logo

Ma’lumotlar tuzilmasi, tuzilmalar ustida amallar.Dasturlash texnologiyasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1007.435546875 KB
Ma’lumotlar tuzilmasi, tuzilmalar ustida amallar.Dasturlash texnologiyasi
Reja:
1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ma’lumotlarni taqdim etish darajalari
2. Yozuvning ichki tuzilmasi
3.  Xotirada ma’lumotlarni ketma-ket va boglik takdim etish Axborot   tizimlarining   qo‘llanish   sohalari   turli-tuman.   Bunday   sharoitlarda   ikkita
bir   xil   tizimni   topish   qiyin.   Ular   asosiy   xususiyatlari   va   o‘ziga   xos   tomonlari   bilan
farklanadi,   masalan:   ishlov   berilayotgan   axborot   xarakteri,   maksadli   funksiyalari,
tizimning   texnikaviy   darajasi   va   xokazo.   Sanab   o‘tilgan   xususiyatlar   axborotni   xam
tizimda,   xam   foydalanuvchi   uchun   takdim   etish   shakli,   axborotga   ishlov   berish
jarayonlarining xarakteri va axborot tizimlarining muxit bilan o‘zaro alokasi, apparat va
dasturiy ta’minotning tarkibiga ta’sir etadi. Axborot tizimlarini asosiy belgilari bo‘yicha
tasniflash oldingi  bo‘limlarda ko‘rib chikilgan edi. Ravshanki, axborotni saqlash, ishlov
berish va izlash uchun kompyuterlardan foydalaniladigan avtomatlashtirilgan va avtomat
axborot tizimlarini ushbu ko‘rib chikish predmeti deb xisoblash kerak. So‘zsiz, bugungi
kunda   bu  tizimlar   funksional  imkoniyatlarining   kengligi,   axborotning  katta  massivlarini
saklash va ishlov berish kobiliyati bilan farklanadi. Bu tizimlarning o‘ziga xos xarakterli
xususiyati  kompyuterlardan  turli-tuman  agregatlarda  va  bo‘g‘inlarda,  xususan  axborotni
to‘plash, tayyorlash, uzatish va takdim etishda, keng foydalanishdan iborat. Har  kanday
axborot   tizimi   uning   uchun   kiritiladigan   axborot   manbai   va   takdim   etiladigan   axborot
iste’molchisi   hisoblanadigan   tashqi   muxit   kurshovida   ishlaydi.   Bunday   tizim   doirasida,
tizimga   kirishdan   boshlab   va   undan   chiqqunga   kadar,   axborot   okimi   bir   nechta   ishlov
berish   bosqichidan   o‘tadi.   Ma’lumki,   axborotga   ishlov   berishning   asosiy   boskichlariga
axborotni   to‘plash,   ro‘yxatga   olish   va   dastlabki   ishlov   berish,   aloka   kanali   bo‘ylab
manbadan kompyuterga uzatish, axborot massivlarini yaratish va saklab turish, axborotni
chikarib   berish   shakllarini   shakllantirish,   aloka   kanali   bo‘ylab   kompyuterlardan
iste’molchiga uzati щ , foydalanuvchi kabul kilishi uchun kulay shaklga o‘tkazish kabilar
kiradi   Axborot   tizimining   kompyuteriga   tushadigan   axborot   atrof-   muhitdagi   ob’ektlar
yoki   alohida   tarkibiykismlarning   qolatini,   algoritmlar   esa   unga   tashqi   muxitda   ishlov
berishning   tegishli   koidalariga   mos   bo‘lgan   ishlov   berishning   ba’zi   koidalarini   aks
ettiradi.   Kompyuterlarga   uzatiladigan   axborot   xotirada   axborot   massivlarini   xosil   kilib
joylashadi,   axborot   massivlari   esa   birgalikda   axborot   fondini   tashkil   etadi.   Axborot
massivlari   muayyan   tuzilma   tarzida   tashkil   etiladi,   u   xaqiqiy   olam   ob’ektining   tuzilish
tarkibi,   uning   ayrim   elementlari   o‘rtasidagi   alokalar   va   ularning   xarakterlari   bilan
boglikdir. Massiv xamda fond elementlari bilan umuman olganda ishlov berishning turli
operatsiyalari   amalga   oshiriladi,   kuyidagilar   ular   ichida   eng   asosiylari   xisoblanadi:
mantiqiy va arifmetik operatsiyalar, axborotni saralash va izlash, yuritish xamda tuzatish kiritish.   Bu   operatsiyalar   natijasida   axborotning   dolzarbligi   ta’minlanadi,   ya’ni   atrof-
muxit va uning kompyuterdagi modeli o‘rtasida zaruriy muvofiqlik ta’minlanadi. Bundan
tashkari,   chikarib   beriladigan   axborot   ishlov   berish   topshiriklariga   muvofik   ravishda
shakllantiriladi.
Avtomatlash tirilgan axborot tizimlarida 
ma’lumotlarni takdim etish daraj alari Ilgari belgilanganidek, avtomatlashtirilgan axborot
tizimlari hakiqiy olamdagi ob’ektlar to‘g‘risidagi axborotni saklaydi va ishlov beradi. 
Katta ob’ektlarni, ularning tabiiy murakkabligini xisobga olgan xolda, kompozitsiya 
tamoyillaridan foydalanib aloxida agregat va bo‘ginlarga bo‘lish kabul kilingan. 
Muayyan ob’ekt yoki uning bir qismini ta’riflovchi axborotning muayyan majmui 
mantikiy yozuv yoki oddiygina kilib yozuv deb ataladi. Muayyan sinfga oid ko‘plab 
ob’ektlarni ta’riflovchi yozuvlar to‘plami axborot massivlari deb ataladi. Hakiqiyolamda 
ob’ektlar va ularning aloxida agregatlari o‘rtasida turli darajadagi murakkablikka ega 
bo‘lgan muayyan munosabatlar va o‘zaro aloqalar mavjud bo‘ladi. Axborotga ishlov 
berish va saqlash tizimlarini ishlab chiqish jarayonida bu munosabatlar aniqlanadi va 
yozuvlar xamda axborot massivlarini strukturalash yo‘li bilan aks ettiriladi. Ma’lumotlar 
o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni aniqlab berishni ta’minlaydigan axborot 
massivlarining tashkiliy shakli ma’lumotlar tuzilmasi deb ataladi. Ma’lumotlarga EHM 
da ishlov berish jarayonida ularning axborot to‘liqligi yo‘qolmasligi, xaqiqiy olamda 
ob’ektlar o‘rtasidagi mavjud munosabatlarning ma’nosi buzilmasligi uchun tuzilmalarni 
doimiy kuzatib borish zarur, ya’ni ishlov berish jarayonidagi har kanday operatsiyalar 
ma’lumotlar tuzil masini buzmasligi kerak. Mantikiy darajada ob’ektlar va ularning tavsiflari o‘rtasidagi mavjud haqiqiy 
munosabatlarni aks ettiruvchi ma’lumotlarning mantikiy tuzilmalari bilan ishlanadi, bu 
tavsiflar ma’lumotlar tizimdan foydalanuvchiga kanday shaklda takdim etilishini 
ko‘rsatib beradi. Ma’lumotlarning mantikiy tuzilmalarini ishlab chikishda tizimdan 
foydalanuvchilarning axborotga extiyoji va bu axborot xal kilishi mo‘ljallanayotgan 
vazifalar xarakteri xam hisobga olinadi. Bu darajada axborot birligi mantikiy yozuv 
xisoblanadi, tegishli mantikiy yozuv bilan tavsiflanadigan ob’ekt muayyan belgilari - 
xususiyatlari bilan xarakterlanadi, ular yozuv atributlari shaklida ifodalanadi. Mantikiy 
darajada tizimning ishlab chikuvchisi ta’riflanadigan ob’ektlar sinfini to‘lik 
xarakterlovchi belgilar ro‘yxatini belgilaydi.  Belgilarning majmui va ularning o‘zaro 
alokasi mantikiy yozuvning ichki tuzilmasini belgilaydi.
