Davlatchilik tushunchasi va uning kelib chiqishi to’g’risidagi yondashuvlar. O’zbekistonda qadimgi davlatchilikning turlari va boshqaruv shakli.
Davlatchilik tushunchasi va uning kelib chiqishi to’g’risidagi yondashuvlar. O ’zbekistonda qadimgi davlatchilikning turlari va boshqaruv shakli. Reja: 1. “O’zbekiston davlatchiligi tarixi” fanining predmeti va uni o’rganishning ahamiyati . 2. Davlatchilik tushunchasi. «Avesto» kitobida qadimiy davlatchilik tarixiga oid ma’lumotlar. 3. Davlatning kelib chiqishiga sivilazasiyaviy nuqtai nazardan yondashish to’g’risida 4. Davlatning kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyalar turlari to’g’risida.
O’zbekiston davlatchiligi tarixi fani :-Predmeti mamlakatimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab hozirgi kunga qadar kechgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar yaxlitlik, uzviylik va o’zaro aloqadorlikda o’rganiladi Obyekti-mamlakatimiz hududida kechgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlar;ishlab chiqarish kuchlari va vositalarining takomillashib borishi;til va yozuv, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi;davlat boshqaruv shakllari va evolyusiyasi;etnik jarayonlar, urf-odat va rasm-rusumlar;diplomatiya va elchilik aloqalari;sulolalar, tarixiy geografiya;milliy ozodlik harakatlari;din, mafkura va turli g’oyalar;buyuk tarixiy shaxslar, davlat arboblari va boshqalar O’zbekiston davlatchiligi tarixi fanining maqsad va vazifalari. O’zbekiston davlatchiligi tarixi fanining asosiy maqsadi davlatni boshqarish sohasidagi tarixiy tajribani o’rganish orqali malakali tarixchi, arxivshunos kadrlarni tayyorlashda o’z ifodasini topadi. Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni yechish talab etiladi: - davlat muassasalarining paydo bo’lish va rivojlanish bosqichlarini tadqiq etish; - davlat muassasalari tuzilishi hamda faoliyatini o’rganish; - davlat muassasalarining huquq va majburiyatlari, vazifalarini yoritish; - zamonaviy davlat muassasalari tizimini takomillashtirishning vosita va yo’llarini tushuntirish. O’zbekiston davlatchiligi tarixi fani boshqa fanlarga o’xshash holda o’ziga tegishli ijtimoiy munosabatlar tizimini o’rganish va tartibga solish nazariy-amaliy qoida-tartiblar tizimiga ega. Tarixiy fanlar tizimining alohida sohasi sifatida ushbu fan davlatning vazifalarini bajarish uchun tashkil etilgan muassasalar tarixi, faoliyati va ijtimoiy munosabatlarni o’rgatishni qamrab oluvchi o’z predmetiga ega. Shuningdek, jahon sivilizasiyasining ajralmas qismi bo’lgan qadimgi O’zbekiston davlatchiligi, davlat muassasalari va boshqaruvi masalalarini har tomonlama tadqiq etish ham mazkur fanning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
O’zbekiston davlatchiligi tarixi fani bo’yicha davlat muassasalari tarixini tizimli va xronologik ketma-ketlikda vujudga kelishini, yuzaga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy omillarini, ular vakolatlari, vazifalari, majburiyatlari, tashkiliy- huquqiy jihatlari, faoliyat yo’nalishlari, ma’lum bir davlat muassasasi vakolatlarining boshqasiga o’tkazilishi sabablarini yoritib beradi. O’zbekiston davlatchiligi tarixi fani bilimlarini tarixchi, arxivshunos mutaxassis bo’lib shakllanadigan talabalar uchun zaruriy bo’lgan bilimlarni o’z ichiga oladi. O’zbekiston davlatchiligi tarixi fani bilimlariga ega bo’lishlik tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqot faoliyatlari uchun zaruriy bo’lgan ma’lumotlarni davlat arxivlaridan oson qidirib topish imkonini beradi. Ma’lumki, davlat arxivida materiallar ma’lum bir davlat muassasasi faoliyati bilan bog’liq holda tizimli ravishda fondlarda saqlanadi. Arxivlarda faoliyat olib boradigan xodimlar uchun turli arxiv ishlariyuritishda ya’ni hujjat materiallarini jamlash yoki fond tashkil etishda, ularning qimmatliligini ekspertiza qilishda, tizimlashtirish va klassifikasiyalashda, nashr etish uchun ma’lumotlarni saralashda O’zbekistonning davlat muassasalari tarixi kursini o’rganish muhim sanaladi. “O’zbekiston