavariy,   al-Ya’qubiy   va   b.).   Muhammad   Jarir   at-Tabariyning   “Tarix   ar-
rusul   va-l-muluk”   («Payg’ambarlar   va   podshohlar   tarixi»)   asarini   arab
tarixnavisligi   ilk   bosqichining   xulosasi   bo’ldi,   deyish   mumkin.   Mazkur
an’ana,   keyingi   asrlarda   davom   etdi.   Al-Mas’udiyning   «Muruj   azzahab»,
Abu   Rayxon   Beruniyning   «Osor   al-boqiya»   («O’tmish   xalqlardan   qolgan yodgorliklar»)   va   «Hindiston»   asarlari   va   boshqalar   ana   shular
jumlasidandir.   Arab   tilida   fanlar   tasnifiga   (klassifikatsiya)   oid   asarlar   ham
yozilgan:   Ibn   Farigun   «Javomi   al   -ulum»   Ibn   an-Nadim   «Kitob   al-fihrist»,
Abu   Abdulloh   al-Xorazmiy   «Mafotih   al-ulum»   («Ilmlar   kaliti»).   Ma’lum
bo’ladiki,   dastlabki   uch   yuz   yil   davomida   arab   tilidagi   manbalar   o’z
rivojlanish   bosqichida   mavzularga   bo’linish   nuqtai   nazaridan
takomillashadi.   Kitoblar   yozish   an’anasi   shakllanadi   va   rivojlanadi.   Bu
an’ana   Arabiston   shaharlari   (Madina,   Basra,   Kufa,   Damashq)   doirasidan
tashqariga   chiqib,   butun   xalifalik   hududiga   yoyildi   (Nishopur,   Marv,
Buxoro,   Samarqand,   Hirot,   G’azna,   Sheroz,   Hamadon,   Isfaxon   va   h.k.)
Shuningdek   Mavsil,   Vosit,   Hims,   Halab,   Quddus,   Qohira,   Qayruvon,   Fos,
Kordova,   Sevilya,   Toledo   kabi   shaharlar   ham   xalifalik   doirasidagi   yirik
madaniy markazlarga aylandi. Katta hududda yagona davlat tashkil topishi,
ilm   -   fanga   e’tibor   ortishi,   arab   tili   keng   hududda   umumiy   ilmiy   muomala
tiliga aylanishi, Sharq va G’arb ilm-fani qorishuvi arab tilida ko’plab asarlar
yaratilishiga asosiy omil bo’ldi va bu an’ana keyinchalik, Arab xalifaligidan
chiqib,   mustaqil   davlatlar   tashkil   topganda   ham   davom   etdi.   X   asr   oxiriga
kelib   arab   adabiy   tili   shevalardan   uzilib,   mustaqil   adabiy   ilmiy   til   bo’lib
qoldi va ana shu (o’ziga xos o’lik tilda) tilda ilmiy asarlar yaratish an’anasi
olimlar   doirasida   saqlanib   turdi.   Ayniqsa   Qur’oniy   bilimlar   (qiroat,   tajvid,
tafsir;   hadislar,   hadislarga   sharhlar;   fiqhga   oid   ko’plab   asarlar)   musulmon
mamlakatlarda   rivojlanishda   davom   etdi.   Madrasalarda   fiqhga   oid   darslar
asosiy   o’rinda   turardi.   Shuningdek   islom   nazariyasi,   kalom   ilmi,   tasavvuf,
mantiqqa oid asarlarning katta qismi arab tilida yozilgan. Arab tilida asarlar
yozish   tarix   sohasida   ham   davom   etgan.   Ilk   o’rta   asrlar   tarixiga   oid   arab
tilidagi   manbalarni   shartli   ravishda   ikki   guruhga   bo’lish   mumkin.   Birinchi
guruhga sayyohlar va jug’rofiyun olimlarning asarlari; ikkinchi guruhga esa
tarixiy   asarlar   kiradi.   IX   asr   arab   jug’rofiyun   olimi   al-Ya’qubiy   o’zining
“Kitob   al-buldon”   (“Mamlakatlar   haqida   kitob”)   asarida   Eron,
Movarounnahr,   Xuroson   va   Seyistonda   hukmronlik   qilgan   podshohlar haqida   ma’lumotlar   beradi.   Ilk   o’rta   asrlarda   yurtimizga   tashrif   buyurgan
sayyohlarning   asarlari   ayniqsa   muhim   ahamiyatga   egadir.   Masalan,   Ibn
Fadlan   (X   asr)   “Risola»   nomli   asarida   o’z   sayohatlari   davomida   yaqindan
tanishgan   mamlakatlar   va   ularning   xalqlari   haqida   qiziqarli   ma’lumotlar
yozib   qoldirgan.   Shu   jumladan,   O’rta   Osiyo   xalqlari,   xazarlar   haqida
e’tiborga   loyiq   axborotlar   bergan.   Ibn   al-Faqih   (X   asr)   “Kitob   axbor   al-
buldon”   (“Mamlakatlar   haqida   axborot   kitobi”)   nomli   asarida   Balx,
Samarqand singari shaharlar haqida ma’lumotlar beradi. Ibn Xurdodbehning
(IX-X   asrlar)   “Kitob   masolik   ul-mamolik”   (“Mamlakatlarga   eltuvchi
yo’llar”)   asarida   so’g’d   shaharlari   Samarqand,   Kushoniya   (Samarqand
atrofida   joylashgan   shahar),  Usrushona,   Shahriston,   qadimgi   Shosh,   Isfijob
(Sayram)   haqida,   ularga   olib   boradigan   yo’llar   to’g’risida,   Movarounnahr
shaharlaridagi   pul   muomalasi,   bu   yerda   istiqomat   qilgan   turkiy   qabilalar
xususida qimmatli malumotlar keltirilgan. Eron jug’rofiyun olimi va sayyohi
al-Istaxriy   (IX-X   asrlar)   “Kitob   masolik   ul-mamolik”   nomli   asarida
musulmon   mamlakatlari,   shu   jumladan,   O’rta   Osiyoning   23   chegaralari,
iqlimi,   ma’muriy   bo’linishi,   shaharlari,   aholisi   va   uning   mashg’ulotlari,
mashhur   kishilari,   savdo-sotiqning   ahvoli   va   boshqa   masalalarni   bayon
etadi.   Ibn   Xavqal   esa   (X   asr)   Movarounnahrni   har   tomonlama   tavsiflab,
o’zining   “Kitob   surat   al-arz”   (“yerning   surati   haqidagi   kitob”)   asarida   bu
o’lkaning   xaritasini   ilova   qiladi.   Xaritada   Jayxun   daryosi,   Buxoro,
Samarqand,   Shosh,   Isfijob   singari   shaharlar,   Usrushona   va   Xorazm
viloyatlari   tasviri   tushirilgan.   Yuqorida   nomi   tilga   olingan   al-Ya’qubiy
nafaqat   jug’rofiya,   balki   tarix   ilmi   sohasida   ham   qalam   tebratgan   olim
hisoblanadi.   Uning   “Tarix”   asari   Sharq   mamlakatlari,   shu   jumladan   O’rta
Osiyoning   VII-IX   asarlardagi   tarixi   bo’yicha   muhim   manbalardan   biridir.
