Guruhga psixoanalitik yondashuv. Adler talqinidagi guruhiy konsultasiya.
Mavzu: Guruhga psixoanalitik yondashuv. Adler talqinidagi guruhiy konsultasiya. Reja: 1. Adlerning psixoanali z nazariyasiga qo’shgan hissasi. 2. Psixoanalizning terapiya sifatida qo‘llanilishi. 3. Adler talqinidagi trening usullari.
Psixoanaliz nazariyasi psixodinimik yunalish katoriga kiradi. Psixodinamik yo‘nalish tarkibiga Yana Adlerning individual psixologiyasini va Yungning analitik psixologiyasini kiritish mumkin. Adler T., Z.Freydning shogirdi, keyinchalik esa undan ajralib o‘z nazariyasini ishlab chiqqan olimdir. Uning fikricha, odamda asosan xukmdorlikka intilish xissi ustun turadi. Bolalikdagi bunday intilish kattalarga nisbatan o‘zini kamsitilgan deb xisoblaydi. Mazkur psixologik xolat odamning bundan keyingi xayotida muammolar kelib chikishiga sabab bo‘ladi. Ayrim odamlarda bu xis kamsitilganlik majmuasini (kompleksini) keltirib chikarsa, boshqalarda esa ustunlik majmuasini (kompleksini) keltirib chikaradi. Adlerning fikricha, bu ikki majmua inson faoliyatining asosidir. Psixolg Yung xam Freydning shogirdlaridan biri edi. U xam aloxida bir yo‘nalish, ya’ni analitik psixologiyani ishlab chiqqan. Yungninig fikricha, libido (jinsiy alokaga intilish) inson yashashi, turmush kechirishi uchun zaruriy exti ѐ+ jlar energiyasidir. Uningcha, libido fakat seksuallikdan iborat emas. Chunki Yung kollektiv ongsizlik mavjud bo‘lishini ko‘rsatib utadi. Yungning fikricha, shaxs individualizasiya, ya’ni uzoq davom etuvchi psixologik rivojlanish jarayoni orqali uzini anglaydi. Psixoanalizning terapiya sifatida qo‘llanilishi murakkab va uzoq kechadigan jarayon xisoblanadi. Psixoanalitik terapiyada 5 ta asosiy xolatni ajratib kursatish mumkin: 1. Mijoz Bilan chuqur xissiy munosabatga kirishish. Mijoz bu xolat kechishida uzining ijobiy va salbiy xislarini terapevtga yunaltirishi uchun imkoniyat paydo bo‘ladi. Buning natijasida mijoz terapevtga o‘zining xayot tajribasini proyeksiya kiladi. Masalan onasini rashk kilgan bo‘lsa, terapevtni uz otasi deb, ongsiz ravishda yomon ko’rib kolishi mumkin. 2. Tushlarni talkin kilish. Tushlar, Freydning fikricha, ongsizlik zonasiga yo‘ldir. 3. Erkin assosiyalar - mijoz bir-biri bilan boglanmagan fikrlarni bildiradi. Terapevt uni erkin xolda eshitib turib xulosa chikarishi lozim. 4. Terapevt mijoz qarshiliklarini aniqlab, uning sababini tushunib yetishi kerak. 5. Terapevtning tushuntirishi natijasida mijoz bolaligida bo‘lgan xodisani obyektiv ravishda boshidan kechirganday xis etib, katarsis okibatida kasallik yuk bulib ketishiga olib kelish jarayonidir.
