logo

FANDA METOD VA METODOLOGIYA MASALALARI.

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2605.5 KB
MAVZU : FAN DA  METOD 
VA METODOLOGIYA  
MA SALALARI. REJ A : 
Usul (metod) tushunchasi
          Bilish  inson  faoliyatini  bir  ko’rinishi  bo’lib,  shu  faoliyat 
natijasida  narsa  va  hodisalar  to’g’risida  tasavvurlar,  obrazlar, 
tushunchalar  xosil  bo’ladi,  ularning  tizimlashgan  majmuasi 
bilimda  ifodalanadi.  Tasavvur  va  tushunchalarni  bir  –  bir  bilan 
bog’laydigan,  yakka  tushunchalardan  umumiy  tushunchalarni 
hosil qiladigan ruhiy jarayon tafakkurdir.        Inson  voqyelikni  o’zlashtirar  va  o’rganar  ekan,  uning 
faoliyatiga  yordam  beradigan  vositalar,  hatti-harakat 
tamoyillari,  qoidalari  shakllanadi,  ya’ni  faoliyat  usuli 
vujudga  keladi.  Dastlab,  amaliyot  usullari,  keyinchalik 
ta’lim, fan sohalarida aqliy faoliyat usullari ishlab chiqildi.  Shunday qilib, faoliyat   bor , faoliyatda qo’llaniladigan 
usul  bor.  Mehnat  tajribasining  umumlashmasi 
muntazam  takrorlanadigan  faollik  tartibi,  qoidasi 
sifatida asrlar davomida shakllangan. Shu bilan birga 
aqliy  mehnat  sohasida  ham  ixtisoslashgan  faoliyat 
usullari  vujudga  kelib,  ular  bilish  va  tadqiq  qilish 
usullarini  paydo  bo’lishi  uchun  zamin  bo’lib  xizmat 
qilishgan. Usul   –  bu  amaliy  yoki  nazariy  natijaga  erishish 
maqsadida  tatbiq  qilinadigan  tushuncha,  qoida  va 
tamoyillar  tizimidir.  Bunday  tizimdan  foydalanish 
faoliyatimizga  oqilonalik,  tartibot,  yo’nalish  va 
energetik yutuq beradi . Haqiqatan  ham  faoliyatning  qaysi  sohasida 
bo’lmasin,  usuldan  foydalanish  bir  qator  ijobiy 
natijalarni beradi:
- inson faoliyatini tartiblashtiradi;
- natijaga erishish yo’lini qisqartiradi;
-  faollik  yoki  izlanish  energiyasini  tejash 
imkoniyatini beradi;
-  samaradorlik  koefisiyentini  bir  necha  barobar 
ko’paytiradi. Ilmiy tadqiqot va usul

Tadqiqot  usulini  turi,  xislati  o’rganilayotgan 
obyektning  tuzilishi,  aniqrog’i,  murakkabligi  bilan 
bog’langan.  Izlanish  obyekti  qanchalik  murakkab 
bo’lsa,  shunchalik  takomillashgan  bilish  shakllari 
va usullarni tatbiq qilishga to’g’ri keladi.  Usulda  obyektiv  (obyektni  mazmunidan  kelib 
chiqish,  xossalari  va  parametrlari  mavjudligini 
hisobga  olish)  va  subyektiv  (izlanish  maqsadi, 
vositalari  va  qoidalari  mujassamlangan 
yondashuv, tizim) tomonlar birligi mavjud ekan, u 
ishlab  chiqiladi.  Shu  bois,  olimlar  har  doim 
tadqiqot usuli masalalari bilan shug’ullanishgan. 
Ayni  paytda  barcha  tadqiqot 
sohalarigaga  tatbiq  qilinishi 
mumkin  bo’lgan  universal 
izlanish  usulini  ishlab 
chiqishga  qaratilgan 
urinishlar  paydo  bo’ldi. 
Fransuz  olimi  va  faylasufi 
R.Dekart  (1596-1650) 
shunday  usul  sifatida  har 
qanday  narsani  shubha 
ostiga  olish  usulini  tavsiya 
qildi.  Bu  usulning  asosiy 
qoidalari: 
Ishonchli bo’lmagan bilimni haqiqat sifatida qabul 
qilmaslik, mulohaza tarkibiga aniq, shubha 
tug’dirmaydigan hukmlarni kiritish kerak.

Tadqiqot qilinayotgan har bir muammoni aniq 
anglash imkoniyatini beradigan darajada qismlarga 
bo’lish kerak. 
Tadqiqot usullarini tanlashda bir qator 
metodologik talablarni inobatga olish 
lozim:

- izlanish predmeti, maqsadi va vazifalarini 
belgilash;

- o’rganilayotgan obyektning sifat va 
miqdoriy xususiyatlarini  aniqlab tadqiqot 
strategiyasini tuzish; Mantiqiy fikrni rivojlantiruvchi 
metod    Metodologiya tushunchasi
M etodologiya   –  insonning  ilmiy  va  amaliy 
faoliyatini  tashkil  qilish,  tadqiqot  faoliyati 
samaradorligini  ta’minlaydigan  usullar,  ularning 
bilishdagi  roli  va    ahamiyati,  izlanishda  vujudga 
keladigan  nazariy  va  uslubiy  muammolarning 
xususiyati haqidagi ta’limotdir. 
Shunday  qilib,  tadqiqot  metodologiyasi  ilmiy  bilish 
jarayonida  bevosita  tatbiq  qilinadigan  umumilliy  va 
sohaviy  usullar,  yondashuvlar,  ilmiy  faoliyatni  tashkil 
qilish  shakllari  va  modellari,  tadqiqot  tuzilishi  va 
samaradorligi masalalari bilan shug’ullanadi. 