Yirik   arab   tarixchisi   Madoiniy   (VII-IX   asarlar)   ning   “Kitob   al-mag’oziy”
(“Urushlar haqida kitob”) hamda Xuroson hokimlari Asad ibn Abdulloh va
Nasr   ibn   Sayyorga   bag’ishlangan   asarlari   arablar   istilosi   va   VIII   asrning
birinchi   yarmidagi   siyosiy   tarix   bo’yicha   muhim   manbalardan   hisoblanadi. Madoiniyning   mazkur   asarlari   bizgacha   yetib   kelmagan,   lekin   ayrim
parchalari Balazuriy va Tabariy kitoblarida saqlanib qolgan. IX asrda yashab
o’tgan eronlik yirik tarixchi va jug’rofiyun olim Balazuriyning “Kitob futuh
al-buldon” (“Mamlakatlarni bosib olinishi haqida kitob”) asari arab istilolari
tarixi bo’yicha eng yaxshi manbalardan hisoblanadi. Balazuriy “Kitob ansob
al-sharif” (“Sharafli  kishilar  nasablari  haqidagi kitob”)  nomli  asarning ham
muallifidir. Yirik qomusiy  olim  Tabariy asli  eronlik bo’lib, ilohiyot, hadis,
tavsir va tarix sohasida o’ndan ortiq asar yozgan. Biz uchun uning “Tarix ar-
rusul   va-l-muluk”   (“Payg’ambarlar   va   podshohlar   tarixi”)   asari   muhimdir.
Bu   asar   umumiy   tarix   shaklida   yozilgan   bo’lib,   mukammalligi   va   faktik
materiallarga   boyligi   bilan   ajralib   turadi.   Asarda   “olamning   yaratilishi”dan
to 912- yilga qadar Sharq mamlakatlari, shu jumladan, O’rta Osiyoda bo’lib
o’tgan   ijtimoiy-siyosiy   voqyealar   haqida   hikoya   qilinadi.   Arab   manbalari
yurtimizning   ilk   o’rta   asrlar   tarixini   o’zida   nisbatan   to’liqroq   aks   ettirgan
muhim manbalar hisoblanadi. Ulardan tanqidiy foydalanish bu davr tarixini
o’rganish   uchun   muhimdir.   Rivojlangan   o’rta   asrlarda   O’rta   Osiyoda   sodir
bo’lgan   ijtimoiy-   siyosiy   voqyealar   arab   va   fors-tojik   tilida   bitilgan   juda
ko’p tarixiy manbalarda o’z aksini topgan. X-XV asrlarda O’rta Osiyoga bir
necha   ajnabiy,   asosan   arab   sayyohlari   tashrif   buyurib,   bu   yerda
ko’rgankechirganlarini   o’z   asarlarida   yozib   qoldirganlar.   Bu   sayyohlar
qatoriga   Abu   Dulaf,   alMuqaddasiy,   al-Idrisiy,   Yoqut   Xamaviy   va   Ibn
Battuta singari arab olimlarini kiritish mumkin. Abu Dulaf (X asr) asarlarida
o’lkamizning   tarixiy   jug’rofiyasini   o’rganish   uchun   muhim   bo’lgan
ma’lumotlar   mavjud.   Abu   Dulaf   qator   Sharq   mamlakatlari,   shu   jumladan
Movarounnahrga   safar   qilib,   ma’lum   muddat   davomida   bu   yerdagi
hukmdorlar saroyida xizmat qilgan. Safarlari chog’ida yig’gan ma’lumotlari
asosida   u   “Risolat   ul-avval”   (“Birinchi   risola”)   va   “Risolat   ul-uxro”
(“Ikkinchi   risola”)   nomli   asarlar   yaratadi.   Abu   Dulafning   har   ikkala   asari
qo’lyozmasi   1923-   yilda   Mashhad   kutubxonalarining   biridan   topilgan.
Mazkur qo’lyozmani atroflicha tahlil etgan I. Yu. Krachkovskiy Abu Dulaf asarlarida keltirilgan fakt va dalillar ob’ektiv ekanligini ta’kidlaydi. X asrda
yashab o’tgan yana bir arab geograf olimi al-Muqaddasiy 947- yilda Quddus
shahrida   tug’ilib,   1000-   yilda   vafot   etgan.   Al-Muqaddasiy   sayohatlari
vaqtida   va   boshqa   manbalardan   olingan   materiallar   asosida   “Ahsan   at-
taqosim   fi   ma’rifat   al-aqolim”   (“Iqlimlarni   o’rganish   uchun   eng   yaxshi
qo’llanma”)   nomli   asar   yozgan.   Mazkur   asarning   ikkinchi   qismida   Ajam
mamlakatlari,   shu   jumladan   Xuroson,   Movarounnahr   va   Seyistonning
jug’rofiy   holati,   mashhur   shaharlari,   osori-atiqalari,   aholisi   va   uning
mashg’ulotlari,   diniy   e’tiqodi   hamda   urfodatlari,   viloyatlarning   ma’muriy
tuzilishi   va   mashhur   kishilari   to’g’risida   ma’lumot   beriladi.   O’lkamizning
XII   asrdagi   tarixiy   geografiyasiga   doir   ma’lumotlar   al-Idrisiyning   “Nuzxat
al-mushtoq”   (asarning   to’liq   nomi   “Nuzhat   al-mushtoq   fi   xtiran   ul-ofoq”,
ya’ni   “Jahon   bo’ylab   kezib   holdan   toygan   kishining   ovunchog’i”,   ayrim
hollarda   mazkur  asar   Sitsiliya   qiroli  Rojerga  bag’ishlangani   sababli  “Kitob
al-Rujoriy”   deb   ham   ataladi)   va   Yoqut   Xamaviyning   “Muhjam   ulbuldon”
(“Mamlakatlar   ro’yxati”)   nomli   asarlarida   ham   uchraydi.   24   Arab   tilidagi
tarixiy-jug’rofiy asarlarning eng so’nggisi XIV asrda ibn Battuta tomonidan
yozilgan   “Tuxfat   an-nuzzar   fat   g’aroyib   al-ajar   va   ajoyib   al-afsor”   nomli
kitobdir. Muallif  mo’g’ullar  hukmronligi  davrida yurtimizga safar  qilib, bu
yerdagi ijtimoiy-siyosiy ahvol haqidagi o’z kuzatuvlarini bayon qilgan. Ibn
Battuta mo’g’ullar hujumidan bir asr keyin ham vayron bo’lib yotgan shahar
va   qishloqlar   haqida   ma’lumot   beradi.   Bu   davr   tarixini   o’rganishda   arab
tilida bitilgan tarixiy asarlarning ahamiyati g’oyat muhimdir. Ayniqsa Utbiy,
Abu Rayhon Beruniy, Ibn al-Asir, Shihobuddin Muhammad Nasaviylarning
qalamiga   mansub   asarlar   dikqatga   sazovordir.   Abu   Nasr   Muhammad   ibn
Abduljabbor   Utbiy   asli   Ray   shahridan   bo’lib,   badavlat   va   zodagon   oilaga
mansub   edi.   Utbiy   o’z   hayoti   davomida   Somoniylar,   Ziyoriylar   va
G’aznaviylar saroyida xizmat qilgan. Bizgacha Utbiyning “Tarixi Yaminiy”
asari   yetib   kelgan.   Bu   asarda   muallif   Sabuqtegin   va   Sulton   Ma’sudlar
zamonida   G’aznaviylar   davlatida   ro’y   bergan   siyosiy   voqyealarni   bayon etadi. Asarda xukmron doiralar manfaatlarini himoya qiladi, ayrim hollarda
muallif   mehnatkash   xalq   ommasining   og’ir   ahvoliga   ham   nazar   tashlaydi.
