Areal lingvistikaning o‘zbek tilshunosligidagi o‘rni. Adabiy til va dialekt muammosi
Areal lingvistikaning o ‘ zbek tilshunosligidagi o ‘ rni. Adabiy til va dialekt muammosi Reja: 1.Areal lingvistika haqida umumiy ma ‘ lumot 2.Areal lingvistika metodlari. 3. Areal lingvistika manbalari
Bu termini lotincha area - maydon, kenglik, hudud hamda lingvistika -tilshunoslik degan so‘zlardan olingan bo‘ lib, til va dialektlaming tarqalish hududlarini o ‘rganadigan fanni anglatadi. U til va shevalarni shu hududdagi boshqa til va shevalar bilan munosabatda bo‘lish nuqtayi nazardan o ‘rganadi. Areal lingvistikaning asosiy metodi lingvistik geografiya hisoblanadi. Lingvistik geografiya shevalarni o ‘rganishning bir metodi hamda areal lingvistikaning kartalashtirish ishlari bilan shug‘ullanadigan bir bo‘limi hamdir.
Izoglossa. Bu so‘z lotincha bo‘lib, izo - teng, glossa - til degan ma’nolarni bildiradi va bir dialekt, lahja doirasidagi yoki qarindosh tillardagi fonetik, leksik va grammatik xususiyatlar mosligi darajasiga ko‘ra tarqalishini ko‘rsatadigan shartli belgidir. Izoglossalar vazifasini fonemalar, ulaming variatsiyalari, morfemalar, ularning variantlari, grammatik shakllar, leksemalar bajarishi mumkin.
Shu tufayli uning izofonema, izomorfema, izoleksema tiplari belgilanadi. Masalan, turli sheva va tillarda teztez takrorlanuvchi cho‘ziq o: unlisi izofonema sifatida, -a / / a ko‘plik affiksi varianti izomorfema sifatida, vazmin ~ salaqa,cpidemiya ~ iratj kabi so‘zlar izoleksema sifatida qatnashishi mumkin.
Izoglossalar qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarga munosabati jihatidan ikki guruhga ajratiladi: 1. 0 ‘zaro aloqadagi izoglossalar. Bunday izoglossalar genetik umumiylikka ega bo‘lgan tillarga aloqador bo‘ladi. 0 ‘zbek tili va shevalarining qirg‘iz, qozoq, turkman, qoraqalpoq tillari bilan aloqadagi izoglossalar shu toifaga kiradi.