logo

ASAB TIZIMINING ADAPTATSION – TROFIK FUNKSIYASI VA VEGETATIV FUNKSIYALARINING BOSHQARILISHI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

82.427734375 KB
ASAB TIZIMINING ADAPTATSION – TROFIK FUNKSIYASI VA
VEGETATIV FUNKSIYALARINING BOSHQARILISHI
Reja:
1.   Vegetativ   asab   tizimining   simpatik   parasimpatik   va   metasimpatik
bo‘limlari, ichki organlar funksiyasining boshqarilishida ularning roli;
2. Vegetativ reflekslar;
3. Jismoniy mashg‘ulotlarda vegetativ asab tizimining ishtiroki. 1. Vegetativ asab tizimining simpatik, parasimpatik va metasimpatik
bo‘limlari
XIX   asrning   avvalida   fransiyalik   fiziolog   F.K.Bishning   taklifiga   muvofiq,
bajariladigan funksiyaga ko’ra asab tizimi ikki qismga:   somatik   va   vegetativ   asab
tizimiga bo’lindi.
Somatik   asab   tizimi   odam   tanasining   skelet   mushaklari,   sezgi   a’zolari   ishini
boshqaradi.   Vegetativ   asab   tizimi   ichki   a’zolar,   (nafas   olish,   qon   aylanish,   ovqat
hazm   qilish,   ajratish,   jinsiy   va   hokazo)   ichki   sekretsiya   bezlarining   ishini   hamda
moddalar   almashinuvi   jarayonini   boshqaradi.   Skelet   mushaklaridagi   moddalar
almashinuvi   jarayoni   ham   vegetativ   asab   tizimi   tomonidan,   ammo   bu
mushaklarning sezish va harakatlanish fmksiyalari somatik asab tizimi tomonidan
boshqariladi.
Vegetativ   va   somatik   asab   markazlarining   joylashishi   ham   bir-biridan   farq
qiladi.   Jumladan,   vegetativ   asab   tizimining   markazlari   orqa   va   bosh   miyaning
ma’lum  qismlarida bo’lsa, somatik asab tizimining markazlari  orqa miya va bosh
miyaning hamma qismlarida joylashgan. Somatik asab tizimining asab tolalari orqa
miyaning   har   bir   segmentidan   boshlansa,   vegetativ   asab   tizimi   bunga   qarama-
qarshi o’laroq, markaziy asab tizimining har  bir bo’limlaridan tutam-tutam  bo’lib
chiqadi.   Vegetativ   asab   tizimi   o’rta   miyadan,   uzunchoq   miyadan,   orqa   miyaning
ko’krak-bel va dumg’oza qismidan boshlanadi.
Markaziy asab tizimida o’rta miya bilan uzunchoq miyadan va orqa miyaning
dumg’oza bo’limidan boshlanuvchi tolalar  parasimpcitik asab tizimini  hosil qiladi.
Vegetativ   asab   tizimining   orqa   miyaning   ko’krak   segmentidan   to   uchinchi   bel
segmentigacha   boshlanuvchi   tolalar   simpatik   asab   tizimimi   hosil   qiladi.   Bundan
tashqari   vegetativ   asab   tizimining   yana   bir   bo’limi-metasimpatik   asab   tizimi   ham
mavjud.
Shunday   qilib,   vegetativ   asab   tizimining   markazlari   miya   ustunida   va   orqa
miyada joylashgan: 1.O’rta   miyada   parasimpatik   asab   tizimining   mezensefal   bo’limi   bor,   undan
vegetativ tolalar ko’zni harakatlantiruvchi asab tarkibida ketadi. 
2.Uzunchoq   miyada   parasimpatik   asab   tizimining   bulbar   bo’limi   bor,   undan
efferent   tolalar   yuz,   til-halqum   asablari   va   adashgan   (sayyor)   asab   tarkibida
chiqadi. 
3.Orqa miyaning ko’krak va bel segmentlarida (birinchi ko’krak segmentidan
ikkinchi-to’rtinchi bel segmentigacha)  vegetativ asab tizimining simpatik (torako-
lyumbal)   bo’limi   bor;   undan   vegetativ   tolalar   tegishli   orqa   miya   segmentlarining
oldingi ildizlari orqali orqa miya neyronlarining o’siqlari bilan birga chiqadi.
