logo

Fransua Rablening “Gargantyua va Pantagryuel” asari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

31.478515625 KB
Mavzu:Fransua Rablening “Gargantyua va Pantagryuel” asari.
Reja
1. Gargantyua va Pantagryuel  asari  qatnashuvchilari.
2. Romanning syujeti.
3. Romanning sharhi. GARGANTYUA VA PANTAGRYUEL
Qatnashuvchilar
Qahramonlar   romanda   ularning   paydo   bo’lish   tartibi   bo’yicha   taqdim   etilgan.
Butun   kitob   va   har   bir   bobdan   oldin-keyingi   voqyealarning   qisqacha   tafsiloti
keltiriladi.   Bu   ro’yxatda   birinchi   (“Gargantyua”)   va   ikkinchi   (“Pantagryuel”)
kitobdagi qahramonlarning ismlarigina keltirilgan. Barcha nomlar ular fransuzcha
matnda qanday taqdim etilsa, o’shanday yozilmoqda.
Alkofribas Nazye   (Fransua Rable nomining anogrammasi) muallif laqabi.
Gargantyua   (Rabledan   ancha   oldin   mashhur   bo’lgan   afsonaviy   ism)   –   quvnoq,
ulkan-mechkay, birinchi kitobning bosh qahramoni.
Gringuzye   (katta   halqum)   –   Gargantyuaning   otasi,   birinchi   kitobda   –   Shinon
atrofidagi   joyda   mulklarning   hukmroni;   ikkinchi   kitobda   –   Utopiya   qiroli;
oqko’ngil qishloq boyoniga o’xshab ketadi.
Tubal   Olafern   (ikki   bibliya   nomi)   –   Gargantyuaning   birinchi   muhabbati,   eski
urfdagi pedant (rasmiyatchi odam).
Evdemon   (baxtli, omadli) – Gargantyuaga hamroh bo’lgan mahram.
Don Filipp de Mare   (ehtimol bor bo’lgan, ammo bizga notanish kimsa) – boyon,
Gringuzye o’g’lining ta’lim olishi bo’yicha shu bilan maslahatlashadi.
Majstr Ianotus de Bragmardo   (ehtimol, muayyan bir olimning kulgili qiyofasi) –
Parijdagi Bibi Maryam jomesining qo’ng’irog’ini qaytarib olib kelishga yuborilgan
Sorbonna mantiqshunosi; ovozi pang, tili chuchuk pedant.
Ponekrat   (baquvvat,   kuchli)   –   insonparvarlik   ta’limoti   masalalarida
Gargantyuaning murabbiyi.
Gimnast   (atlet) – Gargantyuaning sayisi.
Rizatom   (ildizqirqar) – Gargantyuaning mahrami va bog’boni.
Pikraxol   (achchiq   zardob)   –   jangari   va   takabbur   qirol   Lerne;   M.de   Sent-Mart
degan   odam   unga   prototip   bo’lib   xizmat   qilgan,   Rablening   otasi   u   bilan
sudlashgan.
Fanfaron   (maqtanchoq) – Pikroxolning jo’mard sarkardalaridan biri. Jan-Tishmaydalagich   aka   –   abbatlikni   Pikroxoldan   saqlab   qolgan   seyalik
shavkatli rohib.
Ulriz   Galle   (Ehtimol,   Jan   Galledir,   Rablening   Sent-Mart   bilan   sudlashgan   otasi
shu nom ostida yashiringan) – Granguzyening Pikroxolga yuborgan elchisi.
Pantagryuel   (Rabledan   ancha   oldin   mashhur   bo’lgan   afsonaviy   ism;   dastavval,
tashnalikni qondiradigan mayda iblis) – Gargantyuaning o’g’li, ikkinchi-beshinchi
kitoblari qahramoni; aqlli, ko’pyoqlama ta’lim olgan shahzoda.
Badbek   – ko’zi yoriyotib olamdan o’tgan Pantagryuelning onasi.
Epistemon   (tajribali) – Pantagryuelning murabbiyi.
Limuzinchi   talaba   –   Parij   dorilfununi   talabasi,   lotinlashtirilgan   grotesk
(masxaraboz) lahjasida gapiradi.
Panurg   (har   narsaga   qodir,   kazzob,   muttaham)   –   Pantagryuelning   mablag’larda
dog’uli, poyintar-soyintar ish ko’ruvchi hamrohi.