Asarning   arabcha   matni   va   forsiy   tarjimalari   bir   necha   marotaba   nashr
qilingan.   Buyuk   qomusiy   olim   Abu   Rayhon   Beruniy   tarix   faniga   oid   bir
necha   asarlar   yozib   qoldirgan.   Bulardan   biri   “Osor   ul-boqiya   al-xurun   al-
xoliya»   (“Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar”)   bo’lib,   bu   asarni   u
1000-   yilda   Jurjonda   shu   shahar   hukmdori   Qobus   ibn   Vushmagir   Ziyoriy
saroyida xizmatda bo’lgan chog’ida yozadi. “Osor ul-boqiya” asari shu bilan
ham   qimmatliki,  unda   oldingi   davrlarda  yaratilgan   va  keyinchalik   yo’qolib
ketgan ko’pgina manbalardan foydalanilgan. Beruniy o’z asarida folklor va
etnografiyaga   doir   qiziqarli   ma’lumotlar   keltiradi.   Biz   uchun   kitobda
keltirilgan   Iskandar   Zulqarnayn,   Moniy,   Zardusht,   Muqanna   kabi   tarixiy
shaxslar hayotiga doir ma’lumotlar qimmatlidir. Beruniyning bizgacha yetib
kelmagan “Tarixi Xorazm” nomli asarida Xorazmning G’aznaviylar davlati
tarkibidagi   tarixi   (1017-1043-   yy.)   bayon   etiladi.   Bu   asarning   ayrim
parchalari   Bayhaqiy   va   Xamaviy   asarlarida   saqlanib   qolgan.   Yirik   arab
tarixchisi   Ibn   al-Asir   (1160-1234-   yy.)   bir   necha   tarixiy   asarlar   yozib
qoldirgan. Biz uchun uning “Al komil fi-t-tarix” (“Mukammal tarix”) nomli
12 jildlik asari muhimdir. Asarning 1-6-jildlari kompilyasiya bo’lib, muallif
Tabariy,   ibn   Miskavayx,   as-Sulamiy   va   boshqalarning   asarlaridan   keng
foydalangan.   Asarning   7-12-jildlari   mustaqil   ahamiyatga   ega   bo’lib,   924-
1231-   yillar   orasida   Sharq   mamlakatlari,   jumladan   O’rta   Osiyoda   bo’lib
o’tgan   voqyealarni   o’z   ichiga   oladi.   Bu   qism   asosan   qo’lyozma   manbalar,
shuningdek,   tarixni   yaxshi   bilgan   kishilar   bergan   axborotlar   hamda
muallifning   shaxsiy   kuzatishlari   bilan   to’plangan   faktik   materiallar   asosida
yozilgan.   Asarning   mo’g’ullar   istilosiga   bag’ishlangan   12-jildi   alohida
qimmatga   egadir.   Ibn   al-Asirning   “Al   komil   fi-t-tarix”   asari   Xivada
Muhammad Rahimxon II hukmronligi davrida o’zbek tiliga tarjima qilingan.
XIII asrning ko’zga ko’ringan tarixchilaridan biri Shihobuddin Muhammad
Nasaviy   shaxsan   mo’g’ullarga   qarshi   janglarda   ishtirok   etgan   edi.   1224- 1231 yillarda Nasaviy sulton Jaloliddin Manguberdining xizmatida bo’ldi va
1241- yilda o’zining “Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi” nomli asarini
yozib   qoldirdi.   Asar   muqaddima   va   108   bobdan   iborat.   Asarning   I-IV
boblarida   Mo’g’ullar   davlatining   tarixi   bayon   etiladi.   5-22-   boblari
xorazmshoh Alouddin Muhammadning hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan.
XXIII   bobdan   boshlab   kitobning   to   oxirigacha   mo’g’ul   istilosi   va
xorazmshoh Alouddin Muhammadning o’z yurtini sharmandalarcha tashlab
qochishi,   sulton   Jaloliddinning   hayoti   va   uning   mo’g’ul   istilochilari   bilan
olib borgan kurashi, uning Ozarbayjon hamda Iroqdagi faoliyati va nihoyat,
1224-1231   yillar   voqealarini   o’z   ichiga   olgan   boblari   original   ahamiyatga
ega.   Chunki   bayon   qilingan   voqyealarning   ko’pchiligida   muallif   shaxsan
ishtirok etgan. Nasaviyning mazkur asari o’zbek tiliga o’girilib, 2000- yilda
alohida kitob sifatida nashr qilindi. O’rta Osiyoning XV asrdagi madaniy va
ma’naviy   hayotini   o’rganishda   as-Saolibiy,   Mahmud   Qoshg’ariy,   as-
Sam’oniy,   Najmiddin   Umar   an-Nasafiylarning   qalamiga   mansub
nasabnomalar   va   tilshunoslikka   oid   asarlari   muhimdir.   25   O’z   davrining
yirik  olimi   va  shoiri   bo’lgan  Abu  Mansur   as-Saolibiy (961-1038 yy.)  Eron
va   O’rta   Osiyoning   talaygina   shaharlarida   bo’lgan   va   ularning   madaniy
hamda ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan yaqindan tanishgan. O’rta Osiyoning X-
XI   asrlardagi   tarixi   va   madaniy   hayotini   o’rganishda   as-Saolibiyning
“Yatimat   ad-daxr”   (“Zamona   durdonalari”)   va   “Kitob   al-g’urar”   asarlari
alohida   ahamiyatga   ega.   “Yatimat   ad-daxr”   O’rta   Osiyo,   xususan   Marv   va
Buxoroning   X   asrdagi   adabiy   hayotini   o’rganishda   asosiy   manbalardan
hisoblanadi.   XI   asrning   yirik   tilshunos   olimlaridan   biri   Mahmud
Koshg’ariydir.   Uning   “Devonu   lug’at   at-turk”   asari   1073-1077   yillarda
muallifning   turk   qabilalari   va   urug’lari   orasida   yurib   to’plagan   materiallari
asosida   yozilgan.   “Devonu   lug’at   at-turk”   turkigo’y   qabilalarning   tili,
shevasi,   shuningdek   ularning   etnik   tarkibini   o’rganishda   muhim   manba
hisoblanadi. “Lug’at”ning tarix fani uchun ahamiyati shundaki, unda turkiy
qabilalar - bijanak, qipchoq, o’g’uz, boshqird, yabg’u, tatar, qirg’iz, chig’il, yag’mo,   uyg’ur   va   boshqalarning   turar-joylari   hamda   ijtimoiysiyosiy
hayotda   tutgan   o’rni   atroflicha   ko’rsatib   berilgan.   Asarda   turklarning
madaniy-maishiy, iqtisodiy hayotiga doir juda ko’p ma’lumotlar keltiriladi.
