logo

IX-XII ASRLARDA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA MADANIY HAYOT. UYG’ONISH (RENESSANS) DAVRI RIVOJI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

31.0126953125 KB
IX-XII ASRLARDA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA
MADANIY HAYOT. UYG’ONISH (RENESSANS) DAVRI RIVOJI. .    
Reja.
1. IX-XII asrlarda ilm-fan rivoji
2. IX-XII asrlarda adabiyot va tarixnavislik
3. IX-XII asrlarda tasavvuf va hadis ilmi
4. IX-XII asrlarda aniq va tabiiy fanlar sohasidagi yangiliklar
5. IX-XII asrlarda me’morchilik 1-masala
Arablar Xuroson,Movarounnahr va Xorazmni bosib olgach,hamma yerda bo'lgani
kabi   o'lkamizda   ham   qattiqqo'llik   bilan   yurtni   arablashtirish   siyosatini   olib
bordilar.Bu borada islom  dini,Qur'oni  karimdan ustalik bilan foydalanildi.O'lkada
islom dini bilan bir qatorda arab tili,arab alifbosi ham joriy qilindi.Arab tili-davlat
tili,islom dini tili va fan tili darajasida ko'tarildi.Mahalliy tilda yozilgan asarlar yo'q
qilindi,yerli bilimdonlar quvg'in ostiga olindi.
Bu   paytlarda   Bag'dod   shahri   Sharqning   ilm-ma'rifat   markazi   sifatida   katta
ahamiyat   kasb   etdi.IX-asrda   bu   shaharda   "Bayt-ul-Hikma"-Sharqning   fanlar
akademiyasi   tashkil   etildi.Xuddi   shunga   monand  X-asr   oxirlarida  Xorazmda   ham
podsho   Ma'mun   ibn   Ma'mun   davrida   "Donishmandlar   uyi"   tashkil   etildi.Bag'dod
va   Urganchdagi   "Donishmandlar   uyi"da   o'z   vaqtida   nomlari   dunyoga   mashhur
ulug'   allloma   va   mutafakkirlar   tahsil   ko'rganlar.Ular   orasida   Ahmad   Farg'oniy,Al
Xorazmiy,Beruniy,ibn   Sino,Abu   Sahl   Masihiy,ibn   Iroq   kabi   ulug'   va   buyuk
zodlarning nomlari bor.
Muqaddasiyning   so'zlariga   qaraganda,Xorazm   aholisi   aql-zakovatli   fiqh   ilmini
egallagan ma'rifatli kishilar bo'lganlar.
Xorazmning   bu   davrdagi   taraqqiyoti   xususida   arxeolog   S.P.Tolstovning   quyidagi
xulosalari ham ibratlidir:"Bu davrlardagi Xorazmning iqtisodiy parvozini nazardan
o'tkazar   ekansan,bir   vaqtlar   feodal   monarxiya   bo'lgan   bu   davlat   qiyofasining
qoldiqlari ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi".
IX-XII-asrlarda   ijtimoiy-iqtisodiy,ma'naviy   va   ma'daniy   sohadagi   taraqqiyot
o'lkamizning   Xorazm   vohasidan   tashqari   boshqa   hududlariga   ham
xosdir.Buxoro,Samarqand,Kesh,Naxshab,G'azna,Panjikent,Binokent,Shosh,Termi
z,Quva,Qabadiyon,Boykent   va  boshqa   shaharlar   savdo-tijorat,hunarmandchilik   va
madaniyat   markazlari   dong   taratganlar.Somoniylar   poytaxti   Buxoro   dunyada
ikkinchi Makka hisoblangan. Ibn   Sino   tibbiyot,falakkiyot   va   boshqa   turli   fanlar   sohasida   ijod   qilgan   bo'lsa-
da,tarix   faniga   ham   alohida   e'tibor   qaratgan.U   o'zidan   oldin   ijod   qilgan   kishilar
asarlaridan foydalanib bir qancha asarlar yaratgan.
Abu Rayhon Beruniy o'rta asrlarda Xorazmda tashkil etilgan Ma'mun akademiyasi
porloq   yulduzlaridan   biri   bo'lgan.U   973-yil   4-sentyabrda   Kat   shahri   yaqinida
tug'ilgan.Dastlabki   ta'limni   Urganchda   olgan.Taqdir   taqozosi   bilan   sharqning
ko'pgina   shaharlarida   bo'lgan.   1017-yil   Mahmud   G'aznaviy   Xorazmni   zab
etgach,ko'plab   olimlar   qatorida   Beruniy   ham   G'aznaga   olib   ketilgan   va   umrining
oxirigacha     shu   yerda   ijod     qilgan.Uning   tarix     ilmiga   bag'ishlangan   "O'tmish
avlodlardan qolgan yodgorliklar'V'Hindiston" kabi asarlari bizgacha yetib kelgan.
"Hindiston"   asarida   Hindiston   haqida   eng   nodir   malumotlarni   beradi.Beruniy   bu
asari uchun "birinchi hinddolog" unvoniga sazovor bo'lgan.
Abu Bakr Narshaxiy Buxoro ahlidan bo'lib 899-959-yillarda yashab ijod qilgan.U
haqida   faqatgina   Sam'oniyning   "Kitob   ul-Asab"   asarida   qisqacha   ma'lumot   berib
o'tilgan.Undan   bizga   "Buxoro   tarixi"   asari   qo'lyozmalari   yetib   kelgan.Hozirda
Toshkent Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan bu qo'lyozma 1128-yilda Quva
shahridan   bo'lgan   Abu   Nasr   Ahmad   ibn   Muhammad   ibn   Nasr   al   Quboviy   arab
tilidan   fors   tiliga   qisqartirib   tarjima   qilgan,nusxasi   saqlanmoqda.Bu   asar
Buxoroning   qadimgi   davridan   1220-yilgacha   bo'lgan   davri   haqida   ma'lumot
beradi.To'g'ri,Narshaxiy   X-asrda   yashab   o'tgan   bo'lsa-da,uning   asarini   fors   tiliga
tarjima   qilgan   olimlar   1220-yilgacha   sodir   bo'lgan   eng   muhim   voqealarni
kiritishgan.   Bu   asar   1991-yilda   "Kamalak"   nashriyotida   A.Rasulov   tomonidan
tayyorlanib   chop   etildi.Narshaxiy   me'rosi   xalqimizning   ma'naviy   boyligi   sifatida
avlodlarga xizmat qilmoqda.
X-XI-asrlarda   yashab   tarix   ilmiga   hissa   qo'shgan   olimlardan   ya'na   Abul   Hasan
Bayhaqiydir.Uning   to'liq   ismi   Abulfayz   Muhammad   ibn   Husayn   al-Kotib   Abul
Hasan   Bayhaqiy   bo'lib,Nishopurda   ta'lim   olgan.Uning   qalamiga   mansub   "Tarixi
Oli   Mahmud"(Mahmud   xonadoni   tarixi),"Jome   ut-tavorix"(tarix   to'plami)   kabi
asarlari ma'lum.Bu asarlarda buyuk tarixshunos olim G'aznaviylar sulolasi tarixini g'oyatda   mohirona   bir   tarzda   yoritib   beradi.Ayniqsa,bu   borada   30   jilddan   iborat
bo'lgan "Jome ut-tavorix" diqqatga loyiqdir.Unda Bayhaqiy G'aznaviylar hukmdori
Sabuqtegin   (977-997)   davridan   keyingi   qariyb   80   yillik   tarixni   bayon   etadi.Asar
1962-yilda   rus   tilida   matbuot   yuzini   ko'rgan.Ammo   markazlashgan   feodal   turkiy
davlatlardan   biri   hisoblangan   G'aznaviylar   sulolasi   tarixiga   bag'ishlangan
Bayhaqiyning   "Jome   ut-tavorix"   asari   shu   paytga   qadar   o'zbek   tiliga   tarjima
qilinmagan.