Sharobxo’r   va   Ketyalar   –   ikki   sudboz,   ularning   bahsini   Pantagryuel   bir   yoqlik
qiladi, har ikkovi ko’z ko’rib, quloq eshitmagan janjaldan boshi chiqmaydi.
Taumast   (hayratomuz)   –   Panurg   mubohasalar   olib   borgan   ingliz   olimi   (ehtimol,
ser Tomas Mor [1]
  bo’lgandir).
Evsfin   (barvasta) – Pantagryuelning hamrohi.
Karpalim   (epchil) – Pantagryuelning boshqa hamrohi.
Anarx   (qonunsiz) dipsodlar (“mushtoqlar”) qiroli, Pantagryuel uni mag’lub etgan.
Utopiya   (o’zi   yo’q   joy)   –   Gargantyua   qirolligining   Tomas   Morning   shu   joydagi
kitobidan olingan nomi.
  ROMANNING SYUJETI
Gargantyua   –   Shinondan   sal   narida   istiqomat   qiluvchi   odamshavanda   ulkan   zot.
Utopiya   qirolining   dabdabali   unvoniga   sazovor   bo’lgan   otasi   Granguzye   aslida
bor-yo’g’i qishloq boyoni bo’lib, uning mulki bir necha mil kvadratni tashkil etadi.
Gargantyua bolaligidan hayratomuz qo’maqayligi bilan taniladi, qolgan narsalarda
barcha   o’smir   bolalar   qanday   bo’lsa,   u   ham   shunday.   Eskicha   ta’limdan
qoniqmagan   otasi   o’g’lini   Parijga   o’qishga   yuboradi.   Unga   murabbiy   Ponokrat
hamrohlik qiladi, u Gargantyuaning ongiga o’z zamonasining yangi insonparvarlik qarashlarini   singdiradi.   Shaharda   Gargantyua   bir   qancha   sarguzashtlarga   duch
keladi.   Shulardan   biri   Parijdagi   Bibi   Maryam   ibodatxonasining   qo’ng’iroqlarini
o’g’irlashdir.   Bu   qo’ng’iroqlarni   Gargantyua   biyasining   bo’ynidagi   munchoqqa
osib   qo’ymoqchi   bo’ladi.   Shu   orada   Granguzye   va   qo’shnisi   monarx   Pikroxol
o’rtasida   chinakam   urush   chiqadi.   Pikroxol   ismi   ostida   Rablening   otasi   bilan
sudlashib   yurgan   yer  egasi  tasvirlangani  istisno  etilmaydi.  Casus   belli [2]
  puch  gap
bo’lib chiqadi: qirol Pikroxolning fuqarolari bir nechta konni o’g’irlashadi, ammo
urush hazilakam tus olmaydi, bu qonga qon, jonga jon urushiga aylanadi. Otasidan
xabar   kelgach,   Gargantyua   shosha-pisha   uyiga   qaytadi   va   raqibining   abjag’ini
chiqaradi. Bunda unga Jan – Tishmaydalagich laqabli betayin rohib yordam beradi
–   u   fransuz   rohibi   Tukdan   bir   tuki   kam   emasdi.   Minnatdorlik   yuzasidan
Gargantyua   Janning   onasi   uchun   dabdabali   abbatlik   qurib   beradi,   uning   hayoti
o’rta   asr   monastirlik   hayotiga   mutlaqo   teskari   tamoyillarga   asoslangan   edi.
Monastirning   erkagu   ayol   ahli   bir-birlari   bilan   nikohdan   o’tishlari   mumkin   edi:
ular   toat-ibodatlar   bilan   vaqt   o’tkazmay,   sport   o’yinlari   va   gumanitar   ilmlarni
o’rganish   bilan   mashg’ul   bo’ladilar.   Monastirdagi   “Istagan   narsangni   qil”,   degan
shiori shundan yaqqol guvohlik berib turibdi.