Ma’lumotlarning mantiqiy tuzilmasi AAT da ular tugrisidagi ma’lumotlarga ishlov 
berilayotgan ob’ektlarni to‘liq ta’riflab berishi; ob’ektlar va ularning tavsiflari o‘rtasidagi
haqiqiy munosabatlarni mos ravishda aks etgirishi; tizimdan foydalanuvchilarning 
axborotga ehtiyojini qondirishni va ilovalarning topshiriklarini hal kilishni ta’minlashi 
zarur. Ob’ektning kaysi xususiyatlari yozuv atributlarida aks ettirilishi zarurligini tizim 
ishlab chiquvchisi yetarlilik tamoyillaridan kelib chiqqan holda hal kiladi. Ma’lumotlarni 
takdim etishning mantikiy darajasida tizimning texnik va matematik ta’minoti 
(kompyuter turi, xotira kurilmasi (XQ) turi, dasturlashtirish tili, operatsion tizim) xisobga
olinmaydi. Saklash darajasida saklanadigan tuzilmalar - kompyuterlar xotirasidagi 
ma’lumotlarning mantikiy tuzilmalari bilan operatsiyalar bajariladi. Saklash tuzilmasi 
to‘laligicha ma’lumotlarning mantikiy tuzilmasini aks ettirishi va uni AAT 
(avtomatlashtirilgan axborot tizimlari) ishlash jarayonida qo‘llab turishi zarur. Bu 
darajada xam axborot birligi mantikiy yozuv xisoblanadi. AAT hech kanday buzilishga 
yo‘l qo‘ymay mantikiy darajani saklash darajasiga o‘tkazishi kerak. Mashinaning 
operativ xotirasi va tashki xotira turli imkoniyatlarga ega, shuning uchun OX (operativ 
xotira) va TXQ (tashqi xotira kurilmalari) da ma’lumotlarni tashkil etish vosita va 
usullari xam turlichadir. Saklash tuzilmalarini ishlab chiqish yoki tanlashda ma’lumotlar 
saklanadigan XQ turi xisobga olinadi, ma’lumotlarning turi va formati belgilanadi, 
shuningdek mantikiy tuzilmalarni dolzarb xolatda saklab turish usuli aniklanadi. 
Ma’lumotlarni OX va TXQ da takdim etishning turli usullari ma’lum, ma’lumotlarning 
aynan bitta mantikiy tuzilmasi kompyuter xotirasida turli saklash tuzilmalari bilan  amalga oshirilishi mumkin. Saklashning xar bir tuzilmasi ma’lumotlarga kirishning 
muayyan usuli va ular bilan operatsiyalarni bajarishning muayyan imkoniyatlaridan 
iborat. U ma’lumotlarni joylashtirish uchun zarur bo‘lgan xotira xajmi bilan 
xarakterlanadi. Ma’lumotlarga ishlov berish samaradorligi bevosita saklash tuzilmasini 
tanlashga bog‘liq. 
Xotira tuzilishini ishlab chiqishda muayyan texnika vositalarning parametrlari taxlil 
kilinadi: xotira turi va xajmi, adresatsiya usuli, ma’lumotlarga kirish usuli va vakti. Bu 
darajada kompyuterning asosiy va tashqi xotirasi o‘rtasida ma’lumotlar bilan almashinish
vazifalari xal kilinadi.
B
archa darajadagi ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqishda ma’lumotlarning mustaqillik 
tamoyili ta’minlanishi kerak. Ma’lumotlarning jismoniy mustakilligi ma’lumotlarning 
jismoniy joylashishi va tizimning texnika ta’minotidagi o‘zgarishlar mantikiy tuzilmalar 
va amaliy dasturlarga ta’sir etmasligi, ya’ni ularda o‘zgarishlarga sabab bo‘lmasligi 
kerakligini anglatadi. Ma’lumotlarning mantikiy mustakilligi saklash tuzilmalaridagi 
o‘zgarishlar ma’lumotlarning mantikiy tuzilmalari va amaliy dasturlarda o‘zgarishlarga 
olib kelmasligi zarurligini anglatadi. Bundan tashqari, yangi foydalanuvchilar va yangi 
so‘rovlarning paydo
bo‘lishi munosabati bilan ma’lumotlarning mantiqiy tuzilmalariga kiritiladigan 
o‘zgarishlar tizimning boshka foydalanuvchilari amaliy dasturlariga ta’sir etmasligi 
kerak. 
Elementar ma’lumotlarni dastur butunligicha o‘qiydi va ishlov beradi, ularning 
qismlariga kirish mumkin emas. Odatda bu ma’lumotlar axborot izlashning bevosita 
ob’ekti bo‘lmaydi, lekin bir kator xollarda ulardan erkin foydalanish ta’minlangan 
bo‘lishi kerak. Masalan, izlash jarayonida ayrim simvollarni solishtirish zaruriyati yuzaga
kelishi mumkin. Har bir turning elementar ma’lumotlari xotirada takdim etishning  muayyan shakliga ega bo‘ladi, ularni saklash uchun katiy belgilangan xotira hajmi 
ajratiladi. Elementarma’lumotlarni saqlash formatlarini bilish ma’lumotlar massivlari va 
dasturlarni joylashtirish uchun zarur xotira hajmini hisoblab chikish imkonini beradi. 
Yozuv maydoni ikkinchi daraja elementi xisoblanadi. Bu muayyan ma’noga ega bo‘lgan,
lekin ma’no jixatidan tugal bo‘lmagan elementar ma’lumotlarning ketma-ketl i gidir. 
Aloxida yozuv maydonini xosil kialidgan ma’lumotlar tegishli belgini - ob’ekt 
xususiyatini ta’riflab beradi. Ob’ektning xar bir belgisi o‘z nomi va maksadiga ega (5.1-
rasm.). Masalan, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar AAT da saklanayotgan talabalar uchun 
belgilar sifatida talabalik biletining nomeri, familiyasi va o‘zlashtirishning o‘rtacha 
ballidan foydalanish mumkin. Har bir anik tal aba bu belgilarning muayyan qiymatlari 
bilan tavsiflanadi, masalan, belgining nomi URTAChA BALL, kiymati - 4,7. Ayrim 
talabalar bir nomdagi belgilarning qiymatlari bilan farqlanadilar. Shunisi ravshanki, 
ob’ektni tavsiflovchi belgilarning soni yozuvdagi maydonlar mikdorini belgilaydi. Har 
bir maydonga tegishli belgining kiymati joylashtiriladi. Yozuv maydoni nomlanadi, 
bunda maydon nomi belgining nomiga mos tushishi xam mumkin. Ishlov berish yoki 
izlash jarayonida yozuvni identifikatsiyalash uchun foydalaniladigan belgi kalitli yoki 
yozuv kaliti deb ataladi. Kalitdan iborat bo‘lgan yozuv maydoni kalitli maydon deb 
ataladi. Agar kalitning mavjud bo‘lishi mumkin qiymatlaridan har biri yagona yozuvni 
identifikatsiya kiladigan bo‘lsa, kalit noyob deb ataladi. Masalan, talabalik biletining 
nomeri ushbu oliy o‘quv yurtining talabalari to‘grisidagi ma’lumotlarni saklayotgan 
massivning xar bir yozuvi uchun noyob xisoblanadi. Yozuvda xizmat axborotlarini: 
kaydlar, dalillar va turli ko‘rsatkichlarni saqlash uchun qo‘shimcha maydonlar ko‘zda 
tutilishi mumkin. Yozuv maydoni turli ilovalarda, shuningdek bu maydon asosiy kalitli 
maydon bo‘lgan xollarda axborot izlash ob’ekta bo‘lishi mumkin. Lekin, ilgari kayd etib 
o‘tilganidek, yozuv maydoni ma’no jihatidan tugallikka ega emas. Masalan, O‘RTAChA 
BALL maydoni izlash ob’ekta bo‘lishi mumkin, ammo bu maydonning kiymati 
talabaning familiyasi, ismi va otasining ismi ma’lum bo‘lgandan keyingina axborot 
qimmatiga ega bo‘ladi. Yozuv maydoni tushunchasini mashina xotirasi maydoni 
tushunchasi bilan bir xil, deb karamaslik kerak. Bu tushunchalar ma’lumotlarni takdim 
etishning turli darajalariga xosdir. Yozuv maydonini saklash uchun mashina xotirasining 
xam kaydlangan, xam o‘zgaruvchan uzunlikdagi birligidan foydalanish mumkin. 