Jumladan,   ayollar   va   erkaklarning   kiyinishi,   ayollarning   qanday   bezanishi,
xalqning   urf-odatlari,   bolalarning   o’yinlari   to’g’risida   ma’lumotlar   olish
mumkin.   Asarda   turklarning   kasbi-kori,   taomlari,   har   xil   ichimliklar
tayyorlash   texnologiyasi,   tabobatchilikka   doir   materiallar   ham   bor.   Xullas,
“Devonu   lug’at   atturk”   boy   etnografij   ma’lumotlari   bilan   tarixchilarning
e’tiborini   o’ziga   jalb   qiladi.   Tarixchi,   biograf   va   sayyoh   as-Sam’oniy   (XII
asr) mashhur marvlik olimlar sulolasiga mansubdir. Sam’oniyning bizgacha
yetib kelgan asarlaridan “Kitob al-ansob” (“Nasablar haqida kitob”) alohida
o’rin   tutadi.   Bu   asarda   O’rta   Osiyo   tarixi,   madaniyati   va   tarixiy
geografiyasiga   oid   muhim   va   qiziqarli   faktlar   keltiriladi.   Kitobda
islomiyatdan   to   muallifning   zamonigacha   musulmon   davlatlarida,   ko’proq
Eron   va   Movarounnahrda   o’tgan   mashhur   kishilar   to’g’risida   ma’lumotlar
beriladi.   XI-XII   asr   yirik   qomusiy   olimlaridan   yana   biri   Najmiddin   Umar
ibn   Muhammad   anNasafiydir.   U   fiqh,   hadis,   tafsir,   adabiyot,   til,   tarix   va
boshqa   sohalarga   oid   100   ga   yaqin   asar   yozgan.   An-Nasafiyning   muhim
asarlaridan   biri   “Kitob   al-qand   fi   zikri   ulamoyi   Samarqand”   (“Samarqand
ulamolari   haqida  qand kitob”)  hisoblanadi.  Yaqin  kunlargacha  asarning  asl
arabcha   matni   bizgacha   yetib   kelmagan,   deb   hisoblanar   edi.   Asarning
qisqartirilgan forscha tarjimasi va tahriri (“Qandiyai xurd”) ma’lum edi. Bir
necha   yil   oldin   an-Nasafiy   kitobining   asl   nusxasi   topilganligi   va   Saudiya
Arabistonida   shu   yerlik   vatandoshimiz   Nazar   Muhammad   al-Faryobiy
tomonidan nashr etilganligi ma’lum bo’ldi. “Kitob al-qand”da o’rta asrlarda
Samarqandda   yashagan   mingdan   ortiq   diniy   va   dunyoviy   olimlar   haqida
ma’lumotlar   beriladi.   X   asrdan   boshlab   fors-tojik   tilida   ham   ilmiy-tarixiy
asarlar   yozila   boshlandi.   XV   asrga   kelib   Movarounnahr   tarixiga
bag’ishlangan   asarlar   asosan   davlat   tili   vazifasini   bajargan   forstojik   tilida
yoziladigan   bo’ldi.   Oldingi   davrlarda   arab   tilida   yozilgan   qator   tarixiy asarlar  ham  fors  tiliga tarjima qilinar  edi. Arabchadan  fors  tiliga o’girilgan
dastlabki   tarixiy   asar   Narshaxiyning   “Buxoro   tarixi”   nomli   kitobi   edi.   Bu
asar 944- yilda yozilib, 1128- yilda Abu Nasr Ahmad al-Quboviy tomonidan
fors tiliga tarjima qilingan. U “arab tilidagi nusxada so’zlangan keraksiz va
o’qiganda   kishi   tabiatida   malollik   orttiradigan   narsalarni”   qisqartirib
yuborgan. Yarim asr o’tgandan keyin asar yana qaytadan tahrirga uchragan.
1178-1179   yillarda   Muhammad   ibn   Zufar   ibn   Umar   fors   tilidagi   tarjimani
ikkinchi marotaba qisqartirib bayon etgan. Asarni bizning zamonamizgacha
yetib   kelgan   barcha   nusxalarida   1178-1220   yillar   voqealari   ham   bayon
qilinadi.   Shunga   qaraganda   Narshaxiyning   “Buxoro   tarixi”   kitobi   uchinchi
marta noma’lum muharrir tomonidan taxrir qilinganligi va to’ldirilganligini
bilib   olish   mumkin.   Asarning   asl   nusxasi   va   al-Quboviy   tarjimasi   hamda
Muhammad   ibn   Zufar   taxrirlari   bizgacha   yetib   kelmagan.   Tarjimon   Abu
Nasr   Ahmad   al-Quboviy   va   muxarrir   Muhammad   ibn   Zufar   o’z   ishlariga
mustaqil   tus   berganlar.   Ular   Narshaxiyni   tarjima   va   taxrir   qilish   bilan   bir
qatorda   asarni   yangi   manbalar   asosida   boyitganlar   va   keyingi   yillar
voqealari bilan to’ldirganlar. “Buxoro tarixi” islom dini va hukmron doiralar
pozitsiyasidan yozilganligi sababli asarda mavjud tuzumga qarshi harakatlar,
jumladan,   Muqanna   qo’zg’oloni   qoralanadi.   Biroq,   shunga   26   qaramay,
asarda katta tarixiy qimmatga ega bo’lgan ma’lumotlar keltirilgan va ularni
ilmiy, ob’ektiv ravishda tahlil qilish tarix fani uchun juda muhimdir. Sharq
qo‘lyozmalari   xazinalari.   Qo‘lyozma   asarlari   tarixi   juda   qadimgi   davrga-
yozuv   paydo   bo‘lgan   davrga   boradi   va   ularning   geografik   qamrovi   ham
ancha keng. Kopt (qipt), suriya, arman, gruzin, efiopiya, arab, yahudiy, fors,
turkiy,   hind,   xitoy   tillarida   yozilgan   qadimiy   yozma   manbalar   haqida
ma'lumotlar   bor.   Har   bir   tilda   yozilgan   yozma   merosning   o‘ziga   xos   tarixi
bor.   Arab   yozuvidagi   manbalarni   olib   ko‘radigan   bo‘lsak,   uning   tarkibida
arab,   fors,   turkiy   va   boshqa   tillarda   yozilgan   asarlar   mavjud.   Tabiiyki,
ularning orasida arab tilida yozilgan manbalar son jihatdan ko‘p va hozirda
ular jahonnint turli kitob xazinalariga tarqalgan. Birinchi arab tilidagi kitob - Qur'oni   Karim   VII-asrning   30-yillarida   paydo   bo‘lgan.   Arab   xalifaligida
ilm-fan   rivoji   turli   fan   sohalarida   ko‘plab   qo‘lyozma   asarlar   yaratilshiga
sabab   bo‘ldi   va   uning   eng   yuksalgan   davri   VIII-X   asrlarga   to‘g‘ri   keladi.
Ayniqsa   papirus   va   pergamenga   yozishdan   qog‘ozga   o‘tish   qo‘lyozmalar
yaratish   jaryonini   tezlashtirdi.   Arab   qog‘oz   tayyorlash   usulini   751   yildan
so‘ng,   Samarqanddagi   xitoy   usta-asirlairdan   o‘zlashtiradi   va   bu   usul   tez
orada butun xalifatlik doirasiga tarqali6 ketdi. Natijada, qo‘lyozma kitoblar
soni   ortib   bordi,   kutubxonalar   (umumiy   va   xususiy)   vujudga   keldi.
Keyinchalik,   toshbosma   va   bosma   kitob   chop   etish   yo‘lga   qo‘yilib   (arab
yozuvida   kitoblar   chop   etish   XIX-asrning   20-yillarida   yo‘lga   qo‘yilgan),
qo‘lyozma   asarlar   yaratish   keskin   kamaygan   bo‘lsa-da,   biroq   bu   jarayon
bugungi kunda ham butunlay to‘xtagani yo‘q Arab yozuvida hozirgi vaqtda
bitilgan qo‘lyozma asarlarni uchratish mumkin. Arab tarixnavisligi VIII asr
oxiridan XI asr boshlarigacha o’z davri nuqtai nazaridan yuksak rivojlandi.