Ikkinchi kitob birinchisining qaysidir ma’noda zaif takrori hisoblanadi. Uning bosh
qahramoni Gargantyuaning o’g’li Pantagryuel bo’lib, otasidan oliyjanoblik va sira
so’nmas   ishtahani   meros   qilib   olgan.   Otasiga   o’xshab,   u   ham   Parijga   boradi,   u
yerda   huquq   va   falsafiy   mubohasalarda   ishtirok   etishi   sharofati   bilan   mashhur
bo’lib ketadi. Shu yerda u kitobning aksilqahramoni, kazzob  Panurg degan  odam
bilan   oshlashib   qoladi.   Uning   Pantagryuel   bilan   munosabatlari   Falstafning
shahzoda Xel bilan munosabatlarini esga soladi.
Shu orada dipsodlar (“mushtoqlar”)ning Utopiyaga bostirib kirganlari haqida xabar
keladi. Pantagryuel qaytib keladi-da, dushman ko’shinini tor-mor etadi – u o’zidan
shunchalik   ko’p   peshob   chiqaradiki,   yaqin-atrofida   turgan   odamlar   bitta   qolmay
peshobga g’arq bo’lib o’ladi. Uchinchi   kitobda   Panurg   qonun   bo’yicha   yangi   uylangan   erkak   harbiy   xizmatga
bir   yil   keyin   chaqirilishini   eslab,   uylanishga   jazm   qiladi   va  do’stlaridan   maslahat
so’raydi.   Ular   ayollarinng   fe’l-atvori   va   ijtimoiy   ahvolini   muhokama   qilib,   oxiri
ko’rinmas   bahsga   kirishib   ketadilar,   bir   qancha   boobro’   olimlarga   –
ilohiyotshunos,   qonunshunos,   falakshunos,   shifokor,   faylasuf   va   qiziqchilarga
murojaat   qiladilar.   Ularning   javoblari   bir   xil   bo’lsa-da,   tasalli   bermas   edi,   biroq
tinib-tinchimas   Panurg   yana   bir   kishining   fikrini   bilishni   istaydi:   u   Ilohiy
Shishaning   Orakulidan   yordam   olishni   tavsiya   etadi.   Uchinchi   kitob   sayyohlari
o’zlari   bilan   olib   yuradigan   pantagryuelion   nomli   giyohning   tavsifi   bilan
yakunlanadi.   Giyoh   aslida   nasha   o’simligi   edi,   uning   mana   bunaqa   atalishiga
sabab,   devqomat   Pantagryuel   mudom   tashnalik   azobini   tortib   yuradi,   jallod
sirtmog’i   shaklidagi   nasha   (ko’knor)   esa   bo’yinni   qiltiriq   qiladigan   xususiyatga
ega.
To’rtinchi   va   beshinchi   kitoblar   Orakulni   qidirishdagi   sayohatlar   tafsilotlaridan
iborat.   (Bu   kitobda   olimlar   sayohatlar,   xususan,   Shimoli-g’arb   yo’lini   qidirishga
otlangan   sayyohlar   haqidagi   hikoyalarning   ta’sirini   ko’zda   tutadilar).   Sayyohlar
ko’plab   g’aroyib   yerlarga   qo’nadilar   bu   yerlar   majozan   turli   bilim   vakilliklarini
namoyon   etadi,   Rable   o’tkir   kulgi   ostiga   olgan   bu   dargohlar   orasida   ruhoniylar,
qozilar,   xazinabonlar,   falsafa   olimlari   va   boshqalar   uchraydi.   Ayrim   lavhalar
sayohatchilarning   o’zida   hyech   qanday   ma’noni   kasb   etmagan   shunchaki
mullajiringini   ifodalagan.   Bunga   shunday   bir   mamlakat   misol   qilib   olinadiki,   u
yerda   havo   azbaroyi   sovuqligidan   odamlar   muzga   aylanib   qolarkan,   bahorda   esa
erir   ekan   –   bunday   sarguzashtlar   baron   Myunxgauzen   loflarida   qayta-qayta
takrorlanadi.
Beshinchi   kitob   oxiri   nuqul   majoziy   ma’noda   yozilgan.   Sharhlovchilar
ko’pchiligining   fikricha,   Ilohiy   Shisha   ichida   sharobdan   ko’ra   haqiqatning   o’zi
joylashgan,   uning   barcha   mijozlari   u   tomon   intilganlari-intilgan.   Maqsadga
yetishdan   oldin   sayyohlar   vijdonli   va   tirishqoq   xalq   yashaydigan   Finus
mamlakatidan o’tadilar. Yo’lni yoritib borish uchun ular Pyer Ami degan odamni yollaydilar. Shu yerda Rable  shunday nomga  ega, Rablega  yunon tilini  o’rgatgan
rohib   –   Fransiskola   ehtirom   izhor   etadi.   Oxiri   ular   qohina   Bakbuk   qo’l   ostida
bo’lgan Orakulga yetib keladilar.
