logo

“Talabalar turar joyi” MBni loyihalashtirish mavzusida

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

239.8642578125 KB
“Talabalar turar joyi” MBni loyihalashtirish mavzusida
MUNDARIJA
Kirish ……………………………………... ………………………………………….……….3
I. NAZARIY QISM
1.1.Malumotlar bazasi tushunchasi………………………………………….…..6
1.2.  Talabalar turar joyi   ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va 
uni shakllantirish  ……………......................................................……….11
II. AMALIY QISM
2.1.  Jadvallarning o`zaro bog`lanishi  ………………..............……..………13
2.2.   SQL operatorlari yordamida jadvallarni hosil qilish  va  jadvallarga 
ma’lumotlar kiritish  ………………………………………………………………….…14
2.3.   SQL operatorlari yordamida jadvallarga yozuvlar qo’shish.….15
Xulosa ……………………………………………………………………………………….….17
Foydalanilgan adabiyotlar ……….………………….…………………………………18
1 Kirish
Hozirgi   kunda   inson   faoliyatida   ma’lumotlar   bazasi   (MB)   kerakli
axborotlarni   saqlash   va   undan   oqilona   foydalanishda   juda   muhim   rol
o‘ynamoqda.   Sababi:   jamiyat   taraqqiyotining   qaysi   jabhasiga   nazar   solmaylik
o‘zimizga   kerakli   ma’lumotlarni   olish   uchun,   albatta,   MBga   murojaat   qilishga
majbur   bo‘lamiz.   Demak,   MBni   tashkil   qilish   axborot   almashuv
texnologiyasining   eng   dolzarb   hal   qilinadigan   muammolaridan   biriga   aylanib
borayotgani   davr   taqozasidir.
Informatsion   texnologiyalarning   rivojlanishi   va   axborot   oqimlarining   tobora
ortib   borishi,   ma’lumotlarning   tez   o‘zgarishi   kabi   holatlar   insoniyatni   bu
ma’lumotlarni   o‘z   vaqtida   qayta   ishlash   choralarining   yangi   usullarini   qidirib
topishga   undamoqda.   Ma’lumotlarni   saqlash,   uzatish   va   qayta   ishlash   uchun
MBni   yaratish,   so‘ngra   undan   keng   foydalanish   bugungi   kunda   dolzarb   bo‘lib
qolmokda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini
ma’lumotlar   bazasisiz   tasavvur   qilib   bo‘lmaydi.
Ma’lumki,   MB   tushunchasi   fanga   kirib   kelgunga   qadar,   ma’lumotlardan   turli
ko‘rinishda   foydalanish   juda   qiyin   edi.   Dastur   tuzuvchilar   ma’lumotlarini
shunday   tashkil   qilar   edilarki,   u   faqat   qaralayotgan   masala   uchungina   o‘rinli
bo‘lardi.   Har   bir   yangi   masalani   hal   qilishda   ma’lumotlar   qaytadan   tashkil
qilinar   va   bu   hol   yaratilgan   dasturlardan   foydalanishni   qiyinlashtirar   edi.
Har   qanday   axborot     tizimining   maqsadi   real   muhit   ob’ektlari   haqidagi
ma’lumotlarga ishlov berishdan  iborat. Keng  ma’noda ma’lumotlar  bazasi  -  bu
qandaydir   bir   predmet   sohasidagi   real   muhitning   aniq   ob’ektlari   haqidagi
ma’lumotlar   to‘plamidir.   Predmet   sohasi   deganda   avtomatlashtirilgan
boshqarishni   tashkil   qilish   uchun   o‘rganilayotgan   real   muhitning   ma’lum   bir
qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv
yurti   va   boshqalar.
Shuni qayd qilish lozimki,   MB ni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq
zarur:   Birinchidan,   ma’lumotlar   turi,   ko‘rinishi,   ularni   qo‘llaydigan  
2 programmalarga   bog‘liq   bo‘lmasligi   lozim,   ya’ni   MB ga   yangi   ma’lumotlarni
kiritganda   yoki   ma’lumotlar   turini   o‘zgartirganda,   programmalarni   o‘zgartirish
talab   etilmasligi   lozim.
        Ikkinchidan,   MBdagi   kerakli   ma’lumotni   bilish   yoki   izlash   uchun   biror
programma   tuzishga   hojat   qolmasin.
