Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. Tarbiya maqsadining jamiyat ijtimoiy ehtiyoji asosida belgilanishi
Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. Tarbiya maqsadining jamiyat ijtimoiy ehtiyoji asosida belgilanishi . REJA: 1. Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalari 2. Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari 3. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari 4. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari Tayanch tushunchalar: Tarbiya jarayoni, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya printsiplari, ijtimoiy tarbiya, milliy tarbiya. I.Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalari Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mohiyati, mazmuni, qonuniyatlari, printsiplari, metodlari hamda tashkil etilishi masalalarini o’rganadi. Tarbiya jarayoni, deymiz. Jarayon o’zi nima? Har qanday jarayon – harakatdir, rivojlanishdir, moddiy dunyodagi narsalar, hodisalarning asta-sekin o’zgarishidir. Tarbiya jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va ma‘naviy – axloqiy sifatlar, e‘tiqodlarni, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir. Shaxs kamolotida tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Tarbiya rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish bo’yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat, aniq maqsadga qaratilgan va boshqariladigan jarayondir. Ijtimoiy-tarixiy tajribani avloddan avlodga o’tishi, uni yangi avlod tomonidan o’zlashtirilishi natijasida shaxs hayotga, mehnatga va muayyan kasbga yo’naltirish jarayoniga tarbiya deymiz. Tarbiya ilmiy, boshqariluvchi, aniq maqsad sari yo’naltirilgan jarayondir. Arastu: tarbiyaning maqsadi, vazifasi insonga tabiat ato etmagan narsalarni o’rnini to’ldirish, shakllantirishdir, deydi. Tabiat insonga tayyor qobiliyat, tayyor dunyoqarash, iymon-e‘tiqod, ma‘naviyat, axloqiy-ma‘naviy qarashlar, madaniyat va boshqalarni ato etmaydi. Bu xususiyatlar tug’ma emas. Ular shaxsda tarbiya, ta‘lim jarayonida shakllanadi. Tarbiya shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, shaxsni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok ettirishga qaratilgan barcha ta‘sirlarmajmuidir (“Vatan tuyg’usi”). Xalq pedagogikasida odamzot farzandini boqib, ta‘lim berib katta qilish , voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnat va g’amhurlikni tarbiya deb tushuntiriladi. Odamga ish-hunar o’rgatish va umuman shaxsning g’oyaviy-ma‘naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta‘lim tizimi ham tarbiya sarasiga kiradi. Ilmiy manbaalarda, pedagogik adabiyotlarda, pedagogikadan darslik va
qo’llanmalarda tarbiyaga yuqorida keltirilgandek turlicha ta‘rif beriladi va ularning barchasi o’z o’rnida to’g’ridir. Tarbiya ijtimoiy xodisadir, kishilik jamiyatiga xos xodisadir. Inson ham, uning tarbiyasi ham o’z mohiyati bilan ijtimoiydir. Ya‘ni inson faqat jamiyatda, insonlar muhitida, o’zaro munosabatlar jarayonida, katta avlodga xos ijtimoiy tajribani o’zlashtirib olish orqali shakllanadi.Tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida mohiyati ana shu. Tarbiya jarayondir, tarbiya keng ma‘noda yoshlarni, insonlarni ob‘ektiv va sub‘ektiv ta‘sirlar asosida aqliy, axloqiy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayonidir. Biron bir maqsaga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tarbiyaga solinadi: a) o`quvchi – talabaning qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida rejalashtiriladi: b) shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbaalar izlab topiladi: v) belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbaalarni qaysini va qaerda ishlashni rejalashtiriladi: Xalqimiz ta‘lim beruvchini muallim, tarbiya beruvchini murabbiy deydi. Ta‘lim va tarbiya yagona jarayondir. Lekin ular aynan bir-biriga uxshash emas. Ta‘lim va tarbiyaning