Bakbuk barchaga bir stakandan zilolday tiniq suv ulashadi, har kim o’z stakanidagi
suvda   o’zining   sevimli   ichimligini   ko’radi,   –   haqiqat   ham   shunday,   uni
odamlarning   har   biri   o’z   holicha   tushunadi.   Orakulning   nutqini   ramziy   ma’noda
ham   talqin   qilish   mumkin;   u   bir   ma’noni   ilgari   suradi:   “Ich!”   Ba’zi   olimlar
shunday  taxminga  boradilarki, Rable  o’z  rivoyatini   davom  ettirishni   niyat  qilgan,
juda   bo’lmaganda   Pantagryuelning   yurtiga   qaytishi   davrigacha   kechgan
voqyealarni   tasvirlamoqchi   bo’lgan.   Nima   bo’lganda   ham   kitob   yaxshilik   bilan
tugaydi.
  SHARH
Ochig’ini   aytib   qo’ya   qolaylik:   Rableni   o’qishdan   ko’ra   undan   ko’proq   hayratga
tushadilar.   Ko’plar   asosan   uning   uyatli   yozuvchilik   obro’yiga   mahliyo   bo’lib,   bu
muallifni  kashf  etadi. Ular  o’zlariga bino qo’ygan holda, modomiki, kitobda uyat
narsa uchrar ekan, hammasini bip-binoyidek anglash uchun na sa’y-harakatning, na
layoqatning   keragi   bor,   deb   biladilar.   Biroq   Rablening   buyuk   ijodi   ko’p   hollarda
o’quvchi   uchun   Joysning   “Uliss”   romani   singari   muammolarini   namoyon   etadi:
har   ikkala   romanda   so’zlar   benihoyat   ko’p   ishlatilgan,   o’ndan   ortiq   tillardagi
olimlar   asarlaridan   iqtiboslar   keltirilgan,   allaqachon   unutilib   ketgan   odamlar   va
voqyealar   yodga   olinadi.   Rableni   mufassal   o’zlashtirish   uchun   butun   umr   kerak
bo’ladi.   Shu   bois   bilimi   o’rtamiyona   o’quvchi   uni   yuzaki   va   tatalab   o’qiganidan
xijolat   tortmasa   bo’laveradi.   Avvaliga   “Gargantyua”ni   butunisicha   qo’lga   olmoq
zarur,   keyin   esa   o’z   ma’nosiga   qarab   boshqa   to’rttala   kitobdan   yoqqan-yoqqan
joylarni   tanlashi   mumkin.   Ta’limga   va   unga   zamondosh   qarashlari   bo’lgan   ilm
dargohlariga   Rablening   qandayligiga   qiziqqanlar   esa   uchinchi   kitobda   Panurg
maslahatini olgan olim bayon to’g’risidagi, gripp, Bridua, Rondibilis va boshqalar
to’g’risidagi lavhalarni mutolaa qilsinlar, keyin esa beshinchi kitobning kulgili va
ramziy   ma’nolariga   murojaat   etsinlar,   ularda   Papimanlar   oroli,   Yungdor Mushuklar   mamlakati,   Avliyo   Shisha   Orakuli   haqida   rivoyat   qilinadi.   Serzavq,
maroqli   hikoya   qilingan   voqyealarni   izlagan   kitobxonlar   esa   asarda   ularni   juda
ko’plab uchratadilar.
