Gender tushunchasining nutqda voqealanishi. So’z, qo’shimcha, so’z birikmasi orqali ifodalanishi
• Mavzu: Gender tushunchasining nutqda voqealanishi. So’z, qo’shimcha, so’z birikmasi orqali ifodalanishi Reja: 1.Gendrolingvistika tushunchasi 2.Genderning ijtimoiy tavsifi 3.Muloqot jarayonida gendrning yuzaga chiqishi
Genderlingvistika tilshunoslikdagi zamonaviy yo'nalishlardan biri sifatida rivojlanib kelmoqda. Hozirgi davr tilshunosligida gumanitar fanlar qatorida insonning, ya'ni erkak va ayolning jamiyatda tutgan o'rni, ularning ruhiy olami va tili ijtimoiy, madaniy xususiyatlari bilan bog'liq jarayonlarni tadqiq qiluvchi genderlingvistika fani muhim bo'lib bormoqda. Genderlingvistikaning shakllanishi XX asrning so'nggi yillariga to'g'ri keladi.
• Har bir fanning tadqiqot ob'ekti bo'lgani kabi genderlingvistikaning tadqiqot ob'ekti gender hisoblanadi. "Gender" tushunchasi fanga biologik jinsning, ya'ni ular asosida erkak va ayolga ajratuvchi "jins" tushunchasidan ajratish uchun kiritilgan. "Gender" erkak va ayolning jamiyatdagi o'rni va rolini belgilovchi tushunchadir. Bu ikki terminni bir biridan farqlash kerak. "Gender" tushunchasi ingliz tiliga lotin tilidagi "genus" so'zidan o'tgan bo'lib "jins" degan ma'noni bildiradi[2; 96]. Bu tushuncha ikki xil talqin qilinadi: • 1) Jins ya'ni biologik tushuncha 2) Ijtimoiy tushuncha.
Jins va gender tushunchalarini farqlash borasidagi birinchi urinish 1968 -yil Kaliforniya universiteti professori psixolog Robert Stoller va endokrinolog Jon Money tomonidan amalga oshirilgan. Evig Goffman ham "gender" terminini birinchilardan bo 'lib qo' llagan sotsiolog Sofiya Babayan fikriga ko' ra, " Gender" ijtimoiy tushuncha. Olim "Ayol yoki erkakning benuqson timsoli, xronologik va geografik muhitning rang-barangligi, milliy an'analari, dini, tarixi, milliy mentaliteti va boshqalarda ifodalanadi" deb yozadi. Gender ayollar va erkaklarga ta'sir ko'rsatuvchi barcha ijtimoiy jarayonlarda mavjud. O.A.Voronina XX asrning 80-yillarini "Ayollar tadqiqoti rivojlanishining yangi fazasi" deb hisoblaydi. Olim patriarxat (erkakning jamiyatda ustun bo' lishi) va matriarxat (ayolning jamiyatda ustunlik qilishi) tajribasini tahlil qilib, gender sistemasi tahliliga o' tishni shunday ta'riflaydi: "Ayollar omili va erkaklar ustunligini tahlil qilishda, gender mavjud ekan, barcha ijtimoiy holatlarda erkak va ayol uchun birdek tegishli bo'lgan ta'kidlanayotgan va aytilayotgan tahlilga o'tishda sekin asta aksentlarning aralashuvi kuzatilmoqda."
• Erkaklar va ayollar o’rtasidagi biologik tabiiy farqlar bilan erkaklar va ayollar xatti-harakatini, ijtimoiy va madaniy tavsiflarini aniqroq farqlash uchun gender atamasi qabul qilingan. Gender tushunchasining kiritilishi eng umumiy ma’noda ikki tushuncha – biologik va ijtimoiy jins tushunchalarini farqlashga yordam beradi. Kundalik hayotimizda jins bilan bog’lanmagan ko’plab tushunchalar “erkaklarga xos” yoki “ayollarga xos” deb hisoblanadi. “Erkaklarga xos” yoki “ayollarga” xos tushunchalarni aniqroq farqlash uchun “feminlik” (ayollik) va “maskulinlik” (erkaklik) tushunchalari qabul qilingan. YAngi tushunchalarning kiritilishi erkaklarga xoslik va ayollarga xoslikning biologik ziddiyatini bartaraf etish va e’tiborni turli madaniyatlar shakllanishining ichki mexanizmlarini gender nuqtai nazaridan ochishga qaratish imkonini berdi. Antropologlar, psixologlar va sotsiologlar genderning biologik emas, balki ijtimoiy va madaniy jihatdan belgilanishi, madaniy va tarixiy jihatdan esa nisbiy ekanligini ta’kidlaydilar. 2 Sofya Babayan bu haqda: “Gender ijtimoiy tushuncha. Ayol yoki erkakning benuqson timsoli berilgan, xronologik va geografik muhit rang-barangligi, milliy an’analari, etnopsixologiyasi, dini, tarixi va milliy mentaliteti va boshqalarda ifodalanadi” – deb yozadi. Uning mazmuni, sharhi va ifodasi o’z ichida ham, madaniyatlararo ham o’zgardi hamda tarixiy o’zgarishlar ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Ijtimoiy omillar – yosh, toifa, irq va kelib chiqishi – alohida gender mazmuni, ifodasi va tajribasini tashkil etadi hamda uni biron bir soddalashtirilgan usul bilan jins yoki jinsiylikka tenglashtirib bo’lmasligini ajratib ko’rsatadi.