birligi avvalo ular maqsadining umumiyligidan iborat. Tarbiyaning vazifalari keng va ko’p qirralidir. Ta‘limning asosiy vazifasi o`quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiya esa yosh avlodni jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e‘tiqod, axloqiy malaka va ko’nikmalarni, extiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat. Pedagogik jarayon agar tarbiya ta‘limda oldin yursagina yaxshi samaralar beradi. Tarbiya ta‘limga nosbatdan ustivor bo’lishi kerak. Bilim boshqa, tarbiyalanganlik boshqa. Bilimli bo’lish degani shaxs tarbiyalandi, degani emas. Shaxs bilimli, ammo tarbiyasiz, axloqsiz, ma‘naviyatsiz, madaniyatsiz bo’lishi mumkin. “Bilimlar yaxshi xulq bilan bezalishi kerak”, degan edi buyuk mutafakkir A.N.Farobiy. Xalqimiz ham “Olim bo’lish oson, odam bo’lish qiyin”, maqolini bekorga yaratmagan. Tarbiya jarayoni o’ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ular quyidagilar: ta‘lim jarayoni ta‘limga nisbatdan murakkab jarayon hisoblanadi. Tarbiya jarayoni davomli uzluksizdir. XVIII asrda yashagan frantsuz ma‘rifatparvari K.A.Gelvetsiy (1715-1771) tarbiyaning davomli jarayon ekanligi haqida gapirib bunday degan edi: Men hali ham o’rganishni davom ettirmoqdaman; mening tarbiyam hali ham tugallangani yo’q. Qachon u tugallanadi? U qachon men unga qobilyatsiz bo’lib qolganimda; o’limimdan keyin tugallanadi. Hayotimning barchasi, aslini olganda, faqat birgina davomli tarbiyadir. - tarbiya jarayoni ham ikki tomonlama jarayondir: - tarbiya jarayoni dialektik xususiyatga ega: - tarbiya natijalarining bir xil bo’lmasligi: - tarbiyaning komleks ya‘ni yaxlit xususiyaiga ega ekanligi.
Oila, turli jamoa tashkilotlari, fan-texnika, adabiyot, san‘at, ommaviy axborot vositalari, radio, televidenie va boshqalar ham tarbiyaga kuchli ta‘sir ko’rsatadi. Tarbiya jarayonida shaxsning turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy aqliy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlari tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustakamlanadi. Tarbiya-O`zbekiston mustaqilligining ma‘naviy asoslarini mustahkamlanishida , jamiyatimiz ijtimoiy taraqqiyotida, har tomonlama barkamol avlodni shakllantirishda xal qiluvchi qudratli omildir. Tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biri yoshlarning ongi, qalbiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, ularda milliy ong, g’ururni shakllantirishdir. Hozirig kunda tarbiya jarayonida yoshlarda o’zbek xalqiga xos ma‘naviy-axloqiy sifatlarni ayniqsa, iymon-e‘tiqod, yangicha dunyoqarash, Vatanga muhabbat, unga fidoyilik, vatanparvarlik, boshqa millat kishilariga hurmat, insonparvarlik, mehr- muruvvat, sharm-hayo, mehnatsevarlik, mehmondo’stlik kabi fazilatlarni tarbiyalash ta‘lim maskanlari jamoalarining, o`quvchi-murabbiylarimizning muhim vazifasidir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p narsani hal qiladi, deydi davlatimiz boshlig’i I.A.Karimov. Bugungi mafkuraviy Xuruj juda xafli. Bu xuruj insonlar ongini buzuq g’oyalar bilan zaharlashga intilmoqda. Bunday mafkuraviy xurujlardan yoshlar ongini, o’zbekning o’zligini asrashimiz kerak. Yoshlarga bunday buzug’ g’oyalar, mafkuraviy xurujlarning maqsad-mohiyatini tushuntirib berishimiz zarur. Bu-tarbiya yo’li bilan, mafkuraviy tarbiya yo’li bilan amalga oshali, deydi yurtboshimiz. Tarbiya jarayonining tuzilishi. Tarbiya jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: tarbiyaviy vazifalarni belgilash; Uning mazmuning, shakl va metodlarini aniqlash; O`quvchi-talabalarini umumiy talablar, me‘yorlar bilan tanishtirish; Ularda ilmiy dunyo qarash va e‘tiqodlarni shakllantirish; Amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish; O`quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash, uni taxlil qilish ya‘ni monitoringini olib borish va boshqalar. Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari Mashhur Shaxslarning Tarbiya Haqidagi Fikrlaridan. Bilim, ma‘rifat yaxshi hulq, axloq bilan bezanmog’i lozim. (Abu Nasr Farobiy)