G'aznaviylar sulolasi  davri tarixining eng mashhur bilimdonlaridan biri Abu Nasr
ibn   Abdul   Jabbor   al-Utbiydir.   Tarixiy   yozma   manbalarda   al-Utbiyning   har
tomonlama   kamolotga   yetgan   ulug'   bir   shaxs,tarixchi,shoir   va   adib   bo'lganligi
ta'kidlanadi.Abu   Nasr   al-Utbiyning   eng   shox   asari   so'zsiz   "Tarix   al-Yaminiy"
(Yaman   ud-Davlatining   tarixi)dir.   Ubaydulla   Uvatov   bergan   ma'lumotlariga
qaraganda,asarga   bunday   nom   berilishiga   sabab   "...G'azna   sultoni   Mahmud
G'aznaviy mustaqil ravishda G'aznaviylar taxtida qaror topgach,999-yilda Abbosiy
xalifa   Qodir   Billoh   unga   Xurosonni   idora   qilish   huquqi   bilan   birga   Yamin   ud-
Davlat Amin ul-millat"(Davlat tayanchi va din homiysi) degan faxriy unvon in'om
etilgan   edi.Shuning   uchun   ham   Utbiy   o'z   asarini   Mahmud   G'aznaviy   tirikligida
yozib,unga bag'ishlaydi va uning unvoni "Yamin"ga nisbat berib, qisqacha "Tarix
al-Yaminiy" deb atagan.Bu asar muqaddima va 45 bobdan iborat.
783-850-yillarda yashab o'tgan qomusiy olim Muhammad  ibn Muso al-Xorazmiy
tarix sohasida  ham qalam  tebratgan. Olimning "Kitob at-tarix"(Tarix kitobi)  asari
tarix   faniga   bag'ishlangan.Unda   Xuroson,Kichik   Osiyo   va   Movarounnahrning
VHI-IX-asrlardagi tarixiga oid qisqa va aniq ma'lumotlar o'z ifodasini topgan.
2-masala
Sharqning buyuk daho olimi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali
ibn  Sino  Buxoro  yaqinidagi   Afshona   qishlog'i  yaqinida   tug'ilgan.Turk  yozuvchisi
Ibrohim   Ogoh   Chubukchining   ma'lumotiga   qaraganda,asli   turk   bo'lgan   ibn
Sinoning   otasi   nihoyatda   o'qimishli   kishi   edi.Ibn   Sino   ayniqsa,   tibbiyot   ilmiga
alohida mehr qo'ygan edi.Bu borada u xristian tibbiyotshunos olimi Iso bin Yaxyo asarlaridan   ko'p   foydalangan.Chunki   u   tibda   tajribalarga   ko'p   ahamiyat   bergan
tabib   bo'lgan.Qisqa   vaqt   ichida   ibn   Sino   tabobat   sohasida   katta   shuhrat
qozonadi.Ibn   Sinoning   o'zi   bu   haqda   quyidagilarni   yozgan   edi:"Tib   aslida   qiyin
ilimlardan   emas,shu   sababdan   men   qisqa   muddat   ichida   bu   sohada   shunday
yutuqqa   erish   oldimki,hatto   fozil   tabiblar   ham   menga   kelib   mendan   tib   ilmini
o'qiydigan   bo'ldilar.Bemorlarga   ham   qatnar   edim.Erishgan   tajribalarim   natijasida
menga   davolash   eshiklari   shunday   keng   ochildiki,uni   ta'riflab   bo'lmaydi'Mbn
Sinoning obru-e'tibori kun sayin oshib borganligini bir necha e'tiborli dalillar isbot
qiladi.Buxoro   amiri   Nux   ibn   Mansur   (976-997)   og'ir   dardga   chalinadi.Uni
davolashda   ibn   Sino   faol   qatnashadi   va   buning   evaziga   u   saroy   kutubxonasida
saqlanayotgan   nodir   kitoblardan   foydalanish   imkoniyatiga   ega   bo'ladi.Turli
manbalarda   ulug'   mutafakkirning   falsafa,mantiq,ruhshunoslik,adabiyotshunoslik,
she'riyat,musiqashunoslik,geologiya,mineralogiya,fizika,matematika,tibbiyot,falak
kiyot   va   fanning   boshqa   sohalariga   oid   450   dan   ortiq   ilmiy   asarlari   qayd
etiladi.Biroq bizgacha ibn Sinoning faqat 242 ta asari yetib kelgan,xolos.Shundan
80   tasi   falsafa,ilohiyot   va   tasawufga,43   tasi   tabobatga,19   tasi   mantiqga,26   tasi
ruhshunoslikga,23   tasi   tibbiyot   ilmiga,7   tasi   falakkiyotga,   1   tasi   rioziyotga,!   tasi
musiqaga,2 tasi kimyoga,9 tasi odob ilmiga,4 tasi adabiyotga,8 tasi boshqa olimlar
bilan bo'lgan yozishmalarga tegishlidir.
Olimning   "Kitob   ash-shifo"   asarini   o'z   davrining   qomusiy   asarlaridan   desak
mubolag'a   bo'lmaydi.Unda   mantiq,tabiiy   fanlar,riyoziyot   va   ilohiyot   bo'yicha
falsafiy   g'oyalar   o'z   aksini   topgan.Olimning   tabobat   ilmi   bobida   qoldirgan   buyuk
me'rosi   ayniqsa   katta   ahamiyatga   egadir.Uning   tabobatga   oid   asarlaridan   30   tasi
bizgachaga   yetib   kelgan.Ulug'   hakimning   tabobatga   oid  shox   asari   albatta   "Kitob
al-Qonun fi-t-tib"(tib qonunlari kitobi)dir.Asar 5 kitobdan iborat.
1-chi kitobda tabobatning umumiy nazariyasi bay on etiladi.
2-chi   kitob   dorishunoslikka   bag'ishlangan.Unda   o'simlik,   madan   va   hayvonlardan
olinadigan 811 sodda dorining nomi alifbo tartibida joylashtirib chiqilgan va ta'rifi
keltirilgan. 3-chi   kitobda   "Juz'iy"   kasalliklar   ya'ni   insonning   boshidan   tovonigacha   har   bir
a'zosida bo'ladigan kasalliklar,ularni aniqlash va davolash usullari yoritiladi.
4-chi   kitob   insonning   biror   bir   muayyan   a'zosiga   xos   bo'lmagan,balki   butun
gavdasida yuz berishi mumkin bo'lgan kasalliklarga bag'ishlangan.
5-chi   kitobda   murakkab   dorilar   ya'ni   tabiatda   tayyor   holda   uchramaydigan
dorilarni tayyorlash to'g'risida fikr yuritiladi.
Abu   Ali   ibn   Sino   "Tib   qonunlari"   asarining   jahonshumur   tarixiy   ahamiyatini   shu
narsadan bilish  mumkinki,bu kitob to XVIII-asrning oxirlariga qadar  ham  g'arbiy
Yevropaning tibbiy o'quv yurtlarida asosiy o'quv qo'llanmasi bo'lib xizmat qilgan.
