Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda hal etilishi
Mavzu: Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan qonunchilikda belgila ngan tartibda hal etilishi Reja: I.Kirish 1. Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda hal etilishi masalalari II.Asosiy qism 1.Yerga oid nizolarning huquqiy asoslari 2.Yer xususidagi nizolarning sud tartibida hal etilishi 3.Yerga oid nizolarni hal etishda muqobil usullar III.Xulosa
Kirish Yer resurslari har bir mamlakatda iqtisodiyotning muhim omillaridan biridir. Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida yerga oid munosabatlar kelib chiqishi va ularning nizoli vaziyatlarga aylanishi yer mulkiga egalik qilish, foydalanish yoki ijaraga olish masalalarida ko‘p uchraydi. Bunday nizolarni qonunchilikka mos ravishda hal qilish jamiyat va davlat barqarorligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Ushbu referatda yer nizolarini sud orqali hal etish tartibi va uning yuridik jihatlari o‘rganiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 68-moddasining talablaridan kelib chiqqan holda, yer umummilliy boylik ekanligi, undan oqilona foydalanish zarurligi va u davlat tomonidan muhofaza qilinishini inobatga olib, erga oid nizolarni sudlar tomonidan hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi va yer munosabatlarini tartibga solishga oid boshqa qonunchilik hujjatlari to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadidir Sudlarning e’tibori yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining (bundan buyon matnda Yer kodeksi deb yuritiladi) 3-moddasi bilan belgilangan.Sudlar yerga oid qonunchilik hujjatlarini qo‘llashda ushbu sohaga oid qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega emasligi, ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi hamda qonunda u amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi.Shu bilan birga, ma’muriy sudlarga nizolashilayotgan ma’muriy hujjat yoki mansabdor shaxs harakati (harakatsizligi)ning qonuniyligiga ushbu hujjat qabul qilingan yoki harakat (harakatsizlik) sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan yerga oid qonunchilik hujjatlari asosida baho berishlari lozim. Qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar nizoli yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni va ushbu huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni sudga taqdim qilishlari lozim, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar bundan mustasno.Bunda sudlarning e’tibori Yer kodeksining 33-moddasida nazarda tutilgan hujjatlargina yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanishi lozim. Da’vogar (arizachi) tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi hujjat taqdim etilganda, sudlar nizoni to‘g‘ri hal etish uchun yer uchastkasining plani va tavsifi tuzilganligi, yer uchastkasining chegaralari joyida belgilab berilganligi haqidagi hujjatlar mavjudligini kadastr yoki boshqa vakolatli organlarning ma’lumotlari asosida aniqlashlari lozim. Sudlar erga oid nizolarning xususiyatidan kelib chiqib: protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda da’voni ta’minlash (dastlabki himoya) choralarini ko‘rish masalasini muhokama qilishlari; bunday ishlarni protsessual muddatlarga qat’iy rioya qilgan holda ko‘rib chiqishlari lozim.
Sudlar tomonidan, Yer kodeksi 22-moddasining birinchi qismi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) 549- moddasi birinchi qismining mazmuniga ko‘ra, davlat egaligida bo‘lgan yer uchastkalari yoki boshqa ko‘chmas mulklarning qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxsning egaligiga o‘tkazilishi, yer uchastkalari yoki boshqa ko‘chmas mulklardan ijara huquqi asosida foydalanib kelayotgan shaxslarning ijara shartnomasining muddati tugaguniga qadar undan foydalanish huquqidan mahrum etmaydi. Sudlar Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq, muddati tugaganligi munosabati bilan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini bekor qilish to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rishda, ushbu Kodeksning 24 4 -moddasi asosida yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish holatlariga e’tibor qaratishlari lozim. Sudlar yerga oid nizolarni ko‘rishda manfaatdor shaxslar doirasini aniqlab, zarurat bo‘lgan hollarda, ularni (masalan, kadastr va arxitektura organlari, auksion yoki tanlov o‘tkazuvchi tashkilotlar, mahalliy hokimliklar, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va boshqalar) ishda ishtirok etishga jalb qilish masalasini muhokama qilishlari lozim. Sudlovga taalluqlilik masalalari Sudlarning e’tibori ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining yuridik va jismoniy shaxslarning erga oid huquqlarini buzuvchi ma’muriy hujjatlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan ariza (shikoyat)lar, shuningdek, ushbu talablarga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararlarning o‘rnini qoplash haqidagi talablar ma’muriy sudlarga taalluqli ekanligini e’tiborga olish lozim.Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) oqibatida vujudga kelgan zararlar sababiy bog‘lanishdagi zararlar hisoblanadi.Shuningdek, Yer kodeksining 24 , 36- moddalari talabi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda Vazirlar Mahkamasining individual xususiyatga ega bo‘lgan yer munosabatlariga oid hujjatlari ma’muriy sudlarda nizolashilishi mumkin.Yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan quyidagi nizolar taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar yoki iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘riladi: yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va qayta sotib olish bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha kompensatsiya undirish; servitutni belgilash yoki bekor qilish, servitut yuzasidan haq undirish; bir nechta shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan, birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasidan foydalanish tartibini belgilash, uni bo‘lish; yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan bog‘liq bo‘lmagan huquq buzilishlarni bartaraf etish; yer uchastkasini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, yer uchastkasidan majburiy tartibda chiqarish; o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini qaytarish va foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish; Yer kodeksining 36-moddasida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tugatish;