4.Orqa miyaning dumg’aza segmentlarida parsimpatik asab tizimining sakral
bo’limi bor, tolalar undan chanoq asabi tarkibida chiqadi. (15.1.1-rasm).
Shunday   qilib,   markaziy   asab   tizimining   to’rtta   bo’limida   vegetativ   asab
tizimining   markazlari   joylashgan.   Mezensefal,   bulbar   va   sakral   bo’limlardagi
yarolar vegetativ asab tizimining parasimpatik qismini, torako-lyumbal bo’limdagi
yadrolar esa vegetativ asab tizimining simpatik qismini hosil qiladi.
Yuqorida   aytib   o’tganimizdek,   parasimpatik   asab   tizimi   o’rta   miya   bilan
uzunchoq miyadan va orqa miyaning dumg’aza bo’limidan boshlanadi
O’rta   miyada   joylashgan   yadrolar   (III   juft   bosh   miya   asablari)   hamda   orqa
miyaning   dumg’oza   bo’limida   joylashgan   ichki   chanoq   asablar   yadrosi
parasimpatik asab tizimi markazlari hisoblanadi.
Ko’zni   harakatlantiruvchi   asabning   tarkibida   kiradigan   parasimpatik   tolalar
o’rta   miyadan   chiqadi.   Bu   tolalar   ko’zning  silliq   mushaklarini   innervasiya   qiladi.
Shu   asablar   orqali   keluvchi   impulslar   qorachiqni   toraytiradi.   Yuz   asabi   bilan
adashgan asabning tarkibiga kiruvchi   parasimpatik tolalar uzunchoq miyadagi bir
to’da  hujayralardan  boshlanadi.   Nog’ora  tori   deb  ataladigan  asabni   hosil  qiluvchi
tolalar   yuz   asabining   tarkibida   chiqadi.   Bu   asab   jag’   ostidagi   so’lak   bezining
sekretor asabi bo’lib, qo’zg’alganda so’lak chiqartiradi. 
Simpatik   asab   tizimi   orqa   miyaning   so’ngi   segmentidan   to   III   bel
segmentigacha   bo’lgan   qismidan   boshlanadi.   Bu   tolalarning   talayginasi   orqa
miyadan chiqib umurtqa pog’onasi oldidagi tugunlarga kiradi. Bu tugunlar chegara simpatik zanjirini hosil  qiladi. Tolalarning anchasi shu zanjirda uziladi, qolganlari
esa   umurtqa   pog’onasidan   niyrondagi   tugunlarda   uziladi.   Bo’yinning   yuqori   va
o’rta   qismidagi   tugunlar   bo’yinning   pastki   qismidagi   yoki   yulduzsimon   tugun,
quyoshsimon   chigal,   ichak   tutqichning   yuqori   va   pastki   tugunlari   shunday
tugunlarga kiradi. 
Simpatik asab tizimi barcha to’qima va a’zolarni innervasiya qiladi. Bu asab
tizimi   hazm   a’zolari,   silliq   mushaklar,   yurak,   tomirlar,   buyraklar,   qovuq,   ichki
sekresiya bezlari, jinsiy a’zolar, sezgi a’zolari, ter bezlari va shu kabi a’zolarning
faoliyatiga ta’sir etadi (15.1.1-jadval).
Simpatik   asab   tizimi   yuqorida   aytilgan   a’zolarning     ishiga   ta’sir   etish
bilangina  qolmay,  barcha  ko’ndalang-targ’il  mushaklarning   faoliyatiga  ham  ta’sir
etadi;   simpatik   tizim   mushaklar   tonusiga,   ulardagi     modda   almashinuvi
jarayonlariga, charchagan mushakning yana ishlab ketishiga ta’sir ko’rsatadi 15.1.1-rasm. Vegetativ asab tizimi (efferent qismining umumiy tuzilishi.