Shu yillarda ko’plab tarixiy asarlar yaratildi: Muhammad payg’ambar hayoti
bilan bog’liq tarixiy kechinmalar bayoni; Muhammad payg’ambardan keyin
o’tgan   xalifalar,   uning   sahobalari   hayoti   bilan   bog’liq   tarixlar;   turli
rivoyatlar majmualari; alohida tarixiy voqyealar, janglar tarixini ifodalovchi
asarlar   (Abu   Mixnof,   Ibn   Is’hoq,   Ibn   Sa’d,   al-Madoiniy   va   b.)   IX   asrning
ikkinchi   yarmidan  boshlab   tarixiy   voqelik  ma’lum   tizimga   solingan   tarixiy
asarlar yaratildi (al-Balazuriy, ad-Dinavariy, al-Ya’qubiy va b.). Muhammad
Jarir   at-Tabariyning   “Tarix   ar-rusul   va-l-muluk”   («Payg’ambarlar   va
podshohlar   tarixi»)   asarini   arab   tarixnavisligi   ilk   bosqichining   xulosasi
bo’ldi,   deyish   mumkin.   Mazkur   an’ana,   keyingi   asrlarda   davom   etdi.   Al-
Mas’udiyning   «Muruj   azzahab»,   Abu   Rayxon   Beruniyning   «Osor   al-
boqiya» («O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar») va «Hindiston» asarlari
va   boshqalar   ana   shular   jumlasidandir.   Arab   tilida   fanlar   tasnifiga
(klassifikatsiya)   oid   asarlar   ham   yozilgan:   Ibn   Farigun   «Javomi   al   -ulum»
Ibn   an-Nadim   «Kitob   al-fihrist»,   Abu   Abdulloh   al-Xorazmiy   «Mafotih   al-
ulum»  («Ilmlar   kaliti»).  Ma’lum   bo’ladiki,   dastlabki   uch   yuz  yil   davomida arab   tilidagi   manbalar   o’z   rivojlanish   bosqichida   mavzularga   bo’linish
nuqtai   nazaridan   takomillashadi.   Kitoblar   yozish   an’anasi   shakllanadi   va
rivojlanadi.   Bu   an’ana   Arabiston   shaharlari   (Madina,   Basra,   Kufa,
Damashq)   doirasidan   tashqariga   chiqib,   butun   xalifalik   hududiga   yoyildi
(Nishopur,   Marv,   Buxoro,   Samarqand,   Hirot,   G’azna,   Sheroz,   Hamadon,
Isfaxon   va   h.k.)   Shuningdek   Mavsil,   Vosit,   Hims,   Halab,   Quddus,   Qohira,
Qayruvon,   Fos,   Kordova,   Sevilya,   Toledo   kabi   shaharlar   ham   xalifalik
doirasidagi   yirik   madaniy   markazlarga   aylandi.   Katta   hududda   yagona
davlat   tashkil   topishi,   ilm   -   fanga   e’tibor   ortishi,   arab   tili   keng   hududda
umumiy ilmiy muomala tiliga aylanishi, Sharq va G’arb ilm-fani qorishuvi
arab   tilida   ko’plab   asarlar   yaratilishiga   asosiy   omil   bo’ldi   va   bu   an’ana
keyinchalik,   Arab   xalifaligidan   chiqib,   mustaqil   davlatlar   tashkil   topganda
ham   davom   etdi.   X   asr   oxiriga   kelib   arab   adabiy   tili   shevalardan   uzilib,
mustaqil adabiy ilmiy til bo’lib qoldi va ana shu (o’ziga xos o’lik tilda) tilda
ilmiy   asarlar   yaratish   an’anasi   olimlar   doirasida   saqlanib   turdi.   Ayniqsa
Qur’oniy bilimlar (qiroat, tajvid, tafsir; hadislar, hadislarga sharhlar; fiqhga
oid 27 ko’plab asarlar) musulmon mamlakatlarda rivojlanishda davom etdi.
Madrasalarda   fiqhga   oid   darslar   asosiy   o’rinda   turardi.   Shuningdek   islom
nazariyasi, kalom  ilmi, tasavvuf, mantiqqa oid asarlarning katta  qismi  arab
tilida   yozilgan.  Arab   tilida  asarlar   yozish  tarix  sohasida   ham  davom  etgan.
Ilk   o’rta   asrlar   tarixiga   oid   arab   tilidagi   manbalarni   shartli   ravishda   ikki
guruhga   bo’lish   mumkin.   Birinchi   guruhga   sayyohlar   va   jug’rofiyun
olimlarning asarlari; ikkinchi guruhga esa tarixiy asarlar kiradi. IX asr arab
jug’rofiyun   olimi   al-Ya’qubiy   o’zining   “Kitob   al-buldon”   (“Mamlakatlar
haqida   kitob”)   asarida   Eron,   Movarounnahr,   Xuroson   va   Seyistonda
hukmronlik qilgan podshohlar haqida ma’lumotlar beradi. Ilk o’rta asrlarda
yurtimizga   tashrif   buyurgan   sayyohlarning   asarlari   ayniqsa   muhim
ahamiyatga egadir. Masalan, Ibn Fadlan (X asr) “Risola» nomli asarida o’z
sayohatlari   davomida   yaqindan   tanishgan   mamlakatlar   va   ularning   xalqlari
haqida   qiziqarli   ma’lumotlar   yozib   qoldirgan.   Shu   jumladan,   O’rta   Osiyo xalqlari, xazarlar haqida e’tiborga loyiq axborotlar  bergan. Ibn al-Faqih (X
asr)   “Kitob   axbor   al-buldon”   (“Mamlakatlar   haqida   axborot   kitobi”)   nomli
asarida   Balx,   Samarqand   singari   shaharlar   haqida   ma’lumotlar   beradi.   Ibn
Xurdodbehning (IX-X asrlar) “Kitob masolik ul-mamolik” (“Mamlakatlarga
eltuvchi   yo’llar”)   asarida   so’g’d   shaharlari   Samarqand,   Kushoniya
(Samarqand   atrofida   joylashgan   shahar),   Usrushona,   Shahriston,   qadimgi
Shosh,   Isfijob   (Sayram)   haqida,   ularga   olib   boradigan   yo’llar   to’g’risida,
Movarounnahr   shaharlaridagi   pul   muomalasi,   bu   yerda   istiqomat   qilgan
turkiy qabilalar xususida qimmatli malumotlar keltirilgan. Eron jug’rofiyun
olimi   va   sayyohi   al-Istaxriy   (IX-X   asrlar)   “Kitob   masolik   ul-mamolik”
nomli   asarida   musulmon   mamlakatlari,   shu   jumladan,   O’rta   Osiyoning
chegaralari,   iqlimi,   ma’muriy   bo’linishi,   shaharlari,   aholisi   va   uning
mashg’ulotlari,   mashhur   kishilari,   savdo-sotiqning   ahvoli   va   boshqa
masalalarni   bayon   etadi.   Ibn   Xavqal   esa   (X   asr)   Movarounnahrni   har
tomonlama tavsiflab, o’zining “Kitob surat al-arz” (“yerning surati haqidagi
kitob”) asarida bu o’lkaning xaritasini ilova qiladi. Xaritada Jayxun daryosi,
Buxoro, Samarqand, Shosh, Isfijob singari shaharlar, Usrushona va Xorazm
viloyatlari   tasviri   tushirilgan.   Yuqorida   nomi   tilga   olingan   al-Ya’qubiy
nafaqat   jug’rofiya,   balki   tarix   ilmi   sohasida   ham   qalam   tebratgan   olim
hisoblanadi.   Uning   “Tarix”   asari   Sharq   mamlakatlari,   shu   jumladan   O’rta
Osiyoning   VII-IX   asarlardagi   tarixi   bo’yicha   muhim   manbalardan   biridir.
Yirik   arab   tarixchisi   Madoiniy   (VII-IX   asarlar)   ning   “Kitob   al-mag’oziy”
(“Urushlar haqida kitob”) hamda Xuroson hokimlari Asad ibn Abdulloh va
Nasr   ibn   Sayyorga   bag’ishlangan   asarlari   arablar   istilosi   va   VIII   asrning
birinchi   yarmidagi   siyosiy   tarix   bo’yicha   muhim   manbalardan   hisoblanadi.
Madoiniyning   mazkur   asarlari   bizgacha   yetib   kelmagan,   lekin   ayrim
parchalari Balazuriy va Tabariy kitoblarida saqlanib qolgan. IX asrda yashab
o’tgan eronlik yirik tarixchi va jug’rofiyun olim Balazuriyning “Kitob futuh
al-buldon” (“Mamlakatlarni bosib olinishi haqida kitob”) asari arab istilolari
tarixi bo’yicha eng yaxshi manbalardan hisoblanadi. Balazuriy “Kitob ansob al-sharif” (“Sharafli  kishilar  nasablari  haqidagi kitob”)  nomli  asarning ham
muallifidir. Yirik qomusiy  olim  Tabariy asli  eronlik bo’lib, ilohiyot, hadis,
tavsir va tarix sohasida o’ndan ortiq asar yozgan. Biz uchun uning “Tarix ar-
rusul   va-l-muluk”   (“Payg’ambarlar   va   podshohlar   tarixi”)   asari   muhimdir.