davlatchiligi tarixi” fanining metodologik tamoy illari: Tarixiylik tamoyili deganda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni tarixiy jihatdan davriy ketma-ketlikda, o’zaro aloqadorlikda, yaxlit tarixiy jarayon sifatida, o’rganilayotgan zamon ruhi, axloqiy va huquqiy me’yorlari, hayot mezonlari nuqtai nazaridan talqin qilish va sharhlash tushuniladi. Xolislik tamoyili o’rganilayotgan tarixiy jarayonlar xolis va betaraf o’rganilishini, voqyea va hodisalarni biror g’oya yoki mafkura nuqtai nazaridan sharhlamaslikni, tarixiy jarayonlarni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish va o’rganishni, yutuqlar bilan birga yo’l qo’yilgan kamchiliklardan ham ko’z yummaslikni, tarixni bayon qilishda ehtiroslarga berilib ketmaslikni, tadqiqotchining g’oyaviy, siyosiy, mafkuraviy, diniy qarashlari, milliy mansubligi ustunlik qilmasligini, bir yoqlamalikka yo’l qo’ymaslikni, voqyealarni tahlil
qilishda bugungi kun nuqtai nazaridan yondashmaslikni, manbalarga tanqidiy munosabatda bo’lib, boshqa zamondosh manbalar bilan tasdiqlangan dalillargagina tayanishni, dalillarni soxtalashtirmaslikni, ertak va afsona elementlaridan xoli bo’lishni anglatadi. Manbalar bilan asoslanganlik tamoyili: bayon qilinayotgan tarixiy jarayon, keltirilayotgan har qanday faktlar chinakam ilmiy va asl manbalarga asoslangan bo’lmog’i lozim. Manbadagi xabarning haqiqatga qanchalik to’g’ri kelishi manbaga zamondosh bo’lgan boshqa manbalar ma’lumotlari bilan, agar ular mavjud bo’lmasa arxeologiya, numizmatika singari yordamchi tarix fanlari ma’lumotlari bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. Mintaqa va jahon tarixi bilan bog’liqligi tamoyili : har bir xalqning tarixi alohida ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga ular umuminsoniyat tarixining ajralmas va uzviy tarkibiy qismini tashkil etadi. O’zbekiston tarixini umumjahon tarixining bir bo’lagi, ajralmas va muhim tarkibiy qismi sifatida o’rganish maqsadga muvofiqdir. Milliy qadriyatlar, xalq an’analari, urf-odatlari, diniy e’tiqodlar, turli ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va tarixiy-madaniy taraqqiyot nuqtai nazaridan yondashish tamoyili: har bir tarixiy voqyea va hodisani o’rganishda milliy hamda mahalliy xususiyatlar, ya’ni har bir millat va elatning tili, dini, yashash hududi, ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish usuli, ruhiyati, urf-odatlari, rasm- rusum va an’analari va marosimlarini o’rganilayotgan davr axloqi nuqtai nazaridan to’la anglagan va har tomonlama hisobga olgan holda munosabatda bo’lish nazarda tutiladi. O’zbekiston davlatchiligi tarixiga oid asosiy yozma manbalar: • Avesto Qadimgi Eron va Hind manbalari • Xvaday namak • Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma» • «Mahobharata»
Yunon va Rim manbalari: • Xeradot «Tarix» • Kvint Kursiy Ruf «Buyuk Iskandar tarixi» • Arrian Flaviy «Iskandarning yurishlari» • Pompey Trog «Filipp tarixi» • Gay Pliniy Sekund «Oddiy tarix» • Polibiy «Umumiy tarix» • Strabon «Geografiya» • Ptolomey Klavdiy «Geografiya» Xitoy manbalari: • Sima Syan «Shi Szi» - («Tarixiy esdaliklar») • Byan Gu «Syan Xan shu» - («Avvalgi xan sulolasining tarixi») • Li Yan-shou «Bey shu» («Shimoliy sulolalar tarixi») • Fan Xua «Xou Xan shu» («Keyingi xan sulolasi tarixi») IX-XII asr arab tilidagi manbalar: • Muhammad Muso al Xorazmiy «Kitob at-tarix» - («Tarix kitobi») • Madoiniy Abluhasan Ali ibn Muhammad «Kitob al mag’oziy» («Urushlar haqida kitob») • Al-Ya’qubiy «Kitob al buldon» («Mamlakatlar haqida kitob») • Balazuriy «Kitob futuh al-buldon» («mamlakatlarni zabt etilishi») • At-Tabariy «Tarixi ar-rusul va-muluk» («Payg’ambarlar va podshohlar tarixi») • Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Osor ul- boqiya an al-qurun an-holiya») • Muhammad Qoshg’oriy «Devonu lug’at at-turk» («Turkiy so’zlar lug’ati») XIII-XIV asr fors tilidagi manbalar: • Narshaxiy «Buxoro tarixi» • Nizomiddin Shomiy «Zafarnoma» • Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»