QORAMOLLAR GIGIYENASI
QORAMOLLAR GIGIYENASI Reja: 1. Qoramollarni saqlash usullari va molxonalar qurish gigiyenasi 2. Sigirlarni boqish, tug‘dirish, sog‘ish va sutdan chiqarish gigiyenasi 3. Qoramollarni burdoqiga boqish gigiyenasi 4. Qo‘ylarni saqlash usullari va qo‘yxonalar qurish gigiyenasi. 5. Qo‘ylarni oziqlantirish va sug‘orish gigiyenasi 6. Qo‘ylarni junini qirqish gigiyenasi 7. Qo‘zilarni o‘stirish, qo‘chqorlarni burdoqiga boqish.
Qoramollarni saqlash usullari – Qoramolchilik fermalari texnologiyani loyihalash me’yorlari (TLM) 1-89 asosida quriladi. Mustaqil mamlakatimizda qoramolchilik chorvachilikning asosiy tarmogi hisoblanib, hozirgi kunda 6,5 mln bosh qoramol, shundan 2,8 million sigir mavjud. Qoramollar molxona, molxona-yayratish, molxona-yaylov, molxona- lager, yaylov-lager, uzluksiz sex usulida bog‘lab va bog‘lamay boqiladi. Qaysi usulni tanlash xo‘jalikka keladigan foydaga qarab qabul qilinadi. Hayvonlar yil davomida doimo bog‘lashda turishi ham mumkin yoki faqat qish paytida bog‘lanadi. Ammo ularni har kuni yayratish maydoniga chiqarish lozim. YOz faslida esa hayvonlar yozgi yaylovlarga, lagerlarga chiqariladi. Lagerlarda maxsus bostirmalar, sug‘orish joylari va yaylovlar tayyorlanadi. YOzgi lagerlar ko‘k o‘t ekilgan va tabiiy o‘tlarga boy joylarga yaqin joylarda quriladi. Ba’zi bir xo‘jaliklarda burdoqi mollar ham bog‘lanib boqiladi. Bunday maxsus burdoqichilik xo‘jaliklarida ular uchun alohida binolar qurilib, molxonalar panjarali pollar bilan jihozlanadi. Sug‘orish, go‘ng yig‘ishtirish va ozuqa tarqatish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘ladi. CHorva mollari bog‘lamay boqilganda maxsus jihozlangan molxonalar quriladi. Bunday usulda boqishda mollar orasida yuqumli kasalliklar bo‘lmasligi kerak. Bog‘lamay boqilgan sog‘in sigirlar yil davomida yaxshi dag‘al ozuqa, shirali va em ozuqa bilan hamda to‘shama bilan ta’minlangan, yayratish maydoni jihozlangan, ozuqa tarqatish, go‘ng chiqarish, sug‘orish va sog‘ish mexanizatsiyalashgan hamda elektrofikatsiyalangan bo‘lishi kerak. Mamlakatimizning iqlimi, er tuzilishi, xo‘jalik yunalishiga qarab qoramolchilik quyidagi xo‘jaliklarga bo‘linadi: Naslchilik xo‘jaligi – yangi zotlar yaratish va qimmatbaho nasllik yosh hayvonlarni etishtirish bilan shug‘ullanadi. Tovar xo‘jaligi – sut - go‘sht hamda go‘sht – sut etishtirish Bilan shug‘ullanadi.
