Areal lingvistikaning o'zbek tilshunosligidagi o'rni. Adabiy til va dialekt muammosi


FASHION GENERAL Areal lingvistikaAreal lingvistikaning o'zbek tilshunosligidagi o'rni. Adabiy til va dialekt muammosi
1.Areal lingvistika to'grisida umumiy ma'lumot 2.Areal lingvistika metodlari. 3.Areal lingvistika manbalari. 4.Til va dialektal zona. Reja:
Areal lingvistika tushunchasi va uning mohiyati. Bu termin lotincha area - maydon, kenglik, hudud hamda lingvistika — tilshunoslik degan so‘zlardan olingan bo‘ lib, til va dialektlaming tarqalish hududlarini o ‘rganadigan fanni anglatadi. U til va shevalami shu hududdagi boshqa til va shevalar bilan munosabatda bo‘lish nuqtayi nazardan o ‘rganadi. Areal lingvistikaning asosiy metodi lingvistik geografiya hisoblanadi. Lingvistik geografiya shevalarni o ‘rganishning bir metodi hamda areal lingvistikaning kartalashtirish ishlari bilan shug‘ullanadigan bir bo‘limi hamdir.
Fanda lingvistik geografiya va dialektologiya munosabatlariga ham e ’tibor qaratiladi. Bu ikki fanning obyekti bir bo‘lsa-da, ulaming farqlari ham bor. Dialektologiya shevalarni monografiya, maqola va lug'atlar yaratish orqali o‘rgansa hamda xulosalar chiqarsa, lingvistik geografiya ularni tizimga tushirib, kartalashtirish bilan shug‘ullanadi, shuning uchun ham lingvistik geografiyani dialektologiyaning tadqiqot texnikasi deb ham yuritishadi. Areal ling