Innovatsion pedagogik faoliyat. Uzluksiz ta’lim tizimi informatika o’qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati
Innovatsion pedagogik faoliyat. Uzluksiz ta’lim tizimi informatika o’qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati Reja: 1. Pedagogik innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati va muhim belgilari. 2. Pedagogik innovatsiya imkoniyatlari, vazifalari va rivojlanish jarayoni bosqichlari. Tayanch iboralar: innovatsiya, pedagogik innovatsiya, pedagogik innovatsiyaning muhim belgilari, pedagogik innovatsiya imkoniyatlari, pedagogik innovatsiyaning rivojlanish jarayoni bosqichlari.
Pedagogik innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati va muhim belgilari. Mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ta`lim-tarbiya sohasidagi sifat o’zgarishlari va yuqori samaradorlikka ularning jahon ta`lim talablari bilan mosligi va amaliy hayotdagi o’rnini qay darajada topayotganligiga bog’liq. Ta`lim-tarbiyadagi sifat o’zgarishlari va yuqori samaradorlik esa mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish bilan belgilanadi. Bunday yangilikni kiritish jarayoni innovatsion jarayon bo’lib, ilg’or pedpgogik texnologiyalarni joriy qilib, ta`limda sifat va samaradorlikka erishishdan iborat bo’ladi. Pedagogik innovatsiya - bo’lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo’lib, u oldingi egallangan bilimlar asosidi ta`limda sifatiy o’zgarishlar qilib, yuqori samadorlikka erishishga yangicha yondashuv qilishdan iboratdir. Bunday pedagogik innovatsiya deganda pedagogik tizimning maqsadi, mazmun-mohiyati, belgilarini, imkoniyatlarini, vazifalarini, rivojlanish bosqichlari va tamoyillarining rivojlanish mexanizmlarini va ulardan foydalanishga uslubiy tavsiyalar hamda bu borada bo’lajak mutaxassislarda shakllanadigan xislatlarni hosil qilish jarayonini ifodalovchi ta`lim-tarbiya jarayonining sifat jihatlarini takomillashtirib, bu sohada yuqori samaradorlikka erishishni tushunish mumkin. Endi yuqorida ifodalangan ta`lim- tarbiya tizimini sifat jihatidan takomillashtirib, yuqori darajadagi samaradorlikka erishtiruvchi holatlar haqida qisqacha ma`lumotlar beramiz. Pedagogik innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati: Maqsad: Ta`lim-tarbiya tizimiga sezilarli samaralar beruvchi yangilik kiritish: yangi kontseptsiyalar Davlat Ta`lim Standarti, alternativ o’quv reja va dasturlari, o’qitishning axborotli texnologiyalarini joriy etishning davlat dasturlari, jahon “Internet” tarmog’iga chiqish va masofaviy ta`limni joriy etish bo’yicha davlat rejasi va dasturi, shuningdek hozirgi zamon talablari asosidagi yangi o’quv muassasalari va shu kabi yo’nalishlarni yanada jonlashtirish. Mazmun-mohiyati: - o’quv materiallaridagi bayon qilinadigan ma`lumotlarni axborot ko’rinishiga keltirish va ularda uzviylik hamda izchillikni saqlab qolish;
- o’quv materiallarini o’zaro bog’liq bo’lgan modul bloklari shaklida ifodalashga erishish; - o’quv materiallarini o’rganishga “Kompleks yondashuv” nomli tadqiqot usulidan foydalanishga erishish va undan muammoli hamda dasturiy ta`lim metodlaridan foydalanish; - ta`lim-tarbiya jarayonida axborot muhitini yaratish borasida o’rganilayotgan sohaning axborotli ta`minotini yaratishga eritish; - didaktik o’yin(shu jumladan kompyuterli o’yinlar va trenejerlar) orqali turli voqea va hodisalardagi jarayonlar kechishini ifodalovchi masalalar (muammolar)ni echish; - bu yo’nalishdagi ijodiy izlanishlarni olib borishda ”Ta`lim-fan-amaliyot hamda nazariya bilan amaliyot uyg’unligiga e`tibor berish; - innovatsion usullar qo’llangan holatdagi yutuq va kamchiliklarni baholab borishga erishish va kerakli joylarda tegishli tuzatishlar kirita olinishi lozim va shu kabilar. Pedagogik innovatsiyaning muhim belgilari: - ta`lim-tarbiya jarayonini oldindan mavjud manbalarini