  Tadqiqot  metodologiyasiga  oid  nazariy 
va  amaliy  bilish  usullari,  modellari  va 
dasturiy  loyihalarni  o’rganish 
mutaxassislarni  yangi  ilmiy  tamoyillar, 
ko’rsatmalar va izlanish vositalari bilan 
qurollantiradi Tadqiqot usullari tasnifi

Hozirgi zamon fan har tomonga ildiz otgan, gorizontal 
va vertikal aloqalarga ega bo’lgan, cheksiz 
kataklardan iborat global golografik tuzilmani 
eslatadi. Tadqiqot obyekti, predmeti, qo’yilgan 
maqsad va ishlab chiqarishga tatbiq qilish 
xususiyatiga qarab bunday tuzilma bilish sohalari, 
tarmoqlari va yo’nalishlarga bo’linib ketadi. Ularni 
tasniflashda birinchi navbatda fundamental va 
amaliy-texnologik fanlarni farqlaydilar. 
Fundamental fanlarda (metematika, fizika, umumiy 
sosiologiya va boshqalar) nazariy bilish usullardan, 
amaliy-texnologik fanlarda (texnikashunoslik, qishloq 
xo’jaligi fanlari, tibbiy fanlar va boshqalar) tajribaviy – 
eksperimental usullardan foydalanish ustuvor ahamiyatga 
ega. 
 
Tatbiq  qilish  sohalariga  qarab  izlanish  usullari  3  ta  katta 
guruhga  bo’linadi.  Birinchisiga   eng  umumiy  tadqiqot  usullari-
falsafiy  izlanish  usullari  kiradi.  Bular  plyuralistik  yondashuv, 
tanqidiy  rasionalizm,  dialektik,  germenevtik,  fenomenologik  va 
boshqa  falsafiy  tadqiqot  usullari  bo’lib,  ular  nazariy  tafakkurni 
yuqori  qatlamlarida  amal  qiladi.  Bu  qatlamda  ilmiy  tadqiqot 
usullarini  mohiyati,  funksiyalari,  o’zlariga  xos  xususiyatlari  tahlil 
qilinadi,  yangi  g’oyalar  va  tamoyillarning  nazariy  va  uslubiy 
mazmuni, evristik (ijodiy) istiqbollari muhokama qilinadi.  Ikkinchisiga   umumilliy  tadqiqot 
usullari  kiradi.  Bu    tadqiqot  usullaridan 
fanning  turli  sohalari  va  tarmoqlarida 
foydalanadilar,  shu  bois  ular  fanlararo, 
tarmoqlararo tatbiq qilish xislatiga ega . Umumilmiy tadqiqot usullarini 
tasniflash ilmiy bilish darajalari 
tushunchasi bilan bog’langan. 
Xususan, empirik bilish darajasida 
kuzatish, taqqoslash, eksperiment 
usullari qo’llaniladi. Nazariy tadqiqot 
sohasida tuzimli yondashuv, 
aksiomalashtirish, mavhumlashtirish, 
formallashtirish usullaridan 
foydalanadilar. Uchinchi  guruhni    maxsus  ilmiy  tadqiqot  usullari   
tashkil  qiladi.  Barcha  ilmiy  yo’nalishlarda  konkret  tizimlar, 
xossalar  va  qonuniyatlarni  o’rganish  maqsaida  juziy 
(maxsus)  ilmiy  usullar  ishlab  chiqiladi.  Aytaylik,  fizikada 
spektral  tahlil  usuli,  biologiyada  xromatografik  tahlil  va 
modellashtirish  usuli,  matematikada  tenzor  hisoblash  usuli, 
madaniyatshunoslikda  komparativistik  tadqiqot  usuli  va 
boshqalar shular jumlasidandir. 
Xulosa  qilib  aytganda,  fanda  ilmiy  yutuq  va 
samaradorlikka  erishishni  muhim  shartini 
tadqiqot  usulini  ishlab  chiqish  va  tatbiq  qilish, 
fan va texnologiya taraqqiyotiga javoban usul va 
uslubiy yondashuvlarni yangilash tashkil qiladi. Tadqiqot usuli fanda o’ziga xos 
richag   (pishang)  rolini 
o’ynaydi,  obyektni  yangi 
xislatlari  va  qonuniyatlarini 
ochish,  olingan  ma’lumotlarni 
tavsiflash,  tahlil  qilish, 
gipoteza,  g’oya  va  nazariyalar 
ishlab  chiqish  imkoniyatini 
beradi.  Shu  bois  tadqiqot  usuli 
masalalarini  qo’yish,  ularni 
ishlab  chiqish,  samaradorligini 
ko’tarish  fanda  ustuvor 
vazifalardan biri hisoblanadi .  E’tiborlaringiz
  uchun 
rahmat!!!

MAVZU : FAN DA METOD VA METODOLOGIYA MA SALALARI.

REJ A :

 Usul (metod) tushunchasi Bilish inson faoliyatini bir ko’rinishi bo’lib, shu faoliyat natijasida narsa va hodisalar to’g’risida tasavvurlar, obrazlar, tushunchalar xosil bo’ladi, ularning tizimlashgan majmuasi bilimda ifodalanadi. Tasavvur va tushunchalarni bir – bir bilan bog’laydigan, yakka tushunchalardan umumiy tushunchalarni hosil qiladigan ruhiy jarayon tafakkurdir.

Inson voqyelikni o’zlashtirar va o’rganar ekan, uning faoliyatiga yordam beradigan vositalar, hatti-harakat tamoyillari, qoidalari shakllanadi, ya’ni faoliyat usuli vujudga keladi. Dastlab, amaliyot usullari, keyinchalik ta’lim, fan sohalarida aqliy faoliyat usullari ishlab chiqildi.