Shuning   uchun   ham   MB ni   tashkil   etishda   ma’lum   qonun   va   qoidalarga   amal
qilish   lozim.   Bundan   buyon   axborot   so‘zini   ma’lumot   so‘zidan   farqlaymiz,
ya’ni   axborot   so‘zini   umumiy   tushuncha   sifatida   qabul
qilib,   ma’lumot   deganda   aniq   bir   belgilangan   narsa   yoki   hodisa   sifatlarini
nazarda   tutamiz.
Ma’lumotlar   bazasini   yaratishda,   foydalanuvchi   axborotlarni   turli   belgilar
bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga
intiladi.   Buni   faqat   ma’lumotlar   tizilmalashtirilgan   holda   bajarish   mumkin.
T   i   z   i   l   m   a   l   a   sh   t   i   r   i   sh   –   bu   ma’lumotlarni   tasvirlash   usullari   haqidagi
kelishuvni   kiritishdir.   Agar   ma’lumotlarni   tasvirlash   usuli   haqida   kelishuv
bo‘lmasa,   u   holda   ular   tizilmalashtirilmagan   deyiladi.   Tizilmalashtirilmagan
ma’lumotlarga   misol   sifatida   matn   fayliga   yozilgan   ma’lumotlarni   ko‘rsatish
mumkin.
Ma’lumotlar   bazasidan   foydalanuvchilar   turli   amaliy   dasturlar,   dasturiy
vositalari,   predmet   sohasidagi   mutaxassislar   bo‘lishi   mumkin.
Ma’lumotlar   bazasining   zamonaviy   texnologiyasida   ma’lumotlar   bazasini
yaratish,   uni   dolzarb   holatda   yuritishni   va   foydalanuvchilarga   undan   axborot
olishini   ta’minlovchi   maxsus   dasturiy   vosita,   ya’ni   ma’lumotlar   bazasini
boshqarish   tizimi   yordami   bilan   markazlashtirilgan   holda   amalga   oshirishni
nazarda   tutadi.
Ma’lumotlar   bazasi   –   EHM   xotirasiga   yozilgan   ma’lum   bir   strukturaga   ega,
o‘zaro   bog‘langan   va   tartiblangan   ma’lumotlar   majmuasi   bo‘lib,   u   biror   bir
ob’ektning xususiyatini, holatini yoki ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum
ma’noda   ifodalaydi.   MB   foydalanuvchiga   strukturalashtirilgan   ma’lumotlarni
saqlash   va   ishlatishda   optimal   qulaylikni   yaratib   beradi.
3 Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi
ish   bo‘lib   ko‘p   mehnat   va   vaqt   talab   qiladi.   MB   bilan   ishlashda   undagi
ma’lumotlarning   aniq   bir   strukturagi   ega   bo‘lishi,   birinchidan   foydalanuvchiga
ma’lumotlarni   kiritish   va   qayta   ishlash   jarayonida   undagi   ma’lumotlarni
tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi
qulayliklarni   tug‘diradi.     MB   tushunchasi   fanga   kirib   kelgunga   qadar,
ma’lumotlardan   turli   ko‘rinishlarda   foydalanish   juda   qiyin   edi.   Bugungi   kunda
turli   ko‘rinishdagi   ma’lumotlardan   zamonaviy   komp ь yuterlarda   birgalikda
foydalanish   va   ularni   qayta   ishlash   masalasi   hal   qilindi.   Komp ь yuterlarda
saqlanadigan  MB  maxsus  formatga ega bo‘lgan muayyan tuzilmali  fayl  bo‘lib,
undagi ma’lumotlar o‘zaro bog‘langan va tartiblangandir.
4 I. NAZARIY QISM
1.1.Ma’lumot bazasi tushunchasi
Ma'lumotlar ombori (ma'lumotlar bazasi) haqida
Web saytga qandaydir ma'lumotlar kiritiladi, sayt qandaydir ma'luotlarni 
saqlaydi va qayta ishlaydi hamda so'rov asosida qandaydir ma'lumotlarni beradi.
Web dasturchi shu ma'lumotlarni qayerda va qanday saqlash kerakligini o'ylab 
ko'rishi kerak bo'ladi.  Men sizdan quyidagi savollarga javob olishni istardim:
 loyihangizda saqlanadigan ma'lumotlar ko'pmi?
 Loyiha dasturi bu ma'lumotlarga tez-tez murojaat qiladimi?
 Bu ma'lumotlar tez-tez o'zgaradimi?