Yozuvlar maydoni ma’lumotlar guruxiga (ma’lumotlar agregata, guruhiy ma’lumot)  birlashtiriladi. Ma’lumotlar guruhi - yozuv ichki tuzilmasining uchinchi darajali 
elementi- yaxlit bir butun sifatida qaraladigan ma’lumotlarning nomlangan elementlari 
majmuidan iborat. Masalan, MANZIL nomiga ega bo‘lgan ma’lumotlar guruhi 
ShAHAR, KO‘ChA, UY NOMERI, XONADON NOMERI kabi ma’lumotlar 
elementidan tashkil topadi. Guruh o‘z elementi sifatida boshqa ma’lumotlar guruxiga ega
bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar guruhi muayyan ma’noga ega va izlash ob’ekta bo‘la 
oladi, lekin ma’no jihatidan tugallanganlikka ega emas. Masalan, manzilni, u kimning 
manzili ekanligi ma’lum bo‘lsagina, bilish foydalidir. Mantikiy yozuv — bu maydonlar 
yoki ma’lumotlar guruhining nomlangan majmuidan iborat. Yozuv aloxida mantikiy 
birlik xisoblanadi va ma’no jihatidan tugal bo‘ladi. Har bir yozuv yakka bir ob’ektni yoki
ob’ektlar sinfini ta’riflaydi. Mantiqiy yozuv axborot izlashning bevosita predmeti, 
axborotga ishlov berishning asosiy birligi xisoblanadi. Maydonlar ro‘yxati, ularning 
joylashish ketma-ketligi va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar yozuvning ichki tuzilmasini 
tashkil etadi, u oxir-oqibatda yozuvning turini belgilaydi. Yozuv maydonlari biri 
ikkinchisidan keyin ketma-ket joylashishi mumkin, bu xolda yozuv strukturalanmagan 
deb ataladi. Yozuv strukturalangan, maydonlar o‘rtasida murakkab nochizikiy aloqalar 
bilan boglangan bo‘lishi mumkin.  Yozuvlarni strukturalash ma’lumotlar bazasining 
asosiy konsepsiyalaridan birini tashkil etadi. Ma’lumotlar tuzilish i tasnif i Ilgari AAT larning ishlash jarayonida yozuvlar va 
massivlar o‘zgaradi, deb aytilardi. Bunda massivlarga yangi yozuvlar qo‘shiladi va kerak 
bo‘lmay qolgan yozuvlar o‘chiriladi. Shu munosabat bilan massivlar bilan amalga 
oshiriladigan operatsiyalar va massivlarni tashkil etadigan ayrim yozuvlarning ichidagi 
ma’lumotlar ustida bajariladigan operatsiyalar farklanadi. Yozuvlarni ko‘shish (kiritish) 
va o‘chirish (chikarib tashlash) dan iborat bo‘lgan axborot massivini dolzarb xolatda 
saqlab turish jarayoni yuritish deb ataladi. Ob’ektlarning ayrim tavsiflari vaqt o‘tishi 
bilan o‘zgarishi mumkin, shuning uchun yozuvlarga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish 
zarur. Yozuvlarga o‘zgartirishlarni kiritish jarayoni tuzatish yoki modifikatsiya deb 
ataladi. AAT da amalga oshiriladigan xar kanday operatsiyaning oxirgi maksadi yozuv 
xisoblanadi. Muayyan yozuvga yangi yozuvlarni qo‘shish, eskilarini o‘chirish yoki 
tuzatish, undagi axborotga ishlov berish uchun eng avvalo kerakli yozuvni yoki uning 
massivdagi joyini topish zarur. Shuning uchun izlash operatsiyalari axborotni saklash va 
ishlov berish tizimlari uchun an’anaviy bo‘lib, AAT da eng ko‘p bajariladigan 
operatsiyalar deb xisoblash mumkin. Yozuvni izlash imkon qadar tez amalga oshirilishi 
zarur, chunki izlash vakti ma’lum darajada axborotga ishlov berish umumiy vaktini 
belgilaydi. Ravshanki, AAT ning bu xususiyatlari saklash darajasi qanday tashkil 
etilganligi va massivlar hamda fayllarda yozuvlarni izlash uchun qanday koidalar, 
algoritmlar kabul kilinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Axborot massivining «hayotiyligini»  ta’minlash uchun ma’lumotlarni tashkil etuvchi tuzilmalar massivni yuritish va ayrim 
yozuvlarni tuzatish, yozuvlarni tezkor izlash imkonini berishi, massivlar uchun 
xotiraning kam sarflanishini ta’minlashi kerak. Yukorida sanab o‘tilgan talablar qarama-
qarshi talablardir, shuning uchun AAT ning bitta tavsifini yaxshilashga olib keladigan 
talablarni kuchaytirish uning boshqa tavsiflari yomonlashishiga olib kelishi mumkin. 
Ma’lumotlarning tuzilmalarini tanlashda ko‘pincha bu masalaning xar tomonini xisobga 
oladigan yechimlarga to‘xtalinadi
Ma’lumotlartuzilishichiziqiyvanochiziqiytuzilmalarga bo‘linadi. Noziqiy tuzilmalarda 
chiziqiylardan farqli o‘larok tuzilma elementlari (yozuvlar) o‘rtasidagi aloqa bo‘ysunish 
munosabatlari yoki qandaydir mantiqiy shartlar  bilan belgilanadi. Ma’lumotlarning 
chizikiytuzilmalariga massiv, stek, navbat, jadval kiradi. Nochizikiy tuzilmalarga 
daraxtlar, graflar, kup bog‘lanishli ro‘yxatlar va ro‘yxatli tuzilmalar kiradi. 
Ma’lumotlarning bir kator tuzilmalari yozuvga boshqa yozuvni qo‘shish yoki o‘chirish 
imkonini bermaydi, fakat yozuvni tuzatishga yo‘l ko‘yadi. Bu o‘l chami qayd etilgan 
tuzilmalardir. O‘lchami o‘zgaruvchan tuzilmalar yozuvlarga yangi yozuvlarni kiritish, 
o‘chirish imkonini beradi va bu bilan axborot massivning dinamik ravishda o‘zgarishiga 
imkon beradi. Kompyuter xotirasida tuzilmalarning kanday usulda (ketma-ket yoki 
boglik) berilishiga boglik holda o‘lchami o‘zgaruvchan tuzilmalarga yoki oldindan zahira
sifatida saklab turilgan xotira blokida, yoki butunlay bo‘sh bo‘lgan manzil makonida 
o‘sish va kamayish imkoniyati beriladi. Birinchi xolda tuzilma elementlari sonini 
oldindan bilish va axborot massivining eng katta o‘lchami uchun xotira blokini ajratish 
zarur. Agar tuzilma elementlarining soni mo‘ljaldagidan ko‘p bo‘lsa, ortikcha 
elementlarni xotirada joylashtirib bo‘lmaydi. Agar elementlar kamrok bo‘lsa, xotira  uchastkasidan foydalanilmay koladi. Ma’lumotlar boglik xolda berilganda o‘zgaruvchan 
o‘lchamli tuzilmalar bemalol o‘sishi va kamayishi mumkin.  Tuzilma elementlari soni 
ilgaridan ma’lum bo‘lmasligi mumkin.
