Franklar svilizatsiyasi
Franklar svilizatsiyasi
Reja 1. Rimning qulab borishi va franklar taraqqiyoti 2. Xlodvig sulola asoschisi 3. Franklar imperiyasi. Buyuk Karl
Frank davlati — ilk o rta asrlarda G arbiy Yevropadagi davlat (5-asr oxiri —843). 5-asr oxirida G arbiy Rim ʻ ʻ ʻ imperiyasining Galliya viloyatini Xlodvig I rahbarligidagi franklar tomonidan bosib olinishi jarayonida vujudga kelgan. Buyuk Karlning harbiy yurishlari natijasida o z tarkibiga G arbiy Yevropaning deyarli ʻ ʻ butun qismi va Markaziy Yevropaning bir qismini kiritgan. Frank davlatini merovinglar (751 yildan), karolinglar (800 yildan imperatorlar) sulolalari boshqargan. 843 yildagi Verden bitimiga ko ra, Frank ʻ davlati hududi Buyuk Karlning nabiralari tomonidan o zaro taqsimlab olingan, xususan, Lotarga Italiya ʻ hududi, Reyn va Rona daryolari buyidagi yerlar (keyinchalik Lotaringiya) tekkan.
Buyuk ko’chishlar boshlanishiga qadar german qabilalariga mansub franklar Reyn daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar. Franklar gotlar va langobardlar kabi hayvon terisidan emas, matodan kiyim- bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan. Ularda faqat qirol oilasiga mansub kishilar uzun sochda yurishgan.Franklar - Quyi va O rta Reyn bo ylarida milodiy 3-asrda yashagan ʻ ʻ qabilalar ittifoqiga birlashgan german qabilalari guruhi (xamavlar, brukterlar, usibetlar, tenkterlar, sugambrlar va boshqalar). Adabiyotlarda 2 guruhga bo lingan. 1guruh (g arbiy F.)ning negizini sali ʻ ʻ (dengiz bo yi; keltcha sal — dengiz) F. i tashkil etgan. Ular dastlab Eysel daryosi bo ylarida, 4-asr ʻ ʻ o rtalarida esa Reyn daryosi sohillarida yashaganlar. 2guruh (sohil F.) Reyn daryosining yuqori qismi ʻ bo ylab Mayngacha bo lgan hududda yashagan. Sali F.i 4 a. o rtasida rimliklar tomonidan tormor ʻ ʻ ʻ etilgan, biroq federatlar huquqida Toksandriyada krldirilgan; 451 yil gunnlarga qarshi Katolaun jangit qatnashganlar. 5-asr boshida sali F.i Galliyann Sommagacha egallaganlar.
Frank davlati (5-asr oxiri — 9-asr o rtalari) tashkil topgan. Maas va Luara daryolari oralig ida yashagan ʻ ʻ F. keyinchalik mahalliy aholi bilan singib ketib, shim. fransuz, shuningdek, vallon elatlari tarkibiga, Luaraning jan. rog ida yashovchi F. esa, jan. fransuz (provansal) elati tarkibiga kirgan. Reyn ʻ daryosining quyi havzasida yashovchi F. gollandlar va flamandlarning etnogenezida katta rol o ynagan. ʻ Reyn daryosining o rta oqimi bo ylab va Maas daryosi havzasida yashovchi F.da o ziga xos etnik ʻ ʻ ʻ xususiyatlar saklanib qolgan. FRANKONIYA (Franken) Germaniyadagi tarixiy viloyat. Ilk o rta asrlarda ʻ franklar istiqomat qilgan hudud, 9-asr oxiri — 939 yilda Germaniya qirolligining qabilaviy gersogliklaridan biri, keyinchalik bir necha feodal mulklarga parchalanib ketgan. F. nomi faqat Sharqiy F. (Mayn daryosi xavzasi) uchun saklanib krlgan. Uning katta qismi 1803-yilda Bavariya tarkibiga kiritilgan.