1-orqa miyaning dumg’oza bo’limi (S). 2-orqa miyaning ko’krak-bel bo’limi (Th-L); 3-
orqa miyaning bo’yin bo’limi (S); 4-uzunchoq miya; 5-o’rta miya; 6-chegaradagi simpatik
ustuni;  7-bosh miya parasimpatik tugunlari; 8-postganglionlar tolalar; 9-quyoshsimon chigil
va uning tugunlari; 10-orqa ichaktutqich tuguni; 11-preganglionar tolalar; 12-chanoq asabi;
13-so’lak bezlari; 14- ko’zning ichki mushaklari; 15-bosh miya qon tomirlari va uning
pardalari; 16-traxeya, bronxlar, o’pka; 17-metasimpatik asab tizimining funksional moduli;
18-me’da; 19-yurak; 20-skelet mushaki; 21-o’n ikki barmoq ichagi; 22-me’da osti bezi; 23-
ichki a’zolar qon tomirlari; 24-jigar; 25-buyrak usti bezi; 26-yo’g’on ichak; 27-buyrak; 28-
siydik pufagi; 29-erkak jinsiy a’zolarining ichki qismi; 30-bachadon; 31-teri .
15.1.1-jadval.
Simpatik va parasimpatik asablarning a’zolarga ta’siri.
A’zo Parasimpatik asablar ta’siri Simpatik asablar ta’siri
Yurak Sekinroq urib, qisqarish 
kuchi kamayadi Tezroq urib, qisqarish 
kuchi oshadi.
Ter tomirlari Torayadi
Ichki a’zolarning 
tomirlari  Torayadi
Til va sulak bezlarining 
tomirlari  Kengayadi  Torayadi
Jinsiy a’zolarning 
tomirlari Kengayadi Torayadi
Ko’z Qorachig’i torayadi 
(rangdor pardaning 
halqasimon mushaklari 
qisqaradi) Qorachig’i kengayadi 
(rangdor pardaning 
halqasimon mushaklari 
qisqaradi)
Bronxlar Torayadi  Kengayadi 
So’lak bezlari So’lak chiqaradi So’lak chiqaradi
Me’da bezlari  Shira chiqaradi Shira chiqishi susayadi
Me’da osti bezining  Shira chiqaradi - tashqi sekresiya 
to’qimasi
Me’da osti bezining 
Langergans orolchalari Insulin chiqaradi -
Buyrak usti bezlarining 
mag’iz qavati Noradrenalin chiqaradi Adrenalin chiqaradi
Teri silliq mushaklari - Qisqaradi
Me’da-ichak silliq 
mushaklari Qisqarishlari kuchayib, 
tonusi oshadi Qisqarishlari susayib, 
tonusi kamayadi
Homilasiz bachadonning
silliq mushaklari - Bo’shashadi
Homilali bachadonning 
silliq mushaklari - Qisqaradi
Qovuq silliq mushaklari Qisqaradi Bo’shashadi
Qovuq sfinkteri silliq 
mushaklari Bo’shashadi Qisqaradi
Buyuk   rus   olimi ,   akademik   L . A . Orbeli   simpatik   asab   tizimi   adaptasion -
trofik   funksiyasini   o ’ taydi   degan   nazariyani   yaratdi .  Bu nazariyaga ko’ra, simpatik
asab tizimi organizmda ikki tomonlama rol o’ynaydi.   Birinchidan,   simpatik asab
tizimi   mushaklardagi   moddalar   almashinuviga   ta’sir   etadi.   Bu   esa,   mushak
to’qimasining ishida aks etadi. Trofik funksiya deb xuddi shu funksiyaga aytiladi
(grekcha   “trofos”,   ya’ni   ovqatlantiruvchi   degan   so’zdan   olingan).   Ikkinchidan,
simpatik asab tizimi adaptasion, ya’ni moslantiruvchi  roli shundan iboratki, uning
ta’sirida   a’zo   va   to’qimalarda   bir   qancha   o’zgarishlar   kelib   chiqadi,   shuning
natijasida   a’zo   yangi,   o’zgargan   sharoitda   ishlashga   shaylaydi.   Simpatik   asab
tizimining   hamma   faoliyati   ham   xuddi   parasimpatik   asab   tizimining   faoliyati
singari   bosh   miya   po’stlog’ining   ta’siri   ostida   bo’lib,   butun   markaziy   asab
tizimining faoliyati  bilan chambarchas bog’langan deb hisoblash mumkin. Emosional   holat   simpatik   asab   tizimining   faoliyatiga   ma’lum   darajada
bog’langandir. Qo’rqish, g’azablanish, achiqlanish va shu kabi holatlar organizmda
bir   qancha   o’zgarishlarga   sabab   bo’ladi:   kishini   sovuq   ter   bosadi,   tomirlari
kengayadi   yoki   torayadi,   shuning   natijasida   yuz,   badan   qizaradi   yoki   oqaradi;
shiddatli harakatlar boshlanadi yoki aksincha, harakatlar tormozlanadi va hokazo.
