logo

Hayvonlarning psixik faoliyatini ontogenezda rivojlanishi. Hayvonot olamida psixik funksiyalar evolyusiyasi. Qiyosiy psixologiya

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

115.8505859375 KB
Hayvonlarning psixik faoliyatini ontogenezda rivojlanishi. Hayvonot olamida
psixik funksiyalar evolyusiyasi.    Qiyosiy psixologiya
Reja:
1. Psixik faoliyatning perenatal davrda rivojlanishi .
2. Erta postnatal davrda psixik faoliyatning rivojlanishi .
3. Psixik faoliyatning yuvenal (o’yinli) davrda rivojlanishi
4. Sodda sensor psixika .
5. Perseptiv psixika
6. Psixika evolyusiyasi va antropogenez .
7. Qiyosiy psixologiya, maqsadi, vazfalari va predmeti 
8. Odamsimon maymunlarning bolasini qobiliyatini tadqiq qilish 
9. Hayvonlar va insonlarning psixikasini o’xshashligi va farqlari  
Psixik   faoliyatning   perenatal   davrda   rivojlanishi.   Embrionning
rivojlanishi ko’pgina holatlarda ontogenez rivojlanishini asosiy bosqichlari sifatida
e’tirof   qilinadi.   Umurtqasizlarda   ham   umurtqalilarda   ham   perenatal   (tug’ruqdan
oldingi   holatlar)   davr   mavjud.   Bu   holatlar   harakatni   ta’minlashi   mumkin.   Bu
funksiya   postnatal   davrda   paydo   bo’ladiyu   bunda   embrionning   moslashishdan
oldingi holati haqida so’z yuritish mumkin. 
A.D.Slonimaning   tadqiqotlari   shuni   ko’rsatadiki,   homila   ichidagi   faoliyat
ularni   qiziologik   jarayonlariga   o’z   ta’sirini   ko’rsatadi.   Bu   esa   yangi   tug’ilgan
hayvonlarni   xatti-harakatlarini   amalga   oshirishga   xizmat   qilishi   mumkin.
Slonimaning   tadqiqotlarini   ko’rsatishicha   yangi   tug’ilgan   qo’zichoqlar   va
uloqchalar   charchamasdan   ikki   soat   davomida   yugirishlari   mumkin   ekan.   Bu
imkoniyat   embriogenez   yo’li   bilan   shakllantirilishi   mumkin   ekan.   Postnatal
rivojlanishni   yaxshi   bo’lishida   albatta   perenatal   davrning   o’rni   kattadir.
Hayvonchalar tug’ilishi bilan fiziologik mexanizmlar ishlay boshlaydi. 
Embrional   preadaptasiyani   fatal   aniqlik   sifatida   talqil   qilish   shart   emas.
Katta   hayvonning   yashash   sharoiti   va   atrof   muhitdagi   holati   tug’iladigan   yangi
hayvonchani   taqdirini   benlgilashi   mumkin.   Umumiy   qonuniyatlar   determinizm
tamoyillariga bog’liqdir. 
XVIIasrda  V. Garvey  «barcha  tiriklik tuxumdan boshlanadi»  degan iborani
ishlatib,   barcha   organizmlar   rivojlanishi-dagi   umumiylikni   qayd   qilgan   edi.
Hayvonlarning individual (shaxsiy) rivojlanishini o’rganishni Volf va ayniqsa Ber
boshlab   berdi 1
.   Ber   qiyosiy   metoddan   foydalanib,   bir   tipning   har   xil   sinflariga
kiruvchi hayvonlarning embrion rivojlanishidan avval umumiy so’ngra xususiy va
nihoyat   maxsus   organ,   belgilar   rivojlanishini,   ya’ni   embrion   divergensiyasi   ro’y
be-rishini asoslab berdi.
Evolyusion   ta’limot   asoschisi   bo’lgan   Darvin   embrion   ri-vojlanishidagi
o’xshashlik   hamda   embrion   divergensiyasi   hayvon-larning   o’zaro   yaqinligi   va
muhit   sharoitining   ta’siri   bilan   ularda   filogenetik   divergensiya   ro’y   berganligini
1
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008      4    ta’kidladi.   Darvin   «Turlarning   kelib   chiqishi»   va   boshqa   asarlarida   onto-genez
bilan filogenez o’rtasida uzviy bog’liqlik  borligini  e’tirof etdi. Uning mulohazasiga
ko’ra,   ontogenez   turli   tuzi-lish   va   xossalarning   shakllanishiga   olib   keladigan
murakkab va qarama-qarshi jarayondir 2
. Ontogenezda qadimgi ajdodlar rivojlanish
bosqichlarining   takrorlanishi   tufayli   har   xil   organizmlarning   embrion   rivojlanishi
umumiylikka   ega  bo’-ladi.  Embrion  o’z   rivojlanishining turli  bosqichlarida  ta-biiy
tanlanish   ta’siriga   beriladi.   Natijada   muayyan   bosqich-larda   yangi   moslanish
xossalari   vujudga   kelib,   ular   organizmning   rivojlanishi   tarixiy   rivojlanish
doirasidan   chetga   chiqishiga   sabab   bo’ladi.   Shunga   ko’ra,   ontogenez   indivi-dual
rivojlanish,   filogenez   esa   ajdod   rivojlanishinyng   od-diy   takrorlanishi   emas.
Ontogenezdagi   o’zgarishlar   ayrim   organlar,   belgilarning   rivojlanishini
tezlashtirishi yoki se-kinlashtirishi, rivojlanish bosqichlaridan ba’zilarining tu-shib
qolishiga, murtak va lichinkada moslanish ahamiyatiga ega yangi xossalar vujudga
kelishiga,   organizmning   tuzilishi   aj-dodlarinikiga   nisbatan   murakkablashuviga
yoki soddalashuvnga olib keladi.
Evolyusion   embriologiyaning   asoschilari   bo’lgan   Kovalev-skiy,
Mechnikovlar lansetnik, assidiya, ignatanlilar va boshqa umurtqasiz hamda xordali
hayvonlarning   individual   rivojla-nishini   atroflicha   o’rganib,   ularning   filogenetik
bog’lanishinn   aniqladilar.   Ular   hayvonot   olamining   har   xil   guruhlaryga   mansub
vakillarning   kelib   chiqishi   bir   ekanligini   isbotlash
bilan   bir   qatorda,   ontogenezning   o’ziga   xos   tomonlarini/ham
oydinlashtirib berdilar.
Gekkel Darvin mulohazalariga, Qovalevskiy, Mechnikov larning   umurtqasiz
va   xordali   hayvonlarshshg   turli   vaiilla- ri,   shuningdek,   Myullerning
qisqichbaqasimonlar  ustida utkazgan tadqiqotlariga asoslanib, 1866  yili  biogenetik
qonun   kashf   etdi.   Bu   qonunga   ko’ra,   ontogenez   filogenezning   1sAsqa   va   tez
takrorlanishi (rekapitulyasiyasi) dan iborat.  Odatda, jin- siy yo’l bilan ko’payadigan
barcha   ko’p   hujayrali   organizmlar-ning   rivojlanishi   urug’langan   yagona   tuxum
hujayradan  bosh-lanadi. Shu dalilga asoslanib, Gekkel barcha yuksak orga-nizmlar
2
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008     5    kelib   chiqishi   bilan   bir   hujayralilarga   bog’liq,   de-gan   edi.   Urug’langan   tuxum
hujayraning   keyingi   rivojlani-shida   uchraydigan   morula,   blastula   va   gastrula
bossichlarini   Gekkel   bir   hujayrali   koloniyali   organizmlarshshg
rekapitu lyasiyasidan   iborat,   deb   ta’kidlagan.   Shunga   asoslanib,   u   ib-tidoiy   ko’p
hujayrali organizmlarning paydo bo’lishi  haqida  gastreya gipotezasini  yaratdi.
Gekkel   har   qanday   organizmning   embrional   rivojlanishn-da   avlod-ajdodi
belgi-xossalarining takrorlanishini   reka-pitulyasiya   deb, ajdod belgilarining o’zini
esa   palingenezlar   —   palingenetik   belgilar   deb   atadi.   Quruqda   yashovchi
umurtqalilarning   embrional   rivojlanishida   uchraydigan   jab-ra   yoylari,   ikki
kamerali yurakli palingenezlarga misol  qi- lib  keltirish mumkin 3
.
Qadimgi   belgilardan   tashqari,   organizmning   embrional   va   lichinkalik
davrida   muhitga   moslashtiruvchi   belgilari   borli-gini   ko’rsatib,   Gekkel   ularni
senogenetik belgilar,  ya’ni  se-nogenezlar  deb atadi.  Amniotlarning  murtak pardasi
(amnion,   allantois,   xorion),   sut   emizuvchilarning   yo’ldoshi,   qushlar   tu-xumining
sariqligi senogenezlarga misoldir. Gekkel senoge-nezlarga organlarning rivojlanish
muddati   va  o’rnining  o’zga-rishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  o’zgarishlarni   ham   kiritdi.
Odatda,   ma’lum   gruppa   hayvonlarda   progressiv   uchragan   organlar   ri- voji   doim
oldin   boshlanib,   boshqa   organlarga   nisbatan   uzoq   muddat   davom   etadi.   Masalan,
umurtqalilarning yuksak   vakil- lari  (qushlar  va sut   emizuvchilar)   da bosh miya va
sezgi   organ-lari   tuban   vakillari   (amfibiya   va   boshqalar)   dagiga   nisbatan   oldin
rivojlanadi   va   uzoq   muddat   davom   etadi.   Aksincha,   on-togenezda   regressga
uchragan   organlarning   individual   rivoj-lanishi   sekinlik   bilan   boradi.
Umurtqalilarning   yuksak   vakillarida   jsnsiy   bezlar   tuban   vakillarig’a   nisbatan
keyin- roq rivojlanishi yuqoridagi qonun bilan izohlanadi.
Embrional   rivojlanishda   organlarga   asos   solinish   vaqti-ning   bunday
o’zgarishi   geteroxroniya   deyiladi.   Ontogenezda   or-ganlarning   tanada   joylashishi
ham   o’zgaradi.   Masalan,   yuksak   umurtqali   hayvonlarda   dastlab   bo’yin   vujudga
kelishi   hisobi ga   yurakning   o’rni   baliqlarnnkpga   nisbatan   ko’krak   qafasining
ichkarisiga ancha surilgan. Bunday o’zgarish   geterotopiya   deb ataladi. Gekkel  va
3
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008     р7    Myuller   tomonidan   ilgari   surilgan   biogenetik   qonun   keyinchalik   turli   hayvon
guruhlarining   filogenetik   ta-rixini   tiklashga   oid   tadqiqotlar   avj   olishiga   sabab
bo’ldi.   Bu   paleontologiyaga   ham   tatbiq   qilindi.   Oqibatda   L.   Vertenberger   qirilib
ketgan boshoyoqlimollyuskalar — ammonitlarda, Gayett   qazilma   mollyuskalarda,
Ryutimeyer   qazilma   holdagi   otlarda   rekapitulyasiya   hodisasini   aniqlashga
muvaffaq bo’ldilar 4
.
Rekapitulyasiya botanika sohasida ham o’z ifodasini topdi. Natijada yuksak
o’simliklarda   tuban   formalarga   xos   shoxla-nish   tipi,   paporotniklar   birinchi
barglarining dixotomik  tu- zilishi kabilar kashf qilindi.
Asosiy   mazmuni   Darvin,   keyinchalik   Myuller,   Gekkel   tomo nidan   bayon
etilgan   biogenetik   qonunga   ko’ra,   ontogenez   bilan   filogenez   o’rtasidagi
munosabatlar to’g’ri ifodalab berildi.
Biogenetik qonun xilma-xil organizm guruhlari o’z onto genetik  rivojlanishi
bilan   ozmi-ko’pmi   o’xshash   ekanligini   ko’rsatdi.   Bu   bilan   organik   olamning
monofiletik kelib chiqi-shi haqidagi g’oya yana bir martatasdiqlandi. Lekin Gekkel
biogenetik   qonung’a   uncha   to’liq   ta’rif   bermadi.   Chunki   u   ontogenez   bilan
filogekez   muammosini   bir   tomonlama   yoritgan   edi.   Ubiogenetik   qonunga   ta’rif
berishda   «ontogenez   filogenezning   qisqa   va   tez   takrorlanishidan   iborat»   degan
iborani  ishlatib, filogenez uchun asosan  palingenetik belgi-xossalar  ahamiyatlidi r,
degan.   Gekkel   evolyusiya   jarayonida   filogenezga   katta   o’rin   berib,   unda
ontogenezning  rolini  to’liq  ko’rsatmadi.   Unin.g  mulohazasiga  ko’ra,  ontogenezda
paydo   bo’lgan   har   qanday   yangilik   filogenezni   xiralashtirar   ekan   (masalan,
geterotopiya va geteroxroniya).
Darvin   evolyusiya   jarayoni   individual   rivojlanishning   hamma   bosqichlarini
qamrab   oladi,   ontogenez   ham   evolyusiyani   o’z   boshidan   kechiradi   va   uning
yangilanishi   filogenetik   tarix-ga   kiradi,   deb   e’tirof   qildi.   U   filogenezga   nisbatan
ontoge-nez har xil usullar bilan o’zgaradi va ular evolyusion rivojlanishda muhim
ahamiyatga   ega   bo’ladi,   deb   ko’rsatdi.   Dar- vinning   bu   sohadagi   mulohazalari
Myuller tomonidan aniq-lashtirilgan bo’lsa-da, u Gekkel uchun tushunarsiz bo’lib
4
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008     8    qoldi.   Shunga   ko’ra,   qayd   qilingan   Darvin   —   Myuller   .fikrlari   Gekkelning
biogenetik qonunida o’z ifodasini topmadi. Gekkel-ning biogenetik   qonunn   qabul
qilingan   taqdirda   evolyusiya   ja-rayonnning   progressiv   xarakteri,   ya’ni   ilgarigiga
nisbatan murakkab tuzilishga ega va takomillashgan organizm  turlari qanday   yo’l
bilan paydo bo’lishini tushuntirish  qiyin  bo’lar edi. Bu holat Gekkel o’z ta’limotida
rekapitulyasiya hodisa-siga  ortiqcha  baho berganligi oqibatidir 5
.
Ko’pgina  olimlar   tomonidan olib  borilgan  kuzatishlar   haM- da ontogenezda
rivojlangan   ajdod   belgilarini   o’rganish   shuni   ko’rsatdiki,   embrionda   qadimgi
ajdodlar   voyaga   yetgan   forma-larining   emas,   balki   ular   embrionining   belgilari
takrorla-nar   ekan.   E.   Menert   umurtqali   hayvoslarda   ajdod   belgilari-ning
rekapitulyasiyasidagi   o’zgarishlarni   o’rganib,   hyech   vakt   on-togonezda   filogenez
aniq   va   to’liq   takrorlanmasligini,   chunki   takrorlanish   organizmlarga   emas,   balki
ayrim   organlarga   xosligini   ta’kidladi.   Chunonchi,   sut   emizuvchilar   embrionining
ma’lum   rivojlanish   bosqichida   jabra   yoylari   va   arteriyalar   rivojlanadi. Lekin   bu
vaqtda   ular   baliq   tuzilishini   to’liq   takrorlamaydi,   chunki   boshqa   organlar   o’z
rivojida baliqlar- nikiga  nisbatan ancha  ilgarilab  ketgai bo’ladi.