Yer kodeksining 86 , 87-moddalarida nazarda tutilgan hollarda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararni undirish; yer uchastkalarining ijara shartnomasi bilan bog‘liq nizolar va boshqalar. Yerga oid qonunchilik hujjatlari bilan tegishli organlarning vakolatiga taalluqli masalalar sudlar tomonidan hal qilinmasligiga, jumladan Yer kodeksining 23-moddasiga asosan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) bo‘yicha vakolatli organlar belgilanganligiga sudlarning e’tibori qaratilishi lozim. Ma’muriy organning obyektni tanlov yoki auksionga chiqarishga qadar amalga oshirgan harakati (harakatsizligi) yoxud qarori bilan bog‘liq ommaviy-huquqiy nizolar ma’muriy sudlarning sudloviga, auksion yoki tanlov natijasi yuzasidan vujudga kelgan nizolar esa (masalan, bitim, kim oshdi savdosini yoki tanlovni haqiqiy emas deb topish, bitimni bekor qilish, o‘zgartirish) tegishincha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar yoki iqtisodiy sudlarning sudloviga taalluqlidir. Sudlar “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib quyish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12 , 27 va 34- moddalaridan kelib chiqib, shuni nazarda tutishlari lozimki, ushbu Qonun kuchga kirgan kundan boshlab yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda, huquq egasiga belgilangan kompensatsiya berilishi bilan bog‘liq nizolar dastlab sudga qadar kompensatsiya komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi, biroq masalaning qonunchilikda belgilangan muddatlarda kompensatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmaganligi arizani sud tomonidan ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bunda kompensatsiya komissiyasining qarori tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lganligi sababli kompensatsiya komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan manfaatdor shaxs tegishlicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga kompensatsiya undirish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilish huquqiga ega. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi asoslari qonunda qat’iy belgilab qo‘yilganligi sababli hakamlik sudlarining vakolat doirasidan chetga chiqqan holda yer
uchastkasi va boshqa ko‘chmas mulkka nisbatan huquqlarni vujudga keltirishga qaratilgan qarorlari, arizachilarning mansabdor shaxslarning zimmasiga yer uchastkasi yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish, ko‘chmas mulkni qayta rekonstruksiya qilishga ruxsat berish majburiyatini yuklash haqidagi va shu kabi boshqa talablarini qanoatlantirish uchun asos bo‘la olmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi Kodeksi (bundan buyon matnda MSIYutK deb yuritiladi) 27-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda arizachi tomonidan noaniq (masalan, kadastr yig‘majildi, kadastr pasporti, guvohnoma va davlat reyestridan ko‘chirmani haqiqiy emas deb topish haqida) talab qo‘yilganda, nizoning asl mohiyatidan kelib chiqqan holda ma’muriy sudlar sudning faol ishtiroki tamoyili asosida talabga aniqlik kiritish choralarini ko‘rib, arizani mazmunan ko‘rishlari lozim.Bunda sudlar ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning, jumladan bitimlar asosida yuzaga keladigan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarining vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishini bekor bo‘lishini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy hujjat ekanligidan kelib chiqib, bu haqdagi davlat reyestri ko‘chirmasini emas, balki ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni haqiqiy emas deb topilishi mumkinligiga e’tibor qaratishlari lozim. “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ hisoblanishi sababli, sudlarning e’tibori ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda, ish bo‘yicha javobgar sifatida Davlat kadastrlari palatasining viloyat hududiy boshqarmalari jalb qilinishi lozimligiga qaratilsin.Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarining vujudga kelish asoslari Yer kodeksining 31-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib, erga oid nizolarni ko‘rishda arizachida bunday huquqlar mavjud yoki mavjud emasligi, arizachi MSIYutK 185-moddasi talabi bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs hisoblanishi yoki hisoblanmasligiga aniqlik kiritish lozim. Shu bilan birga sudlarga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida muhofaza etiladigan obyektlar va ularning muhofaza hududlariga nisbatan bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi, mazkur yer maydonlariga bo‘lgan huquqning vujudga kelmaganligini anglatmasligi tushuntirilishi lozim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmonining (bundan buyon matnda PF-6243-sonli Farmon deb yuritiladi) 4-bandi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish, shu jumladan tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilash, e’tirof etish, o‘zgartirish, bekor qilish huquqi 2021- yil 1-avgustdan bekor qilingan.Shu bilan birga, PF-6243-sonli Farmonning 8-bandida ushbu Farmon rasman e’lon qilingan kundan boshlab Yer kodeksiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilguniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari tomonidan