"Tib qonunlari" Xll-asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan.Shu kunga qadar bu asar
dunyodagi deyarli barcha xalqlarning tillariga o'girilgan.Ayrim qismlarining nashri
esa son-sanoqsizdir.
Ibn   Sino   o'zining   shu   xizmatlari   uchun   sharqda   "Shayxur-Rais",garbda   esa
"Avetsenna" deb ulug'langan.
Qomusiy  olimlardan  biri   Abu Rayhon  Beruniy  (973-1048)  tibbiyot  sohasida  ham
ilmiy izlanishlar  olib borgan.Uning hayot  va faoliyati  juda ham  qiziqdir.Hozircha
olimning   ma'lum   bo'lgan   154   nomdagi   asarlari   geografiya,astronomiya,tarix,
geologiya,gidrogeologiya,geodeziya,mineralogiya,fizika,kimyo,
botanika,farmakalogiya   kabi   sohalarga   aloqadordir.Ana   shu   asarlardan   bizgacha
faqat   30   tasigina   yetib   kelgan   xolos.Ulug'   alloma   Markaziy   Osiyoda   birinchilar
qatorida   dorishunoslik   haqida   "Kitobus   saydalat   fit   tib"   asarini   yozdi.Unda   olim
mingdan   ortiq   doruvor   moddalarni   ta'riflagan,ualrning   nomini   o'ttiz   tilda   bergan.
Anik   fanlar   rivoji   O'rta   Osiyoda   yuksak   darajada   bulib   bu   davrda   ko’plab
matematik astronom olimlar yetishib chikdi. Ulardan biri Muxammad ibn Muso al-
Xorazmiy(783-850)   edi.   U   asli   Xiva   shaxridan   bo'lib   g'oyat   o'tkir   zexin   egasi   va
noyob qobiliyat soxibi bo'lgan. U yoshlik chog'idan boshlab aniq va tabiiy fanlarni
o'rganishga qiziqdi, arab, fors, hind va Yunon tillarini egalladi, bu tillarda yozilgan
kitoblarni  qunt bilan uqib mutoala qildi. U dastlabki  ta'limni xususiy muallimdan oldi   va   so'ngra   o'sha   davrning   yirik   ma'rifat   markazlaridan   biri   bo'lgan   Marvda
madrasada   o'qidi.   Xalifa   Xorun   ar-   Rashidning   o'g'li   Ma'mun   xalifalik   taxtiga
utirgach,   uni   o'zi   bilan   birga   Bag'dodga   olib   ketdi   va   u   yerda   tashkil   etilgan
"Baytul   xikma"   (Donishmatlar   uyi)ga   boshliq   etib   tayinladi.   Bu   yerda   Xorazmiy
katta   ijodiy   ilmiy   ish   bilan   shug'ilandi.   Xorazmiy   matematika   ,   geometriya,
astronomiya,   geografiya,   tarix   ilmi   va   boshqa   fanlar   sohasida   barakali   ijod   qildi.
Uning   "Al-Jabr   val   Mukobala"   (Tenglamalar   va   qarshilantirish),   "Xisob   al-
Xind"(xind   xisobi),   "Kitob   surat   al   ariz"(Yer   surati   xakida   kitob),   "Kitob   at-
Tarix"(tarix   kitobi),   "Kitob   al   amal   bil   usturlobat"(Usturlob   bilan   ishlash   xakida
kitob) kabi asarlari ilm fanda olimga jahonshumil shuxrat keltirdi. U "Tenglamalar
va   qarshilantirish   "   kitobida   bu   haqda   shunday   degan   edi:   "Men   arfimetikaning
soda   va   murakab   masalalarini   o'z   ichiga   oluvchi   Al-   jabr   val   Mukobala   hisobi
hakida   qisqacha   yozdim.   Chunki   u   odamlarga   meros   taxsimlash,   vasiyatnoma
yozish,   boylik   bo'lish   va   adliya   ishlari,   sovda   sotiq,   kanal   qazish,   geometrik
hisoblashlar shuningdek boshqa turli munosabatlarda juda ham zarur".
Xorazmiy   "Al-   Jabr   val   muqoba"   asari   bilan   matematika   tarixida   birinchi   bulib
"algebra" faniga asos soldi. Algera atamasining o'zi xam ushbu kitobning qisqacha
"Al-   Jabr   "deb   ataluvchi   qisqartirilgan   nomining   aynan   ifodasi   hisoblanadi.
Xorazmiyning bu asari butun dunyoga "Algebra" tarzida qabul qilingan. Hisob al -
hind
Kitobida   Xorazmiy   hozirgi   paytda   xayotda   ishlatiladigan   Idan   (gacha   bo'lgan
raqamlar   va   nol   yordamida   istalgan   soni   yozish   ,   ular   yordamida   arfimetik   4
amalni   bajarish   ,   o'sha   raqamlar   bilan   ifodalangan   sonlardan   kvadrat   ildizlar
chiqarish   qoidalirini   izohlab   beradi.   Xorazmiyning   "Zij"(Astronomik   jadval),
Quyosh   soati   haqida   risola"   asarlari   falakkiyotshunoslik   fanining   rivojlanish
taraqqiyotiga   katta   yissa   qo'shdi.   Aniq   fanlar   sohasida   katta   ilmiy   ishlar   olib
borgan   olimlardan         biri   Axmad         Fargoniydir.           U   tilshunos     olim   Aziz
Qayumovning   ma'lumotiga   qaraganda   yoshlikdan   fanga   ,   ilim   olishga   chanqoq
bo'ib   o'sgan   asosan   aniq   fanlar:   falakkiyotshunoslik,   matematika   geometriya, geografiya   kabi   fanlar   sohasida   ijod   qilgan.   Axmad   Fargoniyning   ijodiy   faoliyati
Bag'dod   bilan,   ulug'   mutaffakkir   olim   Muhammad   ibn   Muso   al-Xorazmiy
raxbarligida   faoliyat   ko'rsatgan   "Baytul   hikma"   bilan   bog'liqdir.   U   Bag'dod   va
Damashiqdagi   rasadxonalar   qurililshida   shaxsan   qatnashdi.   Bag'dodning   Raqoq
nomi   bilan   ataluvchi   mavzesida   qurilgan   rasadxona   koshida   tashkil   etilgan
falakkiyotshunoslik   maktabiga   raxbarlik   qildi.   Ahmad   Farg'oniyga   zamandosh,
kasbdosh   olimlar   va   shogirtlari   bilan   xamkorlikda   Ptolamey   "Yulduzlar
jadvalTdagi   ma'lumotlarni   tekshirish   ishlarini   olib   bordi.   Uning
falakkiyotshunoslikka oid ilmiy tatqiqot ishlari ijobiy samaralar berdi.