Bu   asar   umumiy   tarix   shaklida   yozilgan   bo’lib,   mukammalligi   va   faktik
materiallarga   boyligi   bilan   ajralib   turadi.   Asarda   “olamning   yaratilishi”dan
to 912- yilga qadar Sharq mamlakatlari, shu jumladan, O’rta Osiyoda bo’lib
o’tgan   ijtimoiy-siyosiy   voqyealar   haqida   hikoya   qilinadi.   Arab   manbalari
yurtimizning   ilk   o’rta   asrlar   tarixini   o’zida   nisbatan   to’liqroq   aks   ettirgan
muhim manbalar hisoblanadi. Ulardan tanqidiy foydalanish bu davr tarixini
o’rganish   uchun   muhimdir.   Rivojlangan   o’rta   asrlarda   O’rta   Osiyoda   sodir
bo’lgan   ijtimoiy-   siyosiy   voqyealar   arab   va   fors-tojik   tilida   bitilgan   juda
ko’p tarixiy manbalarda o’z aksini topgan. X-XV asrlarda O’rta Osiyoga bir
necha ajnabiy, asosan arab sayyohlari tashrif buyurib, bu yerda ko’rgan- 28
kechirganlarini o’z asarlarida yozib qoldirganlar. Bu sayyohlar qatoriga Abu
Dulaf, alMuqaddasiy, al-Idrisiy, Yoqut Xamaviy va Ibn Battuta singari arab
olimlarini   kiritish   mumkin.   Abu   Dulaf   (X   asr)   asarlarida   o’lkamizning
tarixiy jug’rofiyasini  o’rganish uchun muhim  bo’lgan ma’lumotlar mavjud.
Abu   Dulaf   qator   Sharq   mamlakatlari,   shu   jumladan   Movarounnahrga   safar
qilib,   ma’lum   muddat   davomida   bu   yerdagi   hukmdorlar   saroyida   xizmat
qilgan. Safarlari chog’ida yig’gan ma’lumotlari asosida u “Risolat ul-avval”
(“Birinchi   risola”)   va   “Risolat   ul-uxro”   (“Ikkinchi   risola”)   nomli   asarlar
yaratadi. Abu Dulafning har ikkala asari qo’lyozmasi 1923- yilda Mashhad
kutubxonalarining   biridan   topilgan.   Mazkur   qo’lyozmani   atroflicha   tahlil
etgan   I.   Yu.  Krachkovskiy   Abu   Dulaf   asarlarida   keltirilgan   fakt   va  dalillar
ob’ektiv ekanligini ta’kidlaydi. X asrda yashab o’tgan yana bir arab geograf
olimi  al-Muqaddasiy  947 yilda Quddus shahrida tug’ilib, 1000-  yilda vafot
etgan.   Al-Muqaddasiy   sayohatlari   vaqtida   va   boshqa   manbalardan   olingan
materiallar   asosida   “Ahsan   at-taqosim   fi   ma’rifat   al-aqolim”   (“Iqlimlarni
o’rganish   uchun   eng   yaxshi   qo’llanma”)   nomli   asar   yozgan.   Mazkur asarning   ikkinchi   qismida   Ajam   mamlakatlari,   shu   jumladan   Xuroson,
Movarounnahr   va   Seyistonning   jug’rofiy   holati,   mashhur   shaharlari,   osori-
atiqalari,   aholisi   va   uning   mashg’ulotlari,   diniy   e’tiqodi   hamda   urfodatlari,
viloyatlarning ma’muriy tuzilishi va mashhur kishilari to’g’risida ma’lumot
beriladi. Tayanch so’z va iboralar: Qur’oni karim, sura, oyat, nozil bo’lish,
tafsir,   hadis,   hissa,   rivoyat,   nabi,   payg’ambar,   sahoba,   xalifa,   xalifai
roshidin, siyar tarif, imom, sunna, sunniy, shia, hanafiy, mazhab.
ASOSIY   VA   QO’SHIMCHA   O’QUV
ADABIYOTLAR   HAMDA
AXBOROT MANBALARI 
Asosiy adabiyotlar: 
1. Madraimov A., Fuzailova G. Tarixiy manbashunoslik.  O’quv qo’llanma.
– T.: Fan, 2010 
2.   Аҳмедов   Б .   Ўзбекистон   тарихи   манбалари   ( қадимги   замон   ва   ўрта
асрлар ).  Т ., 2001. 
Qo’shimcha adabiyotlar:
  3.   Мирзиёев   Ш . М .   Эркин   ва   фаровон ,   демократик   Ўзбекистон
давлатини   биргаликда   барпо   этамиз .   Ўзбекистон   Республикаси
Президенти   лавозимига   киришиш   тантанали   маросимига   бағишланган
Олий   Мажлис   палаталарининг   қўшма   мажлисидаги   нутқ .   –   Т .:
Ўзбекистон , 2016.
  4.   Мирзиёев   Ш . М .   Қонун   устуворлиги   ва   инсон   манфаатларини
таъминлаш   –   юрт   тараққиёти   ва   халқ   фаровонлигининг   гарови .
Ўзбекистон   Республикаси   Конституцияси   қабул   қилинганлигининг   24
йиллигига   бағишланган   тантанали   маросимдаги   маъруза . 2016  йил   7   декабрь .   –   Т .:   Ўзбекистон ,   2017.   5.   Мирзиёев   Ш . М .   Буюк
келажагимизни   мард   ва   олийжаноб   халқимиз   билан   бирга   қурамиз .   –
Т .:  Ўзбекистон , 2017. 
6.  Мирзиёев   Ш . М .  Танқидий   таҳлил ,  қатъий   тартиб - интизом   ва   шахсий
жавобгарлик  –  ҳар   бир   раҳбар   фаолиятининг   кундалик   қоидаси   бўлиши
керак .   Мамлакатимизни   2016   йилда   ижтимоий - иқтисодий
ривожлантиришнинг   асосий   якунлари   ва   2017   йилга   мўлжалланган
иқтисодий   дастурнинг   энг   муҳим   устувор   йўналишларига   бағишланган
Вазирлар   Маҳкамасининг   кенгайтирилган   мажлисидаги   маъруза .   –   Т .:
Ўзбекистон , 2017. 
7.   Абиджанова   Д.   Мавераунахр   эпохи   правления   Амира   Темура   в
англоязычной   историографии   60-90-х   годов   XX   в.   Автореф.   дис.…
канд.ист.наук. – Ташкент, 2001. 
8. Алимова Д.А. История как история, история как наука. Т.1. История
и историческое сознание. – Т.: Узбекистан, 2008.
  9.   Ахмеджанов   Г.А.   Российская   империя   в   Средней   Азии.   История   и
историография   колониальной   политики   царизма   в   Туркестане   (1867-
1917). – Т.: Фан, 1995. 29 
10.   Алимова   Д.   Женский   вопрос   в   советской   историографии   Средней
Азии   (20-80-ые   годы):   Автореф.   дис.   …док.ист.наук.   –   Ташкент:   ИИ
АН РУз, 1991. 
11.   Алимов   Ш.   Изучение   национальной   политики   в   исторической
литературе   Узбекистана   (20-30-е   годы).   -   Автореф.   дис.   …
канд.ист.наук. – Т., 1994. 
12.   Ахунова   М.А.,   Лунин   Б.В.   История   исторической   науки   в
Узбекистане. – Т.: Фан, 1970. 