 Bu ma'lumotlarga bir vaqtning o'zida bir necha foydalanuvchi murojaat 
qilishi mumkinmi?
 Vaqt o'tishi bilan ma'lumotlar miqdori oshib yoki o'zgarib boradimi?
 Ma'lumotlarning yo'qolib qolishi siz uchn katta yoqotish bo'ladimi?
Yuqoridagi   savollarni   hech  bo'lmaganda   bittasiga   HA  deb   javob  bersangiz,   siz
ma'lumotlaringizni   ma'lumotlar   omborida   saqlashingizni   tavsiya   qilgan   bo'lar
edim.   Ma'lumotlar   ombori   haqida   nima   deyishimiz   mumkin?   Ma'lumotlar
5 omborida barcha ma'lumotlar bir-biriga bog'langan holda saqlanadi. Ma'lumotlar
Omborini   Boshqarish   Tizimi   (MOBT)   bu   omborga   ma'lumotlarni   yozadi,
o'chiradi,   o'zgartiradi   va   shunga   o'xshash   ishlarni   amalga   oshiradi.   MOBT   lari
juda   ko'p,   biz   ulardan   birini   o'rganish   va   foydalanish   uchun   tanlab   olishimiz
kerak   bo'ladi.   Bu   holatda   mening   fikrim   mazkur   kurs   uchun   asosiy   o'rinni
egallaydi.   Men   bu   kurs   uchun   MySQL   MOBTni   tanlab   oldim.   Albatta   nima
uchun:
 Aksariyat Web serverlar MySQL ni ham qo'llaydi;
 MySQL ni o'rgnish juda oson;
 PHP MySQL bilan oson muloqot qila oladi;
 MySQL kiliyent/server texnologiyasini qo'llaydi;
 MySQL hozirda Web muhitdagi eng ommaviy MOBT laridan biri;
 MySQL ni Internetdan osongina yuklab olish va foydalanish mumkin;
 MySQL Web muhitda ham juda tez ishlaydi.
Nega men MySQL  ni  tanlaganimni  Web  sayt  yaratganingizda to'laroq tushinib
olasiz degan umiddaman. MySQL ni sistemangizga o'rnatib olish haqida gapirib
o'tirmayman, agar siz DENWERni o'rnatsangiz MySQL ham birga o'rnatiladi.
Ma’lumotlar   bazasi   –   tegishli   ma’lumotlar   to’plamini   o’z   ichiga   olgan
umumiy, birlashgan kompyuter tuzilmasi[6]. 
Axborot   tizimining   turiga   va   masalaning   qo’yilishiga   qarab,   bu
ma’lumotlar bir yoki ikki mavzudagi bir necha megabaytdan biznesning ichki va
tashqi  muhitidagi  yuzlab  mavzularni  qamrab  oladigan  terabaytgacha   o’zgarishi
mumkin.
Ma’lumotlar bazalari, kompyuterlarga asoslangan tizimlarga ma’lumotlarni
tezda   saqlash,   boshqarish   va   olish   imkonini   beradigan   ixtisoslashgan
tuzilmalardir. 
Ma’lumotlar   bazasi   tushunchasi   maydon,   yozuv,   fayl   atamalari   bilan
bog’liq.
6 Maydon   –   bu   saqlanadigan   ma’lumotlarning   eng   kichik   birligi.   Tipik
ma’lumotlar   bazasida   bir   qancha   tiplarning   yoki   saqlanadigan   maydonlarning
har   birini   tavsiflovchi   ko’plab   nusxalari   (occurrence   yoki   instance)   mavjud.
Masalan,   OTMlar   haqida   ma’lumot   mavjud   bo’lgan   ma’lumotlar   bazasida
"OTM raqami" nomi bilan saqlanadigan maydon turini o’z ichiga olishi mumkin
va   ma’lumotlar   bazasida   tavsiflangan   OTMlarning   har   bir   turi   uchun
(fakultetlar,   yo’nalishlar,   guruhlar,   talabalar   va   boshqalar)   ushbu   saqlanadigan
maydonning alohida nusxasi mavjud bo’ladi.
Yozuv   –   bu   tegishli   saqlanadigan   maydonlar   to’plamidir.   Bunday   holda,
saqlangan   yozuvning   nusxasi   saqlanadigan   maydonlarning   tegishli   nusxalari
guruhidan iborat. 