Olimning   al-Fargoniy   "Jadvallari"   (qulyozmasi),   "Usturlob   bilan   amal   qilish
haqidagi   kitob"   Hindistonda,   "Oy,   yerning   ostida   va   ustida   bo'lganida   vaqtni
aniqlash risolasi"ning qulyozmasi Qoxirada, "Etti iqlim hibi" asarining qulyozmasi
Olmaniyada, "Usturlob yasash haqidagi kitob" kulyozmasining 4ta nusxasi Berlin
va   Parijdadir.   Axmad   al-Fargoniyning   bu   asarlaridagi   ilmiy   kashfiyotlari   bilan
jahon   fani   va   ma'daniyati   taraqqiyotiga   ulkan   xissa   qushdi.   Xususan,   uning   812-
yilda   Quyosh   tutulishining   oldindan   bashorat   qilishi,   Yerning   dumaloq   shar
shaklida ekanligini ochganligi olimga shuxrat keltirdi. Keyinroq Misrda yashagan
chog'ida   Nil   daryosi   suvini   o'lchaydigan   asbob   yasagan.   Bu   asbob   tutash   idishlar
qoidasiga   asoslangan   bo'lib,   hozirgacha   saqlanadi.   Axmad   Farg'oniyning
falakkiyotga   oid   yirik   ilmiy   asarlaridan   biri   "Samoviy   harakatlar   va   yulduzlar
fanining   majmuasi   haqida   kitob"dir.   Bu   asar   "Astronomiya   negizlari   "   deb   ham
yuritiladi.   Bunda   buyuk   mutaffakkir   o'zi   yashagan   davrdagi   falakkiyotga   oid
bilimlarni   tartibga   soldi   va   o'zining   Yangi   xulosa   va   natijalari   bilan   boyitdi.
Falakkiyot   ilmiga   oid   asboblar,   quyosh   soatlarining   bayonini   berdi.   Olimning
stereografik   proyeksialar   nazariyasini   undan   ming   yil   keyin   buyuk   matematik
Eyler 18 asrda geografiyaga oid xaritalar tuzish
nazariyasiga   tatbiq  qildi.  Va  "Katta   geografik  xarita  "ni  yuzishda   ishlatdi.  Undan
tashqari   Kompleks   o'zgaruvchan   miqdorlar   tekisligi   noyevklid   geometriyalar, Lobacheviskiy   tekisligining   Beltrami-   Kleyn   proyeksiyasi   kasmografiyalarining
zaminida xam Axmad Farg'oniyning shu nazariyasi yotadi.
Beruniy uzining 45dan ortiq falakkiyotga oid asarlarida Kopernikdan qariyib 5 asr
ilgari   olamning   markazi   Yer   emas,   Quyoshdir   degan   xulosa   chiqardi,   Yerning
Quyosh   atrofida   aylanishini   birinchi   bor   o'rtaga   qo'ydi.   Bu   borada   olimning
"Astronomiya   kaliti",   "Qonuni   Masudiy",   "Attafxim"   kabi   asarlari   beboxodir.
Beruniyning yirik asarlariidan biri "Al-osar ul-Boiya anil qurunil xoliya"( Qadimgi
xalqlardan   qolgan   yodgorliklar)dir.   27   yoshlik   chog'ida   yozgan   bu   asarda   alloma
o'zining   hayotiy   kuzatuvlari   asosida   yunonlar,   rumlliklar   forslar   so'g'diylar,
xorazmiylar,   yaxudiylar,   arablar   va   boshqa   xalqlarning   yilnoma   tizimlarini
birbiriga taqqoslab ularning kelib chiqish tarixini taxlil qilib beradi. Bu asrda Yana
Turonzamin xalqlarining tarixi, urf-odati va   madaniyatiga oid masalalar  xam   uz
ifodasini topgan.
3-masala
9-12   asrlarda   Markaziy   Osiyo   hudutlarida   dunyoviy   fan   va   ma'daniyat   blan   bir
qatorda   islom   madaniyati   xam   rivojlandi.   Jamiyatda   mahalliy   dinlar   surib
chiqarildi.   Arab   tili   va   arab   yozuvi   davlat   ahamiyatiga   ega   bo'lgan   til   va   yozuv
darajasiga   ko'tarildi,   islom   mafkurasi,   samoniylar,   qaroxoniylar,   g'aznaviylar,
saljuqiylar   va   xorazmshoxlar   xukumdorlarining   ichki   va   tashki   siyosatida
yurgizgan   siyosatida   bosh   yunaltiruvchi   g'oyaviy   kuch   bo'lib   xizmat   qildi.
Hadischilikning   rivojlanishida   9   asr   oltin   davr   hisoblanadi.   Buning   sababi   butin
Islom   dunyosida   eng   nufuzli   deb   tan   olingan   6ta   ishonchli   xadislar   tuplamining
mualliflari   xam   xudi   shu   asrda   yashab   ijod   kilganlar.   Ular   Abu   Abdullox
Muxammad   ibn   Ismoil   al-Buxoriy,   Imom   Muslim   ibn   al-   Xajjoj,   Abu   Iso
Muxammad   ibn   Iso   at-   Termiziy,   Imom   Abu   Dovut   Suloyman   Sijistoniy,   Imom
Axmad   an-Nasoiy,   Imom   Abu   Abdullo   Muxammad   ibn   Yazid   ibn   Mojja   kabi
zotlardir.   Ularning   xar   biri   xadis   ilmi   rivojiga   munosib   xissa   kushgan   olimlardan
xisoblanadilar. Muxammad ibn Ismoil al-Buxoriy. (810-870)
"Hadis   ilmidagi   Amir   -ul   muminiyn"   degan   sharafli   nomga   sazavor   bo'lgan
olimning to'liq ismi  Abu Abdullox Muxammad ibn Ismoil ibn Irohim al- Mug'ira
al-  Buxoriy  al-Jubfiy  bulgan.  U  16-yoshga  yetganida   onalari   va  akalari   Bilan  xaj
safariga boradilar. Makka va Madinani ziyorat qilib 6 yil o'sha joyda yashab hadis
ilmini   astoidil   o'rganadi.   Imom   Buxoriy   jami   600ming   hadislarni   to'plaganlar.
Shulardan   lOOming   "saxix"   hadislarni   va   200   ming   "g'ayrisaxix"   hadislarni
yoddan   bilganlar.   Imom   Buxoriydan   ulkan   meros   qolgan.   Uning   yozgan   asarlari
soni   20dan   ortiqdir.   Olimning   "Al-Adab   al-Mufrad",   "At-Tarix   as-Saxir",   "At-
Tarix al-Kabiyr", "Kitob al-Ilal", "Asomi us-Saxoba", "Kitob al-Kuna " va boshqa
asarlari   orasida   shoh   asar   hisoblanmish   "Al-Jomi'   as-Saxix   "(ishonarli   tuplam)
asari to'rt jildan iborat bo'lib islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadislar
to'plari orasida eng ishonarlisi va mukammalidir.
