BIR YILLIK VA IKKI YILLIK DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’ XOSILDORLIGINI XISOBGA OLISH USULLARI
BIR YILLIK VA IKKI YILLIK DORIVOR O’SIMLIKLAR URUG’ XOSILDORLIGINI XISOBGA OLISH USULLARI Reja: 1. Bir yillik dorivor o’simliklar urug’lari tuzilishi. 2. Ikki yillik dorivor o’simliklar urug’tuzilishi. 3. Dorivor o’simliklar urug’ hosildorligini hisobga olish usullari.
Urug‘larning yetilishi. Har xil turdagi daraxt urug‘larining yetukliligi biologik xususiyatlariga qarab, urug‘ pishib yetilish davridagi ob-havoga bog‘liq holda yilning turli vaqtiga to‘g‘ri keladi. Past harorat ularning pishib yetilishini susaytiradi. Urug‘ ashyosi tayyorlashni ma’lum bir muddatlarda amalga oshirish zarur. Urug‘lar pishib yetilgandan keyin yig‘ib-terib olinadi. Urug‘larning pishib yetilishi fiziologik va texnik yetilishga bo‘linadi. Fiziologik yetuklik davrida urug‘ kurtagi (zarodishi) o‘sish qobiliyatiga ega bo‘ladi, lekin urug‘ (meva) daraxtda qolib o‘sib-rivojlanishni davom ettiradi. Bu davrda urug‘da suv miqdori kamayib quruq moddalar ortib boradi. Keyinchalik urug‘ texnik (hosil) yetuklikka o‘tadi, unda urug‘dagi oziq moddalari saxaroza, aminokislotalar va yog‘ kislotalari shaklida bo‘ladi. Oddiy shakldan moddalar shakliga o‘tadi, fermentlar ishqorliligining intensivligi susayib boradi. Tashqi qoplami suv va havo o‘tkazmaydigan zich qoplamga aylanadi. Urug‘da biologik jarayonlar to‘xtaydi va ular chuqur turg‘unlik holatiga o‘tadi. Urug‘larning namligi pasayadi, noqulay sharoitlarni ko‘tarish qobiliyati oshadi. Urug‘larning pishib yetilishi mevalarning tashqi belgilariga xarakterli bo‘lgan bir necha fazani o‘taydi. Bu tashqi belgilar (rangi, zichligi, yoriqligi) mevalarining pishganlik darajasini ko‘rsatadi. Bunda qator daraxt turlari onalik daraxti bilan aloqasini yo‘qotadi va to‘kiladi. Uchala turdagi archa mevalari (qora, saur va o‘rik archalari) dastlab yashil bo‘lib, urug‘i pishib yetilgan sari to‘q ko‘kimtir qatlamli qo‘ng‘ir, to‘q jigarrang bo‘lib boradi. Qrim qarag‘ayi qubbalari qo‘ng‘ir, to‘q jigarrang bo‘ladi. Oq tut daraxtining yashil rangli to‘pmevasi kattalashib borib, oq rangli bo‘ladi. Qayrag‘ochning yashil qanotchalari pishib yetilganda sariq yoki qo‘ng‘irrang bo‘ladi. Eman urug‘larining pisha boshlanganligini cho‘chqayong‘oqlarning jigarrang bo‘lishidan bil- sa bo‘ladi, oq akatsiyaning dukkaklari jigarrang, o‘riklarning me- vasi naviga bog‘liq holda, oq, sariq va boshqa rangliligiga qarab pishganligini bilsa bo‘ladi. Urug‘ va mevalarni yig‘ib-terib olish muddati daraxt va butalarning biologik xususiyatiga, urug‘larning yetuklik holatiga va ularning uzilib tushish muddatiga