Gekkel   filogenezning   o’zgarishi   faqat   ontogenezning   oxir-gi   davridagi
o’zgarishlaridan   iboratdir,   degan   edi.   Qo’pgina   tadqiqotlar   Gekkelning   bu   fikri
to’lis   emasligini   ko’rsatdi.   Bu   sohada   akademik   Seversovning   filebriogenez
nazariyasi diqqatga sazovordir.
2. A. H. Seversovning filembriogenez nazariyasi
A. H. Seversov ontogenez bilan filogenez orasidagi muno-sabatlar nihoyatda
murakkab  ekanlygini  ta’kidladi. U Gek-kel tomonidan ilgari  surilgan  palingenez va
senogenezlarni   farq   qilish   juda   qiyin   ekanligini,   chunki   filogenezda   onto-
genezning   chetga   chnqish   hollari,   embriologik   moslanish   hamma   vaqt   senogenez
bo’lavermasligini,   ontogenezda   ro’y   beradigan   ko’pgina   o’zgarishlar   filogenetik
ahamiyatga   ega   ekanligini   es-latib,   ularni   filembriogenez   deb   nomladi.
Filembriogenez   nazariyasini   Seversov   birinchi   marta   1910   yili   asoslab   ber-di.
Qyeyinchalik   esa   uni   yanada   rivojlantirdi.   Bu   nazariya   or-ganlarning   filogenetik
5
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008     р9    yangilanishiga   olib   keladigan   o’zgarishi   qanday   yo’llar   bilan   va   qaysi   bosqichda
amalga   oshi-shini   ko’rsatadi.   Mazkur   masalani   hal   etish   uchun   Seversov
evolyusion   paleontologiya,   embriologiya   va   qiyosiy   anatomiya   fanlarida
to’plangan   ma’lumotlarga   murojaat   etdi.   Uning   ta’kidlashicha,   ontogenez
(embriogenez)   da   filogenetik   ahami-yatga   ega   bo’lgan   o’zgarishlar   uch   usulda
amalga oshadi. Ular anaboliya, deviasiya,  arxallaksis usullaridir.
Anaboliya   yunoncha   anabole   —   qo’shimcha   demakdir.   Anaboliyada
muayyan organning individual rivojlanishi xuddi ajdodlari-nikiga o’xshash amalga
oshadi, lekin rivojlanishning oxirgi bosqichida o’zgarish, ya’ni ajdodida  bo’lmagan
yangi   xususiyat   paydo   bo’ladi,   bu   o’zgarysh   ajdodning   rivojlanishiga   nisbatan
qo’shimcha   ravishda   vujudga   keladi   va  organning  rivojlanish   muddati   cho’ziladi.
Seversov   umurtqali   hayvonlarning   embrion   rivojlanishini   o’rganib,
filembriogenezning   anaboliya   usuliga   ko’plab   misollar   keltirdi.   Masalan,   ot
ajdodlarida   barmoq-larning   o’zgarishini   hozirgi   zamondagi   otlarning   embrional
rivojlanishi   bilan   taqqoslab,   olti   haftalik   ot   embrionining   oyoqlarida   uchtadan
barmoq   rivojlanishini,   uchinchi   barmoq   bir   oz   katta,   yon   barmoqlar   esa   kichik,
ularning   har   biri   uchtadan   falangga   ega   ekanligini,   so’ngra   suyaklari   qo’shilib,
grifil   suyaklarga   aylanishini   qayd   qildi.   To’qimalar   gistogenezida,   chunonchi,
epiteliy   to’qimada   ham   shunga   o’xshash   qonuniyat   namoyon   bo’ladi.   Odam
embriogeneziningma’lum bir bosqichida epiteliy bir qavat, keyinchalik ikki qavat
va nihoyat, uch qavat silindr-simon hujayralardan tashkil topadi. Uning ustki qavat
hu-jayralarining   yadrosi   yo’qolib,   shoxsimon   modda   singadi.   Voya-ga   yetgan
lansetnik   va   suyakli   baliqlarda   esa   bir   qavatli   epiteliyga   aylansa-da,   ularga
shoxsimon modda singmaydi.
Anaboliyaga dengiz cho’rtanbalig’i — sargan   (Belone acus)   ning individual
rivojlanishi   yaqqol   misol   bo’ladi.   Bu   baliq   jag’ining   tuzilishi   bilan   o’ziga
yaqin bo’lgan   boshqa   baliqlar-dan   farq   qiladi.   Odatda,   uning   yuqorigi   va   pastki
jag’lari   uzunasiga   cho’zilgan   bo’lib,   uzun   tumshuq   hosil   qiladi.   Bu   ba-liqning
uzunligi 10 mm keladigan embrionida ikkala jag’ uzunlashmagan, faqat pastki jag’
bir   oz   oldinga   bo’rtib   chiqqan   bo’ladi.   Sarganga   qon-qarindosh   baliqlarning ko’pchiligida, chu-nonchi, aterinkada bunday holat  voyaga yetgan baliqlarda saq-
lanadi. Sarganda esa avval pastki jag’ uzunlashib, 20 mm ga yetadigan chavog’ida
u yuqorigi jag’dan bir necha marta uzun bo’-ladi. Sargan chavog’ining uzunligi 9
sm   ga   yetgandan   so’ng,   yuqo-rigi   jag’   ham   uzaya   boshlaydi.   Bu   holat
Hemiramphus   avlodiga   mansub   baliqlarning   voyaga   yetgan   formalarida   bir   umr
saqla-nib  qolgan,  Sargan balig’ida esa yuqorigi jag’ning uzayishi keyinchalik ham
davom   etadi.   Binobarin,   aterinka   balig’iganisbatan   sargan   balig’ining   individual
rivojlanishida   ikki-ta   qo’shimcha   faza   —   gemiramfus   va   aterinka   fazasi   bo’ladi
(50- rasm).
Xuddi   shunga   o’xshash,   dengiz   shaytoni   deb   ataluvchi   baliq-larda   ham
ko’krak   suzgich   qanotlari   individual   rivojlanishda   ikki   marta   o’z   holatini
o’zgartiradi.   Rivojlanishning   birinchi   bosqichida   ular   ko’krak   suzgich   qanotining
akulasimon baliq- larnikiga   o’xshash gorizontal holati, keyin esa ko’pchilik suyak-
li   baliqlarga   xos   bo’lgan   vertikal   holati   namoyon   bo’ladi.   Keyingi   rivojlanishda
ko’krak   suzgich   qanoti   yana   gorizontal   holatga   o’tadi,   lekin   uning   uchi   orqaga
qayrilgan bo’ladi.
Anaboliya   usuli   ontogenezda   organlarning   hosil   bo’lish   dav-ri   ajdod
organlarnikiga nisbatan uzayishiga olib keladi. Filembriogenezning anaboliya usuli
o’simliklar olamida ham keng tarqalgan. Usimliklardagi anaboliyaga palmalar bar-
pshing   rivojlanishini   misol   qilib   ko’rsatish   mumkin.   Kuzatishlardan   ma’lum
bo’lishicha,   palma   barglari   kurtak   holida   yaxlit   plastinkadan   iborat   bo’ladi. Ontogenetik   rivojlanish-ning   keyingi   davrida   barglar   bo’laklarga   bo’linib,
patsimon yoki yelpig’ichsimon shaklga kiradi.
Deviasiya.   Ontogenezda   organlar   rivojlanishining   o’rta   bosqichlarida   sodir
bo’ladigan   o’zgarishlar   deviasiya   deb   ata-ladi   (latincha   deviatio   —   o’rta
demakdir).   Deviasiya   natija-snda   ontogenezning   o’rta   davridan   boshlab
organlarning   em-brional   rivojlanishi   oldingi   ajdodlarning   mazkur   organlari
rivojlanishiga   nisbatan   birmuncha   boshqacha   yo’nalishda   bo-radi.   Akula   va
reptiliyalarda   tangachalarning   rivojlanishi   deviasiyaga   misoldir.   Har   ikkala
gruppaga   mansub   hayvonlar-ning   embrional   rivojlanishida   tangachalar   ostki
epidermis- ning   qalinlashishi   va   uning   ostida   biriktiruvchi   to’qima   to’planishi
hisobiga ro’y beradi. Akulasimon baliqlarda epidermis hujayralari va uning   ichida
to’plangan   biriktiruvchi   to’qima   hujayralari   tashqariga   teshib   chiqib,   qirrali   yoki
uchi   o’tkir   «bo’rtma»lar   —   tangachalar   hosil   qiladi.   Keyincha-lik   bo’rtmalarning
ustki   qavati   suyak   (emal)   moddasi   bilan   qoplanadi.   Reptiliyalarda   esa
tangachalarning   dastlabki   ri-vojlanishi   baliqlarning   plakoid   tangachalari
rivojlanishiga   o’xshab   ketadi,   ya’ni   epidermis   qavatining   zichlashuvi   va   uning
ostida   biriktiruvchi   to’qima   to’planishi   kuzatiladi.   Biroq   reptiliyalarda
tangachalarning   rivojlanishi   keyinchalik   ba-liqlar   plakoid   tangachalarining
rivojlanishidan   farq   qila   boshlaydi.   Bu   farq   epidermis   qism   asta-sekin   shox
moddasini   singdirib   tangachaga   aylanishidan   iborat.   Reptiliyalarning   ba’-zn
turlarida   shox   moddadan   iborat   tangachalar   ostida   suyak   pi lakchalar   joylashadi.
Ular teri suyaklari tariqasida hosil bo’ladi 
Shunday   qilib,   deviasiya   usulida   ontogenezda   filogenez   faqat   dastlabki
bosqichlarda takrorlanadi. Filembriogenez-ning deviasiya usuli o’simliklarda ko’p
uchraydi. Olimlardan A. L. Taxtadjyan ma’lumotlariga ko’ra, o’simliklardagi tugu-
nak va piyozchalar yetuk novdadan hosil bo’lmay, balki shu novdaning zmbrional
davri yoki kurtakdan hosil bo’ladi. Agar kurtakning o’q qismi o’ta rivojlanib ketsa,
barglar   yozilmasa   tugunak,   aksincha,   kurtak,   barglar   rivojlanib   himoya   po’stiga
aylansa  va  kurtakning o’q  qismi  rivojlanmasa, piyozcha hosil bo’ladi. Ontogenezda
filogenezning   qaytarilishi   g’o’za   o’sim- ligida   ham   yorqin   namoyon   bo’ladi. Evolyusiya  jarayonida  yopiq urug’li o’simliklarning barg plastinkasi dastlab butun
bo’lgan.   Keyinchalik   ularning   ayrimlarida   3—5,   7   bo’lakli   barg   plastinkali
o’simlik formalari rivojlangan. Shu sababli g’o’za o’simligining asosiy poyasining
pastki   bo’g’imlarida   hosil   bo’lgan   barg   plastinkalars   butun   bo’lib,   yuqori
bo’g’imlarida   2,   3, 4, 5, ba’zan 7 bo’lakli bo’ladi. Bu dalillarga asoslanib, olimlar
Gossypium   avlodining   nam   joylarda   tarqalgan   daraxtsimon   ajdod   turlarida   barg
plastinkasi   butun   bo’lgan.   Qyeyinchalik   g’o’za   nam   kamroq   joylarga   tarqalishi
tufaylidaraxt   yoki   buta   holidagi   formalarda   evolyusiya   jarayoni   barg   plastinkasi
bo’lakli   bo’lgan   xillarini   keltirib   chiqargan,   dey-dilar.   G’o’zaning   keyingi
evolyusiya   jarayoni   ikki   yo’nalishda   borgan.   Afrika   va   Osiyoda   tarqalgan
g’o’zalarning   barg   plastin-kasi   kichraygan,   lekin   uning   bo’laklarga   bo’linishi
saqlangan yoki kuchaygan. Cho’l zonalarda esa evolyusiya jarayoni unchalik katta
bo’lmagan   tik   yoki   yotib   o’suvchi   poyali   g’o’zalarda   barg   plastin-kasi
kichrayishiga   sabab   bo’lgan,   lekin   yaxlit   (butun)   bo’lgan.   G’o’zaning   ajdod
formalarida barg plastinkasi butun bo’lgan-ligi Abzalov M. F., Fatxullayeva G. N.
tomonidan   olib   boril-gan   genetik   tadqiqotlarda   ham   tasdiqlandi.   Barg   plastinka-
sining   butunligi   Jn 1
  Jn 1
,   o,   o,   genlariga,   bo’laklarga   kuchli   bo’linganligi   in 1
in 1
O
e O
e ,   unchalik   kuchli   bo’lmagan   bo’laklarga   bo’linganligi   in 1
  in 1
o   o   genlarga
bog’liq ekanligi aniqlandi.
Arxallaksis yunoncha   arche   — boshlang’ich,   allaxls   — almashi-nish degan
ma’noni  bildiradi.  Morfogenezning   dastlabki  bosqichida  ro’y  beradigan  o’zgarish
—   arxallaksisda   organ   ta-momila   o’zgarib   yangilanadi   hamda   uning   rivojlanishi
ajdodlarinikiga   nisbatan   tamomila   boshqacha   yo’nalishda   boradi.   Shunga   ko’ra,
arxallaksisda   faqat   organning   asosi   vujudga   kelgandagina   rekapitulyasiya   amalga
oshadi.   Uning   keyingi   rivojlanishi   esa   o’zgacha   yo’nalishda   bo’ladi.   Ilonlardagi
umurtqalar,   ko’p   baliqlarning   suzgich   pardalaridagi   shu’lalar,   tishli   kitlardagi
tishlar sonining miqdor jihatdan ortishi arxallaksisga misoldir.
Sut   emizuvchilar   junining   rivojlanishini   ham   arxallak-sisga   misol   qilib
ko’rsatish   mumkin.   Jun   rivojlanishining   eng   ilk   davri   tangacha   rivojlanishining
dastlabki   davrlariga   o’xshaydi.   Bu   epidermis   hujayralarining   to’plana   borishi   bi- lan   ifodalanadi.   Lekin   keyinchalik   bu   to’plangan   epidermis   hujayralari
rivojlanayotgan   biriktiruvchi   to’qima   so’rg’ichlari   tazyiqi   ostida   oldinga   bo’rtib
chiqish   o’rniga,   chin   teriga   bo-tib,   ichkari   kiradi.   Binobarin,   junning   keyingi
rivojlanishi   o’ziga   xos   usulda   boradi.   Demak,   sut   emizuvchilar   junining
ontogenezida   plakoid   tangacha   strukturasining   filogenezi   ba-tamom
takrorlanmaydi.