Fayl   -   bu   bir   xil   turdagi   saqlangan   yozuvlarning   barcha   mavjud   nusxalari
to’plami.   Oddiylik   uchun   har   qanday   berilgan   fayl   faqat   bitta   turdagi
saqlanadigan   yozuvlarni   o’z   ichiga   olishi   mumkin   deb   qabul   qilinadi.   Ushbu
soddalashtirish keyingi mulohazalarga jiddiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Ma’lumotlar bazasini loyihalash uchun axborot va ma’lumotlar o’rtasidagi
farqni tushunib olish kerak. 
Axborot - bu ma’lumotlarning ma’nosini ochib berish uchun qayta ishlash
natijasidir.   Axborotdan   qaror   qabul   qilish   uchun   asos   sifatida   foydalanish
mumkin.   Masalan,   OTM   professor-o’qituvchilari   haqidagi   ma’lumotlarning
qisqacha tavsifi attestatsiya organlariga OTM uchun attestatsiyani o’tkazish yoki
o’tkazmaslikni belgilashda foydali bo’lgan tushunchalarni beradi.
Ushbu   misoldan   ko’rinib   turibdiki,   ma’lumot   o’z   vaqtida   va   aniq
ma’lumotlarni   talab   qiladi.   Bunday   ma’lumotlar   to’g’ri   yaratilishi   va   ularga
kirish va qayta ishlash oson bo’lgan formatda saqlanishi kerak. Bundan tashqari,
har   qanday   asosiy   manba   kabi   ma’lumotlar   muhiti   ehtiyotkorlik   bilan
boshqarilishi kerak. 
Ma’lumotlarni   boshqarish   -   bu   ma’lumotlarning   to’g’ri   yaratilishi,
saqlanishi   va   olinishiga   qaratilgan   qoidalar   [6].   Ma’lumotlar   muhim   rol
o’ynashini   hisobga   olib,   ma’lumotni   boshqarish   har   qanday   biznes,   davlat
7 idorasi, xizmat ko’rsatish tashkiloti yoki xayriya faoliyatining asosiy yo’nalishi
ekanligi biz to’liq anglashimi lozim.
Ma’lumotni samarali boshqarish odatda kompyuter ma’lumotlar bazasidan
foydalanishni   talab   qiladi.   Ma’lumotlar   bazasi   bu   quyidagilar   to’plamini
saqlaydigan umumiy, birlashtirilgan kompyuter tuzilmasi:
 Tashqi   foydalanuvchi   ma’lumotlari,   ya’ni   oxirgi   foydalanuvchini
qiziqtirgan muhim faktlar;
 Metadata (ma’lumotlar haqidagi  ma’lumotlar [6]), ular orqali oxirgi
foydalanuvchi ma’lumotlari birlashtiriladi va boshqariladi.
Metadata ma’lumotlar xarakteristikalarini va ma’lumotlar bazasida topilgan
ma’lumotlarni   bog’laydigan   munosabatlar   to’plamini   tavsiflaydi.   Masalan,
meta-ma’lumotlar   komponenti   har   bir   ma’lumot   elementining   nomi,   har   bir
ma’lumot elementida saqlanadigan qiymatlar turi (raqamlar, sana yoki matn) va
ma’lumotlar elementini bo’sh qoldirish mumkinligi kabi ma’lumotlarni saqlaydi.
Metadata   ma’lumotlarning   qiymati   va   ishlatilishini   to’ldiruvchi   va
kengaytiradigan   ma’lumotlarni   taqdim   etadi.   Qisqa   qilib   aytsak,   metadata
ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarning yanada to’liq tasvirini taqdim etadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi   (MBBT) bu ma’lumotlar bazasi
tuzilishini   boshqaruvchi   va   unda   saqlanadigan   ma’lumotlarga   kirishni
boshqaradigan   dasturlar   to’plami.   Qaysidir   ma’noda   ma’lumotlar   bazasi   juda
yaxshi   tashkillashtirilgan   elektron   topshirish   kabinetiga   o’xshaydi,   unda   kuchli
dasturiy ta’minot (MBBT) kabinet tarkibini boshqarishga yordam beradi.