hisobga olgan holda va fan-texnikaning eng so’ngi mavzuga(fanga) mos yutuqlarini e`tiborga olib, ta`lim jarayonini loyihalashtirish va uning natijalarini prognoz(bashorat) qila olish; - ta`lim-tarbiya jarayoniga “tizimiy yondashuv” tadqiqot usulini qo’llashda, qaralayotgan tizimining elementlari va qism tizimlari orasidagi bog’lanishlarni e`tiborga olish va bular asosida talabalarning o’qish-bilish faoliyatini tasvirlaydigan ta`limtarbiya jarayoni rejasini tuzish; - ta`lim-tarbiyada maqsad aniq bo’lishi, uning diagnostikasi(tashhisi) va pronozi(bashorati) hamda talabaning o’zlashtirishi sifatini xolis baholash mezoni bo’lishi kerak;
- ta`lim tizimi tuzilishi, tarkibi, mazmuni bir butun yaxlit bo’lib, ularning o’zaro bog’liqligi, bir-birini bosqichma-bosqich to’ldirilib borilishi ta`minlangan bo’lishi kerak; - ta`lim va tarbiyada olib boriladigan faoliyatning optimal variantlarini ta`minlay olish lozim; - ta`lim-tarbiya jarayonining texnik va informatsion ta`minoti etarli bo’lishi lozim; - yaratilgan pedagogik innovatsiya(PI)ni talabalarning ilmiy-uslubiy salohiyatini hisobga olgan holda o’qitish; - ta`lim sifatiga e`tibor bergan holda shakllantiruvchi va yakuniy nazoratlar olish; - rejalashtirilgan joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o’tkazish va uning chuqur tahliliga erishish orqali talabalar o’zlashtirish monitoringi ko’rsatkichini doimo e`lon qilib borish; - ta`lim-tarbiya samaradorligini aniqlash mezoni bo’yicha yakuniy nazorat va amaliyotga joriy etish bo’yicha uslubiy tavsiyalar berish. 1. Pedagogik innovatsiya imkoniyatlari, vazifalari va rivojlanish jarayoni bosqichlari. Pedagogik innovatsiya (PI) imkoniyatlari: - “Fan - ta`lim - amaliyot” uzviyligini ta`minlaydi; - PI ning maqsadi, mazmun-mohiyati, muhim belgilari, ularning uslubiy va axborotli ta`minotlari hamda imkoniyatlari bo’yicha batafsil ma`lumot berishga asoslar etarli bo’ladi; - PI dan foydalanishda o’rganiladigan manba(mavzu, fan, tarbiya yo’nalishlari va hakozo)ga qarab uni takomillashtirish yoki keraksiz qismlarini e`tiborga olmaslik mumkin;
- PI dan foydalanishda ozgina o’zgartirishlar kiritish orqali o’xshash manbalarni o’rganish hamda foydalanish mumkin va shu kabilar. Pedagogik innovatsiyaning vazifalari: - talabani “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” talablari asosidagi zamonaviy raqobatbardosh mutaxassis darajasiga etkazishda zamonaviy ko’makchi bo’lish; - o’qituvchi malakasini oshirish, talaba kasbiy fazilatlarini takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqishdagi ijobiy ishlarini rivojlantirishga erishish; - reyting, test usullaridan ta`lim-tarbiya jarayonida keng foydalanish; - ilg’or pedagogik texnologiyalarni tahlil qilish, saralash va joriy etishga erishish hamda pedagogik samaralarini aniqlash; - ta`lim dasturlarining invariantlarini, modifikatsiyalarini yaratish, ayniqsa elektron darsliklar hamda o’quv qo’llanmalari yaratishga erishish va ularni amaliyotga joriy etish; - ta`lim-tarbiya jarayonining yangi axborotli va pedagogik texnologiyalarini qo’llash va unda sifat ko’rsatkichlari hamda samaradorlikni baholab borish; - o’z mustaqil fikrini bayon qilishga sharoit yaratish va ularda tanqidiy fikrni bayon qilish imkoniyatlarini yaratish; - “Ustoz- shogird” tizimidagi erkinliklarni rivojlantirish va shu kabilar. Pedagogik innovatsiyaning rivojlanish jarayoni bosqichlari: - ta`lim-tarbiyani yanada rivojlantirish va takomillashtirishning zarurligini tushunishning paydo bo’lishi va o’zida paydo bo’lgan g’oyalar asosida ta`limtarbiyadagimuammo echimini rivojlantirish va loyihalashtirish hamda tajribasinov ishlari modellarini yaratishga kirishish; - shakllana boshlagan g’oyalar va ular asosidagi loyihalash-rivojlantirish ishlarini qo’yilgan maqsadlar bo’yicha aniq modellashtirish, yangicha tafakkur va tajriba