MARKAZIY ASAB TIZIMINING UMUMIY FIZIOLOGIYASI
MARKAZIY ASAB TIZIMINING UMUMIY FIZIOLOGIYASI Reja: 1. Asab tizimining funksiyalari; 2. Asab tolasining xossalari; 3. Asablarning reflektor faoliyati; 4. Reflekslarning turlari; 5. Reflektor yoy; 6. Asab markazlari; markaziy tormozlanish; 7. Asab tizimining uyg‘unlantiruvchi faoliyati.
1. Asab tizimining funksiyalari Asab tizimi quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1. Asab tizimi odam organizmida barcha hujayra, to’qima, a’zolari va funksional tizimlarining ishini boshqaradi, tartibga soladi va ularning bir-biri bilan o’zaro bog’lanishini ta’minlaydi. I.P.Pavlov asab tizimining bu funksiyasini quyi funksiyasi deb atagan. Bu vazifani orqa miya va bosh miyaning quyi qismlarida (uzunchoq, o’rta, oraliq miya va miyachada) joylashgan asab markazlari bajaradi. 2. Asab tizimi organizmni tashqi muhit bilan bog’laydi, muhit sharoitiga moslashuvini ta’minlaydi. Tashqi muhit ta’sirida, atrofdagi boshqa odamlar bilan munosabati natijasida odamda paydo bo’lgan fikrlash, fikrni bayon etish, bilim olish, hunar o’rganish va ularni esda saqlash kabi yuksak insoniy xususiyatlar ham asab tizimining ana shu ikkinchi funksiyasiga kiradi. I.P.Pavlov asab tizimining bu funksiyasini oliy asab faoliyati deb atagan. Asab tizimining bu funksiyasini uning yuqori qismida (bosh miya yarim sharlar po’stlog’ida) joylashgan asab markazlari bajaradi. 3. Bosh miya yarim sharlar po’stlog’i ruhiy faoliyatning asosiy a’zosi hisoblanadi. Asab impulslarni bosh miya yarim sharlar po’stlog’i neyronlariga yetib borishi natijasida hissiyot to’yg’usi hosil bo’ladi, qaysiki odamda ong va tafakkur jarayonlarning asosi hisoblanadi. 2. Asab tolasining xossalari Asab tolasi, har bir tirik to’qima singari, qo’zg’alish va ta’sirotni o’tkazish xususiyatiga ega. Agar mushak bilan birlashgan asabning biror joyi elektr toki bilan ta’sirlanadigan bo’lsa, asab qo’zg’alib, qo’zg’alinishni mushakga o’tkazadi va natijada mushak qisqaradi. Asab tolasining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat. 1. Asab tolasi qo’zg’alishni o’tkazish uchun butun bo’lishi kerak. Asabni kesish va yoki uni qattiq bog’lash natijasida asabdan qo’zg’alish o’tmay qoladi. Asabning butunlili buzilgandagina emas, uning funksiyasi buzilgan vaqtda ham u
qo’zg’alishni o’tkazmay qo’yishi mumkin. Masalan, asab sovutilganda yoki istilganda, zahrlanganda va qon bilan yaxshi ta’min etilmaganda ham qo’zg’alish o’tmay qoladi. Demak, asabdan qo’zg’alish o’tishi uchun u buzilmagan, shikastlanmagan, ya’ni butun bo’lishi kerak. Bu - asabning fiziologik butunligi qonuni deyiladi. 2. Ikki tomonlama o’tkazish qonuni. Asab tolasi qo’zg’alishni ikki tomonlama-markazdan periferiyaga (atrofga) va periferiyadan markazga o’tkaza oladi. Asab tolasi markazga intiluvchi yo markazdan qochuvchi tola bo’lishidan qat’i nazar unga ta’sir etilsa qo’zg’alish ikki tomonga tarqatib ketadi. Asab tolasining bu xossasini atoqli rus olimi R.I.Babuxin (1877) birinchi bo’lib kashf etgan. 3. Ajratib o’tkazish qonuni. Periferik asab tizimi ko’pgina ayrim asab tolalaridan iborat; bu tolalar hammasi bir asab ustunida boradi. Asab ustunidan xilma-xil asab tolalari, ya’ni markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi asab tolalari baravar o’tishi mumkin. Ammo bir asab tolasidan o’tadigan qo’zg’alish qushni asab tolalariga o’tmaydi. Qo’zg’alish asab tolasidan yakka, ajralgan holda o’tganligi tufayli odam juda nozik ayrim harakatlarni bajara oladi. Masalan, rassomning suratlar chizishiga, musiqachining murakkab musiqa asarlarini ijro etishiga, jarrohning eng nozik jarohlik qilishiga sabab shuki, har bir tola asab impulsni mushakka ajratib o’tkazadi va shunday qilib markaziy asab tizimi mushak harakatlarini uyg’unlashtira oladi. Qo’zg’alish boshqa tolalarga o’ta olganda edi, ayrim mushak qisqarishi mumkin bo’lmagan edi, har bir qo’zg’alishda xilma-xil mushaklar tartibsiz qisqargan bo’lar edi. Markaziy asab tizimi neyronlarning yig’indisidir. Uni ko’ndalang kesishda rangi bir-biridan farq qiladigan ikki qavatni ko’rish mumkin: bu qavatlardan biri kulrang, ikkinchisi esa oq bo’ladi. Bu ikki modda rangiga qarab kulrang modda va oq modda deb ataladi. Kulrang modda asab hujayralarining tana (soma) sidan va oq modda asab o’siqlaridan akson va dendritlardan tashkil topgan.
