ALISHER NAVOIY IJODINING XORIJDA O‘RGANILISHI (RUS SHARQSHUNOSLARI TADQIQI ASOSIDA)
1ALISHER NAVOIY IJODINING XORIJDA O‘RGANILISHI (RUS SHARQSHUNOSLARI TADQIQI ASOSIDA) SAMARQAND – 2022
MUNDARIJA BET DISSERTATSIYANING UMUMIY TAVSIFI……………………………………………………..... 6 I BOB ALISHER NAVOIY IJODINING RUS SHARQSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHI…………... 12 1.1 Rus sharqshunosligida Alisher Navoiy ijodi tadqiqi………………………………………………….... 12 1.2 Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda rus sharqshunosligining o‘rni…………………………………….. 22 I bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………………………………... 33 II BOB ALISHER NAVOIY ASARLARI TADQIQOTCHILARI VA TARJIMALARI………………….. 34 2.1 Sergey Ivanov – Navoiy asarlari tarjimoni (“Lison ut-tayr” dostoni misolida) ………………………... 34 2.2 Y.E.Bertels – Navoiy ijodi tadqiqotchisi………………………….......................................................... 48 II bob bo‘yicha xulosa…..…………………………………………………………………………....... 59 III BOB SHOIR ASARLARINING RUS TILIGA TARJIMALARI……………………………………....... 60 3.1 Alisher Navoiy lirik asarlarining o‘rganilishi………………………………………………………….. 60 3.2 Alisher Navoiy dostonlarining rus tiliga tarjimalari va tadqiqi………………………………………... 71 III bob bo‘yicha xulosa………………………………………………………………………………… 78 XULOSA…………………………………………………………......................................................... 80 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………………………………...... 83 ILOVALAR………………………………………………………........................................................ 87
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi Mumtoz adabiyotimizning yirik vakili hazrat Navoiy hayoti va ijodini xorijiy olimlar nigohida o‘rganish bugunning muhim vazifalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” gi PQ-4865-son Qarorida “Alisher Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy g‘oyalarning jahon tamaddunida tutgan o‘rnini hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatini nazarda tutib, shuningdek, ulug‘ shoir va mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini mamlakatimizda va xalqaro miqyosda yanada chuqur tadqiq qilish va keng targ‘ib etish…” lozimligi alohida ta’kidlangan. Bu filologiya ilmi va navoiyshunoslik, xususan, adabiy ta’sir, qiyosiy adabiyotshunoslik tajimashunoslik yo‘nalishida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar zimmasiga jahonning ilg‘or texnologiyalari hamda nazariy-amaliy g‘oyalariga hamohang bo‘lgan ilmiy tadiqiqotlarni yaratish vazifasini yuklaydi. Mana shu masalalar mazkur dissertatsiya uchun tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilashga asos bo‘ladi.
Tadqiqot obyekti va predmeti . Rus sharqshunosligida Navoiyga bag‘ishlab yaratilgan monografiya, dissertatsiya, ilmiy maqola va kitoblar tadqiqotning obyekti ni tashkil qiladi. Tadqiqotning predmeti ni rus sharqshunosligida Navoiy asarlariga ilmiy munosabat, shoirning she’riy hamda nasriy asarlarining tarjimalari tashkil etadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqot maqsadi xorijda Alish er Navoiy ijodining o‘rganilishini rus adabiyotshunosligi misolida yoritib berish dan iborat . Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda dissertatsiya o‘z oldiga quyidagi vazifalar ni qo‘yadi: Alisher Navoiy ijodining rus sharqshunosligida o‘rganilishi tadqiqi; Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda rus sharqshunosligining o‘rnini yoritish; Navoiy asarlari tarjimalari tadqiqi; Rus sharqshunoslarining Alisher Navoiy ijodi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari tahlili.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi . Rus sharqshunosligida Navoiyshunoslik masalasi o‘zbek adabiyotshunoslari tomonidan bir necha marotaba o‘rganilgan, asarlari tarjima qilingan bo‘lsa-da, hali bu soahada jiddiy izlanish olib borilmagan. Bu esa ishning yangiligi ni ko‘rsatadi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Hazrat Navoiyning faoliyati va ijodiyotini rus sharqshunosligida jiddiy o‘rganish M.Nikitskiy ning “Amir Nizomiddin Alisher, uning davlat va adabiyot sohasidagi ahamiyati” nomli magistrlik dissertatsiyasi bilan (1856) boshlandi. Nikitskiy Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy va Som Mirzoning asarlaridan foydalanib, sharqshunoslikda birinchi bo‘lib, Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatini to‘laroq aks ettirgan asar yaratdi. Rus sharqshunos olimi N.I.Ilminskiy Navoiyning tilshunoslikka oid “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarini ancha chuqur o‘rganib, Navoiyni o‘z ona tili – o‘zbek adabiy tili uchun kurashgan qudratli kishi sifatida ta’riflaydi.