Arxallaksis   hayvonlarga   nisbatan   o’simliklar   olamida   keng   tarqalgan.
Arxallaksis   yo’li   bilan   ikki   pallali   mur-takdan   bir   pallali   murtak   rivojlangan,
murakkab bargdagi barglar soni yoki androseydagi changchilar soni ortgan.
Organlarning   rivojlanish   yo’nalishini   o’zgartira   oladi-gan   filembriogenoz
bilan   bir   qatorda,   organizm   rivojlani-shidagi   belgi   va   organlarning   tamoman
yo’qolish   hollari  ham  uchraydi.  Seversov  bularni   salbiy   anaboliyalar,  arxallaksis-
lar   va   deviasiyalar   deb   atagan.   U   salbiy   filembriogenezning   2   xilini   farq   qilgan.
Salbiy   filembriogenezning   birinchi   xilida   organ   embrionining   dastlabki   bosqichi
qisqaradn,   na-tijada   uning   tuzilishi   soddalashib,   voyaga   yetgan   hayvonlarda   o’z
funksiyasini   yo’qotadi   va   rudiment   holda   saqlanib   qoladi.   Ikkinchi   xilida
embrionning   asosi   normal   vujudga   keladi,   biroq   rivojlanishning   keyingi
bosqichlarida   kichrayib,   reduk-siyaga   uchraydi   va   voyaga   yetgan   organizmlarda
butunlay  yo’qolib  ketadi.
Organlarning   reduksiyalanish   jarayoni   filogenezdagi   ix-tisoslashgan
evolyusion   rivojlanishdir.   Uning   yo’nalishini   tabiiy   tanlanish   jarayoni   belgiladi.
Tabiiy   tanlanish   yo’na-lishining   o’zgarishi   oddiy   va   murakkab   tuzilishdagi
organlar   keskin   o’zgarishiga   sabab   bo’lgan   mutasiyalar   to’planishiga   sa-bab
bo’ladi.   Organlar   tuzilishining   reduksiyalanish   yo’nalishi   bilan   bog’liq
makroevolyusiya jarayoni mikroevolyusiya jarayon-lari orqali amalga oshadi.
Seversovning   filembriogenez   nazariyasi   ontogenez   bilan   filogenez
o’rtasidagi   o’zaro   qarama-qarshilik   va   bog’liqlikni   qo’rsatib,   uning   dialektikasini
namoyish   etadi.   Seversov   ta’-limoti   Shmalgauzen,   Matveyev   va   boshqalar
tomonidan   rivoj-lantirildi.   Ular   ontogenez   yangilanishnnnng   yoki   o’zgarishining
asosiy   yo’nalishlari,   ularning   ekologik-fiziologik   asoslari,   bu   jarayonda funksiyaning   roli,   tur   ichidagi   o’zgarishlar   hamda   divergensiya   sabablarini
aniqlashga o’z e’tiborlarini qarat-dilar. Chunonchi, Shmalgauzen forma hosil  qilish
jarayonida   korrelyasiya   va   koordinasiyaning   ahamiyatini   ko’rsatdi.   A.   A.
Paramonov   evolyusion   rivojlanish   uchun   boshlang’ich   material   hisoblangan
mutasion   va   kombinasion   o’zgarishlar   ontogenez-ning   turli   bosqichlarida   ro’y
berishini,   lekin   ulardan   faqat   tanlanish   nazoratida   bo’lib,   forma   hosil   qilish
jarayonida qatnashgan o’zgarishlar filembriogenetik ahamiyatga ega ekan-
ligini ta’kidladi.
Neoteniya.   Evolyusiya   jarayonida   faqat   organlarning   emas,   balki   bir   butun
organizmning embrional rivojlanishida ham ajdodlar rivojlanishidan farq qiladigan
o’zgarishlar   sodir   bo’ladi.   Ko’p   hollarda   rivojlanishning   boshlang’ich   yoki   o’rta
bosqichlari   keyingi   bosqichlarini   siqib   chiqaradi.   Natijada   bunday   o’zgarishlar
ontogenezning   ilgariroq   tugallanishiga   sabab   bo’ladi.   Ontogenetik   rivojlanishda
qisqaradigan   yoki   tushib   qoladigan   bosqichlar   funksiyalarini   undan   oldingi
bosqichlar bajaradi. «Uzilib qoladigan» mana shunday onto-genez   neoteniya   nomi
bilan   yuritiladi.   Neoteniya   ko’pincha   orga-nizmlarning   lichinka   holida
rivojlanishiga sabab bo’ladi. Masalan,  yassi  chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar,
hasharotlar,   amfibiyalardan   —   tritonlar,   salamandralarda   jinsiy   voyaga   yetish
lichinka   bosqichida,   ya’ni   metamorfozgacha   amalga   oshadi.   Bunday   o’zgarishlar
uzoq   davom   etgan   tarixiy   rivojlanishda   muhitning   o’zgarishi   va   yuqoridagi
hayvonlar   raqib   formala-rining   paydo   bo’lishi   tufayli   yuz   bergan.   Neoteniya
o’simlik-larda ham uchraydi. Masalan, uni lemnalar oilasiga mansub o’simliklarda
yaqqol   ko’rish   mumkin.   Taxtadjyan   qayd   qilishi-cha,   lemnalar   —   Lemnaceae
voyaga   yetgan   formalardan   emas,balki   uning   murtagidan   kelib   chiqqan,   ya’ni
evolyusiyasi   keote-niya   yo’li   bilan   borgan.   Suvda   o’suvchi   bu   o’simlikning
tuzilishi shu qadar soddalashib  ketganki,  oqibatda ular gulli o’simlik-larga nisbatan
ko’proq   suvo’tlarga   o’xshash   bo’lib   qolgan.   Pistia   suvda   suzib   yurib   hayot
kechiradigan   mayda   o’simlik   bo’lib,   tro-piklarda   keng   tarqalgan.   Yetilganda   u
lemnaga mutlaq o’xsha-maydi. Chunki unda  kichik  poya, barg, ildiz kabi  vegetativ
organlar   bo’ladi,   xolos,   Urug’ining   tuzilishi,   unishida,   mur-taklik   holatida, lemnalar   bilan   Pistia   o’rtasida   ko’p   o’xshashlik   namoyon   bo’ladi.   Qiyosiy
morfologiya   tadqiqotlari   lemna   vegetativ   tanasining   cho’ntakchalar   deb   ataluvchi
qismidan   yuqo-rida   joylashgan   distel   qismida   aslida   barg   ekanligini,   cho’n-
takchalarda rivojlanadigan kurtaklar  Pistinum  ning yosh nov-dalariga mos kelishini
ko’rsatdi. Shu bilan birga ular ora-sida farq ham bor. Agar   Pistia   ning poyasi  bir
qancha novdalar  va ko’pgina to’pbarg chiqarsa, lemnaning vegetativ tanasi  ikkita
yon kurtak va reduksiyalashgan bitta barg chiqaradi. Shu singari dalillar lemnalar
Pistioideae   larga   o’xshash   tipik   vegetativ   organlar   bor   o’simliklardan   kelib
chiqqanligidan dalolat beradi. Bu ma’lumotlar yana lemnalar voyaga yetgan  Pistia
for-malardan   emas,   balki   ularning   murtagidan   paydo   bo’lganligi-ni,   ya’ni   ularda
neoteniya  yo’li  bilan evolyusiya jarayoni ro’y berganligini ko’rsatadi.
Ontogenez   embrionizasiyasi   deyilganda,   evolyusiya   jarayo-nida   rivojlanish
bosqichlari   bir   qismining   ona   organizm   yoki   maxsus   tuxum   yoki   urug’   qobig’i
himoyasida o’tishga layoqatlanishi tushuniladi. Bundan ko’rinib turibdiki, zmbrion
rivojlanish tiriklikning boshlang’ich xossasi bo’lmay, aksincha, evolyusiya natijasi
hisoblanadi. Ontogenez embrionizasiyasi tobora murakkablashayotgan murtakning
himoyalanishi   va   muhim   ichki   mu-hitda   rivojlanishiga   qaratilgan.
Embrionizasiyaning   himoya-lanish   ahamiyatini   hayvonlardagi   embrion
rivojlanishining har xil tiplari evolyusiyasi misolida ko’rish mumkin. Chunon-chi,
mayda   va   oziq   zapasi   kam   bo’lgan   tuxum   qo’yuvchi   kovakichli-lar,   bulutlar,
polixetalar,   qisqichbaqasimonlar,   chuchuk   suvda   yashovchi   suyakli   baliqlar,
amfibiyalarda   tuxumdan   rivojlan-gan   lichinka   harakatlanib   mustaqil   hayot
kechiradi. Aksincha, oziqqa boy yirik tuxum qo’yuvchi organizmlar — boshoyoqli
mol-lyuskalar,   akulalar,   ba’zi   bir   suvda   va   quruqda   yashovchilar,   sudralib
yuruvchilar,   qushlar   va   tuxum   bilan   ko’payuvchi   sut   emizuvchilarda   tuxumdan
lichinka   emas,   rivojlangan   embrion   hosil   bo’ladi.   Mazkur   organizmlarda   murtak
uzoq   vaqt   tuxum   ychida   rivojlangan,   uning   ozig’i   hisobiga   yashagan   va   qobig’i
bilan himoyalangan bo’ladi.
Sudralib   yuruvchilarda   va   qushlarda   amfibiyalarga   nisbatan   ontogenez
embrionizasiyasi   kuchaygan   bo’lib,   u   rivojla-nishning   dastlabki   bosqichlarining suv   muhitisiz   taraqqiy   etishiga   va   tuxumda   murtakning   to’liq   rivojlanishiga
qaratilgan.
Ontogenez   embrionizasiyasining   eng   muhim   natijalaridan   biri   murakkab
holda   bo’lgan   murtakning   tez   va   isrofgarchilik-siz   rivojlanishini   ta’minlashdan
iborat.   Murtak   morfoge-netik   korrelyasiyalarining   sistemaliligi,   murakkabligi   tu-
fayli   embrion   rivojlanishi   postembrion   rivojlanishga   nisbatan   turg’un   va
qadimiydir.   Embrion   rivojlanishining   turg’unligi   rivojlanish   darajasidan
o’zgarishiga   sabab   bo’la-digan   har   qanday   kichik   mutasiyalar   paydo   bo’lganda,
bunday   mutasiyalarga   ega   formalarning   nobud   bo’lishi   hisobiga   onto-genez
embrionizasiyasini   zararsizlantirishga   qaratilgan   bo’-ladi.   Demak,   embrionizasiya
evolyusiyada   ontogenezning   bir   butunligini   kuchaytirishga   safarbar   etilgan.
Embrionning ri-vojlanishidagi  ba’zi  bir  xossalarning   ontogenezning  post-embrion
davrida   saqlanishi   fatalizasiya   deb   ataladi.   Chunon-chi,   suvda   ham   quruqda
yashovchilar,   tog’ayli   baliqlar,   to’garak   og’izlilar   skeletida   tog’ay   to’qimasining
saqlanishi, odam miya qutisi suyaklarining jag’ suyaklariga nisbatan katta bo’lishi
fatalizasiyaga misoldir 6
.
Erta postnatal davrda psixik faoliyatning rivojlanishi
Organik olamning tarixiy rivojlanishi bilan tanishilsa, organizmlar oddiydan
murakkabga,   takomillashmagan   forma-lardan   takomillashgan   formalarga   tomon
rivojlanganligi   namoyon   bo’ladi.   Bu,   ayniqsa,   paleontologiya   dalillarini   tah-lil
qilganda   ko’zga   yaqqol   tashlanadi.   Arxey   erasida   hayotning   Hyech   qanday   izlari
uchramasa, proterozoy erasiga kelib, umurt-qasiz  hayvonlar va suvo’tlarning turli
darajada rivojlangan formalari uchraydi. Paleozoy erasida umurtqalilar ri-vojlanib,
o’simliklar   va   hayvonlar   takomillashib,   quruqda   yashashga   o’tganligi   ma’lum
bo’ldi. Keyingi eralarda organizm-larning takomillashishi yanada davom etdi.
Odatda,   organizmlarning   oddiydan   murakkabga   tomon   ri-vojlanishi
progress   termini   bilan   ifodalanadi.   Biroq   pro-gress   tushunchasi   uning   tub
mohiyatini   ochib   bermaydi.   Umu-man,   organizmlarning   tuzilish   darajasini
ifodalovchi mezon-lar hali yaxshi ishlab chiqilmagan. Masalan, to’rt oyoqli sudra-
6
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008    р10    lib yuruvchilardan ilonlarning kelib chiqishini progress yoki regress deb hisoblash
mumkinmi?   Shunga   ko’ra,  «progress»  mu-ammosi  Darvin  uchun  juda  murakkab,
organizmlarning   tuzilish   darajasi   haqidagi   mulohazalar   esa   nisbatan,   chalkash
bo’lib   tuyulgan.   Shuning   uchun   u   o’z   asarlarida   juda   «takomillashgan
mavjudotlar»   iborasini   ishlatmaslikka   harakat   qilgan.   Chun-ki   ko’p   hollarda
organizmlar   biror   qismining   progressiv   o’z-garishi   boshqa   qismining   regressiv
o’zgarishi   bilan   uzviy   bog’-liq   bo’ladi.   Bu   esa   progress   mezonlari   haqidagi
masalaning   murakkabligiga  sabab  bo’ladi.  Progress   haqidagi  tushunchaga   dastlab
Darvin   ilmiy   tomondan   yondashgan   olimdir.   U   progressiv   rivojlanishning   asosiy
omillaridan   biri   tabiiy   tan-lanish   bo’lib,   u   ma’lum   muhit   sharoitida
organizmlarning   takomillashuviga   sabab   bo’ladi,   deydi.   Darvin   fikricha,   orga-
nizmlarning   raqobat   qilish   qobiliyati   turli   organlarining   differensiyalanish   va
ixtisoslashish darajasi progress mezon-laridan biri hisoblanadi. Lekin bu mezonlar
progress   tushun-chasi   uchun   yetarli   emas.   Chunki   ular   progressiv   evolyusiyadagi
qarama-qarshiliklarni ifodalay olmaydi.
Biror   organ   tuzilishining   murakkablashuvi   darajasi   evo-lyusion   progressni
aniqlash   uchun   ishonchsiz   mezon   hisoblanadi.   Chunonchi,   ba’zi   bir   boshoyoqli
mollyuskalar   ko’zining   tuzilishi   sut   emizuvchilar   ko’zining   tuzilishiga   nisbatan
anchagina mu-rakkab. Shunga ko’ra, boshoyoqli mollyuskalar sut emizuvchilar-ga
qaraganda   takomillashgan   deb   aytib   bo’lmaydi.   Bu   esa   orga-nizm   guruhlarining
tuzilishi   «yuqori»   darajada   ekanligini   aniqlash   uchun,   uning   to’plagan   axborot
zapas   hajmi,   ontoge-nezning   avtonomizasiyasi,   individlarining   yashab   qolishi,
umu-miy   aktivligining   ortishi   diqqat   markazida   turmog’i   kerak-ligidan   dalolat
beradi.