3. Asablarning reflektor faoliyati Markaziy asab tizimi faoliyatining asosiy va o’ziga xos belgisi reflekslarni yuzaga chiqarishdir. I.P.Pavlov bu haqda quyidagilarni yozgan edi: «Murakkab organizm hayotida refleks eng muhim va eng ko’p uchraydigan asab hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy, to’g’ri va aniq o’zaro nisbati va butun organizmning tevarak-atrofidagi sharoitga munosabati refleks yordamida qaror topadi». «Refleks» terminini fiziologiyada birinchi marta fransiyalik olim Rene Dekart ishlatgan. Refleks – tashqi yoki ichki muhit o’zgarganda reseptorlarning ta’sirlanishiga javoban organizmning markaziy asab tizimi yordamida ko’rsatadigan qonuniy reaksiyasidir. Reflekslar orqali organizmning biror faoliyati yuzaga chiqadi, yoki to’xtatiladi: mushaklarning qisqarishi yoki bo’shashuvi, bezlar sekresiyasi yoki sekresiyaning to’xtatishi, tomirlarning torayishi yoki kengayishi va hokazo. Organizm reflektor faoliyati tufayli tashqi muhitning yoki o’z ichki holatining turli o’zgarishlariga tez reaksiya ko’rsata oladi va shu o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Markaziy asab tizimi reflektor faoliyatining ahamiyati I.M.Sechenov va I.P.Pavlovning klassik asarlarida to’liq ochib berilgan I.M.Sechenov 1862 yildayoq «Bosh miya reflekslari» degan shoh asarida: «Ongli va ongsiz hayotining hamma faoliyatlari kelib chiqish usuli jihatidan reflekslardir»-degan edi. 4. Reflekslarning turlari. Reflekslar yoki reflektor faoliyati juda xilma-xilligi bilan farq qiladi. Reflekslarni bir qancha belgilariga qarab turli guruhlarga ajratish mumkin. 1) Reflekslar organizmga biologik ahamiyati jihatdan ovqat, mudofaa, jinsiy, vaziyat va fazoda tanani harakatlantirish reflekslariga bo’linadi.
2) Reseptorlarga qayerda joylashganiga qarab, reflekslar: eksteroreseptiv (ya’ni tana sirtidagi reseptorlarning ta’sirlanishidan kelib chiqadigan), vissero yoki intero reseptiv (ichki a’zolar va tomirlardagi reseptorlarning ta’sirlanishidan kelib chiqadigan), proprioreseptiv (skelet mushaklari, bo’g’imlar, paylardagi reseptorlarning ta’sirlanishidan kelib chiqadigan) reflekslarga bo’linadi. 3) Reflekslar yuzaga chiqishi uchun miyaning qaysi bo’limlari zarurligiga qarab ham tasnif qilinadi. Reflekslar shu jihatdan spinal (orqa miya neyronlarining ishtirokida kelib chiqadigan), bulbar (uzunchoq miyaning ishtirokida), mezensefal (o’rta miya ishtirokida), diensefal (oraliq miya ishtirokida) va kortikal (bosh miya yarim sharlari po’stlog’idagi neyronlar ishtiroki bilan) yuzaga chiqadigan reflekslarga bo’linadi. 4) Reflekslar ularda qaysi a’zolarning ishtirok etishiga, javob reaksiyasining xarakteriga qarab ham ajratiladi. Masalan, refleks harakatlantiruvchi , yoki motor (bunda mushaklar ijrochi a’zo hisoblanadi), sekretor (bezlar sekresiyasi bilan tugaydigan), tomir harakatlantiruvchi (qon tomirlarining torayishida yoki kengayishida namoyon bo’ladigan) reflekslarga bo’linadi. Bu tasnif bir qadar oddiy reflekslarga to’g’ri keladi, zero markaziy asab tizimining oliy bo’limlaridagi neyronlar ishtirokida yuzaga chiqadigan murakkab reflekslarda esa odatda turli ijrochi a’zolar reflektor reaksiyaga tortiladi. 5) Butun organizmning barcha reflektor faoliyati shartsiz va shartli reflekslarga bo’linadi. Shartsiz reflekslar-organizmning irsiyat yo’li bilan o’tadigan tug’ma reaksiyalaridir. Shartli reflekslar esa, organizmning individual taraqqiyot jarayonida, «turmush tajribasi» asosida paydo bo’ladilar. Odam oyoq kaftining terisiga ta’sir etilganda oyoq panjasi va barmoqlari refleks yo’li bilan bukiladi - oyoq kaftining refleksi deb shuni aytiladi. Mushak payiga bolg’acha yengilgina urilganda mushakning cho’zilishi uning reflektor qisqarishiga sabab bo’ladi. Bu pay-mushak proprioreseptiv refleksidir. Jumladan, tizza refleksi (son turt boshli mushakning payiga tizza ko’zining pastidan urilganda oyoqning tizzadan keskin yozilishi) va Axill refleksi (Axill