bog‘liq, texnik yetuklikka kirishi bilan urug‘lar uzilib yerga tushadi va hosilning bir qismi yo‘qotiladi. Shuning uchun bunday xususiyatga ega bo‘lgan daraxtlardan urug‘larni fiziologik yetuklik davrida yig‘ib-terib olish tavsiya etiladi. Agar urug‘lar hosili yetuklik darajasiga yetishi bilan yerga to‘kilsa (qayrag‘och, eman, qayin, sariq akatsiya, terak, tol va boshqalar), o‘rmon urug‘ xomashyosini urug‘lar fiziologik yetuklik darajasiga yetganda yig‘ish kerak. Bu hosildan to‘liq foydalanish imkoniyatini beradi. Urug‘larni yig‘ib-terib olish muddatlari. Fiziologik yetuklik davrida yig‘ib-terib olingan urug‘lar yaxshi shamollantiriladigan xonada pishib yetiltirish maqsadida saqlanadi, keyin mevasidan urug‘i ajratiladi. Agar daraxt shoxlarida pishib yetilgan davrida ham mevasi saqlanib qolgan va urug‘i qishda saqlanadigan bo‘lsa, urug‘ xomashyosi pishib yetilish davridan so‘ng yig‘iladi. Agarda jo‘ka, oddiy shumtol, danaklilarning urug‘lari yozda stratifikatsiyalansa yoki erta kuzda ekilsa, ularning mevasi yozda fiziologik yetuklik davrida yig‘ib-terib olinishi kerak, bu paytda danaklilar, na’matak, do‘lanalar endi rang olayotgan, jo‘ka va jiydalar ko‘k rangli bo‘ladi. O‘zbekistonda qora archada urug‘ kurtagi (zarodishi) gul chang- langanidan keyin ikkinchi yili avgust oyida shakllanadi. Bu davrda yig‘ib-terib olingan va shu zahoti yerga ekilgan urug‘ keyingi yil bahorda yalpi unib chiqadi. Ularning mevasi bir-ikki oy keyinroq, ya’ni oktabr- noyabr oylarida to‘liq pishib yetiladi. Texnik yetuklik davrida yig‘ib-terib olingan mevalarning urug‘lari uzoq muddat turg‘unlik holatiga ega bo‘ladi va bahorda ekilgan urug‘ keyingi yilning bahorida unib chiqadi, unuvchanlik darajasi juda past bo‘ladi. Saur archada fiziologik yetuk urug‘lar changlangandan keyingi yili iyul oyida shakllanadi. Turkiston archasida fiziologik yetuk urug‘lar changlangandan keyingi yilning iyun oyida shakllanadi. Archaning barcha turlarida texnik yetuk urug‘ (meva) 9-10 oylarda yig‘ib-terib olinishi mumkin. O‘zbekistonda o‘sadigan ko‘pchilik daraxtlarda texnik yetuk urug‘ (meva) sentabr-oktabr oylarida shakllanadi va uzoq muddat (bahor) gacha daraxt
shoxlarida saqlanadi. Ularning urug‘larini yuqorida aytilgandek, martgacha yig‘ib- terib olish mumkin. Urug‘larni vaqtidan ilgari tayyorlash ko‘pincha ularning unishiga ta’sir etadi. Urug‘lar uzoq muddat saqlanishi mo‘ljallangan hollarda daraxtlardan texnik yetuklik, ya’ni to‘liq pishib yetilgandan keyin yig‘ib-terib olinishi yaxshiroqdir. Bu, ayniqsa, grek yong‘og‘iga tegishli, uning to‘liq yetilgan urug‘ini faqat pishib tabiiy holda tushgan mevasidan olish mumkin. Daraxtzorlarni oldindan o‘rganish. Urug‘ xomashyosini yoppasiga yig‘ib-terib olishdan oldin urug‘li daraxtzorlar O‘UP (O‘rmon urug‘lari plantatsiysi), DO‘UU (Doimiy o‘rmon urug‘lari uchastkalari), VO‘UU (Vaqtinchalik o‘rmon urug‘lari uchastkalari) va boshqalar) o‘rganib chiqiladi. Bundan maqsad urug‘ hosilini oldindan aniqlash, ularning ekish sifatini va kasallanganlik, zararlanganlik darajasini o‘rganishdir. Bu esa urug‘ xomashyosini yig‘ish zaruriyati haqidagi masalani hal etish imkonini beradi. Masalan, urug‘lar zararkunanda va kasalliklar bilan zararlangan bo‘lsa, serhosil bo‘l- ganda ham yig‘ish mumkin emas. Urug‘larni tekshirish uchun yig‘ish vaqti ularning morfologik belgilari bo‘yicha aniqlanadi. Tekshirish uchun yig‘ish yorug‘lik bilan