Organik olamda progressiv rivojlanishning har xil shakl-lari mavjud. Ularga
cheklanmagan, biologik, morfologik-fi-ziologik progresslar kiradi. Prokariotlardan
tortib   bir   qancha   evolyusion   jarayonlar   tufayli   sut   emizuvchilar   va   ni-hoyat
odamzotning kelib chiqqanligi cheklanmagan progressga misol bo’ladi. Albatta bu
tarixiy   rivojlanish   bir   qancha   organik   formalarning   paydo   bo’lishi,   almashinuvi
orqali   amalga   oshgan.   Materiya   harakat   formasining   bunday   yuqori   bosqichga o’tishi tirik tabiat rivojlanishining birgina shoxobchasi-da amalga oshgan. Organik
olam   tarixiy   rivojlanishiningboshqa   shoxobchalari   esa   rivojlanishning   u   yoki   bu
darajasida to’xtab qolgan.
Ma’lumki,   eralardan   eralarga,   davrlardan   davrlarga   o’t-gan   sari   organik
olamning xilma-xilligi orta borgan. Bu esa organizm guruhlari yashayotgan biotik
muhitning   murakkabla-shuviga   sabab   bo’lgan.   Bunday   o’zgargan   sharoitda
yashashga   mos-lashgan   organizmlar   paydo   bo’lar   ekan,   ular   avvalo   kam   sonda,
ko’zga   tashlanmaydigan   holatda   bo’lib,   keyinchalik   son   jihat-dan   ko’payib,
hukmron   holatga   o’tgan.   Xuddi   shunday   holatni   silur   davrida   jag’sizlar,   devonda
baliqlar,   karbonda   suvda   va   quruqda   yashovchilar,   permda   sudralib   yuruvchilar,
mezozoy   va   kaynozoyda   sut   emizuvchilar   sinfiga   mansub   bo’lgan   hay-vonlarda
ko’rish   mumkin.   Yangi   paydo   bo’lgan   organizm   guruh-lari   biosferada   hukmron
holatni egallashi uchun ular shu yerdagi mavjud turlar bilan raqobatda bo’lishi va
ularga nis-batan bir qancha afzalliklarga ega bo’lishi kerak edi. U yoki bu hayvon,
o’simlik guruhlari cheklanmagan progress asosida rivojlanishi uchun asosiy to’siq
tor   doiradagi   ixtisoslashish-dir.   Tarixiy   rivojlanishda   organizmlarda   tor   doiradagi
ixtisoslashishning   tarkib   topmasligi   uchun   yashash   muhiti   tez-tez   o’zgarib   turishi
kerak   edi.   Bunday   sharoitda   yashagan   orga-nizmlarda   tor   doirada   ixtisoslashish
amalga   oshmagan   va   ular   x.ar   gal   o’zgargan   yashash   sharoitiga   tuzilishining
murakkabla-shuvi   bilan   javob   qaytargan,   oqibatda   ular   evolyusiyasida
cheklanmagan   progress   muntazam   ravishda   amalga   osha   borgan.   Cheklanmagan
progress   organizmlar   tuzilishining   takomilla-shuvi   bilan   bir   qatorda   populyasiya
tarkibining   o’zgarishiga   ham   sabab   bo’lgan.   Chunonchi.birhujayraliorganizmlar
populya-siyasida   individlar   orasidagi   munosabat   juda   sust,   har   bir   organizm
mustaqil   ravishda   muhitning   o’zgarishiga   javob   beradi.   Poda   yoki   gala   bo’lib
yashovchi,   tuzilishi   murakkab   bo’l-gan   hayvonlar   populyasiyasida   esa   har   bir
individning   muhit   o’zgarishiga   javob   reaksiyasi   har   xildir.   Ularning   ba’zilari
muhitga   bevosita   emas,   balki   bilvosita   bog’liq   bo’ladi.   Chunon-chi,   yosh
organizmlar oziq topishda, dushmandan himoyalanishda bevosita ishtirok etmasligi
shular   jumlasidandir.   Populya-siyada   ro’y   bergan   bunday   o’zgarish   individni muhitning tobeli-gidan, tasodifiy noqulay sharoitdan himoya qilishga qaratil-gan.
F.   Engels   «Tabiat   dialektikasi»   degan   asarida   har   qan-day   moslanish   bir
vaqtning o’zida ham progress, ham regress bo’lishi mumkin, deb qayd qilgan. Bu
bilan   progress   va   regress   doim   o’zaro   bog’liqligini   ta’kidlaydi.   Shu   bilan   bir
vaqtda   Engels   progress   tushunchasi   moslanish   tushunchasi   bilan   uzviy
bog’liqligini ham ko’rsatib o’tgan.
Organik olamdagi progress muammosi  birinchi marta Se-versov tomonidan
mukammal  o’rganilgan.  U  evolyusion  nazariya uchun  eng  qiyin bo’lgan:  «  Nima
uchun hozirgi vaqtda tuzilishi juda murakkab bo’lgan hayvonlar va o’simliklar (sut
emizuvchilar,   qushlar,   gulli   o’simliklar)   bilan   bir   qatorda,   juda   qadim   zamonda
paydo   bo’lgan   tuzilishi   oddiy   organizmlar   '(bakteriyalar,   sodda   organizmlar)
mavjud?   Nima   sababdan   ay-rim   organizmlar   tarixiy   rivojlanishda   takomillashib
ket-gan-u,   boshqalari   esa   sodda   tuzilishini   saqlab   qolgan?»   degan   muammolarni
hal etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.
Yuqoridagi   masalalarni   hal   qilishda,   avvalo,   evolyusiya   jarayonida   ro’y
beradigan   biologik   progress   va   morfologik-fiziologik   progress   tushunchalari
farqlanishi zarurligini ta’kidladi. Biologik progress deganda, Seversov turning avj
olib   rivojlanishini,   keng   tarqalishini,   ravnaq   topishini   tushungan,   ya’ni:   1)   turga
mansub individlar soni ortadi; 2) natijada tur keng tarqalib, yangi areallarni ishg’ol
qila-di;   uning   areali   kengayadi;   3)   yangi   sistematik   guruhlar   paydo   bo’ladi   va
intensiv   divergensiya   ro’y   beradi.   Hozirgi   vaqtdagi   gulli   o’simliklar,   suyakli
baliqlar, hushlar va sut emizuvchi-lar biologik progressga misol bo’ladi.
Cheklanmagan   progressda   organik   olam   guruhlarida   indi-vidlar   miqdori
hamma   vaqt   orta   bermaydi.   Qo’p   hollarda   «tu-ban»   organizmlar   miqdor   jihatdan
yuqori tuzilishga ega organizmlarga nisbatan ko’p sonda bo’ladi. Yuqori tuzilishga
ega   organizmlar   takomillashgani   uchun   miqdor   jihatdan   ko’p   bo’lish   hisobiga
emas,   balki   individlari   yashovchanligining   ortishi   hisobiga   gullab-yashnagan.
Biroq   bunday   yo’l   katta   gu-ruhlar   taqqoslanganda   ko’zga   tashlanadi.   Ayrim
turlarning   yashash   uchun   kurashdagi   muvaffaqiyati   ko’p   hollarda   populyasiya-da
individlar, tur doirasida populyasiyalar miqdorining or-tishi, arealining kengayishi bilan bog’liq.
Gruppali   (cheklangan)   progress.   Har   qanday   hayvon,   o’sim-lik   guruhi
tuzilish   plani   bo’yicha   boshqa   guruhlardan   farqqi-ladi.   Evolyusiya   jarayonida
mazkur   guruhda   tuzilishning   tako-millashuvi   gruppali   (cheklangan)   progress
mazmunini   tashkil   etadi.   Masalan,   arxegoniyli   o’simliklarda   gruppali   progress
ontogenezda   gametofitdan   sporofitga   o’tishga,   o’tkazuvchi   nay-larning
rivojlanishiga, epidermis «og’izchalari»ning rivoj-lanishiga sabab bo’lgan.
Evolyusion progressning yuqorida qayd etilgan shakllari alohida-alohida sof
holda emas, birgalikda bir-biriga mu-rakkab ta’sir qilgan holda namoyon bo’lgan.
Evolyusiya jarayonining cheklanmagan shakli bir tekis bo’l-may, balki ko’p
hollarda   o’zgarish   bilan   davom   etgan.   Uning   ijobiy   davom   etishi,   bir   tomondan,
organizmlardagi   har   xil   organlar   sistemasining   o’zgarishi,   ikkinchi   tomondan,
doimiy   murakkablashayotgan   va   xilma-xil   muhitda   gruppalarning   yashab   qolishi
bilan   bog’liq   bo’lgan.   Bu   esa   o’z   navbatida   gruppalar   hayot   tarzining   chuqur
o’zgarishiga,   ezolyusiya   imkoniyatlarining   kengayishiga   sabab   bo’lgan.   Biologik
regressda   tarixiy   rivoj-lanish   natijasida   u   yoki   bu   sistematik   guruhga   mansub
organizmlar   soni   kamayadi,   areali   torayadi   va   ular   sekin-asta   qirila   boshlaydi.
Paporotniklarning   ayrim   guruhlarini,   hayvonlardan   bir   qancha   suvda   hamda
quruqda   yashovchilarni,   sudralib   yuruvchilarni   biologik   regress   holatida
bo’lganlarga misol qilib ko’rsatish mumkin.
Morfologik-fiziologik progress bnologik progressdan shu bilan farq qiladiki,
bunda organizmlarning tuzilishi  va funksiyasi  progressiv o’zgara boradi. Natijada
tuzilishi   tu-ban   formalardan  tuzilishi   murakkab  formalar   paydo  bo’ladi.   Seversov
fikricha,   albatta,   morfologik-fiziologik   progress   biologik   progressga   olib   keladi.
Biologik progress to’rtta:
1) aromorfozlar, ya’ni morfologik-fiziologik progress;
2) idioadaptasiya;
 3) senogenez; 
4) umumiy degenerasiya yo’nalishida amalga oshadi.
Psixik faoliyatning yuvenal (o’yinli) davrda rivojlanishi Yuvenal   davr   haqida   faqat   yuqori   darajada   rivojlangan   hayvonlarning
bolalari  haqida  so’z yuritiladi. Bu  hayvonlarning jinsiy  yetilish holati  o’yinli  faol
davriga   to’g’ri   keladi.   Shuning   uchun   ham   bu   yerda   faqat   yuqori   darajada
rivojlangan   hayvonlarga   mos   keladi.   Boshqa   hayvonlarda   individual   rivojlanish
elementar psixika shakli sifatida talqin qilinadi. 
Hayvonlarda   o’yin   faoliyatlar   ko’pgina   tadqiqotchilarni   e’tiborini   tortadi,
shu       bilan   birga   bu   kam   o’rganilgan   sohalardan   biridir.     Bu   yo’nalish   bo’yicha
turlicha konsepsiyalarni kuzatishimiz mumkin. Bunda asosan ikki yo’nalish talqin
qilinadi: birinchisi, G.Spenser tomonidan taklif qilingan bo’lsa, ikkinchisi K.Gross
tomonidan ko’rsatilgan. 
Birinchi   vaziyatda   o’yindagi   faollik   energeiyaning   mavjudligi   deb   aytib
o’tilsa, bunda emosional holatlarga alohida e’tibor qaratish talab qilinadi. 
Ikkinchi   holatda   faqat   funksional   tahlil   qilinadi.   Grosning   fikricha   o’yin
faoliyati bu katta xatti-harakatning amaliyoti sifatida talqin qilingan. 
Hayvonlarning  yetakchi faoliyati bu uyindir.  Hayvonlarning  uyin faoliyatlari
masalasi asrlar davomida juda kup olimlarning dikkatini uziga jalb kilib kelmokda.
Hayvonlar   uzlarining   uyin   faoliyatlarida   ildam   kadamlar   bilan   bilan   olga
karab   borayotgan   sermazmun   xayotimizning   xamma   tomonlarini   aks   ettirishga
intiladilar.
Hayvonlar   atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan
bevosita   amaliy   munosobatga   bulishiga   intiladi.   Bu   urinda   shu   narsa   xarakterliki
hayvon  bilishga tashnaligidan atrofdagi uzining xaddi sigadigan narsalari bilangina
emas, balki  kattalar  uchun mansub bulgan uzining kuchi xam  yetmayligan, xaddi
sigmaydigan   narsalar   bilan   xam   amaliy   munosobatda   bulishga   intiladi.   Masalan:
bola   avtomashinani,   tramvayni   uzi   xaydagisi,   rostakam   otga   minib
yurgisi,uchuvchi   bulib   samolyotda   uchgisi   va   rostakam   milisioner   bulgisi   keladi.
Birok tabiiyki bola uzidagi bunday extiyojlarning birontasini xam xakikiy yul bilan
kondira   olmaydi.   Bu   urinda     savol   tugiladi.   Bolalarning   tobora   ortib   borayotgan
turli   extiyejlari   bilan   ularning   tor   imkoniyatlari   urtasidagi   karama   -   karshilik
kanday yul bilan xal kilinadi? Bu karama karshilik fakatgina birgina faoliyat orkali yaoni   bolaning   uyin   faoliyati   orkaligina   xal   kilinishi   mumkin.   Buni   shu   bilan
izoxlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning uyin faoliyati kandaydir moddiy
maxsulot   ishlab   chikarishga   karatilgan   faoliyat   emas.   Shuning   uchun   bolalarni
uyinga   undovchi   sabab(motiv)   kelib   chikadigan   natija   bilan   emas   balki   shu   uyin
jarayonidagi turli xarakatlarning mazmuni bilan boglikdir. Ikkinchidan esa, bolalar
uyin   jarayonida   uz   ixtiyorlaridagi   narsalarni,   uzlarini   kiziktirgan,   ammo
kattalargagina   mansub   bulgan   narsalarga   aylantirib   xoxlaganlaricha     erkin
faoliyatda   buladilar.   Bolalarning   uyin   faoliyatlari   ularning   jismoniy   va   psixik
jixatdan garmonik ravishda  rivojlantirish uchun birdan bir  vositadir. Uyin bolalar
xayetida   shunday   kup   kirrali   faoliyatki,   unda   kattalarga   mansub   bulgan   mexnat
xam,   turli   narsalar   xakida   tafakkur   kilish,   xom   xayol,   dam   olish   va
xushchakchaklik   manbalari   xam   mujjasamlangandir,   yaoni   mana   shu
jarayonlarning   barchasi   uyin   faoliyatida   anik   buladi.   Shuni   xam   taokidlab   utish
kerakki   uyin   fakat   tashki   muxitdagi   narsa   xodisalarni   bilish   vositasigina   emas,
balki   kudratli   tarbiya   vositasi   xamdir.   Ijodiy   va   syujetli   uyinlarda   bolalarning
barcha   psixik   jarayonlari   bilan   birgalikda   ularning   individual   xislatlari   xam
shakllanadi.   Demak,   bogchadagi   taolim   tarbiya   ishlarining   muvaffakiyati   k щ p
jixatdan   bolalarning   uyin   faoliyatlarini   maksadga   muvofik   tashkil   kila   borishga
boglikdir. 