Ma’lumotlar   bazasining   turlari.   Har   bir   ma’lumotlar   bazasi   ma’lum   bir
ma’lumot to’plamini saqlaydi va ma’lum maqsadda foydalaniladi. Yillar o’tishi
bilan,   ma’lumotlar   bazalaridan   texnologiya   va   innovatsion   foydalanish
rivojlanib   borgan   sari   ma’lumotlar   bazalarini   tasniflashda   turli   xil   usullar
qo’llanilmoqda.   Masalan,   ma’lumotlar   bazalari   qo’llab-quvvatlanadigan
foydalanuvchilar soni, ma’lumotlar joylashgan joyda, saqlanadigan ma’lumotlar
turi,   ma’lumotlardan   maqsadli   foydalanish   va   ma’lumotlar   tuzilish   darajasi
bo’yicha tasniflanishi mumkin.
8 Foydalanuvchilar   soni   ma’lumotlar   bazasi   bitta   foydalanuvchi   yoki   ko’p
foydalanuvchi   sifatida   tasniflanganligini   aniqlaydi.   Bitta   foydalanuvchi
ma’lumotlar   bazasi   bir   vaqtning   o’zida   faqat   bitta   foydalanuvchini   qo’llab-
quvvatlaydi.   Boshqacha   aytganda,   agar   A   foydalanuvchisi   ma’lumotlar
bazasidan   foydalansa,   B   va   C   foydalanuvchilari   A   foydalanuvchisini   kutib
turishlari   kerak.   Bunga   javoban,   ko’p   foydalanuvchi   ma’lumotlar   bazasi   bir
vaqtning   o’zida   bir   nechta   foydalanuvchilarni   qo’llab-quvvatlaydi.   Ko’p
foydalanuvchi  ma’lumotlar bazasi  nisbatan kam miqdordagi foydalanuvchilarni
(odatda   50   dan   kam)   qo’llab-quvvatlasa,   tashkilotning   ishchi   guruhi
ma’lumotlar   bazasi   deb   ataladi.   Ma’lumotlar   bazasi   butun   tashkilot   tomonidan
ishlatilganda   va   ko’plab   bo’limlarda   (50   dan   ortiq,   odatda   yuzlab)
foydalanuvchilarni   qo’llab-quvvatlasa,   ma’lumotlar   bazasi   korxona   bazasi   deb
nomlanadi.
Joylashuv ma’lumotlar bazasini  tasniflash uchun ham ishlatilishi  mumkin.
Masalan,   bitta   saytda   joylashgan   ma’lumotlarni   qo’llab-quvvatlaydigan
ma’lumotlar   bazasi   markazlashtirilgan   ma’lumotlar   bazasi   deb   ataladi.   Bir
nechta   turli   saytlarda   tarqatilgan   ma’lumotni   qo’llab-quvvatlaydigan
ma’lumotlar bazasi  taqsimlangan  ma’lumotlar bazasi deb ataladi.
Markazlashtirilgan   va   markazlashtirilmagan   (tarqatilgan)   ma’lumotlar
bazasi   ma’lumotlar   bazasini   amalga   oshirish   va   boshqarish   uchun   aniq
belgilangan infratuzilma (apparat, operatsion tizimlar, tarmoq texnologiyalari va
boshqalar)ni     talab   qiladi.   Odatda,   infratuzilmaga   ma’lumotlar   bazasini
yaratadigan   va   ishlaydigan   tashkilot   egalik   qiladi   va   xizmat   qiladi.   Ammo
so’nggi yillarda bulutli ma’lumotlar bazalaridan foydalanish tobora ommalashib
bormoqda.  Bulutli ma’lumotlar bazasi  - bu Microsoft Azure yoki Amazon AWS
kabi   bulutli   ma’lumotlar   xizmatlaridan   foydalanib   yaratilgan   va   saqlanadigan
ma’lumotlar   bazasi.   Uchinchi   tomon   yetkazib   beruvchilari   tomonidan   taqdim
etiladigan   ushbu   xizmatlar   ma’lumotlar   bazasi   uchun   ishlashning   aniq
choralarini   (ma’lumotlarni   saqlash   hajmi,   talab   qilinadigan   o’tkazuvchanlik   va
9 mavjudlik)   ta’minlaydi,   lekin   uni   amalga   oshirish   uchun   asosiy   infratuzilmani
ko’rsatishi shart emas. 