Abu Iso Muxammad at- Termiziy (824-894) Uning to'liq ismi Muxammad ibn Iso
ibn Savri ibn Muso ibn az-Zaxxok  abu  Iso  as-Sullamiy  az-Zariyr  al-   Bug'iy  at-
Termiziydir.               Ulug'  muxahaddis  olim   At-   Termiziydan  katta ilmiy ma v
naviy
meros kolgan olimning lOdan ortiq asari bor: "Al -Jomi' as-saxix", "Ash-Shamoil
an-nabaviya"(Payg'ambarning   alohida   fazilatlari   )   va   boshqalar,   shular
jumlasidandir.   Imom   At-Termiziy   ijodida   "Al-Jomi'   as-Saxix"   asari   olaxida   o'rin
egallaydi.   Unda   taxorat   va   namoz,   zakot,   Ro'za,   haj,   janoza,   nikoh,   savdo-sadik,
hukumlar,   xun,   qurbonlik,   iymon,   jixot,   tabobat,   farzlar,   bashoratlar,   shaxodat,
jannat   sifatlari,   ilm,   izn   so'rash   adobi,   bayon   qilingan.   9-12   asrlarda   Markaziy
Osiyo   davlatlarida   tasavvuf-sufiylik   ta'limoti   rivoj   topdi.   Sufiy   aqidasining   asosi
yagona haqiqat -Haq taola bo'lishi kerak. Shu sababdan sufiylar shariat qoidalarini
o'rganib, ma'rifat va haqiqatga, haqqa yetishga intilar edilar. So'fiylik taraqqiyotida
taqvoga   katta   etibor   berilgan.   So'fiylar   fikricha,   iloxiy   ishq   bar   qanday   g'arazli
manfaatlardan   holi   bo'lishi   zarur.   Unda   tasavvuf   ta'limotiga   ko'ra,   borlikdagi
hamma   hilqatlarda,   xususan,   odamzotda   ham   iloxiy   zarralar   bor,   so'fiyning
maqsadi   kungildagi   iloxiy   zarlarni   uzoq  va   mashaqqatli   poklanish   yo'lidan   borib, yana   Alloxga   qaytarishdan   iboratdir.   Ba v
zi   tasavvuf   namayondalari   xaq   taologa
yetishish yo'llarida 19 maqom va 360 manzillar borligini aytganlar.
Tasavvufga   oid   aksariyat   qulyozma   kitoblarda   yozilishicha,   Yusuf   Xamadoniy
islomni   Yangi   qabul   qilgan   bir   majusiy   fors   kishi   oilasida   Xamadonda   tug'ilgan.
Yusuf   Hamadoniy   so'fiylik   ilmi   bo'yicha   juda   ko'plab   shogirtlar   tayyorlagan.
Nasafiy   bergan   ma v
luyotlarida   qayd   qilinishicha   Yusuf   Xamadoniy   95   yil   umr
ko'rib,   38   marta   Movaraunnaxr   hududidan   piyoda   o'tib   Kaba   ziyoratiga   borgan.
Yusuf   Xamadoniyni   pir   tutgan   muritlaridan   213   tasi   mashxur   shayxlar   bo'lib
yetishganlar.
Axmad Yassaviy Yassaviya tariqati asoschisi bo'lib, uning tug'ilgan yili nomalum.
Bazi rivoyatlarda uning 130 yil umr ko'rganligi takidlanadi. Axmad Yassaviy o'zi
tug'ilgan yurtini "Ul muborak Turkiston" deb tilga oladi. U ota onasidan juda yerta
yetim   qoladi.   Bobosi   Arislon   bobo   ham   ota,   ham   ustoz   o'rnida   uni   tarbiyalab
voyaga   yetkazadi.   Axmad   Yassaviyning   bobolari   silsilasi   Muhammad   Xanafiyga
borib   taqaladi   bobosining   maslahati   bilan   u   Buxoraga   borib   Xo'ja   Yusuf
Xamadoniy   ilmu   saboqlaridan   bahramad   bo'ladi.   Bu   paytda   Axmad   23   yoshda
bulgan   uz   ustozining   eng   ishonchli   va   etiborli   xalifalaridan   biri   bo'ladi.
Tasavvufdagi   boshqa   tariqatlarda   bulgani   singari   "Yassaviya   "   tariqatining   ham
o'ziga xos qatyiy qoidalari bo'lgan.
Xoja   Abdulxolik   Gijdivoniy   Yusuf   Xamadoniyning   xalifasi   va   Xojagan-
naqshbandiya   tariqatining   poydevoriga   asos   solgan   mashoix   hisoblanadi.   Xoja
Abdulxolik   G'ijdivoniy   "Zikri   Xufiya",   "Zikri   Dil"   amalining   targ'ibotchilaridan
bo'lgan.   Xoja   Yusuf   Xamadoniy   Xurosonga,   Xoja   Axmad   Yassaviy   Turkistonga
ketlanlaridan   so'ng   barcha   suluk   axli   Xoja   Abdulxolik   Gijdivoniy   raxnomaligida
kolgan.   Bu   ulug'   zotning   murit   va   shogirtlari   shukadar   ko'p   Ediki,   ular   faqat
Movaraunnaxr xudutlaridagina emas, xatto Shorn, Iroq viloyatlarida ham bo'lgan.
Ana   shu   shogirtlar   orasida   Baxouddin   Naqishband   Xoja   Abdulxolik
Gijdivoniyning   shogirdi   edi.   U   ustozi   ko'rsatmalarini   Tola   -to'kis   bajarib,
Naqishbandiya tariqatiga asos soldi va uni Yangi bosqichga ko'tardi. Suloymon Boqirg'oniy (1186 yilda vafot etgan)
Axmad   Yassaviyning   ishonchli   va   sadoqatli   shogirti,   Yassaviya   tariqatining
she'riyat   va   tariqatdagi   munosib   davomchisi.   Suloyman   Boqirg'oniydan   qolgan
meros-   "Boqirgon   kitobi"ni   varaqlar   ekanmiz,   shoir   va   mutaffakkir   qarashini
teranligiga   saviyasining   chuqurligi   va   kengligiga,   u   qalamga   olgan   muammo   va
mavzularning   rang   barangligiga   qoyil   qolmasdan   ilojimiz   yuq.   Bokirg'oniyning
dunyo   qarashi   Yassaviy   "Xikmatlar"i   bilan   ham   ma'no   ,   ham   mohiyat   jixatdan
shukadar yaqinqi ular ko'p xollarda bir-birini matiqan to'ldiradi.
4-masala
Najmiddin   Kubro   va   Kubroviya   tarikati   (1145-1221)   Markaziy   Osiyoda   tasavvuf
falsafasining   rivojlanoshida  xorazmlik buyuk  alloma  va sarkarda,  dinshunos  olim
falsafa ilmining zukkosi, shoir Axmad ibn Umar Abdul janob Najmiddin Kubro al-
Xivakiy   al-Xorazmiy   o'ziga   xos   munosib   o'rin   yegallaydi.   Tarixiy   manbalarning
guvohlik   berishicha   Najmddin   Kubroning   qalamiga   mansub   asarlar   soni   lOtaga
yaqin. U asos solgan Kubraviya tariqati "oltin tariqat" deb ham atalgan. Najmiddin
Kubroning   o'zi   "Risolatut   -turg'"arida   uni   "Tariqush   shutto   "deb   ham   ataganligi
malum.   Bu   risolada   Kubraviya   tariqatning   10   ta   usili   qisqacha   zikr   etilgan.
Najmiddin  Kubro  ona   yurt  boshiga   kulfat  tushganda   sadokatli   bir  farzant   sifatida
uni ko'krak kerib himoya qilishga qodir lashkarboshilik qobiliyatini ham ko'rsatadi.
1221   yilda   mug'illar   bosqini   davrida   76   yoshli   Najmiddin   Kubro   fojiali   halok
bo'ladi.