Bixevioristik yunalish. Bixevioristik yunalish «Inson faoliyati S-R (stimul- reaksiya) orkali kechadi» degan nazariyaning Dj.B.Uotson tomonidan rivojlantirilishi asosida yuzaga keldi. Keyinchalik bu formula S-I-R (stimul-individ-reaksiya) sifatida uzgartirildi. Bu yo‘nalish bo‘yicha shaxs individning qobiliyatlari, xayot tajribasi, kutishlari va atrof muxit ta’sirida o‘z xulk-atvorini namoyon kilish natijasidir. Yuqorida taxlil kilingan interpsixik terapiya, freydizm va xokozolar mijozga uning muvmmolari sababini kursatib, xal etish yo‘llarini ko‘rsatmagan bo‘lsa, bixevioristik yunalish xulk-atvor terapiyasining vakillari insonning muammolari noto‘gri reaksiya bildirishning natijasi deb, uning xatti-xarakatlarini o‘zgartirish muammoni xal qiladi, degan fikrni ilgari surganlar. Ushbu fikrning negizida mijoz bilan ishlashning metodlari rivojlantirilgan. Bu yo‘nalishning yutuqlari mijozni davolashga kam vaqt sarf etish va samaradorligidir. Lekin keyingi davrdagi tadqiqotlarda aniqlanishicha, bu yo‘nalishning natijalari xam interpsixik yo‘nalishniki bilan bir xil h isoblanadi. Qarama-qarshi shartlantirish. Bu tipdagi metodlardan biri sistematik desensibilizasiya bo‘lib, u noto‘gri javob reaksiyasiga nisbatan qarama-qarshi reaksiya xissini ishlab chiqishga qaratilgan. Masalan, xavotirlanish (bezovtalanish) xissini yo‘qotish uchun psixoterapevt mijozni qarama-qarshi reaksiya xolatidan bo‘shashga o‘rgatadi. Keyinchalik ijtimoiy turmushda odam bunday vaziyatdan bo‘shashi orqali muammoni yechish yo‘lini topishi mumkin. Imploziv terapiya sistematik desensibilizasiyadan farqli o‘larok, mijozda xavotirlanish sezayotgan bo‘lsa, unda xavotirlanish kuchayishi natijasida «portlash» keltirib chiqariladi va shu orqali mijoz vaziyatga moslashtiriladi. Aversiv shartlantirish ijtimoiy zararli xulkni yukotishga karatilgandir. Bu metod buyicha ѐ+ kimsiz xolatni ѐ + ki ta’sirni keltirib chikarish muammoni yechishi mumkin. Masalan, alkogol ichsa, kustiradigan dori beriladi va bu ѐ + kimsiz kaytarilish undan olinadigan «kayf»ni yukka chikaradi. Keyinchalik davolanuvchi ichishni tashlab yuborishi mumkin. Yukoridagi metodlar kurkinchli vaziyatlarni yengishda foydalidir. Ulardan foydalanish uchun mijoz roziligini olish maksadga muvofikdir. Operant metodlar. Bu metodlar Skinnernin kerakli xulk- atvor turiga asta-sekinlik bilan yakinlashtirish prinsipiga asoslangan.
Xulq - atvorni vujudga keltirish metodi. Mijozning kunikmalarini xar tomonlama urganib chikish orkali uning uchun axamiyatli sovga xadya kilish mumkin. Masalan, kerakli xulk-atvorga yakin xarakat kilsa, konfet berib, shu tarzda davom ettirish orkali kerakli xulk turi vujudga keltiriladi. Bu metod bolalarda ishlatiladi. Jetonlarni yig‘ish metodi . Bemor ijobiy xarakatlari uchun jeton oladi. Ma’lum bir miqdorda jetonlar tuplanganidan keyin esa boshqalar oldida ustunlikka erishadi. Masalan, sigaret chekish xukukini oladi. Modelga taklid metodi . Terapevtning berilgan vaziyatga nisbatan reaksiyalarini imitasiya (taklid) kilish orkali kerakli xulk-atvorni egallash. O’z-o’zini nazorat qilish metodi. Maqsadga mos xarakat uchun tashkaridan emas, balki shaxsning uzi tomonidan mukofotlash yuzaga keladi. Pasiyent o‘z xulqidagi o‘zgarishlar uchun o‘zini o‘zi yo‘qimli mukofot bilan taqdirlaydi. Yuqoridagi xulq-atvor terapiyasi metodlari bilan qisqacha tanishib chikdik. Endi Yana bir interpsixik terapiya majmuasiga kiruvchi gumanistik yo‘nalishning asoschisi Rodjers g‘oyalariga to‘xtalib o‘tamiz. «Mijozga