O’n to’qqizinchi asr kitobxonlariga, xususan, bu viktorian davridagi kitobxonlarga
taalluqli, Rablega bu borada omad kulib boqmagan:  unga jirkanchlik va haqoratli
so’z ustasi  degan “toj” kiydirganlar. O’sha davrdan ko’plab yozuvchilar bu qadar
ochiq   ijod   qilmaganlar.   Hokimiyat   Rablening   kitoblarini   taqiqlab   qo’ydi,   ularni
axloq-odob   doirasidan   tashqari,   kufrona   asarlar   deb   tavqi   la’nat   kiydirdi.   Ammo
kitobda   buzuqlik,   najasbozlik,   fohishabozlikdan   ko’ra   mechkaylik   tafsilotlari
ustunlik qiladi. Fahsh yegulik va ichgulik singari sog’lom hayvoniy lazzat sifatida
tasvirlanadi.   Rableni   buzuqlik   yoki   asabiylikni   targ’ib   etishda   ayblash   uchun
zarracha   asos   yo’q.   Uning   qahramoni   Pantagryuel   zinhor   ichkilik   yo   buzuqlik
shaydosi   emas.   Aksincha,   u   aqlli,   dono   va   haqgo’y   shahzoda.   Hamma   narsa
Rablening   o’zi   muloyim   va   mehribon,   hayotni   barcha   baland-pastliklari   bilan
sevuvchi, o’z qobiliyati va bilimini zamonasining buyuk muammolarini hal etishga
bag’ishlagan   inson   bo’lganidan   darak   beradi.   Goho   bu   masalalarni   talqin   etishda
og’zi   shaloqlashib   ketadi,   goho   chuqur   tafakkurga   cho’madi,   ammo   har   ikkala
holda ham u lafzi tez va hushyor.
Rable   shiddatli   o’zgarishlar   davrida   yashadi.   Antik   fanlar   va   san’atlar   uyg’onishi
Yevropa   madaniyati   qiyofasini   o’zgartirib   yubordi.   Yangi   bilim   ta’limga
boshqacha   yondashuvni   talab   etdi;   o’qish-o’qitish   dasturi   bundan   ko’ra   to’laroq
bo’lishi   va   ilgarigiga   qaraganda   dunyoviy   bilimlarga   ko’proq   o’rin   berishi   kerak
bo’ldi.   Rable   sofist   Tubal   Olofern   misolida   eski   tuzum   ustidan   kuladi.
Gargantyuani   alifboni   to’g’ri   va   teskari   tomonga   qarab   o’qiy   olishga   o’rgatish
uchun   Tubal   naq   besh   yil   sarflaydi.   Insonparvar   Ponokrat   yangi   tizimning   vakili
bo’lib   chiqadi.   “Gargantyua”   kitobining   23-24-boblarida,   Ponokrat   fikricha,
mo’tadil   ta’limli   odam   bilishi   shart   bo’lgan   fanlarning   o’qitilishi   tavsiflanadi.
Bunda   Rable   tor   doiradagi   mutaxassislar   yoki   kalavasining   uchini   yo’qotgan olimlar   tayyorlash   haqida   o’ylamagandi;   yo’q,   u   har   taraflama   va   mustahkam
bilimli odam haqida orzu qilgan edi.
Rablening antiklerikalligi va uning ilmga qiziqishi ayrimlarni uni hurfikr va hatto
moddiyunchi   bo’lgan,   deya   xulosa   chiqarishga   olib   kelgan.   Bunday   xulosalarga
asos   yo’q,   uning   kitoblarida   goh-goh   nasroniy   taqvodorlik   e’tiroflari   shu   qadar
samimiyki, ularni o’qigach, yuqoridagi  shubhalarga ishonish qiyin. Rable davrida
ko’plab halol ruhoniylar cherkovni tanqid qilmay turolmaganlar.
Rablening   tili   –   faqat   fransuzlargina   hukm   chiqarishga   munosib   vosita,   ammo
tarjimada   ham   uning   purma’noligi   sezilib   turadi.   So’zlar   suvday   oqib   kelaveradi:
arxaizmlar   va   neologizmlar,   saroy   ahli   va   dehqonlar   nutqida   uchraydigan   xos
so’zlar, ma’nodor ilmiy ifodalar va lahja, yunon, lotin, yahudiy, ingliz, niderland,
olmon,   doniyo,   bask   tillaridan   olingan   so’zlar,   shuningdek,   Rablening   o’zi   kashf
etgan   iboralar   va   hokazo.   Kech   fransuz   nasri   davrining   nafis   neoklassisizmiga
yanada   o’xshamaydigan   hyech   narsa   yo’q:   so’zlar   ro’yxatlar
va   katologlarga   to’planib,   ulardan,   o’z   navbatida,   butun   boshli   boblar   yuzaga
keladi. Bu chek-chegara  bilmas  isrofgarchilik kitobning deyarli  har  bir  sahifasida
nafas oluvchi hayotbaxsh ko’tarinkilik ifodasi hisoblanadi: Gargamellaning ichak-
chavoq tushligi, Pantagryuel chaqalog’ining parhyez taomi, Pikroxolning fotihman
deb ko’kragiga urishlari, Panurgning bemaza qiliqlari shular jumlasidandir. Hattoki
qahramonlarning   nutqi   yoki   qiyofalari   bo’lsin,   Rable   fikri   daxl   qilgan   hamma
narsa ulkan hajmlarga ega bo’lgan. Rablening tilga bo’lgan muhabbati ham uning
hayotga bo’lgan o’chligiga jonli guvohdir. Foydalanilgan adabiyotlar
1.Бахтин М. М.   Творчество Франсуа Рабле и народная культура средневековья
и Ренессанса.   —   М.   : Художественная литература, 1965.   — 527   с.