Ma’lumotlarning turli tuzilmalari o‘z elementlariga xdm turlicha yondashish imkonini 
beradi: ba’zi bir tuzilmalarda uning har kanday elementiga, boshkalarida esa fakat kat’iy 
belgilangan elementga kirish mumkin. Elementlarga kirishning cheklanishi kerakli 
yozuvlarni izlab topish vakti oshishiga olib keladi. Ma’lumotlar tuzilishi bir turda va bir 
necha turda bo‘lishi mumkin. Bir turdagi tuzilmalarda barcha elementlar bir turdagi 
yozuvlardan iborat bo‘ladi. Bir turda bo‘lmagan tuzilmalarda turli tipdagi yozuvlar bitta 
tuzilmaning elementlari bo‘lishi mumkin.
Xotirada ma’lumotlarni ketma-ket va boglik takdim etish
 Kompyuterlarning xotirasida ma’lumotlar saklash darajasida ketma-ket yoki o‘zaro 
bog‘liq holda joylashishi mumkin (5.7-rasmga karang). Demak, ma’lumotlarni 
saklashning ularni tegishlicha ketma-ket va bog‘liq xolda takdim etishdan foydalanadigan
saklash tuzilmalari farklanadi. Ketma-ket takdim etishda ma’lumotlar mashina xotirasida 
ketma-ket joylashgan ko‘shni uyalarda joylashtiriladi. Bunda yozuvlar joylashuvining 
jismoniy tartibi mantikiy tuzilma bilan belgilanadigan mantikiy tartibga to‘la mos 
bo‘ladi, ya’ni mantikiy tuzilma ma’lumotlar joylashuvining jismoniy tartibi bilan qo‘llab-
kuvvatlanadi. Xotiraning ketma-ket uyalarida joylashtirilgan yozuvlarning majmui 
ketma-ket ro‘yxat deb ataladi. Axborot massivini ketma-ket ro‘yxat shaklida saklash 
uchun xotirada massivning eng katta o‘lchamiga mos bo‘sh uyalar bloki ajratiladi. 
Quyidagi: V yozuv, A yozuv, F yozuv, S yozuv, ..., N yozuv mantikiy tartibiga ega 
bo‘lgan yozuvlar mashina xotirasida 5.7a-rasmda ko‘rsatilgandek tartibda joylashtiriladi. 
Yangidan paydo bo‘ladigan yozuvlar blokning oxirida xotiraning bo‘sh uchastkasida  joylashadi. Agar yangi yozuvlarning mikdori zahira blokidagi bo‘sh uyalar sonidan ko‘p 
bo‘lsa, bu yozuvlarni xotirada joylashtirib bo‘lmaydi. Agar yozuvlar mo‘ljallanganidan 
kam bo‘lsa, xotirada foydalanilmagan uyalar koladi. Axborot massivini yuritish 
jarayonida yozuvlar qo‘shiladi va chikarib tashlanadi. Yangi yozuvlar ro‘yxatning oxiriga
qo‘shiladi. Masalan, (N + 1)-yozuv 100 + (N + 1) manzilli uyada joylashtiriladi. 
Yozuvlarni o‘chirishda xotirada bo‘sh uyalar koladi. 5.7b-rasmda (N + 1)-yozuv 
qo‘shilgan va ikkita yozuv: A yozuv va G‘ yozuv o‘chirilgan. 102 va 103 uyalar bo‘shab 
qolgan. Xotiraning bo‘sh uyalari bo‘lgan ro‘yxat zich bo‘lmaydi. Vakt o‘tishi bilan ancha
uyalar bo‘shab qolishi mumkin. Xotiraning bu uchastkalari bo‘shligicha qolmasligi 
uchun vaqti-vaqti bilan butun ma’lumotlar massivi kayta yoziladi, bunda barcha yozuvlar
5.7,6-rasmda ko‘rsatilganidek suriladi. Massivni qayta yozish qo‘shimcha mashina 
vaktining sarflanishini talab etadi. Massivni tuzatish jarayonida yangilanishi zarur 
bo‘lgan yozuvlar xotiradan o‘qiladi va ularga zaruriy tuzatishlar kiritiladi. Tuzatilgan 
yozuvlar xotiraning bo‘sh uyalariga ro‘yxat oxiriga yoziladi. Ma’lumotlarning ketma-ket 
takdim etilishidan odatda massivning chegaraviy o‘lchamini oldindan aytish mumkin 
bo‘lgan xollarda chizikiy ma’lumotlar tuzilmasini amalga oshirish uchun foydalaniladi. 
AAT ilovalari ko‘pincha uzluksiz ravishda yangilanadigan, tuzatiladigan ma’lumotlar 
bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi va ma’lumotlarning ketma-ket ro‘yxat shaklida takdim 
etilishi xotiradan samarasiz foydalanishga, mashina vaktining massivni kayta yozishga 
sarflanishiga olib keladi. Bir qator topshiriqlar uchun ma’lumotlarning ketma-ket takdim 
etilishi umuman maksadga nomuvofiq. Bunday xollarda ma’lumotlar tuzilmasini tashkil 
etishda boglanishli takdim etishdan foydalaniladi.
Ma’lumotlarni boglanishli takdim etishda har bir yozuvda ko‘shimcha maydoncha ko‘zda
tutiladi, unga ko‘rsatkich (ishora  ) joylashtiriladi.  Bu xolda yozuvlar ketma-ketligining  jismoniy tartibi mantikiy tartibga mos kelmasligi mumkin. Mashina xotirasida yozuvlar 
istalgan bo‘sh uyaga joylashadi va o‘zaro ko‘rsatkichlar bilan boglanadi, ular mantiqan 
ushbu yozuvdan keyin keladigan yozuv joylashgan joyni ko‘rsatib turadi. Ko‘rsatkichni 
ko‘pincha keyingi yozuv saklanadigan xotira uyasining manzili sifatida xam karash 
mumkin. Ma’lumotlarni o‘zaro boglangan xolda takdim etishga asoslangan saklash 
tuzilmalarini boglangan ro‘yxatlar deb xam atashadi. Agar xar bir yozuv bitta 
ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ro‘yxat bir boglanishli, ko‘rsatkichlar soni ko‘p bo‘lsa, ro‘yxat 
ko‘p boglanishli bo‘ladi. Ma’lumotlar tuzilmasi yozuvlarning kuyidagi mantikiy ketma-
ketligini aks ettiradi deylik: A yozuv, V yozuv, S yozuv, G‘ yozuv. Yozuvlar 01, 03, 05, 
10 manzilli xotira uyalarida joylashtirilgan. Har bir yozuvning ko‘rsatkich maydonida 
aloka manzili (AM) joylashadi va u mantiqan shu yozuvdan keyingi yozuvning uyasi 
manzilini belgilab beradi. Massivni saklash tuzilmasi 5.8,a-rasmda ko‘rsatilgan. Bu 
rasmda strelkalar bilan yozuvlarni o‘kish tartibi ko‘rsatilgan. Uyalardan biri - bosh uya - 
ro‘yxatning birinchi yozuvi joylashgan uyani ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichga ega. 
