JISMONIY MASHQLAR BILAN SHUG‘ULLANISHDA MARKAZIY ASAB TIZIMINING UYG‘UNLASHTIRUVCHI AHAMIYATI
JISMONIY MASHQLAR BILAN SHUG‘ULLANISHDA MARKAZIY ASAB TIZIMINING UYG‘UNLASHTIRUVCHI AHAMIYATI Reja: 1. Markaziy asab tizimi tomonidan harakat funksiyalarini boshqarish mexanizmlari; 2. YUrish, yugurish va tika turishlarning fiziologik asoslari; 3. Jismoniy mashg‘ulotlarda vegetativ asab tizimining ishtiroki; 4. Harakat malakalarni hosil qilishda miya po‘stlog‘ining ahamiyati;
1. Markaziy asab tizimi tomonidan harakat funksiyalarni boshqarish mexanizmlari Organizmning butun xilma-xil faoliyati, o’zgarib turadigan va turli kombinasiyalarida ko’rinadigan barcha reflektor harakatlar odamning jismoniy mehnat jarayonida qiladigan juda nozik harakatlari faqat markaziy asab tizimining uyg’unlashtiruvchi (koordinasiya qiluvchi) faoliyati tufayligina yuzaga chiqishi mumkin. Reflektor yeyni ko’zdan kechirganimizda ikki neyronli va uch neyronli yoy sxemasi bilan tanishdik. Butun organizmda ham qo’zg’algan asab hujayrasi qaysi neyronga bog’langan bo’lsa, qo’zg’alish o’sha neyronga o’tadi va shunday qilib, xuddi zanjirdan yurgandek mushakga yetib boradi deb o’ylasa, bular edi. Xaqiqatda har bir reflektor reaksiya markaziy asab tizimining g’oyatda murakkab reaksiyasi hisoblanadi. Xar bir ayrim paytda organizmga ko’p va xilma-xil ta’sirotlar kelib turadi. Markaziy asab tizimining uyg’unlantiruvchi ahamiyati shundan iborat: organizm bu ta’sirotlarga javoban shu xildagi refleksni yuzaga chiqaradiki, bu refleks muayyan paytda organizmning u yashab turgan sharoit bilan muvozanatga kelishini ta’minlaydi. Ana shu javob reaksiyalari vaqtida butun organizmdagi ayrim a’zolar yoki a’zo tizimlari bir-biri bilan bog’langan qismlar sifatida baravar va ketma-ket birgalashib ishlaydi. Uyg’unlik mushak harakatlarining aniq bajarilishini ta’minlaydi, turli tashqi vaziyatlarga moslashgan reflektor reaksiyalarini yuzaga chiqaradi, bu reflektor reaksiyalar harakatlantiruvchi, sekretor, tomir va boshqa komponentlardan tarkib topadi. Organizmning harakat qilishdek uyg’unlashgan faoliyati shuncha bog’liqki, organizm biror ta’sirotga javoban ham mushaklarini yoki qanday bo’lmasin mushaklarni emas, balki qat’iyan ma’lum mushaklar guruxini qisqartiradi. Organizm shu tariqa harakat qilganda yurak-tomir tizimi, nafas a’zolari va boshqa tizimlarning faoliyati o’zgaradi. Anna shu jarayonlarning hammasi harakat reaksiyasini yuzaga chiqarish uchun eng yangi sharoit tug’diradi.
Murakkab ravishda uyg’unlashgan harakatning yuzaga chiqishida po’stloq ostidagi tuzilmalar (orqa miya, uzunchoq miya, miyacha va u kabilar) gina emas, balki bosh miya po’stlog’i ham qatnashadi. Masalan, jismoniy mehnat jarayonida qilinadigan harakatlarni yoki sportchi qiladigan harakatlarni uyg’unlashtirishda va shunga o’xshashlarda bosh miya po’stlog’ining shartli reflektor faoliyati ayniqsa katta ahamitga egadir. Gap shundaki, harakatlarning juda ko’p shakllari shartli reflektor harakatlardan iborat, harakatlarning kichik bir guruxigina nasldan qolgan, ya’ni shartsiz reflektor harakatdan iboratdir. Miya po‘stlog‘ida asab markazlari juda ko‘p bo‘lib, ular morfologik va fiziologik jihatdan bir-biridan farq qiladi (18 .1.3 -rasm). Masalan, uning ensa qismida (17,18,19, 20, 21, 22 maydonlar) ko‘rish ta’sirlarini qabul qiladigan ko‘rish markazi joylashgan. Chakka mintaqasida (41, 42 maydonlar) kortiyev a’zodan kelayotgan ta’sirni qabul qiluvchi eshitish markazi, oldingi markaziy pushtada harakat asab markazlari (4, 6 maydonlar), keyingi markaziy pushtada sezishning oliy markazi joylashgan. Bulardan tashqari, miya yarim sharlarining 44, 45, 6, 39, 41, 42 maydonlari bilan bog‘langan nutq-eshitish, nutq-harakat, nutq- ko‘rish va boshqa analizatorlarning og‘zaki va yozma nutq bilan bog‘liq bo‘lgan asab markazlari joylashgan. Miyaning pastroqdagi bo‘limlariga po‘stloq ostidagi yadrolarga, miya ustuniga va orqa miyaga impuls yuboruvchi neyronlar ikkinchi guruhiga kiradi. Bu katta piramidal neyronlar bo‘lib, ularni birinchi marta morfolog V.A.Bes 1874– yilda tasvir etgan. Ular yarim sharlar po‘stlog‘idagi motor (harakat) mintaqasining V qavatida to‘plangan. Bu neyronlarni motor yoki efferent neyronlar deb hisoblashadi. Motor neyronlar odamning yurish, yugurish, tikka turish va boshqa murakkab harakatlarning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi . .2. Yurish, yugurish va tikka turushlarni fiziologik asoslari YUrish . Skelet, tana va qo‘l-oyoq mushaklarining murakkab uyg‘unlashtirilgan faoliyati tufayli odam yuradi. Bu uyg‘unlashtirish bolada asta-