Ba’zi bir kontekstlarda ma’lumotlar bazalarini tasniflashning mashhur usuli
ularda   saqlanadigan   ma’lumotlar   turiga   qarab   belgilanadi.   Ushbu   mezondan
foydalangan   holda   ma’lumotlar   bazalari   ikki   toifaga   guruhlanadi:   umumiy
maqsadlar   va   aniq   bir   sohaga   asoslangan   ma’lumotlar   bazalari.   Umumiy
maqsadga asoslangan   ma’lumotlar bazalarida bir nechta fanlarda ishlatiladigan
turli xil ma’lumotlar mavjud - masalan, umumiy demografik ma’lumotlarni o’z
ichiga   olgan   ro’yxatga   olish   ma’lumotlar   bazasi   va   LexisNexis   va   ProQuest
ma’lumotlar bazalari, turli mavzularda gazeta, jurnal va jurnal maqolalarini o’z
ichiga   olgan.   Aniq   bir   maqsadga   asoslangan   ma’lumotlar   bazalarida   muayyan
fan sohalariga yo’naltirilgan ma’lumotlar mavjud. 
1.2.  “Talabalar turar joyi”   ma’lumotlar bazasining mantiqiy
strukturasi va uni shakllantirish
Men   ushbu   “Talabalar turar joyi”  ma ’ lumotlar    bazasini    yaratish   mavzusidagi
kurs   ishimni bajarish davomida ko`plab izlanishlar olib bordim. Shu maqsadda    .
U   yerda   kerakli   ma ’ lumotlarni   qanday   olish   haqida   tassavvurga   ega   bo`ldim.
To`plagan   ma ’ lumotlarim   asosida   zamonaviy   dasturlash   tillaridan   biri   MySQL
da   ma ’ lumotlar   bazasini   hosil   qilishni   ham   ko’rib   chiqdim.   MB   ni   yaratish
davomida   dasturlash   texnologiyasi   bilan   yaqindan   tanishib   chiqdim   va   chuqur
malaka hosil qildim. Shuningdek   ma ’ lumotlar   bazasi   bilan ishlash,  ularni  oddiy
va dinamik usullarda tashkil qilish malakasini hosil qildim.
“Talabalar turar joyi” –  Talabalar turar joyi haqida ma’lumotni saqlovchi
jadval
Maydon nomi Tipi Izoh
id T_t_joyi int(4) Kalit maydon
10 address varchar(45) T_turar joyi manzili
number int(4) T_turar joyi raqami
telnumber int(10) T_turar joyi telefon raqami
“Employee” –  Talabalar turar joyida ishlovchi xodimlar haqida
ma’lumotni saqlovchi jadval
Maydon nomi Tipi Izoh
id employee   int(4) Kalit maydon
Employeecol varchar(100) Xodimlar 
Employeename varchar(45) Xodimning ismi
Employeeadress varchar(100) Xodimning manzili
Employeedatebirthday int(10) Xodimning   tug’ilgan
vaqti
Employeetelnumber int(10) Xodimning   telefon
raqami
chelude_iClassschelude int(10) T_turar joyi jadvali 
identifikatori
chelude_id int(10) T_turar joy xonasi 
identifikatori
“Talabalar” – TAlabalar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi jadval