Ko‘rsatkichlarga muvofik 01 uyaning ichidagi yozuv (A yozuv) o‘kiladi, keyin 05 (V 
yozuv), 03 (S yozuv), 10 (G‘ yozuv) uyalarning yozuvlari o‘kiladi. Ro‘yxatning oxirgi 
yozuvi ko‘rsatkich maydonidagi AM O belgisi ro‘yxatning oxirini bildiradi. AM O 
belgisi o‘rniga tizim tomonidan ko‘rsatkich sifatida kabul qilinmaydigan 
ma’lumotlarning istalgan elementidan foydalanish mumkin.
ma’lumotlar bilan turli operatsiyalarni bajarish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi va 
saqlash tuzilmalarining katta moslashuvchanligini ta’minlaydi. Boglangan ro‘yxatni 
yuritish jarayonida yangi yozuvlarni qo‘shish va eskilarini o‘chirish massiv elementlarini 
qayta yozishni talab etmaydi, balki tegishli ko‘rsatkichlarni yozuvlarning mantikiy  tartibini buzmagan holda o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bir boglanishli 
ro‘yxatni yuritish jarayonida ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish protsedurasini ko‘rib chiqamiz. 
O‘chirish operatsiyasini bajarishda o‘chirilayotgan yozuv o‘zining barcha maydonlari, 
shu jumladan ko‘rsatkich maydoni bilan bilan birga massivdan chikariladi. Bunda 
ko‘rsatkichlar zanjiri uziladi va ro‘yxatning keyingi yozuvlariga kirish mumkin bo‘lmay 
qoladi. Mantiqiy jihatdan o‘chirilayotgan yozuvdan keyin keladigan yozuv ko‘rsatkichi 
«osilgan» deb ataladi, chunki u mavjud bo‘lmagan yozuvni ko‘rsatib turadi va 
ro‘yxatning yozuvlar zanjiri unda uziladi. Yozuvlar ergashishining mantikiy zanjiri 
o‘zgarmasligi uchun yozuvni o‘chirishdan oldin ko‘rsatkichlarni almashtirish kerak. 
Bunda o‘chirilayotgan yozuv ko‘rsatkichining kiymati mantikan undan oldingi yozuv 
ko‘rsatkichi maydoniga kiritiladi. Ro‘yxatdan 03 manzilli uyada saklanayotgan va AM 
10 aloka manziliga ega bo‘lgan S yozuvini chiqaramiz (5.8a-rasm). Buning uchun undan 
oldingi yozuv (V yozuv)ning ko‘rsatkich qiymatini AM 10 ga o‘zgartiramiz. Endi S 
yozuviga o‘tib bo‘lmaydigan va S yozuv ro‘yxatdan chiqarilgan bo‘lib qoldi (5.8b-rasm).
Bo‘shagan uya ko‘rsatkichlar yordamida bo‘sh uyalarning boglangan ro‘yxatiga 
ko‘shiladi. Yozuvlarni o‘chirishning boshqa usuli ham bor, bunda chiqarib 
tashlanayotgan yozuv maxsus o‘chirish belgisi bilan belgilanadi, jismonan esa ro‘yxatda 
qolaveradi. Bu xolda ko‘rsatkichlar maydonidan erkin foydalanish mumkin, yozuvlar 
zanjiri buzilmaydi va ko‘rsatkichlarni almashtirish talab etilmaydi. Bir boglanishli 
ro‘yxatga yangi yozuv kiritish uchun bo‘sh uyalar ro‘yxatidan birinchi uya olinadi, uning 
axborot maydoniga yangi yozuv joylashtiriladi, ko‘rsatkich maydoniga esa mantikiy 
jixdtdan undan keyin keladigan yozuv saklanadigan manzil kiritiladi. Yangi yozuvli uya 
manzili esa mantiqan undan oldingi yozuvning ko‘rsatkichi bo‘lib qoladi. Yangi 
yozuvlarni joylashtirish uchun istalgan bo‘sh uyadan foydalanilishi mumkinligi uchun 
ro‘yxatni cheklanmagan tarzda ko‘paytirib borish mumkin va buning uchun oldindan 
xotirani zax,iralash talab etilmaydi. 5.8-rasmda mantikan S yozuvidan keyin keladigan 
yangi kiritilgan D yozuvli ro‘yxat tasvirlangan. D yozuv 15 manzilli uyaga 
joylashtiriladi. Ko‘rsatkichlar almashtirilgandan so‘ng yozuvlarning A yozuv, V yozuv, S
yozuv, D yozuv, G‘ yozuv mantikiy ketma-ketligini ta’minlaydigan 01, 05, 03, 15 va 10 
xotira uyalarini o‘qish tartibi belgilanadi. Bir boglanishli ro‘yxatni yopik halqa shaklida 
tashkil etish mumkin (5.9-rasm). Bu xolda birinchi yozuvning manzili oxirgi yozuvning 
ko‘rsatkichi bo‘ladi. Bunday ro‘yxat yana siklik ro‘yxat xam deb ataladi. siklik ro‘yxatni  istalgan uyadan boshlab ko‘rib chiqa boshlash mumkin. Ko‘rib chikilgan yozuvlar soni 
ro‘yxatdagi yozuvlar umumiy soniga yoki ko‘rsatkichning birinchi o‘qilgan uya manzili 
bilan to‘g‘ri kelishi ko‘rib chiqishning tugaganligi shartidir. Oxirgi xolatda birinchi 
o‘kilgan uya manzili eslab kolinishi va xar safar navbatdagi yozuvni o‘qishda uning 
ko‘rsatkichi bilan solishtirilishi kerak.
Ma’lumotlarni boglangan xolda takdim etishdan ma’lumotlarning nochizikiy 
tuzilmalarini saklash uchun, shuningdek axborot massivining eng chegaraviy o‘lchami 
oldindan noma’lum bo‘lgan (demak, xotira o‘lchamiga talablarni xam oldindan belgilab 
bo‘lmaydi); axborot massivi tez-tez o‘zgartirib turiladigan, ma’lumotlar ustida ko‘p sonli 
qo‘shish va o‘chirish operatsiyalari bajariladigan xollarda chiziqiy tuzilmalarni amalga 
oshirish uchun foydalaniladi. EHM xotirasida ma’lumotlarni kanday takdim etishni 
tanlash masalasini xal kilishda ma’lumotlarni boglangan tarzda takdim etish 
ko‘rsatkichlar uchun mashina xotirasining qo‘shimcha sarflanishiga olib kelishini yodda 
tutish zarur. Bir kator vazifalarni bajarishda boglangan ro‘yxat bo‘yicha har ikki 
yo‘nalishda xarakat kilish imkoniyatiga ega bo‘lish zarur. Buning uchun ro‘yxatning har 
bir elementiga qo‘shimcha ko‘rsatkich kiritiladi, u ro‘yxat bo‘yicha teskari yo‘nalishda 
harakat qilishni belgilaydi. Bunday ro‘yxat ikki yo‘nalishli deb ataladi. Ko‘rsatkich 
maydoniga mantikan ushbu yozuvdan oldin keladigan yozuvli uya manzili kiritiladi 
(5.10a-rasm). Bosh uya bu xolda ro‘yxatning birinchi va oxirgi uyasi ko‘rsatkichlariga 
ega bo‘ladi. Ikki yo‘nalishli ro‘yxatda izlash ishlarini ro‘yxatning xam boshidan, xam 
oxiridan boshlash mumkin. Yozuvlarni qo‘shish (o‘chirish) jarayonida ikki boglanishli 
ro‘yxatda, 5.106-rasmda ko‘rsatilganidek, to‘g‘ri va teskari ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi 
yuz beradi. Teskari ko‘rsatkichning mavjudligi ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish algoritmini 
soddalashtirish imkonini beradi, chunki o‘chirilayotgan yozuvning teskari ko‘rsatkichi 
mantikan bu yozuvdan oldingi yozuv uyasining manzilini saklab koladi.