sekin, bir yoshdan boshlab vujudga keladi va keyingi taraqqiyot davrida avtomatlashib qoladi. Odam yurgan vaqtda navbat bilan goh o‘ng oyog‘iga, goh chap oyog‘iga tayanadi (bir tayanchli davr). Tayangan o‘ng oyoq tanani ko‘tarib turgan paytida bo‘sh chap oyoq oldinga uzatiladi. Oldinga uzatilgan chap oyoq tovoni yerga tekkan vaqtda o‘ng oyoq hali yerdan uzilmay tana bir necha vaqtgacha ikkala oyoqqa tayanib turadi (ikki tayanchli davr). So‘ngra tana vazni butunlay oldindagi chap oyoqqa tushadi, bu oyoq endi tayanch bo‘lib qoladi. Tayanch bo‘lib qolgan chap oyoq tovonidan uchigacha yumaloqlanib, tanani oldinga qarab yurgizadi. Odam yurganda mushaklarning ketma-ket ishga tortilishini va qisqarishlarining aniq uyg‘unlashishini markaziy asab tizimi va asosan bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i ta’minlaydi. Yurish jarayoni asab mexanizmi jihatidan avtomatlashgan zanjirli refleksdir . Bu refleksda afferent impulsasiya harakatning avvalgi har bir elementiga hamroh bo‘lib, navbatdagi elementning boshlanishi uchun signal bo‘lib xizmat qiladi. Yugurish. Odam yugurganda orqadagi oyoq kuchli ravishda yozilib, ikkinchi (oldinga uzatilgan) oyoq yerga tegib ulgurmasdan ertaroq yerdan uziladi, shunga ko‘ra odam yurganda tanasi bir necha vaqt yerga tayanmay, muallaq turadi. Shuning natijasida butun tana tikkasiga (yuqoriga va pastga) ancha siljiydi. Tikka turish. Tanani muvozanat saqlashi tikka turish uchun zarur omildir. Butun tananing og‘irlik markazi tananing tayanch tekisligi ustida, ya’ni oyoq kaftlarining yerga tegib turish maydoni bilan chegaralangan tekislik ustida turgandagina muvozanat saqlash mumkin. Markaziy asab tizimining ba’zi kasalliklarida (masalan, orqa miyaning proprioreseptorlaridan impuls o‘tkazuvchi orqa ustunlari zararlanganda) tana
me’yordagiga nisbatan ko‘proq tebranadi va, ayniqsa, ko‘z yumilganda barqaror tikka turib bo‘lmaydi. Odamning tikka turishida katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ishtirok etishi shu bilan isbot etiladiki, sensomotor mintaqa zararlanganda odam tikka turolmaydigan bo‘lib qoladi. Bola (shuningdek, harakat-tayanch a’zolari zararlangan katta yoshli kishi) uzoq mashq qilish natijasida tanani barqaror tikka tutadigan bo‘lib qoladi. 3. Jismoniy mashg’ulotlarda vegetativ asab tizimining ishtiroki. Vegetativ asab tizimi tomonidan innervasiya qiladigan a’zolar faoliyatining reflektor yo’li bilan o’zgarishi xulq-atvordagi hamma murakkab jarayonlar- organizmdagi barcha shartsiz va shartli reflektor reaksiyalarining doimiy bir qismidir. Xulq-atvorning turli-tuman jarayonlari mushaklar faoliyatida, faol jismoniy harakatlarda namoyon bo’lib, hamisha ichki a’zolar, ya’ni qon aylanishi, nafas olish, ovqat hazm qilish, chiqarish, ichki sekresiya bezlari funksiyasining o’zgarishi bilan davom etadi. Jismoniy mehnat va jismoniy mashqlar natijasida funksiyalarning o’zgarishi tufayli mushaklar uzoq vaqt shiddatli va samarali ishlay oladi. Mushaklar qonni ko’p olib, ularda modda almashinuvi kuchaygandagina shunday yaxshi ishlay oladi. Darhaqiqat har qanday jismoniy mashg’ulotlar natijasida yurak tezroq urib, qisqarish kuchi oshadi, turli a’zolardan o’tuvchi qon qayta taqsimlanadi (ichki a’zolarning tomirlari torayadi, ishlayotgan mushaklarning tomirlari kengayadi), qon dejpolaridan qon chiqishi hisobiga tomirlarda qon ko’payadi, nafas olish kuchayadi va chuqurlashadi, depolardagi qand qonga chiqadi va hokazo. Mushaklar faoliyatiga yordam beradigan shu va boshqa ko’p moslanish reaksiyalari markaziy asab tizimidan oliy bo’limlarining vegetativ asab tizimi orqali ta’sirida yuzaga chiqadi. Tashqi muhitning va organizm ichki holatining turli o’zgarishlarida organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligini saqlashda vegetativ asab tizimining ishtiroki muhim ahamiyatga egadir. Quyidagi hodisalar bunga misol bo’la oladi: havo