markazlashgan terapiya» metodi bilan tanishamiz. Gumanistik yunalish gumanistik falsafaga asoslangan bulib, u 1950-yillarda Kaliforniyada vujudga kelgan. Bu yo‘nalish vakillarining fikricha odam o‘zicha o‘sishi, kamol topishi mumkin. Agarda insonga o‘z taqdirini o‘zi xal kilishga sharoit yaratib berilsa, Rodjersning fikricha, xar bir odamda o‘zining imkoniyatlarini amalga oshirish uchun asos fakat mos ijtimoiy muxitdagina rivojlanishi mumkin. Bolaning «Men» konsepsiyasi ijtimoiy tajribalardan kelib chikib shakllanadi. Ideal sifatida o‘z imkoniyatlari chegarasida o‘zining mavjudligi xakidagi fikr ideal «Men» konsepsiyasining tugilishiga olib keladi. Real«Men» ideal «Men»ga yaqinlashishga va ideal «Men» darajasida rivojlanishga xarakat kiladi. Odamdagi o‘zini xurmat qilishga intilish, boshqalar ko‘zi o‘ngida obro‘li (nufuzli) bo‘lishga intilish tusqinlik qiladi. Binobarin, odam o‘zligini yo‘qotadi. O‘zini anglab yetishga yordam berish orqaligina mijoz oldidagi muammolarni yechish mumkin, chunki real «Men»ni ideal «Men»ga yaqinlashtirish orali urtadagi oralikni kamaytirish mumkin, degan goya ilgari suriladi. Kliyentga markazlashgan terapiyaning asosiy usullarini kuyida taxlil kilamiz.
Mijoz uz-uziga ѐ+ rdam kilish imkoniyatiga ega, terapevt esa yunaltiruvchidir, degan tamoyilga asoslanib, u uziga nisbatan xurmat darajasini oshirishga xarakat kilishi lozim. Rodjers eng muxim 4 ta shartni ilgari surgan: 1) Terapevt o‘z ustanovkalariga karshi chikib bulsada, mijoz xislariga shartsiz ijobiy munosabatda bulishi lozim; 2) Mijozning empatiya xislarini terapevt uz tajribasiga tayangan xolda xis kilib kurishi, olamga uning nigoxi bilan karashi lozim; 3) Autentlik - uzining ichki javoblarini nikoblamasdan mijoz bilan munosabatga kirishish; 4) Terapevt mijoz muammosinitushni kuzatshuntirishga, uni yechishga xarakat kilmasligi kerak. U fakat aks ettiruvchi oyna singari xizmat kilishi va mijoz aytganlarini eshitib utirishi lozim. Mijoz fikr bildirishi davomida uning muammosini terapevtik shakldagi aksini kurib, unga yangicha mantikiy taxlil kilib yechishi mumkin. Rodjersning fikricha, odam uz real «Men»i xakida tasavvurga ega bulganidagina uz muammosini xal kilish yulini topadi. Terapevt odamning real «Men»ini kurishga; 5) Yordam berishi zarur. Bu metod asosan xislarini va fikrlarini ochiq-oydin ayta oladigan mijozlarga samarali ѐ + rdam beradi. Qayta aloqa har bir trening guruhlari uchun eng kerakli bo’lgan holatlardan biri hisoblanadi. Har bir trening jarayonida albatta qayta aloqa komponentlari bo’lishi zarur. Treningni samarali bo’lishida albatta qayta aloqaning o’rni beqiyosdir. Trening usllari haqida turli adabiyotlarda turlicha berib o’tilgan, ular juda ko’p xisoblagadi. Har bir muallif trening usullarini turlicha tushunadi, har bir muallifning o’zi uchun yaqin bo’lgan usullari mavjud ular shu usullardan foydalanishni xush ko’radilar. Asosiy trening usullariga guruhiy muzokara va albatta psixogimnastikani aytib o’tish joizdir. Ko’pgina tadqiqotchilar bu holatlarni trening metodologiyasi deb aytib o’tishni xush ko’radilar. Birinchi bo’limda trening amaliy psixologiyaning metodlari tizimida tahlil qilingan edi. Bu asosan mijoz bilan ishlagan vaqtda qo’l kelishi aytib o’tilgandi. Bizning hayot faoliyatimiz davrida turli xil xodisalar ro’y beradi. Bu holatlarni his qilib biz har xil hayotiy tajribalarga ega bo’la boshlaymiz va ularni yechishda malakalar to’playmiz. Treningda ham xuddi shunday faoliyat amalga oshirilishi kerak bo’ladi. Usul