logo

Ta’limning interfaol metodlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

38.447265625 KB
Ta’limning interfaol metodlari
Reja.
1. Ta’lim   jarayonini   faollashtirish   va   jadallashtirishga
yo‘naltirilgan   pedagogik   texnologiyalarda   interfaol   ta’limning
o‘rni.
2. Chet el pedagogikasining interfaol usullari. Interfaol   ta’lim   usullari   O‘zbekistonda   qadim   zamonlardan   beri   ta’lim-
tarbiya jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchilar, o‘quvchilar bilan o‘quvchilar
o‘rtasidagi   muloqotlarda   muhokama,   munozara,   muzokara,   mushohada,
tahlil  kabi shakllarda qo‘llab kelingan.
Bu   usullar   o‘quvchilarning   nutq,   tafakkur,   mulohaza,   zehn   iste’dod,
zakovat larini   o‘stirish   orqali   ularning   mustaqil   fikrlaydigan,   komil   insonlar
bo‘lib etishishlariga xizmat qilgan.
«Interfaol » tushunchasi   inglizcha   « interact»   so‘zidan olingan. (« inter»
–  «birgalikda», «act» – «harakat qilish» ).  Interfaol o‘qitish  – bu  kognitiv
faoliyatni   tashkil   etishning   maxsus   turidir.   Unda   to‘liq,   aniq   va
rejalashtirilayotgan   maqsadlar   bo‘ladi.   Ushbu   maqsadlardan   biri   –   o‘qitish
jarayonida   shunday   yuqori   darajadagi   sharoit   yaratish   kerakki,   unda
tinglovchi   o‘qitish   jarayonini   produktiv   jarayonga   aylantiruvchi   o‘zining
muvaffaqiyati, intellektual darajasini anglab etishi lozim.
Interfaol ta’lim usuli   – har bir o‘qituvchi tomonidan mavjud vositalar va
o‘z   imkoniyatlari   darajasida   amalga   oshiriladi.   Bunda   har   bir   o‘quvchi   o‘z
intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o‘zlashtiradi.
Interfaol   ta’lim   texnologiyasi   –   har   bir   o‘qituvchi   barcha   o‘quvchilar
ko‘zda   tutilgandek   o‘zlashtiradigan   mashg‘ulot   olib   borishni   ta’minlaydi.
Bunda   har   bir   tinglovchi   o‘quvchi   o‘z   intellektual   darajasiga   ega   holda
mashg‘ulotni  oldindan ko‘zda tutilgan darajada o‘zlashtiradi. Interfaol ta’lim
texnologiyasiga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
 Davra suhbati                                     
 Ishchanlik  o‘ yinlari
 Kichik guru h larda ishlash
 Kichik ma’ruza
 Munozara 
 O‘quv munozarasi  A q liy hujum 
 Debatlar 
 Kichik guru h larda ishlash 
 Rolli o‘yinlar 
 Sase-study (konkret, amaliy vaziyatlar ta h lili)
YUqorida   aytilganlarga   muvofiq   xulosa   sifatida   pedagogik   texnologiyani
amalda     qo‘llashning   quyidagi   asosiy   xususiyatlarini   ko‘rsatib   o‘tish
mumkin.
1. O‘quvchi o‘qitilmaydi, u mustaqil o‘qishga o‘rgatiladi.
Buning   uchun   o‘quvchini   mustaqil   ravishda   o‘quv   materialini   tahlil   qilib
o‘zlashtirish,   fikrlash,   ijodiy   mulohaza   yuritib,   shaxsiy   xulosalarga   kelishga
o‘rgatib boriladi.
2.   O‘quvchiga   bilimlar   tayyor   holda   berilmaydi,   u   bilimlarni
manbalardan mustaqil ravishda ola bilishga o‘rgatiladi.
Bunda   o‘quvchining,   avvalo,   darslik   bilan,   so‘ngra   qo‘shimcha
adabiyotlar,   internet   tizimi,   spravochniklar   va   shu   kabilardan   mustaqil
foydalanishga   o‘rgatish   orqali   o‘qituvchi   darsda   o‘rgatganlarini
mustahkamlash va kengaytirib borishga o‘rgatiladi.
3.   Barcha   o‘quvchilarning   o‘z   qobiliyatlariga   yarasha   bilimlarni
o‘zlashtirishlari kafolatlanadi.
