MOLIYA TIZIMI VA UNING BO’G’INLARI
MOLIY A TIZIMI VA UNING BO ’ G ’ INLARI Reja: 1. Moliya tizimi 2. Moliya tizimi bo ’ g ’ inlari.
1. Moliya tizimi Moliya tizimi - moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o’z ichiga olib, har qaysi sohalar pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Moliya tizimi bir tomondan moliya munosabatlarining yig’indisi sifatida, ikkinchi tomondan moliya organlarining yig’indisi sifatida olib qaraladi. Moliyaning mohiyatidan kelib chiqib, moliya tizimini o’rganishda uni moliya munosabatlari yig’indisi sifatida yondashish maqsadga muvofiq. Moliyaviy munosabatlar o’z xususiyatiga ko’ra taqsimlovchi hisoblanadilar, shu bilan birga qiymatni taqsimlash, avvalo, subyektlar bo’yicha amalga oshiriladi. Subyektlar ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ahamiyatidan kelib chiqib, maqsadli pul fondlarini shakllantiradilar. Aynan subyektning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi roli moliyaviy munosabatlarni turkumlashning birlamchi obyektiv belgisi hisoblanadi. Bunga asosan moliyaviy munosabatlarning yig’indisida uchta yirik sohalar ajratilishi mumkin: korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyasi; sug ’ urta; davlat moliyasi. Har bir sanab o’tilgan soha ichida bo’g’inlar ajraladi, shu bilan birga moliyaviy munosabatlarni guruhlashtirish subyekt faoliyatining maqsadli pul fondlarini tarkibi va yo’nalishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatuvchi xarakteridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Mazkur belgi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyasi sohasida tijorat asosida faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar moliyasi, notijorat faoliyat bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar va muassasalar moliyasi, jamoat birlashmalari moliyasi kabi bo’g’inlarni hosil qilish imkoniyatini beradi. Sug’urta sohasida, subyekt faoliyatining xarakteri sug’urta obyektining xususiyatini belgilab beruvchi, bo’g’inlar sifatida
ijtimoiy sug’urta, shaxsiy sug’urta, mulkiy sug’urta, javobgarlik sug’urtasi, tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug’urtasi hisoblandi. Davlat moliyasi sohasida – davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, davlat krediti hisoblanadi. Moliya munosabatlarining soha va bo’g’inlari o’zaro uzviy bog’langan bo’lib, ularning yig’indisi moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi moliya organlari va muassasalari yig’indisi sifatida ham ishlatiladi. Moliya tizimining barcha bo’g’inlari o’z navbatida ichki moliyaviy munosabatlar tarkibidan kelib chiqib quyi bo’g’inlarga bo’linadi. Demak, tijorat asosida faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar moliyasi tarkibida, tarmoq yo’nalishidan kelib chiqib, sanoat korxonalari moliyasi, qishloq xo’jaligi korxonalari moliyasi, savdo korxonalari moliyasi, transport korxonalari moliyasi va boshqa mulkchilik shaklidan kelib chiqib, davlat korxonalari moliyasi, shirkat korxonalari moliyasi, aksionerlik jamiyatlari moliyasi, xususiy korxonalar va boshqalar moliyalariga bo’linishi mumkin. Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalarning tarmoq va iqtisodiy xususiyatlari ularning moliyaviy munosabatlarini tashkil qilishga, maqsadli pul fondlarini tarkibiga, ularni shakllantirish va ishlatish tartiblariga o’zining sezilarni ta’sirini ko’rsatadi. Sug’urta munosabatlari sohasida sug’urta tarmoqlarini tashkil qiluvchi bo’g’inlar sug’urta turlari bo’yicha bo’linadi. Davlat moliyasi tarkibida ichki bo’g’in moliyaviy munosabatlarini guruhlanishi davlat boshqaruvi darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi (respublika, mahalliy). Moliya tizimini alohida bo’g’inlarga ajratish har bir bo’g’inning vazifalaridagi farqlanishga hamda markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish usullaridagi farqlanishga asoslanadi. Umumdavlat markazlashgan pul fondlari moddiy ishlab chiqarish sohalarida
yaratilgan milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo’li bilan tuziladi. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi davlatning bajaradigan muhim roli uning ixtiyorida moliyaviy resurslarning katta qismini markazlashtirish zaruriyatiga olib keladi. Ularni ishlatish shakllari davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar orqali namoyon bo’ladi. Bular hisobidan davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy vazifalarini hal etish ehtiyoji ta’minlanadi. Pul fondlarini tashkil qilish va ishlatish shakllari hamda usullari moliya tizimining kredit va sug’urta bo’g’inlari orqali qo’llaniladi. Markazlashmagan pul fondlari korxonalarni o’zlarining pul daromadlari va jamg’armalari hisobidan tashkil topadi. 1-rasm. Moliya tizimining tuzilishi Yagona moliya tizimining asosi korxonalar moliyasi hisoblanadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadilar. Markazlashgan davlat fondlarining manbai moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilayotgan milliy daromad hisoblanadi. Moliya tizimi Korxona va tashkilotlar moliyasi Davlat moliyasiSug’urtaTijorat tashkilotlar moliyasi Notijorat tashkilotlar moliyasi Jamoat birlashmalar moliyasi Ijtimoiy sugurta Shaxsiy sugurta Mulkiy sugurta Javobgarlik sugurtasi Tadbirkorlik sugurtasi суғуртаси Davlat byudjeti Byudjetdan tashqari fondlar Davlat krediti
Umumdavlat moliyasi xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari rivojlanishining ma’lum sur’atlarini ta’minlashda, moliyaviy resurslarni iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat hududlari o’rtasida, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasida hamda mulk shakllari, aholining alohida guruh va qatlamlari o’rtasida qayta taqsimlashda yetakchi rol o’ynaydi. Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish davlatning faol moliyaviy siyosati asosidagina mumkin bo’ladi. Moliya tizimi orqali davlat markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini, jamg’arish va iste’mol fondlarini soliqlar, davlat byudjeti xarajatlari, davlat kreditini qo’llash bilan shakllantirishga ta’sir o’tkazadi. Davlat byudjeti davlat moliya tizimining bosh bo’g’ini hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari funksiyalarini ta’minlash uchun markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish shaklidir. 2. Moliya tizimi bo ’ g ’ inlari Moliya tizimi sifatida «moliyaviy munosabatlarning tashkil qilish shakli» yoki «moliyaviy munosabatlarning tashkiliy tuzilmalari majmuasi» sifatida k o’ rib o’ tish mumkin. Masalan, Taniqli amerikalik mutaxassis J.Van Xorn moliya tizimiga - davlat, firmalar va fuqarolarga turli xil xizmatlar k o’ rsatuvchi moliyaviy muassasalar va bozorlarning majmuasi – degan ta’rifni beradi. L.Drobozinaning fikricha «Moliya tizimi - pul mablag’lari fondini tashkil qilish va foydalanish jarayonidagi moliyaviy munosabatlarning turli so h alarini majmuasidan iborat»-degan ta’rifni beradi. G.Polyakning fikricha moliya tizimi - davlat, x o’ jalik subyektlari va uy x o’ jaliklarining pul mablag’lari fondini turli xil usullari va shakllarda taqsimlash jarayonidagi turli moliyaviy munosabatlar majmuasi-deb talqin qilinadi. Taniqli iqtisodchi V.Kovaleva esa moliya