      Shunday   kilib,   uyin   bolalar   xayoli   tomonidan   yaratilgan   narsa   emas,
aksincha   bolalar   xayolining   uzi   uyin   jarayonida   yuzaga   kelib   rivojlanadigan
narsadir. 
      Shuni   xam   aytib   utish   kerakki,   fan-texnika   mislsiz   rivojlangan   bizning
xozirgi zamonamizdagi yaratilanayotgan, xayratda koldiradigan narsalar bolalarga
guyo   bir   muojizadek   kurinadi.   Natijada   ular   xam   uzlarining   turli   uyinlari
jarayonida uxshatma kilib (ya’ni analogik tarzda) xar xil xayoliy narsalarni uylab
chikaradilar(uchar   ot,   mashina   odam,   gapiradigan   daraxt   kabi).   Bundan   tashkari,
bolarning   turli   xayoliy   narsalarni   uylab   chikarishlari   yana   shuni   bildiradiki,   ular
uzlarining xar turli uyin faoliyatlarida fakat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki
ayni chogda extiyojlari talab kilayotgan narsalarni xam aks ettiradilar.     Bolalarning   uyin   faoliyatlarida   xar   xil   xayoliy   va   afsonaviy   obrazlarni
yaratishlaridan   shunday   xulosa   chikarish   mumkin:   odamning   (shu   jumladan
bolalarning   xam)   tashki   muxitdagi   narsa   va   xodisalarni   aks   ettirish   jarayonlari
passiv   jarayon   emas,   balki   faol   xamda   ijodiy   yaratuvchan,   uzgartiruvchan
jarayondir.
    Bolalar   uyin   faoliyatlarining   yana   bir   ajoyib   xususiyati   shundan   iboratki,
uyin jarayonida bolaning kiladigan xatti-xarakatlari va bajaradigan rollari kupincha
umumiylik   xarakteriga   ega   buladi.   Buni   shunday   tushunish   kerakki,   bola   uzining
turli-tuman uyinlarida fakat uziga tanish bulgan yolgiz bir shofyorning, vrachning,
milisionerning,   tarbiyachining,   uchuvchining   xatti-xarakatlarigina   emas,   balki
umuman   shofyorlarning,   vrachlarning,   tarbiyachilarning   xamda   uchuvchilarning
xatti-xarakatlarini   aks   ettiradi.   Albatta   ,   turmush   tajribalari   va   faoliyatlari   doirasi
juda   cheklangan   kichik   yoshdagi   bolalar(ba’zan   kichik   gruppa   bolalari   xam)
uzlarining   uyinlarida   konkret   odamlarni   va   ularning   xarakatlarini   aks   ettiradilar.
(Masalan,   oyisini,   adasini,akasini,   tarbiyachisini   va   shu   kabi).   Urta,   katta   bogcha
yoshidagi   bolalarning   uyinlarida   esa   bunday   obrazlar   umumiylik   xarakteriga   ega
bula boshlaydi. 
          Bogcha   yoshidagi   bolalarning   uyinlari   atrofdagi   narsa   va   xodisalarni
bilish kuroli bulish bilan birga yuksak ijtimoiy axamiyatga xam ega. Boshkacharok
kilib   aytganda,   uyin   kudratli   tarbiya   kurolidir.   Bolalarning   uyinlari   orkali   ularda
ijtimoiy   foydali,   ya’ni   yuksak   insoniy   xislatlarni   tarbiyalash   mumkin.   Bundan
tashkari,   agarda   biz   bolalarning   uyini   faoliyatlarini   tashkaridan   kuzatsak,   uyin
jarayonida   ularning   barcha   shaxsiy   xislatlari(kimning   nimaga   kuprok   kizikishi,
kobiliyati,   irodasi   temperamenti)   yakkol   namoyon   bulishini   kuramiz.   Shuning
uchun bolalarning uyin faoliyatlari ularni individual ravishda urganish uchun juda
kulay   vositadir.Kichik   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   odatda   uzlari   yolgiz
uynaydilar.Predmetli va konstruktorli uyinlar orkali bu yoshdagi bolalr uzlarining
idrok,xotira   ,   tassavur   ,tafakkur   xamda   xarakat   layokatlarini
rivojlantiradilar.Syujetli   rolli   uyinlarda   bolalar   asosan   uzlari   xar   kuni   kurayotgan
va   kuzatayotgan   kattalarning   xatti   –xarakatlarini   aks   ettiradilar.4-5   yoshli bolalrning uyini asta – sekinlik bilan kollektiv xarakterni ola boshlaydi.
            Bolalarning   individual   xususiyatlarini   xususan   ularning   kollektiv
uyinlari   orkali   kuzatish   kulaydir.   Bu   uyinlarda   bolalar   kattalarning   fakat
predmetlarga   munosabatini   emas,   balki   kuprok   uzaro   munosabatlarini   aks
ettiradilar. Shuningdek, kollektiv uyinda bolalar bir gruppa odamlarning murakkab
xayotiy   faoliyatlarini   aks   ettiradilar.   Masalan,   «poyezd»   uyini   olaylik.   Bunda
mashinist,   parovozga   kumir   yokuvchi,   provodniklar,   kontrollyor,   kassir,   stansiya
xodimlari   va   yulovchilar   buladi.   Bolalarning   mana   shu   kabi   kollektiv   uyinlari
artistlarning faoliyatiga uxshaydi. Chunki kollektiv uyindagi xar bir bola uz rolini
yaxshi ado etishga intilish bilan birga uyinning umumiy mazmunidan xam chetga
chikib   ketmaslikka   tirishadi.   Bu   esa   ,   xar   bir   boladan   uzining   butun   kobiliyatini
ishga   solishni   talab   etadi.     Maolum   rollarga   bulingan   kollektiv   uyin   bolalardan
kat’iy   koidalarga   buysunishi   va   ayrim   vazifalarni   uxshatib   bajarishni   talab   etadi.
Shuning   uchun   bolalarning   bunday   kollektiv   uyinlari   psixologik   jixatdan   katta
axamiyatga ega. Chunki bunday uyinlar bolalarda irodaviylik, muammolilik   uyin
koidalariga, tartib- intizomga buysunish va shu kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi
va rivojlantiradi
          Katta   bogcha   yoshida   syujetli-rolli   uyinlar   rivojlanadi,lekin   enda   bu
uyinlar   uz   mazusining   boyligi   va   xilma-xilligi   bilan   farklanadi.Bu   uyinlar
jarayonida   bolalrda   liderlik   yuzaga   kela   boshlaydi,shuningdek   tashkilotchilik
kunikma va malakalari rivojlana boshlaydi.
Bu maktabgacha yoshdagi bolalar shugullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida
tasviriy  san’atning  xam  axamiyati  juda  katta.   Bolaning  tasavvur  etish   xarakteriga
kura   uning   atrof   xayotni   kanday   idrok   etishi,   xotira,   tasavvur   va   tafakkur
xususiyatlariga   baxo   berish   mumkin.   Katta   bogcha   yoshidagi   bolalar   chizgan
rasmlar ularning ichki kechinmalari ruxiy xolatlari, orzu, umid va extiyojlarini xam
aks   ettiradi   yoshdagi   bolalar   rasm   chizishga   xam   nixoyatda   kizikadilar     Rasm
chizish   bolalar   uchun   uyin   faoliyatining   uziga   xos   bir   shakli   bulib   xisoblanadi.
Bola   avvalo   kurayotgan   narsalarini,   keyinchalik   esa   uzi   biladigan,xotirasidagi   va
uzi uylab topgan narsalarni chizadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaka juda katta axamiyatga
ega   bulib,aynan   shunday   uyinlarda   muvafakkiyatga   erishish   shakllanadi   va
mustaxkamlanadi.Bu   yoshdagi   bolalar   uchun   eng   yokimlm   vakt-   yutish   va
muvaffakiyat bulgan musobaka uyinlarining xam axamiyati juda katta. 
            Katta   maktabgacha   yeshdagi   bolalar   uchun   musobakalar   juda   katta
axamiyatga ega bulib, aynan shunday uyinlarda muvaffakiyatga erishish motivlari
shakllanadi   va   mustaxkamlanadi.   Bu   yoshdagi   bolalar   uchun   eng   yokimli   vakt-
yutish va muvaffakiyat bulgan musobaka uyinlarining xam axamiyati juda katta.
       Katta bogcha yoshida konstruktorlik uyinlari asta-sekinlik bilan mexnat
faoliyatiga aylanib boradi. Uyinda bola elementar mexnat kunikma va malakalarini
egallay   boshlaydi,   predmetlarning   xossalarini   anglay   boshlaydi,   amaliy   tafakkur
rivojlana boradi. 
Sodda sensor psixika
Sobiq   sovet   psixologlarining   ishida   psixologiya   ichki   dunyo   haqidagi   fan
sifatida emas balki, tashqi ko’rinishlar haqidagi fan deb hisoblangan. Psixologiyani
ruhiy hayotning o’ziga xosligi haqida emas, balki hayot faoliyatining uzoq muddat
rivojlanishi   natijasi   sifatida,   unda   organizmning   atrof   muhit   bilan   faol   o’zaro
aloqaga   kirishadi,   unda   u   o’z   o’rnini   topishga   intiladi.   Bunday   aks   ettirish
jarayonida, atrof muhitning ta’siri ostida miyada psixik jarayonlar vujudga keladi.
Bu   holat   esa   psixikaning   ichki   dunyo   haqidagi   fan   tushunchasini   yo’qotgan   va
buning   natijasida   evolyusion   rivojlanish   vujudga   keladi.   Psixik   jarayonlar   shu
tariqa o’rganish obyekti bo’lib qolgan.  
Sobiq sovet psixologlarining fikriga ko’ra psixika hayot faoliyatida vujudga
kelmay,   balki   organizmning   hayot   faoliyatini   ma’lum   shart   sharoitlarda   vujudga
keltiradi.   Masalan:   notirik   tabiatda   alohida   buyumlarning   o’zaro   aloqasi   mavjud.
Biroq bunday aloqalar ularning yashashi uchun sharoit hisoblanmaydi qoya suvdan
mustaqil   ravishda   bo’lishi   mumkin,   suv   qirg’oqdan   mustaqil   ravishda   mavjud
bo’lishi   mumkin.   Masalan:   kerosinda   mavjud   bo’lgan   kakliy   ochiq   havoga
qo’yilganda uchib ketishi mumkin. Yerning rivojlanishi jarayonida juda murakkab
qo’shilishlar   vujudga   kelgan.   Bu   katta   molekulalar   konservatlar   deb   atalgan. Ularning asosiy xususiyatlari ularning qismlarga tez ajrala oladilar, chunki modda
almashinuvi   ko’proq   bo’lar   ekan.   Bu   molekulalar   yangi   moddalarni   qabul   qilib,
o’zlashtirishi   tashqi   olam   maxsulotlarini   sochishi   kerak.   Shu   tariqa   o’sha   katta
molekulalar   atrof   muhitda   moddalar   almashinuvi   uchun   kerak.   Moddalar
almashinuvi   pavssiv   jarayon   hisoblanmaydi.   U   oqsil   molekulalarning   hayotiy
faoliyat   jarayonini   amalga   oshiradi.   Shu   tariqa   tirik   hayot   vujudga   keladi.   Bu
hayotda   mayda   organizmlar   vujudga   keladi.   Bu   to’qimalarning   mavjudligining
o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular moddlarga qo’zg’ovchilarni har doim
topa oladilar. Shu darajada ham tirik moddalarda ehtiyojlar paydo bo’la boshlagan.
Hamma tashqi  olam  ko’rinishidan hayotni  qo’llash uchun biotik ta’sir  va mavjud
bo’lmagan   abiotik   ta’sir   mavjud   edi.   Agar   biz   hayot   evolyusiyasini   diqqat   bilan
kuzatsak, ularni ma’lum bir bosqichlarga ajratishimiz mumkin. Birinchi bosqich bu
o’simliklar olami. Bu forma evolyusiyaning hamma bosqichlarida uchraydi. Sodda
bir to’qimali suv o’tlaridan tortib, to zamonaviy o’simliklarga qadar.
Ko’pgina   tadqiqotchilarning     fikriga   ko’ra   o’simliklar   olamining   o’ziga
xosligi shundan iboratki, ular ma’lum bir joyga bog’langanlar, harakat qilmaydilar.
O’simliklar  olami ma’lum bir moddalar almashinuvida  to’xtaydi. O’simliklarning
xayot   faoliyati   1   biotik   omillarga   bog’liq   holda   amalga   oshiriladi.   O’simliklar
ma’lum   bir   sharoitlarga   nisbatan   sezuvchan   bo’lib   qoladilar.   Demak   o’simliklar
ham o’z ehtiyojlariga egadirlar. O’simliklar ularga ta’sir qilagan omillarga nisbatan
ta’sirlarga javob berish xususiyatlariga egadirlar. O’simliklar ma’lum bir xududga
bog’langandirlar,   undan   ortiqcha   harakat   qilmaydilar.   O’simliklar   yorug’likka,
haroratga,   kimyoviy   ta’sirlarga   nisbatan   ta’sir   berish   xususiyatlariga   egadirlar.
Bunday harakatlar tropizmlar deb ataladi. 
Tropizmlar   fototropizm   (yorug’likka   javob),   termotropizm   (haroratga),
geotropizm   (yer   markaziga   intilishi),   xemotropizm   (kimyoviy   ta’sirlarga)   larga
bo’linadilar. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tropizmlar ijobiy (taassurot
kelgan   yo’nalishga   qarab   intilish)   yoki   salbiy   (zararli   taassurotlarga   intilish)
xarakterga ega bo’lishi mumkin. 
O’simliklar   dunyosidan   farq   qiluvchi   bosqich   bu   hayvonot   olami hisoblanadi.   Hayvonot   olamining   o’simliklar   dunyosidan   farqlanuvchi
xususiyatlari   bu   hayvonlarda   harakatning   mavjudligidir.   Bu   ba’zida   yetarli
xisoblanmaydi,   chunki   ba’zi   bir   o’simliklar   haoakatlanish   xususiyatlariga
eagdirlar.   Masalan   kungaboqar   yoki   pashsha   yutuvchi   o’simlik,   kungaboqar
quyoshga qarab harakatlansa,  pashsha  yutuvchi  pashshalarga  qarab harakatlanadi.