13.   Бўриев   О.   Темурийлар   даври   ёзма   манбаларида   Марказий   Осиё.   –
Т., 1997.  14.   Гарипов   Р.   Историографический   ракурс   некоторых   аспектов
политической   и   социально-экономической   обстановки   в   Туркестане   в
начале XX века //O’zbekiston tarixi, 2001. - № 1. – С. 44-50.
  15.   Дониёров   А.   Этнографические   исследования   в   Узбекистане   в   XX
веке: основные этапы, проблемы, перспективы развития. Автореф. дис.
…док.ист.наук. – Ташкент, 2003. 
16. Зияева   Д.  Национально-освободительное  движение  в  Туркестане  в
историографии   XX   века   (проблемы   изучения   истории   восстания   1916
года   и   движения   “истиклолчилик”   1918-1924   гг.   ):   Автореф.   дис.   …
док.ист.наук. – Т., 1999. 
17.   Масалиева   О.   История   Бухарского,   Хивинского   и   Кокандского
ханств в англоамериканской историографии XX века. Автореф. дис. …
канд.ист.наук. – Т., 1999. 
18.   Кобзева   О.   Великий   Щелковый   путь:   проблемы   научной
периодизации   и   истоки   изучения   европейскими   учеными   во   второй
половине   XIX   –   начале   XX   вв.   Автореф.   дис.   …канд.ист.наук.   –
Ташкент, 2000.
  19.   Пуговкина   О.   История   Туркестана   в   наследии   Российской
историографии   середины   XIX   –   начала   XX   века   (политические   и
экономические   аспекты).   Автореф.   дис.   …канд.ист.наук.   –   Ташкент,
2006. 
20. Илҳомов З. Тарих фани методологияси. – Т., 2013.
  21.   Иноятов   К.Х.   Историографические   исследования   в   Узбекистане:
Итоги,   проблемы,   перспективы   (1961-1980   гг.).   Автореф.   дис.   …
канд.ист.наук. – Ташкент, 1994.
  22.   История   Узбекистана   в   источниках.   Известия   путешествеников
географов и ученых XVI перв. пол. Составитель Б.В. Лунин. – Т.: Фан,
1988.
23.   Саидбобоев   З.   Европада   Ўрта   Осиёга   оид   тарихий-картографик
маълумотлар (XVI-XIX асрлар). – Т.: Фан, 2008.  24.   Саидкулов   Т.С.   Очерки   историографии   истории   народов   Средней
Азии. часть I. – Т.: Ўкитувчи, 1990.
  25. Самарқанд шаҳрининг умумбашарий маданий тараққиёт тарихида
тутган   ўрни.   Самарқанд   шаҳрининг   2750   йиллик   юбилейига
бағишланган халқаро илмий симпозиум материаллари. – Т.: Фан, 2007.
26.   Тарихий   манбашунослик   муаммолари   /   Республика   илмий-амалий
анжуман материаллари. – Т., 2008, 2013.
  27.   Тарихшунослик   ўқишлари.   Б.В.Лунин   хотирасига   бағишланган
тарихшунослик   ўқишлари   //   Анжуман   материаллари   тўплами.   –   Т.:
Фан, 2010. 
28.   Эргашхўжаева   Г.   20-йиллар   Ўрта   Осиё   хотин-қизларининг
эмансипацияси масалалари француз тарихшунослиги талқинида (50-80-
йиллар   адабиётлари   асосида).   Автореф.   дис.   …канд.ист.наук.   –
Тошкент, 1996. Internet saytlari: 
29.  www.ziyonet.net
 30.  www.history.ru  
31. Манбашунослик ва тарихшунослик ЎУМ. ЎзМУ АРМ, 2015.

Mavzu:Arab yozuvidagi turkey yozma meros REJA: 1.Arab tilidagi manbalar. 2. Arab yozuvidagi forsiy manbalar. 3. Arab yozuvidagi turkiy manbalar. 4. Sharq qo’lyozmalari xazinalari.

1. Arab tilidagi manbalar dastlab og’zaki ijod asosida vujudga kelgan va ular islomdan ilgarigi zamonlarga boradi. Arab tilidagi manbalar boshqa tillardan arab tiliga tarjima qilish asosida rivojlangan. Arab tilidagi manbalar ilk islom davri ijtimoiy fikr va adabiy ijod asosida vujudga kelgan. VII-VIII asrlardagi siyosiy o’zgarishlar (arab davlatchiligi), ijtimoiy munosabatlardagi o’zgarishlar, turli element (madaniyat)lar integratsiyasi (til, madaniyat, diniy aloqalar qorishuvi) tufayli arab tili katta hududda asosiy vositaga aylandi. Shu asosda arab tilida yozilgan asarlar soni ortib bordi. Qur’on nusxalari. Qur’on tafsirlari. Hadislar (dastlab og’zaki: 1 matn, 2 isnod). Muhammad payg’ambar, xalifalar hayotiga oid asarlar. Mazkur manbalar asosida musulmon qonunchiligi yaratiladi. O’rta asr arab yozuvining katta qismini tarixnavislik tashkil etadi, u: Qur’oniy bilimlar qorishuvi asosida rivojlangan. Kundalik bilimlar qorishuvi asosida rivojlangan. VIII asrda Abbosiylar davrida katta o’zgarishlar bo’ldi, fanning turli sohalari rivojlandi: -filologiya - lug’atlar - tarjima (alximiya, astrologiya, astronomiya, matematika, geografiya) -filosofiya (logika) - meditsina - botanika - mineralogiya - geografiya - tajvid. 22 Tarixiy asarlar. Arab tarixnavisligi VIII asr oxiridan XI asr boshlarigacha o’z davri nuqtai nazaridan yuksak rivojlandi. Shu yillarda ko’plab tarixiy asarlar yaratildi: Muhammad payg’ambar hayoti bilan bog’liq tarixiy kechinmalar bayoni; Muhammad payg’ambardan keyin o’tgan xalifalar, uning sahobalari hayoti bilan bog’liq tarixlar; turli rivoyatlar majmualari; alohida tarixiy voqyealar, janglar tarixini ifodalovchi asarlar (Abu Mixnof, Ibn Is’hoq, Ibn Sa’d, al- Madoiniy va b.) IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab tarixiy voqelik ma’lum tizimga solingan tarixiy asarlar yaratildi (al-Balazuriy, ad- Dinavariy, al-Ya’qubiy va b.). Muhammad Jarir at-Tabariyning “Tarix ar- rusul va-l-muluk” («Payg’ambarlar va podshohlar tarixi») asarini arab tarixnavisligi ilk bosqichining xulosasi bo’ldi, deyish mumkin. Mazkur an’ana, keyingi asrlarda davom etdi. Al-Mas’udiyning «Muruj azzahab», Abu Rayxon Beruniyning «Osor al-boqiya» («O’tmish xalqlardan qolgan

