Yagona soliq to’lovi. Ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar
Yagona soliq to’lovi. Ijtimoiy jamg ’ armalarga majburiy to ’ lovlar Reja: 1. Ijtimoiy soliqni soliq to’lovchilar i, soliq solish obyekti , soliq bazasi , soliq stavkalari , soliq davri . 2. Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi . Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va to’lashning o’ziga xos xususiyatlari . 1
Ijtimoiy soliqni soliq to’lovchilar i, soliq solish obyekti , soliq bazasi , soliq stavkalari , soliq davri . Soliq to’lovchilar Ijtimoiy soliqni soliq to’lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi: O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari; Soliq Kodeksning 408 va 409 -moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijtimoiy soliq to’laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari. Soliq solish obyekti Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to’lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu bo’limda soliq deb yuritiladi) s oliq solish obyektidir. O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko’rsatishga doir shartnomalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi norezidenti bo’lgan yuridik shaxsga to’lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish obyektidir. Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish s oliq solish obyektidir. Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo’lganligi yoki sog’ligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash tarzidagi, Soliq Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida ko’rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari; paxta yig’im-terimi bo’yicha mavsumiy qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to’lashga doir xarajatlar. Soliq bazasi 2
Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi Soliq Kodeksning 371- moddasiga muvofiq to’lanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning O’zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta hisoblab chiqariladigan, ular O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq to’lash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Soliq Kodeks 403-moddasining ikkinchi qismida ko’rsatilgan daromadlar bo’yicha soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi chet ellik xodimlarga to’lanadigan daromadlar summasi sifatida, biroq O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko’rsatishga doir shartnoma bo’yicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo’lmagan summada belgilanadi. Soliq stavkalari Soliq stavkalari, agar Soliq Kodeksning 408-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, quyidagi miqdorlarda belgilanadi: № Soliq to’lovchilar Soliq stavkalari, foizlarda 1. Soliq to’lovchilar, bundan 2–4-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno 12 Byudjet tashkilotlari 25 3. «SOS – O’zbekiston Bolalar mahallalari» uyushmalari 7 4. Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi bo’lgan shaxslar mehnatidan 4,7 3
foydalanuvchi soliq to’lovchilar Soliq to’lovchilarning ayrim toifalari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan pasaytirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin. Soliq davri. Hisobot davri Kalendar yil soliq davridir. Yil oyi hisobot davridir. 15. Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi . Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va to’lashning o’ziga xos xususiyatlari Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi Soliq soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi. Soliq ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablag’lari hisobidan to’lanadi. O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari bo’yicha, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar bo’yicha soliqni to’lash majburiyati O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Soliq hisoboti soliq hisobida turilgan joydagi soliq organlariga soliq to’lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining 4
norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar tomonidan yil yakunlari bo’yicha soliqning hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar taqdim etiladi. Soliqni to’lash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va to’lashning o’ziga xos xususiyatlari Soliq soliq to’lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar: 1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo’lmagan miqdorda; 2) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo’lgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida; 3) faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan: yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosi tomonidan – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo’lmagan miqdorda; oilaning boshqa a’zolari tomonidan (bundan o’n sakkiz yoshga to’lmaganlar mustasno) – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida; 4) «Hunarmand» uyushmasining hunarmandchilik faoliyati subyektlari bo’lgan, qishloq tumanlarida ro’yxatdan o’tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan a’zolari tomonidan o’z faoliyatining dastlabki ikki yilida – oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida; 5) «Usta-shogird» maktablari o’quvchilari tomonidan ular yigirma besh yoshga to’lguniga qadar ishlagan davrida – yiliga bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravaridan kam bo’lmagan miqdorda majburiy tartibda to’lanadi. Belgilangan miqdordagi soliqning to’lanishi mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi. 5