Maxsus yosh mollarni etishtiruvchi xo‘jaliklar- tovar xo‘jaliklari uchun yosh mollarni etishtirib berish Bilan shug‘ullanadi. Maxsus burdoqichilik xo‘jaliklari – Qishloq xo‘jalik mollarini go‘sht uchun semirtirish bilan shug‘ullanadi. Har bir yo‘nalishdagi xo‘jaliklarda molxonalar maxsus Texnologiyani loyihalash me’yorlari (TLM) asosida quriladi. Sut yo‘nalishdagi fermalarda qoramollar bog‘lab boqilsa TLM № 819 – 64, 65, 66; bog‘lamay boqilsa № 819 – 53; sut – go‘sht yo‘nalishida bog‘lab boqilsa № 819 – 58; go‘sht yo‘nalishdagi burdoqi mollar uchun № 801 – 104, 105, 108 va 109 asosida qurilishi zarur. Bog‘lab boqish gigiyenasi - Qoramolchilik madaniyatini rivojlan- tirish, ozuqa xarajatini kamaytirish va hayvonlarning mahsuldorligini hisoblab borishda bog‘lab boqish yaxshi hisoblanadi. Bunda hayvon turlari uchun alohida binolar moslashtirib quriladi, ya’ni sigirlar uchun, buqalar, o‘sishdagi buzoqlar, bo‘rdoqi mollar uchun alohida molxona quriladi. Har bir katta yoshdagi hayvonlar uchun tovar xo‘jaligida 1,7 – 2,2 m 2 , naslchilik xo‘jaliklarda 2,1 – 2,4 m 2 joy ajratiladi. To‘g‘riqxonada sigir uchun 3 m 2 va nasllik buqalar uchun 3 – 3,3 m 2 ; o‘sishdagi yosh mollar va bo‘rdoqilar uchun 0,76 – 1,36 m 2 , yangi to‘g‘ilgan buzoqlar 10 – 15 kunlik yoshgacha bir boshdan alohida kataklarda, keyinchalik 4 – 6 boshda guruhlarda, 4 – 6 oyligida 20 boshdan kataklarda saqlanadi. Agar mollar 6 – 7 oylab molxonada saqlansa, har bir sigir uchun 14 – 18 m 3 , buzoqga 8 – 10 m 3 ; 4 – 5 oy tursa sigirga 25 m 3 va buzoqga 12 – 14 m 3 hajmdagi bino ajratiladi. Binoning balandligi 2,2 – 2,8 m dan kam bo‘lmasin. Sigirlarni sog‘ish vaqti yaqinlashsa tinch, keng va yorug‘ sog‘ish binosiga o‘tkaziladi. Bu erda tug‘adigan sigirlar va buzoklar saqlanadigan bo‘limlar bo‘ladi. Umuman xo‘jalikda to‘g‘riqxona umumiy sigirlar bosh soniga nisbatan 10 – 12% hisobidan quriladi.
Sigirlarni bog‘lab boqishdan bog‘lamay boqishga o‘tkazilganda ularni yaxshilab veterinariya ko‘rigidan o‘tkaziladi va keyinchalik ham xaftasiga bir marta tekshirilib boriladi, tuyoqlari tozalanadi, o‘sgan shoxlari kesiladi. Buzoqlar 10–15 kunligida kimyoviy yo‘l bilan shoxsizlantiriladi. Bunda kuper qaychisi bilan shox joyidagi juni va epidermisi qirqilib, tayyorlangan joy 25 – 30 sekund davomida uyuvchi natriy yoki kaliy bilan hullangan paxta bilan artiladi va yana 5 daqiqadan keyin ikkinchi marta qaytariladi. YAra 20 – 25 kunda tuzalib, yaxshi bo‘lib ketadi. Bog‘lamay boqish gigiyenasi - Qoramollar bog‘lamay boqilganda yil davomida erkin harakatda yayratish va oziqlanish maydonlarida yuradi, toza havoda turib yoki yotib bemalol dam oladi. Yil davomida toza havodan nafas olishi, doimo o‘zgarib turuvchi harorat, namlik, havoning harakati, quyosh nuri tufayli organizmning chidamliligi oshadi, modda va issiqlik almashish faollashadi. CHorva mollarini bog‘lamay boqishning xo‘jalik uchun foydasi juda katta, chunki ularga qarash