yodgorliklar») va «Hindiston» asarlari va boshqalar ana shular jumlasidandir. Arab tilida fanlar tasnifiga (klassifikatsiya) oid asarlar ham yozilgan: Ibn Farigun «Javomi al -ulum» Ibn an-Nadim «Kitob al-fihrist», Abu Abdulloh al-Xorazmiy «Mafotih al-ulum» («Ilmlar kaliti»). Ma’lum bo’ladiki, dastlabki uch yuz yil davomida arab tilidagi manbalar o’z rivojlanish bosqichida mavzularga bo’linish nuqtai nazaridan takomillashadi. Kitoblar yozish an’anasi shakllanadi va rivojlanadi. Bu an’ana Arabiston shaharlari (Madina, Basra, Kufa, Damashq) doirasidan tashqariga chiqib, butun xalifalik hududiga yoyildi (Nishopur, Marv, Buxoro, Samarqand, Hirot, G’azna, Sheroz, Hamadon, Isfaxon va h.k.) Shuningdek Mavsil, Vosit, Hims, Halab, Quddus, Qohira, Qayruvon, Fos, Kordova, Sevilya, Toledo kabi shaharlar ham xalifalik doirasidagi yirik madaniy markazlarga aylandi. Katta hududda yagona davlat tashkil topishi, ilm - fanga e’tibor ortishi, arab tili keng hududda umumiy ilmiy muomala tiliga aylanishi, Sharq va G’arb ilm-fani qorishuvi arab tilida ko’plab asarlar yaratilishiga asosiy omil bo’ldi va bu an’ana keyinchalik, Arab xalifaligidan chiqib, mustaqil davlatlar tashkil topganda ham davom etdi. X asr oxiriga kelib arab adabiy tili shevalardan uzilib, mustaqil adabiy ilmiy til bo’lib qoldi va ana shu (o’ziga xos o’lik tilda) tilda ilmiy asarlar yaratish an’anasi olimlar doirasida saqlanib turdi. Ayniqsa Qur’oniy bilimlar (qiroat, tajvid, tafsir; hadislar, hadislarga sharhlar; fiqhga oid ko’plab asarlar) musulmon mamlakatlarda rivojlanishda davom etdi. Madrasalarda fiqhga oid darslar asosiy o’rinda turardi. Shuningdek islom nazariyasi, kalom ilmi, tasavvuf, mantiqqa oid asarlarning katta qismi arab tilida yozilgan. Arab tilida asarlar yozish tarix sohasida ham davom etgan. Ilk o’rta asrlar tarixiga oid arab tilidagi manbalarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga sayyohlar va jug’rofiyun olimlarning asarlari; ikkinchi guruhga esa tarixiy asarlar kiradi. IX asr arab jug’rofiyun olimi al-Ya’qubiy o’zining “Kitob al-buldon” (“Mamlakatlar haqida kitob”) asarida Eron, Movarounnahr, Xuroson va Seyistonda hukmronlik qilgan podshohlar

haqida ma’lumotlar beradi. Ilk o’rta asrlarda yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlarning asarlari ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Masalan, Ibn Fadlan (X asr) “Risola» nomli asarida o’z sayohatlari davomida yaqindan tanishgan mamlakatlar va ularning xalqlari haqida qiziqarli ma’lumotlar yozib qoldirgan. Shu jumladan, O’rta Osiyo xalqlari, xazarlar haqida e’tiborga loyiq axborotlar bergan. Ibn al-Faqih (X asr) “Kitob axbor al- buldon” (“Mamlakatlar haqida axborot kitobi”) nomli asarida Balx, Samarqand singari shaharlar haqida ma’lumotlar beradi. Ibn Xurdodbehning (IX-X asrlar) “Kitob masolik ul-mamolik” (“Mamlakatlarga eltuvchi yo’llar”) asarida so’g’d shaharlari Samarqand, Kushoniya (Samarqand atrofida joylashgan shahar), Usrushona, Shahriston, qadimgi Shosh, Isfijob (Sayram) haqida, ularga olib boradigan yo’llar to’g’risida, Movarounnahr shaharlaridagi pul muomalasi, bu yerda istiqomat qilgan turkiy qabilalar xususida qimmatli malumotlar keltirilgan. Eron jug’rofiyun olimi va sayyohi al-Istaxriy (IX-X asrlar) “Kitob masolik ul-mamolik” nomli asarida musulmon mamlakatlari, shu jumladan, O’rta Osiyoning 23 chegaralari, iqlimi, ma’muriy bo’linishi, shaharlari, aholisi va uning mashg’ulotlari, mashhur kishilari, savdo-sotiqning ahvoli va boshqa masalalarni bayon etadi. Ibn Xavqal esa (X asr) Movarounnahrni har tomonlama tavsiflab, o’zining “Kitob surat al-arz” (“yerning surati haqidagi kitob”) asarida bu o’lkaning xaritasini ilova qiladi. Xaritada Jayxun daryosi, Buxoro, Samarqand, Shosh, Isfijob singari shaharlar, Usrushona va Xorazm viloyatlari tasviri tushirilgan. Yuqorida nomi tilga olingan al-Ya’qubiy nafaqat jug’rofiya, balki tarix ilmi sohasida ham qalam tebratgan olim hisoblanadi. Uning “Tarix” asari Sharq mamlakatlari, shu jumladan O’rta Osiyoning VII-IX asarlardagi tarixi bo’yicha muhim manbalardan biridir. Yirik arab tarixchisi Madoiniy (VII-IX asarlar) ning “Kitob al-mag’oziy” (“Urushlar haqida kitob”) hamda Xuroson hokimlari Asad ibn Abdulloh va Nasr ibn Sayyorga bag’ishlangan asarlari arablar istilosi va VIII asrning birinchi yarmidagi siyosiy tarix bo’yicha muhim manbalardan hisoblanadi.

Madoiniyning mazkur asarlari bizgacha yetib kelmagan, lekin ayrim parchalari Balazuriy va Tabariy kitoblarida saqlanib qolgan. IX asrda yashab o’tgan eronlik yirik tarixchi va jug’rofiyun olim Balazuriyning “Kitob futuh al-buldon” (“Mamlakatlarni bosib olinishi haqida kitob”) asari arab istilolari tarixi bo’yicha eng yaxshi manbalardan hisoblanadi. Balazuriy “Kitob ansob al-sharif” (“Sharafli kishilar nasablari haqidagi kitob”) nomli asarning ham muallifidir. Yirik qomusiy olim Tabariy asli eronlik bo’lib, ilohiyot, hadis, tavsir va tarix sohasida o’ndan ortiq asar yozgan. Biz uchun uning “Tarix ar- rusul va-l-muluk” (“Payg’ambarlar va podshohlar tarixi”) asari muhimdir. Bu asar umumiy tarix shaklida yozilgan bo’lib, mukammalligi va faktik materiallarga boyligi bilan ajralib turadi. Asarda “olamning yaratilishi”dan to 912- yilga qadar Sharq mamlakatlari, shu jumladan, O’rta Osiyoda bo’lib o’tgan ijtimoiy-siyosiy voqyealar haqida hikoya qilinadi. Arab manbalari yurtimizning ilk o’rta asrlar tarixini o’zida nisbatan to’liqroq aks ettirgan muhim manbalar hisoblanadi. Ulardan tanqidiy foydalanish bu davr tarixini o’rganish uchun muhimdir. Rivojlangan o’rta asrlarda O’rta Osiyoda sodir bo’lgan ijtimoiy- siyosiy voqyealar arab va fors-tojik tilida bitilgan juda ko’p tarixiy manbalarda o’z aksini topgan. X-XV asrlarda O’rta Osiyoga bir necha ajnabiy, asosan arab sayyohlari tashrif buyurib, bu yerda ko’rgankechirganlarini o’z asarlarida yozib qoldirganlar. Bu sayyohlar qatoriga Abu Dulaf, alMuqaddasiy, al-Idrisiy, Yoqut Xamaviy va Ibn Battuta singari arab olimlarini kiritish mumkin. Abu Dulaf (X asr) asarlarida o’lkamizning tarixiy jug’rofiyasini o’rganish uchun muhim bo’lgan ma’lumotlar mavjud. Abu Dulaf qator Sharq mamlakatlari, shu jumladan Movarounnahrga safar qilib, ma’lum muddat davomida bu yerdagi hukmdorlar saroyida xizmat qilgan. Safarlari chog’ida yig’gan ma’lumotlari asosida u “Risolat ul-avval” (“Birinchi risola”) va “Risolat ul-uxro” (“Ikkinchi risola”) nomli asarlar yaratadi. Abu Dulafning har ikkala asari qo’lyozmasi 1923- yilda Mashhad kutubxonalarining biridan topilgan. Mazkur qo’lyozmani atroflicha tahlil etgan I. Yu. Krachkovskiy Abu Dulaf