2.Евнина Е. М.   Франсуа Рабле   : 1494—1553.   —   М.   :   ГИХЛ, 1948.   — 344   с.
3.Мир Рабле   :   в 3 т.   / Пер. Н. Любимова.   —   М.   : 2003, Терра.
4.Demerson G.   François Rabelais.   —   P.   : Fayard, 1991.   — 350   p.
5.Huchon   M.   Rabelais.   —   Paris   :   Gallimard,   2011.   —   429   p.   —
(Biographies).   —   ISBN 978-2-07-073544-0 .
6.Zegura   E.   C.   The   Rabelais   Encyclopedia.   —   Greenwood,   2004.   —
320   p.   —   ISBN 978-0-313-31034-8 .
7.   Артамонов   С.   Д.   Франсуа   Рабле.   —   М.   :   Художественная   литература,
1964.   — 152   с.   — (Массовая историко-литературная библиотека).
8.   Gargantyua   va   Pantagryuel       “Yosh   gavrdiya”   nashriyoti     Toshkent   1970.300
bet.Nurbek tarjimasi.

Mavzu:Fransua Rablening “Gargantyua va Pantagryuel” asari. Reja 1. Gargantyua va Pantagryuel asari qatnashuvchilari. 2. Romanning syujeti. 3. Romanning sharhi.

GARGANTYUA VA PANTAGRYUEL Qatnashuvchilar Qahramonlar romanda ularning paydo bo’lish tartibi bo’yicha taqdim etilgan. Butun kitob va har bir bobdan oldin-keyingi voqyealarning qisqacha tafsiloti keltiriladi. Bu ro’yxatda birinchi (“Gargantyua”) va ikkinchi (“Pantagryuel”) kitobdagi qahramonlarning ismlarigina keltirilgan. Barcha nomlar ular fransuzcha matnda qanday taqdim etilsa, o’shanday yozilmoqda. Alkofribas Nazye (Fransua Rable nomining anogrammasi) muallif laqabi. Gargantyua (Rabledan ancha oldin mashhur bo’lgan afsonaviy ism) – quvnoq, ulkan-mechkay, birinchi kitobning bosh qahramoni. Gringuzye (katta halqum) – Gargantyuaning otasi, birinchi kitobda – Shinon atrofidagi joyda mulklarning hukmroni; ikkinchi kitobda – Utopiya qiroli; oqko’ngil qishloq boyoniga o’xshab ketadi. Tubal Olafern (ikki bibliya nomi) – Gargantyuaning birinchi muhabbati, eski urfdagi pedant (rasmiyatchi odam). Evdemon (baxtli, omadli) – Gargantyuaga hamroh bo’lgan mahram. Don Filipp de Mare (ehtimol bor bo’lgan, ammo bizga notanish kimsa) – boyon, Gringuzye o’g’lining ta’lim olishi bo’yicha shu bilan maslahatlashadi. Majstr Ianotus de Bragmardo (ehtimol, muayyan bir olimning kulgili qiyofasi) – Parijdagi Bibi Maryam jomesining qo’ng’irog’ini qaytarib olib kelishga yuborilgan Sorbonna mantiqshunosi; ovozi pang, tili chuchuk pedant. Ponekrat (baquvvat, kuchli) – insonparvarlik ta’limoti masalalarida Gargantyuaning murabbiyi. Gimnast (atlet) – Gargantyuaning sayisi. Rizatom (ildizqirqar) – Gargantyuaning mahrami va bog’boni. Pikraxol (achchiq zardob) – jangari va takabbur qirol Lerne; M.de Sent-Mart degan odam unga prototip bo’lib xizmat qilgan, Rablening otasi u bilan sudlashgan. Fanfaron (maqtanchoq) – Pikroxolning jo’mard sarkardalaridan biri.

