Hadis ilmining paydo bo'lishi va Al-Buxoriy va At-Termiziy asarlari
REFERAT Mavzu: Hadis ilmining paydo bo'lishi va Al-Buxoriy va At-Termiziy asarlari.
Reja 1.Hadis ilmi haqida. 2. Imom Ismoil al-Buxoriy va uning asarlari. 3. At-Termiziy va uning asarlari.
Hadis (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad (sav) aytgan so zlari,ʻ qilgan ishlari, iqrorlari to g risidagi rivoyat. Islom dinida Qur on karimdandan ʻ ʻ ʻ keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat bo ladi: matn va isnod. ʻ Hadis 2 turga — Hadisi qudsiy (ma nosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh ʼ tomonidan bo lgan hadislarlar) va Hadisi nabaviyga bo linadi. Hadislar e tiborga ʻ ʻ ʼ olinishi jihatidan 3 qismga bo linadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) ʻ zaif. Qur onda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. ʼ Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (sav) o z H.larini aytardi. Bu ʻ hadislarni payg ambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. ʻ Payg ambar vafotidan so ng Hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu ʻ ʻ munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda to play boshladilar. ʻ Birinchi hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin hadis to plamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu to plamlar muayyan tartibga solinmagan, ʻ ʻ boblarga ajratilmagan bo lib, ularda payg ambar hadislari bilan sahobalar va ʻ ʻ tobe inlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi. ʼ Hijriy 3-asrda hadis ta lif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb atalmish ʼ turli yo nalishlar vujudga keldi. "Musnad" yo nalishida tas-nif etilgan to plamlarda ʻ ʻ ʻ turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga ko ra yoki alifbo tartibida ʻ joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalg ging hadis kitoblari shu ʻ yo nalishga mansub. "Sahih" yo nalishiga tug ri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu ʻ ʻ ʻ yo nalishga Imom Buxoriy asos solgan. "Sunan" yo nalishidagi to plamga esa, ʻ ʻ ʻ to g ri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda "zaif" hadislar ham kiritilgan. Abu ʻ ʻ Dovud, Abu Iso atTermiziy, Nasoiy, Ibn Moja to plamlari shu yo nalishta ʻ ʻ mansubdir. Imom Ismoil al-Buxoriy “Sahih” yo’nalishining asoschisi eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis
ilmida “Amir-ul-mo’minin”, “Imom al-muhaddisiyn” (“Barcha muhaddislarning peshvosi”) degan sharafli nomga sazovor bo’lgan. U 810 yilning 13 mayida (ba’zi manbalarda 810 yilning 20 iyulida) (hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni) Buxoroda tug’ilgan. Go’dakligida otadan yetim qolgan. Dastlabki savodini maktabda chiqargan, 10 yoshidayoq arab tilida yaratilgan kitoblar yordamida hamda roviylardan og’zaki ravishda eshitish asosida hadislarni yodlay boshlagan. Alloma hadis ilmini zo’r ishtiyoq va katta qiziqish bilan o’rgandi. Abdulloh ibn al- Muborak, Vaqi’ ibn Jarroh kabi olimlar tomonidan to’plagan hadislarni yod olgan, shuningdek, hadis rivoyatchilari xususida so’z yuritilgan bahslarda ishtirok etgan. Imom Ismoil al-Buxoriy 825 yilda, o’n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinai Munavvarada bo’lib, haj ibodatini ado etadi. Balx, Basra, Kufa, Bog’dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madina kabi shaharlarda bo’lib, safar jarayonida muhaddislar bilan bilan uchrashadi. Muhaddislar bilan uyushtirilgan suhbatlarda ular tomonidan aytilgan hadislarni yodlab borar edi. Olti yil Hijoz shahrida yashab, u yerda yetuk muhaddislardan hadis ilmi bo’yicha, Damashq, qohira, Basra va Bag’dod shaharlarining mashhur olimlardan esa fikh ilmi bo’yicha ta’lim oladi. Shuningdek, allomaning o’zi ham turli bahs va munozaralarda ishtirok etib, toliblarga dars ham beradi. Imom Ismoil al-Buxoriy iste’dodli, o’tkir zehnli hamda ziyrak olim bo’lgan. “Manbalarga ko’ra, Bag’dod shahrida istiqomat qilgan vaqtda ko’pincha qorong’u kechalari sham yorug’i va oyning nurida ijod qilib, kitob yozar ekan. Tunda yodiga bexosdan biror-bir fikr-mulohaza tushib qolsa, shamni yoqib, darhol o’sha fikrni qog’ozga tushirar, shu tahlitda ba’zan shamni yigirma martagacha o’chirib-yoqar ekan”. Imom Buxoriyning o’tkir zehn egasi ekanligini quyidagi misoldan ham bilish mumkin. Rivoyatlarga ko’ra, u qaysi bir kitobni qo’lga olib, bir marotaba mutoala qilsa, unda bayon etilgan barcha fikrlar, ma’lumotlarni yodda saqlab qolavergan. Imom Ismoil al-Buxoriyning qayd etishicha, yuz ming sahih (ishonchli) va ikki
yuz ming g’ayri sahih (ishonchsiz) hadisni yod bilgan. Shogirdlaridan Amir ibn Fallos “Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyga ma’lum bo’lmagan hadis, albatta ishonchli hadis emasdur”, - deydi. Ustoz Imom Ahmad ibn Xanbal al- Marvaziyning aytishicha, “Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas”. Imom Ismoil al-Buxoriyning o’tkir zehni xususida yana shunday rivoyat keltiriladi: “Imom Buxoriy bilan Basrada hadis darsiga qatnashgan sheriklaridan biri Hoshid ibn Ismoil aytadi: “Imom Buxoriy bizlar bilan birga ustozning darsini eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o’tirardi. Shu tarzda qancha kunlar o’tib, orada ustoz qariyb 15 ming hadis rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga: Sen nega hadislarni yozmaysan?, -deb ta’na qilgan vaqtimizda: Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og’zidan yodlab olayotirman, - dedi-da, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir chekkadan yoddan o’qib berdi. Shundan keyin biz yozib olgan hadislarimizdagi xatolarni uning yodlaganlaridan tuzatib oladigan bo’ldik” Imom Ismoil al-Buxoriy juda ko’p zabardast olimlardan ta’lim oladi. Manbalarda alloma ustozlarining soni to’qson nafarga yaqin bo’lgan deb ko’rsatiladi. Muhammad ibn Yusuf al-G’artobiy, Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-Zubayr al-Hamiydiy, Is’hoq ibn Ibrohim ar-Rahavayh, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali al-Madiniy kabi olimlar uning ustozlari sanaladilar. Imom Ismoil al-Buxoriyning o’zi ham yirik va mashhur olimlar Is’hoq ibn Muhammad al-Ramoziy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy, Muhammad ibn Xalaf ibn qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Muhammad Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjojlarga ustozlik qilgan. Imom Ismoil al-Buxoriy o’ta kamtar, insonparvar, xulq-odobda tengsiz, sahovatli inson ham bo’lgan. U hadis ilmining yetuk olimi sanalsada, zamondoshlari hamda shogirdlaridan ham ilm o’rgangan. Alloma bir ming sakson nafar muhaddisdan hadis eshitgan. Allomaning o’zidan esa to’qson ming nafar kishi ishonarli hadislarini eshitgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Imom Ismoil al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni to’plagan., 100 ming “sahih” va 200 ming “g’ayri sahih”