Bunda   o‘quvchining   o‘zlashtirishi   uning   o‘rgangan   bilimlaridan   hayotda
amaliy   faoliyatda,   foydalana   olish   ko‘nikma   va   malakalari   darajasi   bilan
belgilanadi.
4.   Barcha   o‘qituvchilar   pedagogik   texnologiya   mexanizmini
o‘rgangandagina, bir xil natija olishga erishadilar .
Pedagogik   texnologiya   mexanizmi   –   uni   amalga   oshirish   va   samarali
qo‘llash   uchun   zarur   bilim,   ko‘nikma,   malakalarni   egallash,   qulay
sharoitlarni   yaratish,   zamonaviy   o‘quv   vositalari,   darsliklar,   qo‘shimcha adabiyotlar   bilan   ta’minlash   hamda   o‘quvchilarning   darsda   faol   ishtirok
etishlari   uchun   zarur   barcha   tayyorgarliklarni   amalga   oshirish,   darsda
ularning   hamma   imkoniyatlarini   hisobga   olgan   holda,   maqsadga   muvofiq
texnologiyalarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llashni nazarda tutadi.
Zamonaviy   pedagogik   texnologiya   o‘quv   maqsadini   aniqlash   va   ta’lim
jarayonini loyihalashda quyidagilarni ko‘zda tutadi:
 O‘quvchining faolligini oshirish, uni hamkorlikka chorlash;
 O‘quv rejasida ko‘zda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha dasturlar,
darsliklar,   o‘quv   qo‘llanmalari,   ma’ruza   matnlari   bilan   ishlash
ko‘nikmalarini hosil qilish;
 O‘quv   materiallarini   mustaqil   mutolaa   qilish,   ko‘nikma   va
malakalarini shakllantirish;
 O‘quvchini   o‘z   fikrini   bayon   qila   olish,   himoyalash,   isbotlay
olishga odatlantirish.
YUqoridagi   o‘quv   jarayoni   loyihalarini   amalga   oshirish   pedagogik
motivlarni vujudga keltirish zaruriyatini tug‘diradi.
Pedagogik   texnologiyani   tadbiq   qilishda   quyidagi   vositalardan   keng
foydalaniladi:
 Verbal
 Noverbal
 Vizual
 Audio
 Tabiiy
 O‘quv anjomlari
Verbal   muloqot   shakllari   har   xil   ko‘rinishda     nutq   so‘zlash,   ma’ruza,
suhbatlashish, savol-javob, taqdimot   kabi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi.
Bu   vositalardan   foydalanish   orqali   mashg‘ulotlar   faollashgan   h olda   tashkil
etiladi. Noverbal   vositalar   mimika,   gavda   harakatlari   orqali   biror   ma’no-
mazmunni ifodalash yoki ta’kidlash uchun qo‘llaniladi.
Vizual   (ko‘rgazmali)   vositalar   pedagogik   texnologiya   jarayonida
o‘quvchilar ko‘z bilan ko‘rishlari uchun  mo‘ljallangan barcha vositalarni o‘z
ichiga   oladi.   Bularga   chizma,   jadval,   foto-tasvir,   tarqatma   material,
plakat, video, kino tasvirlar  kiradi.
Audio   vositalar   eshitish   orqali   axborotni   o‘rganish,   o‘zlashtirish
imkoniyatini beruvchi (masalan:  maginitofon tasmasi, turli disklar, musiqa
asboblar )  vositalardir.
Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni:
 Tashkil etish
 Hamkorlikda ish olib borish
 Takomillashtirish
 Tahlil qilish
 Qiyoslash
 Umumlashtirish
 Xulosa chiqarish
 Boshqarishni nazorat etish
 Baholash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Dars jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan bevosita , jamoa, guruhlarda
individual   shakllar   asosida   ish   yuritadi.   Bunda   quyidagi   uslub   va
texnologiyalardan foydalanadi:
1. Algortmlash     (tayanch   komponentlar,     tayanch   chizma,
diagrammalar, qisqa axborotli tezislar).
2. Ijodiy topshiriqlar echish.
3. Modellashtirish   (tahlil   etish,   muammoli   savollar,   mantiqiy
tahlillar, qiyosiy taqqoslashlar).