Jan-Tishmaydalagich aka – abbatlikni Pikroxoldan saqlab qolgan seyalik shavkatli rohib. Ulriz Galle (Ehtimol, Jan Galledir, Rablening Sent-Mart bilan sudlashgan otasi shu nom ostida yashiringan) – Granguzyening Pikroxolga yuborgan elchisi. Pantagryuel (Rabledan ancha oldin mashhur bo’lgan afsonaviy ism; dastavval, tashnalikni qondiradigan mayda iblis) – Gargantyuaning o’g’li, ikkinchi-beshinchi kitoblari qahramoni; aqlli, ko’pyoqlama ta’lim olgan shahzoda. Badbek – ko’zi yoriyotib olamdan o’tgan Pantagryuelning onasi. Epistemon (tajribali) – Pantagryuelning murabbiyi. Limuzinchi talaba – Parij dorilfununi talabasi, lotinlashtirilgan grotesk (masxaraboz) lahjasida gapiradi. Panurg (har narsaga qodir, kazzob, muttaham) – Pantagryuelning mablag’larda dog’uli, poyintar-soyintar ish ko’ruvchi hamrohi. Sharobxo’r va Ketyalar – ikki sudboz, ularning bahsini Pantagryuel bir yoqlik qiladi, har ikkovi ko’z ko’rib, quloq eshitmagan janjaldan boshi chiqmaydi. Taumast (hayratomuz) – Panurg mubohasalar olib borgan ingliz olimi (ehtimol, ser Tomas Mor [1] bo’lgandir). Evsfin (barvasta) – Pantagryuelning hamrohi. Karpalim (epchil) – Pantagryuelning boshqa hamrohi. Anarx (qonunsiz) dipsodlar (“mushtoqlar”) qiroli, Pantagryuel uni mag’lub etgan. Utopiya (o’zi yo’q joy) – Gargantyua qirolligining Tomas Morning shu joydagi kitobidan olingan nomi. ROMANNING SYUJETI Gargantyua – Shinondan sal narida istiqomat qiluvchi odamshavanda ulkan zot. Utopiya qirolining dabdabali unvoniga sazovor bo’lgan otasi Granguzye aslida bor-yo’g’i qishloq boyoni bo’lib, uning mulki bir necha mil kvadratni tashkil etadi. Gargantyua bolaligidan hayratomuz qo’maqayligi bilan taniladi, qolgan narsalarda barcha o’smir bolalar qanday bo’lsa, u ham shunday. Eskicha ta’limdan qoniqmagan otasi o’g’lini Parijga o’qishga yuboradi. Unga murabbiy Ponokrat hamrohlik qiladi, u Gargantyuaning ongiga o’z zamonasining yangi insonparvarlik

qarashlarini singdiradi. Shaharda Gargantyua bir qancha sarguzashtlarga duch keladi. Shulardan biri Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasining qo’ng’iroqlarini o’g’irlashdir. Bu qo’ng’iroqlarni Gargantyua biyasining bo’ynidagi munchoqqa osib qo’ymoqchi bo’ladi. Shu orada Granguzye va qo’shnisi monarx Pikroxol o’rtasida chinakam urush chiqadi. Pikroxol ismi ostida Rablening otasi bilan sudlashib yurgan yer egasi tasvirlangani istisno etilmaydi. Casus belli [2] puch gap bo’lib chiqadi: qirol Pikroxolning fuqarolari bir nechta konni o’g’irlashadi, ammo urush hazilakam tus olmaydi, bu qonga qon, jonga jon urushiga aylanadi. Otasidan xabar kelgach, Gargantyua shosha-pisha uyiga qaytadi va raqibining abjag’ini chiqaradi. Bunda unga Jan – Tishmaydalagich laqabli betayin rohib yordam beradi – u fransuz rohibi Tukdan bir tuki kam emasdi. Minnatdorlik yuzasidan Gargantyua Janning onasi uchun dabdabali abbatlik qurib beradi, uning hayoti o’rta asr monastirlik hayotiga mutlaqo teskari tamoyillarga asoslangan edi. Monastirning erkagu ayol ahli bir-birlari bilan nikohdan o’tishlari mumkin edi: ular toat-ibodatlar bilan vaqt o’tkazmay, sport