Lekin   bundaay   harakatlar   hayvonlarning   xatti   harakatlaridan   farqlanadi.
Hayvonlarning   xarakati   faol   xarakterga   ega.   O’simliklar   dunyosidan   hayvonot
dunyosiga   o’tishdagi   yangilik   bu   hayvonlarda   yangi   qo’zg’atuvchining   ko’rinishi
vujudga   kelishidir.   Hattoki   eng   sodda   tuzilgan   hayvonlar   ham   biotik
qo’zg’atuvchilarni paydo bo’lishini namoyon qilishlari mumkin. Bu A.N.Leontyev
talqiniga ko’ra sezuvchanlik deb nomlangan. Hayvonlarda sezuvchanlikning paydo
bo’lishi   yangi   xususiyatlardan   biri   hisoblanadi   va   bu   esa   yangi   organizmlarni
vujudga   keltiradi,   bu   holat   esa   psixikaning   vujudga   kelishining   asosiy   omili
hisoblanadi.       
A merik alik   t adqiqot chi   J ennigs   eng   sodda   jonzot larda
t adqiqot   ishlarini   olib   borgan 7
.   Ma’lumk i   amy obaning   t anasiga
t egilsa,   uning   holat i   o’zgaradi.   Tegilgan   joy da   y olg’on   oy oqlar
pay do   bo’ladi.   Bular   psev dopodiy alar   deb   at aladi,   amy oba   shu
oy oqlari   bilan   oby ek t ni   ushlab   oladi,   agar   bu   oby ek t   ozuqa   bo’lsa
amy oba   uni   o’zlasht iradi,   agar   ozuqadan   t ashqari   narsa   bo’lsa
amy oba   uni   t ashlab   y uboradi.   Bunga   y aqin   jav obni   dist ant
qo’zg’at uv chilar orqali  t a’sir qilinganda k uzat ishimiz mumk in. Ba’zi
bir   holat da   amy oba   ma’lum   bir   masofada   t urgan   oby ek t ga
y aqinlasha  boshlay di  v a  uni  ushlab oladi, boshqa  hollarda  esa  ular
t esk ari   xat t i-harak at larni   amalga   oshira   boshlay dilar.   Ko’pgina
t adqiqot chilarning   fi k riga   k o’ra   buni   quy idagicha   izohlash
mumk in,   zaif   qo’zg’at uv chilar   amy obalarda   faol   reak siy ani
7
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008    р11    v ujudga   k elt iradi   v a   ak sinchak uchli   qo’zg’at uv chilar   t esk ari
eff ek t ni   v ujudga   k elt irad,   bu   esa   amy obani   qo’zg’at uv chidan
uzoqlashishiga   olib   k eladi.   A my obaning   t anasi   bir   xil   bo’lmagan
qav at lar  prot oplazmasidan  iborat . Tashqi  prot oplazmagel  holat ida
bo’ladi,   ichk i   prot orlazma   zol   (suy uqlik )   holat ida   bo’ladi.
Prot oplazmaning   t ashqi   qav v at i   t ashqi   t a’sirga   qo’zg’aluv chan
bo’ladi, shundan  so’ng u  zol  holat iga  o’t adi. Bu  y olg’onoy oqlarning
shak llanishiga   sabab   bo’ladi,   shundan   so’ng   amy oba
harak at lanadi.
Foterning  tadqiqotlari   shuni  ko’rsatadiki,   amyobaga  20  marta  zaif   mexanik
ta’sirdan  2 tasiga javob qaytaradi, zaif  yorug’likka esa  umuman javob bermagan,
biroq yorug’lik va mexanik stimullarning 20 tasidan, 16 tasiga javob qaytargan.
Mayer   va   Shreyr   taxminlariga   ko’ra   zaif   qo’zg’ovchilarga   nisbatan   ijobiy,
kuchli qo’zg’ovchilarga nisbatan salbiy ta’sirotlar vujudga keladi. 8
Bless   va   Leontyevlarning   tadqiqotlari   shuni   ko’rsatadiki,   dafniya
yorug’likka nisbatan to’g’ri harakatlanmasdan, balki yoysimon harakatlanar ekan.
Polyak   olimi   Dembrovskiyning   tadqiqotlarida   ham   sodda   hayvonlarni
kerakli   harakatlarni   amalga   oshirishga   o’rgatish   mumkinligi   ko’ringan.   U   bir
xujayrali hayvonlarni dumaloq idishga solib qo’yib, ularni qanday harakatlanishini
kuzatgan,   ularning   haoakatlari   boshida   xaotik   xarakterga   ega   bo’lgan,   ma’lum
muddat   o’tgandan   so’ng   esa,   bu   tartiblangan   harakatga   aylangan.   Tadqiqotchilar
juda   qiziq   ma’lumotlarga   ega   bo’lishgan,   bir   xujayrali   hayvonlarning
qo’zg’atuvchilarini   tarqalishi   sekundiga   1-2   mikrondan   oshmasa,   eng   sodda   asab
tizimiga ega bo’lgan hayvonlarda tezlikni tarqaligi katta hisoblanadi, u sekundiga
50   smni   tashkio   qiladi,     qurbaqaning   asab   tizimini   tarqalish   tezligi   25   metrga,
insonniki   esa   sekundiga   125   metrni   tashkil   qilar   ekan.   Bu   holatlar   shuni
ko’rsatadiki,   ma’lum   bir   asab   tizimiga   ega   bo’lgan   hayvonlarda   asab   tizimining
tezligi oshar ekan. Bu holatlarning hammasi asab tizimining paydo bo’lishi zamin
8
Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008    р12    bo’lib   hizmat   qilgan.   Eng   birinchi   asab   tizimi   to’rsimon   asab   tizimi   hisoblanadi.
Bu   asab   tizimining   tolalari   to’rga   o’xshash   bo’lganligi   sababli   u   to’rsimon   asab
tizimi deb yuritilgan. Bu nerv tolalari juda kuchli sezuvchanlikka ega bo’ladi. Bu
to’rsimon asab tizimi yuqori umurtqalilarda «retikulyar formasiya» deb nomlangan
asb   holatlarini   eslatadi.   Biroq   retikulyar   formasiya   yuqori   darajada   rivojlangan
hayvonlarda   asab   tizimining   past   bosqichi   hisoblansa,   ko’p   xujayrali   past
darajadagi hayvonlarda asab tizimining yagona shakli  sifatida talqin etiladish. Bu
asab tizimi ko’pgina avzalliklarga ega, lekin u harakatni boshqara olmaydi.
Psixika   evolyusiyasi   va   antropogenez.   Jamoa   bo’lib   yashash,   jinsiy
yetilishgacha   bo’lgan   rivojla-nish   muddatining   uzayishi,   bosh   miyaning   faoliyati,
nutq,   qurol-lar   yasash   qobiliyati,   tananing   tuzilishi   va   funksiyalari   maj-muasi
odamni   tavsiflovchi   xossalar   hisoblanadi.   Bularning   vujudga   kelishi   va
shakllanishida   organik   olamning   tarixiy   rivojlanishida   muhim   rol   o’ynagan
evolyusiya   omillari   —   mutasiya   jarayoni,   alohidalanish,   hayot   to’lqinlari,   tabiiy
tan-lanish katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Mutasiya   jarayoni   va   genlar   kombinasiyasi   odamda   xilma-xil   anatomik-
morfologik,   fiziologik-bioximiyaviy,   genetik   o’zgarishlarni   keltirib   chiqargan.
Sosial   muhit   esa   har   bir   individning   o’ziga   xos   genotipi   saqlanishiga
ko’maklashgan.   Har   xil   irqlar,   etnik   guruhlar   paydo   bo’lishida   alohidala-nish
muhim rol o’ynagan.
Odam evolyusiyasida hayot to’lqinlarining ham ahamiyati kat-ta bo’lgan. U
yoki bu regiondagi odamlar ajdodlari orasida vaqt-vaqti bilan bo’lgan ocharchilik,
yuqumli   kasalliklar   tar-qalishi,   chunonchi,   vabo,   o’lat,   sil   paydo   bo’lishi   va
tarqalishi   zaif   organizmlarning   ko’plab   qirilishiga   va   shu   yo’l   bilan   tirik   qolgan
odamlar   genofondining   tasodifiy,   yo’nalishsiz   o’zgarishiga   sabab   bo’lgan.
Primatlar,   shu   jumladan,   qadimgi   odam   to’dalari   oziqlanish   maydonini   egallash,
yovvoyi   hayvon-larni   ovlash,   o’simliklarning   yeyiladigan   qismlarini   topish,
yig’ish,   saqlash   bo’yicha   o’zaro   raqobatda   bo’lganlar.   To’dalar   orasidagi   bunday
raqobatlarda   g’olib   kelish   ko’p   jihatdan   to’da   a’zolari   yoki   boshliqning
qobiliyatiga,   uddaburonligi-ga,   ov   qilish,   yovvoyi   o’simliklarning   yeyiladigan qismlarini   topish,   g’amlash,   xavf-xatarning   oldini   olish   singari   ko’nik-malarga,
to’da   a’zolarining   soniga   bog’liq   bo’lgan.   Agar   to’da   a’zolarining   har   xil   joyda
tarqalganligi,   alohidalashganli-gini   e’tiborga   olsak,   u   holda   ular   genetik   jihatdan
farq qilishiga e’tiroz qolmaydi. To’dalar orasidagi hayot-mamot raqobatida yuqori
qobiliyatga   ega,   uddaburon,   qurollar   yasashva   oziq   topish,   uni   saqlashga   mohir
to’da a’zolarining g’olib kelishi tabiiy bir hol edi. Uzoq ming yillar davom etgan
bunday   gruppali   tanlanish   primatlarning   barcha   turlarida   ro’y   bergan   bo’lsa-da,
lekin   ikki   oyoqlab   yurishga,   qo’lni   ishla-tishga   layoqatli   gominidlarda   to’rt
oyoqlab   yuruvchi,   daraxtlar-da   hayot   kechiruvchi   vakillarga   qaraganda   ko’proq
ijobiy nati-jalar bergan.
Gominidlarning   tarixiy   rivojlanishida   yana   turlararo   tanlanish   ham   amalga
oshgan.   Chunonchi,   avstralopiteklar   bilan   qadimgi   odamlar   —   eruktuslar   bir
vaqtda   yashagan   va   bunda   turlararo   tanlanish   avstralopiteklarga   qaraganda
qobiliyat   va   aqliy   jihatdan   anchagina   rivoj   topganeruktusodamlarning   g’olib
chiqishiga   sabab   bo’lgan.   Gominidlardagi   turlararo   tan-lanish,   hayvonlardagi
turlararo   tanlanishdan   farq   qilib,   gruppali   tanlanish   bilan   uzviy   bog’liq   bo’lgan.
Chunki raqobat bir tomondan eruktus, ikkinchi tomondan avstralopitek guruh-lari
orasida   yuz bergan.  Tanlanish  bir  turning ikkinchi   tur   ustidan  g’olib  kelganligiga
sababchi ekanligini e’tiborga olib, gruppali tanlanish turlararo tanlanish qiyofasiga
kir-gan, deb aytish mumkin.
Shunday   qilib,   to’dalar   orasida   polimorfizm   vujudga   ke-lishida   mutasiya
jarayoni,   alohidalanish,   hayot   to’lqinlari,   tabiiy   tanlanish,   shuningdek,   qadimgi
odamlarning   o’zaro   uch-rashuvidagi   stress   holat   alohida  ahamiyatga   ega   bo’lgan.
Xusu-san   stress   holat   tufayli   odam   organizmidagi   neyroendokrin   boshqarilish
o’zgargan.
Homosapiens turi   maydonga   kelishi   bilan   biologik   omil-larning,   xususan,
alohidalanish, hayot to’lqinlari, tabiiy tan-lanishning ahamiyati tobora susaygan.
Odamlar tobora takomillashgan ish qurollari ishlab chi-qishi oziq tayyorlash,
uy-joy   qurish,   atrof-mu^qitni   xavf-xa-tardan   saqlashga   imkon   berdi.   Oqibatda
inson   evolyusiyasida   tabiiy   tanlanishning   ahamiyati   ham   keskin   kamayib,   sosial omillarning  roli   ortgan.  Lekin  odamning  tarixiy  rivojla-nishida   biologik  va  sosial
omillar   o’zaro   bog’liq   holda   ta’-sir   ko’rsatgan.   Har   bir   odamlar   to’dasi   qurol
yasash,   yovvoyi   hayvonlarni   ovlash,   o’simliklarni   yig’ish,   hayvon   va   o’simlik-
larni  parvarish  qilish   va  shu  singari  bilimlar,  ko’nikma-malakalarni   yosh  avlodga
o’rgata   borgan.   YOSH   avlod  ularni   o’z-dashtirish   bilan  bir   qatorda   o’sha   bilimlar,
ko’nikma-malaka-larni   o’zi   ixtiro   qilgan   yangiliklar   bilan   boyita   borgan.
Birgalikda   hayot   kechirish,   olovdan   foydalanish,   go’shtli   ovqat   iste’mol   qilish
tafakkur,   nutqning   rivojlanishga,   bosh   miya   hajmining   ortishiga   sabab   bo’ladi.
Biroq   odam   bosh   miyasining   yanada   kattalashishiga   ayollarda   jinsiy   organidagi
tuxum   yo’-lining   ensiz   bo’lishi   to’sqinlik   qilgan.   Bu   qarama-qarshilikni   bartaraf
etish uchun tanlanish ayollarda chanoq suyagi hajmi-ning kengayishiga, aksincha,
miya   rivojlanishining   sekinlashi-shiga   olib   kelgan.   Odatda,   yangi   tug’ilgan
chaqaloqning   miyasihali   to’liq   shakllanmagan   bo’lib,   uning   rivojlanishi   asosan
go’daklik   va   bolalik   davrida   tugallanadi.   Sut   emizuvchi   hay-vonlarda   (tuxum
qo’yib   ko’payuvchilardan   tashqari)   yangi   tug’il-gan   organizm   mustaqil   hayot
kechirishga   tayyor   bo’lgani   holda,   yangi   tug’ilgan   odam   bolasi   mustaqil   hayot
kechira olmaydi. Shu sababli  ayollar bolalarni uzoq muddat parvarish   qilishga   va
oqibatda   erkakka   birmuncha   qaram   bo’lishga   majbur.   Shunga   ko’ra   jamoa
ayollarga va ularning bolalariga g’amxo’rlik   qila   boshlagan. Bu esa o’z navbatida
jamoa a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatni — hamkorlikni kuchaytirgan.
Hozirgi   vaqtda   tur   sifatida   Homo   sapiens   ning   evolyu-siyasi   tugallangan,
deb aytish mumkin. Shunga ko’ra, uning kelgusi evolyusiyasidan katta o’zgarishlar
kutib   bo’lmaydi.   Lekin   zvolyusiya   shakllangan   tur   doirasida   davom   etadi.