4.  Aqliy xujumlar. 5. Sintetik (analoglar yordamida) echimlar.
6. Nutq o‘stiruvchi darslar tizimi.
Evristik   suhbatlar   (quyi   sinflarda   yo‘naltiruvchi   savollar   berish   yo‘li
bilan   bilim   berish,   yuqori   sinflarda:   topqirlik,   ziyraklik,   faollikni
rivojlantirishga yordam beruvchi ta’lim usullari).   
Interfaol   metodlarni   qo‘llashga   yondashgan   o‘qitish   jarayoni   guruhdagi
barcha   o‘quvchilarning   anglash   va   fikrlash,   jarayonda   ishtirok   etishini
hisobga   olgan   holda   tashkil   etiladi.   Hamkorlikdagi   faoliyatda
ishtirokchilarning barchasi ish jarayoniga o‘zining shaxsiy ulushini qo‘shadi,
ish   jarayonida   bilimlar,   g‘oyalar,   faoliyat   metodlari   bilan   almashinish   ro‘y
beradi . Individual, juftlikdagi va guruh dagi ish tashkil etiladi,   proekt ishi,
rolli o‘yin  qo‘llaniladi, turli ma’lumot manbai va hujjatlar bilan ishlanadi.
SHu   o‘rinda   Xitoy   Halq   maqolini   keltirishni   lozim   deb   topdik:   «Menga
gapirsang,     esdan   chiqaraman,     menga   ko‘rsatsang,     eslab   qolishim
mumkin,   menga   o‘zimga   ishlashga   imkoniyat  ber,   shunda  bu   batamom
meniki bo‘lib qoladi».
YUqoridagilardan   Interfaol   metodlar   o‘zaro   harakat,   o‘quvchilarning
faolligi,  guruh    tajribasiga  tayanish,   majburiy  qayta  aloqa   tamoyillariga
asoslanadi. Oshkoralik, ishtirokchilarning o‘zaro harakati, ularning dalillarini
tengligi, hamkorlikdagi bilimlar banki, o‘zaro baholash va nazorat imkoniyati
bilan belgilanadigan ta’limiy muloqot manbai yaratiladi.  
Boshlovchi     (o‘qituvchi,   trener)   yangi   bilimlar   bilan   birga   ta’lim
ishtirokchilarini   mustaqil   izlanishga   boshlaydi.   Trenerning   faolligi   o‘rnini
o‘quvchilarning   faolligi   egallaydi,   boshlovchining   vazifasi   esa
o‘quvchilarning tashabbuslari uchun sharoit yaratishdir .
Interfaol   usuldagi   mashqlar   o‘qituvchi   va   o‘quvchi   o‘rtasidagi   ta’lim
mazmunini   o‘zlashtirish   munosabatlarini   kuchaytiribgina   qolmasdan   ikki
taraflama   faollashish   demakdir.   Trener   (o‘qituvchi)   o‘zidan   o‘quv ma’lumotini     o‘tkazuvchi   o‘ziga   xos   filtr   rolini   bajaradi   va   ish   jarayonida
yordamchi   funksiyasini   bajaradi.   SHuning   uchun   interfaol   o‘qitish
avvalambor   katta   yoshdagi   o‘quvchilarni   intensiv     o‘qitish   jarayonida
qo‘llash uchun mo‘ljallangan  xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol o‘qitish
metodlarini   qo‘llab   mashg‘ulot   o‘tilganda,   materialni   o‘zlashtirish   darajasi
yuqori bo‘ladi, ishtirokchilar o‘rtasida do‘stona muhit yaratiladi. 
Ta’lim   jarayonida   har   qanday   interfaol   usul   to‘g‘ri   va   maqsadli
qo‘llanilganda     o‘rganuvchilarni   yoki   o‘quvchini   mustaqil   fikrlashga
o‘rgatadi.
  Usul   –   o‘qituvchining   individual   pedagogik   mahorati   bo‘lib,   turli   ta’lim
metodlari orqali sayqallanadi.