o’yinlari va gumanitar ilmlarni o’rganish bilan mashg’ul bo’ladilar. Monastirdagi “Istagan narsangni qil”, degan shiori shundan yaqqol guvohlik berib turibdi. Ikkinchi kitob birinchisining qaysidir ma’noda zaif takrori hisoblanadi. Uning bosh qahramoni Gargantyuaning o’g’li Pantagryuel bo’lib, otasidan oliyjanoblik va sira so’nmas ishtahani meros qilib olgan. Otasiga o’xshab, u ham Parijga boradi, u yerda huquq va falsafiy mubohasalarda ishtirok etishi sharofati bilan mashhur bo’lib ketadi. Shu yerda u kitobning aksilqahramoni, kazzob Panurg degan odam bilan oshlashib qoladi. Uning Pantagryuel bilan munosabatlari Falstafning shahzoda Xel bilan munosabatlarini esga soladi. Shu orada dipsodlar (“mushtoqlar”)ning Utopiyaga bostirib kirganlari haqida xabar keladi. Pantagryuel qaytib keladi-da, dushman ko’shinini tor-mor etadi – u o’zidan shunchalik ko’p peshob chiqaradiki, yaqin-atrofida turgan odamlar bitta qolmay peshobga g’arq bo’lib o’ladi.

Uchinchi kitobda Panurg qonun bo’yicha yangi uylangan erkak harbiy xizmatga bir yil keyin chaqirilishini eslab, uylanishga jazm qiladi va do’stlaridan maslahat so’raydi. Ular ayollarinng fe’l-atvori va ijtimoiy ahvolini muhokama qilib, oxiri ko’rinmas bahsga kirishib ketadilar, bir qancha boobro’ olimlarga – ilohiyotshunos, qonunshunos, falakshunos, shifokor, faylasuf va qiziqchilarga murojaat qiladilar. Ularning javoblari bir xil bo’lsa-da, tasalli bermas edi, biroq tinib-tinchimas Panurg yana bir kishining fikrini bilishni istaydi: u Ilohiy Shishaning Orakulidan yordam olishni tavsiya etadi. Uchinchi kitob sayyohlari o’zlari bilan olib yuradigan pantagryuelion nomli giyohning tavsifi bilan yakunlanadi. Giyoh aslida nasha o’simligi edi, uning mana bunaqa atalishiga sabab, devqomat Pantagryuel mudom tashnalik azobini tortib yuradi, jallod sirtmog’i shaklidagi nasha (ko’knor) esa bo’yinni qiltiriq qiladigan xususiyatga ega. To’rtinchi va beshinchi kitoblar Orakulni qidirishdagi sayohatlar tafsilotlaridan iborat. (Bu kitobda olimlar sayohatlar, xususan, Shimoli-g’arb yo’lini qidirishga otlangan sayyohlar haqidagi hikoyalarning ta’sirini ko’zda tutadilar). Sayyohlar ko’plab g’aroyib yerlarga qo’nadilar bu yerlar majozan turli bilim vakilliklarini namoyon etadi, Rable o’tkir kulgi ostiga olgan bu dargohlar orasida ruhoniylar, qozilar, xazinabonlar, falsafa olimlari va boshqalar uchraydi. Ayrim lavhalar sayohatchilarning o’zida hyech qanday ma’noni kasb etmagan shunchaki mullajiringini ifodalagan. Bunga shunday bir mamlakat misol qilib olinadiki, u yerda havo azbaroyi sovuqligidan odamlar muzga aylanib qolarkan, bahorda esa erir ekan – bunday sarguzashtlar baron Myunxgauzen loflarida qayta-qayta takrorlanadi. Beshinchi kitob oxiri nuqul majoziy ma’noda yozilgan. Sharhlovchilar ko’pchiligining fikricha, Ilohiy Shisha ichida sharobdan ko’ra haqiqatning o’zi joylashgan, uning barcha mijozlari u tomon intilganlari-intilgan. Maqsadga yetishdan oldin sayyohlar vijdonli va tirishqoq xalq yashaydigan Finus mamlakatidan o’tadilar. Yo’lni yoritib borish uchun ular Pyer Ami degan odamni