Muayyan   emosiyalarning   ana   shu   tashqi   ifodalari   bosh   miya   katta   yarim
sharlarining   a’zolar   faoliyatiga   birinchi   galda   simpatik   asab   tizimi   orqali   ta’sir
etishidan   kelib   chiqadi.   Simpatik   asab   tizimi   qo’zg’alib,   buyrak   usti   bezlaridagi
mag’iz   qavatining   (bu   qavat   adrenalin   ishlab   chiqaradi)   faoliyatini   ham
kuchaytiradi.   Shu   tariqa   simpatik   asab   tizimi   qo’zg’alganda   qonda   adrenalin
ko’payadi.   Bu   gormon   “simpatoshtoff”,   ya’ni   simpatik   asabga   o’xshash   ta’sir
etadi. 
Parasimpatik va simpatik asab tizimlari yagona asab tizimlaridir. Bu tizimlar
ko’pincha   bir-biriga   qarama-qarshi   ta’sir   etadi;   masalan,   parasimpatik   asablar
yurakning   faoliyatini   susaytirsa,   simpatik   asablar   kuchaytiradi;   parasimpatik
asablar   ichak   harakatlarini   kuchaytirsa,   simpatik   asablar   susaytiradi.   Butun   bir
organizmdagi   funksiyalarning   idora   etilishi   uchun   bu   tizimlarning   ishlab   turishi
birday muhimdir.
Uzunchoq   miyadagi   ikkinchi   gurah   hujayralarida   (parasimpatik)   asab
boshlanadi, bu asab ko‘p tormoq chiqaradi: hosil qilgan ko’pgina shoxchalari qon
tomiri yurak qizilo ngach bronx, me’da, ingichka va yo’g’on ichaklarni, me’da osti
bezi’ buyiak usti bezlari, buyraklar, jigar va taloqni innervatsiya qiladi.
Chanoq asabming tarkibiga kiradigan parasimpatik tolalar orqa miyaning umg
aza bo limidan boshlanadi. Bu tolalar sigmasimon ichakni, to’g’ri ichakni jmsiy a
zolarni va qovuqni innervatsiya qiladi.
Jismoniy   ish   va   jismoniy   mashg’ulotlar   vaqtida   simpatik   asab   tizimi   juda
muhim rol o’ynaydi, ammo ko’p va uzoq ishlash parasimpatik asab tizimining ham
o’z   vaqtida   ta’sir   ko’rsatishiga   bog’liq.   Ikkala   tizimning   kelishib   ishlashi
tufayligina   uzoq   vaqt   jismoniy   ish   qilish   mumkin   bo’ladi.   Parasimpatik   va simpatik   asab   tizimlarining   kelishib   ishlashi   organizmning   muayyan   hayot
kechirishi va ishlashiga sabab bo’ladi.
So’ngi   yillarda   vegetativ   asab   tizimining   uchinchi   bo’limi- metasimpatik
asab   tizimiga   katta   ahamiyat   bera     boshlandi.   Bu   tizim   ichki   a’zolar   faoliyatini
boshqarishda muhim rol o’ynaydi.
Metasimpatik   asab   tizimi   ko’p   jihatdan   vegetativ   asab   tizimining   boshqa
bo’limlaridan farq qiladi. 