            Mashq   –   o‘quvchining   dars   jarayonidagi   amaliy   ko‘nikmalarini
shakllantiruvchi   faoliyat turi.   Bu faoliyat   o‘quvchini nazariy ma’lumotni
tub   mazmun   mohiyatini   o‘zlashtirish     o‘zidan   o‘tkazish,     qaror   qabul
qilish,   tanqidiy   va   ijodiy   fikrlash   hissiyotlarni   boshqara   olish   kabi
madaniyatni   rivojlantiradi.     Interfaol   mashqlar   o‘qituvchi–o‘quvchi,
o‘quvchi-o‘quvchi hamkorligiga   asoslangan bo‘ladi. Bunda o‘quvchi bilim
olishga o‘z xohish, istak va qiziqishlari orqali jalb qilinadi, yangi bilimlarni
maqsadli   o‘zlashtirish   yo‘llarini   o‘rganadi.   Amalda   sinovdan   o‘tkazadi.
O‘quv materialini puxta bilib olishning oson yo‘lidan boradi. 
2. CHet el pedagogikasining interfaol usullari.
«Aqliy hujum» usuli
«Aqliy   hujum»   biror   muamoni   echishda   guruh   qatnashchilari   tomonidan
bildirilgan   erkin   fikr   va   mulohazalarni   to‘plab,   ular   orqali   ma’lum   bir
echimga   keladigan   samarali   usullardan   biridir.   U,   to‘g‘ri   va   ijobiy
qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijobiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. «Aqliy   hujum»   usulini   qo‘llashda   o‘qituvchi   guruh   ishtirokchilarini
to‘playdi,   ular   oldiga   biror   muammoli   vaziyatni   echish   bo‘yicha   o‘z   fikr   va
mulohazalarini bildirishni so‘raydi. Mazkur bosqichda ishtirokchilardan hech
biri   boshqa   qatnashuvchilarning   g‘oyasi,   fikrini   muhokama   qilishi   yoki
baholashi   mumkin   emas.   Bildirilgan   har   qanday   g‘oya   va   fikrlar   hisobga
olinadi,   qancha   ko‘p   fikr   va   g‘oyalar   bildirilsa   shuncha   yaxshi.   Bildirilgan
g‘oya   va   fikrlarni   to‘ldirish,   kengaytirish,   qayta   o‘zgartirish   mumkin.
G‘oyalar yozilgan varaqlar devorga osib qo‘yiladi. Berilgan g‘oyalar asosida
muammoni hal etishga yordam beradigan echimni tinglash uchun muhokama
o‘tkaziladi. 
Bu   haqiqatdan   ham   o‘quvchilarning   ta’lim   jarayonida   faol   ishtirok
etishlari, turli g‘oyalarni bayon etish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga
yo‘llashlari,   ilhom   bilan   ishlashlariga   imkon   berib,   birgina   g‘oya   guruhning
barcha ishtirokchilarini bir xilda o‘ziga jalb qiladi.
O‘qituvchi mavzu yoki savolni ajratib, keyin esa o‘quv faoligi 5-10 daqiqa
(oralig‘ida)   vaqt   chegarasida   engillashtiriladi.   Aqliy   hujum   turli   tarzda
qo‘llanishi   mumkin.   Masalan,   qandaydir   mavzuni   yoki   muammoni
muhokama qilish orqali hal qilish uchun savol qo‘yish. 
Psixolog   V.M.Karimovaning   «Psixologiya»   (Toshkent,   2000.   -157   b.)
kitobida   shunday   deyilgan   «an’anaviy   dars   o‘tkazish   shaklida
tinglovchilarning   bir-birlarining   yuzlarni   ko‘rish   imkoniyati   cheklangan
bo‘ladi,   bunday   hol   esa   tinglovchilarning   ruhiy   tayyorgarligiga   putur
etkazishi   mumkin,   aksincha   doira   shakldagi   stol   atrofida   joylashib,   o‘rtaga
tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr bildira oladigan tinglovchilarda bahs-
munozara o‘tkazish uchun psixologik tayyorgarlik kuzatiladi.
Dars mobaynida o‘qituvchi mavzuning xarakteri va u shakllantirishi lozim
bo‘lgan   bilim,   ko‘nikma   va   fazilatlarga   mos   tarzda   munozara   sharoitini
tanlashi   va   shundan   keyingina   mashg‘ulotni   boshlashi   kerak.   Masalan, keyingi   paytlarda   keng   ko‘lamda   qo‘llanilayotgan   munozara   yuritishning
«breynshtorming»   shaklini   olib   qaraydigan   bo‘lsak,   bunda   bahslashuvchilar
ko‘proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar.