Bitta boglanishli ro‘yxatda bu manzilni qo‘shimcha protseduralar yordamida aniklash 
zarur. Ikki yo‘nalishli ro‘yxatdan foydalanishda axborot massivlarini izlash va yuritish 
jarayonlari tezlashadi, lekin ko‘rsatkichlar uchun xotira sarfi oshadi. Ma’lumotlarni  boglik xolda takdim etishni amalga oshirish uchun dasturlashtirish tili muayyan 
vositalarga, xususan «ko‘rsatkich» tipidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.
Ma’lumotlar tuzilmasi M (I) massiv sifatida belgilangan bo‘lsin. Yozuvlar 
joylashishining jismoniy tartibiga mos kelmaydigan massiv elementlarini o‘kish tartibini 
belgilash uchun ko‘rsatkichlarning yordamchi vektorini N(J) tashkil etish mumkin, uning 
elementlari - yaxlit sonlar - asosiy massiv yozuvlarining tartib nomerini (indeksini) 
belgilab beradi. 5.11-rasmda ikkita bir o‘lchamli massiv: ko‘rsatkichlar massivi N(J) va 
M(1) yozuvlarning asosiy massivi, shuningdek modellashtirilayotgan ro‘yxat aks 
ettirilgan. Asosiy massivni o‘qish protsedurasi I = N(J) ekanligini xisobga olgan xolda 
tashkil etiladi. Shunday qilib N(J) vektor J kiymati 1 dan 4 gacha o‘zgarganda asosiy 
massivning yozuvlarini o‘qishning kuyidagi tartibini belgilab beradi: A yozuv, V yozuv, 
S yozuv, D yozuv. Massiv tuzilmasi yordamida boglangan xolda takdim etilgan 
ma’lumotlarni modellashtirishning boshqa usulidan foydalanish mumkin. Bunda 
massivning xar bir elementi bir nechta (kamida ikkita) maydondan iborat bo‘lishi kerak. 
Oxirgi maydon ko‘rsatkich uchun ajratiladi. Bu maydonning kiymati (butun son) 
boglangan ro‘yxatning keyingi elementi hisoblanadigan massiv elementining indeksi 
yoki nomeridan iborat bo‘ladi.
Elementar ma’lumotlar
 Elementar ma’lumotlar (sonlar, simvollar, mantikiy ma’lumotlar, ko‘rsatkichlar) 
mashina ichida ma’lum tarzda joylashadi va EHM xotirasining muayyan birliklarini 
egallaydi. Bu axborot massivlarini joylashtirish uchun zarur xotira hajmini hisoblab 
chiqish imkonini beradi. Sonli ma’lumotlar barcha dasturlashtirish tillarida bor. Ularga 
yaxlit, moddiy va kompleks sonlar kiradi. Yaxlit sonlar ikkilik va o‘nlik shakllarida  berilishi mumkin. Yaxlit sonlarni ikkilik shakllarida saklashda bitta son uchun bitta 
mashina so‘zi ajratiladi. Chetki o‘ng bit belgi uchun ajratiladi. Musbat 0 bilan, manfiy - 1
bilan kodlanadi (5.12-rasm). Sonlar uchun joylar o‘ngdan chapga karab ajratiladi, sonlar 
bilan egallanmagan kolgan joylar nollar bilan to‘ldiriladi. Manfiy sonlar odatda 
ko‘shimcha kod bilan beriladi. Sonlarni o‘nlik shaklida saqlashda sonning xar bir o‘nlik 
rakami to‘rt razryadli ikkilik kodi bilan kodlanadi, ya’ni baytda ikkitadan o‘nlik rakamlar
eslab kolinadi. Sonlarni saklashning bunday shakli joylangan o‘nlik shakl deb ataladi. 
Belgi uchun chetki o‘ng yarim bayt ajratiladi, musbat 1100, manfiy - 1101 kodiga ega 
bo‘ladi. Masalan, joylangan o‘nlik shaklida takdim etilgan +9613 soni kuyidagi 
ko‘rinishda yoziladi: 1001 0110 0001 OOP 1100.
Moddiy sonlar kaydlangan va suzuvchi vergulli shaklda takdim etilishi mumkin. 
Qaydlangan vergul (nukta) li moddiy sonlar yaxlit sonlar kabi saklanadi. Saklash 
tuzilmasida nuktaning x.olati aks ettirilmaydi, u translyator bilan kayd etiladi. Katta 
razryadlilikka ega sonlar odatda suzuvchi nuktali shaklda takdim etiladi. Ular ikki kiem: 
mantissa va tartibdan iborat bo‘ladi. Har ikki qismni saqlash uchun odatda mashina so‘zi,
ba’zi kompyuterlarda ko‘sh so‘z ajratiladi. Tartib quyidagicha saqlanadi - katta chap 
baytda, bu baytning chap bitidan mantissa beligsini saqlash uchun foydalaniladi (5.14-
rasm). Son mantissasi ikkilik, sakkizlik yoki o‘n oltilik shaklida takdim etilishi mumkin. 
Ko‘p kompyuterlar suzuvchi nuktali sonlarni ikkilangan aniklik bilan berish imkoniyatiga
ega. Ular uchun ajratiladigan xotira hajmi ikki marta ko‘paytiriladi.
Simvolli ma’lumotlarga lotin va Kirill alifbosining harflari, bosh va kichik harflar, 
rakamlar, operatsiya belgilari va maxsus simvollar, boshkaruvchi simvollar kiradi. Lotin 
va rus harflari, rakamlar, operatsiya belgilari va maxsus simvollardan ma’lumotlarga 
ishlov berish vazifalarini bajarish, matnni shakllantirish, dasturlarni yozish uchun 
foydalaniladi. Boshkaruv simvollaridan ma’lumotlarni strukturalash, axborotlarni uzatish, fayllarni tuzish uchun foydalaniladi. Turli kompyuterlar simvollarning turli to‘plamlari 
bilan ishlaydi va turli simvol kodlaridan foydalanadi. Odatda simvollar uch razryadli 
sakkizlik kod ASCII bilan kodlanadi. Xotirada saqlash uchun xar bir simvolning 
sakkizlik kodi ikkilik kodga o‘zgartiriladi va unga bir bayt ajratiladi. Baytning chetki 
chap bitidan nazorat razryadini saqlash uchun foydalaniladi. Mantikiy ma’lumotlar faqat 
ikkita kiymat: «xa» va «yo‘q» ni kabul kiladi. Mantikiy ma’lumotlar bilan Bul 
algebrasining turli operatsiyalari amalga oshiriladi: OR, AND, NOT - inversiya va 
boshkalar. Mantikiy kattaliklarning mashina xotirasida takdim etilishi dasturga ishlov 
beruvchi translyator va kompyuter turiga bog‘liq. Mantikiy ma’lumotlarni saklash uchun 
agar ular «haqiqat» bo‘lsa kiymati 1 ga teng, «yolgon» bo‘lsa 0 ga teng bo‘lgan bitta 
bitdan foydalanish mumkin bo‘lardi, lekin aksariyat mashinalarda xotiraning yagona 
bitidan foydalanish imkoniyati yo‘k. Saklashning boshka usulida mantikiy elementni 
takdim etish uchun mashina so‘zi ajratiladi. Bu xolda -TRUE- i -FALSE- kiymatlari 
mashina so‘zining chetki chap baytida tegishlicha sakkizta birlik va sakkizta nolli bitlar 
bilan takdim etiladi. Mantikiy kattaliklarni bunday takdim etish usuli mashina xotirasidan
samarasiz foydalanishga olib keladi. Lekin bunda mantikiy axborotga tez kirish 
ta’minlanadi, chunki mashina buyruklarini bajarishda mashina so‘zi OX va protsessor 
o‘rtasida almashinuvning yagona birligi xisoblanadi. Mantikiy kattalikni ifodalan uchun 
1 bayt dan foydalanish mumkin. «Hakiqat» kiymati chetki o‘ngrazryadda nollar va bitta 
birdan iborat bo‘lgan bitlarning ketmaketligi bilan kodlanadi. «Yolgon» kiymati 
nollardan iborat bo‘lgan bitlarning ketma-ketligi bilan kodlanadi. Bunday takdim etish 
ancha samarali, chunki u tezkor erkin foydalanishni ta’minlaydi va mashina xotirasidan 
tejab foydalanadi. Sonsiz operatsiyalarni amalga oshiruvchi dasturlarda ma’lumotlarning 
ancha foydali turi ayrim simvollar emas, balki ayrim simvollardan konkatenatsiya 
(ulanish) operatsiyasi bilan xosil kilinadigan simvollar katori xisoblanadi. Qatorlar ustida 
konkatenatsiya, kichik qatorni izlab topish va almashtirish, qatorlarning o‘xshashligini 
tekshirish, kator uzunligini belgilash kabi muayyan operatsiyalarni amalga oshirish 
mumkin. Qatorni xosil kiluvchi simvollar xotiraning ketmaket joylashgan baytlarida 