1.Metasimpatik   tizim   faqat   o’zi  harakat  qilish  qobiliyatiga  ega   bo’lgan  ichki
a’zolarni   innervasiya   qiladi;   ularning   harakat   qilish,   so’rish,   shira   ajratish
faoliyatlarini   nazorat   qiladi;   mahalliy   qon   aylanishiga   va   ichki   sekresiya   bezlari
faoliyatiga ta’sir etadi.   
2.Metasimpatik tizim simpatik va parasimpatik tizimlar bilan sinapslar orqali
bog’langan.
3.Umumiy ichki afferent yo’laridan tashqari, o’zining sensor qismi bor.
4.Asab tizimining boshqa qismlari bilan qarama-qarshi munosabatda emas.
5.Markaziy   asab   tizimidan   muxtorlik   darajasi   simpatik   va   parasimpatik
tizimlarnikidan yuqori.
6.Metasimpatik   tizim   faoliyatini   maxsus   dorilar   yordamida   to’xtatish
a’zolarning ritmik harakat qilish qobiliyati yo’qolishiga olib keladi.
7.Metasimpatik asab tizimi o’z mediatorlariga ega.
Vegetativ (muxtor) asab tizimi bo’laklari bir-biridan farq qiladi:
1. Birinchi   va   asosiy   tafovut   tizimlar   effektor   neyronlarining   markaziy   asab
tizimida   egallangan   joyida.   Vegetativ   asab   tizimining   effektor   neyronlari   orqa   va
bosh   miyadan   tashqarida   joylashgan,   somatik   asab   tizimi   efferent   neyronlari   esa
orqa miyaning kulrang moddasida.
2. Ikkinchi   tafovut   shundaki,   orqa  miyaning   oldingi   ildizlari   kesib   tashlansa,
somatik efferent tolalar bitta qolmay yemirilib ketadi. Vegetativ tizimining efferent
tolalari   o’zgarmaydi,   chunki   neyron   chetdagi   tugunlardagi   neyronlarning
o’simtalaridir. 3. Uchinchidan,   somatik   asablar   orqa   miya   va   miya   ustunidan   bir   tekis,
segment-segment  (metamer)  chiqqan. Ular  tanada biri  tarqalgan sohani  ikkinchisi
ham   innervasiyalaydi.   Vegetativ   asab   tizimi   tolalari   markaziy   asab   tizimida
chegaralangan   va   bir-biridan   ancha   uzoq   bo’lgan   markazlardan   (mezensefal,
bulbar, sakral va torako-lyumbal) chiqadi.
15.3. Vegetativ reflekslar
Vegetativ   reflekslar   degan   ko’pgina   reflektor   reaksiyalarining   yuzaga
chiqishida   vegetativ   asab   tizimining   neyronlari   muhim   rol   o’ynaydi.   Vegetativ
reflekslar   eksteroseptiv   va   interoseptiv   reseptorlardan   yuzaga   chiqadi.   Bu
reflekslarda   impulslar   markaziy   asab   tizimidan   periferik   a’zolarga   simpatik   va
parasimpatik asablar orqali o’tadi.
Turli   vegetativ   reflekslar   juda   ko’p,   ammo   reflekslarlarning   yuzaga
chiqaruvchi   reseptorlarga   va   ishlovchi   a’zolarga   qarab   quyidagi   reflekslarni   qayd
qilib o’tish mumkin.
1.Vissero-visseral   reflekslar -ichki   a’zolardagi   reseptorlarning   ta’sirlanishi
natijasida   vujudga   keladigan   va   ichki   a’zolar   faoliyatining   o’zgarishi   bilan
tugaydigan   reaksiyalardir.   Masalan,   aorta,   karotid   sinus   yoki   o’pka   tomirlaridagi
bosimning   ortishi   yoki   kamayishi   natijasida   yurak   faoliyati   va   tomirlar   tonusida
reflektor o’zgarishlar kuzatiladi. Qorin bo’shlig’idagi a’zolar ta’sirlanganda yurak
refleks yo’li bilan to’xtab qoladi. 