“Men farzand tarbiyalashda davlatni boshqarishdan ko’ra chuqurroq mushohada , undan ham chuqurroq donoshmandlik kerakligiga ishonch qildim” (Amir Temur) “Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta‘lim-tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak” (Islom Karimov) “Tarbiya uch narsa ehtiyoj sezadi: iste‘dodga, ilmga va mashqqa” (Arastu) “Yaxshi tarbiya-millat ichidan buyuk insonlarni ko’paytirishga, qolganlarni esa sog’lom fikr yurituvchi fuqarolarga aylantirishga qodir” degan edi ma‘rifatparvar Gelvedtsiy “Tarbiya biz uchun yo hayot,yo mamot, yo najod, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”. (Abdulla Avloniy) Tug’ub tashlov bila bo’lmas, bola bo’lg’ay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa, bo’lur ul rahnoma sizga. (Abdulla Avloniy) Bordir inson zotiga ancha sharaf, Yomon hulqini etsa bartaraf. Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o`quvchilar, sinf rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda vazifalariga muvofiq ravishda tashkil etadilar. Tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari bilan o’zaro bog’liq. O`quvchi shaxsi tarbiya ob‘ektigina emas, yeng muximi u tarbiya sub‘ekti hamdir. Tarbiyaning asosiy turlari ikkitadir: Oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya. “Ijtimoiy tarbiya” iborasini ancha tor ma‘noda shaxsga ta‘sir ko’rsatishning maxsus tuzilgan ijtimoiy institutlarida, ya‘ni ta‘lim maskanlarida amalga oshiriladigan jarayonini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy tarbiya jarayonida yosh avlod o’tmish tajribalarini o’zlashtirib, yanadaboyitadi. Tarbiya shaxsni axloqiy-ma‘naviy, aqliy, jismoniy, huquqiy kamolotida muhim o’rin tutadi. Shunga ko’ra ijtimoiy tarbiyaning bir necha turlari: aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik mehnat, huquqiy tarbiya kabi turlari bor. Bulardan tashqari diniy tarbiya, harbiy tarbiya ham mavjud. Bugungi kunda O`zbekiston jamiyati Prezidentimiz boshchiligida bosh tarbiyachi vazifasini o’tamoqda. Tarbiyaviy ishlarning muvaffaqiyatini ko’pgina omillar belgilaydi. Bu omillar quyidagilar: Ta‘limning tarbiyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, maktab o`quvchilari bajaradign ijtimoiy-foydali mehnatni aniq rejalashtirish, maktab, oila va jamoatchilikning tarbiyaviy ta‘sirini birlashtirish, maktabda turli xildagi tarbiyaviy ish shakllari (Yakka tartibdagi, guruh, ommaviy ish shakllari) ni, tarbiyaviy tadbirlarini jonlantirish, o`quvchilar faolligini oshirish,
tarbiyalashni qayta tarbiyalash bilan birga qo’shib olib borish va boshqalar. III.Tarbiya jarayoni mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari. Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar asosida tashkil etiladi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglatish, obyektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo‘nalishi, shakli hamda obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi , dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni o‘quvchilar va o‘qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Maktab yoshidagi bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o‘rin egallasa ham, bolalarga uzluksiz ta’sir o‘tkaza olmaydi. Chunki bolalar ma’lum muddatgina maktab, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan vaqtning asosiy hismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’til davrlarida o‘quvchilar maktab, o‘qituvchi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, maktabda bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqari amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining tarbiyaviy ta’siri va nazoratidan uzoqlashadilar. O‘quvchilarga nisbatan maktab (ta’lim muassasasi)ning ta’sirini susaytirmaslik