ta’minlanganlik darajasi va changlanish sharoitlari turlicha bo‘lgan, me’yorida rivojlanayotgan 3-10 ta daraxtda; 3 ga gacha bo‘lgan uchastka maydonida 3 ta daraxtda, 3 ga dan 10 ga gacha maydonda 5 ta daraxtda, 11 dan 50 ga gacha maydonda 10 ta daraxtda o‘tqaziladi. Urug‘lar shoxlarning yuqori, o‘rta va pastki qismlaridan yig‘iladi. Har bir alohida uchastkadan yig‘ilgan urug‘larning massasi taxminan Davlat standarti o‘rtacha namunadagiga teng bo‘lishi kerak. Xo‘jalik ichida ekish sifatini tekshirish, kesib ko‘rish, bo‘yash yoki undirish uslublarida o‘tqaziladi. Urug‘lar sifatini taxminiy aniqlashda, asosan, ularning yuqori sifatliligi kesib ko‘rish uslubida o‘rganiladi. Xo‘jalik ichida urug‘ ekish sifati tekshirilgandan so‘ng, uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi xizmatdagi o‘rmon urug‘chilik stansiyasiga yo‘llaniladi, qolganlari urug‘lar tayyorlangan xo‘jalikda saqlanadi.
Meva va urug‘larni tayyorlash va yig‘ishning texnik usullari. Meva va urug‘lar DO‘UU, VO‘UU hamda himoya daraxtzorlardagi daraxt va butalardan yig‘ib-terib olinadi. Ular oldindan o‘rganilganda urug‘idan foydalanish yaroqli deb topilgan bo‘lishi kerak. Daraxt turlariga bog‘liq holda urug‘lar xomashyosi yerdan (to‘kilgan urug‘lar), o‘sib turgan yoki kesilgan daraxtlardan yig‘ib- terib olinadi. Yerga to‘kilgan yong‘oq, kashtan, yovvoyi olma va nok, ba’zan zarangning qanotli urug‘lari, jiyda, jo‘ka mevalari ham teriladi. Mevalar, qubba va urug‘larning ko‘p turlari qo‘lda tayyorlanadi: ular shoxlardan (yerda turib, narvonda turib yoki daraxt shoxiga chiqib) uziladi. Oson uziladigan mevalar (sariq akatsiya, saksovul, skumpiya, xandon pista) qo‘lda uziladi, shoxlari silkitiladi, uzun tayoqda ilgak orqali olinadi. O‘sayotgan daraxtlardan urug‘ xom- ashyosini tayyorlash yig‘im-terimda namoyon bo‘ladi. Ko‘p hollarda ishchi daraxt shoxlariga chiqib, qo‘li bilan teradi, silkitadi yoki tayoq bilan qoqadi. Teruvchi shoxga chiqish uchun maxsus moslamadan foydalanadi. Baland daraxtlardan mevalar turli yig‘ma moslamalar yordamida teriladi. 8-10 m balanlikdagi meva va qubbalarni yig‘ish uchun ko‘chma va yig‘ma narvonlardan, avtomashina platformalariga o‘rnatilgan ikki tomonga suriladigan narvonlardan, g‘ildirakli traktorga o‘rnatilgan P shaklidagi maxsus yukko‘targichlardan foydalaniladi. Ikki ishchini 12-26 metr balandlikka ko‘taradigan teleskopik yukko‘targichlar va gidroko‘targichlardan ham foy - dalaniladi. O‘rmondagi daraxt kesiladigan uchastkalarda urug‘ xomashyosi daraxtlar qulatilishi bilan terib olinadi, chunki ularni sudraganda (trelevkada) mevalari nobud bo‘lishi mumkin. Yuqori irsiy xususiyatli urug‘larning maksimal hosilini ta’minlash uchun daraxt kesishni hosildor yillarda urug‘ yig‘im-terimi vaqtida o‘tqazish kerak. Urug‘larning har bir partiyasini tayyorlashda «O‘rmon urug‘larini hisobga olish kitobi» deb nomlangan pasport tuziladi, unda barcha talab etiladigan ma’lumotlar, jumladan, unib chiqqan joy sharoitlari, onalik daraxtzorining taksatsion ta’rifi berilishi lozim.