2. Vissero-somatik   reflekslar -ichki   reseptorlar   qo’zg’alganda   nafaqat   ichki
a’zolar   faoliyati   o’zgaradi,   balki   skelet   mushaklarining   faolligi   ham   o’zgaradi.
Masalan,   karotid   sinus   reseptorlarining   qo’zg’alishi   biror   sababdan   oshgan   qon
bosimini   asl   holiga   qaytaradigan   o’zgarishlarni   sodir   qiladi,   yurak   urishi   susayib,
qon   tomirlar   kengayadi.   Ayni   paytda   organizmning   umumiy   harakat   faolligi
kamayadi.   Me’da-ichak   tizimi   reseptorlarining   qo’zg’alishi   qorin   va   qo’l-oyoq
mushaklari qisqarishiga olib kelishi mumkin. 3.Visserosensor   reflekslar -     ichki   reseptorlar   qo’zg’alishi   natijasida   ichki
a’zolar   faoliyatining   o’zgarishi   yuzaga   chiqadi.   Bunday   refleks   paydo   bo’lganda
ichki   reseptorlardan   impulslarni   qabul   qiluvchi   segmentdan   afferent   tolalar   olgan
tana sohasida sezgirlik ortadi. 
4.Akson-refleks.   Vegetativ   asablar   ta’sirlanganda   akson-reflekslar,   yoki
psevdoreflekslar   degan   g’alati   reaksiyalar   qayd   qilingan.   Ularning   haqiqiy
reflekslardan   farqi   shuki,   akson-reflekslarda   qo’zg’alish   reseptor   neyronidan
effektor   neyronga   o’tmaydi.   Preganglionar   yoki   postganglionar   neyronlarning
aksonlari   tarmoqlanganda   bir   tarmog’i   bir   a’zoga   yoki   a’zoning   bir   qismiga
innervasiya   bo’lib,   ikkinchi   tarmog’i   boshqa   a’zoni   yoki   shu   a’zoning   boshqa
qismini   innervasiyalansa,   akson-reflekslar   kelib   chiqishi   mumkin.   Aksonning
shunday   tarmoqlanishi   tufayli   bir   tarmoqning   ta’sirlanishi   natijasida   qo’zg’alish
ikkinchi   tarmoqqa   ham   yoyilishi,   shunga   ko’ra   ta’sirot   joyidan   uzoqdagi   a’zo
reaksiya ko’rsatishi mumkin. Adabiyot
1. Almatov K.T., Allamurodov SH. Odam fiziologiyasi. – T., 2004.
2 . Qodirov U.Z. Odam fiziologiyasi. – T., 2004.
3.  Nuritdinov E.N. Odam fizologiyasi. Toshkent, «Aloqachi», 2005, 505 b.
4. Tashmuxamedova M.I., Hamraqulov A.K. Fiziologiyadan mustaqil ishlar.
O‘quv uslubiy qo‘llanma. T., 2005.
5. Tkachenko B.I. Osnov ы  fiziologii cheloveka. S . P . 1994.
6.  Solodkov A.S., Sologub E.B. Fiziologiya cheloveka (ob щ aya sportivnaya,
vozrastnaya): - Moskva, «Sport», 2015, 610 s.
7 .   Smirnov   V.M.,   Dubrovskiy   V.I.   Fiziologiya   fizicheskoo   vospitaniya   i
sporta. – Moskva, «Vlados press», 2002, 605 s.

ASAB TIZIMINING ADAPTATSION – TROFIK FUNKSIYASI VA VEGETATIV FUNKSIYALARINING BOSHQARILISHI Reja: 1. Vegetativ asab tizimining simpatik parasimpatik va metasimpatik bo‘limlari, ichki organlar funksiyasining boshqarilishida ularning roli; 2. Vegetativ reflekslar; 3. Jismoniy mashg‘ulotlarda vegetativ asab tizimining ishtiroki.