uchun mehnat kam sarf bo‘ladi, Molxonada har xil jihozlarni ishlatishga ehtiyoj qolmaydi. Ammo hamma xo‘jaliklarda asosiy va qo‘shimcha xonalar bo‘lishi shart. Texnologiyani loyihalash me’yorlariga asosan qoramollar bosh soni ko‘p bo‘lsa bino ichi seksiyalarga bo‘linadi. Buzoqlar uchun 2 oylikdan boshlab 20 boshdan guruhlar uchun kataklar, keyinchalik to 50 boshgacha guruh qilinadi. Bundan tashqari to‘g‘riqxona, sut sog‘ish zali, sutni saqlash va qayta ishlash xonasi, sut laboratoriyasi, sut idishlarini yuvish xonasi, vakuum nasos xonasi va boshqalar bo‘lishi kerak. Ozuqa tayyorlash sexi va qo‘shimcha binolar bo‘ladi. Yirik fermalarda sun’iy qochirish punktlari ham bo‘ladi. Uni sut sog‘ish binosiga joylashtirish yoki alohida 8 – 10 bosh sigirga hisoblab, 1–2 stanokli qilib, texnologiyani loyihalash me’yorlari (TLM) asosida qurish mumkin (№ 807 – 6). Ferma o‘zining sug‘orish tarmog‘i, markazlashgan
isitish inshooti, kanalizatsiya, yoritish jihozlariga ega bo‘lib, binolar orasi asfalt yo‘llar bilan to‘tashtirilgan bo‘lishi kerak. Bog‘lamay saqlanadigan buzoklar va sigirlarga yoshiga qarab alohida o‘lchamlarda joy ajratiladi. Sog‘iladigan va sog‘ilmaydigan sigirlar saqlanadigan bo‘limlarda 50 boshdan joylashtirilib, har biriga 4 – 5 m 2 dan joy ajratilsa; 4 – 12 oylikkacha bo‘lgan 25 – 30 bosh buzoqlar saqlanadigan bo‘limda 2,5 m 2 , naslli buzoqlar uchun esa 2,5 – 3 m 2 joy ajratiladi. Katta yoshdagi buzoqlar 50 – 100 boshdan saqlanib har biriga 3 m 2 , sigirlar bo‘zog‘i bilan birga saqlansa 7 m 2 joy ajratiladi. Yirik fermalarda 400 bosh bog‘lamay saqlanadigan sigirlar uchun bitta bino qurilib, yil davomida qalin to‘shamada turadi. Molxona 4 ta bo‘limga bo‘linib, har bir bo‘limdan alohida eshik orqali yayratish maydoniga chiqariladi. Sut sog‘ish xonasi, sun’iy qochirish punkti, 40 – 50 boshga to‘g‘riqxona, 40 – 50 bosh buzoqga profilaktoriya, 200 bosh buzoq uchun buzoqxona va 100 bosh katta yoshdagi buzoqlar uchun alohida joy qilinib, maishiy xizmat, sanitariya kuzatuv xonasi, veterinariya punkti va boshqalar bo‘lishi kerak. Sigirlarni boksda saqlash. Yirik shoxli hayvonlarni saqlashda ketadigan harajatlarni kamaytirish maqsadida Rossiya, Ukraina, Germaniya, Angliya va mamlakatlarda sigirlarni boksda saqlash keng qullanilmokda. Boksda saqlanganda xuddi bog‘lamay boqiladigan sigirlardek mahsuldorligi pasaymaydi, bog‘lash materiallari sarflanmaydi, elinlari ifloslanmaydi va har biri o‘z o‘rnini topib joylashadi. Texnologiyani loyihalash me’yoriga (TLM) binoan har bir sigir uchun 1,7 – 2,2 m 2 joy ajratiladi (kengligi 1 – 1,2 m va uzunligi 1,7 – 1,9 m). Bokslar orasidagi to‘siq metalldan qilinib, pastki qismi poldan 45 – 50 sm va orqa tomoni 15 – 20 sm balandlikda bo‘ladi. Sigirlar tagiga to‘shama oyiga o‘rtacha 5 kg solinadi, ya’ni odatdagidan 3 marta kam sarflanadi. Bunday sharoitda saqlangan sigirlar tagi quruq, issiq bulib, mastit kasalliklari juda kam uchraydi.