Abulqosim Firdavsiy (940-941-1030)
9-12  asrlarda Movaraunnaxr  va  Xorazmda  adabiyot  va  badiy ijod  rivoj   topdi.  Bu
davrda   yetishib   chiqqan   so'z   san'atining   badiiy   ustalari   mamlakatimiz   shon   -
shuxratini   uzoq-uzoq   yurtlarga   keng   taratdilar.   CTlkamizda   samoniylar   va
g'aznaviylar sulolalari hukumronlik qilgan davrlarda yashab ijod etgan badiiy ijod
ustalari Abdullo Rudakiy, Daqiqiy, Abulqosim Firdavsiy va boshqalarning nomlari tariximizdan   munosib   o v
rin   olgan.   Nomi   jahonga   mashxur   bo v
lgan   Abulqosim
Firdavsiy asli Xurosonning Tus shahri yaqinida tug'ilib, o v
zining "Shoxnoma "asari
bilan shuxrat topdi. 60 ming bayt, 120ming misradan iborat epik dostonini yozish
uchun   shoir   o"zining   35   yillik   umrini   sarf   qilgan.   Sulton   Mahmud   Firdavsiyga
"Shoxnoma"   asarini   yozishni   buyirada.   Asarni   yozib   bo'lgach,   Abulqosim   uni
Maxmud   G'aznaviyga   taqdim   etadi.         "Shoxnoma"         sultonga                     maqul
tushadi.    Unda    shoir   asarning
muqaddimasida   "Sitoyishi   Sulton   Maxmud"deb,   sultonni   uluglfb   qasida   yozgan.
Ammo "Shoxnoma"da shoirning Eron va Turon o'rtasitagi urushlarda turonliklarni
kamsitib, vaxshiyliklardek tasfirlagani, Maxmud g'aznaviyga yoqmagan edi.
G'aznaviylar sulolasi davri tarixinin eng mashxur bilimdonlaridan biri Abu Nasr
inb Abduljabbor  al-  Utbiydir. Tarixiy yozma manbalarda al-Utbiyning kamalotga
yetgan ulug' bir shaxs, tarixchi, shoir va adib oklganligi takitlanadi. lining "Latoif
al-quttob"   asarida   (Kotiblarning   latif   so'zxlari)   birodarlik.   dlcf   stlik   mavzulariga
bag'ishlangan asarlari borligi                     qayd   etiladi Maxmud Qoshg'ariy (   11   asr )
llasrda   yashab   ijod   qlgan   Maxmud   Qoshg'ariyning   bizgacha   "Javoxurin   naxv   fi
lug'ati   turk"(Turkiy   tillaring   sintaksisi   durdonalari   )   va   "Devoni   Lug'otit   turk
"(Turk   tilining   lug'oti   )   asarlari   bizgacha   yetib   kelgan.   Maxmud   Qashg'oriyning
birinchi   yozgan   asari   bizgacha   yetib   kelmagan   yoki   qaligacha   topilgani   yo v
q.
Olimning   ikkinchi   asari   "Devoni   lug'oti   turk"   1074-75   yillarda   yozilgan.   Asar
muqaddima   va   lug'at   qisimdan   iborat   bulib   madaniy   merosimizda   alohida   o v
rin
egallaydi. Chunki unda olim dunyo xaritasini ham ilova qiladi va Rusdan to Xitoy
hudutlarigacha   chuzilib   ketgan   yerlarda   yashovchi   turkiy   xalqlar   tarixi,
geografiyasi, etnognezi, urf-odatlari, turmish tarzi, madaniy ati to N
g'risida g'oyatda
qimmatli   malumotlarni   beradi.   Asarda   turkiy   qavm-urug'lar:   qibchoq,   o v
g'iz,
yamak,   boshqirt,   basmil,   qay,   yaboku,   tatar,   qirg'iz,   chigil,   yag'mo,   tuxsi,   ig'roq,
jam,   jamil,   uyg'ur,   tang'ut,   tabg'ochlardan   tashqari   yana   fors,   arab,   xitoy,   rus
xalqlari haqida ma'lumotlar bor.           "Devoni lug'oti turk"da turkiy xalqlar   og'zaki   ijodi   va   yozma   adabiyotiga   doir   300dan   ortiq   sheriy   parchalar,
maqollar, hikmatli so'zlar va lavxalar berilgan. Olim o v
z asarida turkiy tillarga oid
juda ko v
plab so v
z birikmalari,   iboralar, talafuz qoidalarini   asoslab beradi.
5-masala
Yusuf Xos Xojib. (11-asr)Qoraxoniylar saltanati davrining buyuk siymolaridan biri
Bolasogunlik ulug'olim Yusuf Xos Xojib bo'lib, u o v
zining hozircha bizga malum
bo'lgan   yagona   didaktik   asari   "Qutadg'u   bilik"(Saodatga   boshlovchi   bilim   )   bilan
jaxonga mashxur va malum boTdi. Turkiy tilda yozilgan ditaktik patnoma -falsafiy
"Qutadg'u bilik" asari  mukaddima va xotimadan tashqari  73 bobdan iborat. Unda
axloq-odab,   ilm-marifat,   bola   tarbiyasi   jamoatjoylarda   o v
zini   qanday   tutish,
so v
zning   axamiyati   va   qadri,   mehmondorchilik   qoidasi,   turmish   tarzi   va   inson
manaviy   olamining   Yana   ko v
pgina   masalalari   qalamga   olingan.   Ulug'   olim   o v
ta
ziyraklik   va   donishmatlik   bilan   ziyliylar,   dexqonlar,   charvodorlar,   kosib-
hunarmandlar, savdogarlar, kambag'al qashshoqlar va barcha ishtimoiy guruh, toifa
va   tabaqalarning   hayot   tarizlari,   dunyo   qarashlari,   odoblari,   axloqlari   haqida
fadlsafiy   muloxazalar   silsilasini   yaratdi,                     Yusuf   Xos   Xojibning   "qutadg'u
bilig" asari  xalqaro maydonda tan olingan asardir. Bu kitobni xitoyliklar "Abadul
muluk",   Turkistonliklar   "Zaynatul   umaro",   Eronliklar   "Shoxnomaiy   turkiy",
turonliklar "Qutadg'u bilig",   bazilar   "Pandnomaiy muluk" deb bejiz atamaganlar.
Abulqosim Maxmud az- Zamaxshariy (1075-1144) Az-Zamaxshariydan juda ko'p
ilmiy   meros   qolgan.   Uning   tilshunoslik,   adabiyotshunoslik,   duotshunoslik,   fiqix,
tavsirshunoslik, islom tarixi, falsafa, uslub va notiqlik san'ti, tafsir, hadis va boshqa
fanlar bo v
yicha yozgan 50dan ortiq asarlari bor. So v
zsiz, az-Zamaxshariyning eng
yirik va mashxur asari "Al-Kashshof'dir. Bu kitobni olim 1132-35 -yillarda Makkai
Mukarramada   bo v
lgan   chog'ida   yozgan.   Zamaxshariy   Makkada   uzoq   vaqt
yashaganligi   uchun   Jarulloh(OHohning           qo v
shnisi)degan           faxirli           laqabni
olgan.                                    Az-Zamayshariyning   yana  bir  asari     "Al-mufassal"  bo v
lib  u
1119-1121           yillarda   yozilgan.   Bu   asar   arab   gramatikasiga   oid   eng   qimmatli asardir. Vatandoshimizning "Devon Az-Zamaxshariy"(Zamaxshariy devoni) nomli
devonida olimning qasida, qit'a, va nazmiy xatlari o v
rin olgan. Bu davrda Markaziy
Osiyoda   sopol   ,   ganch   o v
ymakorligi   sanyati   ham   keng   rivoj   topdi.   Bunga   misol
qilib   Zarafshonning   yuqori   oqimidagi   Oburdom   degan   manzilda   10-asrda   ganch
o v
ymakorligi   asosida   barpo   etilgan   naqshinkor   kalonnani   ko'rsatish   mumkin.   Bu
davrda Turon zamin hududida modiy madaniyatning boshqa turllari ham rivojlanib
boradi. 9- asrdan boshlab Markaziy Osiyo kulochiligida muxim siljish yuz beradi.