1. Vegetativ asab tizimining simpatik, parasimpatik va metasimpatik bo‘limlari XIX asrning avvalida fransiyalik fiziolog F.K.Bishning taklifiga muvofiq, bajariladigan funksiyaga ko’ra asab tizimi ikki qismga: somatik va vegetativ asab tizimiga bo’lindi. Somatik asab tizimi odam tanasining skelet mushaklari, sezgi a’zolari ishini boshqaradi. Vegetativ asab tizimi ichki a’zolar, (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ajratish, jinsiy va hokazo) ichki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi. Skelet mushaklaridagi moddalar almashinuvi jarayoni ham vegetativ asab tizimi tomonidan, ammo bu mushaklarning sezish va harakatlanish fmksiyalari somatik asab tizimi tomonidan boshqariladi. Vegetativ va somatik asab markazlarining joylashishi ham bir-biridan farq qiladi. Jumladan, vegetativ asab tizimining markazlari orqa va bosh miyaning ma’lum qismlarida bo’lsa, somatik asab tizimining markazlari orqa miya va bosh miyaning hamma qismlarida joylashgan. Somatik asab tizimining asab tolalari orqa miyaning har bir segmentidan boshlansa, vegetativ asab tizimi bunga qarama- qarshi o’laroq, markaziy asab tizimining har bir bo’limlaridan tutam-tutam bo’lib chiqadi. Vegetativ asab tizimi o’rta miyadan, uzunchoq miyadan, orqa miyaning ko’krak-bel va dumg’oza qismidan boshlanadi. Markaziy asab tizimida o’rta miya bilan uzunchoq miyadan va orqa miyaning dumg’oza bo’limidan boshlanuvchi tolalar parasimpcitik asab tizimini hosil qiladi. Vegetativ asab tizimining orqa miyaning ko’krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha boshlanuvchi tolalar simpatik asab tizimimi hosil qiladi. Bundan tashqari vegetativ asab tizimining yana bir bo’limi-metasimpatik asab tizimi ham mavjud. Shunday qilib, vegetativ asab tizimining markazlari miya ustunida va orqa miyada joylashgan:

1.O’rta miyada parasimpatik asab tizimining mezensefal bo’limi bor, undan vegetativ tolalar ko’zni harakatlantiruvchi asab tarkibida ketadi. 2.Uzunchoq miyada parasimpatik asab tizimining bulbar bo’limi bor, undan efferent tolalar yuz, til-halqum asablari va adashgan (sayyor) asab tarkibida chiqadi. 3.Orqa miyaning ko’krak va bel segmentlarida (birinchi ko’krak segmentidan ikkinchi-to’rtinchi bel segmentigacha) vegetativ asab tizimining simpatik (torako- lyumbal) bo’limi bor; undan vegetativ tolalar tegishli orqa miya segmentlarining oldingi ildizlari orqali orqa miya neyronlarining o’siqlari bilan birga chiqadi. 4.Orqa miyaning dumg’aza segmentlarida parsimpatik asab tizimining sakral bo’limi bor, tolalar undan chanoq asabi tarkibida chiqadi. (15.1.1-rasm). Shunday qilib, markaziy asab tizimining to’rtta bo’limida vegetativ asab tizimining markazlari joylashgan. Mezensefal, bulbar va sakral bo’limlardagi yarolar vegetativ asab tizimining parasimpatik qismini, torako-lyumbal bo’limdagi yadrolar esa vegetativ asab tizimining simpatik qismini hosil qiladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, parasimpatik asab tizimi o’rta miya bilan uzunchoq miyadan va orqa miyaning dumg’aza bo’limidan boshlanadi O’rta miyada joylashgan yadrolar (III juft bosh miya asablari) hamda orqa miyaning dumg’oza bo’limida joylashgan ichki chanoq asablar yadrosi parasimpatik asab tizimi markazlari hisoblanadi. Ko’zni