SHuni   e’tirof   etish   joizki   “brein   storming”   (inglizcha   «aqliy   hujum»)
uslubi amerikalik olim A.Osborn tomonidan 1930 yilda taklif etilgan bo‘lib,
unda   loyihalarni   rejalashtirish   va   uning   natijalarni   oldindan   bashorat   qilish
kuzda tutilgan edi.
«Breynshtorming»   uslubining   psixologik   mohiyati   shundaki,   munozaraga
kirilganda bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr kelsa, uni tanqidsiz, erkin
aytish   imkoniyati   beriladi.   Oxirida   esa   bahslashuvchilar   ma’lum   ratsional
«mag‘z»ni ajratib olishadi.
Bahs-munozara usuli
O‘quvchilarni   tanlangan   mavzu   sohasida   munozara   qilishga   o‘rgatish
ularning   bilimlarini   chuqurlashtiradi,   o‘z   fikrlarini   asoslash   qobiliyatini
rivojlantiradi. 
Munozarani o‘tkazish uchun:
1.   O‘qituvchi   bahs-munozara   mashg‘uloti   uchun   muammoli   mavzu
tanlaydi va o‘quvchilar munozaraga taklif etiladi.
2.   O‘qituvchi   qatnashuvchilarga   muammoni   «Aqliy   hujum»   usuli   bilan
echishni vazifa qilib yuklaydi va uni o‘tkazish tadbirini belgilaydi.
3.   O‘qituvchi   «Aqliy   hujum»   vaqtida   bildirilgan   g‘oya   va   fikrlarni
yozma   ravishda   yozishni   taklif   etadi   yoki   ularni   yozish   uchun   kotib
tayinlaydi. 
4. O‘qituvchi o‘quvchilarni ikki guruhga ajratadi va sinfni ikki tomoniga
qator qo‘yilgan stollar yoniga o‘tqazadi va har bir guruh qatnashchilari qaysi
nuqtai   nazarni   himoya   qilishlarini   belgilaydi.   SHundan   so‘ng   1-guruh o‘quvchilariga raqamlangan varaqlar tarqatiladi va 5 daqiqa davomida o‘zlari
ma’qullayotgan nuqtai nazar foydasiga bitta dalilni yozish topshiriladi.
5.   1-guruh   a’zolari   tomonidan   yozilgan   varaqlar   qarshi   guruhdagi
sheriklariga   beriladi.   Ular   sheriklarining   dalillariga   qarshi   javob   topishi   va
yozishi uchun hamda o‘z qarshi dalillarini bayon qilishlari uchun 10 daqiqa
vaqt ajratiladi. 
6.   O‘quvchilar   bilimlarini   aniqlash   uchun   dalillar   almashtirishni   2-3
marta takrorlash etarlidir.
7.   Bahslarga   yakun   chiqarishning   yaxshi   shakli   ikkala   tomonga
qaratilgan   savoldir:   qarshi   tomonning   eng   yaxshi   dalil   isbotlari   qaysilari
bo‘ldi. 
8. O‘qituvchi tomonidan munozara qatnashchilarini baholash. Ammo bu
haqida o‘quvchilarning darsning boshidayoq ogohlantirishi kerak. 
Munozara   – ta’lim tizimida nutq o‘qitish, o‘z fikrini mustaqil va asosli
bayon qilib, xulosalar chiqarish vositasi sifatida g‘oya muhim o‘rin egallaydi.
Bu   bajariladigan   ishning   bir   turi   bo‘lib,   o‘zaro   tortishish   jarayonini   keltirib
chiqaradi  va  unga  aniqlik  kiritadi.  Talaba  tomonidan  «o‘z  so‘zi»  o‘ziga  xos
uslub asosida izchil, savol fikr yuritiladi. 
Munozara   vaqtida   talabalar   o‘zlariga   ishongan   holda   savollarni
munozara qilishadi. Munozara uchun shunday sharoit yaratishi kerakki, unda
talabalar o‘z fikrlarini ishonch bilan ochiq aytish, kamchiliklari uchun aybga
qo‘ymasliklariga ishongan holda bayon etishlari kerak.