Endilikda   badiy   kulolchilik   buyumlari   bozar   uchun   ishlab   chiqarila   boshlanadi
hamda   shahar   va   qishloq   aholisiningt   kundalik   hayotiga   kirib   boradi.   Markaziy
Osiyolik kulollar yasagan har  xil  bezakli  tasvirli  kuza-kuzachalar, chinni idishlar,
uy- rcTzg'or buyumlarini ko'plab xorijiy ellarda ham uchratish mumkin edi.
9-12   asrlarda   kumish,   mis,   bronzadan   qabariqli   naqshinkor   badiiy   san'at
buyumlari, chiroyli  va bejirim  xontaxtalar, obdastalar,  idish-tavoqlar, qadahlar
yasash rasm bo v
lgan. Bu soxada Xorazm, Samarqand, Farg'ona, Naqshab, Kesh,
Toshkent singari muzofatlarning o v
ziga xos maktabi bo v
lgan. Bu payda ko v
plab
memorchilik   obidalari   ham   bunyod   etilgan   edi.   Ularga   Buxoradagi   Minorai
Kalon,   Samarqanddagi   Arab   ota   maqbarasi   va   shu   kabi   ko'plab   binolarai
korsatish   mumkin.   9-12   asrlarda   o v
lkamizda   musiqa   san'ati   ham   keng   rivoj
topadi.   Maxmud   Qoshg'ariyning   "Devoni   lug'oti   turk"   kitobida   keltirilgan
malumotlar   bizga   bu   davrda   xususan   qo v
shnichilik   san'ti   rivojlanligidan   xabar
beradi.   Abu   Xiyfa   Sug'diy   nayga   o v
xshash   "shoxrud   "   deb   ataluvchi   musiqa
asbobini   ixtiro   qilgan.   Xalq   kuylari   asosida   yangi   yangi   kuylar   ijod   qilingan.
Bular:   "Rost",   "Xusravoniy",   "Boda",   "Ushshoq",   "Zerafkanda",   "Buslik",
"Sipaxon", "Navo", "Basta", "Tarona" va boshqalardir.    
Adabiyotlar
1. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T.: 1998 yil.
2. Asqarov A. O’zbekiston xalqlari tarixi. 1-qism. T.: 1992 yil. 
3.Azamat Ziyo. Ozbek davlatchiligi tarixi. T.: Sharq. 2000 yil.      4. Axmedov B.A. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari. T.: 2001 yil.
     5.  Bunyodov Z. Anushtagen Xorazmshaohlar davlati. T.: 1998 yil
     6.  Sagdullayev A., Aminov B., Mavlonov U. O’zbekiston tarixi. T.: 2000 yil.
7. Shamsiddinov R. Karimov Sh. Vatan tarixi. T.: 1997 yil
8. O’zbekiston tarixi. T.: 2000 yil.
9. O’zbekiston tarixi. T. “Universitet”  1997 yil.
10. Buyuk siymolar, allomalar. T.: Meros (Uch kitob) 1995,1996,1998 yillar.
11.Sulaymonova F. Sharq va G’arb. T.: 1991 yil.

IX-XII ASRLARDA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA MADANIY HAYOT. UYG’ONISH (RENESSANS) DAVRI RIVOJI. . Reja. 1. IX-XII asrlarda ilm-fan rivoji 2. IX-XII asrlarda adabiyot va tarixnavislik 3. IX-XII asrlarda tasavvuf va hadis ilmi 4. IX-XII asrlarda aniq va tabiiy fanlar sohasidagi yangiliklar 5. IX-XII asrlarda me’morchilik

1-masala Arablar Xuroson,Movarounnahr va Xorazmni bosib olgach,hamma yerda bo'lgani kabi o'lkamizda ham qattiqqo'llik bilan yurtni arablashtirish siyosatini olib bordilar.Bu borada islom dini,Qur'oni karimdan ustalik bilan foydalanildi.O'lkada islom dini bilan bir qatorda arab tili,arab alifbosi ham joriy qilindi.Arab tili-davlat tili,islom dini tili va fan tili darajasida ko'tarildi.Mahalliy tilda yozilgan asarlar yo'q qilindi,yerli bilimdonlar quvg'in ostiga olindi. Bu paytlarda Bag'dod shahri Sharqning ilm-ma'rifat markazi sifatida katta ahamiyat kasb etdi.IX-asrda bu shaharda "Bayt-ul-Hikma"-Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi.Xuddi shunga monand X-asr oxirlarida Xorazmda ham podsho Ma'mun ibn Ma'mun davrida "Donishmandlar uyi" tashkil etildi.Bag'dod va Urganchdagi "Donishmandlar uyi"da o'z vaqtida nomlari dunyoga mashhur ulug' allloma va mutafakkirlar tahsil ko'rganlar.Ular orasida Ahmad Farg'oniy,Al Xorazmiy,Beruniy,ibn Sino,Abu Sahl Masihiy,ibn Iroq kabi ulug' va buyuk zodlarning nomlari bor. Muqaddasiyning so'zlariga qaraganda,Xorazm aholisi aql-zakovatli fiqh ilmini egallagan ma'rifatli kishilar bo'lganlar. Xorazmning bu davrdagi taraqqiyoti xususida arxeolog S.P.Tolstovning quyidagi xulosalari ham ibratlidir:"Bu davrlardagi Xorazmning iqtisodiy parvozini nazardan o'tkazar ekansan,bir vaqtlar feodal monarxiya bo'lgan bu davlat qiyofasining qoldiqlari ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi". IX-XII-asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy,ma'naviy va ma'daniy sohadagi taraqqiyot o'lkamizning Xorazm vohasidan tashqari boshqa hududlariga ham xosdir.Buxoro,Samarqand,Kesh,Naxshab,G'azna,Panjikent,Binokent,Shosh,Termi z,Quva,Qabadiyon,Boykent va boshqa shaharlar savdo-tijorat,hunarmandchilik va madaniyat markazlari dong taratganlar.Somoniylar poytaxti Buxoro dunyada ikkinchi Makka hisoblangan.