Maydon nomi Tipi Izoh
I d student int( 4 ) Kalit maydon
studentfullname varchar(50) student to’liq ismi
studenttelnumber int( 10 ) student telefon raqami
studentadress varchar(50) student manzili
studentinfofparent varchar(70) student ota-onasi haqida ma’lumot
11 “Xona” – Xona xonalar haqidagi ma’lumotni saqlovchi jadval
Maydon nomi Tipi Izoh
i d xona int( 4 ) Kalit maydon
xonaleader varchar( 50 ) T_turar joyi rahbari
Xona_number varchar( 50 ) Turar joy xona raqami
       II. AMALIY QISM
2.1.JADVALLARNING O’ZARO BOG’LANISHI
12 Talabalar va Xonachelude jadvallari M:N bog’lanish turini hosil qilgan.
13 2.2.SQL operatorlari yordamida jadvallarni hosil qilish va  jadvallarga
ma’lumotlar kiritish
1-jadval. “Talabalar_turar_ joyi” jadvalini CREATE operatori yordamida 
hosil qilish
CREATE TABLE ‘Talabalar_turar_joyi’ (
‘idT_’ INT(4) NOT NULL,
‘address’ VARCHAR(50) NULL,
‘telnumber’ INT(10) NULL,
‘number’  VARCHAR(4) NOT NULL,
PRIMARY KEY (‘idT_t_joyi’)
);
2-jadval. “Employee” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE ‘employee’ (
‘idemployee’ INT(4) NOT NULL COMMENT ‘ ‘,
‘employeecol’ VARCHAR(45) NULL COMMENT ‘ ‘,
‘employeename’ VARCHAR(45) NULL COMMENT ‘ ‘,
14 ‘employeeadress’ VARCHAR(45) NULL COMMENT ‘ ‘,
‘employeedatebirthday’ VARCHAR(45) NULL COMMENT ‘ ‘,
‘employeetelnumber’ INT(10) NULL COMMENT ‘ ‘,
‘Xonachelude_idClassschelude’ INT(4) NOT NULL COMMENT ‘ ‘,
‘Xonachelude_class_idclass’ INT(4) NOT NULL COMMENT ‘ ‘,
PRIMARY KEY (‘idemployee’)
);
3-jadval. “Pupil” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE ‘student’ (
‘idstudent’ INT(4) NOT NULL COMMENT ‘ ‘,
‘studentfullname’ VARCHAR(45) NULL COMMENT ‘ ‘,
‘studenttelnumber’ INT(10) NULL COMMENT ‘ ‘,
‘studentadress’ VARCHAR(45) NULL COMMENT ‘ ‘,
‘studentinfofparent’ VARCHAR(45) NULL COMMENT ‘ ‘,
‘xona_idxona’ INT(4) NOT  NULL COMMENT ‘ ‘,
PRIMARY KEY (‘idstudent’) COMMENT ‘ ‘
);
4-jadval. “Xona” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE ‘xona’ (
‘idxona’ INT(4) NOT NULL ,
‘xonaleader’ VARCHAR(45) NULL ,
‘Turar_joy_idTurar_joy’ INT(4) NOT NULL ,
‘xona_nomer’ VARCHAR(45) NULL ,
PRIMARY KEY (‘idxona’) 
);
 2.3.SQL operatorlari yordamida jadvallarga yozuvlar qo’shish
1-jadval. “Talabalar turar joyi” jadvaliga INSERT operatori yordamida
yozuv qo’shish
INSERT INFO ‘turar joy’ (‘idT_t_joyi’, ‘address’, ‘telnumber’,
15 ‘number’) VALUES (‘1’, ‘Samarqand shahar, ‘4839652’, ‘30’);
2-jadval. “Employee” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv
qo’shish
INSERT INFO ‘employee’ (‘idemployee’, ‘employeecol’, ‘employeename’,
‘employeeadress’,   ‘employeedatebirthday’,   ‘employeetelnumber’,
‘chelude_idClasschelude’,   ‘chelude_id’,   ‘chelude   _id’)   VALUES   (‘1’,   NULL,
‘Zokirov Javohir’, ‘Samarqand’, ‘1999.04.02’, ‘1933896’, ‘1’, ‘1’, ‘1’);
3-jadval. “Pupil” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv qo’shish
INSERT   INFO   ‘pupil’   (‘idpupil’,   ‘pupilfullname’,   ‘pupiltelnumber’,
‘pupiladress’,   ‘pupilinfofparent’,   ‘class_idclass’)   VALUES   (‘1’,   ‘Zokirov
Javohir’,  ‘1933896’, ‘Urgut’, ‘Parent’, ‘4’);
4-jadval. “Xona” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv qo’shish
INSERT   INFO   ‘xona’   (‘idxona’,   ‘xonaleader’,   ‘Turar_joy_id’,   ‘xona_nomer’)
VALUES (‘1’, ‘Zokirov Javohir’,  ‘1’, ‘4’);
16 Xulosa
Bu   kurs   ishini   tayyorlash   mobaynida   olgan   bilimlar   hamda
ko`nikmalarimizni   yanada   mustahkamladim.   Amaliyotda   qo’llab   natijalarni
ko’rdik.   MySQL   ma’lumotlar   bazasi   bilan   bog’lab,   shu   ma’lumotlar   bazasi
ustida   amallar   bajarishni   o’rganib   “Maktab”   nomli   ma’lumotlar   bazasini   tuzib
chiqdim   va   bu   ma`lumotlar   bazasini   yaratish   va   boshqarish   dasturini   qo`llash
juda   kata   qulayliklar   yaratdi.     Bu   baza   orqali   “Talabalar   turar   joyi”   va   unig
xodimlari   ishini   ancha   osonlashtirishimiz   mumkin.   Xozirgi   kunda
axborotlashish   juda   tez   tarzda   rivojlanib   bormoqda   va   hozirgi   kunga   kelib
malumotlarni   xajmi   juda   kattalashib   ketdi.   Biz   bemalol   XXI   asr   axborot   asri
desak   bo ladi.   Buni   isbotini   biz   har   jabhada   ko’rishimiz   mumkin.   Shu   sababli‟
bizni   yurtimizda   ham   axborot   texnologiyalariga   katta   ahamiyat   qaratilmoqda.