eslab kolinadi. Simvollarni ASCII ga kodlashda x,ar bir simvol uchun yo bayt ajratiladi, 
shuning uchun mashina so‘zida simvollarning butun soni joylashadi. Uzunligi 
kaydlangan katorni joylashtirish uchun talab etiladigan xotira xajmi dasturda e’lon 
kilinganga muvofik translyator bilan zaxira sifatida saklab ko‘yiladi. Eng katta o‘lchami  dasturda ko‘rsatilgan uzunligi o‘zgaruvchan qatorlar uchun qatorning eng katta uzunligi 
bo‘yicha xotira ajratiladi. Bitlar katori «O» va «1» simvollaridan iborat bo‘lgan simvollar
qatorining aloxida turi xisoblanadi. Bit qatorlarini xotirada saqlab qolish uchun xar bir 
elementga bitta ikkilik razryad ajratiladi. Mashinaso‘zida, masalan, uzunligi 32 bitdan 
iborat bo‘lgan bit katori joylashishi mumkin. Bit katorlari ustida simvol katorlari ustida 
bajariladigan operatsiyalarni bajarish mumkin. Ko‘rsatkich (bog‘lama, dalil) — bu 
o‘lchami kaydlangan ma’lumotlarning elementidir. Undan mashina xotirasida 
ma’lumotlarni boglangan xolda takdim etish uchun foydalaniladi. Ko‘rsatkich 
ma’lumotning mutlak yoki nisbiy manzili bo‘lishi mumkin. Nisbiy ko‘rsatkich shu 
sohaning ba’zi bazaviy manziliga nisbatan xotira soxasidagi surilish qiymatiga ega 
bo‘ladi. Ko‘rsatkich manzil bo‘lganligi uchun u xam xuddi manzil kabi saqlanadi. 
Aksariyat kompyuterlarda manzilni saklash uchun xotirada so‘z yoki yarim so‘z 
ajratiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
 1. Axborot texnologiyalari. Akademik litsey va kasbxunar kollejlari uchun. akad. S. 
G‘ulomov tahririda. - T.: O‘qituvchi, 2002 -143 b.
 2. Maraximov A. R., Raxmankulova S. N. Internet va undan foydalanish asoslari. O‘quv 
qo‘llanma. - T.: 2001. - 176 b, rasmlar.
 3. Xolmatov T. X. va boshkalar. Informatika: Oliy o‘kuv yurtlari talabalari uchun 
darslik. - T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2003-256 b.
 4. Qosimov S. S., Obidov A. A. Kompyuter olami. - T.: “Cho‘lpon”.  2001,- 1276.

Ma’lumotlar tuzilmasi, tuzilmalar ustida amallar.Dasturlash texnologiyasi Reja: 1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ma’lumotlarni taqdim etish darajalari 2. Yozuvning ichki tuzilmasi 3. Xotirada ma’lumotlarni ketma-ket va boglik takdim etish

Axborot tizimlarining qo‘llanish sohalari turli-tuman. Bunday sharoitlarda ikkita bir xil tizimni topish qiyin. Ular asosiy xususiyatlari va o‘ziga xos tomonlari bilan farklanadi, masalan: ishlov berilayotgan axborot xarakteri, maksadli funksiyalari, tizimning texnikaviy darajasi va xokazo. Sanab o‘tilgan xususiyatlar axborotni xam tizimda, xam foydalanuvchi uchun takdim etish shakli, axborotga ishlov berish jarayonlarining xarakteri va axborot tizimlarining muxit bilan o‘zaro alokasi, apparat va dasturiy ta’minotning tarkibiga ta’sir etadi. Axborot tizimlarini asosiy belgilari bo‘yicha tasniflash oldingi bo‘limlarda ko‘rib chikilgan edi. Ravshanki, axborotni saqlash, ishlov berish va izlash uchun kompyuterlardan foydalaniladigan avtomatlashtirilgan va avtomat axborot tizimlarini ushbu ko‘rib chikish predmeti deb xisoblash kerak. So‘zsiz, bugungi kunda bu tizimlar funksional imkoniyatlarining kengligi, axborotning katta massivlarini saklash va ishlov berish kobiliyati bilan farklanadi. Bu tizimlarning o‘ziga xos xarakterli xususiyati kompyuterlardan turli-tuman agregatlarda va bo‘g‘inlarda, xususan axborotni to‘plash, tayyorlash, uzatish va takdim etishda, keng foydalanishdan iborat. Har kanday axborot tizimi uning uchun kiritiladigan axborot manbai va takdim etiladigan axborot iste’molchisi hisoblanadigan tashqi muxit kurshovida ishlaydi. Bunday tizim doirasida, tizimga kirishdan boshlab va undan chiqqunga kadar, axborot okimi bir nechta ishlov berish bosqichidan o‘tadi. Ma’lumki, axborotga ishlov berishning asosiy boskichlariga axborotni to‘plash, ro‘yxatga olish va dastlabki ishlov berish, aloka kanali bo‘ylab manbadan kompyuterga uzatish, axborot massivlarini yaratish va saklab turish, axborotni chikarib berish shakllarini shakllantirish, aloka kanali bo‘ylab kompyuterlardan iste’molchiga uzati щ , foydalanuvchi kabul kilishi uchun kulay shaklga o‘tkazish kabilar kiradi Axborot tizimining kompyuteriga tushadigan axborot atrof- muhitdagi ob’ektlar yoki alohida tarkibiykismlarning qolatini, algoritmlar esa unga tashqi muxitda ishlov berishning tegishli koidalariga mos bo‘lgan ishlov berishning ba’zi koidalarini aks ettiradi. Kompyuterlarga uzatiladigan axborot xotirada axborot massivlarini xosil kilib joylashadi, axborot massivlari esa birgalikda axborot fondini tashkil etadi. Axborot massivlari muayyan tuzilma tarzida tashkil etiladi, u xaqiqiy olam ob’ektining tuzilish tarkibi, uning ayrim elementlari o‘rtasidagi alokalar va ularning xarakterlari bilan boglikdir. Massiv xamda fond elementlari bilan umuman olganda ishlov berishning turli operatsiyalari amalga oshiriladi, kuyidagilar ular ichida eng asosiylari xisoblanadi: mantiqiy va arifmetik operatsiyalar, axborotni saralash va izlash, yuritish xamda tuzatish

kiritish. Bu operatsiyalar natijasida axborotning dolzarbligi ta’minlanadi, ya’ni atrof- muxit va uning kompyuterdagi modeli o‘rtasida zaruriy muvofiqlik ta’minlanadi. Bundan tashkari, chikarib beriladigan axborot ishlov berish topshiriklariga muvofik ravishda shakllantiriladi. Avtomatlash tirilgan axborot tizimlarida ma’lumotlarni takdim etish daraj alari Ilgari belgilanganidek, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari hakiqiy olamdagi ob’ektlar to‘g‘risidagi axborotni saklaydi va ishlov beradi. Katta ob’ektlarni, ularning tabiiy murakkabligini xisobga olgan xolda, kompozitsiya tamoyillaridan foydalanib aloxida agregat va bo‘ginlarga bo‘lish kabul kilingan. Muayyan ob’ekt yoki uning bir qismini ta’riflovchi axborotning muayyan majmui mantikiy yozuv yoki oddiygina kilib yozuv deb ataladi. Muayyan sinfga oid ko‘plab ob’ektlarni ta’riflovchi yozuvlar to‘plami axborot massivlari deb ataladi. Hakiqiyolamda ob’ektlar va ularning aloxida agregatlari o‘rtasida turli darajadagi murakkablikka ega bo‘lgan muayyan munosabatlar va o‘zaro aloqalar mavjud bo‘ladi. Axborotga ishlov berish va saqlash tizimlarini ishlab chiqish jarayonida bu munosabatlar aniqlanadi va yozuvlar xamda axborot massivlarini strukturalash yo‘li bilan aks ettiriladi. Ma’lumotlar o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni aniqlab berishni ta’minlaydigan axborot massivlarining tashkiliy shakli ma’lumotlar tuzilmasi deb ataladi. Ma’lumotlarga EHM da ishlov berish jarayonida ularning axborot to‘liqligi yo‘qolmasligi, xaqiqiy olamda ob’ektlar o‘rtasidagi mavjud munosabatlarning ma’nosi buzilmasligi uchun tuzilmalarni doimiy kuzatib borish zarur, ya’ni ishlov berish jarayonidagi har kanday operatsiyalar ma’lumotlar tuzil masini buzmasligi kerak.