Chunonchi,   keyingi   vaqtda   har   xil   etnik   guruhlar,   irqlar   orasida   kuza-tilayotgan
nikohlar odamzod genofondini boyitib bormoqda. Shu bilan birga atrof-muhitning
ifloslanishi, qishloq xo’ja-ligida mineral o’g’itlar, turli pestisidlar, gerbisidlar, de-
foliantlarni   ko’plab   qo’llash   tufayli   kishilarda   polimor-fizm,   irsiy   kasalliklar
ko’payib   bormoqda.   Binobarin,   odam   zvolyusiyasida   alohidalanish,   hayot
to’lqinlari,   tabiiy   tanla-nishning   ahamiyati   kamayganiga   qaramay,   mutasion   va
kombi-nasion   o’zgaruvchanlik   o’z   ta’sirini   ko’rsatmoqda.   Odamning   bundan keyingi   evolyusiyasi   kollektiv   aql-idrokining   rivoj-lanishi   (axborotni   to’plash,
saqlash, uzatish)ga, atrof-muhitdan yanada samaraliroq foydalanishga yo’nalgan.
Xulosa qilib aytganda,   Homo sapiens   rivojlanishida bir qancha bosqichlarni
o’tgan.   Ulardan   birinchisi   o’zini-o’zi   ang-lash,   ya’ni   ongning   rivojlanishidir.   Bu
hodisa taxminan 40— 50 ming yil oldin ro’y bergan o’zini-o’zi anglash tufayli aj-
dodlarimiz   odamlar   bilan   hayvonlar   orasidagi   farqqa   bor-ganlar   va   inson   tabiat
kuchlarini jilovlashi mumkinligiga ishona boshlaganlar.
Aqlli odamlar tarixiy rivojlanishidagi   ikkinchi bosqich   yovvoyi hayvonlarni
qo’lga o’rgatish — xonakilashtirish, yovvoyi o’simliklarni ekib madaniylashtirish
bilan   bog’liq.   Bu   hodi-sa   taxminan   15—10   ming   yil   oldin   boshlangan.   Natnjada
odam
shu   paytgacha   tashqi   muhit   bilan   bog’lg’iq   bo’lsa,   endilikda   u   hayot
sharoitining ba’zi tomonlarini nazorat qilish imkoniga ega bo’ldi.
Inson tarixiy rivojlanishining   uchinchi   bosqichi   ilmiy- texnika   inqilobi   bilan
bog’liq   bo’lib,   u   bundan   :1   ming   yil   oldin   boshlangan   va   keyingi   3—4   yuz   yil
mobaynida  avj  ol-gan.
Ilmiy texnika taraqqiyoti tufayli insonning tabiat us-tidan hukmronligi ortdi.
U   sayyoramizning   yirik   territoriya- larini   o’z   xohishiga   ko’ra   o’zgartira   olish
imkoniga  ega bo’ldi va nihoyat hayot uchun noqulay bo’lgan Arktika, Antraktidani
ham  o’zlashtirishga, koinotning  quyi qismini  zabt etishga erishdi.
Darslikning   XI   bobida   evolyusiyaning   boshlang’ich   mate-riali,   birligi,
hodisasi,  omillari  bilan   tanishildi.   Inson  o’zini-o’zi   anglab,   biologik   mavjudotdan
ijtnmoiy   mavjudot-ga   aylangandan   so’ng,   biologik   omillarning   inson   taraqqiyoti-
ga   ko’rsatgan   ta’siri   asta-sekin   kamayib,   ijtimoiy   omillar-ning   ahamiyati   orta
borgan.   Lekin   shunga   qaramay,   insonda   boshqa   tirik   mavjudotlar   singari
oziqlanish, nafas olish, urchish, nasl qoldirish, o’sish, rivojlanish davom etar ekan,
u biologik qonunlarga bo’ysuna beradi. Lekin ular inson ta-raqqiyotida asosiy omil
rolini bajarmasa ham tabiiy tanla-nish kishilar hayotida hyech qanday ahamiyatga
ega emas, degan xulosaga kelish yaramaydi.
Tabiiy   tanlanishning   stabillashtiruvchi   formasi   odam-ning   hozirgi   tuzilishi, qiyofasini   saqlab   qolishga   qaratilgan.   Keskin   mutasiyaga   uchragan   zigotalarning
homilaligida   nobud   bo’lishi,   tug’ilgan   chaqaloqlarning   o’rtacha   vaznlilari
yashovchan   ekanligi   bunga   yorqin   misoldir.   Keyingi   vaqtda   atrof-muhit-ning
ifloslanishi tufayli spontan mutasiyalar hosil   bo’lishn   birmuncha ko’paydi. U yoki
bu irsiy kasalliklar bilan tug’il-gan bolalar kishilik jamiyati uchun nihoyatda xavfli
ekanli-gini qayd etish zarur.
Yangidan   hosil   bo’lgan   mutasiyalar   u   yoki   bu   regionda   yasha-yotgan
odamlar   genofondining   o’zgarishiga,   uning   yangi   belgilar   bilan   boyishiga   sabab
bo’ladi.   Mutasiya   bosimi   yo’nalishsiz   ekanlngini,   shunga   qaramay   bu   hodisa   har
bir  shaxsning  o’ziga xos genotipini saqlashga imkon yaratishini aytib o’tish kerak.
Bunday hodisalar mutasiya jarayonining insonlar genofondiga ta’siri o’z qimmatini
yo’qotmaganligidan dalolat beradi.
Alohidalanish   yaqin   vaqtgacha   insonlar   tarixiy   rivojla-nishida   ma’lum   rol
o’ynagan   bo’lsa-da,   hozirgi   vaqtda   xalq-lar,   mamlakatlar   orasidagi   aloqa
vositalarining   rivoj   to-pishi   tufayli   o’z   ahamiyatini   tobora   kamaytirib   bormoqda.
Alohidalanish to’siqlarining bartaraf   etilishi   tufayli in-son genofondi tobora boyib
bormoqda.   Yaqin   vaqtgacha   yuqumli   kasalliklar   bo’lgan   vabo,   sil,   moxov   va
boshqalardan   odamlar   ko’plab   qirilgan   bo’lsa,   endilikda   ularga   qarshi   davo
choralariyashlab   chiqilganligi   va   amaliyotga   tatbiq   qilinganligi   tufayli   ulardan
o’lish   juda   kamayib   ketdi.   Bu   hodisa   hayot   to’lqin lari   ham   evolyusiya   omili
sifatida insonning tarixiy rivoj-lanishida kam ahamiyatli  ekanligini  ko’rsatadi.
Bayon   etilganlardan   ma’lum   bo’ladiki,   evolyusiyaning   bosh-lang’ich
omillaridan   faqat   mutasiya   jarayonining   odam   geno   fondiga   ko’rsatgan   ta’siri
o’zgarmagan,   xolos.   Shuni   nazarda   tutgan   holda   odam   tanasining   tuzilishida,
tashqi   qiyofasida   kelgusida   biror-bir   keskin   o’zgarish   kutilmaydi.   Odamda   ro’y
beradigan o’zgarishlar jamoa ravishda axborot to’plash, uni saqlash, kelgusi naslga
berish, tabiatni yanada ko’proq egal-lashga qaratilgan  bo’ladi.
Insonning   kelajagi   ayrim   shaxslarning   aql-idroki   bilan   emas,   balki
jamoatning aql-idroki bilan belgilanadi.
Dastlabki   aqlli   odamlar   turi   toza   suv,   sof   havoli   muhit-da   tarkib   topgan. Keyingi   yillarda   zaharli   ximikatlardan,   mineral   o’g’itlardan   keng   foydalanish,
yangi   sanoat   markazla-ri,   shaharlar,   transport   vositalari   ko’payishi   tufayli   atrof-
muhitning   ifloslanishi   tobora   ortib,   zararli   mutasiyalarni   keltirib   chiqarmoqda.
Keyingi   vaqtda   allergiya   kasalligining   xilma-xil   formalari   ko’payib   ketganligi
bunga yaqqol misol-dir.
Har   bir   odam   ko’chib   yuruvchi   biosenozdi.   Uzoq   davom   etgan   evolyusiya
natijasida   odam   tanasida   ko’pgina   mikroorganizmlar   birgalikda   yashaydi.
Ichaklarda   yashaydigan  achituvchi   bakteriyalar,  zamburug’lar,  terida  uchraydigan
ko’pgina   mikroorganizmlar   shular   jumlasidandir.   Hayot   tarzining   o’zgarishi   ana
shu   mikroorganizmlar   hayotiga   ham   ta’sir   etmay   qolmaydi.   Odam   tanasidagi
biosenozning o’zgarishi, albatta, unga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Hayvonlar va insonlarning psixikasini o’xshashligi va farqlari
Y uqori   darajada   riv ojlangan   hay v onlarda   bosh   miy a
po’st loqlari   riv ojlanadi,   ular   t urli   xil   resept orlardan   k elay ot gan
signallarga  jav ob berish  xususiy at lariga  egadirlar, y uqori  darajada
riv ojlangan  sut  emizuv chilar  xat t i  harak at ini  murak k ab shak llarni
bajara   oladilar.   Bu   insonlar   v a   hay v onlar   o’rt asidagi   farqlar
y o’qoladi   degan   holat larni   berishi   mumk in,   hay v onlardagi
int ellek t ual   xat t i-harak at lar   ularda   aql   bor   degen   t axminlarni
berishi   mumk in.   Bu   t ushunchalar   xat o   hisoblanib,   inson   v a
hay v onlar o’rt asida bir qat or t afov ut lar mav jud.
1. Hayvonlarning   xatti-harakatlarida   instinktiv   biologik   xulq   atvor
yetakchilik   qiladi,   ularda   biologik   motivlar   mavjud.   Ular   biologik   ehtiyojlarni
qondirishga qaratilgan xatti-harakat hisoblanadi. Hayvonlar biologik ehtiyojlardan
tashqariga   chiqa   olmaydilar.   Ulardagi   har   qanday   faolyait   albatta   instinktlar
asosida amalga oshiriladi. Insonlarning xatti-harakatlarini 10 tadan 9 tasi maqsadga
qaratilmagan   faoyalitga   yo’naltiriladi.   Demak   birinchi   farq   hayvonlarning   xatti-
harakatlar instinktiv xatti harakatlar chegarasidan chiqmaydi. 2. Ikkinchi   farq.   Insonlar   ham   hayvonlar   ham   mehnat   qiladilar.   Biroq
hayvonlar   foydalangan   mehnat   qurollarini   saqlab   qo’ymaydilar.   Insonlar   esa
mehnat   qurollarini   saqlab   qo’yib,   uni   takomillashtiradilar.   Hayvonlarda   abstrakt
ko’rgazmali   vaziyatlar   mavjud   emas,   ichki   vaziyatlardan   kelib   chiqqan   xolda
mehnat   qurollaridan   foydalanishlari   mumkin,   biroq   mehnat   qurollarini   tashlab
ketaveradilar.   Hayvonlar   bir   mehnat   qurollaridan   ikkinchisini   yasay   olmaydilar.
Uch yoshli bolaga boshqa mehnat qurollaridan qanday foydalanishni  ko’rsatsalar,
bola   darhol   bu     harakatni   qaytarishi   mumkin,   hayvonlarda   esa   bu   holat
kuzatilmaydi. Hayvonlar uchun buyumlar ma’oum bir vaziyatlarda ahamiyat kasb
etishi mumkin.
3. Hayvonlarning   xatti-harakatlari   aniq   vaziyatlarga   asoslangan   bo’ladi,
ular   insonlarga   o’xshab   vaziyatlarni   mavhumlashtirmaydilar.   Bunga   quyidagi
misolni keltirish mumkin. Golland psixologik Boytendayk tomonidan o’rganilgan
holat.   Hayvonlarning   oldiga   bankalar   qatori   qo’yilgan,   bitta   bankada   ozuqa
bo’lgan.   Hayvon   ozuqani   qaysi   bankaga   qo’yilganini   ko’rgan.   U   ozuqani   olib
istemol   qilgan.   Ikkinchi   tajribada   ozuqa   ikkinchi   bankaga   qo’yilgan.   Hayvonlar
oldin   birinchi   bankani,   so’ngra   ikkinchisini   ochib   ko’rishgan,   ular   butun   tajriba
davomida   oldin   birinchi   bankani   so’ngra   keyingi   bankani   ochib   ozuqani   ola
boshlagan.   Insonda   esa   keyingi   bankaga   qaratilgan   faolyait   mavjud   bo’lgan.   Ikki
yarim   yashar   inson   bolasi   ham   shu   tajribani   aniq   bajara   olgan.   Demak
hayvonlarning xatti-harakatlari faqat idrok etilgan holatlarga nisbatan bo’lar ekan.
4.   Agar   hayvonlarning   xatti-harakatlarida   faqat   ikkita   omil   mavjud
bo’lsa,   insonlar   xatti-harakatlariga   yana   bir   holat   qo’shiladi,   bu   hayvonlarda
mavjud   emas,   hayvonlar   nasliy   xatti-harakat   va   shaxsiy   tajribalariga   suyansalar,
insonlarda   yana   boshqa   omillar   ham   mavjud.   Insonlar   jamoaviy   tajribalarga   ham
suyanishlari   mumkin,   ular   boshqa   insonning   tajribalariga   ham   tayanadilar.   Bu
ijtimoiy tajriba hayvonlarda kuzatilmaydi.
5. Hayvonlar   tashqi   shart-sharoitlarga   moslashadilar,   insonlar   esa   tashqi
sharoitlarni hzlariga moslashtiradilar.
6. Hayvonlarda   faqat   ma’lum   bir   shart   sharoitlardagina   hamkorlikdagi faoliyat   amalga   oshiriladi,   isnonlardagi   faoliyatlarning   hammasi   hamkorlikdagi
faoliyat bilan bog’langan. 
Insonning   psixologik   faoliy at i   hay v onlarning   psixologik
faoly ait laridan   t ubdan   farq   qiladi.   Insonning   xat t i-harak at i
biologik   mot iv   v a   biologik   eht iy ojlar   asosida   k echmay di.   Ularda
ma’nav iy   eht iy ojlar   ham   mav jud.   Hay v onlardan   farqli   rav ishda
inson o’z oldiga  maqsad qo’y a  oladi. Inson qanchalik  och bo’lmasin
hom maxsulot larni ist e’mol qilmay di.
