EKZOGEN JARAYONLAR. NURASH VA UNING TURLARI


EKZOGEN JARAYO N LAR. NURASH VA UNING TURLARI Reja: 1. Nurash va uning ahamiyati 2. Nurash turlari 3. Shamolning geologik ishi 4. Suvning geologik ishi
Er po‘stida bo‘ladigan geologik jarayonlar egzogen jarayonlar deb nomlanib, uning natijasida relef nevilirlanadi yoki silliqlanadi. Bu jarayonlar atmosfera, gidrosfera va biosferalarning Er po‘sti bilan o‘zaro ta’siri natijasida bo‘ladi. Tepaliklar emiriladi, emirilgan jinslar shamol, suv yordamida olib ketiladi va yotqiziladi. Erning tashqi kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan geoologik jarayonlar natijasida oltin, qo‘rg‘oshin, platina, olmos, har xil ko‘mirlar, slanets, neft, gaz va boshqa foydali qazilma konlari vujudga keladi. 1. Nurash va uning ahamiyati Haroratning o‘zgarib turishi va suv, gaz, organizmlar ta’sirida tog‘ jinslarining yemirilib parchalanishi, tarkibining o‘zgarishi hodisasiga nurash deyiladi. Nurash oqibatida tog‘ jinslarida fizik va kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Nurashning ikki xilini ajratish mumkin: Mexanik jarayonlar (fizik yoki mexanik nurash) : - kristallashish , sho‘r suv sizilishi va tuzlarning kristallashishi , sovuqdan nurash , termik nurash , yerga Quyosh nurining tushishi , - namlanish va qurish (ayniqsa, slanesli va gilli jinslarda) , yuza jinslarning eroziyasi natijasida , - biologik jarayonlar (ayniqsa ildiz bosimi) . O‘zgartirish jarayoni (kimyoviy nurash):-gidratlanish va gidroliz, oksidlanish va qaytarilish, -bioloik-kimyoviy jarayonlar (biologik nurash). Ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan olinadigan bo‘lsa, nurash uch xil, ya’ni fizik, kimyoviy va biologik bo‘ladi. Fizik nurash natijasida yaxlit tog‘ jinslari hamda minerallarning kimyoviy minerologik va tarkibi o‘zgarmagan holda ular mexanikaviy ravishda har xil hajmdagi bo‘laklarga ajralib, parchalanadi va maydalanadi.
Fizik nurash natijasida yaxlit holdagi tog‘ jinslari yuzasida ma’lum qalinlikdagi suv va havo o‘tkaza oladigan g‘ovak qatlam vujudga keladi. Tog‘ jinslari bu qatlamning yuza sathi nuramagan jinslarga nisbatan ancha ko‘p bo‘lganligidan unda kimyoviy nurash uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Tog‘ jinslari va ayrim minerallar suv va atmosferadagi kislorod hamda karbonat angdridi ta’sirida kimyoviy o‘zgaradi va yangi birikmalar va minerallar hosil bo‘ladi. Bu xildagi jarayonga kimyoviy nurash deyiladi. Kimyoviy nurash jarayonda suv, kislorod va karbonat angdridi muhim omil hisoblanadi. Tog‘ jinslari va minerallar turli organizmlar (mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvonot organizmlari) va ularning hayoti tufayli vujudga kelgan mahsullar ta’sirida mexanik ravishda parchalanadi va kimyoviy o‘zgarish yuz beradi. Organizmlar ta’sirida yuzaga keladigan ana shunday o‘zgarishlar biologik nurash deyiladi.Abiotik holda mustaqil fizik va kimyoviy nurash jarayoni bo‘lmaydi, Yer yuzidagi tog‘ jinslari va minerallarning nurashi ko‘pincha organizmlar ishtirokida sodir bo‘ladi. Abiotik nurash esa hayot paydo bo‘lmasdan ilgarigi eralarda bo‘lib o‘tgan. Nurash hamma joyda ro‘y beradi. Nuragan jinslar to‘planib, g‘ovak nurash po‘stini hosil qiladi. Nurash natijasida uvalangan jinslarning fizik va kimyoviy faoliyati kuchayadi. Bir joydan ikkinchi joyga oson ko‘chadigan bo‘lib qoladi. G‘ovak jinslar paydo bo‘lib tuproq vujudga kelishiga sharoit yaratiladi, nurash turli xil relef shakllarining vujudga kelishiga ham sabab bo‘ladi. Masalan, ajoyib qoyalar barxanlar, yoyilmalar, dyunalar va boshqalar. Tog‘ jinslarini haroratning o‘zgarishi, suv, shamol, muz, o‘simliklar, hayvonot dunyosining mexanik, fizik yoki kimyoviy ta’sirida o‘zgarishi va oxiri kelib butunlay o‘zgarishi va maydalanishiga nurash jarayoni deyiladi.
Tog‘ jinslari va minerallami nurashga chidamliligi ularning ichki tuzilishi va shu joyning tabiiy geografik sharoitiga bog‘liq. Minerallar ichida nurashi oson mineral dala shpati bo‘lsa, nurashga chidamli mineral kvars hisoblanadi. Nurashga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy geografik sharoit deganda, ma’lum joyda suvning mo‘lligi yoki tansiqligi, uning xossasini o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi sharoitni o‘zgarib turishi, tirik organizmlarning faoliyati, havo harorati va namlik tushuniladi. Bu omillar ko‘p jihatdan zonallik qonuniyatiga bo‘ysunadi, shuning uchun quruqlikda mintaqaviy nurash qobig‘i vujudga keladi. Nurash jaryonida Yer yuzasida o‘ziga xos qatlam nurash po‘sti – geologik farmatsiyani vujudga keltiradi. Nurash po‘sti parchalangan (oksidlanish, gidratsiya va gidroliz ta’sirida maydalangan) mahsulotlardan va ishqorsizlangan tog‘ jinslaridan tashkil topadi. Agar ular dastlab hosil bo‘lgan joyda qolsa uni qoldiq nurash po‘sti, agar biror joydan boshqa joyga olib ketilgan bo‘lsa qayta yotqizilgan nurash po‘sti hosil bo‘ladi. Nurash po‘stining qalinligi odatda 30-60 m, ba’zan 200 m gacha yetadi. Tog‘lar va baland teksliklarda nurash po‘sti sidirg‘a bo‘lmay, faqat pastqam joylardagina uchraydi. Nurash po‘sti barcha geologik davrlarda hosil bo‘lgan. Nurash tezligi, uning kimyoviy xususiyatlari va qalinligi bir qator geologik, geografik va biologik omillarga bog‘liq. Nurash po‘stining eng yuqori qismi tuproq qoplamidan iborat. 2.Nurash turlari Mineral va tog‘ jinslarining muhim o‘zgarishini vujudga keltiruvchi mexanik, ximik va organik turdagi bir qancha jarayonlarga nurash deyiladi. Yer yuzasidagi jinslar temperaturaning sutka va yil davomida o‘zgarib turishi, havo va namning fizik hamda kimyoviy ta’sir etishi va