Ibn Sino tibbiyot,falakkiyot va boshqa turli fanlar sohasida ijod qilgan bo'lsa- da,tarix faniga ham alohida e'tibor qaratgan.U o'zidan oldin ijod qilgan kishilar asarlaridan foydalanib bir qancha asarlar yaratgan. Abu Rayhon Beruniy o'rta asrlarda Xorazmda tashkil etilgan Ma'mun akademiyasi porloq yulduzlaridan biri bo'lgan.U 973-yil 4-sentyabrda Kat shahri yaqinida tug'ilgan.Dastlabki ta'limni Urganchda olgan.Taqdir taqozosi bilan sharqning ko'pgina shaharlarida bo'lgan. 1017-yil Mahmud G'aznaviy Xorazmni zab etgach,ko'plab olimlar qatorida Beruniy ham G'aznaga olib ketilgan va umrining oxirigacha shu yerda ijod qilgan.Uning tarix ilmiga bag'ishlangan "O'tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar'V'Hindiston" kabi asarlari bizgacha yetib kelgan. "Hindiston" asarida Hindiston haqida eng nodir malumotlarni beradi.Beruniy bu asari uchun "birinchi hinddolog" unvoniga sazovor bo'lgan. Abu Bakr Narshaxiy Buxoro ahlidan bo'lib 899-959-yillarda yashab ijod qilgan.U haqida faqatgina Sam'oniyning "Kitob ul-Asab" asarida qisqacha ma'lumot berib o'tilgan.Undan bizga "Buxoro tarixi" asari qo'lyozmalari yetib kelgan.Hozirda Toshkent Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan bu qo'lyozma 1128-yilda Quva shahridan bo'lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al Quboviy arab tilidan fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan,nusxasi saqlanmoqda.Bu asar Buxoroning qadimgi davridan 1220-yilgacha bo'lgan davri haqida ma'lumot beradi.To'g'ri,Narshaxiy X-asrda yashab o'tgan bo'lsa-da,uning asarini fors tiliga tarjima qilgan olimlar 1220-yilgacha sodir bo'lgan eng muhim voqealarni kiritishgan. Bu asar 1991-yilda "Kamalak" nashriyotida A.Rasulov tomonidan tayyorlanib chop etildi.Narshaxiy me'rosi xalqimizning ma'naviy boyligi sifatida avlodlarga xizmat qilmoqda. X-XI-asrlarda yashab tarix ilmiga hissa qo'shgan olimlardan ya'na Abul Hasan Bayhaqiydir.Uning to'liq ismi Abulfayz Muhammad ibn Husayn al-Kotib Abul Hasan Bayhaqiy bo'lib,Nishopurda ta'lim olgan.Uning qalamiga mansub "Tarixi Oli Mahmud"(Mahmud xonadoni tarixi),"Jome ut-tavorix"(tarix to'plami) kabi asarlari ma'lum.Bu asarlarda buyuk tarixshunos olim G'aznaviylar sulolasi tarixini

g'oyatda mohirona bir tarzda yoritib beradi.Ayniqsa,bu borada 30 jilddan iborat bo'lgan "Jome ut-tavorix" diqqatga loyiqdir.Unda Bayhaqiy G'aznaviylar hukmdori Sabuqtegin (977-997) davridan keyingi qariyb 80 yillik tarixni bayon etadi.Asar 1962-yilda rus tilida matbuot yuzini ko'rgan.Ammo markazlashgan feodal turkiy davlatlardan biri hisoblangan G'aznaviylar sulolasi tarixiga bag'ishlangan Bayhaqiyning "Jome ut-tavorix" asari shu paytga qadar o'zbek tiliga tarjima qilinmagan. G'aznaviylar sulolasi davri tarixining eng mashhur bilimdonlaridan biri Abu Nasr ibn Abdul Jabbor al-Utbiydir. Tarixiy yozma manbalarda al-Utbiyning har tomonlama kamolotga yetgan ulug' bir shaxs,tarixchi,shoir va adib bo'lganligi ta'kidlanadi.Abu Nasr al-Utbiyning eng shox asari so'zsiz "Tarix al-Yaminiy" (Yaman ud-Davlatining tarixi)dir. Ubaydulla Uvatov bergan ma'lumotlariga qaraganda,asarga bunday nom berilishiga sabab "...G'azna sultoni Mahmud G'aznaviy mustaqil ravishda G'aznaviylar taxtida qaror topgach,999-yilda Abbosiy xalifa Qodir Billoh unga Xurosonni idora qilish huquqi bilan birga Yamin ud- Davlat Amin ul-millat"(Davlat tayanchi va din homiysi) degan faxriy unvon in'om etilgan edi.Shuning uchun ham Utbiy o'z asarini Mahmud G'aznaviy tirikligida yozib,unga bag'ishlaydi va uning unvoni "Yamin"ga nisbat berib, qisqacha "Tarix al-Yaminiy" deb atagan.Bu asar muqaddima va 45 bobdan iborat. 783-850-yillarda yashab o'tgan qomusiy olim Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy tarix sohasida ham qalam tebratgan. Olimning "Kitob at-tarix"(Tarix kitobi) asari tarix faniga bag'ishlangan.Unda Xuroson,Kichik Osiyo va Movarounnahrning VHI-IX-asrlardagi tarixiga oid qisqa va aniq ma'lumotlar o'z ifodasini topgan. 2-masala Sharqning buyuk daho olimi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'i yaqinida tug'ilgan.Turk yozuvchisi Ibrohim Ogoh Chubukchining ma'lumotiga qaraganda,asli turk bo'lgan ibn Sinoning otasi nihoyatda o'qimishli kishi edi.Ibn Sino ayniqsa, tibbiyot ilmiga alohida mehr qo'ygan edi.Bu borada u xristian tibbiyotshunos olimi Iso bin Yaxyo

asarlaridan ko'p foydalangan.Chunki u tibda tajribalarga ko'p ahamiyat bergan tabib bo'lgan.Qisqa vaqt ichida ibn Sino tabobat sohasida katta shuhrat qozonadi.Ibn Sinoning o'zi bu haqda quyidagilarni yozgan edi:"Tib aslida qiyin ilimlardan emas,shu sababdan men qisqa muddat ichida bu sohada shunday yutuqqa erish oldimki,hatto fozil tabiblar ham menga kelib mendan tib ilmini o'qiydigan bo'ldilar.Bemorlarga ham qatnar edim.Erishgan tajribalarim natijasida menga davolash eshiklari shunday keng ochildiki,uni ta'riflab bo'lmaydi'Mbn Sinoning obru-e'tibori kun sayin oshib borganligini bir necha e'tiborli dalillar isbot qiladi.Buxoro amiri Nux ibn Mansur (976-997) og'ir dardga chalinadi.Uni davolashda ibn Sino faol qatnashadi va buning evaziga u saroy kutubxonasida saqlanayotgan nodir kitoblardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.Turli manbalarda ulug' mutafakkirning falsafa,mantiq,ruhshunoslik,adabiyotshunoslik, she'riyat,musiqashunoslik,geologiya,mineralogiya,fizika,matematika,tibbiyot,falak kiyot va fanning boshqa sohalariga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlari qayd etiladi.Biroq bizgacha ibn Sinoning faqat 242 ta asari yetib kelgan,xolos.Shundan 80 tasi falsafa,ilohiyot va tasawufga,43 tasi tabobatga,19 tasi mantiqga,26 tasi ruhshunoslikga,23 tasi tibbiyot ilmiga,7 tasi falakkiyotga, 1 tasi rioziyotga,! tasi musiqaga,2 tasi kimyoga,9 tasi odob ilmiga,4 tasi adabiyotga,8 tasi boshqa olimlar bilan bo'lgan yozishmalarga tegishlidir. Olimning "Kitob ash-shifo" asarini o'z davrining qomusiy asarlaridan desak mubolag'a bo'lmaydi.Unda mantiq,tabiiy fanlar,riyoziyot va ilohiyot bo'yicha falsafiy g'oyalar o'z aksini topgan.Olimning tabobat ilmi bobida qoldirgan buyuk me'rosi ayniqsa katta ahamiyatga egadir.Uning tabobatga oid asarlaridan 30 tasi bizgachaga yetib kelgan.Ulug' hakimning tabobatga oid shox asari albatta "Kitob al-Qonun fi-t-tib"(tib qonunlari kitobi)dir.Asar 5 kitobdan iborat. 1-chi kitobda tabobatning umumiy nazariyasi bay on etiladi. 2-chi kitob dorishunoslikka bag'ishlangan.Unda o'simlik, madan va hayvonlardan olinadigan 811 sodda dorining nomi alifbo tartibida joylashtirib chiqilgan va ta'rifi keltirilgan.