O’qish,   mehnat   faoliyatini   inson   ongli   ravishda   amalga   oshiradi.   Demak
inson   bir   faoliyatni   bajarishdan   oldin   o’ziga   maqsad   qo’yadi   va   shu   maqsad   sari
intiladi.   Demak   birinchi   psixologik   farqlardan   biri   inson   o’z   ehtiyojlaridan
tashqari   oldiga   maqsad   qo’ya   oladi.   Ikkinchi   psixologik   farq   inson   va
hayvonlarning   atrof   muhitga   bo’lgan   munosabatlaridir.   Masalan   sayrga   chiqqan
vaqtda inson o’z faolyaitini boshqaradi va shunga qarab harakat qiladi. Inson hatto
qattiq   chanqagan   vaqtda   ham   ariqdagi   iflos   suvni   iste’mol   qilmaydi.   Inson
qonuniyatlarni tahlil qiladi.  Uchinchi psixologik farq  u boshqa insonlar tajribasiga
tayanishi   mumkin.   Inson   o’z   faolyaitini   rejalashtirish   xususiyatiga   egadir.
Insonning xatti-harakatlari quyidagi nazariyalarga tayangan holda kechadi.
Birinchi   nazariya   ong   insonning   ichki   xususiyatlarini   ochib   berishga
qaratilgan   jarayondir.   Shu   bilan   u   hayvonlardan   farqlanadi.   Dekartning   fikriga
ko’ra hayvonlar mexanizmga o’xshaydilar, ular tabiat qonunlariga tayangan holda
yashaydilar, inson esa ma’naviy mavjudot, u aql qonuniyati asosida yashaydi.
Ikkinchi   nazariya.   Ongning   vujudga   kelishi   bu   dialogik   nazariya
hisoblanadi.   Bu   nazariyada   ongni   hayvonlarning   evolyusiyasidan   chiqarishga
qarilgan  faolyai  sifatida ko’rsatish  yaqqol  aks etgan.  Inson  hayvonlardan ijtimoiy
jamoada   yashayotganligi   bilan   farqlanadi.   Insonning   faolyaitida   mehnatdan   va
mehnat   qurollaridan   foydalanish   vujudga   kelishi   bilan   inson   faoliyatida   ijobiy
o’zgarishlar   sodir   bo’la   boshlagan.   Oldin   mehnat   urollari   oddiy   tosh,   cho’p
hisoblangan   bo’lsa,   ma’lum   vaqt   o’tib   ular   takomillashgan   va   rivojlantirilgan. Insonning   mehnati   hyech   qachon   yakka   holda   amalga   oshmagan   ular   jamiyatda
birgalikda faolyait qilishlari bilan hayvonlarning xatti–harakatlaridan farqlanadilar.
Asosi y  adabiyotlar
1. Evolutionary   Psychology   David   M.   Buss,   third   edition   ,   The   University   of   
Texas at Austin, 2008.
2. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan    
3. V ы gotskiy L. S. Sobr. soch. v 6 t. M., 1982-1984.
4. Galperin   P.   Ya.   Vvedeniye   v   psixologiyu.   M.,   1976.   Galperin   P.   Ya.   K
ucheniyu ob interiorizasii // Vopr. psixologii.  1966. № 6.
5. Gippenreyter Yu.B. Vvedeniye v ob щ uyu psixologiyu.  M., 1996.
Qo’shimcha :
6. Ananyev B. G. O problemax sovremennogochelovekoznaniya M., 1977
7. Aristotel. Soch. v 4 t. T. 1.  M., 1975
8. Bodrov V.A. Psixologiya professionalnoy deyatelnosti. Teoreticheskiye i 
prikladn ы ye problem ы . M.: Izd-vo «Institut psixologii RAN», 2006.
9. Fonarev A. R. Psixologiya stanovleniya lichnosti professionala: Uchebnoye 
posobiye.  M.: Izd-vo Moskovskogo psixologo-sosialnogo instituta, 2005.

Hayvonlarning psixik faoliyatini ontogenezda rivojlanishi. Hayvonot olamida psixik funksiyalar evolyusiyasi. Qiyosiy psixologiya Reja: 1. Psixik faoliyatning perenatal davrda rivojlanishi . 2. Erta postnatal davrda psixik faoliyatning rivojlanishi . 3. Psixik faoliyatning yuvenal (o’yinli) davrda rivojlanishi 4. Sodda sensor psixika . 5. Perseptiv psixika 6. Psixika evolyusiyasi va antropogenez . 7. Qiyosiy psixologiya, maqsadi, vazfalari va predmeti 8. Odamsimon maymunlarning bolasini qobiliyatini tadqiq qilish 9. Hayvonlar va insonlarning psixikasini o’xshashligi va farqlari

Psixik faoliyatning perenatal davrda rivojlanishi. Embrionning rivojlanishi ko’pgina holatlarda ontogenez rivojlanishini asosiy bosqichlari sifatida e’tirof qilinadi. Umurtqasizlarda ham umurtqalilarda ham perenatal (tug’ruqdan oldingi holatlar) davr mavjud. Bu holatlar harakatni ta’minlashi mumkin. Bu funksiya postnatal davrda paydo bo’ladiyu bunda embrionning moslashishdan oldingi holati haqida so’z yuritish mumkin. A.D.Slonimaning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, homila ichidagi faoliyat ularni qiziologik jarayonlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu esa yangi tug’ilgan hayvonlarni xatti-harakatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Slonimaning tadqiqotlarini ko’rsatishicha yangi tug’ilgan qo’zichoqlar va uloqchalar charchamasdan ikki soat davomida yugirishlari mumkin ekan. Bu imkoniyat embriogenez yo’li bilan shakllantirilishi mumkin ekan. Postnatal rivojlanishni yaxshi bo’lishida albatta perenatal davrning o’rni kattadir. Hayvonchalar tug’ilishi bilan fiziologik mexanizmlar ishlay boshlaydi. Embrional preadaptasiyani fatal aniqlik sifatida talqil qilish shart emas. Katta hayvonning yashash sharoiti va atrof muhitdagi holati tug’iladigan yangi hayvonchani taqdirini benlgilashi mumkin. Umumiy qonuniyatlar determinizm tamoyillariga bog’liqdir. XVIIasrda V. Garvey «barcha tiriklik tuxumdan boshlanadi» degan iborani ishlatib, barcha organizmlar rivojlanishi-dagi umumiylikni qayd qilgan edi. Hayvonlarning individual (shaxsiy) rivojlanishini o’rganishni Volf va ayniqsa Ber boshlab berdi 1 . Ber qiyosiy metoddan foydalanib, bir tipning har xil sinflariga kiruvchi hayvonlarning embrion rivojlanishidan avval umumiy so’ngra xususiy va nihoyat maxsus organ, belgilar rivojlanishini, ya’ni embrion divergensiyasi ro’y be-rishini asoslab berdi. Evolyusion ta’limot asoschisi bo’lgan Darvin embrion ri-vojlanishidagi o’xshashlik hamda embrion divergensiyasi hayvon-larning o’zaro yaqinligi va muhit sharoitining ta’siri bilan ularda filogenetik divergensiya ro’y berganligini 1 Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008 4

ta’kidladi. Darvin «Turlarning kelib chiqishi» va boshqa asarlarida onto-genez bilan filogenez o’rtasida uzviy bog’liqlik borligini e’tirof etdi. Uning mulohazasiga ko’ra, ontogenez turli tuzi-lish va xossalarning shakllanishiga olib keladigan murakkab va qarama-qarshi jarayondir 2 . Ontogenezda qadimgi ajdodlar rivojlanish bosqichlarining takrorlanishi tufayli har xil organizmlarning embrion rivojlanishi umumiylikka ega bo’-ladi. Embrion o’z rivojlanishining turli bosqichlarida ta-biiy tanlanish ta’siriga beriladi. Natijada muayyan bosqich-larda yangi moslanish xossalari vujudga kelib, ular organizmning rivojlanishi tarixiy rivojlanish doirasidan chetga chiqishiga sabab bo’ladi. Shunga ko’ra, ontogenez indivi-dual rivojlanish, filogenez esa ajdod rivojlanishinyng od-diy takrorlanishi emas. Ontogenezdagi o’zgarishlar ayrim organlar, belgilarning rivojlanishini tezlashtirishi yoki se-kinlashtirishi, rivojlanish bosqichlaridan ba’zilarining tu-shib qolishiga, murtak va lichinkada moslanish ahamiyatiga ega yangi xossalar vujudga kelishiga, organizmning tuzilishi aj-dodlarinikiga nisbatan murakkablashuviga yoki soddalashuvnga olib keladi. Evolyusion embriologiyaning asoschilari bo’lgan Kovalev-skiy, Mechnikovlar lansetnik, assidiya, ignatanlilar va boshqa umurtqasiz hamda xordali hayvonlarning individual rivojla-nishini atroflicha o’rganib, ularning filogenetik bog’lanishinn aniqladilar. Ular hayvonot olamining har xil guruhlaryga mansub vakillarning kelib chiqishi bir ekanligini isbotlash bilan bir qatorda, ontogenezning o’ziga xos tomonlarini/ham oydinlashtirib berdilar. Gekkel Darvin mulohazalariga, Qovalevskiy, Mechnikov larning umurtqasiz va xordali hayvonlarshshg turli vaiilla- ri, shuningdek, Myullerning qisqichbaqasimonlar ustida utkazgan tadqiqotlariga asoslanib, 1866 yili biogenetik qonun kashf etdi. Bu qonunga ko’ra, ontogenez filogenezning 1sAsqa va tez takrorlanishi (rekapitulyasiyasi) dan iborat. Odatda, jin- siy yo’l bilan ko’payadigan barcha ko’p hujayrali organizmlar-ning rivojlanishi urug’langan yagona tuxum hujayradan bosh-lanadi. Shu dalilga asoslanib, Gekkel barcha yuksak orga-nizmlar 2 Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008 5

kelib chiqishi bilan bir hujayralilarga bog’liq, de-gan edi. Urug’langan tuxum hujayraning keyingi rivojlani-shida uchraydigan morula, blastula va gastrula bossichlarini Gekkel bir hujayrali koloniyali organizmlarshshg rekapitu lyasiyasidan iborat, deb ta’kidlagan. Shunga asoslanib, u ib-tidoiy ko’p hujayrali organizmlarning paydo bo’lishi haqida gastreya gipotezasini yaratdi. Gekkel har qanday organizmning embrional rivojlanishn-da avlod-ajdodi belgi-xossalarining takrorlanishini reka-pitulyasiya deb, ajdod belgilarining o’zini esa palingenezlar — palingenetik belgilar deb atadi. Quruqda yashovchi umurtqalilarning embrional rivojlanishida uchraydigan jab-ra yoylari, ikki kamerali yurakli palingenezlarga misol qi- lib keltirish mumkin 3 . Qadimgi belgilardan tashqari, organizmning embrional va lichinkalik davrida muhitga moslashtiruvchi belgilari borli-gini ko’rsatib, Gekkel ularni senogenetik belgilar, ya’ni se-nogenezlar deb atadi. Amniotlarning murtak pardasi (amnion, allantois, xorion), sut emizuvchilarning yo’ldoshi, qushlar tu-xumining sariqligi senogenezlarga misoldir. Gekkel senoge-nezlarga organlarning rivojlanish muddati va o’rnining o’zga-rishi bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlarni ham kiritdi. Odatda, ma’lum gruppa hayvonlarda progressiv uchragan organlar ri- voji doim oldin boshlanib, boshqa organlarga nisbatan uzoq muddat davom etadi. Masalan, umurtqalilarning yuksak vakil- lari (qushlar va sut emizuvchilar) da bosh miya va sezgi organ-lari tuban vakillari (amfibiya va boshqalar) dagiga nisbatan oldin rivojlanadi va uzoq muddat davom etadi. Aksincha, on-togenezda regressga uchragan organlarning individual rivoj-lanishi sekinlik bilan boradi. Umurtqalilarning yuksak vakillarida jsnsiy bezlar tuban vakillarig’a nisbatan keyin- roq rivojlanishi yuqoridagi qonun bilan izohlanadi. Embrional rivojlanishda organlarga asos solinish vaqti-ning bunday o’zgarishi geteroxroniya deyiladi. Ontogenezda or-ganlarning tanada joylashishi ham o’zgaradi. Masalan, yuksak umurtqali hayvonlarda dastlab bo’yin vujudga kelishi hisobi ga yurakning o’rni baliqlarnnkpga nisbatan ko’krak qafasining ichkarisiga ancha surilgan. Bunday o’zgarish geterotopiya deb ataladi. Gekkel va 3 Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008 р7

Myuller tomonidan ilgari surilgan biogenetik qonun keyinchalik turli hayvon guruhlarining filogenetik ta-rixini tiklashga oid tadqiqotlar avj olishiga sabab bo’ldi. Bu paleontologiyaga ham tatbiq qilindi. Oqibatda L. Vertenberger qirilib ketgan boshoyoqlimollyuskalar — ammonitlarda, Gayett qazilma mollyuskalarda, Ryutimeyer qazilma holdagi otlarda rekapitulyasiya hodisasini aniqlashga muvaffaq bo’ldilar 4 . Rekapitulyasiya botanika sohasida ham o’z ifodasini topdi. Natijada yuksak o’simliklarda tuban formalarga xos shoxla-nish tipi, paporotniklar birinchi barglarining dixotomik tu- zilishi kabilar kashf qilindi. Asosiy mazmuni Darvin, keyinchalik Myuller, Gekkel tomo nidan bayon etilgan biogenetik qonunga ko’ra, ontogenez bilan filogenez o’rtasidagi munosabatlar to’g’ri ifodalab berildi. Biogenetik qonun xilma-xil organizm guruhlari o’z onto genetik rivojlanishi bilan ozmi-ko’pmi o’xshash ekanligini ko’rsatdi. Bu bilan organik olamning monofiletik kelib chiqi-shi haqidagi g’oya yana bir martatasdiqlandi. Lekin Gekkel biogenetik qonung’a uncha to’liq ta’rif bermadi. Chunki u ontogenez bilan filogekez muammosini bir tomonlama yoritgan edi. Ubiogenetik qonunga ta’rif berishda «ontogenez filogenezning qisqa va tez takrorlanishidan iborat» degan iborani ishlatib, filogenez uchun asosan palingenetik belgi-xossalar ahamiyatlidi r, degan. Gekkel evolyusiya jarayonida filogenezga katta o’rin berib, unda ontogenezning rolini to’liq ko’rsatmadi. Unin.g mulohazasiga ko’ra, ontogenezda paydo bo’lgan har qanday yangilik filogenezni xiralashtirar ekan (masalan, geterotopiya va geteroxroniya). Darvin evolyusiya jarayoni individual rivojlanishning hamma bosqichlarini qamrab oladi, ontogenez ham evolyusiyani o’z boshidan kechiradi va uning yangilanishi filogenetik tarix-ga kiradi, deb e’tirof qildi. U filogenezga nisbatan ontoge-nez har xil usullar bilan o’zgaradi va ular evolyusion rivojlanishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi, deb ko’rsatdi. Dar- vinning bu sohadagi mulohazalari Myuller tomonidan aniq-lashtirilgan bo’lsa-da, u Gekkel uchun tushunarsiz bo’lib 4 Evolutionary Psychology David M. Buss, third edition , The University of Texas at Austin, 2008 8