Munozara usulidan quyidagi maqsadlar uchun foydalanish mumkin:
- yangi bilimlarni shakllantirish;
-   ta’lim   oluvchilarda   u   yoki   bu   savollarni   chuqur   o‘ylab   ko‘rish,   tub
ma’nosiga etishga va (motivatsiya)ni ta’minlash;
-   kommun ik ativ   ko‘nikmalarni   shakllantirish,   o‘quvchilarga   o‘z   fikrida
mustahkam turish va uni himoya qilishga yordam berish; Munozaraning samaradorligi bir qator omillarga bog‘liqdir:
-  ta’lim   oluvchilarning  tayyorgarligiga,  ya’ni  o‘z  fikrini  bildira  olmasa,
opponentlarni   ishontira   olmasa,   munozara   chalkash   va   qarama-qarshi   tus
oladi.   SHuning   uchun   o‘qituvchi   ta’lim   oluvchilarda   o‘z   fikrini   aniq   va
ravshan   bayon   eta   olish   qobiliyatini   shakllantirishga,   savollarni   puxta   va
ma’noli qilib aniq ifoda etishga, muayyan isbotlar keltirishga erishishi lozim
va h.k.;
- munozarani faqat jamoada sog‘lom muhit bo‘lgandagina, qatnashchilar
bir-birlari bilan do‘stona munosabatda bo‘lgandagina o‘tkazish mumkin; 
-   munozara   mavzu   fikr   almashish   uchun   mos   bo‘lgan   o‘quvchilar
berilgan   mavzu   bo‘yicha   etarli   bilimga   ega   bo‘lgan   taqdirdagina
muvaffaqiyatli chiqadi.
«Bumerang» interfaol texnologiyasi
Bumerang  texnologiyasi   –  o‘quvchi   (talaba)larni  dars  jarayonida,   darsdan
tashqarida   turli   adabiyot,   materiallar   bilan   ishlash,   o‘rganilgan   materiallarni
saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrni erkin holda bayon eta olish hamda bir
dars davomida barcha o‘quvchi (talaba)larni baholay olishga qaratilgan.
Mazkur   texnologik   mashg‘ulot   davomida   o‘quv   materialini   chuqur   va
yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo‘naltirilgan.
U turli mazmun va xarakter (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega
bo‘lgan mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma
ish   shakllarini   qamrab   oladi   hamda   bir   mashg‘ulot   davomida   har   bir
ishtirokchining   turli   topshiriqlarni   bajarishi,   navbat   bilan   o‘quvchi   yoki
o‘qituvchi rolida bo‘lishi, kerakli ballni to‘plashga imkoniyat beradi. 
«Bumerang»   texnologiyasi   tanqidiy   fikrlash   mantiqiy   shakllantirishga
imkoniyat yaratadi; xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki
shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.  Mazkur interfaol usul ta’lim bilan bir qancha tarbiyaviy xarakterdagi qator
vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- muomalalik;
- ko‘nikuvchanlik;
- o‘zgalar fikriga hurmat;
- faollik;
- rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
- ishga ijodiy yondashish;
- o‘z faoliyatini samarali bo‘lishiga qiziqish;
- o‘zini xolis baholash.
Tarmoqlar (klaster) interfaol texnologiyasi
«Tarmoqlar»   interfaol   metodi   –   o‘quvchi   (talaba)ni   mantiqiy   fikrlash,
umumiy   fikr   doirasini   kengaytirish,   mustaqil   ravishda   adabiyotlardan
foydalanishga o‘rgatishga qaratilgan. 
Fikrlashning   tarmoqlanishi   –   bu   pedagogik   strategiya   bo‘lib,   u   o‘quvchi
(talaba)larning   bir   mavzuni   chuqur   o‘rganishlariga   yordam   berib,   ularni
mavzuga   taalluqli   tushunchaga   yoki   aniq   fikrni   erkin   va   aniq   ravishda
ma’lum   ketma-ketlik   bilan   uzviy   bog‘langan   holda   tarmoqlanishlariga
o‘rgatadi. 
Mazkur   interfaol   metod   bilan   bir   mavzuni   chuqur   o‘rganishdan   avval
o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun
xizmat qilish mumkin. SHuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi
o‘zlashtirish,   umumlashtirish   hamda   o‘quvchi   (talaba)larni   ushbu   mavzu
bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklda ifodalashga undaydi. 