harakatlantiruvchi asabning tarkibida kiradigan parasimpatik tolalar o’rta miyadan chiqadi. Bu tolalar ko’zning silliq mushaklarini innervasiya qiladi. Shu asablar orqali keluvchi impulslar qorachiqni toraytiradi. Yuz asabi bilan adashgan asabning tarkibiga kiruvchi parasimpatik tolalar uzunchoq miyadagi bir to’da hujayralardan boshlanadi. Nog’ora tori deb ataladigan asabni hosil qiluvchi tolalar yuz asabining tarkibida chiqadi. Bu asab jag’ ostidagi so’lak bezining sekretor asabi bo’lib, qo’zg’alganda so’lak chiqartiradi. Simpatik asab tizimi orqa miyaning so’ngi segmentidan to III bel segmentigacha bo’lgan qismidan boshlanadi. Bu tolalarning talayginasi orqa miyadan chiqib umurtqa pog’onasi oldidagi tugunlarga kiradi. Bu tugunlar chegara

simpatik zanjirini hosil qiladi. Tolalarning anchasi shu zanjirda uziladi, qolganlari esa umurtqa pog’onasidan niyrondagi tugunlarda uziladi. Bo’yinning yuqori va o’rta qismidagi tugunlar bo’yinning pastki qismidagi yoki yulduzsimon tugun, quyoshsimon chigal, ichak tutqichning yuqori va pastki tugunlari shunday tugunlarga kiradi. Simpatik asab tizimi barcha to’qima va a’zolarni innervasiya qiladi. Bu asab tizimi hazm a’zolari, silliq mushaklar, yurak, tomirlar, buyraklar, qovuq, ichki sekresiya bezlari, jinsiy a’zolar, sezgi a’zolari, ter bezlari va shu kabi a’zolarning faoliyatiga ta’sir etadi (15.1.1-jadval). Simpatik asab tizimi yuqorida aytilgan a’zolarning ishiga ta’sir etish bilangina qolmay, barcha ko’ndalang-targ’il mushaklarning faoliyatiga ham ta’sir etadi; simpatik tizim mushaklar tonusiga, ulardagi modda almashinuvi jarayonlariga, charchagan mushakning yana ishlab ketishiga ta’sir ko’rsatadi

15.1.1-rasm. Vegetativ asab tizimi (efferent qismining umumiy tuzilishi. 1-orqa miyaning dumg’oza bo’limi (S). 2-orqa miyaning ko’krak-bel bo’limi (Th-L); 3- orqa miyaning bo’yin bo’limi (S); 4-uzunchoq miya; 5-o’rta miya; 6-chegaradagi simpatik ustuni; 7-bosh miya parasimpatik tugunlari; 8-postganglionlar tolalar; 9-quyoshsimon chigil va uning tugunlari; 10-orqa ichaktutqich tuguni; 11-preganglionar tolalar; 12-chanoq asabi; 13-so’lak bezlari; 14- ko’zning ichki mushaklari; 15-bosh miya qon tomirlari va uning pardalari; 16-traxeya, bronxlar, o’pka; 17-metasimpatik asab tizimining funksional moduli; 18-me’da; 19-yurak; 20-skelet mushaki; 21-o’n ikki barmoq ichagi; 22-me’da osti bezi; 23- ichki a’zolar qon tomirlari; 24-jigar; 25-buyrak usti bezi; 26-yo’g’on ichak; 27-buyrak; 28- siydik pufagi; 29-erkak jinsiy a’zolarining ichki qismi; 30-bachadon; 31-teri . 15.1.1-jadval. Simpatik va parasimpatik asablarning a’zolarga ta’siri. A’zo Parasimpatik asablar ta’siri Simpatik asablar ta’siri Yurak Sekinroq urib, qisqarish kuchi kamayadi Tezroq urib, qisqarish kuchi oshadi. Ter tomirlari Torayadi Ichki a’zolarning tomirlari Torayadi Til va sulak bezlarining tomirlari Kengayadi Torayadi Jinsiy a’zolarning tomirlari Kengayadi Torayadi Ko’z Qorachig’i torayadi (rangdor pardaning halqasimon mushaklari qisqaradi) Qorachig’i kengayadi (rangdor pardaning halqasimon mushaklari qisqaradi) Bronxlar Torayadi Kengayadi So’lak bezlari So’lak chiqaradi So’lak chiqaradi Me’da bezlari Shira chiqaradi Shira chiqishi susayadi Me’da osti bezining Shira chiqaradi -