Axborotlashtirish yo’lida mamlakatimiz “Elektron hukumat” loyihasini hayotga
tatbiq   etmoqda.   Bu   ham   odamlarimizga   barcha   davlat   xizmatlaridan   onlayn
foydalanish   imkonini   beradi.   Biz   bu   imkoniyatlardan   keng   foydalangan   xolda
kelajak   texnologiyalarini   yaratib   insonlarni   ishini   osonlashtirishga   o’z
17 hissamizni   qo’shamiz.   O’ylaymanki   qilgan   ishlarimiz   kelajakda   yurtimizda
dasturlash texnologiyasi rivojlanishiga o z hissasini qo’shadi degan umiddaman.‟
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Веллинг Л., Томсон Л. Разработка Web-приложений с   помощью PHP
и MySQL ,3-е издание, 2008
2. Мориссон М, Бейли Л,   Изучаем PHP и MySQL        ,2010,Москва
3. А. Мазуркевич Д, Еловой ,PHP   настольная книга программиста ,2010,
Санкт-Петербург
Internet saytlar:
http://yiiframework.com
http://getbootstrap.com
http://wrapbootstrap.com
http://ru.wikipedia.org/wiki/AJAX
18

“Talabalar turar joyi” MBni loyihalashtirish mavzusida MUNDARIJA Kirish ……………………………………... ………………………………………….……….3 I. NAZARIY QISM 1.1.Malumotlar bazasi tushunchasi………………………………………….…..6 1.2. Talabalar turar joyi ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish ……………......................................................……….11 II. AMALIY QISM 2.1. Jadvallarning o`zaro bog`lanishi ………………..............……..………13 2.2. SQL operatorlari yordamida jadvallarni hosil qilish va jadvallarga ma’lumotlar kiritish ………………………………………………………………….…14 2.3. SQL operatorlari yordamida jadvallarga yozuvlar qo’shish.….15 Xulosa ……………………………………………………………………………………….….17 Foydalanilgan adabiyotlar ……….………………….…………………………………18 1

Kirish Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki, MB ni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan 2

programmalarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MB ga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim. Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MB ni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin. T i z i l m a l a sh t i r i sh – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin. Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi. Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’ektning xususiyatini, holatini yoki ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi. 3

Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir strukturagi ega bo‘lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug‘diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan zamonaviy komp ь yuterlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Komp ь yuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo‘lgan muayyan tuzilmali fayl bo‘lib, undagi ma’lumotlar o‘zaro bog‘langan va tartiblangandir. 4

I. NAZARIY QISM 1.1.Ma’lumot bazasi tushunchasi Ma'lumotlar ombori (ma'lumotlar bazasi) haqida Web saytga qandaydir ma'lumotlar kiritiladi, sayt qandaydir ma'luotlarni saqlaydi va qayta ishlaydi hamda so'rov asosida qandaydir ma'lumotlarni beradi. Web dasturchi shu ma'lumotlarni qayerda va qanday saqlash kerakligini o'ylab ko'rishi kerak bo'ladi. Men sizdan quyidagi savollarga javob olishni istardim:  loyihangizda saqlanadigan ma'lumotlar ko'pmi?  Loyiha dasturi bu ma'lumotlarga tez-tez murojaat qiladimi?  Bu ma'lumotlar tez-tez o'zgaradimi?  Bu ma'lumotlarga bir vaqtning o'zida bir necha foydalanuvchi murojaat qilishi mumkinmi?  Vaqt o'tishi bilan ma'lumotlar miqdori oshib yoki o'zgarib boradimi?  Ma'lumotlarning yo'qolib qolishi siz uchn katta yoqotish bo'ladimi? Yuqoridagi savollarni hech bo'lmaganda bittasiga HA deb javob bersangiz, siz ma'lumotlaringizni ma'lumotlar omborida saqlashingizni tavsiya qilgan bo'lar edim. Ma'lumotlar ombori haqida nima deyishimiz mumkin? Ma'lumotlar 5