«Klaster»   metodi   yordamida   o‘zlashtirilgan   bilimlarni   mustahkamlash
quyidagicha amalga oshiriladi:  O‘quvchi   (talaba)lar   guruhlarga   bo‘linadilar   va   ularga   belgilangan   vaqt
ichida   mavzu  bo‘yicha  qanday  tushunchalarni   o‘zlashtirgan   bo‘lsalar,   ularni
qog‘ozga yozish vazifasi topshiriladi. Vazifani bajarish jarayonida fikrlarning
to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga ahamiyat bermaslik, nimani o‘ylagan bo‘lsa, shuni
yozib   borish   talab   etiladi.   YOzuvning   texnik   (orfografik,   mantiqiy   va   h.k.)
jihatlariga   e’tibor   bermaslik   aytib   o‘tiladi.   Fikrlar   tugagandan   keyin   guruh
a’zolari tushunchalarni mantiqiy jihatdan bir-biriga bog‘lab chiqadilar.
Adabiyotlar
1.   Lutfillaev   M.X.   Oliy   ta’limda   axborot   texnologiyalari   integratsiyasi.
Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005 y. 
2.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.
3. Raxima   Mavlvanova,   Nargiz   Raxmankulova   Boshlang‘ich   ta’lim
pedagogikasi,   innovatsiya   va   intergatsiya   “Boshlangich   ta’lim”
mutaxassisligi:   Bakaiavriyat   yo‘nalishi   -   5111700   bo‘yicha   pedagogika
universitetining   talabalari   uchun   o‘quv   qo‘llanma.-T.:   «   Voris-nashriyoti   »
2013y.
4.   N.N.Azizxujaeva   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   T.:   Fan,
2003y.
5. Omonov   X.,   Xo‘jaev   N.,   Madyarova   S.,   Eshchonov   E.,   Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.: IQTISOD MOLIYA, 2009.
6. Musurmonova   O.   Pedagogik   texnologiyalar   –   ta’lim   samaradorligi   omili;
monografiya / T.: “YOshlar nashriyot uyi”, 2020  y . 
7.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.

Ta’limning interfaol metodlari Reja. 1. Ta’lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarda interfaol ta’limning o‘rni. 2. Chet el pedagogikasining interfaol usullari.

Interfaol ta’lim usullari O‘zbekistonda qadim zamonlardan beri ta’lim- tarbiya jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchilar, o‘quvchilar bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil kabi shakllarda qo‘llab kelingan. Bu usullar o‘quvchilarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn iste’dod, zakovat larini o‘stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo‘lib etishishlariga xizmat qilgan. «Interfaol » tushunchasi inglizcha « interact» so‘zidan olingan. (« inter» – «birgalikda», «act» – «harakat qilish» ). Interfaol o‘qitish – bu kognitiv faoliyatni tashkil etishning maxsus turidir. Unda to‘liq, aniq va rejalashtirilayotgan maqsadlar bo‘ladi. Ushbu maqsadlardan biri – o‘qitish jarayonida shunday yuqori darajadagi sharoit yaratish kerakki, unda tinglovchi o‘qitish jarayonini produktiv jarayonga aylantiruvchi o‘zining muvaffaqiyati, intellektual darajasini anglab etishi lozim. Interfaol ta’lim usuli – har bir o‘qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o‘z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o‘quvchi o‘z intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o‘zlashtiradi. Interfaol ta’lim texnologiyasi – har bir o‘qituvchi barcha o‘quvchilar ko‘zda tutilgandek o‘zlashtiradigan mashg‘ulot olib borishni ta’minlaydi. Bunda har bir tinglovchi o‘quvchi o‘z intellektual darajasiga ega holda mashg‘ulotni oldindan ko‘zda tutilgan darajada o‘zlashtiradi. Interfaol ta’lim texnologiyasiga quyidagilarni misol keltirish mumkin:  Davra suhbati  Ishchanlik o‘ yinlari  Kichik guru h larda ishlash  Kichik ma’ruza  Munozara  O‘quv munozarasi