Mantikiy darajada ob’ektlar va ularning tavsiflari o‘rtasidagi mavjud haqiqiy munosabatlarni aks ettiruvchi ma’lumotlarning mantikiy tuzilmalari bilan ishlanadi, bu tavsiflar ma’lumotlar tizimdan foydalanuvchiga kanday shaklda takdim etilishini ko‘rsatib beradi. Ma’lumotlarning mantikiy tuzilmalarini ishlab chikishda tizimdan foydalanuvchilarning axborotga extiyoji va bu axborot xal kilishi mo‘ljallanayotgan vazifalar xarakteri xam hisobga olinadi. Bu darajada axborot birligi mantikiy yozuv xisoblanadi, tegishli mantikiy yozuv bilan tavsiflanadigan ob’ekt muayyan belgilari - xususiyatlari bilan xarakterlanadi, ular yozuv atributlari shaklida ifodalanadi. Mantikiy darajada tizimning ishlab chikuvchisi ta’riflanadigan ob’ektlar sinfini to‘lik xarakterlovchi belgilar ro‘yxatini belgilaydi. Belgilarning majmui va ularning o‘zaro alokasi mantikiy yozuvning ichki tuzilmasini belgilaydi. Ma’lumotlarning mantiqiy tuzilmasi AAT da ular tugrisidagi ma’lumotlarga ishlov berilayotgan ob’ektlarni to‘liq ta’riflab berishi; ob’ektlar va ularning tavsiflari o‘rtasidagi haqiqiy munosabatlarni mos ravishda aks etgirishi; tizimdan foydalanuvchilarning axborotga ehtiyojini qondirishni va ilovalarning topshiriklarini hal kilishni ta’minlashi zarur. Ob’ektning kaysi xususiyatlari yozuv atributlarida aks ettirilishi zarurligini tizim ishlab chiquvchisi yetarlilik tamoyillaridan kelib chiqqan holda hal kiladi. Ma’lumotlarni takdim etishning mantikiy darajasida tizimning texnik va matematik ta’minoti (kompyuter turi, xotira kurilmasi (XQ) turi, dasturlashtirish tili, operatsion tizim) xisobga olinmaydi. Saklash darajasida saklanadigan tuzilmalar - kompyuterlar xotirasidagi ma’lumotlarning mantikiy tuzilmalari bilan operatsiyalar bajariladi. Saklash tuzilmasi to‘laligicha ma’lumotlarning mantikiy tuzilmasini aks ettirishi va uni AAT (avtomatlashtirilgan axborot tizimlari) ishlash jarayonida qo‘llab turishi zarur. Bu darajada xam axborot birligi mantikiy yozuv xisoblanadi. AAT hech kanday buzilishga yo‘l qo‘ymay mantikiy darajani saklash darajasiga o‘tkazishi kerak. Mashinaning operativ xotirasi va tashki xotira turli imkoniyatlarga ega, shuning uchun OX (operativ xotira) va TXQ (tashqi xotira kurilmalari) da ma’lumotlarni tashkil etish vosita va usullari xam turlichadir. Saklash tuzilmalarini ishlab chiqish yoki tanlashda ma’lumotlar saklanadigan XQ turi xisobga olinadi, ma’lumotlarning turi va formati belgilanadi, shuningdek mantikiy tuzilmalarni dolzarb xolatda saklab turish usuli aniklanadi. Ma’lumotlarni OX va TXQ da takdim etishning turli usullari ma’lum, ma’lumotlarning aynan bitta mantikiy tuzilmasi kompyuter xotirasida turli saklash tuzilmalari bilan

amalga oshirilishi mumkin. Saklashning xar bir tuzilmasi ma’lumotlarga kirishning muayyan usuli va ular bilan operatsiyalarni bajarishning muayyan imkoniyatlaridan iborat. U ma’lumotlarni joylashtirish uchun zarur bo‘lgan xotira xajmi bilan xarakterlanadi. Ma’lumotlarga ishlov berish samaradorligi bevosita saklash tuzilmasini tanlashga bog‘liq. Xotira tuzilishini ishlab chiqishda muayyan texnika vositalarning parametrlari taxlil kilinadi: xotira turi va xajmi, adresatsiya usuli, ma’lumotlarga kirish usuli va vakti. Bu darajada kompyuterning asosiy va tashqi xotirasi o‘rtasida ma’lumotlar bilan almashinish vazifalari xal kilinadi. B archa darajadagi ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqishda ma’lumotlarning mustaqillik tamoyili ta’minlanishi kerak. Ma’lumotlarning jismoniy mustakilligi ma’lumotlarning jismoniy joylashishi va tizimning texnika ta’minotidagi o‘zgarishlar mantikiy tuzilmalar va amaliy dasturlarga ta’sir etmasligi, ya’ni ularda o‘zgarishlarga sabab bo‘lmasligi kerakligini anglatadi. Ma’lumotlarning mantikiy mustakilligi saklash tuzilmalaridagi o‘zgarishlar ma’lumotlarning mantikiy tuzilmalari va amaliy dasturlarda o‘zgarishlarga olib kelmasligi zarurligini anglatadi. Bundan tashqari, yangi foydalanuvchilar va yangi so‘rovlarning paydo bo‘lishi munosabati bilan ma’lumotlarning mantiqiy tuzilmalariga kiritiladigan o‘zgarishlar tizimning boshka foydalanuvchilari amaliy dasturlariga ta’sir etmasligi kerak. Elementar ma’lumotlarni dastur butunligicha o‘qiydi va ishlov beradi, ularning qismlariga kirish mumkin emas. Odatda bu ma’lumotlar axborot izlashning bevosita ob’ekti bo‘lmaydi, lekin bir kator xollarda ulardan erkin foydalanish ta’minlangan bo‘lishi kerak. Masalan, izlash jarayonida ayrim simvollarni solishtirish zaruriyati yuzaga kelishi mumkin. Har bir turning elementar ma’lumotlari xotirada takdim etishning