 A q liy hujum  Debatlar  Kichik guru h larda ishlash  Rolli o‘yinlar  Sase-study (konkret, amaliy vaziyatlar ta h lili) YUqorida aytilganlarga muvofiq xulosa sifatida pedagogik texnologiyani amalda qo‘llashning quyidagi asosiy xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. 1. O‘quvchi o‘qitilmaydi, u mustaqil o‘qishga o‘rgatiladi. Buning uchun o‘quvchini mustaqil ravishda o‘quv materialini tahlil qilib o‘zlashtirish, fikrlash, ijodiy mulohaza yuritib, shaxsiy xulosalarga kelishga o‘rgatib boriladi. 2. O‘quvchiga bilimlar tayyor holda berilmaydi, u bilimlarni manbalardan mustaqil ravishda ola bilishga o‘rgatiladi. Bunda o‘quvchining, avvalo, darslik bilan, so‘ngra qo‘shimcha adabiyotlar, internet tizimi, spravochniklar va shu kabilardan mustaqil foydalanishga o‘rgatish orqali o‘qituvchi darsda o‘rgatganlarini mustahkamlash va kengaytirib borishga o‘rgatiladi. 3. Barcha o‘quvchilarning o‘z qobiliyatlariga yarasha bilimlarni o‘zlashtirishlari kafolatlanadi. Bunda o‘quvchining o‘zlashtirishi uning o‘rgangan bilimlaridan hayotda amaliy faoliyatda, foydalana olish ko‘nikma va malakalari darajasi bilan belgilanadi. 4. Barcha o‘qituvchilar pedagogik texnologiya mexanizmini o‘rgangandagina, bir xil natija olishga erishadilar . Pedagogik texnologiya mexanizmi – uni amalga oshirish va samarali qo‘llash uchun zarur bilim, ko‘nikma, malakalarni egallash, qulay sharoitlarni yaratish, zamonaviy o‘quv vositalari, darsliklar, qo‘shimcha

adabiyotlar bilan ta’minlash hamda o‘quvchilarning darsda faol ishtirok etishlari uchun zarur barcha tayyorgarliklarni amalga oshirish, darsda ularning hamma imkoniyatlarini hisobga olgan holda, maqsadga muvofiq texnologiyalarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llashni nazarda tutadi. Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘quv maqsadini aniqlash va ta’lim jarayonini loyihalashda quyidagilarni ko‘zda tutadi:  O‘quvchining faolligini oshirish, uni hamkorlikka chorlash;  O‘quv rejasida ko‘zda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha dasturlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish;  O‘quv materiallarini mustaqil mutolaa qilish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;  O‘quvchini o‘z fikrini bayon qila olish, himoyalash, isbotlay olishga odatlantirish. YUqoridagi o‘quv jarayoni loyihalarini amalga oshirish pedagogik motivlarni vujudga keltirish zaruriyatini tug‘diradi. Pedagogik texnologiyani tadbiq qilishda quyidagi vositalardan keng foydalaniladi:  Verbal  Noverbal  Vizual  Audio  Tabiiy  O‘quv anjomlari Verbal muloqot shakllari har xil ko‘rinishda nutq so‘zlash, ma’ruza, suhbatlashish, savol-javob, taqdimot kabi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi. Bu vositalardan foydalanish orqali mashg‘ulotlar faollashgan h olda tashkil etiladi.

Noverbal vositalar mimika, gavda harakatlari orqali biror ma’no- mazmunni ifodalash yoki ta’kidlash uchun qo‘llaniladi. Vizual (ko‘rgazmali) vositalar pedagogik texnologiya jarayonida o‘quvchilar ko‘z bilan ko‘rishlari uchun mo‘ljallangan barcha vositalarni o‘z ichiga oladi. Bularga chizma, jadval, foto-tasvir, tarqatma material, plakat, video, kino tasvirlar kiradi. Audio vositalar eshitish orqali axborotni o‘rganish, o‘zlashtirish imkoniyatini beruvchi (masalan: maginitofon tasmasi, turli disklar, musiqa asboblar ) vositalardir. Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni:  Tashkil etish  Hamkorlikda ish olib borish  Takomillashtirish  Tahlil qilish  Qiyoslash  Umumlashtirish  Xulosa chiqarish  Boshqarishni nazorat etish  Baholash kabilarni o‘z ichiga oladi. Dars jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan bevosita , jamoa, guruhlarda individual shakllar asosida ish yuritadi. Bunda quyidagi uslub va texnologiyalardan foydalanadi: 1. Algortmlash (tayanch komponentlar, tayanch chizma, diagrammalar, qisqa axborotli tezislar). 2. Ijodiy topshiriqlar echish. 3. Modellashtirish (tahlil etish, muammoli savollar, mantiqiy tahlillar, qiyosiy taqqoslashlar). 4. Aqliy xujumlar.